Emirdoğ Lahikasi
— 136 —
VASIYATNOMAM

Aziz, siddiq qardoshlarim va vorislarim!

Ajal yashirin boʻlgani uchun, vasiyatnoma yozish sunnatdir. Mening me'roslarim va Risola-i Nurdan iborat xususiy kitoblarim, goʻzal jildlangan majmualarim va boshqa narsalarimning barchasini, Gul va Nur fabrikalarining hay'atiga, boshda Xusrav va Tohiriy boʻlib, u hay'atdan oʻn ikki {(*) Ukam Abdulmajid, Zubayr, Mustafo Sungur, Jaylon, Mahmad Qoya, Husnu, Bayram, Rushdu, Abdulloh, Ahmad Oytemur, Atif, Tilloli Said, Mustafo, Mustafo, Sayyid Solih.} qahramon qardoshlarimga vasiyat qilaman. Ularga qoldiraman. Amri haq hisoblangan ajalim kelgan paytda, orqamda me'roslarim, mening oʻrnimga sodiq va muborak qoʻllarda Nuriy va iymoniy xizmatda ishlasin va iste'mol qilinsin.

Qardoshlarim! Bu vasiyatdan xavotirlanmang. Men, iztiroblardan va toʻqqiz marta zaharlanishdan, juda ham zaif boʻlish bilan birga, yashirin munofiqlarning hiylalar bilan koʻplab suiqasdlari uchun bu vasiyatni yozdim. Xavotirlanmang, inoyati Rabboniya va hifzi Ilohiy davom etyapti.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim va iymoniy xizmatda azimkor qardoshlarim!

Birinchidan: Birinchi Nuriy vazifa, inshaalloh bosmaxonadan ham koʻproq ish bajaradi. Hozir shogirdlariga buyuk savoblar va quvvatli iymon xizmatlarini qilyapti. Ajabo, bu vazifa rivojlanyaptimi, yoʻqsa qishning ogʻir sharoiti bilan orqada qolyaptimi?

Ikkinchi vazifa: "Oʻninchi Soʻz" zayllari bilan birga, ikki moʻ'jizalar risolalari va zayllarining oxirida boʻlishi kerak. Birinchi vazifasini tugatgan, borini bir jildga jildlashga harakat qilishsin yoki oʻzlariga olishsin. Chunki Islom olamining hozirgi uygʻonib, Islom birligi uchun harakat qilgani sababli, har holda Risola-i Nur kabi asarlarni qidiradi. Katta doiralarning keng nazarlariga albatta katta majmualar lozim.

Ikkinchidan: Sizning menga yordamingiz ikki jihat bilan juda kerak va oʻta buyuk:

— 137 —

Birinchisi: Sizning xizmati Nuriyada berilib harakat qilishingiz, mening barcha musibatlarimni va mashaqqatlarimni ketkazib, sururlarga aylantirmoqda.

Ikkinchi Jihat: Qat'iyyan bilingki, duoingiz ularning ogʻir va iskanjali zulmlarini menga inoyatkor, foydali marhamatlarga aylantirishiga sabab boʻlganiga qat'iyyan shubham qolmadi. Jumladan:

Mansabdorlar va odamlarni mendan qoʻrqitishlari, meni katta xatalardan, soxtakorliklardan va ixlosga zid holatlardan va vaqtimni zoye qilishdan qutqarib, qadari Ilohiyning menga odamlar zulmi ichida toʻliq adolatini va inoyatini koʻrsatdi.

Bunga qiyosan, boshimga nima kelsa, ostida bir rahmat bor. Lekin men bilan ovora boʻlishlari sababli oʻn dirham zarar, Risola-i Nurning oʻn ming lirasini qutqaradi. Shuning uchun, siz men haqqimda hech xavotirlanmang. Hatto asablarimga tegadigan xoinliklariga qarshi badduo qilishni istagan paytimda, ularning yaqinda oʻlim qatli bilan qabr yakka qamogʻida azoblanishi va bu xoinliklarining natijasida menga oid foydalari va xizmatimizga manfaatlarni oʻylagan sari, badduodan voz kechaman.

Uchinchidan: Har hafta bir-ikki maktubingiz menga ham shifo, ham tasalliga sabab va ma'naviy bir suhbat bilan siz bilan gaplashishga vasila boʻlgani uchun, kamoli shavq bilan pochtani kutayotgan edim.

Hammalaringizga bir-bir salom ayib, duo qilaman.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim va haqiqat yoʻlida birodarlarim!

Bu safar sizning besh-olti muborak maktublaringizga faqat bitta chalkash maktub bilan javob berishimdan ranjimang.

Avvalo: Halil Ibrohimning maktubi, shaxsimga bergan haddan ortiq vasflarni yoʻlimizga koʻra qabul qilmaslik kerak. Lekin ikki ma'nodor tavofuqi menga ham oʻzini qabul qildirdi, ham "Ilova"ga kirdi. Ammo shaxsimga oid qismini ba'zan tashlab oʻtdim va ba'zisining ustida "Risola-i Nur" kalimasini yozdim, iboradagi savollariga javob boʻldi.

— 138 —

Birinchi tavofuq: Mendan odamlar hurmatini ketkazish uchun bir yuzboshi menga nisbatan besh jihatdan qonunsiz haqorat va xoinlik qilgan paytda, balki oʻsha soatda, ahli haqiqat nazarida yuz yuzboshidan ahamiyatliroq va Risola-i Nurning yetakchilaridan bir qardoshimiz, bu yangi maktubni, haddimdan yuz daraja ziyoda ehtirom koʻrsatib unday xoinliklarni yoʻqqa chiqardi. Shogirdlarning muhim yetakchilaridan toʻrt kichi, ayni masalaga ishtirok qilib imzo qoʻygan. Men bu gʻarib tavofuqning hurmati uchun, yoʻimizga muxolif maqtov maktubini qabul qilib togʻrilab "Ilova"ga kiritdim va sizga ham qoralama boʻlgan ilk nusxasini yubordim.

Ikkinchi tavofuq: Men tunda "Asoyi Muso" Risolasini yozganlarni oʻyladim va yangi maktublarda u mavzuni qidirdim. Ushbu ogʻir qishda va munofiqlarning ora-sira menga qilingan fitnalarining bularga sustlik berish ehtimoli bor. Yozuvchilarga bir tashviq qamchisi lozim. Hasan Fayzi va Halil Ibrohimning ikki adibona ta'rifnomalari koʻplarni yozuvga tashviq bilan chorladi deb, bir tashviq vasilasini qidirdim, birdan ertalab mening oʻlimimni mavzu qilgan va shogirdlarni qoʻrqitgan va sa'yda va yozuvda shoshilishlariga sabab oʻsha maktubni olib, "Ibrohim Halilning sadoqati, karomat darajasiga chiqdi", dedim.

Ikkinchidan: Fayzi va Aminning maktubi, mening koʻp xavotirlarimni ketkazdi. Ha, bu ikki qardoshimizning sadoqatlari, xizmatlari va Risola-i Nurga sohibliklarining katta ahamiyati bor. Qamoqxonada toʻqqiz oyda, toʻqqiz yilchalik qiymatdor xizmat qilgan Hilmi, Sodiq, Ehson va Besh Qardosh ismli Risola-i Nurga qalami bilan koʻp xizmat qilgan keksa Tahsin kabi, Fayzi va Aminning maktubida ishora qilingan oʻsha atrofda juda aloqador boʻlgan umum qardoshlarimning xizmati Nuriyada davom ertishlari, meni sevinch bilan yigʻlatdi.

Tugʻishgan ukam Abdulmajid, men haqqimda juda ham xavotirda. Bu yerning muftisidan holimni bilishga harakat qilyapti. Lekin men u odam bilan gaplasha olmadim. Bundan soʻngra Fayzi va Aminning uchinchisi Abdulmajid boʻlsin. Safranbolu qahramonlaridan olgan kerakli maktublarni unga ham yuborsinlar.

Men tarafimdan unga yozsinlarki: Eski Saidning birinchi talabasi boʻlganing kabi, Yangi Saidning ham Xulusiy bilan birga yana birinchi safda talabalarisizlar.

Men haqqimda musibat va yomon xabarlarni olgan vaqti, marhum padarim Mirzo (RH)ga oʻxshasin, marhuma volidam Nuriya (RH) kabi boʻlmasin. Chunki eski vaqtlar, gʻavgʻoli hayotimda padar va volidamga men haqqimda ajib hodisalar xabar qilinardi. "Oʻgʻlingiz oʻldi, otildi yoki qamaldi", kabi yomon xabarlarni padari buzrukvorim eshitganda, quvonardi, kulardi. "Mashaalloh, oʻgʻlim yana bir ahammiyatli ish, qahramonlik koʻrsatibdiki, hamma uni gapiryapti." der edilar. Volidam esa, u kishining sevinchining aksiga qattiq yigʻlar edilar. Vaqt - koʻp marta padari buzrukvorimning haq ekanini koʻrsatardi.

— 139 —

Uchinchidan: Lutfining metin, haqiqiy vorisi Abdulloh Chovush, va Islomkoʻylik marhum Hofiz Alining shogird va vorislaridan Mustafoning maktublarini umum Nur fabrikasining qahramonlari hisobiga qabul qildim. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr boʻlsinki, qishloqlarni ham Sav va Kuleoʻnu kabi Madrasa-i Nuriya oʻrniga keltirdi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar sizning koʻplab maktublaringizga, xastalik majburiyati bilan, bitta maktub bilan kifoyalanyapman.

Birinchidan: Risola-i Nurning qahramoni Xusrav, mening oʻrnimga oʻlishni va mening oʻrnimda kasal boʻlishni samimiy va jiddiy istaydi. Men javoban: Hozir ta'lif davri emas, nashr zamonidir. Yozuving, mening yozuvimdan qay daraja ziyoda va nashrga foydali boʻlsa, hayoting ham Nuriy xizmatda mening bu azobli hayotimdan shu darajada foydalidir. Agar qoʻlimdan kelganida, sizga hayotim va sihatimdan mamnuniyat bilan bergan boʻlar edim.

Ikkinchidan: Shahid marhum Hofiz Alining tom vorisi Hasan Fayzining, Dengizli hisobiga va oʻsha atrofda haqiqiy qardoshlarimiz nomiga yozgan yuksak qasidasi va toʻrtinchi shohnomasi, u yerdagi shogirdlarning Nurga amaliy xizmatlari, mening zaharli, shiddatli xastaligimga bir malham boʻldi. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr boʻlsin, Dengizlini ikkinchi bir Isparta va katta bir Islomkoʻyi qilmoqda.

Ha Hokimi Odil, Muharram va Fayzi va Hofiz Mustafo, bir-ikki yilda, yigirma yilchalik xizmati Nuriyani qilishdi. Nurning shogirdlarini abadga qadar minnatdor ayladilar. Janobi Haq ulardan va ular bilan birga Nurga xizmat qilganlardan abadan rozi boʻlsin, omin!

Uchinchidan: Madrasa-i Nuriyaning qahramonlaridan va Barlali duradgor Mustafo Chovush va Hofiz Mahmadning tom vorisi Duradgor Ahmadning Madrasa-i Nuriya nomli juda samimiy va gʻamgin ta'ziyanomasi, meni sevinch bilan yigʻlatdi. Men javoban: Modomiki muborak madrasada katta-kichik koʻp Saidlar bor ekan, keksa, ojiz, vazifasi tugagan bir Said kamaysa, ahamiyati yoʻq. Modomiki boqiy hayotda birga ekanmiz, vaqtinchalik ayriliq sizni xafa qilmasin, dedim.

— 140 —

Toʻrtinchidan: Hokimi odildan soʻng haqiqiy adolatga eng koʻp harakat qilib Risola-i Nurning erkinligi uchun xizmat qilgan م ح ر م eng xolis shogirdlar ichida, ukam va birinchi talabam Mullo Mahmud ismi bilan uning nomi, duolarim va ma'naviy daromadlarimda birgadirlar.

Beshinchidan: Konyalik Sabri (Halil Ibrohim va Hasan Fayzi kabi vasiyatnomam munosabati bilan) qisqa, faqat chiroyli bir qasida yozib, ustoziga haddan ortiq qiymat bergan. Husni zonining porloq oynasida, bu bechora qardoshiga haddan ortiq ahamiyat bergan. U yerning olimlari Nur bilan juda jiddiy mashgʻul boʻlganlarini yozyapti.

Men javoban: U ustoz degan va koʻp qiymat bergan shaxs, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi boʻlishi mumkin. Men ham uning nomidan qabul qildim, "Ilova"ga qoʻshdim, sizga ham bir nusxasini joʻnatdim.

Xavotirlanmang, xastaligim borgan sari yengillashmoqda. Ispartalik Mustafo ismli bir qardoshimizning samimiy, ammo gʻaroyib bir maktubi bor edi. Bu kishi qaysi Mustafo, bila olmadim. Unga ham koʻp salom aytaman. Ajib tushi xayrli, hozir ta'bir qilolmayman.

Barcha qardosh va opa-singillarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz, maqbul duolarini istaymiz.

Hasan Fayzining goʻzal qasidasini, ba'zi kalimalarni qoʻshib, "Ilova"ga kiritdik va sizga ham yubordik.

Said Nursiy

Juda aziz, juda siddiq va sodiq qardoshlarim!

Risola-i Nur jihatidan ishonchli va xolis vorislarim!

Kuchli bir tavofuq va shogirdlarning sadoqatlariga dalil boʻlgan yaqqol karomati Nuriyani bayon qilishimga juda ma'nodor bir eslatma oldim. Quyidagicha:

Men vasiyatnomamni yozgan paytim, yashirin munofiqlar, men ishongan xizmatchilarimni zobitlar tarafidan yonimga kelishdan man qilishdi. Ayni vaqtda, fursat topib, men tanimagan odam vositasida menga eskisidan toʻqqiz marta ta'sirliroq zahar yuttirishdi.

— 141 —

Ayni vaqtda, Tunislik olim qardoshlarimizdan va bu yergacha oʻtgan yil meni koʻrish uchun kelib koʻrishmay ketgan Domla Hoshmat, Yozgʻatdan bu yerga, "Said vafot etdi, Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz risolasi muhofaza qilinsin. Kelajakda chop qilamiz." deb yozibdi.

Ayni paytda Halil Ibrohim vafotim haqida qaygʻuli marsiyali oʻtkir maktubi, shogirdlarni yigʻlatdi.

Shu paytga juda yaqin, Xusravning oʻz odatiga muxolif, mening vafotimga doir bir-ikki maktubida, ikki-uch kun umr qolgani ta'birlari bilan ajalimga ishoralari, meni bir oz xafa qildi. Ajabo, men ketyapmanmi deb xavotirlandim.

Bu hangomda, dunyoviy hayotdagi eng koʻp vazifamni oʻylab vafotimdan soʻngra shogirdlar bu dahshatli davrda oʻrnimga bu vazifani qila oladilarmi deb juda xavotirlandim. Birdan Dengizli, Milas, Isparta, Inebolu umidimdan yuz daraja ustun, yelkasiga olish va lozimligini sevip u vazifani bajarishi boshqalarni ham, muallim va olimlarni xizmat qilishi, meni hayrat ichida qoldirdi.

Xillas kalom: Ushbu besh tavofuq, Nurning zohiriy karomatidir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Qardoshlarim! Xavotirlanmang, "Javshan" va "Avrodi Bahoiya" bu safar ham dahshatli zaharning tahlikasiga gʻalaba qildi, tahlika oʻtdi, ammo xastalik davom etyapti.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va salomatlari uchun duo qilib, shubhasiz maqbul boʻlgan duolarini istayman. Inebolu va u atrofda ham koʻp xonimlarning, ham kichik bolalarning Risola-i Nurni yozishni boshlashlarini, Qur'on darsini koʻp ma'sumlarning olishini butun ruhu jonim bilan tabriklaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
— 142 —

Qardoshlarim!

Siz xafa boʻlmang, xavotirlanmang. Duo bilan menga yordam beringlar. Chunki bir necha kundan beri chap qoʻlim juda ogʻriyapti, kechqurun bezovta qilmoqda. Hech kimni yonimga qoʻymaganim uchun, xona ichidagi zaruriy ishlarimni qilishda qiynalyapman. Eskidan beri qilunch kasalligimning asorati bu yerning tabiatimga koʻp ta'sir qilgan moddiy havosi va qishi, insofsizlarning vahimalari, tazyiqlari va ma'naviy qishi, asabimga tegadi. Goʻyo yarim falaj boʻlgandek iztirob chekdim. Ammo lillahilhamd sizning maqbul duolaringiz, tahlikani ham yengillashtirdi. Inshaalloh bu ham oʻtadi, oʻrnida juda savobli foydasi qoladi.

Qardoshlarim! Salohiddinning yozishiga koʻra, u atrofda ham "Asoyi Muso Majmuasi" faoliyatda, fathlar qilmoqda. Demak u tarafda juda ahamiyatli Nuriy vazifani qilyapti. Yuz ming alhamdulilloh, yozganlarga ham yuz mashaalloh, barakalloh!

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Hadsiz shukr boʻlsinki, qahramon talabalarining bu ogʻir sharoit ostida toʻla toʻkis faoliyatlari Isparta, tom bir Madrasat-uz Zahro va Jome'u-l Azhar ekani va boʻlishni boshlaganini isbot qiladi. Diyonat jihatidan, Qur'on va Risola-i Nurga istiyoq bilan xizmatlari, hatto Alikoʻyda, Alilarning gʻayrati bilan koʻp bolalarning talabalikka kirishlari, boshqa bir qishloqning umum yoshlari kechasi Qur'on bilan shugʻullanishlari va masjidlarning jamoatga toʻlishi, Nur shogirdlari chekkan barcha mashaqqatlarni yoʻqqa tushiradi.

Ikkinchidan: Haddan ortiq sadoqat va aloqador Halil Ibrohimning toʻrtinchi shohnomasi, mening Nurga xodimligim nuqtasida haddimdan juda ortiq ta'rifnomasi juda goʻzal boʻlsada, Risola-i Nurdan koʻra shaxsimga oid boʻlgani uchun, hozircha sizga yubormadim, toʻgʻrilanib joʻnatiladi. Ham unga, ham uning birodarlariga xususiy salom aytamiz.

Uchinchidan: Siz menga qilingan suiqasdlardan xavotirlanmang, balki bir jihatdan xursand boling. Risola-i Nur va shogirdlari oʻrnida, mening juz'iy va vazifasi tugagan shaxsimga hujum qilishmoqda, azob bermoqdalar. Soʻnggi kunlarda bu yerning katta mansabdorlari, ba'zilarga uyalmay: "Said oʻldirilishi kerak", degan.

— 143 —

Xullas, yashirin dushmanlarim bu kabi fikrlaridan foydalanib, ishonchli xizmatchilarimni tarqatib, fursat topib meni zaharlashdi. Bunday mansabdorlardan kuch olishyapti. Lekin Ilohiy hifz va inoyat, bu suiqasdlarni ham natijasiz qoldirdi. Inshaalloh doimo inoyat himoya qiladi, barcha rejalarini natijasiz qoldirdi, qoldiradi.