Emirdoğ Lahikasi
— 29 —
Davlat Vazirligiga!

Sizga vatan va millatning kelajagi mavzuida oʻta ahamiyatli, shayton ham oʻylashga qiynaladigan tarzda tuzilgan, Demokratlargta qarshi bir rejani oshkor qilamiz. Jumladan:

Bu vatanda dinsizlik bilan, mutlaq istibdod va ashaddiy zulmga qarshi yigirma yetti yildan beri parda orqasidagi xususiy nashriyot bilan gʻayritabiiy, oʻzini oʻylamay kurashgan Badiuzzamon Said Nursiyning oʻrtaga chiqargan muazzam Nur Talabalari jamoatining Demokratlar partiyasini qoʻllaganini Xalq partiyasining haddidan oshgan hiylachilari tushunibdi. Hatto bir vaqtlar Nur talabalari koʻp sonda yigʻilgan mintaqalarda oʻta yashirin tekshiruv va josuslik qilishga Ismat chiqarilgan edi.

Onadoluning har tarafida gʻaroyib bir iymoniy kuch bilan favqulotda fidokorlik bilan bu millatning iymon va Islomiyatga xizmat qilib, zolimlar saltanatining asosidan va tomiridan qulatishga sabab boʻlgan Nur talabalarini Demokratlardan nafrat qildirish uchun uxroviy va dunyoviy hayotlarining xaloskori boʻlgan, yuz minglab ahli iymonni va bir qism oliy ma'lumotli yoshlarni nurlantirib, irshod qilgan va Arabistonda, Misrda katta taqdir va tahsinga loyiq koʻrilgan va muborakligiga hurmatan Paygʻambarimizning qabri sharifi va Hojaru-l Asvad ustigo qoʻyilgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarining Isparta Adliyasi tomonidan yoqilishiga qaror qilish kabi, yer va osmonlarni gʻazabga keltiradigan va mavjudotni yigʻlatadigan darajada hukm qilingani xabarini oldik.

— 30 —

Holbuki, bir yuz oʻn toʻqqiz boʻlimdan tashkil topgan Risola-i Nur Kulliyotidan boʻlgan oʻn katta majmualarning qismlari ham Risola-i Nur Kulliyoti bilan 1944 yil Dengizli Ogʻir Jazo Mahkamasida bir ovozdan oqlangan. Oliy Sud bu hukmni tasdiqlagan. Tasdiqlanib, butun asarlar muhtaram muallifiga va egalariga qaytarib berilgan. Soʻnggi Afyon makamasida ham Xalq partiyasi hukumatining komunist deputatining xususiy buyrigʻi bilan qilgan gʻarazli hukmi qahramon Demokratlarning adliya vakili eski Oliy Sudning adolatli muhtaram raisi asosidan buzgan. Nihoyat afv qonuni bilan amalga oshirmoqchi boʻlgan va hal qila olgan hiylali tuhmat va boʻhtonlari ustiga parda tortib, afv bilan bitirishgan.

Haqiqat bu markazda ekan va hozir eski hukumatda minglar kichik nashriyotlar ishlarini bemalol davom ettirayapti. Toʻrt yuz sahifalik oʻta haq va haqiqatli majmuaning ikki sahifasida bir oyatning tafsirini, gʻaraz bilan bahona qilib javobgarlikka tortiladigan qilib, yoʻq qilish qarorigacha borishibdi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri eski zolim partiya uchun va shu maqsadga bogʻliq:

Yuzminglab Nur talabalarini Demokratlarga qarshi qoʻyib, Demokrat partiyasining sassiz- sadosiz, lekin dindorligi uchun oʻta metin tayanch yerini yoʻq qilish va Demokrat hukumatini agʻdarishdir. Bu mudhish va shaytoniy rejaning yarim qolishi uchun siz muhtaramga ahamiyat bilan xabar berib, hurmatimizni bildiramiz.

Universitet Nur Talabalari nomidan
Yusuf Ziyo Orun