Aziz, Siddiq Qardoshim Va Xizmati Qur'oniyada Muvaffaqiyatli Birodarim!
Minglab xush kelding. Meni abadiyan minnatdor qilding va sodiq birodarlaring bilan Risola-i Nurning erkinligi uchun xizmatingiz shu daraja buyuk va qiymatli. Faqat bizni va Risola-i Nurning shogirdlarini emas balki bu mamlakatni balki Islom olamini ma'nan minnatdor qildingiz. Ahli iymonning yordamiga yetishishga Risola-i Nurning yoʻlini ochdingiz. Bir yildan beri seni va sen bilan birga bu erkinlikka harakat qilganlarni, Marhum Hofiz Ali va Xusrav kabi Risola-i Nurning qahramonlari bilan birga ma'naviy yutuqlarimga, duolarimga sherik qilib, davom etyapman. Bu yerga qadar yoʻldagi har bir daqiqa, Risola-i Nurning xizmatida bir kun boʻlganing kabi meni minnatdor aylading. Hokimi odil nomini olgan ma'lum zotni va biz tomonda u bilan birga xizmat qilganlarni, ushbu haqiqiy adolatga xizmatlari uchun oxir umrimgacha unutmayman. Olti-yetti oydan beri ularni ham aynan ma'naviy yutuqlarimga sherik qilyapman.
Menga qaytarib berilgan Risola-i Nurning bir qismini, qardoshlarimga javob beraman, hammasini yozsinlar, ularga hadya qilaman. Chunki ular Risola-i Nurning bundan keyingi xizmatiga toʻliq hissadorlar. Bu masalada men Dengizli shahrini oʻz qishlogʻimga doʻst qilib barcha oʻlganlarini va ahli iymonning hayotda boʻlganlarini ham oʻzim, ham Risola-i Nurning talabalari, ma'naviy yutuqlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Dengizli qamoqxonasini ham, bir imtihon madrasamiz deb qabul qilamiz. Biz bilan aloqador ham Dengizlida, ham qamoqdagilarga va xususan toʻliq adolat qilgan sud hay'atiga koʻp salom aytamiz va duolar qilamiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Qat'iyan shak va shubhamiz qolmadiki,
bu xizmatimizning natijasi boʻlgan Risola-i Nurning erkinligini nafaqat yolgʻiz biz, Onadolu va olami Islom olqishlamoqda, taqdirlamoqda, balki koinot xursand boʻlib javvi samo, fazo-i olam olqishlamoqda,
uch-toʻrt oyda yomgʻirga qattiq ehtiyoj borligida kelmadi
Dengizlida sudning amalda qaytarib berishiga hukm qilishi,
Me'roj kechasi aynan Risola-i Nurning bir rahmat ekaniga ishora qilib Ragʻoyib kechasiga muvofiq kelib koʻp momoqaldiroq malagining olqishlashi
rahmatning Amirtogʻda kelishining qaytarib berish qaroriga muvofiq kelishi
va bir hafta soʻngra Dengizlida vakillarning qoʻli bilan olingan payti yana Me'roj va Ragʻoyib kechalariga muvofiq kelishi
oʻsha Juma kechasi koʻp rahmat va yomgʻirning bu mamlakatda kelishi muvofiq kelishlari bilan qat'iy qanoat hosil qildikki, Risola-i Nurning musodarasiga va hibsiga toʻrt zilzilalarning muvofiq kelishi Yer kurrasi tomonidan e'tiroz boʻlgani kabi,
Amirtogʻ viloyatida toʻrt oy mobaynida faqatgina uch juma kechasida (biri Ragʻoyib, ikkinchisi Me'roj kechalari, uchinchisi Sha'boni Muazzamning birinchi juma kechasida) rahmatning koʻp kelishi va Risola-i Nurning erkinligining uch davriga batamom muvofiq kelishi, Yer iqlimining tabrigi, xushxabaridir
va Risola-i Nurning ham ma'naviy bir rahmat va yomgʻir ekaniga quvvatli bir ishoradir.
Eng nozik bir belgi shuki, kecha birdan bir chumchuq kelib oʻzini derazaga urdi. Biz uchirish uchun ishora qildik, ketmadi. Majbur boʻlib Jaylonga "Derazani och, nima deyapti?" dedim. Kirdi, bu tonggacha turdi, soʻngra xonani unga qoldirdik, yotoqxonamga keldim. Bu tong chiqdim, eshikni ochdim, yarim daqiqada qaytdim. Qaradim, xonamda bir qush "Quddus Quddus" zikrini qilayotganini koʻrdim. Kulib: "Bu musofir nima uchun keldi?" dedim. Toʻliq bir soat menga qaradi, uchmadi, qoʻrqmadi. Men oʻqiyotgan edim, non tashladim, yemadi. Yana eshikni ochdim chiqdim, yarim daqiqada keldim, u musofir yoʻq edi. Soʻngra menga xizmat qilgan bola kelib, "Men bu kecha tushimda, Hofiz Alining qardoshi yonimizga kelganini koʻrdim", dedi. Men javoban: Hofiz Ali va Xusrav kabi bir qardoshimiz bu yerga keladi. Bir kunda, ikki soat soʻngra bola kelib, "Hofiz Mustafo keldi", dedi. Ham Risola-i Nurning erkinligining xushxabarini, ham suddagi kitoblarimni ham qisman olib keldi, ham qushchaning va sening, ham musichaning ta'birini isbot qildiki, tasodif emasligini isbotladi. Ajabo, oʻxshovsiz bir tarzda ham qushcha ajib bir suratda, ham musicha kelib gʻarib suratda qarashi, soʻngra yoʻqolishi va ma'sum bolaning tushining koʻrganidek chiqishi, Risola-i Nurning Hofiz Ali kabi bir kishining qoʻli bilan bu yerga kelishining ayni vaqtga muvofiq kelishi hech tasodif boʻlishi mumkinmi? Bir gʻaybiy bashorat boʻlmasligiga hech bir ehtimoli bormi?
Ha, bu masala kichik bir masala emas, koinot va hayvonot bilan aloqadordir. Men Risola-i Nurning bir shogirdi boʻlganim uchun, oʻz hissamga tushgan bu foyda va natijani, minglab oltin liraga teng qozonchim bor degan xulosadaman. Boshqa yuz minglab Risola-i Nur shogirdlari va iymonni quvvatlashga muhtoj ahli iymonning foydalanishlari bunga qiyos qilinsin.
Ha,
dinning, shariatning va Qur'onning yuzdan koʻproq tilsimlarini, muammolarini hal va kashf qilgan,
eng qaysar dinsizlarni mot qilib lol qilgan,
Me'roj va jismoniy hashr kabi aqldan juda uzoq deb oʻylangan Qur'on haqiqatlarini eng qaysar va eng oʻjar faylasuflarga va zindiqlarga quyosh aniqligida isbot qilgan,
ularning bir qismini iymonga keltirgan Risola-i Nur boʻlimlari, albatta Kurra-i Arz va yer iqlimini oʻzi bilan aloqador qiladi
va bu asrni, istiqbolni oʻzi bilan mashgʻul qiladigan Qur'oniy haqiqatdir
va ahli iymon qoʻlida bir olmos qilichdir.
Aziz qardoshim!
Risola-i Nurning advokati Ziyoni biz tarafimizdan ham koʻp tashakkur, ham tabriklangiz. Koʻpdan beri ruhimga eslatilganki, Ziyo ismli bir kishi, Risola-i Nurga buyuk xizmat qiladi. Bu masala koʻrsatdiki, oʻsha Ziyo, bu Ziyodir. Bizlarni abadgacha minnatdor ayladi. Sudda zobit kotibni va a'zolardan Hasna xonim va tergovchi kabi vijdonli zotlarga tashakkur qilamiz. Ularni unutmasligimni, ayniqsa boshda Mufti Usmon, Hasan Fayzi boʻlib juda ahamiyatli qardoshlarimga salomimizni va minnatdorligimizni bildiring. Adolatli sudyaga Risola-i Nurning aksar boʻlimlarini hadya qilish uchun yozdirishga qaror qilganimni ayting. Risola-i Nurning faxriy advokati Ziyoga, ahamiyatli qismini yozdirib unga hadya qilish niyatidaman.
Chop qilingan "Oyat-ul Kubro" Risolasining besh yuz bosilgan nusxalari ham chop qilganlarga beriladimi? Qiziqyapman.
Biri Istanbulda musodara qilingan qancha Risola-i Nur boʻlsa, menga oid. Ichida yigirma risola boʻlgan majmua men uchun koʻp ahamiyati bor.
Ham Dengizlidan ayrilarkan, omonat Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasini, u yerda ba'zilariga qoldirgandim, u ham menga juda lozim, balki Domla Muso Afandi biladi.
Risola-i Nurning kuchsiz yoki yangi shogirdlarini vasvasadan qutqarish uchun bayon qilaman: "Yashirin qoʻmitaning hiylasi bilan ba'zi sofdil domlalar yoki bizga qarshi boʻlgan bid'at tarafdorlari, Risola-i Nurning kamaymaydigan ba'zi haqiqatlariga qarshi chiqish uchun yigirma yildan beri kamchiligi (e'tirof qilaman), xatosi koʻp shaxsimning nuqsonlari va xatolarini hammaga tarqatib, obroʻyimni toʻkib Risola-i Nurga hujum qilib, zarba urishni istaganlarini isbotlaydigan yigirmata ahamiyatli hodisasi bor. Hatto ikki marta qamalishimizga bir jihatdan sabab boʻlgani uchun, doʻstlarim va Risola-i Nur shogirdlariga e'lon qilaman: "Men Janobi Haqqa shukr qilamanki, nafsimni menga yaxshi koʻrdirmadi va kamchiliklarimni oʻzimga bildirdi. Maqsadim obroʻ topish uyoqda tursin, aytganimni boshqalarga qildirish, balki toʻliq mahjubiyat bilan Risola-i Nurning muborak shogirdlari ichida, ularning samimiyati va ixlosi bilan oʻzimni afv ettirish, ma'naviy shafoatlari bilan gunohlarimga kafforat qidirishdir. E'tiroz etganlar, yashirin ayblarimni bilishmaydi. Faqat ba'zi zohiriy xatolarimni bahona qilib, yanglishib Risola-i Nurni meniki deb oʻylab, uning nurlariga parda tortish, yoyilishiga raqobat qilib, "Said juma namoziga kelmaydi, soqol qoʻymaydi", deb tanqid qilishadi.
Ularga javob shuki: Men koʻp kamchiliklarni qabul qilish bilan birga aytamanki: Ushbu ikki masalada katta uzrim bor.
Avvalo: Men Shofe'iyman. Shofe'iy mazhabida jumaning shartlaridan biri - qirq kishi imomning orqasida Fotiha oʻqishi kerak. Yana boshqa shartlar ham bor. Shuning uchun bu holatda juma farz emas. Men Imomi A'zam mazhabiga taqlid qilib, ba'zan sunnat qilib oʻqiyman.
Ikkinchidan: Yigirma yildan beri meni insonlar bilan gaplashishdan haqsiz man qilishgani uchun, (soʻnggi kunlarda, rasman toʻrt oy avval parda ostida insonlarga aloqaga chiqarmaslik uchun koʻrsatma kelgan) ham yigirma besh yildan beri yakka holda yashaganim uchun, yigʻin joylarda bezovta boʻlaman va mazhabimga koʻra hammaga iqtido qilib namoz oʻqiy olmayman. Oʻqisam ham yeta olmayman. Fotihani yarmiga kelganimda, imom ruku'ga ketadi. Bizda Fotihani oʻqish farz.
Soqol masalasiga kelsak: Bu sunnat boʻlib, domlalarga maxsus emas. Kichikligimdan beri toʻqson foizi soqol qoʻymaganlar ichidaman. Yigirma yildan beri menga rasmiy hujumlarda ba'zi doʻstlarimning soqolini majburan oldirishdi. Mening soqol qoʻymaganim Allohning hikmati, inoyati ekanini isbotladi. Agar soqolim boʻlib oldirilganida, Risola-i Nurga katta zarar boʻlar edi. Chunki oʻlgan boʻlardim, chiday olmasdim. Ba'zi olimlar, "Soqolni olish joiz emas", deyishgan. Bundan murodi soqol qoʻygandan keyin olib tashlash xarom deganidir. Aksincha umuman qoʻymagan kishi, bir sunnatni tark etgan boʻladi. Lekin bu davrda, juda koʻp dahshatli gunohi kabiralardan uzoq turish uchun, bu tarki sunnat evaziga, Risola-i Nur irshodi bilan, yigirma yil yakka qamoq oʻrnida qiynoqli hayot oʻtkazdik, inshaalloh sunnat tarkiga kafforot boʻladi.
Shuni ham qat'iy e'tirof qilamanki: Risola-i Nur - Qur'onning mulkidir. Kamchiliklarim unga ta'sir qilishiga, unga sohib boʻlishga, haddim yetmaydi. Balki Nurning qusurli xodimi va olmos javharlar doʻkonining bir dalloliman. Mening aralash hayotim unga ta'sir qilmaydi, unga tegmaydi. Zotan Risola-i Nurning bizga bergan dars ham, ixlos haqiqati, "men"likni tark etish, inson oʻzini doim kamchilikka toʻla deb bilish va obroʻtalab boʻlmaslikdir. Ahli iymonga oʻzimizni emas, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyini koʻrsatyapmiz. Biz kamchiligimizni koʻrib, oʻzimizga bildirgan kishiga (haqiqat boʻlishi sharti bilan) minnatdor boʻlamiz. Alloh rozi boʻlsin deymiz. Boʻynimizda boʻlgan chayonni chaqtirmay olib tashlasa, xursand boʻlganimizdek, kamchiligimizni (gʻarazli va qaysarlik aralashtirmaslik sharti bilan va bid'at va zalolat yoʻliga yordam bermaslik qaydi bilan) qabul etib minnatdor boʻlamiz.
Aziz qardoshlarim!
Hazrati Ali Raziyallohu Anhu
ifodasi bilan "Oyatu-l Kubro" sababli shogirdlari musibatga tushib, uning barakoti bilan omonlik va salomatga chiqishlarini karomat bilan xabar berganidek, "Oyatu-l Kubro Risolasi" Nurlar ichida yuzlab chop qilingan nusxalari bilan erkinlik nuqtasida yanada koʻproq mavqe olishi jihatidan bu yurtda uch buyuk yomgʻir rahmatiga ilk vasila boʻldi. Men dunyo jarayonlarini bilmayman, lekin eskidan beri boʻynimizni bugʻgan, doim bizni istilo etishga fursat kutayotgan, dahshatli kuch olgan va oʻziga tarafdor topgan, bizni tayanch nuqtasi yoʻq deb oʻylab fursat kutgan kimsalarning istilosi va asoratidan "Oyatu-l Kubro" va doʻstlarining ozob etilishi juda koʻp hodisalar va belgilar bilan hozirgacha Risola-i Nur (sadaqa kabi) balolarni daf boʻlishiga vasila boʻlgani uchun, bu ham baloga qarshi vasila deyish mumkin.
Imom Ali Raziyallohu Anhuning
iborasida bir jihatdan "Oyatu-l Kubro Risolasi" maqsud boʻlganidek, Dengizli Mevasining oʻn bir masalasi, "Hujjatullohi-l Baligʻa" oʻn bir hujjati bilan "Aso-i Muso"ning oʻn bir moʻjizasiga muvofiq keldi. Bu iborada qalbimga "Oyatu-l Kubro Risolasi" kabi Imom Alining (R.A.) diqqatini tortgani xotirlatildi. Demak "Meva Risolasi" "Aso-i Muso" kabi koʻp fir'avnlarni mot qiladi, magʻlub etadi. "Oyatu-l Kubro Risolasi"ni chop qilgan qahramon va muborak qardoshlarimiz, juda katta Nuriy xizmat qilishdi. Marhum Hofiz Alining (R.H.) Nuriy xizmati, bu bilan ham davom etyapti.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
"Oyatu-l Kubro"ning chop etilgan nusxalari parda ostida katta xizmat qilishdi. Boshdagi eslatmaning oxirida (oq joyda) hoshiya sifatida sizga olti satr nusxasini joʻnatdik. Munosib koʻrsangiz yozdirasiz, ham toʻgrilab, tahrir qilasiz. Men qat'iy qanoat hosil qildimki: Bu safar "Oyatu-l Kubro"ni diqqat bilan qarshi chiqqanlarni e'tiborga olib oʻqidim. Shubham qolmadiki, Risola-i Nurning qattiq zarbalariga qarshi chiqqanlar zaif bahonalar va pashsha qanotichalik ahamiyatsiz kamchiliklar bilan ayblashdi. Bu dahshatli zarbalarni e'tiborga olmay ham oqlanishimizni, ham Risola-i Nurning erkin qoʻyilishini qabul qilishlarining sababi: Boshda "Oyatu-l Kubro" va Risola-i Nurning "Meva" va "Nujjatullohi-l Baligʻa" kabi juz'laridagi gʻaroyib va sinmas haqiqatlar, ularning dahshatli qaysarliklarini sindirishi boʻldi. Ilojsiz, majbur boʻlib erkin qoʻyishni, bizni oqlashni rasman qabul qilishdi. Lekin zindiqlar qoʻmitasi yana qoʻlidan kelgancha oʻzlarini xalqning la'natiga, nafratiga qolmaslik uchun, ayblarimizni qidirishyapti va hukumatni aldashga urinishyapti. Shuning uchun biz, eskisi kabi ehtiyot boʻlishimiz kerak.
{(Hoshiya) "Oyatu-l Kubro"ning boshidagi eslatmaning oxirida, e'tiborni tortgan jumlasiga hoshiya:
Ha, Imom Alining (R.A.) "Oyatu-l Kubro" haqida bergan xabarni, toʻliq Dengizli hodisasi tasdiqladi. Chunki bu risolaning yashirin chop etilishi qamalishimizga sabab boʻldi. Uning muqaddas va juda kuchli gʻalabasi bilan oqlandik, chiqishimizga ahamiyatli sabab boʻldi. Imom Alining (R.A.) gʻaybiy karomatini koʻrlarga ham koʻrsatdi.
biz haqimizdagi duosining qabul boʻlganini isbot qildi.}
Umum qardoshlarimizning kelayotgan Ramazoni Sharifingizni va oʻtgan Baro'at kechalaringizni butun ruhu jonimiz bilan tabrik etamiz. Janobi Haq ular va bizni ushbu Ramazondagi Laylatu-l Qadrimizni ming oydan xayrli va ming oychalik savoblarga sabab qilsin, ummati Muhammadiyga (S.A.V.) saodat va salomat bersin, omin!
Jumlangizga bir-bir salom aytgan qardoshingiz
Aziz, siddiq, metin, qaytmas, sabotli, fidokor, vafodor qardoshlarim!
Bilasizki Anqara mahkamasi ekspertlar guruhi Risola-i Nurga oid karomatlar va gʻaybiy ishoratlarni inkor qila olmagan. Faqat yanglishib karomatlarda meni hissador deb oʻylab e'tiroz bildirishdi. "Bunday narsalar kitobda yozilmasligi kerak edi, karomat izhor qilinmaydi." deb yengil tanqid qilishgan. Men mudofaalarimda ularga javoban aytgan edim:
"Ular menga oid emas, karomatlarga ega chiqish mening haddim emas. Balki Qur'onning ma'naviy moʻ'jizasining tarashshuhoti va ziyolari boʻlib haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nurda karomatlar shaklini olib (shogirdlarining ma'naviy quvvatlarini quvvatlash uchun) Ilohiy ikrom sinfiga kiradi. Ikromni izhor qilish shukrdir, joizdir maqbul hamdir. Hozir ahamiyatli sababga binoan bir qismini izohlayman. "Nega izhor qilyapman, nima uchun bu nuqtada bunchalik urgʻu beryapman, nima sababdan bir necha oydan beri bu mavzuda chuqurlashdim. Aksariyat maktublar ushbu karomatga yoʻnalgan?" deb savol berildi.
Javob: Bu davrda minglab buzgʻunchilarga qarshi Risola-i Nurning iymon xizmatida yuz minglab ta'mirotchilar kerak ekan, ham men bilan loaqal yuzlab kotib va yordamchilar boʻlishi lozim ekan, chekinish va aralshmaslik uyoqda tursin, balki millat va boshqaruvchilar taqdir bilan, tashviq bilan yordam berishi zaruriydir. Ahli iymonga iymon xizmati boqiy hayotga ta'alluqli boʻlgani uchun foniy hayotning ishlariga va foydalariga almashtirish vojib ekan, oʻzimni misol keltirib aytamanki:
Meni hamma narsadan, aloqadan, yordamchilardan man qilish bilan birga bizga qarshi boʻlganlar butun kuchi bilan doʻstlarimning ma'naviy kuchini ketkazish, mendan va Risola-i Nurdan sovutish, men kabi keksa, xasta, zaif, gʻarib, hech kimi yoʻq bechoraga minglab odam qilishi kerak boʻlgan vazifani (yelkasiga) yuklash va mening yakka hayot kechirish va tazyiqlarda moddiy xasta kabi insonlar bilan aloqa qilish va aralashishdan chekinishga majburligim va insonlarni mendan qattiq qoʻrqitib, koʻp aloqador doʻstlarni menga salom berdirmaslik, hatto ba'zan namozni ham tark ettirish darajasida qoʻrqitib ma'naviy quvvatlarini ketkazish jihati va sababi bilan ixtiyorim xorijida barcha monelarga qarshi Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy quvvatlarini quvvatlashga sabab boʻlgan Ilohiy ikromlarni bayon qilib Risola-i Nur atrofida ma'naviy urgʻu berish, Risola-i Nur oʻz-oʻziga, bir oʻzi (boshqalarga muhtoj boʻlmay) bir qoʻshinchalik kuchli ekanini koʻrsatish hikmati bilan bunday narsalar menga yozdirildi.
Yoʻqsa Alloh saqlasin, obroʻ talabi, gapimizni oʻtkazish, maqtanish, xudbinlik Risola-i Nurning ahamiyatli asosi boʻlgan ixlos sirrini buzishga kiradi. Inshaalloh Risola-i Nur oʻz-oʻziga, ham oʻzini mudofaa qilgani, ham qiymatini toʻliq koʻrsatganidek, bizni ham ma'nan mudofaa qilib kamchiliklarimizni afv ettirishga vasila boʻladi.
Aziz qardoshlarim!
Risola-i Nur chiqishidan qirq yil avval, keng bir oldindan sezish hissi bilan ajib tarzda, ham menda ham bizning qishloqda ham nohiyamizda chiqqanini ma'naviy eslatma bilan endi qat'iy qanoat hosil qildim. Shafiq va ukam Abdulmajid kabi eski talabalarimga bu sirni ochishni istagan edim. Janobi Haq sizlarda koʻp Abdulmajidlarni va koʻp Abdurrahmonlarni bergani uchun sizga bayon qilaman:
Oʻn yoshimda, katta iftixor hatto ba'zan oʻzimni maqtashga oʻxshagan his bor edi. Istamasamda juda katta ish va buyuk qahramonlik holatiga kirar edim. Oʻz-oʻzimga aytardim: Sening bir tiyinlik qiymating yoʻq. Bunday oʻzingni maqtash, xususan katta jasorat koʻrsatayotganingning sababi nima? Bilmas edim hayratda edim. Bir-ikki oydan beri oʻsha hayratga: "Risola-i Nur chiqishidan avval oʻzini his qildirgan edi. Sen oddiy oʻtin boʻlagi kabi bir urugʻ ekansan, firdavs mevalarini amalda oʻz mulking deb oldindan sezish hissi bilan xudbinlik qilar eding", deb javob berildi.
Ham eski talabalarim, ham hamshaharlarim biladilarki bizning Nurs qishlogʻimiz, riyokorlik va jasoratni yaqqol koʻrsatish uchun maqtovni juda yaxshi koʻrishar edi, goʻyo buyuk mamlakatni fath qiladigandek qahramonona holatni istashar edi. Men, ham oʻz oʻzimga ham ularga juda hayratlanar edim. Hozir haqiqiy eslatma bilan bildimki:
U ma'sum Nursli insonlar Nurs qishlogʻi Risola-i Nurning nuri bilan iftixor qozonishadi. Bu viloyatning, nohiyaning ismini eshitmagan kishi qolmaydi. U insonlar Nurs qishlogʻini ahamiyat bilan tanishadi deb oldindan sezish hissi bilan Ilohiy ne'matga tashakkurlarini maqtov suratida koʻrsatishgan ekan.
Ham nohiyamiz boʻlgan Hizon tumaniga qarashli Shayx Abdurrahmon Togʻiyning himmati bilan shunchalik koʻp talabalar, domlalar va olimlar chiqishdiki, butun Qurdiston ular bilan iftixor qildi. Ularning ichida ilmiy munozara, juda katta himmat bilan va juda keng ilm va tariqat doirasi ichida boʻlar edi. Bu domlalar goʻyo roʻyi zaminni fath qiladi degan holat his qilar edim. Men toʻqqiz-oʻn yoshda mashhur eski ulamo, avliyo, alloma va qutblardan mavzular tinglar edim. Qalbimga bu talabalar, olimlar ilmda, dinda buyuk futuhot qilishgandek koʻrinar edi. Bir talabaning biroz zakovati yuqori boʻlsa, unga katta ahamiyat berilar edi.
Hatto ham nohiya, ham tuman, ham viloyatimizda tariqat shayxlari va doiralarida hayratlanarli musobaqalar boʻlar edi. Bunday holatlarni boshqa joylarda unchalik koʻra olmadim. Hozir eslatma bilan qat'iy qanoat hosil qildimki:
Talaba doʻstlarim, ustozlar oʻrnidagi hoʻjalarim, murshidlarim, avliyo va shayxlarim, ruhlari oldindan sezish hissi bilan oʻzlari idrok qilmay (eng kerakli vaqtda) talabalar va domlalarning shogirdlari ichida kelajakda porloq nur chiqishini, iymon ahliga yordam berishini his qilishgan.
Ilohiy ne'matga oʻta ogʻir va ajib sharoitda,
sanoqsiz e'tirozchilar qarshisida
va ming yildan beri kuchga toʻlgan zalolatga javoban
va oʻta vahimachi, gʻarazchi dushmanlarimizning hiylalari oʻrab olgan payti,
ikki dahshatli mahkamaning uzun tekshirishlarida Risola-i Nurning gʻaroyib gʻalabasi
va parda ostida gʻayri tabiiy nurlantirishi
va dushmanlarini majbur qilib erkinligini qozonishi koʻrsatadiki, oʻsha mavqega loyiq ekan.
Imom Ali Raziyallohu Anhu va Gʻavsi Aʻzam (Quddisuhu sirruhu) undan xabar berganlaridek, ular qishloq, nohiya va viloyatim men bilan birga gʻayrishuuriy kelishini his qilib sevinishgan.
{(Hoshiya) Ha, Risola-i Nurning tarjimoni ham faqir, ham sodda ekan, shon-shuhratsiz omi xonadondan boʻlgani uchun, hayotida yozilganidek, insonlardan favqulotda behojat, hadya va sadaqalarni qabul qilmaslik va oʻxshashi yoʻq ilmiy izzat bilan hech kimga bosh egmay, boshqalarning darajasiga tushmay, haddidan ming daraja koʻp ishlarga kirishi, mazkur sirdan kelib chiqqan.}
Sizni eski talabalarim, doʻstlarim, ukam va jiyanim Abdulmajid va Abdurrahmonlar deb qaraganim uchun, ushbu mahram sirni ochdim.
Ha, men yigirma toʻrt soat avval hislarim va asab-tomirlarim namlik ta'sirida rahmat va yomgʻirning kelishini his etganimdek, oʻzim, qishlogʻim, nohiyam ham qirq toʻrt yil avval Risola-i Nurdagi rahmat yomgʻirini oldindan sezish hissi bilan his qilgan ekanmiz.
Umum qardoshlarimizga va singillarimizga salom aytamiz, duo qilamiz va duolarini iltimos qilamiz.