Barla Lahikasi
— 54 —

IKKINCHI ZAYL

(Omi, ammo allomalarning ishini bajargan va Qur'on sirlariga nisbatan Ispartaning uygʻonishiga sabab boʻlgan oxiratli qardoshim Odiljivozli Bakir Ogʻaning Soʻzlar haqidagi tuygʻulari.)

Fazilatmaob Ustozim Hazratlari.

Afandim, avvalo ta'zim va hurmatimni aytib muborak qoʻllaringizni oʻpib, xar on va xar doim saviyam yetganicha duo qilaman va duongizni soʻrayman.

Afandim, bilganingizdek, faqir talabangiz va qardoshingiz johil boʻlganim holda, quyosh-misoli tanlangan risolalaringizdan barcha Nur Risolalaringizni oʻqitib tingladim. Quyoshning nuriga toʻsiq qoʻyilb boʻlmagani kabi va toʻsiq qoʻyilish ehtimoli boʻlmagani kabi, risolalaringizga ham toʻsiq qoʻyib boʻlmaydi. Ularni tinglashda ruh va qalbimni tadqiq qildim, tadqiqotimda qanday his qilgan va anglaganimni angladim. Qarasam, ruh va qalbimda bir fazayon va joʻshqinlik borki, meni ixtiyorsiz bir vazifaga chorlamoq uchun hamon "qani bormi" deya tazyiqlarni boshladi. Boshdan oʻtkazgan bu voqeani ta'qib qilar ekanman, Nurlar koʻrsatgan kalitlarni koʻrdim va koʻrsatildi. Angladimki, bu kalitlar bilan kerak boʻlgan eshiklarni ochib, Nurlarning ahli - qardoshlarimni (haddim boʻlmasada) qidirib topish vaziyati goʻyo menga amr qilinib, Nurlardan quyosh kabi nur sochilishi xususida bu holni oʻzimga vazifa deb bildim.

U Nurlardan olgan kalitlarimni topshirib, din xoini hisoblangan mulhidlarning qoʻllari qimirlamaydigan darajada sinishi uchun, hamdan-lilloh qardoshlarimni qidirib topdim. Omonatulloh va omonati Paygʻambariyning (ASV) gʻoyat porloq yoqut va zumraddan qiymatdor boʻlgan xazinalarini u zotlarning qoʻllariga topshirdim. Alhamdulilloh, Janobi Haq muvaffaq qildi. Muborak asarlaringizni mutolaa qilgan shaxslar, inson boʻlsalar va bashariyatga aloqalari boʻlsa, iymon keltiradi. Ishonmagan taqdirlarida yo insoniyatdan voz kechishlari yoxud inson emasmiz deyishlari kerak. Bu asarlarning bir oʻzi alohida-alohida fotihdir. Inshoalloh xar jihat ila, fath qilib fotih boʻladi. Janobi Mavlo oxiratda jumlamizni savobiga noil aylayib, shafoatiga mazhar qilsin. Omin!

— 55 —

Takror muborak qoʻllaringizni oʻpish ila, duongizni soʻrayman afandim hazratlari.

Abduljalil oʻgʻillaridan
Odiljivozli
Amrulloh oʻgʻli Bekir

(Ushbu bayon Xulusiyi soniy Sabriniki.)

"Oʻninchi Soʻz" nashr qilingan, qiymati yaratiqdan ustun muborak nurli asardan bir nusxacha ehson qilishini kutdim. Olishim bilan, ruh sohiblaridan xoli va zumrad-misol koʻkargan nabotot orasida bir daraxtning ostiga bordim. Lekin mavsum e'tibori bilan zaminning gilami gʻoyat lobar va turli-tuman chechaklar bilan ziynatlangan va muhtasham boʻlsa ham, biroz oldin bayon qilingan asar boqiy olamning haqiqiy va qat'iy hujjati hamda eng kuchli va gʻoyat mustahkam va bagʻoyat goʻzal, naqliy, aqliy, mantiqiy, ta'rifi imkonsiz dalillar va qat'iy burhonlar bilan isbotlangan; hatto hashr haqida oyogʻi toyib halok qiluvchi jarliklarga ketgan va eng yomon botqoqliklarga tushgan, zarar va zalolatda boʻgʻilgan juda koʻp kishilarni nozik, chuqur ishoralar va haqiqatlari bilan tiriltirganini va etishini qoʻldan kelgancha oʻrgandim.

Har qancha qiymatdor asarning juda yuksak va muhim darajalarini, hatto eng qisqa jumlasini ham tom ma'noda tushuna olish, u xususda gapira olish, tahsil qilgan ilmimdan ancha yuksak boʻlsa ham, haqiqiy manbai boʻlgan Furqoni Mubindan toʻliq fayz olgan va oʻxshashi koʻrilmagan shoh asar ekanini angladim. Bu faqir, shiddatli ojizlik va zaifligim bilan hadsiz haqiqatlar dengiziga shoʻngʻidim va nur ummoniga kirishga ushbu muborak asar olmos kalitim boʻldi.

Shunga binoan, xoslar va xoslar xosi diqqat bilan uni mutolaa qilsalar, qay darajalarda Ilohiy haqiqatlar va Rabboniy maʻorifni koʻrib, fayz qozonishlarini taxmin qilolmayman. Bundan tashqari ushbu nuroniy va ulviy va muqaddas asar, raqami e'tibori bilan toʻqqiz asarning oldindan oʻtganini imo va ishora bilan birga va "Oʻn" raqamidan keyin yana bir qancha asarlarning vujudini ichiga olgan boʻlganiga doir bir qalbiy sezgirlik uygʻotdi.

— 56 —

Soʻngra angladimki: Qur'oni Hakimning nur va ziyodor manbai qaynab toshgan. Furqoni Hakimning olmos ma'danlaridan dahshatli bir portlash sodir boʻlgan, "Soʻzlar" nomli hadsiz darmon va javohirlar oʻrtaga chiqdi. Juda koʻp qalblar kasalligini daf qildi va sogʻaydi. Furqoni Mubinning fayzi bilan "Soʻzlar"ning xar birini hammaga koʻrish muyassar boʻlmagan gʻoyat nozik va chuqur lol qoldiruvchi izohlarini rentgen uskunasi bilan misol qilyapman. Rentgen shu'lasi a'zolar ichidagi eng yashirin va nozik holni qanday koʻrsa, koʻrsatsa, xuddi shuning kabi, Nurlarning xazinadorlari boʻlgan "Soʻzlar" ham, ashyolarning haqiqatlarida eng kichkina zarralarni ham koʻrish va koʻrsatish xossasiga sohibdir.

Sabri

(Ushbu ikki qism Xusravniki.)

Hozirgacha oʻxshashiga uchramaganim bu goʻzal va yuksak Soʻzlarni birdaniga qamrash harkasga muyassar boʻlmagani uchun, meni afv qilishizni iltimos qilaman. Duoingiz barakoti bilan bir kun kelib uni ham Janobi Haqning muvaffaq qilishi umididaman. Meni zoti oliyingizga taslim qilgan va "Soʻzlar"ni yozishimga ruxsat bergan Janobi Haqqa milliardlarcha hamd va shukr qilaman.

Xusrav

(Yana Xusravniki.)

Risolalarning yuksakligiga va goʻzalligiga va latifligiga ojiz lisonim, qisqa aqlim va zaif idrokim bilan hayratda qolishim u yoqda tursin, xar oʻqigan kishini qat'iyan tahsinga chorlashi aniq. Janobi Haqqa qanchalar hamd aytsam, shukr qilsam ham, bu lutflarning haqqini ado qilolmayman.

Xusrav

(Bu qism Hofiz Zuhduniki.)

Nur boʻstonining nurli mevalaridan yana ikkitasini uzishga muvaffaq boʻldim. Bu mevalar ichiga olgan lazzatni qisqa tilim bilan hozir ifoda qila olishdan juda ojizman. Nabiyyi Oxirzamon Alayhi Akmalussalotu Vassalomning huzuri saodatiga va pok, latif Nabaviy suhbatlari bilan musharraf boʻlish zavqini idrok qildirgan ushbu qiymatdor "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ni mutolaa qilishdan hech ham toʻyolmayapman. Toʻliq Risolat-un Nurning taqdir va ehtiromi xususida soʻz ayta olishdan qalamim ojiz va noqisdir. Janobi Vohib-ul Atayadan tilaymanki, Nur boʻstonlarining mevalarining hammasidan totishga, doʻstlarim kabi ojizlarini ham muvaffaq qilsin.

Hofiz Zuhdu
— 57 —

(Bir Nur talabasining bayoni.)

Bugun u yuksak kitobni tugatishga muvaffaq boʻldim. "Me'roj"ni tugatish va mutolaasidan hosil boʻlgan surur va saodatimni ta'rif qilishdan qalamim ojizlikka duchor boʻlmoqda. Mutolaadan tugʻilgan tuygʻularimni qisqacha va bir jumla bilan arz qilaman:

"Me'roj"ning mutolaasida hayotning falokat girdoblarini va saodati abadiyaga qarab ketgan ma'naviy dengizning salomat yoʻllarini koʻrsatgan qalb toʻla nur va ziyo topdim. xar bir misolida isbot qilingan juda koʻp haqiqatlar va bugun xotirlanishi va xayol qilinishi ham ruhumizni toʻldirib joʻshtirishga kifoya bo'lgan Asri Saodat va ajoyibotlar davri koʻzim oʻngida hayotlandi. Fikrdan fikrga, hayratdan hayratga tushdim.

Me'roj kitobi, falsafa savdoyi e'tirozchilarning falsafasini xar doim barbod va qiymatini yoʻqottirish quvvatiga sohib asardir. "Me'roj" kitobi bir oʻzi asoslardagi haqiqatlarni kattalashtirmasdan va betarafona tafakkur, ham koʻradigan va qabul qiladigan nazar bilan isbot qilgan, yopiq qolgan nuqtalarni iymon ahliga ma'qul va mantiqiy fikrlar bilan izhor qilgan tarix kitobidir.

Gʻaflatga shoʻngʻigan va zalolatning magʻlubi va ozgina aqli bilan oʻziga mumtoz mavqe berishni istagan faylasuflar, Me'roj kabi shoh asar qarshisida pogonlari olib tashlangan, bor shuhrat va nomi tushishga mahkum bir qirol vaziyatiga tushadi. U qirol doimiy umidsizlikka mahkumdir. Holbuki buncha haqiqatlar oldida falsafa zanjirlari va e'tirozchi fikrlari bir-bir singan, da'vosining va iddaosining haqsizligini anglagan faylasuf, Xoliqi A'zamning qudrat va azamati huzurida sajda qiladi va afv tilaydi.

Zakoiy
— 58 —

(Zakoiyning bayoni.)

Namozga doir fazilat va mukofot manbai boʻlgan Toʻrtinchi, Toʻqqizinchi va Yigirma Birinchi Soʻzlar ruhimning qorongʻu burchaklarini ta'rifi imkonsiz bir suratda nurlantirdi. Mening kamoli ishq va shavq bilan tadqiq qilgan bu shoh asar shubha bulutlari ichidagi vaqtini boʻsh oʻtkazib zoye qilib ketgan ahli gʻaflatga va yoshlik hoyu-havaslariga asir boʻlib vaqt oʻtishi bilan pushaymon boʻlib haqiqat yoʻlini qidirganlarga hayot yoʻldoshi boʻlsin.

Zakoiy

(Shu parcha Doktornikidir.)

Ustoz, omonat sifatida bandanizdagi ikki kitobni soʻrayapsiz. Bandangiz yolvoraman, kelasi hafta taqdim qilay. Chunki, kichigini ikki marta, kattasini bir marta oʻqiy oldim. Kamrovimning torligi yoki ojizligim sababli idrokim ham ozdir. Shu sababli, sizning muhtasham misollaringizni juda koʻp oʻqishni istayman. Juz'iy-kulliy hammada aloqa hosil boʻlsin. Ey Rabbim! Qanday ham buyuk mantiq, qanday ham buyuk jim qiluvchi bayon va tushunish tarzi. Oh Ustozim, bu muborak dinning ulugʻligini idrok, kamrash va taqdirlashda sizga faqat sizga shukrda qarzdorman va minnatdorman. لِسَبَبٍ مِنَ الْاَسْبَابِ Diniy aqidalarimning azim bir inqilobi bor. Nur Risolalaridan olgan diniy, insoniy, vijdoniy, iqtisodiy va ilmiy darslarim menga hayotda muvaffaqiyat beradi.

Doktor Yusuf Kamol

(Doktornikidir.)

Toʻliq ma'nolari bilan ma'nolarini qavrash iqtidorida boʻlmaganim u yuksak asarlaringizni fursat topish bilan oʻqiyapman. Irshodi oliyalari unutilmas va shoh asar xotiradir. Mozorimga qadar diniy aqidalaringizning asiri va qurboniman. Ustozim, sizning Soʻzlaringiz mening din haqidagi xayolimni jiddiy ravishda oʻzgartirdi va yanada sevimli bir yoʻlga yoʻnaltirdi. Hozir bandangiz doktorlarning oʻylagani kabi oʻylamayman.

Doktor Yusuf Kamol
— 59 —

(Bu uzun bayon Xulusiy Beyniki.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ

Ey Aziz Ustoz!

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Toʻrtinchi Masalasini toʻrt kun avval, Ikkinchi va Uchinchi Masalasini va ichidagilarini kecha olish bilan baxtiyor boʻldim.

Birinchisi: Muhtaram Sabri Afandining, ojiz bandangiz haqida koʻrsatgan azim tavajjuh va ustozana maqtovlari bilan ham musbat kamtarinliklari munosabati bilan bir necha soʻz aytishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman. Jumladan: Bu purqusur faqir qardoshingizda juda mukarram va aziz deb bilgan Ustozining ba'zi xislatlaridan dengizdan qatra nisbatida bor. Bu jumladan boʻlib uch holimni arz qilaman:

Biri: Yoshligidan beri Haq lutfi bilan Qur'onning haqiqatiga qiziqqan va haqiqatni izlash yoʻlida boʻlgan, oxiri qidirganimni Egʻirdirda muhtaram ustozimning nashrga vosita boʻlgan "Soʻzlar" unvonli Nurlarda topdim. Bu topish, meni avvalombor botqoqlikdan salomatga, falokatdan saodatga, zulmatdan nurga chiqargani uchun Nurlar, Hazrati Qur'on va Nurlarning izni Haq bilan noshiri, muballigʻi, voizi, dalloli boʻlgan Ustozimga oʻsha ondan e'tiboran ruhimda yiqilmas muhabbat, aloqa va bogʻ hosil boʻldi. Yuz ming karra hamd va shukrlar boʻlsin. Nurlar bilan aloqador boʻlgan vaqtim barcha dunyoviy lazzatlardanda ustun buyuk zavq va hislarimda azim bir shavq his qilaman.

Ikkinchisi: Qullik taqozosi, Nurlardan olgan darslarim dalolat qilgan barcha nuqsonlarni, hamma yomonliklarni nafsimdan va yaxshiliklarni, yaxshi narsalarni Allohdan deb bilaman. Nurlar va Qur'onga xizmatni beminnat orzu qilaman, nashriga muvaffaq boʻlolmaganim uchun moʻminlar hisobiga juda ham ranjiyapman. Bu holimga ham shukrlar boʻlsin.

Uchinchi hol va haqiqiy shaxsiyatim: Buni ta'rif qilishga haqiqatdan uyalaman. Lekin Janobi Allohdan meni va barcha qardoshlarimizni nafs, jin, ins va shaytonlarning makrlaridan muhofaza aylasin va zalolatga tushganlardan aylamasin, omin.

— 60 —

Mening qardoshlarim; {(Hoshiya): Sabri kabi talabalarga xitob qilmoqda.} Ustozimning qardosh va talabalari boʻlganlar shubhasiz birinchi va ikkinchi holni ruhlarida his qiladilar. Shunday ekan insonda, ayniqsa moʻminlardagi hislarning takomillashishini chegaralab boʻlmasligi uchun tavfiqi Xudo bilan bir marta bu yoʻlga kirganlar, nafs va shaytonlariga bu ojiz, faqir va bechora qadar magʻlub boʻlmaydilar, taraqqiy va istifodalari ham oʻsha nisbatda ziyodalashadi. Muhtaram Ustozim bu nuqsonli talabasiga tavajjuhi; insonlarga, moʻminlarga, moʻminlarning ayniqsa men kabi muhtojlariga shafqatlari darajasiga va eng koʻp ehtiyojim borligiga dalil va misoldir.

Xulosa: Layoqatimdan juda ustun husni zonda boʻlgan va tavajjuh koʻrsatgan aziz va muhtaram va kamtarin Sabri Qardosh! Bilginki, juda ham gunohkor, juda ham ojiz, faqir, qashshoq ummati Muhammaddan (ASV) bir bandaman. Duolaringizga juda ham muhtojman. Ojizlik va faqirlik arzi holini qabul qilib Qur'onning xos xazinasidan olamga farqli nom, tarz va shakllarda javharlar koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan Qur'on dallolining muqaddas xizmatida yordam eng buyuk orzuim, jiddiy istagim va eng muqaddas niyatimdir. Ushbu niyatim sababli Nurlar bilan mashgʻul boʻlish saodatiga sazovor boʻlgan daqiqalarimda, kutilganning aksiga ba'zi soʻzlar beixtiyor qalbimga va qalamimga kelmoqda. Ushbu ma'rifat meniki emas albatta, muhaqqaq va mutlaq Hazrati Qur'ondan porlagan Nurlarga oiddir. Shunday ekan, asl ustoz Qur'ondir. Muhtaram ustozimiz eng loyiq va haqiqatdan muarrifi, muballigʻi va mudarrisidir. Biz muhtojlar fursatni gʻanimat bilishimiz kerak, javharlarni olishimiz kerak. Qalbimizga, miyamizga naqsh qilishimiz, ikki dunyoda saodatimizga sabab boʻladigan Nurlarni kuch yetgancha nashriga harakat qilib muhofazasini quvvatlantirishimiz kerak.

وَمِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ

Ikkinchidan: Maktubotning kichiklaridan oʻn uchtasini ichiga olgan xususiy maktublar majmuasini oldim. Shu bois moziyni hozirgi zamon oʻrniga qoʻyib, chuqur ma'noli shirin suhbatingizni bir marta yana shavq bilan tingladim. Zotan men u vaqtlarning moziyda qolishiga rozi emasman. xar doim holi hozir kabi mutolaa qilaman. Oʻtmish, hozir, kelajak nisbiy taqsim emasmi? Ahli zavq uchun bu taqsimga ehtiyoj qolmaydi.

Uchinchidan: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkiz Masalasining Birinchisi menga oid tush haqida qiymatli bir dars bergan.

— 61 —

وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyatiga goʻzal bir tafsir, oxirgi ma'nosi oʻrtaga chiqqan tushga chiroyli bir ta'bir boʻlgan. Uyquga oid oyatni juda oliy va munosib bir suratda tafsiringiz bilan, hammadan ziyoda muhtoj Xulusiyingiz boʻlgani holda, yana barcha Risola-i Nur va Maktubot-un Nur tinglovchilariga va oʻquvchilariga foydali, zavqli, asosli, jiddiy, vajiz va baligʻ bir dars bergan boʻldingiz.

Shu yerga bir ishora qilishni istayman. Qur'onning karomatiga bir nuqta, bir zarra yana ilova etmoqdaman: Kerak boʻlsa Egʻirdirda, kerak boʻlsa bu yerda ba'zan zehnimga bir narsa keladi va oʻzi bilan ancha mashgʻul qildiradi. Ilk maktubingizdayoq aqlimni mashgʻul qilgan narsaning javobini topaman. {(Hoshiya-1): Bu karomati Nuriya Xulusiyda boʻlgani kabi, koʻplarda ham koʻringan va koʻrinmoqda.} Bu bir, besh marta boʻlmadi, juda ham koʻpayib ketdi. Shuning uchun, karomati Qur'oniyadan deyman.

Ikkinchi Masala chiroyli va ilmiy bir dars boʻlish bilan birga, xotirga yana bir jihat keladi. Hizb-ush shaytonning yordamchilari bu yerlarda izgʻib soxta va adashtiruvchi harakatlar bilan ishimizga to'sqinlik qilish xohlashadi. Suning uchun Qur'on shifoxonasining kaliti, inoyati Ilohiy bilan qoʻlida boʻlgan suyukli Ustozimizning bunday zaharlarga darmon yetishtirishi va Qur'on aslahaxonasidan olgan ajib qurollari bilan kurashishi, chiroyli, betakror ulsub va hayratomuz misollar keltirishlari haqiqatdan minnatdorchilik va shukrga loyiqdir. Alloh sizdan behad rozi boʻlsin.

Uchinchi Masala haqiqatdan juda goʻzal, juda xush, juda ochiqdir. Bu masalani besh nuqtaga ayirib, Islomning besh ruknini xotirlatgan, salomatlik uchun besh asosni koʻrsatgansiz. Ham doʻstlaringizga va qalban sizdan bir narsa kutganlarga, kelishi kutilgan savolga javob sifatida qalamga olgansiz. Ammo husni zonga izn beryapsiz. Niyat bilan mukofotlangan va foydali boʻlishini eslatyapsiz. Soʻragan kishi bunga ham rozi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifi zotan bu dardga darmon beryapti. Yaraga malham surtmoqda va bu istakka chora topmoqda.

Soʻzlar bilan siz

yordam berayotgan moʻminlar,

botqoqlikdan chiqargan adashganlar,

oʻziga keltirgan sarxushlar,

shuurini qaytartirgan devonalar,

xozir Qur'ondan yanada yaxshi murshid yoʻqligiga ishontirgan haqiqatdan mushtoq insonlar,

mot qilganingiz munofiqlar, mulhidlar,

hatto qochirgan shaytonlarni xar bir koʻzi bor va qaragan odam koʻrdi,

aqldan nasibasi boʻlgan kishi angladi, qalbi buzilmagan ishondi.

Bu azim muvaffaqiyatning sirri, ojizlik yoʻlining rahbari boʻlgan Qur'onning va Nurlarning dalloli koʻrsatgan haqiqiy ojizlikka - Xoliqning ehsonidandir.

— 62 —
﴿ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ ﴾

oyati jalilasiga tayangan holda xar qanday istagingiz boʻlsa, Qur'onda bor. Bunga muvaffaq boʻlish uchun Nurlar bilan aloqador boʻlish, Qur'onga xodim boʻlish, Allohga nisbatan haddini bilish, toʻliq ojiz boʻlganini anglash, butun majudiyati bilan qabul qilish bilan boʻladi deb, doimo moʻminlarni qisqa, salomatli va saodatli yoʻlga chaqirgan Ustozimizdan Allohu Zuljalol Hazratlari abadan rozi boʻlsin. Dunyoviy, uxraviy barcha murodlarini hosil qilsin. Alloh Ummati Muhammad uchun qazodan balodan asrasin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Hammamiz duoingizga muhtojmiz. Sizni duo qilish hammamizning qarzimizdir. Sabri Afandi qardoshimiz qanday ham goʻzal taqdir qilgan, moshoalloh, moshoalloh. Nurlarda xato topishga kimning haddi yetadi. Ha, ba'zi iboralar balki adabiyot deyilgan narsaga toʻliq muvofiq tushmayotgan boʻlishi mumkin. Bunda ham togʻrilik bor. Chunki adabiyot sotilmayapti, Qur'ondan nurlar koʻrsatilyapti. Bu faqir qardoshingiz "Soʻzlar"ni oʻqigan vaqtim, ustozimni o'xshatadigan holatga kiraman. Ta'birlaringiz, shevangiz bilan oʻqish menga shunchalar zavqli, lazzatli boʻladiki, ta'rif qilolmayman. Shuning uchun bir harfga tegishni azim gunoh deb bilaman. Ba'zan bergan salohiyatingizning ma'naviy quvvati bilan nomingizdan bir harfning oʻrnini almashtirib yoki olib tashlay olaman. Xullas, mendagi tushunish va ta'sir bu mohiyatda. Bu maktubni qoralama holda yozgan onimda muazzin minorada "Allohu Akbar" dedi. Men "Allohu Akbar (Jalla Jaloluhu)" bilan javob qaytardim. Bu hol ishdagi qudsiyatga ochiq ishora emasmi?

Toʻrtinchi Xususiy Masala: Eski Said tili bilan ham boʻlsa, qanchalik muvofiq soʻz qurolini ishlatyapsiz, barakalloh. Ma'naviy toshlaringiz

﴿ وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى ﴾

oyati karimasida ishora qilinganidan nishonlariga tekkaniga aminman.

— 63 —

Alloh bundaylarining yomonliklarini qudrat qilichi bilan kessin. Bunday xoin va zolimlarni Qahhor ismiga qoldiramiz. Xizmatda sustligim yoʻq, lekin monelar behad va behisobdir. Ammo dunyoni yelkamga yuklasalar ham, xar tarafimni olov bilan oʻrasalar ham ushbu buyuk fikrimga mone boʻlolmaydilar. Ammo bunga koʻngil rozi emas, koʻp narsa orzu qiladi. Na chora, nafs, jin va ins shaytonlari mudhish toʻqmoqlar bilan qarshimga chiqqani uchun, istar-istamas kurashishga majburman, haqiqiy xizmatdan orqada qolyapman. Bunga qancha xafa boʻlsam shuncha oz.

﴿ وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ﴾
Xulusiy

(Olti yil menga kamoli sadoqat bilan beminnat xizmat qilgan va hayratlanarli tarzda men kabi asabiy bir odamni hech qachon ranjitmagan va ilk nusxa yozish kotibligini doimo qilgan Sulaymon Afandining bayonidir.)

Afandim Hazratlari!

Avvalo muborak qoʻllaringizni oʻpib, muqaddas duolaringizni kutaman. Faqir xizmatchingiz, talabangiz va qardoshingiz Sulaymon, hozirga qadar ta'lif qilingan muborak Nurlarni bir-bir mutolaa qilib xar biridan farqli, buyuk nurli quyosh kabi yorugʻliklar koʻrdim va juda koʻp istifoda qildim. Nurlar uxraviy yoʻlimni koʻrsatdilar. Alloh sizdan rozi boʻlsin. Oxirat yoʻlidagi koʻp nuqsonlarimni koʻrsatdilar, tashakkuridan ojizman. Nurlarni tamsil va tasvir qiladigan qudrati boʻlmagani uchun, ruhimni yoʻqlab hissiyoti qalbiyamni shunday tasvir qilishga, haddim boʻlmasa ham, jur'at qilaman. Agar xato boʻlsa, kechirilishimni iltimos qilaman.

Afandim, Risola-i Nur dengizida men koʻrgan lazzat va saodatning dunyoda umuman oʻxshashini koʻrmadim. Oʻz vijdoniy muhokamam natijasida qat'iyan angladimki, Risolalarning xar biri alohida-alohida Qur'on tafsiridir. Maxluqot ichida yaratilish jihatidan inson shaklida va haqiqat nuqtasida insoniyatdan tushgan va boshdan-oyoq ma'naviy yaralar ichidagi insonlarga Nurlarning mutolaasi tez, shifoli bir dori va yaralariga oʻta foydali darmon va malham ekanini ozgina fikrlash qobiliyatim bilan angladim. Nurlarning qiymatini zamon koʻrsatadi va tillarda doston boʻlib sharq va gʻarbni kezadi degan e'tiqoddaman. Inshoalloh Yevropaga Qur'onning naqadar porloq quyosh boʻlganini ham koʻrsatadi.

Takror qoʻllaringizni oʻpib, duongizni istayman afandim hazratlari.

Sulaymon
— 64 —

(Shu qism aqlan Xulusiy, qalban Sabri, vijdonan Xusrav hukmida boʻlgan Ra'fat Beyning maktubidir.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Bu dafa Sulaymon Afandi vositasi bilan "Yigirma Beshinchi Soʻz"ni tahrir qilinish uchun huzuri oliyingizga taqdim qilyapman. I'jozi Qur'on haqiqatdan ham shoh asardir. Ichiga olgan hayratbaxsh haqiqatlar bilan oliy asarlaringizning eng muhimidir. "Moʻ'jizoti Ahmadiya"ni oʻqidim. Oʻta mukammal va ruhga ulviyat va inkishof baxsh qilgan juda qiymatdor bir asardir. Moʻ'jizoti Ahmadiyaning eng buyugi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir. I'jozi Qur'onning ruhimda paydo boʻlgan oʻzgarishlar va ichidagilardan qilgan istifodam juda azimdir. Bu asaringiz bilan وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ oyati jalilasi ichiga olgan qamrovli va juda buyuk ma'nolar isbot qilingan hisoblanadi.

Bugungi fan taraqqiyoti va inson ixtirolarini oʻz fikriy mahsulotlari deb bilgan va haqiqatlar xazinasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni e'tibordan chetda qoldirib Ovrupadan ilm va irfon tilanchiligi qilgan, oʻzini juda ham aqlli deb oʻylagan gʻofillar insonning dunyoviy va uxroviy saodatini ta'minlaydigan chuqur fikrlar va buyuk dasturlar bilan toʻla muhtasham asarlarni insof nazari va orifona uygʻoqlik bilan mutolaa qilsalar edi, ular shoʻngʻigan gʻaflat uyqusidan juda tez uygʻongan bo'lar edilar. Lekin afsus, bizlar arpa ombori ichida ochlikdan oʻlgan tovuqlarga oʻxshaymiz. Qoʻlimizda haqiqatlar majmuasi turib, koʻzimizni yumamiz, boshqalardan yordam soʻraymiz.

I'jozi Qur'onning yuksakligi haqida nima yozsam kam. Qalamim uni ta'riflashdan ojiz. Yozish qudratim boʻlsaydi, astoydil mukammal qilishga harakat qilardim. Boʻlmagani uchun ojizona soʻzimni tugataman. Kamoli hurmat bilan muborak qoʻllaringizdan oʻpaman va Qur'on xizmatida sobit boʻlishim haqidagi duongizni soʻrayman va iltimos qilaman, afandim.

Ra'fat
— 65 —

(Mingboshi marhum Osim Beyning bayoni.)

Qur'on nurlari mezon va burhonlaridan, qiymati taqdir qilinmagan "Soʻzlar" nomidagi risola-i sharifalar faqirni tiriltirmoqda, qalbimni nurlantirmoqda. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Koʻpdan beri qidirayotgan ekan, lahulhamd Janobi Haq "Soʻzlar"ni bu faqirga ehson qildi. Qalb va koʻnglimga ojiz qalamim va soʻzim tarjimon boʻlolmayapti.

Osim

Baxtiyor qardoshim Xusrav!

Ushbu risola nuroniy majlis hisoblanib, undagi Qur'onning munavvar, muborak shogirdlari bir-birlari bilan ma'nan muzokara qiladilar va fikr almashtiradilar. Va yuksak bir madrasa xonasi boʻlib, unda Qur'on shogirdlari xar biri olgan darsini doʻstlariga aytadi.

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning qudsiy xazinasining sandiqchalari boʻlgan risolalarning sotuvchi va dallollariga muhtasham va ziynatli doʻkon va bir manzildir. U yerda xar biri olgan qiymatdor javohirlarni bir-biriga va xaridorlariga koʻrsatadi. Barakalloh, sen ham u manzilni juda chiroyli bezatgansan.

Said Nursiy