Emirdoğ Lahikasi
— 187 —
Ustozning ziyoratchilarga doir maktubi

Umum doʻstlarimga, xususan ziyoratchilarga doir bir istagimni bayon qilishga majbur boʻldim:

Aksar hayotim yakka holda oʻtgani kabi, oʻttiz-qirq yildan beri bosim va hujumlarga uchraganim uchun, zarurat boʻlmasa suhbatlashishdan chekinib qochaman. Eskidan beri moddiy-ma'naviy hadyalar menga ogʻir kelar edi. Hozir ziyoratchilar, doʻstlar koʻpaygan, bunga ma'naviy evaz kerak. Hozir moddiy luqma hadyasi meni xasta etganidek, ma'naviy hadya boʻlgan ziyorat qilish, koʻrishish, xususan boshqa joylardan qoʻl olish uchun zahmat chekib kelish ziyorati ham ahamiyatli ma'naviy hadyadir.

Unga javob bera olmayman. Hamda arzon emas, ma'nan qimmat. Men oʻzimni u hurmatga loyiq deb bilmayman. Ma'nan javob ham bera olmayman. Shuning uchun hozircha aynan moddiy hadya kabi bir ehson sifatida menga ma'naviy hadya boʻlgan suhbatdan zarurat boʻlmay man etildim. Ba'zan meni xasta qiladi. Moddiy hadyaning evazini toʻliq bermagan vaqtim meni xasta qilganidek. Shuning uchun koʻnglingiz ogʻrimasin, jahlingiz chiqmasin.

Risola-i Nurni oʻqish men bilan koʻrishishdan oʻn marta foydaliroq. Zotan men bilan koʻrishish; oxirat, iymon, Qur'on hisobigadir. Dunyo bilan aloqamni uzganim uchun, menga ehtiyoj qoldirmagan. Xususan "Hayot Yoʻli"dagi maktublar. Hatto xizmatimdagi xos qardoshlarimga ham zarurat boʻlmasa, koʻrisha olmayman. Faqat ba'zan Risola-i Nurning futuhotiga va nashriyotiga oid ba'zilar uchun koʻrishishni istasam, oʻshanda koʻrishish joiz boʻladi va menga qiyinchilik tugʻdirmaydi.

— 188 —

Bu masalani bilmagan ziyoratga kelganlarga xabar beramanki, bir necha yildan beri gazetalarda e'lon qilganmanki, men bilan koʻrishishni istaganlar, xususan uzoq joydan kelib koʻrishmay ketganlarni, xususiy duolarimga dohil qilaman. Har tong duo qilaman. Shuning uchun ranjimasinlar.

Said Nursiy

Juda muhtaram qardoshimiz Solih,

Ustozimiz sizga va ikki haqiqiy deputatlarga koʻp salom aytib duo qiladilar. Sizga va ularga "Ming barakalloh" deyaptilar.

Ustozimiz aytyaptilarki:

"Urfa tomonda Nurlarga nisbatan kuchli qoʻllar sohib boʻlishini koʻp vaqt avval kutayotgan edim. Chunki u yer ham Onadoʻlining, ham Arabistonning, ham Qurdistonning bir nav markazi hukmidadir. Nurlar u yerda joylashsa, uch mamlakatga tarqalishiga vasila boʻladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, Sayyid Solih kabi yoshlarning bir qahramoni va u atrofning ikki juda qiymatli, hamiyatli va dindor deputati Nurlarni yelkasiga olishni boshladi.

Men ham oʻz pulimga olgan va zaharlanganim uchun juda bezovta boʻlib tahrir qilgan oʻzimning bir qancha majmualarimni ularga joʻnatyapman. Koʻp joylardan va juda muhim kishilar tomonidan istashganiga qaramay men Urfani hamma joydan ustun qoʻyaman. Inshaalloh ularga yana bir qancha joʻnataman.

Sayyid Solih va gʻuruli deputatlar u yerda inshaalloh Qur'on va iymonga toʻliq xizmat qiladigan va u yerni Ispartadagi Madrasatu-z Zahro va Misrdagi Jome'u-l Azharning kichik namunasiga aylantirishga sabab boʻlishga va Shom va Bagʻdoddagi Islom madrasasining namunasini ochishga yoʻl berishlarini rahmati Ilohiyadan umid qilyapmiz.

Modomiki Risola-i Nurning yoʻli hillat-samimiy va jonu koʻngildan boʻlgan doʻstlik ekan, Urfa esa Ibrohim Halilullohning manzilidir, inshaalloh hillat-i Ibrohimiya porlaydi. Bu dahshatli zaharlanish kasalligimdan qutulish ehtimolim kuchli. Keladigan qishda borishni jiddan istayman."

Ustozimizning soʻzlari bitti. Biz ham takroran salom va hurmatlarimizni bildiramiz.

Risola-i Nur xizmatidagi qardoshingiz
Ziyo va Mahmud
— 189 —

Butun Urfa xalqiga, bola-chaqa va qabrda yotganlarga har tong duo qilaman. Va butun Urfaliklarga salom aytaman. Urfa toshi, tuprogʻi bilan muborakdir. Men juda xastaman. Ular ham menga duo qilishsin.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Islom olamida Laylatu-l Qadr deb taxmin qilingan bu Ramazoni Sharifning yigirma yettinchi kechasida bir jihatdan zaharlanish bilan qattiq me'da xastaligi ichida asablarim, vijdon va qalbimni bosib olgan boshqa dahshatli xastalik his qildim. Bu ikki dahshatli moddiy va ma'naviy xastalik ichida shafqat hissi bilan butun hayotdorlarnng azoblari esimga keldi.

Xastaligimdan ham koʻproq azobli ruhiy holatni his qildim. Bu bilan birga sakson yildan oshgan umrimning oxirida sakson yil ma'naviy ibodatni qozontirgan eng soʻnggi Laylatu-l Qadrga loyiq xizmat qila olmayman deb sobiq ikki dahshatli xastalikdan ham qattiqroq hazin bir mas'uliyat ichida asabga kelgan va nafs-i ammoraning vazifasini bajargan azobli bir his meni ezayotgan paytda Oyat-i Hasbiyaning bir sirri yordamga keldi. Bu uch xastalikni ketkazib Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, umid qilinmagan tarzda chidadim. Uch xastaligimga quyidagi malham surildi:

Moddiy ("Xastalar Risolasi"da isbotlanganidek) bir soat xastalik, sabr va tavakkal qilgan kishilarga hech boʻlmasa oʻn soat ibodat va Laylatu-l Qadrda esa yanada koʻproq ibodat oʻrniga oʻtgani kabi, mening ham Laylatu-l Qadrdagi xastaligim, iqtidorsizligim bilan qila olmagan Laylatu-l Qadrdagi xizmat oʻrniga oʻtib, toʻliq shifo bergan malham boʻldi.

— 190 —

Butun hayotdorlarning xastalik va azoblaridan shafqat sirri bilan menga kelgan azob beradigan xastalikni birdan rahimiyat-i Ilohiyaning tajalliyi bilan maxluqlarni yaratganning shafqat va rahimiyati va rahmati toʻliq kifoya qilgani uchun azoblarni rahmat-i Ilohiyadan ham koʻproq shafqatni surish ma'nosiz va haqsiz boʻlgani uchun, shafqatdan kelgan azobni ma'naviy sevinch va lazzatga aylantirdi. Faqat malham emas, balki shifo ham berdi. Umrimning oxirida eng koʻp qiymatdor ma'naviy xazinani yoʻqotishdagi ma'naviy azobga qarshi Nurning xos shogirdlarining har biri ma'naviy shirkat sirri bilan umum nomiga ham duo bilan va amal-i solih bilan ishlagani uchun, ham "Al Hujjatu-z Zahro"da, ham "Nur Kaliti"da ozihlangan tashahhud va Fotihada butun mavjudot va hayotdorlar jamoatining duolariga va tavhiddagi da'volariga ishtirok etish surati bilan, xususan tuproq, havo, suv va nur unsurlari bir-bir til boʻlishga tuproqdan chiqqan butun hayot hadyalari va suvdan muborak va tabarruk narsalar va havodan shukr va ibodatning tamassullari va Nur unsuridan moddiy va ma'naviy yaxshiliklar, goʻzallilar tarzida, tashahhudda va Fotihada koinotdagi butun ne'matlardan kelgan shukrlar, hamdlar va butun maxluqotning, xususan hayotdorlarning kulliy idobatlari va butun tayanchlari va toʻgʻri yoʻldagi butun ahl-i haqiqatga va ahl-i iymonning yoʻlidan ketayotganlarga ma'naviy doʻstlik qilib ularning duolariga va da'volariga tasdiq suratida ominlar bilan ishtirok etib, omin deb hissador boʻlishning kulliy siri oʻsha kecha menga yordamga keldi. Oʻta xasta, zaif, xafa holda kichik ishni qila olmaganim uchun ma'naviy azob, xastaligimga shunday darmon boʻldiki, men haqiqatdan eng sogʻlom holatimda va yoshligimda, eng zavqli va lazzatli virdlarimda topa olmagan ma'naviy sevinchni his qildim. Va hadsiz shukr qilib dahshatli xastaligimga rozi boʻldim. "Alhamdulillahi bi'adadi ashiroti daqoiqi shahri Ramazon fi kulli zaman", dedim.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 191 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz aytadilar:

"Men bilan koʻrishishni istagan aziz qardoshlarimga bayon qilamanki: Insonlar bilan koʻrishishga zarurat boʻlmasa koʻtara olmaganim uchun, yana zaharlanishdan, zaiflikdan, keksalik va xasta boʻlganim uchun koʻp gapira olmayman. Buning oʻrniga sizga qat'iyyan xabar beramanki: Risola-i Nurning har bir kitobi bir Saiddir. Siz qaysi kitobga qarasangiz men bilan yuzma-yuz gaplashishdan oʻn marta koʻproq foydalanasiz. Men bilan haqiqiy gaplashgan boʻlasiz. Men shunga qaror qilganmanki, Alloh uchun men bilan koʻrishishni istaganlarga koʻrishmaganim evaziga har tong oʻqiganlarimga, duolarimga dohil qilaman va qilishda davom etaman."

Bir-ikki oydan beri Ustozimiz hech bir xizmatkori bilan gaplasha olmayaptilar. Gapirgan vaqti harorat chiqishni boshlyapti. Buning hikmatini bir eslatmaga binoan aytdilar: Risola-i Nur menga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. Gapirishga kerak qolmadi. Men ojiz shaxsim bilan minglab doʻstlarimdan yigirma-oʻttiz doʻst bilan gaplasha olaman. Yigirma kishining hurmati uchun minglar odamning e'tiborini ranjida qilmaslik uchun gaplashishdan man etilganim ehtimoli kuchli. Xususiy koʻrishishmaganim uchun ma'zur tutsinlar. Hatto bayramda qoʻl berib koʻrishish va u kishiga qarashni koʻtara olmaydi. {(Hoshiya) Hozir ham Anqara, ham Istanbul, ham Samsun, ham Antalya Risola-i Nurning nashrini boshlagani jihat bilan; yashirin din dushmani komitelar u nashriyotga qarshi bir vahima bermaslik uchun, hozircha xos doʻstlarni ham qabul qilmaslikka majbur boʻldi. Soʻzlarning chop chiqlinishi tugagunga qadar.} Shuning uchun ranjimasinlar.

— 192 —

[Toʻrt yil avval Ustozimiz xastaligi sababli meni Anqarada Risola-i Nurning mahkamalari bilan aloqali ishlarini kuzatish uchun vakil qilgan paytlari, ba'zi deputatlarga joʻnatgan tegishli maktublarimizni yangidan sizga va muhtaram deputatlarning e'tibori irfonlariga taqdim qilamiz. Bunga sabab, bitta masalaning davom etayotganidir. Xususan soʻnggi oylarda sharq viloyatlarida qurilishi uchun tashabbus qilingan yangi universitetdir.]

Risola-i Nurning oʻttiz yillik davrda favqulotda ichki va tashqi tarqalishi bilan har tomonda husni ta'siri va sharq viloyatlarida ellik besh yildan beri katta dorulfunun qurulishiga harakatim, bir-biriga ulanib ketgan va bir-birini tamomlaydigan bu davrda Islomni olami qattiq aloqador etgan ikki muhim masaladir. Bu ikki azim natija ham bu millatni, ham toʻrt yuz million Islom millatlarini, ham umumiy tinchlikka muhtoj Xristianlik dunyosini ham aloqador qiladi va ta'sirini koʻrsatgan fahrlanadigan ikki ahamiyatli hodisadir. Islom Dinining va Qur'on haqiqatlarining kulliy va umumiy noshiri va e'lon qiluvchisidir.

Ustozimiz ellik besh yildan beri a'zamiy gʻayrat va turli vasilalar bilan sharqiy Onadoʻlida Jome'u-l Azharga muhofiq Madrasatu-z Zahro nomli bir Islom universitetining qurilishi uchun harakat qilgan va buning qat'iy kerakligini doim ilgari surganlar. Jumhiroyat raisiga va Bosh vazirga xitoban ularni bu masaladan tabriklagan Ustozimizning murojaatiga aytilganidek, Sharq dorulfununi Islom olamining bir jihatdan markazida boʻlgan musulmonlar ichida iftixor qiladigan maqom qozonadi.

U viloyatlarda dafn etilgan juda aziz va muborak minglab ulamolar va oriflar, shuhado va muhaqqiqiyn ajdodimizning moziydagi juda qiymatli va muqaddas diniy xizmatlari ma'naviy, boqiy fazilatlari bu dorulfununda ham jismga kirib iymoniy vazifalarini yana keng miqyosda qiladilar.

Sharq Universitetining bir nav dasturi boʻlishga loyiq ussu-l asos darsi-Qur'oni Hakimning iymoniy haqiqatlarini tafsir qilgan va butun masalalarini aqliy fanlar va mantiqiy va tabiiy dalillar aniqlagan va aqlga uygʻun dars bergan Risola-i Nurdir. U yangi asrning universitetlari va maktablarida oʻqitilishga loyiq.

— 193 —

Risola-i Nur sharqiy Onadoʻlida vaqti-vaqti bilan qurilgan va yuz yillardan beri u atrofda ma'naviy obi hayot manbalari vazifasini bajargan madrasalarning va ustozlarning talabasi vositasida yuzaga chiqqan. Bu soʻnggi munavvar mevalari bilan u muhtaram ustozlar, yangidan vazifa boshiga oʻtib nurlantirish vazifasini va Qur'oniy xizmatlarini bu surat bilan jahonshumul kenglikka aylantirishlarini butun ruhimiz bilan umid qilib, rahmat-i Ilohiyadan yolvorib niyoz qilamiz. Bu duoimizga zamon va zaminning hayotiy sharoiti va umumiy tinchlikning kerakligi ham "omin, omin" deyapti va deydi.

Sharqdagi ilm va irfon faoliyatining bir samarasi va kulliy natijasi boʻlgan Risola-i Nur sharq dorulfununining Islomiyat nuqtasida bir dasturi boʻlgani uchun Islomiyatga, bu millatga va Islom olamiga xizmat qilganlarni qattiq aloqador qilishdir. Hozir Amerika va Ovrupoda Nur Risolalarini istashlari va u yerlarda tarqalishi bu iddaomizning favqulotda ahamiyatini koʻrsatadi.

Mustafo Sungur

Menga yozgan narsalari besh tomondan tuhmat va yolgʻon ekanini koʻrgan bir gazetani oʻqib berishdi. Bunday tuhmatlarning ham Ispartaga, ham nashr qilganlarga katta zarari bor.

Birinchi yolgʻon: Nur Risolalarini oʻqiganlarga murid va tariqat deb meni tariqat darsi berganim bilan ayblashyapti. Holbuki meni taniganlar bilishadiki: Mahkamalarda ham aniqlanganidek, men tariqat darsi emas, iymonning, Qur'onning haqiqatlarini dars beraman. Darsimni tinglaganlarga Nur Talabasi deyiladi. Yoʻlimiz tariqat emas, iymonning haqiqatlaridir.

Ikkinchi yolgʻon: Tuhmat qilgan gazeta boshqa gazetani oʻziga sherik qilib, ba'zi yanglish ta'birlarni aralashtirib aytyaptiki: "Egʻirdir yoshlari Said va muridlari bilan kurashni boshladi." Buning asli yoʻqligini butun Isparta va Egʻirdir yoshlari qat'iyyan bilishadi. Hatto Isparta va Egʻirdir yoshlari buni eshitgan paytlari gʻazablanib rad qilishyapti. Faqat Anqaradagi Egʻirdirlik yosh boʻlmagan odam, oʻttiz yil avval men bilan koʻrishganini oz tanqid bilan yozgan edi. Buni "Yoshlar kurashni boshladi" deb nomlash naqadar ochiq yolgʻon hisoblanadi. Holbuki kim boʻlsa boʻlsin, butun yoshlarga nisbatan hech bir yoshning kurashini eshitmadim.

— 194 —

Uchinchi tuhmati: Tuhmat qilgan gazeta boshqa odamning tili bilan aytyaptiki: "Said va muridlari yashirin siyosat yurityapti. Tinchlikni buzish uchun qonun-qoidalarni oʻzgartirishga urinyapti." Buning yolgʻonligiga yigirma sakkiz yil ichida besh mahkama oqlagani koʻrsatadiki, siyosat bilan hech qanday aloqam yoʻq. Hech qanday belgi topilmasligi, buning naqadar tuhmat ekanini koʻrsatadi. Hatto oʻttiz besh yildan beri siyosatdan uzilganimni butun doʻstlarim bilishadi. Bu haqiqat mahkamalar tomonidan ham aniqlangan.

Toʻrtinchi tuhmati: Said Nursiy ba'zi ayollarga shayton degan. Bu tuhmatning asli: "Eski vaqtlar katta koʻchalarda ochiq-sochiq, yalangʻonchlik darajasida, xususan yarim yalangʻoch Xristian qizlari shayton boshqaruvida Islomiy ahloqqa zarar berishar edi." Bir necha ochiq yurganlar haqidagi soʻzni boshqa suratga aylantirib butun ayollarga taalluqli qilib, ta'birni xunuklashtirib iste'mol qilishi, juda xunuk va ochiq tuhmatdir. Ayolla bilan suhbat nomli risolamda: Ayollarni qattiq hurmat qilganimni, ahamiyat va qiymat berganimni, hatto shafqat jihatida erkaklardan juda oldinda boʻlishgani uchun Risola-i Nurning muhim asosi shafqat boʻlgani uchun, bu muborak singillarimni "Muhtaram singillarim" deb yod etaman. Ularning samimiyat va ixloslarini koʻp koʻraman...

Beshinchi haqoratli tuhmati: Eski davrga qaytish va eskichilik, ya'ni Islomiyat hukmlariga, axloqiga qaytish ma'nosida "mal'un fikr" ta'birini ishlatishi, yer yuzini titratadigan kofirona tuhmat boʻlgani kabi, faqat Ispartaliklarga va Nur talabalariga emas, balki Islom olamiga qarshi xiyonatdir.

Juda xasta va oʻta keksa
Said Nursiy
— 195 —

[Ustozimizning qishloqlarda aylanganiga doir chiqarilgan uydirma xabarga qarshi javob boʻlib, xavotirlanadigan narsa yoʻq.]

Ustozimiz Said Nursiyning ikki yildan beri musofir boʻlgan Isparta ichki ishlar boʻlimiga uzrimiz.

1. Ustozimiz Said Nursiy oʻttiz yildan beri Onadoʻli mamlakatida aylangan butun viloyat va qishloqlarda oʻzini zobitlarning musofiri deb tasavvur qilgan va zobit xodimlari doim doʻstona va hamiyat bilan muomala qilganlar. Qur'onning haqiqiy va porloq tafsiri boʻlgan Risola-i Nurni Ispartada oʻttiz yil avval ta'lif qilishni boshlagan Ustozimiz iymoniy haqiqatlarga oʻta ta'sirli suratda xizmat qilib, toʻliq oxiratga yoʻnalgan bu xizmatning dunyoviy foydasi sifatida, iymon sababi bilan qalblarda yomonlikka qarshi doimiy qoʻriqchi qoʻyishidir. Uning natijasida osoyishtalikni ta'nimlashga vasila boʻlgan. Ha, Ustozimiz haqiqiy adolatni ifodalagan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni "Bir kishining xatosi sababli boshqa odam javobgar boʻlmaydi" Qur'oniy oyat va "Bir ma'sumning haqqi yuz yomon kishi uchun fido qilinmaydi deyilgan Qur'oniy dastur asosida, yuzda oʻn zolim sababli toʻqson ma'sumga zarar keltirish haqiqiy adolatga, Qur'on amrlariga batamom zid deb hamma tomonga yoyilgan va u kishiga zulm qilinishiga qarshi Islom millatining salomati uchun "Men nafaqat dunyo hayotimni, balki oxirat hayotimni ham fido qilaman", deb javob bergan va beryaptilar.

Risola-i Nurning iymoniy haqiqatlar darslari bilan va butun mahkamalarda mudofaalari natijasida oqlangan Qur'oniy haqiqatlar bilan ijtimoiy hayotning uxroviy va dunyoviy saodatga rahbar boʻlgan haqiqatlarni dars bergan va osoyishtalikni vositali muhofazasiga va amniyati umumiyni ta'minlashga eng katta bir vasila Ustozimiz boʻlganini, ijtimoiy hayotning saodatiga aloqador hamiyatparvar kishilarning tasdiqi bilan aniqlangan. Oʻttiz yildan beri turli tekshirishlar va mahkamalarning oqlash qarori berishlari, hozir esa toʻliq ozod qilinishi va asarlari katta miqyosda katta tarafda, Onadoʻlida va Islom olamining markazlarida, gʻarb mamlakatlarining ba'zilarida yoyilib maqtov va tabriklarga sazovor boʻlib, eng nozik sirlarigacha katta diqqat va ahamiyat bilan har holati tekshirilgan Ustozimizning hech qanday holati javobgarlikka asos sifatida koʻrsatilmagan.

— 196 —

Bir tomonda komunizm kabi din, axloq va an'anaga qarshi boʻlgan juda mudhish buzgʻunchilik bilan yarim Ovruponi, Xitoyni istilo qilgan, umum dunyoga qarshi buzgʻunchi, yirtucvhi kufr rejimi evaziga, millatlar davlatlar mobaynida tadbir oldirgan va bu bilan birga xorijiy, yashirin buzgʻunchilik qoʻmitalari ham bu vatanga qarshi mudhish harju marj harakat qilgan paytlari, biz oʻttiz yillik oʻta xolis va ta'sirli keng xizmatni qilgan.

Ustozimiz Said Nursiyning asarlari boʻlgan Risola-i Nurning yuz minglab nusxalarining tarqalishi va yuz minglardan oshgan oquvchilarining husni holini koʻrsatib, zobitlar Nur Talabalarining asoyishtalikka qarshi biror hodisa kuzatilmaganini guvoh qilib aytamiz va qat'iyyan aniqlanganki, Risola-i Nur buzgʻunchi jarayonni toʻxtatgan Qur'oniy va iymoniy toʻsiqdir. Insofli zobitlar ham koʻrilgan bu haqiqatga guvohlik berishyapti.

Iymon xizmatining ma'naviy, uxroviy foydalaridan tashqari dunyoviy, millatga oid muhim foydasini vaqtida Ustozimiz shu suratda ifodalaganlarki, davr buning naqadar toʻgʻri ekanini koʻrsatdi. Oʻshanda: "Hozir bu mamlakatning, vatan va millatning hayot va abadiy saodati uchun ikki mudhish jarayon bor:

Biri: Shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayonining bu vatanni ma'naviy istilo qilishga qarshi Qur'onning haqiqatlari va iymonning nurlari bilan javob berish kerak. Chunki dinsizlik jarayoni ma'naviy buzgʻunchilik boʻlgani uchun, uning qarshisida ma'naviy javob berish kerak boʻladi. Qur'oniy haqiqatlarning yogʻdulari boʻlgan Risola-i Nur maʻnaviy ta'mirchi boʻlgan atom bombasi sifatida, zalolat jarayonlariga javob beradi va berghan.

Ikkinchisi: Ming yildan beri Islomiyatning qahramon qoʻshini va bayroqdori boʻlgan turk millatiga Islom olamining adovatini ketkazish. Turklar yana eskisi kabi Islomiyatning qahramonidir degan tasavvur hosil qilish. Bu suratda toʻrt yuz million haqiqiy qardoshlari bu millatga qozontirib hayot saodatlariga eng ahamiyatli xizmatni bajarish boʻlib, bu vatanda Risola-i Nur iymon haqiqatlarini yoyib bu azim foydani amalda koʻrsatgan.

Risola-i Nurning bir talabasi avvalo qoʻlida Nur Risolalari bilan va u yerdan chiqargan mav'izalar bilan sharq hududida Ruslarning oʻsha vaqtda u yerdagi tashviqotlarini toʻxtatgan edi. Bu suratda bitta talaba bir qoʻshinchalik vatanga, millatga va osoyishtalikka xizmat qilgani uchun, natija bergan boshqa dunyoviy yaxshiliklar, undan tashqari ijtimoiy hayotga oid foydasi hisoblanadi.

— 197 —

2. Oʻttiz-qirq yildan beri yakka holda yashab, xastalik va qamoq kabi sabablar bilan zarurat boʻlmagunicha insonlar bilan koʻrishishga chidamagani uchun xorijdan kelgan doʻstlarini doim koʻnglini ogʻritib qaytarishi va shomdan keyin ertasi kun tonggacha xizmatchilarini ham yoniga qabul qilmasligi zohiriy va koʻzga koʻringan haqiqat qarshisida boshqa gap gapirishga kerak qolmaydi. Ustozimiz Said Nursiyning eskidan beri fe'li yakka yashash va insonlar bilan zarurat boʻlmasa koʻrishmaslik hayot dasturlari holiga aylangan. Hatto hayotda qolgan bitta ukasini ham yaqin shaharda ekan, oʻttiz yildan beri koʻrmagan boʻlsada, koʻrishishga yonlariga chaqirmaganlar. Xizmatchilari ham shomdan ertasi kun tonggacha zarurat boʻlmasa, honalariga kira olmaydi. Qattiq xastaligi va koʻrishishni koʻtara olmasligi sababli, tashqaridan kelgan koʻp doʻstlarining koʻnglini ogʻritib koʻrishmay qaytarib yuboradilar. Ustozimiz bilan oʻttiz yildan beri aloqador boʻlib, doʻstona muomala qilgan zobitlarga osoyishtalik nuqtasida Risola-i Nur bilan juda ahamiyatli gʻaroyib xizmati aniqlangan Ustozimizning hech bir holati yashirin qolmay mahkamalarda tekshirilgan. Ba'zi yashirin din dushmanlarining u kishi haqidagi uydirmalari bilan oʻttiz yillik hayotiga tayangan musbat xulosani buzmaslik, umumiy huquqni ta'minlashga uringanlarning vazifasi iqtizo qiladi.

3. Ustozimiz xastalar. Hatto jumaga ham chiqmaydilar. Ora-sira havo almashtirishga juda qattiq muhtoj boʻladilar. Shu sababli juda nodir, oʻziga maxsus xonasi bor. Oʻttiz yil avval oʻn yil yashagan Barla qishlogʻiga borar, bir muddat qolib qaytar edilar. Ba'zan esa bu yerda yozda insonlar yoʻq, shahar tashqarisidagi mahallalarga borib ikki-uch soat tanaffus qilib keladilar. Keksaligi, xastaligi sababli yayov yura olmaganlari uchun va odamlarning hurmatkor vaziyati bilan bezovta qilmasliklari uchun bu oddiy borib-kelish avtomobilda boʻladi. Buning xorijida hech qanday qishloqqa, odamlar yashaydigan mahallaga, hatto oʻttiz yillik doʻstlari boʻlgan joylarga ham mazkur sabablar tufayli bormaydilar. Holat va vaziyatlari bundan iborat. Haqiqati hol bu.

Xizmatidagi
Tohiriy, Zubayr
— 198 —

Hoshiya: Koʻp joylarda nashr qilingan va iddiochining huzursizlik tuhmatining yoʻqligini koʻrsatgan va Anqara Ichki Ishlar Mudirligiga berilgan haqiqatdir.]