Emirdoğ Lahikasi
— 102 —
AMIRTOGʻNING MA'NODOR XOTIRASI

Besh yildan beri toza havo olishga Amirtogʻ atrofida foytunda aylangan vaqtim, gʻarib tarzda, bir yoshdan yetti yoshgacha kichik bolalar ota-onalariga koʻrsatgan aloqadan koʻra koʻproq istiyoq bilan foytunimga yugurib kelib qoʻlimni oʻpishga yopishishdi. Hatto bir-ikki marta foytun ostiga yiqilib gʻaroyib tarzda zarar koʻrmay qutulishdi.

Hatto meni koʻrmagan, bilmagan bir, ikki, uch yoshida bolalar yalang oyoq bilan, tikanlar ichida yugura-yugura foytunga yetishdi. Katta odamlar kabi iltimos bilan qoʻlingizni oʻpaylik der edilar. Bu holga ham men, ham qardoshlarim va koʻrganlar hayratlandik. Bu hol bir mahallaga maxsus emas, har tomonda, hatto qishloqlarda ayni hol davom etdi.

Meni aldamagan haqiqat boʻlgan xotira bilan men va doʻstlarimning qanoatimiz keldiki, ma'sum toifaning pokligi jjihatidan, tabiiy yoʻnaltirish deyilgan avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurning bu yurtda ma'sum bolalarga va oʻzlariga juda manfaati boʻlishini aql va fikrlari anglab yetmasada, ma'sum his bilan Risola-i Nurning ma'nosi e'tibori bilan tarjimoniga, onasiga yolvorishidan ham koʻproq ishtiyoq bilan yugurishgan edi.

Biz ham avvaldan sezish hissi bilan kelajakda bu kichik ma'sum maxluqlardan buyuk Nurchilar chiqishini his qilyapmiz. Kelajakda Nurning xos shogirdlari boʻlish holatini koʻrsatishyapti.

Men bunday kichik ma'sumlarni farzandim boʻlmagani uchun ma'naviy avlodim sifatida barchasini duolarimga kiritdim. Har tong duolarimda ularni Nur talabalari bilan birga yod etaman.

— 103 —

Qirq yoshdagi loqayd odam oʻrniga ulardan bir yoshli ma'sumni tanlashimga sabab, gunohsiz va samimiy aloqa koʻrsatishgani uchun, albatta ularni yoʻnaltirgan bir haqiqat bor. Men oʻsha jihatdan kattalarga salom berganimdek, ularning salomlariga ham jiddiy javob beraman.

Ham ma'sumliklari, ham kelajakda Nurchi boʻlishlariga binoan, menga qilgan duolarini maqbul boʻladi deb ularga aytdim: "Modomiki siz mening ma'naviy avlodim boʻlgan ekansiz, men ham sizga duo qilaman. Siz ham gunohingiz yoʻqligi uchun, menga qilgan duoingiz inshaalloh maqbuldir. Menga duo qiling. Chunki juda xastaman." dedim.

Men va yonimdagi doʻstlarimning kuchli ehtimol bilan xulosa qildik, masonlar va ateistlarning rejasi asosida yoshlarni bolshevfizm tarzida tarbiyalash uchun vaqtida ba'zi maktablar ochilgan edi. Keyin oʻzgargan maktablar vositasida yoshlarni buzishga urinishganiga javoban Islomiyatning qahramon bayroqdori boʻlgan turk millatining kichik ma'sum bolalari, nuroniy uygʻonish va avvaldan sezish hissi bilan Nurlardan dars olishlari, yoshlarning boshiga kelgan baloga javob boʻladi. Inshaalloh bolalarning ham oʻzlari, ham yoshlar mason va ateistlarning yomonliklaridan qutulishiga bir ishorat boʻlgani uchun, bu holatni koʻrsatishyapti.

Said Nursiy
18.11.1951
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim va ma'naviy Madrasatu-z Zahroning Nur shogirdlari.

Men Ispartaga kelgan vaqtim bu yerda Imom-Xatib va Voizlar Maktabining ochirish xabarini oldim. U maktabga yoziladigan talabalarning aksariyati Nurchi boʻlishlari munosabati bilan, maktab atrofida gʻayrirasmiy suratda bir Nur Madrasasi ochilib, u maktabni bir jihatdan Madrasa-i Nuriya qilish fikri bilan qalbimga bir xotira keldi.

Bir-ikki kun oʻtib goʻyo bir dars beraman deb atrofda gap tarqalgani uchun, darsimni tinglash uchun atrofdan erkak-ayol guruhlari kelishdi. Agar yarim rasmiy va umumiy Madrasa-i Nuriya ochilsa, shu darajada koʻpchilik boʻladi. Unga hujumlar boshlanadi. Shunga binoan, ochish mumkin emasligi anglashildi. Afyonda mahkamaga borgan paytimizdagidek, juda koʻp keraksiz yigʻilishlar boʻlish ehtimoli boʻlgani uchun, u niyat tark etildi. Quyidagi ikkinchi haqiqat:

— 104 —

"Har bir kishi agar uyida toʻrt-besh bola chaqasi boʻlsa, oʻz uyini kichik Madrasa-i Nuriyaga aylantirsin. Agar boʻlmasa, yolgʻiz boʻlsa, aloqador qoʻshnilardan uch-toʻrt kishi bilan birlashsin. Bu hay'at boʻlgan uyni kichik Madrasa-i Nuriya deb bilishsin. Hech boʻlmasa, ishlari va vazifalari yoʻq vaqtda bech-oʻn daqiqa boʻlsa ham, Risola-i Nurni oʻqish, tinglash yoki yozish bilan mashgʻul boʻlishsa, haqiqiy talaba-i ulumning savoblariga va sharaflariga sazovor boʻlishadi. "Ixlos Risolasi"da yozilgan besh turdagi ibodatga ham erishishadi. Haqiqiy ilm talabalari kabi ularning tirikchiligini ta'minlash xususidagi oddiy muomalalari ham bir nav ibodat oʻrniga oʻtadi", deb qalbga eslatildi. Men esam qardoshlarimga bayon qilyapman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
29.11.1951
Eskishahar
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalan: Butun ruhu jonim bilan Qur'on va iymon xizmatingizni tabriklayman. Bu maktubda bir nozik masalani mashvarat qilib fikringizni bilish uchun joʻnatdik. Munosib boʻladimi? Yoʻqsa toʻgrilaysiz.

Ikkinchidan: Risola-i Nurda isbotlaganmizki, insonlarning qilgan zulmlarining ichida qadar-i Ilohiy adolat qiladi. Ya'ni insonlar ba'zi sabablar bilan haqsiz zulm qilishadi, birovni qamaydi. Lekin qadar-i Ilohiy oʻsha qamoqda haqiqiy aybiga binoan boshqa sababga binoan hukm oʻqib, adolat qiladi. Hozir bu haqiqatni koʻrsatgan, boshimga kelgan ajib bir misol shuki: Yigirma sakkiz yildan beri koʻp viloyat va mahkamalarda meni ayblash, jazolash va qamalishim kabi zolimona qiynoq va jazolarga koʻrsatgan sabablar, hech qanday belgisini topa olishmagan mavhum bir aybim shu. Aytishadiki:

— 105 —

"Said dinni siyosatga vosita qilishni xohlayapti va qilyapti." Holbuki ularning da'vosiga oʻttiz yillik musibatli yangi hayotimda va oʻttiz buyuk majmualarimda bu aybni isbotlaydigan dalil topa olishmadi. Holbuki bunday masalalarda bir mahkama topa olmagan va aybdor demagan ekan, boshqa mahkamalar bu masalani qayta-qayta asos olishlari, qonunga va aqlga tamoman zid va odatga muxolif holatdir.

Balki siyosatni dinsizlikka vosita qilganlar qismi oʻzlarini bu parda bilan yopib, bizga ushbu tuhmatni qilishyapti. Shu bilan birga, dinga xizmat e'tibori bilan, men aralashgan siyosatni, dunyoni va butun ijtimoiy jarayonlarni dinga xizmatkor, vosita va tobe qilish dasturi bilan harakat qilganimga eski oltmish yillik ilmiy hayotim qat'iy hujjat va aniq dalil boʻladi.

Mahkamalarda ham da'vo, ham isbot qilganmanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki bitta iymoniy haqiqatni dunyo saltanatiga almashmaganimni qat'iy dalillar bilan isbotlaganman. Shunga qaramay yigirma tomondan haqiqatga qarshi va devonacha katta mansabingizni egallagan bir qancha adliya xodimlari va siyosatchilar bu ajib xurofot kabi masalani haqiqat deb, yigirma sakkiz yil menga zulm qilishganining haqiqiy sababini endi angladim. Sababi quyidagicha:

Ushbu "men"lik davridagi iymon xizmatida eng katta tahlikam va eng buyuk ma'naviy aybim va jinoyatim - bu davrda Qur'oniy xizmatimni shaxsimga oid moddiy-ma'naviy yuksalishga va kamolotga vosita qilish ekan. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, bu uzun zamonda ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni, nafaqat moddiy-ma'naviy taraqqiyot va kamolotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vasila qilishimga, balki hech qanday maqsadga qat'iyyan vosita qilmasligim uchun oʻta kuchli, ma'naviy toʻsiq koʻrar edim. Hayrat ichida hayratlanar edim.

— 106 —

Ajabo, hamma xushlangan ma'naviy maqom va uxroviy saodatlarni solih amal bilan qozonish va ularga yuzlanish, ham shariatga uygʻun, ham hech qanday zararli tomoni boʻlmasada, nima uchun ruham man etilyapman. Rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa yoʻllashi bilan faqat va faqat iymonga xizmatning oʻzi ayni mukofot sifatida koʻrsatilgan ekan.

Chunki hozirgi dahshatli davrda hech narsaga vosita va tobe boʻlmagan, har qanday maqsaddan ustun boʻlgan iymon haqiqatlarini fitriy qullik bilan muhtojlarga ta'sirli suratda bildirishning yagona chorasi va iymonni qutqaradigan va qat'iy qanoat hosil qiladigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita boʻlmagan Qur'oniy dars kerakki, mutlaq kufrni va qaysar, mutakabbir zalolatni yoʻqotsin va hammada qat'iy qanoat hosil qildirsin.

Bu davrda bunday darsga bu sharoitda hech qanday shaxsiy, uxroviy, dunyoviy va moddiy-ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilib qat'iy qanoat hosil qiladi. Yoʻqsa qoʻmitachilikdan va jamiyatchilikdan tugʻilgan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiyatiga qarshi chiqqan bir shaxsning eng buyuk ma'naviy martabasi boʻlsa ham, vasvasalarni toʻliq yoʻqota olmaydi. Chunki iymonga kirishni istagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi: "Bu muqaddas shaxs dahosi va gʻaroyib maqomi bilan bizni aldadi" degan shubhasi qoladi.

Janobi Haqqa shukrki, yigirma sakkiz yil dinni siyosatga vosita qilish tuhmati ostida qadari Ilohiy mening ruhimni ixtiyorim xorijida dinni hech qanday shaxsiy narsa uchun vosita qilmaslikka insonlarning zolim qoʻli bilan ayni adolat qilib ta'zir beryapti. Ya'ni qara, diqqat qil, deb eslatyapti. Iymonga muhtoj boʻlganlar faqatgina haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini oʻz shaxsingga vosita qilma, deyapti. Nafsning vahimalari, shaytonning hiylalari qolmasin, ovozi oʻchsin.

Haqiqatdan Risola-i Nur bahs qilgan haqiqatlarning ayni ma'nosida millionlar kitoblar balogʻat bilan nashr qilishsada va munglar haqiqiy olimlar dars berib bu yurtda dahshatli mutlaq kufrni toʻliq toʻxtata olishmadi. Nurlar mazkur sirga binoan, bir jihatda gʻalaba qilganini dushmanlar ham tasdiqlashadi.

Ha, mutlaq kufrga qarshi ushbu ogʻir sharoit ichida Nurlar bu ishni bajardi, maydonda turibdi. Demak Nurlarning quvvati bu azim sirdan kelib chiqyapti. Men ham butun ruhu jonim bilan yigirma sakkiz yil iskanjali musibatlarimga rozi boʻldim. Haqqimni halol etdim. Odil qadarga aytdim: Sening bu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim... Yoʻqsa shariat doirasida, zararsiz, hammaning Alloh uchun ergashgan yoʻlga kirganimda, ya'ni moddiy-ma'naviy hislarimni toʻliq fido qilmaganimda, iymoniy xizmatda bu ajib ma'naviy quvvatni yoʻqotar edim.

Bu quvvatning ajib namunasi shuki, bir kishi men eng kichik talabasi boʻladigan ba'zi kishilarning iymoniy haqiqatlarga doir bir kitobini oʻqibdi. Risola-i Nurning ham bir sahifasini oʻqibdi. Risola-i Nurning bir sahifasi bilan iymonini koʻproq qutqarganiga iqror boʻlgan.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
— 107 —

Ustozimiz aytyaptilar: Mahkamalarning kechiktirilishida xayr bor. Hozirgacha Nurga va Nurchilarga berilgan zahmatlar rahmatlarga aylanishi koʻrsatadiki, ushbu kechiktirishda ham xayrlar borki, biri shu boʻlish ehtimoli bor:

Xorijdagi Islom olamida Nur ahamiyatli ta'sirni boshlashi, rivojlanishi, tarqalishi va bu yerning siyosiylari Ovrupoga pora sifatida bir daraja Ovrupolashishga moyilligi, mahkamalar xorijda deb oʻylagan Nurning toʻliq erkinligi uchun hukm chiqarganida, tashqi Islom olamida Nurlarning haqiqiy ixlosiga shubha kelar edi. Natijada yo Nurchilar riyokorlikka majbur boʻlishdi yoki madaniylashish fikrida boʻlgan kishilarga aralashmayapti, zaiflik qilishyapti deb Nurning qiymatiga katta zarar boʻlar edi. Shuning uchun, kechiktirish vahimalarini yoʻqotadi. Bu esa oʻttiz yildan beri Islomiyatning shioriga muxolif narsalarga bosh egishmaganini isbotlaydi.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Ustozimiz eslatma tarzida aytdilar, biz esak qalamga oldik.

Bu yil ikki mahkamaning mohiyatini bayon qilish kerak boʻldi. Bu yerdagi mahkama:

Ellik yil avval Sufyon va shapka haqidagi bir hadisni sharhlagan edim. Soʻng mahkamalar buni bir qoʻmondonga tajovuz deb mavzu qilishdi. Afyon mahkamasi menga qattiq jazo berishga sabab shu tajovuzga oʻsha sharhni asos qilib koʻrsatgan. Holbuki faraz qilaylik endi yozdim, qoʻmondon esa sogʻ boʻlsin. Dini va rejimida mutaassib Angliyaning hukmi ostida yuz million musulmon yuz yilda Angliyaning ham rejimini, ham dinini inkor qilishgan ekan, qonunan adliyasi ularni javobgar deb bilmagan ekan... ham hozir eski partiya boshliqlari farazan oʻsha qoʻmondonning uchdan biricha boʻlishsa (balki u kabi qoʻmondon edilar) mening oʻsha qoʻmondonga hadis bilan tushirgan kaltakning yigirma mislini hozirgi gazetalar yanada shiddatli tarzda oʻsha boshli, eski qoʻmondonlarga tushirishyapti. Buni esa javobgar deb bilishmayapti, ozod yurishibdi.

— 108 —

Holbuki ellik yil avval bir hadisning toshini otgan edim, yigirma yil oʻtib bir qoʻmondon unga boshini tutdi, boshi yorildi. Oʻlib ketdi, hukumat va dunyodan aloqasi uzildi. Eski partiyaning boshliqlari deputat yoki mansabdaligida hukumat bilan aloqasi boʻlsada, ularga kelgan tajovuz, Risola-i Nur tushirgan kaltakdan oʻn, balki yuz daraja koʻp ekan, erkin tarzda gazetalar tarqalmoqda.

Kitoblar haqida musodara qilishning mohiyati shuki: U ta'zir haqida Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz uch kitobidan bitta kitobning bir-ikki sahifasida yozilgan. Shu sabab bir yuz oʻttiz uch kitobni musodara qilish bir kishining xatosi bilan bir yuz oʻttiz odamni jazolash kabi ajib hiylali zulm ekani va hozir kutubxonalarda, kitobchilarda va qoʻlda yurgan, xususan vatan va dinga qarshi boʻlgan dinsizlarning, mulhidlarning, ateistlarning, komunistlarning kitoblari, hatto boshidan oxirigacha Islomiyatga qarshi Doktor Duzining kitobi ba'zi qoʻllarda yurishi koʻrsatadiki: Risola-i Nurni musodara qilish, yerdan osmongacha haqsiz zulm va hiyladir.

Chunki Risola-i Nur aksar Islom olamining muhim markazlarida soʻnggi yiigirma sakkiz yilda bu vatanda ulamolarning qoʻlida yuribdi. Hech bir olim, faylasuf e'tiroz etmadi. Mahkamalar va siyosiylar faqat bit tasattur-oʻranishga, boshqasi esa oxirzamonda bir qoʻmondon boshiga shapka qoʻyadi va majburan kiydiradi, degan ikki masalani ushlab olishdi. Soʻng bu masalalar uchun toʻrt-besh mahkama mazkur masalalar dohil va oqlangan boʻlsada, bir-ikki sahifa uchun yigirma ming sahifani javobgar deb topib jazolash hukmiga Risola-i Nurni musodara qilish quyidagi misolga oʻxshaydi:

Bir kishining boshqa odamga haqsiz emas, balki haqli hujum qilishi sababli (boshqalar ham uni javobgar deb topmagan va besh mahkama ham jinoyat hisoblamagan boʻlsada) mavhum ayb bilan yigirma ming odamni aybdor qilish kabi, yigirma ming Nur sahifalarini bir-ikki sahifa sababli musodara qilish va toʻrt yarim yil Afyonda qamab qoʻyish, oʻsha hujumdan yuz marta kattaroq xatodir, jinoyatdir va bu vatanga ham suiqasddir.

Said Nursiy
— 109 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamizki, ellik besh yillik orzuim va hayotimning natijasi boʻlgan Madrasatu-z Zahroning ma'naviy haqiqatini siz Madrasatu-z Zahro ruknlari toʻliq koʻrsatyapsiz.

Ikkinchidan: Qattiq xastalik va boshqa sabablarning ta'sirida men Nurchi qardoshlarim bilan gaplasha olmaganim uchun va hisoblashdan mahrum boʻlganim uchun, mening oʻrnimga sizlar va Risola-i Nurning Qur'on madrasasida Yangi Said bergan dars va Eski Saidning "Xutba-i Shomiya" va uning ilovalari kabi ijtimoiy hayot madrasasida olgan darslari va nutqlari bu bechora qardoshingiz oʻrniga istiyoqmand qardoshlarim bilan gaplashishingizga vakil qilaman.

Uchinchidan: Bir kichik madrasa-i Nuriyani oʻz uyida ta'sis etib qahramon Tohiriy kabi xos, xolis Nur noshirini Nur doirasiga bergan Tohiriyning marhum otasining vafotini eshitib ham uning qarindoshlarini, ham Ispartani, ham Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Janobi Haq Nurning harflari adadicha ruhiga rahmat aylasin, omin.

Toʻrtinchidan: Inebolu "Zuhratu-n Nur"ning uch yuz donasi mening hisobimga yozilibdi. Men javoban: Bir yuz elligi Ispartaga va bir yuz elligi menga joʻnatilsin. Menga keldi. Sizga borgani, keyinchalik menga beradigan "Maktubot" majmuasi evaziga va sizga qarzim boʻlsa unga hisoblaysiz.

Beshinchidan: Iroq tomonda, xususan Bagʻdoddagi Ustozi A'zamning maqbara xodimiga va qardoshlarimga salomimni yetkazing. Hayot boʻlsam, butun ruhu jonim bilan u atrofga borishni istayotganimni bildiring.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
— 110 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz qardoshlarim!

Eski Saidning chop etilgan eski asarlaridan biri qoʻlimga tushdi. Qiziqib, diqqat bilan oʻqidim. Qalbga shunday fikr keldi. Munosib boʻlsa, oxiriga yozilsin.

Avvalo: Hurriyatning uchinchi yili ashiratlar orasida qonuniy mashrutiytni toʻliq tushuntirish va qabul qildirish uchun Ertush ashirati ichida, xususan Qudan va Mamhuron ashiratlariga bergan dars va 1329 yili Abu-z Ziyo matbaasida qirq bir yil avval chop etilgan, lekin afsuski yigirma-oʻttiz yildan beri qidirib, topa olmayotgan edim. Bu safar bir kishi bir nusxasini topib menga joʻnatibdi. Men Eski Said aqlini olib Yangi Said dunyoqarashi bilan diqqat bilan mutolaa qildim.

Eski Said ajib tarzda avvaldan sezish hissi bilan oʻttiz-qirq yil oʻtib hozirgi yuzaga kelgan moddiy-ma'naviy hodisalarni his qilgan ekan. Badaviy Qurdlar ashiratlari pardasi orqasida bu davrning madaniy pardasini oʻzlariga maska qilgan va vatanparvarlik pardasi orqasida dinsiz va haqiqiy badaviy va haqiqiy eskichi, ya'ni bu millatni Islomiyatdan avvalgi odatlariga yoʻnaltirgan xoinlarni koʻrgandek gaplashib boshiga uryapti.

Ikkinchidan: Chop etilgan asarning bir yuz beshinchidan bir yuz toʻqqizinchi sahifasigacha boʻlgan qismiga diqqat qildim. Oʻsha vaqtda ashiratlarga bergan darsim, savol-javoblar vaqtida ichlarida muhim bir valiy boʻlgan ekan. Mening xabarim yoʻq edi. U maqomda qattiq e'tiroz bildirdi. Aytdiki:

"Sen haddan oshyapsan, xayolni haqiqat deyapsan. Bizni esa tahqir qilyapsan. Hozir oxirzamon, tobora yomonlashib boradi." Oʻshanda unga chop etilgan kitobda shunday javob bergan ekan:

"Barcha uchun dunyo taraqqiy etyapti. Faqat biz uchun tubanlashadimi?! Shundaymi?! Men siz bilan gaplashmayman, shu tomonga qarab, istiqboldagi insonlar bilan gaplashaman.

Ey yuzdan uch yuz yilgacha keladigan yuksak asrning orqasida yashirin, meni jim tinglayotgan va bir yashirin gʻaybiy nazar bilan meni tomosha qilgan (Said, Hamza, Umar, Usmon, Yusuf, Ahmad va b.) sizga xitob qilyapman.

— 111 —

Tarix deyilgan moziy daralaridan sizning yuksak istiqbolingizga uzangan simsiz telegraf bilan siz bilan gaplashyapman. Nima qilayin, shoshdim, qishda keldim. Siz inshaalloh jannatdek bir bahorda kelasiz. Hozir ekilgan urugʻlar zaminingizda gul ochadi. Sizdan iltimos qilaman, moziy qit'asiga oʻtish uchun borganingizda qabrimga kelib keting. Oʻsha gullardan bir nechasini mozor toshi deyilgan, suyaklarimni musofir qilgan tuproq posbonining boshiga taqing. (Ya'ni "Keksalar Risolasi"ning Oʻn uchinchi Rijosida bayon qilinganidek, Madarasatu-z Zahroning boshlangʻich maktabi va Van yakka toshi boʻlgan qal'asining ostidagi Xoʻrxoʻr Madrasamning vafot etishi va Onadoʻluda barcha madrasalarning yopilishi bilan vafot etishlariga ishorat qilib, umumining mozor-i akbari hukmida boʻlishiga alomat sifatida, oʻsha azamatli qabrga Van qal'asi mozor toshi boʻlgtan. Ey yuz yil oʻtib kelganlar! Shu qal'aning boshida bir Madrasa-i Nuriya gulini eking. Jisman tirilmagan, lekin ruhan boqiy va keng hay'atda yashagan Madrasatu-z Zahroni jismoniy suratda bino eting, demakdir.)

Zotan Eski Said aksar hayoti oʻsha madrasaning orzusida oʻtdi. Chop etilgan risolaning bir yuz qirq yettinchidan bir yuz ellik yettinchi sahifasigacha Madrasatu-z Zahroning ta'sisiga va foydalariga doir ahamiyatli haqiqatlarni yozgan ekan.

Bu yigirma besh yillik dahshatli va madrasalarni oʻldirgan istibdodning sinishi bilan Maorif vaziri Tavfiq, Vanda Sharq universiteti nomli Madrasatu-z Zahroni insho etilishiga qaror qilishi va umid qilinmagan tarzda Jalol rais ham muhim masalalar ichida Tavfiqning fikriga qoʻshilishi, Eski Saidning qirq yil avvalgi gapi va iltimosi toʻgʻri chiqishini koʻrsatgan yaxshi alomatdir.

Endi qirq besh yil avvalgi javobning izohida uch haqiqat bayon qilinadi.

Birinchisi: Eski Said avvaldan sezish hissi bilan ikki ajib hodisani his qilgan. Lekin sodiq tush kabi ta'birga muhtoj ekan. Qizil parda bilan oq yoki qora narsaga qaralganda, qizil boʻlib koʻringanidek, u Islom siyosati pardasi bilan haqiqatga qaragan edi. Haqiqatning surati bir daraja shaklini oʻzgartirgan ekan. Hozirgi buyuk valiy ham oʻsha yanglishni koʻrib oʻsha tomondan qattiq e'tiroz bildirgan edi. U haqiqat ikki qism:

1. Bu Usmonli oʻlkasida katta bir nur chiqadi, hatto hurriyatdan avval juda koʻp marta talabalarga tasalli berish uchun "Bir nur chiqadi, koʻrgan butun yomonliklaringizga qarshi bu vatanga baxt olib keladi", der edi. Demak qirq yil oʻtib Risola-i Nur oʻsha haqiatni koʻr koʻzga ham koʻrsatdi.

— 112 —

Nurning zohiran, son jihatidan kam ekaniga qaramay haqiqiy sifat jihatida keng va favqulotda manfaatini his etib, hamda siyosat tomonlama butun Usmonli mamalakatida boʻladi deb aytgan edi. Buyuk valiy uning tor doirani keng tasavvur qilganiga e'tiroz bildirgan. Ham u zot haqli, ham Eski Said bir daraja haqlidir. Chunki Risola-i Nur iymonni qutqarishi jihatida tor doirasi boqiy va abadiy hayotni iymon bilan qutqaradi. Bir million talabasi bir milliard oʻrnidadir. Ya'ni bir million emas, balki ming insonning abadiy hayotini ta'minlashga urinish, bir milliard insonning foniy dunyo hayotiga va madaniyatiga xizmatdan ham qiymatdor va ma'nan keng hisoblanadi.

Eski Saidning sodiq tushga oʻxshagan avvaldan sezish hissi bilan tor doirani butun Usmonli mamlakatini qamrashini koʻrgan ekan. Balki inshaalloh u qarash, yuz yil oʻtib Nurlarning ekkan urugʻlarining unishi bilan aynan u keng doira Nur doirasi boʻladi, uning yanglish ta'birini toʻgʻri koʻrsatadi.

Ikkinchi haqiqat: Qirq yil avval Eski Said ushbu chop etilgan kitoblarida "Ishoratu-l I'joz"ning boshidagi ifoda-i maromda va boshqa asarlarida talabalariga qayta-qayta ta'kidlar ediki: Ham moddiy, ham ma'naviy buyuk ijtimoiy zilzila boʻladi. Mening dunyoni tark etishim bilan yakka yashashimni, boʻydoq qolishimga hasad qilishadi, der edi. Hatto hurriyatning birinchi yili Istanbulda Jome'u-l Azharning Ulamolar Raisi Shayx Bohid Hazratlari (R.H.) Istanbulda Eski Saiddan soʻradi:

مَا تَقُولُ فِى حَقِّ هذِهِ الْحُرِّيَّةِ الْعُثْمَانِيَّةِ وَ الْمَدَنِيَّةِ اْلاَوْرُوبَائِيَّةِ

Said javoban:

اِنَّ الْعُثْمَانِيَّةَ حَامِلَةٌ بِدَوْلَةٍ اَوْرُوبَائِيَّةٍ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا وَ اْلاَوْرُوبَا حَامِلَةٌ بِاْلاِسْلاَمِيَّةِ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا

Ya'ni: Usmonli hukumatidagi hurriyat haqida fikring qanday va Ovrupo haqida nima deb oʻylaysan? Oʻshanda Eski Said: Usmonli hukumati Ovrupoga homila, Ovrupodek hukumatni tugʻadi. Ovrupo esa Islomiyatga homila, u ham bir kun Islom davlati tugʻadi, deb javob bergan edi. Alloma, "Men ham tasdiqlayman", degan. Yonidagi domlalarga: Men bu bilan munozara qilib gʻalaba qila olmayman, degan.

— 113 —

Birinchi tavalludni koʻzimiz bilan koʻrdik. Chorak asrdan beri Ovrupodan ham dindan uzoq.

Ikkinchi tavallud esa inshaalloh yigirma-oʻttiz yil oʻtib chiqadi. Ovrupo ichida koʻp belgilar bilan ham sharqda, ham gʻarbda Islom davlati chiqadi.

Uchinchi haqiqat: Ham Eski Said, ham Yangi Said Usmonli mamalakatida katta moddiy-ma'naviy hodisa - dahshatli, buzgʻunchi bashariy zilzila boʻladi deb avvaldan sezish hissi bilan takror batakror xabar bergan edi. Holbuki u his bilan nur masalasining aksi bilan oʻta keng doirani tor koʻrgan edi. Davr uni ikkinchi jahon urushi bilan toʻliq tasdiqladi. Uning juda keng doirani Usmonli mamlakatida koʻrganini shunday ta'bir qilyapti:

Ikkinchi jahon urushi insoniyatga yetkazgan katta buzgʻunchiligi juda keng boʻlsada, dunyoviy hayot va oʻtkinchi madaniyatga qaragan Usmonli yurtidagi buzgʻunchilikka nisbatan tor.

Usmonli tuprogʻidagi ma'naviy zilzila abadiy hayot va boqiy saodatga zarar keltiradigan buzgʻunchilik va Islomiy ma'naviy zilzila ma'nan ikkinchi jahon urushidan ham dahshatli boʻlgani uchun, Eski Saidning xatosini toʻgrilaydi va sodiq tushini toʻliq ta'bir qiladi va avvaldan sezish hissining sodir boʻlishini koʻzga koʻrsatadi. E'tiroz bildirgan valiyni zohiran haqli, lekin haqiqatda Eski Saidning avvaldan sezish hissi haqliroq ekanini isbotlab, valiy zotning e'tirozini toʻliq rad qiladi.

Said Nursiy
— 114 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Avvalo: Madrasatu-z Zahro ruknlarininig xohishi bilan berilgan darsning xilosasini sizga ham aytishni munosib deb bildik. Mavzusi: Umum koinot mavjudoti hisobidan Me'roj kechasi Fahr-i Koinot va olam yaratilishining natijasi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam, huzur-i Ilohiyda bashariyatning, balki umum hayotdorlar, balki umum maxluqlat nomidan salom oʻrnida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deyishi va uning ichida bir butun ma'no boʻlgani uchun butun ummat har kuni koʻp marta namozida zikr qilib, iymon ahli ichida har bir martaba sohibining hissasi borligi, bundan avval "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida radio vositasida havo unsurining gʻaroyib qudrat moʻ'jizasini koʻrsatganiga oid qalbga eslatildiki:

Bir iymonli kishi abadiy saodatda dunyochalik boqiy mulkni natija beradigan ushbu qisqa dunyoviy umrda qilgan ibodatida bir butun ibodat, xuddiki oʻz xususiy dunyosi bilan birga ibodat qilgandek boʻladi. Shunga yarasha mukofot olishini Qur'on ishoratlaridan anglashiladi deb "Hujjatu-z Zahro"ning Ikkinhci Maqomida Ilmi Ilohiy mavzuida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ toʻligʻi ruhimga kulliy ma'nolarni keltirib, tashahhudda اَلتَّحِيَّاتُ deganda, birdan xayolimga hususiy dunyoimning toʻrt unsuri boʻlgan tuproq, suv, havo, nur unsurlari, toʻrt kulliy tilga aylandi. Har bir til milliardlar, hatto trillionlar, katrionlar adadicha xayolan اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ kalimalarini hol tili bilan aytayotganini koʻrdim.

— 115 —

Bulardan tuproq unsuri bir til boʻlib butun hayotdorlarning har biri bir tirik kalima boʻlib اَلتَّحِيَّاتُ deyishadi. Chunki har bir hovuch tuproq aksariyat nabototga tuvaklik qiladi va manba boʻladigan vaziyatda. Demak har bir hovuch tuproqda yo butun insoniyatning yuzaga keltirgan zavodlari sonicha kichik miqyosli ma'naviy zavodlar (har bir hovuch tuproqda) boʻlishi kerak, bu esa cheksiz darajada imkonsiz... yoki bir Qodir-i Mutlaqning hadsiz qudrati, nihoyasiz ilmi va irodasi bilan boʻladi. Demak tuproq unsuri butun qismlari, zarralari bilan sazovor boʻlgani uchun cheksiz اَلتَّحِيَّاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: Azaldan abadgacha butun hayotdorlarning hayot hadyalari Zot-i Vojibu-l Vujudga xosdir.

Soʻng barchaning xususiy dunyosida boʻlganidek, mening ham dunyoimning ikkinchi suv unsuri ham, kulliy til boʻlib butun zarralari bilan, xususan hayot egalarining manbalariga va yashashiga xizmat qilgani uchun, trillionlar, katrionlar adadicha muborakاَلْمُبَارَكَاتُ kalimasini koinotga hol tili bilan tarqatyapti.

Chunki suv qatralarining bajargan vazifalari, xususan nutfalar, urugʻlarning va tuxumlarning uygʻonishida va fitriy vazifasini bajarish uchun oʻta ajib, chiroyli va gʻaroyib kichik va yangi tugʻilgan maxluqlarning katta, oʻta intizomli va mukammal vazifalarni bajarishga kirishishini butun shuur egalariga tabrik bilan barakalloh dedirgan va hadsiz barakalloh, mashaalloh dedirishga vasila boʻlishga loyiq boʻlgan muboraklar holatlari, suv unsurining har bir zarrasi minglar Aflotunchalik ilmi va minglar Luqmoni Hakim qadar hikmati va irodasi boʻlishi kerak. Bu esa suvning zarralari adadicha imkonsizdir.

— 116 —

Shunday ekan, bir Qodir-i Zuljalolning va bir Rahmon-i Rahimning hadsiz qudrat, rahmat, hikmat va irodasi bilan muboraklarning hadsiz moʻ'jizalarga sazovor boʻlgani uchun butun muboraklar sanogʻichaاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ kalimasini kulliyati bilan aytishgani uchun, Meʻroj kechasi butun maxluqot nomidan, olamning yaratilishining natijasi boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalamاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ deganlar. Ya'ni: Butun tabriklab, mashaalloh, barakalloh deyishga asos boʻlgan holatlar va san'atlar Zot-i Zuljalolning qudratiga xos boʻlgani uchun, butun hadsiz اَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ larni Janobi Haqqa, huzuri bilan hadya qilyapti.

Soʻng, hammaning xususiy dunyosidagi havo unsuri ham bir "huva"chalik har bir hovuch havodagi har bir zarra, stansiyalikka sazovor boʻlishgani uchun, olish va tashish vazifalari ichida butun duolar, salovotlar, iltimosu ibodatlarni ifoda qilganاَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ jumlasini hol tillari bilan aytishgani uchun, havo unsuri kulliy tilga aylanib hadsiz kalimalarni katrionlar, balki kentrionlar adadicha aytib Sone'lariga, Xoliqlariga taqdim etishyapti. Ularning nomidan kulliy ma'no bilan Rasul-i Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqqa اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deb taqdim qilganlar. Ya'ni: "Butun duolar va ehtiyojlardan kelgan iltimoslar va ne'matlardan chiqqan shukrlar, ibodatlar va namozlar Xoliq-i Kulli Shayga maxsus."

Chunki "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida aytilganidek:

Yo "huva"chalik bir hovuch havoning har bir zarrasi umum tillarni bilishi,

gapirganlarning joyini koʻrishi,

yaqin-uzoq hamma narsani eshitishi,

har bir sheva va har harfning tarzini toʻliq bilishi,

koʻp ishlarni birga, adashtirmay qilishi uchun -

bir mutlaq qudrat va tom irodaga ega boʻlishi kerak boʻladi.

Bu esa havoning zarralari adadicha imkonsiz boʻlgani uchun, albatta va albatta shubhasiz va qat'iy zarurat bilan zarralarning har biri Sone'i Hakimni butun sifati bilan, xuddiki kichik miqyosda olamning katta shahodati qadar guvohliklari bordek koʻrsatib shahodat qiladi.

Demak, havo zarralari adadicha salovotlarni ifodalagan (Me'roj-i Ahmadiyda Alayhissalotu Vassalam) اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deyilgan.

— 117 —

Soʻngاَلطَّيِّبَاتُ kalima-i toyyibani aytganda, "nor" bilan "nur" unsurini ya'ni, haroratli va haroratsiz moddiy-ma'naviy nur unsuri bir kulliy til boʻlib hadsiz va nihoyatsiz suratda hol tili va hadsiz tillar bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: "Butun goʻzal soʻzlar, chiroyli ma'nolar, gʻaroyib chiroydagi jamollar va butun koinot yuzida husni koʻringan azaliy asmo-i husnaning jilvalari va boshda anbiyolar, avliyolar, asfiyolar butun ahli iymonning iymonlaridan chiqqan goʻzal soʻzlar, hamdlar, shukrlar, tavhidlar, tahlillar, tasbehlar, tabriklar اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ sirri bilan arsh-i a'zam tomon ketgan kalima-i toyyibalarni va dunyoning uch yuzidan oʻta chiroyli boʻlgan asmo-i Ilohiyaga oynalik qilgan birinchi yuzidagi hadsiz goʻzalliklar, toyyibalar va dunyoning oxirat ekinzori hisoblangan ikkinchi yuzidagi sanoqsiz hasanalar, xayrlar va ma'naviy mevalar va goʻzalliklarning barchasi azal-abad sultoni Qodir-i Zuljalolga maxsus." deb olov va nur unsurining ushbu kulliy tili bilan ushbu kulliy qullikni Ma'bud-i Zuljalolga taqdim etish ma'nosida Faxr-i Koinot Alahissalotu Vassalam umum maxluqot hisobidan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar. Chunki moddiy-ma'naviy nur unsuri bajargan vazifalarining umumi ham birga, ham ayri ayri Zot-i Vojibu-l Vujudga ishorat va shahodat etishgan milliardlar namunalar bor.

Ha, nur va olov unsuri tuproq, havo va suv unsurlari kabi oʻta qat'iy, badihiy va zaruriy suratda namunalar bilan koʻrsatadiki: Butun sabablar faqat bir parda hisoblanadi. Butun ijod va ta'sirlar Zot-i Qodir-i Zuljalolga tegishli. Chunki nur, aynan vujud va hayot kabi Ilohiy qudratning pardasiz shaxsan qilishga loyiq boʻlgani uchun, zohiriy sabablar hech bir jihatda parda boʻlmagani uchun, vohidiyat ichida ahadiyatni koʻrsatadi. Oʻta juz'iy va kichik vazifada kulliy va keng ahadiyat daliliga ishorat qiladi. Buni "Huva Nuqtasi" hoshiyalari bilan oʻta qisqa isbotlagan. Milliardlar namunalaridan ikki kichik namunasi quyida:

— 118 —

Biri: Ma'naviy nurning (ilm suratida) inson boshidagi jilvasining bir juz'i tirnoqchalik xotiraga ega odamning boshida toʻqson kitobning soʻzlari yozilgan. Uch oyda har kuni uch soat mashgʻul boʻlsa, xotira sahifasining faqat oʻsha qismini zoʻrgʻa toʻldiradi. Shu odam sakson yillik umrida koʻrgan, eshitgan, qiziqqan va xush kelgan ma'nolar, soʻzlar, suratlar, ovozlarni tirnoqdek xotirasining sahifasidan istagan vaqti murojaat qilib katta kutubxonadek, esida saqlangan hamma narsaning aynisini mavjud va muntazam yozilgan va tizilganini koʻradi.

Ushbu tirnoqdek xotiraning bahri ummon kabi kengligi, quyoshdek qamrovli nuri, ma'naviy ziyosi va zamin yuzichalik keng sahifalari boʻlmasa bu hol yuzaga kelmaydi. Bu esa yuz minglar daraja imkonsizlik ichida ilojsiz boʻlgani uchun, albatta va albatta ushbu kichik tirnoqdek xotira, Lavh-i Mahfuz, qadar va qudrat sahifasi boʻlgan Aliym-i Mutlaqning ilmi, hikmati va qudrati bilan Lavh-i Mahfuzning bir namunasini insonning boshida yaratishiga muqaddas shahodat qiladi.

Ikkinchi juz'iy va kichik namunasi: Elektr hisoblanadi. Bir kishi elektr chirogʻining ajib vaziyatini tekshiribdi. Qarasa, yuzlab tugmalardagi, markazlardagi, temir va simli iplardagi zarralar va moddalar qattiq, shuursiz, harakatsiz boʻlsada, juda kichik tegish natijasida oʻn kilometr joyga ketgan qorongʻulik darhol ketadi, oʻrnini yarim soniyada toʻldirgan nur yuzaga keladi.

Koʻz bilan koʻringan qorongʻulikning birdan yoʻqolishi va yana koʻz bilan koʻrilgan zulmat qadar nurning yuzaga kelishi, albatta xayol emas. Yo tegingan qattiq, shuursiz zarralar, hadsiz kuch va nurni ustida tashish bilan birga, bir onda yuz kilometrgacha qoʻlini uzatib, qorongʻulikni supirib tozalab nurlarni toʻldiradi. Bu esa butun shaytonlar, dinsizlar va moddaparastlar toʻplansa ham, bir sofistga qabul qildira olishmaydi. {(Hoshiya) Faqat aldash uchun ba'zi chuqur va muhim haqiqatlarga nom berib, goʻyo haqiqat anglashgandek oddiylashtirishadi. Masalan: Elektr kuchi deb, nozik va chuqur haqiqatni ahamiyatsiz qilib past koʻrsatishadi. Holbuki qudrat moʻ'jizasining hikmatlari ikki sahifa bilan zoʻrgʻa ifoda qilinsada, bitta ism berib u haqiqatni va kulliy hikmatni yashirib, oʻta kichik va oddiy bir pardasini joyiga qoʻyib, u moʻ'jizali asarni koʻr kuchga, yaramas tasodifga va mavhum tabiatdan deb tasavvur qilib, Abu Jahldan ham johilroq darajaga tushishadi. Demak Ilohiy irodaning nomuslarining unvonlari boʻlgan Allohning koinotga oʻrnatgan qonunlarining biriga, insonning ojizligidan mohiyatini anglay olmagan qonunning mohiyatiga elektr deb nomlab, nurlatishdagi gʻaroyib qudrat moʻ'jizasini tubanlashtirib, ma'lum narsa emish kabi elektr kuchi deb nomlab, bunga oʻxshagan gʻayritabiiy Ilohiy qudrat moʻ'jizalarini johilona tubanlashtirishadi.} Yoki butun koinotga hukmi oʻtgan va barcha nurlar, Uning Nur ismidan fayz olgan va Nuru-n Nur va Xoliqu-n Nur va Mudabbiru-n Nur boʻlgan Qodiri Zuljalol va Allamu-l Gʻuyubning va Aliym-i Mutlaqning qudrati va hikmati bilan boʻladi. Ushbu ikki namunaga qiyosan sanoqsiz namunalar bor.

— 119 —

Demakاَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ butun koinotdagi nurlar, goʻzalliklar, toyyibalar va kalmia-i toyyibalarni, xayrlar va kamolotlarni koinot Zot-i Zuljalolga nur unsuri tili bilan taqdim qilganidek, koinot yaratilishining natijasi boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham (ularning nomidan) vakil boʻlib, koinotdagi butun mavjudot hisobiga Me'roj kechasida kulliy ma'no bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar.

Rasul-i Akram (Alayhissalotu Vassalam bi'adadi zarroti-l anam) bu toʻrt goʻzal soʻzni salom oʻrnida aytgandan soʻng (Risola-i Nurda izohlanganidek) Janob-i Haq اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deb, butun ummati ham shunday deyishiga ishorat qilib, ma'naviy amru farmon va qabul oʻrnida javob bergan. Payʻgambar اَلسَّلاَمُ عَلَيْنَا وَ عَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ deb, muqaddas salomi ham oʻziga, ham oʻzlaridan avvalgi butun paygʻambarlarni toʻldirib, kulliy va umumiy salom suratida koʻrsatib, butun maxluqlarning vakili boʻlishi nuqtasida ularni ham salomi ichiga olgan.

Ummati esa har namozda اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deyishlari, salom-i Ilohiydagi amru farmonga ergashish hisoblanadi. Yana u zotga bay'at berish va har kuni bay'atini, ya'ni amrga boʻysunganini qabul qilib, olib kelgan farmonlarga itoatini yangilash va almashtirish hisoblanadi. Ham risolatini tabriklashdir. Ham umum Islom olami har kuni bu kalima bilan u zot keltirgan abadiy saodat xushxabariga bir tashakkurdir.

— 120 —

Ha, har bir inson oʻz vujudining yoʻq boʻlishi bilan azob chekkanidek, uyining xarob boʻlishi bilan ham azob chekadi. Vatani buzilsa qattiq xafa boʻladi. Doʻstlarining firoq va vafotidan qalbining tubi achiydi. Dunyo qadar katta xos va xususiy dunyosining zavol topishi, ayrilishi va oxiri tamoman yoʻqolishini oʻylashi ma'naviy jahannam kabi ruhi va vijdonini yondiradi.

Demak, aqli joyida boʻlgan har bir kishi ruhsiz, qalbsiz, aqlsiz boʻlmaslik sharti bilan bilsinki: Muhammad-i Arabiy Alayhissalotu Vassalam Me'roj kechasi koʻzi bilan koʻrgan abadiy saodatning xushxabarini va ahli iymonning jannatdagi boqiy hayotining bashoratini va inson aloqador boʻlgan sevgan kishilarining yoʻq boʻlmaganini va ularning ketishidan soʻng yana koʻrishish aniq ekanini oʻta shuurli ma'naviy hadyasiga javoban umum Islom olami har kuni koʻp marta اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deganidek, u kishi olib kelgan ma'naviy hadyasi bilan ham koinot sahifalari va tabaqalari Samadoniy maktublar ekani, ham maxluqotning haqiqiy qiymati va kamoloti u zotning risolati bilan yuzaga chiqishiga javoban butun maxluqot ma'nan haqiqatning tili bilan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ mazkur deyishadi. Ummat oʻrtasida Islomiy sha'oirdan boʻlgan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ ni bir-birlariga aytishi sunnatligi, bu buyuk haqiqatning shu'lasi ekanidandir.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
— 121 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sakson yillik ma'naviy boqiy umrni qozontirgan uch oylaringizni, muborak muqaddas kechalaringizni, laylatu-r ragʻoibingizni, laylatu-l me'rojingizni, laylatu-l baro'atingizni va laylatu-l qadringizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Har bir Nurchining ma'naviy daromadlari va rahmat-i Ilohiyadan umum qardoshlariga qilgan duolari maqbuliyatini iltimos qilib, Nuriy xizmatda muvaffaqiyatingizni tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Zaharlanish sababli mutlaqo unutish xastaligi musibati menga bir ne'mat, marhamat hukmida boʻlib, ba'zi haqiqatlarni kashf qilishga kalit boʻlganini menga achinmasligingiz uchun xabar beryapman. Lekin yana duoingizni ruhu jonim bilan iltimos qilaman.

Ha, hozir "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni oʻqidim. Oʻrganib qolish, odatlanish va bir xillik pardalari ostida gʻaroyib haqiqatlar yashiringanini koʻrdim. Xususan gʻaflatdagilar, tabiatparast va falsafaning dinsiz qismi, Allohning koinotga oʻrnatgan qonunlarining pardasi ostida koʻp Ilohiy qudrat moʻ'jizasini koʻrmay, togʻdek haqiqatni zarradek past sabablardan deb biladi, yuklaydi. Qodir-i Mutlaqning hamma narsadagi ma'rifat yoʻlini toʻsadi. Undagi ne'matlarni koʻr boʻlib koʻrmay, shukr va hamd eshigini yopadi.

Masalan: Bir soʻzni ayni onda million, balki milliard kalima sifatida qudrat jilvasi havo sahifasida yozib koʻpaytiradi. Shuningdek اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ oyatining ramzi bilan har bir kalima-i toyyiba butun atmosferada birdan, xuddiki zamonsiz, qudrat qalami bilan yozib koʻpaytirilganidek, ma'naviy va maqbul haqiqatlarning yozar-oʻchirar taxtasiga oʻxshagan atmosferada qudratning ajib moʻ'jizasining zamon-i Odamdan beri oʻrganib qolish pardasi ostida gʻafalatdagilar nazarida yashirinadi. Bu kabi hozir radioning ichida sanoqsiz ilm, hikmat va iroda boʻlgan bitmas-tuganmas azaliy qudratning jilvasi, har bir havo zarrasida hozir-nozir boʻlib, turli-tuman hadsiz har bir havo zarrasining kichik qulogʻiga kirib, nozik tilidan chiqqani holda aralashib ketmaydi, buzilmaydi, adashmaydi.

— 122 —

Demak butun sabablar toʻplansa, bitta zarraning ushbu fitriy vazifasidagi muqaddas qudrat jilvasini hech bir jihatda qila olmaydi. Har bir zarraning hadsiz nozik kichik qulogʻi va tilida oʻta gʻaroyib san'atga hech bir jihatda hech qanday qoʻl aralashmagani uchun zalolatdagilar va gʻaflatdagilar oʻrganib, odatlanib qolgan, tabiiy qonun degan, bir xillik pardasi bilan yashirib, past nom qoʻyib, oʻzlarini vaqtincha aldashadi.

Masalan: "Oʻn Tortinchi Soʻz"ninf Zaylining hoshiyasida aytilganidek: Oʻta koʻp moʻ'jizalarga ega usta bir tirnoqchalik oʻtindan turli-tuman yuz oʻqqalik taomlarni, yuz arshin har xil matolarni yasasa, bir kishi oʻtin boʻlagini koʻrsatib "Bu ishlar tabiiy va tasodifan shundan yuzaga keldi", desa, u ustaning gʻaroyib san'atlarini, mahoratlarini yoʻqqa chiqarsa, qay darajada ahmoq va zalolatda xurofot va telbalik hisoblanadi. Aynan shunga oʻxshab:

Archa va anjir daraxti kabi minglar gʻaroyib san'atlarni ichiga olgan bir qudrat moʻ'jizasini noʻxatdek ikki urugʻni koʻrsatib, "Bular shundan kelib chiqdi", deyish

yoki atmosferani konferensiya maydoni,

zamin yuzini bir darsxona va irfon maktabiga aylantirgan,

hadsiz ne'matlarni ichiga olgan,

cheksiz shukrlar bilan javob berish kerak boʻlgan,

insonning abadiy saodatida Ilohiy ehsonlarning hozir {(Hoshiya) Bu soʻzda katta haqiqat xazinasining kalitiga ishorat bor.} namunasi,

hech qanday shubha qoldirmagan,

toʻgʻridan toʻgʻri rahmat xazinasidan ehson etilgan Rahmoniy hadyani - radio deb nomlab,

elektr va havoning mavjlari degan ot qoʻyib,

yuz ming ne'matlarga kufron pardasini tortish (aynan oʻsha misol kabi) moddaparastlar va zalolatdagilarning hadsiz telbaligi boʻlib, cheksiz jinoyat hisoblanadi, ularni cheksiz azobga loyiq qiladi.

Qardoshlarim, bugun haqiqatdan "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni tahrir qilish niyatida oʻqidim. Xotiram yomonlashgani uchun, birdan u munojotning haqiqatlariga nisbatan (goʻyo sakson yoshda endi dunyoga kelgandek) birdan oʻrganib qolish va odatiy narsalarni bilmagan kishidek ma'lum odatlanib qolishlar parda boʻlmadi.

Kamoli shavq bilan toʻliq istifoda qilib oʻqidim. Juda gʻaroyibligini koʻrdim va tushundimki: yashirin dushmanlarimiz bir qancha mansabdorlarni aldab "Siroju-n Nur"ning oxirini bahona qilib musodara qildirishga, ya'ni boshidagi munojotning tarqalmasligiga uringaniga qanoat hosil qildim. "Rahnamo"dagi "Huva Nuqtasi" kabi bu munojot ham "Siroju-n Nur"ga dinsizlar tomonidan hujum qilinishining bir sababidir.

— 123 —

Uchinchidan: Sizga butun ruhu jonimiz bilan xushxabar beramizki, Nurchilardagi tom ixlos, haqiqiy saodat va metin birdamlik vasilada boshimizga kelgan butun musibatlar, iymoniy xizmatimiz nuqtasida buyuk ne'matlarga aylandi. Parda ostida Nurning aqlu xayolga kelmagan futuhotlari boʻlyapti.

Masalan, Ispartadan bu yerga, ya'ni Istanbulga mahkamaga kelishim uchun avtomobilga majburan yuz banknot berildi. Ishontirib aytamanki, faqat bu masala va faqat "Rahnamo"ga oid va faqat mening shaxsimga oid yuzaga kelgan va chiqishni boshlagan xizmat natijasiga ikki ming banknot berganimda, yana arzon degan boʻlar edim. Umumga oid natijalarni ham bunga qiyos qilinsin.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj xasta qardoshingiz
Said Nursiy