Emirdoğ Lahikasi
— 241 —
[Umum Nur Talabalariga Ustoz Badiuzzamonning vafotidan avval bergan eng soʻnggi dars.]

Aziz qardoshlarim!

Bizning vazifamiz musbat harakat qilishdir. Manfiy harakat emas. Rizo-i Ilohiyga asosan faqat iymoniy xizmat qilish, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. Biz osoyishtalikni saqlashni natija bergan musbat imyon xizmati ichida har qanday muammoga sabr bilan shukrga mukallafmiz. Masalan:

Oʻzimni misol olib aytamanki: Men eskidan beri bosim va pastkashlikka boʻyin egmaganman. Hayotimda bosimni koʻtara olmaganimga koʻp hodisalar bor. Masalan: Rusiyada qoʻmondonga oyoqqa turmaslik, Devoni Harbi Oʻrfiyda qatl etilish tahdidiga qarshi mahkamadagi polkovniklarning savollariga bir tiyinlik ahamiyat bermaganim kabi, toʻrt qomondonga qilgan bu muomalam bosimlarga boʻyin egmaganimni koʻrsatadi. Lekin oʻttiz yildan beri musbat harakat qilish, manfiy harakat qilmaslik va Ilohiy vazifaga aralashmaslik haqiqati uchun, menga qilingan muomalalarga sabr bilan, rizo bilan javob berdim. Jirjis (A.S.) kabi va Badr, Uhud muhorabalarida koʻp marta aziyat tortganlardek sabr va rizo bilan kutib oldim.

Ha masalan: Sakson bir xatosini mahkamada isbot qilgan bir prokurorning xato iddiolari bilan bizga qarshi hukmiga qarshi hatto badduo ham qilmadim. Chunki asl masala, bu davrning ma'naviy jihodidir. Ma'naviy buzgʻunchiligiga qarshi toʻsiq tortishdir. Bu bilan ichki osoyishtalikka butun quvvatimiz bilan yordam berishdir.

Yoʻlimizda kuch bor. Lekin bu kuch osoyishtalikni muhofaza qilish uchun. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى dasturiga asosan: "Bir jinoyatchi sababli uning ukasi, xonadoni, bola-chaqasi javobgar hisoblanmaydi." Shuning uchun, butun hayotimda bor kuchim bilan osoyishtalikni muhofaza qilishga harakat qildim. Bu kuch ichkariga qarshi emas, faqat xorijiy tajovuzga qarshi iste'mol etilishi mumkin. Mazkur oyatning dasturiga asosan vazifamiz - ichki osoyishtalikka butun kuchimiz bilan yordam berishdir. Shuning uchun, Islom olamida osoyishtalikni buzadigan ichki kurashlar faqat mingda bir boʻlgan. U ham oradagi bir ijtihod farqi tufayli yuzaga kelgan. Ma'naviy jihodning eng katta sharti - vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. "Bizning vazifamiz xizmat, natija Janobi Haqqa oiddir. Biz vazifamizni bajarishga majbur va mukallafmiz."

— 242 —

Men ham Jaloliddin Xorazmshoh kabi, "Mening vazifan iymon xizmatidir. Muvaffaq qilish yoki qilmaslik Janob-i Haqning vazifasidir." deb ixlos bilan harakat qilishni Qur'ondan dars olganman.

Tashqi tajovuzga qarshi javob beriladi. Chunki dushmanning mulki, bola-chaqasi gʻanimat oʻrniga oʻtadi. Ichkarida esa unday emas. Ichki harakat musbat shaklda ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi ma'naviy, ixlos sirri bilan harakat qilishdir. Tashqi jihod boshqa, ichki jihod boshqadir. Janobi Haq menga millionlar haqiqiy talabalarni berdi. Biz butun kuchimiz bilan ichkarida faqat osoyishtalikni muhofaza qilish uchun harakat qilamiz. Bu davrda ichki va tashqi ma'naviy jihoddagi farq juda katta.

Yana bir masala bor. U ham juda ahamiyatlidir. Qur'on hukmiga koʻra bu davrda "mim"siz madaniyat zaruriy ehtiyojlarni tortdan yigirmaga chiqardi. Oʻrganib qolish, xoʻjakoʻrsin va qaramlik bilan zaruriy boʻlmagan ehtiyojlar zaruriy ehtiyoj darajasiga chiqdi. Oxiratga iymon keltirsada, zarurat bor deb, shu tushunchada dunyo manfaati va tirikchilik darsi uchun oxirat oʻrniga dunyoni tanlaydi.

Qirq yil avval bir bosh qoʻmondor meni bir oz dunyoga oʻrgatish uchun ba'zi qoʻmondonlar, hatto domlalarni yonimga joʻnatdi. Ular kelib: "Hozir biz majburmiz. اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُبِيحُ الْمَحْظُورَاتِ qoidasiga asosan Ovruponing ba'zi usullarini, madaniyatini taqlid qilishga majburmiz." deyishdi. Javoban: "Qattiq aldanibsiz. Zarurat su-i ixtiyordan kelsa qat'iyyan toʻgʻri emas. Haromni halol qilmaydi. Su-i ixtiyordan kelmasa, ya'ni zarurat harom yoʻli bilan boʻlmasa, zarari yoʻq. Masalan: Bir kishi su-i ixtiyori bilan harom tarzda oʻzini sarxush qilsa va sarxush boʻlib jinoyat qilsa, hukm uning zarariga chiqariladi. Urzli hisoblanmaydi, jazo oladi. Chunki su-i ixtiyori bilan bu zarurat yuzaga keldi. Lekin jinni bola majzub holatida bir kishini oʻldirsa, ma'zur hisoblanadi, jazo olmaydi. Chunki ihtiyori dohilida emas." dedim.

— 243 —

Men qoʻmondon va domlalarga: Non yeyish, yashash kabi zaruriy ehtiyojlar xorijida boshqa qanday zarurat bor? Su-i ixtiyordan, gʻayri mashru' mayllardan va harom muomalalardan kelib chiqqan harakatlar, haromni halol qilishga asos boʻla olmaydi. Sinema, teatr, raqs kabi narsalarga qaram boʻlganlar, mutlaq zarurat boʻlmagani va su-i ixtiyordan chiqqani uchun, haromni halol qilishga sabab boʻlmaydi. Inson qonuni ham bu nuqtalarni e'tiborga olganki, ixtiyori xorijida qat'iy zarurat bilan su-i ixtiyordan kelib chiqqan hukmlarni ayirgan. Ilohiy qonunda esa bu asoslar, yanada asosli va muhkam shaklda ayirilgan.

Shu bilan birga davrning zoʻrlashi bilan zaruratlar yuzaga chiqdi degan tasavvurda ba'zi domlalar bid'atlarga tarafdorligi tifayli ularga hujum qilmanglar. Bilmay "zarurat bor" degan tushuncha bilan harakat qilgan bechoralarga teginmanglar. Shuning uchun kuchimizni ichkarida sarf qilmaymiz. Bechora, zarurat darajasiga kirgan, bizga muxolif boʻlganlardan, domla boʻlsa ham, ularga aralashmang. Men oʻzim avvalroq bizga qarshi bir talay dushmanlarga qarshi turdim. Iymon xizmatiga zarracha zarar keltirmadim. Muvaffaq boʻldim. Hozir millionlar Nur Talabasi boʻlsada, yana musbat harakat qilib, ularning barcha tahqirlariga, zulmlariga chidayapman.

Biz dunyoga qaramaymiz. Qaragan vaqtimiz ularga yordam berish uchun harakat qilamiz. Osoyishtalikni muhofaza qilishga musbat shaklda yordam qilamiz. Bu kabi haqiqatlar uchun bizga zulm qilishsa ham xush koʻrishimiz kerak.

Risola-i Nurning nashri hamma tomonda Demokratlar dinga tarafdorligini koʻrsatdi. Endi risolani kavlashtirish vatan, millat foydasiga tamoman ziddir.

Bir mahram risola bor edi. Uni nashr qilishni man qilgan edim. "Vafot etganimdan soʻng nashr qilinsin", degan edim. Soʻng mahkamalar olib oʻqishdi, tekshirishdi, soʻng oqlashdi. Oliy Sud oqlanish hukmini tasdiqladi. Men ham uni ichki osoyishtalikni ta'minlash uchun va yuzda toʻqson besh ma'sum insonlarga zarar kelmasligi uchun mashr qilganlarga ruxsat berdim. "Said mashvarat bilan nashr qilishi mumkin." dedim.

Uchinchi masala: Mutlaq kufr, shunday bir ma'naviy jahannamni tarqatishga urinyaptiki, koinotda hech bir kofir unga rozi boʻlmaydi. Qur'onning "Rahmatan lil Olamiyn" ekanining bir sirri quyidagicha: Musulmonlarga rahmat ekani - oxiratga iymon, Allohga iymon keltirish ehtimolini berishi butun dinsizlar, butun olam va bashariyatga rahmat ekaniniga urgʻu, ishorat boʻlib, dunyoda ham ularni ma'naviy jahannamdan bir daraja qutqargan. Holbuki hozir fan va falsafaning zalolatdagi qismi mutlaq kufrni komunistlar tarzida tarqatishni boshladi.

Munofiqlar, ateistlar va ba'zi haddidan oshgan siyosatchilar vositasida komunistlik pardasida anarxistlikni keltirib chiqaradigan suratda tarqatib, singdirishga boshlagani uchun, hozirgi hayot dinsiz mavjud boʻla olmaydi, yashamaydi. "Bir millat dinsiz yashamaydi" hukmi bu nuqtaga ishoratdir. Mutlaq kufr boʻlgan vaqtda haqiqati holda yashalmaydi. Shuning uchun Qur'oni Hakim bu asrda ma'naviy moʻjizasi sifatida mutlaq kufr va anarxistlikka toʻsiq tortishi uchun Risola-i Nur shogirdlariga ushbu darsni bergan. Tosiq tortishdi ham. Ha, Xitoy, Ovruponing yarmi va Bolqonlarni istilo etgan bu jarayonga qarshi bizni muhofaza qilgan Qur'oni Hakimning ushbu darsi, shu hujumga qarshi toʻsiq tortib, tahlikaga qarshi chora topgan.

— 244 —

Demak bir musulmon boshqa dinga kirishi, Xristian yoki Yahudiy, xususan bolshevik kabi boʻlishi mumukin emas... Chunki Isaviy musulmon boʻlsa, Iso Alayhissalomni yanada koʻproq sevadi. Musaviy musulmon boʻlsa, Muso Alayhissalomni yanada koʻproq sevadi. Lekin Musulmon Muhammad Alayhi-s Salotu Vassalamning zanjiridan chiqsa, dinini tashlasa, boshqa hech qanday dinga kirmaydi, anarxist boʻladi, ruhida kamolotga eltadigan hech qanday holat qolmaydi. Vijdoni buziladi, ijtimoiy hayotga zahar boʻladi.

Shuning uchun Janobi Haqqa shukr Qur'oni Hakimning gʻaybiy ishorati bilan qahramon turk va arab millatlari ichida tirk va arab tilida bu asrni qutqaradigan Qur'oniy moʻ'jizani Risola-i Nur nomi bilan darsi yoyilishni boshladi. Oʻn olti yil avval olti yuz ming kishining iymonini qutqargani kabi, hozir millionlardan oʻtgani yuzaga chiqdi. Demak Risola-i Nur insonni anarxistlikdan qutqarishga bir daraja vasila boʻlgani kabi, Islomning ikki qahramon qardoshi boʻlgan turk va arabni birlashtirishga, Qur'onning asosiy qonunlarini yoyishga vasila boʻlganini dushmanlar ham tasdilayapti.

Modomiki bu davrda mutlaq kufr Qur'onga qarshi chiqyapti. Mutlaq kufrda dunyoda jahannamdan ham kattaroq jahannam bor. Chunki oʻlim oʻldirilmaydi, har kuni bashariyatda oʻttiz ming mayyit oʻlim davom etayotganiga guvohlik qilyapti. Oʻlim - mutlaq kufrga tushganlar yoki tarafdorlarga ham shaxsan abadiy qatli va butun oʻtmish, kelajak qarindoshlarining ham abadiy qatl etilishi sifatida tasavvur qilingani uchun, Jahannamdan oʻn marta koʻproq dahshatli Jahannam azobi chekadi.

Demak qalbida Jahannam azobini mutlaq kufrda his qiladi. Chunki har bir inson qarindoshlarining saodati bilan baxtli, azobi bilan qiynalgani kabi, Allohni inkor qilganlarning e'tiqodiga koʻra, butun baxtlari yoʻq boʻladi, oʻrniga azoblar keladi. Demak bu davrda, bu dunyoda insonlar qalbidan ma'naviy jahannamni yoʻqotadigan tek bir chora bor: U esa Qur'oni Hakimdir. U bu darning tushunchasiga koʻra uning ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur boʻlimlaridir.

— 245 —

Hozir Allohga shukr qilamizki, siyosiy partiyalar ichida bir partiya buni bir oz his qildiki, asarlarni nashr qilishga monelik qilmadi. Iymon haqiqatlarining iymon ahliga dunyoda ma'naviy jannatni qozontirganini isbotlagan Risola-i Nurga monelik qilmadi, nashriga ruxsat tarzida muomala qildi, yoyilishini ham tazyiq qilishdan voz kechdi.

Qardoshlarim! Xastaligim juda qattiq, balki juda yaqinda vafot etarman yoki batamom gapirishdan (ba'zan man etilganim kabi) man qilinarman. Shuning uchun mening Nur oxirat qardoshlarim, yomonlikning yengili deb, ba'zi bechora yanglishganlarning xatosiga aralashmanglar. Doim musbat harakat etishsin. Manfiy harakat vazifamiz emas. Chunki ichkarida manfiy harakat qilinmaydi. Modomiki siyosatchilarning bir qismi Risola-i Nurga zarar bermayotgan ekan, bir oz ruxsat beryapti, masalaga yomonlarning yaxshisi sifatida qarang. Katta yomonliklardan qutulish uchun, ularga zararingiz tegmasin, ularga foydangiz tegsin.

Ichki ma'naviy jihod - ma'naviy buzgʻunchiliklarga qarshi chiqish hisoblanib, moddiy emas ma'naviy xizmatlar kerak. Shuning uchun siyosatchilarga aralashmaganimiz kabi siyosatchilar ham biz bilan mashgʻul boʻlishiga hech qanday haqqi yoʻq.

Masalan: Bir partiya minglar tomondan muammo chiqarsada, hatto oʻttiz yillik qamoqlar, tazyiqlar boʻlsada, haqqimni halol etdim. Bergan azoblari evaziga bechoralarning yuzda toʻqson beshini xoʻrlash va e'tirozlariga, zulmlariga uchrashdan qutulishga vasila boʻldim. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati hukmiga asosan yomonlik faqat yuzda beshga tushdi. Bizga qarshi boʻlgan partiyaning hozir hech bir jihatdan bizga qarshi shikoyat qilishga haqqi yoʻq.

Hatto bir mahkamada yanglish xabarchi va josuslarning vahimasi bilan bizni, yetmish kishini ayblash uchun Risola-i Nurning ba'zi boʻlimlariga badbinligi, e'tiborsizligi bilan yanglish ma'no berib, sakson xato bilan meni aybdor qilishga urinsada, mahkamalarda isbot qilingani kabi, hujumga eng koʻp uchragan qardoshingiz, mahkumligida derazadan prokurorning uch yoshli bolasini koʻrib, soʻradi. "Bu prokurorning qizi." deyishdi. U ma'sumning hurmati uchun prokurorga badduo qilmadi. Balki u tugʻdirgan qiyinchiliklar, Risola-i Nurning ma'naviy moʻjizasining yoyilishiga, e'lon qilinishiga bir vasila boʻlgani uchun, rahmatlarga aylandi.

Qardoshlarim balki men vafot etarman. Bu davrning yana bir xastaligi bor, u - "men"lik, xudbinlik, obroʻtalablik, hayotini madaniyat kayfu-safosida chiroyli oʻtkazish ishtahasi, qaramlik kabi xastaliklardir. Risola-i Nurning Qur'ondan olgan darsining eng birinchi asosi: Haqiqiy ixlos bilan iymonni qutqarishga xizmat qilish uchun "men"lik, xudbinlik, obroʻtalablikni tark etish lozim.

— 246 —

Janobi Haqqa shukr, a'zamiy ixlosni qozonganlarning juda koʻpi yuzaga chiqdi. "Men"ligini, shon-u sharafini eng kichik iymon masalasiga fido qilgan kishilar koʻp. Hatto Nurning bechora bir shogordining dushmanlari doʻst boʻlgan vaqtda u bilan suhbat qilish koʻpaygani uchun, rahmat-i Ilohiy jihatida ovozi yoʻqolgan. Hamda unga taqdir bilan qaraganlar, nazar tegishi oʻrniga oʻtib uni xafa qiladi. Hatto qoʻl berib koʻrishish musht tushirgandek qiynaydi. "Sening bu holating nima?" deb soʻraldi, "Modomiki millionlab doʻstlarim bor, nima uchun bularning hurmatini muhofaza qilmayapsiz?" Javoban aytdilarki:

Modomiki yoʻlimiz a'zamiy ixlos ekan, nafaqat "men"lik, xudbinlik, dunyo saltanati berilsa ham, saltanat oʻrniga boqiy iymoniy masalani tanlsh a'zamiy ixlosning taqozosidir. Masala: Harb ichida, okopda, dushmanning toʻplari orasida Qur'oni Hakimning bitta oyatining, bitta harfining, bitta nuktasini tanlab, toʻplar ichida Habib degan kotibiga "Daftarni chiqar!" deb, ot ustida oʻsha masalani yozdirgan. Demak Qur'onning bir harfining bir nuktasini, dushmanning toʻplariga qarshi tark qilmagan, oʻzining joni oʻrniga tanlagan.

Oʻsha qardoshimizdan soʻradik: "Bu ajib ixlosi qayerdan dars oldingiz?"

Quyidagi ikki nuqta tufayli, dedilar:

Bittasi: Islom olamining eng ajib harbi boʻlgan Badr Harbida namoz vaqtida jamoatdan hissasiz qolmaslik uchun, dushmanning hujumi bilan birga mujohidlarning yarmi qurollarini tashlab jamoat xayriga sherik boʻlish, ikki rakat soʻngra ular ham hissador boʻlsin deb Fahri Olam Alayhissalotu Vassalom bir hadisi sharifi bilan amr qilishlaridir. Modomiki harbda ruxsat bor ekan va modomiki jamoat xayri ham sunnat boʻlib, sunnatga rioya qilish eng buyuk dunyoviy hodisa oʻrniga tanlagan. Mutlaq Ustozning ishoratidan bir nuqta olib, biz ham ruhu jonimiz bilan ergashamiz.

Ikkinchisi: Islom qahramoni Imom Ali Raziyallohu Anhu "Jaljalutiya"ning koʻp joylari va oxirida namozda huzuriga gʻaflat kelmasligi uchun bir himoyachi istaganlar. Dushmanlari tomonidan u kishiga hujum qilinish ma'nosi hotiriga kelmaslik, faqat namozdagi huzuriga juda koʻp dushmanlari tomonidan hujum tasavvuri bilan namozdagi huzuriga mone boʻlinmasligi uchun bir muhofiz ifritni dargohi Ilohiyda niyoz qilganlar.

— 247 —

Bu bechora, umri va davrda obroʻtalablik ichida yumalagan bechora qardoshingiz, ham Xilqat-i Olam Sababidan ham Islom Qahramonidan ushbu kichik ikki nuktani dars oldim. Bu davrda juda kerak boʻlgan Qur'onning sirlariga ahamiyat berib, harb ichida jonini muhofaza qilishga urinmay, Qur'onning bir harfining bir nuktasini bayon qilgan.

Said Nursiy