Emirdoğ Lahikasi
— 89 —
Qisqa tarjimasi

Bundan qirq bir yil avval eski umumiy harbdan biroz avval boshlagan "Ishoratu-l I'joz"ning "Ifodatu-l Marom"ida aytilganki:

Modomiki Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayon haqiqiy ilmlarning turlarini qamragan va umum asrlarda bashariyatning umumiy tabaqalariga yoʻnalgan azaliy xutbadir. Albatta bir kishining fahmi unga loyiq va mukammal tafsir qila olmaydi va mumkin emas. Chunki bir kishi oʻz qarashlarini xususiy yoʻl va yʻonalishining ta'siridan saqlab qolishi nodir. Xususiy yoʻli ta'sir qilganda haqiqatni sof aniq idofa eta olmaydi.

Kishining qarashlari va ma'nosi unga xos boʻladi. Odam uni qabul qiladi. Lekin boshqalarni unga chaqira olmaydi. Agar jumhuri ulamo uning qarashini qabul qilib, boshqalarga ta'sirini koʻrsatsa, boshqa kishini oʻsha ma'noga chaqirishi mumkin va haqiqiy toʻliq tafsir boʻladi. Kishining hukm qilishda istinboti va ijtihodida (hislari aralashmaslik sharti bilan) oʻz nafsi uchun amal qilishi mumkin. Lekin ijmo oʻsha hukmni tasdiqlamaguncha boshqalarga hujjat qila olmaydi. Masalan shar'iy hukmlarni tatbiq, tanzim, ijro va fikr hurriyatidan kelib chiqqan ma'naviy anarxiyani yoʻqotish kerak boʻladi. Buning sharti: muhaqiq ulamolardan oliy hay'at boʻlishi kerak. Jamiyat u hay'atga ishonishi, jumhur ulamolar ularga tayanishi kerak boʻladi. Ular ummat uchun bir nav yashirin kafolat va advokat oʻrnida boʻlsagina ijmo-i ummat hujjatining sirriga sazovor boʻlishadi. Oʻshanda ijtihodning natijasi ijmo bilan shar'an dastur boʻladi. Ijmoning tasdiq va muhri bilan umumga tegishli hisoblanadi. Shu bilan birga:

Qur'onning ma'nolarining kashfi va tafsirlada ayri-ayri mahosinining toʻplami, davr oʻzgarishi va fanlarning kashflari bilan jilvalangan, yuzaga chiqqan Qur'onning haqiqatlarini aniqlash uchun - muhaqqiq ulamolarning har biri bir fanda mutaxassis, dunyoqarashi keng, nazari nozik ma'noni qamraydigan allomalardan tashkil topgan hay'at boʻlishi shart, bu hay'at bu vazifani yelkasiga ola oladi.

Xulosa: Qur'onni tafsir qilgan kishi - oʻta oliy daho, nufuzli chuqur ijtihod va bir nav muqaddas his sohibi boʻlishi kerak. Bu davrda unday zot faqatgina bir ma'naviy shaxs boʻlishi mumkin. Ma'naviy shaxs koʻp kishilarning birlashishi, ixlosi va samimiyatlaridan tashkil topgan hay'atdan chiqishi mumkin. U hay'atning ma'naviy ruhi hukmiga oʻtadi. Ha "jamoada boʻlgan xossa bir kishida topilmaydi" dasturi bilan, koʻp marta ijtihodning asari, valiylik nuri xislatlari va ziyosi bir jamoatda koʻrinadi. Holbuki u jamoat a'zosida u xislat boʻlmaydi.

— 90 —

Demak, omi odamlarning ixlos bilan birlashishi, valiylik xislatini beradi. Ushbu haqiqatga binoan, bir maqsad uchun bir hay'at chiqishiga muntazir edim va doim kutar edim. U umid kichikligimdan beri orzuim edi. Avvaldan sezish hissi bilan qalbimda quyidagi ma'no tugʻildi: Moddiy va ma'naviy ikki katta zilzila yaqinlashayotgan edi.

{(1) Ha, Ustozimiz qayta-qayta Birinchi Jahon Urushidan avval koʻp marta bizga arabiy ilmlarni dars bergan vaqti qat'iyyan "Katta va umumiy zilzila yaqinlashyapti, tayyorlaning. U vaqtda hamma mendek kishilarga hasad qilishadi." deb aytar edilar. Juda qisqa vaqtda, u kishining qayta-qayta bergan xabari aytganidek chiqdi.

Xorxordagi eski talabalari nomidan Madrasatu-l Voizin bitiruvchilaridan:

Mahmud Sodiq, Sabri, Mahmud Shafiq, Mahmud Mihri, Hazma}

Men ojizligim va qusurim bilan soʻzlarimdagi izohsizlik va yopiqlik bilan Qur'onning nazmidagi i'zojning ishoratlarini va qalbimga xotirlatilgan nozik ma'nolarni qayd qilib qalamga olish va oyatlarning ba'zi iymoniy haqiqatlarini yozishga qattiq gʻaybiy eslatma his etdim.

Holbuki urushda ajib vaziyatda boʻlganim uchun tafsirlarga murojaat qilish mumkin emas edi. Qur'ondan boshqa manba yoʻq edi. Men ham yozdim. Yozganlarim tafsirlaga muvofiq boʻlsa, chiroyli bir ne'mat va muvaffaqiyat... yoʻqsa mas'uliyat mening bechora fahmimga oiddir.

Ayni paytda katta zilzila mohiyatida boʻlgan Birinchi umumjahon urushi va u azim zilzilaning oxirlarida mazkur hay'atning uylarini buzgan katta ma'naviy zilzila yuzaga chiqdi. Bunday oliy ilmiy hay'at va bunday vazifani bajarish uchun butun eshiklar yopildi. Men nuqsonli fahmimga eski Harbi umumiyda farz boʻlgan jihodda old piyodalar safida qancha fursat topsam, qalbimda yongan nozik ma'nolarni yozar, daralarda, togʻlarda hujum qilayotib qayd qilar edim. Lekin u ajib farqli holatlar ta'sirida turli-tuman boʻlgani uchun, tahrir va toʻgʻrilashga ehtiyoj koʻp edi. Lekin qalbim almashtirish va oʻzgartirishga rozi boʻlmadi. Chunki har daqiqa shahid boʻlishga tayyorlanganimiz uchun, xolis niyat bilan yozilgan edi. Unday holat esa har doim topilmaydi. Men yozuvlarimni "Tanzil"ga tafsir sifatida emas, balki tafsirning ba'zi vajhlariga bir navi manba sifatida ahli kamol va muhaqqiq ulamolarning e'tiborlariga havola qilaman. Haqiqatdan mening shavqim, toqatimdan ancha yuqori nuqtaga yoʻnaltirdi. Agar ahli tahqiq xush koʻrsalar, meni davom ettirishga va ilgarilashga shijoatlantirgan va targʻib qilgan boʻladilar.

Said Nursiy
— 91 —
﴿ بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ ﴾
اَلرَّحْمَنُ * عَلَّمَ الْقُرْآنَ * خَلَقَ اْلاِنْسَانَ * عَلَّمَهُ الْبَيَانَ * فنحمده مصلّيا على نبيه محمّد الّذى ارسله رحمة للعالمين * و جعل معجزته الكبرى الجامعة برموزها و اشاراتها لحقائق الكائنات باقية على مر الدهور الى يوم الدين * و على آله عامة و اصحابه كافة.
اَما بعد فاعلم اولاً: ان مقصدنا من هذه الاشارات تفسير جملة من رموز نظم القرآن. لاءن الاعجاز يتجلى من نظمه. وما الاعجاز الزاهر الاّ نقش النظم.
و ثانيًا: ان المقاصد الاءساسية من القرآن و عناصره الاءصلية اربعة: التوحيد و النبوة و الحشر و العدالة. لاءنه لما كان بنو آدم كركب و قافلة متسلسلة راحلة من اودية الماضى و بلاده، سافرة فى صحراء الوجود و الحياة، ذاهبة الى شواهق الاستقبال، متوجهة الى جنّاته فتهتزّ بهم المناسبات و تتوجه اليهم الكائنات. كاءنه ارسلت حكومة الخلقة فن الحكمة مستنطقا و سائلا منهم ب يا بني آدم: من اءين؟ الى اِين؟ ما تصنعون؟ مَنْ سلطانكم؟ مَنْ خطيبكم؟ فبينما المحاورة اذ قام من بين بني آدم (كاءمثاله الاءماثل من الرسل اولى العزائم) سيّد نوع البشر محمّد الهاشمي صلّى اللَّه عليه و سلم و قال بلسان القرآن: ايها الحكمة. نحن معاشر الموجودات نجيء بارزين من ظلمات العدم بقدرة سلطان الازل الى ضياء الوجود، و نحن معاشر بني آدم بعثنا بصفة الماءمورية ممتازين من بين اخواننا الموجودات بحمل الاءمانة، و نحن على جناح السفر من طريق الحشر الى السعادة الاءبدية، و نشتغل آن بتدارك تلك السعادة و تنمية الاستعدادات التي هي راءس مالنا، و انا سيّدهم و خطيبهم. فها دونكم منشوري. وهو كلام ذلك السلطان الازلي يتلاءلاء عليه سكّة الاعجاز" و المجيب عن هذه الاءسئلة الجواب الصواب ليس الا القرآن ذلك الكتاب. كان (١) هذه الاءربعة عناصره الاءساسية.

----------

(١) جواب لما.
— 92 —
Tarjimasining bir xulosasi:

Insonni yaratib Qur'onni unga ta'lim bergan Zoti Zuljalolning Rahmon ismi bilan tajalliyi kubrosiga, rahmatning tajalliyoti adadicha hamdu sano aytib, Sayyidu-l Bashar Muhammad Alayhissalotu Vasallami Rahmatan lil olamiyn qilib joʻnatilgan, risolatning samaralari adadicha Rasuli Akramiga va ol-u ashobiga salot va salom aytamiz. Yana hadsiz shukr qilamizki: U zotning moʻ'jiza-i kubrosi va koinotning ramz va ishoralari bilan tamomila jamlangan Qur'oni Azimushsha'n asrlar oʻtsada doim, boqiy va bashariyatga murshid, to qiyomatgacha qoladigan va Rasuli Akramni ularga Ustozi A'zam ayladi.

Amma ba'd bilinglar: Avvalo biz yozmoqchi boʻlgan ishoratlar va nozik ma'nolardagi maqsadimiz Qur'onning nazmidagi bir qism ramzlarning tafsiridir. Chunki yetti tur i'jozning eng nozigi, lekin kuchli va lafziy, faqat haqiqatli i'joz - Qur'onning nazmidan tajalliy etadi. Ha, porloq i'joz albatta nazmning naqshidan chiqadi.

Ikkinchidan: Qur'onning asosiy maqsadlari va asliy unsurlari toʻrt haqiqatdan iborat: Tavhid, Nubuvvat, Hashr va Adolat dir. Chunki, koinot sahrosida bani Odam ajib va buyuk karvon boʻlib, boshqa toifalar bilan birga bir-biri orqasida asrlar ustida oʻtgan zamonning daralaridan, shahar va koʻrgazmalaridan safar qilib, vujud va hayot sahrosida yurib, istiqbolning yuksak togʻlariga azimat bilan u yerdagi bogʻlarga koʻzi tushib zamin xalifaligiga sazovor boldi. Boshqa hayot egalari ustidan tasarruf qilish jihatidan roʻyi zaminda aksariyat ashyolarning inson sinfi bilan munosabati iqtizo qildi. Ular hayajonga kelgani uchun koinot ham ularga yuzini oʻgirib inson sinfi bilan jiddiy aloqador boʻladi.

— 93 —

Bani Odam bitta toifa ekan yuz minglar toifalarga aralashib koinot zamin kabi ularga olamning yaratilish natijasi sifatida qaraydi. Goʻyo koinot yaratilish hukumati va uning zobit xodimi hukmida hikmat fanini, gapiruvchi va soʻrovchi sifatida musofir karvonga joʻnatib undan savol soʻrayapti: "Ey Bani Odam! Qayerdan kelyapsiz va qayerga ketasiz? Nima qilasiz? Hamma narsaga aralashyapsiz va ba'zan aralashtiryapsiz. Sultoningiz va xatibingiz, raisingiz va kattangiz kim? Menga javob bersin."

Suhbat ichida Bani Odam jamoasidan Muhammadu-l Hoshimiy (Sallallohu Alayhi va Sallam) va u zot kabi ulu-l 'azm paygʻambarlar kabi hikmat faniga qarshi chiqishdi. Qur'onning tili bilan aytishdi:

"Ey gapirayotgan hikmat! Biz mavjudot karvoni, yoʻqlik qorongʻuliklaridan Sulton-i Azaliyning qudrati bilan chiqdik. Vujud ziyosiga kirdik. Borliq nurini topdik. Har bir toifa bir vazifaga kirdi. Biz Bani Odam toifasi esa omonat-i kubro rutbasi va zamin xalifaligi vazifasi bilan boshqa mavjudot qardoshlarimiz ichida imtiyozli va xodimlik sifati bilan ushbu koinot koʻrgazmasiga joʻnatildik. Biz har doim yoʻlga chiqishga muhayyo vaziyatdamiz. Hashr yoʻli bilan abadiy saodatni qozonishga harakat qilish bilan mashgʻulmiz. Bizning sarmoyamiz boʻlgan iste'dodlarimizning urugʻlarini unib chiqishiga, iymon va Qur'on bilan rivojlantirish bilan shigʻullanyapmiz. Karvon raisi va xatibi menman. Qoʻlimdagi bu farmonni moddiy-ma'naviy havo, bitta til kabi butun koinotga u farmonning har bir soʻzini bir onda milliardlarga aylantirib eshittiryapti. Oʻsha yoyilgan farmon Azal va Abad Sultonining kalomidir. Amrlari va xitoblari ekaniga qat'iy dalil - ustida porlagan shohona muhri va sarmadiy tamgʻasiga qara, koʻr, bor, ayt!"

— 94 —

Ha eng qiyin, eng umumiy va butun mavjudotdan soʻralgan ushbu oʻta ajib uch-toʻrt savolga eng toʻgʻri va mukammal javob beruvchi faqat va faqat Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayondir. U buni boshda ذَلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ farmoni bilan e'lon qilgan.

Modomiki boshdan shu yergacha bir haqiqatni tushungan ekansan, albatta bu haqiqatdan anglashiladiki, Qur'onning asosiy unsurlari aytilgan toʻrt haqiqatdir. Ya'ni tavhid, nubuvvat, hashr va adolat. Ushu toʻrt haqiqat butun Qur'onda toʻrt rukn hisoblanadi. Shunday ekan, bu toʻrt maqsad koʻp suralarning har birida mavjud. Har bir sura kichik Qur'on boʻladi. Balki koʻp jumlalarning ichida ham bu toʻrt maqsadga talmeh bilan ishora qilingan.

Balki ba'zan bitta soʻzda toʻrt asosga ramzlar bor. Chunki Qur'onning juzlari, kalima va oyatlari, tamomiga nisbatan bir-bir oyna oʻrniga oʻtadi, bir-biridan ask oladi. Goʻyo Qur'on silsila holida oyat, jumla va kalimalariga bu maqsadlarning nurini sochadi. Oynada quyosh kabi ba'zan bir soʻz, bir jumla kichik bir Qur'onni koʻrsatadi. Demak ushbu Qur'onga maxsus nozik ma'no, ya'ni qism, butun kabi ayni maqsadni koʻrsatishi uchun, mantiq ilmida Qur'on bir butun a'zo boʻlsada, koʻp a'zolari boʻlgan bir butun deb ta'rif etiladi.

Demak Qur'onda ming Qur'onlar boʻlib, butun shaxs boʻlgan. Shunday boʻlishi ham kerak. Chunki hadsiz va oʻta muxtalif toifalarga dars boʻlgani uchun, ayni darsda hadsiz toifalar sanogʻicha darslar boʻlishi kerak boʻladi.

Savol: Agar "Bu toʻrt asl maqsadni bizga Bismillah va Alhamdulillah jumlasida koʻrsating", deyilsa.

Javob: Aytamizki: Modomiki Bismillah Allohning qullariga dars sifatida nozil boʻlgan ekan, Bismillahning ichida albatta gapirish ma'nosida boʻlgan قُلْ kalimasi mavjud. Bu sarf ilmida "muqaddar" deyiladi. Demak Bismillahdagi قُلْ taqdiri, butun Qur'ondagi قُلْ قُلْ (ayt, ayt) lafzlarining asosi ve onasi - ushbu Bismillahdagi قُلْ boʻladi. Bunga binoan قُلْ kalimasida risolatga ishorat mavjud. Bismillahda ham uluhiyatga ramz bor va بِسْمِ dagi با ning kelishi, قُلْ ning Basmalaning oxirida muqaddarligi hasr va faqat ma'nosini ifodalagani uchun tavhidga ishorat qiladi. Ya'ni faqat Uning ismi bilan boshla va madad ol.

— 95 —

Rahmon ismida adolatning nizomiga va rahmatning jilvalariga ishorat bor. Chunki muxtalif, aralash mavjudor intizomi bilan goʻzallashgan. Rahmatning jilvalariga sazovor boʻladi.

Rahimda hashrga ishorat bor. Chunki ma'nosida ham afv etish, ham rahmat va shafqat qilish va bu foniy dunyoda toʻrt ma'noning haqiqati bilan umumiy suratda koʻrmagani uchun, u ma'nolar albatta bir boshqa diyorda toʻliq yuzaga chiqadi. Ham rahmat va shafqatning haqiqati, tirilmaydigan boʻlib oʻlish toʻgʻri emas. Demak Rahimdagi shafqat, barmogʻini Jannatga uzatgan, koʻrsatyapti.

Endi اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ * الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ * مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ ga qarang. "Alhamdulillah"da uluhiyatning ochiq-oydin ishorati bor. Chunki butun hamdlar Allohga maxsusdir. Uluhiyati uluhiyatni koʻrsatganidek, tavhidni ham koʻrsatadi. Ha, "lillah"dagi "lom" sarf ilmida bir ma'nosi - ihtisos va istihqoqdir. "Alhamdu"dagi "alif lom"ning bir ma'nosi istigʻroqdir. Demak, butun hamdlar Allohga maxsusdir. Demak, tavhidni qat'iy ifodalayapti. "Robbu-l Olamin" lafzida ham adolatga, ham nubuvvatga ishorat mavjud. Chunki oʻn sakkiz ming olamning zarradan va zarralardan, pashshalardan to yerdan ming marta katta sayyoralar va yulduzlargacha oʻta mukammal muvozanat, intizom, mukammal tarbiya, oʻta mukammal adolat-i kubroni koʻrsatadi.

Nubuvvatga ishoratiga kelsak: Modomiki bashariyatning tabiiy hislari boshqa hayvonlardek chegaralanmagan. Shuning uchun tajovuzlar chiqqan. Inson moddiy boʻlgani kabi, ma'naviyat jihatida ham butun koinotga aloqador. Shuning uchun koinot yaratilishidagi insoniy oliy hikmat, "Robbul Olamiyn"dagi "Olamiyn" ichidagi yuksak maqomini topishi va xalifa-i zamin boʻlib farishtalardan ustunligini koʻrsatishi uchun nizom va intizom ostidagi urugʻ hukmida boʻlgan iste'dodlarni rivojlantirib omonat-i kubro vazifasini bajarish uchun nubuvvat zaruriydir.

— 96 —

"Maliki yavmi-d din" jumlasi, hashrni koʻrsatyapti. Chunki "Yavmiddin" ya'ni, din kuni, jazo kuni va ma'naviyat kuni demakdir. Dunyo moddiyat va moddiy harakatning va amallarining kuni boʻlgani kabi, albatta oʻsha harakatning natijalarini va xizmatlarinng mukofotlarini va ma'naviyatning samaralarini, balki foniy va zoye narsalarning boqiy va doimiy natijalarini va misol olami sinemasi va fotografi bilan olingan barcha foniy va zoye ketgan narsalarning amal sahifalarini koʻrsatadi va nashr qiladigan kun keladi deb ifoda qilyapti.

Bismillah, Alhamdulillah jumlalari kabi Qur'onning aksar joylarida bu toʻrt asosiy unsur mavjud. Masalan: اِنَّا اَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ ning ichida sadaf kabi toʻrt javohir bor. E'tibor bersang, koʻrasan. "Biz senga Kavsarni berdik." Ya'ni Zot-i Zuljaloling seni nubuvvat bilan va moddiy-ma'naviy adolat bilan ta'minlagani kabi, Jannatda Kavsarni ehson qilyapti.

Ey soʻrovchi! Juda uzun haqiqatni qisqa qilib ushbu uch misolni dastgoh uskuna qoʻllari qil, ustidagi munosabat va ishoratni toʻqishni boshla. Biz ham hozir Bismillah bilan boshlaymiz. Izohi, tafsiloti Risola-i Nur, "Birinchi Soʻz", "Basmala Yogʻdusi" va boshqa Risola-i Nurdagi Bismillahning haqiqatlariga doir hujjatlarga havola qilib, faqat nazm e'tibori bilan kichik bir imo qilamiz. Quyidagicha:

Bismillah quyosh kabidir. Boshqalarni nurlantirganidek, oʻzini ham koʻrsatadi. Har nafas va har daqiqa ruhlar unga havo va suvdek muhtoj boʻlgani uchun, hammaning ruhi uning haqiqatini his qiladi. Qalb va xayol bilmasada, ahamiyati yoʻq. Shuning uchun bayon va ta'rifdan behojat.

Harflar va juzlaridan avvalo بَا ning sarf fanidagi bir ma'nosi isti'onadir. Urfdagi bir ma'nosi tabarruk boʻlgani uchun ushbu بَا ning marji'i muta'alliqi oʻz ma'nosidan chiqqan اَسْتَعِينُ va اَتَيَمَّنُ fe'llariga bogʻlanadi. Yoki Bismillahdagi pardasida قُلْ (ayt)dan chiqqan اِقْرَاْ (oʻqi) fe'liga ta'alluqli. Ya'ni: "Yo Robbi, men sening ismingning yordami va uning barakati bilan oʻqiyman. Hamma narsa sening qudrating, ijoding va tavfiqing bilan boʻlganidek, faqat va faqat sening isming bilan boshlayman."

— 97 —

Demak Bismillahdan keyin اِقْرَاْ oʻqish lafzi, oxirida muqaddar boʻlgani uchun ham ixlos, ham tavhidni ifodalaydi. Lekin اِسْم kalimasi: Bilinglarki, Zoti Vojibu-l Vujudning ming bir asmosidan bir qismiga "Asmo-i Zotiya" deyiladi. Ular har jihatda Zoti Aqdasni koʻrsatadi. Uning oti va uning unvonidir. "Alloh, Ahad, Samad, Vojibu-l Vijid" kabi koʻp asmo bor. Bir qismini "Asmo-i Fe'liya" deb ta'bir etiladi. Ularning koʻp navlari bor. Maslan: "Gʻaffor, Razzoq, Muhyi, Mumit, Mun'im, Muhsin."

— 98 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ham oʻtgan, ham keladigan, ham moddiy, ham ma'naviy bayramlaringizni va muborak kechalaringizni butun ruhu-jonim bilan tabriklayman. Qilgan ibodat va duolarning maqbuliyatini rahmati Ilohiyadan butun ruhu-jonimiz bilan niyoz qilib, istab, muborak duolarga omin deymiz.

Ikkinchidan: Koʻp marta ma'naviy, koʻp jihatlardan ahamiyatli ikki savollariga mahram javob berishga majbur boʻldim.

Birinchi savol: Nima uchun eski vaqtda hurriyat boshida siyosatga harorat bilan mashgʻul edingiz? Endi esa qirq yilga yaqin batamom tark etdingiz?

Javob: Bashariy siyosatning eng tamal qonuni asosiysi: "Millat salomatligi uchun yakka kishilar fido qilinadi. Jamoat salomati uchun shaxslar qurbon qilinadi. Vatan uchun hamma narsa fido qilinadi." deb, insoniyat tarixidagi butun dahsxhatli jinoyatlar bu qonunning suiiste'molidan kelib chiqqanini qat'iy angladim. Bu bashariyatning asosiy qonunining aniq chegarasi boʻlmagani uchun koʻp suiiste'mollarga yoʻl ochgan. Ikki jahon urushi bu ayyor qonunning suiiste'molidan chiqib, ming yillik bashar taraqqiyotini zeru-zabar qildi. Oʻnta jinoyatchi sababli toʻqson ma'sumni oʻldirishga fatvo berdi. Umumiy manfaat pardasi ostida shaxsiy gʻarazlar, ming jinoyatchi sababli bir qishloqni xarob etdi. Risola-i Nur bu haqiqatni ba'zi majmua va mudofaalarda isbotlagani uchun, ularga havola qilaman.

Mana bashariyat siyosatlarining bu ayyor asos qonuniga qarshi Arshi A'zamdan kelgan Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonda kelgan qonuni asosiyni topdim. Bu qonunni shu oyat ifoda qilyapti:

﴿ وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ﴾
﴿ مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى اْلاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا ﴾

Ya'ni, bu ikki oyat, quyidagi asosni dars beryapti: "Bir odamning jinoyati uchun boshqa kishilar javobgar hisoblanmaydi. Bir ma'sum kishi rozi boʻlmasa, butun jamoaga fido qilinmaydi. Oʻz roziligi bilan oʻzini fido qilsa, fidokorligi shahidlik hisoblanadi. Bu esa boshqa masala." deb, haqiqiy insoniy adolatni ta'sis etyapti. Buning tafsilotini ham risola-i Nurga havola qilmaan.

— 99 —

Ikkinchi savol: Siz eski vaqtlar sharqdagi badaviy ashiratlar ichida sayohat qilgan vaqtingiz, ularni madaniyat va taraqqiyotga koʻp tashviq qilar edingiz. Nima uchun qirq yilga yaqinki, hozirgi madaniyatni "mim"siz deb, ijtimoiy hayotdan chekindingiz, yakka yashashni boshladingiz?

Javob: Hozirgi gʻarb madaniyati samoviy asos qonunlarga qarshi harakat qilgani uchun, yomonliklari yaxshiliklaridan, xato, zararlari foydalaridan ortdi. Madaniyatdagi haqiqiy maqsad boʻlgan umumiy osoyishtalik va baxtli dunyoviy hayot buzildi. Tejamkorlik, qanoat oʻrniga isrof va kayf-safo, sa'y va xizmat oʻrniga tanballik va istirohat istagi gʻalaba qilgani uchun, bechora insonni ham oʻta faqir, ham oʻta tanbal qildi. Samoviy Qur'onning asos qonuni

﴿ لَيْسَ لْلاِنْسَانِ اِلاَّ مَا سَعَى * كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لاَ تُسْرِفُوا ﴾

farmoni asosiy bilan: "Insonning baxtli hayoti - tejamkorlik va sa'yu-gʻayratda ekanini va u bilan insonning avom va xos tabaqasi bir-biri bilan kelishadi." Risola-i Nur bu asosni izohlagani uchun, bir-ikki qisqa ma'nosini aytaman:

Birinchisi: Gʻarb madaniyati kelishidan avval inson uch-toʻrt narsaga muhtoj edi. Uch-toʻrt ehtiyojini ta'minlamaydiganlar oʻndan faqat bir-ikki kishi boʻlar edi. Hozirgi gʻarb zolim madaniyati suiiste'mollar, isroflar va hislarni joʻshtirgani uchun zaruriy boʻlmagan ehtiyojlarni zaruriy darajasiga chiqardi. Xoʻjakoʻrsin va yomon odatlarga qaramlik hozirgi madaniy insonning toʻrtta asosiy hojati oʻrniga bu davrda yigirma narsaga muhtoj boʻlyapti. Yigirma ehtiyojni halol shaklda ta'minlashga esa yigirmadan faqat ikki kishi muvaffaq boʻlyapti. Oʻn sakkiz kishi muhtoj boʻlib qolyapti. Demak hozirgi madaniyat insonni juda faqir qilyapti. Ehtiyoj uchun insonni zulmga va harom topishga yoʻnaltirgan. Bechora avom va xos tabaqasini doim bir-biriga qarshi chiqishga tashviq qilgan. Qur'onning asos "zakotning shart ekani va sudxoʻrlikning haromligi" qonuni vositasida avomning xoslarga itoatini va xoslarning avomga shafqatini ta'minlaydi. Bu muqaddas qonunni tashlab burjualarni zulmga, faqirlarni isyon chiqarishga majbir qilgan. Xalq osoyishtaligini zeru zabar etdi!

— 100 —

Ikkinchi ma'no: Hozirgi madaniyat yutuqlari, insonga Rabboniy ne'mat boʻlgani uchun, haqiqiy shukr istaydi. Ular inson manfaati uchun qoʻllanishi kerak. Lekin, ahamiyatli bir qism insonlarni tanballikka va kayfu-safoga mubtalo qilib, sa'y-gʻayratni tashlab rohat ichida hislarining istagini bajarish maylini uygʻotgani uchun, harakat qilish xohishini yoʻqotgani kuzatilyapti.

Qanoatsizlik va tejamaslik yoʻli bilan kayf-safoga, isrofga, zulmga, haromga yoʻnaltiryapti. Masalan: Risola-i Nurdagi "Nur Kaliti"da aytilganidek: "Buyuk ne'mat boʻlgan radio, inson manfaatiga sarflansa, ma'naviy shukr qilingan boʻladi. Lekin beshdan toʻrt qismi hoyu-havasga, keraksiz moloya'ni narsalarga sovurilgani uchun, tanballikka, radio tinglashga yoʻnaltirib, ishlash istagini ketkazyapti. Haqiqiy vazifasini bajarmayapti. Hatto juda manfaatli qismi boʻlgan gʻaroyib vositalar, sa'y, amal va inson manfaatining haqiqiy ehtiyojlariga ishlatilishi kerak. Lekin oʻndan bir-ikki zaruriy ehtiyojlarga sarf qilish oʻrniga oʻndan sakkiz qismi kayf-safo, havas, keraksiz sayohat, tanballikka majbur qilayotganini oʻzim koʻrdim. Ushbu ikki kichik masalaga minglab misollar bor.

Xulosa: Hozirgi gʻarb madaniyati, samoviy dinlarga toʻliq quloq solmagani uchun, insonni faqirlashtirib, ehtiyojlarini koʻpaytirgan. Tejamkorlik va qanoat asosini buzib, isrof, hirs va tama'larni orttirishga, zulm va haromga yoʻl ochgan. Insonni kayf-safo vositalariga tashviq qilib, bechora muhtoj basharni toʻliq tanbal qildi. Harakat va amal qilish istagini ketkazdi. Hoy-havas, kayf-safoga yoʻnaltirib umrini foydasiz zoye qilyapti.

Yana muhtoj va tanballashgan insonni xasta qilgan. Suiiste'mol va isroflar bilan yuz turdagi xastalikning yuqishiga, tarqalishiga sabab boʻldi.

Uch qattiq ehtiyoj, kayf-safo istagi va har doim oʻlimni esga solgan koʻp xastaliklar, madaniyatning ichida dinsizlik jarayonlari yoyilgani uchun, uygʻongan insonning koʻz oʻngida oʻlimni abadiy qatl suratida koʻrsatib, har doim tahdid qilyapti. Bir nav jahannam azobi beryapti.

Demak, ushbu dahshatli bashariy musibatga qarshi Qur'oni Hakimning toʻrt yuz million talabasining uygʻonishi va ichida samoviy, muqaddas asos qonuni bilan bir ming uch yuz yil avval koʻrsatganidek, yana bu toʻrt yuz million kishining oʻz asosiy muqaddas qonunlari bilan uch dahshatli yarasini davolashi kerak. Agar yaqinda qiyomat qoʻpmasa, insonning ham baxtli dunyoviy hayotini, ham uxroviy saodatli hayotini qozontirishini va oʻlimni abadiy qatldan chiqarib, nur olamiga joʻnatilish hujjatini koʻrsatishini va undan kelib chiqqan madaniyatning yaxshiliklarini yomonliklari ustidan gʻalaba qozonishini va hozirgacha boʻlganidek, dinning bir qismini, madaniyatning bir qismini qozonish uchun nafaqat pora sifatida berish, balki madaniyatni unga, u samoviy qonunlarga bir xizmatkor, yordamchi qilishini Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayonning ishorat va ramzlaridan anglashilgani kabi, hozirgi uygʻongan bashar rahmat-i Ilohiyadan kutyapti, qidiryapti!

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
— 101 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, fidokor qardoshlarim!

Koʻp joylardan telegraf va maktublar bilan bayram tabriklari oldim. Juda xasta boʻlganim uchun, vorislarim boʻlgan Madrasatu-z Zahro ruknlari mening oʻrnimga ham oʻzlarini, ham xos qardoshlarimizning bayramlarini tabriklayman.

Olam-i Islomning buyuk bayramining arafasi boʻlgan va hozircha Osiyo va Afrikada tarqalishni boshlagan va toʻrt yuz million Musulmonlarni bir-biriga qardosh, moddiy-ma'naviy yordamchi qilgan Ittihod-i Islomning yangi tashkil topgan Islom davlatlarida ta'sis qilishni boshlashini va Qur'oni Hakimning muqqaddas qonunlarining yangi Islomiy davlatlarda asosiy qonun boʻlgani uchun katta Islomiy bayramni tabriklaymiz.

Dinlar ichida butun hukmlar va haqiqatlarni aqlga va hujjatlarga asoslangan Qur'oni Hakimning, yuzaga chiqqan kufr-i mutlaqni yakka oʻzi yoʻqotishiga koʻp belgilar koʻrindi. Inson kelajagining ham ushbu bayramini tabriklash bilan birga, Madrasatu-z Zahroning va butun Nur Talabalarining ham ichkarida, ham tashqarida Nurlarning ham arabcha, ham turkcha nashr qilishga harakatlari, dindor Dekmokratlarning muhim qismi Nurlarning erkinligiga tarafdor chiqishlarini butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz...

Bu yil hojilarning ozligiga koʻp sabab bor ekan, bir yuz sakson mingdan koʻproq hojilarning muqaddas farzni va dini Islomning muqaddas va samoviy kongresi hisoblangan hajj-i akbarni buyuk bir bayram arafasi sifatida butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy