Qabr eshigida, sakson yoshdan oshganda, bir necha xastalik bilan kasallangan va oʻzini oʻlimga yaqin deb bilgan bechora gʻarib keksa aytadiki: Sizga ikki haqiqatni bayon qilaman:
Avvalo: Sizning Pokistonning va Iroq bilan oʻta muvaffaqiyatli ittifoqini, bu millatga kamoli sammiyat, sevinch va rohatlikda qozonishingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Bu ittifoqingizni ruhimda inshaalloh toʻrt yuz million Musulmonlarning umumiy sulhiga va omma salomatligini ta'minlashga qat'iy muqaddima boʻlishini his qildim. Buni sizga Namoz tasbehotidagi kuchli eslatma bilan yozishga majbur boʻldim. Oʻttiz-qirq yildan beri dunyo va siyosatni tark etganim uchun, qattiq aloqa bilan ushbu qalbiy eslatmaning sababi quyidagicha:
Ellik yildan beri iymonni qutqarish uchun oʻta qisqa yoʻl topgan va Qur'onning bu davrda ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nurning Arabiston va Pokistinda boshqa joylarga nisbatan koʻproq ta'sir qilgani va maqbul boʻlishi, hatto olgan xabarimizga koʻra, mahkamada ham aniqlangan miqdorning u atrofda uch misli Risola-i Nur talabalarining boʻlishlaridir. Bu sir uchun hayotimning oxirida qabr eshigida bu azim natijani koʻrish va bayon qilishga ruhan majbur boʻldim.
Ikkinchidan: Irqchilik fikri Ummaviylar davrida katta tahlikaga sabab boʻlgani va hurriyatning boshida "quluplar" koʻrinishida buyuk zarar qilishi va birinchi jahon urushida yana irqchilik iste'mol qilinib muborak qardosh arablarning mujohid turklarga qarshi zarar berganidek, hozir ham Islomiy birodarlikka qarshi iste'mol qilinishi mumkin. Tinchlik dushmanlari yashirin dushmanlar, yana oʻsha irqchilik bilan katta zarar berishga uringanining belgilari koʻrinyapti. Holbuki manfiy harakat bilan boshqa birovga zarar qilish bilan oziqlanish, irqchilikning tabiiy fe'li hisoblanadi. Avvalo turk millati dunyoning har tomonida musulmon boʻlgani uchun ularning irqchiliklari Islomiyat bilan birlashgan, ajratib boʻlmaydi. Turk musulmon demak. Hatto Musulmon boʻlmagan qismi, turklikdan chiqqan. Turkdek arablarda ham arablik va arab millati Islomiyat bilan birlashgan va birlashishi kerak. Haqiqiy millati Islomiyatdir. U kifoya qiladi. Irqchilik butun boshli azim tahlikadir. Sizning bu safargi Iroq va Pokiston bilan juda qiymatli ittifoqingiz, inshaalloh tahlikali irqchilikning zararini daf qiladi va toʻrt-besh million irqchi oʻrniga, tort yuz million qardosh Musulmonlarni va sakkiz yuz million sulh va umumiy tinchlikka qattiq muhtoj Xristian va boshqa dinlar sohiblarining doʻstligini bu vatan millatiga qozontirishga toʻliq vasila boʻlishiga, ruhimda qanoat hosil qilganimni sizga bayon qilaman.
Uchinchidan: Oltmish besh yil avval bir hokim bir gazeta oʻqidi. Bir dinsiz mustamlaka noziri Qur'onni qoʻliga olib konferensiya oʻtkazibdi. "Bu, Musulmonlarning qoʻlida boʻlar ekan, biz ularga haqiqiy hokim boʻla olmaymiz. Hokimligimiz ostida tuta olmaymiz. Yo Qur'onni darajasidan tushirishimiz yoki Musulmonlarni unda sovutishimiz kerak." debdi.
Bu ikki fikr bilan dahshatli fasod qoʻmitasi bu bechora, fidokor, ma'sum, hamiyatkor millatga zarar berishga urinyapti. Men oltmish besh yil avval bu jarayonga qarshi Qur'oni Hakimdan yordam istadim. Haqiqatga qarshi qisqa yoʻl va katta Islomiy Dorulfunun tasavvuri bilan, oltmish besh yildan beri oxiratimizni qutqarish va uning foydasi sifatida dunyoviy hayotimizni ham mutlaq istibdoddan va zalolatning halokatidan qutqarishga va Islom qavmlari oʻrtasidagi aka-ukalikni kengaytirishga ikki vasila topdik:
1. Risola-i Nur boʻlib, iymoniy birodarlikning kengayishiga iymon quvvati bilan xizmat qilganiga qat'iy dalil shuki, tenggi yoʻq zulm va ojizlik holatida yozilishi va hozir Islom olamining aksariyat joylarida, Ovrupo va Amerikaga ham ta'sirini koʻrsatishi va isyonchilarga, dinsiz falsafaga va oʻttiz yildan beri dahshatli suratda moddaparastlik, tabiatparastlik kabi dinsizlik fikriga qarshi gʻalaba qilishi va hech qanday mahkama va ekspertlar ham sindira olmasligi boʻladi. Inshaalloh vaqti kelib sizdek Islomiy aka-ukalikning kalitini topgan zotlar ushbu Qur'oniy moʻ'jizaning jilvasini Islom olamiga eshittirasiz.
2. Oltmish besh yil avval Jome'u-l Azharga borishni xohlagan edim. Islom olamining madrasasi deb, men ham u muborak madrasada dars olishni niyat qildim. Lekin nasib boʻlmadi. Janobi Haq rahmati bilan ruhimga bir fikr berdi: Jome'u-l Azhar Afrikada bir umumiy madrasadir. Osiyo Afrikadan naqadar buyuk boʻlsa, Islom qavmlarini, masalan Arabiston, Hindiston, Eron, Kavkaz, Turkiston, Qurdistondagi xalqlarni, manfiy irqchilik buzmasligi uchun, Osiyoga buyuk bir dorulfunun, Islom universiteti kerak. Haqiqiy, musbat, muqaddas va umumiy haqiqiy millat boʻlgan Islomiyat millati bilan Qur'onning asosiy اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ qonunining toʻliq kengayishiga sazovor boʻlsin. Falsafa fanlari bilan diniy ilmlar bir-biri bilan kelishsin va Ovrupo madaniyati, Islomiyat haqiqatlari bilan toʻliq isloh boʻlsin. Onadoʻlidagi maktab va madrasa ahli bir-biriga yordam berib ittifoq etsin deb sharq viloyatlari markazida ham Hindiston, ham Arabiston, ham Eron, ham Kavkaz, ham Turkistonning oʻrtasida Madrasatu-z Zahro ma'nosida, Jome'u-l Azhar uslubida dorilfunun, ham maktab, ham madrasa sifatida bir universitet uchun tom ellik besh yildan beri Risola-i Nurning haqiqatlariga xizmat qilganimdek, unga ham harakat qildim.
Buning qiymatini eng avval (Alloh rahmat qilsin) Sulton Rashod maqtab bir binosini qurish uchun yigirma ming oltin bergan edi. Soʻng men eski jahon urushidagi asirligimdan qaytgan vaqtim Anqaradagi 200 deputatdan 163 tasining imzosi bilan oʻsha vaqt pul qiymatli boʻlganda 150 ming lira universitet uchun berishni qabul qilib, imzolagan edi. Mustafo Kamol ham ularning ichida edi. Demak hozirgi pul bilan besh million liraga yaqin pul berib, oʻsha davrda hamma narsadan koʻra koʻproq bu qiymatli universitetga asos solishga ahamiyat berishdi. Hatto dinda juda loqayd va gʻarblashish va an'anadan ajralish tarafdorlari boʻlgan bir qancha deputatlar ham imzoladi. Faqat ulardan ikki kishi, "Biz hozir an'anaviy va diniy ilmlardan koʻra koʻproq gʻarblashishga va madaniyatga muhtojmiz." dedi. Men javoban aytdimki:
"Farazan siz hech bir jihatda ehtiyoj boʻlmasada, aksariyat anbiyolar Osiyoda, sharqda chiqishi va aksariyat hakimlar va faylasuflar gʻarbda kelishining dalolat bilan, Osiyoni haqiqiy taraqqiy ettiradigan, fan va falsafaning ta'sirlaridan koʻra koʻproq diniy his boʻlib, ushbu fitriy qonunni nazarga olmay gʻarblashish nomi bilan Islomiy an'analarni tashlasangiz va dinsiz asos qoʻysangiz ham, toʻrt-besh buyuk millatlarning markazidagi sharqiy viloyatlar, vatan salomati uchun dinga, siz Islomiyat haqiqatlariga qat'iyyan tarafdor boʻlishingiz kerak, shart. Minglar misollaridan bir kichik misolni aytaman:
Vandaligimda, hamiyatli qurd talabamga: "Turklar Islomiyatga koʻp xizmat qilgan. Sen ularga qaysi koʻz bilan qaraysan?" dedim. "Men fosiq bir ukam oʻrniga musulmon turkni tanlayman. Balki otamdan koʻra unga koʻproq aloqadorman. Chunki iymonga toʻliq xizmat qilyapti. " dedi. Vaqt oʻtdi (Alloh rahmat aylasin) u talabam men asirlikdaligimda Istanbulda maktabga kiribdi. Asirlikdan kelgandan soʻng koʻrdim. Ba'zi irqchi muallimlaridan olgan ters darsi orqali qurdchilik hissi bilan boshqa yoʻlni tanlabdi. Menga, "Hozir solih turk oʻrniga oʻta fosiq, hatto dinsiz boʻlsa ham, qurdni tanlayman." dedi. Soʻng men uni bir necha suhbatda qutqardim. Turklar Islomiyat millatining qahramon qoʻshini ekaniga toʻliq qanoat hosil qildi.
Ey savol soʻragan deputatlar! Sharqda besh millionga yaqin qurd bor. Yuz millionga yaqin eronli va hindlar bor. Yetmish million arab bor. Qirq million kavkaz bor. Bir-biriga qoʻshni, qardosh va bir-biriga muhtoj boʻlgan qardoshlarga, bu talabanin Vandagi madrasadan olgan diniy darsi kerakliroqmi yoki u millatlarni qorishtiradigan va irqdoshlaridan boshqa hech kimni oʻylamaydigan va Islomiy uxuvvatni tan olmaydigan, faqat falsafa bilimlarini oʻqish va Islomiy ilmlarni nazarga olmaydigan marhum talabaning ikkinchi holati yaxshimi? Sizdan soʻrayapman!
Bu javobimdan keyin an'anaga qarshi va har tomonlama gʻarblashish fikridagi kishilar turib imzolashdi. Ismlarini aytmayman, Alloh kamchiliklarini avf etsin, hozir vafot etishgan.
Toʻrtinchidan: Modomiki Jumhuriyat raisi oʻta muhim siyosiy masala ichida sharq universitetini eng ahamiyatli masala qilib, hatto gʻaroyib shaklda universitet uchun million lira sarf qilishga qonun chiqarish darajasida favqulotda xizmat bilan madrasaning iftixori va oʻziga buyuk sharaf olib bergan Islomiy madrasaga, eski domlalik hissiyoti bilan boshlashi, butun sharq domlalarini minnatdor qilibdi. Hozir oʻrta sharqda umumiy sulhning tamal toshi va birinchi qal'asi boʻlgan bu universitetni yana katta siyosiy masala ichida qaytadan e'tiborga olishi, albatta bu vatan, davlat, millatga azim foydali natija beradi.
Universitetda diniy ilmlar asos boʻladi. Chunki xorijdagi kuch ma'naviy, iymonsilik bilan buzgʻunchilik qilyapti. Ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi atom bombasi, faqat ma'naviy tomondan ma'naviyatdan kuch olib buzgʻunchilikni toʻxtata oladi.
Modomiki ellik besh yil bu masalaga butun hayotini sarf qilgan va butun daqiqligi va natijalari bilan tadqiq qilgan kishining bu masalaga ra'yini olish va fikrini soʻrash kerak. Oʻzingizni Amerikada, Ovrupoda bu masalaga doir maslahat qilishga majbur deb bilganingiz uchun albatta mening ham bu masalada gap gapirishga haqqim bor. Hamiyatkor boʻlgan millat nomidan sizdan kutib qolamiz.
Aziz, siddiq, fidokor, xolis, muxlis qardoshlarim va Qur'on xizmatida haqiqiy, jiddiy, matonatli doʻstlarim!
Sizga oʻta ahamiyatli holatimni va dahshatli bir zahmat, faqat Ilohiy inoyat bilan katta rahmatni ichiga olgan zohiriy xastalikning ma'naviy istirohat va vazifamning tugashiga bir belgi sifatida xastaligimni bayon qilaman. Shikoyat emas, tashakkur qilyapman. Lekin sizdan chidash uchun duo istayman. Holatim quyidagicha:
Men soʻzlarni gapirar ekanman, birdan ma'naviy toʻsiq kabi qattiq harorat boshlaydi. Eski vaqtlar kuniga bir-ikki marta suv ichar edim. Hozir esa ovqatni juda kam yeyishimga qaramay, yigirma-oʻttiz marta suv ichishga majbur boʻlyapman. Ikki kun avval juda shiddatlandi. Men zahar deb oʻyladim. Bir shubha sabab yonimdagi qardoshlarimga masalani ochdim. Ushbu oʻta qattiq xastaligimga sabr va matonat soʻradim. Rahmat-i Ilohiyadan yolvordim, birdan qalbimga "Aksar hayotimdagi qiyinchiliklarda inoyat va rahmat jilvasi boʻlgani kabi, inshaalloh bunda ham rahmat jilvasi bor ekanki, jinniy va insiy shaytonlar, dinsizlarning seni zaharlashi va lol qilishga urinishlari vazifangning tugashiga va istirohatingga rahmat-i Ilohiya vasila boʻldi. Oʻtgan yili "Ishoratu-l I'joz" tafsiri va "Masnaviy-i Arabiy"ni bir yil muddatda dars berishni boshlagan edim. Yashirin dushmanlarim jinniy va insiy shaytonlar, meni lol qilishga hiylalari bilan urinsada, rahmat-i Ilohiya ham "Ishoratu-l I'joz"ning va "Masnavi-yi Arabiy"ning tukrchasini ehson qilgani uchun va Risola-i Nur ham aksariyat tasdigʻi bilan oʻzi oʻziga dars berib muallimlarga ehtiyoj qoldirmagani uchun, ushbu mudarrislik vazifamdan ehson-i Ilohiy sifatida bu ajib xastalik menga istirohat va tabrik koʻrinishida sabab boʻldi.
Yana ruhimga keldiki: Sening oʻrningga minglar, balki yuz minglar Saidchalar dars beradigan va gapiradiganlar bor. Ehson-i Ilohiy bilan Risola-i Nur boshqa ilmlar kabi mashaqqatli darslarga muhtoj emas. Gʻavsi Jiyloniyning (Q.S.) karomatli فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ jumlasi eng dahshatli davr kabi bunda ham ayni haqiqat ekani koʻrildi.
Yana a'zamiy ixlosga zarar bermaslik uchun hozir dushmanlar ham doʻstlarga aylangan vaqtda suhbat qilish, gapirish, bu dunyoda ham uxroviy xizmatlarning chiroyli va foniy mevalariga vasila boʻladi. Oʻshanda a'zamiy ixlos, hech narsaga vosita boʻlmaydi. Ilohiy vazifaga aralashmaslik uchun qadar-i Ilohiy menga shiddatli holatni zararimga emas, foydamga fatvo berdi, ruxsat etdi. Men yonimdagi vasiyatnomamdagi avlod deb qabul qilgan kichik bolalarni vakil qilaman. Ular bilan gaplashgan kishi men bilan gaplashgan kabi qabul qilaman...
Ustozimizning bu xastaligi koʻrsatyaptiki, yashirini dinsizlar gapirtirmaslik uchun dori topib, yedirishibdi. Xulosa shuki, Ustozimiz qoʻl berish koʻrishishdan, suhbatdan va gapirishdan man qilinganini biz ham korʻyapmiz.