Emirdoğ Lahikasi
— 183 —
SENATORLAR HAY'ATI VA TAVFIQ ILERIGA

Ma'lum qilamizki: Sharq Universiteti haqida juda qiymatli xizmatingizni Ustozimizga aytdik. U kishi: Men xasta boʻlmaganimda, oʻsha masala uchun sharqiy viloyatlarga borgan boʻlar edim. Men butun ruhu jonim bilan Maorif vazirini tabriklayman. Ellik besh yildan beri Madrasatu-z Zahro nomli Sharq universitetini ta'sis qilishga harakat qilayotgan edik. Universitetni biri Vanda, biri Diyorbakrda, bir esa Bitlisda uch yoki hech boʻlmasa bir dona Vanda asos solish uchun Hurriyatdan avval Istanbulga borgan edim. Hurriyat chiqib u masala qolib ketdi.

Soʻng Ittihodchilar davrida Sulton Rashodning Rumeliga sayohati munosabati bilan Kosovaga bordim. Oʻshanda Kosovada katta Islomiy dorulfununga asos solishga tashabus qilingan edi. Men u yerda ham Ittihodchilarga, ham Sulton Rashodga aytgan edim:

Sharqninng bunday dorulfununga koʻproq ehtiyoji bor va Islom olami markazi hukmidadir. Oʻshanda menga va'da berishgan edi. Soʻng Bolqon harbi chiqdi, madrasa joyi istilo qilindi. Men, "Unday boʻlsa, eski yigirma ming oltin lirani Sharq dorulfununiga bering", dedim. Qabul qilishdi.

Men Vanga ketdim. Ming lira bilan Van koʻli boʻyida Artemitda tamalini qoʻygandan soʻng jahon urushi chiqdi. Takroran qolib ketdi.

Asirlikdan qutulgandan soʻng Istanbulga keldim. Milliy Harakatga xizmatim sababli Anqaraga chaqiirishdi. Bordim. Ularga, "Butun hayotimda bu dorulfunun harakatidaman. Sulton Rashod va Ittihodchilar yigirma ming oltin lira berrishdi. Siz ham oʻshancha qoʻshing." dedim. Ular bir yuz ellik ming banknot berishga qaror qilishdi. Men, "Buni deputatlar imzolashi kerak." dedim.

Ba'zi deputatlar, "Siz madrasa usuli bilan faqat Islomiyat tomondan ketyapsiz. Holbuki hozir gʻarbliklarga oʻxshash kerak." deyishdi.

— 184 —

Javoban: "Sharq viloyatlari Islom Olamining bir nav markazi boʻlib, yangi fanlar yonida diniy ilmlar ham kerak va shart. Chunki aksariyat anbiyolar sharqda va aksariyat hakimlar gʻarbda chiqishi koʻrsatadiki, sharqning taraqqiyoti din bilan turadi.

{(Hoshiya) Hatto u zamondan avval Turk boʻlmagan bir talabam bor edi. Eski madrasamda hamiyatli va gʻoyat zakovatli oʻsha talabam diniy ilmlardan olgan hamiyat darsi bilan har vaqt derdi: Solih bir Turk albatta fosiq qardoshimdan, otamdan menga yanada ziyoda qardosh va qarindoshdir. Soʻngra ayni talaba tole'sizligidan faqat moddiy yangi fanlar oʻqigan. Soʻngra men toʻrt yil oʻtib u bilan koʻrishdim. Hamiyati milliya bahsi boʻldi. U dediki: Men hozir rofiziq bir Qurdni, solih bir Turk domlasidan afzal koʻraman. Men ham eyvoh dedim. Sen qanchalar buzilibsan. Bir hafta harakat qildim, uni qutqardim, eski haqiqatli hamiyatiga oʻgirdim. Soʻngra Millat Majlisidagi menga muxolafat qilgan deputatlarga dedim: Oʻsha talabaning avvalgi holi Turk millatiga qanchalar zarurati bor va ikkinchi holining qanchalar vatan manfaatiga uygʻun boʻlmaganini fikringizga havola qilyapman. Demak farzi mahol boʻlib siz boshqa yerda dunyoni dindan ustun qoʻyib siyosat jihatidan dinga ahamiyat bermasangiz ham, har holda sharq viloyatlarida din tadrisoyiga a'zamiy ahamiyat berisj lozim. Oʻsha payt menga muxolif deputatlar ham chiqib u loyhamni bir yuz oltmish uch deputat imzoladilar. Buncha imzoni tashigan bir arizani, albatta yigirma yetti yil istibdodi mutlaq uni buzolmagan.}

Boshqa viloyatlarda faqat yangi fanlar oʻqitsangiz ham, sharqda millat, vatan foydasi uchun, diniy ilmlar asos boʻlishi kerak. Yoʻqsa turk boʻlmagan musulmonlar turkka haqiqiy qardoshligi his etilmaydi. Hozir buncha dushmanlarga qarshi bir-birimizga yordam berish va birdamlikka majburmiz.

Hozir men zaharlanib xastalanganim uchun juda bezovta va qattiq keksalik sababli ellik besh yillik hayot maqsadimni amalga oshirishdan mahrum boʻlganim kabi, Anqaraga borib sharq taraqqiyotining kaliti boʻlgan bunga harakat qilayotganlarni ruhu jonim bilan tabriklashdan ham mahrumman.

Oʻttiz besh yil avval Abu-z Ziyo matbaasida chop etilgan "Munozarat" va "Sayqalu-l Islpomiya" nomli asarim albatta Maorif vazirining nazaridan qochmabdi. Mening oʻrnimga u asar gapirsin. Men hayotimdan umidim uzilgandek his qilyapman. Faqat u katta universitetning tamallari, asosi va muazzam ta'lim uslubi sifatida Risola-i Nurning bir yuz ellik risolasini oʻzimga vakil qilaman. Bu vatan va millatning istiqbolining fidokor yosh universitet talabalariga va maorif idorasiga aytib bu masalada muvaffaq boʻlgan Tavfiq Ilerining bu bechora Saidning oʻrniga Risola-i Nurni himoya qilib, yelkasiga olishini rahmat-i Ilohiydan niyoz qilaman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Juda xasta, oʻta keksa, gʻarib, yakka holda
Said Nursiy