Emirdoğ Lahikasi
— 6 —
AFYON QAMOGʻIDAN KEYIN YOZILGAN MAKTUBLAR
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Har biringiz mening oʻrnimga Diyonat Riyosatiga borib, mening salom va hurmatimni Ahmad Hamdi Afandiga yetkazib, "Hazratlari ikki yil avval Nur Kulliyoti toʻplamini soʻragan edingiz. Men tayyorlatdim. Lekin bu orada qamashdi, tahrir qila olmadim, joʻnata olmadim. Endi ularni tahrir qilyapman. Zaharlanish xastaligim sababli juda abgorligim tufayli tez bitira olmayman. Bitirib, inshaalloh taqdim etiladi. "Hadya olmagan kishi albatta hadya bera olmaydi", qoidasiga binoan, ushbu qiymatli Qur'onning ma'naviy tafsiri bu Islomiy mamalakatning olimlar raisi boʻlgan zoti oliyingizga Nurlarning erkinligiga mumkin boʻlgan darajada yordam berishingizga va namuna uchun sizga uch juzni avvalroq koʻrsatgan Qur'onimizning chop qilinishiga himmat va harakat qilishingizga muqaddas evaz boʻladi.

— 7 —

Sizga qat'iyyan bayon qilaman: Bizga haqiqat ilmiga va iymon haqiqatlariga qarshi tarixda hech qachon bu daraja gʻarazli, hiylali tajovuz boʻlmagan. Sizning ilmiy doirangiz va riyosatingiz hamma narsadan avval ushbu diniy va ilmiy vazifani qilishingiz iqtizo qiladi. Men oxirgi zaharlangan paytim oʻlishimni oʻylab, "Mening oʻrnimga Nurlarni Ahmad Hamdi yelkasiga oladi", deb koʻnglim xotirjam, tasalli topgan edim. Mahkama mudofaamizdan ba'zi qismlarni avvalroq tashkilotingizga joʻnatgan edik. Hozir toʻliq, mukammal va ayni haqiqat nusxasini joʻnatyapman. Unga asosan, sizning dalolatingiz bilan Nurlarning erkinligiga harakat qiladigan kishilarga manba sifatida koʻrsatish niyatida joʻnatdik.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim Safranbolu, Afloniy atrofi Nur shogirdlari!

Sizga joʻnatgan Nur boʻlimlarining hadyasiga ming barakalloh, mashaalloh deymiz. Janobi Haq sizni ikki jahonda baxtiyor aylasin, omin. Nurning muborak fidokor shogirdlarining har biri bir qism risolalarni chiroyli qilib yozib, menga hadya qilishlari va bir qism shirin tabarruk bilan birga, qattiq xastaligim va muammolarim ichida gʻarib tarzda kelishi, eskidan beri hadyani evazsiz qabul qilmaslik qoidamga qarshi kamoli sevinch va mamnuyat bilan qabul qilishimga sabab, uch ma'nodor va gʻarib hodisa boʻldi:

Birinchisi: Bir qancha pulimga olgan mashinkam mahsuli boʻlgan oʻn bir majmua va olmos qalamli Nurning uch qiymatli shogirdining yozgan toʻliq bir toʻplam Risola-i Nurni Diyonat Riyosati besh olti marta toʻxtamay soʻragani uchun, tayyorlagan paytim bir daraja begona qolgan muftiylar va domlalarga ma'naviy hadya va tarqoq holda joʻnatiladigan paytim, bu juda ahamiyatli vazifani bajarish uchun Xusravni bu yerga kelishini aytgan edim. Holbuki holatim mushkul holda juda xavotirlanayotgan edim. Oʻsha vaqtda kichik Xusrav boʻlgan qahramon Sungur keldi. Meni koʻp xavotir, qaygʻu va xarajatlardan qutqardi. Bu vazifa ikki yil davomli yonimda xizmat qilganidek qiymatli boʻlgani uchun, bu ham Nurning tarqalishidagi muvaffaqiyatning karomati ekaniga qat'iy qanoat hosil qildim.

— 8 —

Ikkinchi hodisa: Men oʻzimning nusxalarimni Diyonat Riyosatiga joʻnatgan paytim, aynan kam-koʻpi yoʻq tarozida tortilsa Nurning Safranbolu, Afloniy atrofidagi kichik qahramonlari joʻnatgan muborak hadyalari hol tili bilan menga: "Xavotirlanmang, biz ketganlarning oʻrniga keldik. Ularning oʻrnini toʻldirdik.", dedi. Men ruhu jon bilan qabul qildim va joʻnatganlarni tabriladim. Tabarruklari botmadi.

Uchinchi hodisa: Muborak hadyalar xonamga kelgan vaqtdan oʻn daqiqa avval, chumchuqqa oʻxshagan bir qush yotogʻimning oyogʻi ostida koʻrdim. Holbuki derazalar va eshik yopiq. Qush kira oladigan hech qanday teshik yoʻq edi. Qaradim, mendan qochmayapti. Bir boʻlak non berdim, yemadi. Qalban: Uch-toʻrt yil avval bu yerda qushlarning xushxabar berishi kabi, bu ham xushxabar beryapti." dedim. Haqiqatdan ayni paytda muborak nurli hadya kelgani kabi, uch yildan beri xabar olmagan muftiy qardoshim Abdulmajiddan chiroyli bir maktub oldim. Menga xizmat qilgan Halil keldi. "Bu qushga qara, bu ham eski qushlardek bir xushxabarchidir." dedim. Keyin ketishi uchun derazani ochdik, ketmadi. Yuqorida besh-olti marta uchdi, ketmadi. Soʻng Sungur ham keldi, "Sen ham koʻr", dedik. Yarim soat oʻtib kelgani gʻarib boʻlganidek, ketishi ham gʻaroyib boʻldi. Derazadan chiqmay Halil bilan qidirdik, topa olmadik, yoʻqoldi. Hatto bu ma'naviy hadyaning kelishi va Xusravning oʻrniga Sungurning yordamga kelishi, ahamiyatini koʻrsatganiga bir aniq hodisa shuki: Sungur kelishidan ikki kun avval (uyidan chiqqan kuni ekan) Halil tushida Sungurning Mustafo Usmon bilan bu yerga kelganini, katta bir hodisa va muhtasham marosim qilinganini koʻrgan. Mengan "Ta'biri nima?" deb soʻradi. Men qiziqib, "Nega menga bu tushni aytding? Ularning boshiga tashvish tushdimi, ajabo?" deb bir kecha tonggacha xavotirlanib chiqdim. Sodiq tush oz ta'bir bilan chiqdi.

— 9 —
[Sungurning Anqaradan Ustozimizga yozgan maktubining nusxasi.]
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Juda aziz, juda muborak, oʻta mushfiq, juda sevgili Ustozimiz Afandimiz Hazratlari!

Muborak, maqbul, qiymatli maktubingizni Diyonat Riyosati Boshligʻi Ahmad Hamdi Afandiga berdik. Sevinchlar ichida muborak majmua va Nurlarni oʻz xususiy kutubxonasiga qoʻydi. "Inshaalloh bularni oʻz xususiy va xos qardoshlarimga oʻqish uchun beraman. Shu tarzda tadrijiy ravishda tarqatishga harakat qilamiz." dedi.

Juda sevgili Ustozim Afandim! Muborak maktubingizda aytganlaringizni qilishini aytdi. "Lekin bularning tarqalishi hozir birdan boʻlmaydi. Men bu asarlarni xos qardoshlarimga oʻqitib, qiziqishlarga koʻra kelajakda tarqatamiz. Inshaalloh kelajakda toʻliq va porloq shaklda tarqatishga harakat qilinishini", aytdi.

Sungur

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Ikkinchi Maqomining bosh sahifasidagi savol-javobdan keyin quyidagi boʻlim yoziladi:

"Bu risolaning yozilish sababi shuki, masjidlarda Qur'on tarjimasini Qur'onning oʻrniga oqʻtishni xohlagan dahshatli suiqasdga qarshi bir jihatdan javob hisoblanadi. Koʻp tafsilot va keraksiz mavzular kirgan. Lekin mujohidona va hayajonli javobda qiymatli gʻaybiy kalitni his qilib majzub holda qidirtirib keraksiz tafsilot, zaif va juda nozik belgilar ham kiribdi.

Qalbimga keldiki: Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi oʻta ahamiyatli, kerakli, oʻtkir va iyjozli Maqomi ushbu Ikkinchi Maqomning kamchiligini va isroflarini afv ettiradi."

Men ham kamoli sevinch bilan shukr qildim, kamchiliklarni unutdim.

— 10 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Muhtaram Ahmad Hamdi Afandi Hazratlari!

Bir ruhiy hodisamni sizga bayon qilyapman: Ancha avval hazratlari va sizning kasbingizdagi domlalarning zaruratga binoan ruxsatga tobe boʻlib, shar'iy azimatni tark etgan fikrlar, mening fikrimga muvofiq kelmayotgan edi. Men ham ularga, ham sizga gʻazab qilar edim. "Nima uchun azimatni tark qilib, ruhsatga tobe boʻlishyapti?" deb, sizlarga Risola-i Nurni toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatmagan edim. Lekin uch-toʻrt oy avval yana qalbimga sizni qattiq tanqidli afsus keldi. Birdan:

"Sening eski madrasa doʻstlaring: Boshda Ahmad Hamdi kabi zotlar, dahshatli va shiddatli buzgʻunchilikka qarshi "ahvanu-sh shar" dasturi bilan mumkin boʻlganicha bir daraja bir qism ilmiy vazifani, muqaddas narsalarning muhofazasiga sarf qilib, tahlikani toʻrtdan birga tushirishlari, ularning majburiyat bilan ba'zi kamchiliklarga va qusurlariga inshaalloh kafforot boʻladi", deb qalbimga shiddatli eslatma qilindi. Men ham sizni va siz kabilarni, oʻsha paytdan beri eski madrasa qardoshlarim va dasr oʻrtoqlarim deb haqiqiy birodarlik nazari bilan qarashni boshladim. Shuning uchun mening bu qattiq zaharlanish xastaligim vafotim bilan natijalanadi deb, sizni Nurlarga mening oʻrnimga haqiqiy sohib, homiy va muhofiz boʻlishlarini oʻylab, uch yil avval Risola-i Nurning mukammal bir toʻplamini sizga berishni niyat qilgan edim. Lekin endi ham mukammal emas, ham tamomi emas, lekin koʻpchilik boʻlimlari Nur shogirdlaridan oʻta muhim uch kishining oʻn-oʻn besh yil avval bir toʻplamni siz uchun, xastaligim ichida bir daraja tahrir qildim. Ushbu uch kishining qalamining mening yonimda oʻn toʻplamchalik qiymati bor. Sizdan boshqa bu toʻplamni hech kimga bermayman degan edim. Buning evaziga uning ma'naviy bahosi uch narsa:

Birinchisi: Siz mumkin boʻlganicha Diyonat Riyosatining shoʻ'balariga berish uchun mumkin boʻlsa eski harf, yoʻqsa yangi harf bilan va xos doʻstlarimdan tahrirga yordam uchun bir kishi boshda boʻlish sharti bilan, mamlakatdagi Diyonat Riyosatining shoʻ'balariga yigirma-oʻttiz dona koʻpaytirib berishdir. Chunki xorijiy dinsizlik jarayoniga qarshi bunday asarlarni nashr qilish, Diyonat Riyosatining vazifasidir.

— 11 —

Ikkinchisi: Modomiki Nur Risolalari madrasa mulki ekan, siz ham madrasalarning ham asosi, ham boshdagilari, ham shogirdlarisiz, ular sizning haqiqiy mulkingizdir. Munosib koʻrmagan risolani hozircha ortga qoldiring.

Uchinchisi: Tavofuqli Qur'onimiz mumkin boʻlsa fotograf matbaasida chop qilinsinki, muvofiqlikdagi i'joz yogʻdusi koʻrinsin. Yana boshdagi turkcha taʻriflari Qur'on bilan birga chop qilinmasin, balki alohida bir kichik risolacha boʻlib yo turkcha yo arabcha chiroyli qilib oʻgirib chop qilinsin.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Oʻta qiymatli, fidokor Nur qahramoni akamiz Xusrav Afandi!

Besh safardan beri Diyonat Raisi Nurdan bir toʻplamni qayta-qayta soʻradi. Ustoz qattiq xasta boʻlsada, tahrir qilib (hozir bitirish arafasida) Diyonat Raisidan uning ma'naviy bahosi sifatida uch modda istadi: Birinchidi: Siz yozgan gʻaroyib moʻjizali Qur'onni fotograf orqali chop etish. Bu moddani qabul qilibdi. Faqat "boshidagi turkcha ta'rifini mustaqil risola sifatida chop etilsa munosib boʻladi", debdi. Ustozimiz javoban: Ham bir toʻplam Riola-i Nurni, ham mashinka bilan chiqqan majmualarni unga joʻnatish va Xusrav kabi bu ishda eng koʻp aloqador bir qardoshimizning qoʻli bilan berish jihatini mashvaratingizga havola qilyapti." dedilar.

Siz ham toʻliq mashvarat bilan sizning bu masalada u yerga borishingizga holatingiz toʻgʻri kelsa va munosib koʻrsangiz, muayyan vaqtda u yerga tez boring va manzilingizni bildiring. Biz esak toʻplam va majmualarni sizga Anqaraga yetkazamiz. Hatto istasangiz oʻz hisobingizga, muftiylar nashr qilishi uchun Diyonat Raisiga bering.

Xizmatida boʻlgan
Halil, Sodiq, Ibrohim
— 12 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ham Madrasatu-z Zahro shogirdlarini, xususan Muboraklar Hay'atini va Isparta viloyatini marhum Hofiz Mustafoning vafoti bilan ta'ziya bildirib, Hofiz Mustafo oʻz vazifasini toʻliq qildi. Ikinchi bir Hofiz Ali sifatida yigirma yildan beri charchamay, qaytmay Nurlarning nashriga xizmat qilishini butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Ham uni, ham Isparta viloyatini, ham Madrasatu-z Zahroni tabriklaymiz. Haqiqatdan ushbu marhum qahramon qardoshimiz aynan Hofiz Ali kabi vazifasini bitirdi, nur va barzoh olamiga Hofiz Ali va Hasan Fayzi kabi qardoshlarimizning yoniga ketdi. Janobi Haq Risola-i Nurning harflari sanogʻicha uning hasanot daftariga xayrlar yozsin va ruhiga rahmat aylasin, omin!

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga sahxsimga oid bir qancha masalani bayon qilish qalbimga eslatildi.

Avvalo: Ba'zi xos qardoshlarimning shaxsimga xizmat qilishda diqqatsizlik qilishgani uchun, ularning menga achinishi kamchilik deb bilganim uchun, ba'zan jahl qilib koyigan paytim qalbimga: Bu bechoralar qattiq husni zon bilan, "Ustozimiz istasa, balki ba'zi ruhoniy borliqlar, jinlar ham xizmat qiladi, balki qilayotgan boʻlsa kerak. Nuriy Xizmatda inoyatning oshkor jilvasi koʻrsatyaptiki, uning shaxsining abgorligiga yoʻl ochilmaydi va shafqatimizga muhtoj emas.", deb taxmin qilishib, ba'zi kamchiliklari boʻladi. Hatto bugun biri avtomobil olib kelishi kerak edi, e'tiborsizligi sababli yayov chiqdim. Bir soatda oʻn soatchalik qiynaldim. Men bir necha kun avval bunday kamchilik qilganlarga aytgan edim, takrorlayman, siz ham tinglang:

Risola-i Nurni va iymon xizmatini, dunyoviy mansablarga va shaxsim uchun uxroviy maqomlarga vosita qilishdan ixlos sirri shiddat bilan meni man qilganidek, oʻz shaxsimning istirohatiga va dunyoviy hayotimning chiroyli, qiyinchiliksiz oʻtishiga, muqaddas xizmatni vosita qilishdan jiddan chekinaman. Chunki uxroviy hasanotning boqiy mevalarini foniy hayotga kichik lazzat uchun sarflash, ixlos sirriga muxolif boʻlgani uchun, qat'iyyan bildiramanki: Dunyo yoʻli riyozat ahlining istak va qabul qilgan ruhoniy, jinniy xodimlar menga har kuni ochligimda va yarali boʻlgan vaqtimda eng goʻzal darmon olib kelsa, haqiqiy ixlos uchun qabul qilmaslikka oʻzimni majbur deb bilaman. Hatto barzohdagi avliyodan bir qismi koʻrinib menga holva pahlavalari iymoniy xizmatga hurmatan bersalar, yana ularning qoʻlini oʻpib qabul qilmaslik va uxraviy, boqiy mevalarni dunyoda foniy suratda yemaslik uchun nafsim ham qalbim kabi qabul qilmaslikka rozi boʻladi. Lekin qasd va niyatimiz xorijida inoyat jihatida kelgan barakat kabi Rabboniy ikromlar xizmatning maqbuliyatiga belgi boʻlgani uchun, nafsi ammora aralashmaslik sharti bilan, ruhim ila qabul qilaman. Nima boʻlganda ham... bu masala bu qadar yetadi.

— 13 —

Ikkinchidan: Eski Umumiy Harbda Pasinlar frontida shahid Mulla Habib bilan birga Rusyaga hujum qilish niyatida ketayotgan edik. Ularning toʻpchilari bir-ikki daqiqa oraliq bilan bizga uch toʻp otar edi. Uch toʻp boshimizning ikki metr ustidan oʻtib, orqada dara ichida yashiringan askarlarimiz koʻrinmasada qochishdi. Tajriba uchun: "Mullo Habib nima deysan, men bu kofirning toʻpidan yashirinmayman", dedim. U javoban, "Men ham sizning orqangizdan qolmayman", dedi. Ikkinchi toʻp juda yaqinimizga tushdi. Hifzi Ilohiy bizni muhofaza qilganiga qanoat hosil qilib Mulla Habibga, "Qani ketdik! Kofirning toʻpi bizni oʻldira olmaydi. Orqaga chekinish darajasiga tushmaylik." dedim.

Bitlis qamali va qoʻshinning old safida Rusning uch toʻpi oʻldiradigan joyimga tegdi. Bittasi shalvarimni teshib ikki oyogʻimning orasidan oʻtib tahlikali vaziyatda okopga yotishni ep koʻrmaydigan ruhiy holatda boʻlganim uchun, orqadan qoʻmondon Kal Ali, hokim Mamduh Beylar eshitdi. "Tez chekinsin yoki okopga tushsin!", deyishsada, "Kofirning toʻplari bizni oʻldira olmaydi", dedim va hech qanday ehtiyot va tadbirga ahamiyat bermay, yosh boʻlsamda hayotimni saqlashga urinmadim.

Endi sakson yoshga kirib, oʻta ehtiyot va hayotimni muhofaza qilish, hatto vasvasa darajasida tahlikalardan chekinish holatini ajib qarshilik boʻlib koʻringani uchun albatta u yoshligini parvosiga keltirmay fido qilish, bir-ikki yil keksalik va lazzatsiz hayotini bu daraja muhofaza qilish katta hikmat uchun boʻlgan ekan. Bunda ikki-uch muqaddas maqsad bor:

Birinchisi: Yashirin, gʻayri rasmiy va bir qancha rasmiy, insofsiz dushmanlarimizning hiylalari bilan Nur shogirdlarining oʻrniga butun hujumlari mening shaxsimga qilinishi va jasadim bilan mashgʻul boʻlishi va oʻzlari bexabar e'tiborni mendan deb bilib, Nur shogirdlarining bir daraja hiyla va hujumlardan qutulishiga bu keksa va abgor hayotim sabab boʻlgani uchun, Eski Saidning oʻnta yoshligicha qardoshlarimning hurmati uchun hozircha vaqtincha ahamiyat bermayman. Agar men oʻrtadan chekinsam, menga berilgan qiyinchilik, oʻzimdan koʻra koʻproq sevgan xos qardoshlarimga berilar edi. Demak, bir qiyinchilik, yuz adad qiyinchilik boʻlar edi.

— 14 —

Ikkinchisi: Xos qardosharimning har biri mukammal Said oʻrnida Nurga sohib boʻlsada, ixlosdan soʻng eng katta kuchimiz birdamlikdadir. Yoʻllarning ayrilishi (qamoqda boʻlganidek) bir daraja birdamlik kuchining ketishi bilan Nur xizmatiga katta zarar boʻlishi ehtimoli boʻlgani uchun, bu bechora keksa xasta hayotim "Yogʻdular", "Soʻzlar" majmualari chiqqunicha va qoʻrqoqlik va koʻrolmaslik hislari orqali domlalarni Nurlardan qoʻrqitish balosi daf boʻlgunicha va birdamlik toʻliq qaror topgunicha hayotimni muhofaza qilishga majburiyat his qilyapman. Chunki uzun imtihonlarda mahkamalar, dushmanlarim mening yashirin va mavjud kamchiliklarimni koʻrmagani uchun, hifzi Ilohiy sababli meni batamom obroʻsizlantira olishmagani uchun, Risola-i Nur ustidan gʻalaba qozona olishmayapti. Lekin ijtimoiy hayotda koʻp tajribalar bilan mohiyati noaniq, vorislarim yosh Saidlarning bir qanchasini Nurning zarariga tuhmatlar bilan obroʻsizlantirishdi degan xavotirdan bu ahamiyatsiz hayotimni ahamiyat bilan saqlashga urinyapman. Hatto yonimda bir toʻpponcha boʻlsada, ikkinchi toʻpponcha olish kerak deb bildim. Dushmanlarning zaharlari qardoshlarimning duosi bilan ketganidek, boshqa suiqasdlari ham inshaalloh yarim qoladi.

Jumladan: Oy ikki soat tutilgan kecha yashirin dushmanlarim Anqaradan bizdan Nur majmualarini soʻralgani uchun bu yerga ikki odam keldi.

Oʻttiz olti majmua joʻnatganimizdan bir kun oʻtib taxminlariga asosan hali yuborilmagan kitoblarning joyini bilish,

Afyondagi bir-ikki mansabdor masonga xabar berish,

tintuv qildirish,

qulfloq xonamda kosa, piyolalarimga zahar solish uchun gʻayritabiiy tarzda tomga chiqib, ikki xonaning har birning bir derazasini sindirmay ajib shaklda ochib ichkariga kirishibdi. Yotadigan xonam orqasidan surguli boʻlgani uchun, menga suiqasd qila olishmabdi.

Hifzi Ilohiy va Inoyati Rabboniy ularning qoʻliga hech narsa bermadi. Yana kerakli narsalar yozar edim. Lekin bezovtalik "Boʻldi yetadi!" dedi.

Har doim ehtiyot, ixlos, birdamlik, sabot, matonat va vazifamizni qilib Ilohiy vazifaga aralashmaslik, "sirran tanavvarat" dasturiga koʻra harakatlanish, xavotirlanmaslik va xafa boʻlmaslik kerak va shartdir.

— 15 —

Yana takroran aytaman: Tarixda Nur shogirdlari kabi juda oz qiyinchilik bilan juda qiymatli xizmat va juda koʻp ma'naviy daromadni qoʻlga kiritganlar oʻtmagan. Oʻgʻir sharoitda ba'zan bir soat navbat - bir yil ibodat oʻrniga oʻtganidek, inshaalloh Nurchilarning iymon va Qur'on xizmatidagi soatlari yuzlar soat oʻrnida xayrlar qozontiradi.

Umum qardoshlar va singillarga salom aytib, ikki jahonda salomatlariga duo qilgan va duolarini kutgan qardoshingiz

... Haqiqiy fidokor Zubayr, eng kerakli va xizmatda qattiq ehtiyojim boʻlganda, bu yerga yordamga keldi. Yoʻqsa Ispartadan oʻsha tizimda bir kishi soʻragan boʻlar edim.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Laylatu-l Me'rojingizni tabriklayman. Unda qilgan duolarning maqbuliyatini rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Bu atrofda Me'roj kechasidan bir kun avval va bir kun oʻtib rahmatning istisnoiy tarzda yogʻishi, bu vatanda umumiy rahmat tajalliy etishiga ishoratdir, inshaalloh.

Ikkinchidan: Vandagi eski talabalarim bilan koʻp aloqador, men xavotirlangan va soʻnggi kunlarda Kastamonuning Sulaymon Rushdusi boʻlgan Choychi Amin Vanda boʻlib eski muborak talabalarning qoʻliga Nurlarning yetishishiga harakat qilishi va muborak eski qardoshlarimning hayotda ekanini bilmagan va ularning birga hayotda va Nurlarga ishtiyoqmand boʻlgan maktub bilan xabar berishi meni qattiq xursand qildi. Shundan xavotirlangan edim. Koʻp farohli huzn va eski hazin xursandchilik xotirasini eslatdi. Men bu yer bilan xabarlasha olmaganim uchun, mening oʻrnimga Safranbolu qahramonlari xabarlashsa, yaxshi boʻladi.

Uchinchidan: Oʻttiz yildan beri siyosatni tashlab, hodisalarga qiziqmasamda, moʻ'jizotli Qur'onimizni ikki yarim yil avval musodara qilib bizga qaytarmaslik bilan birga dunyoda tenggi koʻrilmagan holda Afyon mahkamasi bizni azoblab, kitoblarimizni nashr qilishga toʻsiq boʻlishi meni qattiq ranjitdi. Besh-oʻn kunda ikki-uch marta siyosat dunyosiga qaradim. Ajib bir holatni koʻrdim. Mudofaalarimda aytganimdek, mutlaq istibdod va mutlaq poraxoʻrlik bilan harakat qilgan dinsizlik jarayoni masonlik, komunistlik hisobiga bizni bunday iskanjalar bilan ezishga urindi. Endi bu vatanda u kuchni ketkazadigan boshqa bir jarayon chiqishni boshlaganini koʻrdim. Koʻp qarash yoʻlimga asosan ruxsat boʻlmagani uchun boshqa qaramadim.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
— 16 —

Jalol Bayar

Cumhuriyat Raisi;

Hazratlarini tabriklaymiz. Janobi Haq sizni Islomiyat, vatan va millat xizmatida muvaffaq aylasin.

Nur Talabalarindan ularning nomiga
Said Nursiy
Raisi Jumhur Jalol Bayar va Deputatlar Hay'atiga
Anqara

Biz Nur Talabalari yigirma yildan beri misli koʻrilmagan azob va iskanjalarga nishon boʻldik. Sabr qildik. Natijada Janobi Haq sizni yordamga joʻnatdi. Qiynoqlarning sababini on besh yildan beri uch mahkama haqiqiy va qonuniy deb xulosalagan bir yuz oʻttiz kitob va ming maktublarda topa olmadi. Bunga Oliy Sud bilan Dengizli Mahkamasini guvoh qilib koʻrsatamiz. Oʻttiz yildan beri men siyosatni tark etganman. Bu safar bir necha kun ichida Ahrorlarga boshliq boʻlib millatning kelajagini yelkasiga olishi sababli Raisi Jumhur va Deputatlat Hay'atini tabriklab, bir haqiqatni ochaman. U quyidagicha:

Bizga hujum qilgan va mahkamalarda azob berganlar: "Nur talabalarining dinni siyosatga vosita qilish ehtimoli bor, balki qilayotgandir ham", deyishgan. Biz u zolimlarga qarshi mudofaalarimizdagi minglab hujjatlar bilan aytganmiz va aytamizki:

— 17 —

Biz dinni siyosatga vosita qilmaymiz, balki rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga, hatto dunyoga va saltanatga vosita qilmaslik yoʻlimiz asosini tashkil qiladi. Dushmanlarimiz aytishyaptiki: Uch yildan beri uch xaltadan koʻproq ayblov jildlarimizni gʻaraz bilan tekshirishsada, bizga jazo bera olishmadi. Qilgan oʻzboshimcha va vijdosiz hukmiga ham bahona topa oilishmadi. Oliy Sud hukmni rad qildi. Ha, biz dinni siyosatga vosita qilmaymiz, balki vatan va millatga dahshatli zarar berivchi siyosatni mutaassib dinsizlikka vosita qilganlarga qarshi, bizning siyosatni kuzatishimizga qat'iy majburiyat boʻlgan paytda, uch yuz ellik million qardoshlarning birodarligini bu vatandagi qardoshlarga qozontirishga sabab boʻlishi uchun, vazifamiz siyosatni dinga vosita va doʻst qilish boʻladi.

Demak: Bizni qiynaganlarga siyosat jaholati bilan dinsizlikka vosita qilishlariga javoban, bu vaqtgacha biz siyosatni dinga vosita va doʻst qilib, bu vatan va millatning saodatiga harakat qildik.

Qardoshlarim, men shuni munosib deb bildim, sizning mashvaratingizga havola qilaman.

Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sakson yildan ortiq ibodatli boqiy umrni ta'minlagan Ramazoni Sharifingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Har kechasi biz uchun bir nav Laylatu-l Qadrni manfaatli boʻlishini niyoz qilamiz. Vazifani boʻlishish sirri bilan, har bir xos Nurchi umum Nurchilarning ma'naviy daromadiga hissador boʻladi. Ma'nan minglab til bilan ibodat, duo, istigʻfor, tahbehot qilishga haqiqiy birodarlik va ixlos bilan sazovor boʻlishingizni rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz va shunday boʻlishidan umidvormiz.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning ma'nan toʻliq gʻalabasi bilan birga mason qismining dinsizlari va komunistlarning ateist qismi pashshani fil qilib, bahonalar bilan Nurlarning ozodligiga mone boʻlishga urinishyapti. Bu safar ham ma'nosiz, sud majlisimizni sababsiz oʻttiz besh kun kechiktirishdi. Hatto Qur'onimizni bermaslik uchun advokatimizga ham baqirib chaqirishibdi. Lekin inoyati Ilohiy ularning butun rejalarini yarim qoldiryapti. Nurlar kamoli ehtishom bilan Istanbul va Anqara bilimli yoshlarida katta ishtiyoq hosil qilib, oʻzini oʻzi yoyib shogirdlariga dars beryapti. Ushbu ma'naviy gʻalabasining natijasi sifatida Azoni Muhammadiyning aytilishiga harakat qilgan senatorga yuzlab imzo bilan bilimli yoshlar tashakkur aytib, tabriknoma yozishyapti.

— 18 —

Uchinchidan: Bu yerdagi talabalar ham Ramazoni Sharifingizni tabriklab, juda koʻp namunalar ichida eski komunistlarning qiynoqlaridan bir-ikki namuna yozib qoshimcha sifatida sizga taqdim qilishyapti. Balki vaqti kelib bu ma'noda gazetalarda maqola ham nashr qilishar.

Umum qardoshlarim va singillarimga salom aytib, duo qilgan va xastalik sababli qullik vazifasini toʻliq qila olmagan, Nurchilarning ma'naviy yordamlariga muhtoj va evaziga duo qilishlarga va ma'naviy daromadlariga muhtoj, xasta qardoshingiz

Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Xalq Firqasi iqtidor partiyasi sifatida Ustozimizga qilingan ogʻir zulm bilan yuzlab qonunsiz iskanjalardan birinchi namunasi:

Zamin yuzida bu asrdagichalik tenggi koʻrilmagan ateist jarayonining rejalari bilan Ustozimizga yigirma besh yildan beri mutlaq istibdod bilan qilingan zulmning bir namunasi quyidagicha:

Nafas olish uchun yopiq avtomobil bilan qirlarga borishi uchun tashqariga chiqqan vaqti, bu yerning katta mansabdori kiyinish tarziga aralashmoqchi boʻlibdi. Bu besh tomondan qonunsiz va besh jihatdan vijdonsiz hisoblangan haddini bilmagan jurʻatkorlikka qarshi aytamizki:

Podishohning kichik bosimini koʻtara olmagan, Mashrutiyat e'lon qilinganda va Devoni Harb-i Oʻrfiyda mahkama raisi Hurshid Poshoga va mahkama a'zolariga javoban:

— 19 —

"Agar Mashrutiyat bir firqaning istibdodidan iborat boʻlsa, butun insu jin guvoh boʻlsinki, men murtajiyman. Shariatning bitta masalasi uchun ming ruhim boʻlsa, fido qilishga tayyorman!" degan;

va Deputatlar Majlisida Mustafo Kamolga qarshi: "Namoz oʻqimagan kimsa xoin hisoblanadi. Xoinning hukmi mardud-qabul qilinmaydi!" deb, Islomiy kiyimini qat'iyyan va aslo oʻzgartirmagan;

kiyinishiga aralashishni xohlagan kimsaning natijada oʻzini-oʻzi oʻldirib ta'zirini yegan Navzod ismli Anqara hokimiga: "Bu salla bosh bilan birga olinadi" javobini berib, salobatiga hech kim qarshi kela olmagan zotga,

ham Isparta, ham Eskishahar, ham Dengizli mahkamalari ham boshini ochtira olmagan va (oxirgi Afyon mahkamasi mustasno) minglab odamlar va yigirma politsiyachi boʻlgan joyda boshini ochishi aytilmagan;

oʻzlari uzlatda boʻlib, kaltafahm mansabdorlarning ma'nosiz xiyonat uchun bosim niyati, toʻgʻridan-toʻgʻri anarxiya hisobiga vatan va millatga tahlika keltirishiga urinish hisoblanadi.

Yana batamom qonunsiz boʻlishi bilan birga... yillardan beri tenggi uchramagan oʻz haqqidan voz kechgan;

fidokorlik bilan eng ogʻir sharoitda bir yuz oʻttiz boʻlimdan tashkil topgan muazzam va gʻaroyib asar kulliyoti bilan vatan va millatning ma'naviy qutulishini ta'minlagan zotga bu tarzda bosim qilish, albatta millat va yoshlarning mahvu parishon boʻlishiga uringan yashirin vatan dushmanlariga yordam berish va vosita boʻlish hisoblanadi.

Afyonda bir-ikki qaysar, ateist masonning ishtiroki va tashviqi bilan xiyonat fikriga hech qanday xiyonatni qabul qilmagan Ustozimizning chidashi va ahamiyat bermasligi sababli ushbu haqiqatni qat'iyyan angladik: Bu vatan va millatga oʻzlari orqali zarar kelmasligi uchun e'tibori, sharafi, nafsi, ruhi, tinchligini ham fido qilgan.

Konyalik Zubayr
— 20 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ham sizning, ham bu mamlakatning, ham olami Islomning muhim bayramining muqaddimasi boʻlgan, bu yurtda sha'oiri Islomiyaning yangidan porlashining xushxabarchisi boʻlgan Azoni Muhammadiyning (A.S.M.) kamoli sevinch bilan oʻn minglab minoralarda aytilishini tabriklaymiz. Va sakson yildan ortiq ibodatli umrni qozontirgan Ramazoni Sharifdagi ibodat va duolaringizning maqbuliyatiga omin deb, rahmati Ilohiyadan har bir Ramazon kechasini bir Laylatu-l Qadr oʻrniga oʻtishini, sizga savob qozontirishini niyoz qilamiz. Bu Ramazonda qattiq zaiflik va xastaligim sababli toʻliq xizmat qila olmaganim uchun, sizdan ma'naviy yordamni iltimos qilaman.

Ikkinchidan: Mening soʻnggi hayotimni Isparta atrofida oʻtkazish katta orzuimdir. Nur Yigitining aytganidek: "Isparta toshi, tuprogʻi bilan men uchun muborak hisoblanadi. Hatto yigirma besh yildan beri meni qiynoq bilan azoblagan eski hukumatga qachon qalban gʻazablangan boʻlsamda, hech qachon Isparta hukumatiga gʻazablanmay bu muborak vatandagi hukumatning hurmati uchun, boshqalarini ham unutar edim. Xususan u yerdagi eski buzgʻunchilikni ta'mirlashni boshlagan haqiqiy vatanparvar demokrat nomli hamiyatli Ahrorlar, ya'ni hurriyatparvarlar, Nurchilarni taqdir qilgani uchun, juda minnatdorman. Ularning muvaffaqiyatiga koʻp duo qilaman. Inshaalloh Ahrorlar, mutlaq istibdodni yoʻq qilib toʻliq shar'iy hurriyatga erishishga sabab boʻlishadi.

Uchinchidan: Bayramdan keyin bu yerda yana bir oz qolishim bir sababga binoan kerak. Bir-ikki oy keyin Madrasatu-z Zahro ruknlarining qarori bilan va Istanbul va Anqara universitetlaridagi yosh Saidlarning ham roziligi menga qayerni munosib koʻrsangiz, oʻsha joyni qabul qilaman. Modomiki haqiqiy vorislarim siz ekansiz va vazifamni shaxsimdan ming marta koʻproq dunyoda qilayotgan ekansiz, bu foniy hayotdagi soʻnggi manzilimni sizning ra'yingizga qoldiraman.

Toʻrtinchidan: Ham tabriklarini, ham qattiq aloqalarini koʻrsatgan Ahmad Nazif, Ahmad Fayzi, Halil Ibrohim, Hazan Atif va Bujoq, Afloniy va Istanbuldagi Nurchilarning maktubiga mening oʻrnimga siz javob bersangiz, sizlarni vakil qilaman.

— 21 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Hadisi sharifning sirri bilan Ramazoni Sharifning soʻnggi yarmida, xususan oxirgi oʻn kunida, boxusus toq kechalarda, asosan yigirma yetinchi kechasi - sakson yildan ortiq ibodatli umrni qozontiradigan Laylatu-l Qadrni ihyo qilishga har biringiz umum Nur talabalari bilan birga, xususan bu bechora kamchiligi koʻp, xasta, zaif qardoshingizni hissaador qilishingizni va duolaringizning minglab ma'naviy ominlarning tasdigʻi bilan dargohi Ilohiyda qabul boʻlishini rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz.

Ikkinchidan: Universitetdagi yosh Saidlarning haqiqatdan Madrasatu-z Zahroning Istanbul va Anqaradagi vazifasini qilishganiga va bu bechora Saidga ehtiyoj qoldirmaganlariga va Risola-i Nurning har bir jihatdan kifoya qilganini bitta namunasi sifatida hozir sizga konvertda joʻnatgan, ularning deputatlarga yozgan bayonnomalarini va yana ularning bir asari boʻlgan "Hayot Yoʻli"ning yetmish nusxasining bosh tomoniga qoʻyib yetmish deputatga jonatish uchun kelgan bayonnomalarini ma'lumot sifatida sizga joʻnatdik. Munosib koʻrsangiz uni va avval joʻnatilgan Sungurning Ma'orif Vazirligiga mudofaasi va Mustafo Usmonning Adliya Vaziriga arizasi bilan birga "Hayot Yoʻli"ga bir nav ilova sifatida qoʻlyozma yoki mashinka bilan Ineboludagi yangi harf bilan ellik-oltmish nusxa koʻpaytirishni ra'yingizga havola qilamiz.

Uchinchidan: Madrasatu-z Zahro ruknlari mening oʻrnimga ham haqiqiy vakillarimdir. Menga kelgan maktublarga ular mening oʻrnimga javob berishsin. Xususan Xusravning maktubida ismlari boʻlgan kishilarga munosib javob beringlar. Ahmad Fayzining sizga yozgan maktubiga javobning bir qismini konvertda sizga joʻnatyapmiz.

Umum qardosh va singillarimning muborak Ramazonlarini ba umum kechalarini, ma'naviy Laylatu-l Qadrlarini tabriklab, salom aytib duo qilaman va duolarini iltimos qilamiz.

— 22 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

[Haq va haqiqatning noshiri Sabilurrashodga, amalda Xalq Partiyasi nomidan qilingan yuz jihatdan qonunsiz muomalani arz qilyapmiz:]

Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy shiddatli zaharlarning natijasida xastaligi ogʻirlashib hayotdan umidini uzgani uchun, nafaqa puliga olgan sakkiz adad kitobini muhofaza qilish uchun muftiy qardoshiga joʻnatgan edilar. Amirtogʻ pochtaxonasi goʻyo zobitlar ma'muri vazifasini qilayotgandek, yashirin maqsadga binoan kitoblarni olib jandarma boʻlimiga oʻzi kirib, hokimlikka, adliyaga va telefon orqali Afyonga eshittirib, ishni boʻrttirib kitoblarning barchasini adliyaga berdirgan.

Kitoblar shu mohiyatda: Besh boʻlimi mahkamadagi mudofaa va ilovalardan iborat. Keyingi uch kitob, hozirgi adliya vakili Halil Oʻzyoruqning uch-marta oqlanishiga hukm qilgan asarlar boʻlib, Dengizli mahkamasi ushbu asarlarning boʻlimlarini qaytarib bergan. Afyon mahkamasining ham hukmini buzib, bu asarlarning oqlanishiga hukm qilgan.

Eski adliya vakili komunist Fuat Sirman eski deputatlar hay'atiga xabar beribdi va Qur'onning oʻta haq va manfaatli tafsiri boʻlgan "Zulfiqor" majmuasining toʻrt yuz sahifasi ichida oʻttiz yil avval yozilgan ikki oyatning tafsiriga doir ikki sahifani bahona qilib ushbu juda muhim asarni ta'qiqlashga urindi. Holbuki hozir millat va vatanga oʻta zararli komunist va masonlarning asarlariga ruxsat berildi. Lekin yuz minglab insonlarning iymonini qutqargan, Qur'onning oʻta haq va juda koʻp manfaati boʻlgan bir tafsiri ekanini besh yuz ming odamning shahodati bilan isbot qilgan asarlarimizga zararli varaqalar deb muomala qilish, ustozimizga bu xasta, nozik davrda oʻz qardoshlariga bu hazin qaygʻuga solish, yuz jihatdan qonunsiz deb arz qilamiz.

Ikkinchidan: Bu masalaning oʻta ayyor va gʻoyat yashirin haqiqati quyodagicha: Ustozimiz talabalarini ma'nan va moddatan Demokrat Partiyasiga yordam berishga yengil tashviq qilgan edilar. Buni Xalq Partiyasining qaysar mustabidlari tushungani uchun, ma'nosiz bahona bilan pashshani fil qilib muomala qilishdi. Yoʻqsa har tarafda kitoblar pochta orqali olinib-berilyapti, bu yerga ham Istanbul va boshqa joylardan kelyapti, bunga hech kim aralashmayapti. Bu holat juda ayyorona va umid qilinmagan rejadir.

— 23 —

Uchinchidan: "Zulfiqor"da mavzui oʻtgan ikki oyatning tafsiridan ming mislida muxolafat bilan amalda matbuotda eski hukumatga hujumlar qilinyapti. Hozir u oyatlarning tafsiri zarra miqdor ayblana olmaydi. Bundan anglashilyaptiki, bu muomalalar Xalq Partiyasi hisobiga qilinishda davom etgan oʻzboshimcha ishlardir. Xalq Partiyasi a'zolarining "Saltanat demokratlarda boʻlsa, hukm, ijro va boshqaruv bizda", degan iddio va vahimalarining namunasidir.

Amirtogʻ Nur talabalari nomidan
Mahmud, Ibrohim, Ziyo va boshqalar...