(Bizga oid masalalarni yozga gazetalarga qarata yozgan bu murojaatni nashr qilsalar, soʻnggi kunlarda bizga qarshi boʻhtonlarini halol etaman. Bizni oʻylagan qardoshlarim xafa boʻlmasligi uchun qattiq xastaligimga binoan ushbu qisqa maktubimni gazetalar nashr qilishsin.)
Avvalo: Soʻnggi kunlarda boʻlgan masalalar uchun xavotir olmang. Bizga tajalliy etgan Ilohiy rahmat va inoyat bilan bu buyuk xayrdir. Ham xasta boʻlganim uchun gapirish va koʻrishishga ham chiday olmayapman. Hozirda Risola-i Nurning ichki va tahsqi favqulotda yoyilishi va keng futuhoti bilan dushmanlar doʻst boʻldi. Hammaning gaplashishni istashi evaziga Risola-i Nur menga boshqa ehtiyoj qoldirmagani uchun, inoyati Ilohiya bilan ovozim ham yoʻqoldi, koʻrishib gaplasha olmayapman.
Meni olti viloyatdan chaqirishgani uchun ketayotib oldimizga kelgan va Risola-i Nur va yoʻlining haqiqatini tushungan doʻst mansabdorlar, Amirtogʻda istirohat qilishimni va hozircha Amirtogʻda qolishimni hukumat iltimos qilganini bildirishdi. Zotan koʻrishib gaplashishga chiday olmaganim uchun, men haqimdagi bu doʻstona taklif va holat inoyat boʻldi. Meni chaqirgan koʻp viloyatlardagi haqiqiy qardoshlarimning koʻngli oʻksimasin. Yana ba'zi viloyatlarga borib boshqalariga bora olmasam, yuz minglab haqiqiy fidokor talabalarimning jahli chiqmasin.
Ikkinchidan: Mening ushbu sayohatlarimda qat'iyyan siyosat bilan aloqam yoʻqligiga bir dalil shuki, qirq yildan beri siyosatni tark etganim uchun, faqat va faqat Qur'onning bu davrga tom muvofiq tafsiri boʻlgan Risola-i Nur - mutlaq kufrni sindirgani uchun anarxistlikka va bʻuzgʻunchi jarayonlarga qarshi toʻsiq qoʻyganidek, Qur'onning Risola-i Nurga bergan darsida asosiy qonun boʻlgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan, "Osoyishtalikni buzish, besh jinoyatchi sababali toʻqson ma'sumga zulm qilish" deb, uxroviy xizmatimiz vatan, millat va osoyishtalikka ham katta foydasi borligi uchun, meni kuzatgan josuslar yoki qiynagan politsiyachilar va zobitlardan ham roziman, haqqimni halol etaman. Ularning osoyishtalikning mujohid himoyachilari deb qardosh kabi xursandchilik bilan qabul qildim. Meni Anqaradan toʻxtatishlarini ham qabul qilganimdek, men uchun inoyati Ilohiyaga vasila boʻlishlari jihatidan Allohga shukr qildim. Va kamoli sevinch bilan Anqaraga borishdan qaytdim.
Uchinchidan: Hamma joyda Risola-i Nurning yoyilishi, oʻqilishi va juda koʻp ishtiyoqmandlari borligi sababli men bilan koʻrishish, gaplashish va chaqirishni istayotgan edilar. Bu holatda, yigirma viloyatga borishim zarurat edi. Lekin Risola-i Nur chop etilgan joylar boʻlgan Anqara, Istanbul va Koniyaga bordim.
Meni Amirtoqqa yoʻnaltirgan doʻstlarga shuni aytamanki: Menga boʻlgan bu muomala bir inoyat va rahmati Ilohiyaga sabab boʻldi. Siqilmayapman. Faqat mening yigirma yil qolgan Isparta viloyatida ikki yillik kiralagan uyim va ba'zi narsalarim bor. U yerning havosi ham xastaligimga bir oz foydali. Hukumatning ruxsati bilan bir oy Amirtogʻda, bir oy kiralagan Ispartadagi uyimda boʻlishni istayman.