Emirdoğ Lahikasi
— 101 —
RISOLA-I NUR

Bu Nur asar tafsiridir ul samoviy kitobning

E'lon qilar haqiqatni, haq amrini bildirar

Isyonlarga, zulmlarga uchragan jahonning

Bu asrda koʻzyoshini nur sochib toʻxtatadi.

Bu asardir jabrdiyda koʻngillarga tasalli

Bu qarorsiz olamning har buhronida nur sochar

Bu asardir har zulmatda salomatning rahbari

Ahli iymon bu soyada, bu asarla hur yashar...

Ma'sumlarga bir oʻgitdir, yoshlarning ham rahbari

Har mazlumga "Yigʻlama" der, kulasan ertaga sen

Tasallisi juda ulugʻ, ibratlidir darslari

Beli bukuk keksaga mujda berar batamom!

Bu asar insonlarni dahshatlardan uzoq qilgan

Qudrat qoʻli homiyidir, hayrat bergan hukmi bor

Dushmanlar taslim boʻlar hukmiga magʻrur ekan

Har bir telba faylasufni maftun qilgan nuri bor!

Bu nur asar har olimning, har moʻminning bosh toji

Dardlilarning darmonidir, har munkirni ta'zirlar

Shirklarni yoʻqotuvchi, ham har qaygʻu dorisi

Zindiq, zolim hujum qilsa boshida vulqon portlar!

Ey kuch yetmas dahshat bergan holatlardan yigʻlagan

Foniylarga aldanib singandan soʻng baqirma

Ey oʻtkinchi, ojizlardan madad kutib bogʻlangan

Kir bu Nurning olamiga, foniylarni chaqirma...

Oʻzingga kel endi gʻaflat sarxushligidan, turma uygʻon

Havaslaring bir ajdardir, qalbingni kemiradi

Erta baxtiyor boʻlar, yoʻqlikda Haqni topgan

Nurga ber naqdi umrni, erta senga berilar

Huzuringga uxroda ehtishomlar toʻshalar.

Risola-i Nurning qusurli xodimi
Zakoiy
***
— 102 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hozirgacha yashirin munofiqlar, Risola-i Nurga qonun bilan, adliya bilan va osoyishtalik va boshqaruv nuqtasidan hukumatning ba'zi peshvolarini aldab tajovuz etaishdi. Biz musbat harakat qilganimiz uchun, majbur boʻlgan vaqtda mudofaa qilish vaziyatida edik. Hozirga kelib ularning rejalari natijasiz qoldi. Aksincha tajovuzlari Risola-i Nurning doirasini kengaytirdi. Endi esa yangi harflar bilan "Aso-yi Muso"ni chop qilish niyatimiz, ixtiyorimiz xorijida, Risola-i Nurga tajovuz berilayotgandek. Bu hodisaning ahamiyatli bir hikmati shu boʻlishi kerak:

Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskoridir. Hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuotda koʻrinishni boshlab, dars berish vaqti keldi yoki keladi deb oʻylayman.

Dahshatli baloning biri: Xristiyan dinini magʻlub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni, bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-in Nur, saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajaradi. Qalbimga Islom olamining bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda qattiq e'tiroz va ayblovlarini ketkazish uchun matbuot tilida gapirish kerak deb eslatildi.

Men dunyoning holini bilmayman, ammo Ovrupada istilo bilan hukm qilgan va samoviy dinlarga tayanmagan dahshatli jarayonga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari qal'a boʻlgan. Islomi olami va Osiyo qit'asining hozirgi e'tiroz va ayblovini ketkazish va avvalgi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila boʻlgan bir Qur'oniy moʻ'jizadir. Bu yurtning vatanparvar siyosatchilari tez aqlini yigʻib, ikki baloga qarshi qalqon boʻlishi uchun Risola-i Nurni chop qilib rasman nashr qilishlari lozim.

Ajabo, yigirma yil mobaynida tahqiqiy iymonni juda kuchli suratda yoygan Risola-i Nur boʻlmaganida, bu dahshatli asrda ajib inqilob va portlashlarda bu muborak vatan Qur'onini, iymonini dahshatli zarbalardan toʻliq muhofaza qila olarmidi? Nima boʻlganda ham...

Endi Risola-i Nurga, vatanga, idoraga zarari tegadi degan bahona bilan tajovuz qilinmaydi. Endi hech kimni u bahona bilan ishontirolmaydilar. Ammo rejani oʻzgartirib, Risola-i Nurga qarshi din pardasi ostida ba'zi sofdil domlalarni yoki bid'at tarafdori yoki anoniyatli soʻfiylarni ba'zi hiylalar bilan (ikki yil avval Istanbulda va Denizli atrofida boʻlgani kabi) qoʻllanishadi. Risola-i Nurga va shogirdlariga boshqa tomondan tajovuz qilishga munofiqlar harakat qilishyapti. Inshaalloh unga erisha olmashmaydi. Risola-i Nur shogirdlari, toʻliq ehtiyot boʻlib, hujum boʻlgan vaqtda tortishmasin, ahamiyat bermasinlar. Aldangan ahli ilm va iymon boʻlsa, doʻst boʻlishsin. "Biz sizga e'tiroz bildirmaymiz. Siz ham bizga e'tiroz bildirmang. Biz ahli iymon bilan qardoshmiz." deb tugatishsin.

— 103 —

Ikkinchidan: Muboraklarning pahlavoni ham Abdurrahmon, ham Lutfi, ham Katta Hofiz Ali ma'nolariga ega buyuk ruhli Kichik Ali qardoshimiz bir savol soʻrayapti. Holbuki savolning javobi Risola-i Nurning yuz joyida bor. "Risola-i Nurning iymon ruknlari mavzusi ustida koʻp toʻxtalishlarining sababi nima? "Omi moʻminning iymoni buyuk bir valiyning iymoni kabidir", deb eski domlalar bizga dars berganlar?" deydi.

Javob: Boshda "Oyatu-l Kubro" iymon martabalari mavzuida oxiriga yaqin mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniyning bayon va hukmini keltirgan: "Barcha tariqatlarning oxiri va eng buyuk maqsadlari, iymon haqiqatlarining inkishofidir. Bir iymoniy masalaning qat'iyyan, ochiq va tushunilishi ming karomat va kashflardan yaxshiroq." "Oyatu-l Kubro"ning eng oxirida va "Ilova"dan olingan maktubning boʻlimi va toʻliq bayonoti javob boʻlganidek, "Meva Risolasi"ning Takroroti Qur'oniya haqida "Oʻninchi Masala"si, tavhid va iymon ruknlari haqida takrorli va koʻp sonli Qur'oniy urgʻuning hikmati, butunlay uning haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nurda ham borligi javobdir.

Tahqiqiy, taqlidiy, qisqa va batafsil iymon hamda iymonning barcha hujumlarga va vasvasalar va shubhalarga qarshi dosh berib tebranmasligini bayon qilgan Risola-i Nur boʻlimlarining izohlari, buyuk ruhli Kichik Alining maktubiga shunday bir javobki, bizga ehtiyoj qoldirmaydi.

Ikkinchi Jihat: Iymon, faqat qisqa va taqlidiy bir tasdiqqa maxsus emas. Bir urugʻdan ulkan xurmo daraxtigacha va qoʻldagi oynada koʻringan misoliy quyoshdan dengizdagi aksiga qadar, quyoshga qadar martabalari va inkishoflari boʻlgani kabi, iymonning shu daraja koʻp haqiqatlari borki, ming bir Asmo-i Ilohiya va boshqa iymon ruknlarining koinot haqiqatlariga aloqador koʻp haqiqatlari bor. Haqiqat ahli, "Barcha ilmlarning, ma'rifatlarning va kamoloti insoniyaning eng buyugi iymondir va iymoni tahqiqiydan kelgan izohli va burhonli muqaddas ma'rifatdir", deb ittifoq qilganlar.

— 104 —

Ha, taqlidiy iymon shubhalarga tez magʻlub boʻladi. Undan juda kuchli va juda keng boʻlgan tahqiqiy iymonda juda koʻp martabalar bor. U martabalardan ilmalyaqiyn martabasi, koʻp burhonlarining quvvatlari bilan minglab shubhalarga qarshi turadi. Holbuki taqlidiy iymon bir shubhaga qarshi ba'zan magʻlub boʻladi.

Ham tahqiqiy iymonning bir martabasi aynalyaqiyn darajasi boʻlib, juda koʻp martabalari bor. Balki asmo-i Ilohiya adadicha koʻrinish darajalari bor. Bu martabaga chiqqan odam butun koinotni Qur'on kabi oʻqiy oladigan darajaga keladi. Bir martabasi esa haqqalyaqiyndir. Uning ham koʻp martabalari bor. Bunday iymonli zotlarga shubha qoʻshinlari hujum qilsa ham, hech narsa qila olmaydi. Kalom Ilmi ulamolarining minglab jild kitoblari, aql va mantiqqa tayangan holda ta'lif qilinib, faqat oʻsha ma'rifati iymoniyaning burhonli va aqliy bir yoʻlini koʻrsatishgan.

Haqiqat ahlining esa yuzlab kitoblari kashfga, zavqqa tayanib ma'rifati iymoniyani boshqa jihatda izhorlaydi. Ammo Qur'onning moʻ'jizakor jadda-i kubrosi, va koʻrsatgan iymoniy haqiqatlari va muqaddas ma'rifati, ulamo va avliyolardan ancha ustun kuch va yuksaklikdadir.

Risola-i Nur bu jome', kulliy va yuksak ma'rifat yoʻlini tafsir qilib, ming yildan beri Qur'onga qarshi yigʻilgan Islomiyat va insoniyat zarariga va yoʻqlik olamlari uchun buzgʻunchi kulliy jarayonlarga qarshi Qur'on va iymon nomidan javob qaytarmoqda, mudofaa qilmoqda.

Albatta uning hadsiz urgʻu berishga ehtiyoji borki, Qur'on nuri bilan sanoqsiz dushmanlarga qarshi tayanib ahli iymonning iymonini muhofaza qilishga vasila boʻlsin. Hadisi Sharifda, "Bir odamning sen sababli iymonga kelishi, sahro toʻla qizil qoʻylardanda xayrlidir." "Ba'zan bir soat tafakkur, bir yil ibodatdan ham xayrliroq." deyilgan. Hatto Naqshbandiylar bu turdagi tafakkurga yetishish uchun xafiy zikrga katta ahammiyat berishgan. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 105 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Ixlos" risolasi va maktub nusxalarining aygʻoqchilar tomonidan olinishi, sizni xafa qilmasin. Zotan maktublar, "Ixlos" va Ixbori Alaviyani ularga oʻqitish, Risola-i Nur uchun va fathlariga kerak edi. Bu hodisa vaqti Istanbulda bolshevizmga qarshi boʻlgan namoyish, Risola-i Nurga qarshi parda ostida hujum qilgan ikki kuchning bir-biri bilan kurashishni boshlagani, Risola-i Nurning fathlariga buyuk vasila boʻladi. Bizga qarshi vaqtinchalik ba'zi hujumlar boʻlsa ham, umuman ahammiyati yoʻq. Chunki bolshevizmning, musulmonlar ichida anarxistlik mohiyatida mutlaq kufr va tabiatparastlik fikri bilan joylashtirilishiga javoban faqat va faqat Risola-i Nurning hayratomuz kuchli haqiqatlari chiqa olgani uchun, millatparvarlar, vatanparvarlar, siyosatchilar va dindorlar Risola-i Nurning orqasiga oʻtishga va u bilan yarashishga, uni qalqon qilishga yoʻl ochilmoqda degan nazarda qarayapmiz.

Said Nursiy