Oʻn besh yil avval "Rahnamo"ning boshida yozilganidek, ba'zi yoshlar oʻzlarining diniy va uxroviy hayotini muhofaza qilish uchun yonimga kelishdi. Men ularga Alloh uchun "Rahnamo"dagi darsni berdim.
U Risola bir-ikki hoshiya mustasno
ham Isparta Hukumati
ham Dengizli mahkamasida
ham Anqaraning Ogʻir Jazo va Oliy Sudlarining ikki yil qoʻlida qolishi natijasida oqlanishi va
"Rahbar" ham ichida Risola-i Nur Kulliyotining hammasini qaytarib berilishi va
bir nusxasi Anqara Ichki Ishlar Mudirining qoʻliga tushishi ("Rahnamo"ning boshida yozilganidek) bitta soʻzini kavlashtirishi oqibatida oxirida kelgan jumlani oʻqib tushunishi va yoyilishiga mone boʻlmasligi,
Yana minglab nusxa yoyilayotgan boʻlsada hech bir joyda zarar, e'tiroz koʻrilmasligi, hatto Mersinning Tarsus qishlogʻida bir necha Nur kitoblarini musodara qilib "Yoshlarga Rahnamo" ham ichida dohil, Anqaraga joʻnatilib, tekshirilgandan keyin, viloyatning buyrugʻi bilan toʻliq ozod deb, rasmiy hujjat berishlari va Istanbulda chop qilingan vaqtda qonunan bech-olti idoraga joʻnatilib, qoʻllarda besh-olti oy qolsada, hech kim kavlashtirmagani, "Rahnamo"ning ahamiyatini va qonunan erkinligini isbot qiladi.
Soʻng mingdan koʻproq yoshlar Anqara va boshqa viloyatlarning maktablarida undan vatan, millat, ahloq jihatida foydalangan va hech kim zarar koʻrmagan boʻlsada, birdan hech qanday aybi yoʻq bir-ikki soʻzga yanglish ma'no berish, masalan "Yoshlarga Rahnamo" deb nomlab ayblov mavzui qilishgan.
Bittasi muallifi chop qilmagan, oʻzi bechora xasta yotogʻida boʻlib, yoshlar chop qilgan boʻlsada, shaxsiy obroʻ olish uchun yozilgan deb, ayblov mavzui qilib, chop qilganga emas, muallifiga ogʻir jazo berishdi, majburan u yerga chaqirishdi. Holbuki oʻn besh yil aval yozilgan va avf qonuni chiqishi va vaqt oʻtishi bilan oqlangan. Shunday ekan batamom qonuunsiz gʻarazga binoan muallifini tinmay kavlashtirishyapti.
Javoban aytamanki: Oʻn tomondan qonunsiz, tinmasdan, xastaligim vaqtida meni iqtidorim xorijida mahkamaga berishning sababi - "Rahnamo"ning vatan, millat, osoyishtalikka juda kata foydasi boʻlgani uchun, anarxistlik va dinsizlik hisobiga kavlashyapti degan ehtimol bor.
Qonun nomidan gʻarazli qonunusizlik hisobiga meni majburan, zoʻrlik bilan Istanbulda mahkamaga yoʻllash, mening juda keksaligim, zaifligim va zaharli qattiq xastaligim qat'iyyan tibbiyot, fan nuqtai nazaridan qat'iy uzrim boʻlib, toʻrt marta buning xulosasini olib ularga joʻnatgan boʻlsada, qayta-qayta meni majburlashgani ruhimga qattiq bordi. Mening boshqa mahkama va boshqaruv huzurida gapirish iqtidorim xorijidadir. Gapirsam ham vatan, millat va osoyishtalikka zarar berish maqsadida harakatlangan va meni qonunga qarshi muhokama qilganlarning yuziga solishga majbur boʻlaman. Boshqa zulmni koʻtara olmayman. Bu esa boshqa ahamiyatli xastalikdir. Vatanga ham ushbu ma'naviy xastalik zarar berish ehtimoli bor.
Sogʻliqni Saqlash Hay'atidan iltimosim shuki, meni taniganlar va men bilan yaqindan aloqador boʻlganlar bilishadiki, yashirin dushmanlarim meni koʻp marta zaharlashdi. Ovqat yeya olmayman. Hatto xizmatchim bilan besh daqiqadan koʻp gapira olmayman.
Yana boshimda qattiq va davomli shamollash bor. Bir koʻzim bu shamollashdan ogʻrib, yosh oqadi. Xronik qulunch bezgagi bilan xastalanganman.
Yigirma sakkiz yil gʻurbatda qolganim va boshqalarning yordamini qabul qilmaganimdan, qattiq zaruratda yashaganim uchun juda zaifman. Hatto zinapoyadan qiynalib chiqaman. Qat'iy zarurat boʻlmasa, besh daqiqa gapira olmayman, charchayman.
Men eski mahkamalarda ham Risola-i Nur, ham Risola-i Nur talabalari uchun chidar edim. Tom haqiqatni izhor qilmas edim. Zulmlarini bir daraja koʻtarib, ma'sumlarga, osoyishtalikka zarar kelmasin deb sabr qilar va har qanday zulm va qiynoqlarni koʻtarib, haqsizliklarini yuzlariga solmas edim.
Endi esa Risola-i Nurni Islom olami yelkasiga oldi. Nur Talabalari esa mening bagʻrikengligim va dushmanlarim bilan ovora boʻlmaganim va zulmlariga sukut qilishimga ehtiyoji qolmadi. Shuning uchun menga ogʻir botganda, iroda va ihityorim xorijida qarshimga chiqqan yashirin dushmanlarim menga zarar qilishiga sabab boʻlgan, meni jazolashga uringanlarga haqiqatni ochiq-oydin gapiraman. Sukut endi... Izhor qilinmaydi.
Modomiki haqiqat bu ekan, Sogʻliqni Saqlash Hay'ati mening
ham moddiy-ma'naviy, ham asab, yurak, shamollagan bosh xastaliklarim
ham qulunch va bezgak,
mahkamalarda gapirishga iqtidorim yoʻqligi
ham vakillarim va chop qilganlar rasman u yerda ekan, vakillar vositasida koʻrsatma olinishi uchun tibbiy va tahlikali xastaligi bor degan xulosa berilishini iltimos qilaman.
Aziz va muborak, mushfiq Ustozim!
Bu arizamni Nurga aloqali va haj doʻstlarimdan Qoraqochonli Hoji Sabri qardoshim bilan taqdim qilaman.
Avvalo: Muborak qoʻllaringizni kamoli ehtirom bilan oʻpib, bu ojiz va aybi koʻp qardoshingiz va talabangizni mustajob va muborak duoingizga dohil qilishingizni iltimos qilaman.
Ikkinchidan: Hoji Sabri qardoshingizni va boshqa yangi aloqador kishilarni duolaringizga kiritishingizni iltimos qilaman.
Uchinchidan: Ukam Xusrav kerak boʻlsa zoti oliylarining, kerak boʻlsa boshqa qardoshlarning maktublarini amrlaringizga boʻysunib joʻnatishda davom etayotgani uchun, lillahilhamd vaziyatlardan xabardor boʻlyapmiz.
Toʻrtinchidan: Kerak boʻlsa Xusrav qardoshimning va kerak boʻlsa Jaylonning joʻnatgan asarlarni qardoshlarga berdim va pulini ularga joʻnatdim. Urfadan yana biroz istadim. Kelsa, inshaalloh ularni ham talabalarga beraman. Asarlardan bir toʻplamini Sabri olibdi.
Beshinchidan: Jumhuriyat raisi nutqidan kelgan xushxabar xulosasining amalga oshishini Ilohiy lutfdan niyoz qilamiz.
Oltinchidan: Nurning nashri va futuhoti uchun Rahim va Karim Robbimiz muvaffaq qilgan nisbatida istihdomimiz lillahilhamd davom etyapti.
Kechqurunlari Nurli jamoatdan tahskil topgan faqirxonamizga kelgan jamoatga Nurdan dars berishda davom etilyapti.
Malatiya sayohatida u yerdagi aloqador kishilarning ishlash tarzlarini aytdim. Buyuk Sharqchilarning bu faqirni oʻz jamoatiga kiritish xususidagi takliflariga: "Katta Sharqchilik siyosiy toʻplam emasmi?" deb soʻradim. "Ha" deyishgani uchun, "Sizning faqat iymoniy va Qur'oniy masalalardagi tushunmagan va izohini istagan nuqtalaringizni Risola-i Nurning yordami bilan hal qilishga harakat qilaman.
Mening yoʻlim, ixtiyor va shuurim taalluqli boʻlmay Risola-i Nur doirasida istihdom-Alloh tomonidan bu ishni qildirishdan iboratdir. Iymon va Qur'on masalalaringizga hamfikrman. Lekin siyosat bilan shugʻullana olmayman." ma'nosida javob berdim. Lekin bu jamoatdan Nurlarga aloqador boʻlganlar bor. Ularning qoʻlini qoʻliga berib ham asarlarni oʻqishlarini va tushunmagan joylarini soʻrashlsarini, Qur'oniy xatni oʻrganishga gʻayrat qilishlarini iltimos qildim. Malatiya, Urfa, Ayntebdagilarni asarlarni singdirishga va aloqalarini orttirishga ojizona yozuvlarim bilan tashviq qilyapman. Hozircha Nuriy ishim bundan iborat.
Janobi Haqqa nihoyatsiz hamd va shukr boʻlsinki, hisobsiz kamchiliklarim bilan birga, Qur'oniy va iymoniy xizmatda istihdomga loyiq koʻribdi. Albatta muborak va mushfiq Ustozimning duolari barakoti bilan Nuriy jamoatning ojiz a'zosi boʻlishda davom etib Livau-l Hamd Alayhissaslotu Vassalaom taxtida toʻplanganlardan boʻlaman.
Takror batakror muborak qoʻllaringizni kamoli ta'zim bilan oʻpib, aloqador qardoshlarimning ham salom, duo va ehtiromlarini arz qilaman. U yerdagi moddiy-ma'naviy yaqin boʻlgan butun doʻstlarga arz va ehtirom qilaman. Arhamur-r Rohimiyn boʻlgan Robbimizdan doimiy niyozim - aziz, muhtaram va mushfiq Ustozimdan abadiyyan rozi boʻlsin va butun maqsadlarini hosil aylasin. Omin.
Juda sevgili, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!
Avvalo: Ham muborak oʻn kechangizni ham muqaddas bayramingizni ruhu jonim bilan tabriklab, hurmatlarimni aytib, Nur tarqatgan qoʻllaringizdan oʻpib, kamchiligimning avfini iltimos qilaman.
Ikkinchidan: Bu gunohkor, oddiy, ojiz, kamchilikli, layoqatsiz, miskin, tanbal talabangizni Risola-i Nurning muqaddas iymon va Qur'oniy haqiqatlariga va sevgili Ustozning ma'naviy-moddiy tarbiyalariga sazovor qilgan Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr qilaman. (Alhamdulillahi haza min fazli Robbi.)
Sevgili Ustozim! Ma'naviy tarbiyangizning belgisini har doim bizga his ettirgan Rabbi Rahimimga naqadar shukr qilsam, yana oz. Tahdisi ne'mat boʻlishi uchun shuni ham arz etishni istayman: Xastaligimdan shikoyatchi emasman. Chunki lillahil hamd koʻz nurim, ruhimning sururi va qalb ozuqam boʻlgan Risola-i Nurning haqiqatlarini amalda va tajriba bilan dars olishimga sabab boʻldi.
Haqiqatdan umrining qirqinchi yilida
mudhish moddiy va ma'naviy xastaliklarimga har bir "umid"ida ruh va qalbga minglar nuru tavhidni va tasalli ziyosini sepgan "Keksalar Risolasi",
bir davosida nihoyatsiz ma'naviy shifosi boʻlgan "Xastalar Risolasi",
oʻn bir tavhid kalimasining juda gʻaroyib va oʻxshashi yoʻq tarzda tilsimlarini kashf qilgan,
har bir jumlasidan nuri tavhid otilib chiqqan "Yigirmanchi Maktub",
iymon haqiqatlarining eng oxirgi, eng qiyin, eng chuqur va butun faylasuflarni, hatto Islom hakimlarini ham hayratda qoldirgan juda muhim tilsimlarni ochgan "Yigirma Toʻrtinchi Maktub",
qalbning butun ma'naviy yaralariga muqaddas davo boʻlgan "Oʻn Yettinchi Soʻz" va unga oʻxshagan risolalar juda gʻaroyib tarzda yordamga keldi va davolashni boshladi.
Men qat'iy qanoat hosil qildimki: Goʻyo Risola-i Nur, jumladan mazkur risolalarni ham men, ham xastalik munosabati bilan yonimga kelganlar dars olishsin deb rahmati Ilohiya tomonidan xastalantirilibman.
Ha, xuddiki sevgili, mushfiq Ustozimiz "Keksalar Risolasi"ni yoshlarga, "Xastalar Risolasi"ni sogʻlom kishilasrga yozganlar.
Uchinchidan: U yerdagi va sevgili Uslozimizning qiymatli xizmatidagi muhtaram doʻstlarimizga, ham bir-bir salom aytaman, ham bayramlarini tabriklayman. Sevgili Ustozimizning qoʻllaridan, qardoshlarimizning koʻzlaridan oʻpaman.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bir kishi menga yangi harf bilan uzun maktub yozibdi, oʻzining kim ekanini bildirmabdi. Uch nuqtada shubha qilib e'tiroz bildirgandek yanglish ma'no bergani uchun goʻyo bizni ogohlantiribdi. Yoʻlimiz munoqasha va munozara boʻlmagani va kamchiligimizni haqiqiy koʻrsatganlardan xursand boʻlganimiz uchun, ushbu majhul kishining maktubida uch asosning haqiqatini koʻrsatib yanglishini toʻgʻrilashni istadim:
Birinchi asos: Risola-i Nurning ustozi va manbai, Saidning ham koʻp vaqtdan beri bir virdi boʻlgan ba'zi oyatlar, bir hizbi Qur'oniy suratida bir qism talabalarning istagi bilany qalamga olindi. Soʻng chop etildi. Toʻrt-besh mahkamaning ham koʻrsatgan ekspert olimlar, hatto Diyonat Riyosati doirasi va Istanbulning fatvo doirasidagi diniy kitoblar tadqiqi hay'atidan hech bir olim va ekspert olimlar e'tiroz bildirishmadi. Balki taqdir qilib tahsin etishdi. Chunki boshda sahobalar va chop qilingan "Majmuatu-l Ahzob"dagi Hazrati Usoma Raziyallohu Anhuning hizbi Qur'oniyini har kuni bir qismini oqish uchun taqsimlangan. Ayni kitobda va "Majmuatu-l Ahzob"ning oʻsha jildida Imom Gʻazzoliyning Raziyallohu Anhu bir hizbi Qur'oniyi va juda koʻp valiylarning oʻz yoʻliga muvofiq ba'zi suralar va oyatlarni maxsus hizbi Qur'oniy qilishgan.
Oʻn yil avval shahid boʻlib vafot etgan marhum Hofiz Ali kabi Nurning qahramonlaridan, mening xususiy virdimni va Risola-i Nurning ustozlari va manbalari boʻlgan muhim oyatlarni jamlashni istashdi. Soʻng ularga joʻnatdim. Ular chop etishdi. Chunki hamma butun Qur'onni oʻqishga vaqt topa olmaydi. Lekin bunday hizbi Qur'oniy qoʻliga tushsa, har doim istifoda qiladi degan maqsadda, ham savoblari juda koʻp boʻlgan oyatlar va suralar, ichida yozilgan. Zotan Qur'oni Hakimning bir moʻ'jizasi shuki, ahl-i haqiqat va kamolotdan har bir yoʻl sohibi, yoʻliga muvofiq, Qur'onda bir Qur'onini, maxsus hizbini, ustozini topadi. Goʻyo bitta Qur'onda minglar Qur'on bor.
Bu moʻ'jizaning sirri shuki: Qur'oni Hakimning oyatlarining va kalomlarining munosabatlari faqat birga boʻlganlarga emas, balki juda koʻp oyatlarga, kalomlarga va kalimalarga munosabati bor, qaraydi. Nuriy "Ishoratu-l I'joz" tafsirida bu sir bir daraja koʻrsatilgan. Demak boshqa kalomlarga oʻxshamaydi. Har bir oyat, minglar oyatlarga qaragan bir-bir yuzi va koʻzi bor. Bu Qur'oniy vaziyat koʻp haqiqatlarga asosdir. Ahl-i tariqat va ahl-i haqiqatning har bir qismi oʻz yoʻliga koʻra, kulliy Qur'on ichida maxsus hizblari bor.
Rısola-i Nurning "Hizb-i Qur'oniy"i ham oʻsha turdan. Buni bunday nashr qilish uchun avliyolardan boʻlgan marhum Hofiz Ali buni tez chop etishni istadi. Chunki butun Qur'onning Risola-i Nurning kashfi bilan xatida bir nav tavofuq moʻ'jizasi borligidan uni chop etib chiqarish uchun ushbu hizb-i Qur'oniyning bir muqaddimasi, xushxabarchisi sifatida bosib chiqarishdi. Hozirgi Xusravning qalami bilan yozilgan, juda gʻaroyib va tavofuq jihatida moʻjizotli Qur'onimizning oʻn besh yildan beri chop etilishga harakat qilyapmiz. Lekin aksar Nurchilar faqir boʻlishgani va fotograf bilan chop etish kerak boʻlgani uchun, yigirma besh ming banknot xarajat kerak boʻlgani uchun, Hizb-i Qur'onimiz muqaddima sifatida avvalroq, moʻ'jizali Qur'onimizning xushxabarchisi sifatida chop etildi. Bu moʻ'jizali Qur'onimizni ham Diyonat Riyosati tekshiribdi, juda yoqibdi. Istanbuldagi fatvo doirasidagi musxaflar tadqiqi ulamolari oʻta chiroyli deyishgan. Oʻta goʻzal tadqiq etib tahrir qilingan holda qaytarib berishdi. Inshaalloh yaqinda ushbu Qur'onimiz bosilib, Nuriy hadya sifatida Islom olamiga nashr qilinadi.
Oʻzini bildirmagan kishi shubhalangan:
Ikkinchi Masala: Juda koʻp Nurchilarning haddimdan yuz daraja ortiq husn-i zonlari bilan mendan deb bilishgan fahrlanadigan sifatlarni yuz marta ularning yuzi-koʻzi demay rad etganman. Lekin yigirma sakkiz yil siyosatchilar, Risola-i Nurning faqat iymoniy va uxroviy yoʻlini madaniylashish fikriga toʻgʻri kelmagani uchun qamoqlar, mahkamalar, bosimlar, aslsiz boʻhtonlar bilan Nurchilarni koʻrqitib, meni obroʻsizlantirish maqsadida Risola-i Nurni nashr ettirmaslik uchun, tenggi yoʻq vaziyatga solishdi.
Yarim ummiy, tuhmat ostida va Nur shogirdlarini batamom qochirmaslik uchun menga madhini shaxsimdan rad qilaman. Ular Nurlarga oid. Siz koʻrgan ustunliklar meniki emas, Risola-i Nurnikidir. U esa Qur'oni Hakimning bir haqiqatining tafsiridir. Har asrda dinga va iymonga toʻliq xizmat qilgan mujaddidlar kelishgani kabi, bu ajib va qoʻmitachilik va zalolatning ma'naviy shaxsining tajovuzi vaqtida bir ma'naviy shaxs mujaddid boʻlishi kerak. Eski davrga oʻxshamaydi. Shaxs qanchalik gʻaroyib boʻlsa ham, ma'naviy shaxsga qarshi magʻlub boʻlishi mumkin. Risola-i Nurning bu jihatda bir nav mujaddid boʻlishi kuchli ehtimoli boʻlgani uchun, u sifatlar, xosho-Xudo saqlasin, mening haddim emas. Balki koʻp marta yozganimdek, mening hayotim Risola-i Nurga bir jihatdan urugʻ boʻlishi mumkin. Qur'onning fayzi bilan, Janobi Haqning ehsoni bilan shu urugʻdan Ilohiy ijod bilan Risola-i Nurning mevali, qiymatli daraxt hukmiga oʻtishidir. Men bir urugʻ edim, chiridirm ketdim. Butun qiymat Qur'oni Hakimning ma'nosi va haqiqatli tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga oiddir.
Oʻzini bildirmagan kishining uchinchi shubhasi: Katta Jihodning va Sabilu-r Rashodning nashr etganidek men e'lon qilibman: dinga, iyimonga xizmatni va Risola-i Nurni emas dunyo siyosatiga, balki ma'naviy kamolot va oliy maqomlarga vosita qilmaganim kabi... hamma qabul qilgan uxroviy saodat va Jahannamdan qutulishga vasila qilmaslik va faqat Ilohiy amr va rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita qilmaslik, bu davrda Nurning haqiqiy kuchi hisoblangan haqiqiy ixlosni muhofaza qilishga meni majbur qilganki: Siddiqi Akbar (R.A.) "Moʻ'minlar Jahannamga tushmasligi uchun, ularning oʻrniga azob chekish uchun Allohdan vujudimni Jahhamda kattalashtirshini istayman", deb aytgan muqaddas fidokorligining bir zarrasini oʻzimga qozontirish uchun, iymon bilan Jahannamdan bir necha kishining qutulishi uchun Jahannamga kirishni qabul qilaman deganman. Zotan ibodat, Jannatga kirish va Jahannamdan qutulish uchun qilinmaydi, buziladi. Balki rizo-i Ilohiy va amr-i Rabboniy uchun bajariladi.
Yana Hizb-i Qur'onimizning mavzuiga qaytamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning buyuk qoʻmondoni Hazrati Usoma Raziyallohu Anhu bir kun "hamd"ga oid, bir kun "istigʻfor"ga oid oyatlar, bir kun "tasbeh"ga oid, bir kun "tavakkul"ga, bir kun "salom" lafziga, bir kun "tavhid" va "La ilaha illa hu"ga oid, bir kun "Rab" kalimasiga tegishli butun Qur'onning turli suralaridan hizbi Qur'oniy chiqarib, oʻziga vird qilganlar. Demak bunday hizblarga Paygʻambariy izn (Alayhissalotu Vassalam) bor.
Bizning hizb-i Qur'onimiz iymon haqiqatlariga doir oyatlarni, xususan suralarning boshidagi oyatlarni jamlagani uchun boshda بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ yozilgan. Bu hizb, toʻliq Qur'onni oʻqishga katta shavq beradi. Nuqson keltirmaydi. Yigirma kunda oʻqilishi istalgan ba'zi iymoniy oyatlarni ushbu hizbda bir-ikki kunda oʻqilgani uchun, vaqti kelib butun suralarning boshida bir qancha oyatlari bilan birga Risola-i Nurning asoslari boʻlgan ba'zi iymoniy oyatlarni oʻzimga vird qilgan edim. Soʻng bir hizb suratiga kirdi.
Majhul kishi, ilmiy izzatni fir'avnchalarga qarshi muhofazamni xudbinlik deb tasavvur qilibdi. Nur talabalari haqida husn-i zonlarini batamom rad qilmaganimni "men"lik deb xayol qilibdi. Iymon haqiqatlariga doir bayonlarimga talabalarning toʻliq ishonishi va qanoat hosil qilishi uchun valiylar va ba'zi oyatlardan olgan mingga yaqin belgi va ishoratlarni izhor qilishga majbur boʻlganim uchun, bir qanchasini xos qardoshlarimga bayon qilishimni bir nav obroʻtalablik deb oʻylabdi.
Bu davrda dinsizlik hisobiga, "men"lik fir'avnlashgan darajada, iymon va Risola-i Nurga hujumlari davrida ularni yoʻqotishga harakat qilgan holatimda tavozu' va kamtarlik qilish katta jinoyat va xiyonatdir. Tavozu', kamtarlik oʻrnida yomon axloq boʻladi. Ularga qarshi diniy izzatni va ilmiy sharofatni muhofaza qilish uchun qahramonlarcha matonat bilan ma'naviy quvvat koʻrsatilsa, hech obroʻtalablik boʻladimi?! U kishi tasavvur qilganidek, shuhratparastlik va xudbinlik boʻladimi?!
Risola-i Nurga muhtoj, iymonini quvvatlash va qutqarish uchun Nurlarni qidirgan kishilarga, oʻntadan uch yoki toʻrt kishi shaxsimga qaramay Nurdagi qat'iy hujjatlar bilan kifoyalangani kabi, besh-olti dona hujjatlarning qiymatini bilmagani uchun, mening shaxsimga qaraydi. "Bizni aldadimi ajabo, yoʻqsa haqiqat gapiryaptimi?" deb, sahxsimga husn-i zonlarini rad etmaslikka majbur boʻlganim uchun, shaxsimning yashirin yomonliklariga parda tortish xudbinlik boʻladimi?!
oyati karimasining sirri bilan, nafs-i ammoramga ishonmayman.
Nafs kamchiliksiz boʻlmaydi. Lekin hozirgi davrda ajdarholar, ifritlar hukmida dinsizlik qoʻmitalarining hujumlari va buzgʻunchiliklari paytida mudofaamda, menda koʻrilgan pashsha qanotichalik kamchiliklarni aytish, hujum qilganlarga yordam berish hisoblanadi. Oʻnta muhtoj kishidan besh-olti bechorani Nurning dorilaridan mahrum qilishdir. Bu nuqta uchun men oʻz kuchimga, ustunligimga umuman ishonmay, faqat Qur'oniy haqiqat va uning tafsiri boʻlgan iymon haqiqatlaridagi kuchga tayanib, dunyoga e'lon qilamanki: Butun dinsizlar toʻplansa, men ularga qarshi chekinmay kurash e'lon qilaman. Boshimni egmayman va ilmiy izzatni ketkazmayman. Agar bu bir "men"lik boʻlsa, u hech bir jihatda menga oid emas va xudbinlik boʻlmaydi. Iymoniy salobat boʻladi. Zotan men tabiatni ijod tomonidan inkor etaman va Risola-i Nur buni qat'iy isbotlagan. Shuning kabi, insonni gʻururga, xudbinlikka, fir'avnlikka olib borgan iqtidorni ham tabiat kabi inkor qilaman.
Lekin insonning duosi, fe'liy duo turidan samimiy ehtiyoj bilan juz'iy kasbi, maqbul duo hukmiga oʻtadi. Uni ham Janobi Haq qabul qiladi, kashf deb nomlangan insonga kerakli gʻaroyibliklarni ehson qiladi deb qat'iy dalillar bilan usulu-d din ilmi ulamolari, qadar va juz'iy ixtiyor mavzuida isbotlagani kabi... men ham ayna-l yaqin darajasida qat'iy xulosam bilan, Qur'oniy fayz bilan Risola-i Nurning hujjatlari bilan avvalo oʻz nafsimda, soʻng har kimda boʻlgan "men"lik va iqtidorning, ijod, ehson va tavfiqi Ilohiyning faqat bir pardasi ekanini qat'iy bilganim uchun, Nurlar va qardoshlarimga e'lon qilganmanki: Men urugʻ edim, chiridim. Ojizlik, ehtiyoj, samimiy istash va fe'liy duo qilganim natijasida Janobi Arhamu-r Rohimiyn Risola-i Nurni shu urugʻdan yaratib ehson etdi.
Nurning maktublaridagi butun maqtovli fikrlar oʻsha nuroniy daraxtga oiddir. Mening hissam qat'iyyan hech bir jihatda fahr boʻlolmaydi. Balki faqat va faqat shukr boʻladi. Shunday ekan, koinot sanogʻicha "Ash-shukru lillah, Alhamdulillah"...
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Koʻp belgilar va ba'zi hodisalar bilan qat'iyyan yuzaga chiqqanki, nurning xos talabalaridan ba'zilarining zaif tomonini topib Nuriy xizmatdan voz kechirish yoki zaiflashtirish uchun Nurning va Nur talabalarining dushmanlarining koʻp rejalari bor. Ibrat olinadiga bir-ikki namunani bayon qilamiz.
Birinchi Namunasi: Nurlarga qattiq aloqasi boʻlgan bir necha xos qardoshimizning e'tiborini, fikrini boshqa tomonga yoki zavqli va ruhoniy yoʻl bilan mashgʻul qilishyapti. Iymon xizmatini zaiflatish uchun ba'zi shaxslar jodu deyilgan oʻliklar bilan gaplashish nomi ostida jinlar bilan xabarlashish, hatto ba'zi buyuk avliyolar bilan, hatto paygʻambarlar bilan goʻyo gaplashyapmiz deb, eski davrda kohinlik deyilgan, hozir ruhlar bilan gaplashish deyilgan bu masala bilan ba'zi qardoshlarimizni mashgʻul qilishyapti. Holbuki:
Bu masala, falsafadan va ajnabiylardan kelgani uchun, ahl-i iymonga koʻp zarari bor va koʻp suiiste'mollarga manba boʻlish bilan birga, ichida bir toʻgrisi boʻlsa, oʻn yolgʻon aralashadi. Chunki toʻgʻri bilan yolgʻonni ajratadigan oʻlchov, miqyos boʻlmagani uchun, habis ruhlar va shaytonga yordam bergan jinlarning bu vasila bilan ham u bilan mashgʻul boʻlgan qalbiga, hamda Islomiyatga zarar berish ehimoli bor. Chunki ma'naviyat nomiga Islomiyat haqiqatlariga va omma aqidasiga muxolif xabarlar boʻladi. Habis ruhlar boʻlsada, oʻzini toyyib ruhlardan deb koʻrsatib, balki oʻzlariga ba'zi buyuk valiylar nomini berib, Islomiyatning asoslariga muxolif soʻzlar bilan zarar berishga urinadi. Haqiqatni oʻzgartirib, sofdil kishilarni toʻliq alday olishadi.
Masalan: Quyosh kichik oyna parchasida ziyosi, harorati, shakli bilan koʻrinadi. Lekin kichik oyna ichidagi quyoshning kichik timsoli agar oʻz nomidan gapirib, "Mening ziyoim dunyoni istilo qılyapti, haroratim hamma narsani isityapti va yer yuzidan bir million martadan ham kattaroqman", desa, qay daraja xilofi haqiqat ekani anglashiladi.
Aynan bu misol kabi: Bir paygʻambar quyosh kabi haqiqiy maqomida boʻlib, jodu yoki sehrning oyna parchasi kabi iste'dodiga koʻra bir jilvasining yuzaga chiqqani uchun haqiqat nomidan gapira olmaydi. Agar gapirsa, yuz daraja muxolif boʻladi. Jodu yoki sehrning qisman jilvasi, vahiyga sazovor boʻlgan ma'naviy quyoshning muqaddas mohiyatiga hech bir jihat bilan qiyos qilinmaydi. Chunki asfal-i sofilindagi oyna parchasi, ma'nan a'lo-i illiynda boʻlgan ma'naviy quyoshning haqiqatining yoniga keltira olmaydi. Keltirishga urinish hurmatsizlikdan boshqa narsa emas. Faqat uning maqomiga yaqinlashish uchun Jaloliddin Suyutiy va bir qancha avliyolar kabi sayr-u suluk bilan taraqqiy etib, ma'naviy quyoshning suhbatiga sazovor boʻlinadi. Lekin bunday taraqqiy Risola-i Nurning isbotlaganidek Paygʻambarning valiyligi bilan bir navʻ suhbat oʻz darajasiga koʻra va oʻz iste'dodlari darajasida boʻladi.
Lekin nubuvvat haqiqati valilikdan qay daraja yuksak boʻlsa, jodu vositasida yoki ruhiy taraqqiyot jihati bilan sazovor boʻlingan suhbat va xabarlashish ham, hech bir jihatda haqiqiy Paygʻambar bilan xabarlashishga yetisha olmagani uchun, shariatning yangi hukmlariga sabab boʻlgan hukm boʻla olmaydi.
Dindan kelib chiqmagan, balki falsafaning xossalaridan kelgan ruhlarni chaqilish ham xilofi haqiqat, ham xilofi odob harakatdir. Chunki a'lo-i illiynda va muqaddas maqomlarda boʻlgan zotlarni asfal-i sofiliyn hukmidagi xonasiga va yolgʻonlar joyi hisoblangan oʻyinchoq tahtasiga keltirish, tom xiyonat va hurmatsizlikdir. Xuddiki bir podishohni, kulbachasiga chaqiirib olib kelishga oʻxshaydi.
Balki ayn-i haqiqat, adab, hurmat va istifoda shuki - Jaloliddin Suyutiy, Jaloliddin Rumiy va Imom Rabboniy kabi zotlarning sayr-u suluki ruhoniylari kabi sayr-u suluk bilan yuksalib u muqaddas zotlarga ergashish va istifoda qilish hidoblanadi.
Sodiq tushda habis ruhlar va shayton, paygʻambar suratida tamassul qila olmaydi. Lekin ruhlarni chaqirishda, habis ruhlar, balki paygʻambarlarning lisonan ismini taqib, sunnat-i saniyya va shar'iy ahkomlarga muxolif gapirishi mumkin. Agar bu gapirishi shariatning hukmlari va sunnat-i saniyyaga muxolif boʻlsa, toʻliq dalildirki, papirgan toyyib ruh emas, moʻ'min va musulmon jin ham emas, habis ruhdir. Bu koʻrinishda taqlid qiladi.
Ikkinchidan: Hozir Nur talabalari bunday masalalarda darsga muhtoj emas. Risola-i Nur hamma narsaning haqiqatini bayon qilgan. Boshqa izohlarga ehtiyoj qoldirmagan. Risola-i Nur ularga kifoya qiladi. Lekin Nur talabasi boʻlmaganlar ayni xabarlashuvda shariat ahkomi va sunnat-i saniya asoslariga muxolif talqinlarni tinglamasliklari kerak va shartdir. Yoʻqsa katta xato boʻladi.
Bir Eslatma: Bu maktubdagi ruhlar bilan gaplashish masalasiga qarshi qilingan qattiq tanqid, ajnabiylarning fan va falsafadan, sehr va jodudan kelib chiqqan va ma'naviy shakl kiygan yoʻnalishga qarshidir. Yoʻqsa Islomiyat, tasavvuf, ahl-i tariqatdan kelib chiqqan va bir daraja ruhlar bilan xabarlashishga oʻxshagan va noahl kishilarning kirishi bir daraja suiiste'mol etilgan va juda oz soʻfiylarning soʻfiyligiga qarshi emas.
Garchi ularda ham bir jihatda ba'zilar uchun zarar boʻladi. Lekin narigisidek hech bir jihatda aldaydigan emas va Islomiyatga hech bir jihatda zarari yoʻq. Ajnabiylardan kelgan yoʻnalish esa ham tariqat, ham Islomiyatga qarshi boʻlgani uchun, sofiylarning yoʻlini ham buzishga urinyapti va tubanlashtiryapti. Ahl-i tasavvufning zaif va toʻliq sunnatini bajarmagan qismi e'tiborli boʻlishsin, oʻzlarini ularga oʻxshatishmasin.
Juda uzun va mazlum hayot mojarolarimga doir quyida oʻta qisqa ifodamni tinglashingizni iltimos qilaman. Yigirma sakkiz yil mislsiz xiyonatlarning, bosimlarning, qamoqlarning koʻrsatgan sabablaridan
Birtinchisi: Meni rejimga qarshi, deb ayblashdi. Bunga javoban aytamizki:
Har bir hukumatda muxoliflar boʻladi. Osoyishtalikka xavf solmaslik sharti bilan, har kim vijdoni, qalbi bilan qabul qilgan usuli, fikri bilan javobgar boʻlmaydi. Chunki dinida eng mutaassib va zolim hukumat boʻlgan Angliyaning yuz yil hokimiyati ostida boʻlgan yuz milliondan koʻproq Musulmonlar, Angliyaning kufriy rejimlarini Qur'on bilan rad qilishgan va qabul qilishmagan boʻlsada, Ingliz mahkamalari hozirgacha ularga bu jihatda aralashmadi.
Bu millatda va ushbu Islomiy hukumat ichida eskidan beri boʻlgan Yahudiylar va Nasroniylar bu millatning diniga va muqaddas rejimiga muxolif, zid va qarshi boʻlishsada, hech qachon mahkama qonunlari bilan ularga oʻsha jihatda teginmagan. Hazrati Umar (R.A.) xalifalik davrida oddiy Xristian bilan birga mahkamada muhokama boʻlganlar. Holbuki u oddiy Xristian Musulmonlarning ham muqaddas rejimiga, diniga, qonunulariga muxolif boʻlsada, mahkamada uning muxolifligi e'tiborga olinmasligi koʻrsatadiki mahkama hech qachon hech bir jarayonga vosita boʻlmaydi, hech bir tarafgirlik ichiga kirmaydi; Xalifa-i roʻyi zamin oddiy kofir bilan muhokama boʻlgan.
Men ham yuzlab Qur'oniy oyatlarga tayanib Qur'onning muqaddas qonunlari oʻrniga, madaniyatning buzuq qismidan anarxistlik hisobiga va bir nav bolsheviklik nomiga mutlaq istibdod ma'nosida Jumhuriyatdagi hurriyat pardasi ostida dindorlar uchun ashaddiy zulmga vosita boʻladigan vaqtinchalik rejimga nafaqat men, balki butun vijdoni borlar muxolifdir. Muxolafat hech bir hukumatda ayb hisoblanmaydi.
Ikkinchisi: Osoyishtalikni buzish, tinchlikka xavf solish bahonasi bilan menga oʻttiz yil jazo chektirishdi. Bunga javoban aytamanki:
Mahkama tekshirishi natijasi, besh yuz ming fidokor Nur talabalari boʻlsada, yigirma sakkiz yil ichida buncha zolim xiyonatlarga uchragan boʻlsakda, Nurchilarga aloqador boʻlgan olti viloyat, olti mahkama hech bir muammo chiqarganini qayd qilishmagani, koʻrsata olishmagani isbotlaydiki: Nurchilar - osoyishtalikning muhofizlaridir. Iymon darsi bilan hammaning boshiga bir posbon qoʻyishadi. Osoyishtalikni muhofaza qilishadi. Uch viloyatning insofli zobitlari buni tasdiqlaganlar.
Uchinchisi: Dinni siyosatga vosita qilishni istayapti, deb meni aybdor qilishyapti. Sabilu-r Rashodning 116-sonidagi "Haqiqat Gapiryapti" nomli maqolam bunga qat'iy javobdir. Maqolaning xulosasi quytidagicha:
Javob: Butun dunyosini, hatto kerak boʻlsa oʻz shaxsiy oxiratini dinga fido qilishga butun hayoti guvohlik qilgan va oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan va besh mahkama bu masalaga doir qat'iy dalil topa olmagan boʻlib, sakson yoshdan oʻtgan, qabr eshigida, dunyoda hech narsaga egalik qilmagan odam haqida dinni siyosatga vosita qilyapti deganlar, yerdan koʻkkacha haqsiz, insofsizdirlar. Bu tuhmatlari bilan birga u kishi haqida goʻyo osoyishtalik va tinchlikni buzishni istayapti deyaptilar. Holbuki u kishining Qur'oni Hakimdan olgan haqiqat darsi va talabalariga bergan darsi quyidagicha:
Bir uy yoki kemada bitta ma'sum va oʻn jinoyatchi boʻlsa, Qur'oniy adolat ma'sumning haqqiga zarar kelmasligi uchun uyni buzishni va kemani choʻktirishni man qiladi. Toʻqqiz ma'sumni bitta jinoyatchi sababli yoʻq qilish suratida uyni yoqish va kemani choʻktirish eng azim zulm, xiyonat, haqsizlik boʻlgani uchun, ichki osoyishtalikni buzish suratida yuzda oʻn jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni tahlika va zararlarga uchratish, Ilohiy adolat va Qur'oniy haqiqat bilan qattiq man qilingani uchun, biz butun kuchimiz bilan, shu Qur'oniy dars asosida osoyishtalikni muhofaza qilishga oʻzimizni dinan majbur deb bilamiz.
Ushbu uch-toʻrt modda bilan bizni ayblaganlar va keraksiz, mahkamalarni biz bilan mashgʻul qilgan yashirin dushmanlarimiz shubha yoʻqki, siyosatni ham dinsizlikka vosita qilishni istayapti. Yoki komunist pardasi ostida bu muborak vatanda bilib yoki bilmay anarxistlikni joylashtirishni xohlashyapti. Chunki bir musulmon Islomiyat doirasidan chiqsa, murtad va anarxist boʻladi, ijtimoiy hayotga zaharga aylanadi. Chunki anarxiya hech qanday haqni tan olmaydi, insoniyat sifatlarini jonivor hayvonlar fe'liga aylantiradi. Oxirzamonda keladigan Ya'juj va Ma'jujning qoʻmitasi, anarxistlar ekaniga Qur'on ishorat qiladi.
Aziz, siddiq qardoshlarimiz!
Avvalo: Qur'onning harflari naqshidagi bir nav moʻ'jizasini koʻzga koʻrsatadigan tarzda yozdirilgan va bu davrda izhor qilingan moʻ'jizali va tilla muqovali Qur'onimiz avval chop etilish uchun Olmoniyaga joʻnatilgan va Istanbulda ham gʻayrat qilinsada, uch rangda chop qilish koʻp xarajati talab qilgani uchun, toʻxtab qolgan edi. Bu safar matbaa ishlarida rivojlangan Italiyaga namuna uchun bir juz' joʻnatildi. Istanbulda mumkin boʻlsa chop etishga takror tashabbus qilindi. Hozircha bir rangda ayni tavofuqni muhofaza qilib chop etilishiga boshqa yerda boshlanadi. Undan soʻng inshaalloh toʻliq tilla muqovali va uch rangda Misr va Olmoniya yoki Italiya kabi joylarda chop etiladi.
Ikkinchidan: Qur'onning arabiy tafsiri va Risola-i Nurning Arabiy "Masnaviy-i Sharif"i boʻlgan "Zulfiqor" kattaligida va oltin bilan yozilishga loyiq majmua ham inshaalloh koʻpaytiriladi. Ushbu juda gʻaroyib, oʻta ahamiyatli, gʻoyat muhim, har bir mavzui bir kitob va risola boʻladigan darajada oʻta i'zojli, qirq yil avval ta'lif etilgan bu asarlarni oʻsha davrning haqiqiy, mashhur, buyuk ulamo va mashoyixlari ham toʻliq taqdir va tahsin etishgan. U risolalardan bittasi haqida "Bu bir qatra emas, dengizdir", deb favqulotdaligini izhor qilish bilan birga, toʻliq tushunishdan ojiz ekanliklarini idrok etishgan. Risola-i Nurning ushbu oʻta muhim ikki ishini xushxabar beraman. Muvaffaq boʻlish uchun duolaringizni kutamiz. Umumingizga juda koʻp salom aytib, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
[Bu maktub Samsunda tarqalgan Katta Jihod gazetasida chiqqan. Tuhmatchilarning qistovi bilan Samsunda sud qilinishga sabab boʻlgan. Sudlash oqlanish bilan tugagan.]
Bu safar dindor Demokratlarning dalolati bilan Afyon Mahkamasi xulosasiga koʻra Risola-i Nurning ozodligiga, butun risolalar, maktub va majmualar aybdor deb topilmagani uchun, qaytarib berishga hukm qilinishini yillar avval siz e'lon qilgan "Risola-i Nur meniki emas, Qur'onning mulkidir. Qur'onning fayzidan kelgan. Hech qanday kuch uni Onadoʻlining siynasidan sugʻurib ola olmaydi. Rislola-i Nur Qur'onga bogʻliq, Qur'on esa Arsh-i A'zamga bogʻlangan. Uni u yerdan chiqarishga kimning haddi sigʻadi?" degan haqiqatli bayonotingizning ochiq koʻrinishi va ushbu ulugʻ xizmatingizning Ilohiy va Qur'oniy ekanining porloq dalili deb bilib, ushbu oqlanish hukmining Islom olami, xususan bu Islom millatining saodatlarining boshlanishi boʻlgani uchun, boshda butun borligi bilan bu vazifalarni kutgan va Nur oilasiga rais va haqiqatlar daryosiga kapitan tayin etilgan va kufr zulmati bilan tugʻyonga ketgan bashariyatga yoʻlboshchi ehson etilgan aziz, sevgili Ustozimiz va bunga vasila boʻlib ahli iymonni oʻzlariga doʻst va tarafdor aylagan dindor Demokratlarni va odil sudyalar hay'atini soʻngsiz minnatdorliklar bilan tabriklab, arz qilamizki:
Siz uzun yillardan beri taraqqiy va yuksalish uchun harakat qilgan va bu yoʻlda nafsu jonini fido qilgan Qur'oniy haqiqatlarning bugun bir mamlakat, millat miqyosida iymon ahlining qalblariga sevinchlar keltirgan favqulotda yoyilishi, xizmatiga xodim qilingan va amalda muvaffaq boʻlgan qudsiy da'vo va xizmatingizning naqadar yuksak va porloq ekanini quyosh kabi isbot qiladi.
Yigirma besh-oʻttiz yildan beri butun monelar va qiynoqlarga qaramay, bu qadar sabr va matonatingiz, Qur'ondan munavvar qalbingizga kelgan Risola-i Nurning nashri uchun bu qadar xizmat va kurashlaringiz, kelajak nasllarga va Islomning qahramon mujohidlariga iqtido va oʻrnak namunasidir.
Qur'on quyoshining soʻnmagan nurlari va abadiy yogʻdulari boʻlgan Nur shu'lalari bilan jahl-u zalolat qorongʻuliklarini ketkazib, millionlab qalblarni, shu nur bilan nurlantirib, ahl-i iymonni oʻzingizga minnatdor ettirdingiz. Bu vatan va bu millat, bu tarih va bu tuproq sizning bu xizmatingizni, bu fidokorligingizni hech qachon unutmaydi. Abadiyat olamiga koʻchganingizda ham, sizning bu xizmatingiz urugʻ boʻlib, undan otilib chiqqan oliy shajara kabi har tomonni qoplaydigan va nur daraxtining atrofiga toʻplangan buyuk jamoatlar va Risola-i Nurning yuksalgan abadiy shu'lalari xizmatigizni ilal abad va yanada porloq va ehtishom bilan davom etishadi.
Siz Risola-i Nurning tarjimoni sifatida va iymon xizmatingizning Islom ufqlarida porlashi jihati bilan bu asrning hidoyat sardorisiz.
Qur'oni Karimning oʻn toʻrtinchi asr-i Muhammadiydagi aziz dalloli va mudhish davrning dahshatli zulmatlariga qarshi nuri Qur'on bilan javob bergan buyuk fidokori va Risola-i Nurni yuz minglar nusxalarini yuz minglar talabalarining qalamlari bilan har tarafga tarqatib dinsizlikka va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy toʻsiq ta'sis etgan muhtasham qahramon sevgili Ustozimiz!
Olamlarga rahmatlar va saodatlar keltirgan va bashariyatga salomat va tasallilar baxsh etgan muqaddas xizmatingizda ahli iymonga chiqishini xushxabar berib isbot etganingiz va belgilari koʻrinishni boshlagan va butun qit'alarga yoyilgan Islom hokimiyatining nurli va buyuk bayramini butun ruhimiz bilan tabriklab, Janobi Haqdan uzun umrlaringizga duolar qilib, qoʻllaringizdan ta'zim bilan oʻpamiz.
Qalbga eslatilgan ijtimoiy hayotimizga oid bir haqiqat
Bu vatanda hozir toʻrt partiya bor. Xalq, Demokrat, Millat va Ittihod-i Islom partiyalari.
Ittihod-i Islom partiyasi: Yuzda oltmish-yetmishi toʻliq dindor boʻlish sharti bilan, hozirgi siyosat boshiga oʻtishi mumkin. Dinni siyosatga vosita qilmaslikka, balki siyosatni dinga vosita qilishga harakat qilishi kerak. Lekin koʻp vaqtdan beri Islomiy tarbiyaning zaiflashi sabab va hozirgi siyosatning jinoyatiga qarshi dinni siyosatga vosita qilishga majbur boʻladi. Shuning uchun hozircha bu partiya boshga kelmasligi kerak.
Xalq partiyasi: Qonunlar pardasida ba'zi mansabdorlarga haqiqatdan ajib va zavqli bir umumiy pora berishgani uchun, yigirma sakkiz yillik butun jinoyati bilan boshqalaring jinoyati, Ittihodchilarning va masonlarning yomonliklari ham bu partiyaga yuklangan boʻlsada, Demokratlarga bir jihatda gʻolib kelyapti. Chunki qullikning nuqsonlari bilan "men"lik kuchga toʻladi, namrudchalar koʻpayadi. Ushbu "men"lik davrida mansab haqiqatda xizmatkorlik boʻlsada, bir qancha xodimlarga hokimiyat, kattalik, namrudchilik bilan nafsga shirin hokimiyat martabasini pora sifatida bergani uchun, butun ajib jinoyatlar va oʻzidan boʻlmagan gazetalarning nashriyoti bilan birga menga qilingan muomalalaridan his qildimki, bir jihatda ma'nan Demokratlarga goʻlib kelishyapti. Holbuki Islomiyatning bir asosiy qonuni boʻlgan hadisi sharifda سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ ya'ni, mansab amirlik, raislik emas, millatga xizmatkorlikdir. Demokratlik, vijdon erkinligi, Islomiyatning ushbu asosiy qonuniga tayanadi. Chunki kuch qonunda boʻlmasa, shaxsga oʻtadi. Istibdod - mutlaq istakka bogʻlanadi.
Millat partiyasi: Agar turkchilik, Ittihod-i Islomdagi asos boʻlgan Islomiyat millati ichida birlashgan millatga aylansa, u Demokratlar boʻladi. Dindor Demokratlarga qoʻshilishga majbur boʻladi. Farang illati deb ta'bir etilgan irqchilik, unsurchilik fikri bilan Ovrupo, Islom olamini parchalash uchun ichimizga ushbu farang illatini emlagan. Lekin bu kasalllik va fikr, oʻta shirin va jozibador ruhiy holat bergani uchun, juda koʻp zararlari va tahlikalari bilan birga, zavq uchun har millat katta-kichik bu fikrga istiyoq koʻrsatishyapti.
Hozirgi Islomiy tarbiya zaiflagani va madaniy tarbiya gʻalaba qilgani uchun, aksariyat ovoz berib boshga oʻtsa, kamchilik va faqat yuzda oʻttizi haqiqiy turk boʻlgan va yuzda yetmishi boshqa unsurlarga mansublar, ham haqiqiy turklarning, ham Ilomiy hokimiyatga qarshi urush ochishga majbur boʻladi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni boʻlgan ushbu oyati karima: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى hisoblanadi. Ya'ni bir kishining aybi bilan boshqa odam javobgar va mas'ul boʻlmaydi. Holbuki irqchilik hissi sababli bir kishining jinoyati bilan ma'sum qardoshini, balki qarindoshini, balki ashiratidagi kishilarni oʻldirishga oʻzini haqli deb biladi. Oʻsha vaqt haqiqiy adolat qilinmagani uchun, qattiq zulmga yoʻl topadi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni "Bir ma'sumning haqqi, yuz jinoyatchiga fido qilinmaydi" deydi. Bu esa juda ahamiyatli vataniy masala hisoblanib, Islomiy hokimiyatga katta tahlikadir.
Modomiki haqiqat bunday ekan, ey dindor va dinga hurmatkor Demokratlar! Siz bu ikki partiyaning oʻta kuchli, zavqli va jozibali tayanch nuqtasiga javoban yanada moddiy-ma'naviy jozibaliroq tayanch nuqtasi hisoblangan Islomiy haqiqatlarni tayanch nuqtasi qilishga majbursiz. Yoʻqsa eski vaqtlar siz qilmagan jinoyatlarni eski partiyaga yuklashgani kabi, boʻyningizga yuklab Xalq partiyasi tarafdorlari irqchilikni qoʻlga kiritib, sizni toʻliq magʻlub qilish ehtimoli kuchli ekanini his etdim va Islomiyat uchun xavotir olyapman.
(Hoshiya): Eskilarning keraksiz oʻzboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki qistovlari bilan yuzaga chiqqan Tijani masalasini va ogʻir jazolarini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olami nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi, oʻzimcha quyidagicha deb oʻylayman:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.) nashri bilan Demokratlar oʻn daraja kuchga toʻlgani kabi, Ayasofiyani ham besh yuz yil davom etgan muqaddas vaziyatiga aylantirish boʻladi. Islom olamida juda yaxshi ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining chiroyli qabulini qozontirgan, yigirma yil mahkamalar bir zararli tomonini topa olishmagani va besh mahkama oqlashga hukm qilishgan - Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar yaraga malham qoʻyib, e'lon qilishlari kerak. Oʻshanda Islom olamining e'tiborini qozonishgani kabi, boshqalarning zolimona yomonligi ham ularga yuklanmaydi degan fikrdaman.
Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun oʻttiz besh yildan beri men tark qilgan siyosatga bir-ikki kun qaradim va buni yozdim.
Bu haqiqatga yaqindan guvoh boʻlib, tasdiq qilgan Risola-i Nur talabalari:
(Hoshiya): Ustoz aytadilarki: Ushbu ijtimoiy, siyosiy masala qisqacha eslatildi. Buzgʻunchilikda keraksiz zararli soʻzlarni siz almashtirarsiz. Markazlardan munosib koʻrgan joylaringizni yomon ta'sir qilmaslik sharti bilan joʻnata olasiz.
[Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Samsunda tarqalgan Buyuk Jihod gazetasida nashr etilib, u yerda sudga berilgan ushbu mudofaani Istanbul mahkamasida oʻqigan va mahkama oqlab nihoyasiga yetgan.]
Yashirin dushmanlarimiz ushbu Ramazon-i Sharifda takroran adliyani menga qarshi qayrashdi. Masala esa bir yashirin komunist qoʻmitasiga aloqadordir.
Bir masala quyidagicha: Batamom qonunga qarshi, meni bir oʻzim va yolgʻiz qirda va togʻda oʻtirganimda, yonimga uch qurolli jandarma bilan bir katta serjantni joʻnatishdi. "Sen boshingga shapka kiymayapsan", deb majburan ichki ishlar boʻlimiga olib ketishdi. Men adolatni koʻzlagan butun adliyalarga aytamanki:
Besh tomonlama qonunsizlik qilib, qonun nomidan besh tomondan Islom qonunlarini toptagan haqiqiy qonusizlik bilan ayblanish kerak ekan, ularning ajib qonunsizligi va bahonasi bilan ikki yildan beri vijdoniy azob chektirishgani uchun, albatta hashr mahkama-i kubrosida buning jazosini chekishadi.
Dunyoda qaysi qonun oʻttiz besh yildan beri yakka boʻlsada, hech bozor va qishloqlarda aylanmagan kishini, "Farang bosh kiyimini kiymayapsan" deb ayblashga ruxsat beradi? Yigirma sakkiz yildan beri besh viloyat, besh mahkama va besh viloyat zobitlari boshiga aralashmagan boʻlsa, xususan bu safar Istanbul odil mahkamasida yuzdan koʻp politsiyachining koʻz oʻngida, yana ikki oyda hamma joyni yayov aylanganida hech bir politsiyachi va Oliy Sud "kuloh man etilmagan" deb hukm qilgan, yana barcha ayollar va boshi ochiq yurganlar va butun askarlar, xodimlar kiyishi majburiy boʻlmagan va kiyilishida hech qanday foyda boʻlmagan va mening rasmiy vazifam boʻlmagani uchun (u esa rasmiy libos) kulohni kiyganlar ham ayblanmaydi deyilgan boʻlsada, xususan yakka yashaydigan va insonlar orasiga kirmaydigan va Ramazon-i Sharifda qonunga xilof eng xunuk narsa bilan ruhini mashgʻul qilmaslik va dunyoni esga olmaslik uchun xos doʻstlari bilan ham koʻrishmagan, hatto qattiq xasta boʻlsada, ruhi va qalbi vujudi bilan mashgʻul boʻlmasligi uchun, dorilarni ichmagan va hakimlarni chaqirmagan odamga shapka kiydirish, ajnabiy rohiblarga oʻxshatish uchun majburlash va adliya qoʻli bilan tahdid qilish, albatta zarracha vijdoni boʻlganlar bundan nafratlanadi. Masalan: U kishiga majburlagan kimsa: "Men buyruq quliman", debdi. Buyruq quliman deyish uchun oʻzboshimcha majburlash qonun bilan buyruq boʻladimi?!
Qur'oni Hakimda, boshda Yahudiy va Nasroniylarga oʻxshamaslikka doir oyat boʻlib, يَا اَيُّهَا الّذِينَ آمَنُوا اَطِيعُوا اللَّهَ وَ اَطِيعُوا الرّسُولَ وَ اُولِى اْلاَمْرِ مِنْكُمْ oyati, kattalarga itoat qilishni buyuradi. Alloh va Rasulining itoatiga zid boʻlmaslik sharti bilan, itoatning buyruq quliman deb harakatlanishi kerak. Holbuki bu masalada Islomiy an'ana qonunlari xastalarga shafqat bilan muomala qilish, gʻariblarga shafqat qilish, Alloh uchun Qur'on va iymon ilmiga xizmat qilganlarga qiyinchilik tugʻdirish va xafa qilmaslik buyurilgan boʻlsada, xususan yakka yashaydigan, dunyoni tark etgan kishiga ajnabiy rohiblarning bosh kiyimini kiyishga majburlash oʻn tomondan emas, yuz jihatdan qonunga muxolif va Islomning an'anaviy qonunlariga qarshi qonunsizlik va oʻzboshimcha buyruq hisobiga muqaddas qonunlarni toptash hisoblanadi.
Mendek qabr eshigida, oʻta xasta, juda keksa, faqir, yakka yashaydigan, sunnat-i saniyaga qarshi chiqmaslik uchun oʻttiz besh yildan beri dunyoni tark etgan odamga bunday muomalalar qat'iyyan shak-shubha qolmadiki - komunist pardasi ostida anarxistlik hisobiga vatan, millat, Islomiyat va dinga qarshi mudhish suiqasd belgisi boʻlganidek, Islomiyatga va vatanga xizmat qilishni niyat qilgan, mudhish xorijiy buzgʻunchilikka qarshi urush ochgan dindor deputatlar va Demokratlarga ham buyuk suiqasddir. Dindor deputatlar diqqat qilishsin. Ushbu dahshatli suiqasdga qarshi mudofaada meni yakka qoldirishmasin.
(Hoshiya): Rusning Bosh qoʻmondoni qastdan oldidan uch marta oʻtgan boʻlsada tik turmagan, past ketmagan va uning qatl qilish tahdidiga nisbatan Islomiyat izzatini muhofaza qilish uchun unga boshini egmagan, Istanbulni istilo qilgan Ingliz bosh qoʻmondoniga va u orqali fatvo berganlarga qarshi Islomiyat sharafi uchun qatl tahdidini bir tiyinga olmagan va "Zolimlarning hayosiz yuziga tupuring!" jumlasi va matbuot tili bilan qarshilagan, Mustafo Kamolni ellik deputat ichida gʻazabiga ahamiyat bermay, "Namoz oʻqimagan kishi xoindir" degan, Devoni Harbi Oʻrfiyning dahshatli savollariga "Shariatning tek bir masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman"deb, maddohlik qilmagan va yigirma sakkiz yil kofirlarga oʻxshamaslik uchun yakka yashashni tanlagan Islom fidoiyi va Qur'oniy haqiqatlarning fidokor xizmatkoriga foydasiz, qonunsiz: "Sen Yahudiy va Xristian rohiblariga oʻxshaysan, ulardek boshingga shapka kiyasan, butun Islom ulamolari ijmoiga qarshi chiqasan, yoʻqsa jazolaymiz" deyilsa, albatta hamma narsasini Qur'oniy haqiqatlarga fido qilgan odam nafaqat dunyoviy qamoq yoki jazo va qiynoq, balki pichoq bilan boʻlak-boʻlak toʻgʻralsa, jahannamga tashlansa ham qat'iyyan yuz ruhi boʻlsa, fido qilishiga butun hayot yoʻli guvohlik qiladi.
Ajabo, bu vatan va dinning yashirin dushmanlari ushbu ashaddiy namrudona zulmiga juda koʻp ma'naviy quvvati boʻlgan bu fidokor zotning chidashi va moddiy kuch va manfiy harakat bilan javob bermasligining hikmati nima? Buni sizga va umum iymon ahliga e'lon qilamanki, yuzda oʻn ateist dinsiz sababli toʻqson ma'sum odamga zarar kelmasligi uchun butun kuchi bilan ichki tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun Nur darslari bilan hammaning qalbiga qoʻriqchi qoʻyish uchun u kishiga Qur'oni Hakim oʻsha darsni bergan. Yoʻqsa bir kunda yigirma sakkiz yillik zolim dushmanlarimdan intiqomimni olishim mumkin edi. Shuning uchun ma'sumlar uchun osoyishtalikni muhofaza qilish uchun hurmati, sharafini tahqirlaganlarga qarshi mudofaa qilmay: Men nafaqat dunyoviy hayotni, kerak boʻlsa oxirat hayotimni ham Islom millati uchun fido qilaman, deydilar.