Bagʻdodda chiqqan "Ad difa" gazetasi Risola-i Nur talabalaridan gapirib aytadiki:
Turkiyadagi Nur Talabalarining Ihvon-i Muslimin jamiyati bilan qanday aloqalari bor? Bir-birdan farqi nima? Turkiyadagi Nur Talabalari Misrda va arab oʻlkalarida Ihvon-i Muslimin nomli Islom birdamligiga harakat qilgan jamiyatlar kabi mustaqil jamiyatmi? Ular ham ulardanmi? Javob beraman:
Nur Talabalari va Ihvon-i Muslimin jamiyatining garchi maqsadlari - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlarga xizmat va Islom birdamligi doirasida Musulmonlarning dunyoviy va uxroviy saodatlariga xizmat qilishdir. Lekin Nur Talabalarining besh-olti jihatdan farqi bor:
Birinchi Farq: Nur Talabalari siyosat bilan shugʻullanmaydi, siyosatdan qochadi. Agar majbur boʻlishsa, siyosatni dinsizlikka vosita qilganlarga qarshi dinning muqaddasligini koʻrsatish uchun siyosatni dinga vosita qilishadi. Siyosiy jamiyatlari aslo mavjud emas.
Ihvon-i Muslimin esa: Mamlakat va vaziyat sababli siyosat bilan, din foydasi uchun shugʻullanishadi va siyosiy jamiyat ham tashkil qilishadi.
Ikkinchi Farq: Nurchilar ustozlari bilan birlashmaydi. Bunga majbur ham emas. Oʻzlarini ustozlari bilan birlashishga majbur deb bilmaydi. Dars olish uchun birga boʻlishni kerak deb bilishmaydi. Balki katta bir mamlakat, bir darsxona hukmida. Risola-i Nur kitoblari ularning qoʻlida boʻlsa, ularga ustoz oʻrnida dars beradi. Har bir risola bir Said hukmiga oʻtadi.
Qoʻllaridan kelganicha evazsiz nusxa koʻchirishadi. Muhtoj kishilarga oʻqishi va tinglashlari uchun evazsiz {(*) 25 yil mudat davomida qoʻl bilan yozilib Onadoʻluda nashri bu shaklda boʻlgan.} berishadi. Shu suratda katta mamlakat buyuk darsxona hukmida boʻladi.
Ihvon-i Muslimin esa: Umumiy markazlarda murshid va raislar bilan koʻrishish, buyruq va dars olish uchun ziyoratga borishadi. U umumiy jamiyatng shoʻ'balarida katta ustoz, noib va vakillari boʻlgan kishilar bilan koʻrishishadi, dars olishadi, buyruq olishadi.
Umumiy markazlarda chiqqan gazeta va jurnallarning sotib olib, ulardan dars olishadi.
Uchinchi Farq: Nur Talabalari aynan oliy madrasaning va universitet dorulfununining talabalari kabi, ilmiy xabarlashish vositasida dars olishadi. Katta viloyat bir madrasa hukmiga oʻtadi. Bir-birini koʻrmay, tanimay uzoq boʻlsalarda, bir-biriga dars beradi va birga dars oqishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Yurtlari va vaziyatlari iqtizosiga koʻra jurnal va kitoblarni chiqarishadi, jahonga yoyishadi, bu orqali bir-birini tanib dars olishadi.
Toʻrtinchi Farq: Nur Talabalari bu davrda va bugun aksar Islom mamlakatlarida tarqalgan va soni koʻp. Bu yoyilishida boshqa-boshqa hukumatlarda boʻlib, birga toʻplanib xizmat qilishga ruxsat olishga muhtoj emas. Chunki yoʻli siyosat va jamiyat boʻlmagani uchun, hukumatlardan ruxsat olishga oʻzlarini majbur deb bilishmaydi.
Lekin Ihvon-i Muslimin esa: Vaziyati e'tibori bilan siyosatga aloqa qilish, jamiyat tashkil etish, shoʻ'ba va markazlar ochishga muhtoj boʻlgani uchun, hozir boʻlgan joylardagi hukumatdan izn va ruxsat olishga muhtoj. Nurchilar kabi bilinmaydigan emaslar. Bu asosda umumiy markazlari boʻlgan Misr, Suriya, Lubnon, Falastin, Urdun, Sudan, Magʻrib va Bagʻdodda koʻp shoʻ'ba ochishgan.
Beshinchi Farq: Nur Talabalari ichida turli-tuman tabaqalar bor. Yetti-sakkiz yoshda, masjidlarda Qur'on oʻqish uchun alifboni dars olayotgan boladan to sakson-toʻqson yoshli keksalargacha erkak-ayol, ham qishloqli, hammoldan to katta deputatgacha toifalar bor. Butun Nurchilarning ushbu koʻp toifalarining umumiy butun maqsadi Qur'oni Majidning hidoyatidan va iymoniy haqiqatlar bilan nurlanishdan iborat. Butun harakatlari ilmu irfon va iymoniy haqiqatlarni yoyish-nashr qilishdir. Bundan boshqa narsa bilan shugʻullanishgani aniqlanmagan. Yigirma sakkiz yildan beri dahshatli mahkamalar ayyor va koʻra olmaydigan dushmanlar ularda bu muqaddas xizmatdan boshqa maqsad topa olishmagani uchun ularni jazolay olishmayapti va tarqata olmayaptilar. Nurchilar oʻzlarini mijozlar va oʻz tarafdorlarini qidirishga muhtoj deb bilishmaydi. "Bisning vazifamiz xizmat, mijoz qidirmaymiz, ular kelib bizni qidirsin, topsin." deyishadi. Sonlarining qancha ekaniga ahamiyat berishmaydi. Yuz odam oʻrniga haqiqiy ixlosga ega kishini tanlashadi.
Lekim Ihvon-i Muslimin: Ular ham Nurchilar kabi Islomiy ilmlar, Islomiy ma'rifat va iymoniy haqiqatlarni mahkam tutish uchun odamlarni tashviq qilib chaqirishadi. Lekin vaziyat, yurt va siyosatga aralashish taqozo qilgani uchun, koʻpayishga va songa ahamiyat berishadi, tarafdorlar qidirashadi.
Oltinchi Farq: Haqiqiy ixlosli Nurchilar:
moddiy manfaatga ahamiyat berishmaganidek,
bir qismi a'zamiy tejamkorlik,
qanoat va faqir boʻlishi bilan birga,
sabr va insonlardan behojatlik bilan,
Qur'oniy xizmatda haqiqiy ixlos va fidokorlik bilan,
koʻp sonli va shiddatli ahl-i zalolatga magʻlub boʻlmaslik uchun,
muhtoj insonlarni haqiqatga va ixlosga chaqirishda shubha qoldirmaslik uchun,
rizo-i Ilohiydan boshqa muqaddas xizmatni hech narsaga vosita qilmaslik uchun bir jihatda ijtimoiy hayot foydalaridan chekinishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Ular ham haqiqatdan maqsad e'tibori bilan ayni mohiyatda boʻlishsada, makon, mavzu va ba'zi sabablar tufayli Nur Talabalari kabi dunyoni tark qila olishmaydi. A'zamiy fidokorlikka oʻzlarini majbur deb bilishmaydi.
[Bagʻdodda chiqqan ahamiyatli, siyosiy "Ad difa" gazetasining nuharriri Iso Abdulqodir aytadiki:]
Nur Talabalarining murshidi Badiuzzamon Said Nursiy haqida "Ad difa" gazetasini oqiganlar mendan "Turkiyadagi Nur Talabalaridan va Ustozlari Said Nursiydan bizga ma'lumot bering" deb soʻrashyapti. Ular haqida qisqa javob beraman. Chunki Ustozning, Nurning va Nur Talabalarining arablarda haqqi boʻlgani uchun arablar ulardan jiddiy gapirishsin. Zero Islomiyatning tamal unsuri arablar, risola-i Nurdan ortigʻi bilan foyda koʻrishni boshlashdi.
Nur Talabalari Risola-i Nur bilan ham Turkiyada, ham arab oʻlkalarida komunistlikka qarshi metin toʻsiq ta'sis qilishadi.
.........
Risola-i Nur esa, keng miqyosda yoyilyapti. Nafaqat Turkiya va Islom oʻlkalarida, hatto ajnabiy mamlakatlarda ham ishtiyoq bilan talab boʻlyapti. Nurning Talabalarining shavqini hech narsa ketkaza olmaydi. Demak Nur Talabalari bilan Nur Risolalari va ularning bu buyuk Qur'oniy xizmatlari Demokrat hukumatining buyuk hasanasi boʻlib, muborak Islom olamidagi Islomiy harakat bu demokratik hukumatni taqdir va tahsin bilan kutib olyapti. Butun Iroq musulmon aholisi arab, turk, qurd, eron millatlari ushbu Islomiy xizmat va muqaddas kurashni kamoli rohat bilan qarshilashyapti. Turkiyadagi turk qardoshlarimiz gʻarbning yanglish ta'sirlariga qarshi bular bilan tayanishyapti degan fikrda.
[Risola-i Nurning vatanga, millatga va Islomiyatga katta xizmatini qabul qilib, maqtagan Bosh Vazir Adnan Mandarasga Ustozning yozgan maktubi]
Men juda xasta boʻlganim va siyosatga aloqam boʻlmagani uchun, Adnan Mandaras kabi Islom qahramoni bilan suhbatlashishni istar edim. Hol va vaziyatim koʻrishishga toʻgʻri kelmagani uchun, moddiy koʻrishish oʻrniga bu maktub oʻrnimga gapirsin deb yozdim.
Oʻta qisqa bir necha asosni Islomiyatning qahramoni Adnan Mandaras kabi dindorlarga bayon etaman:
Birinchisi: Islomiyatning juda koʻp asosiy qonunlaridan biri: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati karimasining haqiqati boʻlib, bir kishining jinoyati bilan boshqa odam, qarindosh va doʻst javobgar boʻlmaydi. Holbuki hozirgi siyosat partiyachilik tarafdorligi bilan bir jinoyatchi sababli juda koʻp ma'sumlarning zarariga rozilik koʻrsatilyapti. Bir jinoyatchining jinoyati sababli tarafdorlari yoki qarindoshlari ham yomon mish-mish qilinib, obroʻsizlantirilib, bitta jinoyat yuz jinoyatga aylantirilgani uchun, oʻta dahshatli kin va adovati odamlarga ogʻir botib, kin va gʻarazga, qilinganidek javob qaytarishga majbul qilinyapti. Bu esa ijtimoiy hayotni tamoman zer-u zabar qilgan zahardir va tashqi dushmanlarning aralshishiga toʻliq zamin tayyorlash hisoblanadi. Eron va Misrda his etilgan hodisa va burhonlar ushbu asosdan kelib chiqqani anglashilyapti. Lekin u yerlar bu yer kabi emas, bizga nisbatan juda yengil, yuzda bir nisbatidadir. Alloh koʻrsatmasin, bu holat bizda boʻlsa, juda dahshatli boʻladi.
Bu tahlikaga qarshi yagona chora: Islomiy uxuvvat-birodarlikni va asos Islom millatini shu kuchning tamal toshi qilib, ma'sumlarni himoya qilish uchun jinoyatchilarning jinoyatlarini oʻzlariga ta'alluqli qilish kerak.
Yana tinchlik va osoyishtalikning tamal toshi, yana ushbu asosiy qonundan kelib chiqadi:
Masalan: Bir uyda yoki kemada bir ma'sum bilan oʻn jinoyatchi boʻlsa, haqiqiy adolat, tinchlik va osoyishtalikning asosiy dasturi bilan u ma'sumni qutqarib tahlikaga tushirmaslik uchun ma'sum chiqqunicha kema va uyga teginmaslik kerak.
Demak bu Qur'onning asosiy qonuni hukmiga koʻra osoyishtalik va ichki tinchlikka xavf solish, oʻn jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni tahlikaga tushirish, gʻazab-i Ilohiyning kelishiga sabab boʻladi. Modomiki Janobi Haq bu tahlikali davrda bir qancha haqiqiy dindorlarning boshga kelishiga yoʻl ochgan. Qur'oni Hakimning ushbu qonuni asosiyini oʻzlariga tayanch nuqtasi va ularga gʻarazkorlik qilganlarga qarshi qalqon qilish kerakligini vaqt eslatyapti.
سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ haqiqatiga asosan, mansab - xizmatkorlik hisoblanadi. Hokimiyat va "men"lik uchun bosim vositasi emas. Bu davrda Islomiy tarbiya kamchiligi va qullikning zaifligi sababli "men"lik va xudbinlik kuchga toʻlgan. Mansabni xizmatkorlikdan chiqarib, hokimiyat va mustabid martaba holiga keltirilgani uchun, tahoratsiz, qiblasiz namoz oʻqish kabi, adolat boʻlmaydi, asosi bilan buzilib, odamlar huquqi zer-u zabar boʻladi. Kishilar haqlari, haq boʻlishi uchun huququlloh oʻrniga oʻtmaydi, balki nafsoniy haqsizliklarga sabab boʻladi.
Hozir Adnan Mandaras kabi "Islomiyat va dinning shartlarini bajaramiz" deb, mazkur asosiy qonunga qarshi chiqib unga ters ikki jarayon, oʻta katta pora bilan insonlarni aldab, ajnabiylarning aralashishiga yoʻl ochish vaziyatida hujum qilish ehtimoli kuchli.
Birinchisi: Birinchi asosiy qonunga qarshi bir jinoyatchi sababli qirq ma'sumni soʻygan, bir qishloqni yoqqan. Bu darajadagi mutlaq istibdod har nafsning istagiga boʻysunib mansab uchun hokimiyat suratida pora berib, dindor hurriyatparvarlarga hujum qilinyapti.
Ikkinchi hujum: Muqaddas Islomiyat millatini tashlab (avvalgisi kabi) bir jinoyatchi sababli yuz ma'sumning haqqini toptagan, zohiran millatchilik va haqiqatda irqchilik hissi bilan:
ham hurriyatparvar dindor Demokratlarga
ham bu vatandagi yuzda yetmishi boshqa millatdan boʻlganlarga
ham hukumatga qarshi
ham bechora turklarga qarshi
ham Demokratlarning siyosatiga qarshi ishlaydigan bebosh va xudbin nafslarga oʻta zavqli pora sifatida irqchi birodarlikni beryapti.
U zavqli qardoshlikning ichida, zavqli foydadan ming marta koʻproq haqiqiy qardoshlarni dushmanlikka aylantirish kabi ajib tahlikani, sarxushligi bilan his qila olmaydi.
Masalan: Islomiyat millati bilan toʻrt yuz million haqiqiy qardoshning har kuni umumiy اَللَّهُمَّ اغْفِرْ لِلْمُوءْمِنِينَ وَ الْمُوءْمِنَاتِ duosi bilan ma'naviy yordam olish oʻrniga, irqchilik toʻrt yuz million muborak qardoshlarni, toʻrt yuz bebosh va yaramaslarga faqat dunyoviy va juda kichik manfaat uchun tark ettiradi. Bu tahlika ham bu vatanga, ham hukumatga, hamda dindor Demokratlar va turklarga katta tahlikdir. Buni qilganlar esa haqiqiy turk emaslar. Najib turklar bunday xatodan chekinishadi.
Ushbu ikki toifa hamma narsadan foydalanishga urinib dindor Demokratlarni yiqitishga harakat qilishgani va qildirilganlari, oʻrtadagi belgilar bilan yuzaga chiqyapti. Bu ajib buzgʻunchilikka va ikki kuchli dushmanlarga qarshi qirq sahoba bilan dunyoning qirq davlatiga qarshi kurashga chiqqan va gʻalaba qilgan va bir ming toʻrt yuz yil ichida va har asrda uch yuz-toʻrt yuz million shogirdi boʻlgan Qur'oniy haqiqiatning metin kuchiga tayanish, undagi dunyoviy va uxroviy abadiy saodatning lazzatlariga, jozibali haqiqat bilan birga tayanch nuqtasi qilish, mazkur dushmanlarga va ham ichki va tashqi yovlarga qarshi eng kerakli, shart va zaruriy yagona choradir. Yoʻqsa insofsiz ichki va tashqi dushmanlarimiz sizning bir jinoyatingizni mingga chiqarib, eskilarning ham jinoyatlarini qoʻshib boshqalarning boshiga yuklaganlaridek, sizga ham yuklashadi. Sizga ham, vatanga ham, millatga ham tuzatib boʻlmaydigan tahlika boʻladi. Janobi Haq sizni Islomiyat uchun foydali xizmatlaringizda muvaffaq qilsin. Mazkur tahlikalardan muhofaza aylasin deb men va Nurchi qardoshlarimiz, qiladigan xizmatingizga va aytilgan haqiqatni qabul qilishingiz evaziga duo qilishga qaror qilamiz.
Uchinchisi: Islomiyatning ijtimoiy hayotga doir asosiy qonuni ham ushbu hadis-i sharifning اَلْمُوءْمِنُ لِلْمُوءْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا haqiqati hisoblanadi. Ya'ni tashqi dushmanlarning tajovuzlariga qarshi ichki adovatni unutish va toʻliq birdam boʻlishdir. Hatto eng badaviy toifalar ham ushbu asosiy qonunning manfaatini tushunishganki, xorijda dushman chiqqan vaqti bir-birining otasini, ukasini oʻldirgan boʻlsada, ichki dushmanlikni unutib tashqi dushman daf boʻlgunicha birdam boʻlishgan.
Minglar afsus deymizki, "menlik"dan, obroʻtalablikdan, gʻururdan va ayyor siyosatdan kelib chiqqan tarafgirlik fikri bilan oʻz tomoniga shayton yordam bersa rahmat ayttiradi, muxolifiga farishta yordam etsa la'nat aytadigan hodisalar koʻrinyapti. Hatto bir solih olim siyosiy fikriga qarshi bir buyuk solih olimni takfir darajasida gʻiybat qilgan. Islomiyatga qarshi biz ateistni oʻz fikriga toʻgʻri kelgani va tarafdor boʻlgani uchun harorat bilan maqtaganini koʻrdim. Shaytondan qochgandek oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etdim.
Hozir bir kishi:
ham Ramazon-i Sharifga
ham Islom shiorlariga
ham bu dindor millatga katta jinoyat qilgan vaqti muxoliflarining uning holatidan hushlangani koʻrildi.
Holbuki kufrga rozilik kufr boʻlgani kabi, zalolatga, fisqqa, zulmga rozilik ham fisq, zulm, zalolatdir. Ushbu ajib holatning sirrini koʻrdimki, oʻzlarini millat nazarida qilgan jinoyatlarini ma'zur koʻrsatish hissi bilan muxoliflarini oʻzlaridan dinsizroq, jinoyatchiroq koʻrish va koʻrsatishni istayaptilar. Bunday dahshatli haqsizliklarning natijalari juda tahlikali boʻlgani kabi, ijtimoiy axloqni ham zer-u zabar qilib bu vatan, millat va Islomiy hokimiyatga katta suiqasd hukmidadir.
Yana yozar edim, lekin ushbu uch asosiy nuqtani hozircha dindor hurriyatparvarlarga bayon qilib kifoyalanam.
[Adnan Mandarasga joʻnatilish niyatida avvalroq yozilgan ichtimoiy hayotimizga doir bir haqiqatning hoshiyasini takroran taqdim qilamiz]
Hoshiya: Eskilarning keraksiz oʻzboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki turtkisi bilan yuzaga chiqqan Tijoniy masalasini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olamining nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi menimcha shunday:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.)ning yoyilishi bilan Demokratlar oʻn daraja kuch topgani kabi, Ayasofiyani besh yuz yil davom etgan muqaddas holatiga qaytarish va hozir Musulmonlarda husni ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining husni e'tiborini qozontirgan, yigirma sakkiz yil mahkamalarning zararli tomonini topa olmagan va besh mahkama oqlashga hukm qilgan Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar e'lon qilishi kerak va bu yaraga malham surishlari kerak. Shunda Islom olamining e'tiborini qozonishganidek, boshqalarning zolim yomonliklari ularga yuklanmaydi degan fikrdaman. Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun men oʻttiz besh yildan beri tark etgan siyosatga bir-ikki soat qaradim va buni yozdim.
Samsun Mahkamasidan tergovchi va prokurorning Buyuk Jihod gazetasida tarqalgan bir shikoyatimga doir meni Samsun Ogʻir jazo mahkamasiga berishganiga doir chaqiriq qogʻozi keldi. Menga oʻqib berishdi. Ichida faqat toʻrt masala e'tiborga olinishi mumkin deb topdim:
Birinchisi: Buyuk Jihodning mas'ul mudiri mahkamada bosh prokurorga aytibdiki: "Said Nursiy u maqolani menga joʻnatdi. Men ham nashr etdim."
Bu masalaning haqiqati quyidagicha: Men xastaligimda yonimga Amirtogʻdagi qardoshlarim kelishdi. Amirtogʻda boshimga kelgan zolim hodisaga doir gaplashdik. Ham xasta, ham gʻazabnok, ham Anqaraga shikoyat suratida bir narsalar aytgan edim. Yonimdagi xizmatchim qalamga oldi. Nur talabalari munosib koʻrib Anqaradagi bir-ikki Nur talabasiga ba'zi dindor deputatlarga koʻrsatishlari uchun joʻnatishdi. Xastaligimda menga muammo tugʻdirmasin. Joʻnatibdi ham. Ba'zi deputatlar koʻrishibdi. Biz bilmagan bir kishiga yoqib, Buyuk Jihod mudiriga joʻnatibdi. Men qasam ichamanki, oʻshandan hozirgacha kim joʻnatganini bilmagan edim. Nashr etilganidan keyin bu yerga bir nusxa keldi. Yangi harflarni bilmaganim uchun bir kishi oʻqib berdi. Men mamnun boʻldim. Nashr qilganlardan Alloh rozi boʻlsin dedim. Oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan boʻlsamda, Buyuk Jihod kabi dinga xolis xizmat qilgan gazeta va uning sohibi va muharrirlariga din nomidan minnatdor boʻldim va Alloh rozi boʻlsin dedim. Men bexabar va pul bermasamda u muborak gazeta doim menga joʻnatilar edi.
Ikkinchi Masala: Mening Samsundagi Ogʻir jazo mahkamasiga joʻnatilishimga doir. Bu masalada shuni qat'iyyan bayon qilamanki, Samsun atrofidagi, xususuan Buyuk jihod doirasiga mansub muborak oxiratli qardoshlarim va Nur talabalarini ziyorat qilib koʻrishga borgim kelar edi. Lekin doktorlarning xulosasi bilan qat'iy quvvatsizligim shu darajaga kelganki, oldimdagi besh daqiqalik, bu masalaning boshlangʻichi va asosi boʻlgan mahkamaga, bir yarim yildan beri menga xabar berishgan boʻlsada, bora olmayotgan edim. Majburan bosh prokuror va sudya vazifasidagi tergov sudyasi yonimga kelishdi. Tergov asosi boʻlgan Buyuk Jihod gazetasini ham olib kelishdi. Gazetaning ba'zi soʻzlarini mening soʻzlarim ichiga aralashtirilibdi. Men ularga javoblarimni berdim. Farazan Ogʻir jazo bu ahamiyatsiz masalaga ahamiyat bersa, sogʻliqni saqlash hay'atidan ikki oylik xulosasi boʻlgan zaharlanish xastaligi bilan qattiq kasallanganim uchun shaxsan borishim uchun mening mahkamamni Eskishaharga oʻtkazishga ruxsat bersin. Yoʻqsa imkoni yoʻq.
Uchinchi Masala: Prokuror va tergovchi sudya 163-moddaga asosan Said Nursiyni, dinni siyosatga vosita qilib, osoyishtalikka tahdid soladigan tashviqot qilyapti, deb ayblashyapti. Bu masalaning haqiqatini yigirma toʻqqiz yildan beri besh-olti mahkama, besh-olti viloyat zobitlari, 133 qism kitoblarimni va minglab maktublarimning barchasini qoʻlga kiritishgan boʻlsada va dinsiz qoʻmitalarning turtkisi bilan ba'zi sofdil mansabdorlarni aldab qat'iyyan ikki masaladan boshqa javobgarlikka asos topa olishmadi. Bunga dalil: Ikki yil barcha maktub va kitoblarim Dengizli Ogʻir jazo mahkamasi bilan Anqara Ogʻir jazo mahkamasi va Oliy Sud ham bir ovozdan ham meni oqlashga, ham butun kitoblarni qaytarib berishga hukm chiqarishi va besh-olti viloyatda faqat tasattur-oʻranishga doir yozilgan bir oyat tafsiri bahonasi bilan bitta mahkama yengil jazo berishni xohladi. Aniq va kuchli javobimga nisbatan masalani vijdoniy xulosa chiqarishga majbur boʻlishdi. Demak ular ham javobgarlikka asos topa olishmadi. Bu masalani izohlash uchun Afyon mahkama raisiga murojaat joʻnatdim. Ma'lumot uchun sizga ham ma'lumot sifatida joʻnatyapman.
Xulosa: Bitta naqarot besh-olti mahkamada takrorlangan va javobgarlikka asos topa olishmagan. Endi Samsun prokuror va tergovchisi yigirma sakkiz yillik naqarotni aynan takrorlayapti: "Shaxsiy oʻbroʻ orttirish uchun tashviqot qilib dinni siyosatga vosita qilyapti."
Mening oʻrnimga besh mahkamada toʻrt yuz sahifalik rad qilinmagan mudofaamni havola qilaman. Meni gapirtirmay unga qarashsin.
Samsundan kelgan chaqiruv qogʻoziga qisqacha javobimni Sudyalar hay'atiga taqdim qilaman:
Birinchisi: Men maqolamni oʻzim joʻnatmaganman. Bu yerdagi barcha doʻstlarim bilishadi.
Ikinchisi: Yashirin dushmanlarimning suiqasdi bilan zaharlanib qattiq xastalanganman. Yonimdagi masjidga ontadan bir martagina bora olyapman. Samsun mahkamasini yonimizdagi Eskishahar mahkamasiga oʻtkazishni qonunan talab qilaman.
[Gʻoyat ahamiyatli bir hodisa, bir ariza va bir shikoyatdir]
Qoʻlimizga Pokistonda chiqqan "As Siddiq" nomli muhim majmua tushdi. Ellik sahifalik majmuaning yarmigacha Risola-i Nurning ba'zi maqolalari borligini koʻrdik. Xususan boshida Risola-i Nurdan "Yigirma Ikkinchi Maktub"ning birinchi mavzuini Islom olamiga oʻta ahamiyat va taqdir bilan اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ oyatiga chaqiriq hukmida yozilganini koʻrdik. Hozir oʻsha tarjima qilingan arabiy majmuaning asli turkchasini afkori ommaga, xususan ushbu Islomiy hukumatning raislariga va deputatlariga bir yil avval berilganidek, yana ma'lumot uchun taqdim etishga ikki-uch sabab bor:
Birinchisi: Risola-i Nurdan "Gʻaybiy Muhr" majmuasida yozilgan yuzlab qat'iy ishorat va belgilarning dalolati va koʻp hodisalarning dalolati va tasdiqi bilan aniqlanganki:
Risola-i Nur ma'naviy buzgʻunchilikka va anarxistlik va bolshevizm, tabiatparast va moddapastlarga, shak-shubha va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy toʻsiq xizmatini loyigʻidek bajarishi bilan bu vatanni tahlikali dunyo boʻroni ichida muhofaza qilishga sabab boʻlgani va bir maqbul sadaqa oʻrniga oʻtib ikkinchi jahon urushi balosiga va boshqa yurtlarda sodir boʻlgan balolarning bu mamlakatga kirishiga monelik qiladigan ma'naviy qalqon tashkil etgani ochiq-ravshan ayon boʻlgan.
Risola-i Nurga nazar solgan eng qaysar faylasuflar ham bu iddioni tasdiqlashga majbur qolgan. Demak Risola-i Nur besh yuz ming talabasi va olti yuz ming nusxasi bilan hammaning qalbida iymon darsi bilan bir qoʻriqchi qoʻyib osoyishtalikni ta'minlaydi. Qur'onning وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni bir kishining gunohi bilan boshqa birov javobgar boʻlmaydi degan asosiy qonunini tatbiq qilishga harakat qilishi bilan va oʻqigan millionlar insonlar ichida hech biri uni oʻqishdan zarar koʻrmagani, bu davrda bir Qur'oniy moʻ'jiza va bu vatan va millat uchun balolarni daf qilish vasilasi ekani isbot qilingan boʻlsada, yigirma besh yildan beri yashirin, buzgʻunchi, anarxist hisobiga ishlagan qoʻmitalar hiylalari bilan mahkamalarni dushmanga aylantirishga uringani, besh viloyatda besh katta mahkama Risola-i Nurning juz'larini ikir-chikirigacha tekshirib javobgarlikka asos boʻladigan bitta masala topa olmay oqlagani, soʻng yigirma joyda adliya alohida aloqador boʻlib javobgarlikka vaj bʻolmagani uchun aybi yoʻq hukm qilgani va Afyon mahkamasi ham ikki marta qaytarib berishga hukm qilgan boʻlsada, risolalarni qaytarib berishga hukm chiqarib risolalarni qaytarishni va toʻliq tarqalishini taqozo qilgan qonunni, huquqiy kerakli sabablar boʻlsada, besh yildan beri yashirin qoʻmitaning aldashi, hiylalari va bahonalari bilan Afyon mahkamasida besh yildan beri muborak risolalarni egalariga qaytarilishi kechikyapti.
Holbuki katta ichki ishlar idoralarida, zobitlar aniqlagan yuz minglar Nir talabalari va yuz minglab Nur nusxalarida hech qanday zarar, muammo chiqqani kuzatilmagani, qayd etilmagani koʻrsatadiki, Risola-i Nur osoyishtalikning tamal toshiga xizmat qilgan maqbul sadaqa hukmidadir. Bu yurtni moddiy-ma'naviy tahlikalardan muhofaza qilishga sabab boʻlgani yuzaga chiqqan Qur'oniy haqiqatdir.
Risola-i Nurning ahamiyatli qismi boʻlgan va minglab yoshlarni vatan, millat va osoyishtalik manfaatiga tarbiya qilgan "Yoshlarga Rahnamo"ning mahkamasi sababli Ustozimiz xasta holida ikki marta Istanbulga mahkamaga borib bir yuz yigirma politsiyachining toʻplangan odamlarni tarqatishga uringan mahkamada "Yoshlarga Rahnamo"ning ham muallifini, ham yoyilishini bir ovozdan oqlashga hukm chiqarilishi va xossatan ichida "Rahnamo"ning boʻlgan umum risolalarni besh mahkama oqlab, oʻn besh kunda qaytarib berilishi kerak boʻlgan "Yoshlarga Rahnamo"ning oʻn besh oydan beri qaytarilmasligi, Dengizli va Anqara ogʻir jazo mahkamasi besh oyda oqlab, qaytarishga qaror qilishgan boʻlsada, Afyon mahkamasi qaytarishni besh yil kechiktirishi, Diyorbakr atrofida, sharqiy viloyatlarda iymon, din va osoyishtalik tomonidan yuz voizchalik manfaati boʻlgan bir kishining oʻz puliga olgan Nur nusxalarini (u haqida besh mahkamaning hukmi boʻlishiga qaramasdan) musodara qilib vatanga, millatga foydali xizmatiga mone boʻlishi maqbul sadaqa hukmidagi balolarni daf qilish vasilasi bu suratda yashirilgani uchun, bir yarim milliard zararga vasila boʻlgan balo fursat topib keldi deyish mumkin.
Agar besh mahkamaning va Istanbulning chiqargan oqlashi natijasida "Yoshlarga Rahnamo" yoyilganida uning darsi bilan uygʻongan va xushyor boʻladigan Musulmon yoshlar albatta boshqa insonlarning yoki isyonchilarning buzgʻunchiligiga yoʻl bermaydigan bir yarim milliard lira zarardan bu millatni qutqarishga sa'yu gʻayrat qilar edilar. Bir yarim milliard liralik ushbu kirning chiqishiga yoʻl bermas edilar...
Ha, Ustozimiz eski jahon urushida Rusiyadagi asirligida anglaganlarki, ma'naviy buzgʻunchilik bilan yoshlarni buzgan tahlika yurtimizga ham keladi deb oʻsha vaqtdan beri xavotirlanib butun kuchi bilan ma'naviy buzgʻunchilikka qalqon boʻlish uchun "Yoshlarga Rahnamo" kabi koʻp asarlar yozdilar. Qur'oni Hakimning darslarini tarqatdilar. Lillahi-l hamd juda koʻp yoshlarni qutqarishga vasila boʻldi... hozir siyosatchilar umumiy tinchlik va milliy birdamlikni istayotgan ekan, Pokiston ham ahamiyat bilan e'tiborga olib, "As Siddiq" majmuasida nashr etgan risolaning yoyilishiga tez ruxsat berishsin.
Qur'oni Hakimning asosiy qonuni boʻlgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan bir kishining xatosi bilan boshqa odam, ukasi boʻlsa ham, javobgar boʻlmaydi. Bir yuz oʻttiz risolada bitta risolaning yuz sahifasidan bittasi qaysar insofsizlarning nazarida xato boʻlsada, dunyoda yuz ming sahifalik bir yuz oʻttiz kitobni javobgarlikka tortadigan qonun bormi?
Holbuki oʻttiz yil ichida besh mahkama oʻsha kitoblarni oqlagan. Malatiya masalasi munosabati bilan yigirma mahkama aloqador boʻlishdi. Yigirma sud hech ayb topa olmayapmiz deb, olti yuz ming nusxasi yurtda va xorijda tarqalib hech kimga zarar bermasligi va Ovrupoda eng yuksak maktabda Nur darsxonasi deb ayirgan joyda Xristianlar ham ularni oʻqishi va Islom olamida koʻp taqdir bilan yoyilishi, hatto Pokistonda chiqqan "As Siddiq" majmuasining Risola-i Nurning bir risolasini nashr qilib Diyonat Riyosatiga joʻnatishi va bu qadar tarqalishi bilan birga hech qanday olim unga e'tiroz bildirmasligi kabi haqiqatlar koʻrsatadiki, albatta Diyonat doirasining haqiqiy vazifasi Nurlarni himoya qilishdir.
Diyonat idorasi Mashihat-i Islomiya kabi faqat Turkiyaning din muallimi emas, balki umum Islom olamiga Mashihat-i Islomiya oʻrniga aloqasi, nazorati, munosabati bor. Islom olami Diyonat idorasiga husn-i zon qilish, notoʻgʻri tushunmaslik, xususan bu davrda juda koʻp kerak. Hamda Turkiya bilan ittifoq qilmagan Islomiy hukumatlarda muborak idoraga nisbatan notoʻgʻri tishuncha kelmasligiga sabab boʻlgan va Islom olamining har tomonida, balki Ovrupoda maqtovga sazovor boʻlgan Risola-i Nur Diyonat idorasini ham sharafini muhofaza qilyapti, ham Islom olamiga nisbatan u idoraning bir asari sifatida tarqalishi oʻta kerak va shart ekanini, bu masalani ekspertlar toʻliq e'tiborga olishsin.
Shuning uchun Risola-i Nur dinsizlarning hujumiga qarshi muhofaza va himoya qilinishi uchun bechora Said Nursiy va Nur talabalaridan yuz daraja koʻproq Diyonat Riyosati a'zolari, domlalari aloqador boʻlishi kerak. Takror-takror oqlanganiga qaramay tarqalishiga mone boʻlgan hiylakorlarni lol qilish kerak.
Anqarada bir qardoshimizning "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"ni bahona qilib umum Nur risolalarini olish uchun kelishgan. Qardoshimiz Ogʻir jazo mahkamasining "Asoy-i Muso" haqidagi oqlash hukmini koʻrsatilgandan soʻng "Asoy-i Muso"ni olishdan voz kechishdi. Topgan va olib ketish oldidan koʻz oʻngiga qoʻygan oʻntacha "Yoshlarga Rahnamo"ning ham ustiga oʻzlari farqiga bormay ba'zi kitoblarni qoʻyishgan. Ketayotib "Yoshlarga Rahnamo"ni qancha qidirishsa ham topa olishmabdi. Shu shaklda "Yoshlarga Rahnamo" oʻz karomati bilan oʻzini muhofaza qilgan. "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"dan tashqari bitta-bitta olgan majmua va risolalarni ham ichki ishlardan takroran qaytarib berishgan.