Emirdoğ Lahikasi
— 76 —
ANQARADAGI ICHKI ISHLAR MUDIRIGA!

[Yigirma yildan beri gʻayri rasmiy holda, ham yakka qamoq, ham odamlardan ajratib qoʻyilib, sababsiz vahimalar sababli tengi yoʻq tazyiq koʻrgan boʻlsamda, sukut qilgan bechora bilan rasmiy emas, haqiqiy va jiddiy gaplashishni xohlasangiz, siz bilan bir oz gaplashaman.]

Avvalo: Ikki yilda ikki mahkama yigirma yillik asarlarimni, maktublarimni tadqiq qilgandan keyin, boshqaruv va ososyishtalikka qarshi hech qanday dalil topilmagani va topa olishmaganiga dalil shuki: barcha mahram va gʻayri mahram kitoblarimni oqlanishim bilan birga qaytarib berishlari inkor qilib boʻlmas hujjatdir, tasdiqdir.

Yigirma yildan avvalgi hayotim, bu vatan va millat foydasiga fidokorlik bilan sarf etilganiga dalil shuki, eski harbi umumiyda koʻngilli boʻlinma qoʻmondoni sifatida boshqoʻmondonning maqtovi ostidagi xizmatlarim bilan va milliy harakatda favqulotda xizmatimni Anqaradagi hukumat raislari taqdirlab, Oliy Majlis meni u yerda koʻrishganida olqishlashlaridir.

— 77 —

Demak menga yigirma yil berilgan azob, batamom qonunsiz va oʻzboshimcha muomaladir. Yigirma yil qirq bayramimni yakka holda, yolgʻiz oʻtkazdim. Endi yetar! Qabr eshigi qarshisidaman, meni dunyoga qaratmang.

Osoyishtalik raisi boʻlganingiz uchun mening xizmatimga tarafdor boʻlishingiz kerak. Chunki mahkamalar xulosasiga koʻra Risola-i Nurning darslari, dunyoga qaragan vaqti bor kuchi bilan osoyishtalik tamallarini muhofaza qilish, tinchlikni asrash va buzgʻinchilik va qoʻzgʻolonlarning oldini olish boʻlganini uch viloyat zobitlik shoʻbalari tushungani muqaddas va ma'naviy askariy politsiya komisarlari oʻrnida ekaniga dalildir.

Soʻnggi kunlarda mansabdorlar aholini men bilan koʻrishishdan qattiq qoʻrqitganlari uchun men haqqimda haddimdan ortiq va loyiq boʻlmagan insonlar e'tiborini ketkazishga urinishganini tushundim. Sizga buni qat'iyyan bayon qilaman va qardoshlarimga yozgan mahram maktublarimda omma e'tiborini qat'iyyan (tutgan yoʻlimiz va ixlosimizga zid boʻlgani uchun) shaxsimga qabul qilmayman va rad qilaman. U xususda juda xos qardoshlarimning ham hurmatini ketkazganman. Faqat Qur'oni Hakimning haqiqatini mislsiz suratda tafsir qilgan Risola-i Nurning qiymatini koʻrsatgan eski zotlarning gʻaybiy xabarlarini qabul qilib yozgan edim. Oʻzim oddiy xizmatkor ekanimni isbotlagan edim. Omma e'tiborini qabul qildim ham deyaylik, bu osoyishtalik foydasiga xizmat qiladigan va sizning kabi tinchlik xodimlariga foydasi tegadi.

Modomiki oʻlim oʻldirilmas ekan, u hayotdan koʻra koʻproq ahamiyatli masala ekan, toʻqson foizi hayotning salomatligiga harakat qilishayotgan ekan, biz Risola-i Nur shogirdlari hammaning boshiga aniq keladigan oʻlimning dahshatli hujumiga qarshi mujodala qilyapmiz. Hadsiz shukr boʻlsinki, hozirgacha oʻlimning abadiy oʻldirilishini Risola-i Nur yuz minglab odamga xizmatdan boʻshash ruxsatnomasiga aylantirganiga yuz minglab guvohlar koʻrsata olamiz. Ushbu haqiqat nuqtasini siz kabi vatanparvar, millatparvarlarning bizni tashviq bilan olqishlashi kerak ekan, vahimalar bilan tuhmat qilib bosimlar bilan qoʻrqitish insof va hamiyatdan qanchalik uzoqligini insofingizga havola qilaman.

Gʻayri rasmiy ajratib qoʻyilgan va yakka qamoqdagi
Said Nursiy