Emirdoğ Lahikasi
— 164 —
BU BOʻLIM BIR DARAJA MAHRAM, FAQAT XOSLARGA MAXSUS.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Koʻp marta aqlimga: "Nima uchun hammadan koʻra koʻproq madrasada oʻqiganlar Risola-i Nurga kirishlari kerak ekan, aksiga eng koʻp chekingan, ulardan rasmiy mansablarni olishgan?

Hozir birdan kelgan javobning bir oz qismini bayon qilish kerak boʻldi.

Avvalo: Yashirin munofiqlar bizga zarar qilishga katta mansabdagilarning bir qismini qoʻllanib rasmiy tarzda qattiq targʻibot qilishgani uchun, butun rasmiy mansabdorlar qoʻrqishga, chekinishga majbur boʻlishdi. Ular ichida xudbin, vahimachi va bid'atlarni qabul qilgan domlalar, yanada koʻproq chekinishni boshladi. Buni oʻzlariga bir uzr, bahona qidirishdi. Risola-i Nurdan "Ishorat-i Sab'a"ning bid'atchilarga qattiq ta'ziri va "Sakkizinchi va Oʻn Sakkizinchi Lam'a"da Imom Alining (R.A.) "Arjuza"sida ulamou-s su' haqida qattiq ta'ziri va bid'atlarga bir daraja va bir jihatda mos boʻlgan Vahhobiylik yoʻlining parda ostida qabul qilganlar, "Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Vahhobiylar haqidagi masalaning ta'ziri va Qur'on oʻrniga tarjimasining oʻqilishiga ruxsat berganlarga Risola-i Nurning qattiq ta'zirlari va tirikchilik dardi zarurati va ijtimoiy mavqe'larini oʻylab domlalar, hatto Istanbulning eski vaqtlar doʻst domlalari qochishga va oz qismi tanqid qilishga urinishdi. Hatto Ol-i Bayt va Imom Aliga adovati boʻlgan haddidan oshgan Vahhobiylik hisobiga Risola-i Nurning Ol-i Bayt va Imom Alining bir ma'naviy hadyasi va asari boʻlgani uchun e'tiroz qilishni boshlashgan. Lekin biz Istanbul olimlaridan gʻazablanmaymiz, balki bir jihatda xursandmiz. Chunki boshqalarga nisbatan hujum qilishmayapti.

Marhum Fatvo Amini Ali Rizo, marhum Ahmad Shironiy, marhum Shavkat Afandi, marhum Mahmud Akif kabi insofli Risola-i Nurni favqulotda taqdir va tahsin qilgan muhtaram va marhum zotlarning hurmati uchun biz Istanbul domlalariga doʻstmiz, ularga gʻazab qilmaymiz. Inshaaloh vaqti kelib "Yigirmanchi Ixlos Lam'asi" ularga oʻzini oqʻtadi, eski doʻstlarni ham yangi doʻstga aylantiradi.

— 165 —

Qardoshlarim! Hamma sizdek metin boʻlmaydi. Parda ostida Nurchilarning ma'naviy quvvatlarini ketkazish uchun ba'zi domlalar vosita boʻlishyapti. Ularga aldanmang va qaytmang. Ular bilan tortishmang. Mumkin boʻlganicha doʻstona muomala qiling. Biz ularga qardoshmiz deng va sizni aldamasliklari uchun bu yoʻnalishdagi nuqtalarni unutmang.

Xusravning himmati bilan doiraga kirgan va Nurning yangi shogirdlaridan menga maktub yozgan Xadicha va Robia xoslar ichiga qabul qilindilar. Men koʻp aloqador boʻlgan Barlada qaynoq Bahri va uning oʻgʻli, Ayyub, Ali, Mahmud va Sulaymonlarning gʻayratlari bilan Nurlar darsini qilishlari, meni sevinch bilan yigʻlatdi. Men butun Barla xalqiga, xususan Sulaymonlar, Bahri va Mahmudlar, Mustafolar eski vaqtlarda Nurlarga qiymatli xizmat qilgan Shomli Hofiz Tavfiq, muborak Hofiz Xolid va imom Haqqi Afandi, Muhojir Hofiz Ahmad va uning oʻgʻli, nabiralari, Shami', menga koʻp xizmat qilgan Abdulloh Chovush, u yerdagi erkagu-ayol qoʻshnilarimga minglab salom aytaman, duo qilaman va muborak oylarda duolarini istayman.

Bahri va uning farzandlari uch dona "Asoy-i Muso" yozishganini hozir xabar oldim. Muhojir Ahmad bilan Barlada qardoshlarimiz hisobiga ham Kozimning, ham sartarosh Mahmudning jiddiy xolis maktublari "Ilova"ga kirishga haq qozondi. Bahrining chiroyli she'ri kichik Madrasa-i Nuriya oʻrniga toʻliq kiradi.

Hayratlanarli latif bir inoyat shuki, Katta Mustasfoni (R.H.) aynan marhum Abdurrahmon kabi Nurlarga ham sadoqati bilan, ham qalami bilan, ham iqtidori bilan xizmat qilishi qalbimga eslatilishi bilan oʻsha vaqtda Abdurrahmonning vafotini unutishga urindim. Haqiqatdan Kichik Ali u gʻaybiy eslatmani qalami bilan ham toʻliq tasdiqlatdi. Ukasining qalamini oʻzi oldi. Sariq pichoqni olmos qilichga aylantirdi. Demak oʻshanda uni muborak Mustafoning ruhida his qilgan ekanman.

Men Muhojir Hofiz Ahmadni ham menga, ham Nurlarga aloqa va sadoqati nuqtasida Nurlarning birinchi talabasi va fidokor bir noshiri qalban his qilgan edim. Lekin qalam bilan xizmat qilishga muvaffaq boʻla olmadi. Koʻp marta gʻaybiy hisimni eslar edim. Keyin birdan men his qilib, umid qilgan metin xizmatni oʻgʻli Kozim, kiyovi Bahri, boshqa kiyovi sartarosh Mahmudlar favqulotda aloqa va sadoqat bilan toʻliq bajarishga, harakatga tushdilar. Hatto qiz nevaralari ham ma'sum shogirdlar ichiga kirishdi. Hamma salom aytaman.

Said Nursiy
— 166 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, baxtiyor, vafoli, faol va metin qardoshlarim!

Avvalo Takroran ham sizning Rajab-i sharifingiz va Ragʻoyib kechangizni tabriklayman, ham Safranbolulik qardoshlarimizning tabriklariga javoban muqaddas uch oyingizni, toʻrt muborak kechalaringizni va Nurlarga oʻta jiddiy aloqangizni tabriklaymiz. U yerning shogirdlari nomidan yozilgan tabriknomada mening kamchiligi koʻp shaxsimga bergan unvonlaru-maqtovlarni Halil Ibrohimning ba'zi maktublari kabi toʻgʻrilab "Risola-i Nur"ga aylantirib "Ilova"ga kirishini istadim. Lekin shaxsim ochiq ravshan tilga olingani uchun munosib koʻrmadim, hozircha boridek qoldi.

Qardoshlarim! Qat'iyyan biling: Shonu-sharaf, xudbinlik, oʻziga ishonish, obroʻparastlikdan qoʻrqaman va qochaman. Shaxsimga qilingan madhlardan xushlanmayman. Faqat Risola-i Nurga sadoqat va qanoat belgisi boʻlsa ba'zi haddan ortiq ta'birlarni yo hurmatlari uchun, yoki husn-i zonlarini ketkazmaslik fikri bilan qisman toʻgʻrilab qabul qilaman, sukut saqlayman. Faqat ikki "Ixlos Lam'a"si va yoʻlimizning "xillat", "ixlos" va "birodarlik" asoslari bunday maqtovlarga yoʻl bermaydi. Usbu xudbinlik va "men"lik asrida, shuxratparastlar nazarida Nurlarning sofligiga va xolisligiga zarar qilishi mumkin.

Ikkinchidan: Hifzining ikki ma'sumi yozgan "Asoy-i Muso", "Rahbar" va "Kichik Soʻzlar"i bizni baxtiyor ayladi. Yuz mashaalloh. Bunday minglar Nurchi ma'sumlar istiqbolni nurlantiradilar.

Said Nursiy
— 167 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ushbu muborak oylarda Nurchilarninig ma'naviy shirkatiga inshaalloh juda koʻp muqaddas sarvat kiradi. Har bir Nurchi minglab til bilan, yuzlab qalam bilan ishlagandek foyda qozonadi. Ushbu muborak va juda barakotli oylarda besh jihatda ibodat hisoblanadigan qalam bilan "Zilfiqor-i Moʻ'jizot" majmuasiga xizmat qilgan kishilar tom baxtiyorlar. Lekin yozishdan ham koʻra toʻgʻriligiga e'tibor berish lozim va shart! Bugun ikki shirin ma'nodor muvofiqlikni koʻrdim. Soʻnggi kunlarda qiyinchiliklar ichida "Asoy-i Muso"ni tahrir qilishda muammolarim evaziga inoyat-i Ilohiya mukofotim va maoshimni shirin suratda berganiga qanoat hosil qildim.

Biri: Qahramon Tohiriyning mozorbosdi sifatida olib kelgan shirin luqmalar ajib barakot bilan har kuni ikkitadan-uchtadan yegan boʻlsamda, bitmayotgan edi. Bunga hayratlanar edim. Bugun odatim boʻyicha ikkita olmoqchi edim, qarasam faqat ikki dona qolibdi, tejash uchun bittasini oldim. Oʻsha soatda Hifzining ikki ma'sum farzandi bir quti ichida yozgan nusxalari ostida shirinlikdan, nondan aynan Tohiriyning luqmalari kabi ham oʻsha miqdorda qolimga berildi. Bu shirin muvofiqlikdan zavq olayotib, kechagi kun oʻsha soatda haroratim baland boʻlgani uchun koʻp suv ichgan edim. Jonim ola olcha sharbati istadi. Men bilmas edim, unutgan edim. Qoʻlimga qattiq istagan, quti ichida haroratimni tushiradigan eski vaqtlar oʻrgangan va juda koʻp yegan ola olcha bilan Oyshaning xos doʻstlaridan Nurchi Sharifa Honimning shirinligi bilan berildi. Bu juda shirin muvofiqlikning hurmati uchun ham ma'sumlarning ham ularning tabarruklarini yuz mislicha qabul qildim. Barchangizga minglab salom.

Said Nursiy

Aziz, siddiq, qaytmas, charchamas, chekinmas, metin qardoshlarim!

Avvalo: Ushbu yoz tirikchilik dardida va uch oylar, ibodat uchun bir daraja Nurlarning yozilishiga putur yetkazishi mumkin deganlarga bayon qilamiz:

Bilaks, yozishga shavq beradi va berishi kerak. Chunki Nurning xizmati ham tirikchilik, ham qalb xotirjamligiga barakot bilan yordam berganidek, tafakkuriy ibodat turidan hisoblangani uchun, muborak oylarning savoblariga katta yordami bor.

— 168 —

Ikkinchidan: Nurning shogirdi menga aytdiki: Oʻtgan yili hali Nurlar bizga qaytarib berilmasdan, xususiy qaytarib berish natijasida bu yerda rahmat ham xususiy darajada koʻrindi. Shunda: "Nurlar qachon toʻliq erkinlik bilan oʻqilsa, yozilsa va bizga qaytarib berilsa, yomgʻir bilan rahmat toʻliq keladi", degan edim. Haqiqatdan bu bahor ham "Asoy-i Muso" har tarafda qiziqib yozilishi va oʻqilishi, ham "Zulfiqor-i Moʻ'jizot"ning yozilishi shavq bilan boshlanishi ushbu tenggi yoʻq rahmatga vasila boʻlganiga qat'iy qanoat hosil qildim, dedi.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Xusrav bilan bir ruh ikki jasad, oʻzi bahodir ukasi bilan Nur xizmatida juda ahamiyatli mavqe olgan qahramon Rushduning ajib qoʻl mashinkasini Nurlar uchun ishlatayotgani muhim Nur futuhotining muqaddimasidir. Inshaalloh yana Nurlar Nurchilarning loyiq qoʻllari bilan qalamlari kabi chop etilib tarqaladi. Begona va loyiq boʻlmaganlarga muhtoj boʻlmaydi. Lekin hamma narsadan avval mashinka bilan sihhatli va xatosiz chiroyli shaklda, agar mumkin boʻlsa, eski harflar bilan yozilib, keyin yangi harf bilan yozilsa, munosibroq boʻladi.

Ikkinchidan: Konyalik Sabrining Ra'fatga yozgan maktubini koʻrdim, undan bildimki, bu Sabri narigi Sabri kabi oʻta xolis va samimiy va harakatchan Nurchidir. Ham unga, ham uni tashviq qilgan va shijoatlantirgan domlalarning yuzini oq qilgan Konya olimlariga ming barakalloh. Ularga boshda mufassir muborak Hoʻja Vahbi va u yerdagi Nur shogirdlariga koʻp salom aytamiz va bu muborak uch oylarda duolarini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
— 169 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Menga sakkiz yil bola-chaqasi bilan sadoqat bilan xizmat qilgan, farzand, nabira, rafiqa va kiyovlari bilan Nurlar hisobiga jiddiy ishlagan va dars va va'azlarini toʻliq Nurlardan qilgan va vafotidan oʻn daqiqa avval dunyoviy eng muhim vasiyati oʻzining Nur Risolalarini toʻldirish uchun Shomli Hofizga iltimos qilgan, vafotidan ikki kun avval menga maktub yozib, mening ayni vaqtda Barlani oʻrniga Savni tanlab, sizga Sav qabristonida dafn qilinishimni xohlaganimni yozganimni sadoqatining karomati bilan his qilib menga javoban e'tiroz tarzida maktubida menga: "Siz Barlani ikkinchi vatanimdir degansiz, lekin nega kelmayapsiz. Boshqa joylarni tanlayapsiz? Nurning boshlangʻich madrasasi Barla hisoblanadi. Qabringiz ham u yerda boʻlishi kerak." deb, eslatdi. Ikki kun oʻtib (sizga yozgan maktubim yetib bormasdan) u kishining maktubini ham Shomli Hofiz ikkinchi sahifasida yozgan vafot xabarini olgan marhum Muhojir Hofiz Ahmadning (R.H.) dunyodan koʻchishi aynan Abdurrahmon kabi meni koʻp bezdirdi, yigʻlatdi, اِنَّا لِلّٰهِ وَ اِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ dedirdi. Uning ruhiga minglar rahmat boʻlsin, omin! Qabri ham oʻzi kabi Qur'on va Nurning bir manzili boʻlsin, omin! Ushbu zohiriy sadoqatning karomati Nurchilarning iymon bilan qabrga kirishlarini isbotlaganiga va husni xotimaga sazovor boʻlishlariga shubham qolmadi. Men tomonimdan uning qarindoshlariga ta'ziya bildiring. Ularga, men butun duolarimda uni hissador qilayotganimni yetkazing.

Ikkinchidan: Qardoshimiz Ra'fat menga yozyaptiki: "Istanbulda Nurlarga koʻp ehtiyoj bor va nondek muhtojdir. Qardoshlarimizdan, Nurlarga koʻp aloqador, koʻp oʻqigan va Nurchi Yashil Shamsiddin Nurning haqiqatlaridan dars bergani uchun, minglab odam va'azida yigʻiladi.

Yana Ra'fat aytyaptiki: "Bundan tushunilyaptiki, Risola-i Nur bu millatga har kuni nondek lozim".

Yana bir qism Nurlarni ahamiyatli kishilarga bergan va "Zulfiqor-i Moʻ'jizot"ning mening tahririmdan oʻtgan nusxasini istayapti.

Umumga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
— 170 —

Xusravni tahrirda, tarqatishda, tadbirda, xabarlashishlarda, Nurlarning nashr va yetkazayotganida tabriklaymiz va muvaffaqiyatiga duo qilamiz. Bu ahamiyatli vazifalar bilan birga yana shirin va oʻtkir qalamining yozuvlarini koʻp nusxalarda koʻryapmiz, ham mustaqil nusxalarni ham yozayotganini maktubidan tushundim.

Hozir birdan Sav madrasa-i Nuriyasidan Hoji Hofizni va marhum Hofiz Mahmudni, ukalarini, Mahmudlarini, Ahmadlarini, ma'sum Nurchilarni, muborak keksalar va boshqa qahramon shogirdlarini oʻyladim. Hayotim boʻyicha unga yaqin boʻlish uchun butun jonim bilan istadim va vafotdan keyin ularning qabristonida dafn qilinishimni orzu qildim. Birdan eslatildiki: "Madrasatu-z Zahroning markazi boʻlgan Isparta viloyatida jismonan boʻlish koʻp jihatdan foydali, saodatlidir. Lekin Nur yoʻli va Nurchilarning yoʻnalishi jihatidan doim birgasiz. Zamon va makon parda boʻla olmaydi. Sharqda, gʻarbda, shimolda, janubda, dunyoda, barzohda boʻlsangiz ham, ma'nan bir majlisda birga hisoblanasiz. Ularning ma'naviy yordamlari doim bir-biriga boradi va senga ham keladi." deya meni taskin etdi.

Men: Modomiki hozir Nurlarga hamma tomonda kuchli va koʻp sonli qoʻllar dastak boʻlayotgan ekan va toʻliq muhofaza qilib, nashr qilishga harakat qilayotgan ekanlar, albatta men bir oz istirohat qilsam, tanballik boʻlmas.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Oʻtgan muborak Baroat kechangizni va keladigan Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Bu yil Baroat kechasi Nurchilar uchun juda barakatli va karomatli boʻlganining bir belgisini koʻrib hayratlandik. U quyidagicha:

Men Baroat kechasidan bir oz avval "Asoy-i Muso"ni tahrir qilayotgan edim, derazaga bir kabutar kelib menga qaradi. Men unga: "Xushxabar olib keldingmi?" dedim. U ichkariga kirib, goʻyo eski doʻstlardek umuman qoʻrqmadi. "Asoy-i Muso"ning

{(Hoshiya) Ha, biz koʻzimiz bilan koʻrdik.

Toʻgʻri Nuriddin, toʻgʻri Mahmud, toʻgʻri Ismoil}

ustiga chiqib, uch soat oʻtirdi. Non, guruch berdim, yemadi, kechgacha qoldi, soʻng ketib yana keldi. Baroat kechasida tonggacha yonimda qoldi. Yotayotganimda boshimga keldi, Allohga topshirdim degan ma'noda boshimni silab, chiqib ketdi. Ikkinchi kuni afsuslanib oʻtirgan edim, yana keldi, yana bir kecha qoldi. Demak, bu muborak qush ham "Asoy-i Muso"ni, ham baroatimizni tabriklashni xohlagan ekan.

— 171 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Kastamonu Xusravi va Sulaymon Rushdusi boʻlgan Mahmud Fayzi va Aminning ustozlarining Kastamonudagi hayotini husni zon bilan haddimdan juda koʻp maqtashlarini oʻzgartirmay qabul qilishimning sababi shuki: Soʻnggi kunlarda Afyonning katta mansabdori, bu viloyat Dengizli va Isparta kabi Nurlarni yelkasiga olmasin va Nurlar porlamasin degan maqsadda bir serjanti menga xiyonatga vosita qilib goʻyo mendan xalq e'tiborini ketkazishga urindi. Men chidagan boʻlsamda bu yerning yangi shogirdlarining ta'sirlanganidan xafa boʻldim. Buni oʻylar ekanman, Mahmud Fayzining ushbu samimiy va olimlarcha, hurmatli maktubi, oʻsha yaramasning va xodimning xiyonatini yuzlariga urib, yoʻqqa chiqardi. Xafaligimni toʻliq ketkazdi, supurib tashladi. Oʻsha ikki badbaxtdan ming daraja yuksak ikki Nurchining bunday madh va hurmati ularning qonunsiz jabr va xiyonatini ayni paytga toʻgri kelishi, Fayzi va Aminning sadoqatlarining bir karomati ekaniga qanoat hosil qildim.

Qardoshlarim!

Meni uchastka noziri xonasiga, keraksiz bahonalar bilan hukumatga, xiyonat qilish va xalq nazarida ahamiyatimni tushirish, aybdor vaziyatini berish maqsadida chaqirishgani ayon boʻldi. Boshqa matonatim qolmadi. Mumkin boʻlgancha u yerga meni chaqirmaslik kerak. Jinoyat ishlari sudyasi bilan koʻrishinglar. Menga bir advokat topinglar. Mening oʻrnimga kerak boʻlsa uchastka noziriga borsin. Yigirma besh yil yakka yashagan odam bunday xiyonatchi kimsalar bilan gaplashish, qiynaydigan azobdir. Men sakkiz yil Kastamonuda bir marta hokimning iltimosi bilan yoniga bordim. Yana ikki marta ichki ishlar boʻlimiga bordim. Bu yerda sababsiz oʻn martadan oʻtdi. Boshqa bormayman. Doktorlardan hujjat oling, yoʻqsa bu shaharga moddiy-ma'naviy zarar boʻladi.

Bu kecha boʻlgan, Xusravning meni mudofaa qilish uchun yozgan toʻrt zilzila masalasini tasdiqlagan zilzila, menga, Nurlarga va bu yurtga qat'iy suiqasd belgisi sifatida hukumat ichida xizmatchimga baqirib meni tahqirlovchi xiyonati va soʻkib "Borib ayt unga" degan. Tuman raisining majburiy buyrugʻi bilan "Kasal boʻlsa ham bu yerga olib keling" deb posbon va jandarma xodimlariga buyruq bergan. Afyonning parda ostidagi katta mansabdoriga tayangan uchastka noziri serjant ham Nur shogirdlarining shavqiga, ham Nurlarning bu yerda yoyilishiga, ham menga qattiq azob bergan vaqtida, avval bu yerda hech boʻlmagan ushbu qattiq zilzila boʻlishi koʻrsatyaptiki, Risola-i Nur baloni daf qilishga bir vasiladir. Toʻxtab qolgan paytida balo fursat topib keladi.

— 172 —

Qisqa vaqtda Nurlarga koʻp xizmat qilgan Mustafo Usmonning oʻta tavozu'li va kamtarin maktubi, uning toʻliq xolis sadoqatini va ixlosini isbotlab oʻn besh yillik xoslar bilan yelkama-yelka kelganini koʻrsatadi. Zotan yozgan "Asoy-i Muso" majmuasi kuchli dalil hisoblanadi. Hozir shuni yozayotganimda yana yengil zilzila boshladi.