Oʻttiz yildan beri siyosiy hayotdan chekinganman. Bu safar istisnoiy shaklda vatanga, millatga va osoyishtalikka oid bir masalani bayon qilyapman:
Koʻp belgilar bilan qat'iy xulosa qildikki, anarxistlik hisobiga menga va Amirtogʻ tumaniga va demakki bu vatanga bir suiqasd mavjud. Chumolini fil va chivin qanoti qadar ahamiyatsiz hodisani togʻdek koʻrsatib, osoyishtalikka muhtoj bu vatanda meni bahona qilib, anarxistlik hisobiga va bir ajnabiy rejasi bizga, ya'ni bechora vatandoshlarimizni abadiy qatl va uxroviy shubhalardan qutqarishga harakat qilgan Nur shogirdlariga, batamom qonunsiz va oʻzboshimchalik bilan hujum qilindi. Juda yaqqol bir gʻaraz bilan, vahimalar sababli, poroxga olov tashlash kabi bu vatanga va osoyishtalikka meni bahona qilib suiqasd qilindi:
Uch mahkama, yigirma yillik maktublarim, kitoblarim va holatimni ikir-chikirigacha tekshirganidan soʻngra, bizni va kitoblarimni oqladi. Men uch yildan beri asar yozishni tark qilganman. Haftada faqat bir maktub yoza olaman va majbur boʻlmasam har biri bir kun navbat bilan zaruriy xizmatimni qilgan uch-toʻrt tikuvchi shogirdidan boshqa hech kimni qabul qilmayman. Menga erkinlik berilganidan keyin mamlakatimga ketmagan boʻlsamda, umrimda hech koʻrmagan va meni rasman gʻazabga keltirib bir hodisa chiqarish uchun, haqorat va xoinlik qasdi bilan, qonunsiz va gʻaraz bilan, tintuv oʻtkazishga eshigimning qulfini sindirib, Qur'onimni va Arabcha lavhalarimni zararli varaqlar kabi olib ketib, adliyaning muhim bir xodimi, rasman bu yerdagi ma'murlarga buyruq bilan ahamiyatli bir majlisda va haq ifodamni oʻqigan vaqti: "Saidni ikki jandarma bilan hammaning koʻz oʻngida, boshiga majburan shapka kiydirib, soʻroq qilishga keltirishingiz kerak edi. Unga yaqinlashganlarni ham qamoqqa olinglar." deb aytgan. Bunda menga haqorat va xoinlik qilib, gʻazabga keltirib, osoyishni buzish gʻarazi borligiga shak-shubha qolmadi.
Minglab obroʻ va sharafimni bu vatandagi bechoralarning istirohati uchun va ulardan balolarni daf qilishga fido qilish uchun menga bir holati ruhiyani ehson aylagan Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsin. Men ularning haqorat va xoinliklar qilgan va bu kabi niyatiga qarshi bardosh qilishga qaror berganman. Bu millatning osoyishiga, xususan ma'sum bolalarning, muhtaram keksalarning, bechora xastalarning va faqirlarning dunyoviy istirohatlariga va uxroviy saodatlariga minglab hayotimni va minglab sharafimni fido qilishga tayyorman.
Chivin qanotini togʻ qilganlarining bir belgisi shuki, men kabi gʻurbatda, xasta, keksa, zaif, yakka oʻzi boʻlgan odam uchun, oʻn kun mobaynida besh marta Afyon Hokimi, Ichki Ishlar Mudiri va ikki marta Afyon Prokurori bu yerga kelishdi. Ikki kunda, har kuni besh tayyora men kezgan yerlarda meni nazorat ostiga olishi va besh politsiya josusining bu yerda meni kuzatganlarga qoʻshimcha, ahvolimni bilish uchun yuborilishi va pochtaxonalarga, menga oid maktublarning musodarasi uchun rasman buyruq berilishi koʻrsatmoqdaki, oʻn marta kattaroq Shayx Said va Manaman hodisasi chiqadi deb vahima qilishgan. Chumolini fil qilib ularga oʻxshayapti bular, deyishgan. Eski hayotimni oʻylab, xoinlik bilan gʻazabga keladi, deb taxmin qilganlar. Lekin ular aldandi. Biz, bor kuchimiz bilan anarxistlikka saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy ta'sis qilishga harakat qilayapmiz. Bizga qarshi chiqqanlar, anarxistlik va balki komunistlikka zamin tayyorlamoqda.
Ha, agar eski hayotim kabi, izzati ilmiyani muhofaza qilish uchun hech bir haqoratni qabul qilmaslik boʻlganida, haqiqiy vazifam musulmonlarni oxirat va oʻlimning abadiy qatlidan qutqarish vazifasi boʻlmaganida, menga hujum qilganlar kabi faqat dunyo va manfiy siyosat uchun ishlash boʻlganida anarxistlik hisobiga ishlaganlar oʻn Manaman, oʻn Shayx Said Hodisasi kabi hodisaga sabab boʻlar edi.
Ham uchta sud va yigirma yilda necha viloyatning zobitlari, kiyimishimga qonunan qarshi chiqmaganlari, uzrli ekanim va yolgʻiz yashaganim uchun, kiyimimni oʻzgartirishga hech qanday eslatma boʻlmagan. Bu shaklda oʻzboshimchalik bilan, qonunsiz, majburan, aholi ichida boshimga shapkani kiydirishga urinish, qirq yildan beri bu vatanda, xususan tahqiqiy iymon darsida qardoshona aloqador boʻlgan yuz minglab odam, juda buyuk bir hayajon ichida zaminni gʻazabga keltirib, oʻxshovsiz yigʻlashga vasila boʻladi.
Zotan ajnabiy qoʻli bilan, goʻyo men haqqimda odamlarning e'tiborini ketkazish maqsadida asabimga tegadigan qonunsiz muomalalarning mazkur maqsadda qilinganiga, koʻp belgilar bilan qat'iy qanoat hosil qildik. Ammo Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, men kabi qabr eshigidagi, aloqasiz, dunyodan zerikkan, hurmatdan, odamlar e'tiboridan qochgan, shonu sharaf va xudfurushlik kabi riyokorliklarga umuman mayli qolmagan holatimda, bularning menga qarshi qonunsiz xoinliklarining hech bir ahamiyati qolmadi, Janobi Haqqa havola qilaman.
Menga vahima sababli aziyat berganlarning yaqinda oʻlim bilan abadiy qatlga giriftor boʻlishlarini oʻylab, haqiqatdan achinmoqdaman. Ey Robbim, ularning iymonini Risola-i Nur bilan qutqar! Abadiy qatldan, Qur'on sirri bilan ozodlik ruxsatnomasiga aylantir! Men ham ularga haqqimni halol qilaman!