Emirdoğ Lahikasi
— 128 —
AFYON ICHKI ISHLAR MUDIRIGA SOʻZIM:

Mudir Bey! Dunyoda, menga eski davrdan beri koʻrilmagan bu daraja qonunsiz, ma'nosiz va foydasiz tajovuzlar qilinsada, nima uchun ahamiyat bermayapsiz? Bir misoli:

Masjidga, boʻsh paytda, jamoat savobini olish uchun, ba'zan bir-ikki odamdan boshqa hech kimni yonimga qabul qilmaganim holda, rasman "Qat'iyyan masjidga bormaysiz!" deb, bu gʻurbatda, xastalik, keksalik va faqirlik ichida bu xoinlik qaysi qonunga asoslangan? Nima foyda bor? Men bexabar, bir kishi masjidning boʻsh joyida ikki-uch taxta, bir sholcha bilan meni shamollatmaslik maqsadida tayyorlagan ikki kishilik joy sababli, muhim masala kabi, ham menga, ham umum xalqqa ma'nosiz xavotir berish qaysi qonunga binoan qilindi? Foydasi nima? Soʻrayapman?!.

Menga bu xoinliklarni qilganlarning hech qanday bahonalari yoʻq. Faqat odamlarning e'tiborini bahonasi ichida, "Bu surgundagi odamni nima uchun hurmat qilyapsiz?" degan ma'no bor. Javoban aytamanki:

Barcha doʻstlarim biladilarki, men shaxsimga nisbatan hurmatni va odamlarning e'tiborini istamayman, rad qilaman. Men haqqimda boshqalarning husni zonini qabul qilmaganman. Ixtiyorim va rizoim xorijida, odamlarning husni zonni uchun menga xoinlik qilinishini qaysi qonun meni javobgar deb topadi.

— 129 —

Faraz qilaylik, odamlar hurmati haqiqat boʻlsin. Buning vatanga, millatga foydasi bor, zarari yoʻq. Agar, bir qismini qabul qilsam ham, keksalik, xastalik, faqirlik va sovuq xona ichida, dahshatli yakka qamoqda, zaruriy xizmatlarimni qilish uchun bir-ikki insonning doʻstligini qabul qilishimda qanday yomonlik bor? Qaysi qonun man qiladi? Bir-ikki ishchi boladan boshqa men bilan koʻrishtirmaslik qaysi qonunga asoslangan? Ishchi bolalar har doim boʻlmagani uchun, oʻzim ehtiyojlarimni bajarolmayman. Bu dahshatli vaziyatni, albatta bu mamlakatda tartibni saqlash, hukumat va idora odamlari e'tiborga olishi qarzdir. Haqiqatdan aloqador qilar deb sizga bayon qilyapman.

Amirtogʻda tamoman yakka qoldirilgan
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Konya ulamosidan koʻpdan beri men kutgan bir ahamiyatli yordam koʻrilishni boshladi.

Ha, Risola-i Nur madrasadan chiqqan, ilm ichida haqiqatga yoʻl ochgan. Haqiqiy sohiblari va tarafdorlari madrasadan chiqqan domlalar boʻlgani, umum Onadoluning eskidan beri oʻtkir va faol madrasasi Konya shahridir. Muborak madrasaning shogirdlari oʻz mulki boʻlgan Risola-i Nurga sohib chiqishga va mahkam tutishni boshlaganini Sabrining maktubidan angladim. Bu yer, ya'ni Konyaga yaqin kelganimdan ruhu jonim bilan xursand boʻldim. Menga kelgan barcha mashaqqatlarga surur bilan javob qaytarib bardosh qilyapman.

Boshda, juda muborak tafsirning juda muhtaram va qiymatdor sohibi Domla Vahbi Afandi boʻlib, Risola-i Nurni taqdirlab aloqadorlik koʻrsatgan barcha Konya va atrofidagi ulamolarini, barcha qozonchlarimga va duolarimga sherik qildim. Va xos qardoshlarim doirasi ichida ismlarini bilgan kishilarimni, ismlari bilan duo vaqtida yod qilaman. Risola-i Nur shogirdlaridagi ma'naviy shirkat boʻlgani uchun, mening juda nuqsonli qozonchimdan hissa oladilar. Barcha shogirdlarning barcha qozonchlaridan ham hissa olishga yoʻl ochilganini, men tarafimdan ularga hurmatlarim bilan salomimni ularga yetkazing. Isparta qahramonlari kabi, Konyaning muborak olimlari Risola-i Nurga sohib chiqqanlaridan, dunyoda vazifa-i Nuriyaga xavotirim qolmadi. Risola-i Nurni muborak va kuchli qoʻllarga omonat qilib, qalb xotirjamligi bilan qabrimga keta olaman.

— 130 —

Ikkinchidan: Darhaqiqat, oz vaqtda Risola-i Nurga juda koʻp foydasi tekkan va oʻn yildan beri Risola-i Nurga xizmat qilgandek xoslar doirasidagi Mustafo Usmonning, Amirtogʻdagi qardoshlariga, yongʻin munosabati bilan Allohdan sabr tilab, insoniyat yongʻinini bahs qilib, goʻzal bir maktub yozgan. Maktubining bir qismini ham "Ilova"da, ham "Gʻaybiy Muhr"da qayd qilamiz, soʻngra suratini sizga yuboramiz. Men tarafimdan ham unga, ham yonidagilarga, ham xabarlashish vositasi boʻlgan Kastamonu va Ineboludagi qardoshlarimizga juda koʻp salomlar bilan barobar, xati goʻzal, vaqti boʻlganlar, Isparta va atrofidagidek "Asoyi Muso" Majmuasini yozsalar, juda munosib boʻladi. Bu vazifa-i Nuriya, inshaalloh bosmaxonadan ancha koʻp ish qiladi.

Uchinchidan: Hofiz Aminning Risola-i Nurga koʻp xizmati bor. Uning tumani boʻlgan Kure, oʻtgan hodisadan avval Nuri, Haqqi, Ehson va marhum Muallim Usmon kabi kishilarning himmati bilan bir madrasa-i Nuriya hukmiga oʻtib porloq bir suratda Nurga xizmat qilayotgan edi. Inshaalloh qiymatdor xizmatni, mumkin boʻlganda yana qiladi. Garchi oʻtgan musibatda eng koʻp ular ranjigan boʻlsada, unga muqobil Risola-i Nurning keng muzaffariyatida u tumanning va fidokor qardoshlarimizning hissalari juda ahammiyatlidir.

Hofiz Amin maktubida aytadiki: "Men suddan kitoblarimni ololmadim. Sizga kelganmi, kelmaganmi?" deb mendan soʻrayapti. Siz unga salomim bilan birga yozingki: Seniki menga kelmaganidek, Istanbulga yuborgan kitoblarimdan ham hech biri qoʻlimga kelmadi. Ayniqsa Istanbulga yuborgan "katta kitob" nomli ichida yigirma risoladan koʻproq boʻlgan majmuani koʻp qidirgan boʻlsam ham, topolmadim. Modomiki Risola-i Nur oʻz-oʻzidan tarqalayotgan va muhtoj boʻlganlarga oʻzini oʻqitayotgan ekan, demak Hofiz Amin va bizlarga savob qozontirmoqda.

Hofiz Amin ham, men kabi, kitoblarining boshqa qoʻllarga tushganidan mamnun boʻlishi kerak. Kureda erkak va xonim qancha kishi Risola-i Nur bilan aloqador boʻlsa, ularga salom aytaman. Avvalgidek hozir ham Kurega bir Madrasa-i Nuriya nazari bilan qarayman. Xususan Ehson, Abdulloh, Abdurrahmonga salom aytaman, ahvoli yaxshimi? Inshaalloh eski oʻtkir xizmati davom etayotgandir. Tom bir Abdurrahmon boʻlganini isbot qilganidek, davom etadi.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

— 131 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hadsiz shukr boʻlsinki, Risola-i Nur oʻrniga meni siqishyapti, men bilan mashgʻul boʻlmoqdalar. Hech xavotirlanmang,

﴿ عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ﴾

sirri bilan inshaalloh ushbu yangi hodisada ham bir xayr boʻladi.

Hodisa shuki: Jaylonni va uning ikki birodarini, (menga xizmat qilayotgan edilar) yonimga kelishlarini man qildilar. Kalitni ulardan olib, posbonlarga berdilar. Posbonlardan biri keladi, suv va non kabi ishlarimni qiladi. Men buning sababini bila olmadim. Ammo bu tumanda bir partiya tortishuvi bor. Bolaning bir amakisi {(Hoshiya) Marhum Abdulloh Chalishkan Demokrat Partiyasiga muxolafatda boʻlib bogʻlangan edi.} bir tarafda. Uning dushmanlari qilayotgani ehtimoli bor.

Bunga har tarafda Risola-i Nurning fathlari va xorijdan kelgan anarxistlik aralashuvi sabab boʻldi deb oʻylayman. Sandiqlida qoʻlga kiritilgan maktublarning xabarlashish vositasi degan bahona bilan, aziyat berdilar. Siz hech xavotirlanmang, buning ham hech ahammiyati yoʻq. Siz yana avvalgidek menga yozasizlar. Men oʻzim boʻlsam koʻp yozolmayman. Goʻyo meni, xoinlik va haqorat qilib obroʻsizlantirish orqali Risola-i Nurning fathlariga toʻsiq qoʻyiladi. Bu devonaliklaridan, puflash bilan millionlab elektr kuchiga ega Risola-i Nur kabi haqiqat quyoshi soʻnadi deb, (ziyoda savobni menga qozontirish uchun) meni haddan ortiq siqmoqdalar.

Ibrat va diqqatga sazovor bir tavofuq boʻldi. Kecha zobitlar ota-bolani chaqirib soʻroq qilgan daqiqada, ahamiyatli bir hodisani, zobitlar telefoni xabar berib, barcha idorachilarni xavotirga tushirtirdi. Voqea joyiga borishga majbur boʻlishdi. Ularga ma'nan: "Siz, pashsha qanoti qadar zarari boʻlmaganni tashlang, burgutlar, balki ajdarholar kabi zararlarga qaranglar." deyildi.

Ham masjiddan man qilingan vaqtida, man qilishga buyruq bergan yangi rais, Afyonda xastalik amaliyotiga tushdi. Hol tili bilan unga: "Oʻlim bor! Uning qatlidan qutulishga harakat qilgan kishini tazyiq emas, balki koʻp taqdir va tahsin etish kerak." dedi.

Umum qardosh va opa-singillarimga bir-bir salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
— 132 —

Aziz, siddiq qardoshlarim va muborak vorislarim va amin vakillarim!

Birinchidan: Sizga qat'iy xabar beramanki, biz haqimizda va Risola-i Nur xizmatida, inoyati Rabboniya va tavfiqoti Samadaniya davom etyapti. Zohiran xunuk pardalar ostida, gʻoyat goʻzal natijalar bor. Bir zararimiz evaziga, yuz manfaat ehson qilinmoqda. Shuning uchun oʻtkinchi, vaqtinchalik qiyinchilik va larzalarga ahamiyat bermaslik lozim.

Ikkinchidan: Mumkin boʻlgancha "Asoyi Muso" majmuasini yozishda sustlik qilinmasin va toʻxtalmasin. U birinchi muqaddas vazifaning juda koʻp ahamiyati bor. U haqida Imom Ali (RA) بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ deganlar.

Sizga ikki Alining oʻn toʻrt parcha muborak risolalarini tahrir qilib pochta orqali joʻnatdim. Bu yerda ham meni, ham talabalarni shavq bilan toʻliq ishlatdi. Kastamonuda yordam qilishgani kabi, bu yerda ham u ikki qahramon yana yordamga kelishdi.

Uchinchidan: Men bu yerda garchi juda koʻp siqilsamda, sizlarning sustlik qilmasdan xizmat qilishingizni oʻylagan sari, ishtiyoq bilan kutgan muloyim va tasalli beradigan maktublaringizni koʻrgan sari, siqilishlar ketadi, ba'zan sevinchlarga aylanadi. Maktublarimni yozgan kishi hozircha yonimga garchi kela olmaydi, ammo shaxsiy xizmatdan boshqa, Risola-i Nurga oid uch-toʻrt vazifasi bor. Ularni mukammal bajaryapti. Mening xususiy ishlarimni bu yerga kelib oladi va borib ularni ham qiladi.

Toʻrtinchidan: Boshqa yerlardagi qardoshlarimiz "Asoyi Muso"ni yozishni boshladilarmi? Bu birinchi vazifani eskida qilgan va yonida boʻlgan kishilar, bir jild ichiga olib, ikkinchi iymoniy vazifa boʻlgan moʻ'jizalarni zayllari bilan birga tayyorlashni boshlashsin yoki orqada qolganlarga yordam bersinlar. Qoʻlidan kelgani qadar goʻzal va tahrirli yozilishi kerak.

Beshinchidan: Olimlardan soʻngra muallimlar risolaga ehtiyojlarini his qilishni boshlaganlariga koʻp belgi bor. Bir belgi shuki:

Istanbulda din anjumanida oʻqish uchun "Oyatu-l Kubro" risolasini soʻragashdi.

— 133 —

Ra'fat Qardosh! Sen ham xush kelding va Risola-i Nurni yozish ishing meni haqiqatdan sevintirdi. Xulusiy va Sabri kabi sening ham savollaringning Risola-i Nurda ahamiyatli natijalari va shirin mevalari bor. Yoningdagi va risolalarda qayd qilinmagan ilmiy boʻlimlarni munosib yerlarda yoki "Ilova"da yozarsiz.

Qardoshlarim! "Asoyi Muso" majmuasining yozilishida bir tadbir esimga keldi. Ishni taqsimlab besh-olti kishi, ayni qit'ada har biri bir qismini yozsin. Bu yanada tez va yanada oson boʻladi. Ham zeriktirmaydi, ham (kattaligi uchun) yozish jasoratini ketkazmaydi. Taxmin qilamanki, bu juda ahamiyatli vazifa-i Nuriyaning toʻliq ilgarilamagani bu sababdan. Yozuvi chiroylilar, har holda yangi tadbir bilan u vazifaga kirishsinlar.

Qardoshlarim! Qattiq diqqat qiling va ehtiyot boʻlinglar. Qat'iyyan va aslo domlalar bilan tortishmanglar. Mumkin boʻlgancha kelishib harakat qiling, "men"lilarini qoʻzgʻamang, bid'at tarafdori boʻlsa ham qarshi chiqmanglar. Qarshimizda dahshatli zindiqlar turgan ekan, mubtadi'lar bilan ovora boʻlib ularni dinsizlar tomonga yoʻllamaslik kerak. Agar sizga qarshi chiqish uchun yuborilgan domlalarga toʻqnashsangiz, mumkin boʻlgancha tortishuv eshigini ochmanglar. Ularning ilm qiyofasidagi e'tirozlari, munofiqlarning qoʻllarida bir hujjat boʻladi. Istanbulda keksa domlaning hujumi qancha zarar berganini bilasiz. Qoʻldan kelgancha Risola-i Nur tomonga oʻtkazishga harakat qilinglar.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom.

Juda aziz, siddiq, qahramon, baxtiyor Amirtogʻli qardoshlarim!

Siz oʻtkazganingiz juda katta ofatni xabar bergan, muborak afandimiz hazratlarining, juda ahamiyatli va juda qiymatli va parda ostida juda xushxabar bergan lutfnomalarini oldik. Har biringizga, xususan bu yongʻinda yanada koʻp tahlikani oʻtkazgan qardoshlarimga, bu yerning va atrofdagi talabalari nomidan Alloh sabr bersin deymiz.

Bu vasila bilan dahshatli kufri mutlaq yongʻinining mahallamizni oʻragani va qizil uchqunlarining uyimizga sachrashga uringan hangomda, umum ahli iymon va xususan Nurchilar nomidan, moddiy yongʻinda yosh Jaylonning yigʻlab madad istaganidek, bir ma'naviy Jaylon boʻlib, buyuk va juda shafqatli Ustozga "Madad! Biz yonyapmiz, mahv boʻldik" deb niyoz qilaman.

— 134 —

Amirtogʻ yongʻinida,

bugun hamma yerni egallayotgan qizil Rusyadan chiqib,

qizil olov va qizil uchqunlar sochgan,

dunyo shahrining mahallalarini bir-bir oʻragan,

vodiylarni yoqib qovurgan,

ba'zi yerlarda ham nizo va boʻlinish olovi sochib,

qardoshiga, "Qardoshingni oʻldir" deb baqirgan,

eng oxiri nasroniylik olamini yoqib, qovurib, xirmon kabi sovurgandan soʻng,

Islom olami mahallasini qurshagan,

uchqunlari uyimizning pardalariga sachragan,

juda katta va juda dahshatli bir balo boʻlgan - komunizm va

bu azim yongʻinda oʻt oʻchiruvchi vazifasini ustiga olgan Risola-i Nurga va

Risola-i Nurning kunning eng buyuk oʻt oʻchiruvchisi,

eng buyuk sigʻinish joyi va

eng buyuk yordam beruvcisi va panohi boʻlgani va

shaxsi ma'naviysi duolarining dargohi Ahadiyatda qabul boʻlganiga ochiq bir ishora bor.

Goʻyo unga hujum qilganlarga va qilishni istaganlarga qorongʻu tunda qizil tili bilan shunday xitob qiladi:

"Faxri Olam koʻrsatgan toʻgʻri yoʻldan adashganlar!

Dunyoning foniy mollari bilan gʻururlanib toshganlar va ey dunyomizga zarari boʻladi degan qoʻrquv bilan, Nuri Qur'ondan qochganlar!

Sizlar, dunyoingizning jarliklarga ketgan deb oʻylagan, boqiy va shirin deb oʻylagan foniy va haqiqatda juda achchiq lazzatlaringizning zavol topish, shiddatli va qiynaydigan azob va iztiroblarga almashishini taxmin qilib ma'nosiz radio eshitishga boryapsiz. Bu gʻiybatlarni tinglashda nima foyda bor?

Zavol topuvchi kayfu-safo va lazzatlar bilan koʻrlashgan, koʻzlaringiz qarashi yetar endi, bir oz haqiqatni koʻrsin! Kar boʻlgan quloqlaringiz, bir oz haqiqatni eshitsin.

Ushbu

ajib, dahshatli va misli koʻrilmagan davrda,

xususan ahli iymonning koʻp ruhiy zarbalar oʻtkazgan,

koʻp dahshatli dushmanlar qarshisida turgan,

kufri mutlaq otashi mahallamizni oʻragan bir zamonda,

faqat va faqat bugunning eng mustahkam, kuchli, yiqilmas, tebranmas quvvat beradigan Risola-i Nurning nuroniy qoʻrgʻonlariga iltijo qilib, uning qudsiy doirasiga kirish bilan najot topasiz va

iymoningizni qutqarib,

abadiy qatl deb oʻylaganingiz oʻlimni, boqiy bir hayotga oʻzgartirasiz.

Xullas Nurning mubarak tarjimonining va muborak shaxsi ma'naviysining

اَجِرْنَا وَ اَجِرْ وَالِدَيْنَا وَ اَجِرْ طَلَبَةَ رَسَائِلِ النُّورِ وَوَالِدَيْهِمْ مِنَ النَّارِ

va shunga oʻxshash duolarining qabuli va shafoati bilan va

haqqi-hurmati tufayli mening dahshatli, ammo Jahannam otashi oldida umuman ahamiyati boʻlmagan otashimdan,

uning shogirdlarining, xodimlarining va risolalarining qoʻriqchisi boʻlgan doʻkonlari ozod boʻlgan, najot topganidek,

sizlar ham muborak shogirdlar kabi, muborak qudsiy doiraga kirganingizda

dunyoviy va uxroviy dahshatli otashlardan najot topasiz va

bola-chqangizning bir nav choʻponi boʻlganingiz uchun, u sevgililaringizni ham qutqarasizlar. Va har birlaringiz moddiy-ma'naviy qutulish va saodatga noil boʻlasiz.

— 135 —

Qarab ham koʻrmagan va koʻrib ham koʻrishni istamaganingizdan yopgan koʻzlaringizni ochinglar, koʻringlar va azim tahlikalarning juda yaqin ekanini his qiling.

Xavotir va e'tirozingizni orritishdan boshqa ishga yaramagan dunyo hodisalarini eshittirgan radio oldiga emas,

oyoqlaringizdagi barcha darmon va kuchi bilan Risola-i Nur oldiga va uning natijasi omonlik, salomat va saodat boʻlgan nuroniy doirasi tomon boringlar!"

Bizlarga esa: Ey Nurchilar!

Alloh sizlarga ehson qilgan azaliy lutfi oldida sajdadan boshlaringizni koʻtarmanglar.

Tunning sovuqligiga ahamiyat bermang.

Lutfini sizga hech bir xususda ayamagan Rabbi Rahimga, tunning bu muborak soatlarida turib vazifa-i shukrni ado qilinglar.

Ba'zilardagi, kelajak xavotiri bilan aqlni, maoshni abgor qilgan hodisalar qarshisida titramanglar, qoʻrqmanglar.

Nurning muqaddas karomati va yordamini mushohada qiling.

Dunyo foniydir, minglar yil hayot boʻlsa ham, boqiy, uxroviy hayot oldida, yoʻqlik ichidagi yoʻq darajasidadir. Lekin foniy boʻlishi bilan birga, boqiy hayotning boqiy mevalarini beradigan ekinzordir.

Toʻfonlarning shiddati, havoning dahshati sizlarni larzaga solmasin, qoʻrqitmasin.

Ushbu muborak ekinzorga eng muborak, nuroniy, unumdor va barakali Nur danaklarini ekinglar. Zero "Ekkan oʻradi" hikmati ota-bobolarimizdan qolgan muborak bir soʻzdir.

Ey Nurchilar! Sizning haqiqiy vazifangiz, dunyoni kuzatish emas. Faraz qilaylik, dunyo hodisalarini kuzatsangiz ham, qarang, koʻringlar va chiqish mumkin boʻlgan dahshatli yongʻinlar sababli yuzlashishingiz ehtimoli boʻlgan tahlikalar natijasida oʻz fikringizda sobit turing, zerikmanglar. Harakat qiling, harakat qiling, harakat qiling va qat'iyyan ishoningki, Nurning shafoati, Nurning duosi, Nurning himmati sizlarni qutqaradi.

Bu da'voga guvoh Amirtogʻli Nurchilarning dahshatli otashdan zararsiz qutulishlaridir. Hozirdan hammangizga xushxabarlar boʻlsin.

Qardoshingiz
Mustafo Usmon