Emirdoğ Lahikasi
— 215 —
Husayn Avniy va Tahsin Toʻlaga murojaat

Biz Nur shogirdlari Ustozimizning xizmatida va yoʻlida boʻlganimiz uchun siyosat bilan aloqamiz yoʻq. Lekin Demokratlar Nurlarning nashriga ruxsat berishgani va eskidan beri Nurni man qilishga doir zulm qilishmagani uchun, ularning hurmati uchun saylovga aloqador boʻldik. Avvalgidek bu safar ham Demokratlarga Nurchilarning koʻp foydasi tegdi. Ustozimiz va Nurlarga eng koʻp foydasi tekkan eski Adliya Vaziri Husayn Avniy va Senirkent deputati Tahsin Toʻla barchadan ham koʻra koʻproq yutishlari kerak edi. Lekin yuta olishmagani bizni juda xafa qildi, deb Ustozimizga aytdik. U kishi javoban aytdilarki:

"Xafa boʻlmanglar. Men ham siz bilan birga ularni tabriklashimiz kerak. Chunki ikki yil ichida hukumatga, vatanga, millatga, dinga, osoyishtalikka ellik yilchalik xizmat qilishganiga qat'iy dalil shuki, Ustozimizning karomat bilan murojaat qilmay "Rahnamo"ning qutulishini istagan onda musodara qilingan ikki yuz "Rahnamo"ning qaytarib berilishi boʻladi. Undan ikki yuz ming kishi "Rahnamo"dan foydalanib duo qilishdi. Tahsin Toʻlaning ahamiyatli xizmati bilan "Soʻzlar" majmuasi rasman Anqarada chop etilishi, ham osoyishtalikka, ham Demokratga, ham bu vatan va millatga yuz yil deputatlik qilgandek foydasi tegdi.

Ularga buncha ma'naviy, haqiqiy, xususan boqiy va uxroviy foyda yetadi. Bir ikki yil mansab va deputat boʻlish boqiy olmos kabi xizmatlarini, sinadigan foniy shishaga vosita qilmaslik kerak. Shuning uchun men ularni tabriklayman. Siz ham ularni tabriklang, duo qilinglar. Hatto men Tahsin Toʻlaning yana Nurlarga xizmat qilishi uchun deputat boʻlishini istadim. Lekin avvalgi xizmati kifoya qiladi. Eshikni ochdi, boshqa ehtiyoj qolmadi."

Nur Talabalaridan
Mahmud Qoya, Xusrav, Tohiriy, Sungur, Zubayr, Jaylon, Bayram

(Hoshiya): Ustozimiz aytdilarki: Dunyo jihatidan deputat boʻlmagani uchun bir miqdor banknot yoʻqotdi. Uning xizmati bilan "Soʻzlar" majmuasining nashri orqali millionlab insonlar ichida faqat mening hissam evaziga biror narsa kerak boʻlganda, (ellik ming liralik foydasi tegdi) agar pulim boʻlganda, katta qismini bergan boʻlar edim. Bu haqiqatni e'tiborga olib, yana deputat boʻlganida, bu haqiqat e'tiborga olinmas edi. Shuning uchun ba'zi dinsiz zolimlarning qoʻli bilan yutmagani uchun xafa boʻlmasin.

— 216 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ