Emirdoğ Lahikasi
— 172 —
AMIRTOGʻ ZOBITLARIGA MUROJAAT

"Ham insoniy huquqimga qilingan hayratlanarli bir muomalaning sababi nima?" degan savolim bor.

Birinchisi: Bir yildan beri shikoyatimni yashirib, bermadim. Endi zobitlar vositasida Anqara boʻlimiga berish uchun bir kishiga berdik. Afyon Ichki Ishlar Mudiri insofli odam dedim. Unga ham qoʻldan bir nusxa joʻnatdim. Undan tinchligim uchun biror buyruq kutayotgan edim. Lekin aksincha menga bosim qilgan kishilarga, "Bu chiroyli yozuv uniki emas, kim yozganini toping", debdi. Juda kuchli va haqiqatning oʻzi shikoyatni e'tiborga olmay keraksiz, ahamiyatsiz bir yozuvni bahona qilish, tinchimni buzish, ming liraga ahamiyat bermay bir tiyinga qattiq ahamiyat berishdek boʻlmaydimi? Bir yuz oʻttiz risoladan minglab nusxalari turli-tuman yozuvlar bilan uch mahkama chuqur tekshirganidan keyin va ularni yozgan kishilarning muhim qismini men bilan birga mahkamada boʻlishlari va zarrachalik ayb topilmagan boʻlsada, "Unga kim yozib beryapti, tekshiring", deyish qonunga asoslanadimi, bunda foyda bormi? Bir bechorani bu bahona bilan uchastka noziri xonasiga chaqirish, xavotir solish, xususan meni tergov qilishning nima keragi bor. Bunga javoban sizga aytamanki: Agar xohlasam, minglab odam yozishga yordam berishadi, ham har tomonga millat va vatan manfaati uchun yozishadi.

Ikkinchisi: Inson sifatida sizdan bayramgacha e'tiborimni dunyoga qaratmasligingizni istayman. Men sizni oʻylamaganim kabi, siz ham meni unuting. Bu muborak oylarda mendek dunyodan sovugan bir bechorani oxiratda zarar beradigan oʻta ahamiyatsiz dunyo ishlari bilan mashgʻul qilishga majbur qilmang.

— 173 —

Sodir boʻlgan ushbu ma'noli zilzilaga qiziqdim. Qalban aytdimki: Agar boshqa joylarda bizdagidek qattiq boʻlgan boʻlsa, har holda Nur shogirdlariga ham yana bir tajovuz qilishgan. "Yoʻqsa mening maktubimga aloqadormi?" deb soʻradim. Javoban: Anqarada yengil, Afyon, Eskishahar, bu Amirtogʻda va eng qattigʻi ushbu qishloqda boʻldi. Hayratlanarlisi shuki, toʻrt marta qattiq silkingan boʻlsada, hech qanday ziyon koʻrmadi. Buning bir hikmati shuki: "Said majburan hukumatga olib keling!" degan qat'iy buyruq berilgan. Posbonlar va bir serjant kelishdi. Eshigimni yopgan edim, qulflamagan edim. Ular, "Ishadan boʻshaymiz, u kishining eshigini buzmaymiz", deb, qaytib ketishgan. Demak ushbu xususiy zilzila, mudofaamdagi zilzilalar kabi Risola-i Nur bilan aloqador boʻlgani uchun bu safar xusisiy qoldi. Qattiq boʻlishiga qaramay, zararsiz oʻtdi. Agar Nurning bu yerdagi kichik madrasasining eshigini buzishganda, albatta ta'zir jiddi boʻlar edi, faqatgina eslatma boʻlib qolmas edi. Menga boʻlgan hujum kichik boʻlsada, bu safargidek qattiq botganini yashirmayman. Lekin Nur va Nurchilarning hurmati uchun gʻaroyib matonat qildim. Chunki u badbaxt hukumatda mansab kursisida meni soʻkib xizmatchisiga, "Borib ayt unga!" degan. Hukumatning nufuzini telba shaxsining mulki deb oʻylab katta ketgan. Bu esa Eski Saidning irsiy saqlanib qolgan hislarimga qattiq tegdi. Lekin favqulotda muhim sukunat, ogʻir bosiqlilik, sovuqqonlilik, sabr va bardoshning kerakligi meni toʻxtatdi.

Uchinchidan: Duradgor marhum Barlalik gʻaroyib sadoqatli Mustafo Chovushning oʻrnini toʻliq bosgan, Madrasa-i Nuriyaning toʻliq harakatchan qahramonlaridan Duradgor Ahmadning men uchun Savning Davroz togʻida barzohiy va uxroviy manzil, qabrni oʻylab yozishi meni juda sevintirdi va hazin yigʻlatdi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Takroran muborak Ramazoningizni tabriklaymiz. Ikki qahramon aka-ukaning, "Moʻ'jizot-i Ahmadiya"da yetti bolaning bir jihatda mashinka bilan "Zulfiqo-i Moʻ'jizot"ni chiqarishi. Xusrav va Tohiriyning shirin va diqqatli yozuvlarini koʻpaytirishga fidokorlik bilan boʻynilariga olishini butun ruhu- jonimiz bilan tabriklaymiz. Hozirgacha favqulotda Nurlarga qilgan eski qiymatli va samarali xizmatlari evaziga Risola-i Nur hisobidan minglab mashaalloh, barakalloh va vaffakakumulloh deymiz.

— 174 —

{(Hoshiya) Nozik bir muvofiqlik sodir boʻldi. U quyidagicha: Bir oydan beri bu yerda umuman yomgʻir yogʻmayotgan edi. Qalbimiz ham ma'lum bosimdan Nurchilarga yetgan puturdan yigʻlayotgan edi. Birdan Xusravning ikki kun avval mashinka xushxabari va Nazifning bugun tafsilotli maktubi va mashinka yozuvining namunasi qolimga kelgan paytda (xizmat qilayotganlar) Eskishahar azoni Muhammadiyni aytishni boshlashi va ma'lum serjantga menga xoinona majburlov buyrugʻi bergan odam ta'zir yeganini aytishgan payti rahmat yomgʻiri bilan koʻpdan beri yigʻlagan mahzun qalblarimizning katta xursandchiliklariga, sevinch va xotirjamligiga toʻliq muvofiq va toʻgri kelishi, inshaalloh bir yaxshi belgidir.}

Aziz, siddiq, fidokor qardoshlarim!

Inebolu qahramonlaridan tabrik maktublarida ikki muvofiqlik va ikki qushning gʻarib ziyorati juda ma'nolidir. Ha, mening bir maktubimni yozgan bir kishining hukumat tomonidan tekshirilishi va ahamiyat bilan qarab tazyiq qilgan paytda, mening shaxsimdan minglar daraja koʻp gapirgan va ta'sirli dars bergan Risola-i Nurning "Zulfiqor-i Moʻ'jizot"ning bir nusxasi, ming til bilan minglab maktublari bilan hozirgacha koʻp raqiblari boʻlgan, oʻzi kuzatuvda boʻlgan, oʻzini boshqalarning fikriga qoʻshilayotgandek koʻrsatish darajasiga tushmagan Ahmad Nazifning qalami bilan erkin va mone'larsiz yozilishiga, nafaqat qushlar, balki farishtalar va ruhoniylarning bir qismi koʻrinib bu gʻaroyib muvaffaqiyatni tabriklasa ham, yana kam boʻladi. Biz ham u kichik Isparta qahramonlariga minglar barakalloh, mashaalloh va vaffakakumulloh deymiz. Butun ruhu jonimiz bilan ularni tabriklaymiz va ushbu buyuk vazifada ehtiyot va diqqatning lozimligini eslatamiz.

Inebolu atrofidagi va Nurlarga chiroyli qalami bilan koʻp xizmat qilgan qardoshlarimizdan Mahmud Zakariyoning bir maktubini oldim. Xavotirlarimni ketkazib, meni xursand qildi. Endi Nurlarning bir vazifa boʻlgan bolalarga Qur'on oʻqitish va iymon darslarini berish xizmati bilan mashgʻul ekanini yozyapti. Unga, "Bu xizmating aynan eski vaqtdagi Nurlarga xizmatingiz kabi qiymatli", deb yozing.

Sen yozgan koʻp risolalaring oʻrnigga Nurlarning tarqalishiga xizmat qiladi. Xavotirlanmasi, eski maqomini muhofaza qilyapti.

— 175 —

Soʻnggi kunlarda bezovtaligim sababli "Avrod-i Bahoiyya"ni yoddan emas, kitobga qarab oʻqidim. Oxirgi boʻlimi boʻlgan xotimasini bilmaganim uchun, avvallari oʻqimas edim. Qani, buni ham bir marta oqiy, dedim. Qarasam: Bir sahifada va uzun olti yarim satrda, oʻn toʻqqiz marta "nur nur nur" soʻzlari... Shohi Naqshband, Gʻavsi A'zam kabi Risola-i Nurni va muqaddas xizmatini kashf bilan koʻrib, tahsin qilib, xabar berib, unga ishoratlar qilayotganiga qanoat hosil qildim. Men faqat olti satrni, boshdagi satr va oxiridagi satir bilan ottiz yillik Bahoiyya vardimga, malaklarning, Nurlarning yoyilishiga yordamlari niyatida qoʻshdim.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ispartaning ajib yongʻinda jabrdiydalarning azoblariga men jiddiy ishtirok etaman. Chunki men koʻp tomonlama Ispartalik boʻlganim kabi, u muborak shahar toshi-tuprogʻi bilan mening nazarimda juda ahamiyati bor va Nurlarning Jome'u-l Azhari va Madrasatu-z Zahrosining markazi hukmidadir.

Men tomonimdan musibatzadalarga: "Hadis matnida, bunday musibatlilarga iymon ahlining zoye boʻlgan mol-mulki toʻliq sadaqa oʻrniga oʻtadi. Xususan bu davrda yuz sadaqachalik foniy mollari, boqiy va koʻp abadiy mollarga aylanadi. Shuning uchun sabr ichida bir jihatda shukr qilish kerak. Inshaaloh dunyoda ham kafforatu-z zunub boʻlgan narsalar oʻrniga boshqalarini Arhamurrohimiyn ehson qiladi. Alloh sabr bersin, bandachilik, foydasiz xavotirlanmanglar", deb yozing.

Ikkinchidan: Bu turdagi qazolarning bir sababi, insonning xunuk bir xatosi boʻlgani uchun, ushbu Ramazoni Sharifning hurmatini va qiymatini muhofaza qilish va Nurlarni himoya qilishga hamma joydan koʻra koʻproq Nurlarning manba'i va madrasasi boʻlgan Isparta qarzdor va bu uning vazifasidir. Gunohlarga qarshi sha'oir-i Islomiyani muhofaza qilishga mukallafdir.

Yana masalan: لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ bayonida "Ushbu xitob zohiran Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vasallamga tegishli boʻlsada, yashirin tarzda hayotga va jonlilarga oid", ifodasi toʻgʻrilanishga muhtoj.

— 176 —

Chunki kulliy haqiqati Muhammadiya (A.S.V.) ham hayotning hayoti, ham koinotning hayoti, ham ism-i A'zamning tajalliy-i a'zamiga sazovor va butun ruh sohiblarining nuri va koinotning asliy urugʻu va yaratilishining gʻoyasi va mukammal mevasi boʻlganlari uchun, u xitob toʻgʻridan-toʻgʻri u kishiga yoʻnalgan. Soʻng hayotga, shuurga va qullikka u kishining hisobidan nazar qiladi.

Yana masalan: Falsafaga tegishli, "Vaqt oʻtishi bilan zanglab, tuproqqa aylangan, keyin esa nabotot hosil boʻlgan, keyin hayvonot vujudga kelgan", degan ba'zi jumlalar, ijod va xilqati Ilohiy nuqtasida falsafiy hisoblanib, Risola-i Nurning san'at va ijod-i Ilohiy jihatidagi bayonlariga munosib emas.

Qardoshim Abdulmajid! Nima boʻlsa ham, ushbu kichik kamchilik bilan birga sen, hashr haqida Nurning tenggi yoʻq hujjatlaridan toʻliq dars olib, Eski Saidning mumtoz shogirdi boʻlganing kabi, inshaalloh Risola-i Nurning ham mukammal shogirdi va diqqatli muallimi boʻlishingga kuchli hujjatdir. Men vaqtim boʻlganda ba'zi soʻzlarni yo toʻgrilab, tahrir qilib "Hashr Masalasiga Bir Izohli Hoshiya" nomli "Ilova"ga qoʻshishga sendek Nurdan toʻliq dars olgan kishilarga joʻnataman. Sen farzandlaring bilan birga Fuad, har kuni duolarimda va ma'nan yonimdasiz. Sening hozirgi rasmiy vazifang jihatidan bolalarga Qur'oni Azimushsho'nni oʻqitishingni butun ruhu jonim bilan tabriklayman. Ming barakalloh deyman.

Atrofingizda va vataningizdagi butun doʻstu-aqrabolarga salomimni yetkazing. Hozir "Zulfiqor Moʻ'jizot" va "Asoy-i Muso" majmualari koʻpaytirish mashinkasi bilan markazda chop etilishi bois, sen butun kuching bilan va tahrirlovchi chiroyli qalaming bilan va diqqatli ilming bilan shigʻullan.

Qardoshingiz
Said Nursiy

Ra'fat jarrohlik amaliyoti boʻldimi? Holi qanday? Qiziqayapman. Unga koʻp duo qilindi. Savli qahramon Ahmadning singlisi Xadichaning yozgan "Asoy-i Muso" majmuasini qahramon Tohiriy Istanbulda bir kishiga omonat qilib qoldiribdi. U nusxa ayollarni Nurchilikka tashviq qilgani uchun zoye boʻlmasin. Yarim qolgan boʻlsa, ehtiyoj boʻlmasa, menga joʻnatilsin.

— 177 —

Ramazoningizni, laylatu-l qadringizni, ham bayramingizni tabriklayman. Kastamonudaligimda har kuni duolarim va ma'naviy qozonchlarimda Nurning xos shogirdlaridan Osiyo, Ulviya, Lutfiyalar, Zahrolar, Sharifalar, Xojarlar, Najmiyalar, Ne'matlar, Oliyalar hissador boʻlish uchun ma'nan yonimda boʻlganlaridek, hozir ham ular aynan oʻshanday. Men sizlarni unuta olmayman. Hatto soʻnggi kunlarda birdan Ulviya, Lutfiyaning holini qiziqdim. Ikkinchi kun ikkalovining maktubini, hadyalarini oldim. Ularning sadoqatiga bir belgi boʻldi. Eskidan beri odatim - hadyalarni qabul qilmaslik boʻlsada, sizning chakmon va nimchangizni bu kechadagi Laylatu-l Qadrda kiyib Osiyo bilan birga Kastamonudagi butun Nur shogirdlari nomiga qabul qildim. Lekin qoidamga qarshi boʻlmalik uchun, uning evaziga Amindagi risolalarimdan Lutfiya, Ulviyalar xohlaganini olishsin yoki mening hisobimdan Mahmud Fayzi va uning doʻstlari ularga yoqqanlarini yozishsin.

Yonimga koʻp marta kelgan bu singillarimning ma'sum avlodlari Nur shogirdlaridan ma'sumlar doirasiga dohillar va koʻp marta eslayman.

Cheksiz shukr va hamd qilamanki, sizning ushbu maktublaringiz ham Xusravga, uning doʻstlariga, ularning mashinkalariga va Nazifga, uning yordamchilariga, mashinkasiga, ushbu muqaddas yangi xizmatda davom eta olishiga oid siquvchi koʻp xavotirlarimni ketkazdi. Minglar alhamdulillah.

Hatto maktublaringizni olishimdan bir kun avval, avtomobilda aylanishga chiqqan edim. Birdan Qur'onning madhiga sazovor boʻlgan hudhud-i Sulaymoniy qushi xushxabar berishni istayotgandek, biz avval koʻrmagan bu ajib holda oʻn besh daqiqa yoʻlimizni kuzatib oʻngga chapga qoʻnib, uchib, yana kelishidan xulosa qildimki, ertaga meni xursand qiladigan bir xabar olaman. Meni aylantirgan Nuriddinga aytdim. U ham mendek u qushning oʻsha gʻarib holatidan hayratlandi. Birdan biz uning sirrini fosh qilganimiz uchun yoʻqoldi.

Ikkinchi kun:

ham Nazifning tasalli beruvchi maktubini va mashinkasining yangi mahsulini

ham Abdurrahmon Salohiddinning ajoyib maktubini

va menga shapka uchun Anqarada bosim qilgan hokim Navzodning oʻziga suiqasd qilgan xabari bilan, oʻz ta'zirini va jazosini oʻz qoʻli bilan berilishini

va Zulfiqor xizmatiga hech qanday hujum boʻlmaganini va davom etayotganini

ham Madrasatu-z Zahroning qahramonlari umuman xavotirsiz "Zulfiqor"ni davom ettirayotganini va asl hollarini bayon qilishganini

va men koʻp aloqador boʻlgan Otabey qahramonlarining, Lutfining vorislarining va marhum Hofiz Alining vakil va vorisligi, Nur xizmatini qilayotgan doʻstlari Tohiriy va Abdulloh Chovushning tabriknomalarini

va Alikoʻyining imomi Alining sodir boʻlgan yangi hujumda juda mardona turgani va Nur shogirdlariga loyiq tarzda va hukumatda savollarga qarshi ma'noli va haqiqatli javoblarini olib, "Mana, hudhudning xushxabari toʻgʻri chiqdi", dedim.

— 178 —

"Asoy-i Muso Risolasi" tabiatparastlikda adashganlarni zaolatdan qutqaradi va bu davrda hammaga, xususan shubhaga tushganlarga va inkorgacha ketganlarga lozim va darmon hisoblanganidek, "Zulfiqor" ahli iymon va ahli ilmga, xususan hofiz-qorilarga shartdir. Har bir hofiz-i Qur'on bu majmuaga bu davrda qattiq ehtiyoji bor. Qur'onning qirq tomonlama i'jozi-moʻ'jizasini bayon qilgan bu asar har bir hofizning qoʻlida boʻlishi kerak!

Tarix koʻrsatyaptiki, hech qachon bugungacha Risola-i Nurdek juda koʻp toifalar va yoʻllarga hujum qilingan, bu daraja juda oz va yengil tanqidlar bilan qutulmagan. Hatto yuz daraja oz zahmat bilan, yuz daraja muqaddas xizmat va mujodala muqobilida kichik, muvaqqat va natijasi xayrli bir-ikki qamoq va ikki-uch inoyatli va futuhotli musibat koʻrishdi.

Barchaga minglab salom va muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

Soʻnggi paytlarda biz "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ni juda koʻp koʻpaytirishga majbur boʻlgan paytimiz va toza boʻlmagan matbaachilar ham chekingan vaqtda ushbu ajoyib mashinka qoʻlimizga oson yoʻl bilan berilishi, ikki majmuaning maqbuliyatiga bir gʻaybiy ishorat va inoyat-i Ilohiyaning gʻaroyib ikromi va Nurlarning karomatidir.

Ha, oddiy bir maktubni "Kim yozgan?" deb sakkiz marta menga rasman bosim va aziyat qilishgan paytda, sakkiz yuz sahifani bir ming besh yuz nusxaga va bir million sahifaga chiqargan mashinka, albatta gʻaybdan yordamga kelgan Nurchi va ming qalamli kotibdir! Shuning uchun ba'zi sahifalar xira chiqsa ham, zarari yoʻq. Yaxshi chiqqan qismi bizga hozircha yetadi. Yaxshi oʻqilmagan qismi ajratilsin, keyin olmos qalamlar, har biri bir-ikki nusxani toʻgʻrilasin.

Bu yerga poyezd kelganida, aravachilar xavotirlanib, "Bizning kasbimiz bitti", deyishgan, holbuki poyezdning kelishi mamlakatga ish faoliyatlari koʻpaygani uchun, foytunchilarga ehtiyoj ikki qatga oʻshgan. Inshaalloh, bu kabi Nur yozuvchilari nafaqat toʻxtash, balki yanada koʻproq yozuv bilan amal daftarlariga hasanot yozishadi.

— 179 —

Men siyosatchilarning har qanday azoblariga "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deb, sabr-bardosh qilishga qaror qilganman. Kozim Qorabakir bilan eskidan munosabatim bor edi. Hozir ham oʻsha munosabat sababli yoʻlini mardona muhofaza qilyaptimi ajabo? Agar eskidagidek boʻlsa, Nurlarga zarari tegmasa, Nurga foydasi tegish ehtimoli boʻlsa va doʻst boʻlsa mening salomimni yetkazing. Lekin modomiki siyosatchilar boqiy hayoti uchun Risola-i Nurga murojaat qilishgacha borishmayaptimi, u hayotga nisbatan bir tiyinlik bu foniy hayot uchun ularga murojaat qilish darajasiga men ham tushmayman va tinchligim uchun shikoyat, iltimos qilmayman.

Marhum Buyuk Alining toʻliq vorisi, uning tiziminidan ketayotgan, marhum Abdurrahmonning oʻzi va orqasida qolgani va muboraklarning pahlavoni va qahramoni Kichik Alining ikki katta va juda chiroyli Nuriy hadyasini oldik. Lekin "Zulfiqor"ning oxirida "Hizb-i Nuriya"ning qismi yozilmabdi, u qismni ham u gʻaroyib qalami bilan yozib, menga joʻnatsin.

(Hoshiya): Yurtimizda madrasa talabalaridan biri bir kitobni bitirganda yoki boshlasa "maftuhona" yoki "maftumona" deb shirinlik berish odati bor. Aynan bu qoidani Kotib Usmonning uzumida koʻrdik. Uning yozgan "Asoy-i Muso"ning tahririni bitirgan vaqtim mahtumonasi sifatida ushbu uzumning kelishi, shirin latifa va shirin madrasa hayoti xotirasi boʻldi.

Nurda shafqat asos boʻlgani uchun, ayollar bu jihatda oldinda hisoblanadi. Ular Nurlarga jiddiy ergashishadi. Men "qardoshlarim" degan vaqtim, ayol singillarimni qardoshlar ichida niyat qilaman. Butun maktublarimda ular ham tinglovchimdir.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Umuman xavotirlanmang. Lekin duolaringizni olish uchun hozircha qattiq va suiqasd belgisi sifatida avvalroq sizga yozganimdek, xastaligimni bayon qilaman. Ammo qat'iyyan xavotirlanmang. Cheksiz shukr boʻlsinki, ham virdlarimga, ham tahrir vazifamga mone boʻlmayapti.

— 180 —

Inshaalloh ichida buyuk savob va xayr bor. Men oʻzim bundan bir jihatda xursandman, siz ham hech ta'sirlanmang. Zotan mening vazifam bitishi yaqin. Risola-i Nur, xususan majmualari, har bir nusxasi, Saidga qarshi husn-i zoningizning ustida uning vazifasini qiladi va qilayapti. Nur shogirdlarining xoslardan har bir fidokori Saidning vazifasini mukammal qiladi. Inshaalloh kelajakda toʻliq bajarishadi. Ichingizda bir Said kamaysa, yuzlab ma'naviy Said boʻlgan majmualar va minglab moddiy Saidlar u vazifani xolis va mukammal qilishadi va qilayapti. Ushbu haqiqatga binoan mening shaxsimga va boshimga kelgan hodisalarga koʻp ahamiyat bermang. Faqat koʻp duo qiling... zaiflik, keksalik va ta'sirlanganimga menimcha maqbuliyatlari shubhasiz boʻlgan duolaringiz bilan yordam bering.

Qahramon Tohoriyning Nurchi ma'suma, marhuma muborak Hijrati dunyodan Jannatga hijrat qilishi, haqiqatdan meni mahzun etdi. Bunday bir Nur shogirdi va ma'sum toifasining ahamiyatli peshqadamining ketishi, Nur hisobiga meni ham xafa qildi. Inshaalloh uning oʻrniga koʻplar keladi, joyini boʻsh qoldirishmaydi. Hozirdan Ushoqlik kichik Xaydar oʻrtaga chiqdi, hijrat qilgan singlimning vazifasini qilaman deb bizni xursand qildi. Janobi Haq Hijratning ota-onasi va qarindoshlariga sabri jamil ehson qilib, Hijratni ularga shafoatchi qilsin va marhumani ham marhuma singlim Honim bilan Jannatda baxtiyor aylasin, omin.

Ushoqlik Xaydarga men tomonimdan uni tabriklang. Nur xizmatida tavfiqiga duo qilganimni va Nurning ma'sumlar toifasi ichiga kirganini bildiring. Uning domlasi Izzatga ham juda koʻp salom aytaman.

Nur shogirdlari umuman siyosatga aralashishmaydi, hech qanday partiyaga a'zo boʻlmadi. Chunki iymon umumiy mulkdir. Har toifada muhtojlari va sohiblari bor. Tarafdorlik kirmaydi. Faqat kufrga, zindiqlarga, zalolatga qarshi urush ochadi. Nur yoʻlida moʻminlarning uxuvvat-birodarligi asos hisoblanadi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir masalani koʻpdan beri sizga aytish kerak ekan unutibman. Bu quyidagicha:

— 181 —

"Moʻ'jizot-i Qur'oniya Risolasi"dagi aksar oyatlarning har biri yo mulhidlar tomonidan tanqid qilingan yoki bilim olimlari tominidan e'tiroz qilingan. Yana jinniy, insiy shaytonlarning vasvasa va shubhalariga nishon boʻlgan oyatlardir. "Yigirma Beshinchi Soʻz" u oyatlarning haqiqatlarini va nuktalarini shunday bayon qilganki, mulhidlar va fan olimlarining kamchilik degan nuqtalar, i'jozning lama'oti va Qur'on balog'ati kamolotining chiqish joyi ekanini, ilmiy qoidalari bilan isbotlagan. Bezdirmaslik uchun ularning shubhalarini zikr qilmay qat'iy javob berilgan.

وَ الشَّمْسُ تَجْرِى * وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا

kabi... faqat "Yigirmanchi Soʻz"ning Birinchi Maqomida uch-toʻrt oyatda shubhalarni aytgan.

Ham "Moʻ'jizot-i Qur'oniya Risolasi" oʻta muxtasar, shoshilib yozilgan boʻlsada, balogʻat ilmi va ulum-i arabiya nuqtasida olimlarni hayratda qoldiradigan darajada olimona, chuqur va kuchli tarzda bayon qilingan. Garchi har bir mavzuni har bir diqqat qilgan kishi tushunmaydi, istifoda qila olmaydi. Lekin u bogʻda hammaning muhim hissasi bor. Shoshilinch va parokanda holatlar ichida ta'lif qilingani uchun, ifoda va iborasida kamchilik boʻlishi bilan birga, ilm nuqtasida juda ahamiyatli masalalarning haqiqatini bayon qilgan.

Modomiki Risola-i Nur mashinka bilan toʻliq bosilishni boshladi va modomiki falsafa va yangi hikmatni oqigan maktabliklar va muallimlar koʻpchiligi Risola-i Nurga kirishayotgan ekan, albatta bir haqiqatni bayon qilish kerak. U quyidagicha:

Risola-i Nurning qattiq ta'zir bergan va hujum qilgan falsafa esa mutlaq emas, balki zararli qismiga qaratilgan. Chunki falsafaning ijtimoiy hayotga, axloqqa, inson va san'atning taraqqiyotiga xizmat qilgan qismi esa, Qurʻon bilan kelishgan. Balki Qur'onning hikmatiga xodimdir, qarshi chiqmaydi. Bu qismiga Risola-i Nur tegmaydi. Ikkinchi qism falsafa - zalolat, ilhod, tabiat botqoqligiga tushurishga sabab boʻlganidek, natijasi harom-xarij kayfu-safo bilan gʻaflat va zalolat boʻlgani uchun, sehr kabi gʻaroyibliklari bilan Qur'onning moʻ'jizakor haqiqatlari bilan kurashgani uchun, Risola-i Nurning aksar boʻlimlarida mezonlar bilan, kuchli va dalilli muvozanalar bilan falsafaning yoʻldan chiqqan qismiga qarshilik qiladi, ta'zirini beradi. Mustaqim, manfaatli falsafaga tegmaydi. Shuning uchun maktablilar Risola-i Nurga e'tirozsiz chekinmay kirishyapti va kirishlari kerak. Lekin yashirin munofiqlar bir qism domlalarni umuman ma'nosiz va haqsiz shaklda, ahli madrasaning va xoʻjalarning haqiqiy mulki boʻlgan Risola-i Nurning zarariga ishlatishi ehtimoli boʻlgani uchun, ushbu haqiqatni "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualarining boshida yozilsa, munosib boʻladi.

— 182 —

Safranbolu Afloniy nohiyasi Muloyim qishlogʻi nafaqadagi muallim qardoshimiz va Nurning xos shogirdi Nurlarning nashri va chop qilinishi uchun sarmoyasining asosiy qismini hadya qilishni xohlayapti, qabul qilinishini iltimos qilyapti. Men bu xolis va xos qardoshimizning fidokor va xolis iltimosini rad qilmayman. Va dunyo mollari shaxsiy qoidamga kirmagani uchun va yordamlarni oʻzimga qabul qilmaganim uchun, bu ishdagi foydani ham bilmayman. Ispartaning ikki qahramonlariga hamda Xusrav va Tohiriyga, ularning doʻstlariga, Nazif va oʻrtoqlariga bu masalani havola qilaman. Nurning nashri uchun bunday buyuk bir xayr va savobga mone boʻlmayman. Siz yo niyat qilingan butun miqdorni yoki bir qismini ikki hissa bilan, biri katta Ispartaning, ikkinchisi kichik Ispartaning mashinkalariga berilsin. Uning istaganidek yo hadyasini yoki kelajakda yordam berganlar kabi evazini yo Nurlardan yoki boshqa istagan nimasi boʻlsa berib, u xos qardoshimizni xursand qilasiz.

"Rumuzot-i Samoniya"ni yozgan paytim ham juda shoshilib ta'lif qilingan, ham mening eski xotiramga ishonib taqriban ikki miqyos qildim. U bilan ham eski ulamolarning hisobiga binoan Qur'on harflarining i'joz jihatida sirlarini yozdim. Soʻng mashhur Qomusu-l Lugʻat sohibi Majdiddin Firuzobodiyning "Al Miqyos" nomli mashhur va maqbul tafsirining Qur'oniy harflar va kalimalarga doir bayonlariga qaradik, yuzda toʻqsoni bizning hisobimizga muvofiq keldi. Faqat besh-oʻn joyida muxolafat koʻrdik. Soʻng haqiqiy hisob qildim. Bizniki toʻgʻri, uniki matbaaning yanglishi ekani oʻrtaga chiqdi. Modomiki bunday katta hisoblardagi muvofiqliklarda kichik kamchiliklar va oz farqlar zarar bermas ekan deb, yanada aniq tekshirish tarzida butun Qur'onni, butun harflari bilan, kalom va kalimalari bilan hisoblashga va i'jozning latifliklarini u bilan toʻliq quvvatlashga vaqt topa olmadim. Zolimlar menga vaqt qoldirishmadi. Men oʻsha taqribiy miqyoslarim, xotiram bilan, eski ulamolarning hisoblariga va "Kanzu-l Arsh" Duosidagi adadlarim bilan kifoyalandim.

— 183 —

Nazif Chalabiyning Ineboludagi xolis qardoshlarimiz nomidan bayram tabrigi bilan va "Zulfiqor"ning oʻta diqqat, ahamiyat, ehtiyot bilan davom etayotgan xizmati; "Moʻ'jizot-i Qur'oniya"ni ham bitirib zayllaridan bir qismini ham tamomlashi; Abdurrahmon Salohiddinning Amerika missionerlariga toʻrt besh oy oʻqitgan "Asoy-i Muso" va "Moʻ'jizot-i Ahmadiya"ni ishonchli vosita bilan bizning nomimizdan Jome'u-l Azharga hadya sifatida joʻnatishi va ahamiyatli bir Nur shogirdi Ahmad Qurayshi ularning mashinkasining xarajatlari uchun yuz banknot berishini bayon qilgan maktubini oldim. Ushbu qahramon Nazif qardoshomizga, oʻta jiddiy, metin, toʻliq aloqador Inebolu Nurchilariga, Ahmad Qurayshiy va uning doʻstlarining ham bayramlarini, ham davomli xizmatlarini, ham yuksak sadoqatlarini, ham "Zulfiqorning chop etilishini, muvaffaqiyatini, ham Salohiddinning Jome'u-l Azhar bilan Madrasatu-z Zahroning munosabatini ta'minlashga harakat qilganini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin. Bu xizmatlarini toʻliq qabul qilsin, omin.

Jome'u-l Azhar ulamolariga joʻnatilgan ikki nusxa mening tahririmdan oʻtmagani uchun, ba'zi harakalar va arabiy kalimalarda kamchiliklar albatta bor. Xususan oxiridagi arabiy "Xulosatu-l Xulosa" harakalarida Nahv ilmiga asosan boshqa nusxalarda koʻp kamchiliklar koʻrdim. Shuning uchun toʻliq arapcha domlalarning tekshiruvidan oʻtgan bir nusxa "Asoy-i Muso" {(Hoshiya) Yonimdagi va tahririmdan kamchilik bilan oʻtgan bir "Zulfiqor" bilan bir "Asoy-i Muso"ni sizga joʻnataman. Toʻliq birga oʻqilgandan keyin, siz istasangiz, oʻz nusxalaringizni Misrga joʻnatasiz.} bir nusxa "Zulfiqor"ni munosib koʻrgan paytingiz Jome'u-l Azharga joʻnating. Qoshimchasiga, "Nur Risolalarining Madrasatu-z Zahrosi, Jome'u-l Azharning shafqatiga juda muhtoj va uning xodimidir, talabasidir. Shiddatli dushmanlarning hujumiga nishon boʻlgan bir shogirdidir va Islom olamini doim nurlantirgan katta Jome'u-l Azharning kichik bir doirasi va shoʻ'basidir. Shuning uchun oliyqadr ustoz va mushfiq ota va hamiyatli murshidi a'zam, bechora farzandiga va shogirdiga toʻliq yordam berishini ularning ulugʻ himmatidan kutamiz. Buyuk ustozga taqdim etilgan ikki kitob - bir talabaning darsini qay darajada tushunganini kechqurun otasiga va ustoziga yozib berishiga oʻxshab, u ikki darsimiz, shafqatli allomalarning bagʻrikeng nazariga taqdim etildi." deb bu maktubni yozasiz.

— 184 —

Men juda aloqador boʻlgan va Risola-i Nurning oʻta ahamiyatli markazi va qisqa vaqtda juda koʻp Nur ishini qilgan Dengizli Xusravi va uning oʻta jiddiy va sodiq doʻstlari, xususan adolatli hokim, Muharram, Hofiz Mustafo va boshqalarga bayram tabrigi bilan, Hasan Fayzining qattiq va tahlikali xastaligini bayon qilgan maktubini juda ahamiyatli bir qardoshimiz Muhammaddan oldim. Hasan Fayzi aynan shahid Hofiz Ali kabi, mening oʻrnimga musibatimning katta qismini oʻziga olib ma'naviy fidokorlik qilgan. Hofiz Ali mening oʻrnimga bir necha sabab tufayli barzohga ketganidek, Fayzi ham xastaligimda bir xil vaqtda, bir xil muddatda, bir xil tarzda, tashqariga chiqmasligi bir xilda muvofiq kelishi, menga qattiq hamdard va shafqat koʻrsatgan qardoshimiz ma'nan xastaligimni oʻziga olgani ehtimoli kattaligiga qat'iy qanoat hosil qildim. Ushbu toʻrt tomonlama muvofiqlik ichida faqat bir farq bor. Meniki zahardan, zaharlanishdan, uniki sovuqdan kelib chiqqan. Albatta "Xastalar Risolasi" oʻrnimizga unga tasalli berib, xasta ziyorati kabi holini soʻrash va xastalikdagi buyuk savoblar va muammolarni sevinchga aylantirdi. Janobi Haq tez shifo ehson aylasin, omin!

Bir kuni Barlada misol uchun yozgan bir risolamda: Ikki kishi Istanbulga borishadi. Birining yuzda toʻqson toʻqqiz doʻsti Istanbuldadir. Shuning uchun u yerga ishtiyoq bilan ketadi. Narigisi uning aksi, soʻngiga qadar... ma'nosida mavzu yozilgan edi. Hozir aynan bu xastaligimning eslatmasi bilan, oʻtgan zamonga bordim va oʻsha paytlarda hayot oʻtkazgan joylarda xayolan aylandim. U shirin hayotimning davrlarida, har bir joyda yuz doʻstimdan faqat bir-ikkitasini koʻra oldim. Qolganlari barzoh mamlakatlarida edi... hatto oʻz Nurs qishlogʻimda bir jiyanim va talabam Mulla Dovud ham (R.H.) eski doʻstlarim, qarindoshlarim yoniga barzohga ketganini koʻrdim. Yigirma yillik boshqa-boshqa ikkinchi vatanim hisoblangan Barla, Kastamonu kabi joylarda uch qism doʻstlardan faqat ikki qismini koʻrdim, boshqalari ham ketish taraddudida edi. Bu xayoliy haqiqatga binoan, haqiqatdan Nurlarning ziyosi bilan koʻrgan barzohga ketish, menga nafaqat ogʻir keladi, balki ishtiyoq berdi. Mening oʻrnimga ham vazifamni qilib, ham savob qozontiradigan yuzlab Xusravlar, Tohiriylar, Mustafolar, Naziflar, Usmonlar, Abdurrahmonlar, Alilar, Sabrilar, Fayzilar, Ahmadlar, Mahmudlar, Atiflar, Mustafolar, Sodiqlar, Usmonlar va hokazo Nurlarning bahodirlari dunyoda orqamda qolishi, oʻlimni koʻp yengillashtirishyapti. Faqat gunoh jihatida oʻlyapman, hasanot jihatida yashayapman deb, Allohga hadsiz shukr qilaman.

— 185 —

Avvallo:

لِكُلِّ مُصِيبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Risola-i Nurning qahramonlaridan va Hofiz Alining oʻrniga oʻtgan marhum Hasan Fayzining vafoti Dengizliga Risola-i Nur doirasiga, bu yurtga va Islom olamida katta yoʻqotish boʻldi. Lekin oʻzi juda samimiy, xolis, favqulotda bayonlari va darslari bilan inshaalloh oʻrniga koʻp Hasan Fayzilarning yetishishiga zamin hozirlab, keyin ketdi. Aynan jiyanim Abdurrahmon kabi, bir-ikki yilda Nurlarga oʻn yildagidek qiymatli xizmat qildi. Goʻyo u ham, Abdurrahmon ham dunyodan tez ketamiz deb oʻn yillik vazifani bir-ikki yilda qilishdi. Men marhum Hasan Fayzining vafotini uning shaxsi e'tibori bilan tabriklayman. Va Dengizlini, Nur doirasini va bu viloyatga jiddiy ta'ziya bildiraman. Bunday zuljanohayn-ikki qanotli va haqiqiy moʻmin va mudaqqiq bir olim, yuksak adib, muallim va ta'sirli voiz va mudarrisni yoʻqatgani katta musibatdir. Janobi Haq inshaalloh Dengizli kabi qahramonlar oʻchogʻidan koʻp Hasan Fayzi ruhida Nurlarga ega va noshirlar chiqaradi. Bitta danak tuproq ostiga kiradi, vafot etadi, lekin yuz danaklar koʻkarib, unib chiqqanidek, Hasan Fayzi ham shunday muqaddas sunbul berishiga rahmat-i Ilohiyadan umidvormiz. Koʻp Hasan Fayzilar Nur doirasida yetishishadi, uning oʻrniga vazifasini yanada koʻproq bajarishadi.

Ikkinchidan: Ushbu qahramon qardoshimizning hayotda qolgandek hasanot daftariga har birimiz ma'naviy daromadlarimizni (hammada boʻlganidek, xususiy suratda ham) qardoshimizga hadya qilishimiz kerak. Oʻzim uni, Hofiz Ali, Hofiz Mahmud va Savli Ahmad va Mahmud Zuhduning beshinchi oʻlaroq, avliyo-i azimlarning xos doirasida ma'naviy daromadlarimni unga ham bagʻishlashga qaror qildim. U kishining ogʻir sharoitda Nurlarning tarqalishiga buyuk xizmatlar qilgan Nur haqidagi fikrlari "Ilova"da boʻlganidek, munosib koʻrgan ba'zi majmualaringizning oxiriga ham oʻsha ta'sirli maktublarning har birini kiriting. "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" ham yozilayotgan ekan, jonli fikrlari uning oʻrniga Nurlarga xizmat qilsin.

— 186 —

Mening oʻrnimga uning kichkina Madrasa-i Nuriyasi hisoblangan uyidagi qarindoshlariga, Dengizli va uning atrofidagi katta Madrasa-i Nuriyadagi doʻstlariga, talabalariga va Nur shogirdlariga ta'ziyamizni yetkazib, "Men butun umr bir vafotdan bu daraja xafa boʻlib yigʻlamagan edim", deb ayting.

Ham sizga bundan avval yozgan maktubimdagi qattiq gʻazabim va miyamdagi abgorlik, oʻsha qahramon qardoshimizning vafot etgan kunidan boshlagani ayon boʻldi. Hatto uning ta'siri ixtiyorimni qoʻlimdan olgan edi. Oʻlaman deb xizmatchimga vasiyatimni aytgan edim. Demak ikkinchi bir ruhim oʻrnida boʻlgan Hasan Fayzi mening oʻrnimga oʻlibdi va oʻlyapti. Hatto uning vafot maktubi odatimga zid qoʻlimda bir yarim soat turdi, ocha olmadim. Nima boʻlganda ham... Ushbu butun qattiq azoblar evaziga inoyat-i Ilohiya yordamga keldi. Ham meni, ham uni, ham Nurchilarni xursand qilib ta'ziya ichida ruhu jonimiz bilan tabrikladim. Ming barakalloh va minglab rahmatulloh dedim, hayot vazifasidan nafaqaga chiqqanini olqishladim.

Uchinchidan: Marhum Hasan Fayzining barzohga ketishi, joyining boʻsh qolishi va maktablilarni Nurlarga jalb qilgan yuksak muallimlik va fanlarda bilimdonlik sifatlari koʻp maktablilarga ergashishga oʻtkir namuna boʻlish jihatini xafa boʻlib oʻylayotgan paytim, birdan ayni tizimda ham muallim, ham ikki oʻgʻli bilan Nurchi, ham Hasan ismli, ham bu ikki Hasanlar kabi mustasno va fidokor muallim boʻlgan Ahmad Fuadni Nur doirasiga kirishiga sabab boʻlga Dadaulik Hofiz Hasanning uch yildan beri umuman maktubini olmagan va holini, Nurlarda davom etayotganini bilmagan holimda, uning bir maktubini oldim. Aytdimki: Bir muallim Hasan ketdi, oʻrniga bir muallim Hasan va juda fidokor boshqa bir muallim Ahmad keldi.

Oʻsha vaqt yonimga hajga ketib endi kelgan Bolvadinlik bir Hasan keldi. Nur doirasiga kirdi, risolalarni oldi, nurlanishni boshladi.

Uch-toʻrt soat oʻtib, yonimga Amirtogʻning Xusravi va Fayzisi juda xayrli tabib Xayri keldi. "Bu yerning ahamiyatli bir maktab muallimi Abdurrahmon (Bu muallim aynan Fayzidek Nurga xizmat qildi) Nurlarga talaba boʻlishni xohlayapti. Qabul qilsangiz "Asoy-i Muso"ni beramiz", dedi. Bering, dedim.

— 187 —

Marhum Hasan Fayzi kabi qisqa vaqtda koʻp xizmat qilgan qardoshimiz Mustafo Usmonning oʻsha kuni kelgan maktubini koʻrdim. Kastamonu litseyini bir jihatda qisman sharaflantirgan va endi Doru-l Fununni nurlantirishga harakat qilayotgan maktabli Mustafo, Nur uskunasi munosabati bilan Nurlarga zarar kerlmasligi uchun matbuot qonunini eslatib, ehtiyot boʻlib xabar beryapti.

{(Hoshiya1) Komunizm, dinsizlik, anarxistlikning asoslarini nashr qilgan ba'zi gazetalarga matbuot qonunlari aralashmaydi. Bu vatan va millatning tamal toshini muhofaza qilishga urinib, juda ta'sirli xizmat qilayotgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarining mashinkalariga nega aralashyapti, sababi nima? Haqiqatdan hayratlanyapman.}

Javoban: Hadsiz shukr boʻlsinki, bir muallim boʻshatildi, uning oʻrniga ikki Hasan, ikki Mustafo, uch muallim va bir harakatchan muallim vazifalari ichida Dengizli qahramonlarining vazifasini qilishyapti. Bu holat ishorat qilyaptiki: Hofiz Ali ketib, Dengizli uning oʻrniga kelib, alamini unuttirganidek Hasan Fayzi ketdi, oʻrniga bir doru-l funun keladi, inshaalloh alamini ketkazadi.

Umum qardoshlarimga salom.

Birinchidan: Qahramon nazifning va haqiqatdan Nazif ruhida va sadoqatida oʻz doʻstlarining mashinka va boshqa jihatda Nurga xizmatlari bu mamlakatni jiddan minnatdor qiladigan holatdadir. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin. Xususan mashinkalarining mahsuloti ham ziynatli, ham ochiq, ham sihhatli {(Hoshiya2) Bu safargi yigirma toʻrt sahifada faqat ikki nuqtada خ , ح boʻlgan, boshqa yoʻq. Bir "koʻp" soʻzi yoʻq, ma'nosini tushunsa boʻladi, hali toʻligʻiga qaray olmadim.} boʻlgani katta muvaffaqiyatdir. Janobi Haq Nazifga koʻp Salohiddinlar, Ibrohimlar berdi.

Mening oʻz xatim bilan "Zulfiqor"ning boshiga yozuv yozishimni xohlayapti. Jonatgan yoʻgli toʻrt sahifani oʻz yozuvim bilan bu bezovtaligim payti shaxsan yoza olmaganim uchun, men aytib turaman, doimiy kotibim yozsin. Ba'zi soʻzlarni oʻzim yozaman.

— 188 —

Nazif qardoshimizning ham Istanbul, ham Inebolu Nurchilar nomiga bayram va yangi yil tabarruki hisobiga joʻnatgan moddiy uch turdagi tabarrukini oldim. Ularning umumi nomiga odatimga muxolif qilib oldim. Alloh ulardan rozi boʻlsin, omin. Ularning hurmati uchun qoidamni buzdim. Va ma'naviy va firdavsiy Nur "Zulfiqor"ni ikkinchi Salohiddin boʻlgan Kichik Ibrohim nomiga va aksariyati "Soʻzlar"ni oʻta chiroyli suratda yozgan va Nazif sadoqatida va aloqasida boʻlgan qardoshimiz Mustafo Usmonning umum Safranbolu Nurchilari nomiga joʻnatilgan ikki majmuani ham birga oldik. Janobi Haq "Zulfiqor"ning va ikki majmuaning harflari sanogʻicha ularning, Ibrohim, Mustafo, Izzat va uning doʻstlarining va yordamchilarining amal daftarlariga hasanotlar yozsin va har bir harfi evaziga yuz rahmat aylasin, omin.

Haqiqatdan Mustafo Usmon, ahamiyatli va juda gʻayratli ikki qanot topdi. Nazifning Salohiddini va Ibrohimi kabi, muallim Ahmad Fuadi va doru-l funundagi Mustafo Oʻrujni topibdi. Bu ikki qanot bilan inshaalloh Nur xizmatida koʻp ish qiladi. Hatto Mustafo Oʻruj bilan muallim Ahmad Fuad kabi kishilarning soʻnggi ta'sirli suratda Nur xizmariga oʻtishlari, Dengizli qahramoni Hasan Fayzining vafot alamini bir daraja ketkazishdi. Kichik Ibrohim, Nazifga ikkinchi Salohiddin oʻrniga oʻtib bola-chaqasi bilan, ukasi va rafiqasi bilan Nurga va mashinkaga juda jiddiy ishlashi, maktubida nomlari boʻlgan Solih va Gulchi Husayn, Usmon, Zuhdu, Izzat, Umar va u yerdagi boshqa Nurchilarning sabot bilan, qaytmay Nur xizmatida taraqqiy etishlari bizlarni juda xursand qilgani kabi, bu viloyatni ham kelajakda koʻp minnatdor qiladilar. Mashaalloh, Inebolu kichik Isparta va toʻliq bir madrasa-i Nuriya ekanini isbot qildilar.

Ikkinchidan: Nurs qishlogʻi, Nursiy kuniyam bilan, Nurlarga munosabatdor universitet maktabining juda gʻayratli Nurchisi va bir Abdurrahmoni, bir Salohiddini qobiliyatida Mustafo Usmonga avvalroq eski harf bilan jonatgan majmualaringizdan keyin, yangi harf bilan sakkiz- toʻqqiz boʻlimni ham istashi va "Universitet talabalari juda muhtoj va mushtoq", degani uchun joʻnatdik. Lekin u yosh shogirdning tajribasi oz boʻlgani uchun, Nurlarni himoya qilishga yetmagani uchun va loyiq boʻlgan qoʻllarga berish va yarim qolmasligi uchun, Nur shogirdlari, xususan Istanbulga yaqin yo borgan, yoki Istanbuldagilar Nurning nashr va himoyasida unga yordam birishlari kerak.

— 189 —

Uchinchidan: Dengizlining bir ma'naviy qahramoni marhum Hasan Fayzining (R.H.) Isparta qahramoni marhum Hofiz Alining (R.H.) yoniga ketishi garchi bizni juda xafa qilsada, lekin uning oʻta xos talabasi va Nurning xolis shogirdi siddiq Muharramning aytganidek deymizki: U bir jihatda oʻlmagan, balki vazifasini tez bitirdi, barzoh olamida istirohat qilishga ketdi, boʻshatildi. Hofiz Ali bilan birga, ma'nan shafoatlari bilan va qoldirib ketgan ta'sirli Nur haqidagi asarlari bilan yordam berishyapti, yana ma'nan Nurga ishlayaptilar. Albatta ma'naviy shahid oʻrnida boʻlishgani uchun, "Meva"ning "Oʻn Birinchi Masalasi"dagi Nahv ilmi talabasi oʻzini madrasada deb bilgani kabi, Hofiz Ali bilan Nur haqiqatlarining muzokarasi va vafot etgan Nurchilarning doirasida mashgʻul ekanlarini marhamati Ilohiyadan qattiq umidvormiz. Inshaalloh Janobi Haq uning vazifasini dunyoda qiladigan Nur doirasida koʻp Hasan Fayzilarni yetishtiradi.

{(Hoshiya) Bu marhum qardoshimizning Nurga oid koʻplab vazifalarini tamoman qiladigan va shogirdlarning uygʻun koʻrishi bilan va mashvarati bilan tanlanadigan yangi bir qahramon topilgunga qadar, u vazifalarni ishni taqsim qilish suratida har bir shogird bir vazifasini qilishni boshlasin. Temirbosh Ali Usmon, bu vazifa Ispartada senga tushdi. Ham u yerdagi qardoshlarning mashvarati bilan, uning oʻrni boʻsh qolmaslik uchun Nur bilan u kabi juda aloqador birisi, hozircha Dengizli Xusravi vaziyatini olsin. Unga hadya qilgan takkamni haqiqiy sohib chiqqunga qadar muhofaza qilsin.}

Faqat u muborak qardoshimiz mendek rasmiy dorilardan chekinmagani bir kamchilikdir. Men undan ham iztirobliroq ekanman, "Nurchilarning duosi yetadi" deb, moddiy dorilarni qidirmadim. Xastalik haqida hech kimning fikrini bilib vahimaga tushmadim. U marhum qardoshimiz bu nuqtada menga ergashishga muvaffaq boʻla olmabdi. Nurlar haqida oʻtkir fikrlarida bu bechora qardoshiga oʻzini qurbon qilishga soʻz bergani va Nur vazifasini tez qilgani uchun, istirohat olamiga ketdi. Men ham uning qarindoshlariga, ham Muharram kabi qiymatli, jiddiy talabalarga va Dengizli va uninu atrofidagi Nurchilarga takroran ta'ziya bildirib, biz kabi ular ham marhumni hasanotlariga hissador qilib, hasanot jihatida oʻlmagandek, hasanot daftariga hasanotlar yozdirishsin deb, ularning barchasiga minglab salom aytamiz va unga minglab rahmat aytamiz.

Toʻrtinchidan: Bir kuni qalam bilan Nurlarga ishlagan Sav qahramonlaridan va Nurning ahamiyatli shogirdlaridan Mustafo Yulduzning hudhudmisol qushi "Hudhud-i Sulaymoniy" kabi Nur ishlari haqida gʻaroyib holatlarni koʻrsatishi ajib emas, koʻp misollari bor. Qushlarning Nurlarga aloqadorliklari koʻp hodisalar bilan yuzaga chiqqan.

— 190 —

Qamoqxonada haqiqatdan shaxsimga, Nurchilarning birdamligiga va mahbuslarning Nurchilarga ergashishiga unutilmaydigan darajada Hilmi bilan xizmat qilgan va yurtida qamoqdan avval va keyin qahramonlarcha ishlagan va ismiga toʻliq mos Sodiq Beyning qarindoshlari bilan, volidasi bilan tabriklashga va mening nomimdan u yerda qurbonlik soʻyish oʻrniga ming barakalloh va mashaalloh deymiz. U bilan Risola-i Nurga ham talaba va bizga salom joʻnatgan Solih oʻgʻli Usmonga ham salom aytamiz, ham Nur doirasiga qabul qilindi deymiz.

يُوزَنُ مِدَادُ الْعُلَمَاءِ بِدِمَاءِ الشُّهَدَاءِ
مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّتِى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّتِى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَهِيدٍ

Bu ikki hadisi sharifdan olingan ilhom bilan Risola-i Nurni yozishning dunyoviy va uxroviy juda koʻp foydalaridan, Risola-i Nurda bayon etilgan va shogirdlarining tajribalari bilan tasdiq etilgan bir nechasini bayon qilamiz.

Besh turdagi ibodat:

1- Eng muhim mujodala boʻlgan zalolatdagilarga qarshi ma'nan mujodala qilishdir.

2- Ustoziga haqiqatni tarqatish jihatida yordam berib xizmat qilishdir.

3- Musulmonlarga iymon jihatida xizmat qilishdir.

— 191 —

4- Qalam bilan ilm tahsil qilishdir.

5- Ba'zan bir soati bir yil ibodat oʻrniga oʻtgan - tafakkuriy ibodat qilishdir.

Besh turdagi yana dunyoviy foydasi bor:

1- Rizqda barakat.

2- Qalbda xotirjamlik va sevinch.

3- Tirikchilikda yengillik.

4- Ishlarida muvaffaqiyat.

5- Talabalik fazilatini anglab, butun Risola-i Nur talabalarining xos duolariga hissador boʻlish.

Qalam bilan Nurlarga xizmat va sadoqat bilan talabasi boʻlishning ikki muhim natijasi bor:

1- Qur'on oyatining ishorati asosida, iymon bilan qabrga kirish.

2- Butun shogirdlarning ma'naviy daromadlariga Nur doirasidagi ma'naviy shirkat sirri bilan ularning umum hasanotlariga hissador boʻlish.

Ham bu talabasizlik vaqtida farishtalarning hurmatiga sazovor boʻlgan {(Hoshiya) Ba'zi ahl-i kashfning qat'iy mushohadasi bilan isbotlangan.} talaba-i ulumi diniya sinfiga dohil boʻlib, barzoh olamida (baxti kulgan boʻlsa, toʻliq muvaffaq boʻlgan boʻlsa) Hofiz Ali va "Meva"da bahsi oʻtgan mashhur talaba kabi, shahidlar hayotiga sazovor boʻlishdir.

Mashinkadan chiqqan majmualarning boshida yoziladigan boʻlim quyidagicha:

Risola-i Nurning butun juz'larini ikki yil ham Anqara, ham Dengizli mahkamalari va ekspertlari tekshirganidan keyin ham oqlanishimiz, ham umum Risola-i Nur boʻlimlarini menga qaytarib berishga bor ovozdan hukm qilishlariga bonian, nashriga ham mone yoʻq. Qaytarib berilgan Risola-i Nurdan biri bu majmuaning qismlaridir.

Ispartada ham mahkamalarda, ham jome'larda dinga foydali ijrootlar, "Zulfiqor"ning ma'naviy futuhoti hisoblanadi. Inshaalloh Isparta Nurlarning madrasasi boʻlganidek, boshqa viloyatlarda ham dars beryapti, inshaalloh sha'oir-i Islomiyada ham birinchi husni misol va ergashishga namuna boʻladi.

{(Hoshiya1) Siyosatni umuman kuzatmasamda, bugun tasodifan qulogʻimga keldiki, ba'zi jome'larni yopish uchun bir majlisda bir qancha dinsiz deputatlar gapiribdi. Ayni vaqtda meni zaharlashi va Hasan Fayzining oʻlim xastaligi tasodifga oʻxshamaydi. Ushbu uch suiqasd bir vaqtda bir-biri bilan bogʻliq koʻrinyapti. Ikkitasi hozircha qisir qoldi, bittasi bir qahramonni oldi.}

Aziz, siddiq qardoshlarim!

— 192 —

Avvalo: Ushbu qattiq moddiy a ma'naviy qishning mashaqqatli moddiy-ma'naviy xastaligi vaqtida dunyodan ayrilish va men qattiq aloqador boʻlgan Nurchi qardoshlarimdan ayrilish ehtimolidan kelgan azoblar meni siqayotgan edi. Birdan Siddiq Sulaymon, Nur stansiyasi Sabri u atrofdagi barcha qardoshlarim nomidan va nasabdan qarindoshlarimning ham hisobiga, Abdulmajid va Abdurrahmon ma'nosida bu yerga kelishdi. Janobi Haqqa shukr qilamanki, ularning kelishi bir zahar kesuvchi oʻrnida menga darmon boʻldi. Men bu yerdagi odatimga muxolif, nima boʻlsa ham yonimga chaqirdim, kelishdi. Ikki-uch soatcha butun xavotirlarimni, xususan Barladagi doʻstlarimning hollarini bilib, Barladagi eski vaqtlarimga baxtiyor bir xayoliy ma'naviy sayohat qildik. Undan koʻngilga bir rohatlik, ochilish kelib, alamli siqilishlarimni ketkazdi. Ularni bir-ikki kun bu yerda qoldirishni istadim. Lekin bu yomon vaqt va bu yerning vahimali vaziyati toʻgʻri kelmadi. Bu ikki qardoshimizni barchalaringizning nomidan qabul qildim. Va oʻz oʻrnimga hammangizga ikki jonli maktub sifatida joʻnatdim.

Ikkinchidan: Ikkinchi kuni qattiq xavotirlangan va men aloqa paydo qilgan doru-l funun yoshlarining, universitet talabalari nomidan hozirdan toʻqqizta haqiqiy Nurchi va kichik Salohiddinlar, Abdurrahmonlar kabi doru-l fununning nurlanishiga jiddiy urinishayotganini bildirgan bir maktub oldim. Kichik Abdurrahmon: Mustafo Oʻruch, Konyalik Ziyo va Sabrining oʻgli Fayzi va Bahouddin, Abdurrahim va Kastamonulik Umar, Aziz, Shukru va Sabri kabi jiddiy yosh Nurchilar Nurlarga sohib boʻlishlari, marhum jiyanim Abdurrahmon va Fuadlarning yangidan oʻnta boʻlib dunyoga kelib, Nur vazifasini boshlashi kabi meni ham sevintirdi, ham xastaligimni yengillatdi.

Uchinchidan: "Zulfiqor"ning mashinka bilan tugashiga yaqinlashishi nafaqat Nurchilar, balki butun mamlakat uchun baxtdir. Bu saodatni qoʻldan chiqarmaslik uchun qancha ehtiyotli tadbirlar boʻlsa, qiling. Agar mabodo (inshaalloh boʻlmas) "Oyatu-l Kubro"ga qilingan tajovuz kabi tintuv boʻlsa, butun nusxalar tajovuzga uchramasin. Hozir tajovuz qilmaydilar va qila olmaydilar, balki kelishishga urinayotgan boʻlsalarda, yashirin zindiqlar oʻzlarini kelajakning la'natidan qutqarish uchun albatta bahonalar qidirishyapti va gapi oʻtadigan mansabdorlarni aldashyapti. Shuning uchun hifzu inoyat-i Ilohiyaga toʻliq suyanib ehtiyot boʻlish kerak. Inshaalloh "Zulfiqor" oʻzini tajovuzdan muhofaza qiladi va tajovuzchilarni yoʻq qiladi yoki iymonga keltiradi.

— 193 —

Aziz, siddiq qardoshim va bu foniy dunyoda hamiyatli va jiddiy doʻstim!

Avvalo: Butun doʻstlarim va singillarimdan eng koʻp siz va ba'zi Erzurumli kishilar, mening bu qiynoqli va mazlum holatimda shafqat bilan jiddiy aloqadorligingizga va fikran yordamingiz uchun jiddan juda minnatdorman. Umrimning oxirigacha unutmayman. Sizga ming mashaalloh va barakalloh deyman.

Ikkinchidan: Yoʻlimga va Risola-i Nurdan olgan darsimga batamom qarshi va oʻn yildan beri foniy dunyoning oʻtkinchi, ahamiyatsiz hodisalarini kuzatmaslik boʻlgan hayot dasturimga ham qarshi faqat sening hurmating va qiziqqaning, bu safargi uzun maktubing uchun holatimga va zolimlarning qiynoqlariga oid bir necha moddani bayon qilaman.

Birinchisi: Ottiq yil avval Doru-l Hikmat a'zosi ekanimda, bir kuni doʻstlarimizdan va Doru-l Hilmat a'zosidan Sayyid Sa'diddin Pasha: "Aniq vosita orqali xabar oldim, ildizi ajnabiy, oʻzi bu yerdagi biz zindiqlar qoʻmitasi, sizning bir asaringizni oʻqibdi. "Bu asar sohibi dunyoda qolsa, biz bu millatga kasbimizni (ya'ni zindiqoni, dinsizlikni) qabul qildira olmaymiz. Uni yoʻq qilishimiz kerak", deb sizni oʻldirishga hukm qilishibdi. Oʻzingizni muhofaza qiling." dedi. Men javoban, "Tavakkaltu Alalloh, ajal birdir, oʻzgarmaydi", dedim.

Bu qoʻmita oʻttiz yil balki, qirq yildan beri ham kengaydi, ham men bilan kurashayotganda har bir hiylani qoʻllashdi. Ikki marta yoʻq qilish uchun qamashdi va oʻn bir marta zaharlashga urinishibdi (hozir oʻn toʻqqiz marta boʻldi.) Eng oxirgi dahshatli rejasi, sobiq Ichki Ishlar Vazirini va Afyonning sobiq hokimini, Amirtogʻning sobiq hokimini menga qarshi gijgijlab, rasmiy hukumatning kuchini butun shiddati bilan menga qarshi qoʻlladi. Mendek zaif, keksa, mardumgiriz, faqir, gʻarib, xizmatga juda muhtoj bir bechoraga oʻsha uch rasmiy mansabdor menga qarshi shunaqa tashviqot qilib hammani qoʻrqitib, shu daraja kelibdiki, bir mansabdor salom berganini bilishsa, almashtirganlari uchun, josuslikdan boshqa hech bir xodim oldimga kelmaganini va qoʻshnilarimning ham ba'zisi qoʻrquvidan hech salom bermayotganini koʻrdim. Inoyati Ilohiy menga sabr va bardosh berdi. Usbu tengi yoʻq qiynoq, tazyiq meni ularga aralashishga majbur qilmadi.

— 194 —

Ikkinchisi: Balki eslarsan, Anqara oliy majlisida Mustafo Kamol bilan munoqasha qilgan paytda, unga: "Namoz qilmagan kimsa xoin boʻladi. Xoinning hukmi marduddir." dedim. Yuziga qattiq javob bergan boʻlsamda, menga qarshi xoinlik va haqorat qilishga jasorat qila olmagan edi. Bu yerda kichik zobit bilan bir serjant xiyonat va haqorat qilishdi. Maqsadi, meni gʻazablantirib muammo chiqarish boʻlgani uchun, hifz va inoyat-i Ilohiya menga sabr va bardosh berdi.

Uchinchisi: Ikki yil, ikki mahkama, qoʻlida tekshirgan butun Risola-i Nur majmualarida qonunga zid narsa topa olmay

{(Hoshiya) Yo hech bir jihatda hech qanday qonun, hatto ularning oʻzboshimcha qonunlari bizga va Risola-i Nurga tegmayapti yoki hozirgi ba'zi qonunlar teginayotgan boʻlsada, yuqori adliyalar va uch katta mahkama, kelajakda qattiq nafrat va la'natdan qochish uchun Nurni va bizni mahkum qilishga jasorat qila olmay ittifoq bilan hammamizni oqlashga va butun Risola-i Nur majmualarini qaytarib berishga hukm qilishdi. Va qollaridagi qonun ularga qalqon boʻladi. Togʻdek kuchli adliya doiralari chekinib, vaqtincha mansab olgan hiylakor shaxsiyatlar bu zulmni qilishi, albatta samovotni va yerni gʻazablantiryapti, mening jahl qilishimga oʻrin qoldirishmayapti.}

bizni va Risola-i Nurni oqlaganidan keyin, zindiqlar qoʻmitasi, ba'zi munofiq mansabdorlarni vosita qilib, hukumat markazida rasmiy reja tuzib meni qonunga batamom zid doʻst va talabalarimdan ajratib, sihat va hayotim uchun eng yomon joyga surgun qilib, yakka qamoq va mutlaq uzlatda saqlash uchun, Amirtoqqa joʻnatishdi. Endi ayon boʻldiki, bu muomalani ikki maqsadda qilishyapti:

Biri: Eskidan beri xiyonatni qabul qilmaganim uchun, meni gʻazablantirib muammo chiqarib, yoʻq qilishga yoʻl ochish ekan. Bundan hech narsa chiqara olishmagani uchun zaharlab, oʻldirishga kirishishdi. Lekin inoyat-i Ilohiya bilan, Nur shogirdlarining duolari darmon kabi, zahar kesuvchi kabi, sabru-bardoshim toʻliq dori boʻlib reja yarim qoldi. Moddiy-ma'naviy zaharning tahlikasini ketkazdi. Garchi hech qachon, hech qanday hukumatda bu tarzda iskanjali zulmlar qonun nomidan, hukumat nomidan qilinmagan boʻlsada, nafsoniyatimga tegadigan davomli kuzatuvlar bilan hammani qoʻrqitishi meni gʻazablantirar edi. Lekin birdan qalbimga eslatildiki: «Bu zolimlarga gʻazab emas, achinishing kerak. Ularning har biri, juda qisqa vaqtdan soʻng senga bergan vaqtinchalik azobi evaziga ming daraja koʻp boqiy azoblarga va moddiy-ma'naviy jahannamlarga uchraydi. Sening qasosing ming marta koʻpi bilan olinadi. Bir qismi, aqli boʻlsa, dunyoda qolgan muddati boʻyicha, oʻlib ketguncha vijdon azobi va abadiy qatl qoʻrquvi bilan qiynoq ichida boʻladi.» Men ham ularga qarshi gʻazabni tark etdim, ularga achindim. Alloh isloh qilsin, dedim.

— 195 —

Bu azob va qiynoqlarda juda katta savob qozonish bilan birga Risola-i Nur shogirdlari oʻrniga va ularning badaliga men bilan mashgʻul boʻlib, faqat menga azob berishlari Nurchilarga katta foyda va salomatlariga xizmat boʻlgani uchun, ham Janobi Haqqa shukr qilaman va mudhish qiyinchiliklar ichida sevinch his qilyapman.

Toʻrtinchisi: Sening maktubingda mening tinchligimni va agar kuchim yetsa, mening Shom va Hizoj tomonga ketishimga sizning joriy hukumatga murojaat qilingan moddasiga kelsak:

Avvalo: Biz iymonni qutqarish va Qur'onga xizmat uchun Makka boʻlsam ham, bu yerga kelish kerak edi. Chunki bu yerda qattiq ehtiyoj bor. Minglab ruhim boʻlsa ham, minglar xastaliklarga mubtalo boʻlsam va qiynalsam ham, yana bu millatning iymoni va saodatiga xizmat qilishga bu yerda qolishga Qur'ondan olgan darsim bilan qaror qildim va qilganmiz.

Ikkinchidan: Menga qarshi hurmat oʻrniga haqorat eshitish nuqtasini maktubingizda bayon qilyapsiz. "Misrda, Amerikada boʻlganingizda, tarixlarda hurmat bilan yod qilinar edingiz", deyapsiz.

Aziz, diqqatli qardoshim! Biz insonlarning hurmat va ehtiromidan, shaxsimizga oid husn-i zon, ikrom va tahsinlardan yoʻlimiz e'tibori bilan jiddiy qochamiz. Xususan, ajib riyokorlik boʻlgan shuhratparastlik va jozibali xudbinlik boʻlgan tarixlarga ehtishom bilan kirish va odamlarga yaxshi koʻrinish Nurning asosi va yʻoli boʻlgan ixlosga zid va teskaridir. Uni istash emas, bilaks shaxsimiz e'tibori bilan undan hayiqamiz. Faqat,

Qur'onning fayzidan kelgan,

Ma'naviy i'jozining lama'oti boʻlgan,

haqiqatlarining tafsiri hisoblangan va tilsimlarini ochgan Risola-i Nurning rivojini

va hammaning unga ehtiyojini his qilishini,

juda yuksak qiymatini barchaning taqdir etshini,

uning ociq-oydin ma'naviy karomatlarini,

iymon nuqtasida zindiqlarning butun dinsizliklarini magʻlub qilganini va qilishini bildirish, koʻrsatishni xohlaymiz va uni rahmat-i Ilohiyadan kutamiz.

Shaxsimga oid ahamiyatsiz va bir moddani hoshiya sifatida qisman bayon qilaman:

— 196 —

Modomiki Rajab Bey va Qora Kozim sen bilan doʻst va bilishimcha Eski Said bilan ham munosabatlari boʻlgan ekan, ulardan yaxshilik istash emas, balki menga qarshi eskilari kabi ma'nosiz, keraksiz tazyiq va zulmga yoʻl berishmasin. Haqiqatdan bu yerning moddiy-ma'naviy havosi bilan butunlasha olmayapman. Qiyinchiliklarim juda koʻp. Yashash joyimni ham tashqaridan, ham ichkaridan qulflayman. Har tomonlama yolgʻizman. Bir jihatda qoʻshnisiz, siquvchi xonada, xasta holda hayotimni oʻtkazyapman. Ba'zan bir kuni Dengizlida bir oy qamoqdan koʻra koʻproq siqyapti. Ushbu yigirma yil dahshatli zulm bilan hurriyatimga va ozodligimga aralashish yetar endi. Zotan ikki yil mahkamalarning tekshiruvi va munofiqlarning menga qarshi rejalari yarim qolgani ayon boʻldi. Shaxsimda va Nurlarda bu vatan va millatga zarar bor deb vahima qilib hech kimni alday olishmaydi. Men ham hamma kabi hurriyatimga ega boʻlsam, balki havo almashtirish uchun iqlimi moʻ'tadil boʻlgan bu tumanning ba'zi qishloqlariga borishimga ruxsat berilgan ma'lumotnoma boʻlsa, munosib boʻladi. Sizga va u yerdagi Nur doʻstlarimga koʻp salom aytaman va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy

Haqiqatdan marhum Hasan Fayzi kabi qisqa vaqtda koʻp xizmat qilgan va Nurlarga juda jiddiy aloqador Mustafo Usmonning xizmatining maqbuliyatiga dalil sifatida, Hasan Fayzi va uning ruhi va sadoqatida ikki muallim Ahmad Fuad va Mustafo Sungur, yana ikki yuksak talaba Mustafo Oʻruj va Rahmini topishi, ularning Risola-i Nurning kuchli qoʻllar bilan xizmat qilishi, u atrof uchun katta saodatdir.

Ham ba'zi jumlalari toʻgʻrilanib "Ilova"ga kiritilgan Mustafo Usmonning va muallim Mustafo Sungurning birgalikdagi ajib maktublari koʻrsatyaptiki, u yerda marhum Hasan Fayziga oʻxshagan urugʻ koʻkarishni boshlabdi, inshaalloh koʻp bechoralarning iymonini qutqaradi. Xususan ularning mohiyatida va Ispartaning kichik ma'sum qahramonlariga oʻxshagan Rahmi nomli oʻn toʻrt yoshli maktabda oʻqiydigan bolaning Nur darslarini fidokorlik bilan yashash gʻoyasi deb bilishi bizni va Nurchilarni jiddan sevintiryapti. U atrofdagi yoshlarning qutulishiga yaxshi alomatdir.

— 197 —

Risola-i Nurning "Zulfiqor" va boshqa majmualarning tarqalishi uchun katta yordam qilgan va marhum shahid Hofiz Alining eng mukammal yozgan va Nur fabrikasida toʻliq ishchan doʻsti, sodiq vorisi boʻlgan Hofiz Mustafoning qoʻliga omonat qilib topshirilgan butun Risola-i Nur boʻlimlarini bergan Ahmad Fuadni, omonatni unga bergan qardoshimiz Hofiz Mustafoni va Safranbolu viloyatini va u yerdagi qardoshlarimizni ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Inshaalloh "Zulfiqor" uchun bergan har bir banknot evaziga ming foyda oladi, minglar xayrlarga sabab boʻladi.

Boshda Mustafo Usmon, Hifziga, ham unga va qardoshlaridan xatib Ibrohimga, ham yangi fidokor muallim Mustafo Sungurga va kichik Salohiddin boʻlgan Rahmiga va u yerdagi butun qardoshlarimizga salom aytamiz.

Muhtaram, muborak, aziz, shafqatli va fazilatli Ustozimiz Afandimiz Hazratlariga!

Avvalo: Bu safar

لِكُلِّ مُصِيبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Risola-i Nur qahramonlaridan shahid marhum Hofiz Ali Afandining ma'naviy doʻstligiga yetishgan Hasan Fayzi akamizning rixlati, bizni jiddan xafa qildi. Boshda siz Ustozimiz Afandimiz va butun Risola-i Nur talabalariga, u kishining moddiy-ma'naviy oila a'zolariga, madrasa-i Nuriyasiga va Dengizli xalqiga ta'ziyalarimizni bildirib, xafaligingizga ishtirok etaman. Va ahamiyatsiz ma'naviy hadyalarimni dargohi Ilohiyaga taqdim qilib, gʻariqi rahmatlar ehson qilishini niyoz qilaman. كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ qoidasiga asosan bu olamdan ruhlar olamiga olib ketgan,

﴿ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ مِنَ الْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا نِعْمَ اَجْرُ الْعَامِلِينَ ﴾

oyati subhoniy ishorat qilgan ajr-i na'im, koʻp Hasan Fayzilar berishini Allohning lutfidan tazarru va niyoz aylayman.

— 198 —

Muhtaram afandim! Eshitishimcha, Dengizlida bundan yetmish-sankson yil avval buyuk avliyolardan Hasan Fayzi nomli zot bir kuni talabalariga: "Bugun Qurdistonda bir avliyo dunyoga keldi." deb, zoti davlatlariga ishorat bilan bashorat qilgan. Keyin Dengizlida turli xil holatlarda tashrifingiz, u zotning ruhini shod va hurmat qilish uchun boʻlgan deb oʻylagan edim. Oz vaqt oʻtib ayni ismda vafot etgan Hasan Fayzi Afandining Risola-i Nurga hurmat bilan birinchi Hasan Fayziga oʻxshab kutib olishi va Nurlarga oshiq boʻlib xizmatiga kirishi ushbu fikrimni qat-qat ziyodalashtirdi. Endi tushundimki: Birinchi Hasan Fayzining vafotidan keyin Said yetishdi va nomiga munosib ikkinchi Hasan Fayzi ham vazifasini qildi va nurlarga gʻarq boʻlib, oʻrniga koʻp Hasan Fayzilarni vazifa boshiga chaqirib hayot bilan vidolashdi. Janobi Arhamur Rohimindan tazarru va niyoz qilamanki, Risola-i Nurga va ustozimizga bu Hasan Fayzining alamini unuttiradigan koʻp Hasan Fayzilar ehson qilsin. Uning rahmat daryosidan, fazlidan, inoyatidan va ehsonidan, ikromidan, in'omidan, lutflaridan umidvor boʻlib, ularning boshida ustozimizni mas'ud, baxtiyor va uzoq umr koʻrishimizni tazarru va niyoz qilaman.

Gunohkor, ojiz, qusurli talabangiz
Halil Ibrohim
(Rahmatullohi alayhi va 'ala Hasan Fayzi)

Ushbu muammoli davrda nafsim meni sabrsizlik bilan jazolayotgan payda, bu masala uni toʻliq lol qildi, shukr qildirdi. Sizga ham foydasi boʻlar deb, joʻnatilgan bu masalaning asli bosh tomonimda turadi.

1- Ey nafsim! Yetmish uch yil, yuzda toʻqson odamdan koʻproq zavqlardan hissangni olding. Boshqa haqqing qolmadi.

2- Sen oniy va foniy zavqlarning doimiyligini izlayapsan, shuning uchun uning zavoli bilan yigʻlashni boshlayapsan. Koʻr hissiyoting bilan bu yanglishning toʻliq ta'zirini yeyapsan. Bir daqiqa kulish oʻrniga oʻn soat yigʻlayapsan.

3- Boshingga kelgan zulm va musibatlarning orqasida qadarning adolati bor. Odamlar sen qilmagan ish bilan zulm qilishyapti. Lekin qadar sening yashirin xatolaringga binoan, musibat qoʻli bilan seni ham tarbiya, ham xatolaringga kafforat qilyapti.

— 199 —

4- Ey sabrsiz nafsim, yuzlab tajriba qilgansan! Zohiriy musibatlar ostida va natijasida inoyat-i Ilohiyaning juda shirin natijalari borligiga qat'iy qanoat hosil qilgansan.

﴿ عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ﴾

qat'iyyan bir haqiqatni dars beryapti. U darsni doim xotiraga keltiryapti. Falak charxini aylantirgan Ilohiy qonun sening hurmating uchun, (u juda keng qadar qonuni) oʻzgartirilmaydi.

5- Oʻzingga مَنْ آمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ muqaddas dasturini rahbar qil! Aqlsiz, havasli bolalardek vaqtincha, ahamiyatsiz lazzatlar orqasidan quvma! Foniy lazzatlar senga ma'naviy azoblar, afsuslar qoldirishini oʻyla. Muammolar, azoblar esa bilaks ma'naviy lazzatlar va uxroviy savoblar beradi. Sen telba boʻlmasang, vaqtincha lazzatli, faqat shukr uchun qidirishing mumkin. Zotan lazzatlar shukr uchun berilgan.

Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nafsim bilan gʻarib munozarani, menga maxsus, aqlimga ma'lumot uchun sizga yozish keldi. Quyidagicha:

Bilasizki, bosh tomonimdagi lavha nafsimni toliq lol qilgan. Bu kecha nafs-i ammoraning qurolini qayta-qayta qoʻllangan koʻr hissiyotim, nafsoniyatimga qattiq tegib, zaharlanish va kasallikdan kelgan qattiq ogʻriq, siqilish va shaytondan kelgan vasvasa va fe'liy hayotni yaxshi koʻrgan ajib holat bilan, ikkinchi nafs-i ammora oʻrnidagi koʻr hissiyot mening oʻlish ehtimolimdan qattiq xafalik, azob, kuchli hirs, zavq, lazzat bilan qalb va ruhimga ogʻir botdi. "Nega osoyishtaligingga harakat qilmayapsan, balki rad qilyapsan. Nur doirasida zavqli va ma'sum lazzatli hayot va umr qidirmayapsan. Oʻlishga qaror qilib rozi boʻlyapsan?" dedi va aytishdi. Birdan ikki oʻta kuchli haqiqat, ikkinchi nafs-i ammorani shayton bilan birga lol qildi.

Bilinchisi: Modomiki Risola-i Nurning muqaddas iymoniy vazifasi mening oʻlimim bilan yanada xolis kengayadi va hech bir jihatda dunyo ishlariga, "men"lik va anoniyatga vosita bolyapti deb ayblanmaydi. Yana raqobatni harakatlantirgan shaxsiy hayotim boʻlmagani uchun, yanada mukammal va ixlos bilan u vazifa davom etadi. Men dunyoda qolgan muddatimda garchi bir daraja yordam berishim mumkin, lekin oddiy shxsiyatimning ahamiyatli raqiblari, tanqidchilari u shaxsiyatni ayblashi mumkin. Risola-i Nurga ixlossizlik bilan osilishi mumkin va bir daraja chekinadi, qochiradi.

— 200 —

Yana bir daraja posbonlik qilgan shaxsiyatning yotishi, u nuroniy doiradagi butun gʻayrat qilayotganlar xushyor harakatlanadi. Bir navbatchi oʻrniga, minglab posbon chiqadi. Albatta oʻlim kelsa, "bosh ustiga kelding" deyish kerak.

Yana modomiki Nur shogirdlarining koʻpi ham molini, ham tinchligini, ham dunyo lazzatlarini, ham kerak boʻlsa hayotini Nur xizmatiga fido qilishyapti, sen ey nafsim, nima uchun fidokorlikda eng oxirida qolishni istayapsan.

Yana qat'iyyan bilginki: Koʻp bechoralarning boqiy hayotini Nurlar bilan qutqarish xizmatida, foniy va qiyin keksalik hayotingni xursandchilik bilan tashlashga kerak boʻlsa yoki vaqti kelsa rozi boʻlish oʻta lazzatli bir sharafdir.

Ikkinchisi:

Ojiz, zaif, bir botmon yukni koʻtara olmaydigan odamning ustiga oʻn botmon yuk yuklansa,

yana doʻstlari uni juda kuchli deb oʻylab yashirin kamchiligiga yordam berish oʻrniga unda yordam istasa,

u bechora ularning husn-i zonini ketkazmaslik yoki oʻzini juda past koʻrsatish uchun oʻta ogʻir va sovuq hisoblangan xoʻjakoʻrsin va takalluflar bilan oʻzini yuksak va kuchli koʻrsatishga urinishi juda achchiq va zavqsiz boʻlgani kabi:

Ey koʻr hissiyoting ichiga kirgan nafs-i ammora! Bu oddiy shaxsiyatimning va urugʻchalik ahamiyati boʻlmagan iste'dodimdan yuz daraja ustida

va faqat inoyat-i Rabboniya bilan bu qorongʻu va juda xasta asrda Qur'onning muqaddas dorixonasidan chiqqan

va rahmati Ilohiya bilan qoʻlimizga berilgan Risola-i Nurdagi haqiqatlarga u shaxs masdar, manba va asos boʻla olmaydi.

Balki faqat juda bechora, muhtoj va Qur'on eshigida bir tilanchi, muhtojlarga yetkazishga vosita boʻlganim uchun, Nurning muxlis va xolis, siddiq va sodiq, sof va fidokor shogirdlari bechora shaxsiyatim haqida yuz daraja husn-i zonlarini ketkazmaslik

va hissiyotlarini ranjitmaslik, Nurlarga shavq bilan harakatkariga aralashmaslik

va Ustoz deb nomlashgan bechora shaxsni ularning hurmati uchun juda past ekanini koʻrsatmaslik, ogʻir, azob beruvchi takalluflarga, sun'iyliklarga majbur boʻlmaslik uchun,

— 201 —

va yigirma yil ajratib qoʻyilgani uchun, odamlardan qochish fe'li uchun, hatto doʻstlar bilan ham (xizmat-i Nuriya boʻlmasa) koʻrishishni tark qilaman va qilishga ruhan majbur boʻlaman

va takallufga, qiymatidan koʻra koʻproq oʻzini koʻrsatishga

va haddan ortiq husn-i zon qilganlarga xush koʻrinish uchun oʻzini maqom sohibi qilib koʻrsatish

va ixlos siriga batamom teskari - oʻzini katta koʻrsatish va viqor pardasi ostida "men"likning zararli va foniy lazzatini qidirish, ey nafsim, sen maftun boʻlgan lazzatlarni yoʻqqa chiqaradi.

Ey nafs! Ey lazzatga mubtalo badbaxt koʻr hissiyot! Minglab dunyoviy lazzatga ega boʻlsang ham, ushbu vaziyatda yana buziladi, u zavq ayni azob boʻladi. Modomiki oʻtmishdagi yuzda toʻqson doʻstlar goʻyo meni barzohga chaqirayotgan ekan, ushbu hozir zamondagi oʻn dostdan qochishga majbur boʻlyapman. Albatta, ushbu keksalik va yolgʻiz hayot oʻrniga barzohning ma'naviy hayoti ming daraja yaxshiroq... deb ushbu ikki haqiqatga, hadsiz shukrlar boʻlsin, ikkinchi nafs-i ammorani toʻliq lol qildi, qalb va ruhdan kelgan lazzatga rozi boʻldi, shayton ham jim boʻldi. Hatto tomirlarimdagi moddiy xastalik ham oʻta yengillashdi.

Al-hosil: Oʻlsam, vazifa-i Nuriya yanada koʻproq ixlos bilan raqobatsiz, ayblovlarsiz tarqaladi. Yana bu davrda juz'iy, vaqtinchalik lazzatni qidirmaganim uchun, hayot va dunyo koʻzi bilan Nur fathlaridan kelgan lazzatning oʻrniga, juda oʻgir, sovuq, noxush takalluflarning azoblaridan, xudbinlik zahmatlaridan va sun'iylik zararlaridan qutulish bor.

Yana bu yil bir marta ey nafs, ruh va qalb bilan birga juda mushtoq boʻlgan eski zavqli va yashagan viloyatlarni va bogʻlangan doʻstlarni va ayrigʻidan mahzun boʻlgan qardoshlarni koʻrish uchun oʻtgan moziyda birgalikda qisman haqiqatdan, qisman xayolan aylanding. Sen ham koʻrdingki, sevimli, turli vatanlarimda, yuzda faqat bir-ikki doʻstni topa olding. Boshqa hammalari barzoh olamiga koʻchishgan va sevimli hayot lavhalari oʻzgargan, alamli va hazin vaziyatga kirgan. Inson doʻstsiz joylarni boshqa koʻrishni istamaydi. Shuning uchun bu hayot va bu dunyo bizni quvishidan avval va "Qani, tashqariga" demay turib, biz kamoli izzat bilan Allohga topshirdik deb hurmatimiz bilan bu foniy lazzatlarni tashlashimiz kerak.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Barcha qardoshlarimizga minglar salom va
duo qilgan xasta, lekin juda baxtiyor qardoshingiz
Said Nursiy
— 202 —

Sizlarni va umum Risola-i Nur shogirdlarini, xususan Madrasa-i Nuriya talabalarini va bilxossa marhumning qarindoshlarini Mardrasa-i Nuriyaning muborak ustozi Hoji Hofiz Mahmudning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildiramiz. Nurlar hisobiga butun ruhu jonimiz bilan biz dunyoda qolgan muddat davomida unga rahtam duosi qilishga va Hofiz Ali va Hasan Fayzi oʻrtasida doim butun ma'naviy daromadlarimizga hissador qilishga qat'iy qaror qildik.

Juda ahamiyatli va Nur xizmatida muvaffaqiyatli marhum muborak zotning mukammal vazifasini bitirib yuzlab ma'naviy avlod va xayru-l xalaf qoldirib ketgani va hayot vazifasidan boʻshatilgani, rahmat va istirohat olamiga ketgan payti, buyuk ustozlarim doirasiga qozonchlarimni bagʻishlagan paytim, Hofiz Ali, Hofiz Mahmud, Mahmud Zuhdu va Savli Ahmad va Hasan Fayzi ichida beixtiyor Hoji Hofiz Mahmud hali hayotdaligida oʻn kundan beri ularning ichida koʻrayotgan edim. "Vafot etganlar ichida bu ham bor ekanda", dedim, aralashmadim. Ham hayotdagilar ichida, ham ustozlar doirasida boʻlishiga hayratlandim. Endi bu maktubingizdan anglashildiki, uning xolisona muqaddas xizmatining bir karomati, oʻz vafotini his qilgan edi. Hofiz Ali, Hasan Fayzi oʻrtasida maqomim bor deb e'lon qilgan edi. Janobi Haq uning amal daftariga Sav madrasa-i Nuriyasida oʻqilgan va yozilgan risolalarning harflari adadicha ruhiga rahmatlar va qabriga nurlar ehson aylasin, omin. Ayni tizimda toʻliq xayru-l xalaf oʻgʻli Hofiz Mahmud va nabirasi Ahmad Zakiyni uning vazifasini davom ettirishga muvaffaq aylasin, omin! Ularning umumiga sabr-i jamil ehson aylasin, omin.

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim va Nur shogirdlarining kichik pahlavonlari!

"Asoy-i Muso"ning oxirlarida (ba'zi nusxalarda) muboraklar pahlavoni buyuk ruhli Kishik Ali nomli bir qardoshimizning savoliga bergan javobim dor. Uni oʻqinglar. U kishiga ba'zi e'torizchilar Risola-i Nurning qiymatini bir daraja ketkazish uchun "Hamma Allohni biladi. Oddiy odam bir valiy kabi Allohga iymon keltiradi", deb Nurlarning bu mavzu ustida oʻta yuksak va juda qiymatli va gʻoyat kerakli qayta-qayta urgʻu berib toʻxtalishining ortiqchaligini koʻrsatishni xohlashgan.

— 203 —

Hozir Istanbulda (yanada dahshatli bir fikrda) anarxist tushunchali mutlaq kufrga ketgan bir qism munofiqlar, Risola-i Nurdek non va suvga ehtiyoj darajasida hamma muhtoj boʻlgan iymoniy haqiqtlarga ehtiyojni kamaytirish hiylasi bilan, "Har millat, har kim Allohni biladi. Uni boshqatdan dars olishga koʻp ehtiyojimiz yoʻq", deb javob berishni istashyapti.

Holbuki: Allohni bilish:

butun koinotni qamragan rububiyatiga

va zarralardan yulduzlargacha hamma juz'iy va kulliy narsa qabza-i tasarrufida, qudrat va irodasi bilan boʻlganiga qat'iy iymon keltirish

va mulkida hech qanday sherigi yoʻqligiga

va muqaddas "La Ilaha Illalloh" kalimasiga, haqiqatlariga iymon keltirish, qalban tasdiqlash bilan boʻladi.

Yoʻqsa "Bir Alloh bor", deb:

butun mulkini sabablarga va tabiatga taqsimlab, ularga tayangan, Xudo saqlasin, hadsiz sheriklar oʻrniga sabablarni qoʻygan va manba deb bilgan

va hamma narsaning yonida hozir iroda va ilmini bilmagan

va shiddatli amrlarini tan olmagan

va sifatlarini

va joʻnatgan elchilarini, paygʻambarlarini bilmagan kimsada

albatta, hech bir jihatda Allohga iymon haqiqati yoʻq! Balki u gaplarni mutlaq kufrdagi ma'naviy jahannamning dunyoviy azobidan oʻzini bir daraja tasalli qilish uchun aytgan.

Ha, inkor qilmaslik boshqa, iymon keltirish tamoman boshqadir!

Ha, koinotda hech bir shuur egasi, uning qismlaricha guvohlari boʻlgan Xoliq-i Zuljalolni inkor qila olmaydi. Qilsa, butun koinot uni yolgʻonchiga chiqarishini bilib jim turadi, loqayd boʻladi. Ammo unga iymon keltirish: Qur'on-i Azimushsha'n dars bergani kabi, Xoliqni sifatlari bilan, ismlari bilan umum koinotning shahodatiga tayanib qalbdan tasdiqlash va elchilari orqali joʻnatgan amrlarga boʻysunish, gunoh va buyruqqa qarshi chiqqanda qalban tavba va nadomat qilish bilan boʻladi! Yoʻqsa, buyuk gunovlarni bemalol qilib, istigʻfor aytmaslik va pushaymon boʻlmaslik, iymondan hissasi yoʻqligiga dalil boʻladi. Nima boʻlganda ham... Farzandlarim, ahamiyatli bir hodisa sizga bu uzun masalani qisqacha bayon qilishga sabab boʻldi. Hozircha sizga Risola-i Nurning ahamiyatli shogirdlari nazari bilan qarayapman. Mustafo Oʻruch juda omadli, oʻz tizimida, ruhida va jiddiyatida qisqa vaqtda sizni topdi. Bir ekan, oʻn Mustafo boʻldi.

Said Nursiy
— 204 —

Aziz, muhtaram qardoshim!

Avvalo sizning bir risolachalik toʻliq, uzun, mudaqqiq, haroratli maktubingizni kamoli qiziqish bilan oʻqidim. Peshin vaqti sizga shuni bayon qilamanki: Risola-i Nurning ustozi va Risola-i Nurga "Jaljalutiyya Qasidasi"da ramzli ishoratlari bilan juda aloqador boʻlgan va mening iymon haqiqatlarida xususiy ustozim Imom Alidir (R.A.). Va

﴿ قُلْ لَا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبَى ﴾

oyati nassi bilan, Oli Baytning muhabbati, Risola-i Nurda va yoʻlimizda asos ekan, vahhobiylik tushunchasi hech bir jihatda Nurning haqiqiy shogirdlariga boʻlmasligi kerak. Lekin modomiki bu davrda zindiqlar va zalolatdagilar ixtilofdan foydalanib, ahl-i iymonni adashtirib, sha'oirni buzib, Qur'on va iymonga qarshi kuchli harakatlari bor ekan, albatta bu mudhish dushmanga qarshi juz'iy tafarru'otga doir ixtilofli munoqashalarning eshigini ochmaslik kerak boʻladi.

Yana oʻlgan insonlarni ayblashning umuman keragi yoʻq. Ular dor-i oxiratda, jazo yoki mukofot yeriga ketishgan. Ularning keraksiz, zararli kamchiliklarini gapirish, amr qilingan ol-i baytning muhabbati iqtizosi emas, kerak ham emas, deb Ahli Sunnat va-l Jamoat sahabolar davridagi fitnalardan mavzu ochishdan man etishgan. Chunki Jamal voqeasida Ashara-i Mubashsharadan Zubayr, Talha va Oyisha-i Siddiqa Raziyallohu Anhumlar boʻlgani uchun, Ahli Sunnat va-l Jamoat u xarbni ijtihod natijasi deb, Hazrati Ali (R.A.) haqli, narigi tomon haqsiz, lekin ijtihod natijasi boʻlgani uchun avf qilinadi. Vahhoibiylar, haddidan oshgan Rofiziylar yoʻli Islomiyatga zarar qilmasin deb Siffiyn Harbidagi bogʻylardan ham mavzu ochishni zararli deb koʻrishadi.

Hajjoj-i Zolim, Yazid va Valid kabi nusxalarga Kalom Ilmining buyuk allomasi Sa'diddin Taftazoniy, "Yazidga la'nat joizdir", degan. Lekin "La'nat vojib", demaganlar. "Xayrdir va savobi bor", demagan. Chunki ham Qur'onni, ham Paygʻambarni, ham butun sahabolarning muqaddas suhbatlarini inkor etgan hadsiz. Hozir ulardan yuzaga kelganlar koʻp. Shar'an bir odam mal'unlarni umuman eslamay la'nat aytmasa, hech qanday zarari yoʻq. Chunki ayb va la'nat, madh va muhabbat kabi emas, amal-i solihga dohil boʻlmaydi. Agar zarari boʻlsa, yanada yomonroq...

Hozir yashirin munofiqlar, Vahhobiylik bilan Islomiyatni eng koʻp va Qur'on haqiqatlarini muhofaza qilishga ma'mur va mukallaf boʻlgan bir qism domlalarni oʻzlariga ogʻdirib, ahl-i haqiqatni Alaviy deb ayblab bir-biriga qarshi qoʻllab Islomiyatga dahshatli zarba uroshga uringanlar bor. Sen ham bir oz maktubingda yozyapsan.

— 205 —

Hatto bilasanki, mening va Risola-i Nurga qarshi qoʻllanilgan kuchli vositani domlalardan topishgan. Hozir Haramayn-i Sharifaynga hukm qilgan Vahhobiylar va mashhur, kuchli dohiylardan Ibnu-t Taymiyya va Ibnu-l Qayyim Javziyning juda ajib, jozibali asarlari Istanbulda koʻpdan beri domlalarning qoʻliga tushgan. Xususan avliyolarga qarshi va bir daraja bid'atlarga ruxsat beradigan yoʻllarini oʻzlariga parda qilishni istagan, bid'atlarga aralashgan bir qism domlalar sizning Ol-i Baytga muhabbat tufayli va hozir izhor qilish kerak boʻlmagan ijtihodingizni sabab qilib ham senga, ham Nur shogirdlariga zarba urishlari mumkin. Modomiki ayblamaslik va takfir qilmaslikda shar'iy amr yoʻq, lekin ayblashda va takfir qilishda shar'iy hukm mavjud. Agar ayblov va takfir nohaq boʻlsa, katta zarari bor, agar haqli boʻlsa hech qanday xayr va savob yoʻq. Chunki takfir va ayblovga loyiq hadsizdir. Ayblamaslik, takfir qilmaslikda hech qanday shar'iy hukm yoʻq, umuman zarari ham yoʻq. Demak, bu haqiqat uchun ahl-i haqiqat, boshda A'imma-i Arba'a, Ahl-i Baytning A'imma-i Isna 'Ashar boʻlgan Ahli Sunnat mazkur haqiqatga asoslangan muqaddas qonunni oʻzlariga rahbar qilib, Musulmonlar ichida eski davr fitnalaridan mavzu ochish, bahs va tortishishni joiz deb koʻrishmagan, manfaatsiz, zarari bor deyishgan.

Yana harblarda juda ahamiyatli sahobalar, ikki tomonda ham boʻlishgan. U fitnalardan gapirganda, qalbga haqiqiy sahobalarga, Talha va Zubayr (R.A.) kabi Ashara-i Mubashsharaga ham tarafgirona inkor, e'tiroz keladi. Xato boʻlsada, tavba ehtimoli kuchli. Eski davrga borib keraksiz, zararli, shariat amr qilmay u holatlarni tadqiq qilish oʻrniga hozirgi davrda amalda Islomiyatga dahshatli zarbalarni urgan, minglar la'natga, nafratga loyiq boʻlganlarga ahamiyat bermaslik - moʻmin va mudaqqiq kishining muqaddas vazifasiga muvofiq boʻlmaydi...

Hatto Sabri bilan kichik munoqashangiz ham Risola-i Nurga, ham iymon haqiqatlarining yoyilishiga ahamiyatli zarar qilganini sendan yashirmayman. Oʻsha vaqtda bu yerda his qildim, ta'sirlandim va azoblandim. Keyin sendek ahli tahqiq olimning Risola-i Nurga u yerda ahamiyatli xizmatga sabab boʻladigan Sabrining borishi, ikkkingizdan buyuk Nur xizmati kutayotgan edim. Lekin aksincha uch jihatda Nurga zarar kelganini his qildim va koʻrdim. Ajabo, nega bu zarar boʻldi, deb ikki-uch kun oʻtib xabar oldimki, Sabri sen bilan ma'nosiz, keraksiz munoqasha qilibdi, sening jahling chiqibdi.

— 206 —

Eyvoh dedim, "Yo Rab! Erzurumdan yordamga kelgan usbu ikki kishining munoqashalarini kelishuvga aylantir!" deb duo qildim. Risola-i Nurning "Ixlos Lam'alari"da aytilganidek, hozir ahli iymon nafaqat musulmon qardoshi bilan, balki hristianlarning dindor ruhoniylari bilan ittifoq qilish va ixtilofli masalalarni e'tiborga olmaslik, nizo qilmaslik kerak. Chunki mutlaq kufr hujum qilyapti. Sening diniy hamiyating va ilmiy tajribang, Nurlarga aloqangizdan iltimos qilamanki, Sabri bilan oʻtgan mojaroni unutishga harakat qil va uni afv et, kechir. Chunki u oʻz aqli bilan gapirmagan, eskidan beri domlalardan eshitgan narsalarni, keraksiz munoqasha bilan aytgan. Bilasanki, buyuk bir hasana va yaxshilik, koʻp gunohlarga kafforat boʻladi. Ha, hamshaharimiz Sabri, haqiqatdan Nurga va Nur vositasida iymonga shunday bir xizmat qilganki, ming xatosini afv ettiradi. Sizning oliyjanobligingizdan Nur xizmatlari hurmati uchun bir doʻst hamshahari va Nur xizmatida doʻst nazari bilan qarashingiz kerak.

Sahobalarning bir qismi, u harblarda izofiy va nisbiy adolat, shar'iy ruxsatni oʻylab tobe boʻlish, Hazrati Ali (R.A.) ergashgan haqiqiy adolat va shar'iy azimat bilan birga zohidlik, behojatlik, tejamkorlik yoʻlini tark qilib qarshi tarafga bu ijtihod natijasida kirganlarini, hatto Imom Alining (R.A.) ukasi Uqayl va "Habru-l Umma" unvonini olgan Abdulloh Ibni Abbos ham bir vaqt qarshi tarafda boʻlishgani uchun, haqiqiy Ahl-i Sunnat val Jamoat

مِنْ مَحَاسِنِ الشَّرِيعَةِ سَدُّ اَبْوَابِ الْفِتَنِ

bir asosiy shar'iy dasturga binoan

طَهَّرَ اللّٰهُ اَيْدِيَنَا فَنُطَهِّرُ اَلْسِنَتَنَا

deb fitnalarning eshigini ochishni, gapirishni joiz koʻrishmagan. Chunki bir necha e'tirozga loyiq kishi boʻlsa, tarafgirlik hissi bilan buyuk sahobalarga, hatto qarshi tomonda boʻlgan Ol-i Baytning bir qismiga, Talha va Zubayr (R.A.) kabi Ashara-i Mubashsharadan buyuk zotlarga e'tirozni boshlaydi, ayblov va adolat mayli uygʻonadi deb, Ahli Sunnat u eshikni yopish tarafdoridir. Hatto Ahl-i Sunnatning va Kalom ilmining azim imomlaridan mashhur Sa'diddin Taftazoniy, Yazid va Validlarni la'natlash va toʻgʻrilashga ruxsat berishgan.

— 207 —

Sayyid Sharif Jurjoniy kabi Ahl-i Sunnat val Jamoatning allomalari, "Yazid va Validlar zolim, ayyor va fojir boʻlsalarda, sakarotgacha iymonsiz ketishgani noma'lum. Va qat'iyyan bilinmagani uchun, u shaxslarning qat'iy nass va aniq dalil boʻlmagan vaqtda, iymon bilan ketish ehtimoli va tavba qilish ehtimoli boʻlgani uchun, xususiy shaxsga la'nat aytilmaydi. Balki

﴿ لَعْنَةُ اللّٰهِ عَلَى الظَّالِمِينَ وَ الْمُنَافِقِينَ ﴾

kabi umumiy unvon bilan la'nat joiz boʻlishi mumkin. Yoʻqsa zararli, keraksiz boʻladi." deb, Sa'diddin-i Taftazoniyga javob berishgan. Sening mudaqqiq va olimona maktubinga uzun yozmaganimning sababi va ahamiyatli, xastaligim va muhim ishlarim ichida shoshilib shuncha yoza oldim.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Jannatu-l Firdavsning mevalari va Madrasatu-z Zahroning faol hay'atining amal sahifalari va hasanot daftarlari boʻlgan "Zulfiqor" va doʻstlarining salomat bilan juma kechasi chumchuqning bergan xushxabaridan ikki soat oʻtib kamoli sevinch bilan oldik. Sizga ularning harflari sanogʻicha "Barakalloh, vaffakakumulloh va as'adakumullohu fid dorayn", deb ruhu jonimiz bilan tabriklaganimiz kabi, bu viloyatni ham tabriklaymiz. "Zulfiqor"ning chiqish muqaddimasi boshlashi bilan dinga tarafdor kuchli jarayonlar va qarshi tajovuzlarning toʻxtashi va bir qismi qaytib eski xatolarini tuzatishga kirishishi koʻrsatadiki, hozir oʻzi chiqqan va nashr qilinishi, inshaalloh yurt uchun Islomiyat jihatida buyuk foydasi boʻladi va zulmatlarni tarqatadi degan ishorat beryapti.

Ha, shimoldan kelgan mutlaq kufr jarayonini toʻxtatadigan narsa faqat Risola-i Nurdir. Siyosat, diplomatiya bu vazifani bajara olmaydi. Shuning uchun vatanparvar, millatparvar va siyosatchilar Nurlarni mahkam tutishga majbur. "Zulfiqor"ning yuzaga kelishi uchun harakat qilganlarning ma'naviy shaxsining, balki har bir kishining qiyomatdagi hasanot daftariga yetti yuz sahifasi bilan bitta hasanot sahifasi boʻlishini rahmat-i Ilohiyadan niyoz qilamiz.

— 208 —

Modomiki iymon haqiqatlari yuksak ibodat va hasana ekan va u bilan koʻplarning iymonini qutqarish minglab hasana hukmida ekan, uning chiqishiga harakat qilgan kishilarning har biri uni oʻqib, tinglab e'tiqod qilishi bilan aynan qilgan boshqa xayrlar daftari kabi uxroviy hujjat hisoblanadi. Albatta ularning va ma'naviy shaxsining oxiratda hasanot daftaridan yetti yuz sahifasi bilan "Zulfiqor" bitta sahifa boʻlib, aynan nashr qilinishi va bir sahifasi hukmiga oʻtkazish had-hisobsiz rahmatning sha'nidir.

Ikkinchidan: Garchi Nurlar kirgan joyda gʻalaba qilsada, qaysar va inkorida turib olgan zindiqlar, moddaparastlar qoʻlidan kelgancha futuhotiga ziyon qilish uchun hiylalar bilan siyosatchilarga vahima qilishga urinishyapti. Inshaalloh hech narsa qila olishmaydi. Lekin ehtiyot har doim yaxshi. "Sirran tanavvarat" dasturi davom etyapti. Bu kabi bir necha majmua chiqqunicha ogʻir va ehtiyot boʻlishlari kerak. Bu safar "Sirr-i Inna a'toyna"ning ramzli risolasini oʻn uch yildan beri koʻrmagan boʻlsamda, bu yerga joʻnatish bir daraja ehtiyot qoidasiga teskari boʻlgani kabi, hamma ham tushunmaydi, ham ta'vil va tafsir qilish kerak. Chunki "Ilova"da bir maktubda yozgan edimki, ikki haqiqat qisqacha eslatildi:

Biri: Bir daraja tor doirada bir nur koʻrsatilgan edi, keng doirada deb ma'no berib, qirq yil avval "Bir nur koʻramiz" deb, xushxabar bergan edim. Hatto hurriyatdan avval, eski talabalarimga ham takror-takror gapirgan edim. Uni keng siyosat doirasida boʻladi deb oʻylagan edim. Holbuki bu yurtning eng koʻp muhtoj boʻlgan iymoniy va Islomiy va Islomiy ijtimoiy hayoti doirasida Risola-i Nurni koʻrasiz, deb menga haqiqatdan eslatilgan edi. Men ham avvaldan sezish hissi bilan urgʻu berib va takror-batakror gapirgan edim. Lekin u haq va haqiqatli masalaning suratini oʻzgartirgan ekanman.

Ikkinchisi: Menga Sha'oir-i Islomiyaga va Islomiy siyosatga zarba urganlar oʻn ikki, oʻn uch, oʻn toʻrt, oʻn olti yil ichida katta-katta zarba yeyishadi, deb eslatildi. Avvalgi masalaning aksiga, keng doirada sodir boʻlgan hodisalarni va buyuk jamoatlarga kelgan ta'zirlarni, kichik doirada shaxslarga keladigan ta'zirlar suratida ma'no bergan edim. Oʻn ikki yil oʻtib, aynan ikki doirada ham kichik, ham katta eng mudhishi dunyoni tark etganidek, katta doirada ham unga oʻxshab dahshatli jamoatlar, oʻn ikki, oʻn uch, oʻn toʻrt, oʻn olti yil oʻtib ayni ta'zirlani yeyishdi va yeydilar, deb eslatildi.

— 209 —

Men ta'vilim bilan bu katta doirani faqat kichikka tatbiq qilganimdek, avvalgi nur masalasida ham bil'aks kichik doirani va faqat iymoniy Nur hodisasini juda keng siyosat doirasida ta'vilim bilan ma'no bergan edim. Shuning uchun "Sirr-i Inna A'toyna"ni hamma birdan tushunmaydi. Ham shaxsiy ismlari bunday ilmiy masalalarga kirmasligi kerak boʻlgani uchun, u risola hatto oʻn uch yildan beri qoʻlimga tushmagani toʻgʻri. Qardoshlarim unga qiziqishmasin. Agar juda qiziqsa, "Sirr-i Inna A'toyna"ning boshida hozirgi "Ikkinchidan" deb boshlangan boʻlimni va bu masalaga doir "Ilova"ga kirgan boʻlimni oʻqishi kerak, yoʻqsa umuman oʻqimasin. Ikkinchi umumiy urush va dahshatli shaxsning dunyodan ketishi bilan va hozir uning tizimi orqaga qaytgani va bir qismi u yoʻlga qarshi rasman din foydasiga harakat qilishi va iymon ahlining mutlaq istibdoddan bir daraja qutulishi va oz ta'vil bilan u risolachaning bergan xabarlari aytilgan yillarda sodir boʻlishi, u suraning bir i'joz lam'asi hisoblanadi. Lekin hayajonli ta'villarim parda tortgan, haqiqat yashiringan ekan.

Aziz, muhtaram qardoshim!

Bir ming uch yuz qildan beri Islom olamini yigʻlatgan va butun haqiqatlarga "Eyvohlar! Ming afsus!" dedirgan Islom olamining eng dahshatli buyuk yarasini teshish, oʻylash, mening xususiy yoʻlimda chidab boʻlmaydigan darajada azob beradi. Xususan, yigirma besh yildan beri ixlos bilan haqiqiy iymon xizmati, meni bir jihatda siyosatga kirishdan tortgani va yigirma yil ichida bir gazetani oqitmagani kabi, yigirma yil ushbu iskanjali asirligimda siyosiy hayotni kuzatmaslik uchun hukumatga qamalish mudofaasidan boshqa murojaat qilmagan va iymon vazifasiga kamchilik kelmasligi uchun, ixlosni ketkazmaslik, siyosatga aralashmaslik uchun oʻn yildan beri ushbu dahshatli jahon urushini kuzatmagan va kuzattirmaydigan ruhiy holatda boʻlishga majburman. Endi esa dahshatli ajdarholar iymon haqiqatlariga qarshi iymon ahliga koʻz oʻngimizda hujum qilishgani uchun va koʻpchilik ahli iymonni ularning chaqishidan qutqarish majburiyatini Qur'on amr qilgan ekan, bu davrni tashlab, eski davrga borib, Ahl-i Baytga kelgan dahshatli zulmlarni tomosha qilishi, ruhimni yanada ezadi va ma'naviy quvvatni ketkazib ruhimga azob ustiga azob beradi.

— 210 —

Zolim siyosatning "jamoat uchun fard fido qilinadi" degan ayyorona dasturi oʻta zolim juda koʻp sodir etilishi, ahvanu-sh shar deb, bir jihatda izofiy adolat nomli hokimiyatiga foyda deb koʻrsatishgan. Hatto bu asrda u hiylali dasturning hukmi bilan bir kishining xatosi bilan bir qishloqni yoʻq qilishadi. Besh-oʻn odam ularning siyosatiga zarar beradi degan taxmin bilan minglab odamni abgor qiladi.

Eski davrda bir daraja siyosatning bu ayyor dasturi Musulmonlar ichiga kirgani uchun, bu mudhish dasturlar siyosatda salaf-i solihiyn majburan sukut qilib va Ahl-i Sunnat val Jamoat imomlari u eshiklarni yopishgan va

طَهَّرَ اللّٰهُ اَيْدِيَنَا فَنُطَهِّرُ اَلْسِنَتَنَا

deb ochishmaydi.

Modomiki Ahl-i Baytga zulm qiganlar hozir oxiratda jazosini koʻrishyaptiki, bizning ularga hujum qilib yordamimizga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Mazlum Ahl-i Bayt vaqtinchalik azob va qiyinchilik evaziga shu daraja yuksak mukofot olishganki, aqlimiz qamray olmaydi. Hozir nafaqat ularga achinish, balki ularga hadsiz rahmatga sazovorliklari nuqtasida minglar tabriklashimiz kerakki, bir necha yil qiyinchilik bilan oxiratda millionlar martabalar va boqiy saodatlar qozongalari kabi, dunyoda qolgan muddatlari davomida ahamiyatsiz, dunyoning foniy saltanati va vaqtinchalik hokimiyati va aralash siyosat badaliga bittadan ma'naviy sulton va haqiqat olamida bittadan shoh, bittadan ma'naviy podshoh maqomini qozonishdi. Valiylar oʻrniga avliyolar, aqtoblarga qoʻmondon boʻldilar. Daromadlari birga ming emas, millionlar boʻldi.

Ushbu sir uchun, Yangi Saidning xususiy ustozi Imom Rabboniy, Gʻavs-i A'zam va Imom Gʻazzoliy, Zaynulobidiyn (R.A.) (xususan "Javshanu-l Kabir" munojotini ushbu ikki imomdan dars olganman) va Hazrati Husayn va Imom Alidan (Karramallohu Vajhahu) olgan darsim, oʻttiz yildan beri, xususan ularga doim ma'naviy irtibotimda "Javshanu-l Kabir" bilan oʻtgan haqiqatni va hozirgi Risola-i Nurdan bizga kelgan yoʻlni olganman.

Yoʻlimizda zolimlarning hiylalarini nafaqat yoʻqotish, kuzatish balki, oʻylash ham yoʻq. Chunki ular jazosini va mazlumlar mukofotini, bizning aqlimizga sigʻmaydigan darajada olishgan. U masalalar bilan mashgʻul boʻlish, hozirgi diniy musibatga qarshi biz mukallaf boʻlgan vazifa-i Qur'onga zarari tegadi. Kalom ilmi ulamolari, Ususlu-d Din allomalari va Ahli Sunnat val Jamoatning ham muhaqqiqiynlarining Islomiy aqidalarga doir koʻp tadqiq va muhokamalar, oyat va hadislarni muvozana bilan qabul qilgan Usulu-d Din dasturlari, hozirgi Risola-i Nurning yoʻlini muhofaza qilishga buyuradi, quvvat beradi. Hatto hech qayerda, hatto ahli bid'at qismi ham yoʻlimizga aralashmaydilar.

— 211 —

Ixlos haqiqati toʻliq muhofaza qilingani uchun, har qanday ahli Islom ichiga kiradi. Shialikda mutaassib va Vahhobiylikda haddan oshgan, faylasuflarning eng moddiyi va bilim olimlarini va mutaassib domlalarning eng anoniyatlisi, barobar Nur doirasiga kirishni boshlaganlar va qisman hozir ham birodardirlar. Hatto ba'zi missionerlar ham Iso (A.S.) dinining haqiqiy ruhoniysi ham u doiraga kirishlariga belgilar bor. Bir-biriga hujum emas, balki tayanish, kelishish kerakligini his qilib munoqashali mavzularni ochishmayapti. Demak Imom Alining (R.A.) ottiz- qirq ishorati bilan ochiq-oydin xabar bergan Risola-i Nur bu davrning mudhish yaralariga toʻliq darmondir. Shuning uchun u doira bizga kifoya qilgan, tashqariga chiqmaymiz.

Imom Alining (Karramallohu Vajhahu) shaxsiga, hayotiga va haqiqiy adolat asosida olib borgan siyosatiga aralashish, zarba urish boshqadir. Zohiriy shaxsiyatidan, dunyoviy hayotidan va ijtimoiy siyosatidan minglab daraja yuksak ma'naviy shaxsiyatiga va ilmiy kamolotiga, valiylik maqomlariga va vorisligiga zarba bormaydi, bormagan va bora olmaydi. Kimning haddi sigʻadi? Shuning uchun, ikki jihatni birlashtirish farazi bilan qarshisida tortishishga uringanlarning hujumi juda dahshatli koʻrinadi. Ahl-i iymon oʻrtasida bunday hodasi nega sodir boʻladi? deb hayratlantiradi. Holbuki Yazid va Valid kabi iflos nusxalar mustasno, boshqalarning aksariyati Imom Alining (R.A.) gʻaroyib kamolotiga, karomatlariga va vorisligiga aralashish emas, faqat ijtimoiy hayotga oid boshqaruviga zarba urishga urinib, xato qilishgan.

Tashqi katta dushmanning hujumi paytida, ichki kichik dushmanliklarni tashlash shart boʻladi. Yoʻqsa hujum qilgan katta dushmanga yordam bergandek boʻladi. Shuning uchun Islom doirasida eskidan beri tarafgirlik bilan bir-biriga qarshi boʻlgan ahli Islom, ichki dushmanliklarni vaqtincha unutishini Islom manfaati iqtizo qiladi.

— 212 —

Aziz, siddiq, bahtiyor qardoshim Sulaymon Rushdu!

Seni, ukang qahramon Burhonni, ikki muborak, ma'sum farzandingni, oila a'zolaringni Risola-i Nur nomidan va umum shogirdlar hisobidan ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Bunday muqaddas va doimiy savob keltiradigan uxroviy xizmatda muvaffaqiyatingizni kelajakda Isparta va bu yurt olqishlaydi. Sizga juda xayrli duolarni qozontiradi. Inshaalloh "Zulfiqor" kabi yana koʻp risolalar yozishga muvaffaq boʻlasiz. Bu ajib sharoit ichida favqulotda muvaffaqiyat ham "Zulfiqor"ning, ham sadoqatingizning karomatidir. Sening juda muborak tushing amri Ilohiy bilan Qur'onni Hazrati Paygʻambarimiz Alayhissalotu vas Salomga berish, Hazrati Jabroilning vazifasining bir jilvasidir. Xizmatimiz ham rizo-i Ilohiyga, ham rizo-i Paygʻambariyga (A.S.V.) muvofiqligiga ishoratdir. Tushing, "Moʻ'jizot-i Qur'oniya"ni "Moʻ'jizot-i Ahmadiya" vositasida ummati Muhammadiyaga (A.S.V.) yetkazish ma'nosida ta'bir qilinadi.

Kichik oyna parchasida quyoshning timsoli ziyosi bilan oynani tutgan odamga munosabati boʻlgani, bir jihatda xabarlashgani kabi, xususiy tajalliy bilan tushlarda (salafi solihiynda bunday tushlar boʻlgan) maqbuliyat va rizo alomatidir. Hazrati Paygʻambarning (A.S.V.) yonida koʻrgan kishing Nur va Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiyatidir.

Vazifamiz ixlos bilan, sabot va birdamlik bilan mumkin boʻlgancha ehtiyot bilan "sirran tanavvarat" irshodi Alaviyani amalda tasdiqlash, unga asosan harakat qilishdir. Yoʻqsa dushmanlarga javob qaytarish va ularning hujumidan oʻzini yoʻqotish emas. Mivaffaqiyat va futuhot-i Nuriyani, rivoj bilan yoyilishi, vazifa-i Ilohiyadir. Biz vazifamizni qilib vazifa-i Ilohiyaga aralashmasligimiz kerak, deb ham menga, ham sizning oʻrningizga tasalli topdim.

Besh Ahmaddan Safranboluda Hasan Fayzining toʻliq oʻrniga oʻtgan toʻliq vorisi Safranbolulik Ahmad Fuadning oʻta samimiy va fidokor maktubida, mening oʻrnimga aynan Hasan Fayzi, Hofiz Ali kabi qolgan hayotini menga berib, mendan avval barzohga ketish uchun duo qilyapti. Holbuki hozir uning hayoti Nurlarga foydaliroq.

— 213 —

Menga nisbatan yosh, faol qardishim mendan keyin qardoshlarim kabi vazifa-i Nuriyamni qilishyapti deb mukammal qalb xotirjamligi bilan ajalimni kutdim. Janobi Haq Nurlarga u kabi koʻp fidokorlarni qovishtirsin.

Yana juda eski, juda sodiq, ham juda iqtidorli, matonatli Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Duradgor Hamadning va madrasa ustozi marhum Hoji Hofizning karomatli vafotiga doir chiroyli, hazin maktubida Madrasa-i Nuriya shogirdlarining marhum ustozlariga dindor holatlari va yomgʻirning qiyinchilik tugʻdirmasligi va ularni hoʻl qilmaslik va sovuq yedirmaslik uchun toʻxtashi, ish bitgandan keyin boshlashi marhum zotning ruhiga buyuk rahmatlarning tushishiga belgi boʻlib... Janobi Haq u rahmat qatralari sanogʻicha unga va ularga rahmat etsin, omin.

Kastamonuda sakkiz yil mubirak oʻgʻli va marhum rafiqasi bilan Risola-i Nurga favqulotda sadoqat bilan xizmat qilgan va qalami bilan Risola-i Nurga koʻp xizmat qilgan va koʻplarni Nur doirasiga olib kelgan va oʻzidek qahramonlardan boʻlgan Sodiq Beyga va mening ham istirohatimga, ham Nur shogirdlarining birdamligiga ahamiyatli xizmat qilgan va Fayzi, Amin, Ehson va Ahmadlar kabi xos qardoshlarimiz bilan Kastamonuda ham Nurlarga xizmat qilgan "Kishik Shayx" nomli Hilmi Bey menga yozgan maktubida, Nurchi rafiqasining vafotini bildiryapti. U marhuma haqida shukr qilish kerakki, bir-ikki oydan beri duolarimda Zahrolar degan vaqtim Hojarlar ham der edim, ichida u marhumani ham niyat qilar edim. Vafotini bilmas edim. Janobi Haq unga minglar rahmat aylasin, qarindoshlariga sabri jamil ehson etsin, omin!

Soʻnggi kunlarda tahrir qilar ekanman, Risola-i Nur doirasida boʻlgan va amalda ishlagan domlalardan va Konya domlalaridan boshqa domlalarga jahlim chiqdi. Chunki arabcha oʻqimagan Nur shogirdlarining fidokorlari, arabcha bilmagani uchun sahvlar, xatolar boʻladi. Men ham qiynalganim uchun yana eski talabalarimdan boʻlgan domlalarga va qardoshimga, yana hozirgi Anqara va Istanbuldagi rasmiy domlalarga bor ovozim bilan:

— 214 —

"Ey insofsizlar! Nima uchun ham vazifangiz, ham madrasa mahsuli, ham sizga farzi ayn boʻlgan iymon xizmatida menga yordam bermayapsiz. Balki sizning loqaydligingiz tufayli koʻpchilikning qochishiga sabab boʻlyapsiz. Qalbga, "Imom Alining (R.A.) oxirzamonning bir qism domlalariga urgan ta'ziridan hissador boʻlyapsiz", deb dahshatli e'tiroz kelgan ekan, birdan qalbini buzmagan domlalarni mudofaa qilish uchun uch ma'no eslatildi:

Birinchisi: Rasman ikki katta markazda ikki ilmiy hay'at, aytilishi munosib boʻlmagan sabablarga binoan har vosita bilan domlalarning Risola-i Nurdan chekinishga koʻp vositalarni qoʻllashyapti. Mansab kabi tirikchilik dardi balosi bilan bechora doiralariga tortib Nurlardan uzoqlashtirishyapti. Bechora domlalar Nurlarning qiymatini bilmaydi dema, balki tirikchilik yoki ulamolar hay'atidagi katta domlalarga tayanib, oʻqigan diniy ilmi bilan oʻz iymonini qutqaradigan darajada degan taxmin bilan loqaydlik qilib, oʻzlariga ruxsat bilan amal qilishga fatvo topishgan.

Ikkinchi ma'no: Bunday dahshatli hujum va tazyiqqa uchragan Risola-i Nur shogirdlarini vahima sababli goʻyo Manaman va Shayx Said voqealari kabi voqea chiqaradi degan ehtimol bilan ikki marta yoʻq qilish uchun urinishdi. Parda ostidagi eski dushmanlarimning va rasman qonun, boshqaruv va siyosat bilan marhamatsiz ravishda ba'zi mansabdorlarning bizni ikki marta qamatdi va aybladi. Rasmiy va gʻayri rasmiy targʻibotlar bilan hammani bizdan va Nurlardan qoʻrqitib hassos va bir daraja zaif domlalarni qattiq qoʻrqitishi bahona boʻldi. Shuning uchun aksariyat emas, balki faqat favqulotda jasoratli, gʻayratli domlalar Nurlar doirasiga kirib, kirmaganlarni ham bir daraja afv ettirishdi.

Uchinchi ma'no: Hozircha kechiktirildi. Ba'zi domlalar, "Minorachalik yuksak bir odamni", "Peshonasida oʻqiladigan yozuv boʻladi", "Birdan qoʻli suv bilan teshiladi", degan haqiqatning pardasi boʻlgan tashbehlarni haqiqat degan bahona bilan, Nurning ba'zi gʻaybiy xabarlari, yuzaki nazariga muvofiq emas... unga ham rozi boʻlmayapti. Janobi Haqqa cheksiz shukr boʻlsinki, bu davrda Risola-i Nurda tayanch nuqtasi boʻladigan avomi moʻminiynlar qattiq muhtoj boʻlgan va Nurda topgan shunday haqiqatki, hech narsaga vosita boʻlmaydigan ve hech qanday gʻaraz va maqsad ichiga kirmay va hech qanday shubha va vasvasaga oʻrin qoldirmaydigan va uni hech qanday dushman bahona topib obroʻsizlantira olmaydi va faqat haq va haqiqat uchun unga xizmat qiladiganlar chiqadi, uzoqdagi ahli iymon u haqiqatga va sodiq noshirlariga toʻliq ishonib iymonlarini zindiqlar va dinsizlarning dinga qarshi dahshatli faylasuflarning e'tirozidan va inkoridan qutqarish uchun dunyo maqsadlari unga aralashmaydi.

— 215 —

Ha, ahli iymon hol tili bilan aytadiki: Modomiki bu haqiqatni bunchalik qattiq dushmanlari obroʻsizlantira olmagan va e'tiroz qila olmayotgan ekan, shogirdlari uning xizmatiga haqdan boshqa hech qanday maqsadi yoq ekan, albatta u haqiqat ayni haq va asl haqiqatdir deb ming burhonchalik dalil oʻrnida iymonini quvvatlaydi va qutqaradi. Va "Islomiyatda biror haqiqatsizlik bormi" deb boshqa ikkilanmaydi.

Ikki safardan beri himmati uzun, qoʻli kalta Abdurrahmon Salohiddin, "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor"ning bir qismini Jome'ul Azharga joʻnatishni istabdi, aksiga olib kerakli va ahamiyatli joyga ba'zi sabablarga binoan ketmabdi.

اَلْخَيْرُ فِى مَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ

qoidasiga asoslanib, balki ikki nusxani tekshirmaganim va tahrir qilmaganim uchun, qalbimga hamma narsani ikir-chikirigacha tadqiq qiladigan ulamolar hay'atiga, tahrir qilingandan soʻng, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" bilan birga joʻnatish munosib degan narsa keldi. Balki ahamiyatli va ulamolar e'tiroz qilishi mumkin boʻlgan sahvlar bordir. Shuning uchun Salohiddin ushbu ikki risolani menga joʻnatsin, men qarayman. Keyin inshaalloh ham toʻliq "Zulfiqor"ni ham "Asoy-i Muso" bilan yana "Tilsim Majmuasi" bilan ahamiyatli bayonnoma bilan birga joʻnatamiz.

Ustozlarimdan biri hisoblangan Mavlono Jaloliddin Rumiyning (Q.S.) mansublaridan ekani anglashilgan dorixonachi Hoji Abdulatifning maktubidan aniqlandiki, bilib, toʻliq taqdir qilib Nurlarga xizmat qiladi. Men zotan, Mavlaviylardan ba'zi qahramonlar chiqishini kutayotgan edim. Inshaalloh biri bu boʻladi. Unga koʻp salom aytaman. Xususiy maktub yozishga holatim toʻgʻri kelmagani uchun ogʻir botmasin. Boshda Xoʻja Vahbi Hazratlari, domlalariga va u yerda Sabri, uning oʻgʻillari va Nur shogirdlariga koʻp salom aytamiz, duolarini kutamiz.

— 216 —

Sizga hayotimda vafotdan keyin qoʻlingizga tushadigan ma'naviy mulkimni va huquqimni berishga va مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا sirriga binoan, oʻlimdan avval sizni amalda voris qilishga doir Nur shogirdi "Buning hikmati nima? Sizni oramizda yana koʻp vaqt koʻrishni istaymiz. Inshaalloh shunday qolasiz", deb soʻradi.

Men javoban: Agar mulkim vafotdan keyin ushbu haqiqiy va haqiqatli vorislarning qoʻliga tushsa, dunyo moli kabi bir daraja taqsimlanadi, darajasiga koʻra har biri uning bir qismiga haqiqiy molik boʻladi, hammasiga ega boʻla olmaydi. Lekin oʻlimdan avval vorislarga berilsa, uxroviy mollar kabi har biri u molga, u nur chirogʻiga darajasiga koʻra molik hisoblanadi, har biri kichik Said boʻladi, bir navbatchi oʻrniga minglar navbatchilar boʻladi. Saidning irsiyatiga faqat mingdan bir hissaga ega boʻlgan Nurchi boʻla olmaydi, balki toʻliq yosh Said boʻladi. Maslan u mulk, Nuriy mollar farazan xazinachalik boʻlsa, minglab Nurchilarga berishda, taqsimlashda yigirmattadan, yuztadan oltin tushishi mumkin, lekin ularga vafot etmasdan berish, bir azim sirga binoan har biriga iste'dodiga koʻra xoslarga birdan bir million tushadi. Bu sirning bir siri bor, hozir izohlay olmayman.

U shogird yana, "U buyuk mulkni hammasini birdan olishga har bir xos shogirdning sizdek hayotini va bor tinchligini fido qila oladimi?" dedi. Men javoban, "Inshaalloh birdamlikning azim sirri bilan (uch alifni birlashtirganda bir yuz oʻn bir quvvatida boʻlganini koʻrsatganidek) xos shogirdlarning oʻrtasidagi haqiqiy birdamlik bergan quvvat, mendek bir bechoraning sizningcha favqulotda taxmin qilingan fidokorligidan kam boʻlmaydi inshaalloh." dedim.

Sav Madrasa-i Nuriyasi qahramonlaridan Mahmud Chovush men uchun yozgan "Zulfiqor"ni Ichki Ishlar Mudirining qoʻlida koʻrib, "Bu meniki, bering", debdi. Mudir javoban, "Menga yoqdi, bir-ikki hafta oʻqiyman", debdi. U esa, "Sizda qolsin", debdi. Agar munosib deb bilsangiz, men tomonimdan u Ichki Ishlar Mudiriga va olgan komisarga, "Said sizga salom aytib, mening xattim chiroyli boʻlgani uchun, u kishi men uchun yozgan", deb ayting.

— 217 —

Men Ispartani tuprogʻi, toshi, butun aholisi bilan muborak deb bilganim uchun, u yerdagi hukumatga, xususan zobitlariga jiddiy doʻst nazari bilan qarayman. Xususan koʻp tajribalar bilan, uch viloyat zobitlarining e'tirofi va uch viloyat mahkamasi bir ovozdan oqlashga hukm qilishi va uch ilmiy jamiyat va ekspertlarning tahsin va maqtovlari bilan aniqlanganki - Risola-i Nur qismlari va shogirdlari Ichki Ishlar Mudiri va zobitlarning vazifasi hisoblangan osoyishtalikni saqlash, boshqaruv, tartibni nazorat qilish, axloqsizlikka qarshi komisarlardan koʻra koʻproq sarkashlarni boʻysundirish va osoyishtalikni ta'minlashda, ma'naviy va ta'sirli ma'naviy tartibni saqlash xodimlaridir. Shuning uchun zobitlar, Ichki Ishlar Mudiri vahima bilan emas, kamoli taqdir bilan qarashi kerak. Chunki "Zulfiqor" haqida, "Juda chiroyli, yaxshi koʻrdim, oqiyman... yoqdi." degan. Nima boʻlganda ham... Siz yana nimani munosib koʻrsangiz, oʻshanday qiling.

Yana Ichki Ishlar Mudiriga, "Qardoshingiz Said aytyaptiki: Agar "Zulfiqor" toʻliq yoqqan boʻlsa, u meniki, unga hadya qilaman. Yana unga oʻxshagan muhim "Asoy-i Muso"ni ham hadya qilaman", deb ayting.

Dengizli va Tavasdan kelgan chiroyli maktubga xusuiy javob berishga qat'iyyan vaqtim yoʻq va holatim toʻgʻri kelmagani uchun xususiy javob bermaganimga jahllari chiqmasin. Chaqir Yusufning maktubidan toʻliq jiddiyligi va tom Hasan Fayzining bir vorisi ekanini koʻrsatyapti.

Qardoshimiz va Nurning qoʻmondonlaridan Isparta Xulusiyi Ra'fat Beyning toʻqqiz yoshli muborak ma'sumining (bu darajada) Risola-i Nurdan "Birinchi Soʻz"ni yozishi koʻrsatadiki, muborak Husni, Safranboluning oʻn bir yoshli Husnisi kabi yana ma'sumlardan kichkina bir qahramoni boʻlishga nomzoddir. Janobi Haq uni Nurlarga bagʻishlasin va muvaffaq aylasin, omin. Inshaalloh, yozgan nusxasini oxirigacha tahrir qilib joʻnataman.