Emirdoğ Lahikasi
— 185 —
Sharq Universiteti haqida fitnachi gazetaga javob:

Muxolif bir patiyaning qattiq va tanqidchi a'zosi tomonidan, ya'ni Ulus gazetasining 01.04.1954 yilgi nusxasida yozilgan Otaturk Universiteti haqidagi maqolaga javob oʻrnida universitetning haqiqatini bayon qilamiz. Quyidagicha:

Hozirgi Otaturk Universiteti deb nomlangan bu dorulfununni ochishga Ustozimiz Said Nursiy 50 yildan beri qattiq gʻayrat bilan harakat qilganlar. Ustozimiz Ittihodchilarga muxolif boʻlsalarda, ular va Sulton Rashod bu dorulfununni qurish uchun 19 ming oltin bergan. Vanda ustozimiz tamalini qoʻygan edilar. Lekin jahon urushi chiqib qolib ketgan edi. Soʻng jumhuriyat davrining boshlangʻichida Ustozimiz Said Nursiyning Anqarada deputatlar majlisiga chaqirilganda, takroran tashabbus qilgan edilar.

U yerda ustozimiz oʻsah davr boshqaruviga toʻliq muxolif va siyosatni batamom tark etgani va ba'zi jihatdan muxolif boʻlganini va dunyoingizga aralashmayman deganlar. Mustafo Kamolga "namoz oʻqimagan xoin boʻladi" deb, uning taklif qilgan katta boylik, maosh, sharq umumiy voizi boʻlish kabi katta takliflarni qabul qilmaganlar. Sharq dorulfununiga asos solish uchun 200 deputatdan 163 tasi imzolagan, Mustafo Kamol tasdiqlasa, 150 ming banknot berishga qaror qilingan edi. Demak sharqning eng muhim masalasi u davrda oʻsha universitet edi. Hozir esa yigirma marta koʻproq ehtiyoj bor. Nihoyat yana ustozimizning moddiy-ma'naviy gʻayrat va tashviqlari natijasida ushbu Islomiy hukumat davrida qurilishiga qaror qilindi.

Ushbu Sharq Universitetining jahonsumul qiymat va ahamiyatini bir ummondan qatra olgandek ikki-uch masala sifatida aytamiz:

Birinchisi: Bu dorulfunun ham Eron, ham Arabistob, ham Misr va Afgʻoniston, ham Pokiston va Turkiston va Onadoʻlining markazida qalb hukmidadir. Ham bir Jome'u-l Azhar, bir Madrasatu-z Zahrodir.

Ikkinchisi: Hozir bashariyatda umumiy sulh uchun, ya'ni bashariyatning buzilmasligi uchun choralar qidirilyapti, paktlar qurilyapti. Modomiki bu Islomiy hukumat xalq foydasi va hukumatning salomatligi uchun Yugoslaviyadan Ispaniyagacha ularga dastak beradigan doʻstlik qurishga urinyapti. Bularning yagona chorasining bir dalili sifatida koʻrsatamizki, asos solinadigan Sharq Dorulfununining ilk tashabbuschilaridan bir dars kitobi boʻgan va tabiiy fanlar bilan iymon ilmlarini kelishtirgan va oʻttiz yildan beri butun faylasuflarga urush ochgan va rasmiy olimlarga tegingani va eski hukumat bilan rasman tortishsada, ular tomonidan taqdir va tahsinga sazovor boʻlgan va mahkamalarda oqlangan Risola-i Nur bu vatan va millatga osoyishtalik va tinchlikni ta'minladi. Islom mamlakatlarida, xususan Marokash, Misr, Suriya va Eron kabi joylarda sodir boʻlgan ichki qarshiliklarning bu vatanda kuzatilmasligidir. Bu vatan va millatga Risola-i Nur (tinchlik va osoyishtalikni buzishga boshqa yurtlardan koʻproq sabab borligiga qaramay) osoyishtalikni ta'minlashi koʻrsatadiki, Sharq Universitetiga asos solish xalq tinchligiga sazovor qiladi. Chunki hozirgi buzgʻunchilik ma'naviy boʻlgani uchun, unga muqobil ma'naviy atom bombasi kerak.

— 186 —

Davrimizda buzgʻunchilik ma'naviy boʻlgani va unga qarshi javob berish ham faqat ta'mirchi ma'naviy atom bombasi bilan mumki boʻlishiga qat'iy dalil sifatida universitetning manba va urugʻi boʻlgan Risola-i Nurning oʻttiz yil ichida Ovrupodan kelgan dahshatli zalolat, falsafa va dinsizlik hujumlariga toʻsiq tashkil qilishidir. U ma'naviy buzgʻunchilikka qarshi Risola-i Nur ta'mirchi va ma'naviy atom bombasi boʻlgan.

Uchinchisi: Ha, Sharq Universiteti bir markaz sifatida Islom olami va bugungi Osiyo aloqador qiladigan mohiyat va ahamiyatda boʻlgani uchun, oltmish million emas, oltmish milliard ham xarajat qilinsa, loyiqroqdir.

Yangi Ulus gazetasi muxolif boʻlgani uchun, bu masalani parda qilib yangi boshqaruvning ba'zi katta mansabdorlaridan bu masala blan shugʻullanayotganlarga bır navi eskichilik tamgʻa bosishni xohlayapti. Holbuki bu masala eng yuksak taraqqiy va umumiy sulhning asosidir. Bu muassasa bu Islomiy hukumatga ba'zi Islom shiorlarini Arabiy azoni Muhammadiy va din darslari kabi juda koʻp quvvat beradi. Balki bu hukumatning kelajakda tarixlada kamoli taqdir va tahsin bilan yod etilishiga eng porloq vasila boʻladi.

Bu masalaning jonlantirishi bilan hosil boʻlgan nur va fayz Demokrat hukumatning eng buyuk va jahon bahosida xizmati sifatida abadgacha tenggi koʻrilmagan porloqlik bilan nur sochadi. Va millatlararo e'tiborni ta'minlaydi.

Ustozimizning xastaligi munosabati bilan xizmatida boʻlgan Nur Talabalari
— 187 —

Mahkamamizning kechiktirilishi sababli ishlarning Anqara Mahkamasiga havola qilinishida koʻp xayrlar bor. Hozir ham Isparta mahkamasi, ham Vanda Mullo Hamidning va Diyorbakrda Mahmud Qoyaning kitoblari qaytarib berilishi Afyon; hammasi Anqaraga qarayapti. Anqarada boʻladigan xayrli natija bilan inshaalloh har tomonda birdan ishlarimiz hal boʻlgan boʻladi. Bunday vaqtda Nurlardagi iymoniy haqiqatlar, xususan Anqarada e'tibor qaratilishi kerak ekan. Inshaalloh bu masalamizning u yerga joʻnatilishi, muhim uygʻonishga vasila boʻladi.

Qardoshingiz
Zubayr