Meni dinni siyosatga vosita qilayotganim haqidagi tuhmatlariga aytamizki:
Butun hayotimni va meni taniganlarni guvoh qilamanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosat bilan shugʻullangan paytimda ham butun kuchim bilan siyosatlarni dinga vosita va tobe qilishga harakat qilganimni butun hayot tarixim va doʻstlarim shahodat qilishadi. Hurriyatning boshida shariatni istagan kishilarni osishgan davrda Harakat qoʻshinining dahshatli Oʻrfiy harbiy devonida bir kunda oʻn besh odam osilgan davrda Oʻrfiy harbiy devoni raisi va a'zolari aytishdi: "Sen eskichisan, shariat istayapsan", degan gapiga javoban: "Shariatning bitta masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman. Agar Mashrutiyat bir firqaning istibdodidan iborat va Shariatga xilof boʻlsa, butun dunyo shohid boʻlsinki men eskichiman", degan odam, qatl qilinishni bir tiyinga ham olmagan va dunyosini, hamma narsasini Shariatga fido qilgan zot hech mumkinmiki: Dinni, shariatni bir narsaga, bir siyosatga vosita qilsin. Bunga ehtimol bergan kishi sofist emas.
Bu vatanda bir ma'sumning uchun oʻn zolim ayyorlarga siyosat yoʻli bilan aralashish katta xato hisoblanadi. U kishini oʻn zolim jinoyatchilar qiynaganiga javob bermagan, hatto badduo qilmagan, osoyishtalikka aralashmaslikni hayot dasturi qilgan kishini, dinni siyosatga va osoyishtalikka xavf soladi deb tuhmat qilish albatta dahshatli gʻaraz hisoblanadi. Yigirma sakkiz yil tenggi yoʻq xiyonatlar, qiynoqlar, azoblar berilsada, mahkamalarning tekshirishi natijasida yuz minglar fidokor doʻstlari boʻlsada, olti viloyat va olti mahkamaning tekshiruv xulosasi shuki - hech bir talabada hech qanday hodisa koʻrilmagan. Bu kishini osoyishtalikka yoki vatanga, siyosatga zarari bor degan odam albatta yerdan koʻkkacha haqsizdir.
Men bu zolim tuhmatlarga javobim oʻzimni javobgarlidan yoki qamalishdan qutqarish uchun deb oʻylmasinlar. Sizga ishontirib aytamanki: Meni yaxshi bilgan doʻstlarim ham tasdiqlaydiki, yigirma sakkiz yil, menga oʻlim hayotdan ham foydali, qabr esa qamoqdan oʻn marta yaxshi ekani, qamoq esa tinchligim uchun bunday ozodlikdan oʻn marta foydali ekaniga qat'iy qanoat hosil qilganman. Agar ba'zi doʻstlarim xafa boʻlmaganida, men doimiy qamoqda qolar edim.
Agar shar'an oʻz joniga qasd qilish joiz boʻlganida, albatta Rusning Bosh qoʻmondonining va Istanbulni ishgʻol qilgan dushmanlar Bosh qoʻmondoni qatl qilishi mumkin boʻlgani va Riyosat devonida ellik deputat huzurida ilk Jumhuriyat Raisining qattiq gʻazabiga qarshi xorlik darajasiga tubanlashmagan odam, albatta juda koʻp marta past jandarma, soqchilar va oddiy xodimning tahqirli xiyonatlari, tuhmatlari, azoblari va ogʻir jazolarini koʻrgan odamga, albatta hayotdan koʻra oʻlim yuz marta koʻproq xush keladi.
Modomiki "Rahnamo"ni bahona qilib umuman xayolga kelmaydigan vahima bilan tuhmat qilinayotgan ekanman, men va qardoshlarim "Rahnamo"ning haqiqati bilan ham iymonimizni, ham axloqimizni tahlikadan qutqarganimiz uchun aytamizki: "Rahnamo" oʻn besh yil avval ta'lif etilgan, uch marta chop etilish bilan birga minglar nusxasi va qoʻlyozmasi bilan oʻn minglar nusxasi bu vatanda ishtiyoq bilan oʻqilib tarqalgan. Oʻqigan oʻn minglar odamdan hech kimdan qonunga ergashgan, muxolif, dindor, dinsizdan hech biri "undan zarar koʻrdik" yoki "vatan va millatga zararli", deganini eshitmadik. Agar zarari boʻlsa edi, ahamiyatli bir masala boʻlgani uchun tarqalar edi. Holbuki bundan yuz mingga yaqin guvoh koʻrsatamiz. Biz undan iymonimizni qutqardik. Milliy gʻururimizni u orqali tuzatdik, foydalandik, deb kerak boʻlsa bu da'voimizga yuz ming shohid koʻrsatamiz.
Ajabo, bir kishining oʻn yaxshili boʻlib, bir kichik yanglishi e'tiborga olinmay, yuz ming hasana va foyda sohibi boʻlgan asarning uydirma, asli yoʻq kamchilik vahima qilinib javobgarlikka tortiladimi? Dunyoda ijtimoiy hayotga tegishli hech qanday qonun bu holatga ayb deya oladimi?
U asarni tekshirgan Islomiy va diniy bilimga ega boʻlmagan ekspertlarning ayblov deb koʻrsatgan narsasi:
Birinchisi: "Dunyoviylikka qarshi, dinni siyosatga vosita qilyapti."
Holbuki muallifi oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etib, biror gazetani oʻqimagan va shogirdlariga ham doim "siyosat bilan mashgʻul boʻlmang", deb aytishi bu ayblovni toʻliq yoʻqqa chiqaradi.
Ikkinchisi: "Diniy dars berishga tarafdor boʻlish." degan ayblov koʻrsatilgan.
Bunga qarshi aytamiz: Dunyoda bunga ayb degan hech qanday iymonli kishi topilmaydi. Xususan qamoqdagi kishilar ichidagi bechoralarga tasalli berish uchun dars bergan. Darsga tarafdorligini oʻsha vaqtda aytgan edi. Bu esa u jumlani ham batamom ma'nosiz ekanini koʻrsatadi. Hatto qamoqdagi uch yuz kishining qisqa vaqtda Risola-i Nur vositasida tuzalishi, jinoyatidan tavba qilib, barchasi namoz oʻqishni boshlashi xodimlarning e'tiborini jalb qilgan. Biq qancha xodimlar: "Oʻn besh hafta ichida Risola-i Nur oʻn besh yil qamoqda oʻtirishining foydasidek foyda berdi", deyishgan. Buni qamoqdagi "Rahnamo"ni yozganlarga aytgan. Muallifi javoban: "Bir yuz oʻttiz kitobdan iborat Risola-i Nur va uning kichik boʻlimi boʻlgan "Rahnamo"ni toʻliq boʻlmasada oʻqigan kishi, albatta oʻn besh yil qamoqdagi jazodan, madrasada dars olishchalik istifoda etadi, tuzaladi, yomonliklardan tavba qiladi. Ajabo, bunday istak, tashviq va meni qamatganlar ham tasdiqlaganiga qaramay ayb hisoblanadimi?
Uchinchisi: "Tasattur-yopinish va Islomiy tarbiya tarafdori", degan ayblov koʻrsatilgan.
Bu esa ham Eskishahar, ham Dengizli, ham Afyonda va Afyon mahkamasining hukmida nashr qilingani kabi, oʻn besh yil avval Eskishaharda tasatturga tarafdorligim uchun sud kavlagan edi. Men mahkamaga va Oliy Sudga ushbu javobni bergan edim:
Bir ming uch yuz yil ichida har asrda uch yuz ellik million musulmonlarning muqaddas ijtimoiy hayoti dasturi va uch yuz ellik ming tafsir ma'nolarining ittifoqiga ergashib va bir ming uch yuz ellik yilda oʻtgan ajdodlarimizning e'tiqodiga tobe boʻlib tasattur-oʻranish haqidagi bir oyati karimani tafsir qilgan kishiga tuhmat qilgan mahkama, albatta zamin yuzida adolat boʻlsa, bu tuhmatni qattiq rad qiladi va unga asoslanib hukm qilinsa, uni buzishi va rad qilishi kerak.
Bu oyati karimaning tasattur amri ayollarga buyuk bir marhamat ekanini va ularni abgor boʻlishdan qutqarganini Risola-i Nur qat'iy isbot qilgani kabi, Sabilurrashodning 115-sonidagi: "Ahli iymon boʻlgan oxiratlik singillarimga" sarlavhali maqolam isbot qiladi.
Toʻrtinchisi: "Shaxsiy nufuz ta'minlash", degan ayblov koʻrsatilgan. Sababi "Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapman", degani va "qalbga eslatildi", "esimga keldi", "qalbimga keldi", "Risola-i Nur ham maktab, ham madrasa, ham (tariqat) takkasi foydasini beryapti." Ekspertlar bu jumlalarni ayblovga asos olishgan.
Javoban aytamizki: U kishi shunday odamki: qabr eshigida sakson yoshdan oʻtgan, qirq yildan beri oʻzini inzivoga oʻrgatgan, yigirma sakkiz yildan beri yakka yashab va qamoqda, ajratib qoʻyilib, dunyodan batamom nafratlangan, oʻttiz besh yildan beri gazeta oʻqimagan, xabarlarni tinglamagan, umri boʻyicha evazsiz hadya qabul qilmagan, hurmatdan, omma e'tiboridan qochish uchun odamlar bilan zarurat boʻlmasa, koʻrishmaslikni oʻziga dastur qilgan. Butun doʻstlarining maqtovlarini oʻz shaxsiga olmay, yo Nurchilar hay'atiga, yo Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiga havola qilgan. "Men loyiq emasman. Haddim yetmaydi. Men bir xizmatkorman, urugʻ kabi chirib ketdim. Risola-i Nur esa Qur'oni Hakimning tafsiri, ma'nosidir." degan.
Hamma aytganidek esimga keldi yoki fikrimga keldi, yoki fikrimga eslatildi, degan ta'birlarni barcha iste'mol qiladi. Men bunday gapirishimdan maqsadim shuki: "Mening mahoratim, mening zakovatim emas. Shunuhot qabilidan demakdir. Bu ham har kim aytgan soʻzdir. Agar bilimsiz ekspertlar bergan ma'no ilhom boʻlsa ham, hayvonlardan fatishtalargacha, insonlargacha va hamma bir jihatdan ilhom va sunuhotga sazovor boʻladi. Bunga fan olimlari va ahli ilm ittifoq qilgan. Bunga ayb degan odam ilm va bilimni inkor qilishi kerak boʻladi.
Beshinchisi: Muallif jozibador fitnaning asiri boʻlish ehtimoli boʻlgan naslni Risola-i Nurdan madad kutganlarga bergan javoblari bilan qutqarishga ishonchi komil. Ekspertlar bu jumlani ham ayblovga asos qilishgan. "Yuz ming guvoh bilan isbot qilingan va yuzaga kelgan zohiriy haqiqatga qanoat qildim", degan gapini ayblovga asos qilish qay darajada ma'nosiz ekanini diqqat qilgan kishi anglaydi.
Oltinchisi: "Siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilarning qulogʻi jaranglasin!" deyishini ayblovga asos qilib koʻrsatishgan. Holbuki yoshlarni tahlikalardan qutqarish uchun qisqa va tinch chorani kashf qilganini siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilar ham rivojlantirishi maqsadida "Quloqlari jaranglasin!" degan. Buni ayb degan kishi odamgarchilik tomonidan qattiq aybdor hisoblanishi kerak.
Yettinchisi: Fitnani olovlantirgan va oʻrgatgan isyonchilar ma'naviy shaxsning mavjudligini va bu ma'naviy shaxsning hayoliga koʻringanini aytishyapti. Lekin kim ekanini bildirshmayapti. Holbuki ekspertlar buni tuhmatga asos qilishgan. Ajabo, dunyoda insiy va jinniy shaytonlar hech boʻsh turishadimi? Ular doim yomonlik qilish va qildirish bilan mashgʻul boʻlishadi. Ushbu bilimi yoʻq ekspertlar umuman xabari yoʻqmiki, ma'nosiz aralashishyapti? Modomiki ma'naviy degan ekan, modomiki kim ekanini bildirmagan ekan, dunyoda hech bir mahkama bunday ma'naviy odamga, ya'ni shaytonga haqorat qilding deb, sizni mahkamaga beramiz degan odam, albatta soʻziga zarrachalik ahamiyat berilmaydigan uydirma hukmida boʻladi.
Sakkizinchi: Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning ma'naviy i'jozidan suzilib chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur asoslariga tayangan muallif tomonidan takror-takror urgʻu berib bayon etgan, iddio qilinayotgan va bu targʻibot diniy dalillarga, sharhlarga tayanganini aytib, ayb unsuri sifatida koʻrsatilyapti.
Buni butun Risola-i Nurni oʻqigan kishilarning tasdigʻi bilan, xususan mashhur Misr, Shom, Bagʻdod, Pokiston va Diyonat Riyosati boshqarmasining tasdigʻi bilan Risola-i Nur toʻgʻridan toʻgʻri haqiqiy Qur'on tafsiridir va Qur'onning mulki va yogʻdularidir, deyishlariga qaramay, bu gapni ayblov asosi qilganlardan bu xatosining sababi hashr mahkama-i kubrosida soʻraladi.