Emirdoğ Lahikasi
— 143 —
ICHKI ISHLAR VAZIRIGA MUROJAATDAN BIR PARCHA

Tarixda va zamin yuzida oʻxshashi sodir boʻlmagan zulmga va oʻn jihatdan qonunsiz xoinlik va tazyiqqa nishon boʻldim. Chunonchi:

Ham shiddatli suiqasd asorati boʻlgan zaharlanishdan xasta,

ham oʻta zaif, yetmish bir yoshda keksa,

ham kimsasiz, achinadigan gʻurbatda,

ham chakmon, ham pijama va oyoq kiyimini sotib tirikchiligini oʻtkazgan faqir holda,

ham yigirma besh yil yakka holda yashashidan, mingdan faqat tom sodiq bir odam bilan koʻrisha olgan bir mardumgurez, qoʻrqqqan,

ham yigirma yil hayotini va asarlarini uch mahkama va Anqara ekspertlar hay'ati juda chuqur tadqiqdan soʻngra ittifoq bilan oqlanishiga hukm qilgan,

asarlari vatanga, millatga zararsiz deb, manfaatli ekaniga qaror qilingan bir ma'sum,

ham Birinchi Jahon Urushida ahamiyatli xizmat qilgan bir vatan avlodi,

ham hozir bu millatni, bu vatanni anarxistlikdan va ajnabiy buzgʻunchiliklaridan qutqarish uchun, maydondagi ta'sirli asarlari bilan bor quvvati bilan xizmat qilgan bir hamiyatparvar,

mahkamada yetmish guvoh bilan isbot qilinganidek, yigirma besh yilda bir gazetani oʻqimagan, qiziqmagan va yetti yil jahon urushini kuzatmagan, soʻramagan, bilmagan,

asarlarida kuchli dalillar bilan siyosatdan batamom aloqasini uzganini isbot qilgan,

dunyongizga qoʻshilmaganini adliyalaringiz rasman e'tirof qilgan zararsiz odam,

ham oxiratiga va ixlosiga zarar kelmasligi uchun odamlar e'tiboridan shiddat bilan uzoq turgan,

qardoshlarining u haqidagi husni zonlaridan va madhlaridan chekingan, yoqtirmagan bu bechora Saidga,

boshda Ichki Ishlar Vaziri boʻlgan siz, Afyon Hokimini va Amirtogʻ zobitlarini hujum qildirib, har kun bir oy yakka qamoq azobini chektirish,

— 144 —

tamoman yakkalik ichida bir oʻzini bir yakka qamoqda turishga majbur qilishda nima foyda bor? Qaysi qonun bu dahshatli beshafqatlikka ruxsat beradi deb, ommaviy huquqni muhofaza qilgan adliyaning yuksak doirasi vositasida Ichki Ishlar Vaziriga bayon qilyapman.

Zulman barcha fuqarolik va inson
haqlaridan va yashash huquqidan mahrum qilingan
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim va bu gʻurbatda mening samimiy qarindoshlarim Usmon, Mahmad, Hasan Afandilar!

Sizning menga xolis va

Risola-i Nurga boʻlgan hech unutilmaydigan xizmatingizga oldindan bir mukofot tarzida

Hasan Fayzi va boshqa talabalarning, Chalisahkan Xonadoniga qarata haddan ortiq e'tiborlari,

umum mamlakatda sizning sharafingizni yoyishlari,

ahli haqiqatni sizga doʻst qilishgani uchun,

mendan koʻra Risola-i Nur va shogirdlarini himoya va muhofaza qilish,

ahli siyosatning va meni zaharlagan dushmanlarimning hiylalaridan qutqarish uchun qattiq ehtiyot,

tom bir sadoqat va mening oʻrnimda qattiq diqqat qilishga vazifadorsizlar.

Ozgina xato, faqat menga emas, balki minglab ma'sum shogirdlarga va hozir porlagan sharafinizga tegadi. Mening vaziyatim va berilgan mashaqqatlar olti jihatdan qonunsiz boʻlib, kelajakda javobgarlikdan qurtarish uchun insofsiz va qonunsiz azob berganlar, oʻzlariga bahona, bir vasila qidirishyapti. Juda ham diqqatli boʻlishingiz lozim.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Bir-ikki kun avval murojaatning bir qismi asos qilib, kerak boʻlgan payt yo murojaatnoma yoki vazirga, mahkamaga berish yoki boshqa boshqaruv idoralariga murojaat qilishingiz uchun, qardoshlarimiz ham usbbu asosga binoan oʻzlarini munofiqlarga qarshi mudofaa qilish uchun sizga yuborildi. Demak, hozirgacha menga gʻaraz bilan ishkanjali aziyatlarni berganlarning eng boshida u turgan ekan. Nima boʻlganda ham.. siz mashvarat bilan nima kerak boʻlsa qilasizlar. Faqat ehtiyot bilan, sovuqqonlik bilan harakatlanib, hayajonga solmaslik kerak.

— 145 —

Ikkinchidan: Bu safar men bilan gaplashishdan qoʻrqqan bu yerning muftiyi vositasida, Xulusiyning Qarsdan yozgan maktubini jiyanim Nihodning maktubi bilan birga oldim. Haqiqatdan qardoshimiz, doim haddan ortiq sadoqatini va Nurlarga kuchli aloqasini muhofaza qilyapti. Ma'nodor bir tavofuq shuki, men bexabar, Nihodning u yerda boʻlish ehtimoli bilan, Sabriga oid ifodada aytgan edim: Nihod Qarsda boʻlsa, Xulusiy bilan gaplashar ma'nosida bu yerda aytgan va soʻngra sizga yozgan paytim, u ikkalasi hozirga qadar sukut qilganlari holda, birga menga maktub yozishibdi.

Uchinchidan: Ra'fat qardoshimizning kamoli sadoqatini, aloqasini va Xulusiy kabi Nurlarning qoʻmondoni boʻlganini koʻrsatgan maktubi, Xulusiyning maktubini olgan paytga muvofiq kelishi, latif va sevinchli boʻldi. Ikkalasi "Ilova"ga kirsin.

Ra'fatning ma'sumlarga Qur'on oʻqitishi, oʻzi esa "Yogʻdular"ni yozish va oʻqish bilan mashgʻul boʻlishi, xastaligimning shifosi uchun ma'sumlar bilan duo qilishlari, bir malham kabi xastaligimni ketkazdi va yengillatdi.

Toʻrtinchidan: Yozuvda marhum Osimga oʻxshagan Yoqub Jamolning hayotda ekanini, hayotda boʻlsa Nurlarga goʻzal qalami bilan xizmat qilyaptimi bilmaganim uchun, koʻp safar gʻamgin va xafa holda oʻylar edim. Hadsiz shukr boʻlsinki, ham hayotda, ham Nurlar bilan xizmatda, ham sadoqatda boʻlganini koʻrsatgan maktubini oldim, alhamdulillah dedim.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Menga yuz martadan koʻproq, oʻta qiymatli iymoniy haqiqat koʻrindi. Ta'lif vaqti tugashi hikmati bilan, qancha urinmay, juda ahamiyatli haqiqatni ovlay olmadim. Ochiq-ravshan ifoda va his qildirish uchun kutdim, muvaffaq boʻla olmadim. Endi oʻta qisqa bir ishora bilan, juda keng va uzun haqiqatdan qisqacha bahs qilaman:

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمَنِ

hadisi, ham javomiu-l kalimdan, ham mutashobeh hadislardandir. Juda buyuk va kulliy nuktasi, qalbimga, "Xulosatu-l Xulosa" bilan "Javshanu-l Kabir"ni oʻqigan vaqtim zohir boʻldi. Men ajib va juda goʻzal nuktani qochirmaslik uchun, kalit soʻzlar, ishoralar sifatida "Xulosatu-l Xulosa"ning oʻn yettinchi martabasi boʻlgan "Qur'on lisoni bilan guvohlik" va oʻn sakkizinchi martabasi boʻlgan "koinot lisoni bilan guvohlik" oʻrtasida kalit soʻzli ishoralarni shunday qoʻydim:

— 146 —
لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ بِلِسَانِ الْحَقِيقَةِ الْاِنْسَانِيَّةِ بِكَلِمَاتِ حَيَاتِهَا وَ حِسِّيَّاتِهَا وَ سَجِيَّاتِهَا وَ مِقْيَاسِيَّتِهَا وَ مِرْآتِيَّتِهَا وَ بِكَلِمَاتِ صِفَاتِهَا وَ اَخْلَاقِهَا وَ خِلَافَتِهَا وَ فِهْرِسْتِيَّتِهَا وَ اَنَانِيَّتِهَا وَ بِكَلِمَاتِ مَخْلُوقِيَّتِهَا الْجَامِعَةِ وَ عُبُودِيَّتِهَا الْمُتَنَوِّعَةِ وَ اِحْتِيَاجَاتِهَا الْكَثِيرَةِ وَ فَقْرِهَا وَ عَجْزِهَا وَ نَقْصِهَا الْغَيْرِ الْمَحْدُودَةِ وَ اِسْتِعْدَادَاتِهَا الْغَيْرِ الْمَحْصُورَةِ

Xullas bu qisqa kalit soʻzni, yana gʻoyat muxtasar bir kalit soʻz bilan tarjuma va izoh qilaman. Buni "Xulosatu-l Xulosa"ga hoshiya qilinglar.

Ha men, "Xulosatu-l Xulosa"ni oʻqigan vaqtim, ulkan koinot, nazarimda bir halqa-i zikr boʻladi. Lekin har navning tili juda keng boʻlganidan, fikr yoʻli bilan Allohning sifat va ismlarini ilmalyaqiyn bilan anglab yetish yetish uchun aql koʻp harakat qiladi, keyin toʻliq koʻradi.

Inson haqiqatiga qaragan vaqti, qamrovli miqyosda, kichik xaritachada, toʻgʻri namunachada, hassos me'zonchada, xudbinlik hassosiyatida qat'iy, shuhudiy va idrok qiladigan vijdon, ishonch, iymon bilan sifat va ismlarni tasdiq qiladi.

Juda oson, yonidagi oynasida, uzun bir sayohati fikriyaga umuman muhtoj boʻlmasdan tahqiqiy iymonni qozonadi va

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمَنِ

hadisining haqiqiy ma'nosini tushunadi. Chunki Janobi Haq haqida surat mahol boʻlishidan, suratdan murod siyrat, axloq va sifatlardir.

Ha, qandayki ahli tariqat, ichki-anfusiy va tashqi-ofoqiy sayr bilan ma'rifati Ilohiyada ikki yoʻldan ketgan. Eng qisqasi, osoni, quvvatli va ishonchli yoʻlni anfusiyda, ya'ni qalbida zikri xofiyyi qalb bilan topganlar. Aynan shuning kabi: Yuksak ahli haqiqat ham, ma'rifat va tasavvur emas, balki undan juda oliy va qiymatli boʻlgan iymon va tasdiqda, ikki yoʻl bilan harakat qilgan:

Biri: Koinot kitobini mutolaa qilib, "Oyatu-l Kubro" va "Hizbu-n Nuriya" va "Xulosatu-l Xulosa" kabi tashqariga qarashdir.

— 147 —

Ikkinchisi: Eng kuchli va haqqalyakiyn darajasida vijdoniy, hissiy, bir daraja shuhudiy haqiqati insoniya xaritasini va inson "men"ligi mundarijasini va nafsining mohiyatini mutolaa bilan, iymonning shubhasiz va vasvasasiz martabasiga chiqish boʻlib, aqrabiyat-yaqinlik sirriga va nubuvvat vorisligiga tegishli. Anfusiy tafakkuri iymoniy haqiqatining bir qismi, "Oʻttizinchi Soʻz"ning va "ana va anoniyat" mavzusida, "Oʻttiz Uchinchi Maktub"ning Hayot va Inson Derazasida, ba'zi parchalari ham boshqa Nur parchalarida bir daraja bayon qilingan.

Bu ham "Ilova"ga, ham "Gʻaybiy Muhr"ga, ham "Xulosa"ning oxiriga yozilsin.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Holatim toʻgʻri kelmagani uchun koʻplab maktublaringizga bitta tarqoq fikrdagi maktubim bilan javob berganimdan ranjimang.

Birinchidan: Yashirin dushmanlarimiz hukumatning muhim va bir necha mansabdorlarini qoʻlga olib meni tazyiq qilishyapti. Manaman va Shayx Said hodisasi kabi hodisa chiqarish uchun bor kuchi bilan eng nozik asablarimga tegadigan tarzda har hiylani ishlatishdi. Koʻrishdiki Eski Said yoʻq, yangisi esa hamma narsaga bardosh beryapti. U rejani boshqachasiga, suiqasdlarga jumladan zaharlashga almashtirishdi. Hifzi Ilohiy uni ham natijasiz qoldirdi.

Bu yerda munofiqlar rasmiy hukumatni qoʻllanib odamlarni mendan qoʻrqitish va voz kechirish uchun dahshatli bir targʻibot qilishyapti. Lekin siz hech xavotirlanmang. Inoyati Rabboniya davom etyapti. Futuhoti Nuriya tobora kengaymoqda.

Ikkinchidan: Bu safar Hasan Fayzining va bir hafta avval Halil Ibrohimning shaxsimga haddan ortiq husni zon bilan marsiyalari va samimiy va gʻamgin vidonomalari, oz oʻzgartirilish bilan uch sabab uchun qabul qilindi:

Birinchisi: Ular shaxsimga emas, balki Qur'onga, iymonga va Nurlarga xodimligim va qudsiy vazifaga qarab yozganlar.

Ikkinchisi: Ularning va ular koʻrsatgan atrofdagi xolis qardoshlarimizning haddimdan juda ustun ta'riflarini, bir nav samimiy duolari, oliy alomat, yuksak xayr istagi, iste'dodlarining, e'tiqodlarining va Nurlarga juda jiddiy aloqalarining aks etishidir.

— 148 —

Uchinchisi: Men ularning nazarida Risola-i Nur va shogirdlardagi shaxsi ma'naviyning vakili va namunasi boʻlganim uchun, ularning tashviq sabablari boʻlgan hayratomuz husni zonlarini va ma'naviy quvvatlarini ketkazish zarardir. Ikkaloviga va birodarlariga, xususan Ahmad Fayzi, Dengizli qamogʻidagi qardoshlarimizga va biz haqqimizda adolat qilishga harakat qilganlarga minglab salom.

Uchinchidan: Koʻp marta mening mashaqqatlarimga malham boʻlgan va yonimda saqlagan qahramon Xusravning koʻp maktublari va ularning har biridan bittadan ahamiyatli bayonni olib hammasini "Ilova"ga kiritish uchun vaqt topolmayapman. Inshaalloh bir istirohat paytim tadqiq qilaman. Ahmad Nazifning Inebolu talabalari nomidan yozgan va Halil Ibrohimning yigʻlatadigan marsiyasidan ishtiroklarini koʻrsatgan maktubi, mening u atrofdagi metin qardoshlarim haqida xavotirlarimni ketkazdi. Janobi Haq ulardan rozi boʻlsin.

Toʻrtinchidan: Choʻpon Iso qishlogʻida Ahmadning maktubida ismlari oʻtgan eski va yangi qardoshlarimizning Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlishi va bolalarni Qur'on va Nurlar bilan mashgʻul qilishlari, bu vaqtda Nurlarga buyuk bir xizmatdir. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin!

Beshinchidan: Munofiq dushmanlarimning moddiy-ma'naviy zaharlariga qarshi "Javshan" va "Avrodi Qudsiya-i Shohi Naqshband" meni oʻlim tahlikasidan, balki yigirma safar qudsiyatlari bilan qutqargan boʻlsada, afsuski asabimda, nervlarimda va sezuchanligimda, zulmdan qattiq asorat, hayajon, alam, nafrat qoldi. Eng samimiy doʻstimni va tom sodiq qardoshimni bir soat yonimda boʻlishiga chiday olmayman, ruhim koʻtarmaydi. Hatto birov menga qarasa ham siqilaman. Oldin menda boʻlgan oz mardumgurezlik xastaligi, zolimlarning makkor aziyatlari bilan va ta'qiblari bilan juda shiddatlashgan. Goʻyo oʻlmasdan avval ijtimoiy hayot jihatidan oʻlgan edim. Bu haqiqat va bu sir uchun men haqqimda, xos qardoshlarim vafot marsiyalarini yozishyapti.

Bu yerning havosi ham, asabimga juda ogʻir keladi. Qishning bir kuni, Dengizli qamogʻida oʻtkazgan qishimizchalik menga ogʻir kelmoqda, ranjitmoqda.

Ha, koʻz bir sochni koʻtarmaganidek, hozirgi ruhim va oʻsha vaziyat, bir soch qadar yukdan, ogʻirlikdan ta'sirlanadi. Risola-i Nur va shogirdlarining salomatlari uchun, ularning evaziga va oʻrniga togʻdek ogʻir tazyiqlat va mahsaqqatlarni mamnuniyat bilan yelkaga olaman. Ruhim bardosh qiladi va shukr, sabr qiladi. Buni sizga qat'iy xabar beraman.

— 149 —

Ammo ojizlik, zaifligim va qaygʻularim haddan ziyod ekan, xos qardoshlarim meni madh qilib yuklarimni ogʻirlashtirish oʻrniga duolari, shafqatlari, himmatlari, rahmlari bilan yordam berib, yukimni yengillashtirishlari kerak. Inoyati Rabboniyaning bir jilvasi shuki, shiddatli mardumgurezlik xastaligi bilan, zolimlarning tamoman yakka qoldirishlarini hechga tushirmoqda.. menga azob bermaydi, bir jihatda xursand qiladi.

Aziz, siddiq qardoshlarim, bu dahshatli asrda mukammal tasallilarim va vorislarim!

Sizning haddan ortiq sa'yu gʻayratingiz Isparta va atrofini keng bir Madrasat-uz Zahroga, Jome'u-l Azharga aylantirganiga bir dalil shuki, bu safar matbaachilarni ham hayratda qoldirgan siz yozgan "Asoyi Muso" majmuasidan yigirmadan ziyoda mukammal tavofuqli nusxalarini yarim ummiy qardoshingizga yuborishingiz boʻldi. Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga, yozganlarga va yordam berganlarga har bir harfi evaziga ming rahmat aylasin, minglab meva-i Jannat ehson qilsin va amallar daftaringizda yuzlab hasanot yozdirsin, omin omin omin!

Men ularga qaradim, qalbimga keldiki: Bu qahramonlarga hozir mukofot berilmaydimi?

Eslatildiki: Ular, bu majmuani yozib, faylasuflarni mot qilgan, iymonga keltirgan kuchli iymoniy darsini eng avval ozʻi-oʻziga toʻliq oʻqimoqda, ma'naviy bir xazina qozonmoqdalar. Ularning nusxalari, juda koʻplarning iymonlarini qutqaradi yoki iymonga keladilar. Bir hadisda: "Bir odam sening vositangda iymonga kelishi, sen uchun sahro toʻla qizil qoʻydan ham xayrlidir." deyilgan. Ular, bu muborak qalamlari bilan, eski davrda Islomiyatning buyuk mujohid qahramonlarining qilichlarining muqaddas xizmatlarini qilishyapti. Albatta istiqbol, ularni va Nurchilarni koʻp olqishlaydi.

Ikkinchidan: "Asoyi Muso" majmuasining boshida, kelgan va chiziq bilan ishora qilingan fikr yozilsa munosib boʻladi. Istagan kishi, bu maktubning boshidagi qismini ham birga yozsin.

Yigirma sakkizinchi Yogʻdu bilan Sakkizinchi Shu'la Imom Ali Roziyallohu Anh "Jaljalutiya"sida juda kuchli va ochiq-ravshanga yaqin tarzda Risola-i Nurdan va ahammiyatli risolalaridan xuddi oʻsha raqam bilan xabar berganini toʻliq isbot qilgan.

— 150 —

Imom Ali Roziyallohu Anh, Risola-i Nurning eng oxirgi risolasini "Jaljalutiya"da

وَ اسْمُ عَصَا مُوسَى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

iborasi xabar bermoqda. Biz bir-ikki yil avval "Oyatu-l Kubro"ni eng oxirgi risola deb oʻylagandik. Holbuki hozir oltmish toʻrtinchi yil ta'lif jihatidan Risola-i Nurning tugashi va bu jumla-i Alaviyaning ma'nosini, ya'ni qorongʻulikni tarqatadigan, asoyi Muso (AS) kabi yorugʻlik beradigan, sehrlarni yoʻq qiladigan risoladan xabar bergan.

Bu majmuaning "Meva" qismi mudofaa oʻrnida boshimizga tushgan dahshatli, zulmli zulmatlarni tarqatdi. "Hujjatlar" qismi esa Nurlarga qarshi dushman vaziyatini olgan falsafa qorongʻuliklarini yoʻqotdi. Yana Anqara ekspertlar hay'atini taslim boʻlishga va tahsinga majbur qildi. Istiqbolda zulmatlarni tarqatadigan koʻp belgilarning borligi va Asoyi Muso (Alayhissalomning) bir toshda oʻn ikki chashma chiqarishi kabi oʻn bir moʻ'jizaga sabab boʻlishiga ushbu oxirgi majmua javob boʻldi va oʻxshadi. "Meva"ning oʻn bir nuroniy masalasi va "Hujjatulloh-il Baligʻa" risolallarining oʻn bir qat'iy hujjati, Imom Ali Roziyallohu Anh, u jumla bilan toʻgʻridan toʻgʻri "Asoyi Muso" nomli majmuaga qarashini va uni tahsin bilan xabar berganiga bizda toʻliq qanoat hosil qildi.

Uchinchidan: Nur stansiyasi, Yigirma yettinchi Maktubda juda ahamiyatli bayonlari boʻlgan Sabrining bu safargi marsiyasini "Ilova"ga kiritdik, sizga ham yubordik. Va peshqadam muboraklardan va Nurlarning nashriga koʻp xizmat qilgan Hofiz Mustafoning yetti yoshda "Oltinchi Shu'la"ni va menga maktub yozgan tom muborak, ma'sum oʻgli, bu yerda, ma'sumlar ichida Nurlarga bir ishtiyoq uygʻotadi. Uning ismi, Said Nuriy boʻlishi kerak, Nursiy qishloqdir, ma'nosiz boʻladi. Nurlarga aloqasini koʻrsatishi uchun (Sin) boʻlmasin, faqat (ye) boʻlsin. Yana koʻp narsalar yozar edim, ammo boshimda koʻp vazifalar va ishlar borligi uchun tugatishga majbur boʻldim.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Birinchi "Moʻ'jizot Majmuasi" vazifasini tugatganlar ikkinchi vazifani boshlaganlarini xushxabar berishingiz, sizlarni bu xizmati iymoniyada menga haqiqiy qardosh qilib bergan Arhamurrohimiyn, meni hadsiz shukrga chorladi. Qur'oniy xat foydasiga birinchisining bir karomati, markazda Qur'on xattining bir kursi ochilishi boʻlgani kabi, inshaalloh ikkinchisi, yanada moʻ'jizali bir karomat koʻrsatadi.

— 151 —

Ikkinchidan: Konyalik Sabri siz orqali men bilan xabarlashsa, yanada foydaliroq va munosib boʻladi. Chunki aksariyat fikricha siz mening oʻrnimga istaganini qila olasiz. Masalan, tahrir uchun u yerdagi olimlar toʻliq yordam berishgani uchun, u yerda tahrir qilinsin, qilsinlar. Siz mening tahririmdan oʻtgan ba'zi nusxalarni, ularga yuboring. Haqiqatdan tahrir masalasi ahamiyatlidir. Ba'zan bir harfning va bir nuqtaning xatosi, qiymatli ma'noni buzadi. Eng avval, yozganlar bir karra goʻzal tarzda oʻqishsin. Soʻngra tahrir qiladigan kishilarga va menga berishsin. Mashaalloh, bu safar menga kelgan "Asoyi Muso" majmualarida ham xatolar kam, ham bir daraja tahrir qilingan. Janobi Haq ham yozganlardan, ham tahrir qilganlardan abadan rozi boʻlsin, omin.

Uchinchidan: Yozgʻatda yashaydigan, Risola-i Nur bilan aloqador Tunislik Domla Hashmat, avval vafotimni, soʻngra hayotda boʻlganimni eshitib samimiy ikki maktub yozibdi, unga men tarafimdan salom yuboringlar.

Toʻrtinchidan: Rushduning koʻp safardan beri xususiy salom aytgan qahramon birodari Burhon (avvaldan beri) ummiyligi bilan birga, Nurlarga kerakli vaqtda ahamiyatli xizmatlari, uni ham xoslar qatorida har kun ismi bilan daromadlarimizga hissador qilyapmiz.

Ma'nodor bir tavofuq boʻldi. Men, Xusravning va Sabrining maktublari kelmagani uchun kulliy xavotirlarimni yozarkan, ayni paytda kutilmaganda eng qamrovli va barcha xavotirlarimni ketkazgan koʻplab maktublari keldi.

Umum qardoshlarimga salom.

Aziz, siddiq qardoshlarim, abad va haq yoʻlida haqiqatli birodarlarim!

Kastamonu yigitlaridan, Nurning qahramonlaridan va Safranbolu fidokorlaridan sizga bu yerga kelgan xususiy maktublariga xususiy javob berishga haqdor va loyiq. Ammo holim, vaqtim izn bermagani uchun, siz orqali qisqa javob berganimga ranjimasinlar.

— 152 —

Birinchidan: Hilmi, Ehson, Aminning, Toshkoʻpriklik Sodiqning maktublari, meni juda xursand qildi. Haqiqatdan qardoshlarimiz, qamoqxonada toʻqqiz oyda toʻqqiz yil qadar Nuriy xizmati qilib Isparta qahramonlari bilan yelkama-yelka boʻlishdi. Men, ularning ham istirohatim, ham qamoqdagi birodarlarimizning ittifoqlari va yangi Nurlarning xizmati uchun tom sa'y-harakatlarini hech qachon unutmayman. Janobi Haq ulardan va sizdan abadan rozi boʻlsin. Men xayolan, koʻp safar eski davrga, Kastamonu va Barladagi ma'lum yerlarga, sayrgohlarga shavq bilan boraman. U yerlarda oʻtirib yigʻlayman. U doʻstlarimni xayolan koʻraman.

Qahramon Sodiqning kuchli ifodasiga va chiroyli yozuviga oʻxshagan qisqa maktubda, Mustafo Usmon va Hifzi (RH) Safranbolu shogirdlarining salomini ham yozishgan. Shubhalandim, ajabo Sodiq u yerga bordimi, ular u yerga borishganmi yoki boshqa Sodiq ismli bir qardoshimizmi?

Barla siddiqlari Nurlarni yozishga toʻliq sa'y-harakatlari, hammadan avval ularning vazifasidir. Chunki Barla, birinchi madrasa-i Nuriya sharafini qozongan. U muborak madrasani talabasiz qoldiridh joiz emas. Inshaalloh takror jonlanadi. Xizmat qilganlarga barakalloh deymiz. Janobi Haq tavfiq bersin, omin.

Ikkinchidan: Safranboluning sodiq shogirdlaridan Usmon va Ahmadning ikki maktubi, ularning haddan ortiq sadoqat va Nurlarga aloqadorliklarini koʻrsatadi. Mashaalloh, Usmon qisqa vaqtda ham Qur'onni dars olgan, ham Nurlarni yozgan. Hozir esa "Asoyi Muso"ni yozmoqda. Fidokor Mustafo Usmon va Hifziga tom bir qardosh boʻlgan. Ahmad ham tom aloqadordir. Maktubida imlosi chala yozilgani uchun nima demoqchi boʻlganini bila olmadim. Ularga, Safranboluda, Kastamonu va atrofidagi qardoshlarimga koʻp salom va duo qilamiz, duolarini istaymiz. Madrasat-uz Zahrodagi Isparta va atrofi umum qardoshlarimizga bir-bir salom va salomatlari uchun duo qilamiz.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan:

Bir-ikki hafta Xusrav yozgan maktubini olmaganim uchun,

Konyaga yuborgan majmualarning javobi kelmagani uchun,

boshda Ichki Ishlar Vaziri,

dushmanlarimiz anarxistlar bilan birga meni mislsiz tazyiqlaridan

— 153 —

bu yerdagi munofiqlar ba'zi sofdil doʻstlarimizdan ham Eskishaharga, ham Konyaga kitoblar yuborganimni va "Asoyi Muso" majmualarini olganimni xabar olganlaridan xavotirlangan paytim,

birdan hech misli koʻrilmagan bir yarim metr qor va dahshatli toʻfon va sovuq bu mavsumda kelishi,

jahl, gʻazab, toʻrt safar zilzilalar va oʻtgan yil yomgʻirsizlik kabi,

Risola-i Nur va shogirdlari bilan munosabatdor boʻlishi mumkin deb soʻradim:

"Bu balo umumiymi, yoʻqsa Afyon va Eskishahar Viloyatlariga maxsusmi?"

"Ikki viloyatga maxsus." deyildi. Alhamdulillah dedim. Demak Risola-i Nurga va shogirdlariga umumiy bir hujum yoʻq. Balki faqat menga va qoʻlimdagi Nurlarga... Juda ishonganim Eskishahar, Dengizli kabi bir Madrasa-i Nuriya boʻlishini taxmin qilgan boʻlsamda, Dengizlidan oʻn daraja nuqson qolishining sababi, ularni ham, Afyon va Amirtogʻ kabi qoʻrqitishdir. Nima boʻlganda ham, xavotirlanmang, inshaalloh bu havo hodisasi, ayni Istanbul maktablarining hodisasi kabi, yashirin masonlar koʻzlagan yangi hujumdan voz kechirdi, inoyati Rabboniya himoya qilmoqda.

Ikkinchidan: Bu safar yetti-sakkiz maktubingizni oldim. Xususiy javoblarga holim, qalamim va vaqtim izn bermagani uchun ranjimanglar. Mahmud Fayzi va Aminning maktublarini, oʻzgartirmay "Ilova"ga qoʻshdik. Ikkalasi, sakkiz yil xususiy xizmatimda boʻlishgani uchun, haddimdan juda ortiq vasflarini bir navi ma'naviy duo, tashviq sababi, husni zonlari, tarjimoni Nur munosabati bilan ustozlariga sadoqat belgisi, ishonch va bogʻlianish hujjati deb tegmadim. Fayzining marhuma volidasining Risola-i Nur darslari bilan goʻzal va nuroniy vafoti, Nurlarning, shogirdlariga sakarot vaqtida va mashaqqatli zamonlarida yordam berishiga porloq namuna sifatida "Ilova"ga kirsa munosib boʻladi.

Halil Ibrohimning bu safargi maktubida: "Qazo va qadari Ilohiydan qancha? Nima uchun?" degan koʻp savollarining birdan javobi - barchaning Nurlarga e'tiborini jalb qilib umumga oʻqitish bizlarga koʻp mujohidona hasanot qozontiradi.

Ammo bir daraja qazo va qadarga e'tiroz ma'nosini xayolga keltirgani uchun, hozircha "Ilova" bilan umumiylashtirilishi munosib boʻlmas. Maktub oxiridagi, "Javshanu-l Kabir"dan olingan parchalar, duolar juda chiroylidir.

Uchinchidan: Xusravning maktubida, Otaboylik Qoʻturum Ali va Egʻirdirlik Kozimning Nurlarga tom shavq bilan xizmatlari, hatto ruhoniylarni ham tabrikka va tahsinga chorladi. Alikoʻydan menga maktub yozgan oʻn toʻrt yoshli Mustafo Yashil, padari bilan ham Qur'onga, ham Nurlarga xizmatlari, uch Alilarning gʻayrat va himmatlari bilan qishloq ma'sumlari Risola-i Nurga xizmatlari, faqat meni emas, balki umum Nur shogirdlarini tahsinga va shukrga chorladi.

— 154 —

Toʻrtinchidan: Salohiddin (Abdurrahmon) va Fayzining volidasining vafoti munosabati bilan yozgan maktubning oxiridagi Fayziga ta'ziya bildirganman. Hoshiyada mening oʻlimimni qabul qilmasligi va Gʻavsi A'zamning bir qism himoyasi "Asoyi Muso Risolasi"ga kirishi meni sevinchdan yigʻlatdi. Safranbolu qahramonlari Mahmud Fayzi va Aminning shohnomalariga ishtiroklari va hukumat markazida umumiy arabcha xat va harf kursi ochilishi, "Asoyi Muso Risolasi"ning fathlariga va karomatiga alomat xushxabarini berishlari, qattiq shod qildi. Bu qishda barcha chekkan mashaqqatlarni hechga tushirdi.

Dengizli fidokor peshqadamlaridan Tavaslik Mullo Mahmudning suratan qisqa, ammo ma'nan uzun maktubida, u ham oʻlimimga rozi boʻlmaganini va haddimdan koʻp ortiq qiymat berayotganini koʻrdim.

Ham unga, ham qamoqda koʻrishgan qardoshlarimizga, ham Hasan Fayzi va Hofiz Mustafo va birodarlariga minglab salom...

Umum qardoshlarga salom aytib, duolaringizning darmondek ta'sirini koʻrgan qardoshingiz

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Madrasa-i Nuriyaning eski ma'sumlaridan Ahmadning bu goʻzal va xolis bayonini umum Sav ma'sumlari va qahramonlari nomidan "Ilova"ga yozdik. Mashaalloh, Hoji Hofiz Mahmudning unga toʻliq oʻxshagan qiymatli nevarasi ekanini koʻrsatdi.

Ikkinchidan: Safranboluda Nurning ahamiyatli shogirdlaridan Hifzining ikki ma'sum oʻgʻillari biri oʻn, biri ham sakkiz yoshda "Asoyi Muso" majmuasini yozgani va tugash arafasida deb ma'sumlar menga bir maktub yozishlari, meni haddan ziyod sevintirdi.

Uchinchidan: Bu qishda menga berilgan alamli mashaqqatlarning bir sababi: Selanikliklar qilinayotgan mutlaq istibdodni, bemalol gapirib sinishiga yordam bermasligim uchun meni hammadan ajratib qoʻyishdi. Risola-i Nur, mening oʻrnimga minglab tilda gapiryapti, kufri irtidodni sindiryapti, anarxistlikni buzyapti.