Emirdoğ Lahikasi
— 217 —
ESKI ICHKI ISHLAR VAZIRI, HOZIRGI PARTIYA UMUMIY KOTIBI HILMI BEY!

Avvalo: Yigirma yil davomida Ichki Ishlar Vaziri boʻlgan paytingiz sizga bir dona ariza yozdim. Lekin yigirma yillik qoidamni buzmadim, bermadim. Yana eski Ichki Ishlar Vaziri, ham hozir umumiy kotib mansabida boʻlganingiz uchun gaplashaman. Yigirma yil hukumat bilan gaplashmagan, bir marta hukumat hisobiga hukumatning katta mansabdori bilan gaplashgan odam, oʻn soat gapirsa, yana kam. Shuning uchun gapirishimga bir-ikki soat ruxsat bering.

— 218 —

Ikkinchidan: Hozir partiyaning umumiy kotibi boʻlganingiz uchun sizga bir haqiqatni bayon qilishga oʻzimni majbur deb bilaman. U quyidagicha:

Siz umumiy kotibi boʻlganingiz Halq Firqasining millat oldida oʻta ahamiyatli vazifasi bor:

Ming yildan beri Islom olamini qahramonligi bilan xursand qilgan,

Islom birligini muhofaza qilgan

Bashariyat olamini mutlaq kufr va zalolatdfan shonli qutulishiga katta sabab boʻlgan turk millati va turklashganlarning din qardoshlari, agar hozir eski davrdagidek qahramonlarcha Qur'onga va iymon haqiqatlariga sohib chiqmasangiz

Sizlardek hamiyatlilar, eski vaqtlar yanglishib va dinning zarariga madaniyat targʻiboti oʻrniga toʻgʻridan toʻgʻri Qur'on va iymon haqiqatlarini rivojlantirishga harakat qilmasangiz

Sizga qat'iyan xabar beraman va qat'iy hujjatlar bilan isbot qilamanki, Islom olamining muhabbat va birodarligi oʻrniga dahshatli nafrat va qahramon qardoshi va qoʻmondoni boʻlgan turk millatiga adolat va hozir Islom olamini yoʻq qilishga urinayotgan mutlaq kufr ostidagi anarxistlikka magʻlub boʻlib,

Islom olamining qal'asi va shonli qoʻshini boʻlgan turk millatining parcha-parcha boʻlishiga sherik boʻlasiz va

Shimoliy sharqdan chiqqan dahshatli ajdarhoning istilo etishiga sabab boʻladi.

Ha, xorijda ikki dahshatli jarayonga qarshi bu qahramon millat, Qur'on kuchi bilan tayana oladi. Mutlaq kufrni, mutlaq istibdodni, mutlaq harom kayf safoni va nomuslilarning boyligini yaramaslarga halol qilish vositasida dahshatli kuch bilan kelgan jarayonni toʻxtatadigan narsa, faqatgina Islomiyat haqiqati bilan qorishgan, birlashgan va moziydagi butun sharafini Islomiyat bilan topgan bu millat tayana oladi. Bu millatnining hamiyatparvar va millatparvarlari hamma narsadan avval bu birlashgan, singigan jon tomiri hukmida boʻlgan Qur'on haqiqatlarini madaniyat tarbiyasini oʻrnida asos qilmoq va harakat dasturi qilish bilan u jarayonni toʻxtatadi inshaalloh.

Ikkinchi jarayon: Islom olamidagi mustamlaka boʻlgan davlatlarni xayrixoh qilish va toʻliq qaram qilish uchun bu vatandagi kuchli Islom markazini dinsizlikda ayblab buzish va Islom olamining bogʻini ma'nan uzish va birodarligini bu millatga adovatga aylantirish rejasi bilan hozirgacha bir daraja muvaffaq ham boʻldi. Agar istibdodchilarning aqli joyida boʻlsa, ushbu dahshatli rejani oʻzgartirib xorijdagi Islom olami boshini silaganidek, bu markazdagi Islomiyat dinini erkalatsa, ham u koʻp foydalanadi, ham azim futuhotini bir darajada muhofaza qiladi, ham bu vatan va millat dahshatli balodan qutuladi.

— 219 —

Agar siz umumiy kotib boʻlgan hamiyatparvar, millatparvar odamlar hozirgacha jarayon etgan va madaniyat hisobiga muqaddas narsalarni oyoq osti qilgan usullarni muhofaza qilishga harakat qilib, uch-toʻrt shaxsning inqilob deb nomlagan ishlarini asos olib mavjud hasanalarni va inqilob yaxshiliklarini ulardan deb, mavjud dahshatli kamchiliklari xalqqa yuklansa, uch-toʻrt kishining yomonligi uch-toʻrt million yomonlik hisoblanib, bu qahramon va dindor millatni va Islom qoʻshini boʻlgan turk millatining oʻtgan asrlardagi milliardlab marhum sharafli qoʻshinlariga va millionlab shahidlariga va millatiga katta muxolafat va ruhlariga ma'naviy azob va sharafsizlik boʻlish bilan birga, u uch-toʻrt inqilobchi odamning juda oz hissasi boʻlgan va millat va qoʻshinning kuch va himmati bilan yuzaga kelgan hasanalari ularga oid qilinsa, uch-toʻrt million yaxshiliklar, uch-toʻrt hasana bilan cheklanib kichrayadi, yoʻqqa chiqadi, keyin esa dahshatli kamchiliklarga kafforot boʻla olmaydi.

Uchinchidan: Sizga qarshi albatta koʻp tomonlama ichki va tashqi dushmanlar bor. Men dunyo va siyosatni kuzatmaganim uchun bilmayman. Lekin menga bu yil koʻp bosim oʻtkazishgani uchun, majburan sababiga qarasam, sizga qarshi bir dushman chiqibdi. Agar u dushman mukammal bir rais topib iymon haqiqati nomiga chiqsa edi, birdan sizni magʻlub qilgan boʻlar edi. Chunki bu millatning yuzda toʻqsoni ming yildan beri Islom an'anasi bilan, ruh va qalb bilan bogʻlangan. Zohiran buyruqqa muxolif fe'lli sababli boshini egsada, qalban bogʻlanmaydi.

Yana bir musulmon boshqa millatlarga oʻxshamaydi. Agar dinini tashlasa, anarxist boʻladi, hech qanday qonunga boʻsunmaydi, mutlaq istibdoddan, mutlaq poradan boshqa hech qanday tarbiya va tadbir bilan boshqarib boʻlmaydi. Bu haqiqatning koʻp hujjatlari, koʻp misollari bor. Qisqa qilib, sizning zakovatingizga havola qilaman.

Bu asrning Qur'onga qattiq ehtiyojini his qilib, siz Shvetsiya, Norvegiya va Finlandiyadan orqada qolmasligingiz shart. Balki sizning vazifangiz, ular va ularga oʻxshaganlarga rahbar boʻlishdir. Siz hozirgacha kelgan inqilob kamchiliklarini uch-toʻrt odamdan deb bilib, umumiy harb va boshqa inqiloblar majburlovi bilan qilingan buzgʻunchiliklarni (xususan diniy an'ana haqida) ta'mirlashga harakat qilsangiz ham, sizga kelajakda juda katta sharaf va oxiratda buyuk kamchiliklaringizga kafforot boʻlib, ham vatan va millatga xizmat qilib millatparvar, hamiyatparvar degan nomga loyiq boʻlasiz.

— 220 —

Toʻrtinchidan:

Modomiki oʻlimni oʻldirishning iloji yoʻq va qabr eshigi yopilmas ekan,

modomiki siz ham hamma kabi qabr sari ketayotgan ekansiz,

modomiki qat'iy oʻlim zalolatdagilar uchun abadiy qatl ekan, yuz ming hamiyatchilik, dunyoparastlik va siyosatchilik uni oʻzgartira olmas ekan,

modomiki Qur'on oʻsha abadiy qatlni ahli iymon uchun hayot vazifasidan boʻshatilish hujjatiga aylantirganini quyoshdek isbot qilgan Risola-i Nur qoʻlingizga tushgan ekan,

yigirma yildan beri hech bir faylasuf, hech bir dinsiz unga qarshi chiqa olmayotgan ekan,

aksincha diqqat qilib oʻqigan faylasuflarni iymonga keltirayotgan ekan,

oʻn ikki yil ichida toʻrt katta mahkamalaringiz va faylasuf, olimlardan tashkil topgan ekspertlar guruhingiz Risola-i Nurni tahsin, tasdiq va taqdir qilib, iymon haqidagi hujjatlariga e'tiroz qila olishmagan,

bu millat va vatanga hech qanday zarari yoʻqligi bilan birga hujum qilgan dahshatli jarayonlarga qarshi sadd-i Zulqarnayn kabi sadd-i Qur'on ekaniga, turk millatidan, xususan maktab koʻrgan yoshlardan yuz ming guvoh koʻrsata olaman,

albatta mening sizga aytgan ushbu fikrimni e'tiborga olish muhim vazifangiz hisoblanadi.

Siz koʻp dunyoviy diplomatlarni har doim tinglaysiz, bir oz oxirat hisobiga gapirgan mendek qabr eshigida vatandoshlarning holiga yigʻlagan bir bechorani ham tinglashingiz kerak.

Kichik hoshiya:

Hilmi Bey! Omadlisiz. Qamoqda va bu yerda ekanligimda men haqimda sizni marhamatsiz koʻrdim. Qachon gʻazablansam badduoni niyat qildim. Hilbi Bey nomli bir qardoshim va Nurning xos bir shogirdini har doim xayrli duoimda ismi bilan zikr qilganim uchun, sizga badduoni niyat qilgan ekanman, ushbu xayrli duoga erishgan Hilmi Bey ismi xuddiki shafoatchi boʻldi, meni man qildi. Men ham u niyatdan voz kechdim. Siz meni azoblagan mansabdorlardan kelgan aziyatga chidab badduodan voz kechdim. Koʻp marta hayrat qilar edim. Menga buncha sababsiz azob qilish bilan birga sizga gʻazab qilar edim. Demak oxiri siz bilan doʻst boʻlamiz degan avvaldan sezish hissi bilan qalbga keldi.

Bu ariza yigirma yildan beri umuman murojaat qilmagan boʻlsamda, gʻazablangan paytim bir matra meni azoblagan Ichki Ishlar Vaziri Hilmi Beyga xitoban yozilgan, ma'lumot uchun Afyon Ishki Ishlar Mudiriga joʻnatildi. Ma'nosiz, keraksiz toʻrt-besh marta meni qiynashdi. "Sening yozuving bunday emas, kim yozib berdi?" deb meni rasman uchastka noziri xonasiga chaqirishdi. Men ularga: "Bundaylarga murojaat qilinmaydi, yigirma yillik sukutim haqli ekan!" dedim.

— 221 —

Ey Amirtogʻ hukumati va zobitlari! Bu murojaatni bir yil avval yozgan edim. Lekin bermadim, saqlab qoʻydim. Hozir meni xususiy yashash joyimda besh jihatdan qonunsiz, bir xizmatchidan man qilib va bostirib kirishlari dunyoda koʻrilmagan mutlaq istibsdod ostida saqlashyapti. Qonun nomi bilan qonunsizlik qilganlarni insofga kelish fikri bilan izhor qilyapman.