Emirdoğ Lahikasi
— 221 —
ICHKI ISHLAR VAZIRIGA MUROJAATDAN BIR QISM

.........

Hech qachon va yer yuzida tengi koʻrilmagan zulmga va oʻn jihatdan qonunsiz zulm va tazyiqqa nishon boʻldim. U quyidagicha:

Shiddatli suiqasd belgisi sifatida zaharlanmay, xasta

ham oʻta zaif, yetmish bir yoshli keksa

ham kimsasiz, achinadigan gʻurbatda

ham palto, ichki jemfer va oyoq kiyimini sotib tirikchiligini ta'minlagan faqir hol

ham yetmish besh yil yakka gʻurbatda boʻlgani uchun, mingdan faqat bitta sodiq odam bilan gaplasha olgan bir mardumgiriz, qoʻrqadigan

ham yigirma yil hayotini va asarlarini uch mahkama va Anqara ekspertlar guruhi ikir- chikirigacha tekshirgandan keyin bir ovozdan oqlanishiga va asarlari vatanga, millatga zararsiz deb, manfaatli boʻlishiga qaror qilingan bir ma'sum

ham eski umumiy harbda ahamiyatli xizmat qilgan vatan avlodi

ham hozir bu millatni, bu vatanni anarxistlikdan va ajnabiy fasodlaridan qutqarish uchun maydondagi ta'sirli asarlari bilan butun quvvati bilan harakat qilgan hamiyatparvar

mahkamada yetmish shahid bilan isbotlangandek, yetmish besh yilda bir gazetani ham oʻqimagan, qiziqmagan

yetti yil umumiy harbni kuzatmagan, soʻramagan, bilmagan

asarlarida kuchli dalillar bilan siyosatdan batamom aloqasini uzganini isbotlagan

dunyoingizga aralshmaganini adliyalaringiz rasman e'tiroz etgan zararsiz odam

ham oxiratiga va ixlosiga zarar kelmasligi uchun odamlar e'tiboridan qattiq qochgan

qardoshlarining u haqidagi husni zonlaridan va madhlaridan chekingan, xushlanmagan bu bechora Saidga boshda Ichki Ishlar Vaziri boʻlgan sen Afyon Hokimini va Amirtogʻ zobitlari orqali azoblab, har kuni bir oy yakka qamoq azobini chektirish

ajratib qoʻyilib oʻz boshi bilan yakka qamoqda turishiga majburlashga qanday foyda majbur qiladi?

Qaysi qonun bu dahshatli zulmga ruxsat beradi deb, umumiy huquqni muhofaza etgan adliyaning yuksak doirasi vositasida Ichki Ishlar Vaziriga bayon qilaman.

Zulman butun madaniyat va insoniylik huquqidan va yashash haqqidan mahrum qilingan

Said Nursiy
— 222 —

Soʻngi kunlarda Ustozimizning yoniga ahamiyatli ikki polkovnik (ikkalasi ham jandarma qoʻmondonlaridan), biri ahamiyali deputat (partiya ekspertlaridan), Ustozning yoniga kelishdi. Uzun suhbatdan keyin, uchchalovi ham toʻliq taslimiyat bilan, Ustozga doʻst boʻlishga qaror qilishdi. Bittasi hozirdan Risola-i Nur talabasi boʻlgan. U deputat (umumiy ekspert) Eski Saidning dosti ekan. Ketgandan keyin bu kishi orqali eski Ichki Ishlar Vaziri va hozir partiyaning umumiy kotibi boʻlgan Hilmi Bey, xususan alohida Ustozning ziyoratiga keladi va doʻstona gaplashishini xabar oldik. Shuning uchun Ustoz sizga joʻnatgan nusxani aynan u kishining qoʻliga berishni, u mavzuda gaplashish uchun qalamga olindi. Ustoz bizga u kelmay ma'lumot uchun sizga joʻnatishga ruxsat berdi.

Yana Ra'fat Beyning muborak oʻgʻli Husnuning kichik risolasining oxiriga duosini yozdi, uni ham qoʻshimcha qilib joʻnatyapmiz. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, ham Nurchi ham jiddiy doʻst, ham dindor tuman hokimi endi bu yerga hokim boʻlibdi. Eskida sizga joʻnatilgan "Ichki Ishlar Vaziriga murojaatnoma" nomli boʻlimni ham joʻnatyapmiz. Ustoz uni ham unga oqʻiydilar.

Qahramon Nazifning va Yoqub Jamolning shimoliy-gʻarbda uch davlatning Qur'onni qabul qilishi "Zulfiqor"ning tarqalishiga muvofiq kelishi, va oʻtgan yil, "Zulfiqor" chiqsa, ichkari va tashqarida buyuk futuhotga sabab boʻladi degan gapini tasdiqlashi buyuk yaxshi ishoratdir, deb biz ham u ikki qardoshimizning fikriga qoʻshilamiz. Ushbu boʻronli va ilhodli asrda biri yashirin Olmon, uchi oshkor davlatlarning, insoniyatning bu asrda Qur'onga qattiq ehtiyojini his qilishi va amalda qabul qilishi buyuk bir Qur'oniy hodisadir. Nafaqat uch davlat, balki faqat oʻn mashhur odam, oʻn faylasuf ham (birdan) uzoq mamlakatlarda Qur'onni tasdiqlashi, bizga va Islom olamiga buyuk xushxabar va avom ahli iymonga buyuk ma'naviy quvvat ta'minlaydi.

Risola-i Nurning "Yigirma Toʻqqizinchi Maktub"ida "Hujumot-i Sitta", uning "Zayl"i, "Ishorat-i Sab'a" va "Talvihot-i Tis'a" kabi risolalarning Qur'oniy ramzlar va Nuriy tavofuqotlar aralash boʻlishining hikmati, mahkama va ekspertlarni mot qilishiga va bizni ularga mas'ul qilishiga vasila boʻlish edi. Goʻyo ramzlar u chuqur nozik masalalar, hol tili bilan ularga: "Insof qiling, Qur'onning bu daraja sirlari uchun ishlaganlarga aralashmang!" debdi. Hozir esa aralash vaziyati umuman munosib emas. Chunki ramzlar va muvofiqliklarga yigirmatadan faqat bittasi muhtoj boʻladi, tushunadi. Ichidagi boshqa risolalarga yigirmatadan oʻn toʻqqizi muhtoj boʻlib tushunadi.

— 223 —

Bu yerdagi Nur shogirdlari aytishyaptiki: "Moʻ'jizot-i Qur'on"imizga uch yil Dengizlilik qardoshimiz qarashdi, ular ruxsat berishsin, biz ham uch oy qaraymiz. Yana bu yerdan Istanbulga xabar berib, fotograf bilan "Hizb-i Nuriya", "Hizb-i Qur'oniya" kabi chop qilishga harakat qilamiz."

Istanbuldagi Amerika elchisi vositasida Amerikadagi musulmon hay'atiga "Zulfiqor"ni va bir "Asoy-i Muso"ni joʻnatishni istagan doʻstimiz va qardoshimizga aytingki: Elchilarning kallasi siyosat bilan mashgʻul boʻlgani uchun va Risola-i Nur siyosatga aloqasi boʻlmagani uchun, siyosiy kalla qadrini tez bilmaydi. Risola-i Nur mijozlarni qidirmaydi, mijozlar uni qidirishi, yolvorishi kerak. Amerika bu yerning eng kichik hodisasini ham qiziqib kuzatadi. Bu yerning buyuk bir hodisasi boʻlgan Risola-i Nurni albatta qidiradi. Bundan keyin har masalamizda amr Risola-i Nurning ma'naviy shaxsini koʻrsatgan xos shogirdlari va sizlarnikidir. Mening ham hozir bir ra'yim bor.

Umum qardoshlarimizga minglar salom va salomatlariga duo qilgan va duolarini istagan qardoshingiz...

Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamizki, Madrasatu-z Zahroning arkonlari, haqiqiy birdamlik va qaytmas ittifoq karomati bilan, barcha qiyinchiliklarga va monelarga gʻalaba qilib, Nurning olmos "Zulfiqor"larini va gʻaroyib moʻjizotli hujjatlarini muhtoj boʻlganlarga yetkazishga muvaffaq boʻlishyapti. Bu natijadan chekkan zahmatlarimiz ming daraja koʻp boʻlsa ham, arzon tushadi, ahamiyati yoʻq.

Qardoshimiz Ra'fatning maktubida Munavvara, Nazmiya, Saim nomli uch ma'sumlarning uch oyda alifdan boshlab Qur'on-i Hakimni xatm qilishga muvaffaq boʻlishgani uchun va Qur'on darsi bilan birga Nur haqiqatlarini va iymon haqiqatlarini ma'sumcha, mushtoq holda tinglaganlari uchun ularni, ustozlarini, ota-onalarini tabriklaymiz. Munavvara va Nazmiya, Abdulboqiy va Mahmud Jalolning Nur xizmatida chala qolgan vazifalarni inshaalloh toʻldiradilar.

— 224 —

Biz va Risola-i Nurni juda minnatdor qilgan qahramon Burhonning maktubida yozilgan xastaga Janobi Haq shifo bersin va qardoshimiz Zakoiyning vafot etgan volidasiga koʻp rahmat aylasin, omin.

Nurning arkonlaridan va domlalarning yuzini oq qilgan Nurning stansiyasi Sabrining maktubida marhum Hofiz Ali, Hasan Fayzi va ularga ergashgan va vazifalarini qilgan Ahmad Fuadning keksa va vazifasi bitayotgan bu bechora ustozlari oʻrniga umrini fido qilish, uning oʻrniga tez barzohga ketgan, Sabri qardoshimiz ham toʻrtinchi boʻlib va umrini kerak boʻlsa menga berish, nafs va qalbini qondirib menga yozyapti. Men juda eski, qaytmas va Nurlar uchun hayoti juda foydali qardoshimizga minglar barakalloh deb, menga bergan umrini qabul qilib (unga aynan Ahmad Fuad kabi) u qolgan ikki umrini ikki qardoshimga va ikki yangi Saidga omonat berib mening oʻrnimga iymon va Nuriy xizmatda ishlasinlar.

Uning maktubida Barla madrasa-i Nuriyaning bosh kotibi Shomli Hofiz Tavfiqning dars halqasida Siddiq Sulaymonning oʻgʻli Yusuf va marhum Mustafo Chovushning va Ahmadning oʻgʻillari kabi Qur'on darsi bilan Qur'on yozuvini va Nurlarni oʻrganishi, Xulusiy va Hofiz Haqqining Nurlarni shavq bilan yozishlari Barlaga mening umidimni quvvatladilar va toʻliq xotirjamlik va sevinch berishdi. Janobi Haq muvaffaq aylasin, omin. Tavfiqqa tavfiqni rafiq aylasin, omin!

Sabrining maktubi ichida, men Barladaligimda menga koʻp xizmat qilgan va koʻp marta esimga kelgan Siddiq Sulaymonning jiyani Husaynning maktubi meni juda sevintirdi. Yana u haqidagi xavotirimni ketkazdi. Mashaalloh, toʻliq Siddiq Sulaymonning mohiyatida eski aloqadorligini muhofaza qilyapti.

Yana Sabrining maktubi bilan birga Egʻirdir Jiyra qishlogʻi Risola-i Nur talabalaridan Shukru, Sulaymon, Usmon Chovushning Nurlarga nisbatan samimiy va jiddiy aloqalarini koʻrsatgan maktublariga "Barakalloh, Janobi Haq sizlarni muvaffaq etsin", deymiz.

Kastamonuninh Xusravi va Rushdusi boʻlgan Mahmud Fayzi va Amin mening Kastamonuda qolgan bir muncha risolalarni joʻnatgan omonatlarini oldim. Sizga joʻnatgan "Asoy-i Muso"ning lugʻatnomasini xasta boʻlsada, juda chiroyli va olimona yozgan, lugʻatnomaning boshida chiroyli fikr yozib joʻnatgan va alohida maktub yozgan Risola-i Nurning bosh kotibi Mahmud Fayzining u yerda koʻp qiyinchilik va monelarga qaramay gʻaroyib sadoqatini va Nurlarga yuksak aloqasini, iymonga bir necha jihatda metin xizmat qilayotganini koʻrsatadi. Kichik Xusrav boʻlganidek, tom bir Hasan Fayzidir.

— 225 —

Lekin men u yerdaligimda juda ahamiyatli va eski mansabdorlardan xudbin soʻfiy kishi va oʻta muhim ma'lumotli, dunyo bilan koʻp aloqador va siyosiy tijoratchi domla, menga aralashmagani uchun, men ham ularni Nur doirasiga kiritishga urinmadim, ularga ham aralashmadim. Hozir Mahmud Fayzi Kastamonuni ularning nufuzidan qutqarib Dengizli kabi muvaffaq boʻla olmayapti. Bu qishloqlarda Hilmi, Sodiq va Ahmad Qurayshiy kabi Nurning qahramonlari boʻlgani uchun, Fayzining xizmati bir daraja xususiy boʻlib qolyapti. Inshaalloh vaqti kelib toʻliq muvaffaq boʻladilar.

Kastamonuning Zahrolari, Hojarlari, Lutfiyalari, Ulviyalari, Najmiyalari boshqa sohada (ayollar olamida) Nur xizmatida doʻstlik qilishyapti.

Fayzining maktibida Risola-i Nur shogirdlarining tashabbusi bilan rasmiy Qur'on maktabi ochilib, eng avval Nurning ma'sumlari, xususan maktabga eng birinchi Aminning oʻgillari kirib, Qur'onni birinchilardan xatm qilib qisman yodlashni boshlaganlari uchun ularni, otalarini va u yerdagi shogirdlarni tabriklaymiz va ma'sumlarga minglar barakalloh deymiz.

Nurning xizmati uchun bu yerga ikki marta kelgan qiymatli singlimiz Zahroning Madrasatu-z Zahroning qogʻoz xarajatiga ikki yuz lira berishi, xonimlar qismida ham Xusravlar, Fayzilar, Ahmadlar borligini koʻrsatadi.

Kastamonuda Hofiz Ehsonning imzosi bilan, Nur qahramonlaridan Hilmi Bey va Aminning birgalikda yozgan maktubini oldim. Men ikki eski, qiymatli, qaytmas, metin qardoshlarimga, Ehsonlarga, u yerdagi Nur shogirdlariga koʻp hasrat va ishtiyoqlar bilan salom aytaman. Qamoqda biz bilan birga va bizga u yerda koʻp xizmat qilgan Ehson qayerda, qiziqayapman?

Safranbolu atrofi haqiqatdan Mustafolar, Ahmad Fuad (R.H.), Hifzi (R.H.) va Rahmi kabi gʻaroyib sadoqat va aloqadorliklari bilan Kastamonudagi sakkiz yil bizning Nur xizmatimizning yarim qolmaganini va Safranbolu ham porloq madrasa-i Nuriya boʻlishini moddatan isbot qilyapti. Bu safar Mustafo Usmonning maktubida ikki soatga yaqin Qorabuk fabrikalar shahridagi yuzga yaqin yosh va ishchilar ichida Nurlar futuhot qilishini bildirganini ahamiyatli xushxabar deb oʻylaymiz.

— 226 —

Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo Sungur va Rahmining chiroyli maktublarida, ularning qishloqlarida Ahmad Fuadning jiddiy gʻayrat bilan dars berishi va Afloniy nohiyasining Barla nohiyasi kabi madrasa-i Nuriya oʻrniga oʻtganini va u yerning aholisi Nurlarni ishtiyoq bilan tinglashi va yangidan ikki yosh muallim eski yozuv bilan Nurlarga kirishi va bolalarning Qur'on harflarini oʻrganishni boshlab Risola-i Nurlarni ham yozishni boshlashi katta yaxshilik alomatidir. Janobi Haq u ma'sumlarni muvaffaq qilsin va ularning ustozlari, ota-onalaridan rozi boʻlsin. Ular duoda ma'sumlar doirasiga kirishdi. Boshda Ahmad Fuad, Mustafo va Rahmi, Afloniy nohiyasini tabriklaymiz.

Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo Sungur va Rahmining qisqa vaqtda eski harf bilan Mustafo Sungurning "Meva"ning Oʻn birinchi Masalasi Xotimasi bilan va Rahmining "Yoshlarga Rahnamo"ni eski harf bilan goʻzal, mukammal yozishlari va Kastamonudan kelgan kitoblarim ichida bizga joʻnatishlari, haqiqatdan meni yangi jiyanlarim Abdurrahmon va Fuad dunyoga kelgandek xursand qildi.

Erdem Hoʻja nomli Balikesirda muhojir va Jaloliddin Rumiyga mansublardan, yigirma yilga yaqin qishloqda domlalik va bolalarga Qur'on oʻqitish bilan mashgʻul boʻlgan, hozir ham Balikesir va Qirqogʻoch atrofida Risola-i Nurga xizmat qilgan va uzun maktublari bilan qoʻrqoq domlalarni Nurlarga da'vat qilgan va jasorat bergan, "Balikesir, Qirqogʻoch atrofi Nur shogirdlari nomiga Sandiqli Alamasjid qishlogʻi imomi Ibrohim Adham" imzosi bilan yozgan maktubida, juda ahamiyatli, chiroyli fikrlari va qoʻrqoq domlalarga ta'zirlari bor. U kishini jiddan tabriklayman. Janobi Haq muvaffaq aylasin. Ham unga, ham maktubida ismlari boʻlgan yangi va koʻp Nurchilarga salom aytaman. Uning uzun maktubini, xastaligim tufayli tahrir qilib, toʻgʻrilay olmadim. Men haqimda juda koʻp maqtovlarini yo olib tashlash yoki toʻgʻrilash kerak. "Ilova"ga kiritishga nusxasini sizga joʻnatyapman. Inshaalloh Hasan Fayzi, Ahmad Fuad, muallimlarni Nurlarga yoʻnaltirishganidek, bu gʻayratli qardoshimiz ham domlalarni Nurlarga yoʻnaltiradi.

Dengizli mehmonxonasida boʻlganimda, menga oʻgʻli bilan ora-sira non, oʻchoq yoqish ishlarida xizmat qilgan va Tohir Chovush orqali menga joʻnatgan novvoy Mustafoga ham salom aytaman.

Hammaga minglar salom aytib salomatliklariga duo qilamiz.

— 227 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[Soʻralgan moddiy va ma'naviy savol munosabati bilan xotiramga kelgan bir javob.]

Soʻralyaptiki:

Nima uchun nur shogirdlarining kuchli husni zonlari va qat'iy fikrlari sizning Nurlarga shavqlari ortishiga sabab boʻlgan maqom va komillikni shaxsingizga qabul qilmayapsiz? Faqat Risola-i Nurga ta'alluqli qilib, oʻzingizni kamchiligi koʻp bir xodim deb koʻrsatyapsiz?

Javob: Hadsiz hamd va shukr boʻlsinki, Risola-i Nurning shunday kuchli va metin tayanch nuqtalari va shunday porloq va keskin hujjatlari borki shaxsimdan deb bilingan ustunlikka, iste'dodga ehtiyoji yoʻq. Boshqa asarlar kabi muallifining qobiliyatiga qarab, qabul qilinishni va kuchni undan olmaydi. Mana oʻrtada yigirma yildan beri qat'iy hujjatlariga tayanib, shaxsimning moddiy va ma'naviy dushmanlarini taslim boʻlishga majbur qilyapti. Agar shaxsiyatim unga ahamiyatli tayanch nuqtasi boʻlganda edi, dinsiz dushmanlar va insofsiz qarshi chiqqanlar kamchiligi boʻlgan shaxsimni obroʻsizlantirib Nurlaga katta zarba urgan boʻlishar edi. Holbuki u dushmanlar telbaliklari sababli yana har qanday hiylalar bilan meni obroʻsizlantirishga va omma e'tiborini qoldirishga urinishayotgan boʻlsada, Nurlarning futuhotiga va qiymatiga zarar qila olmayaptilar. Faqat ba'zi zaif va yangi ishtiyoqmandlarni ikkilantirishyapti, lekin voz kechira olmayaptilar.

Usbhu haqiqat uchun ham, bu davrda "men"lik qattiq hukm qilgani uchun, haddimdan juda ortiq husni zonlarni oʻzimga olmayman. Men qardoshlarim kabi oʻz nafsimga husni zon qilmayman. Yana qardoshlarimning bu bechora qardoshlariga bergan uxroviy maqom haqiqiy, diniy maqom boʻlsa, "Maktubot"da Ikkinchi Maktubning oxiridagi qoidaga asosan, "Shaxsimga bergan ma'naviy hadya - komillikni, Xudo koʻrsatmasin, agar oʻzimni oshanday deb bilsam, unday emasligiga dalil boʻladi, unday deb bilmasam, ularning hadyasini qabul qilmaslik kerak boʻladi." Yana oʻzini maqom sohibi deb bilganda anoniyat-"men"lik aralashadi.

Yana bir narsa qoldi. Dunyo jihatida iymon haqiqatlarining nashrida vazifador boʻlgan odam, maqom sohibi boʻlsa, yaxshiroq ta'sir qiladi deyish mumkin. Bunda esa ikki mone bor:

Birinchisi: Faraz qilaylik, valiylik boʻlsa ham bilib, istab maqomga erishish, valiylik mohiyatidagi ixlos va kamtarinlikka teskaridir. Nubuvvatning vorislari boʻlgan Sahobalar kabi izhor va da'vo qila olishmaydi, ularga qiyos qilinmaydi.

— 228 —

Ikkinchi mone: Juda koʻp jihatlardan obroʻsizlantirish mumkin boʻlgan, foniy, juz'iy, vaqtincha, kamchilikka ega shaxs sohib boʻlsa, Nurlarga va iymon haqiqatlarining futuhotiga zarar keladi.

Lekin bir nuqta borki, shukr qilish kerak: Siyosatchi dushmanlarim, mazkur haqiqatlarni bilishmagani uchun, sharafli, izzatli Eski Said deb oʻylab, tinmay Nurlar oʻrniga mening shaxsimga xiyonat qilib, noqis koʻrsatish bilan mashgʻul boʻlishyapti. Ba'zi mutaassib xudbin domlalarni ham shaxsimga qarshi qoʻyishyapti, goʻyo Nurlarni soʻndirishga urinishyapti. Holbuki Nurlarni yanada porlatishga vasila boʻlishyapti. Nurlar oddiy shaxsimdan emas, nurlarni Qur'on quyoshining manbaidan olyapti.

Olamasjid qishlogʻi Domlasi Ibrohim Adhamning xolis maktubi bilan, ahamiyatli va Nurning ma'sum shogirdlarining muborak domlaning darsidan toʻliq hissa olgan va Nur doirasiga kirgan olti kichkina ma'sumlarning oʻz-oʻzlari oʻylab domalalariga aytib, olti majmuani qalamlari bilan yozib, bu keksa, xasta Saidga, ma'sum muboraklar har biri umrlaridan bir qismini berishi, haqiqatdan oʻta haʻyratga va maqtovga loyiq Nuriy hodisadir. Men ham ma'sumlarning muborak hadyalarini qabul qilib, yana kichik Saidlarga hadya qilib, mening oʻrnimda ishlash uchun bagʻishlayman. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin. U kichkina Saidlar ma'lumoti: Ibrohim toʻqqiz yosh, Mustafo oʻn bir yosh, Halil Ibrohim oʻn ikki yosh, Amin Yilmaz oʻn toʻrt yosh, Mahmud oʻn bir yosh, Abdulloh oʻn ikki yoshda.

Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan va u madrasaning muborak ustozi marhum Hoji Hofizning oʻgʻli va vorisi Hofiz Mahmudning, madrasaning umum shogirdlari nomidan yozgan maktubida "Nur bilan shugʻullanish oʻlimdan boshqa har qanday baloga, xastaliklarga davo boʻladi. Dahshatli oʻlimni ham Jannat eshigi qilib koʻrsatib ahli lymonni hayajon bilan shavqqa keltiradi." degan fikri haqiqat ekaniga juda koʻp hodisalar bor. Ma'sum oʻgʻli ham qorilikni boshlashi, inshaalloh muvaffaq boʻladi, bobosi va otasining muborak qorilik unvonlarini doimiy qiladi.

Madrasa-i Nuriyaning olmos qalami qahramonlaridan Mustafo Yulduzning suratan qisqa, ma'nan uzun va qiymatli maktubida madrasa-i Nuriyaning qahramonlariga havola qilingan "Gʻaybiy Muhr"ni yogʻli qogʻozga yozilishini, uch-toʻrt hudhudning ma'nan olqishlashi koʻrsatadiki, inshaalloh "Gʻaybiy Muhr" Nur madrasasida porlab chiqadi va chiroyli futuhot qiladi.

— 229 —

Qahramon Tohiriy joʻnatgan qisqa munojot, xatosiz yozilgan. Lekin boshdagi qismning tarjimasi bor. Hozir toʻliq tarjima qilishga holatim toʻgʻri kelmaydi, boridek yozilsin. Bu qisqa munojot koʻrsatyaptiki, nafs anoniyat-"men"ligi va hayot hissiyotlari risola-i Nurning yozilish vaqtida hukm qilmagan. Nurlarning ixlos va sofligini aynitmagan. Eski umumiy harbda doim shahid boʻlishga muntazir boʻlganim uchun, "Ishoratu-i I'joz" tafsiri toʻliq, xolis yozilganidek ushbu munojotdagi robita-i mavtning toʻliq kuchli koʻrinishi ham Nurlarning sof va xolis mohiyatda boʻlishiga vasila boʻlgan. Inshaalloh nafsoniy hissiyot aralashmagan.

Nurlarning birinchi madrasasi boʻlgan va men ruhan koʻp aloqador boʻlgan Barlaning ahamiyatli yosh shogirdlaridan, aynan Dengizlidan kelgan Ahmad kabi, bu yerga Mahmud kabi bir Ahmad va Mahmud kelishdi. Eski davrda men qattiq aloqador boʻlgan va menga sakkiz yil sadoqat bilan xizmat qilgan muhojir Hofiz Ahmad, Mustafo Chovush hisobiga, marhum Mustafo Chovushning oʻgʻli Ahmad marhum otasi hisobiga, sartarosh Mahmud esa qaynotasi marhum Muhojir Hofiz Ahmadning oʻrniga, Barladagi Nur shogirdlari nomidan yonimga kelishdi. Haqiqatdan men Barlaga va eski davrga borgandek sevindim. Mashaalloh Barla, birinchi madrasa-i Nuriya ekanini his qilishni boshlabdi. Jiddiy bir uygʻonish, bir aloqadorlik koʻrsatyapti. Hatto eski vaqtlar "Oʻninchi Soʻz"ni chop qilgan Hoji Bakir, mening u yerda yashagan honamni hamma harajatini toʻlab, sotishdan man qilibdi. Nur shogirdlarining bir musofirxonasi oʻrnida muhofaza qilinsin deb Barlaga xabar joʻnatibdi.

Nur stansiyasi qardoshimiz Hoʻja Sabrining eskidan beri u kabi Nurchi rafiqasining va muborak oʻgʻli Nuriddinning (Yashar) kichik maktubini oldim. Janobi Haq ularga sihhat, ofiyat va saodat ehson aylasin, omin.

Hamma joyda yomgʻirga ehtiyoj boʻlgan paytda, istisno holda faqat Amirtoqqa qattiq yomgʻir yogʻishi gʻarib holat boʻlib, avval kuzatilmagan findiqdek katta tomchilari ekinlarga juda foydali boʻldi. Hozir yonimda ikki Nurchi qardoshlar aytishyaptiki: "Ham moʻ'jizotli Qur'onning kelishi va Afyondan bir nusxa "Zulfiqor"ning musodara qilinishi munosabati bilan muihim bir hujum kutilayotgan edi. Lekin Ichki Ishlar Mudiri oqib, maqtabdi. Uchtasi ushbu yomgʻirga, Ismoil nomli uch muhim xodimning ayni vaqtda Nurlarga toʻliq shogird va noshir boʻlishlari vasila boʻldi.

— 230 —

Chunki hozirgacha koʻp tajribalar bilan Risola-i Nurning ekrin tarqalishi sababli balolarning koʻtarilishi va unga bosim qilinganda, toʻxtatilganda balolarning kelishi aniqlangan. Hatto mahkamada isbot etilgan. Bundan anglashiladiki, bu bahor dovulida ikki tashqi, ikki ichki - toʻrt jarayon har biri bir maqsad uchun va Nurchilarning shavqiga va sa'y-gʻayratini toʻxtatish va yuzlarini dunyoga va siyosatga oʻgirishni istaganlari uchun, qurgʻoqchilik boshladi, inshaalloh yaqinda koʻtariladi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir Nur shogirdi odatimga muxolif, bashariyat tarixida umuman misli koʻrilmagan va Lut qavmining boshiga yogʻgan samoviy toshlardan ham dahshatli toshlarning dinsizlik hisobiga millionlab ahli iymonni va ma'sumlarni samoviy dinlar va Ilohiy qonunlardan chiqarishga dahshatli vositalar bilan undagan mamlakatga samoviy toshlar bilan ta'zir berishining bir muqaddimasi sifatida rasmiy gazetalar qat'iy xabar bergan samoviy hodisani aytdi. Yigirma besh yil gazetalarning xabarlariga qiziqmadim. Lekin bu toshlar Risola-i Nurning dinsizlarga ma'naviy ta'zirlarini misol sifatida va besh-olti yil avval buni aytgan shogirdga, "Borib, faqatgina oʻsha hodisani toʻligʻini oʻqi, tekshir." dedim. U borib tekshirib, keldi. "Bu bahorda Rusiyaning Vladivostok oʻrmonlarida, osmondan yer yuziga misli koʻrilmagan kattalikda toshlar tushibdi. Eng kattasining uzunligi yigirma besh metr, boʻyi oʻn metr ekan. Tushganda atrofidagi daraxtlarni qoʻporgan va oʻttiztacha chuqur hosil qilgan. Tekshirilgan parchalarida temir, poʻlat va boshqa aralash moddalar aniqlangan.

Rasmiy gazetalar bergan bu xabar, 1360 yil avval Fil surasining moʻ'jizona تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumlasi bilan, 1359 yil dinni dunyoga almashtirishni asos olgan, bir jihatdan madaniyat hisobiga bashaiyatni yoʻldan chiqargan boshiga Abobil qushlari kabi samoviy tayyoralardan bombalar tushadi va samoviy toshlar yogʻdirishga muqaddima boʻladi, deb xabar beryapti. فِى تَضْلِيلٍ ning hisobi 1360-yilni koʻrsatib, zalolatning jazosi sifatida Lut qavmining boshiga kelgan samoviy toshlarni eslatib, u yildan keyin kelishini xabar berib, tahdid qilyapti. Risola-i Nurning Fil surasi mavzusiga oid bayonlari ichida hoshiyada quyidagi jumla bor: "Ha, bu sura bir ishoriy ma'no bilan bu ta'zirlardan pur shar bashar, shirkdan shukrga qaytmasa va Qur'onga ruxsat bermasa, boshiga maloika qoʻli bilan ham samoviy tosh yogʻishini tahdid qilyapti.

— 231 —

Demak bu fikr toʻgʻridan-toʻgʻri toshlarga ishorat qilayotganiga ikki sabab bor:

Birinchisi: Hozirgacha kelgan samoviy toshlar bir-ikki qarich boʻlib, yigirma besh metr uzunligida va oʻn metr kengligida togʻdek toshlar, albatta samovotning dinsizlikka qarshi gʻazabining alomatidir. Fil surasi unga moʻ'jizona qarashi, uning tafsirining ishorat qilishi haqiqat. U hodisa oʻsha xabarga ta'alluqli. Chunki misoli koʻrilmagan.

Ikkinchi belgisi: Butun zamin yuzini va bashariyatni tahdid qilgan dahshatli dinsizlik markazlarida boʻlgan. Dinsizlar buni his qilib, kichik hodisalarni ahamiyat bilan nashr qilib, bir-ikki oydan beri ushbu ajib dahshatli hodisani, qoʻlidan kelgancha boʻrttirmaslikka urinishgan.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim Tohiriy, Sabri, Salohiddin, Mahmud, Mustafo!

Avvalo: Ushbu kelgan uch oylarning hurmatiga va Nur shogirdlarining sadoqat va ixlosi hurmatiga, men haqimda juda ahamiyatli koyish va ta'zirga sabab boʻlgan hodisani ta'mirlashga harakat qilamiz. Bunga jahlingiz chiqmasin. U quyidagicha: Bugun tunda avval koʻrmagan koyish va ta'zir suratida qattiq ma'naviy eslatma bilan aytildiki: "Dunyo, lazzat, kayf safo darajasiga tushmay Nurlardagi ixlos va behojatlikni muhofaza qilishga mukallaf eding. Sening vazifang Nur vositasida bu asrda

— 232 —

يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَوةَ الدُّنْيَا sirri bilan dinni dunyoga va bilib turib olmosni shishaga almashtirish kasalligini davolash edi. Yuzlab tajribangiz bilan tushundingki, insonlarning hadyasi, ehsoni, yordamlari senga ogʻir kelyapti. Hatto xasta qilyapti. Har kun buning belgisini koʻryapsan, tajriba qilyapsan. Sen qattiq tayangan va Risola-i Nurning fidokor qahramonlarining yuzini Risola-i Nur xizmati oʻrniga oʻz istirohating tomonga yoʻnalishiga sabab boʻlding... oxirigacha... deb ma'nan aytildi." deb meni qattiq koyidi. Hatto hozir bir ma'naviy ta'zirdan qoʻrqyapman. Bu hodisaning yagona chorasi, avtoulovni olganingizni, "Qardoshimiz Said, buni qabul qila olmadi, ma'naviy, daxshatli zararni his qildi." deb, e'lon qilasiz.

Ikkinchisi: Avtoulov hozir Konyalik Sabriga joʻnatilishi kerak, u yerga borsin. U rozi boʻlmasa, Madrasatu-z Zahroning arkonlariga borsin. Sabri xavotirlanmasin, uning har oy Nurlarga gʻaroyib xizmati, bir avtoulov bahosidan koʻp. Shuning uchun, jahli chiqmasin.

Ikkinchidan: Qat'iyyan bilinglarki, qattiq koyilganimning sababi, istirohatni istab va orzu qilib, avtoulovda aylanishga chiqqan paytimda, shofyor, "Kichik avtoulovlar chiqibdi, ming lira bahoga sotilyapti", dedi. Men orzu qilib, "Koshki shunday kichik avtoulov qoʻlimizga tushsa, boshqa joydagi Nurchi qardoshlarimni ziyorat qilsam edi", degan edim. Bunga haqiqatda va jiddiy qaror qilgan edim. Bu bir orzu edi. Lekin be yerdagi ikki xos qardoshimiz buni jiddiy qaror deb oʻylab ming emas, toʻrt ming lira topishibdi. Bu yerga kelganlarida, yetti soat xursand boʻlib, oʻsha orzuni maqbul duo deb oʻylagan edim. Lekin birdan bu kecha ma'naviy e'tiroz qilindi va koyildim. U orzuimning xatosini tushundim. Hech koʻrmagan bunday koyilishning uch sababi bor, boshqa vaqt izohlanadi.

Bu avtoulovni olgan besh qadoshimiz qat'iyyan bilishsinki, nafaqat beshtasi bir avtoulovni sadaqa, ehson va hadya qilishgan, balki menda ma'nan ularning xayrli niyati Risola-i Nur doirasi xizmatida har biri bir avtoulov bahosidek hadya qilgandek qabul qilinganiga ishorat va xulosa bor. Qardsohlarim, modomiki sizning ushbu xolis xizmatingiz haqida bunday maqbullik bor ekan, xafa boʻlmanglar. Meni ham ushbu ma'naviy koyilishdan qutqaring.

— 233 —

Yana mening hayot dasturimga, ham Risola-i Nurning ixlos sirriga kelishi mumkin boʻlgan zararni tez ta'mirlang. U avtoulov bu yerda qolmasin, eng koʻp hissa bergan kishiga borsin. Uch ahamiyatli sababini izohlagan paytimda, bu xavotirning haqiqatini tushunasiz. Zotan, ham shuhuri salosa, ham uch oy muhim majmualarning chiqishigacha butun dunyo saltanati berilsa ham, tashlashga majburman. Shoyadki avtoulovga bergan pulingiz chiqmasa, kamchiligini men hamma narsamni sotib toʻldirishga qaror qildim. Hammangizga salom aytaman. Rozi boʻlinglar. Men ham roziman.

Aziz, siddir qardoshlarim!

Xavotirlanmang, inoyat-i Rabboniya davom etyapti. Qilgan hujumlari inhsalloh yarim qoladi, yana Nurning futuhotiga yordam beradi. Hozir qoʻrqmay, haqqimizdagi qonun doirasida qonunsiz muomalani yoʻqotish uchun bir qardoshimiz Anqaraga borsin. Eski partiyaning inspektori Hilmi Uran va Afyon viloyati inspektori deputat Jalolni va Diyonat Riyosatida Ahmad Hamdi va ekspert idorasidagi Yusuf Ziyo kabi kishilar bilan gaplashsin, bizga qilingan qonunsiz va oʻzboshimcha muomalani oʻzgartirishga urinsin.

Musodara qilingan "Zulfiqor", "Asoy-i Muso" va mashinka uchun mahkamaga va zobitlarga: "Bularning nusxalarini koʻpaytirish, tashqari uchun, xorijga joʻnatiladi.

Modomiki shimolda uch davlat Qur'onni qabul qilib maktablarida dars berishni boshlagan ekan,

modomiki Hindiston bu hukumatdan ikki million liralik Qur'oni Karim istagan ekan,

modomiki "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" risolalarini ikki yil uch mahkamangiz va faylasuf olimlaringiz tekshirgandan keyin bir ovozdan oqlanishimizga hukm qilib, kitoblarni taqdir va tahsin etishgan ekan,

modomiki bu ikki kitob Qur'onning ikki keskin qilichi va ikki kuchli hujjati va eng qaysarlarni ham taslim boʻlishga majbur qilayotgan ekan,

modomiki bu ikki asar dahshatli buzgʻunchi va anarxistlikni yetishtirgan, shimoldan kelgan dinsizlik jarayoniga qarshi toʻliq tura oladigan quvvatda ekaniga minglab tekshiruvchilar va fan olimlari guvohlik bergan ekan,

modomiki hozirgi hukumat Qur'on maktablarini ochayotgan va yurtda diniy darslar berishga buyruq bergan ekan

albatta bizga qarshi bu muomala, tengi koʻrilmagan, oʻzboshimcha zulm - vatan, millat, osoyishtalikka va vijdon erkinligiga qarshi jinoyat hisoblanadi. Biz dunyo siyosati bizga yuqishini xohlamaymiz. Yoʻqsa habaringiz boʻlsinki, biz haqqimizni toʻliq mudofaa qila olamiz. Bizni majbur qilmang!

— 234 —

Barchalaringizga minglar salom...

Men uchun munosib vaqtda jildlagan "Asoy-i Muso"ingizni joʻnating. Xusravning vazifasini toʻliq qilgandan keyin kelgan ushbu moddiy zararning umuman ahamiyati yoʻq. "Zulfiqor"lar toʻliq tarqaldi. "Asoy-i Muso" ham oz yoʻqotish bilan inshaalloh juda koʻp ma'naviy manfaati boʻladi. Faqat Nurchilar sabot va birdamliklarini muhofaza qilib qoʻrqmasinlar, shavqlari ketmasin.

Qardoshingiz
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Modomiki Isparta Nur darsxonasi oʻrniga oʻtgan ekan va hozirgacha hamma joydan koʻra u yerning hukumati va zobitlari bagʻrikeng, balki Nurchilarga doʻst nazari bilan qarashgan, qattiq xafa qilishmagan. Biz ham Ispartaning muborakligi hisobiga, ularning bu hodisaga qoʻshilganidan xafa boʻlmaymiz va Nur boʻlimlarini vazifasi jihatidan tekshirishga, oʻqishga va istifoda qilishga muvaffaq boʻlishgani uchun, bir jihatda ularni tabriklaymiz. Zotan ularning haqqi bor. Eng avval ular oʻqisinlar. Iymoni kuchli zobit yoki adliya xodimining millat va vatanga oʻn odamchalik foydasi boʻladi. Shuning uchun moddiy yoʻqotishingiz, ushbu ma'naviy foydaga nisbatan umuman ahamiyati yoʻq. Munosib boʻlsa, men tomonimdan ham Ichki Ishlar mudiri va bosh prokurorga salom aytib, "Men ularga badduo emas, aksincha duo qilamanki: Yo Rabbi! Ularga iymoni komil va husni xotima ber va Nurlardan foydalantir." deb ayting.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Garchi hozir turli qishloqlarda qardoshlarimni koʻrib, bir jihatda Nur xizmatida yordam berish uchun besh qardoshimizning men uchun minnatsiz olgan avtoulovlari, bir tomondan qirq ming lirachalik foydasi bor va kerak ekan, qabul qilmaganim uchun zohiran zarar deb oʻylandi. Natijada Nur shogirdlarining qoʻlida qat'iy hujjat boʻldiki, dunyo uchun ilmga va dinga zarurat bor deb zarari tekkan e'tirozchi domlalarni va siyosiylarni, Risola-i Nurning yuksak haqiqati dunyoning hech qanday manfaati darajasigacha tushmay, vosita qilinmasligini qat'iyyan bu hodisani dalil qilib ularni mot qilishga kuchli hujjat boʻlgan gʻaroyib karomatlaridan, ham quvvatli burhon oʻrniga oʻtdi.

— 235 —

Hatto qattiq vahima qilgan va Nurdan qochgan va Nurning dunyoning biror manfaat darajasiga tushmaganiga ishonmaganlar, endi mukammal boʻysunib Nurlarning haqiqatiga va hamma narsadan ustun ekanini tan olishga majbur boʻldi. Demak, zararni ham inoyat-i Haq biz haqqimizda muhim bir rahmatga aylantirdi.

(Hoshiya): Avtoulov sotilgandan keyin uning bahosidan Amirtogʻga uch ming lira joʻnatilgan edi. Toki Risola-i Nur xizmatiga sarflansin. Men telegrafdan egalariga joʻnatdim. Bugun eshitdimki, bu hodisani doʻst ma'murlar qarshi boʻlganlarga aytishibdiki: Uch ming-besh ming lira darajasiga tushmagan odam du davrda eng koʻp ishonchli odam boʻlib, hech narsa uni aloqador qilmaydi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan oʻtgan rahmatli, barakatli, karomatli, yomgʻirli Me'roji Sharifingizni tabriklayman. Yana koʻplab bu kabi kunlarga musharraf boʻlishingizni rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Bu yil oʻtgan yildek Me'roj kechasidan avvalgi tunda, misoli koʻrilmagan yomgʻir yogʻishi va Me'roj kechasi va kunduzi davom etishi, koinot va unsurlar bu muborak kechani olqishlaganiga alomat boʻlganidek, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning futuhotlariga (xususan rasmiy doiralarda) bir belgisi ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik. Ushbu muborak kechaning yarmigacha qattiq va ishlashga bir daraja mone boʻlgan bezovtalik va sanchiq birdaniga yoʻqolishi, bu muborak kechada qardoshlarim sihhat va ofiyatim uchun qigan duolarining maqbul boʻlganining belgisi ekaniga qanoat hosil qildim. Yana kechaning bir miqdorida qattiq xastalik sababli har bir soati oʻn soatchalik savobli ekanini bir nav ma'naviy xushxabar oldim, Allohga shukr qildim. "Arhamur Rohimiynga hadsiz shukr boʻlsin", dedim.

Ikkinchidan: Nurning bir qoʻmondoni qardoshimiz Ra'fat Beyning Anqara sayohati Nurlarga qisqa vaqtda katta xizmat qilishga muvaffaq boʻlganiga shubha yoʻq. Inshaalloh yaqinda belgisi koʻrinadi. Xususan Diyonat Riyosatining xodimlari "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarini toʻliq taqdir va tahsin bilan qabul qilishi va tanqid emas, balki himoya va mudofaa qilishga soʻz berishlari, juda ahamiyatli hodisa va "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ga porloq e'lonnomadir.

— 236 —

Muhtaram Ustozim, Afandim Hazratlari!

Qardoshimiz Mutaahhid Ismoil Afandi, Hilmi Bey bilan har doim xususiy koʻrishgani uchun, bu xususda kerak boʻlgan izohlashni unga havola qilib, biz toʻgʻri Diyonat Riyosatiga bordik. U yerda avvalo Ispartadaligimizda tanigan mudarris Hasan Husnu Bey bor ekan. U Diyonat Riyosati Hay'ati Mushovara a'zolaridan. U bilan bir muddat xususiy gaplashdim va izohladim. Keyin birga mushovara hay'ati xonasiga borib, Anqara ekspertlar hisobotida imzosi boʻlgan mudarris Yusuf Ziyoni koʻrdim. Qarasam, oldida "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualari bilan biz haqimizda yozilgan hujjatlar turibdi. Yonidan joy koʻrsatdi, tafsilotlari bilan izohlab, aytdimki: "Sizning hisobotingiz, Dengizli mahkamasining qarori va Oliy Sud tasdigʻi bor ekan, kitoblarimizga boʻlgan hujum va bizga tugʻdirilgan qiyinchilik nimaga asoslangan? Modomiki jumhuriyat boshqaruvida qonun hamma narsadan ustuvor ekan va uning hukmi ijro etilishi kerak ekan, biz qonun oldida oqlangan ekanmiz, bundan keyin bizga aralashishmaslik kerak. Bunday holat man etilgani sizning qaroringizda yozilgan. Biz haqqimizni talab qilishimiz mumkin." dedim. U qoʻshimcha qilib, "Bu, u yerdagi adliya xodimlari bilan zobitlarning sizning masalangizni toʻliq tushunmagani uchun boʻlgan. Hozir hujjatlar oldimda turibdi. Yomon gumonga uchragan mutolaalariga bir-bir javob beraman." dedi va asarlarni taqdir qilganini gapirdi. Men Ustozimizning salomini aytdim, javoban salom aytib, duoingizni istayotganini bildirdi.

Keyin u yerdan chiqib, Diyonat Raisining oldiga kirdim. U bilan ham bir muddat gaplashdim va izohladim. Javoban: "Men Hoʻja Hazratlarini Doru-l Hikmatdan beri taniyman, hurmat qilaman. U kishiga salom aytib, hurmatlarimni yetkazing." va bizga "Kerak boʻlgan javobni beramiz, inshaalloh yaxshi boʻladi", dedi va barcha Diyonat xodimlari asarlarni taqdir bilan qarshilashdi. Bunday noqonuniy ishlarning faqat diniy asarlar yaxshi niyatda oʻqilmasligi, oʻz kallasiga koʻra ma'no chiqarishgani sabab boʻlganini tushundim. Ertasi kun Mahmud Afandi qardoshimiz, Erzurum deputati Vahbi Pashani koʻribdi. U kishi ham, "Men bu xususda Ichki Ishlar Vaziri bilan batafsil gaplashaman. Ustoz Hazratlariga hurmat va salomlarimni yetkazing", debdi. Bunga asoslanib, partiya mansabdorlari bilan gaplashishni Ismoil Afandiga havola qilib Anqaradan qaytdik.

Qusurli, ojiz talabangiz
Ra'fat
— 237 —

Bu goʻzal {(Hoshiya) Bu yilning tenggi yoʻq rahmatli yomgʻiri va qoʻshin boshidan shapkaning qisman olinishi va Qur'on maktablarining rasman ochilishi va "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning iymonni qutqarish uchun ta'sirli suratda tarqalishi, bu kabi koʻp rahmatli natijalar berishiga dalildir. Umum qardoshlarimizga minglar salom aytamiz va duo qilamiz.} bahor gullarini tomosha qilish uchun avtoulov bilan bir-ikki soat aylanar edim. Hayotimda umuman koʻrmagan guli ochilgan butun oʻtlar, favqulotda kattalashibdi, gullar ochibdi, tabassum bilan tasbehot qilib, hol tili bilan Sone'i Zuljalollarining san'atini taqdir qilib olqishlayotganlarini haqqa-l yaqiyn his qilganim uchun, dunyoviy hayotga mushtoq hissiyotim va gʻofil, chidamsiz nafsim bu holdan foydalanib, dunyodan nafrat, xasta, siqilgan hayotimdan charchash va barzohga ketishga va u yerdagi yuzda toʻqson doʻstlarini koʻrishga ishtiyoq bilan qaror qilgan qalbimga va foniy narsalarda boqiy lazzat qidirgan nafsimga e'tiroz qildi. Birdan hissiyotim va tuygʻularimga ham ta'sir qilgan iymon nuri e'tiroziga qarshi koʻrsatdiki: Modomiki tuproq bunchalik chiroy, rahmat, hayot va ziynatlarga moddiy jihatdan sazovor boʻlgani uchun, sanoqsiz rahmatning pardasidir va ichiga kirgan hech narsa nazoratsiz qolmaydi.. albatta ushbu barcha zohiriy, moddiy ziynat va goʻzalliklarning, husn, jamol, rahmat - hayotning ma'naviy markazlarining bir qism stollarining faol bir nav tuproq pardasi ostida va orqasidadir. Albatta bu himoyali onamiz boʻlgan tuproq ostiga kirish va quchogʻida boʻlish va haqiqiy, doimiy, ma'naviy gullarni tomosha qilish yanada koʻproq seviladi va istiyoqqa loyiq... deb koʻr hissiyotning va dunyoparast nafsning e'tirozini batamom yoʻqotdi va daf qildi. "Alhamdulillahi 'ala nuri-l iymani min kulli vajhin" dunyoparast nafsimga ham ayttirdi.

Said Nursiy
— 238 —

Aziz ma'sum avlodlarim!

Qur'onni oʻrganish uchun dars olishga harakat qilyapsiz. Siz bilgan yangi harfda kamchiliklar boʻlgani uchun, mumkin boʻlganicha yangi harfdan oʻqimaslik kerak.

Qur'onni oʻqishning foydasi, faqat qori boʻlish va dunyoda u bilan maqom qozonish, maosh olish emas, balki har bir harfi hech boʻlmasa oʻn xayrdan to yuz, minglargacha Jannat mevalarini, oxirat foydalarini berishini oʻylab, abadiy hayotning rohati va saodatini ta'minlash niyatida oʻqish kerak.

Ha, maktablarda dunyo tirikchiligi, yo mansab uchun fanlarni oʻqish, bu qisqa dunyoviy hayotda darajasi, foydasi bir boʻlsa, abadiy hayotda Qur'on va Qur'onning muqaddas kalimalarini, nurli, iymoniy ma'nolarini oʻrganish minglar daraja qiymatliroqdir. Ular shisha boʻlsa, bular olmos hukmidadir.

Ota-onangizga ham haqiqiy va foydali avlod boʻlasiz. Siz modomiki ma'sum, hali gunohingiz yoʻq ekan, bunday muqaddas niyat bilan oʻqisangiz, sizni Risola-i Nurning ma'sum shogirdlari ichiga qabul qilib, umum shogirdlarning duolariga hissador boʻlasiz, nurli va muborak talabalar boʻlasiz.

Ham ustozingizni, ham sizni, ham ota-onangizni, ham yurtingizni tabriklayman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan oʻtgan Baroat kechangizni tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Nurning ahamiyatli bir qoʻmondoni va noshiri Ra'fat Beyning Nur xizmati uchun Isbanbulga borishi juda yaxshi, oʻta goʻzal. Zotan u yerga uningdek bir Nurchi kerak. Janobi Haq muvaffaq aylasin, omin.

Uchinchidan: Men ikkitasini Jomeu-l Azhar ulamolariga, ikkitasini Madina-i Muvavvaraning Ravza-i Mutohhara atrofidagi olimlarga, ikkitasini Shom-i Sharif ulamolar hay'atiga joʻnatish uchun uch "Asoy-i Muso", uch "Zulfiqor"ni tayyorladim. Boshiga avvalo Jomeu-l Azhar ulamolariga qarata sizga joʻnatgan maktubda yozilgan. Mumkin boʻlgancha tez joʻnatamiz inshaalloh.

— 239 —

Toʻrtinchidan: Men ikki jihatdan ma'naviy xizmatingizga va duolaringizga va mening oʻrnimga qila olmagan ma'naviy daromadlaringiz yordamiga qattiq ehtiyojim bor:

Birinchi sabab: Butun hayotimda hozirgi holsizlik va tobora koʻpayayotgan zaiflikni his qilmagan edim. Koʻp muammolar bilan doimiy virdlarimni ba'zan nuqsonli oʻqidim. Holbuki bu kunlar va muborak kechalarda yuz daraja koʻproq harakat qilishim kerak. Sizning ma'naviy shirkatingizga hissa qoʻshib yordam berish va duolaringizga ming daraja ominlar bilan ishtirok etish kerak edi. Lekin bu iqtidorsizligim ma'naviy shirkatga juda oz yordam qila olyapti. Buning chorasi, Nuriy vazifada mening vazifam sizga berilgani kabi, shirkatdagi vazifani ham sizning ma'naviy yordamlaringizga tayanib haddimdan va iste'dodimdan ancha koʻp bu ojiz qardoshingizdagi husni zoningizga muvaffaq harakat qilishni rahmati Ilohiyadan niyoz qilaman.

Ehtiyojning ikkinchi sababi: Ham siz, ham sizdan boʻlmagan bir qism kishilar Risola-i Nurning haqiqatlaridan va shogirdlarining ma'naviy shaxsida koʻringan favqulotda hollarni va natijalarni bu bechora qardoshingizdan deb bilishgani uchun, buyuk natijalarga juda katta iqtidor, chidam kerak. Lekin mening juda kichik va shaxsiy harakatim bu xastalik va zaiflik bilan birga albatta meni ma'naviy yordamingizga qattiq muhtoj qilyapti. Men bu ma'naviy yordamingizni oʻzimga qoʻshtirish uchun اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا kabi butun mutakallimi ma'a-l gʻayr deyilgan kalimalarda sizni niyat qilaman. Xuddiki barchangiz bilan birga ishlayotgandekman. Omin degan vaqtimda, butun duolaringizga deb niyat qilaman. Inshaalloh Arhamur Rohimiynning rahmati bilan nuqsonli va oz harakatimni katta ishlaringizga mukammal bir omin oʻrnida qabul qilar.

Toʻrtinchidan: Oʻtgan hodisadan qanday holatda ekaningizni juda bilgim kelayotgan edi. Janobi Haqqa shukrki, maktubingizda Qahramon Tohiriyning Istanbulga mashinka va qogʻoz olish uchun borishi koʻrsatyaptiki, u hodisa soʻnyapti va Nurlarning nashriga mone boʻlmaydi, balki boshqa joylarda boʻlganidek, u yerda ham gʻolibona futuhoti bor, inshaalloh.

— 240 —

Ravza-i Mutohhara (Ala Sohibiha afzalu-s solati va-s salam) atrofidagi muborak ulamolar hay'atiga "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" risolasi taqdim etildi. Ham bir shafoat vasilasi, ham muqaddas joyda xayrli duolariga sazovor boʻlish uchun muallifning oʻrniga muborak joylarni va qoʻllarni ziyorat qilish uchun joʻnatildi.

Bu fikr Shom, Misr va Hindga ketganlardan Ravza-i Mutahhara oʻrniga Jomeu-l Azhar, Shom va Hind jamoati Islomiyasiga yozilgan. Ham toʻrt "Zulfiqor", ham toʻrt "Asoy-i Muso"ning boshida yozganimizdek, ikkitadan nusxa Misrdagi Jomeu-l Azhar, ham Shom ulamosiga, ham Hindistonda ikki million liraga teng keladigan Qur'onlarni istagan hay'atga jonatdik.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" Moʻ'jizot-i Ahmadiya va Qur'oniya majmaualridan munosib koʻrgan paytingiz Ravza-i Mutahhara atrofidagi ulamolarga joʻnatish bilan birga, ularga, "Nur risolalarining Madrasatu-z Zahro"si {(Hoshiya) Madrasatu-z Zahroning moddiy ta'sis qilinishiga koʻp toʻsiqlar boʻlgani uchun, hozircha u Nur shogirdlarining hay'ati doirasidan iborat.} Ravza-i Matahharaning (Ala Sohibiha afzalu-s soalati va-s salam) atrofidagi ulamolarning shafqatiga juda muhtoj ma'naviy farzandidir, bir talabasidir. U shiddatli dushmalar hujumiga uchragan shogirdidir. Islom olamini doim nurlantirgan sizning buyuk madrasangizning kichik doirasi va sho'basidir. Shuning uchun oliyqadr ustoz, mushfiq ota, hamiyatkor murshidi a'zam boʻlgan zotlar bu bechora avlodiga tom ma'naviy yordam berishini, ularning oliy himmatidan kutamiz. Juda buyuk ustozlarimizga taqdim etilgan ikki kitob, bir talaba darsini qay darajada tushungan deb, kechqurun ustoziga va otasiga yozib berishi kabi, ushbu ikki darsimiz shafqatli allomalarning bagʻrikeng nazarlariga topshirildi." deb bir maktub yozing va salom, ehtiromlarimni va qoʻllaridan oʻpishimni yetkazing. "Bu risolalarning muallifi Said Nursiy, yigirma ikki yildan beri uzlatda. Mutlaq ajratib qoʻyilgani uchun, odamlar bilan gaplasha olmaydi. Faqat zarurat darajasida boshqalar bilan qisqa vaqt suhbat qiladi. Yonida hech qanday kitob yoʻq. Barcha yozganlari, yuz oʻttiz qism risolalarning manba'lari, ma'hazlari faqat Qur'ondir." deyapti.

— 241 —

Biz ham butun kuchimiz bilan tasdiqlaymiz. Oʻzlari ham xasta, ham gʻurbatda, ham abgor holda ba'zan juda tez yozgan risolalarda sahvlar boʻlishi mumkin deb, sizdek allomalardan bagʻrikenglik bilan qarashingizni iltimos qilganini bizga aytdilar. Biz iltimosini yetkazib, qoʻllaringizdan oʻpamiz.

Nur shogirdlaridan
Tohiriy, Xayri, Mustafo, Sodiq, Usmon, Xusrav, Tohir

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Shimolning Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya davlatlari maktablarida Qur'onni eng buyuk kitob sifatida qabul qilishgani kabi, Islom arkonining birinchisi boʻlgan Ramazon roʻzasini tutish niyatida Jome'u-l Azharhdan, "Shimolning juda uzun kunlarida yengillik chorasi va kechiktirish yoʻqmi?" deb soʻrashibdi. Demak Ovruponing faqat kichik hukumatlari emas, balki siyosiy ma'no berilmaslik uchun oʻzini izhor qilmaydigan shaklda eskida buyuk va dunyoning yuksak mavqe'ida boʻlgan, dunyoning oʻta dahshatli va foniyligini qattiq ta'zir yeb yuksak martabaning ketganini koʻrib haqiqiy tasalli faqat va faqat Qur'on haqiqatlarida topgani uchun, kichik davlatlar bilan ma'nan birga deb taxmin qilish mumkin.

Ha, dunyoning mohiyati anglashilgandan keyin, oʻzini yoʻqotganini davolaydigan albatta bashariyatning abadiy hayotdan boshqa Qur'ondan boshqa narsa yoʻq.

Juda aziz va siddiq, qahramon Sabri!

Janobi Haq Islom qoʻshinida Goʻlib Bey kabi koʻp fidokorlarni yetishtirsin. Xulusiy Bey sharqdagidek bu kishi gʻarbda iymonga xizmat qilyapti. Tariqat jihatida ahli iymonni zalolatdan tortishga harakat qilibdi. U kishi eskidan beri Risola-i Nurni koʻrmay Nur yoʻliga harakat qilishga uringan, keyin Nurlarga munosabat quvvatlashgan paytda yanada koʻproq xizmat qiladi. Lekin Nurning yoʻlida haqiqat va Sunnati Saniya, farzlarga diqqat, buyuk gunohlardan uzoq turish asos hisoblanadi. Tariqatga ikkinchi, uchinchi darajada qaraydi. Gʻolib qardoshimiz Alaviylar ichida Qodiriy, Shozaliy, Rufa'iy tariqatlarining xulosasini Sunnati Saniya doirasida Xulafo-i Roshidiyn, Ashara-i Mubashsharaga aralashmaslik sharti bilan Ol-i Baytga muhabbat doirasida bir tariqat darsi berishni oʻylayapti. Haqiqat nomiga, iymonni qutqarish va bid'atlardan muhofaza qilish hisobiga ahamiyatli uch-toʻrt foydasi bor:

— 242 —

Birinchisi: Alaviylarni boshqa yomon jarayonlarga aralashtirmaslik va haddan oshgan Rofiziylik va siyosiy Bektoshiylikdan bir daraja muhofaza qilish uchun ahamiyatli foydasi bor.

Ikkinchisi: Ahli Baytni yaxshi koʻrishni alohida yoʻl qilgan Alaviylar naqadar haddan oshsada, Rofiziy boʻlsa ham, zindiqlarga, mutlaq kufrga qoʻshilmaydi. Chunki ruhida Oli Bayt muhabbari asos boʻlgan muddatda, Paygʻambar va Ol-i Baytga adovat qiladigan mutlaq kufrga kirmaydi. Islomiyatga oʻsha muhabbat vositasida qattiq bogʻlanishadi. Undaylarni sunnat doirasiga tariqat nomi bilan tortish katta foydadir.

Bu davrda ahl-i iymonning birligiga qattiq zarar qilgan ba'zi siyosiy jarayonlar Alaviylarning fitriy fidokorliklaridan foydalanib oʻzlariga vosita qilmaslik uchun Nur doirasiga tortish katta foyda boʻladi. Modomiki Nur shogirdlarining ustozi Imom Ali (R.A.) va Nur yoʻlida Ol-i Baytni sevish asos ekan, albatta haqiqiy Alaviylar kamoli ishtiyoq bilan bu doiraga kirishlari kerak.

Bu davr iymonni qutqalish davridir. Sayri suluki qalbiy bilan tariqat yoʻlida bu bid'atlar davrida koʻp mushkulot boʻlgani uchun Nur doirasi haqiqat yoʻliga tariqatlarning foydasini ta'minlaydi, deb u qardoshimizga Ramazonini tabriklab, salomim bilan birga yozing. U ham bizga duo qilsin.

Safranboludagi xolis qardoshlarimizdan Hifzining kichik madrasa-i Nuriyasi boʻlgan uyidagi kichik va juda harakatchan ma'sumlari yetti yoshli Yilmaz, oʻn uch yoshli Husnu va ular kabi Nurga xizmat qilayotgan muhtaram volidalarining muborak qalamlari bilan yozgan tabriklarini, umum Safranbolu va Afloni madrasa-i Nuriyasi nomidan bu Ramazonning bir Firdavsiy tabarruki husibiga qabul qildik. Yilmazning tushi koʻrganidek chiqqan.

Afloniyning haqiqatdan kichik qahramonlaridan Mustafo Sungurning chiroyli va samimiy maktubining bir qismi "Ilova"ga kiradi. Haqiqatda Mustafo Usmonning, Mustafo Oʻruch va Mustafo Sungur kabi ikki nomdosh, Nur xizmatida juda jiddiy doʻst topishi, sadoqati va muvaffaqiyatining bir karomati hisoblanadi. Xususan Safranbolu Hasan Fayzisi boʻlgan Ahmad Fuad va boshqa maktubda ismlari borlarga bir-bir salom va duo qilamiz. Ularning favqulotda gʻayratlarini tabriklaymiz. Umum qardoshlarimizga minglab salom aytamiz.

— 243 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: "Siroju-n Nur"ning xatosiz, mukammal, chiroyli chiqishi Madrasatu-z Zahroning oʻta ahamiyatli yangi darsi hisoblanib, keng Nur doirasida qiziqish bilan oʻqiladi, inshaalloh.

Ikkinchidan: Kastamonuning Xusravi Mahmud Fayzining Nurlarga qaytmay kamoli istiyoq bilan xizmati, ishlatilishi va oʻqitishini koʻrsatgan Nihad va Abdurrahmon Ehsonning maktublari koʻrsatganidek, u yerdan kelganlar ham ayni xabarni berishyapti. Tom shogirdligini qilyapti, Alloh muvaffaq aylasin, omin! Nurning qahramonlaridan Mustafo Usmonning Qorabukda parda ostida faoliyat bilan Nurga qilayotgan xizmatini, u yerdagi va Afloniydagi shogirdlarning shavq va gʻayratini Laylatu-l Qadrlari bilan birga tabriklaymiz.

(Hoshiya): "Siroju-n Nur"ni tahrir qilib, bu Ramazonda ahamiyatli virdlarimga toʻliq vaqt topa olmaganim uchun xafa boʻldim. Birdan, "Oʻqigan mavzularing bir jihatda ibodat boʻlganidek, ayni ma'rifatulloh, zikrulloh, qalb huzuri, iymoniy muhabbat boʻlgani uchun, nuqsonli qolgan virdlaring oʻrnini toʻliq toʻldiradi", deb eslatildi. Men ham Alhamdulillah dedim.

Agar oson boʻlsa Istanbulga joʻnatilgan kitoblar bu yerga ham kelsa munosib boʻladi. Men uchun ham yigirma-oʻttiz nusxa jildlanib, oʻzimga yuborilsa yaxshi boʻladi. Joʻnatay desam hozircha qoʻlimda narxi yoʻq. Ham koʻpchilikka hadya berishga majbur boʻlyapman.

Nurlarning arkonlaridan bir-ikki doktor, xastaligimning shiddati bilan xolis, sodiq kishilarga xastalik tomonlama murojaat qilmay, dorilarini ichmay, juda ogʻir kasalliklar ichida ular bilan maslahat qilmasdan va qattiq ehtiyojim va azoblarim ichida yonimga kelishganda, xastalikka doir mavzu ochmaganimdan xavotirlanganlari uchun ular kelganda sirli bir haqiqatni izhor qilishga majbur boʻldim. Balki sizga ham foydasi boʻlar deb yozyapman. Ularga aytdimki:

"Ham yashirin dushmanlarim, ham nafsim shayton vasvasasi bilan meni ularga tutib berib Nurlarga tom ixlos bilan xizmat qilishimga zarar kelishi uchun zaif tomonimni qidirishyapti. Eng zaif tomon va dahshatli mone xastalikdir. Xastalikka ahamiyat berilgan sari nafsi jism hissi gʻalaba qiladi, zarurat, majbursan deb, ruh va qalbni gapirtirmaydi, doktorni mustabid hokim qiladi va tavsiyalari va koʻrsatgan dorilariga itoat qilishga majbur qiladi. Bu esa fidokor, ixlosli xizmatga zarar qiladi.

— 244 —

Yana yashirin dushmanlarim ham bu zaif tomonimdan foydalanishga urinishdi va urinayapti. Qoʻrquv va tama, shonu sharaf tomonlama harakat qilishyapti. Chunki insonning eng zaif tomoni boʻlgan qoʻrquv bilan hech narsa qila olishmadi, qatl bilan qoʻrqitishlarini bir tiyinga olmaganimizni tushunishdi.

Keyin insonning zaif tomoni - tirikchilik dardi, tama jihatidan koʻp soʻrashdi. Nihoyat bu zaif tomondan biror narsa qila olishmadi. Soʻng xulosa qilishdiki, ular muqaddas narsalarini fido qilgan dunyo moli, bizning nazarimizda umuman ahamiyati yoʻqligini koʻp voqealar bilan aniqlaganlar. Hatto soʻnggi oʻn yil ichida yuz martadan koʻproq rasman "Nima bilan tirikchilik qilyapti?" deb mahalliy hukumatdan soʻraqshgan.

Keyin menga insonning eng zaif tomoni hisoblangan shonu sharaf, mansab istagi bilan juda alamli shaklda tutish uchun buyruq berilgan xiyonatlar, tahqirlar, gʻururimga botadigan qiynoqlar bilan ham hech narsaga muvaffaq boʻla olmadi. Qat'iyan tushunishdiki, biz ular mahliyo boʻlgan dunyo shon-sharafini riyokorlik va zararli xudbinlik deb bilamiz, ularning favqulotda ahamiyat bergan dunyoviy mansab va shon-sharaf sevgisini bir tiyinga olmaymiz, balki ularni bu jihatda telba deb bilamiz.

Keyin bizning xizmatimiz e'tibori bilan nozik tomonimiz hisoblangan, lekin haqiqat nuqtasida barcha qabul qilgan, hamma uni qozonishga intilgan ma'naviy maqom sohibi boʻlish, valiylik martabalarida taraqqiy etish va u Ilohiy ne'matning insonlarga manfaatdan boshqa hech qanday zarari yoʻqligini bilish kerak. Lekin bunday faqat oʻzini oʻylash, "men"lik, manfaatparastlik, nafsini qutqarish hissi gʻalaba qilgan davrda albatta ixlos sirriga ve hech narsaga vosita qilmaslik ustiga qurilgan iymon xizmati bilan ma'naviy maqomni qidirmaslikni taqozo qiladi. Harakatida ularni istamaslik va oʻylamaslik kerakki, haqiqiy ixlosning sirri buzilmasin. Shuning uchun hamma qidirgan kashf-u karomat va ruhiy komillikni Nur xizmati tashqarisida qidirmaganimni, zaif tomonimni tutishga uringanlar tushundi. Bu nuqtada ham magʻlub boʻlishdi."

— 245 —

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom va kelayotgan Laylatu-l Qadrni har bir Nurchi uchun sakson yil ibodat bilan oʻtgan umr oʻrniga oʻtishini Laylatu-l Qadr haqiqatini shafoatchi qilib rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ushbu Ramazonning oxirgi oʻn kunligida har kecha, xususan toq kechalarda Laylatu-l Qadr borligi ehtimoli kuchli ekanini hadis-i sharif farmon qilyapti. Shuning uchun Nurchilar, u nuri a'zamdan istifodaga harakat qilish kerak.

Ikkinchidan: Xusrav va Tohiriy kabi vazifalarini toʻliq qilgan va ming Xusrav va besh yuz Tohiriyni qoldirgan ikki qardoshimiz va ularning tizimida bir Nurchini sulh mahkamasiga berish... Inshaalloh buning natijasida buyuk inoyat va futuhot boʻladi, hech xavotirlanmang.

﴿ عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ﴾

sirri bilan bu hodisa, zulm qilganlarga moddiy-ma'naviy jahannamni va Nurchilarga dunyoviy-uxroviy jannatni qozontirishga bir sabab boʻladi, inshaalloh.

Uchinchidan: Bu maktub munosabati bilan kecha yonimga kelgan muhim bir rasmiy mansabdorga aytdimki: Hozir Eski Saidning oʻtgan hayotida uch gʻaroyib voqea amalga oshdi. Kelajakda chiqadigan Risola-i Nurning karomati ekan. U quyidagicha:

31 Mart hodisasida Harakat Qoʻshinining Bosh qoʻmondoni Mahmud Shavkat Posho menga nisbatan qattiq gʻazablangan va Devoni Harbi Oʻrfida meni mahkamaga chiqarishdi. Oldimda oʻn besh kishi dorda osilgan vaziyatda Devoni Harbi Oʻrfi raisi Hurshid Posho mendan: "Sen shariatni xohladingmi? Mana shariatni xohlaganlar osildi." deb soʻradi. Men, "Shariatning bir masalasiga ming ruhim boʻlsa ham fido qilaman." dedim. Bundan tashqari (xabarchilarning tuhmati bilan) meni mahkum qilishga juda koʻp sabablar bor boʻlsa ham, istisnoiy suratda bir ovozdan oqlanishimga hukm qilishdi.

— 246 —

Eski umumiy harbning oxirida Istanbulda Inglizlarning bosh qoʻmoʻndonining qoʻliga mening Inglizlarga qarshi qattiq yozgan "Hutuvot-i Sitta" va bosh rohibga tahqirli soʻzlarim tushgan edi. Meni oʻldirishi yuzda yuz ehtimoli bor edi, lekin gʻazabini yutib orqaga chekinib, aralashmadi.

Anqarada devon rayosatida juda koʻp deputatlar oldida Mustafo Kamol qattiiq gʻazab bilan kirib menga baqirib: "Seni bu yerga oliy fikrlar berasan deb chaqirdik. Sen kelib namozga doir narsalar yozib ichimizga ixtilof tashlading", dedi. Men uning gʻazabiga javoban: "Namoz oʻqimagan xoin boʻladi. Xoinning hukmi marduddir." dedim. Qattiq gapirib tashladim. U yerdagi deputat doʻstlarim oʻzini yoʻqotib qoʻyishdi. Har holda meni ezishlarini taxmin qilishgan paytda menga rozi boʻlgandek majlisda gʻazabini yutdi. Xuddiki dahshatli bir kuch va haqiqatni his qilib orqaga chekindi. Ikkinchi kun xususiy riyosat xonasida: Unga bir soat davomida "Hujumot-i Sitta"ning "Birinchi Hiyla"si ichidagi "Masalan: Ayasofiya Jome'i ahl-i fazl va kamoldan... to oxirigacha" jumlasidan boshlab to "Ikkinchi Hiyla"gacha gapirdim. Butun hissiyotini va qoidalarini ranjida qilgan boʻlsamda, menga hech narsa qilmadi. Hatto koʻgil olishga qattiq harakat qildi. Ushbu uch zolim qoʻmondonlarning bu uch ajib holatlari xuddiki Eski Saiddan qoʻrqishi, shibhasizki Risola-i Nurning kelajakda qahramon shogirdlarining ma'naviy shaxsining gʻaroyib kuchi va Risola-i Nurning porloq karomatidir.

Toʻrtinchidan: Qardoshimiz Yoqib Jamolning Dengizli shogirdlari nomidan

Ramazon va Laylatu-l Qadr tabrigiga javoban ming barakalloh,

nafsiga qarshi kurashishi vaffakakalloh

Ingliz davlarining poytaxtida xatib kursisida "Endi Angliyaning Islomiyatni qabul qilishi kerak", deb bor ovozi bilan aytishi

Bashariyatning butun haqiqiy ehtiyojlarini jamlagan Furqon-i Hakim oyatlarini bir-bir oʻqib tafsir va bayon qilganini, doʻstlari soʻnggi gazetani oʻqiganini eshityapmiz deb qardoshimizning bu hodisalariga ming alhamdulillah deymiz.

Ha, u davlatning ham dunyosi, ham saltanati, ham saodati u bilan qutuladi.

Muboraklar pahlavoni va Nurning buyuk Abdurrahmoni buyuk ruhli Kichik Alining "Lama'at"dagi muvaffaqiyatiga minglar barakalloh, ma'sum oʻgʻli Nur Mahmudning qoriligiga ming mashaalloh vaffakakalloh deymiz. Lekin "Yogʻdular" majmuasida "Siroju-n Nur"ga, "Gʻaybiy Muhr"ga va "Tilsimlar"ga kirgan boʻlimlar takrorlanmasligini sizga havola qilamiz. Umumingizga minglar salom.

— 247 —

Shaxsim haqida aytayapsanki: Qat'iyyan aniqlandiki, bu odam olti-yetti oy qattiq kasal boʻlsada, oʻz jismiga nazar solmaslik, e'tibor bermaslik uchun oʻta yaxshi koʻrgan doktorlarga qat'iyyan na murojaat qildilar, na dorilar oldilar. Yana dunyoga qaramaslik hamda iymoniy xizmatda ixlosiga zarar kelmaslik uchun oʻn yil ichida (mahkama tomonidan isbotlangan) harbi umumiyni kuzatmagan, qiziqmagan. Yana siyosat va dunyoga mayl uygʻonmaslik uchun, yigirma besh yil biror gazetani oʻqimadi va tinglamadilar. Tirikchilik tomonlama yolgʻiz va keksa boʻlsada vahima tufayli u kishiga yetkazilgan aziyatlarga chidab, dunyoga qaramadilar. Yigirma yildan tinchligi uchun hukumatga murojaat qilmagan, zaruriy xizmat boʻlmasa hech kimni qabul qilmaydilar va hech kimning yordam va ehsonini qabul qilmaydilar. Oʻzlari deydilarki:

Men bu milat va bu vatanga eng buyuk, eng keralki xizmat deb bilgan iymoniga quvvat berish uchun Qur'oni Hakimning bu davrda bir ma'naviy moʻjizasi sifatida ba'zi iymon haqiqatlaridan dardlarimga davo topgan paytim, darhol qalamga oldim. Ikki yil uch mahkama va Anqara ekspertlar hay'ati tekshirgandan keyin, bu millat va vatanga hech qanday zarar yoʻqligiga doir ittifoq qilib oqlanishga hukm qilingani uchun, bu iymoniy xizmatni davom ettirish maqsadida doʻstiga ba'zi risolalarni koʻpaytirishga izn bergan. Yana biz bu odamdan eshitamizki: Bu yurt, millat va hukumat bu asarlarga qattiq muhtoj.

Hukumat mansabdorlarining ba'zilari bu asarlarni himoya qilishini kutayapman.

Chunki men, yaqinga oʻlaman. Qoʻlim bogʻliq, himoya qila olmayman. Inshaalloh Ahmad Hamdi kabi dindor, qoʻlidan keladigan zotlar oʻrnimga himoya qilishlari umidida tasalli topyapman. Bu vatanning va Islom jamiyatiga qiladigan bu muqaddas vazifangizning mahkama-i kubroda shafoatchi boʻlishiga duo qilib, hamda bilxossa u ikki zotga salom aytaman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Laylatu-l Qadrda qalbga kelgan juda uzun va keng haqiqatga juda qisqa ishorat qilamiz. Quyidagicha:

— 248 —

Bashariyat ushbu soʻnggi umumiy harbning qattiq zulm va istibdodi bilan

mahramatsiz buzgʻunchiligi bilan

dushman tufayli yuzlab ma'sumlarni abgor qilishi

magʻlublarning qattiq xafaligi va gʻoliblarninig qattiq qaygʻusi

hokimiyatini saqlash va katta buzgʻunchiligini ta'mirlay olishmagani natijasida dahshatli vijdon azobi bilan qiynalayotgan

dunyo hayotining batamom foniy va vaqtincha ekani

madaniyat xomhayollarining yolgʻon va uxlatuvchi ekanining hammaga koʻrinishi

inson fitratidagi yuksak iste'dodlarning, inson mohiyatining umumiy suratda qattiq yaralanishi bilan

abadparast hissiyot-i boqiya va fitriy insoniy ishqning hayajonlanib uygʻonishi

gʻaflat va zalolatning eng qattiq, kar tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida parshalanishi

gʻaflat va zalolatning eng boʻgʻuvchi, eng keng aldovchi pardasi boʻlgan siyosatning yer yuzida juda xunuk, juda hiylakor haqiqiy surati koʻrinishi albatta hech shubhasiz.

Shimolda, gʻarbda, Amerikada belgilari koʻringaniga binoan, bashariyatning majoziy ma'shuqi boʻlgan dunyoviy hayoti xunuk va oʻtkinchi boʻlgani uchun, fitratan basharning haqiqiy sevgan va qidirgan boqiy hayotini butun kuchi bilan qidiradi.

Albatta hech shubha yoqki:

Bir ming uch yuz oltmish yildan beri, har asrda uch yuz ellik million shogirdi boʻlgan

har bir hukmiga va da'vosiga millionlab ahli haqiqat tasdiqlab imzolagan

har daqiqada millionlab qorilarning qalbida muqaddasligi bilan saqlanib, tillari bilan insonga dars bergan

hech qanday kitobda oʻxshashi boʻlmagan, bashar uchun boqiy hayotni

abadiy saodatni xushxabar berib butun insoniyatning yaralarini davolagan Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning shiddatli, quvvatli va minglab takror batakror oyatlari bilan,

balki ochiqdan ochiq va ishorat bilan oʻn minglab marta da'vo qilib, xabar berib,

oʻzgarmas qat'iy dalillar bilan, shubhasiz sanoqsiz hujjatlar bilan boqiy hayotni qat'iyyat bilan xushxabar bergan

abadiy saodatni dars berishi, albatta bashariyat agar aqlini toʻliq yoʻqotmasa

boshida moddiy-ma'naviy qiyomat qoʻpmasa,

Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onni qabul qilishga harakat qilgan mashhur hatiblari

haq dinni qidirgan Amerikaning juda ahamiyatli diniy jamiyati kabi roʻyi zaminning qit'alari va hukumatlari Qur'oni Moʻ'jizul Bayonni qidiradi va haqiqatlarini tushungandan keyin butun ruhu jonlari bilan yopishishadi.

Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yoʻq va boʻlmaydi va hech narsa bu moʻjiza-i akbarning joyini ola olmaydi.

— 249 —

Ikkinchidan: Modomiki Risola-i Nur buyuk moʻ'jizaning qoʻlida olmos qilich boʻlib xizmatini koʻrsatdi. Eng qaysar dushmanlarni taslim boʻlishga majbur qildi. Ham qalbni, ham ruhni, hatto hissiyotni toʻliq nurlantiradigan dorilarni beradigan Qur'on xazinasining dallolligini qildi. Undan boshqa ma'haz va manba boʻlmagan ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur oʻsha vazifani qilyapti. Unga qarshi dahshatli targʻibotlar va oʻta qaysar zindiqlar ustidan toʻliq gʻalaba qozondi. Zalolatning eng qalin, boʻgʻuvchi, yer yuzida keng doirada, bilimning eng keng pardalarida "Asoy-i Muso"dagi "Meva"ning Oltinchi Masalasi, Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi va Sakkizinchi Hujjatlari bilan oʻta oʻtkir tarzda gʻaflatni tarqatib tavhid nurini koʻrsatdi.

Albatta bizga kerak va millatga shart: rasman izn berilgan diniy darslar uchun xususiy darsxonalar ochilishi va ruxsat berilishiga binoan, Nur shogirdlari mumkin boʻlganicha hamma joyda kichik Nur darsxonasi ochishi kerak. Hamma oʻz-oʻziga bir daraja foydalansada, barcha har bir masalasini toʻliq tushunmaydi. Yana iymon haqiqatlarining izohi boʻlgani uchun ham ilm, {(Hoshiya) Agar birov bilsa, azoblanishga muhtoj boʻlmasa ibodatga muhtoj yoki ma'rifatga ishtiyoqmand yoki huzur istaydi. Shuning uchun bu hammaga kerakli dars hisoblanadi.} ham ma'rifat, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh oʻn yil oʻrniga, inshaalloh Nur madrasalari besh oʻn haftada hamda oʻsha natijani ta'min qiladi va yigirma yildan beri buni qilayapti. Ham hukumat, millat, vatan ham dunyoviy, siyosatiga va uxroviy hayotiga juda koʻp foydasi boʻlgan Qur'on yogʻdularidan va uning dalloli hisoblangan Risola-i Nurdan nafaqat ayb qidirish, balki oʻtgan dahshatli gunohlarga kafforat, keladigan balolarga va anarxistlikka toʻsiq boʻlishi uchun rivojlanishi va nashriga toʻliq harakat qilishlari shart.

Uchinchidan: Bu Ramazoni Sharifda Qur'onni zavq shavq bilan oʻqishga qattiq ehtiyojim bor edi. Lekin azobli xastalik, moddiy-ma'naviy qiyinchiliklar, toliqish va ishlarning ta'sirida oʻzimni yoʻqotdim. Birdan Xusravning shirin qalami bilan yozilgan moʻ'jizotli juzlar va Hofiz Ali va Tohiriyga juda koʻp savob qozontirgan oʻtkir va karomatli "Hizbu-l Akbar-i Qur'oniya"ni bir-biri orqasidan oʻqishni boshlar ekanman shunday bir zavqu shavq berdiki, butun charchoqlarni ketkazdi, hech qanday vasvasaga joy qoldirmay juda porloq suratda Qur'oniy darsni ulardan tinglab, mumkin boʻlgancha ushbu "Hizbu-l Akbar-i Qur'oniya" kabi fotograf bilan moʻʻjizotli Qur'onimizni chop qilamiz, inshaalloh deb butun ruhu jonim bilan orzulab, qasd va azm qildim.

Said Nursiy
— 250 —

Bu safar Nurlarning gʻalabasi va ma'naviy futuhoti bilan musodara qilingan kitoblarimizni Anqaraning buyrugʻi bilan sizga qaytarib berilishi, buyuk xayrli ishoratdir. Risola-i Nurning toʻliq ozodligiga sabab boʻlgan, buyuk Nuriy futuhot va foyda boʻldi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Kasal Ali Usmon va Chilangar Ali, Nurning juda mehnatsevar qardoshlarimizning tabriklarini ruhu jonimiz bilan ham bayramlarini, ham Laylatu-l Qadrlarini, ham gʻaroyib va qiymatli va juda savobli Nuriy xizmatlarini tabriklaymiz va muvaffaqiyatlariga va mahfuziyatlariga duo qilamiz. Ular bir jihatda Nur doirasini abadgacha minnatdor qilishdi, Alloh rozi boʻlsin, omin! Ali Usmon, maktubida ismlari boʻlgan qardosh va singillarimizga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini istaymiz. Muborak bir qardoshimiz Kozimning ruhiga Janobi Haq minglar rahmat aylasin va qabrini poʻrnur etsin, omin!

Joʻnatgan oʻn besh boʻlim risolachalar, ayni vaqtda Konya Madrasa-i Nuriyaning ikki muhim shogirdi kelib, ayni oʻsha risolalar bizga kerak deyishlari va ularga berilgani Ali Usmonning muborak qalamining bir karomatidir. Ali Usmonga yanada keng sohada savob qozontiradi.

Umumga bir-bir salom va duo qilamiz.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Nurning kichik qahramonlaridan muallim Mustafo Sungur ham Afloniylik, ham Safranbolulik, ham Kastamonulik, ham Inebolulik, ham Dadaylik, ham Arachlik qardoshlarimiz nomidan bayram tabrigi uchun yoninizga keldi. Biz uni kichik Said sifatida ham sizga, ham u qardoshlarimizga moddiy-ma'naviy bayramlarini tabriklash uchun joʻnatdik. Amirtogʻning Sulaymon Rushdusi boʻlgan Chalishkan Mahmudni "Siroju-n Nur"ni olish uchun va xorijga ketgan kitoblarni tushunish niyatida Istanbulga joʻnatdik.

Nurlarning dushmanlari har jihatdan magʻlub boʻlgandan keyin, zohiran bizga xush koʻrinmagan va haqiqatdan Nurlarga yanada manfaatli reja tuzishgan. Goʻyo Nurchilarning birdamligini buzib bilinmaydigan tarzda ba'zi muhim ruknlarini boshqa joylarga ketishlariga sabab boʻlishyapti. Holbuki ularning ketishi bilan birdamlik buzilmaganidek, boradigan joylarda ularga ehtiyoj bor.

— 251 —

Jumladan: Muharramni Tavasga, Mustafo Usmonni Qorabukka, Ra'fatni Istanbulga kabi... ba'zi qardoshlarimizni tarqatishga sabab boʻlyapti. Qardoshlarimiz ham ularga bildirmay, goʻyo oʻz ixtiyori bilan ketgandek qilishsin. Haqiqatda umuman his qilinmaydigan tarzda, birdamlikka zarar qilish niyatida bunday zamin hozirlanyapti.

Ushbu rejalari, ularning usuliga koʻra qamoqqa loyiq boʻlsakda qamoqqa olishmayapti, ehtiyot boʻlinglar qamoqqa tushishmasin deyishyapti. Sababi: Dengizli qamogʻi birdan Nur madrasasiga aylanganidir. U yerdan boshqa qamoqxonalarga ketganlar u yerlarni nurlantirishga harakat qilishlari, yashirin dushmanlarimizni batamom oʻzlarini yoʻqottirib qoʻydi. Shuning uchun ular ham qamoqdan chiqishimizga tarafdor boʻlishdi. Yana adliyalar Risola-i Nurning haqligiga bir jihatda boʻyin egib, kelajakda boʻladigan qattiq e'tirozlardan qochish uchun chekinishdi. Oʻzboshimcha qonunlarning bizga qarshi hukmini e'tiborga olishmadi. Ba'zi qaysar dinsizlar Nurning haqiqatiga qarshi magʻlub boʻlib qaysarlikni tark etishdi. Yashirin dushmanlar ham, "Tez qamoqdan chiqishsin! Yoʻqsa qamoqxonalar Nur madrasalariga aylanadi.", deb, uch qismi bir ovozdan oqlanishimizga tarafdor boʻlishdi. Bu ham inoyat-i Ilohiyaning Risola-i Nurga bergan karomatidir. Bu asrning eng dahshatli uch katta qoʻmondonlarini gʻaroyib tarzda qoʻrqitgani, ham Mart hodisasida Harakat Qoʻshinining Bosh Qoʻmondoni, ham Istanbulni istilo qilgan dahshatli ajnabiy qoʻmondonni qoʻrqitgani va bizga hujum qila olmagani, ham Anqarada devon riyosatida eng dahshatli raisning gʻazabini rozilikka oʻzgartirganidek, uch adliyaning ham ogʻir, shiddatli mudofaalarga qarshi ming bahona topa olishi mumkin boʻlsada, haqiqat va kelishuv bilan bir ovozdan oqlanishga hukm qilishlari - albatta Qur'onning ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nurning karomati deb bu kecha qat'iy eslatma his qildim va qalamga oldim. Lekin oʻta tarqoq boʻlgani uchun sizga tahrir qilinmay va toʻgʻrilanmay joʻnatildi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: "Siroju-n Nur"ning bittasi boʻldi, qolganini (ikki qism) oldik. Xatolari juda kam. Xatolarini toʻgʻrilash jadvalini xat qilib joʻnatyapmiz.

— 252 —

Ikkinchidan: Modomiki Isparta ma'naviy Madrasatuz Zahro ekan, modomiki muborak darsxonadagi hukumatni hozirgacha mumkin boʻlganicha ruxsat berayotgan ekan va boshda Ichki Ishlar Mudiri boʻlib Risola-i Nurga taqdir bilan qarayotgan ekanlar, biz u yerning hukumatiga dosʻt nazari bilan qarashimiz kerak, nima qilishsa ham ogʻir botmasin, jahlimiz chiqmaydi.

Hozirgacha ularning bizga oz tazyigʻi natijasida ahamiyatli xayrlar boʻldi. Endi bir foyda uchun toʻliq erkin boʻlib har tomonda nashr qilish, balki "Sirran tanavvarat" siriga teskari boʻlgani uchun, bir daraja ehtiyot boʻlish kerak degan tavsiyada xayr bor.

Uchinchidan: Dadaylik ahamiyatli muallimlardan va qiymatli Nur noshirlaridan Hofiz Hasanning va ikki muborak Nurchi oʻgillarining, Doktor Haqqi va Husnu, Arachlik Tohirning va Dadaydagi Fuad kabi qiymatli qardoshlarimizning bayram tabriklariga javoban ruhu jonimiz bilan ham oʻtgan bayramlarini, ham Nur xizmatida sobit muvaffaqiyatlarini tabriklaymiz. Maktubini "Ilova"ga kiritish uchun konvertda joʻnatyapmiz.

Toʻrtinchidan: Nur qahramonlaridan Ra'fat qardoshimiz Istanbulda oʻz tizimida oʻta ahamiyatli Abdulahad degan buyuk domlaning Risola-i Nurga toʻliq bogʻliq ukasini topibdi. Janobi Haq ikkalovlarini ham doim muvaffaq aylasin, omin!

Beshinchidan: Ikkidan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarning qattiq aloqa bilan, koʻpdan beri koʻrmagan ota-onalariga haroratli ishtiyoq bilan qoʻllarini oʻpishga intilishlariga oʻxshagan holatni koʻpdan beri koʻrmagan edim. Foytunda aylangan vaqtim meni koʻrishlari bilan uzoqdan yugurib kelib qoʻlimga yopishishlarining qanday hikmati bor deb hayratlanar edim. Birdan: Bu kuchkina ma'sumlar toifasi avvaldan sezish hissi bilan kelajakda Risola-i Nur bilan saodat topishlarini va ma'naviy tahlikadan qutulishlarini, balki ularning koʻpi shogird boʻlishini va bu yerning moddiy-ma'naviy havosiga koʻnika olmaganim uchun manfiy kishilarga erkinlik berilgani munosabati bilan bu yerdan ketmasligim uchun loqayd kattalarning oʻrniga, "Biz Nur doirasidamiz, bizni tashlamang, ketmang", degan ma'no borligini his qildim.