Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nurning chiqishini oldindan sezish hissi bilan hammaning his qilganidek, xos talabalarining bir qismining e'tirof qilishi va bir qismining hayot tarzi Risola-i Nur xizmatiga nomzodligini koʻrsatgani uchun, ushbu qoʻshimchani yozyapman:
Ha, oldindan sezish hissi hammada kam-koʻp boʻladi. Hatto hayvonlarda ham bor. Sodiq tushlarning ahamiyatli bir qismi, ushbu oldundan sezish hissining turlaridandir. Ba'zi kishilarda oʻtkir boʻlgani uchun karomat darajasiga chiqadi. Mening asab-tomirlarimning oʻtkirligidan yomgʻir yogʻishidan yigirma toʻrt soat avval havoning namligidan yomgʻirning kelishini his qilishim, bir jihatda oldindan sezish hissi hisoblanadi, bir jihatda hisoblanmaydi.
Men Risola-i Nurga ahamiyatli xizmat qilgan qardoshlarimning hayot tarzlariga e'tobor berdim, koʻrdimki, oʻzimning hayot yoʻlim kabi, Risola-i Nur kabi natijaga koʻra tayyorlanib yoʻnaltirilgan ekan.
Ha, Xusrav, Fayzi, Hofiz Ali, Nazif kabi koʻp qardoshlarimizning oʻtgan hayot tarzlari Xizmati Nuriyaga koʻra holat berilganini his etishganidek, men ham bir necha xos qardoshlarimda, hatto bu yerda mening hayot tarzim kabi nuroniy mevani berish uchun tartib etilganini koʻryapman. Bilmaganlar e'tibor berishsa, koʻrishadi. Oʻzim butun hayotimning gʻaroyib qismini, avvalo Gʻavsi A'zamning karomatlar silsilasi deb tasavvur qilar edim. Endi esa Risola-i Nurning karomat silsilasi ekani aniqlashdi. Jumladan: Hurriyatdan avval Istabulga kelayotib yoʻlda qoʻlimga (bir-ikki muhim) Kalom ilmiga oid kitoblar tushdi. Diqqat bilan mutolaa qildim. Istanbulga kelgandan keyin besabab ham olimlar, ham maktab muallimlarini munozaraga taklif qilib "Kim nima xohlasa soʻrasin" deya e'lon qildim. Hayratlanarlisi shuki, munozaraga kelganlarning soʻragan barcha savollari men mutolaa qilgan va xotiramda qolgan masalalardan edi. Faylasuflar haqidagi savollari ham esimda qolgan masalalardan edi. Endi ayon boʻldiki, oʻsha favqulotda muvaffaqiyat va haddimdan koʻp ustida obroʻtalablik va ma'nosiz fazilat izhori, kelajakda Risola-i Nurning butun Istanbulda, ulamolar ichida qabul qilinishiga va ahmiyatiga zamin hozirlash boʻlgan ekan.
Ikkinchisi: Men faqir, muhtojligim, zohid, soʻfiy va riyozatdagi inson boʻlmaganim, katta bir sharaf va e'tibor, ajdodlari hurmatli, shonu-sharafidan hissador boʻlmasamda (hayot yoʻlimda yozilganidek) yoshligimdan beri odamlarning haqlarini, hadyalarini qabul qilmas edim, ehtiyojimni aytish darajasiga tushmas edim. Meni bilganlar kabi, men ham juda hayratlanar edim. Hozir xossatan bir necha yil ichida ayon boʻldiki, Risola-i Nurning dahshatli mujodalasida tama' va mol-mulk sababli magʻlub boʻlmaslik va e'tiroz kelmasligi uchun bizga oʻsha ruhiy holat ehson qilingan ekan. Yoʻqsa dushmanlarim, oʻsha tomondan katta zarba urishar edi.
Yana: Eski Said siyosatda chuqur ketgan edi. Yangi Said tarafdor topish uchun juda muhtoj boʻlgan paytida butun insonlarni mashgʻul etgan soʻnggi besh-olti yildagi inson toʻfonlari, siyosat dovullari ichida meni qat'iy va aslo mashgʻul qilmadi va qiziqtirib magʻlub etmadi. Besh yildan beri hatto bilishga ham qiziqmadim.
Meni bilganlar kabi, men ham bu holatga juda hayratlandim. Hatto oʻz-oʻzimga: "Butun dunyoni oʻziga qaratib mashgʻul etgan ushbu hodisalarga qaramayapman, ahamiyat bermayapman, ajabo men devona boʻldimmi yoki boshqalarmi?" deb hayrat ichida soʻrar edim.
Endi ham ma'naviy eslatma bilan ham mazkur avvaldan sezish hissi bilan ham oʻrtadagi Risola-i Nurning gʻalabasi va erkinligi bilan yuzaga chiqdiki: Risola-i Nurdagi ixlos haqiqati, rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita va tobe boʻlmaydi va Qur'ondan boshqa hech qanday tayanch nuqtasi yoʻqligini isbotlash uchun oʻsha ajib ruhiy holat berilgan ekan.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
"Meva"ning Toʻrtinchi Masalasidagi bir haqiqatni izoh qilishda Eski Said nazarini tashqariga qaratish va menga xizmat qigan kotibning Ramazon oyi boshlarida Sharqda bir hodisaning ta'sirida hayajon bilan bayram belgisini aytishi va Ramazoni sharifdagi qiymatdor vaqtni radyodagi moloya'nilar bilan zoye qilmasligi uchun qalbimga bir necha marta u keng va aralash dovulli haqiqatning qisqa zararlarini bayon qil deb ma'nan eslatildi. Shunda oʻta ba'zi muxtasar ishoratlar nav'idan Risola-i Nur shogirdlarining qiziqishlarini toʻgʻrilash niyatida bayon qilyapman. Lekin masala juda keng, vaqtim esa yoʻq, holim abgor boʻlgani uchun tushunushga qiynalmaysiz, zakovatingizga ishonyapman.
"Meva"ning Toʻrtinchi Masalasida aytilganki, "Jahon siyosatiga qiziqmaganimning sababi: Unday keng va katta doirada vazifa oz va kichik boʻlishi bilan birga, jozibasi qiziquvchilarni oʻziga jalb qilib band qiladi. Haqiqiy va buyuk vazifalarini insonlarga unuttiradi yoki nuqsonli qildiradi. Ham har holda tarafdorlik istagini berib, zolimlarning zulmlarini toʻgʻri dediradi, sherik boʻladi" ma'nosida bayon qilingan.
Yana aytamanki: Qiziqib tashqi hodisalar bergan sarxush gʻaflatdan lazzat olgan bechoralar! U hodisalar insonning fitratidagi qiziqish, insonlik tomonidan sizning farz ishlarni va qilinishi shart boʻlgan vazifangizning zarar tomon yoʻnaltiryapti. Bu ham maʻnaviy ehtiyoj, tabiiy desangiz, javoban aytamanki:
Qat'iyyan bilingki: Insonning koʻp moʻʻjizali xilqatiga qiziqmay, e'tibor bermay ikki boshli yoki uch oyoqli inson koʻrganda qattiq qiziqib tamosha qilganingiz kabi, ushbu asrda insoniyatning vaqtincha va foniy, buzgʻunchi keng hodisalari, zamin yuzida yuz ming maxluqot va inson sinfi kabi juda ajib hodisalarga sazovor maxluqlar har bahorda bitta ari sinfiga va uzum toifasiga qarasangiz, insonlar hodisalaridan yuz marta qiziqroq va ruhiy, ma'naviy lazzatlarga arziydigan hodisalar bor.
Ushbu haqiqiy lazzatlarni bee'tibor qoldirib, basharning zararli, sharli, yerli jarayonlariga bunchalik qiziqish va zavq bilan bogʻlanish - dunyoda abadiy qolish va u hodisalar doimiy boʻlsa edi va hammaga oʻsha jarayonlardan bir manfaat yoki zarar kelishi, ularni chiqarganlarni haqiqiy qiluvchisi va ijod qiluvchisi sharti bilan boʻladi. Holbuki bular havo dovullari kabi oʻtkinchi holdirlar. Sabab boʻlganlarning ta'siri juda kichik. U vaziyat senga sharqdan, Tinch okeanidan zarar va manfaatni joʻnatmaydi. Senga sendanda yaqin va qalbing Uning tasarrufida, jisming Uning tadbir va ijodida boʻlgan bir Zoti Aqdasning rububiyati va hikmatini e'tiborga olmay, dunyoning narigi tomonidan zarar va manfaat kutish, qanday darajada devonalik ekanini ta'rifga til ojiz!
Ham iymon va haqiqat tomonidan bunday qiziqishlarning buyuk zararlari bor. Chunki gʻaflatga tushiradigan, dunyoga choʻktiradigan, haqiqiy insonlik vazifasini va oxiratni unuttiradigan eng keng doira - siyosat doirasidir. Xususan bunday umumiy va kurash hodisalari qalbni ham buzadi. Kishining zulm zulmatida choʻkmasligi, iymonining soʻnmasligi, aqli tabiat va tasodifga aldanmasligi uchun hamma narsada, har vaziyatda, har bir harakatda Ilohiy qadar va Rabboniy qudratning izini, belgisini koʻrish uchun quyoshdek iymon kerak.
Hatto haqiqat ahli, haqiqat va ma'rifatullohni topish uchun, qalb chalgʻimasligi va kerakli, qiymatli narsalarga sarflanishi kerak boʻlgan qiziqishni, zavq shavqni keraksiz foniy narsalar bilan zoye ketmasin deb koʻplik doiralarini unutishga harakat qilishadi. Hatto ushbu ahamiyatli sirdan, koʻpchilik xulosa qilganki, bir siyosatchi, din dasturlarining toʻliq muttaqiy bir xodimi (iymoni quyosh kabi boʻlgan sahobalar va ularga oʻxshagan mujohidindan, salafi solihiyndan boshqa) boʻla olmaydi. Toʻliq va haqiqiy dindor, taqvoli kishilar siyosatchi boʻla olishmaydi. Ya'ni asl maqsadi siyosat boʻlganlarda din ikkinchi darajada qolib, birinchi maqsadga qoʻshimcha boʻladi. Haqiqiy dindor "Butun koinotning eng buyuk gʻoyasi inson ubudiyati-qulligidir" deb siyosatga mukkasidan ketmay, ikkinchi-uchinchi darajaga qoʻyadi. Uni din va haqiqatga vosita qilishi (agar mumkin boʻlsa) mumkin. Yoʻqsa boqiy olmoslarni, sinadigan arzon shishalarga vosita qiladi.
Alhosil: Sarxushlik haqiqiy vazifalardan kelgan azoblarni va ehtiyojlarni vaqtincha unuttirgani uchun, harom va qisqa lazzat bergani kabi, bunday foniy urushlar va jarayonlarni qiziqib kuzatish, bir jihatda sarxushlik hisoblanib, haqiqiy vazifalarning ehtiyojlari va harakatsizlik natijasidagi azoblarni vaqtincha unuttirgani uchun, harom lazzat beradi yoki tahlikali umidsizlikka tushirib
oyatidagi Ilohiy amrga muxolafat qiladi, ta'zirga loyiq boʻladi. Yoki
oyatidagi shiddatli Ilohiy tahdid ta'ziriga uchraydi. Zolimlarning zulmiga evazsiz ma'nan ishtirok etadi. Loyiq boʻlgan jazosini esa duyoyu oxiratda chekadi.
Qalbimga ahamiyatli bir xavotir va tasalli kelyaptiki, ushbu keng doira urushlari natijasida eski xarbi umumiydan chiqqan zararlar yanada kattaroq zarar beradi, madaniyatning tayanchi, manba'i boʻlgan Ovrupada dajjolona vahshat tugʻdiradi. Bu xavotirga tasalli - Olami Islomning toʻliq uygʻonishi va Yangi dunyoning, Hristianlarning haqiqiy dinini harakat dastur qilishi, Islom olami bilan ittifoq etishi va Injil Qur'onga ittihod etib tobe boʻlishi bilan keladigan ikki dahshatli jarayonga qarshi samoviy yordam bilan qarshi turib inshaalloh gʻalaba qiladi.
Umum qardoshlarimga bir-bir salom. Kelgan yoki oʻtgan Laylatu-l qadrlaringizni tabriklaymiz.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Dengizlining bir Xusravi Hasan Fayzining uzun, tafsilotli bir maktubini sizning vositangizda oldim. Koʻp danaklarni yetishtirishi uchun bir danak tuproq ostiga koʻmilgani kabi, shahid marhum Hofiz Ali ekinzorda, tuproq ostiga kirdi. Natijada oʻttiz-qirq Hofiz Alilarni koʻkartirdi va yana koʻkartiradi degan xulosaga keldim. Siz men tomonimdan unga va Risola-i Nurga xizmat qilganlarga yozingki: Bir-ikki yil ichida Dengizli qahramonlari, Risola-i Nurga yigirma yilchalik xizmat qilishgani uchun, biz Risola-i Nur shogirdlari, ularning bu yaxshiliklarini abadgacha unutmaymiz. Dengizli bizning nazarimizda ikkinchi Isparta oʻrniga oʻtgani uchun, qamoqxonasini ham bir Madrasa-i Nuriya ma'nosida bilamiz.
Fayzining maktubida isimlari boʻlgan, xususan Hokimi odil bilan birga haqiqiy adolatga harakat qilganlar (J.H.M.) va Advokat Ziyo kabi barcha, faqat bizni emas balki Onadoʻli va olami Islomni ma'nan minnatdor qilishdi. Ular bizdek Risola-i Nurga sohib hisoblanishadi. Agar kerak boʻlsa menga qaytarib berilgan bir qancha majmualarni ularga oʻqitish uchun omonat qilib joʻnataman. U yerdagi kitoblar, kerak boʻlsa oʻqilmay qolmasligi sharti bilan qolishi mumkin. Qoʻlida katta kitobi boʻlib tashlab qoʻymay, boshqalarga oʻqitish va mumkin boʻlsa qamoqxonani oʻqishga sherik qilish sharti bilan unda qolsin. Yana xohlasa, boshqa kitoblarni ham joʻnataman.
Men Dengizli kabi, qisqa vaqtda bizga va Risola-i Nurga metin qahramon sohiblarni va qardoshlarni bergani uchun, qoʻlimdan kelsa, qolgan umrimni toʻliq surur va sevinch bilan ularning muborak qamoqxonasida oʻtkazishni istayman. Biz bilan koʻp aloqador va qamoqxonada gaplashgan kishilar yoki menga xizmat qilgan Beylerbeyli Sulaymon va Tavasli Chovush kabi qancha doʻstlar boʻlsa barchasiga koʻp salom aytaman. Ular har doimgi ma'naviy daromadlarimiz va duolarimizga dohil. Fayzining maktubida ismlari oʻtgan kishilarga (xususiy) bir-bir salom aytaman va umumlarining Ramazonlarini va Laylatu-l qadrlarini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.
Milasli Halil Ibrohim haqiqatdan Risola-i Nurning temirdek metin va qaytmas shogirdidir. Qishlogʻi u bilan iftixor qilishi kerak. Ham u kishining, ham Hasan Fayzining haddimdan yuz daraja husni zonlari natijasida yozgan ikki oʻtkir nazmiy qismni Risola-i Nurga xitob qilishyapti, mening ahamiyatsiz shaxsimni parda va oʻtkinchi unvon sifatida aytishgan deb qabul qilaman. Yoʻqsa u fazilatlarga sohiblikka haqqim yoʻq. Ham unga, ham Risola-i Nur advokati Ahmad Fayzi va uning doʻstlariga, eski qahramon qardoshlarimizdan Shafiqqa koʻp salom aytib, duo qilamiz.
Qardoshlarim! "Oyatu-l Kubro" Ramazonda chiqqanidek, taxminimcha matbaada Ramazonda bosilishi, Ispartaga kelishini va Ramazoni sharifda erkin oʻqilishi va jome'larda oʻqitish uchun kirishi kabi, ushbu Ramazoni sharifda "Oyatu-l Kubro"dan chiqqan va "bir soat tafakkur bir yil ibodat" ma'nosiga ega "Nizbi Nuriya" "Oyatu-l Kubro"dan chiqqanidek, tasbehlarimizdagi oʻttiz uch marta "La Ilaha Illalloh" "Oyatu-l Kubro"ning barakoti va fayzi bilan oʻn daqiqada tavhid haqiqatiga ega ikki sahifasi Ramazonning nuri bilan qalbga eslatildi. Men oʻn daqiqada "Oyatu-l Kubro"ni toʻliq oʻqiyotgandek va har bir martabada, muqaddimasida aytilganidek Kurra-i arzning kulliy tili mening xayolan lisonim boʻlib "La Ilaha Illalloh" deyayotgani, dengizlar, togʻlar va unsurlarning, inson tabaqalarining hol tillari mening tillarim boʻlib "La Ilaha Illalloh"ni zikr qilayotgani, men har bir "La Ilaha Illalloh" deganda yo Yer tili, yo Samovot, yo Havo tili bilan yoki unsurlar lisoni bilan aytayotgandek... boʻldim. Inshaalloh keyin sizga joʻnatiladi.