Emirdoğ Lahikasi
— 135 —
Birinchi Ogʻir jazo Mahkamasiga

Risola-i Nur boʻlimlaridan "Yoshlarga Rahnamo"ning chop etilib, tarqalishi munosabati bilan muallifi Badiuzzamon Said Nursiyning mahkamaga berilganini va "Yoshlarga Rahnamo"ning mohiyatini tekshirish uchun olim oʻrnida haqiqatlarni tamoman oʻzgartirib dinsiz va Islomiyat dushmanlari mohiyatida mutolaa qilib ayblov asosi chiqargan ekspertlarning xulosasini oʻqidik.

130 qismdan iborat boʻlgan iymon, ilm va fazilar xazinasi boʻlgan Risola-i Nur Kulliyotidan "Yoshlarga Rahnamo" bir qismi boʻlgani va Risola-i Nurdagi yuksak haqiqatlarga ruhu joni bilan bogʻlangan asarlar xazinasini bu millatning moddiy-ma'naviy hayotiga saodat rahbari ekanini isbot qilib bilganimiz uchun "Rahnamo"ga qarshi oʻsha bilimli odamning isnodlarini rad qilamiz. Ekspertlarning bilimsizligini butun kuchimiz bilan yuzlariga urib e'lon qilib, isbotlaymiz.

Mahkama hay'atiga arz qilamizki:

Chiqarilgan ekspertlar xulosasi vatan va millatning hayotiga, tarixiga, an'anasiga, muqaddas narsalariga, qonunlariga batamom begona, holi hozirdagi qonunlarga tuhmat qilgan, hukumatni tahqirlagan, bu millatning ming yillik tarixini zaiflashtirish orqali butun millat ajdodini tahqir qilgan va bugun bu vatanda yashagan yigirma million qardoshlarimizning ma'naviyatiga hujum qilgan bu suiqasdning oʻrnagi hisoblanadi. Adolat mahkamasi buni e'tiborga olishi mumkin emas.

Mana biz, bilimli kishi nomidan bu suiqasd hujjatini imzolaganlarga aytamizki: Bu millat, Xudo saqlasin, dinsizmi? Bu millat yuz yillar davomida din va iymondan, Xudo saqlasin, maxrum qolgan safih millatmi? Bu millat va uning porloq tarixini oltin bilan ziynatlagan ajdod, butun hayotida dunyoga safohat va zalolat tarqatgan kufr yoʻlidan yurganmi?

— 136 —

Istanbulni fath qilib dunyo hayotida yangi davr ochgan, sharqu gʻarbga Qur'onning bayroqdorligi vazifasida nuri hidoyat, ilm va fazilat sochgan, Ovrupoga haqiqiy madaniyatni dars bergan va Islomiy madaniyatning ziyosi bilan bashariyatni oydinlatgan va kap-katta tarix, ularning qahramonligiga toʻla boʻlgan Yidirimlar, Fotihlar, Salimlar va Sulaymonlar va ular mansub boʻlgan millat, yozganining butunlay aksiga, ma'naviyati soʻngan, dindan xabari yoʻq, Islomiyatni nashr qilgan boshqa millat, qoʻmondonlar boshqa millat tarixida, tarix yolgʻon gapiryapti, turklar Islomiyatning qahramoni sifatida Qur'onning bayroqdorligini butun millatlar ustida sharaf toji sifatida tashigani yolgʻon, shundaymi?!

Yoki bu millat Islomiy haqiqatlardan olgan dars bilan ayol va qizlarni Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlab, ayollikning qiymat va sharafini muhofaza qilib, ularning past va qiymatsiz boʻlishiga mone boʻlgani, yolgʻon! Uzoq asrlar davomida Islom-turk qahramonlari nomi bilan tanilgan, biz axloq va nomusning, qiymat va sharafning kamoliga yetgan deb bilgan va iftixor qilgan ajdodimiz, onalarimiz, iftixorimiz aksiga Qur'on amriga ergashmagan, goʻzallikning haqiqatini Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlanish emas, vujudlarini yalangʻoch qilib koʻz-koʻz qilishda deb bilishgan, shundaymi?!

Ey insoflilar, ey tarixi, muqaddas narsalari, qahramon va muborak ajdodi bilan iftixor qilgan hozirgi nasl! Keling, koʻring.

Tarixingizni va Islomiyatingizni haqoratlagan suiqasd hujjatini yozgan, imzolagan kimsalarga:

hayotingizning hayoti, ruhingizning ruhi deb bilgan Islomiyatingiz nomidan,

koinotni oʻn toʻrt asr ziyolantirgan,

muqaddas va Ilohiy dasturlari bilan ming yildan beri millionlab ajdodingizni nurlantirgan,

abadiy saodatga yonaltirgan Qur'oningiz nomidan,

Qur'on dasturiga ergashgan yuz millionlab ajdodingiz nomidan,

axloqi hasana va nomus muhofazasi yoʻlida Islomiy tarbiyaning ziyosi bilan nurlangan va tarbiya olgan,

ayollikning haqiqiy ma'nosini, haqiqiy goʻzalligini hayoti, kiyinishi, yashash tarzi bilan koʻrsatgan onalarimiz, momolarimiz va singillarimizning nomidan oʻsha tuhmatchilarga, zaiflatgan va haqorat qilganlarga noroziligingizni, koyishingizni va rad qilishingizni bildiring.

Tuhmatchilar, yoshi saksonga yetgan, zaharlangan ogʻir xasta, diniy xizmati tufayli umri qamoqxonalarda sovrulgan Islom qahramonimiz, butun ulamolar va koʻp adiblar va murabbiylarning, vatan va millatparvarlar shikoyat qilgan axloqsizlik va fahsh tahlikasidan muhofaza qilish uchun yoshlarga yaxshi axloq, yuksak nomus, iymon va fazilat darsi bergan, vatanga-millatga foydali a'zo holiga kelishlarini ta'minlagan, adolat va osoyishtalik uchun foydali ilk kuch sifatida yurt va millatning saodatiga xizmat qilgan "Yoshlarga Rahnamo" nomli asarni musodara qilish va muhtaram muallifini qamashga sabab sifatida koʻrsatishyaptiki:

— 137 —

Badiuzzamon tasattur-yopinish tarafdoridir. Ayollarning yarim yalangʻoch, ochiq-sochiq yurishlariga, Islomiyatga qarshi urushlarda shayton buyrugʻi ostidagi boʻlinmalar sifatida tasvirlab, ayollarning bugungi ijtimoiy hayotda oyoqlarini ochib yurishi va yarim yalangʻoch kiyinishini gunoh deyapti.

Badiuzzamon hozirgi ochiq, yarim-yalangʻoch kiyinishlarni turmush qurishga mone boʻlib, fahshga tashviq qiladigan mohiyatda deb biladi. Yana Badiuzzamon fikrisha, ayolni goʻzallashtirgan narsa va ayolning haqiqiy va doimiy goʻzalligi ijtimoiy hayotda joy olgan ziynatlanish, vujudini koʻz-koʻz qilish emas, Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynatidir.

Badiuzzamon diniy ta'lim tarafdoridir. Risola-i Nur nomli diniy ta'lim ta'sirida mahkumlarning oʻn besh haftada tuzalishini (Dengizli va Afyon qamoqxonalari, adliyaning soqchi va mudirlari guvohligi bilan tasdiqlangan) aytyapti.

Badiuzzamon, jozibador fitnaga asir boʻlgan yoshlarni din haqiqati va Nurning iymoniy darslari bilan qutulishiga ishonadi. Mana shu fikrlari uchun aybdor. Qonunan mahkum qilinishi kerak deyishyapti. Bular goʻyo ekspertlar nomi bilan mamlakat yoshlariga adolat, haq va hurriyat darsini beradigan professor yoki huquq dotsentlaridir.

Ey haqiqiy adolat vakillari boʻlgan umumiy huquq va milliy gʻururni muhofaza qilgan sudyalar! "Yoshlarga Rahnamo"ning iymoniy darslari va axloqiy darslari, ekspertlar xulosasidagidek ayblov mavzui sifatida qabul qilinsa va muallifi bu buyuk xizmati tufayli aybdor deb topilsa, agar shunday boʻlsa, yuqorida aytganimizdek, bu millatga, ming yillik tarixiga, an'anasiga, boshqaruv va urf-odati qonunlariga, bu millatning abadiy iftixoriga asos boʻlgan muqaddas diniga, muqaddas Islomiyat haqiqatlariga, qudsiy Qur'on darslariga va muqaddas haqiqatlarini mahkam tutib Islomiy madaniyatni kamoli koʻrkamligi bilan dunyoga e'lon qilgan aziz ajdodlarga, ularning gʻururiga, huquqiga, ma'naviyatiga qilingan tahqir, mensilmagan, urilgan zarbalarni va aytilgan yomon iflos tuhmatlarni qabul qilishingiz kerak. Bu buyuk ma'naviy jinoyatlardan xushlanib qabul qilinsagina, nomi ekspert boʻlganlar ayblagan "Yoshlarga Rahnamo" aydor boʻladi. Va faqat shu jihatda muallifini qamash va "Rahnamo"ni nashr qilgan talabalarni jazolash mumkin. Yoʻqsa qonun adolati, fikr hurriyati, vijdon dasturi bilan qamalishi va jazolanishi mumkin emas. Fikr hurriyati va vijdon erkinligi dasturini eng keng ma'nosida tatbiq qilgan Jumhiriyat boshqaruvining demokratik qonunlariga aslo uygʻun kelmaydi.

— 138 —

Agar "Yoshlarga Rahnamo"ning yoyilishi orqali diniy tarbiyani ta'lim beryapti, bu dunyoviylikka ters deb ayblansa, dunyoviylikning ma'nosi nima? Biz ham soʻraylik. Dunyoviylik Islomiyatga dushmanlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikni din deb topinganlarning dinga hujum qilish erkinligimi?! Dunyoviylik din dhaqiqatlarini bayon qilganlarning, iymon darslarini nashr qilganlarning ogʻziga qulf, qoʻliga kishan taqqan mutlaq istibdod dasturimi?!

Dunyoviylik vijdon va fikr hurriyati boʻlganiga asoslanib, dinsizlar va din dushmanlari Islomiyatga qarshi har qanday hujum, bosqinlarni qilishi, anarxist fikrlarini vijdon va fikr erkinligi bahonasi bilan nashr qilishi mumkin. Ammo bir Islom olimi fikr erkinligi dasturiga tayanib ming yildan beri Islomiyatning sardori boʻlgan millat ichida va ming yillik an'anasiga, qonunlariga asoslanib, yana u millatning saodati uchun, axloq va nomusning muhofazasi yoʻlida diniy dars bayon qilishi dunyoviylikka ters deb, aybdor qilish, davlatning nizomlarini diniy e'tiqodga boʻysundirishni istayapti deb mensilmagan holga koʻrsatiladi. Biz bunday imkonsiz ishning qilinishiga ehtimol bermaymiz. Adolatning bunga yoʻl qoʻymasligini shubhasiz bilamiz.

Haqiqatda oʻtgan mahkamalarning oqlab, toʻliq qaytarib bergan Risola-i Nurning 130 qismidan biri boʻlgan "Yoshlarga Rahnamo", vatan va millat saodatida eng birinchi sabablardan biridir. Bu asarlarni oʻqib, ularning darsi bilan kayf-safo va zalolat girdoblaridan qutulganini mahkamalarda aytgan yuzlab Nur talabalari va hozirgi shaxsan bu asarlar vositasida vatan va millatga foydali a'zo holiga kelishganini hayot va xizmatlari bilan isbotlagan minglab turk yoshlari boʻlgan bizlar, ushbu asli yoʻq isnodlarni, tuhmatchilarning yuziga solamiz.

Haqiqatdan naqadar achinarli hol. Osoyishtalikni saqlashga sabab boʻlgan, adliya va zobitlarga minglar foydasi tekkan asar, bugun haqiqatga tamoman zid holda aybdor deb koʻrsatilib zararli deb vahima qilinish istanilyapti. Endi buncha ochiq oydin ziddiyat qarshisida insof va vijdon egalarining vijdonlariga va insofiga havola qilib, ustozimiz haqida ekspertlarning, dinni siyosatga vosita qilyapti degan gapiga javoban aytamizki: Ekspertlar adliyani dinsizlikka vosita qilyapti.

Mutaxassis xulosasida yana bir ayb koʻrsatilgan. Muallif Risola-i Nur ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapti. Qalbga eslatildi, Laylatu-l Qadrda qalbga kelgan muhim masala kabi, degan ba'zi jumlalarni olib bu orqali shaxsiy nufuz orttirish maqsadining muallifda borligidir.

Buncha asli yoʻq va ma'nosiz isnod qarshisida inson, mutaxassis nomiga ega kimsalar ixtisoslikda batamom uzoqligiga xulosa qilib, jaholatlari va bilimsizligi qarshisida hayratda qoladi. Hech boʻlmasa ekspertlar, hurmatan bu jihatni diqqat bilan oʻqishsa, oʻzlari bu daraja jaholat darasiga otilishdan balki bir daraja qutular edi.

— 139 —

Bu aslsiz isnodga qarshi avvalo: Butun Risola-i Nur asarlari, maktublari va ustozimizning butun hayoti eng qat'iy dalildir. U aziz zot butun gʻayratini, butun xizmatini haq yoʻlida va faqat haq uchun qilgan va faqat Haqning xotiri uchun gapirgan. Ekspert suratidagilar Risola-i Nurning faqat kichik bir qismini oʻqib, dinsizlikda mutaassibligini bildirib faqatgina aybdor qilish uchun bu tuhmatni qilishgan. Holbuki u aziz zot Risola-i Nur darsini izohlar ekan, "Eng katta darsimiz, ojizlik, faqirlik, shafqat va tafakkurdir", deydilar.

Haqiqatda u aziz zot, buyuk va kulliy xizmatlari bilan, eng jinoyatkor qiynoqlarga sabr va matonat bilan ma'naviy kurashida davom etib, kufr va zalolatning beomon hujumlarini, moddaparast va tabiatparastlarning kufr yoʻllarini Qur'on-i Hakimning iymoniy haqiqatlaridan olgan Nur haqiqatlari bilan parchalaganlar. Nurning 130 risolasining yuz minglab ishtiyoqmand talabalari bilan har tomonga yoygan... dinsizlikning, xususan komunistlikning bu vatandagi hujumiga mone boʻlgan iymon haqiqatlarini eng qat'iy dalil va burhonlar bilan isbotlab kufr va zalolatning botil yoʻllarini Qur'onning olmos qilichi hukmidagi iymoni billoh va vahdoniyat-i Ilohiya hujjatlari bilan parcha-parcha qilgan va nur asarlari hozir Islom olamining katta markazlarida kamoli taqdir va xush qabul bilan nashr qilingan va oʻtgan yil Turkiyani ziyorat qilishga kelgan Pokistonlik bir deputat qirq-ellik universitet talabasiga:

"Qardoshlarim, men Islom olamida qidirganimni Turkiyada topdim. Badiuzzamon faqat sizning emas, butun Islom olaminikidir. Va yaqinda butun Islom olami uni anglaydi. Siz Nur asarlariga diqqat bilan qarang. Men bu asarlarni toʻqson million musulmon ichida nashr qilaman. Mening Islom olami haqida juda koʻp xavotirlarim va Ustozga juda koʻp savollarim bor edi. Yonida bir soatcha tinglab butun xavotirlarim ketdi. Butun savollarimga javob olgandan soʻng, Pokistonga Islom olami kelajagi haqida buyuk xushxabarlar bilan ketyapman.

Men turk va Islom tarixini tadqiq etdim. Juda koʻp qahramonlar, koʻp Islom fidoiylari va koʻp vatanparvarlar kelgan ekan. Barchasi buyuk fidokorlik va qahramonlik bilan millatga, vatanga xizmat qilishgan ekan. Xizmati natijasida loyiq boʻlgan mukofot berilgan. Har biri bittadan mukofotga loyiq boʻlgan. Lekin bugun Ustoz, yigirma yildan oshdiki bu millatning dunyoviy-uxroviy saodati uchun ta'riflab boʻlmaydigan zulm va qiynoqlar ichida bu asarlarni ta'lif va nashr qilib millat ichida dinga qarshi jarayonlarning tarqalishiga mone boʻlayotgan Badiuzzamonning uyida hatto chirogʻi yoʻq. U zot hamma narsani tark etib, faqat va faqat dinga xizmat uchun harakatda. Albatta Islom olami yaqinda bunday bir zotni asarlari bilan taniydi." deb Ali Akbar Shohdek Islom olimi va mutafakkirining taqdir va tahsiniga sazovor boʻlgan.

— 140 —

Hozir Demokratlar deputatlarining ba'zilari: "Badiuzzamonning Nur Risolalarini oʻqigan, dars olgan va ularni nashr qilgan Nur Talabalari bu xizmati bilan mamlakatda komunistlikning yoyilishiga toʻsiq boʻlishdi. Modomiki hukumatimiz komunizmga qarshi ekan, Nurchilarga xizmatlari sababli minnatdordir." deb deputatlar ham xizmatni taqdir qilgan.

Risola-i Nur boʻlimlari boshdan oyoq har bir nusxasi, minglar soʻz va jumlalari bilan u zotning mohiyatiga, xizmatiga, yigirma besh yillik faoliyatiga va nashriyotining kulliy foydalariga shahodat va ishorat qilingan zot... ha, u kishi ojizlik va faqirlik darsini oʻziga asos qilib, talabalariga dars bergan zot, haqiqatda yuqorida bir daraja aytganimizdek kulliy xizmatlari natijasida talabalarining va butun ahl-i iymonning eng buyuk madhu sanosiga, hurmat va muhabbatiga eng loyiq, eng munosib va qabul qilinishi kerak ekan, buning aksiga u aziz zot ziyoratga kelganlarga va Risola-i Nur asarlarini oʻqib ularni ilm va iymon haqiqatlari darsida, asrning butun ilm va isbotlari ustida koʻrib mahliyo boʻlganlarning eng samimiy hurmat va sanolaridan davomli qochgan va koʻp marta maktublarida: "Men ham sizning Qur'oniy darsingizda darsdoshingizman. Eng koʻp men muhtoj va faqir boʻlganim uchun, bu muqaddas haqiqatlar eng avval menga ehson qilingan. Men maqom sohibi emasman. Men oʻzimdan xushlanmayman. Shaxsimni yaxshi koʻrganlarni ham xush koʻrmayman. Qardoshlarim, sizni batamom qochirmaslik uchun nafsimning juda koʻp yashirin kamchiliklarini aytmayman." deb, oʻzlariga qilingan madh va hurmatlarni rad qilganlar.

Hayotdagi maqsadi faqat iymon haqiqatlarini tarqatish xizmatida deb bilgan. Butun dunyoviy manfaatlarni, shu xizmati uchun fido qilganlar. Butun hayoti istisnosiz dunyoga qoʻl siltash va bu haqiqatga guvohlik qilgan kishiga, eng haqsizlar ham qila olmaydigan isnodni ekspert nomidagi kimsalar qilishdi. Hatto "Rahnamo"da "Laylatu-l Qadrda Eslatilgan Muhim Masala" degan juda muhim haqiqatga nazar solmay, "eslatma" soʻzidan ham shaxsiy nufuz olishga harakat qilganiga dalil deb koʻrsatishgan.

— 141 —

Holbuki "eslatma" soʻzi yuksak haqiatlarning ahamiyatiga shunday qamrovi borki, u haqiqatni oʻqish kerak boʻladi. U boʻlim ikkinchi jahon urushi oxirida bashariyatning dahshatli zulmlari va buzgʻunchiliklari natijasidagi dahshatli umidsizlik bilan vijdon azoblari va dunyo hayotining batamom foniy va oʻtkinchi ekani, madaniyat havaslarining uxlatuvchi va aldovchi ekanini hammaga koʻringani sababli inson tabiatidagi yuksak iste'dodlarning qattiq yaralanishini va Qur'onning olmos qilichi ostida gʻaflat va zalolatning parchalanganini va bu sabab bilan dunyo hayotining oʻtkinchi va vaqtincha boʻlgani uchun bashariyat boqiy hayotni qidirishini va abadiy hayotni va doimiy saodatni faqat Qur'on xushxabar berganini isbotlab oʻta porloq izohdan keyin aytadilar: "Albatta insoniyat aqlini batamom yoʻqotmasa, boshiga moddiy-ma'naviy qiyomat qoʻpmasa, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'oinni qabul qilishga harakat qilgan xatiblari va Amerikaning haq dinni qidirgan muhim jamiyati kabi roʻyi zaminning katta qit'alari va buyuk hukumatlari Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonni qidirishadi va haqiqatlarini tuhungandan soʻng butun ruhu jonlari bilan mahkam tutishadi. Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yoʻq va boʻla olmaydi va hech narsa bu buyuk moʻ'jizaning joyini ola olmaydi.

Ey muhtaram sudyalar! Faqat soʻnggi jumlasini namuna qilib sizga aytgan bu ahamiyatli fikrning boshida yozilgan "eslatma" soʻzi biror aybga manba boʻla oladimi?! Bu yozuv shaxsiy nufuz olish uchun yozilganmi? Yoʻqsa insoniyatning Qur'on haqiqatlarini qidirishni boshlaganini bayon qilib kelajakda Qur'onning bashariyatga hokim boʻlishini xabar berib, isbot qilyaptimi?! Bu xususni yuksak taqdirlashingizga havola qilamiz.

Ha Risola-i Nur muallifi, Qur'onning darsidan olgan va ayni haqiqat boʻlgan ushbu "eslatma"larni bayon qilishi, aytib, isbotlagan darslarning va mavzularning haqqoniyatiga hujjat uchundir.

Ha, ayni haq va haqiqat ekanini diqqat bilan qaraganlar koʻradi. Bir iymon daryosi, tavhid xazinasi va hikmat ummoni holida joʻshgan gʻaroyiblikning, kelajakning nasllariga va millionlar qalb va koʻngillarda kamoli ihtishomi bilan yashashini va olqishlanishini his qiladilar. Turk millatining ming yillik muqaddas milliy iftixorini koʻrsatgan narsa yana turk millatining dunyoga oʻrnak qahramon ajdodi oʻrnida Islomiyat haqiqatlarini mahkam tutib yana Qur'onning bayroqdorligi vazifasi bilan istiqbolning qit'alarida hakimi ma'naviy boʻlishini his qilishadi.

— 142 —

Bu oʻta yuksak va juda ahamiyatli haqiqatlarni toʻliq tushunish uchun Badiuzzamonning bundan qirq yil avval 1327 yil Shomda Ummaviy Jome'ida ichida yuz ahli ilm boʻlgan oʻn ming kishilik jamoatga xitoban aytgan "Xutba-i Shomiya" asarini oqish kerak. Hozir oʻsha asarning tarjimasini qilishni lutf qilgan u aziz zot, oʻsha vaqtda abgor va asoratda boʻlgan Islom olamiga juda azim xushxabarlar bilan madaniyatning yomonligi yaxshiligi ustidan gʻolib boʻlgani evaziga kelajakda Islomiyatning quvvati bilan madaniyatning yaxshiliklari gʻalab qozonib Islomiyat Quyoshining buyuk millatlar va qit'alarga hokim boʻlishini bayon va isbot qilib xabar bergan.

Modomiki ekspert nomini olganlar "qalbga eslatilgan bir masala" jumlasida haqiqatni tushunmay yanglish ma'no chiqargan ekan, 1327 - 1371 yillardan keyingi Islom olamining kelajagiga nazar solgan "Xutba-i Shomiya"dagi haqiqatlar ham (mutaxassislarning yanglish tushungan yoki yanglish ma'no bergan) ushbu "eslatildi" soʻzining haqiqatini va keng ma'nosini juda yuksak haqiqat holida koʻrsatilgani uchun "Xutba-i Shomiya" asarining tarjimasini mahkamaga taqdim qilamiz. Va faqat bu yerda asarda isbotlangan masalalarning oxirida zikr qilingan bir necha jumlani yozib taqdim qilamiz:

"Ha, men oʻzim olgan darsimga binoan ey Islom jamoati! Xushxabar beramanki: Hozirgi olam-i Islomning dunyoviy saodati, boxusus Usmoniylarning saodati va xususan musulmonlar taraqqiyoti, uygʻonishi va xushyor turishi bilan arablar saodatining fajri sodiqining belgilari chiqishni boshlyapti va baxt quyoshining ham chiqishi yaqinlashdi. Men dunyoga eshittiradigan darajada qat'iy ishonch bilan aytaman: Istiqbol faqat va faqat Islomiyatniki boʻladi. Sudya - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar boʻladi. Shunday ekan, hozirgi Ilohiy taqdir va qismatimizga rozi boʻlishimiz kerak. Bizga porloq kelajak, ajnabiylar hisobiga qorishiq moziy tushgan."

"Agar biz Islomiy axloq va iymoniy haqiqatlarning kamolotini ishlarimiz bilan koʻrsatsak, boshqa dinlarning tobelari albatta jamoat-jamoat boʻlib Islomiyatga kirishadi. Balki yer yuzining ba'zi qit'alari va davlatlari ham Islomiyatga daholat qiladilar."

— 143 —

"Ey bu Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim kabi Islom olamining jome'i kabiridagi qardoshlarim! Siz ham ibrat oling. Ushbu qirq besh yilda boʻlgan hodisalardan ibrat olinglar. Aqlingiz toʻliq joyiga kelsin.

Ey mutafakkir, aql egasi va oʻzini bilimli deb bilganlar! Hosili kalom: Biz Qur'on shogirdlari boʻlgan Musulmonlar burhonga ergashamiz, aql, fikr va qalbimiz bilan iymon haqiqatlariga kiramiz. Boshqa dinlarning tobelari kabi rohiblarni taqlid qilish uchun burhonni tashlamaymiz. Shuning uchun aql, ilm va fan hukm qiladigan kelajakda, albatta aqliy burhonga tayangan va barcha hukmlarini aql bilan tekshirtirgan Qur'on hukm qiladi."

"Hozir boʻlmasa ham, oʻttiz-qirq yil oʻtib fan va haqiqiy ma'rifat va madaniyatning goʻzalliklari uch quvvatni toʻliq jihozlab, jihozlari bilan toʻqqiz moneni magʻlub qiladi. Uni tarqatish uchun haqiqatni qidirish istagi, insof va insonparvarlik toʻqqiz dushman toifaga qarshi frontga joʻnatgan. Inshaalloh yarim asr oʻtib ularni yer bilan yakson qiladi."

"Amerika va Ovrupo ekinzorlari bunday dohiy muhaqqiqlarni (Mister Karlayl va Bismakr kabi) mahsulot berganiga tayanib men toʻliq ishonchim bilan aytaman: Ovrupo va Amerika Islomiyatga homila. Bir kun kelib Islomiy davlat tugʻadi."

"Hamda Islomiyat quyoshining tutulishiga (kusufiga) va insonni nurlantirishiga mone boʻlgan pardalar ochilishni boshladi. Mone boʻlganlar chekinishni boshlyapti. Qirq besh yil avval oʻsha fajrning belgisi koʻrindi. 71-yil fajri sodiqi boshladi yoki boshlaydi."

"Ey Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim! Va yarim asr keyingi Islom olami Jome'idagi aka-ukalarim! Boshdan bu yergacha boʻlgan muqaddimalar, kelajak qit'alarida haqiqiy, ma'naviy hakam, insoniy, dunyoviy-uxroviy saodatga olib boradigan narsa faqat Islomdir. Islomiyatga aylangan va oʻzgartirishlar va xurofotdan qutulib Isaviylarning haqiqiy dini Qur'onga tobe boʻladi, ittifoq etishini natija bermayaptimi?!"

Muhtaram hakamlar hay'ati! Risola-i Nur muallifiga qarshi butun tuhmat va isnodlarga qarshi eng aniq huquqiy javob shuki, uch mahkama va uch ekspertlar tekshiruvidan oʻtgan asarlarni qaytarib berilishi boʻladi.

— 144 —

Yana Ustozimizning yigirma yetti yillik hayoti va bir yuz oʻttiz boʻlimdan iborat kitob va maktublarni, uch mahkama va hukumat xodimlari tomonidan toʻliq tekshirilib, unga qarshi zolim, murtad va munofiqlarga qarshi majbur boʻlgan, hatto oʻldirishga yashirin buyruq berilganiga qaramay dinni siyosatga vosita qilganiga doir eng kichik belgi ham topa olishmagani qat'iy isbot qiladi. Hayotini yaqindan tanigan biz Nur shogirdlari ushbu favqulotda holga qarshi hayron qolib, Risola-i Nur doirasidagi haqiqiy ixlosga dalil deb hisoblayapmiz.

Bu e'tibor bilan u kishini ba'zi tuhmatlar bilan obroʻsizlantirishni istagan vatan va millatning saodatiga foydali xizmatlariga qarshi yashirin, zolim dushmanlarning rejalarini odilona hukmingiz bilan yoʻqotishingizni va tuhmatchilarning yanglish isnodlarini yuziga urishingizni adolat va vijdoningizdan kutib, hurmatlarimizni bildiramiz.

Eskishahar Nur Talabalaridan:
Yashar, Usmon, Tuproq, Ahmad,
Usmon, Jaylon, Shukru, Bayram, Sungur, Husnu