Emirdoğ Lahikasi
— 32 —
MENGA XIZMAT QILGAN KICHIK BIR RISOLA-I NUR TALABASINING KOʻPLAR NOMIDAN SOʻRAGAN SAVOLIGA JAVOB.

Savol: Ustozim, yomgʻir duosi va namozning natijasi koʻrinmadi, foydasiz qoldi, ikki-uch marta bulut toʻplandi, yomgʻir bermasdan tarqaldi. Buning sababi nima?

Javob: Yomgʻirsizlik, bunga oʻxshagan narsalar duo va namozning vaqtidir, illati va hikmati emas. Quyosh va oy tutilganda kusuf va husuf namozi oʻqiladi. Quyosh botganda shom namozi oʻqiladi. Shuning kabi yomgʻirsizlik, qurgʻoqchilik yomgʻir namozining va duosining vaqtidir.

Ibodat va duoning sababi va natijasi, amr va rizo-i Ilohiydir, foydasi uxroviydir. Agar namozdan, ibodatdan dunyoviy maqsadlar niyat qilinsa va faqat ular uchun qilinsa, u namoz botil boʻladi. Masalan: Shom namozi quyoshning botmasligi uchun va husuf namozi oyning ochilishi uchun oʻqilmaydi. Xuddi shuning kabi: Bu nav' ibodat, yomgʻirni keltirish uchun qilinsa, xato boʻladi. Yomgʻirni berish, Janobi Haqning vazifasidir. Biz vazifamizni qildik, uning vazifasiga aralashmaymiz. Garchi yomgʻir namozining koʻrinishdagi natijasi yomgʻirning kelishi boʻlsada asl haqiqiy, eng manfaatli natijasi va eng goʻzal va shirin mevasi shuki: Harkim oʻsha holat bilan anglaydiki, uning rizqini bergan otasi, uyi, doʻkoni emas, balki uning ulushini va ovqatini bergan, ulkan bulutlarni suvpurkagich kabi va zamin yuzini bir ekinzor kabi tasarrufida saqlagan bir zot uni boqyapti, rizqini beryapti. Hatto eng kichkina bir bola ham (doimo och boʻlgan vaqt volidasiga yolvorishga oʻrgangan ekan) oʻsha yomgʻir duosida kichkina fikrida katta va keng bu ma'noni tushunadiki: Bu dunyoni bir uy kabi idora qilgan bir zot, ham meni, ham bu bolalarni, ham volidalarimizni boqyapti, rizqlarini beryapti. U bermasa, boshqalarining foydasi yoʻq. Shunday ekan unga yolvorishimiz kerak deydi, toʻliq iymonli bir bola boʻladi. Bu munosabat bilan qisqacha olti nuqta bayon qilinadi.

Birinchi Nuqta: Ne'mat va rahmati Ilohiyaning narxi - shukrdir. Biz shukrni loyigʻidek bermadik. Ha, rahmatning narxini shukr bilan bermaganimiz yetmagandek, zulmimiz bilan, isyonimiz bilan gʻazabni jalb qilyapmiz. Hozir zamin yuzida zulm va buzgʻunchilik, kufr va isyon bilan insoniyat oʻzini toʻliq ta'zirga haqdor qildi va dahshatli ta'zirlar yedi. Albatta bizning ham bir oz hissamiz boʻladi.

— 33 —

Ikkinchi Nuqta: Hadisda, "Hatto dengiz tubidagi baliqlar ham gunohkor va zolimlardan shikoyat qiladilar. Ular tufayli yomgʻir toʻxtaydi, hatto bizning ham nafaqamiz kamayadi deyishadi", deyilgan. Ha, bu davrda shunday gunohlar, zulmlar boʻlyaptiki, rahmat istashga yuzimiz qolmadi, ma'sum hayvonlar ham azob chekayapti.

Uchinchi Nuqta: Oyatda aytilganki: "Kelgan vaqti zolimlarga maxsus qolmaydigan, ma'sumlar va mazlumlar ham ichida yonadigan musibatdan qoching!". Chunki ommaviy musibatda ma'sumlar hayratomuz yongʻin ichida salomatda qolishsa, hikmati diniya buziladi. Chunki, din - bir imtihon, bir tajribadir. Hikmati diniya buzilsa Abu Jahl kabi yomonlar, Abu Bakr Siddiq Roziyallohu Anh kabi aynan tasdiq qiladilar. Shuning uchun, ommaviy musibatda ma'sumlar ham balo chekadi.

Toʻrtinchi Nuqta: Hozir mol-mulkda va rizqda hiylalar bilan, suiiste'mol qilib, pora koʻp xarom qoʻshilgani va dehqonlar oʻz moliga loyigʻidek sohib boʻlmagani va oʻn odamdan ikki-uchtasi toʻliq rahmatga haqdor boʻlsa, dehqonlarning molidan foydalanganlardan besh-oltitasi yo zulm bilan (xarom qoʻshib) yo noshukrlik bilan rahmatga loyiqligini yoʻqotadi.

Beshinchi Nuqta: Risola-i Nur, Anadoluga keladigan balolarning daf boʻlishiga ahamiyatli bir vasiladir. Sadaqa baloni daf qilganidek, uning tarqalishi va oʻqilishi kulliy bir sadaqa navidan samoviy va aroziy balolarning daf boʻlishiga koʻp belgilar va koʻp hodisalar bilan ayon boʻlgan. Hatto Qur'onning ishorasi bilan amalga oshgan.

Uning yozilishi va tarqalishi man qilgan paytlarda toʻrt marta zilzilalarning boshlashi va tarqalishi bilan toʻxtashi

va Anadoluda koʻp oʻqilganda, Ikkinchi Jahon Urushining Anadoluga kirmasligiga bir vasila boʻlganini Sura-i وَ الْعَصْرِ ishora qilgani,

bu ikki oy qurgʻoqchilik paytida sudning Risola-i Nurning oqlanishiga va vatanga manfaatli boʻlganiga doir qarorini Apellatsiya Sudi tasdiq qilib toʻliq erkinlik bilan Risola-i Nurning tarqalish va oʻqilishini kutayotganda, tamoman aksiga man qilinishi va suddagi risolalarning egalariga qaytarib berilmasligi va bizni ham u jihat bilan gapirishdan man qilishlari jihati bilan, balolarning daf boʻlishiga vasila boʻlgan bu kulliy ma'naviy sadaqa qarshi chiqolmadi, gunohimiz natijasi sifatida qurgʻoqchilik boshlandi.

— 34 —

Oltinchi Nuqta: Yomgʻirsizlik bir musibatdir va amalning jazosi boʻlgan azobdir. Bunga qarshi yigʻi bilan, huzn bilan, qaygʻu bilan, niyoz bilan, hazin yolvorish bilan, juda jiddiy nadomat bilan, tavba va istigʻfor bilan qarshilash, sunnati saniya doirasida, bid'at qilmay shariat tayin qilgan tarzda dargohi Ilohiyaga iltijo qilish, duo va oʻsha holga maxsus qullik bilan javob qaytarish kerak boʻladi.

Bunday umumiy musibatlar, aksar odamlarning xatosidan kelib chiqqani uchun insonlarning koʻpi, (aksariyati) tavba va nadomat va istigʻfor bilan daf boʻladi.

Biz Risola-i Nur shogirdlari dunyoga koʻp ahamiyat bermaganimiz, dunyoga faqat Risola-i Nur uchun qaraganimiz uchun ushbu yomgʻirsizlikda ham oʻsha nuqtadan qaraymiz. Dengizlida sudga berilgan juz'iy bir qism Risola-i Nur, sohiblariga qaytarilgan payt va bu yerda ham bir qism kishilar yozishni boshlashgan ayni vaqtida, bu yomgʻirsizlikda bir daraja rahmat yogʻdi, ammo Risola-i Nurning erkinligi juz'iy boʻlgani uchun rahmat ham juz'iy qoldi. Inshaalloh yaqinda mening ham risolalarim qaytarib beriladi, toʻliq erkin va tarqalishi kulliylashadi va rahmat ham toʻliq boʻladi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Hizb-ul Qur'on-ul Muazzam"ning

ham haddan ortiq ahamiyati,

ham foydalari,

ham oʻqilishida hech qanday vasvasa kelmasligi,

ham butun Qur'onning eng savobli oyatlarini ichiga olishi,

ham Risola-i Nuriyaning barcha asoslarini va haqiqatlarini jam qilishi,

ham hammaga xususan har doim butun Qur'onni oʻqishga fursat topolmagan va hofiz boʻlmaganlarga butun Qur'onning bir namuna-i qudsiysi,

ham butun Qur'onning tavofuqli chop etilishida bir kichik namunasi va xushxabarchisi,

ham moddiy, lafziy va ma'naviy porloq bir i'joz koʻrsatishi kabi, juda koʻp xususiyatlari bor

va bu muborak oylardagi juda koʻp barakalarga va nurlarga va savoblarga sabab

va uning chop qilinishiga va nashriga harakat qilganlarga juda buyuk xayrlar qozontiradi.

Risola-i Nurning ikki porloq va muqaddas tayanch nuqtasi va obi hayot chashmasi boʻlgan

﴿ شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ ﴾

oyati bilan

— 35 —

قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ oyati, kutilmaganda xato qilinib, Oli-Imron Surasidan olingan oyatlarda yozilmagan. U ikki oyatni ham yozib ichiga qoʻshing. Bu kunlarda oʻn ikkinchi sahifani oʻqirkan birdan

﴿ اِنَّ الْمُنَافِق۪ينَ فِى الدَّرْكِ الْاَسْفَلِ مِنَ النَّارِ ﴾

oyati koʻzimga ilashdi. Oldingi oyatga qaradim

﴿ وَمَنْ اَحْسَنُ د۪ينًا مِمَّنْ اَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلّٰ ﴾

(oyatning toʻligʻi)ni koʻrdim. Orqa sahifasiga qaradim, Risola-i Nurga ishora qilgan toʻrt oyat bor va ular "Birinchi Shu'la"da izoh qilingan. Qalbimga keldi: har holda bu daxshatli oyat xususiy tartibda bu daxshatli, zulumatli va munofiqligi kuchli boʻlgan asrimizga ham qaraydi. E'tibor berdim, qanoat hosil qildim. Bir alomati shuki:

﴿ اِنَّ الْمُنَافِق۪ينَ فِى الدَّرْكِ الْاَسْفَلِ مِنَ النَّارِ ﴾

jifr va abjad hisobi bilan, toʻliq munofiqlikning toʻrt martabasining yillariga muvofiq kelib ishora qiladi:

Shaddalar sanaladi, agar oʻqilmagan hamzalar va ف۪ى dagi oʻqilmagan ى sanalmasa, toʻliq 1362 boʻlib bu yilga ishora qiladi. Agar مِنَ النَّارِ dagi shadda bir nun bir lomi asliy hisoblansa 1342 boʻlib Birinchi Jahon Urushining dahshatli nifoqlarini natija bergan yiliga toʻliq muvofiq kelib xabar beradi. Agar shadda ikki nun sanalsa, oʻqilmagan hamzalar va ى ham sanalsa 1376 boʻlib, bu zulumatli nifoqning inqiroz martabasiga va koʻp oyatlarda "Nur" bilan qarshilashtirilgan الظُّلُمَاتِ kalimasining jifriy hisobi boʻlgan 1372 ga toʻrt farq bilan muvofiq kelib xabar beradi. Agar oʻqilmaganlar sanalsa va النَّارِ dagi shadda lomi asliy boʻlsa, aynan 1306 boʻlib kufr va nifoqning dahshatli toʻfonlarining yiliga tavofuq bilan ishora qilganini koʻrdim.

— 36 —

Ha, ikki "ro" 400, uch "fa" , ikki "lom" 300, bir "kof" , ikki shaddali "nun" lar 300, bir "mim" bir "sin" 100, boshqa "mim", bir "ye", bir "nun" u ham 100, ikki "nun" u ham 100, toʻplami 1300 boʻladi. Bir "lom", bir "kof" 50, shaddali "dol" 8 va ikki madda, ikki hamza 4, majmui 1362 boʻladi. Boshqa uch adadi ham qiyos qilinsin.

Ham oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi sahifalarga diqqat bilan qaradim, koʻrdimki: Risola-i Nurga, shogirdlariga va dushmanlariga shu daraja uygʻun kelmoqdaki, faqat bir ishoriy ma'no bilan bir ramz emas, balki bu asrga qaragan ochiq ma'nosi bilan xususiy shaklda qaraydi, kulliy ma'nosiga mumtoz bir fard boʻlib doxil qiladi deb qat'iy angladim, hadsiz shukr qildim. Bu xizmati nuriyada hozirgacha boshimizga kelgan balolar yuz daraja koʻpaysa ham yana arzon tushadi, biz yutyapmiz. U balolar, ahamiyatsiz foniy shishalarimizni va oyna parchalarimizni sindirib, boqiy va uxroviy olmoslarni bizga qozontiradi deb sabr ichida shukr qilishimiz kerak va sevinishimiz kerak deb bildim.

Ham meni bu sakkizinchi martadagi zaxarlashlari ham yaga natijasiz qolganini sizga bashorat beryapman. فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ Gʻavsi A'zamning kafilligi yana namoyon boʻldi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va duo qilaman va duolarini bu muborak shuhuri salosada istayman.

Doira-i nuriyada koʻp sonli ma'sumlarning va qoʻllari boʻsh qaytmagan muborak keksalarning ma'sumona duolarini butun ruhim bilan orzu qilgan qardoshlaringiz

Said Nursiy
— 37 —

Aziz qardoshlarim!

Sizga ikki xatni Ragʻoyib kechasidan olti soat avval yozdim. "Hizb-un Nuriya" qogʻoz bilan qaytarilganidan keyin, bir navi moʻ'jiza-i Ahmadiya sifatida, ikki oydan beri doimiy qurgʻoqchilik va yomgʻirsizlik, har tarafda doim namozlardan soʻngra juda koʻp duolarning natijasiz qolgan edi. Hamma xafalikdan, tirikchilik dardi xavotiri bilan qalban yigʻlarkan, birdan Ragʻoyib kechasi (butun umrimda hech oʻxshashini eshitmagan va boshqalar ham eshitmagan) uch soatda yuz marta, balki undan ham koʻproq takrorlangan momoqaldiroq malagining yuksak va shiddatli tasbehoti bilan shunday bir rahmat yogʻdiki, eng qaysar kimsaga ham Ragʻoyib kechasining muqaddasligini bildirganiga qat'iy qanoat hosil qildim. Hazrati Risolatning, bir jihatda olami shahodatga tashrifining umum koinot boʻyicha va butun asrlarda diqqat markazida va Rahmatan-lil olamiyn ekanlarini isbotladi va koinot u tunni olqishlaydi deb koʻrsatdi.

Duolarimizda Isparta bu mamlakat bilan birga edi, bu yomgʻirda hissasi bormikan ajabo, qiziqyapman. Hozirgacha koʻp belgilar bilan Risola-i Nur bir vasila-i rahmat boʻlgani uchun, bu rahmat imo qiladiki, har holda parda ostida ahamiyatli fathlari bordir va balki erkinligiga bir ishoradir. Ham bu yerda "Yogʻdular" bergan ishtiyoq bilan yozuvchilarning koʻpayishi, inshaalloh bir navi maqbul duo hukmiga oʻtdi.

Aziz, siddiq, tebranmas qardoshlarim va vorislarim!

Menga qilinayotgan hozirgi tazyiqlarning uch sababi bor:

Birinchisi: Vakillar Kengashining qarori bilan, tirikchiligim uchun har kun ikki yarim banknot va boshqa xarajatlar uchun ajratilgan miqdor va istagan tarzimda bir xonani menga qurib berish haqida bu yerga amr kelgan edi. Men qabul qilmadim. Faqat yoʻl xarajati uchun Dengizlida yuborilishim uchun berilgan bir qismini qabul qildim. Ular gʻazablandi, kuzatishni boshlashdi.

Ikkinchi Sabab: Denizli atrofidagi aholi Risola-i Nur hisobiga menga nisbatan haddimdan juda koʻp ortiq jonu koʻngildan bogʻlanganlari va bu yerlarda ham ayni hol boshlanishi gʻaraz qilganlarning vahimasini qoʻzgʻagani uchun.

— 38 —

Uchinchisi: Ma'lum, oʻlgan odamning hisobiga mendan qasdini olish uchun Afyon Hokimining gʻarazli bahonasidir. Ammo qadari Ilohiy ularning bu zulmlarini biz haqqimizda marhamatlarga va foydalarga aylantiryapti. Siz xavotirlanmang. Bir foydasi shuki: Ular Risola-i Nur oʻrniga meni jim qilmoqdalar. Holbuki mening oʻrnimga Risola-i Nur yuzlab tillar bilan va shogirdlari minglab lisonlari bilan mukammal gapirmoqda, Nurlarni zulmatli boshlarga dars beryaptilar. Eng katta mansabdorlarga yuborilgan Risola-i Nurning mudofaasi - "Meva"ning ta'siri bilan boshqa risolalari ham (ayniqsa "Hujjatillohi-l Baligʻa Majmuasi"ni mukammal qiziqish bilan tadqiq qilishni boshlashlari, ularning qaysarliklarini sindirganiga koʻp belgilar bor.

Ular shaxsim bilan mashgʻul boʻlishlari, Risola-i Nurning bir daraja erkinligiga va tarqalishiga foyda boʻlganidek qardoshlarim bilan koʻrishtirmaslik ham ahamiyatli bir foydadir. Hatto bir marta koʻrishish uchun yuz lirasini sarf qilib bu yergacha kelgan bir qardoshimizning koʻrishmasdan qaytib ketishi, toʻliq bir foyda boʻldi. Agar eshik ochilganda, hamma tomondan ziyoratchilarning kelishi ham gʻarazkor va vahimachilarning vahimasini qoʻzgʻab, ham sirri ixlosga va yoʻlimiz dasturiga zarari tegar edi. Demak yakka qoldirilishim biz haqqimizda bir inoyatdir.

Bu muborak oylarda qozonish birga yuzdir. Muborak qardoshlarim erkagu ayol, ma'sumlar va muhtaram keksalar duolari bilan bizga yordam berishlariga juda koʻp ehtiyojimiz bor. Inshaalloh boshqa hech qanday toʻfon sizlarni boʻshashtirmaydi, poʻlat kabi matonatingiz sinmaydi.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[Ham ma'naviy, ham moddiy bir necha jihatda soʻralgan bir savolga javob berishga majburiyat ostida bir javobdir.]

Savol: Nima uchun na ichkarida, na tashqaridagi jarayonlarga ayniqsa siyosatli jamoatlarga hech qanday munosabat paydo qilmaysiz? Risola-i Nur va shogirdlarini mumkin boʻlgancha oʻsha jarayonlarga qoʻshilishdan man qilasiz. Holbuki agar qoʻshilib, aloqador boʻlsangiz, birdan minglab odam Risola-i Nur doirasiga kirib oʻtkir haqiqatlarini nashr qilar edi, ham buncha sababsiz mashaqqatlarga nishon boʻlmas edingiz!

— 39 —

Javob: Bu aloqasizlik va chekinishning eng muhim sababi: Yoʻlimizning asosi boʻlgan "ixlos" bizni man qiladi. Chunki bu gʻaflat davrida, xususan tarafgirona mafkuralar sohibi, hamma narsani oʻz yoʻliga vosita qilib, hatto dinini va uxroviy harakatlarini ham dunyoviy yoʻliga vosita oʻrniga keltiradi. Holbuki iymoniy haqiqatlar va muqaddas nur xizmati koinotda hech narsaga vosita boʻlmaydi. Rizo-i Ilohiydan boshqa hech qanday gʻoyasi yoʻq. Holbuki hozirgi jarayonlarning tarafgirona toʻqnashuvlari hangomida ixlos sirrini muhofaza qilish, dinini dunyoga vosita qilmaslik qiyinlashgan. Eng yaxshi chora, jarayonlarning kuchi oʻrniga, inoyat va tavfiqi Ilohiyaga tayanishdir.

Chekinishimizning koʻp sabablaridan yana bir sababi, Risola-i Nurning toʻrt asosidan birisi boʻlgan "shafqat qilish", zulm va zarar qilmaslikdir. Chunki,

﴿ وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرٰى ﴾

Ya'ni "Bir kishining xatosi bilan boshqa odam yoki qarindoshi aybdor boʻlmaydi, jazoga loyiq boʻlmaydi", dasturi Ilohiy irodaga qarshi, bu zamonda

﴿ اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ ﴾

sirri bilan qattiq zulm bilan javob beradi. Tarafgirlik hissi bilan, bir jinoyatchining xatosi bilan, faqat qarindoshiga emas, balki tarafdorlariga ham adovat qiladi. Qoʻlidan kelsa zulm qiladi. Qoʻlida hokimiyat boʻlsa, bir odamning xatosi bilan bir qishloqqa bomba tashlaydi. Holbuki bir ma'sumning haqqi, yuz jinoyatchi uchun fido qilinmaydi, ular tufayli unga zulm qilinmaydi. Hozirgi vaziyat bir necha jinoyatchi uchun yuz ma'sumga zarar qiladi. Masalan: Aybdor kishiga aloqador bechora keksa ota-ona va ma'sum bola-chaqalarni ezish, abgor qilish, tarafgirona adovat qilish, shafqatning asosiga ziddir. Musulmonlar ichida tarafgirona jarayonlar sababli, bunday ma'sumlar zulmdan qutulolmaydi. Xususan qoʻzgʻolonga sabab boʻlgan vaziyatlar batamom zulmni tarqatadi, kengaytiradi. Diniy jihodda esa, kofirlarning bola-chaqalarining vaziyatlari bir xildir. Gʻanimat boʻlishi mumkin, Musulmonlar ularni oʻz mulkiga olishi mumkin. Ammo Islom doirasida bir kishi dinsiz boʻlsa uning bola-chaqasi hech bir jihatdan mulk qilib olinmaydi, huquqiga tajovuz qilinmaydi. Chunki u ma'sumlar dinsiz padariga emas, balki Islomiyat bilan va Islom jamoati bilan bogʻliq. Kofirning bolalari garchi ahli najot boʻlsada huquqda, hayotda otasiga tobe va aloqador boʻlishgani uchun, jihodda ma'sumlar mamluk va asir boʻlishlari mumkin.

— 40 —

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va minglab foydasi boʻlgan Me'roj kechangizni tabriklayman. Marhum Hoji Ibrohimning, Ra'fat Bey kabi aloqadorlariga men tarafimdan ta'ziya bildirib, "Marhum - Risola-i Nur talabalari doirasi ichidadir, doimo ularga boʻlgan duolarga sazovordir. Biz ham xususiy unga duo qilamiz", deb ayting.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Savol: Qardoshlarimizdan birining "Tavofuqda karomat qanday chiqadi?" degan savoliga kichik javob.

Javob: Bir narsada tavofuq boʻlsa, kichik bir alomat boʻladi. Unda bir qasd, iroda boʻladi, taxminiy tasodif boʻlmaydi. Ayniqsa tavofuq bir necha jihatda boʻlsa, u belgi toʻliq quvvatlashadi. Ayniqsa yuz ehtimol ichida ikki narsaga maxsus va u ikki narsa bir biri bilan toʻliq munosabatdor boʻlsa, u muvofiqlik natijasidagi ishora ochiq dalolat hukmiga oʻtadi, bir qasd va iroda bilan va bir maqsad uchun u tavofuq boʻlgan boʻladi, tasodifga ehtimoli berilmaydi.

Ushbu Me'roj masalasi ham aynan shunday boʻldi. Toʻqson toʻqqiz kun ichida faqat Ragʻoyib va Me'roj kechalrida yomgʻir rahmatining tavofuqi va ikki kecha va kunga maxsus boʻlishi, undan avval va undan soʻngra boʻlmasligi va qattiq ehtiyojning vaqtiga toʻliq uygʻunligi va "Me'rojiya Risolasi"ning bu yerda koʻplar tarafidan shavq bilan oʻqilishi, kitobat va nashriga toʻgʻri kelishi, u ikki muborak kechaning bir-biri bilan bir necha jihatda nuvofiq kelishi va mavsumi boʻlmagani uchun ajib shovqinlar bilan, aytilmaydigan moddiy-ma'naviy zamin shovqinlari bilan faryodlariga tahdidkorona va tasallidorona tavofuq qilishi va ahli iymonning ma'yusiyatidan tasalli qidirishlariga va zalolatning hujumidan kelgan vasvasa va zaifligiga ma'naviy quvvatning kuchayishini istashlariga tom tavofuqi, ushbu kechalar kabi Islomiy shiorlarga nisbatan hurmatsizlik qilganlarning xatolariga bir tanbeh sifatida, koinot bu kechalarga hurmat koʻrsatadi, "nima uchun siz koʻrsatmayapsiz?" degan ma'noda, koʻp rahmat bilan Islomiy shiorlarga nisbatan, hatto samovot va fazo-i olam hurmatlarini koʻrsatishi bilan muvofiq kelishini zarra miqdor insofi boʻlgan biladiki, bu ishda xususiy qasd, iroda va ahli iymonga xususiy inoyat va marhamatdir, hech qanday tasodif ehtimoli boʻlmaydi.

— 41 —

Demak Me'roj haqiqati bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (ASV) va karomati kubrosi boʻlgani va Me'roj zinapoyasi bilan osmonga chiqishi bilan Zoti Ahmadiyaning (ASV) samovot ahliga ahamiyatini va qiymatini koʻrsatgani kabi, bu yilgi Me'rojda zaminga va bu mamlakat aholisiga koinotning hurmatini va qiymatini koʻrsatib karomat koʻrsatdi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ishoroti Gʻaybiya-i Gʻavsiya va Alaviyada, oltmish toʻrtinchi yil Risola-i Nur ta'lifi tugaydi. Demak u yildan soʻngra, faqat izohlar va hoshiyalar va qoʻshimchalar boʻladi. Bu munosabat bilan ikki nuqta eslatmoq qalbimga keldi:

Birinchisi: Risola-i Nurning fitratan va davr jarayonlariga koʻra talabasi boʻladigan, boshda ma'sum bolalardir. Chunki bola yoshligida kuchli iymoniy dars olmasa, keyin Islomiyat va iymonning ruknlarini ruhiga juda qiyin va mushkul bir tarzda olib biladi. Xuddi, gʻayri muslim kishining Islomiyatni qabul qilish darajasida qiyin boʻladi, begona boʻladi. Ayniqsa ota-onasini dindor koʻrmasa va zehni faqat dunyoviy fanlar bilan tarbiya topsa, yanada koʻproq begonalashadi. Keyin oʻsha bola, dunyoda ota-onasini hurmat qilish oʻrniga yoqtirmasdan tez oʻlishlarini xohlab ularga bir jihatdan balo boʻladi. Oxiratda esa ularga shafoatchi emas, balki "Nima uchun iymonimni Islomiy tarbiya bilan qutqarmadingiz?" deb da'vochi boʻladi.

Xullas, ushbu haqiqatga binoan, Risola-i Nur doirasiga kirib dunyoda padar va volidasiga hurmat va xizmat va hasanoti bilan ularning amallar daftariga vafotlaridan soʻngra hasanotni yozdirgan va oxiratda ularga darajasiga koʻra shafoat qilib baxtiyor avlod boʻlgan farzandlar eng baxtiyor bolalardir.

Risola-i Nurning ikkinchi qism talabalari: Fitratan Risola-i Nurga muhtoj, bir daraja ham dunyodan qoʻrqqan yoki ranjigan ayollardir. Xususan bir daraja keksa boʻlsa Risola-i Nur unga haqiqiy ma'naviy ozuqa boʻladi. Chunki Risola-i Nurning toʻrt asosidan birisi shafqat boʻlib, Rahim ismiga sazovor boʻlgan. Ayollarning eng asosli xislati va fitriy vazifalarining asosi - shafqatdir.

— 42 —

Uchinchi qism: Fitriy boʻlmasa ham, vaziyati e'tibori bilan Risola-i Nurga non va dori kabi muhtoj boʻlgan xastalar va keksalardir. Chunki Risola-i Nur boqiy hayotni quyosh kabi koʻrsatadi. Dunyoviy hayotning foniylik jihatida mohiyatini toʻliq ochib beradi. Dunyoviy hayotlariga yo xastalik yoki keksalik bilan zarba yegan va gʻaflat yoki zalolat tufayli oʻlimni qatl deb oʻylagan xastalar va keksalar Risola-i Nurga shu daraja muhtojdirlar va shunday bir tasalli, nur oladilarki, ularning xastalik va keksaligini sihat va yoshlikdan ustun qoʻydiradi.

Eslatilgan Ikkinchi Nuqta: Modomiki arabcha taqvimga koʻra oltmish toʻrtga kirgan ekanmiz, gʻaybiy ishora kelishi bilan Risola-i Nur takammul etgan boʻladi. Agar Rumiy yili boʻlsa, hali ikki yilimiz bor. Holbuki juda ahamiyatli yerda yozilmay qoldirilgan risolalar bor. Masalan: Oʻttizinchi Maktub, Oʻttiz Ikkinchi Maktub va Oʻttiz Ikkinchi Yogʻdular kabi ahamiyatli martabalar boʻsh qolgan. Qalbimga eslatilganki: Eski Saidning eng muhim asari va Risola-i Nurning fotihasi, Arab tilida chop qilingan "Ishorot-ul I'joz" Tafsiri Oʻttizinchi Maktub boʻladi va boʻlgan.

Eski Saidning eng oxirgi yigirma kun ramazonda ta'lif qilingan, oʻz-oʻziga manzum kelgan "Lama'at" Risolasi Oʻttiz Ikkinchi Yogʻdu boʻlishi va Yangi Saidning eng avval haqiqatdan shuhud darajasida qalbiga zohir boʻlgan va Arabcha iborasida "Qatra", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Hubob", "Zuhra", "Shu'la" va ularning zayllaridan iborat kattagina bir majmua Oʻttiz Uchinchi Yogʻdu boʻlishi eslatildi.

"Meva" Oʻn Birinchi Shu'la boʻlgani kabi, Dengizli Mudofaanomasi ham Oʻn Ikkinchi Shu'la va qamoqda va soʻngra Kichik Maktublar Majmuasi Oʻn Uchinchi Shu'la boʻlishi eslatildi. Men ham aziz qardoshlarimning uygʻun topishlariga havola qilaman. Demak bir necha martabada eshik ochiqdir, bizlarga hali yaxshi qoʻshimchalar yozdirishi mumkin.

Aziz qardoshlarimga bir-bir salom yoʻllayman. Qastamonu va atrofidagi qardoshlarimni ham (eski zamonda boʻlgani kabi) doimo birga koʻraman. Hech xavotirlanishmasin, Risola-i Nur toʻxtab qolmaydi, parda ostida buyuk fathlari bor. Mashaqqatlarimizning natijalari, Risola-i Nurning darslariga yanada koʻproq e'tiborni jalb qilib keng bir doirada oʻzini oʻqitmoqda. Shuning uchun oʻta mehnatkash ikki qardoshimiz ota va oʻgʻilning otasi koʻp mashaqqat chekkani uchun faxrlansin, u yerda vaqtinchalik toʻxtashdan xafa boʻlmasinlar. Nazarimizda ular eski mavqelarini toʻliq muhofaza qilmoqdalar.

— 43 —

Boshda Risola-i Nurning fitriy talabalari ma'sum bolalar degan edik. Bir namunasi, ushbu maktubimni xastaligim sabab oʻzim yozolmaganim uchun men aytib turdim, Jaylon yangi harflar bilan yozdi. Biri unga maktub yozgan ma'sum Kichik Ali, biri da bu dafa menga mukammal va mudaqqiq maktub yozgan Madrasa-i Nuriyaning kichik shogirdi Kichik Mahmuddir. Men ularga "Barakalloh baxtiyor bolalar" deyman, padar va volidalarini esa tabriklayman.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[Bir savolga majburiy javobning qoʻshimchasi.]

Bu yoz mavsumi, gʻaflat payti va tirikchilik dardi mashgʻuliyati hangomida shuhuri salosaning juda savobli ibodat vaqti va zamin yuzidagi toʻfonlarning qurol bilan emas, diplomatiya bilan toʻqnashuvlari vaqti boʻlgani uchun, oʻta quvvatli matonat va muqaddas nuriy vazifada sabot boʻlmasa, Risola-i Nurning xizmati zarariga bir tanballik, bir sustlik va toʻxtash boshlaydi.

Aziz qardoshlarim, siz qat'iy bilingki: Risola-i Nur va shogirdlari mashgʻul boʻlgan vazifa, roʻyi zamindagi barcha muazzam masalalardan ham buyukdir. Shuning uchun dunyoviy qiziq masalalarga qarab, boqiy vazifangizda sustlik qilmanglar. Mevaning Toʻrtinchi Masalasini juda koʻp oʻqing, ma'naviy kuchingiz ketmasin.

Ha, ahli dunyoning barcha muazzam masalalari, foniy hayotda zolimona "hayot kurashdan iborat" qonuni doirasida rahm-shafqatsiz, marhamatsiz va dinning muqaddas narsalarini dunyoga fido qilgani uchun, qadari Ilohiy jinoyatlari ichida ularga ma'naviy jahannam beryapti. Risola-i Nur va shogirdlari shugʻullangan va vazifador boʻlgan foniy hayot evaziga, boqiy hayot pardasi - oʻlimni va dunyoviy hayotga mahliyo boʻlganlarga oʻta dahshatli ajal jallodining, abadiy hayotga parda va ahli iymonning abadiy saodatlariga vasila ekanini ikki karra ikki toʻrt darajasida qat'iy isbot qilgan. Hozirgacha u haqiqatni koʻrsatdik.

— 44 —

Bir soʻz bilan: Ahli zalolat vaqtinchalik hayotga qarshi jang qilmoqda. Bizlar oʻlimga qarshi nuri Qur'on bilan urushdamiz. Ularning eng katta masalasi (vaqtinchalik boʻlgani uchun), bizning masalamizning eng kichigiga (baqoga qaragani uchun) teng kelmaydi.

Modomiki ular telbaliklari bilan bizning muazzam masalalarimizga tanazzul etib qoʻshilmayotgan ekan, biz nima uchun muqaddas vazifamizning zarariga ularning kichik masalalarini qiziqish bilan kuzatyapmiz. Bu oyat

﴿ لَا يَضُرُّكُمْ مَنْ ضَلَّ اِذَا اهْتَدَيْتُمْ ﴾

va usuli Islomiyaning ahamiyatli bir dasturi boʻlgan

اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ

Ya'ni: " Sizlar ularning keraksiz zalolatlari bilan mashgʻul boʻlmasangiz, boshqa kishining zalolati sizning hidoyatingizga zarar bermaydi." Dasturning ma'nosi: "Zararga oʻzi rozi boʻlgan odamning foydasiga qaralmaydi. Unga shafqat qilib achinilmaydi". Modomiki bu oyat va bu dastur bizni zararga bilib turib rozi boʻlgan kimsalarga achinishdan man qilar ekan, biz ham bor kuchimiz va qiziqishimiz bilan vaqtimizni muqaddas vazifaga bagʻishlashimiz kerak. Uning xorijidagilarni foydasiz bilib, vaqtimizni zoye qilmasligimiz kerak. Chunki qoʻlimizda nur bor, toʻqmoq yoʻq. Biz tajovuz qilolmaymiz. Bizga tajovuz qilinsa, nur koʻrsatamiz. Vaziyatimiz bir navi nuroniy mudofaadir.

Bu qoʻshimchaning yozilishining sabablaridan biri:

Risola-i Nurning bir talbasini sinadim. Ajabo bu hayajon, hozirgi siyosatga nisbatan qanday fikrda, deb boʻgʻozlar haqidagi bir tortishuvdan bir-ikki narsa soʻradim. Qarasam, aloqadorona va bilib javob berdi. Qalban "afsus" dedim. Bu qiziqish vazifa-i Nuriyada zarari boʻladi. Soʻngra, "A'uzu billahi minash shaytoni vas siyosa" degan dasturimiz bor. Agar insonlarga achinayotgan boʻlsang, oʻtgan dastur ularga marhamatga loyiqlikni olib tashlaydi. Jannat odamlar istagani kabi, Jahannam ham odam istaydi, deb shiddat bilan tanbeh berdim.

(Beshinchi Shu'la yana qisman bergan xabarlar koʻrinmoqda.)

Said Nursiy