Ba'zi muxolif gazetalar Risola-i Nur talabalariga takroran "tariqat qurdi" degan tuhmat qilganini koʻrdik. Buning haqiqat bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu xusus Risola-i Nur ishini olib borgan yaqin Ogʻir Jazo Mahkamasining uzil-kesil hukmi bilan aniqlangan. Tariqatga doir eng kichik belgiga, oʻz vaqtida musodara qilinib soʻng hech qanday shartlarsiz egalariga qaytarib berilgan Risola-i Nur kitoblari va maktublari orasida uchramagan.
Aksincha Ustozimiz Said Nursiyning maktulari va mudofaalarida qat'iy til bilan aytganlaridek: "Davr tariqat davri emas, iymonni qutqarish davridir. Tariqatsiz Jannatga kirganlar koʻp, faqat iymonsiz Jannatga kirganlar yoʻq." ifodasi bor. Bu ochiq-oydin va butun mahkama a'zolari va prokurorlarning oʻttiz yildan beri tariqat xususida eng kichik dalilga ham uchramaganiga javoban, dinni yoʻqotishni istagan va bugungi Islomning yoyilishini hazm qila olmagan, dinga loqayd, hatto qarshi guruh Islom haqiqatlarini tariqat deb nomlab oʻz qarashi foydasiga bu vatanda zamin tayyorlash harakatidadir. Albatta har safar boʻlganidek, yashirin dinsizlarning oʻyinlari bilan, rejalari bilan tayyorlangan bu hodisa, vatan va millat foydasiga aks etadi. Oydin va Nazilli mahkamalari ham eski adolatli hamkasblariga ergashib, Nur shogirdlarini oqlashadi.
Risola-i Nurning butun vatanda, hatto Islom olami va Ovruponing juda koʻp joylarida husni qabulga sazovor boʻlishi va Turklarni olami Islomda eski birdamligiga muvaffaq qiladigan dunyoviy samarasi Nur shogirdlarining niyatida boʻlmay natija berishi va hukumatning shaxsan Islomiyatga, dinga, vijdon hurriytiga toʻliq baho berib eski hukumatning buzgʻunchiliklarini ta'mirlashga harakati va muqaddas narsalarga tajovuz qilganlarni jazolash haqida qonun chiqarishga tashabbus qilishi kabi juda koʻp musbat va rohatlantiruvchi hodisalar boʻlayotgan paytda, aslsiz masala bilan muammo chiqarish, hukumat va Islomiyatga qarshi boʻlgan kimsalarning mahsuli ekaniga aslo shubha qilmaymiz.
Yolgʻonlarning bir necha dalili:
Ustozimiz Said Nursiy uchun vijdonsizlar "Bir shoh va podishoh kabi yashayapti, kelgan yordamlar bilan tirikchilik qilyapti", deb ochiq-oydin tuhmat qilishdi. Said Nursiy, amakisining shoʻrvasini ham ichmay, hayotida hech kimning minnati ostida qolmay, besh ming lira hadyaga besh tiyinchalik baho bermay rad qilgan, qaytargan, hayotida behojatlik dasturini eng zolim muomalalar va mahrumliklar ichida qolgan vaqtlar ham buzmagan va bu shaklda Islomiy izzat va diniy sharafni muhofaza qilgan zotdir.
Ustozimiz odamlarning hadyasini qabul qilmaslik dasturi, sakson yillik hayoti orqali isbotlangan va oʻttiz yillik turli-tuman mahkamalarda ham hujjatlar bilan aniqlangan. Doʻst va dushmanning koʻz oʻngida yuzaga chiqqan. Ushbu ochiq-ravshan haqiqat hamma tomonidan bilingan vaqtda, tuhmat qilganlar naqadar dahshatli gʻarazkor boʻlganini vijdoni bor kishilarga havola qilamiz...
Anqara hukumati adolati bilan Ustozimiz Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari chop etilmoqda. U kishining hissasi boʻlgan bir qancha kitoblarning pulini Ustozimiz, hayotini Nurlarga vaqf qilib, nafaqasi uchun ishlamagan Nur talabalariga maosh sifatida beryaptilar. Oʻzlari ham bugun hamma tomonidan bilingan a'zamiy tejamkorlik va qanoat bilan yashayaptilar. Butun umri boʻyicha favqulotda tejamkorlik doirasida oʻz tirikchiligini oʻtkazganiga sakson yillik hayotini ishonchli guvoh sifatida koʻrsatamiz.
Xalqni Demokrat hukumatga qarshi qoʻyish rejalarini amalga oshirishga uringan turli gazetalarning boshqa ochiq yolgʻoni shuki, Nazillida ikki muborak kishining Ramazoni Sharif haqidagi murojaatini "Islomiy davlat qurish" deb siyosatga aloqasi bor holga oʻzgartirishi, soxta siyosat manfaatparastlarning, bolalarni ham alday olmaydigan ahmoqona tuhmat va uydurmadan iborat. Bunday yolgʻonlarni qaysi maqsadda qilishganini bilmagan odam yoʻq...
Nazillida umuman bormagan, u yerda hech kimni tanimagan,
qirq yildan beri "A'uzu billahi mina-sh shaytoni va-s siyasa" deb, siyosat bilan aloqasini uzgan,
faqat va faqat Qur'on va iymon haqiqatlari bilan iymonni qutqarish da'vosiga umrini bagʻishlagan,
bundan tashqari dunyoviy narsalar bilan aloqador boʻlmagan,
sakson yetti yoshga kirgan,
doim yotoqda boʻlgan,
zaharli xastaliklar ta'sirida oʻlim navbatlari oʻtkazib "Qabr eshigidaman" degan,
sokinlik va istirohatga juda muhtoj boʻlgan Said Nursiy kabi Islom muallifini siyosiy tuhmatlar bilan mavzu darajasiga chiqarish, koʻp tomondan vijdonsizlik, mudhish ayyorlik, pastkash yolgʻonchilik tubanligiga tushish hisoblanadi.
Har qanday din olimiga bahona bilan paygʻambarlik boʻhtoni qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri Islomiyatga hujum va Qur'onga xiyonatdir.
Ustozimiz Said Nursiy butun umri davomida sunnat-i saniyaga ergashgan va bir sunnat-i saniyaga muxolif harakat qilmaslik uchun qatl jazolarini hech hisoblab, sunnat-i saniyani ihyo va iymonni muhofaza qilish uchun bir yuz oʻttiz boʻlim asar ta'lif qilgan. Xunxoʻr din dushmanlariga qarshi hayotiga ahamiyat bermay kurashib, nihoyat muvaffaq va muzaffar boʻlganlar. Sunnat-i Ahmadiyaga tobe boʻlishga doir yozgan asari esa, oʻttiz yildan beri minglarcha nusxa nashr qilingan. Faxri koinot Rasuli Akram (A.S.M.) afandimizning soʻnggi va haq paygʻambar ekaniga doir muazzam bir asar "Moʻ'jizot-i Ahmadiya" kitobi ham oʻrtada. Haqiqat bu ekan, Said Nursiyga tuhmat qilgan kimsalarning haq va haqiqatdan, insof va vijdondan naqadar uzoq ekani qiyos qilinsin. Bu tuhmatni qilish, shaytonlarning ham esiga kelmaydi.
Bu hodisaning bir sababi shu boʻlish ehtimoli kuchli: Risola-i Nur oila hayotiga katta foyda berib ayollarning iffat, nomus, ismat va saodat bilan hayot kechirishlarini ta'minlaydi. Ayollar Risola-i Nurga koʻpchilik boʻlib ragʻbat koʻrsatishyapti. Bunga goʻzal oʻrnak sifatida ayollarning nashr etilgan bir necha maqolasini din dushmanlari koʻrib, bolsheviklik hisobiga bir qancha uydirma bahonalar bilan hujumga oʻtishgan. Lekin aslo muvaffaq boʻla olmaydilar. Ularning maqsadlarining tom aksiga, Risola-i Nur nashriyoti erkak va ayollar orasida bir tarzda tarqalyapti va yoyiladi.
Eng muhim bir mahkamada soʻnggi soʻzim sifatida "Mahkama-i Kubroga Shikoyat" nomli yozilgan va "Hayot Yoʻli"da bir necha marta nashr qilingan va mahkamadaligida Anqara idorasiga, Oliy Sudga va mahkama raislariga yoʻnatilgan shikoyatning sababi u hodisaning ajib, gʻarib, kichik namunasi shuki, bu safar ham boshimga kelgani uchun, Mahkama-i Kubroga shikoyatga hoshiyacha sifatida bayon qilaman:
Ikki kun avval men juda ishtiyoqmand boʻlgan va eski vaqtlar Onadoʻli ilm madrasasi oʻrnida boʻlgan Koniyaga uch sabab bahonasi bilan;
1. Ikki haqiqatli hur qardoshim faqir hollari bilan birga katta xarajat qilib Izmir mahkamasiga borishibdi. Qaytayotib yonimga kirishdi. Men ularni qisman xarajatdan qutqarish uchun, xususiy avtomobilim bilan Koniyagacha birga olish.
2. Oʻn besh yil mening oldimda oʻqigan va yigirma yilga yaqin muftiylik qilgan va qirq yildan beri bir martadan boshqa men koʻrmagan va butun qardoshlarim, qarindoshlarim ichida hayotda bir oʻzi qolgan qardoshimni va farzandlarini ziyorat qilish va ular bilan koʻrishish.
3. Eski Said va Yangi Saidning muhim ustozlaridan va uning muridlari boʻlgan Mavlaviylarning hamma joyda Risola-i Nurga aloqadorliklari uchun men koʻp aloqador boʻlgan va Imom Rabboniy, Imom Gʻazzoliy kabi muhim ustozim boʻlgan Mavlono Jaloliddinni ziyorat uchun borgan edim. Ham "Hayot Yoʻli"da insonlar bilan koʻrishmaganimga doir nashr etilganki, ziyoratchilar bilan koʻrisha olmayman.
Hadyalardan man qilish uchun Janobi Haq xastalik berganidek, hurmat bilan ziyorat ham bir tur ma'naviy hadya boʻlgani uchun, ovozim oʻchib inoyat belgisi sifatida gapirishdan man qilinganim uchun, qardoshimning uyiga ham gapirmasligim uchun bora olmadim.
Hech boʻlmasa Koniyada ikki-uch kun qolish zarur edi. Lekin majburan bir soat ichida namozimni oʻqib qaytdim. Lekin u yerda birdaniga shunday holat berildiki, butun gazetalarda yozishdi. Qirq yilda bir marta koʻrisha olmagan ukamning uyiga ham borib koʻrisha olmagan va gapira olmagan boʻlsamda, xuddiki minglab kishilar bilan koʻrishgan kabi muomala koʻrdim.
Garchi politsiya olgan buyrugʻiga binoan harakati jiddiy xato edi. Lekin ushbu qattiq xasta holatimga muvofiq boʻlgani uchun, ulardan xafa boʻlmadim. Aksincha halol etdim. Alloh rozi boʻlsin dedim, tashakkur etdim. Men havo almashtirishga juda muhtoj boʻlganim uchun, yozda togʻlarda, qishda kiralagan turli manzillarda aylanishga majbur boʻlaman. Bir joyda tura olmayman. Xastaligim qattiqlashadi. Takror ora-sira Koniya kabi joylarga borishni niyat qildim. Hatto kirasini bergan Amirtogʻda ham ikki manzilim, Eskishaharda bir manzilim boʻlsada, ma'nosiz holat meni havo almashtirishdan, manzillarni ziyorat qilishdan man qilinishimga sabab boʻlganini Koniyadagi holatdan his qilgan edim. Men qat'iyyan hech kim bilan koʻrishmayman. Bunga oʻxshagan odatimga qarshi menga qilingan juda oʻgir gʻayri qonuniy muomalalar bor. Bu safargi holatni bayon qilgan ushbu ifodalarim avval yozilgan "Mahkama-i Kubroga Shikoyat"ga zayl sifatida nashr qilinsin.