Emirdoğ Lahikasi
— 228 —
Ma'lumot uchun ham rasmiy kishilarga, ham doʻstlarga muhim haqiqatni bayon qilamiz:

Ustozimiz yoshligida va hatto bolaligidan e'tiboran ilm izzatini muhofaza qilish uchun odamlardan qattiq behojat edi. Zakot va sadaqani qat'iyyan olmas edi. "Ikkinchi Maktub"da ham bayon qilinganidek, hadyani qabul qilmas edilar. Bu holati hozirgi keksalik va zaif vaqtida davom etishi uchun, Janobi Haqning rahmati bilan behojatlik dasturi xastalikka aylandi. Ya'ni evazsiz bir luqma olsalar, darhol xasta boʻladilar. Luqmani yeya olmaydilar. Ustozimiz yoshligida bunchalik muhtoj emas edilar. Yolgʻiz yashagan paytlarda juda oz xarajat yetar edi. Hozir juda koʻp talabalariga maosh berib, bir necha xastalik bilan kasallangan vaqtda, behojatlik dasturini muhofaza qilish uchun, rahmat-i Ilohiya u kishini evazsiz hadyalardan xasta qiladi. Xuddi shuning kabi: Ustozimizga hurmat ham ma'naviy hadya kabi boʻlgani uchun, insonlarning hurmatidan va qoʻlini oʻpishlaridan qattiq qochadilar.

"Hayot Yoʻli"ning va "Keksalar Yogʻdusi"ning guvohligi bilan, yoshligida oʻrtoqlaridan ustun holda Siirtning Tillo qishlogʻida uzlatga chekingan edilar. Agʻri viloyatida Shayx Ahmad Haniy Hazratlarining maqbarasiga chillaga kirgan edilar.

Rusiyaga asir tushganlarida, toʻqsonta asir zobit u kishidan diniy darslarni shavq bilan tinglasada, asirlar kampida tatarlarning kichik xoli bir masjidida joy topib, u yerda yolgʻiz qoldilar. Istanbulda Doru-l Hikmatu-l Islomiya a'zoligi kabi jozibali va obroʻli hayot ichida, Yusha tepasida yakka boʻlishni tanladilar. Vanga qaytganlarida esa juda koʻp eski va yangi talabalari orasida baxtli umrni istamay, Erak togʻidagi bir gʻorda yashadilar. Oxirgisi oʻttiz yil koʻrgan tenggi yoʻq zulmlar natijasi sifatida qamoqxonalarga joʻnatilganlarida, qonunan yakka qolish muddati oʻn besh kun boʻlishiga qaramay, yigirma oy, hatto butun qamoq muddatida yakka tutilsada, hech kimga shikoyat qilmadilar.

Ushbu holatlar koʻrsatadiki: Ustozimizning tabiatida yakka qolish doim hokim boʻlgan. Lekin keksaligida juda koʻp yordamga, xizmatga, suhbatga muhtoj boʻlgan vaqti bu holatning davom etishi uchun bir nav xastalik holati berilgan. Besh daqiqa gapirsalar, qattiq harorat boshlaydi, ovozi chiqmaydi. Hatto Shofe'iy mazhabida boʻlgani uchun, namozda Fotihani oʻzi eshitadigan darajada oʻqishi kerak ekan, xastalik sababli ovozi chiqmagani uchun Hanafiy mazhabida oʻqiyaptilar. Xastaligiga doir ikki muhim doktorning ikki tashxisi bor. Xohlaganlar koʻrishi mumkin.

— 229 —

Hozir Risola-i Nurning favqulotda futuhoti va Islom olamida ham favqulotda husn-i qabulga sazovor boʻlishi hangomida, dushmanlar ham doʻstga aylangan paytda, Risola-i Nurning a'zamiy ixlosini (riso-i Ilohiydan boshqa hech qanday dunyoviy, uxroviy rutbaga, mansabga vosita qilmay) muhofaza qilish uchun dahshatli mardumgiriz, ya'ni insonlardan qoʻrqish va ovozi chiqmaslik, gapira olmaslik xastaligi va qoʻlini oʻpish u kishiga xuddi musht urgandek ogʻir kelish holati, istihdomi Rabboniy ekaniga bizga qat'iyyan qanoat berdi.

Hatto bu haqiqatlarni izhor qilishga sabab boʻlgan bir shaxsdan ham ustozimiz rozi boʻldilar.

(Hoshiya): Ustozimizdan: Nima uchun Risola-i Nurning porloq tarqalishi va dushmanlarning ham magʻlub boʻlishi doʻstona holatga aylangan payti odamlar bilan koʻrishmayapsiz? deb soradik.

Javoban aytdilarki: "Men bilan koʻrishishni istagan kishilar yo dushman yoki doʻstsir. Doʻst boʻlsa, Risola-i Nurning yuz minglar nusxasi mening oʻrnimga toʻliq gapiryapti. Menga qat'iyyan ehtiyoj qoldirmaydi. Koʻrishishni istagan dushman boʻlsa, oʻttiz yil ichida juda koʻp mahkamalar va ekspertlar tekshirishsada, na Nur Risolalarida va na Nur Talabalarida hech qanday ayb topa olishmadi. Yigirma toʻrt mahkama "Risola-i Nurda ayb topa olmayapmiz", deb xulosa bergan. Toʻrt mahkama esa umum Nur Risolalariga qat'iyyan oqlab rad etilmaydigan darajasidagi hukmi butun kitoblarni, maktublarni egalariga qaytarib berishi, menin oʻrnimga dushmanlarga toʻliq javob beradi. Menga ehtiyoj qoldirmaydi. Agar shaxsiy koʻrishish xohlansa, butun Nur Talabalari bir jihatda bu bechora Saidning advokatlari boʻlgani kabi, Istanbul va Anqarada advokati boʻlgani uchun, xohlaganlar ular bilan koʻrishishi mumkin."

Qattiq xastaligi va juda keksaligi uchun zaruriy ishlarini qilgan xizmatkorlari.

— 230 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz aytdilarki:

Bizga qarshi boʻlgan Jumhuriyat gazetasi mudofaamni juda yanglish va oʻta yomon tarzda oʻzgartiribdi. Hatto "Bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sumga zarar kelmasligi uchun", jumlasining oʻrniga "Bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sumni zulmatdan qutqarish uchun", degan uydirmalar aralashtiribdi. Hamda yozgan javobimni besh-olti yil avval Istanbul 2-Sulh Jazo Mahkamasida aynan aytilgan. Eng muhim masalam meni oqlagan mudofaa boʻlib, bir-ikki oy avval bir piyola suvda bir toʻfon qoʻporish degandek, Istanbul sayohatimda oʻta ma'nosiz, gʻarazli prokuror Isparta prokuraturasiga havola qilib meni tergov qilishga ikki rasmiy politsiya xodimini joʻnatdi. Ularga aytdimki: U masalaga besh yil avval javob berilgan. Oʻsha davrdagi javobim bunday, dedim. Ular ham qabul qilishdi. Hamda mashinka bilan chiqarishdi, oʻsha yaramasga ham joʻnatishdi.

Hozir uzoqda qaytadan ma'nosiz, bizdan uzoq bir mahalla raisiga boshqa odam beribdi. Tuhmatchi gazeta esa "Uni mahalla raisi prokurorga beribdi." degani uchun, Risola-i Nurning bir qancha zaif shogirdlarini vasvasa qilib va vahimaga tushirishni xohlagan. Bu ma'lumotning yolgʻonligini Nurning koʻp advokatlari yozishsin. Mavzuga doir Istanbul sogʻliqni saqlash hay'atidan toʻrt xulosa bor. Lekin keraksiz boʻlgani uchun, hech kimga koʻrsatish darajasiga tushmadim. Hamda kerak boʻlmadi...

Said Nursiy

Anqaradagi ikki ichki ishlar mudiriga koʻp salom aytaman. Bunday narsalarga ahamiyat berishmasin.

— 231 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarimiz!

Avvalo: Ustozimiz baroat kechangizni tabriklayaptilar. Salom va duo qilyaptilar.

Ikkinchidan: Diyorbaqirdan kech olgan maktubimizda ifoda etilganiga koʻra, Diyorbaqir atrofi bilan birga sharqda hozir ikki yuztacha Nur darsxonalari ochilibdi. Ayricha Diyorbaqirda ayollarga maxsus toʻrt-besh nuriy darsxona bor ekan. Inshaalloh bu buyuk xayrning alomatidir.

Ustozimiz oʻn yil avval ishorat qilgan va katta manfaatini bayon etganidek, Nur madrasalarining hozirgi davrda ochilishi, toʻliq amalga oshgan boʻlyapti. Oʻshanda aytgan edilar: "Hozir rasman din darslari uchun xususiy darsxonalar ochilishiga ruxsat berilishiga binoan, Nur shogirdlari mumkin boʻlganicha hamma joyda kichik nuriy darsxona ochishi kerak. Garchi hamma oʻzi oʻziga bir daraja istifoda qilsada, har kim har bir masalasini toʻliq tushunmaydi. Iymon haqiqatlarining izohi boʻlgani uchun, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham huzur, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh-oʻn yil oʻrniga inshaalloh Nur madrasalari besh-oʻn haftada oʻsha natijaga erishadi va yigirma yildan beri bu ishni qilyapti."

Ustozimiz Barladagi toʻqqiz yillik yashash joyi boʻlgan Risola-i Nurning birinchi darsxonasi, yana olti viloyat kengligidagi Madrasatu-z Zahroning urugʻi boʻlgan uyini "Madrasa-i Nuriya sifatida" Risola-i Nurga vaqf qilgan edilar. Hozir uning davomi sifatida Isparta va atrof tumanlari va ba'zi qishloqlarida, yana Diyorbaqir va shaqrda Nur darsxonalari ochilyapti.

Bu suratda darsxonalarda Nurlarning oʻqilishi va Nurlar bilan shugʻullanishda davom etgan kishilarga va dars olganlarga talaba-i ulum sharafini qozontiryapti. Talaba-i ulumning esa oddiy harakatlari, hatto uyqusi ham ibodat hukmiga oʻtganini ba'zi buyuk mujtahidlar bayon qilishgan.

Uchinchidan: Nurlarning radio vositasida Onadoʻli va Islom olamiga tarqalishining ilk muqaddimasi muborak laylatu-l baroatga toʻgʻri kelishi bu vatan va Islom olami uchun Risola-i Nur foydasiga buyuk xayrning alomati va ishoratidir.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Tohiriy, Zubayr, Sungur, Jaylon, Bayram

(Hoshiya): Bu maktub ayni paytda telegraf yoki maktub bilan Ustozimizning laylatu-l baroatini tabriklagan qardoshlarimizga javob hisoblanadi.

— 232 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Umum doʻstlarim va Nur qardoshlarimga ushbu vasiyatni e'lon qilaman: Men shaxsim e'tibori bilan Nuriy vazifani bajarishga toqatim qolmadi. Balki ehtiyoj ham qolmagan. Koʻp sonli zaharlanishlar va qattiq keksalik holati va xastalik bilan hozirgi hayotda qolishga matonatim qolmagandek. Shoyad men kutayotgan oʻlim kelib, ushbu vasiyatimni zohiriy hayotimda oʻlgandek yozyapman.

Xoliqi Rahimga hadsiz shukr boʻlsinki, bundan oltmish-yetmish yil avval odatga xilof ilm tahsili, xususan iymon ilmi yoʻlida odamlardan yordam istash va tamoman faqirligi bilan Eski Said bolalik, yoshlik davrida talabalariga maoshini oʻzi berishga harakat qilganu va faqat qisqa vaqt besh maosh qabul qilib qolgan talabalariga ba'zan yigirma-oʻttiz talabasiga maosh bergani uchun, talabalar ilmni vosita qilishga majbur boʻlishmadi. Tejamkorlik va qanoat bilan oʻshanda muvaffaq boʻlganlaridek, Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr boʻlsinki, Eski Said kabi hozir Risola-i Nurning oʻzi nashriyoti bilan haqiqiy talabalarining maoshini toʻliq berishni boshladi. A'zamiy ixlosni ketkazmaslik uchu Risola-i Nur xos talabalariga, xususan nafaqaga muhtojlarga toʻliq kifoya qiladigan darajada Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining beshdan biri Risola-i Nurning haqqi boʻlgani uchun, hozir ellik-oltmish talabasiga yetarli sarmoya chiqyapti. Mening (bechora Saidning) ichida hech qanday haqqi yoʻq. Faqat Risola-i Nurning qiymatli xosiyati va shogirdlarining ma'naviy shaxsining kamoli sadoqati ushbu ma'naviy Nur bayramiga vasila boʻldi.

— 233 —

Hozir butun talabalardan ustun demaylikda, mening eng yaqinimda xizmatda boʻlib, harakat tarzini toʻliq bilgan va yaqindan koʻrganlar ichida, toʻrt-besh kishini mutlaq vakil qilaman. Men vafot etsam yoki hayotda shuursiz qolsam, Nurlarga xizmat tarzimni bilib toʻliq qilishadi. Hozircha Tohiriy, Sungur, Jaylon, Husnu va yana bir-ikki kishi mutlaq vakilim deb vasiyat qilaman. Hozir Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining sarmoyasi, Risdola-i Nurning mulki ekan. Said ham bir xizmakordir. Hayotda maoshini olishi mumkin. Hatto soʻnggi kunlarda oʻlim menga juda yaqin koʻrindi. Men olti viloyatdagi ellik-oltmish talabani ikki-uch yil Nur sarmoyasidan maoshini berishga qat'iyan niyat qilgan edim. Balki ba'zilarini ba'zi monelar talabalik xizmatidan voz kechirar deb voz kechdim. Hozir vasiyatimni yozdim.

Said Nursiy

(Hoshiya): Gʻavsi A'zam Shayh Jiyloniy (R.A.) Risola-i Nur va muallifiga ishorat qilgan gʻaybir karomatidagi bir jumlada تَعِيشُ سَعِيدًا deb tirikchilik xususida saodatda yashashini va eng baxtiyor boʻlishini xabar bergan. Holbuki biz Ustozimizning faqru behojatligini hozirgacha zohiran bunga muxolif deb bilar edik. Gʻavsi A'zamning gʻaybiy xabari Ustozimizning hayotida hozir amalda koʻrildi. Kichikligida oʻn yoshida amakisining shoʻrvasini ichmas, minnat ostiga kirmas edi. Dars bergan eski talabalarining tirikchiligini ham oʻzi berar edi. Xuddi shuning kabi, hozir ham ellik-oltmish talabaning maoshini berishi, gʻaybiy xabarning toʻliq roʻyobga chiqqanini va amalga oshganini koʻrsatdi.

Tohiriy, Sungur, Jaylon
— 234 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ajal aniq boʻlmagani uchun, mening qattiq xastaligim har doim kelishi mumkin deb, avvalo yozgan vasiyatnomalarimni qayta tasdiqlab bu vasiyatnoma ham qattiq, ichki xastaligim tufayli eslatildi. Uni bayon qilaman: Vafotimdan soʻng, qoʻlimdagi omonat boʻlgan Risola-i Nur sarmoyasi, ham moʻ'jizotli Qur'onimizni chop ettirish uchun Eskishaharda saqlangan sarmoya, Qur'onning tavofuq bilan fotografli chop etilishiga oiddir. (*) Qoʻlimizdagi sarmoya esa, Risola-i Nurning sarmoyasidir. U sarmoya Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr boʻlsinki, yetmishdan koʻproq yil avval, u davrning odatiga qarshi oʻzim faqir boʻlsamda, ularning maoshini berganim, bir ehson va lutfi Rabboniy boʻlib, oʻsha vaqtdan ellik-oltmish yil oʻtib Janob-i Arhamu-r Rohimiynning urf-odatga muxolif qoidamni ma'naviy va keng Madrasatu-z Zahroning xolis va nafaqasini ta'minlay olmagan va vaqtini Risola-i Nurga sarf qilgan talabalarimga aynan va eski davr ehsoni Ilohiy natijasi sifatida hozir qoʻlimizdagi sarmoya ularning maoshidir. Maoshlariga sarf qilinadi va necha yildan beri men qilganimdek ma'naviy avlodlarim, vorislarim aynan bajarishlarini vasiyat qilaman.

Inshaalloh tom Risola-i Nur yoyilishni boshlasa, u sarmoya hozirgi fidokor, oʻzini Risola-i Nurga vaqf qilgan shogirdlardan oʻta fidokor talabalarga kifoya qiladi va ma'naviy Madrasatu-z Zahro va Madrasa-i Nuriya koʻp joylarda ochiladi. Mening oʻrnimga bu haqiqatga, bu holatga ma'naviy avlodlarim, xos va fidokor xizmatkorlarim va oʻzini Nurga vaqf qilgan va hamma bilgan qardoshlarim bu vasiyatni tatbiq qilishga yordam berishlarini iltimos qilaman.

Risola-i Nurda menga umuman ehtiyoj qolmagani uchun, barzoh olamiga ketish men uchun sevinch sababidir. Siz mahzun boʻlmang. Balki meni tabriklang, zahmatdan rahmatga ketyapman.

Juda xasta
Said Nursiy

Ha, biz Ustozimizning bu vasiyatiga shohidmiz.

Amirtogʻli Chalishkan, Mustafo Ajat,
Safranbolulik Husnu, Armanakli Zubayr, Choʻgʻolli Bayram
— 235 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, muhtaram qardoshimiz Tahsin Bey!

Laylatu-l Qadringizni tabriklab, muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ustozimiz sizga xususiy salom aytdilar. Aytdilarki:

"Tahsin nashr qilgan "Hayot Yoʻli" yigirma buyuk majmuachalik foyda berdi, futuhot qildi. Hozir bir oz kavlashtirilayotgani uchun, qat'iyyan xavotir olmasin. E'tiborni jalb qilgani uchun, katta e'lonnoma oʻrniga oʻtdi.

Hozirgacha yigirma yildan beri yigirma katta majmua parda ostida yoyilishi sababli juda katta futuhotga vasila boʻldi. "Hayot Yoʻli"ning ham parda ostida yoyilishi inshaalloh ayni natijani beradi."

Ikkinchidan: Modomiki Janobi Haq sizni Anqarada Risola-i Nurning bosh qoʻmondoni sifatida ehson qilgan ekan, Risola-i Nurning, Qur'onning qirq i'joz tomonidan bir tomoni boʻlgan nazmini bayon qilgan "Ishoratu-l I'joz" tafsirining nashr qilinishi ham sizga muyassar boʻldi. Nazm tomoni yetti qismdir. Bir qismi tavofuqotdir. Tavofuqotning bir navi esa Lafzi Jalolda koʻrilgan zohiriy tavofuqlardir.

Ushbu moʻ'jizotli Qur'onimiz bu tavofuqlarni koʻrsatyapti. Inshaalloh moʻ'jizotli Quʻronning nashr va chop qilinishi ham sizga nasib boʻladi. Avvalroq Ustozimiz sizga oʻn ming lira joʻnatgan edilar. Hozir ham Qur'onning oyatlriga tom muvofiq 6666 lira joʻnatyaptilar. Bu pul talabalarning ikki yillik maoshidan ortib qolgan puldir. Bunda bir azim sir bor. Oltin pul kabi muborak hisoblanadi. Boshqa narsaga sarf qilmaslik kerak. Sizga Qur'onning ba'zi juz'lari bilan birga joʻnatyapmiz va juda koʻp salom aytamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Tohiriy, Zubayr, Jaylon, Sungur
— 236 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Bu safar Anqaraga kelganimning muhim sababi, Islomiyatga jiddiy tarafdor Ichki Ishlar vaziri Namiq Gedikni koʻrish va Islomiyat qahramoni Adnan Beyga va Tavfiq Ileri kabi muhim kishilarga bir haqiqatni aytish kerak:

Demokratga ham azoni Muhammadiy kabi koʻp quvvat berish va Risola-i Nurning nashriga ruxsat berishi kabi qattiq tarafdor boʻlish va Islom olamine, hatto bir qism Xristian davlatlarini ham xursand qilish uchun, Ayasofiyani axlatlardan tozalab ibodat joyi qilish kerak. Bu masala uchun oʻttiz yil siyosatni tark qilgan boʻlsamda, uning hurmati uchun Namiq Gedikni koʻrishni istadim va keldim. Adnan Bey, Namiq Gedik va Tavfiq Ileri kabi kishilarning hurmati uchun, boshqa joyga bormadim.

Risola-i Nur Qur'onning asosiy qonunlari bilan butun Onadoʻli va sharqiy viloyatlarda osoyishtalikni ta'minlayotganiga bir dalil shuki: Oʻn yildan koʻproq vaqt avval Afyon Prokuraturasi "Olti yuz ming fidokor talabasi bor. Risola-i Nurdan besh yuz ming nusxa nashr qilgan, balki osoyishtalikka zarar kelishi mumkin." dedi. Unga qarshi Said aytganki: Modomiki olti yuz ming fidokor talabasi bor ekan, oʻn besh yildan beri menga buncha zulm qilinayotgan ekan, bitta muammo chiqarganini hech bir zobit va mahkama koʻrsata olmadi.

Yana aytdimki: Ey prokuror! Agar ming prokuror, ming ichki ishlar mudirichalik osoyishtalikni ta'minlashga Risola-i Nur xizmat qilmagan boʻlsa, Alloh menga qahr qilsin. Siz ham menga nima jazo bersangiz bering deyman. U bu soʻzimga qarshi hech qanday chora topa olmadi.

Faqat bir-ikki yil avval Nurning kichik bir talabasi Risola-i Nurga zarar keladi deb, chop qilgan bir kichik risolaga zarar kelmasligi uchun, oʻzini oʻldirmoqchi boʻldi. Soʻng Ustozi uni man qildi va kichik hodisa boʻldi, ikkalovi ham kelishtirildi.

— 237 —

Holbuki bir Ustozning oʻn dona fidokor talabasi boʻlsa (hatto biri salom bersa musht yegandek, biri qoʻlini oʻpib gʻazabga uchradi) hech bir fidokori osoyishtalikka xavf solmaslik uchun sukut qilishdi. Saiddan eshitishganki: Mening yuz ruhim boʻlsa, ularni osoyishtalikka fido qilaman. Shuning uchun وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى asosiy qonuniga binoan besh jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumga zarar kelmasligi, bir jinoyatchi sababli oʻn ma'sum bola-chaqa, ota-onalariga zulm qilmaslik uchun, Risola-i Nur iymon xizmati bilan birga osoyishtalikni toʻliq ta'minlab hammaning qalbida yomonlikka qarshi qoʻriqchi qoʻyadi. Men ham ming ruhim boʻlsa, Qur'onning bu asosiy qonuniga fido qilganimni hayot yoʻlim isbotlaydi va oʻrtada. Buni mahkamalar ham qabul qilgan.

Hatto xizmatning boshida koʻrinishni, riyokorlik, xudbinlik, "men"lik ma'nosida deb odamlar bilan koʻrishishni ham tark etgan. Doʻstlar bilan koʻrishishga majbur boʻlmasin, hurmatlari ketmasin deb rahmat-i Ilohiyaning ehsoni bilan ovozi ham chiqmay qolgan.

Said Nursiy
— 238 —

[Prokurorlar haqida Ustozimizning gʻarib ruhiy holatini bayon qilish payti keldi.]

Menga aytdilarki:

"Oʻttiz-qirq yil tazyiqda, huququlloh ma'nosidagi omma huquqi nomli vazifalardagi prokurorlar aksar qamoqlarda, surgunlarda qiynoqlarini koʻrgan boʻlsamda, menga ularga gʻazab, jahl qilish holati kelmadi.

Keyin qaraganimda:

Ularning zohiriy qiynogʻiga sabab boʻlgan kamchililarimni koʻrmagan edim. Lekin koʻp marta vaqt oʻtib qadar-i Ilohiyning boshqa kamchiliklarimga binoan shafqat ta'zirining prokurorlar qoʻli bilan kelganini koʻrdim. Taqdir adolat qilgani uchun, shafqat ta'zirini ruh va qalbim bilan qabul qildim. Zohiriy sababga binoan prokurorlarning gʻazabini halol etdim.

Janobi Haqqa shukrki, prokurorlarning bir qanchasi vazifalari boʻlgan umumiy huquqni himoya qilish huququlloh turidan boʻlgani uchun, menga qarshi qiynoq emas, aksincha adolat nuqtasida, umum Islomiyatga va balki bashariyatga ham manfaati boʻlgan Risola-i Nurning iymon xizmati jihatidan qiynoqni tahslab qadar-i Ilohiyning shafqat ta'ziriga qarab, zohiriy azob, haqiqatda yordam boʻlgani uchun, men ham bu azim sir munosabati bilan barcha prokurorlarga doʻstlik va duo qilishni boshladim. Menga zohiran qiynoq boʻlib koʻringan holatlar, iymoniy xizmatga e'lonnoma oʻrniga oʻtdi.

Men ham ularga omma huquqining huququlloh oʻrniga oʻtganini bilganlarga, barchasiga salom va duo qilaman. Menga qilgan qiynoqlarining barchasini halol qilaman."

Said Nursiy

Ustozimizning sizga yozgan haqiqat boʻlgan bu maktubini taqdim qilaman.

Talabasi
Sungur