Risola-i Nurda isbotlanganki: Ba'zan zulm ichida adolat tajalliy etadi. Ya'ni inson bir sabab bilan haqsizlikka, zulmga uchraydi, boshiga falokat keladi, qamoqqa mahkum boʻladi, zindonga tushadi. Sabab haqsiz boʻladi, bunday hukm zulm hisoblanadi. Lekin shu voqea adolatning tajalliyiga bir vosita boʻladi. Qadar-i Ilohiy boshqa sabab orqali jazoga, mahkumiyatga loyiq kimsani bir zolimning qoʻli bilan jazolaydi, falokatga uchratadi. Bu - Ilohiy adolatning bir jihatdan tajalliyidir.
Endi tushunyapmanki, yigirma sakkiz yildan beri viloyatma viloyat, qishloqma qishloq yuribman. Mahkamadan mahkamaga tortqilanyapman. Meni qiynaganlarning ayblovlari nima? Dinni siyosatga vosita qilishmi? Bu aybni nega isbotlay olishmayapti? Chunki haqiqatda bunday narsa yoʻq. Bir mahkama oylarcha, yillarcha ayb topib meni aybdor qilishga urinyapti. U qoʻyib, boshqa mahkama xuddi shu masalada takroran surishtiruvni boshlayapti. U ham bir muddat harakat qilyapti, tazyiq qilib, turli-tuman qiynoqqa solyaspti. U ham biror natijaga erisha olomay qoʻyib yuboryapti. Keyin uchinchisi yoqamga yopishyapti. Bu shaklda musibatdan musibatga, falokatdan falokatga tortqilanib ketyapman. Yigirma sakkiz yil umrim shunday oʻtdi. Nihoyat ayblovining asli va asosi yoʻqligini oʻzlari ham tushunishdi.
Ular bu tuhmatni qasddan qilishdimi, yoʻqsa bir vahimaga asir tushdimi? Xoh qasddan boʻlsin, xoh vahima boʻlsin men bunday aybga munosabat va aloqam yoʻqligiga ishonchim komil va vijdonan bilaman. Dinni siyosatga vosita qiladigan odam emasligimni butun insofi kishilar biladi. Hatto menga bu aybni tuhmat qilganlar ham bilishadi. Shunday ekan, nima uchun zulmdan voz kechishmadi? Aybim yoʻq, ma'sum boʻlsamda, mina uchun toʻxtamay zulm va qaysar qiynoqqa uchradim? Nega bu musibatlardan qutula olmadim? Bu holatlar Ilohiy adolatga ters emasmi?
Chorak asrdan beri bu savollarning javobini topa olmayotgan edim. Menga zulm va iskanja qilishganining haqiqiy sababini endi tushundim. Men butun hissiyotim bilan aytamanki: Aybim - Qur'oniy xizmatimni moddiy va ma'naviy taraqqiyotim, kamolotimga vosita qilish ekan.
Buni endi anglab yetdim, his qildim. Allohga minglar shukr boʻlsinki:
Uzun yillardan beri ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni moddiy-ma'naviy kamolot va taraqqiyotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vosita qilishimga yoki har qanday maqsadga vosita qilishimga oʻta kuchli ma'naviy mone'lar man qilgan edi. Ushbu ichki kechinmalar va ilhomlar meni hayratda qoldirgan edi. Hamma xushlangan ma'naviy maqomlar va uxroviy saodatlarni solih amallar bilan qozonish va bu yoʻlga yoʻnalish ham shariat doirasida, hamda hech kimga hech qanday zarari boʻlmasada, men ruhan va qalban man etilgan edim.
Menga rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa taqozosi bilan faqat va faqat iymonga xizmat xususi koʻrsatildi. Chunki hozirgi davrda hech narsaga vosita va tobe boʻlmagan va har qanday maqsaddan ustun boʻlgan iymon haqiqatlarini bilmagan va bilish ehtiyoji boʻlgan insonlarga tabiiy qullik bilan ta'sirli suratda bildirish, ushbu aralash dunyoda iymonni qutqaradigan ba qaysarlarni qat'iy ishontiradigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita boʻlmaydigan shaklda Qur'on darsi berish kerakki, mutlaq kufr va qaysar va qaytmas zalolatni sindirsin, barchani ishontirsin. Bu xulosa esa bu davrda, bunday sharoitda, dinning hech qanday shaxsiy, uxroviy va dunyoviy, moddiy va ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilish bilan yuzaga keladi. Yoʻqsa qoʻmitachilik va jamiyatchilikdan kelib chiqqan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiga qarshi chiqqan bir shaxs eng buyuk ma'naviy martabada boʻlsa ham, vasvasalarni batamom yoʻqota olmaydi. Chunki iymonga kirishni xohlagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi "U shaxs gʻaroyib maqomi bilan bizni aldadi." deb, ichida shubhasi qoladi.
Allohga minglar shukr boʻlsinki, yigirma sakkiz yildan beri vosita qilish tuhmati ostida qadar-i Ilohiy ixtiyorim xorijida, dinni hech qanday shaxsiy narsamga vosita qilmasligim uchun insonlarning zolim qoʻli bilan toʻliq adolat sifatida menga ta'zir beryapti, ogohlantiryapti. Diqqat! Iymonga muhtoj boʻlganlar faqat haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini oʻz shaxsingga vosita qilma, nafsning vahimasi, shaytonning hiylalari qolmasin, mot boʻlsin, deyapti.
Ha, Nur Risolalarining katta dinsizlarning ulkan toʻlqinlari kabi koʻngillarda yuzaga keltirgan hayajonning qalblar va ruhlarga qilgan ta'sirining sirri bu, boshqa narsa emas. Risola-i Nurning bahs etgan haqiqatlarining aynini minglarcha olimlar, yuz minglab kitoblar balogʻatliroq nashr qilishgan boʻlsada, mutlaq kufrni toʻxtata olmayapti. Mutlaq kufr bilan kurashishda ogʻir sharoitda Risola-i Nur bir daraja muvaffaq boʻlayotgan boʻlsa, buninng sirri shuki: Said yoʻq, Saidning kuchi va iqtidori ham yoʻq. Gapirgan faqat haqiqatdir, iymon haqiqatidir. Modomiki haqiqat nuru iymonga muhtoj koʻngillarga ta'sir qilayotgan ekan, nafaqat bir Said, balki ming Said fido boʻlsin. Yigirma sakkiz yil chekkan aziyat, jafolar, uchragan qiynoqlarim, kelgan musibatlarning barchasiga roziman, halol boʻlsin. Menga zulm qilganlarga, meni qishloqma qishloq tortqilaganlarga, turli-tuman tuhmatlar bilan ayblashni istaganlarga, zindonlarda menga joy tayyorlaganlarga, barchasidan roziman, haqqimni halol qildim.
Odil qadarga esa aytamanki: Men sening ushbu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim. Yoʻqsa hamma kabi halol va zararsiz yoʻl tutib shaxsimni oʻylaganimda, modddiy-ma'naviy fayzlar uchun hislarimni fido qilmaganimda, iymon xizmatida bu buyuk ma'naviy kuchni yoʻqotgan boʻlar edim. Men bor moddiy va ma'naviy narsamni fido qildim, har musibatga uchradim, barcha qiynoqlarga sabr qildim. Bu orqali Nur irfon maktabining yuz minglar, balki millionlarcha talabalari yetishdi. Endi bu yoʻlda, iymon xizmatida ular davom etishadi. Mening hamma moddiy va ma'naviy behojat boʻlish yoʻlimdan ayrilmaydilar. Faqat va faqat Alloh rizosi uchun xizmat qilishadi.
Men bilan birga koʻp talabalarim ham turli-tuman musibatlarga, aziyat va jafolarga uchradi, oʻgir imtihonlar oʻtkazishdi. Mendek ular ham butun haqsizliklarga va haqsiz harakat qilgan kimsalardab rozi boʻlshi, haqlarini halol etishlarini istayman. Chunki ular bilmay, aqli yetmay qadar-i Ilohiyning sirlariga, chuqur tajalliylarga bizning da'voimizga, iymon haqiqatlarining yoyilishiga xizmat qilishdi. Bizning vazifamiz ulaga hidoyat istashdan iborat. Bizga aziyat va jazo qilganlarga nisbatan, hech bir talabamning qalbida zarracha intiqom orzusida boʻlmaslikni va buning oʻrniga Risola-i Nurga sadoqat va matonat bilan xizmat qilishini tavsiya qilaman.
Men juda xastaman. Na yozishga, na gapirishga toqatim bor. Balki bular soʻnggi soʻzlarim boʻlar. Madrasatu-z Zahroning Risola-i Nur Talabalari bu vaziyatimni unutmasin.
[Qardoshlarim! Munosib koʻrsangiz Bosh vazir va dindor deputatlarga berish uchun eslatmaga binoan yozdirilgan oʻta ahamiyatli haqiqat.]
Muqaddima: Qirq yilga yaqin siyosatni tark qilganim va aksariyat hayotim bir jihatdan uzlatda oʻtgani uchun, ijtimoiy va siyosiy hayot bilan mashgʻul boʻlmaganim uchun, katta bir tahlikani koʻra olmayotgan edim. Soʻnggi kunlarda tahlikaning ham Islom millati, hamda bu yurt va Islomiy hukumatga katta zarar berishga zamin tayyorlanayotganini his qildim. Majburan Islom millati va hokimiyati, mamlakatning salomati uchun xizmat qilayotgan siyosatchilar va insonlar jamiyatiga hamiyat bilan xizmat qilganlar uchun menga ma'naviy eslatma berilgani uchun, uch nuqtani bayon qilaman:
Birinchi Nuqta: Gazetalarni tinglamasamda, bir-ikki yildan beri "eskichilik bilan tuhmat" soʻzi toʻxtamay takrorlanganini eshitayotgan edim. Eski Said boshi bilan e'tibor berdim, qat'iyyan koʻrdimki: Siyosatni dinsizlikka vosita qilgan va insondagi eng dahshatli qoʻrquv va badaviylikning asos qonuniga qarshi chiqmoqchi boʻlgan, hamiyat maskasini taqqan yashirin Islom dushmanlari ayyorona tuhmat bilan, Islom ahllari va diniy hamiyatni, iymon quvvati tomonidan nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosatni dinga vosita va tobe qilib, Islomiyatning ma'naviy kuchidan bu Islomiy hukumatni kuchga toʻldirish va toʻrt yuz million haqiqiy qardoshni orqasida ehtiyot kuchi qilib, zolim Ovrupodan tilanchilik qilishdan bir oz qutulish uchun xizmat qilganlarga juda haqsiz shaklda eskichilik tamgʻasini bosib ularni yurtga zararli deb tasavvur qilishlari, yerdan koʻkkacha chegarasiz haqsizlikdir. Buning namunalaridan birinchi namunasi, bu asrning dahshatli zulmiga qarshi toʻsiq sifatida Ikkinchi Nuqtada bayon qilish vaqti keldi. Manbai ikki asosiy qonunga tayangan ikki eskichilik bor:
Biri: Siyosiy va ijtimoiy eskichilik boʻlib, bu haqiqiy eskichilikdir. Uning asosiy qonuni koʻp suiiste'mol va zulmga sabab boʻlgan.
Ikkinchisi: Eskichilik deb nomlagan haqiqiy taraqqiyot va adolatning asosidir.
Ikkinchi Nuqta: Bashariyatning vahshiy va badaviy davridagi asosiy qonunga madaniyat nomidan dinga hujum qilib, eskichilik bilan vahshiylikka va badaviylikka qaytishyapti. Insoniyatning salomati, adolati va umumiy kelishuvini dahshatli vahshiy asos qonun hozir bizning bu bechora yurtimizga kirishni istayapti. Gʻaraz bilan qaysar partiyachilik kabi ba'zi jarayonlarni qayrashni boshlashi kabi ixtilof koʻrinyapti. Asosiy qonuni quyidagicha:
Bir toifadan, jarayondan , ashiratdan bir kishining xatosi sababli u toifaning, jarayonning, ashiratning butun a'zolari ayblanib, dushman va javobgar deb tasavvur qilinadi. Bir xato ming xatoga aylantiriladi. Ittifoq va birdamlikning tamal toshi boʻlgan birodarlik va vatandoshlik, muhabbat va qardoshlikni zeru-zabar qiladi. Bir-birga qarshi qaysar va dushman kuchlar, quvvatsiz boʻlishyapti. Kuchi qolmay zaiflagani uchun millatga, yurtga, vatanga odilona xizmatga muvaffaq boʻla olmagani uchun bir nav moddiy va ma'naviy pora berishga majbur boʻlishyapti. Bu bilan dinsizlarni oʻzlariga tarafdor qilish uchun... Ayyor, inkvizisiyadek va badaviycha, mazkur asosiy qonunga qarshi vahshiyona, ayni adolat boʻlgan samoviy va muqaddas وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى qat'iy nassi Qur'onning asosiy qonuni muhabbat va haqiqiy uxuvvat-aka ukalikni ta'minlagan va ushbu Islom millati va yurti katta tahlikadan qutqargan ushbu asosiy qonun shuki:
Bir kishining xatosi tifayli boshqa odam javobgar boʻlmaydi. Ukasi boʻlsa ham, ashirati va toifasi boʻlsa ham, partiyasi boʻlsa ham u jinoyatga sherik hisoblanmaydi. Bolʻsa ham jinoyatga tarafgirlik bilan faqat maʻnan gunohkor boʻladi, oxiratda javobgar boʻladi, dunyoda emas. Agar ushbu asosiy qonun tez asosiy dastur qilinmasa, ijtimoiy hayot ikki jahon urushi koʻrsatgani kabi, buzgʻunchilikning misoli bilan asfal-i sofiliyn boʻlgan vahshiy eskichilikka kiradi.
Demak Qur'onning bu kabi muqaddas asosiy qonuniga eskichilik deb nom qoʻygan badbaxtlar, vahshiylik va badaviylikning asosiy qonuni sifatida qabul qilgan hozirgilarning siyosatining tayanch nuqtasi "Jamoat salomati uchun bir kishi fido qilinadi. Vatanning salomati uchun shaxslarning huquqiga e'tibor berilmaydi. Davlat siyosatining salomati uchun kichik zulmlarga e'tibor berilmaydi." deb bir jinoyatchi sababli bir qishloqni yoʻq qilib, ming ma'sumning haqqini nazarga olmaydi. Bitta jinoyatchi sababli ming kishining qilichdan oʻtkazilishini joiz deb biladi. Bir odamning yaralanmasi bois minglab ma'sumga azob berdiradi. Va shu bahona bilan ikki yuz odamni otib tashlashga rozi boʻlmaydi.
Birinchi jahon urushida uch ming kimsaning jinoyatkor siyosati xatosi tufayli bechora oʻttiz million kishi yoʻq qilingan. Bunga oʻxshagan minglab misollar bor. Demak bu vahshiy eskichilikning dahshatli zulmiga qarshi turgan Qur'on shogirdlarining Qur'onning yuzlab asosiy qonunlaridan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati dars bergan asosiy qonuni bilan haqiqiy adolatni, birdamlikni va birodarlikni ta'minlashga harakat qilgan ahli iymonning fidokorlariga "eskichi" degan nom qoʻyib, ularni mutahham qilish, adolat-i Umariyaning oʻrniga mal'un Yazidning zulnimi tanlashga oʻxshaydi. Bu eng vahshiy va zolim inkvizisiya qonunini basharning eng yuksak taraqqiyotiga va adolatiga asos boʻlgan Qur'onning mazkur asosiy qonuni oʻrniga olish hukmida boʻladi. Islomiy hukumat bilan bu yurtning salomatiga xizmat qilgan siyosatchilarning mazkur haqiqatni e'tiborga olishi kerak. Yoʻqsa uch yoki toʻrt jarayonning qaysar tortishuvlari sababli kuchi zaiflaydi. Mamlakat manfaati va ososyishtaligiga sarf etiladigan zaif kuchi bilan hokimiyatini (hatto istibdod bilan boʻlsa ham) osoyishtalik va umumiy tinchlikni muhofaza qilishga yetarli boʻlmaydi. Bu Fransuz katta qoʻzgʻoloni urugʻlarini bu muborak Islom mamlakatida ekilishiga yoʻl qoʻyish deb xavotirlantiradi.
Modomiki bu ittifoqsizlik sababli zaiflik va quvvatsizlik hosil boʻlib, ajnabiylarninig siyosatiga va ahamiyatsiz vaqtincha yordamlariga javoban ajib ma'naviy poralar berilyapti. Toʻrt yuz million qardoshning birodarligi, milliardlar ajdodlarning yoʻliga ahamiyat berilmayotgandek ma'no hukm qilyapti. Osoyishtalik va siyosatga zarar kelmasligi uchun buncha isrof bilan katta maosh suratida kuch olishga oʻzini majbur bilib poralar berilyapti. Millatning faqir holati e'tiborga olinmayapti. Albatta va albatta, qat'iyyan hozir bu yurtdagi siyosatchilar gʻarbga va ajnabiylarga bergan siyosiy va ma'naviy poraning oʻn barobarini Islom olamining kelajakda ittifoq qilgan jumhuriyatlari oʻrnida boʻladigan toʻrt yuz million musulmon qardoshlarga, mamalakat va millatning, bu Islom davlatining salomati uchun oʻta katta sadaqa va zararsiz pora berishi kerak va shart.
Demak maqbul, kerak va juda manfaatli joiz va vojib pora shuki: Islom yordamlashishining asosi va Qur'on hadyasining samoviy dasturi, robitasi va muqaddas asos qonunini:
harakat dasturi qilishdir.
Uchinchi Nuqta hozircha kechiktirildi.
Hoshiya: Qardoshlarim! Avvalo siz koʻrgan qattiq eslatmaning bir daraja oʻzgarishiga uch narsa sabab boʻldi.
Birinchisi: Nur qahramoni Xusravning bayoniga asosan yigirma besh adliya mahkamalarining "Risola-i Nurda ayb yoʻq" degan e'tirofidir.
Ikkinchisi: Nurning qahramon advokati "Anqara hukumati Saidga qarshi boʻlmagani uchun, ogʻir soʻzlar bilan toʻgʻrilansa, munosib boʻladi", deyishidir.
Uchinchisi: Aniq xabarlarga koʻra Afyon Mahkamasi "Nurning olti yuz ming fidokor talabasi bor", deganiga binoan Malatiya hodisasi bahonasi bilan hech boʻlmasa Nur talabalaridan olti yuz faol va iqtidorlilarini mahkamaga berish rejasi bor edi. Lekin faqat oʻn olti kishini chiqarilishi va ularning ichidan faqat olti kishiga, ularning ichidan bitta odamga bir yil qamoqqa hukm qilishi, Nurchilarga qarshi zolim tazyiqning yengillashi va daf boʻlishining alomatidir. Shuning uchun bir daraja ogʻir soʻzlar toʻgrilandi.