Emirdoğ Lahikasi
— 60 —
IKROMNI IZHOR QILISH MAKTUBIGA QOʻSHIMCHA
[Ishorati Qur'oniyaning boshiga yozdik.]

Risola-i Nurning maqbuliyatini tasdiqlab imzo qoʻygan va gʻaybiy ishoratlar undan xabar bergan sakkiz qismning birinchisi. Ayni masalaga ushbu risolada yigirma toʻqqiz ishorat bor. Boshqa qismlar bilan birga mingga yaqin ishoratlar, ramzlar, imolar, belgilar, ayni masalaga, ayni da'voga qaragani sarih-ochiq oydin darajasiga chiqqan. Yakka masala boʻlgani uchun, belgilar bir birini quvvatlaydi, tasdiqlaydi. Sakkiztadan uchini "Imom Ali Raziyallohu anhu" uch gʻaybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar bergan.

— 61 —

Ushbu sakkiz qismni Anqara mahkamasi ekspertlar guruhi tekshirib, e'tiroz bildirishmagan. Faqat, "Karomat sohibi karomatini yozmaydi", deyishgan. Men ularga javob tariqasida, "Bu meniki emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-i Nur Qur'onga bogʻliq va tafsiridir", dedim. Ular jim boʻlishdi, demak qabul qilishdi. Garchi bunday ikromlar yozilmasa yanada munosib boʻlar edi. Lekin son-sanogʻi yoʻq, kuchli va koʻp dushmanlar qarshisida oz, zaif va faqir boʻlgan bizlarga ma'naviy quvvat, gʻaybiy yordam, shijoat, sabot, matonat berish uchun qat'iy majburiyat boʻldi, men ham yozdim. Mening "men"ligimga xudbinlik berib yiqilishimga sabab boʻlsada, muhim emas. Bu xizmatda, ya'ni iymon ahlining mutlaq zalolatdan qutqarishga ehtiyoj boʻlsa dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni saodat deb bilaman. Minglab doʻstlarim va qardoshlarim Jannatga kirishlari uchun Jahannamni qabul qilaman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizni boshqa sabablar ta'sirlantirmasin deya, bir holatimni sizga bayon qilish kerak boʻlyapti. Holatim shuki:

Yigirma yillik tazyiq natijasida, ahamiyatli va xronik xastalik bilan ogʻriyman. Zotan eskidan beri menda xastalik asosi - mardumgirizlik, ya'ni insonlardan uzoqda boʻlish, muomalaga kirishmaslik, aloqadan ta'sirlanish bor edi. Hatto hozir ruhim eng yengil ruhli bir qardoshim, bir shogirdim bilan gaplashishga (faqat Risola-i Nur xizmatiga oid boʻlmaslik sharti bilan) chidamaydi. Hatto doʻstona nazardan ham jiddiy ta'sirlanaman. Bu ahamiyatli holatda insonlarning menga zulm va jinoyatlari bir vosita boʻlganidek, Ilohiy inoyat, qadarning adolati, iymon xizmatidagi ixlosni muhofaza qilish eng muhim sabab boʻlib, insoniy zulm va jinoyatlarni yoʻqqa chiqaradi, ham menga ushbu hastalikni toʻliq yaxshi koʻrdiradi, sabru-matonat beradi.

Insonlar vahima sababli meni muomaladan man eta-eta asablarimni zaiflatishgani kabi, Ilohiy inoyat ham

iymon xizmatidagi ixlosni buzmaslik

sun'iy obroʻtalablikka majbur boʻlmaslik

haddan ortiq husni zon qiluvchilarning qarshisida meni takalluflar va xoʻjakoʻrsinlarga majbur boʻlmaslik

bu davrda juda ta'sir qiladigan, odamlarni shaxsimga qaratish

muhabbat va xizmatga zarar qiladigan oʻzini maqom sohibi qilib koʻrsatish vaziyatidan qutqarish

Qur'ondan kelgan Risola-i Nurning olmos kabi haqiqatlarini menga oid qilib shisha parchalari darajasiga tushirish hikmatlari bilan Janobi Arhamur Rohimiyn menga bu xastalikni bergan.

Men Janobi Haqqa shukr qilaman. Siz xafa boʻlmang, xursand boʻling. Lekin fitriy azoblarga chidashim uchun duolaringizga muhtojman.

— 62 —

Aziz qardoshlarim! Bizga berilgan kitoblarimning (zarrin muqovali katta majmualardan) bir qismini oʻqidim.

Nur, gul fabrikasining olmos qalamlari bilan yozilgan risolalar, zarli muqovalar ichida ba'zan on besh-yigirma risola ichidagi majmualar bir-bir goʻzal olmos qilich oʻrnida dushmanlariga qarshi oʻzlarini yuksak doiralarda va mahkamalarda mudofaa qilgan. Ushbu hikmat bilan, hech sababsiz, qamalishimizdan besh oy avval birdaniga Risola-i Nurni buyuk majmualar holiga keltirishni boshladik. Bunda buyuk Ilohiy inoyat borligiga shubham qolmadi va faylasuflar magʻlub boʻlganining hikmatini tushundik. Chunki toʻplanganda, xususan mudofaa vaqtida toʻplam va birdamlikda majmualar juz'larning kuchidan koʻra koʻproq quvvatga ega boʻladi.

Qardoshlarim! Sizga koʻpdan beri aytishim kerak boʻlgan narsani unutibman. Karomatli "Yigirma toʻqqizinchi Soʻz" u Soʻzning faqat birinchi maqomidir. U Soʻzning ikkinchi maqomi esa, ahamiyatiga binoan bir jihatdan unga ham "Oyatu-l Kubro" nomini Imom Ali (R.A.) bergan "Yigirma toʻqqizinchi Lam'a-i Arabiyya" boʻlib, "Allohu akbar" kabi boshqa tasbehlarning martabalaridagi nurlarni bayon qiladi va "Hizbi Nuriya"ning ham bir manbaidir.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilaman. Yashirin boʻlib, har kecha boʻlish ehtimoli boʻlgan Laylaru-l Qadrlaringizni tabrik etaman.

Qardoshingiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshim!

Biz ham Ramazoningizni birgalikda boʻlishini tabriklaymiz. Tushlaringiz juda muborakdir. Inshaalloh Janobi Haq sizni buyuk ehsonlarga sazovor qiladi, degan bir ishoratdir.

Bu davrda eng buyuk ehson, vazifa - iymonni qutqarishdir, insonlarning iymoniga kuch beradigan suratda harakat qilishdir. Qat'iyyan, "men"lik va gʻururga sabab boʻladigan narsalardan uzoq turing. Tavozu', mahviyat va "men"likni tark etish hozir ahli haqiqatga lozim va alzamdir. Chunki bu asrda eng katta tahlika, "men"lik va obroʻtalablikdan kelgani uchun, ahli haq va haqiqat mahviyat bilan doim oʻz kamchiligini koʻrishi, nafsini ayblashi kerak. Siz kabilarning ogʻir sharoitda iymoni va qulligini qahramonona muhofaza qilishi - buyuk maqomdir.

— 63 —

Sening tushlaringning ta'biriga kelsak, bu nuqtada yaxshi xabardir. Risola-i Nur qismlarida tariqat haqiqatiga doir "Talvihoti Tis'a" nomli risolani olib oʻqing. Oʻzingiz kabi metin, iymonli va haqiqatli zotlar Risola-i Nur doirasiga kiringlar. Chunki bu asrda Risola-i Nur butun hujumlarga qarshi magʻlub boʻlmadi. Eng qaysar dushmanlarga ham, erkinligini rasman qabul qildirdi. Hatto ikki yildan beri buyuk doiralar va adliyalar, tadqiqot natijasida Risola-i Nurning erkinligini tasdiqlashdi va barcha mahram va gʻayri mahram qismlarini egalariga qaytarib berishga qaror chiqarishdi.

Risola-i Nur yoʻli boshqa tariqatlar, yoʻnalishlar kabi magʻlub boʻlmadi. Balki gʻalaba qilib juda koʻp qaysarlarni iymonga keltirdi. Juda koʻp hodisalarning guvohligida bu asrda Qur'onning bir ma'naviy moʻ'jizasi ekanini isbotladi. Uning doirasi xorijida, aksariyat hodisalardan bu yurtda xususiy va juz'iy, faqat shaxsiy xizmat, yo magʻlub holda parda ostida boʻladi yoki bid'atlarga ruxsat beradi. Ular kinoya bilan bir jihatda oʻzgargan holda diniy xizmat toʻliq boʻlmaydi deb, xulosa qilganmiz.

Modomiki sizda buyuk himmat va kuchli iymon bor ekan, minglab, balki yuzminglab shogirdlarning uxroviy ma'naviy shirkatidan hissador boʻlish va qilgan xayrli ishlaring, yaxshiliklaring juz'iyatdan chiqib kulliylashsin, oxiratga toʻliq foydali tijorat boʻlishi uchun toʻliq ixlos va tom mahviyat bilan, matonat bilan Risola-i Nurga shogird boʻl.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ikki yillik tadqiqotdan keyin mahkama tomonidan menga qaytarib berilgan majmualardan bugun, ma'sumlar toifasining va ummiy keksalar jamoatining menga yodgorlik sifatida yuborishgan qismlardan tashkil topgan katta va zarrin jildli majmuani koʻrdim. Aqlimga bu majmua boshida Kastamonuga yozgan bir mavzuni sizga joʻnatish keldi. Balki eski vaqtda sizga bir nusxasi joʻnatilgandir. Shunday xulosa qildim:

— 64 —

Qoʻlimdagi, faylasuf va qaysarlarga qarshi yosh bolalar va ummiylarning ma'sum va xolisona yozilgan majmuasi, eng katta gʻalaba vositasidir. Qaysarliklarni ketkazib insofsizlarni insofga keltirgan. Koʻp joylardan menga yuborilgan majmualar va ummiylarning nusxalarini uch majmuaga jam etgan edik. Majmualarning boshida ushbu kelgan qism yozilgan edi, sizga joʻnatyapman.

Shu bilan birga, Risola-i Nurning maqbuliyatiga dalolat qilgan sakkiz qismdan toʻplagan majmuamiz va Karomati Gʻavsiya va Alaviya, Ishorati Qur'oniyadan boshqa, "Ilova" va boshqa qismlardan uch-toʻrt qismni ham qoʻshilgan majmuaning boshida yozilishga loyiq bir boʻlimni birga joʻnatyapman.

Umum qardoshlarimga, xususan ma'sum va ummiylarga salom aytamiz, duo qilamiz va duolarini istaymiz. Ularga ming mashaalloh va barakalloh deymiz. Ularning yozganlarini kim koʻrsa, maqtab maftun boʻlyapti.

Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlaridan ellik-oltmish talabaning yozgan nusxalarini bizga yuborishgan, u qismlarni uch jild ichiga jamladik. Bu majmuadagi qismlarni yozganlarni namuna sifatida bir qismi ushbular:

Umar 15 yosh, Mustafo 13 yosh, Hofiz Nabi 14 yosh, Hijrat 15 yosh, Husayn 11 yosh, Ahmad Zaki 13 yosh, Oysha 11 yosh, Hofiz Ahmad 12 yosh, Mustafo 14 yosh, Bakir 9 yosh, Ali 12 yosh, Oysha 11 yosh.

Usbu majmuadagi risolalar, ma'sum bolalarning Risola-i Nurdan dars olib, yozganlarining bir qismidir. Ularning bu davrda jiddiy harakatlari koʻrsatadiki: Risola-i Nurda shunday bir ma'naviy lazzat va jozibador nur borki, u maktablarda bolalarni oqishga qiziqtirishga ijod qilgan oʻyin va tashviqlar ustidan gʻalaba qozonadigan lazzat, sevinch, yoʻnaltirgani uchun bolalar oʻqishga qattiq qiziqadi.

Bu holat koʻrsatadiki: Risola-i Nur ildiz otyapti. Inshaalloh, boshqa uni hech narsa qoʻpara olmaydi, kelajak nasllar davom ettirishadi. Aynan ushbu ma'sum bolalar kabi Risola-i Nurning jozibali doirasiga kirgan ummiy keksalardan ham qirq-ellik yoshdan soʻng Risola-i Nur hurmati uchun yozishni boshlagan qirq-ellik qism, ikki-uch majmua ichiga toʻplandi. Bu ummiy keksalarning va qisman choʻpon va yigitlarning bu davrda, bu ajib sharoitda Risola-i Nurni hamma narsadan ustun qoʻyib bu shakldagi harakatlari koʻrsatyaptiki: Bu davrda Risola-i Nurga nondan ham koʻproq ehtiyoj bor ekanki, xirmonchilar, dehqonlar, choʻponlar, qahramon yigitlar zaruriy ehtiyojlardan koʻra koʻproq zaruriy ehtiyojni Risola-i Nur haqiqatlari deb bilishyapti.

— 65 —

Bu jildda oz va boshqa olti jildda ma'sumlarning va keksa ummiylar yozuvlarining tahririda juda qiynaldim, vaqt yoʻq edi. Aqlimga keldi va ma'nan aytildiki: Siqilma! Bularning yozganlari tez oʻqilmagani uchun, shoshqaloqlarni sekin-sekin oʻqishga majbur qilgani uchun, Risola-i Nurning ozuqa va taom oʻrnidagi haqiqatlaridan ham aql, ham qalb, ham ruh, ham nafs, ham his oʻz hissalarini oladi. Risola-i Nur boshqa ilmlar va kitoblar kabi oʻqilmasligi kerak. Chunki undagi tahqiqiy iymon ilmlari, boshqa ilmlarga va ma'lumotlarga oʻxshamaydi. Ular aqldan boshqa koʻp insoniy hislarning ozuqa va nurlaridir.

Alhosil: Ma'sumlar va ummiy keksalarning nuqsonli yozuvlarida ikki foyda bor:

Birinchisi: Shoshilmay diqqat bilan oʻqishga majbur qilish.

Ikkinchisi: Ma'sum, xolis, samimiy va shirin tillaridan, darslaridan Risola-i Nurning shirin va chuqur masalalarini lazzatli hayrat bilan tinglash va dars olish.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Alhamdulillah, bu yil Ispartadagi talabalarimizni dunyoviy ishlar qattiq gʻaflatga tushirmadi. Xizmati Nuriyadagi gʻayratlarimiz jiddiy shaklda davom etyapti. Har birimizning qalblarimizdagi Nurga mahliyo boʻlish, siymolarimizda oʻqilyapti. Xuddiki bu talabalaringizning qalblari sevinch bilan toʻla. Ha sevgili Ustozimiz, butun talabalaringiz bir ovozdan aytishyaptiki: Layoqatsizligimiz, hechligimiz bilan birga ushbu Xizmati Nutiyada biz istihdom etilgan, badi' bir Ustozga ham talaba, ham kotib, ham tinglovchi, ham noshir, ham mujohid, ham xalqqa nasihatchi, ham Haqqa obid boʻlishdek dunyo qiymatidagi goʻzalliklarning barchasini bizga birdan bergan Hazrati Allohga qancha chukr qilsak, chuncha oz. Qilishni xohlagan shukrlar ham Xoliqimizning fazli bilan qalbimizga kelgan bir ehson ekanini xotirlatgan biz talabalaringizning qalblarini surur va sevinch toʻldiryapti. Ma'sum Nursliklarning Ustozimizning yoshligida oʻtkazgan hayotining tashakkur qilgan holati hol va harakatlarimizda koʻrinyapti. Zoti Zuljalolga cheksiz shukrlar, behisob sanolar boʻlsinki, bizni mutlaq jaholat daralaridan, isyon va kufr botqoqliklaridan lutfu karami bilan chiqarib, koʻzni qamashtiradigan eng porloq nurga talaba qilibdi.

— 66 —

Sevgili ustozimiz agar "iqtiron" deyilgan ikki ne'matning birga kelganini avvaldan bizga izohlamaganida, koʻp minnatdorliklarimizni qalblarimizga tarjimon boʻlgan qalamlarimizdan oʻqir edilar.

Ha sevgili ustozimiz! Biz oʻzimizga qarasak Risola-i Nurga tinglovchi boʻla olmaymiz. Shunga qaramay, ehtiyoj qattiqlashgani sari Xoliqi Rahimning marhamatli tajalliylarini koʻrayapmiz. Ustoz qalbi porloq bir oyna, bir mazhar, bir aks ettiruvchi... ustoz lisoni oliy bir tabligʻchi, bir muallim, bir murshid... usroz holati jismlashgan eng chiroyli bir oʻrnak, bir namuna, bir misol boʻlyapti. Inson toifalarining ehtiyojlari yozilyapti, koʻrsatilyapti. Yetti yildan beri olov sochgan zolim basharning holati bugun yanada iztirobli holga keldi. Har bir idrok sohibi, ertaga nima boʻladi degan oʻyda qulogʻini radio ogʻziga qoʻygan, hayratda qolgan. Sharqda Yaponlar magʻlubiyatga uchrashi, dunyoning qutulish va oʻziga kelishiga, tinchlik-xotirjamlikni qoʻlga kiritishi kutilayotgan edi. Shimolda dajjolona harakat oʻzini koʻrsatdi. Bu holat hammani hayajonga, xavotirga soldi. Hamma kelajak zulmatga ketishini taxmin qilib, qiziqib radyo kuzatishyapti. Lillahilhamd Risola-i Nur oliy bayonoti bilan ruhlarimizni taskin qilyapti, haqiqiy darslari bilan qalblarimizni xotirjam qilyapti. Bugun yuzaga chiqqan bu dahshatli jarayon, faqat va faqat Hristianlik olamining Musulmonlik bilan birlashishi, ya'ni Injil Qur'on bilan birlashib, Qur'onga tobe boʻlishi natijasida samoviy kuchga magʻlub etilishini xabar beryapti. Hazrati Iso Alayhissalomning ham kelishini intizor boʻlish vaqti kelganini ishoriy ma'nosi bilan eslatyapti. Aytishlaricha, bugungi Amerika dunyoning hamma tomoniga tadqiqot uchun joʻnatgan hay'atdan birini bugungi bashariyat saodatinin ta'minlaydigan sogʻlom dinni topish vazifasini topshirgan. Bu esa mujaddidligini mahkama tili bilan hamma tomonga e'lon qilgan Risola-i Nur ushbu iztirobli, abgor bashariyatning eng buyuk saodati ekaniga iymonimiz komil.

— 67 —

Sevgili ustozimiz boshimizda, eng oliy haqiqatlarga ega, Qur'onning eng yuksak va muborak tafsiri boʻlgan Risola-i Nur qoʻlimizda ekan, sevinchlarimiz haddu hisobi yoʻq.

Bu haqiqatlarning har bir juz'i faoliyatni boshlasa, hamma tomonda qiziqish, zavq bilan oʻzini oʻqittiradi. Bunga ochiq dalillar koʻp. Xususan hashrni inkor mafkurasini magʻlub qilgan "Oʻninchi Soʻz"ning chop etilgan nusxalari, xususan yashirin chop etilsada erkin oʻqitgan va iymonni quvvatlashda juda yuksak gʻaroyibliklari boʻlgan "Oyatu-l Kubro" risolalari, Allohni inkor qilish mafkurasini ziru zabar qilgan Kulliyoti Nur "Hujjatul Baligʻa" va "Meva" kabi juz'lari maydonda... Inshaalloh Qur'onning atrofini oʻrashni xohlagan iymonsizlikning omonsiz surini, Risola-i Nur ildizidan qoʻporadi, iymonsizlikning omonsiz olovini soʻndirib, obi hayot baxsh qilgan kavsar sharobini butun dunyoga omonli iymon berib ichiradi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Kamchiligi koʻp talabangiz
Xusrav

Sizning shaxsimga haddimdan ortiq husni zoningizni Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi nomiga qabul qilaman. Yoʻqsa oʻzimni u maqomlarda koʻrish mening haddim emas.

Ham "Risola-i Nur yoʻli tariqat emas, haqiqatdir, sahobalar yoʻlining bir jilvasidir. Bu davr tariqat davri emas, iymonni qutqarish davridir." Risola-i Nur bu xizmatni lillahilhamd eng mushkul va ogʻir davrlarda qilgan va qilyapti. Risola-i Nur doirasi, Hazrati Ali, Hasan va Husayn Raziyallohu Anhum va Gʻavsi A'zamning Quddisuhu Sirruhularning (gʻaybiy xabarlari bilan) shogirdlarining bir doirasidir. Chunki Hazrati Ali (R.A.) uch gʻaybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar berganidek, Gʻavsi A'zam (Q.S.) ham kuchli suratda Risola-i Nurdan xabar berib, uning tarjimonini shijoatlantiradi. Ushbu toʻrt mahram risola Karomati Alaviya va Gʻavsiyaga oid toʻrt risola inshaalloh vaqti kelib sizga joʻnatiladi. Mahkama ekspertlar guruhi ularga e'tiroz bildira olmagan. Faqat "Bu yozilmasligi kerak edi", deb kichik tanqid qilishgan. Men ularga javob berdim, ular jim boʻlishdi. Zotan Uvaysiy suratda toʻgʻridan toʻgʻri Gʻavsi A'zamdan (Q.S.) haqiqat darsini va Zaynulobidiyn (R.A.) va Hasan, Husayn (R.A.) vositasida Imomi Alidan (R.A.) olgan edim. Shuning uchun xizmat qilgan doiraimiz ularning doirasidir.

— 68 —

Janobi Haqqa hadsiz shukrlar boʻlsinki, duoingizning himmati bilan oʻn besh kundan koʻproq qattiq harorat bilan tahlikali va zaharli xhastalikning, ikki kun boʻldi, tahlikasi oʻtdi. Xastalik vaqtida bir soat ibodat bir kun oʻrnida boʻlgani uchun, bu xastalik inshaalloh qila olmagan koʻp xayrlarning oʻrnini toʻldirdi va koʻp kamchiliklarimga kafforot boʻldi. Lekin zaiflik va xastalik davom etyapti.

Latif va ma'nodor bir muvofiqlik - kechagi kun ma'sumlarning majmuasi qoʻlimga tushdi, ochdim. Majmua boshida, ma'sumlarning bir qoʻmondoni oʻrnida va Madrsa-i Nuriyaning qahramonlaridan Duradgor Ahmadning oʻta ziynatli, naqshli va diqqatli yozgan "Kichik Soʻzlar"ini boshiga qoʻyilganini koʻrdim. Mashaalloh Duradgor Ahmad dedim, ma'sumlarning serjanti boʻlibdi. Oʻsha kuni bir maktubi qoʻlimga tushdi, ochdim. Duradgor Ahmadning biz joʻnatgan maktublarini doʻstlarga tunda oʻqiyotgan paytimda, maktub boshiga ikki chigirtka kelib, bitirgunimcha tinglaganlarini koʻrdim. Bir necha kun avval maktubni yozayotganimizda ikki kabutar, maqbuliyatini va xushxabarchi chumchuq va musichalarning xushxabarlarini tasdiq etishdi. Shuning kabi Duradgorning ikki chigirtkasi, kabutarlari va xushxabarchi kuchlarini tasdiqlab biz ham Risola-i Nurni taniymiz deya, hol tillari ifoda qilyapti deya latif va ma'nodor muvofiqlik boʻldi.

Bu munosabat bilan, u majmua ichida muborak qahramonlardan Kichik Alining jiyani ma'sum va kichik bir Abdurrahmon boʻlgan Hofiz Ahmad yozgan "Sakkizinchi Shu'la"sining Sakkizinchi Ramzidan bir sahifa avvalgi bir fikra e'tiborimni tortdi. Bir-ikki oydan beri sizga Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir yozilgan maktublarida shaxsimning sharaf hissasi va hunari emasligini, u faqat bir Ilohiy ikrom ekaniga doir yozilgan qismni ushbu fikraga aloqasi borligini koʻrdim, sizga joʻnatyapman. Ularga munosib yerda yetkazarsiz. U fikra "Jaljalutiya"ning Risola-i Nurga bergan favqulotda ahamiyatining bir ziyosi, hunari emasligiga doirdir. Ularga aytgan edim:

— 69 —

Men e'tirof etamanki: Bunday maqbul asarga sazovor boʻlish, hech bir jihatdan u maqomga layoqatim yoʻq. Lekin kichik, ahamiyatsiz bir urugʻdan katta togʻdek daraxtni yaratish, Ilohiy qudratning sha'nidandir, adolatidir va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni maqtashdan maqsadim, Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini tasdiqlash, isbot qilish va nashr qilishdir. Meni oʻzimga yaxshi koʻrdirmagan, nafsimning ayblari va kamchiliklarimni menga koʻrsatgan va nafsi ammorani boshqalarga yaxshi koʻrdirish istagini qoldirmagan Xoliqi Rahimimga cheksiz shukr boʻlsin.

Ha, qabr eshigida kutayotga bir kishi, orqasidagi foniy dunyoga riyo bilan qarashi, achinarli ahmoqlik boʻlib, dahshatli yoʻqotish hisoblanadi. Janobi Haq meni bunday yoʻqotishlardan muhofaza aylasin, omin!

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini iltimos qilamiz.

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Sizning muborak Ramazoningizni, Laylatu-l Qadringizni va bayramingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz va qutlaymiz. Janobi Arhamur Rohimiyn bunga oʻxshagan koʻp bayramlarga sizlarni musharraf aylasin, omin!

Ushbu Ramazoni Sharifda zaharlanish natijasida koʻp qiynalgan va iztirob chekkan boʻlsamda Janobi Haqqa cheksiz shukr boʻlsinki, sabr va matonat ehson ayladi. Xastalikning ahamiyatli savobi esa iztirobning tushirgan gʻaflat nuqtalarini yoʻqqa chiqardi. Duolaringiz barakoti bilan bu safar ham zahardan toʻliq qutuldim. Lekin qolgan zaiflik va zarbasi ora-ora qiynayapti.

Sizga yozgan edimki: "Hizbi Nuriya" Risola-i Nurning va "Oyatu-l Kubro"ning bir xulosasi boʻlgani kabi, oʻn daqiqada "Hizbi Nuriya"ning bir xulosasi ushbu Ramazoni Sharifning fayzidan va Ramazonda ta'lif etilgan va yangi tarqalgan Ramazoniya Risolasi boʻlgan "Oyatu-l Kubro"ning ottiz uch martaba-i vujud va tavhid, ottiz uch kulliy lisonlar bilan yuzaga chiqqanidek, ruh, xayol va qalb u nuqtadan shunday bir kenglik va inkishof etdiki har bir martabaning "La Ilaha Illalloh" degan shahodatini aytgan vaqtim kulliy tillar meniki boʻlgandek azamatli bir tavhidni his qildim. "Oyatu-l Kubro" quyosh kabi iymon nurlarini ruhlarga talqin qilishiga shak-shubhasiz qanoat qildim, koʻrdim va Imom Alining (R.A.) unga bergan ahamiyatining sirrini bildim.

— 70 —

Bu safar Isparta umum shogirdlarining hissiyoti bilan Risola-i Nur qahramoni Xusravning yozgan maktubi, haqqim boʻlmasada menga koʻp hissa bergan. Lekin Isparta va uning atrofidagi qahramon shogirdlarining tom aloqalari darajasini va Risola-i Nurning toʻliq qiymatini koʻrsatgani uchun va maktublarning ichida va "Ilova"ga, siz munosibroq deb bilgan maqomlarda yozishga loyiq. Sizga yangi harflar bilan yozilgan bir nusxasi joʻnatilyapti. Men juda aloqador boʻlgan Kastamonu va u yerdagi ahamiyatli qardoshlarim, Isparta shogirdlari bilan aloqa vositalari - Mustafa Usmon, haqiqatdan qisqa vaqtda juda ahamiyatli ishni qilgani uchun, birinchi safdagi xoslar ichiga kirishga haq qozongan. Demak ixlosi tom ekanki, qisqa paytda uzun vaqtda qilinadigan ishni qildi. Janobi Haq u atrofda unga oʻxshaganlarni koʻpaytirsin va salomat bersin, omin.

Umum qardoshlarimga va singillarimga bir-bir salom aytaman, tabriklayman va duo qilaman.

Said Nursiy

[Oʻta ahamiyatli ikki masalani sizga (zakovatingizga ishonib) Risola-i Nurda birlashgan qismlari boʻlgani uchun, oʻta muxtasar qilib gapiraman.]

Birinchisi: Risola-i Nurning haqiqiy va haqiqatli shogirdi boʻlgan va Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning kotibi bu safargi maktubida haddimdan ming daraja ortiq husni zoniga tayanib bir haqiqatni soʻrayapti. Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining oʻta muhim va muqaddas vazifasini, nubuvvat xilofatining ham oʻta ulugʻ vazifalaridan birini mening oddiy shaxsimda, ustozida bir jilvasini koʻrgani uchun, menga ma'naviy xilofatga sazovor degan nazarda qarashni xohlayapti.

Avvalo: Boqiy haqiqat foniy shaxsiyatlar ustiga bino etilmaydi. Qurilsa, haqiqatga zulm boʻladi. Har tomondan mukammal va davom etayotgan vazifa obroʻsi toʻkiladigan va toʻktirilishi mumkin boʻlgan shaxsiyatlarga bogʻlanmaydi. Bogʻlansa, vazifaga muhim zarar boʻladi.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning yuzaga chiqishi faqat tarjimonining fikri bilan yoki uning ma'naviy ehtiyoji yili bilan Qur'ondan kelgan, faqat tarjimonining iste'dodiga tegishli fayzlar emas, balki tarjimonning tinglovchilari va Qur'on darsidagi doʻstlari boʻlgan xolis, metin va sodiq kishilarning fayz olishni ruhan xohlashlari, qabul qilib, tasdiqlab, hayotga tatbiq qilishlari kabi koʻp jihatlar bilan, Nurlarning chiqishiga tarjimonining iste'dodidan koʻproq sabab boʻlishgani kabi, ular Risola-i Nurning va shogirdlarining maʻnaviy shaxsining haqiqatini tashkil qiladilar. Tarjimonining ham ularning uchida hissasi bor. Agar ixlossizlik bilan buzilmasa, oldinga oʻtish shrafi boʻlishi mumkin.

— 71 —

Uchinchidan: Bu davr - jamoat davridir. Yakka shaxslarning dahosi, qanchalik gʻaroyib boʻlsada, jamoatning ma'naviy shaxsi dahosiga magʻlub boʻlishi mumkin. Shu sabab, muborak qardoshimning yozganidek, Islom olamini bir jihatda nurlantiradigan va muqaddas bir dahoning nurlari hisoblangan iymon vazifasi, bechora, zaif, magʻlub, sanoqsiz dushmanga ega, xiyonat va haqorat qilinib obroʻsizlantirishga urinayotgan qaysar dushmanlari boʻlgan shaxsga yuklanmaydi. Yuklansa, qusurli shaxs xiyonat zarbalari bilan dushmanlari tomonidan da'vosidan qaytarilsa, u yuk tushib, yoʻq boʻladi.

Toʻrtinchidan: Eski vaqtlarda koʻp kishilar ustozini, murshidini, muallimini yoki raisini shaxsiyati qiymatidan koʻra haddan ortiq husni zon qilishlari, uning darsi va irshodidan istifoda qilishga vasila boʻlgani uchun, koʻp husni zonlar bir daraja qabul qilingan, hayotga zid deb tanqib qilinmas edi.

Lekin hozir Risola-i Nur oʻz shogirdlariga loyiq ustozga muvofiq ulugʻ martaba va fazilatni, ushbu bechora, qusurli shaxsimda qabul qilishgani sababli gʻayrat va shavq bilan ishlashlari bu nuqtada haddimdan koʻra koʻproq husni zonlari qabul qilinishi mumkin. Lekin qoʻlimda Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyatiga tegishli mulk turibdi deb bilish kerak. Boshqa zindiqlar, zalolatdagilar, siyosatdagilar, gʻaflatdagilar, hatto qalbi sof ahli diyonat shaxsga koʻp ahamiyat berishgani uchun, hoqqi yoʻq kimsalar u shaxsni obroʻsini toʻkib haqiqatlarga zarba urish va Nurlarga, meningdek bir bechorani ma'dan deb oʻylab butun kuchi bilan obroʻsizlantirib, nurlarni soʻndirishga va sof qalblarni ham ishontirishga urinishyapti. Jumladan, Ikkinchi masaladagi bir hodisa ushbu haqiqatni koʻrsatadi.

Ikkinchi masala: Bayramning ikkinchi kuni, tanaffus uchun qirlarga chiqqan vaqtim, ahamiyatli bir mansabdor tomonidan besh tomonlama qonunsiz hujumga uchradim. Janobi Haq rahmat va karami bilan yelkamga, boshimga yuklangan Risola-i Nur juz'larini, ruhim va qalbimga yuklangan shogirdlarining hurmat, izzat va tinchligini buzmaslik uchun, favqulotda matonat va sabr ehson ayladi. Yoʻqsa reja asosida, meni gʻazablantirib Risola-i Nurning, xususan "Oyatu-l Kubro"ning futuhotiga qarshi parda tortishni maqsad qilishgan ekan. Diqqat, umuman xafa boʻlmang, oʻzingizni yoʻqotmang, menga esa achinmang. Shak-shubhasiz Ilohiy inoyat parda ostida bizni muhofaza qilyapti.

— 72 —
﴿ عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ﴾

oyatiga sazovor etsin.

Ularning rejasi yana qisir qoldi. Lekin bu viloyatda toʻgʻridan-toʻgʻri buyuk bir mansabdan kuch olib shaxsiyatim bilan oʻralashganlar bor. Mumkin boʻlsa, bu yerning havosiga oʻrgana olmaganim uchun, munosibroq joyga joʻnatishlarini soʻrab Dengizli mahkamasi va Anqara Oliy Sudiga murojaat qilish kerak boʻlyapti. Oʻzim qila olmaganim uchun, ishini mengan yaxshi bilgan Dengizlidagi doʻstlar qilishishsa yaxshi boʻlar edi. Hech boʻlmaganda bir bahona bilan u yerning qamoqxonasiga qamashsin.

Said Nursiy

Aziz, siddiq, juda muborak, juda faol, oʻta xolis, oʻta qiymatli qardoshim Xusrav!

Bayramning ikkinchi kuni qoʻlimga kelgan maktubingni bir musicha oʻsha kuni xabar bergandek kelishi, meni qattiq xafa qilgan hujumlarning azobiga, qiyinchiliklarimga malham, darmon oʻrniga oʻtdi. Va qalbimga "Senga xiyonat qilgan ahamiyatsiz odamlarga qarshi Gul va Nur fabrikasi qahramonlarining gʻayri tabiiy hurmat va ehtiromlari bor ekan, bunday bir ikki vijdonsizlarning haqoratiga emas, millionlarcha dushmanlarning xiyonatiga qarshi tura oladi va harakatini yoʻqqa chiqaradi." degan ma'no keldi. Lekin oʻz shaxsimga qarasam qurigan, bitgan, vazifasi bitgan bir xurmo urugʻiga oʻxshar ekan, Risola-i Nur bogʻida bir daraja oʻsha urugʻdan chiqqan mevali, muhtasham katta daraxt nazari bilan qaraganini koʻrdim. Sizning favqulotda husni zoningiz mazkur daraxtdan chiqqanini va urugʻning ham bir jihatda vasila boʻlgani uchun husni zonga sazovor boʻlganini koʻrdim.

Maktubning birinchi sahifasi chiroyli chiqqan, men ham ishtirok etaman. Ikkinchi sahifaning bir necha joyiga qalamni aralashtirdim, toʻgʻriladim. Jumladan: Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning olti oylik xalifaligi bilan birga Risola-i Nurning "Javshanul Kabir"dan va "Jaljalutiya"dan olgan kuch va fayzi bilan xalifalikning eng ahamiyatlisi boʻlgan iymon haqiqatlari nashri nuqtasida Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning qisqa muddatini uzun vaqtga aylantirib tom beshinchi xalifa nazari bilan qaraymiz.

— 73 —

Chunki haqiqiy adolat bilan bu asrda insonlarni baxtli qiladigan iste'dodda boʻlgan, Risola-i Nurdir. Uning ma'naviy shaxsi Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning muovini, toʻldiruvchisi, ma'naviy farzandi hukmidadir, deb maktubingni toʻgʻriladim. Bunga oʻxshagan senga vakolat bilan bir-ikki joyiga qalam aralashtirdim. Lekin oʻsha kuni mahkama kitoblarim ichida menga berilgan maktublarning qoralamalari va ularning ustida yashil qalam bilan qoʻyishgan ishoratlariga qaraganda qattiq ahamiyat berishgan va qoralamalar ichida ushbu sizga yozgan nuqsonli boʻlakchani koʻrdim. Fasubhanalloh dedim. Maktubingga menga javob bering degan ma'noni tushundim.

Balki ushbu boʻlakcha "Ilova"ga kirgan, sizga ham bir nusxasini yozyapman. Boʻlakcha shuki:

"Mening kamchiligi koʻp shaxsimga husni zon bilan bergan maqomlaringiz jihatidan emas, balki vazifaga, xizmatga tegishli tomondan qarashingiz kerak. Parda ochilsa, mening boshdan oyoq kamchilikka toʻla mohiyatim, mendan qochishga vasila boʻladi. Sizni qardoshligimdan qochirmaslik, pushaymon qilmaslik uchun aloqangizni shaxsiyatimga haddimdan juda ortiq tasavvur qilgan maqomlarga bogʻlamang. Men sizga nisbatan qardoshman, murshidlik qilish mening haddim emas. Ustoz ham emasman, balki dars oʻtogʻingizman. Men sizning kamchiliklarimga qarshi shafqat bilan duo qilishingiz va himmatingizga muhtojman. Mendan himmat kutishingiz emas, menga himmat qilishingizga haqliman. Janobi Haq ehson va karami bilan sizga oʻta muqaddas va oʻta ahamiyatli va har bir iymon ahliga manfaatli xizmatda ish taqsimi qoidasi bilan ishtirok etyapsiz. Birdamligingizdan hosil boʻlgan bir ma'naviy shaxsiyatning favqulotda ahamiyat va qiymati va ustozligi va irshodi bizga kifoyadir.

Modomiki bu davrda

iymon xizmati hamma narsadan ustun muqaddas vazifa ekan,

son esa sifatga nisbatan ahamiyati oz ekan,

vaqtinchalik va oʻzgaruvchan siyosat doiralari, abadiy, doimiy, sobit iymon xizmatiga qiyoslanib boʻlmaydigan nisbatda ahamiyatsiz ekan,

Risola-i Nur doirasida bizga baxsh etgan fayzli maqomlarga qanoat qilishimiz kerak. Mening haddimdan ortiq favqulotda husni zon bilan boʻrttirib oliy maqomga qoʻyish oʻrniga, favqulotda sadoqat va sabot, haddan ortiq aloqa va ixlos lozim. Bu masalalarda taraqqiy etishimiz kerak." Haqiqatdan ushbu masalalarda taraqqiy etgansiz. (Bitti)

— 74 —

Aziz, siddiq, metin, muxlis qardoshlarim!

Ham moddiy, ham ma'naviy, ham nafsim, ham men bilan muomala qilganlar oʻta ahamiyatli savol berishyapti: "Nima uchun hammaga qarshi (hech kim qilmagan) sizga yordam bermoqchi boʻlgan juda ahamiyatli kishilarga qaramayapsiz? Behojatligingizni bildiryapsiz? Hamma kutgan, tolib boʻlgan va Risola-i Nurning tarqalishiga, futuhotiga koʻp xizmat qilishlariga Risola-i Nur shogirdlarining xoslari ittifoq qilgan va sizdan qabul qilgan buyuk darajalarni qabul qilmayapsiz? Qattiq chekinyapsiz?

Javob: Umum iymon ahlining ming yildan beri yigʻilgan zalolat fikridagilarning hujumiga qarshi xalqning iymonini muhofaza qilinsihi uchun bu davrda iymon ahli- koinotda hech narsaga vosita, tobe va zina boʻlmaydigan, hech qanday gʻaraz va maqsad kir qila olmaydigan va hech qanday shubha, falsafa magʻlub qila olmaydigan tarzda iymon haqiqatlarini dars beradigan haqiqatga muhtojlar.

Shuning uchun, Risola-i Nur avom iymon ahli nazarida, dunyoviy hayotning ba'zi maqsadlariga vosita boʻlmasligi va toʻgʻridan toʻgʻri boqiy hayotdan boshqa nech narsaga vosita boʻlmagani favqulotda kuchi va haqiqati, hujum qilgan shubha va ikkilanishlarni yoʻq qilishi uchun ichki va tashqi yordam beruvchilarga va ahamiyatli kishilarga, ahamiyat bermaydi, ularni izlab tobe boʻlmaydi.

"Ammo ma'naviy, maqbul, zararsiz, butun iymon va haqiqat ahli istagan nuroniy maqomlar va uxroviy rutbalardan xolis qardoshlarimizning husni zon bilan berilgan va ixlosingizga zarar keltirmay, qabul etsangiz rad qilinmaydigan darajadagi hujjatlar boʻlsada, tavozu va mahviyat bilan, balki shiddat va gʻazab bilan sizga maqom bergan qardoshlaringizning hurmatini qadrlamay u rutbalar va maqomlardan qochyapsiz?"

Javob: Hamiyatli bir kishi doʻstlarining hayotini qutqarish uchun oʻzini fido qilgani kabi, iymon ahlining abadiy hayotlarini tahlikali dushmanlardan muhofaza qilish uchun, kerak boʻlsa (hozir juda kerak) bir oʻzim loyiq boʻlmagan maqomlarni, balki haqiqiy abadiy hayotning maqomlarini ham fido qilishga, Risola-i Nurdan olgan shafqat darsidan tark etaman. Ha, har doim, xususan bu davrda va alalxusus falsafianing gʻalabasi vaqtida, "men"lik va xudbinlikning hayajonga kelgan asrida, buyuk maqomlar hamma narsani oʻziga tobe va vosita qiladi. Ma'naviy maqomlar boʻlsa yanada koʻproq vosita qilishadi. Umumning nazarida oʻzini muhofaza qilish va u maqomlarga oʻzini loyiq deb bilish uchun ba'zi muqaddas xizmatlarini va haqiqatlarni vosita va vasila qilyapti degan tuhmatga qolib, nashr qilgan haqiqatlari ham ikkilanishlar bilan rivojlana olmaydi. Shaxsga, maqomga bir foydasi boʻlsa, rivojlanmagani uchun umumga zarari ming boʻladi.

— 75 —

Xulosa: Ixlos haqiqati meni - shonu sharafga, moddiy-ma'naviy rutbalarga vasila boʻladigan narsalardan man qiladi. Aksi esa Nur xizmatiga katta zarar keladi, son sifatga nisbatan ahamiyatsiz boʻlgani uchun, xolis xodim sifatida ixlos haqiqati bilan, hamma narsaning ustida iymon haqiqatlarini oʻn kishiga dars berishni buyuk qutblik bilan ming odamni irshod qilishdan ahamiyatliroq deb bilaman. Chunki oʻn kishi haqiqatlarni hamma narsaning ustida deb bilishgani uchun sabot qilib, urugʻlar oʻrnida boʻlgan qalblari, daraxt boʻla oladi. Lekin u ming odam dunyodan va falsafadan kelgan shubhalar va vasvasalar bilan, qutbning darslarini xususiy maqomidan va xususiy hissiyotidan kelib chiqqan degan nazarda qarab, magʻlub boʻlib tarqalib ketishlari mumkin. Bu ma'no uchun maqomlar oʻrniga xizmatkorlikni tanlayman.

Hatto bu safar meni besh tomondan qonunsiz shaklda, bayram vaqti, dushmanlrimning rejasi bilan menga xiyonat qilgan ma'lum odamga hozircha bir balo kelmasin deb xavotirlandim. Chunki masala boʻrttirilgani uchun toʻgʻridan toʻgʻri avom kishilar menga maqom berib gʻaroyib karomat hisoblaydilar deb, "Ya Robbi, bu kimsani isloh qil yoki jazosini ber. Lekin karomatli tartibda boʻlmasin", duo qildim. Munosabati keldi, bir narsani bayon qilaman:

Bu safar menga mahkamadan qaytarib berilgan talabalarning maktublari ichida ustida koʻp izmolar boʻlgan bir maktubga koʻzim tushdi. Balki "Ilova"ga kirgandir. Risola-i Nur shogirdlarining tirikchilik jihatidan barakotiga va ba'zilarining ta'zir yeyishlariga doir edi. Bu yerda aynan Kastamonuda ta'zir yeganlar kabi bu yerda besh kishi ta'zir yeganiga shubha qolmadi.

{(*) Ha biz koʻzimiz bilan koʻrdik, umuman shubhamiz qolmadi.

Bu yerning talabali nomidan Jaylon, Ibrohim}

Risola-i Nur kotibi, "Nega doʻstlarning kamchiligiga ta'zir keladi. Hujum qilgan dushmanlarga bunday boʻlmaydi?" deb soʻradi.

— 76 —

Javob: Xodim boʻlmagan yoki xususiy, shaxsiy hurmati bilan xiyonat qilgan kimsa xususiy ta'zir yeydi. Bunday holatlar koʻp. Toʻliq sadoqatlilarga tirikchiligidagi barakot va qalbidagi xotirjamlik jihatidan ikromlarga sazovor boʻlgan kishilar ham juda koʻp. Agar xodim boʻlsa qonun nomidan qonunsiz xiyonat qilgan, hujum qilgan kimsa yurtga, bechora aholiga umumiy ta'zir kelishiga vasila boʻladi. Yo zilzila, yo yomgʻir yogʻmasligi, yo kasallik yoki dovul kabi ymumiy balolar kelishiga sabab boʻladi. Oʻzi zohiran xususiy ta'zir yemagandek koʻrinishi mumkin.

Lekin agar dinsizlik hisobiga, iymoniy xizmatimizga hujum qilganlar boʻlsa

اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ

qoidasiga binoan, unday kimsalarning kufr darajasiga kelgan zulmlari (buyuk boʻlgani uchun) oxiratga kechiktiriladi. Aksariyat kichik zulmlar kabi jazosi dunyoda berilmaydi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy