Emirdoğ Lahikasi
— 27 —
BU ARIZA UCH BOSHQARUV IDORALARIGA JOʻNATILGAN. U YERDAGI QARDOSHLARIMGA BIR MANBA BOʻLISHI UCHUN YUBORILDI.

Yigirma yildan beri sabr qilib sukut saqlagan bir mazlumning shikoyatini eshitishingizni istayman!

Erkinlikning eng keng suratini bergan Jumhuriyat Hukumatida har qanday erkinlikdan man qilinish bilan birga, dushmanlarim har tomondan meni istaganidek ezmoqda. Vijdon erkinligi va ilmiy fikrlash erkinligini ta'minlagan Jumhuriyat Hukumati, yo meni toʻliq himoya qilib, gʻarazli, vahimali dushmanlarimni toʻxtatsin yoki menga, dushmanlarim kabi yozish erkinligi berib, mudofaalarimni man etmasin.

— 28 —

Chunki rasman, parda ostida xabarlashishdan man qilinishim uchun pochtaxonalarga yashirin buyruq berilgan. Suv va nonimni keltirgan bir boladan boshqa hech kim bilan meni koʻrishtirmaslik uchun ogohlantirishlar berilgan vaqtda, eskidan beri dushmanlarim fursat topib, endi Apellyatsiya Sudining oqlanishimizni tasdiqlab, suddagi tadqiq hay'ati oqlagan kitoblarimni olishni kutayotgan edim. Dushmanlarim, munosabatim boʻlmagan bir-ikki mahram risolalarimni berib, yoʻl jihatidan menga qarshi boʻlgan bir-ikki tadqiq hay'atining qoʻliga yetkazib, menga qarshi salbiy hisobot tayyorlaganlarini eshitdim. Boshqa sabr va bardoshim qolmadi. Men Jumhuriyat Hukumatining barcha raislariga, balki dunyoga e'lon qilamanki:

Qur'oni Hakimning sirri haqiqati va i'jozining tilsimi bilan, mening va Risola-i Nurning dasturimiz, maslagimiz, amalda samarasini koʻrgan, shugʻullangan, harakat gʻoyamiz va moʻljalimiz - oʻlimning abadiy qatlidan tahqiqiy iymon bilan bechoralarni qutqarish va bu muborak millatni har qanday qonunsizlikdan muhofaza qilishdir.

Xullas, Risola-i Nur uch tadqiq hay'atining va uch mahkamaning tekshirishidan oʻtib, ikki qudsiy vazifadan tashqari, qasddan dunyoga, boshqaruvga, osoyishga zarar keltiradigan jihati yoʻqligiga, yigirma yillik hayotim va bir yuz oʻttiz Risola-i Nur oʻrtada inkor etilmas hujjatdir.

Ha, mahkamada da'vo qilgan va men bilan munosabati boʻlgan barcha doʻstlarimning tasdigʻi ostida, yigirma yildan beri hech bir gazetani oʻqimagan, tinglamagan va bu qadar muhtoj boʻlgani holda shaxsiy istirohati uchun hukumatga umuman murojaat qilmagan va oʻn yildan beri hukumat raislarini (bir nechtasi mustasno) bilmagan va toʻrt yildan beri dunyo urushidan va hodisalaridan hech xabar olmagan va qiziqmagan bu bechora mazlum Said, ahli siyosat bilan ovora boʻlishi, boshqaruvga qarshi chiqishi va osoyishtalikni buzishga moyilligining hech imkoni bormi? Agar zarra miqdor boʻlsa edi, "Qarshimda kimlar bor, dunyoda nimalar boʻlyapti, menga kim yordam beradi?" deb soʻragan boʻlar edi, qiziqardi, qoʻshilardi, hiylalar bilan kattalar orasiga kirar edi. Eng alamli juz'iy bir hodisa shuki:

— 29 —

Hayotimning sarmoyasi, natijasi va oʻta ziynatli bir suratda bezalgan Risola-i Nurdan, Dengizlida mahkamadagi kitoblarimga yaqin boʻlish va qaytarib olishga harakat qilish uchun, "Tamoman yakka ajratib qoʻyilib, har qanday xabarlashuvdan uzilgan vaziyatimdan qutulish uchun meni qamoqqa olishsin, bu azobdan xalos boʻlay bir bahona toping", deb ba'zi doʻstlarimga bir kishi orqali yashirin maktub yuborgan edim. Afsuski menga qarshi boʻlgan u yerdagi tadqiq hay'atidan bir odam meni mudofaa qilayotganda, maktubimni koʻrib, qamoqqa kirishim uchun menga qarshi hukm berishga majbur boʻlgan.

Meni qamoqlarga tiqqan dushmanlarimning bir bahonalari (sudda oqlangan ayb) "tariqatchilik"dir. Holbuki Risola-i Nurda doimo da'vo qilib aytganmanki: "Davr tariqat davri emas, balki iymonni qutqarish darvidir. Tariqatsiz Jannatga kirganlar koʻp, iymonsiz Jannatga kirgan yoʻq." deb bor kuchimiz bilan iymon uchun xizmat qilganmiz. Men domlaman, shayx emasman. Dunyoda uyim yoʻq. Tariqat manzilim qayerdan boʻlsin? Yigirma yil mobaynida, bir kishi chiqib, "Menga tariqat darsini berdi", demadi. Mahkamalar va zobitalar topmaganlar. Eskida yozgan tariqatlarning haqiqatlarini ilman bayon qilgan "Talvehot Risolasi" - bir haqiqat darsidir va yuksak bir ilmiy darsdir, tariqat darsi emas. Vijdon erkinligini asos qilgan Jumhuriyat Hukumatining, albatta bu millatning milliardlab ajdodining ruhlari bogʻlangan haqiqatga va uning yoʻlida dunyoni qarshisiga olgani va tahqiqiy iymonni falsafaga qarshi gʻolibona isbot qilgan bir asarni va xodimlarini himoya qilish, ahamiyatli vazifasidir. Jumhuriyatning dasturlari zaif xodimning qoʻllarini bogʻlab, minglab dushmanlarini unga hujum qilishga hech bir jihatdan ruxsat bermaydi. Jumhuriyat meni tinglaydi deb shikoyatimni yozdim. Ha, "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deyman.