Barla Lahikasi
— 40 —

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING ZAYLI VA IKKINCHI QISMI

(Xulusiyi Soniy va katta bir olim Sabri Afandining xatlari.)

Mab'usi olam alayhissalotu vassalom Afandimiz Hazratlarining insonlarni hayratda qoldirgan va juz'iy shuuri bor kishiga iymoni komil baxsh qilgan, haddan ortiq va hayratomuz ma'nan ming turli moʻ'jizoti Ahmadiyani ichiga olgan va juda oliy va azim qiymati isbotlangan, shubhasiz qabul qilingan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning toʻrtinchi qismini nazar va tavajjuhi fozilonalarida haddim yetmasa ham men vakillari boʻlgan nomlari oʻtgan Xulusiy Bey afandiga yuborish uchun koʻchirishni boshlagandim.

Ming moʻ'jiza-i Muhammadiya kirgizilgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub, oldin ham aytilganidek, istagimdan ustun juda ham buyuk, nuroniy bahslar va risolatga oid hodisalarni bayon va xushxabar qilib, ojizning ruh va qalbini bahor mavsumi kabi gul va gulistonga aylantirdi. Bu xususda qalban his qilgan tuygʻularimdan tugʻilgan va aytish lozim boʻlgan madhu sanoni oʻta porloq tarzda arz qilish eng katta orzuim boʻlsa ham, afsuski aytishdan ojiz boʻlganimni bayon qilish bilan kifoyalanaman. Faqat shu nuqtani his qildimki: U hodisalarda siz jisman boʻlmasa ham, ruhan Sarvari Koinot Afandimiz Hazratlari bilan birga boʻlganingizni tasavvur qilyapman. Zero oʻsha mazkur hodisalarning hujjati bilan, mavqei bilan, an'anasi bilan qat'iyan mushohada va oʻsha tarzda naql qilganingizga va yozganingizga amin va ishonganman.

Oʻn Oltinchi Maktubni Otaboyga ketarkanman, olib ketdim. Aksar nuqtalar bir qism doʻstlarni yigʻlatdi va amakivachcham Zuhdiy Afandi, Oʻn Oltini oʻqib boʻlgach: "Bugun qalbimga hozirgacha bilmagan, koʻrmagan nuroniy va juda koʻp ma'naviy sevinchni ichiga olgan deraza ochildi. Bu derazadan hosil boʻlgan natijalarni yozmoq iqtidorimdan ustun boʻlsa ham, avni Ilohiyga tayanib bir maktub bilan arz qilish eng katta orzuimdir. Nihoyasiz salom va hurmatlarimni yetkazishga yordam berishingizni iltimos qilaman," dedi.

Sabri
***
— 41 —

Koʻngil istarki, birdan Risolat-un Nurning hammasini yozsam-u qoʻlimda boʻlgan durri yaktolarni iste'dodim nisbatida mutolaa qilishni boshlasam.

Oʻttiz Birinchi olmos kulliyotini avni Haq va inoyati akramiylari bilan ikki kun avval tugatishga muvaffaq boʻldim. Ahmad qardoshimga oid izohni tushuntirdim. Biroz oʻqidim va "Oʻninchi Soʻz"ni istadim, lekin bu Soʻz ma'naviy qiymat e'tibori bilan mavjudotdan ogʻirdir. I'jozi Qur'onning ikkinchi qismini qariyb tugatyapman. Lekin men mushtoq boʻlgan "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ni ham lutf qiladigan boʻlsangiz, hosil boʻladigan mamnuniyatimni bir jihatdan arz qilishdan ojiz qolaman. Chunki bu kabi qiymatdor va ma'nodor asarlarni eshitgandan keyin, koʻrish ishtiyoqi tobora ortmoqda va bu fe'l-atvordan hech ham oʻzimni man qilolmayapman.

Sabri

Bu dafa men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan nurli "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"da, malaklar dengizlarida Allohning kemalariga yopishib sayr qilarkan va insonning xato-toʻgʻri qilgan amallari, qat'iy umumiy hisob daftari kabirida oʻqilishini, foyda va zarar hech bir narsaning yashirin qoldirilmasligini shiddat bilan eslatgan, baqo-i ruh olamini tomosha qilar ekanman, matlabi a'lo va maqsadi aqso boʻlgan qayta tirilish va mahkama-i kubroning hukmlari boshlanishidan avval eshitish maqomida tinglarkan va ayniqsa "Madorlar" zinapoyalaridan oliy maqomlarga ma'naviy chiqar ekanman, xususan Oʻninchi Mador va Uchinchi, Toʻrtinchi Masalalarda dengiz gʻavvoslari kabi ma'naviyat dengizida shoʻngʻib suzar ekanman, anvori haqoiqi kibriyoga va azvoqi latoifi ulyoga shunchalik gʻarq boʻldimki, gapirish va ifoda qilishdan ojizman.

Sabri

Mushrik va munkirlarni magʻlub va jim qilgan va soʻnggi malzama-i jihodiya-i vahdoniya usulini ichiga olgan va jamlagan, quvvat va mustahkamligi poʻlat, qiymat va ahamiyati olmos va javharlar va aqiq qal'a-misol "Oʻttizinchi Soʻz"ni koʻchirishga muvaffaq boʻldim.

Sabri
— 42 —

Soʻzlar soyasida bir yildan oshgan muddatdan beri shavq bilan ta'allum, inoyat bilan tafayyuz, targʻib bilan tanavvur, xohish bilan talazzuz, ishora bilan tahalluq, tadrij bilan takammul tariqida ilgarilashga harakat qilgan muayyan muddatning bir kuniga sobiqan oʻtkazgan umum hayotim tenglasha olmaydi degan xulosadaman.

Sabri

(Ikkinchi Sabri boʻlgan Ali Afandining bir bayonidir.)

Soʻzlar shunday mahoratli bir doktor boʻlib, koʻzsizlarga hidoyati Haq bilan koʻz va qalbsizlarga tamoman buzilmagan boʻlsa qalb va shuurida tuynuk boʻlmasa nurlantirib fikrlashga chorlash va "Qayerdan, qayerga, kimsan?" mushkul savolning hal qilinishi bilan insoniyat taqozo qilgan insoniyatni bahsh qiladi.

Ali

(Yana Sabriniki.)

"Soʻzlar" nomli Nur okeanida ikki yildan ortiq zamondan beri, sayru sayohatimning samara va natijasini koʻrib bilish xususida hozirga qadar zamin va zamon uygʻun boʻlmagani uchun tijorat sarmoyamning qay darajalarga chiqqanida; toʻgʻrirogʻi bir tijorat qila oldimmi yoʻqmi, ikkilangan va hayron edim.

Hamdan lilloh, bu rahmat va magʻfirat oyida, Rabboniy inoyat va Paygʻambariy yordam, hamda ustozimning himmat va duolari barakalari bilan bandangizning avvalgi ilmiy sarmoyasi toʻqson toʻqqiz daraja yuksalganini fahmladim. U ilmiy manbalar va haqiqatga olib borgan tamsillar majlislarimni shunchalar tazyin va tanvir etmoqdaki, gapirishdan ojizman. Basharning juda koʻp oyogʻini toydirgan bu asrda, juda ham hayratomuz va haddan ortiq jihozlar va ma'lumotlarni nashr qilgan Nur fabrikasidan har xil jihozlarni olish farz boʻlganini bilib, har qanday madhu sanoga haqiqiy ma'noda munosib va loyiq va hech suratda riyo ma'nosini berish imkonsiz boʻlgan muassasa sohibi a'zamiga qay darajalarda tashakkur qilsam va minnatdorligimni birdirsam ham tom ma'noda zimmamdagi vazifamni ado qilolmayman.

Sabri
— 43 —

Koʻpdan beri kamtarona ruhimning bagʻoyat mushtoq boʻlgan va har bir soʻzi bir-bir olmos xazinasi boʻlgan Yigirma Sakkizinchi risola-i pur-nurlarini, lahulhamd oʻqish va koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Oltin-misol harflardan tashkil topgan olmos manbaining qiymat va yoqtirilish va ahamiyat darajasini arz va ifoda xususida (mubolagʻa boʻlmasin) mumkin boʻlsa edi, shu risola-i qiymatdoriyning cheksiz haqiqatlarini izohlagan va jamlovchi bir qancha kalimalarning qoʻyilishiga harakat qilardimki, haqiqat loyigʻicha ifoda qilinsin. Zero Xoliqi Olam Hazratlari shu mukavvanotni xalq va ijod va har birini bittadan vazifa bilan tavzif va olam ajali sodir boʻlganda, mas'uliyat nuqtasida bu dunyoda ojizlik, faqirlik, zaiflik va ehtiyojini fahm va idrok qilib, azaliy qonunlar va Rabboniy dasturlarga boʻysungan va ergashganlarga, aytib oʻtilgan Jannat kabi ne'mat bilan aziz qiladi va ayniqsa Jannatda eng buyuk ne'mat, jamoli ba-kamoli Rabboniyani mushohada va eng buyuk neʻmatga musharraf boʻlganidan, foniy olamdagi hamma narsa natija e'tibori bilan Jannatga qaragan, oshiqqan va shu haqiqatlarning manbai boʻlgan Furqoni Mubin va Qur'oni Azimning koʻplab eshiklarini fath va rang-barang sirlariga xabardor boʻlib, haqiqatlar dengiziga shoʻngʻish harkimga muyassar boʻlmagani uchun, besh savol va besh javob haqiqiy kaliti bilan xilma-xil xazinalar eshiklarini ochib juda yaqindan va mukammal yaqqol koʻrsatilishi, bu ojiz qulning kalta aqli emas, balki anchagina yuksak zakolarga sohib boʻlganlarning ham taqdiriga tom ma'noda munosib boʻlganiga ishonchim komil.

Sabri

Men kamoli ulviyat va benihoya qiymatini aytish va ifodadan ojiz boʻlgan "Soʻzlar"dagi oliy va azim uslub va gʻoyalar, bu purqusur bandani tiriltirib, goʻyo "ba'su ba'dal mavt" holiga keltirdi va "Qora Tutning Bir Mevasi" nomli, Ovrupa maftunlariga otilgan oltin zambarakning olmos oʻqlarini koʻrdim, hayron boʻldim.

Sabri

Yigirmanchi Maktubni yozarkan, vaqtim yoʻqligi, tez yozishga harakat qilganim uchun chuqur qaralmadi va oʻqildi. Chuqur oʻylab zehnimda joylashtirolmagan boʻlsam ham, muso'ada-i fozilonalari bilan ushbu haqiqatni gapirishga jasorat qilyapman. Bu buyuk maʻno va tushunchalarni oʻz ichiga olgan maktub, hozirgacha yuborilgan umum Nur Risolalarining, xulosat-ul xulosa natijasi va juda chuqur manbai boʻlganini koʻrishim bilan birga, izohlar va sharhlar xususida ham aql sohiblari uchun, arabcha ibora bilan yozilgan, yetti ma'nodor bayon va turkcha ma'nolarida joylashtirilganiga mukammal qanoat hosil qilganimni aytib yana boshqacha istak uygʻotdi va aytdimki: Xudo-yi Mutaol va Vohib-ul A'mal val-Amal Hazratlari tavfiqoti Samadoniysini ehson qilsa-yu, ustozi oliyqadrimdan fanni ilmi Kalomni ta'alim olib fayz olsam, dedim. Bu orzu bandangiz qalbida ilalabad sobit qoladi. Bu ham qiymati bepoyonini his qilib buyuk va muqaddaslikni men loyigʻidek ifoda qilishdan ojiz boʻlgan sevimli Yigirmanchi Maktubdan tavallud topdi.

Sabri
— 44 —

Xususan Birinchi Soʻzda Basmalaning daraja-i ahamiyati va surati tamsiliyasi maqtov va hayratga loyiqdir. Eskidan beri xar kitobning ibtidosida "Basmala, Hamdala, Salvala" aytish vojibligi, domlalarimiz tarafidan bayon qilingan boʻlsa ham, bu kabi nafsni jim qiladigan tamsil eshitilmagani uchun bu daraja zehnda qaror topib, joylashmagan edi. Bu tamsil, Basmala Soʻzi boʻlgan "Birinchi Soʻz"da qanchalar oʻrinli va ma'nodor boʻlganini inson boʻlgan taqdirlaydi.

Sabri

Uch kitobdan Yigirmanchi Soʻzni ilk marta oʻqidim. Habli Matini Ilohiy va qonuni Mubini Rabboniy boʻlgan Qur'oni Azimushshonda, ushbu oxirgi asrda vujudga kelgan va Yevropaliklarning faxrlanish sabablari boʻlgan suv osti kemasi, tayyora va boshqa narsalarga 1300 yil muqaddam ishora bilan ifoda qilinganini oʻrganib Kitobi Mubinning moziy va istiqboldan berayotgan gʻaybiy va sodiq xabarlari hamda hayratomuz bayonlari, doʻst va dushmanni maftun va hayratlarda qoldirgani. Shu orqali bir daraja yana i'jozi Qur'onni isbot va tasdiq qilgan. Yigirma Uch va Oʻttizinchi Soʻzlarning bosh taraflaridan uchtadan, beshtadan sahifa oʻqiy oldim. Javohirlar koʻmilgan xazinani topgan bir faqir kabi qaysi javharni olishimni hirsli tarzda oʻylayapman.

Sabri
— 45 —

Moʻ'jizalar dengizi, Koinot Faxri Afandimiz Hazratlarining shu gʻuborli asrda zanglagan ruhlarimizni nurlantirib va sevintirgan va abadiy hayot sari yoʻnaltirgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning beshinchi juzini olib, uchinchisini qaytarib berdim. Koinot Faxri Afandimizning moʻ'jizalaridan barmoqlaridan suv oqitib qoʻshinga ichirishlariga diqqat qilib chuqur tafakkurga shoʻngʻidim. Oʻsha vaqt qalamim siyoh shishasida edi. Yozish vazifamga vaqtinchalik tanaffus bermoqchi boʻldim. Qalamimni oldim, siyohi bilan oʻrniga qoʻymaslik uchun qalamdagi siyoh tugagancha bir-ikkita kalom yana yozay-yu shunday qoldiray dedim. Boshladim, yarim sahifa yozdim, qalamdan rang to'xtamadi. Bundagi hikmatni oʻyladim, qalam quridi. Soʻngra koʻp marotaba qalamni yaxshilab rangga botirib yozdim, tajriba qildim. Yarim qator, koʻpi bilan bir qatorga yetdi. Bu ham Xatibi Bogʻdodiyning ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ siridagi {(Hoshiya): U tafakkurda bir kunlik ishni bir daqiqada qilgan.} tafakkuridan hosil boʻlgan voqeani eslatadigan bir Nabaviy i'jozning ta'kididir, dedim.

Sabri

Oldin taqdim qilingan maktublarimdagi ta'birlar va madh etuvchi soʻzlarim nima uchun haq boʻlmasin? Zero shu qiymatdor va dolzarbligi bitmaydigan va olamda koʻz qamashtirgan chaqmoq kabi moddiy va ma'naviy ustunligini oʻxshashi kabi bildirgan va e'lon qilgan sevilgan Yigirma Oltinchi Maktubni, yigirma kundan beri turli darajalarda ahli ilm mutolaa qilishdi. Faqat bugungina tahririga ehtiyoj koʻrildi va yigirma sakkiz nuqtada toʻgʻrilandi, ilova etilgan muhim nuqtalar, oliy kalima va ta'birlarni ortiqcha yoki kam deya oladigan bir kishi chiqmadi va chiqmayapti.

Ha, bu asrning zararli shaxslariga e'lon qilgan ma'naviy jihodda koʻrilgan hayratomuz muvaffaqiyatning pastkash va razillar guruhini lol va mot qilganini, zarracha insofi va iz'oni va insoniyatda zavqi boʻlgan kishining iqror va e'tirof va tasdiq qilishi, vojib boʻlgani shak va shubhalardan uzoqdir.

Sabri
— 46 —

(Shu bayon Shomli Hofiz Tavfiqnikidir.)

Oltin zarhal bilan yozilishi kerak boʻlgan oliy asaringizda, Rasuli Mujtabo alayhi akmal-ut tahoya Afandimiz Hazratlariga til uzatgan bedin xoin, mulhid xoinlarning qurigan tillarini, Ilohiy inoyati va Paygʻambar ruhoniyati va shariat qilichi bilan kesishga muvaffaq boʻlganingiz ushbu tanlangan asaringizni Janobi Haq ulugʻ dargohida va nazdi Paygʻambariyda qabul aylasin. Shafoati Nabaviyaga afandimni va faqirni ham noil aylab, Muhammadiy bayrogʻi (ASV) ostida jumlamizni birodarlarimiz bilan birga hashr aylasin, omin.

Tavfiq

(Yana Sabriniki.)

Tavfiq buroqi bilan samovot haqiqatlariga uchish yoʻlini koʻrsatish va tushuntirish uchun, tartiblangan, tasnif qilingan va xar bir yuksak yogʻdusi minglab aqliy va naqliy oyatlar va iymon alomatlarini haddidan ortiq izoh va isbot qilgan, bir iymon darajasi va Vojib-ul Vujud val Mannonning ism va sifatlari aks etgan oyna hisoblangan va baqio olam saroyining olmos kaliti boʻlgan Yigirma Ikkinchi haqiqatlar dengizini Ilohiy inoyat bilan koʻchirishga muvaffaq boʻldim.

Sabri

(Shu bayon haqiqiy va birinchi bir qardoshimiz boʻlgan Haqqi Afandinikidir.)

Takror-takror mutolaa va qiroat qilib, arsh qadar yuksak asarlaringiz haqida diqqat bilan oʻqishga, bir soʻz hatto bir nuqta qoʻshishga oʻzimda jur'at va qudrat topa olmaganim uchun, bu bobda bir fikr qoʻshishga imkon koʻrolmayapman. Faqat juda yuksak, jahon qadar qiymatdor muborak asarlarni oʻqib, biz johilligimiz sababli idrok eta olganimizchalik foydalanish va fayz olishga harakat qilib foydali boʻla olish biz uchun juda buyuk ne'matdir.

Haqqi

(Yana Haqqi Afandiniki.)

Ushbu jahonqiymat asar haqida fikrimiz soʻralmoqda. Hikmatning nozik tomonlari va ilmiy haqiqatlar bilan ziynatlangan va tahqiq etilgan yuksak asar haqida bir fikr bayon qilish ilmiy saviyamning ustidadir.

Haqqi
— 47 —

(Shu bayon ikkinchi Sabri boʻlgan Hofiz Alinikidir.)

Afandim! Yigirma Beshinchi Soʻz, Janobi Haqning farmoni mubini boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon uchun batamom ochiqligini ichiga olgan haqiqiy tanituvchi boʻlib: Haqiqatlar dengizida sayru sayohat qilgan va tashqaridan poʻlat bilan jilolangan, mustahkam hamda ichkaridan olmos va aqiq bilan bezalgan va isbotlangan hamda haqiqiy manbai boʻlgan Furqoni Hakim kabi, doimo yoshligini va mustahkamligini, ziynat va husnini orttirgan, muhofaza qilgan, hech bir jihatdan madhga loyiq hukmlariga nuqson keltirmagan, Ilohiy kemaning mahsuli boʻlib, qalblari pardalanib falsafaning boshi berk yoʻllariga kirgan gʻofil va osiylarga shiddat bilan dahshat beruvchi va halok qiluvchi zarbasini urgan Soʻz, itoat qilganlarga ma'naviy lutf qoʻli bilan, nihoyasiz dunyoviy va uxraviy mukofotini ehson qilgan Janobi Haqning zoti ustozonalariga lutf qilgan va Vahhob ismi jalilidan chiqqan nurning yogʻdusi bilan oydinlatib Ilohiy haqiqatlarning zarralarini ham olmoslar kabi koʻrib-koʻrsatgan ustozimning haqiqatlar dengizida sayru sayohatlari asnosida uchragan toʻlqinlar, bir-birining orqasidan xar biri yakka holda bir moʻ'jiza, hatto bir qatrasi iyjozi bilan i'jozini koʻrsatganini koʻrganimda "Moshoalloh", "Alhamdulillahi ala nur-il iyman va hidoyat-ur Rohman" jumla-i jalilasini tilimda vird qilyapman.

Ali

(Bu bayon ham Sabriniki.)

Nurlari olamni oydinlatgan, qit'asi kichik va qiymati juda buyuk va ulviy va azim-ul maol va shaxsan mukammal xatti bilan yozilgan olmos risolalarini koʻchiryapman va Yigirma Ikkinchi Nur daryosiga shoʻngʻiyapman.

Sabri

(Ushbu bayon muhim talaba - Sayyid Shafiqniki.)

Shifoxona-i qalbingizdan chiqqan Oʻttiz Uchinchi Soʻzingiz bilan oʻttiz uch jihatdan kasalmand, yarador qalbimizni davolashingizni ayniqsa iltimos qilaman.

Sayyid Shafiq
— 48 —

(Inshoalloh Qur'onga buyuk xizmat qiladigan Kichik Hofiz Zuhduning maktubidir.)

Bugun men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan I'jozi Qur'onning bu bechora talabangizga baxsh qilgan nihoyasiz fayzlar oʻlimga mahkum ruhimga shunday mahoratli tabib muolajasini qilganki, mubtalo boʻlgan qalb xastaliklarimni davolab, yangidan hayot baxsh qilganidan, minnatdorligimni bildiraman va bu tengsiz javohirlar xazinasining boshqa rangli eshiklarining ham ochilishini ojizona iltimos qilaman.

Oʻttiz Uchinchi Maktubning oʻttiz uch derazasidan boshqa-boshqa porlagan nuroniy ziyolar ojizona qalbimga fayyoz nulari bilan guloblar sochdi. Hali bir qancha Nur Risolalarining fayzlarida hissador boʻlishni barigohi Ahadiyatdan yolvorib soʻrayman afandim.

Hofiz Zuhdu

(Yana Sabrining bayoni.)

"Arz qilingan xususiy bir masala": Ushbu oʻn toʻrtinchi asri Muhammadiyda (ASV) Rabboniy rozilik va tabligʻoti Ahmadiyani haqiqiy ma'noda ado va ijro va bildirgan va bajargan haqiqatdan "matla-i shamsi fuyuzot" ta'biri bilan tavsif va ta'zimiga masadaq bo'lgan oʻxshashi boʻlmagan Nur risolalaridan bu ojizning ruhiga in'ikos qilgan va kamtarona sarmoyamdan emas faqatgina Risolat-un Nurning fayzlar va yogʻdularidan terib, bir-biriga yuklab yozgan maktublarim, faqatgina bir Ustozning yuksak va goʻzal tavajjuhlarining belgisi boʻlib, Risolat-un Nur qatoriga doxil etilishi xijolat boʻlishimga sabab boʻldi. Zero ummonga nisbatan bir ariq hukmida ham boʻlmagan, bu ojiz bandaning pur-qusur ifodalari shunday baland bir mavqeda joy oladigan mohiyatda emasligi oshkoradir. Janobi Kibriyodan umid qilamanki, yaqin nurli va ziyodor Soʻzlarning nur va ziyolaridan foydali va ziyodor boʻlsin.

Sabri

(Shu bayon Xulusiynikidir.)

Siyosat men tushunmagan bir ishdir. Odamlarning istaklariga xizmat qilishdan nafrat qilaman. Xorlik bilan yashash, men koʻtarolmagan hollardan biridir. Falillahilhamd Allohimiz bir, Paygʻambarimiz bir, Kitobimiz bir, Dinimiz bir... va hokazo. Bu bir birlar bizga bir-birimizni Alloh uchun sevish bogʻini mustahkamlash bilan birga, ruhiy, qalbiy, abadiy, loyamut bir birlik ta'min qilmoqdadir. Hamd va shukrlar boʻlsin, moʻminmiz. Hayotda biz uchratadigan minglab musibat va iztiroblarga

— 49 —
مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ

kabi juda ta'sirli darmonimiz bor. Yana idrok qilyapmizki, bu yerda vazifalari tugaganlar uchun, abadiy va'da qilingan hayot boshlanadi. Biz bu yoʻlning yoʻlovchisi, bu karvonsaroyning musofiri, bu korxonaning vaqtinchalik ishchisi boʻlganimiz uchun, ertami-kechmi oʻsha karvonga qoʻshilamiz.

Qisqa, aziyat beruvchi, sertashvish, alamli, qaygʻuli, firoqli va faqat doimiy hayotning ekinzori boʻlgan bu foniy va beqaror olamda boshlangan gʻarazsiz, badalsiz, benuqson va hech kimning istagiga tobe boʻlmay, beminnat va jiddiy, xolis va muxlis doʻstligimizning mevasini butun saodatni ichiga olgan hayot da koʻramiz.

Umid va iymon kabi juda oliy sarmoyamiz bor. Hoʻja Afandi Hazratlarining oliy tavsiyalari:

Besh vaqt namozingni qonun-qoidasi bilan oʻqi. Boshqa ibodatga kuching yetmaydi.

Namozning oxiridagi tasbehlarni ayt. Boshqa zikrni qilolmadim deb afsuslanma.

Yetti gunohi kabiralarni tark et, chunki kichik gunohlarni qidiradigan vaqtda emasmiz.

Paygʻambarimizning (ASV) sunnatlariga ergash, zero bu davrda orqalaridan ketiladigan va harakatlari taqlidga loyiq sof, xolis va muxlis hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi U zot boʻlib, (u ham seni yana bu yoʻlga olib keladi) afsuski topolmaysan. Balki bu yoʻlga chiqaradiganlar bordir. Ammo koʻmir bilan olmosni kim ajrata oladi? Shunday ekan harakat qil, undanda yaxshiroq rahbar topolmaysan.

Darslaridan birida, men xar doim zikr qilgan مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ shafoatbaxsh hikmatli soʻzi esimizda bor ekan, shubhasiz xar qanday musibat va alam xush qarshilanadi.

Aziz qardosh! Shunday vaqtlar boʻladiki, hamma narsa, harkas, xar muomala qalbni ranjitadi. Ammo mana shifobaxsh darmoni:

﴿ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ﴾
— 50 —

Men xar zamon aytaman: Biz bu foniy hayot uchun doʻstlik qilmayapmiz. Bu qisqa hayot bilan vidolashish, nazdimizda va e'tiqodimizda abadiy hayotning muqaddimasidir. Shunday ekan, xafa boʻlmaylik. U hayotni hali boshlamadik. Xabarlashib aloqani ta'min etaylik. Allohga ishonaylik, Undan madad tilaylik.

﴿ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ ﴾
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَا ف۪ى عِلْمِ اللّٰهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
Xulusiy

(Sabrining Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi Soʻzlarni yozgan vaqti yozgan maktubining bir parchasi.)

Butun Risolat-ul Anvor xar biri turli-tuman mavzularda, son-sanoqsiz qiyinchiliklarni hal qilishi bilan birga, bandangiz shunday tasavvur qilyapmanki: Nur daryosidan ichishni istagan kishi, Birinchi, Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi Soʻzlarni osla, boshqalariga qoʻli yetishmasa ham qalbdagi kasallikni daf qilish va yoʻqotishga, ruhni nurlantirish va sevintirishga kifoya qilgani koʻrilgan va tasdiqlangan. Zero "Birinchi Soʻz" tavhid kalitidir. Yigirma Birning birinchi qismi Jannat narvonidir.

Ikkinchi qismi qalb kasalliklarining davolanishi uchun oʻxshashi yoʻq dorilar shifoxonasidir. Hayotbaxsh dorilari bilan istisnosiz harkimda boʻlgan vasvasa kasalligini davolaydi va qoʻporib tashlaydi. Qalb va ruhda Qur'oni Hakimning abadiy va cheksiz fayzlar va nurlaridan kelgan farahbaxash gulzor ochib abadiy saodatga yetkazadigan najot va salomatlik yoʻlidir. Yigirma Ikki esa Burhoni bilan, Yogʻdulari bilan inson boʻlgan kishining diniy aqidalarini mustahkamlash va quvvatlantirishga tengsiz rahbar boʻlganini arz qilaman afandim.

Sabri
— 51 —

(Bu qism Xusravning maktubidan.)

Suyukli va Muhtaram Ustozim.

Soʻzlaringizning (ya'ni Risolalaringizning) xar biri ulkan dengizdir. Soʻzlaringizdan juda koʻp fayz olyapman. Oʻqigan sari takror qilishni istayman. Va takrorida his qilgan Ilohiy zavqimni ta'rif qilolmayman. Bugun kim Soʻzlaringizdan hammasini emas, bir donasini olib insof bilan oʻqisa, haqni qabul qilishga va munkir boʻlsa, tanlagan yoʻlini tark qilishga, fosiq boʻlsa tavba qilishga majbur boʻladi degan qat'iy umiddaman.

Xusrav

(Ra'fat Beyning maktubidan.)

Soʻzlaringiz murshidona va juda yuksak boʻlganidan, gʻoyat diqqatli va tahlil qilib oʻqishni talab qiladi. Bayon qilgan aqliy va mantiqiy dalillaringiz shu qadar shirin va hayratbaxsh boʻlib, inson oʻqigan sari oʻqiydi va cheksiz ma'naviy zavq his qilib, hech qoʻlidan tushirishni istamaydi. Shu sabab bir marta oʻqish kifoya qilmaydi. Hammasini yoniga oʻlib doimo oʻqishi kerak.

Ra'fat

(Bu ham Sabri Afandining maktubidir.)

Ustozim Afandim!

Ushbu qiymatli olmoslar Janobi Haqdan Habibi Ziyshoniga yuborilgan Tubo daraxtining cheksiz mevalari boʻlganini va bularning oʻxshashi kabi tengsiz javohirlarning chiqarilishi va koʻrsatilishi vaqtini topib Rabboniy va Muhammadiy koʻrgazmaga qoʻygan zoti ustozonalarini shu daqiqada qisqa aqlim va iste'dodsiz tilim bilan shunday duo qilaman:

اَللّٰهُمَّ احْفَظْ مُؤَلِّفَ هٰذَا الدُّرِّ الْيَكْتَا الَّذ۪ى هُوَ مَوْسُومٌ بِرِسَالةِ النُّورِ
وَ اَعْطِ قَلْبَهُ (وَ قَلْبَ صَبْر۪ى) اَلَّذ۪ى هُوَ مَمْلُوءٌ بِالْحَقَائِقِ وَ الْاِبْتِهَاجِ وَ السُّرُورِ اٰم۪ينَ
Sabri
— 52 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Moddiy jihatdan uzoqda boʻlgan bu bechora talabangizni yaqindan vakillik etgan Hofiz Sabri Afandi bilan boshqa kishilarning Nurlar haqidagi tuygʻulari juda qiymatli va yuksak va loyiq bir suratda ifoda qilingan. Bir maktubingizda Muallim Judining qasidasi munosabati bilan aytgan hikmatli soʻzingizni bu yerda takror qilishga munosabat keldi.

وَمَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى
وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ

siri asosida goʻzallik yozuvlarimizda emas, aksincha i'jozi Qur'ondan boʻlgan nurli Soʻzlarga va Maktubotga oiddir. xar bir moʻmin kishi tushunish va zavq olish darajasiga koʻra, aslida goʻzal narsani ta'rif qiladi. Ojizlik va faqirlikdagi lazzat, shafqat va tafakkurdagi ulviyat haqiqatdan hech narsa bilan qiyos qilinmas ekan.

Olamning holi uygʻun boʻlsa ham, Qur'onning maxsus xazinasidan chiqarib ta'biri oliyingizcha siz dallolligini qilayotgan olmoslarni koʻp koʻzlar koʻrsa deyman. Koʻrsa-yu, sarxushlar oʻziga kelsa, hayratda qolganlar qutulsa, moʻminlar sevinsa, mulhidlar, kofirlar, mushriklar iymonga, insofga, aql doirasiga kelsalar. Va bu baxtiyor va oliy natijani bizlarga idrok qildirishini Ilohiy lutflardan yalinib va yolvorib soʻrayman. Omin.

Muhtaram Ustoz! Allohu Zuljalol Hazratlariga qanchalar shukrda boʻlsangiz, oʻrinlidir. Ojizlik va faqirlik ruxsatnomasi bilan siz kirishga muvaffaq boʻlgan Qur'on saroyining maxsus xazinasidan koʻzlar koʻrmagan, quloqlar eshitmagan javharlarni koʻryapsiz va sizga ruxsat berilgan miqdorini boʻlak-boʻlak chiqarib avvalo oʻzingiz qarayapsiz, soʻngra:

"Ey inson! Mana qara, bu musofirxonani ochgan, olamlarni rahmati bilan yaratgan,

seni hikmati bilan yaratib bu olamga yuborgan Sultoni Koinot bir ming uch yuz yil avval buyuk elchisi Habibi Akrami (ASV) vositasida,

senga yaratilishdagi hikmatni,

bu yerga kelishdagi maqsadni,

qullik taqozo qilgan xizmatni va boshqa haqiqatlarni bildirgan edi.

Bu oliy tabligʻotni, u muqaddas hukmlarni siz tushunadigan til bilan tushuntirmoqdaman, tinglanglar. Agar aqlingiz boʻlsa, koʻzingiz koʻrayotgan boʻlsa, insonligingiz boʻlsa, haqiqatni anglaysiz va iymonga kelasiz", degan bayonot qilyapsiz. Bizlar qadar taqozosi bilan falillahilhamd bu muqaddas bayonotni yaqindan tinglash, koʻrish va koʻrsatish ishtiyoqini koʻrsatdik. Siz ham ushbu olmoslarni koʻrsatib bizni uygʻotdingiz. Haqiqatni anglatib, yoʻlimizni toʻgʻrilashga vasila boʻldingiz. Alloh sizdan abadan rozi boʻlsin. Nafsi ammoraning asiri, jin va ins shaytonlarining nishoni boʻlishdan qutulmagan boʻlsak ham, bu beminnat va Qur'oniy xizmatdan zavq olmoqdamiz, loyigʻi bilan qilolmayotgan boʻlsak ham, yoʻlida turibmiz.

— 53 —
اِنَّمَا الْاَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ
Xulusiy