Emirdoğ Lahikasi
— 23 —
Jumhuriyat Raisi, Deputatlar Hay'ati, Boshvazirlikka, Adliya Vazirligi Yuqori Qismiga, Diyonat Riyosatiga
Anqara

Haqiqiy adolat va hurriyat uchun harakat qilgan kishilarga bir necha nuqtani bayon qilaman:

Birinchi nuqta: Ham Dengizli mahkamasi, ham Anqara ogʻir jazo mahkamasi butun Risola-i Nur boʻlimlarini tekshirib, ekspertlar hay'atining ishtirokida oqlanishiga va egalariga qaytarib berishda muammo yoʻqligiga hukm qilib Saidni doʻstlari bilan oqlab, qamoqdan chiqarib, ikki yil qoʻllarda va mahkamalarda qolgan Nur Risolalarining toʻligʻini Said va doʻstlariga qaytarib berilgani va oʻsha hukmni Oliy Sud ham toʻgʻriligini tasdiqladi. Endi Afyonning Saidning shaxsiga qarshi ikki gʻarazkorning oʻsha kitoblarni, ham oʻta antiqa moʻ'jizotli yozuvdagi Qur'onni batamom qonunga xilof ravishda musodara qilib, Said va doʻstlariga qilgan aslsiz hukmini yana ayni Oliy Sud buzib, hozir vatan va millat eski partiyasining gʻarazli istibdodidan qutqargan ba'zi hamiyatkor, vatanparvar demokrat boshliqlari oʻsha risolalarni toʻliq maqtab qabul qilib sohib boʻlishdi. Lekin uch yildan beri bizdek faqirlarga sababsiz minglab lira zarar keltirish, uch marta oqlagan mahkamani uch yil choʻzib (ajib zulm ichida shaxsiy gʻaraz bor) yigirma oy yakka hujrada xizmatchisi bilan koʻrishtirishmadi.

Chiqqandan keyin eshigi oldiga ikki polotsiyachi qoʻyishdi. Yana oʻta taqvodor Nur shogirdlarini qasddan, sababsiz, faqat taqvolari uchun xoyinat uchun shom namozi vaqti sudga chiqarib namozlarini qazoga qoldirib ajib bir zulm qilishdi. Ham butun Risola-i Nur asarlarini bir marta Ispartada tamoman musodara qilib tekshishdan keyin takroran boricha qaytarib berishdi.

— 24 —

Demokratlar davrida:

modomiki Azoni Muhammadiy va din darslari kabi sha'oiri Islomiya bilan Qur'onga xizmat qilish va eski hukumatning Qur'onning zarariga buzgʻunchiliklari ta'mirlanishi boshlandi.

Modomiki dinsizlar, masonlar va komunistlarning asarlari tarqalayotgan ekan, albatta olami Islomning Makka, Shom kabi yerlarida buyuk olimlarning taqdir va tahsinlariga sazovor boʻlgan,

Diyonat Riyosatida domlalarga oʻqittirilgan "Zulfiqor", "Asoy-i Muso" va "Sirojun Nur" kabi faylasuflarni mot qilgan muborak majmualarni musodara qilish,

Uch yil ular bilan birga bahosi minglar lira qiymatidagi qadrli, moʻ'jizotli, Jalol Ismi oltin harf bilan yozilgan, Diyonat Raisi toʻliq taqdir qilib chop etishga harakat qilgan Qur'onni musodara qilgan kimsalar, albatta adolat, adliya va haqiqat uchun emas, balki komunist, masonlik uchun gʻarazkorlik qilishyapti.

Men zaharli xastalik bilan qattiq ogʻriganim va oʻz huquqimni mudofaa qila olmaganim uchun, Sungurni oʻzimga vakil qilaman. Eski hukumatning menga qarshi yigirma yillik qiynoq bilan buzgʻunchilikni toʻxtatishini yangi adolatparvar hukumat vazirlaridan kutaman. Qardoshlarimdan Mustafo Sungurni vakil qilaman.

Nur Shogirdlari nomidan
Said Nursiy