Sizni shaxsan tanimasdan bir marta koʻrganimda insofli va adolatli deb oʻylaganim uchun, hammadan avval sizga men aloqador boʻlgan bir haqiqatni bayon qilaman. Bu haqiqatni tegishli idoralarga vazifangiz e'tibori bilan bildirishni, sizga qoldiraman. Haqiqat shuki:
Mening hozirgi holatimning tarixda oʻxshashi yoʻq. Hamma narsadan tamoman ajratib qoʻyilib, hammadan, hatto masjiddagi jamoatdan va har qanday munosabatdan man etilgan edim. Keksalik, xastalik, faqirlik ichida birdan qalbimga keldiki: Modomiki men ham bu vatanning bir avlodi ekanman, bu vatanning saodati uchun xizmat qilish men uchun farzdir. Moddiy jihatdan qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Lekin Qur'ondan anglagan va qalamga olgan "Meva Risolasi" bilan "Hujjatu-l Baligʻa"ni yangi harflar bilan chop etish uchun ba'zi qardoshlarimga izn berdim. Ikki risolani ikki yilga yaqin tegishli Anqara idoralari va ekspertlar hay'ati, ham Dengizli Sudi tekshiruvidan soʻng javobgarlikka tortiladigan hech narsa topolmay, bizga rasman qayratib berdilar. Javoban yubordimki, tsenzura va katta muharrirlarga koʻrsatgandan soʻngra chop qilsinlar. Chop etilgandan soʻng rasman hukumatning oʻn ikki idorasiga berish bir usuldir. Soʻngra "Ixlos Risolasi" bilan "Iqtisod Risolasi"ni oʻsha ikki risolaning oxiriga qoʻshib yangi harflar bilan chop qilinsin.
Sizga qat'iyyan bayon qilamanki mening maqsadim, uni chop qilish bilan, bu muborak millat va vatanni moddiy ma'naviy anarxistlikdan muhofaza qilish hamda osoyishtalik va tartibni muhofaza qilishga ma'naviy yordam berish va anarxistlikni uygʻotgan xorijiy bir jarayonning qaynashiga ma'naviy toʻsiq qoʻyish va olami Islomning bizga qarshi e'tiroz va ayblovini ketkazishga va avvalgi muhabbat va birodarligini jalb qilishga harakat qilishdir. Lekin afsuski men dunyo bilan aloqador boʻlmaganim uchun va boshqaruvdagilar bilan ham koʻrishmaganim va dunyo jarayonlarini bilmaganim uchun va qonunsiz duhsmanlik balosiga uchraganim uchun, eskidan beri menga parda ostida dushmanlik qilgan ba'zi insonlar, fursat topib zobitlarni, yo adliyani vahimaga solmoqda.
Jumladan: Ajib tasodif bilan eshitdimki, toʻrt risolam bilan ikki yil mobaynida yozgan maktublarimning nusxasini tintuv boʻlimi xodimlari poyezdda tutishgan. Risolalarning ikkitasi, "Ixlos"dir. Garchi bir daraja mahram boʻlsada, sud, ham Anqara tadqiq hay'ati tekshiruvdan soʻng zararsiz deb xulosa qilib, bizga qaytarib berishdi.
Tsenzura va katta muharrirlarga koʻrsatish uchun Istanbulga yuborilgan "Iqtisod", bu zamonda hammaga lozim. Oʻn sakkizinchi Yogʻdu boʻlgan "Karomati Alaviya" esa, yanglish sabab ularga, birga joʻnatilgan. U risolani chop qilish uyoqda tursin, balki eng mahram qardoshlarimga ham faqatgina oʻqilishiga izn beraman. U dunyoga tegishli emas. Ham ekspertlar hay'ati va sud, tadqiq qilib, bizga qaytarib berishdi.
Oʻn yil avval Eskishahar Qamoqxonasida juda mashaqqatli vaqtda, tasalliga juda muhtoj boʻlgan paytimda ma'naviy bir hushxabar qalbimga keldi, uni qalamga oldim. Ammo mening bu ikki yil, balki toʻrt-besh yilda yozgan maktublarimning nusxalari, risolalar bilan birga chop va nashr qilish emas, balki mahram bir-ikki doʻstimning xohishi bilan oʻqilishini qiziqib birga yuborilgan. Bu maktublarni oʻzim yozganimning sababi, men sababli qamoqda mashaqqat chekkanlarga bir tasalli, bir suhbat, bu vatan va millatga dunyo va oxiratlariga yigirma yildan beri buyuk manfaati tekkan Risola-i Nur haqida fikr almashish uchundir.
Balki sizga va Anqara idoralariga yozgan ba'zi dardlashishlarim ichida boʻlgandir. Bu ma'nodagi risola va maktublar, tintuv boʻlimi xodimlari tarafidan olingan, balki sizga ham kelgan yoki keladi degan ehtimol bilan bu haqiqatni bayon qildim. Mening hozir juda ogʻir besh-olti qiyinchiligimga vahima sababli qonunsiz hujum qildirishga yoʻl qoʻymasligingizni, sizning vazifaparvarligingizdan va jiddiyligingizdan umid qilaman.
Aziz qardoshlarimiz!
"Lahulhamdu valminna" kecha, Nurning ma'naviy fathlari, butun azamat va dahshati bilan Istanbulda koʻrindi.
Mutlaq kufrni dunyoga, xususan Islomi olamiga qoʻyishni istagan jamiyat va
uning fikrlarning noshiri va
harakatining rivojlantiruvchisi boʻlgan bir-ikki gazeta bosmaxonasi va kutubxonasini ostin-ustun qilib,
dinsiz qildik,
komunist qildik deb oʻylangan
yoshlar va maktablilarning ogʻzi bilan va
harakatlari va fe'llari bilan norozilik bildirildi.
"Qahr boʻlsin komunistlik" deb badduolar qilindi. Bu jamiyatning minglab lira moddiy va millionlab lira ham ma'naviy zarari tegdi. Ranjiganimiz uchun, qalbimiz va ruhimizga juda aloqador bir shaxsi ma'naviy:
Ey Nurchilar! Hozir moddiy imkon hosil boʻlmayapti deb xafa boʻlmang. Nurning fathlari keng maydonda davom etyapti. Kulliy muvaffaqiyat hosil boʻlmoqda. Va boshqa va boshqa deb bor ovozi bilan aytdi.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nurning talabalari bilan, Risola-i Nurga va "Oyatu-l Kubro"ning karomati bilan avval umuman koʻrmagan ajib porlash boʻldi. Ahli dunyoning hujum niyatiga tegishli hukumat idoralaridan biri undan qutula olmadi. Bu esa ajib va ma'nodordir.
Kechaning eng sovuq paytri uch soat davomida Jahannam kabi yondi. Risola-i Nurning Chalishkanlar oilasidan bir talabaning uyi tomi unga yonma yon edi. Yana ikki qardoshining va ma'sum Jaylonning sarmoyalarining katta qismi boʻlgan katta doʻkonlari, yongʻin joyiga ikki kichik doʻkon oraliq bilan joylashgan edi. Olov shiddati bilan doʻkonga qarab kelayotganda bechora Jaylon yonimga kelib, "Biz yonyapmiz, mahv boʻldik." dedi. Men ikki kun avval doʻkonlarida boʻlgan "Oyatu-l Kubro"ning chop qilingan bir qancha nusxalarini yonimga olib kelishini aytdim, lekin olib kelmadi. Demak oʻsha olovni soʻndirish uchun u yerda qolgan ekan. Men Risola-i Nurni va "Oyatu-l Kubro"ni shafoatchi qilib: " Rabbim kutqar!" dedim. Uch soat oʻtib dahshatli yongʻin hujumida katta idorani tamomini yoʻq qildi. Ostida va yonma-yon boʻlgan doʻkonlarni hammasini yoqdi, yiqitdi. Risola-i Nurning va "Oyatu-l Kubro"ning himoyasidagi doʻkonga qat'iyyan olov tegmadi. Uning ostidagi shogirdning doʻkoni ham istisnoiy holda omon qoldi. Faqat aholi oynalarini sindirishibdi. Agar odamlar tegimaganida, narsalarini olmaganida, umuman zarar koʻrmasdi.
Xullas Isparta gilamxonasining yongʻini bilan, uylaridan Risola-i Nur darslariga joy ajratgan kishilarning dahshatli yongʻinda ikki qardoshining yonma-yon ikki uyining najot topishi, Risola-i Nurning bir karomati boʻldi.
Kastamonuda Amirtogʻ yongʻini kabi, qarshimdagi dahshatli yongʻin yonidagi Risola-i Nur shogirdlaridan Hofiz Ahmadning uyi ham hayratomuz suratda najot topdi.
Uning singlisining uchinchi qavat yongʻin ichida hayratomuz bir tarzda, ham olmos va oltin javohirlari, ham joni Risola-i Nurning barakoti bilan najot topdi. Bu yerda, Risola-i Nurning gʻayratli talabalaridan va Chalishkan Xonadonidan uch aka-uka toʻrt kishining dahshatli yongʻindan najot topishi, Risola-i Nurning va Oyatu-l Kubroning bir karomati ekaniga ham men, ham ular, ham boshqa qardoshlarimiz qat'iy qanoat hosil qildik.
Bu yerdagi shamol u yerda bir oz esganda bozor doʻkonlarining aksariyatini yondirdi. Hatto "Oyatu-l Kubro" doʻkonidan uzoqdagi oʻn-oʻn besh doʻkon narsalarini chiqarib tashib qolishdi.
Ba'zi belgilar bilan, Sandiqli, Afyon, Kutahya oʻrtasida, Risola-i Nurga va yangi maktublarimni qoʻlga olishlari bilan menga qarshi bir hujum belgilari koʻrindi. Ikki hodisada, Istanbul hodisalari bilan ta'zir yedi. Bu safargi ta'zir menga hujum qilish niyatiga jazo sifatida keldi, inshaalloh niyatdan ularni voz kechirdi va qoʻrqitib lol qildi.
Qardoshlarim! Zakovatingiz va tadbiringiz, mening birdam boʻlish haqida nasihatimga ehtiyoj qoldirmaydi. Ammo soʻnggi kunlarda his qildimki, Risola-i Nur shogirdlarining birdamligiga zarar berish uchun bir-biringizni ayblashingiz uchun oʻrtangizga su-i zon tashlashyapti. Boʻlinish yuzaga kelishi uchun, "Balki falon talaba bizga josuslik qilayotgan boʻlsa kerak", degan shubha solishyapti. Diqqat qiling, koʻzingiz bilan koʻrsangiz ham pardani yirtmang. Yomonlikka qarshi yaxshilik bilan javob bering. Lekin juda ehtiyot qiling, sir bermang. Zotan sirimiz yoʻq, ammo vahimachilar koʻp. Agar bir talaba dushmanlarga aygʻoqchilik qilayotgani ma'lum boʻlsa, isloh qilishga harakat qiling, pardani yirtmang.
Sizning, xususan Isparta madrasasidagi birdamligingiz ham Risola-i Nurni, ham shogirdlarini, ham bu mamlakatning yuzini oq qildi. Va har tarafda Risola-i Nurga xizmat qildirgan ahamiyatli bir sabab - birdamligingiz, shavq va gʻayratingizdir. Janobi Haq sizlarni bu xizmati iymoniyada doim va muvaffaq aylasin, omin omin.
Umum qardoshlarimga toifa toifa, bir-bir salom aytaman. Duo qilib, duolarini soʻrab qolamiz.
Yongʻin haqida Ustozimiz yozgan haqiqatni aniq bilamiz va koʻzimiz bilan koʻrdik.
Aziz qardoshim!
Maktublaring haqida yaxshi fikrdaman. Ammo hozirgi jurnalist va boshdagilar haqiqatlarni toʻliq baholay olmaydi. Risola-i Nur yalinmaydi! Ular yolvorishi va qidirishi kerak. Qiymatini taqdir etib, xaridor boʻlgandan keyin ularning yordamini qabul qiladi.
Hozir e'tiborni Risola-i Nur shogirdlariga jalb qilmaslik kerak deb oʻylayman. Lekin yetti yil jahon urushiga qaramagan va yigirma besh yil gazetalarni oʻqimagan, eshitmagan bu qardoshingizning fikri, bu masalada soʻralmaydi. Asl fikr sohibi, sizlar va Risola-i Nurning xos shogirdlari va mudaqqiq noshirlari mashvarat bilan, xususan Ispartadagilar bilan, nima foyda boʻlsa shuni qiling. Sening goʻzal maktubingni "Ilova"ga yozdik.
Risola-i Nurning "Ilova" Risolasida Fayzi bilan Amin ahamiyatli mavqe qozonganlar, ajabo qay holdalar? Oʻsha ahamiyatli mavqega muvofiq vaziyatga muvaffaq boʻlyaptilarmi? Gʻamlari yoʻqmi? Ham qamoqxonada haqiqatdan mardona va fidokorona istirohatim uchun xizmat qilgan va oʻn yil menga xizmat qilnagchalik minnatdor qilgan Toshkoʻpriklik Sodiq, Hilmi va Ehson qay holdalar? U atrofda, xususan Ineboludagi qardoshlarimni unuta olmayman, men haqimda xavotirlanmasinlar. Risola-i Nurning (ba'zan vaqti-vaqti bilan) ba'zi yerlarda toʻxtab qolishi evaziga, juda ta'sirli va ahammiyatli tarzda parda ostida fathlari bor. Xavotirlanishmasin, ehtiyot boʻlish bilan birga sabot, matonat va yozishda davom etishsin.
Barchaga minglab salom aytamiz va duo qilamiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sizlarni, birinchi vazifa-i Nuriyani, "Asoyi Muso"ga oid hizmatni boshlaganingizni tabriklayman. Ispartangizni diyonatda va Islomiy odobda orqa qolmagan, balki ilgari ketganini ruhu jonimiz bilan tahsin va tabrik qilamiz.
Ikkinchidan: Dengizlining Xusravi Hasan Fayzining Risola-i Nur haqida va Risola-i Nurning asli, asosi va ma'dani boʻlgan Qur'on haqiqati, iymon sirri va nuri Ahmadiy ta'rifida yozgan nazmiy bayonida toʻliq samimiyat va metin iymoniy qanoat bor. U hamma narsani tez qabul qilmagan va dalilsiz taslim boʻlmagan olim, xususan muallim boʻlsada, Risola-i Nurning haqqoniyatini ham oʻz nomidan, ham atrofidagi birodarlarining ma'naviy shaxsi uchun bir daraja hayratomuz, xolis ta'rif qilgan "Gʻaybiy Tasdiq Muhri"ning oxirida, "Ilova"dan olingan boʻlimlarning oxiriga yozilsin. Bundan tashqari "Ilova"da ham qayd qilinishini va Halil Ibrohimning oxirgi Risola-i Nur haqidagi tavsifnomasini va "Gʻaybiy Tasdiq Muhri"ning orqasida yozilishini munosib koʻrdik va bu yerda ham shunday qildik. Chunki buncha kuchli va samimiy bir qanoat, Gʻaybiy Muhrdagi imolar navida haqqoniyatiga bir imo, bir belgi boʻlishi mumkin.
Uchinchidan: Hasan Fayzining maktubida aytilgan barcha qardoshlarimizga juda koʻp salom aytamiz, tabriklaymiz. Qamoqxonalari bir Nur darsxonasi boʻlgani kabi, inshaalloh Dengizli viloyati ham bir nav Madrasat-uz Zahro hukmiga oʻtadi. Koʻpchilikning yuzini oq qilgan, Nurni zulmlardan qurtarishga harakat qilgan va ma'nan Nur shogirdlarining har biriga hadya qilingan risolalardan ham kattaroq hadya bergandek hadyasi bor. Bu Nurning tabrigi, unga minnatdor boʻlganlarning xotiralaridir. Yuzlab misli muqobili olingan bir adolatli xotiradir.
Toʻrtinchidan: Ishorati gʻaybiya bilan, oltmish toʻrtinchi yilda Risola-i Nur ta'lif jihatidan tugaydi degan gʻaybiy xabarni ikki hol tasdiqlaydi:
Birinchisi: Juda muhim nuqtalar xotirga kelsada, risola ta'lif qilinmaydi.
Ikkinchisi: Risola-i Nurni muhofaza qilish va nashri uchun hamda ega boʻlish va himoya qilishga harakat qilish uchun hayot istardim. Ammo hadsiz shukr boʻlsinki, bir bechora keksa Said oʻrniga koʻp yosh Saidlar ushbu vazifani bajarmoqda. Xususan Xusravlar, Fayzilar, Ahmadlar, Mahmudlar, jiyanim kabi koʻp Abdurrahmonlar va hokazo Hofiz Alini qabrida masrur, xursand qilganlari kabi, inshaalloh qabrimda ham shunday xursand qilishadi.
Umum qardoshlarimga, ma'sumlarga, ummiylar, opa-singillar kabi har toifaning har biriga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz. Risola-i Nurning barakasi bilan yongʻindan ziyon koʻrmagan Chalishkan xonadoni ham, sizlarga arzi hurmat va salom aytib qoʻllaringizdan oʻpadilar.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bir necha oydan beri menga qarshi uyushtirilgan hiylalari oʻrtaga chiqdi. Hifzi Ilohiy bilan u musibat, yigirmadan birga tushdi.
Boʻsh vaqtimda masjidga borgan edim. Men bexabar talabalar sovqotmasligim uchun, majlis yerida bir kulbacha qurishgan edi. Men toʻrt-besh kundan beri oʻz-oʻzimga boshqa u yerga bormaslikka qaror qildim. Ma'lum zobit vosita boʻlib kulbachani olib tashlashdi. Menga ham rasman: "Boshqa masjidga bormaysiz." deyishdi. Lekin ma'nosiz, chumolini fil qilib yurakni siqishdi. Hech ahammiyati yoʻq, hech ham xavotirlanmang. Taxminimcha, har tarafda haddimdan koʻp ortiq odamlarning e'tiborini ketkazish uchun, ba'zi bahonalar bilan xoinlik qiladilar. Eski vaqtlarimni oʻylasam bardosh bera olmaydigandekman. Holbuki (Risola-i Nurning sihhati va yoyilishiga zarar kelmaslik sharti bilan) har kun ming xoinlik va azob berishlar ham kelsa, Allohga shukr qilaman. Men ahamiyat bermaganim kabi, bu yerdagi talabalar ham hech qaytishmayapti. Biz koʻpdan beri kutgan bu hodisa ham inoyati Ilohiya bilan yengil oʻtdi.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Nuri Muhammadiya va sahobaga tegishli toʻrt sahifa juda chiroyli chiqqan. Oxirida, Risola-i Nurga va bu orqali bizga tegishli qismlarda Hasan Fayzining husni zoni juda hadidan oshgan. Garchi qasidasining oxirida Risola-i Nurning haqiqatini va shaxsi ma'naviyini murod qilgan boʻlsada, yana toʻgʻrilashga muhtoj koʻrdim. Ba'zi kalimalarni ilova va bir nechtasini oʻzgartirsamda, mening haddimdan ming daraja ortiq deb qoʻrqdim. Modomiki shogirdlarni shavq va gʻayratga keltirgan ekan, sizga havola qilaman. Siz, ham bu davrdagi vahimachilarni, maslagimizning zarurati boʻlgan kamtarinlik, ixlos va "men"likni tark qilish nuqtalarini e'tiborga oling, munosib koʻrgan soʻzlaringizni toʻgʻrilang. Sustlik vaqtida bu ahamiyatli tashviq qamchisidir, birodarlarga yuboring.
U qiymatli qardoshimiz, marhum Hofiz Alining (RH) vorisi va xalafi oʻrnida Risola-i Nurga haddan ortiq aloqadorlik va sadoqat bilan bogʻliqdir. Mening toʻgʻrilashimdan ranjimasin.
Oʻta samimiyat va kuchli tayanch bilan, chuqur ilm va porloq iymon bilan Risola-i Nurning mohiyatini ikki safardan beri ta'rif qilgan Risola-i Nurning xos shogirdlaridan va ahamiyatli eski muallimlaridan Hasan Fayzining "Gʻaybiy Tasdiq Muhri"dan olgan ilhomi bilan Risola-i Nur haqida, uning manbai va asosi Nuri Muhammadiy (ASV) va haqiqati Qur'on hamda sirri iymon ta'rifida bu qasidani yozgan.
Ahmad yaratilgan buyuk Nuri Ahaddan
Har zarrada nurdir u azaldan ham abaddan
Bir nur-ki ham ulugʻ ham tuganmas
U Faxri Jahon Hazrati Mahbubi Ilohiy
Porlatdi jahonni bu goʻzal Nuri Muhammad (ASV)
Yaratilmaganda boʻlmas edi bir zarra va bir fard
Uning nuri, hamma yer har zarrani oʻragan
Boshdan oyoq har dam bu qattiq zulmatni yorgan
Bir nurki udir sodda va ham qaytmas
Toza va pok jumladan ustun va mukammal
Bir nur-ki barcha zarrada faqat u namoyon
Bir nur-ki berar qalblarga ham ishq ila iymon
Bir nur-ki agar boʻlmasa u hech bir on
Boshdan oyoq zulmatda qolar ham da bu akvon
Bir nur-ki emas shunday qamraganki, hech yer qolmagan
Bir nur-ki qilar qalbni ham pur-nur, chashmni ham pur-nur
Bir yogʻdudir undan, shu ulkan shams va qamarlar
Faqat u nurdan bu ajoyib ulkan olam
Yaratildi u nurdan yana Jannat ila Jahannam
Shak yoʻq u nurdir oʻqilgan Hazrati Qur'on
U nuri azal ham sababi xilqati inson
Har narsaga udir mabda', asl va asos ham
Undan koʻrinar bashariyat mukarram
Bir zarra emas, bahri muhit u bahri munirdan
Ham inson hech boʻlar hammasi birdan
Shak yoʻq jahon, u nurning qatra-i nuridan
Shak yoʻq bu jon, u nurning zarra-i nuridan
Soʻnsin deya puflansa, dengiz kabi joʻsh urar
Soʻndirishga kimda ajab zarra majol bor
Soʻndirishga uringandi asrlar toʻla kuffor
Qahr ayladi hammasini ul Hazrati Qahhor
Doim soʻngan asrlar, yonadi soʻnmasdan ul
Tarixdan soʻrang, kimdir u nur, ham kim ekan manfur
Peshanasida yongan Nuri Muhammad Halilning
Yetmasdi kuchi, qarashga har yigʻlagan xasta chashm
Koʻrsaydi Rasulning u goʻzal nurini, Namrud
Yoqmasdi u dam, norini ul kofiri matrud
Bir chivin oʻldiradi u shohi jahonni (!)
Otgandi Halilni otashga chunki u jinoyatchi
Bir parda ochib soʻyladi Haq yashirin kalomdan
U otashga bahs ayladi ham bardu salomdan
"Doʻstim va Rasulim ulugʻ Ibrohimni ey nor
Ot odatingni, yoqma bugun, sen uni zinhor!"
Bir yashirin xitob keldi da ul dam Haqdan
Bir abdi mukarram qutuldi pichoqdan
U nurdan uchun Yunusni hifz ayladi hut
U nur bilan qahr ayladi ham qavmini Lut
U husni jamol, ayladi olamlarni hayron
Qaydan uni topgan, ajabo Yusufi Kan'on
Hikmat nedir, u dardlarfa sabr ayladi Ayyub
Ham sirri nadir, Yusuf uchun yigʻladi Ya'qub
Oʻlganda tirilganda nega his qilmadi bir his
U nomli nabiy, shonli shahid Hazrati Jarjis
Hasratla nechun yigʻladilar Odam va Havvo
Kimdan edi bu yillarcha davom etgan ulkan da'vo
Ham oh, nechun tark etilip Ravza-i Jannat
Bir dori qaror boʻldi nega olami mihnat
Nur shahri boʻlgan Turda u on Hazrati Muso
Asrori kalom faqat yechilib topdi tajallo
Bir qism Zaburdan oʻqisa Hazrati Dovud
Boshlardi hamon xuddi ulkan mahshari majlis
Bilmam-ki nechun, shamol va suvlar faqat uni tinglar
Bilmam-ki nechun, eshitgan oh! deya ingrar
Maxluqni butun oʻziga rom qildi Sulaymon
Qayerdan edi bu quvvat, unga kimdan edi bu farmon
Shamollar ila uchgan shonli ulkan taxti muqaddas
Asrori azaldan u ham eshitgan yana bir sas
U qaysi ajib sir-ki, chiqar koʻklarga Iso
Kimdir tortilgan chormixga, kimdir yana Yuda
Nur dardi uchun taxtini tark ayladi Adham
Bir boshqaning taxti boʻlar dardiga malham
Koʻp shaxsi valiy, nur ila ham qildi qanoat
Koʻp shaxsi pastlar, nur ila ham topdi karomat
Hammasi ham parvonasi, oshigʻi nurning
Hammasi muammo, kuchi yetmas bu shuurning
Fillar bilan borib Ka'bani Abraha zolim
Istardiki qilsin qancha ming turli mazolim
Istardiki u uy yiqilib shuhrati soʻnsin
Xalq Ka'bani tark qilib cherkovga qaytsin
Istardiki qoʻysin chiqadigan nurga bir toʻsiq
Ham tugʻilmay oʻlsin deya Mahbubi Muabbad
Kunlarcha borib Ka'baga yaqinlashgan qoʻshin
Birdaniga bir tahlika sezgandek toʻxtadi
Tezlik bilan kelib bir poda qush, dengiz tarafidan
Tosh jangini boshlar juda ajib hammasi birdan
Tushgancha havodan u muammo kabi toshlar
Jonsiz yiqilib yerlarga yotgan qancha boshlar
Shohi bilan birga kattakon qoʻshinni Mavlo
Boʻlsin deya Mahbubga nishon, ayladi mavtga
Ham qavmi Quraysh, soʻndiraylik derkan u nurni
Erkak va ayol, jumlasining qochdi huzuri
Mushriku muvahhid, ikki firqa boʻlib qabilalar
Yillarcha toʻkilgan yana ustiga bir qon
Yorildi Qamar, Faxri Bashar, ul ulugʻ Sarvar
Har yerda va har onda uning nuri muzaffar
Qur'on edi qovli, nur edi yoʻli, ummati baxtli
Ummat boʻlganning qalbi butun nur bilan toʻldi
Chekmasdi gʻam, ul soʻzi javhar, magʻzi kavsar
Sura-i Kavsar, dedi dushmaniga "abtar!"
Shamsi Azaldan qochgan quruq boshlar
Gʻoya-i Jahannamda barcha yoqqan otashlar
Tugagandi nafas, chiqmadi sas, toʻygandi harkas
U nurga borib bosh egib ham dedilar pas
Idroki boʻlgan karvon ayrildi Qurayshdan
Fayz olish uchun chiqqan shonli quyoshdan
Kavsri Ahmaddan ichib har biri kosa-kosa
Boʻldi u kun xuddi mujallo bittadan olmos
U boshlarga toj, dardga darmon, murshidi olam
Aylardi nazar bularga nuri ila tez-tez
Bular edi u dushmanni bugʻgan bir guruh arslon
Haq yoʻliga, nur yoʻliga boʻlgan koʻpi qurbon
Bulardan u kun ahli nifoq hammasi qochardi
Mushrik esa, ul aqli uning qolmas uchardi
Bular edi u Paygʻambarning asxobi va oli
Dunyoda va uqboda ham shonlari oliy
Tavsif qiladi bularni faqat ana shunday Qur'on:
Sulh vaqti qoʻy, urushda oʻkirar arslon
Faqat yuzlari pok, soʻzlari haq, yoʻllari haq edi
Markablari shamollardek Duldul, Buroq edi
Bir jazba-i "Yo Hayy!" ila sellar kabi oqdi
Dushmanga borib har biri chaqmoq kabi chaqdi
Bular edi u kun halqa-i tavhidni qurganlar
Bular edi u kun bolta bilan kufrni sindirganlar
Bular edi muborak ulugʻ maslahat jamiyati
Bular edi u nurdan tizilgan halqa-i kubro
Bular edi olgan Suriya, Iroq, oʻlka-i Kisro
Bular ila ziyodor u qorongʻu ulkan sahro
Bular edi bergan xasta, aliyl koʻzlarga bir nur
Bular edi u tarixga oʻtgan shonli qahramon
Hammasi bir zarra-i nuri u Habibning
Har on koʻrinar koʻzlarga undan qancha yuz ming
Nur ostiga kirgan turli jamoat
Ham topdi baqo, hamda butun koʻrdi adolat
Ajdodi i'zomning buyuk ruhlari ranjigan
Zero ne kufrlar oʻqilar ularga har kun
Yogʻgandi u kun oh ne gʻamlar, ne alamlar
Ojiz uni umumin yozishga, qoʻllar va qalamlar
Minglarcha yetimning yiqilgan qalbini sen qil
Afv et yetar endi, u Habib hurmati yo Rab!..
Derkan yetar endi, bizni afv et goʻzal Alloh
Tebrandi jahon, oʻldi da bir gum-gum birdan
Muz parchasi holida bulut, bir yerga tushgan
Erkagu ayol hammasi u tomonga yigʻildi
Darhol ochilib koʻk yuzi ham porladi ul nurdan kelgan Risola-in Nur
Xalloqi Rahiym ayladi maxluqini baxtiyor
Zulmat tarqalib boshladi bir yap-yangi kunduz
Bir sevinch his qilib jim boʻlsi biroz yigʻlagan u koʻz
Bir on ham tushmas ekan uning ohi tilidan
Qutuldi, dardman bashar dardning qoʻlidan
U yangi quyosh, oʻlkaga sochib shu'lalar
Faqat shod boʻladi, shavq topadi qalbi siniqlar
Har qalbga surur, har koʻzga nur toʻldi bu kundan
Bir xushxabar beradi xuddi u bir shonli toʻydan
Arz qilaylik ul ulugʻ Allohga shukrlar
Ketar bu qahru johilligu zalolat, shirku kufrlar
U nuri Xudo soldi ziyo, qalbga safo ham
Koʻrsatdi baqo, koʻchdi fano, topdi vafo ham
Chiqqandi shaqiy, keldi naqiy koʻrdi adovat
Aylardi nafiy, boʻldi xafiy nuri hidoyat
Otildi Risola-i Nur, ufuqdan nuri Risolat
U nuri Risolat beradi ishonch adolat
Allohga shukr, ketmoqda barcha qorongʻulik
Allohga shukr, toʻlmoqda faqat qalbga farohlik
Allohga shukr, mana bugun parda ochildi
Olamlarga ortiq yana bir nash'a sochildi
Endi bu soʻniq jonlarga jon ufladi jonon
Endi bu koʻngil dardiga u ayladi darmon
Bir fasli bahor boshlandi viloyatlarda bugundan
Bir suhbati gul boshlandi tillarda bu kundan
Mendan menga borishga Risola-i Nur dedim
Nur dardiga tushdim da dengizlar kabi joʻshtim
Bir zarracha boʻlsin topay deb qidirib
Tushdim yana daryo kabi nurga bugun men
Berdim unga koʻnglimni boshdan oyoq ortiq
Ma'shuqim udir hozir mening, men unga oshiq
U nuri azal qoraygan qalblarga loyiq
U nurdan olar fayzini jumla xaloyiq
Qahr ayladi u zulmatni Risola-i Nurga oqqan
Nur qahriga yoʻliqar, unga dushmanona qaragan
Kufrning butun majlisi hujum qilsa ham ey nur
Qilmas seni uzoq, oʻzi boʻlar balki magʻlub
Sensan yana hozir, yana sensan bizga nozir
Ey nuri Rahiym, ey abadiy, jilva-i qudrati Fotir
Bir sevinch e'lon qilding iymonla sirri azaldan
Bir xushxabar keltirding bizga ul mashhur goʻzaldan
Modomiki ichirding bizga obi hayotdan
Bir zarra qadar qolmadi xavf hozir mamotdan
Hasrat yashadik nuringga yillarcha butun biz
Ma'sum va xasta, turli balo chekdi sababsiz
Yillarcha oqqan, qon toʻla koʻzyoshlari tinsin
Zolim yerga botsin, u zulm bir yerda sinsin
Yillarcha, asrlarcha bu nuring yana yonsin
Kimsasiz va yetim, bevayu xastalar barchasi toʻysin
Ey nur guli, nur chehrangni oʻpsam dudogʻingdan
Qalb bogʻining qalbiga eksam butogʻingdan
Har dam hidlab ham u goʻzal royihasidan
Chiqsam yana men foniy olam dardidan
Nur gullarini ochsin, yana mushklar kabi tutsin
Siynamda bu jon bulbuli tavhid ila sayrasin
Sensan bizga bir nash'a bergan ul guli xolis
Sensan bizga ham jumladan a'lo, yana muxlis
Ey Nuri Risolatdan kelgan bir burhoni Qur'on
Ey sirri Furqondan chiqqan hujjat-i iymon
Sen eding bizga matlub, yana sen eding bizga va'da
Soyangda bugun hamma boʻlar zinda va mas'ud
Har on seni kutar va sogʻib eslardi bu dunyo
Haq oʻzini koʻrsatdi, bugun bitdi u roʻyo
Ming uch yuz yildir tuproqqa aylangan qancha milliard
Moʻmin va muvahhid seni kutardi faqat ey yor
Barcha seni qoʻllab aytardi kalomni
Barcha har on senga aylardi salomni
Nur chehrangni ochsang, olib pardani yuzdan
Aytar menga ruhim yana مَا ازْدَدْتُ يَقِينًا
Valloh, azaldan buni men ayladim yod
Risola-in Nurdir valloh oʻsha soʻnggi mujaddidi akbar
Yuzlarcha hujjat, yana qancha yuz ishorat
Aylar bu muqaddas ulkan da'voga shahodat
Eng boshda kelgan shohidi adl Hazrati Qur'on
Koʻrsatgan ayonan oʻttiz uch yerda u burhon
يَا مُدْرِكًا ning qalbiga koʻmgan Asadulloh
Koʻp sirki, bilganlar boʻladi doim senga ogoh
كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ degan ul piri muazzam
Minglarcha valiy ham yana qilgan bunga ming ilova
Moʻ'jizdir u soʻz, haqdir u magʻz, koʻrmadi har koʻz
Endi bu muammolarni kel sen bizga qil hal
Oltinchi Soʻzing oldi barcha fe'lu sifotni
Berdim da poklandim unga ham zotu hayotni
Muflisu faqir kutar edim hozir eshigingda
Tavhidga erishtir meni, kel boringni ber-da
Men men deya, yozgan boʻlsam-da sensan yana u men
Hechdan ne chiqar, ham menga menlik yana sendan
Afv et meni ey afvi buyuk, lutfi buyuk Risola-in Nur
Bir dam ham ham aylama sendan meni yo Robbana uzoq
Nur haqqi, Haq hurmati, doʻst sababli ey nur
Nuring ila sirring ila bugun qil bizni masrur
Ey Nuri Azaldan kelgan Nuri Muhammad (ASV)
Ey sirri iymondan kelgan nuri muabbad
Minlarcha yetimning eshitilgan ohini bir toʻxtat
Tebratar u buyuk arshni ham valloh bu chiqqan ovoz
Valloh jamilsan, yetar ortiq bu jaloling
Koʻrsat bizga ey Nuri Muhammad, bir karra jamoling
Dargohingni och, qil bizga ehson, yana ey nuri Risolat
Biz dardli qulmiz, qil bizga darmon, yana ey nuri haqiqat
Ammora boʻlgan nafsimizning amriga ergashdik
Ber bizlarga sen nur ila dalil, yana ey Nuri Qur'on
Hirs otashi soʻnsin-da koʻngil aylansin gulshan
Soch nuringni, ham fayzingni har on, ey nuri iymon
Sen nuri Badi', Nuri Rahiymsan bizga lutf et
Faqat istagimiz ishq ila iymon, yana ey Nuri Ilohiy
Dining chekinib, dev kabi tashlanmoqda vahshat
Rahm qil bizni gʻarq qilishga toʻfon, ey Nuri Rahmoniy
Pur-nurga boʻyalsin butun ofoqi jahoning
Har yerda oʻqilsin bu Qur'on, yana ey Nuri Subhoniy
Mahbubingga ergashdik, hammamiz ummati boʻldik
Yigʻlatma yetar, qil bizni xandon, yana Ey Nuri Rabboniy
Ul Ravza-i Poki Ahmadni (ASV) koʻrsat bizga bir on
Boʻlaylik faqat unga qurbon, yana Ey Nuri Samadoniy
Islomga zafar ber, bizni qutqar, bizni kuldir
Yovimizni qil haq ila yakson, yana ey Nuri Furqoniy
Har shahri Islom ila, boʻlsin bu yashil yurt
To hashra qadar jannati jonon, yana ey Nuri iymoniy
Ul Faxri Jahon, Oli Aba haqqi uchun yo Rab
Hifz et bizni ofatu balodan, yo Nuru-l Anvor, bihaqqi ismika-n Nur!
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Gʻoyat ahammiyatli (bundan avval sizga qisqacha bayon qilgan) bir masalani takroran aytishimga quvvatli, ma'naviy bir eslatma oldim. Masala quyidagicha:
Parda ostidagi dushmanimiz munofiqlar, hozirga qadar qilganlari kabi, adliyani va siyosat va boshqaruvni zohiriy dinsizlikka vosita qilib, bizga hujumlari natijasiz qolgani, va Risola-i Nurning fathlariga manfaati boʻlgan eski rejalarini tashlab, yanada munofiqona va shaytonni ham hayratda qoldiradigan reja tuzishganiga doir bu yerlarda belgilari koʻrindi.
Rejalarning eng muhim asosi, xos, metin qardoshlarimizni sovutish, sustlik berish, mumkin boʻlsa Risola-i Nurdan voz kechirishdir. Bu nuqtada ajib yolgʻonlarni va hiylalarni ishlatishyapti, Isparta va uning atrofi, gul va nur fabrikasining qahramon shogirdlari kabi, poʻlat va temir kabi sabot, sadoqat va matonat lozimki, bardosh qila olsin.
Ba'zan doʻst suratida kirib, qoʻrqitish uchun chumolini fil qilib vahima qilishadi. "Ey voh, ey voh Saidga yaqinlashmang! Hukumat ta'qib qilyapti", deb zaiflarni voz kechirishga urinmoqdalar. Hatto ba'zi yosh talabalarga, havaslarini qoʻzgʻash uchun, ba'zi yosh qizlarni yoʻliqtirishyapti. Ular Risola-i Nur peshqadamlariga qarshi, shaxsimning kamchiliklarini, xunuklillarini koʻrsatib, zohiran dindor ahli bid'atdan ba'zi shuhratli zotlarni koʻrsatib, "Biz ham musulmonmiz, din faqat Saidning yoʻliga maxsus emas" deb, bizga qarshi parda ostida muxolafat qilib zindiqlarga va anarxistlik hisobiga sofdil ahli diyonat va domlalarni vosita qilib iste'mol qilishadi. Inshaalloh bularning bu rejalari ham natijasiz qoladi. Bunday yaramaslarga:
"Biz Risola-i Nurning shogirdlarimiz. Said ham biz kabi bir shogird. Risola-i Nurning manbai, ma'dani, asosi esa Qur'ondir. U yigirma yildan beri tenggi yoʻq tekshiruv va kuzatishlar bilan birga, qiymatini va gʻalabasini eng qaysar dushmanga ham isbot qilgan. Uning tarjimoni va bir xizmatkori boʻlgan Said qay holda boʻlsa boʻlsin, hatto Said ham (Al'iyazu billah) Risola-i Nurga qarshi boʻlsa, bizning sadoqatimiz va aloqamizni inshaalloh buzmaydi." deb, u eshikni yopinglar. Ammo mumkin boʻlgancha Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlish, qoʻlidan kelsa yozish va mubolagʻali targʻibotlarga hech ahamiyat bermaslik va avvalgidek tom ehtiyot boʻlish kerak.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
Bu vatandagi millatning eng buyuk kuchi boʻlgan Islom olamining e'tiborini, hamiyatini va birodarligini ketkazish va nafrat berdirish uchun, siyosatni dinsizlikka vosita qilib, parda ostida kufri mutlaqni oʻrnatishni istaganlar, hukumatni aldab va adliyani ikki marta adashtirishdi. "Risola-i Nur shogirdlari, dinni siyosatga vosita qiladi, xavfsizlikka zarar berish ehtimoli bor." deyishyapti. Holbuki, bu mamlakatga moddiy-ma'naviy barakaga, hayratomuz xizmati va umum Islomi olamiga taalluqli haqiqatlarni jamlagan oʻttiz uch Qur'on oyatlarining ishorasi bilan, Imom Alining (RA) uch gʻaybiy karomati bilan va Gʻavsi A'zamning qat'iy xabarlari bilan haqligi koʻringan Risola-i Nurning, siyosat bilan aloqasi yoʻqdir.
Ammo kufri mutlaqni yoʻq qilgani uchun, kufri mutlaqning tamali boʻlgan anarxistlik va usti istibdodi mutlaqni asosi bilan buzadi, rad qiladi. Xavfsizlikni, osoyishtalikni, hurriyatni va adolatni ta'minlaydi.
Risola-i Nurga bundan buyogʻiga vatanga, boshqaruvga zarari tegilish bahonasi bilan tajovuz qilinmaydi. Ortiq hech kimni u bahona bilan ishontirolmaydilar. Ammo munofiqlar balki hiylani oʻzgartirib, din pardasi ostida ba'zi sofdil domlalarni, bid'at tarafdorlari yoki xudbin soʻfiylarni, ba'zi hiylalar bilan, Risola-i Nurga qarshi ikki yil avval Istanbulda va Dengizli atrofida boʻlgani kabi iste'mol qilishga urinar. Inshaalloh muvaffaq boʻlolmaydilar.
Qardoshlarim!
Hozir toʻliq namoyon boʻldiki, rasman menga xoinlik va haqorat qilish, bu orqali omma e'tiborini ketkazish uchun yashirin tadbir qilingan. Mening barcha doʻstlarimni (parda ostida) sovutish va qoʻrqitishga urinishyapti. Holbuki "Gʻaybiy Tasdiq Muhri" ularning barcha targʻibotlarini chil-parchin qilmoqda.
Garchi dinsizlik hisobiga menga boʻlgan haqorat, bir daraja meni siqsada, Eski Saiddan qolgan ba'zi tuygʻularimga ogʻir kelyapti. Ammo Risola-i Nurning hayratomuz fathlari va shogirdlarining ahli haqiqat nazarida, ruhoniy borliqlar va maloikalar nazdida hurmat va marhamat bilan qarshilanishlari, shaxsimga kelgan xoinlik va haqoratlarning chivin qanotichalik ahamiyati qolmaydi.
Badbaxt xiyonatchilar, dindorlik jihatidan ahli din va ahli ulumi din olimlarining hurmatini ketkazish, dinga bir xoinlik boʻlgani uchun, ruhoniy borliqlar, farishtalar va ahli iymon va ahli haqiqatning nazarida mal'un boʻlgani kabi, mingdan faqat bir-ikki telba yoki zindiqning ofarinini qozonadilar. U badbaxtlar menga haqorat qilib, goʻyo Risola-i Nurning nufuzini sindirayapman deb oʻylaydi, shaxsimni manba deb oʻylab meni obroʻsizlantirib, Risola-i Nur oʻz qiymatini yoʻqotadi degan ahmoqona bir oʻy bilan shaxsimga tajovuz boʻlmoqda.
Men javoban aytamanki: Ey menga dinsizlik hisobiga xoinlik va haqorat qilgan badbaxtlar! Sizga qat'iyyan xabar beraman, yaqinda (tavba qilmaslik sharti bilan) ajal jallodi orqali sen, abadiy qatl qilinishga oʻlim doriga osilasan! Buning umuman qutulish chorasi yoʻq! Yomonlikka toʻla ruhing abadiyyan yakka qamoqqa mahkum boʻlib, ahli iymon va ruhoniylarning nafrat va la'natini qozonasan! (Tavba qilmaslik sharti bilan) mening intiqomim, sendan, juda ortigʻi bilan olinayotganini bilganim uchun, gʻazab emas, senga achinaman hatto!
Sen kabi pashshachalik ahamiyati yoʻqlarning Risola-i Nurga parda tortishi, uning nufuzini zarra qadar ketkazmaydi. Yuz minglab inson u bilan iymonlarini qutqarganlari uchun, ruhu jon bilan hurmat qilishadi, mahliyo boʻladilar.
Ammo shaxsimga kelsak, bir-ikki daqiqa asabiylik bilan bir ranjishim evaziga birdan shunday bir tasalli topamanki, sizlarning haqorat va xoinligingiz ming marta koʻpaysa ham u tasallini ketkaza olmaydi. Chunki Risola-i Nurning qat'iy kashfi bilan, dinsizlik hisobiga bizga hujum qilganlar, abadiy azoblar, yakka qamoqda va abadiy qatl bilan xoinligining jazosini koʻrganlaridek, Risola-i Nur bilan iymonini qutqargan shogirlari, oʻlim bilan ozodlik ruxsatnomasi va abadiy saodat hujjatini olib, abadiy hurmat, marhamat va ikromga sazovor boʻlishlarini, faylasuflarni mot qilgan minglab hujjatlar bilan bayon qilganmiz.
Ham Yangi Said, Eski Said kabi oʻziga hurmat va e'tibor qozonish, shonu sharaf topishga qat'iyyan qarshidir, qat'iyyan qabul qilmaydi. Shuning uchun, yigirma yildan beri yakka yashashni tanlagan.
Agar osoyishtalik va boshqaruv hisobiga nufuzimni ketkazish va xalq nazdida obroʻsizlantirish uchun qilayotgan boʻlsangiz, juda katta bir xato qilasiz. Ikki yilda uch mahkama, yigirma yillik hayotimning bir yuz yigirma asarida, bir yuz yigirma ming Risola-i Nur shogirdlaridan osoyishtalikni buzadigan, javobgarlikka tortiladigan, vatan va millatga qarshi hech bir narsa topmay oqlandik. Risola-i Nur boʻlimlarining barchasini qaytarishlari berishganini aytib qat'iyan sizga bayon qilamanki, dinsizlik hisobiga bizni ezgan sizlar, vatan va millat, osoyishtalik va boshqaruvga qarshi, anarxistlik foydasiga va mudhish ajnabiy hisobiga meni siqib, muammo chiqarishni istaysiz. Shuning uchun, barcha xoinlik va haqoratlaringizga besh tiyinlik qiymat bermayman, osoyishtalik, boshqaruvning foydasiga, sabr va bardosh qilishga qaror qildim.
Albatta dunyo boqiy boʻlmagani kabi, hodisalari ham toʻfonli, doim oʻzgaradi. Bir necha soat jinoyatning natijalari dunyoviy va uxroviy minglar zaqqum va azobdir. Oʻsha paytda, foydasiz "yuz minglab afsuslar" deysiz! Men, rasmiy boshqaruv irodalariga va biz bilan tom aloqador vazifalilarga yozganimdek, siz kabi badbaxtlarga ham: "Biz, Risola-i Nur bilan, bu mamlakatning va istiqbolining eng katta ikki tahlikasini daf qilishga harakat qilyapmiz va amalda koʻp belgilar bilan, hatto sudda ham qisman isbot qilganmiz." deyman.
Birinchi tahlika: Bu mamlakatda, xorijdan kuchli suratda kirishga uringan anarxistlikka qarshi toʻsiq qoʻyish.
Ikkinchisi: Uch yuz ellik million musulmonlarning nafratlarini qardoshlikka aylantirib, bu mamlakatning eng katta tayanch nuqtasini ta'minlashdir.