Emirdoğ Lahikasi
— 198 —
Nur Talabalari Osoyishtalik qoʻriqchilaridir

Osoyishtalikni muhofaza qilganining qat'iy dalili: Olti viloyatning olti zobitlar idorasi, olti yuz ming talabaning yigirma sakkiz yil ichida haqsiz muomalalarga uchrasada, hech qanday muammo chiqarganini qayd etishmagani, hatto Afyon prokurorining osoyishtalikni buzyapti degan tuhmatiga javoban, Ustozimiz Afyonda: "Yigirma sakkiz yilda bitta muammo chiqarganimizni koʻrsata olasizmi? Modomiki koʻrsata olmadingiz, qanday qilib bunday tuhmat qilyapsiz? Faqat kichik talabaning, boshqa masaladan kichik voqeadan boshqa va olti yuz ming talabadan hech qanday voqea sodir boʻlmagani qat'iy isbot qiladiki, Nur Talabalari osoyishtalikni muhofaza qilishadi." deb mot qilganlar.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz qardoshlarim!

Bu safar motorli qayiqda Egʻrdirdan Barlaga ketayotib dengizning avval koʻrilmagan dahshatli boʻroni, Laylatu-l Qadrdagi dahshatli xastalik kabi zahmatini tashlab buyuk rahmatga vasila boʻlganini sizlarga xushxabar beraman. Olti doʻst bilan birga shahid boʻlish, yettidan olti ehtimol bor edi. Dengiz bizga keng qabr boʻlishga zamin tayyorladi. Lekin oʻsha holda takror-takror tajribalar bilan yomgʻirning Risola-i Nurga aloqadorligi va koʻp vaqtdan beri yomgʻirga qattiq ehtiyoj boʻlgan paytda, Risola-i Nurning yashirin dushmanlarining tahlikasidan va keng rejasidan qutulishga ishorat boʻlgan dahshatli holatimiz bir maqbul sadaqa oʻrniga oʻtganini ramz qildi. Rahmati Ilohiydan kelgan amr-i Rabboniy misolidagi ishtiyoq bilan yomgʻirning onasi boʻlgan bu dengiz, rahmatga doir amr-i Iloiyni oʻta hayajon va ishtiyoq bilan tez keltirish uchun, shafqat ta'ziri sifatida Nur Talabalari boʻlgan boshimizni ta'zir, yuz-koʻzimizni shafqat yomgʻiri bilan siladi. Biz bu holatni zohiran gʻazab, ma'nan shafqatli silash sifatida qabul qildik. Men yana boʻron va yomgʻir boshlamasidan avvaldan sezish hissi bilan bilganim uchun toʻxtamay "Javshan"ni va Shohi Naqshbandiyning virdini oʻqidim. Dengizning dahshati ichida kamol-i shavq bilan muborak dengizni qabr deb qabul qildim.

— 199 —

Bunday qazo bilan vafot etgan kishi shahid hukmida boʻlganidek, shahid esa valiy darajasida boʻlgani uchun, olti doʻstimga masalani aytmadim. Faqat bir bolaga bir oz achindim. Dengiz mavjlari ham juda katta, avvalo qayiqqa va zohiran bizga hujum qilishi bilan birga qayiqning ichiga kirmagani uchun kamoli sabr va shukr bilan qarshiladik va sohilga salomat chiqdik. "Alhamdulillai aʻla kulli hal" dedik...

Said Nursiy
Ustozimiz aytaptilarki:

Men ellik-oltmish yildan beri mutlaq kufrga qarshi, xalqni iymonga xizmat qilish va mutlaq kufrning natijasi boʻlgan anarxistlikdan qutqarish uchun butun kuchim bilan iymon xizmatidagi ixlosning natijasi boʻlgan sharafimni, haysiyatimni, hatto kerak boʻlsa hayotimni fido qilish bilan har bir tazyiqqa, maʻnosiz, keraksiz narsalarga qarshi sabr va bardosh qildim. Oʻttiz-qirq yildan beri iymoniy xizmat uchun, men haqimda pashshani fil qilib bir piyola suvda boʻron chiqarib menga azob berishgan boʻlsada, faqat iymoniy xizmatning bir natijasi boʻlgan osoyishtalik uchun sabr qilib, bardosh berdim. Masalan:

Besh mahkama huzurida kiyinishimga umuman aralashilmadi. Men davomli shaharlarni aylanib yuraman. Hatto Istanbulda mahkamada bir yuz yigirma politsiyachi boʻlsada, kiyimlarimga aralashishmadi. Ikki oy Istanbulda yayov yurganimda ham man etishmadi. Aralashishga hech kimning haqqi yoʻq. Chunki ham yakka yashayman, hamda masjidga bormayman. Jamoat joylarida yurmayman, ya'ni avtomobil bilan chiqaman. Zarurat boʻlmasa odamlar bilan gaplashmayman... faqat havo almashtirish uchun togʻlar boshiga va xoli joylarda yuraman. Ahli dunyoning holatimga, koʻrinishimga aralashishga hech qanday haqqi yoʻq.

— 200 —

Istanbulga eng muhim iymoniy masala uchun avtomobilda borayotganlarida, hozirgi Istanbulning ba'zi rasmiy odamlari yigirma jihatdan qonunsiz razda qonun nomiga Ustozimizni bir piyola suvda boʻrion qoʻptirib millionlar fidokor talabali boʻlgan zotga, pashsha qanotichalik ahamiyati boʻlmagan masala uchun rasmiy odamlarni joʻnatish yuz jihatda ahamiyatsiz, ma'nosiz va pashshani fil qilish hisoblanadi. Ustozimiz aytadilarki: "Modomiki iymon xizmatida toʻliq ixlos bilan anarxistlikni toʻxtatib, osoyishtalikni saqlashga sabr va bardosh kerak. Men shu sababli tinchligimni, haysiyatimni fido qilaman. Ulardan roziman, halol etaman."

Ustozimiz bu safar Istanbulga borishi munosabati bilan Istanbul prokuraturasidan tergov qilish uchun yoniga kelgan ikki xodimga: "Men avval ham bu masala uchun mahkamada tergov qilingan edim. Mahkama tekshirgan, natijada oqlagan edi. Boshqa soʻzim yoʻq." deb Samsun mahkamasiga borgan va Istanbul mahkamasida oʻqigan koʻrsatmalarini takroran aytdilar. Eskidan beri olgan bir necha xulosa borki, xastalagi tufayli boshini oʻrashga majbur va qattiq burun oqishi sababli va xastaligi bois tinchlikka va havo almashtirishga ehtiyoji bor. Bir yerda doimiy qolishi sihhatiga zarar qiladi. Avval ham kerak boʻlmagani uchun, bu xulosalarni koʻrsatish darajasiga tushmagan edilar, kerak deb bilmagan edilar.

Xizmatida boʻlgan Nur Talabalari
Tohiriy, Zubayr, Sungur, Husnu, Bayram