Emirdoğ Lahikasi
— 201 —
Mandarasning Koniya nutqiga doir izohi

Bosh vazir gapini tafsirlarga maqsadli tobe ekanini aytyapti. (Xususiy xabarchimizdan.)

Anqara: Bosh vazir Adnan Mandaras Koniyada gapirgan nutq sababli nashr etilgani sababli Zafar gazetasining bergan savollariga quyidagicha javob berdi:

"Koniyada Hukumat maydonida katta jamoat holida toʻplangan juda muhtaram Koniyalik vatandoshlarimga gapiradigan nutqning laiklik tasavvurimiz haqidagi qismini yomon niyatli kimsa qalamga olganida qanday soʻz oʻyini qilinganini men ham koʻrib afsuslandim. Bulardan bir qancha soʻzlarimning akani ukaga qirdiradigan mohiyatda ekanini, bir qismi oʻngchi siyosatdonlarga yoʻl ochganini va muqaddas narsalarni man etish olib tashlanganini, natijada turk inqilobining katta asoslaridan biriga ziyon yetkazganini ifodalagan.

Bu xabarlarda e'tiborimni tortgan jihat shuki Koniyadagi gaplarimning koʻzlangan maqsadlarga va qoʻlga kiritilishi istalgan natijalarga koʻra oʻzgartirilganidir. Masalaning yaxshilab tushunilishi uchun avvalo Koniyadagi gaplarimni yana bir karra va oʻsha kungi Onadoʻli agentligi nashr qilganidek takrorlashni istayman. Oʻshanda shunday degan edim:

— 202 —

Hozir sizga laiklik tushunchamizdan gapirishni istayman. Laiklik bir tomondan din bilan siyosatning bir-biridan ayrilishi, boshqa tomondan esa vijdon erkinligi ma'nosidadir. Din bilan siyosatning qat'iy suratda bir-biridan ayrilishi asnosida eng kichik shubhani ham qabul qilmaymiz. Vijdon erkinligi mavzuiga kelsak, Turk millati Musulmondir va Musulmon sifatida qoladi. Avvalo oʻziga va kelajak avlodlarga dinini oʻrgatishi, uning asosini va qoidalarini taʻlim berishi, abadiyyan Musulmon boʻlib qolishi tortishilmas asosdir.

Holbuki maktablarda din darsi boʻlmagunicha bolasiga dinni tuishuntirish va oʻrgatishni istagan vatandoshlar bu imkonlardan mahrum etilgan boʻlishadi. Musulmon bolasi dinini oʻrganishdek oʻta tabiiy haqdan mahrum qilinmasligi kerak. Bunday mahrumlik va imkonsizlik vijdon erkinligiga uygʻun deyilmaydi. Demak, oʻrta maktablarimizga din darslari qoʻyish oʻrinli ish boʻladi.

Dinsiz jamiyatning, millatning mavjudligini saqlab qolishiga ishonmaymiz. Eng rivojlangan millatlarning ham din bilan siyosat va dunyo ishlarini bir-biridan ayirgandan soʻng qay darajada dinlariga bogʻliq qolganini bilamiz. Bugungi saviya bilan asl millatimizga mutaassiblik tuhmati qabul qilib boʻlmas ish. Millatimiz diniga qattiq bogʻlanganichalik, umuman dinni eng pok tuygʻular bilan qabul qiladi. Musulmonlik millatimizning vijdonida eng musaffo holiga yetgan.

Musulmonlikni va uning asoslarini, farzlar va qoidalarni kiyinish bilan koʻrsatib oʻrgatadigan oʻqituvchilarimizning yetishtirilishiga alohida gʻayrat sarf etiladi. Keladigan yil litsey darajasida ilk bitiruvchilarini chiqaradigan Koniya Imom Xatib Maktabining yuqori saviyada din tahsili bergan ta'lim muassasasi holiga keltirilishi va bunga oʻxshagan oʻquv dargohlari yurtda koʻpaytirilsa, yaxshi boʻladi." degan.

"Koniya nutqining bu qismini muhtaram turk ziyolilariga takrorlagandan soʻng, shuni ahamiyat bilan bildirishni istaymanki: Bayonotim, har qanday oʻxshatishga joy qoldirmaydigan darajada ochiq. Qilinadigan sharhlarda, iddaolarda ushbu ochiq matnga sodiq qolish asos boʻlishi kerak. Hech kim mening aytgan gaplarimni oʻzgartirish haqqiga ega boʻlmaganidek, hech qachon aqlimdan oʻtmagan maqsad va niyatlarni menga tayantirishga hech kimning haqqi yoʻq."

(Hoshiya): Bosh vazirning Koniyadagi ahamiyatli nutqi uchun umum Nur talabalari va maktab oʻquvchilari nomidan bir tabrik yozmoqchi edim. Hozir qalbimga: Risola-i Nurning erkinligiga doir mudofaalarimizning va ahamiyatli advokatimizning ekspertlarga javobining orqasida shu nutqni Risola-i Nurning erkinligiga tegishli sabab va hujjat qilib, Onadoʻlidagi Musulmonlar va Nurning butun talabalarini unga ma'naviy kuch va duogoʻy qilish, Azon-i Muhammadiyning e'loni ularga qanday ma'naviy quvvat boʻlgan boʻlsa, bu nutq bilan Risola-i Nurning erkinligi ham unha ma'naviy kuch oʻrniga oʻtishi uchun unga tabrik oʻrniga, advokatimizning haqli mudofaasida bir hoshiya qildik. (*)

"Rahnamo"ni musodara qilish bahonalarini rad qilgan advokat Muhrining mudofaasi kabi Koniyada Bosh vazirning bu nutqi ham oʻsha bahonalarni rad qilgan haqiqat boʻldi.

(*) Bu mudofaa, Ashraf Adibning nashr qilgan kichik "Hayot Yoʻli"dadir.

— 203 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Ustozimiz Said Nursiy aytyaptilarki:

"Modomiki Isparta mening haqiqiy yurtim ekan. Men ruhu-jonim bilan ushbu haqiqiy mamlakatimga va insonlariga xayr qozontirishni istayman. Hozir juda muhim boʻlgan xayr quyidagicha:

Afyon butun Risola-i Nur Kulliyotini qaytarib berib Islom olami, hatto insoniyat olamida juda katta xayrga sabab boʻldi. Sakkiz yildan beri qilinayotgan xatoni yoʻqqa chiqarib avf ettirdi. Muborak Isparta ham Islom olami nazarida Misr Jome'u-l Azhari va eski Shomi Sharif muborakligiga sazovor boʻldi. Albatta Risola-i Nurni egalariga qaytarib berish orqali hosil boʻladigan buyuk sharaf uchun Afyondan orqada qolmaydi. Balki yigirma marta oldinlab ketadi.

Ispartaning odil adliyasi vatanparvat demokrati va dindor xalqi ushbu xayr-i azimni yurtlariga qozontirish va Afyon sazovor boʻlgan sharafdan yuz marta koʻproq sharafni oʻziga olish uchun muborak Ispartaning mahsuli boʻlgan Nur Risolalarini qaytarib berishga harakat qilsin. Isparta deputati Tahsin Toʻla Anqara va Afyonning Risola-i Nurni qaytarib berib yuz kishichalik foyda berib, ushbu xayr-i azimning yarmini Ispartaliklarga qozontirdi."

Xizmatida boʻlgan
Nur Talabalari
— 204 —

Ustozimiz ilm izzatini muhofaza qilish uchun eski vaqtlardan beri eng katta raislarga xorlanmadi. Ham odamlarning hadyasini qabul qilmas edilar. Endi esa Ustozimiz ham zaif, ahli ilmga ruxsati boʻlgan hadyani xasta boʻlgani uchun ola olmaydilar. Hatto biz xizmatkorlaridan ham eng kichik narsani evazsiz yeya olmaydilar. Yesalar, xastalanadilar. Bu holati, hech narsaga vosita boʻlmagan Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun, xastalik suratini oldi va xastalik bilan bu qoidasini buzishdan man qilyapti degan e'tiqoddamiz.

Hatto Risola-i Nurning har tarafga nashr va tarqalishining katta bayrami munosabati bilan ahl-i ilmga kerak boʻlgan qoʻl bilan koʻrishishdan, suhbatdan, ushbu muborak bayramda ham eng xos talabalari va qardoshlari bilan va u kishiga qaralishidan ham qattiq siqilib, a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun xastalik holatiga tushib man qilingani eslatildi.

Hatto muborak bayramda qattiq xastalangani uchun talabalariga: "Mening qabrimni oʻta yashirin joyda, bir-ikki talabamdan boshqa hech kim bilmasligi shart. Buni vasiyat qilaman. Chunki dunyoda suhbatdan meni man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan soʻng ham shunday qilishga majbur qildi." deganlarini koʻrdik.

Biz Ustozimizdan: "Qabrni ziyoratga kelganlar Fotiha oʻqiydi, xayr qozonadi. Qanday hikmatga binoan qabringizni ziyorat qilishni man qilyapsiz?" deb soʻradik.

Javobiga Ustozimiz: "Bu dahshatli davrda eski vaqtdagidek Fir'avnlarning dunyoviy shonu-sharaf orzusida haykal, rasm va mumlashlar bilan inson e'tiborini oʻzlariga qaratishgani kabi, "men"lik va xudbinlik sababli gʻaflat bilan haykal, rasm va gazetalar vositasida e'tiborni, ma'no-i harfiydan ma'no-i ismiy bilan oʻzlariga toʻliq qaratish va uxroviy istiqbol emas, dunyoviy kelajakni maqsad qilib, eski davrdagi Alloh uchun ziyorat oʻrniga ahli dunyo qisman bu haqiqatga muxolif oʻlikning dunyoviy shonu-sharafiga koʻproq ahamiyat beradi, bu shaklda ziyorat qilishadi. Men Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni yoʻqotmaslik uchun va ixlos sirri bilan qabrimni bildirmaslikni vasiyat qilaman. Ham sharqda, ham gʻarbda kim boʻlsa boʻlsin, oʻqigan Fotihalar ruhga boradi.

Dunyoda meni suhbatdan man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan soʻng ham bu suratda meni savob jihatidan emas, dunyo jihatidan man qilishga majbur qiladi." dedilar.

Xizmatida boʻlgan Talabalari
— 205 —

[Ustozimizning Afyon Mahkama Hay'atiga joʻnatgan murojaatning nusxasi.]

Bugun sizni tabriklab, tashakkur qilishga Afyonga keldim. Koʻpdan beri kitoblarimizning zoye boʻlmasligi uchun yaxshi saqlangani uchun tashakkur bildiraman. Endi Anqaraga joʻnatayotgningiz uchun sizni tabriklayman. Oʻn yil avval xususiy shaklda bir kishining boshqa birovga yozgan va ba'zan mening nomim bilan yozilib imzoim boʻlmagan va nashr qilinmagan xususiy maktublar avvalroq mahkamangizda tekshirilib, javobgar boʻladigan ayb topa olmaganingiz uchun e'tibor berilmagan edi.

Vaqt oʻtishi bilan, nashr qilinmagan va avf qonunlari qoʻllanilgan, ma'lumotim boʻlmadi va Risola-i Nur kitoblari bilan aloqasi boʻlmagan maktublarni, yangidan e'tiborga olish, ham adolatlilar ham ekspertlarni keraksiz mashgʻul qiladi. Shuning uchun unga vaqt sarflamasligi va ishimizni kechiktirilishi uchun mazkur xususiy maktublarim, muborak kitoblarga qoʻshilmasligini adolatingizdan umid qilamiz.

Ushbu muborak adliya ikki marta kitoblarni oqlab, qaytarishga hukm qilgan boʻlsada, ba'zi sabablarga binoan qolgan xuddi oʻsha kitoblarning ba'zan hammasini ba'zan qoʻlga tushgan qismini besh mahkama qaytarib bergani va besh Ichki Ishlar idorasi egalariga qaytarib berganini sizga xabar beramiz. Inshaalloh adolatingiz va husni zonningiz bu safar ham qaytarib berishga sabab boʻlar.

Xasta
Said Nursiy
— 206 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Hurmatli Adnan Mandaras!

Oʻttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan Ustozimiz Badiuzzamon Hazratlari, hozir Qur'on, Islomiyat va vatan uchun butun kuchi va talabalari bilan, darslari bilan demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini muhofaza qilishga harakat qilayotganini, biz Demokrat partiya mansublari va Nur Talabalari qat'iy xulosa qildik.

Ustozimizdan, nima uchun Demokrat partiyani muhofaza qilishga harakati sababini soʻradik. Javoban shunday dedilar:

"Agar Demokrat partiya ketsa, yo Xalq partiyasi yoki Millat partiyasi boshqaruvga keladi. Holbuki Xalq partiyasi, Ittihodchilarning buzuq qismining jinoyatlari va jumhuriyatning birinchi raisining Savr Kelushuvi bilan oʻta siyosiy hiylalari sababli, oʻn besh yilda qilgan ishlarining katta qismi toʻliq eski partiyaga yuklangani uchun, bu asl turk millati ixtiyori bilan u partiyani qat'iyyan boshqaruvga keltirmaydi. Chunki xalq partiyasi boshqaruvga keladigan boʻlsa, komunist kuchi xuddi shu partiyaning ostida bu vatanga hokim boʻladi. Holbuki Musulmon qat'iyyan komunist boʻla olmaydi, anarxist boʻladi. Musulmon hech qachon ajnabiylar bilan qiyoslanmaydi. Shuning uchun ijtimoiy hayot va vatanimizga dahshatli tahlika tashkil qilgan bu partiyaning boshqaruvga kelmasligi uchun Demokrat partiyani, Qur'on, vatan va Islomiyat uchun muhofaza qilishga harakat qilyapman."

"Millatchilarga kelsak: Agar bu partiyada faqat Islomiyat asos boʻlsa, {(Hoshiya) Islomiyat millati hamma narsaga kifoyadir. Din, til bir boʻlsa, millat ham birdir. Din bir boʻlsa ham, millat birdir.} Demokrat partiyaga yordam berganidek, muxolif va dushman boʻlmay, boshqaruvga kelishiga urinmaydi. Agar partiyada: Irqchilik va turkchilik fikri asos boʻlsa, haqiqiy turk boʻlmagan bu vatandagi xalqning faqatgina oʻnda uchi turk, qolgan qismi boshqa millatlarga aralashgan. Agar hurriyatning boshida boʻlganidek, bu asl va ma'sum turk millati zarariga millatchilik taragirligi yuzaga kelsa, haqiqiy turklarni ajnabiylar boʻyinturugʻi ostiga kirishga majburlaydi. Yoki turklashgan boshqa qismdan boʻlgan va bu vatanda mavjud irqchilik va toifachilik hissi bilan bir ajnabiyga tayanib ma'sum turk millatini bosimi ostiga olishadi. Bu holat esa dahshatli, tahlikali boʻlgani uchun, Qur'on, vatan va millat uchun dindor va dinga hurmatkor Demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini ta'min qilishlari uchun dars beryapman." dedilar.

— 207 —

Hurmatli Adnan Mandaras,

Butun maqsadi vatan va millat salomati uchun uringan va dars bergan Ustozimiz Badiuzzamon kabi muborak va muhtaram zotning Demokrat partiyasiga qilgan yordamini koʻra olmagan Xalq partiyasi va Millat partiyasi a'zolari boshqaruv partiyasi qilayotgan koʻrsatib turli-tuman bahona va aziyat qilib Ustozimizni Demokrat partiyasidan sovutish uchun bor kuchi bilan harakat urinayotganiga qanoat hosil qildik.

Sizdek "Dinning amrlarini bajaramiz, din bu yurt uchun hech qanday tahlika tashkil qilmaydi", degan bosh vazirdan, vatan, millat, Islomiyat uchun partiyamizga buyuk moddiy va ma'naviy yordami tekkan muborak Ustozimizning kitoblarining va oʻzlarining toʻliq ozod qilib, boshqa umuman bezovta qilinmasligini ta'minlanishini hurmat va ehtiromlarimiz bilan iltimos qilamiz.

Demokratlar a'zolaridan Nur talabalari:
Mastafo, Nuriy, Nuriy, Hamza, Sulaymon, Hasan,
Saydo, Rajab, Ibrohim, Foruq, Muzaffar, Tohir, Sodiq, Mahmud