Emirdoğ Lahikasi
— 24 —
[Muhim bir haqiqat va Demokratlar bilan universitet Nurchilarining murojaati.]

Hozir odamlarning istagi bilan sha'oir-i Islomiyaning ozod boʻlishiga sabab boʻlgan Demokratlar ham mavqelarini saqlash, ham vatan va millatni xursand qilishning yagona chorasi - oʻzlariga Islom birdamligi jarayonini tayanch nuqtasi qilishlari boʻladi. Eski davrda Ingliz, Fransuz, Amerika siyosatlari va manfaatlari bunga qarshi boʻlishar edi.

Endi esa manfaati va siyosati bunga qarshi emas, balki muhtojdir. Chunki komunistlik, masonlik, ateistlik, dinsizlik toʻgʻridan-toʻgʻri anarxistlikka olib boradi. Bu dahshatli buzgʻunchilarga qarshi faqat va faqat Qur'oniy haqiqat atrofida Islom ittifoqi tura oladi. İnsonni bu tahlikadan qutqalishga sabab boʻlganidek, bu vatanni ajnabiy istilosidan va bu millatni anarxiyadan qutqaradigan narsa faqat udir. Shunga binoan, Demokratlar butun kuchi bilan bu haqiqatga tayanib, komunist va masonlik jarayoniga qarshi turishlari kerak.

— 25 —

Bir Azoni Muhammadiyning (A.S.M.) erkin aytilishi oʻz kuchlaridan yigirma marta koʻproq quvvat qozonishdi. Millatni oʻzlariga isintirishdi, minnatdor qildilar. Ma'nan eski Ittihodi Muhammadiydan (A.S.M.) boʻlgan yuz minglar Nurchilar bilan, eski davr kabi farmason va Ittihodchilarning mason qismiga qarshi birlashishlari kabi, hozir ham aynan Islom Ittifoqidan boʻlgan Nurchilar koʻpchilikni tashkil qiladi. Demokratlarga bir tayanch nuqtasi boʻlishadi. Lekin Demokratlarga qarshi eski partiyaning haddidan oshgan va mason yoki komunist zehnli qismi Demokratlarga ikki midhish zarba urishga tayyorlanishyapti. Eski vaqtlar Ahrorlar ikki marta boshga kelib, qisqa vaqtda ularni yiqitganidek, ularning ittifoqdoshi boʻlgan Ittihodi Muhammadiy (A.S.M.) a'zolarining koʻpini osdilar. Ahror deyilgan Demokratlarni oʻzlaridan ham dinsiz qilib koʻrsatishga urinishdi. Aynan shuning kabi: Hozir bir qismi dindorlik pardasiga kirib Demokratlarni dinga qarshi qoʻyish yoki oʻzlari kabi buzgʻunchilikka yoʻnaltirishni istaganlari qat'iyyan aniqlashdi. Hatto ulamolarning rasmiy qismini oʻzlariga jalb qilib, Demokratlarga qarshi qoʻyish va Nurchilar vositasida ulamolar Demokratlar tomonga oʻtmasligi uchun ularga teng keladigan Nurchilarni ezishni istashyapti. Chunki Nurchilar qaysi tomonga oʻtishsa, ulamolar ham oʻsha tomonga tarafdor boʻladi. Chunki kirishlari uchun ulardan kuchliroq jarayon yoʻq.

Modomiki bu haqiqat ekan, yigirma besh yildan beri ahli ilmni, ahli tariqatni ezgan yoki maddohlikka majbur qilgan eski partiyaning haddidan oshgan, mason va komunist qismi bu nuqtadan foydalanib, Demokratlarni yiqitishni istashadi. Demokratlar ham Nurchilarni, ham ulamolarni, ham millatni xursand va minnatdor qilish, Amerika va uning ittifoqdoshlarining yordamini yoʻqotmaslik uchun butun kichi bilan Azon masalasi kabi sha'oir-i Islomiyani qayta tiklash uchun mumkin boʻlganicha ta'mirlashga harakat qilishga majbur, kerak va shartdir.

Afsuski ba'zi haddidan oshgan, mason va komunistlar Demokratlarga qarshi boʻlsada, Demokratlarni buzgʻunchilikka yoʻnaltirib, dinga qarshi koʻrsatib, ularni yiqitishi uchun oʻzini Demokrat qilib koʻrsatishyapti.

Nur Talabalari va Nurchi Universitet yoshlari nomidan
Sodiq, Sungur, Ziyo
— 26 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, fidokor qardoshimiz Hoji Ali!

Siz joʻnatgan qiymatli va xususan Hazrati Ustozni juda sevintirgan maktubingizni oldik. Ustozimiz aytyaptilarki:

"Risola-i Nur bu davrda kifoya qiladi. Oʻn yil madrasada oʻqiganlar, Risola-i Nur bilan bir yilda ayni natijaga erishganiga minglab ahli ilm guvoh. Modomiki Hoji Qilich Ali bir yarim yil butun Risola-i Nur boʻlimlarini yelkasiga olgan, qisman oʻqigan ekan, bizning nazarimizda yigirma yillik Nur talabasi kabidir. Men har tong xoslar ichida amal daftariga oʻtishi uchun uni ismi bilan butun ma'naviy daromadlarimga hissador qilaman. Shunday ekan, u ham butun hayotini Ridola-i Nurga berishga mukallafdir.

Demak hozirgacha Jome'u-l Azharga borishga muvaffaq boʻla olmasligi ahamiyatli bir hikmat uchun ekanki, Nurlar unga kifoya qildi. Hozir Shomga, Halabga yaqin boʻlgan Urfada kelajakda bir Madrasa-i Nuriya tashkil etilishidan qattiq umidvormiz. Qilich Ali bilan birga Eski Saidning oʻta qiymatli talabasi boʻlgan Shomdagi Mulla Abdulmajid Urfadagi Nur talabalaridan Sayyid Solih va u kishining yoniga borgan Nurning fidokor talabasi bilan xabarlashishsin. Men Mulla Abdulmajidga, yana Hoji Aliga, ham Shomdagi Risola-i Nurga aloqador boʻlganlarga koʻp salom aytaman. Va duolarini istab, u muborak yerdan menga duo qilishlarini iltimos qilaman", dedilar.

Ha qahramon qardoshimiz Hoji Ali, Hazrati Ustoz doim sizning fidokorligingizni aytadilar. Biz ham sizni tahsinlar bilan tabriklaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Ustozning xizmatidagi qusurli
Sungur, Zubayr, Ziyo

Aziz qardoshim!

Avvalo: Ming mashaalloh, "Soʻzlar" majmuasida yanglishlar yoq hisobi. Chiqqan bir necha soʻz, qoʻshimcha qilib joʻnatildi.

— 27 —

Ikkinchidan: Agar munosib deb bilsangiz, men joʻnatgan ushbu ellik lirani mening hisobimdan mahkamadagi majmualar evaziga men uchun olib joʻnating. Agar munosib koʻrmasangiz, bu safargi joʻnatgan majmualarning menga tegishli qismining bahosiga olinglar.

Uchinchidan: Hozircha "Hayot Yoʻli"ni deputatlarga evazsiz bermaslik munosib. Sotib olishni xohlaganlarga berilsin. Lekin Anqarada oʻn-yigirma musxa boʻlsa, munosib boʻladi.

Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Muazzam va gʻaroyib Risdola-i Nur kulliyotidan ikki katta majmuaning yoʻq qilinishi haqida dahshatli bir xabar eshitdik. Oʻta haq va haqiqatli, faylasiflarni mot qilgan majmualar Risola-i Nurning boshqa boʻlimlari bilan birga Dengizli va Anqara mahkamalarida oqlanib, oqlangani tasdiqlanib qaytarib berilgan va ikki marta Oliy Sud oqlagan edi. Misr, Shom, Halab, Makka-i Mukarrama va Madina-i Munavvara kabi olami Islomning muhim markazlarida favqulotda taqdir va tahsinga loyiq koʻrilgan va qabul qilinganiga hurmatan Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vasallamning qabri sharifi va Hajaru-l Asvad ustiga qoʻyilgan bu asarlar haqidagi mudhish muomala, Xalq partiyasining qilgan boshqa katta jinoyatlari kabi, tarixda oʻxshashi koʻrilmagan ayb hisoblanadi.

Biz Nur talabalari zolim ayyorlardan haqqimizni oson ola bilar edik. Lekin Islomiyatning asrlardan beri bayroqdorligini qilgan qahramon turk millatining ma'sun farzandlari va keksalariga Risola-i Nurning bizda hosil qilgan kuchli shafqat sababli va Qur'oni Hakimning bizni kurashishdan man qilib, qoʻlimizda toʻp oʻrniga Nur boʻlishi fazilati bilan, butun kuchimiz bilan yoʻlimiz iqtizo qilgan osoyishtalikni ta'minlash asosiga binoan, zolimlarga moddiy javob bermadik. Yoʻqsa Alloh koʻrsatmasin, qat'iy majburiyat boʻlsa, komunist va masonlar hisobiga unga sabab boʻlganlar ming marta pushaymon boʻlar edi. Biz koʻrganimizdan chiqargan qat'iy xulosamiz shuki:

Risola-i Nurga dinsizlik va ateistlar hisobiga kavlangan payt umumiy musibat keladi. Hujum qilingan onda toʻrt marta katta zilzila boshlanishi va koʻp hodisalarning ayni daqiqada sodir boʻlishi bu fikrimizni tasdiqlagan. Shu e'tibordan bunday qarorning ijrosi tufayli iymon ahlining gʻayri tabiiy va qiymatli, muborak majmualarni yoʻq qilish jinoyati, bu millat va mamlakat ichida ma'naviy zilzilalar, toʻfonlar, vabo va boʻronlar kelishining kuchli ehtimolidan qoʻrqyapmiz. Zero Risola-i Nurga toʻrt marta bosim va hujum qilingan vaqt shiddatli zilzilalarning muvofiq kelishi, bu haqiqatni koʻr koʻzlarga ham koʻrsatgan.

— 28 —

Hatto mahkamada da'vo qildik. Mufassirlarnign uch yuz ellik ming tafsirlariga ergashib, ikki sahifada Qur'onning ikki oyatini tafsir qilgani bahonasi bilan yuz minglar kishilarning iymoniga qattiq ahamiyat berib va ta'sir bilan xizmat qilgan toʻrt yuz sahifalik "Zulfiqor" majmuasini musodara va yoʻq qilish, dunyoda hech bir qonunda yoʻq. Bu faqatgina dinsizlikka vosita qilingan fojiali gʻarazli kimsalarning haq, haqiqat va adolatdan qanchalik uzoqligining ochiq ravshan dalili boʻlganini, zarra miqdor vijdoni boʻlganlar biladi va yuzsiz yuziga la'natlab va nafratlanishadi. Xalq partiyasi mustabid, fundamentalist zolimlar davrida qilingan bu qoʻrqinchli muomalaga qahramon Demokratlar hukumati qarshilik qilib, Afyon mahkamasida uch yildan beri qamoqda boʻlgan va zarracha aybi boʻlmagan asarlarni va eng boshda oltin muqovali va tavofuqli moʻ'zijali Qur'onimizni darhol qaytarib berishlarini qattiq umid qilib, tegishli organlardan iltimos qilamiz.

Nur Talabalari nomidan
Xusrav, Sungur
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, qahramon akamiz!

Avvalo: Buyuk majmualarning yoʻq qilinishiga qat'iyyan yoʻl qoʻyilmasligi uchun oʻta ahamiyatli masalani aytamiz. Qanday bahoga boʻlsa ham, qutraqiladi. Faqat yoʻq qilish qarori hozirmi, yoʻqsa eskidan qaror qilinganmi va sizga yoʻq qilish qarori rasman bormi? Bu jihatni boricha bilib bizga tez va darhol bildiring.

Ikkinchidan: Bu xususda Anqaradagi qahramon Sungurga va Davlat Vaziriga yozilgan murojaatni ma'lumot uchun taqdim qilyapmiz. Minglar salom va hurmat bilan qoʻllaringizdan oʻpamiz.

Ziyo, Zubayr
— 29 —

Aziz va juda qiymatli qahramon qardoshimiz Sungur!

Avvalo: Minglar salom aytib, Janobi Haqdan Nur xizmatingizda xayrli muvaffaqiyatlaringizni tilaymiz.

Ikkinchidan: Juda ahamiyatli va mahram ishni bildiramiz. Xabar olganimizga koʻra, Isparta adliyasida olib qoʻyilgan bir yuz yetmish jild "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualari hozirgi Adliya Vazirining oqlashini, qaytarib berishini tasdiqlab avvalroq Dengizlida Ustozimizga berilgan kitoblardir. Bularni yoʻq qilish uchun qaror qilinibdi. Zamin va osmonlarni gʻazabga keltiradigan va mavjudotni yigʻlatadigan bu mudhish qarorning Demokratlarga qarshi Xalq partiyasining haddidan oshgan a'zolari tomonidan tuzilgan reja ekaniga qat'iyyan shubhamiz yoʻq. Chunki Nur talabalarining Demokratlarni kuchli tayanch yeri ekanini haddini bilmagan shaytonlar tushunishibdi. Nur talabalarini Demokratlardan bu shaklda nafrat ettirib, hukumatni yiqitishga urinishyapti. Bu rejaning yarim qolishi va majmualarimizning qutulishi va Afyondagi kitoblarimizning toʻliq qaytarilishi uchun juda koʻp ahamiyat va gʻayrat bilan yozilishini Ustozimiz sizga havola qiladilar.

Ziyo, Zubayr