Emirdoğ Lahikasi
— 208 —
Demokratlarga buyuk haqiqat boʻlgan eslatma:
Hozir Qur'on, Islomiyat va bu vatan uchun zararli uch jarayon bor:

1. Komunist, dinsizlik jarayoni. Bu jarayon yuzda oʻttiz-qirq kishiga zarar berishi mumkin.

2. Eskidan beri mustamlakachilarning turklarga aloqalarini uzish uchun Turkiya doirasiga dinsizlikni yoyish uchun buzgʻunchilik qoʻmitasi nomli qoʻmita. Bu ham yuzda oʻn-yigirma odamni buzishi mumkin.

3. Gʻarblashish va Xristianlarga oʻxshash va bir nav Purutlik yoʻnalishini musulmonlar ichiga joylashtirishga uringan va dinda hissasi boʻlmagan bir qancha siyosatchilar hay'atidir. Bu jarayon yuzda, balki mingdan bir kishini, Qur'on va Islomiyatga qarshi qoʻyishi mumkin.

Biz Qur'on xizmatkorlari va Nurchilar avvalgi ikki jarayonga qarshi doim Qur'on haqiqatlarini muhofaza qilishga harakat qilganmiz. Mumkin boʻlganicha dunyo va siyosatni kuzatmaslikka yoʻlimiz majbur qiladi. Hozir qarashga majbur boʻldik. Koʻrdikki:

Demokratlar avvalgi ikki dahshatli jarayonga qarshi bizga (Nurchilarga) yordamchi hukmida boʻlishadi. Ularning dindor qismi doim ikki dahshatli jarayonga qarshi boʻlishni yoʻllari taqozo qiladi. Faqat dinda hissasi kam boʻlgan bir qancha gʻarblashish va gʻarblilarga toʻliq oʻxshash yoʻlini tutganlar, uchinchi jarayonga yordam qilishyapti.

Modomiki u jarayonning yuzda faqat birini, balki mingdan birini Purutlar va Xristian kabi qilishga aylantirishi mumkin. Chunki Angliya ikki yuz yilda bosib olgan ikki yuz million kishidan hatto ikki yuz kishini ham Purutlikka aylantira olmagan va olmaydi. Tarixda hech qachon bir Musulmon xristian boʻlgani va oʻzi ishonib boshqa dinni Islomiyat oʻrniga tanlagani eshitilmagan. Boshqaruv partiyasidagi oz qism, din zarariga siyosat nomidan uchinchi jarayonga yordam bersa ham, modomiki Demokratlar partiyasing yoʻli narigi ikki katta jarayonning toʻxtashiga va daf qilishga majburiy vazifasi boʻlgani uchun, bu vatan va Islomiyatga katta foydasi tegishi mumkin.

— 209 —

Bu jihatdan biz Demokratlarni boshqaruvda qoldirishda Qur'on manfaati uchun oʻzimizni majbur deb bilamiz. Ulardan yaxshilik kutish emas, balki dahshatli, boshdagi ikki jarayonga ularning siyosati boʻyicha qarshi boʻlgani uchun, ularning oz qismi dinga qilgan zarari, vujudning boʻlinishi evaziga, faqat bir barmoqni kesish kabi juda kichik zarar bilan kulliy zarardan qutulishimizga sabab boʻlishadi, deb bilganimiz uchun, boshqaruv partiyasi foydasi uchun ahl-i dinni yordamga chaqiramiz. Dinga hurmati yoʻq qismini ham jiddan ogohlantirib, "Diqqat! Tez Islom haqiqatlarini tuting", deb eslatamiz. Vatan, millat va ularning hayoti, baxti, Qur'on haqiqatlariga tayanish va butun Islom olamini orqasiga ehtiyot kuchiga aylantirish va Islomiy birodarlik bilan toʻrt yuz million qardoshni topish va Amerika kabi din foydasi uchun jiddiy harakat qilayotgan ulkan davlatni oʻziga haqiqiy doʻstga aylantirish, iymon va Islomiyat orqali boʻladi.

Biz barcha Nurchilar va Qur'on xizmatkorlari, ularga ham xabar beramiz, ham Islomiyatga xizmatda muvaffaqiyatlariga duo qilamiz. Hamda iltimos qilamizki: Bu yurtning ahaiyatli mahsuli va vatanda va hozir Islom olamida juda katta foydasi va xizmati boʻlgan Risola-i Nurni, musodara qilinishdan qutqarib nashr qilinishiga xizmat qilishsin. Bu vatandagi dindorlarni oʻzlariga tarafdor qilishsin va salomat topishsin.

Said Nursiy