Barla Lahikasi
— 66 —

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING UCHINCHI ZAYLI

(Saidning bir bayoni.)

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾

(Nur Risolalariga juda mushtoq va ularning mutolaasidan uygʻongan doktorga yozilgan maktub. Bu uchinchi zaylga garchi munosabati kam, lekin qardoshlarimning bayonlari ichida ham mening bir bayonim boʻlsin.)

Marhabo, ey oʻz xastaligini tashxis qila olgan baxtiyor doktor, samimiy va aziz doʻstim!

Sening otashin maktubing koʻrsatgan ruhiy uygʻonish tabrikka loyiq. Shuni bilingki, mavjudot ichida eng qiymatdor narsa, hayotdir. Va vazifalar ichida eng qiymatdori, hayotga xizmatdir. Hayotga oid xizmatlar ichida eng qiymatlisi, foniy hayotning boqiy hayotga aylanishi uchun harakat qilishdir. Ushbu hayotning butun qiymati va ahamiyati, boqiy hayotga urugʻ, asos va manba boʻlishi jihatidandir. Yoʻqsa abadiy hayotni zaharlaydigan buzadigan bu foniy hayotga butun diqqatni jamlash, oniy bir chaqmoqni sarmadiy quyoshdan ustun qoʻyish kabi bir devonalikdir.

Haqiqat nazarida, hammadan koʻra koʻp kasal moddiy va gʻofil doktorlar hisoblanadi. Agar Qur'onning qudsiy dorixonasidan tiryoq-misol iymoniy dorilarni olib bilsalar, ham oʻz kasalliklarini, ham insonlarning yaralarini davolaydilar, inshoalloh. Sening uygʻonishing yarangga malham boʻlgani kabi, oʻzingni ham doktorlarning kasalligiga dori qiladi. Yana bilasanki, ma'yus va umidsiz bir kasalga ma'naviy bir tasalli, ba'zan mingta doridanda foydaliroq. Holbuki, tabiat botqogʻigida botgan tabib u bechora xastaning alamli umidsizligiga bir zulmat yana qoʻshadi. Inshoalloh, bu uygʻonishing seni unday bechoralarga tasalli manbai, nurli bir tabib qiladi. Bilasanki, umr qisqa, kerakli ishlar juda koʻpdir. Ajabo, men kabi sen ham boshingni tekshirib koʻrsang, ma'lumotlaring ichida qancha keraksiz, foydasiz, ahamiyatsiz, oʻtin yigʻinlari kabi jonsiz narsalarni topasan. Chunki men tekshirib koʻrdim, koʻp keraksiz narsalarni topdim. Oʻsha fanniy ma'lumotlarni, falsafiy maorifni foydali, nurli, ruhli qilish chorasini izlash kerak. Sen ham Janobi Haqdan uygʻonish istaginki, fikringni Hakimi Zuljalolning hisobiga bursin. Toki oʻtinlarga olov berib nurlantirsin. Keraksiz maorifi fanniyangni qiymatdor maorifi Ilohiya hukmiga oʻtsin.

— 67 —

Zakovatli doʻstim! Qalb qattiq orzu qilardiki, ahli fandan anvori iymoniyaga va asrori Qur'oniyaga ishtiyoq darajasida ehtiyojini his qiladigan Xulusiy Beyga oʻxshaydigan odamlar oldinga chiqsin. Ham modomiki "Soʻzlar" vijdoning bilan soʻzlasha olar ekan, xar bir "Soʻz"ni shaxsimdan emas, Qur'onning dallolidan bir maktub va Qur'onning muqaddas dorixonasidan retsept deb faraz qil. Yoʻq boʻlsada suhbat doirasini oldingda turgandek ular bilan och. Hamda xohlagan vaqting menga maktub yoz. Javob yozmasam xafa boʻlma. Chunki avvaldan maktublarni juda kam yozaman. Hatto uch yildir ukamning koʻp maktublariga bitta javob yozdim.

Said Nursiy

(Sabrining bayoni.)

Ey Buyuk Ustoz!

Ayniqsa muborak qoʻl va etaklaringizni oʻpib, xar on va doim men muhtoj boʻlgan ustozimning duolarini niyoz aylayman. Bir hafta avval Sulaymon Afandi qardoshim vositasi bilan yuborilgan iltifot turlarini ichiga olgan lutf qilgan mukarram maktubingizni kamoli hasrat bilan olib iftixor bilan oʻqidim. Bir bayonida gʻaybiy tavofuqlar haqidagi ojizona qanoatim soʻralmoqda. "Ha toʻgʻri, Ey Muhtaram Ustoz" soʻzlari bilan javob beraman. Zero ushbu ajib gʻaybiy tavofuqlarning hammasi Nur ummonining talabalarini va hatto talabalarning tinglagan jamoatlarini mast va hayron hamda shukr sajdasini qilishga qarzdor qildi. Nurlarning ushbu moʻ'jiznamo karomatlarini faqat va faqat mir'ati Muhammadiya (ASV) bilan koʻra olamiz. Bu haqiqatning boshqa bir ma'rifati boʻlgan:

Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim

Mir'ati Muhammaddan Alloh koʻrinar doim.

{(Hoshiya): Latif bir tavofuq - Xulusiyi Soniy Sabri Afandi bu baytni menga yozgan ayni paytda yoki oz soʻngra ayni baytni Xulusi Bey menga bir oylik uzoqlikdagi joydan yozgan. Bu ikki zotning ham Qur'on xizmatida, ham menga boʻlgan munosabatlaridagi tavofuqlari, muvaffaqiyat alomatidir.

Said}

— 68 —

Shu ikki ma'nodor misrani parishon maktubimni sharaflantirish niyati bilan kirgizyapman. Bu faqir va ojiz talabangiz shu hayrat beradigan Qur'oniy karomatini va Nabaviy i'jozni koʻrgan kunimdan beri, bu bobda juda chuqur tushunchalarga shoʻngʻiyapman. Va shu ajib tavofuqlarga oʻxshash tavofuqlarni boshqa kitoblarda topish maqsadida koʻp qidiryapman lekin koʻrolmayapman. Koʻrilsa ham juda nodir holda. Gʻaybiy tavofuqlar koʻz bilan koʻrinadigan karomat boʻlib borligini Nurlarda izhor qilmoqda. Va hol tili bilan insonga xitoban aytadiki: "Ey bani odam, bu tumanli asrda zalolatni olib tashlab, yoʻqotib, najot, saodat baxsh qiladigan va miyangizdagi zaharli hidlarni guli Muhammadiyga aylantiradigan, eng qisqa, bagʻoyat mustahkam va mustaqim salomat va najot yoʻliga chorlaydigan, juda koʻp karomatlar va i'jozini koʻrsatgan, siz ichida boʻlgan nuroniy dengizdir. Kelajakda yana qancha yashirin asarlar namoyon boʻladi, deya nido qilmoqda.

Ruxsati fozilonalari bilan yana bir aytadigan narsam bor. Lekin shaxsimni istisno qilib istagimni arz qilaman. Bandangiz Nurlarning mushtoq xaridorlarida, yanada toʻgʻrisi kuyunchak talabalarda hayratomuz bir tavofuq koʻrmoqdaman. Chunki anoniyat va nafsoniyat shiddat bilan hukmfarmo bo'lgan shu asrda hammasining ehtiyoj va ishtiyoq darajasi bir, hammasining axloq va hollari bir, umumining tushunish tarzi bir va bir-biriga aka-ukadan ham kuchli, haqiqiy robita bilan bogʻlangan, samimiyat va haqiqatparvarlikda xuddi bir-biri bilan musobaqa qilish darajasida jiddiy, xolis qardoshlikda tutgan xatti-harakatlari bir. Nur talabalarining yana juda koʻp bir-biriga oʻxshagan gʻaroyib hollarini ham alohida gʻaybiy tavofuq qatorida koʻryapman. Zero Istanbuldan, Izmirdan, Oydindan, Kutahyadan, Ispartadan, Egʻirdirdan va hokazo xar hil shaharlardan tanlanib, turli sinfga mansub boʻlgan talabalarning ayni xossalarga ega boʻlishlari, diqqatlarni oʻziga tortayotgan boʻlsa kerak, deb oʻylayman Afandim Hazratlari.

Sabri
— 69 —

(Sabrining bayoni.)

Lutfkor va inoyatkor Ustozim Afandim Hazratlari!

Ramazoni Sharifning oʻninchi shanba kuni, soat oʻn bir yarimda, xar bir nuktasi cheksiz hikmat va haqiqat xushxabarlarini ichiga olgan va xushxabarchi toʻqqiz nuktali Ramazoniyani oldim. Ruhim haddan ortiq muhtoj va mushtoq boʻlgan va benazir pur-nur asarni oʻsha kecha kamoli faxr va surur bilan yozdim. Aslini yana Nisli Hofiz Mahmud Afandiga qaytardim, Haqqi Afandiga olib bordi. Ertasi kuni ertalab koʻchirgan risolamni yana bir bor diqqat bilan oʻqib, xatimning tavofuqini tahrir va Ali Afandiga oid bir maktub yozdim. Endi imzo qoʻyaman deganda, Islomkoʻydan bu vazifaga ma'nan vazifador bir odam keldi, Ali Afandiga yubordim. Va shu umidimdan ustun bir onda kelgan yuborish vositasi, asarning muqaddasligiga ochiq va yaqqol dalil ekaniga shubha qolmadi.

Aziz Ustozim! Ba'zan Nurlarni oʻylab, haqiqatdan juda koʻp haqiqatlar va hikmatlarni ichiga olganlarini koʻrayotgan edim. Faqat shu rahmat va magʻfirat oyining ibodati hisoblangan roʻzaga oid mavzu ochilmaganini koʻrib, ustozimga bir maktub taqdim qilsam va oʻttiz kundan iborat Ramazoni Sharifga oid Oʻttizinchi Maktub, orzusida ekanman, bir sababga binoan istagimdan voz kechdim.

Bu safar Kulliyoti Nurdan bahs qilingan risola bu ojiz bandaga xitoban "sening qalbingdagi yashirin bir istak va hissing bizning ma'naviy lavhamizda gʻoyat katta harflar bilan yozilganki, mana bajo keltirildi" tarzida ehson qilindi. Faqir ham ruhimning ahamiyatli ehtiyojini ta'minlagan, minglab hikmat va xushxabarli Ramazoniyani olib, Qur'oni Azimushshonni inzol qilgan Zotga sajdalar va Nurlar dalloli oliyshoniga cheksiz tashakkurlar bilan, qarzdor boʻlgan duoyi fozilonalarida bardavom ekanimni arz qilaman Afandim Hazratlari.

Sabri

Ey Ustoz!

"Yigirma Yettinchi Soʻz" musulmonlarni sa'yu g'ayratning va ushbu ulugʻ dinning xizmatiga tashviq qiladi. Bu risola xuddi ufqda nishon, ahli iymon uchun bir rahbardir.

Ha, bu soʻz qalblar ichida bir ishtiyoq, ishtiyoq ichida bir nurdir. "Oʻttiz Uchinchi Maktub" esa oʻttiz uch derazasi bilan birga, haqiqat tomizgʻisi bilan qorilgan borliqdir. Bu qiymatli asar ulugʻlik va muqaddasligi bilan idroki bilan hissiz basharga sezgirlik; va gʻaflat pardalaridan haqiqatni koʻrmagan nazarlarga quvvat; haqparast ahli iymonga esa, ulviyat baxsh qiladi.

— 70 —

Cheksiz ehtiyoji boʻlgan, zohirga aldanib moddiyotga botib qolgan va oʻzini loqaydlik ichida umidsizlikka tushirgan bechoralar bu muqaddas asarning oʻquvchisi boʻlsinlar, anglasinlarki; qayerga borishsa, qayerga qarashsa, bir Xoliqi A'zamning, bir Rahiymi Rahmonning doirasidan, hududidan, qonunidan va idorasidan xorijga chiqolmaydilar. Xar mavjud, xar voqea, xar oʻzgarish, xar inoyat, xar iltifot bir Qodiyri Zuljalolning hokimiyat qoʻlidadir.

Demak, eng kichik zarrada, Sone'ni e'lon qilib, ulkan koinot saltanatining kichik namunasi mavjuddir, deyish mumkin.

Zakoiy

Aziz va buyuk Ustozim!

Ikki-uch kunlik gʻayratimning mahsulidan tugʻilgan va inoyati Haq bilan koʻchirishga muvaffaq boʻlgan "Oʻn Yettinchi Soʻz"ni tahrir uchun taqdim qilyapman.

Buyuk Ustozim, Oʻn Yettinchi Soʻz - ma'nosi bepoyon yuksalgan haqiqatdir. Yuzlab tashakkur... xar bir soʻz insoniysat mubtalo boʻlgan maxfiy xastaliklarni koʻrsatmoqda va nurlari bilan tashhis qilib davolamoqda. Men kabi yarali, ma'nan zarar koʻrgan bir oʻsmir uchun muhtoj boʻlganim tasalli beruvchi narsalar faqat Risola-i Nurdan ekanini ham juda zo'r, yaxshi tushunyapman. Qalbimga tasalli nurlarini sochgan Xoliqi A'zamga minglarcha shukr...

Zakoiy

"Soʻzlar", ya'ni Risola-i Ahmadiya burhonlarini yozarkan, koʻp marta qalamimni qoʻyib, asri saodat onlarining hasrati, hijroni bilan yondim. Bu hijrondan qalbim yigʻladi, koʻnglim joʻshdi, ruhim vujudimdan ayrilib uzoqlarga ketdi, menga tasalli tuhfalari keltirdi.

Shunday, aziz Ustoz! Asri saodatda boʻlmasak-da, uning mushtoqimiz. Shu bizga kifoya. Hazrati Muhammad (ASV) bizga qoldirgan muazzam moʻ'jizasi bugun qoʻlimizda emasmi? U kitob bizga muhtoj va mushtoq boʻlgan saodatni va'da bermayaptimi? Unga xolisona tutgan vaqtimiz, muhtoj boʻlgan ma'naviy zavqni bizga bermaytimi?

— 71 —

Ha aziz Ustozim, bugun biz qoʻlimizda tutgan, koʻzimiz bilan koʻrgan haqiqiy insonlarga rahbar boʻlgan muazzam kitob, buyuk moʻ'jiza boʻlib, men moddiyot ichida dunyo jarayonida boʻgʻilayotgan ekanman, uning ulviy ovozlari goʻzal yupatdi va tebranmas suyanchiq boʻldi. Haqqa cheksiz shukrlar boʻlsin.

Muhtaram Ustoz, menga shunday tuyulmoqdaki, ma'naviy saodatga ochiq boʻlgan ruhim qiymatdor risolalarni oʻqigan, yozgan sari bora-bora ma'naviy zavq, abadiy saodat tayyorgarliklari bilan joʻshadi. Joʻshqinliklarim ancha davom etgan vaqtlar boʻladi.

Ustozim! Oʻsha payt dunyo nazarimda hechdan iborat boʻlib qoladi. Abadiyatga, soʻngsizga, saodat olamiga otilishni istayman. Oʻsha daqiqalarda agar bu dunyoni bersalar, shirin xayollarimning bir parchasini ham berishni istamayman. Daf boʻlsin yoshlik tushlarining qobusli toʻfonlari.

Ustozim, duongizga muhtojman.

Zakoiy

Fazilatmaob Ustozim!

Nur tongi boʻlgan Risola-i Nurdan Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, Beshinchi, Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi Soʻzlarni koʻchirib tahrir qilish uchun tarafi oliylariga taqdim qilmoqdaman. Mazkur Soʻzlar, qisqa boʻlganlari holda, ma'nolari buyuk. Buyuk hislar va ulviy fikr baxsh qiladi. Soʻzlarning xar biri boshqa-boshqa oʻzanlardan oqib ulkan dengizga toʻkilgan tiniq va sof daryolar kabi jildiramoqda. Bandangiz jildiragan daryolarning latif va ulugʻ ovozlaridan ancha istifoda qilmoqda va oxirlarida bashariyatning boshda ojizlar mubtalo boʻlgan xastaliklarga shifo beruvchi dorilarni qoʻlga kirityapman. Oʻzini alam, faqirlik ichida boʻgʻilyapman deb oʻylagan va muhayyilasi takomillasholmagan kishilarni ogohlantirish istagida ekanimnga amin boʻling.

Aziz Ustozim! Anglayapmanki, yoʻqolgan umidlarimning, hayotimning samosida soʻngan yulduzlarimning botganiga afsuslanib, bir tonggi subhni qidirarkanman bir nurli siymo, bir nurli tong qarshimda porladi. Alloh sizdan rozi boʻlsin, qiymatli asarlaringiz soyasida hayotning qiymat va ahamiyatini angladim. Qalbimga bir ma'naviy tayanch topdim deb xursandchilikka gʻarq boʻlyapman. Hamon Rabbim ustozimizni ikki jahonda aziz va gʻoyalariga vosil aylasin, omin.

Zakoiy
— 72 —

Ey aziz Ustoz!

Garchi amri oliylari Soʻzlarning yozilishi xususida shoshilmaslik edi; qarshimda billurdek sof oqayotgan ulkan chashmaning suvidan toʻya-toʻya ichish uchun shoshilmaslik mumkinmi?! Ma'lumi oliylari, bandangiz bu xususda vazifalarda juda kech qoldim. Bu jihatlarni yaqqol koʻrib idrok qilar ekanman, ulkan chashmaning billurdek sof suvlari bilan yuz-qoʻlimni yuvmaslik, qalbimni porlatish uchun shoshqaloqlik koʻrsatmaslik mumkinmi?! Janobi Haqning azim lutfidan, tirikchiligimni ta'minlash uchun ishlagan vaqt orasida qiymatdor risolalarni yozish uchun vaqt topa olyapman. Bu fursatlarni qochirish istamaganim uchun shoshilyapman. Shoshilishimning eng katta sababi; men muhtoj boʻlgan tasallikor nurlarni risolalarda topyapman. Ichkarisida toʻxtash imkoni boʻlmagan tunellardan ochkoʻz shirkatlar koʻp sayru safar qilish bilan faxrlanadilar. Talabangiz ham shunga oʻxshab, dunyo qadar qiymatli risolalarni qanchalar qancha koʻp oʻqib yozsam, shunchalar foyda koʻrgan va faxrlangan boʻlaman.

"Oʻn Oltinchi Maktub"ni boshdan-oyoq oʻqidim. xar qanday zahmatlar va mashaqqatga qarshi koʻrsatgan sabr va tavakkalingizga maftun boʻldim. U Soʻzlarni oʻqigan sari, butun mavjudiyatim bir tanholik ichida porlaydi deb oʻylayman. Iztirobning hujumi uchun faqat tabassum, goʻzal yuzli sabr istadim.

"Yigirma Uchinchi Soʻz" tubdan kelgan bir hayqiriq kabi insoniyatga yuzlangan va ularga insonliklarini eslatgan, eng oliy maqomlarga sohib boʻlish yoʻllarini koʻrsatgan, oʻquvchilarini kamol topishga chorlagan, mashru' ishq hosil bergan oʻlmas tasalli xotirasidir. Gapni choʻzishni boshladim. "Yigirma Uchinchi Soʻz"ni loyigʻidek maqtashdan ojizman. Chunki u bir tasalli va saodat tomizgʻisidir.

Ahmad Zakoiy
— 73 —

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli va muhtaram Ustozim Afandim!

Bizni moddiy va ma'naviy nurlantirgan, yuksaltirgan va erishilmas fayzlarga gʻarq qilgan risolalaringizga sohibligimdan va loyiq boʻlmasamda, ushybu sharafga noilligim sababli Janobi Haqqa benihoya tashakkur qilaman, kerak boʻlsa bu sharafga noil boʻlishimga vasila boʻlganingiz uchun kerak boʻlsa kelajakda bu xususda vazifamiz boʻlgan Qur'on xizmatida muvaffaqiyat qozonishimizni xushxabar berganingiz sababli, men his qilgan juda buyuk sevinch bilan faxrlanaman. Ustozim! Haqqingizda esingizga kelmagan ne'matlarning eng goʻzali bilan dunyoviy va uxraviy baxtiyor boʻlishingizni xar doim duo qilyapman.

Muhtaram Ustozim, sizni sogʻingandim. Oradagi xoinlarning xar xususda toʻsiq boʻlishlari, shubhasiz juda ranjitmoqda. Bugungi hol yuraklarimizni ingratmoqda, ammo qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi. Nur daryosining fayzli risolalari kimning qoʻliga oʻtsa, u zotni oʻziga jiddiy ravishda bogʻlagani kabi, mushtoqlar va ahl boʻlganlar orasida kezmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xusrav

(Xusravning Soʻzlarni yozishni boshlagan vaqt yozgan maktubining parchasi.)

Muhtaram Afandim Hazratlari!

Bu safar oʻqishimiz uchun yuborgan ikki kitobdan birini Bakir Ogʻadan oldim. Kitobning bir nechta sahifasini oʻqidim. Kitobning bir nusxasi oʻzimda qolishi uchun koʻchirishni boshladim. Kitob ichidagilarda ora-sira eʻtiborimni jalb qilgan masalalardan bahs qilganini va kichik maktublarning juda buyuk haqiqatlarni ichiga olganini koʻrdim va juda koʻp istifoda qildim.

Oltinchi Maktubgacha yozilgan "Soʻzlar"ni bir tarafdan yozar edim, boshqa tarafdan esa yozuvning kech yozilishidan zerikib oʻqishni boshlar edim. Meni juda katta sevinch qoplar edi. Oltinchi Maktubga kelganda, gʻurbatdagi ayriligʻingizning eng gʻamgin qismini tashlab oʻtganingizni va bir qismining ham hikoya qilinganini oʻqidim. Oʻqigan sari siz bilan birga qalbimni hazin-hazin yigʻlashdan oʻzimni toʻxtatolmayotgan edim. Hatto yonimdagi volidamga ham oʻqidim. Oʻqirkan volidam yigʻlar, koʻzlaridan yoshlar oqar edi. Men yigʻlamaslik uchun nafsimga jabr qilayotgan edim. Boshqa tarafdan esa, ajabo tashlab oʻtilgan qismidan ham biroz yozilsa edi.

Xusrav
— 74 —

Ey Muazzam Ustoz!

Otaboyga kelgan Ramazon mevasi va Ramazoni Sharifning hikmatlarini bildirgan "Soʻz" bizni ogohlantiradi va bilmagan hikmatlarni ochiq shaklda ifoda qiladi. Oʻqigan xar soʻzim, nashr qilgan ulviy haqiqatlar uchun kuchsiz lisonim ta'rif va maqtovdan ojiz qolmoqda. Koʻrib, tushunyapman va shunday iymon keltiryapmanki, bir payt keladi, Risolat-ul Anvor va Maktubot-un Nur asta-asta yongan, qaynab toshgan togʻ kabi harorati bilan nur sochgan manba quvvatiga sohib boʻladi. Balki chiqqandir ham. Bir tugmasiga bosish bilan xar tomonni ziyoga gʻarq qilgan elektr generatori kabi, oʻzidan juda uzoq masofalarni ogohlantirish va irshod nuri bilan qamraydi.

Nurning eski talabasi marhum Lutfining doʻsti
Zaki

(Xusravning bir bayoni.)

Muhtaram Afandim, suyukli Ustozim!

"Yigirma Toʻqqizinchi Maktub"ning bir qismi haqida fikrim qanday boʻlgani soʻralmoqda. Bu xususda nima yoza olaman, qanday bir fikr ayta olaman? Risolalarning xar birining nurlari bir, lekin mavzulari boshqa, goʻzalliklari boshqa, latifliklari boshqa, zavqlari boshqadir. Bu risolaning nuri boshqa risolalar kabi xamma tomoni porloq, xar burchagi goʻzaldir. Ayniqsa ruhlarimizni ingratgan, qalblarimizni yigʻlatgan ushbu ranjituvchi hol sababli suyukli ustozimdan tez shifo kutayotgandim. Bu shifoni Yettinchi, Sakkizinchi, Toʻqqizinchi Nuktalar men kutgan davoni bergan boʻlsa ham, minglab manfaat va foydalari ichida ba'zilarining faqat bir manfaat uchun ham Islomiy shiorlarning oʻzgartirilishi bizni juda ma'yus va xafa qilmoqda.

Lekin suyukli Ustozim, zamon yaqinlashgan boʻlishi kerakki; bir tarafdan mulhidlarning tajovuzlari koʻpaygan sari, boshqa tarafdan muhtaram Ustozimizning, Qur'onning fayzi bilan noil boʻlgan haqiqat dengizidan hayqirib kelgan yashirin haqiqatlarni izhor qilishi bizning sevinchimizni ortirmoqda. Modomiki gullarni koʻrmoq uchun bahorni kutish zarurati bor, uni qattiq va sabrsizlik bilan intizor kutyapmiz.

Xusrav
— 75 —

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli, muhtaram Ustozim, qiymatdor Ustozim!

Bakir Ogʻa bilan yuborgan maktubingizdan his qilgan sevinchimni ta'rif qilish, men kabi ojiz talabaning na til va na qalamining haddi emas. Sevinchimdan maktubingizni oʻpaman, ruhim siz bilan yashasada, jisman uzoq boʻlganimizdan yigʻlar edim. Koʻzimdan toʻkilgan yoshlarni yozuv yozish yoxud risolalarni oʻqish bilan taskin qiladigan paytlarim boʻladi. Baʻzan qalbim doimo yigʻlaydi. Oh sevgili Ustozim, sizdan juda katta iltimosim shuki: Meni afv eting. Ikki-uch yildan beri dunyoni sevmaydigan holdan qutulolmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz choʻllar ruhimning bittadan maskani boʻlmoqda. Xayolan u yerlarda kezyapman. Goʻyo bir narsa qidiryapman.

Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus, men qidirgan ham juda yaqin, ham juda uzoq koʻrinmoqda. Bilmayman bu hol ichida endi qancha tipirchilayman. Ha, yana juda koʻp mutashakkirman. Qanday qilib tashakkurim hadsiz boʻlmasin? Hanuz bir yil boʻldi, ikki kecha bir-biri orqasidan men koʻrgan ikki sodiq tushda, poydevorlari otilayotgan ulkan bir atirgul fabrikasining kotibligiga tayin qilingan va ishga kirishgandim. Bu tushdan bir yil ikki oy oʻtib risolalarni yozishni boshladim. Ayniqsa "Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Yettinchi va Sakkizinchi Masalalarida xizmatimizning maqbulligi va rizo-i Ilohiy borligini oʻta ochiq ravshan til bilan yozilishi ojiz talabangizni ham dilshod qildi. Suyukli ustozim, Alloh sizdan abadan rozi boʻlsin.

Xusrav
— 76 —

Ey aziz Ustoz!

Bu safar men yozishga muvaffaq boʻlgan uch mavqifdan tashkil topgan "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ni tahrir qilish uchun taqdim qilyapman. Ushbu kitobning ojizning nazarida oʻta qimmat xazina ekanini yozishga ehtiyoj bormi, bilmayman? Dunyoning oʻlchanmoq imkoni boʻlmaganini aytgan zot va bashar fikrining hududsiz maydon boʻlganini da'vo qilgan odam qanday toʻgʻri aytgan. Bu haqda tobora takomillashayotgan qarashlarimning va tor hayol kuchimning kengayishidan chiqqan fikrdir. Dunyoning oʻlchanmas bir boʻshliq boʻlganini va bashar fikrining hududsiz ekanini izohlash maqsadiga tayanmagan. Demak, xar bir risoladan ruhim turli tuman ozuqasini oladi. Bu uzun maktubim bilan sevinchimni izhor qilish uchun sizni bezovta qilishimga sabab boʻlgan narsa - "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz" qalbim va ruhimga baxsh qilgan davomiy va soʻngsiz safo va xuzur emasmikin?!. Xulosa, shirin bir sarxushlik ichida hayotimdan mamnunman. Inshoalloh, duongiz himmati bilan mashru' sarxushlik ichida abadiy hayotga vosil boʻlaman inshoalloh.

Ahmad Zakoiy

(Xusravning bir bayoni.)

Juda muhtaram, sevgili Ustozim!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini oʻqidik. Maktub hammamizni shavqqa keltirdi, sevinch bilan xar tarafimizni toʻldirdi. Ushbu maktub Qur'oni Hakimning ba'zi oyatlaridan chiqqan uchqunlari bilan bir tarafdan aqli koʻziga tushgan moddaparastlar va ularga oʻxshash tabaqaga Maktubot-un Nur va Risolat-un Nur bilan maydonga chaqirib ularning boshlariga haqiqat toʻqmoqlarini uryapti boshqa tomondan esa ularning qalblarini juda porloq fayzlari bilan toʻldirmoqda.

Oʻn Sakkiz ming emas, suyukli Ustozimning aytganlari kabi, yigirma sakkiz ming olamga qaragan u buyuk Furqoni Ilohiyning bugungi asrdan boshqa kelajak asrlarga ham qaragan jihatlarining ba'zi muhim nuqtalariga ishora qilinishi va Lafzulloh ustida mavjud tavofuqlarning koʻzga tashlanadigan, nazarni jalb qiladigan shaklga solinishi va ba'zi soʻzlarda koʻringan ma'nodor tavofuqlarning goʻzalliklarining chiqarilishi haqida Ustozimning mavjud fikrlariga haddim boʻlmasada yana ustozimdan olgan quvvat va jasoratim bilan ishtirok etaman. Va bunday Qur'oni Karimning yozilishi haqida boʻladigan xar qanday fidokorlikka tayyorligimni, uyalib boshdan-oyoq meni istilo qilgan sevinchli ruhiy holat ustiga ifoda qilaman va yana aytamanki: Suyukli Ustozimga talab doirasida oʻz qoʻlim bilan Qur'oni Karimni yozib taqdim qilishni juda ham xohlayman. Lekin masalaning shoshilinch ekanini bilmas edim. Yana boshqa qardoshlarimning sharafdan mahrum ekanlari uchun, fikrimning va istagimning qabulini qistay olmayman.

— 77 —

Ha, suyukli Ustozim! Inshoalloh vaqt yaqinlashgan. Inshoalloh va'da qilingan vaqtga biz ham yetishgan hisoblanyapmiz. Sabab, salafi solihiynning Qur'onga hoshiya sifatida hech narsa ilova qilinmasligi haqidagi qarorlari oʻz davrlariga oid ekani va keyingi davr ulamolarining ruxsatlari Arab tilini oʻrganish qiyinligi uchun hosil boʻlgan xulosadan, Arabcha oʻqish va yozish xohlanmagan davrda turibmiz. Shu sabab, Qur'on haqida suyukli Ustozimning fikrlariga juda buyuk ehtiyoj borligi bilan birga, goʻzal va juda buyuk xayrli ishga eshik ochgan va bu ishning darrov tugatilishi uchun xamma narsadan ustun qoʻyilishini umid va iltimos qilaman. (Soatchi Lutfi Afandi qardoshim ham shunday fikrda.)

Suyukli Ustozim! Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin, hamda xar bir xayrli ishingizda muvaffaq qilsin, duosi bilan Janobi Haqqa shukr qilganim holda sizga boʻlgan minnatdorligimni arz qilaman va domonlaringizni oʻpaman, muhtaram afandim hazratlari.

Xusrav

Ey Ustoz!

Qur'onning oynasi hisoblangan risolalaringiz sizning qanchalar buyuk ustoz boʻlganingizni qabul va taslim qilishga kifoyadir. Ey aziz Ustoz, Islomiyat ustiga choʻkkan zulmat va gʻaflat pardalarini risolalaringiz bilan yirtdingiz. Ifloslangan pardalar ostidagi eng nurli haqiqatlarni maydonga chiqardingiz. Sizning tebranmas azmingiz, qahramon matonatingiz, oromsiz mehnatingiz samarasiz qolmadi. Anadoluning oʻrtasiga shunday obi hayot chashmasi ochdingizki,

{(Hoshiya1): Bu muqaddas xizmatdagi savob va sharafda men kabi bechoraning hissasi, siz tasavvur qilgan miqdorning mingdan biri boʻlsa, yana shukr qilaman. Hunari borlar, olmos qalamlari bilan yordamimga yetishgan siz kabi Qur'onning xolis shogirdlaridir.}

bu chashmaning joʻmraklari, yozgan risolalaringizning, nashr qilgan asarlaringizning haqiqatlaridir.

— 78 —

U manba va ma'dani, boqiy boʻlgan Qur'oni Hakimning dengizidir. Bir kun kelib ushbu imtihon yeridan saodat olamlariga koʻchgan vaqtingiz, qiymatdor asarlaringiz sizni nomingiz bilan birga yashatadi. Qanday baxtiyorsizki, siz ochgan chashmaning qiymatini taqdirlab uni muhofaza va mudofaa qilgan va kerak boʻlganda asarlaringizning hukmlarini e'lon va talqin yoʻlida ming jon bilan hayotini fido qilishga muhayyo, jondan sevgan talabalaringiz bor. Uxraviylar diyorida boʻlgan vaqtingizda ham ruhingizga azob beradigan harakatlar qilmasliklariga amin boʻling. Bir qancha Qur'on sirlarining kalitlarini hozirdan talabangizga qoldirganingizdan, ular bor kuchlari bilan sizdan minnatdor va mutashakkirdirlar. Bugun sochayotgan fayzli nurlaringiz bashariyatning haqiqiy insonlarini bepoyon sevinchlarga gʻarq qilib, boʻynidagi vazifalarni bildiradi. Xizmatingiz inkor qilinmaydi va fidokorligingiz azimdir, azim.

Aziz Ustoz! Xizmatingiz samoda kezsin

{(Hoshiya-2): Bu qardoshimning bu hissiga ishtirok qilmayman. Rizo-i Ilohiy yetadi. Agar u yor boʻlsa, hamma narsa yordir. Agar u yor boʻlmasa, butun dunyo olqishlasa, besh tiyinga arzimaydi. Insonlarning taqdiri, tahsini, agar bu ishda, uxraviy amalda asl sabab boʻlsa, u amalni yoʻq qiladi. Agar ustun qoʻyuvchi sabab boʻlsa, amaldagi ixlosni sindiradi. Agar tashviq qiluvchi boʻlsa, sofligini yoʻqotadi. Agar faqat maqbuliyat alomati sifatida, biz istamay, Janobi Haq ehson qilsa, amalning va ilmning insonlarda chiroyli ta'siri nomidan qabul qilish goʻzal boʻladi. وَ اجْعَلْ ل۪ى لِسَانَ صِدْقٍ فِى الْاٰخِر۪ينَ bunga ishoradir.

Said}

va siz dostonlarda kezing. Fidokor Ustoz! Diyonatdan madad olmagan, gʻaflat ahlining gʻaflatini ziyodalashtirgan adabiyot deyilgan mudhish sarxushlik faqat va faqat sizning asar va talqinlaringiz soyasida daf qilinadi. Dinsiz millatlar nasli davom etmasligi, hatto insoniyatni ham oʻrganolmasdan dunyodan kelib oʻtganlarini juda ma'qul va mantiqiy dalillar bilan isbot qildingiz. Asarlaringiz ruhing kabi ulviy va ihotali.

Sevgili Ustozim! Xotirjam boʻlishingiz kerakki, sizning mehnatingiz behuda emas. Oʻlmas risolalaringiz abadiyan qiymatli qoʻlma-qoʻl yuradi. Bugungi dinsizlarga haddini bildiradi va balki iymon ham baxsh etadi. Zotan sizning talabingiz bu emasmi? Orzuingiz, gʻoyangiz iymon doirasida ogohlantirish va irshod nishonlariga yetishish emasmi? Falsafa axlatxonalarida ingragan, emaklagan adabsizlar albatta haqiqiy adabni va adabiyotni sizning asarlaringizda topishlariga aslo shubha yoʻq. Topadilar ham.

— 79 —

Muhtaram Ustoz, endi siz ham muhtoj boʻlgan ulkan bir millatga ta'riflab va qiyoslab boʻlmaydigan xizmatni ado qilgan hisoblanasiz. Bu millat, bu tuproq, bu vatan hech qachon sizning qarzizngizni uzolmayadi. Tilaymanki, bu azim, qudsiy xizmatingiz mukofotini Janobi Haq sizga juda loyiq shaklda ehson qilsin. Dunyo va oxiratda sizdan va biz kabi ojiz va qusurli xizmatchilaridan rozi boʻlsin, omin.

Lutfining doʻsti

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Charchatuvchi bir quvvat bilan kecha va kunduz meni oʻylantirgan va lekin hech ham qiymati yoʻq vaziyatdan qutqargan maktubingizni olgan vaqtimdan beri sevinch ichida, Janobi Haqqa benihoya tashakkurlarimni aytayapman va besh vaqtda Allohning lutflariga sazovor boʻlishingizni duo qilyapman. Ayniqsa sevinchimni orttirgan kayfiyat, Janobi Haqning faqat Qur'on xizmatida ishlattirishining bildirilishidir.

Muhtaram Ustozim! Holatimdan juda-juda mamnunman. Endi aytganingizdek hech narsani oʻylamayapman. Oʻylayotgan narsam boʻlsa, u ham Risola-i Nurdan "Soʻzlar"ni tugatish, koʻchirib doʻstlarimizning koʻpayishini ta'minlash uchun loyigʻidek harakat qilishdir. Buning uchun oʻzimda koʻrgan qarz va omonat borlig'imga emas, balki Janobi Haqning qudrat va lutflariga tayanaman.

Muhtaram Ustozim! Yozgan Oʻttiz Ikkinchi va Yigirma Yettinchi Soʻzlarimni taqdim qilyapman. Yigirma Yettinchi Maktubda qardoshlarimizning tuygʻu va fikrlarini oʻqirkan, bilsangiz qanchalar sevinch his qilaman. Bir-biridan ayrilmaslik uchun qiymatsiz moddiy iplar bilan emas, qiymatli va ma'naviy iplar bilan bogʻlangan oila va jamoat a'zolari his qiladigan sevinch bilan lazzatlanaman. Shubhasiz Zoti Ustozonalari boshimizda boʻlish bilan birga, katta boʻlganlarimiz ogʻa va birga boʻlganlarimiz qardoshlarimiz boʻlganlar. Men bu jamoatning ichiga doxil boʻlganimdan haddan ortiq baxtiyorman. Qur'oni Mubinning nurlarining qabul va nashri xususida, suyukli Ustozimiz, shaxsiyatingiz vosita qilinishi sababli, sizni bizga bergan Janobi Haqqa minnatdorligimizni chegaralay olmaymiz.

Xusrav
— 80 —

(Sabrining bir bayoni.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Qoʻl bilan koʻchirib yuksak huzuringizga taqdim qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasi aynan vaqtda oʻzini koʻrsatdi. Bu muborak asar Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning bir navi tarixchalari boʻlgani kabi, boshqa jihatdan ham pur-anvor asarlarning hujjatlar va qat'iy burhonlari hukmida koʻrilish bilan birga, uch yildan beri aqlimda maxsus va saqlangan bir qancha hislarni ham bu gal yuzaga chiqardi. Xullas, Qur'oni Azimushshonning muqaddasligi va ulugʻligi va nuroniyat darajasi bunday olmos va ma'naviy javohirlarni jamlagani bu masala va oʻxshash masalalardan tushunildi.

Ha, shu haqiqatni ham e'tirof qilish kerakki, bir javohirlar xazinasi qanchalar boy va qanchalik yuksak boylikka ega boʻlsa boʻlsin; sotuvchisi, dalloli oldi-berdi usulidan xabardor boʻlmasa, qoʻlidagi qiymatdor xazinadigi va qamragan qiymatli mollarni loyigʻidek olamga e'lon qilolmaydi va ommaning nazariga koʻrsatolmaydi. Darhaqiqat, bu chalkash davrda Qur'on haqiqatlarining loyigʻidek oldi berdisini qilgan Qur'on dallolining olti yil emas, balki qirq yildan beri ahli Islomga xitoban:

﴿ يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا هَلْ اَدُلُّكُمْ عَلٰى تِجَارَةٍ تُنْج۪يكُمْ مِنْ عَذَابٍ اَل۪يمٍ ﴾

farmoni Rabboniysi bilan nido qilishlari, hammalari iymon nurlariga muhtoj Ummati Muhammadni shukrda qarzdor qilgan va qilmoqdadir.

Sabri

(Sabrining bayoni.)

Ey Muhtaram Ustoz!

Bu gal Yigirma Yettinchi Maktubning Ikkinchi Zaylini, Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi, Oltinchi Masalalarini qoʻl bilan koʻchirib asl nusxalari bilan birga taqdim qilmoqdaman. Bandalari Yigirma Yettinchi Maktubning ta'lif va ta'sis va tartibida juda muhim ajrni his qilyapmanki, bu maktub yozilish gʻoyasi, qat'iyan maktub sohiblarini e'lon va koʻrsatish emas, balki turli darajalardagi fikr va aql sohiblarining har biri Nurlarning faqat yuzdan bir xususiyat va foydalarini koʻrib, Qur'on dallolining bir darajaga qadar nidolarini taqlid qilishga urinishlari alohida zavq va latofat his ettiradi.

— 81 —

Nur daryosini koʻrmagan ba'zi kishilar mushtoqona soʻraydilarki: Siz mansub boʻlgan Nur dorixonasida qanday muolajalar bor va asl mavzulari nima? Oldin bu savolga Risolat-un Nurni mumkin boʻlsa, bir-bir koʻrsatishga, boʻlmasa aqlim yetishgani qadar aytishga majbur edim. Hozir esa, Risolat-un Nurning yuzdan oʻn nisbatida mavzusini mumkin martaba ifoda qilishga tayyorman. Yarim mundarijasini eslatadigan Yigirma Yettinchi Maktubni beraman va bildiraman. Juz'iy-kulliy maqsadimni bildira olaman. Nurlarning aksar qismlari vujudga kelgandan soʻngra Yigirma Yettinchi Maktub xuddi ishora toʻpponchasi kabi otildi. Hamda Nur daryosining askarlari mobaynida bir navi musobaqa vazifasini ham bajardi. Har bir aloqador boʻlgan kishi Nur koʻrgazmasiga oz-koʻp hunarini toʻkdi.

Sabri

(Sabrining bayoni.)

Ey Ustoz!

Bayramlar sayyidi 'Iyd al-fitr bayramingizni tabriklayman va bu vasila bilan sharafli va izzatli qoʻl va etaklaringizni oʻpaman.

Afandim, har on Nurlar bilan oziqlangan ruhi ojizonam yana avvalgi juma kuni ozuqlantiruvchi nurga muntazir ekan, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini ehson qilib yuborgan bu faqir talabangiz musharraf va istifodali va minnatdor boʻldi. Bir soatlik musofir boʻlgan bu qiymatdor va ma'nodor asarni hamon Abdulloh olib bordi. U roʻyo-misol koʻrgan asarimning bir haftadan beri aqlimdagi qiymatdor naqshlarini va ma'nodor ma'nolarini ojizligim sababli ifoda qila olishga iqtidorim yoʻq.

Bu burhoniy, sanadiy, shuhudiy, qisqasi bir masalaning sogʻlom manbalarga tayanganini koʻrsatgan sabablari, asliga joylashtirilgan va ichiga olgan bu qiymatdor asar, umum Risola-i Nur va Maktubot-un Nurning quyosh-misol i'jozlari, olamlarni hayratda qoldirgan karomatlari, doʻst va dushmanning e'tirof va maqtovini qozongan nuroniy sobiq asarlarning qanchalik goʻzalligi va ustun xususiyatlarining, xuddi bu asarda toʻplanganini ayta olaman. Qachon nurlardan bir risola koʻrsam, bu kabi yoki yanada koʻproq haqiqiy zavq va tuganmas surur koʻraman. Shu holda bu ajib mahsusot va mashhudot, faqat Nurlarga oid va maxsus i'joz, shuningdek Nurlarga maxsus bir karomatidir desam, iymon ahli tomonidan komil bir qanoat hosil boʻlishiga aminman. Xususan tavofuqlari, tafsirlari koʻrsatilib yozilishi barqaror va niyat qilingan Qur'oni Azimushshonni umum iymon va tavhid ahli kamoli xohish va nihoyasiz hurmat bilan kutib olishlari koʻrinib turgani kabi; bir qancha kishilarning ham oxir umrlarida boshqatdan oʻqishga shavqu gʻayrat koʻrsatishlari ehtimoli kuchli. Yana qancha oʻxshashi koʻrilmagan asarlarning vujudga keltirilishini butun ruhim bilan tilayman va Janobi Mun'imi Haqiqiydan muvaffaqiyatlar tilayman, afandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Hofiz Sabri
— 82 —

(Sabrining bayoni.)

Ustozi Oliyshonim Afandim!

Ushbu ikki kechada fursat topa olgan vaqtlarimda, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Qismini koʻchirib, oʻz nusxamni Ali Afandiga va aslini Zoti Ustozonalariga qaytaraman va taqdim qilaman. Bir oydan beri, ruhlarimiz olov ketgan maysazor kabi kuygan, ranjigan, soʻlgan vaziyatga tushib; hatto aksar qardoshlar bilan bu masala haqida qanday xatti-harakat qilishimizni maktub bilan xabarlashish va maslahatlashishni boshladik. Bu tarafda Ustozi A'zamimizga eng yaqin bandalari boʻlganim uchun, bu bobda ogʻzaki yoki yozma shaklda taqdim qilish niyatida ekanman, dardlarga eliksir, dori va shifo bergan javob sifatidagi "Yigirma Yettinchi Soʻz"ni, bir bor yana izoh qilingan va anchagina qamrovli oliy javobni bizlarga ehson qilgan va qisqacha jumlasi tubsiz ma'nolarning haqiqatlarini jamlagan, "Tinch okeani" ta'biriga masadaq boʻlgan Qur'onning har bir jumlasi bu qismda, ayniqsa Beshinchi, Sakkizinchi va Toʻqqizinchi Nuktalarda asrning quruq kallali, qashshoq, falsafachi shaytonlarini toʻxtatgan, lol qilgan, toʻgʻrirogʻi batamom mot qilib, ruhlarimizni nurlantirib, sururga toʻldirdi va tasalli berdi.

Aziz Ustozim! Qur'oni Azimushonning qay darajada boy Ilohiy rahmat xazinasi ekanini aytishdan uzoqman. U muqaddas xazinani ichiga olgan turli-tuman olmos va brilliantlarni chiqarib, biz kabi muhtojlarga yetishtirish xususida Nurlar Kulliyotining aksariyatida toʻliq xarakatga keltirish vazifasini boʻyniga olgan Ustozi Soniy Xulusiy Beyafandimni, oʻxshatish va ta'biri joiz boʻlsa, soatchilardagi yulduz kabi sakkiz-oʻn ogʻizli soat kalitlariga oʻxshataman. Koʻp ogʻizli kalit, olamda mavjud har bir soatni harakatlantiradi, ishlatadi. Nomlari oʻtgan beyafandim ham, ayni holda boʻlib, oʻxshashi koʻrilmagan va eshitilmagan bir qancha haqiqiy muhim masalalarni Hazrati Qur'on va Qur'on dallolidan istamoqda.

— 83 —

Bu asrda xos maʻnaviy xazinaning tenggi yoʻq xazinadori, qiymatli talabgorlarga eng qiymatdor va ruhga toʻliq bir ozuqa-baxsh Qur'onning maʻnaviy moddalar bilan e'zoz va ikrom qilar ekan, oʻsha halqaga loyiq va haqdor boʻlmasam ham, faqir ruhiy ozuqani tinmasdan olib, dasturxonlarni ehson qilganga ham, keltirganga ham, istaganga ham hadsiz tashakkur qilishga qarz boʻlib qolyapman. Siz lutf qilgan xurmatli maktubda sizdan ranjiganimni faraz qilib xabarlashmaganim aytilmoqda. Bu xususda qalb va ruhimga "Nima deysiz?" dedim. ruhimdan Ruhimdan "Astagʻfirulloh, yuz ming astagʻfirulloh. Biz oʻlgan edik, lahulhamd bizga yangi hayot baxsh qilindi. Xafa boʻlishga umuman haqqimiz yoʻq. Vazifamiz boʻlgan duoga davom va tashakkurda qarzdomiz", degan haqgoʻy javob oldim.

Hofiz Sabri

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Muhtaram Ustoz!

Bu gal Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Toʻrt va Toʻqqizinchi Nuktalarini ichiga olgan muborak maktubingizni Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining inoyatning azim sirri bayonining xotimasi deb nomlangan va moʻ'jizali ramazonning hikmatlarini bayon qilgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismini va munavvar iʻjoz muxrini kamoli shukron bilan oldim. Ishtiyoq bilan, lazzat bilan, ma'naviy zavq bilan koʻp marta oʻqidim. Ammo ikki haftaga yaqinki, javob yozolmadim. Ushbu muborak juma kuni ham nurlardan olgan fayzlarimni, tasallilarimni, ham qalbiy taassurotimni qisqacha aytish maqsadida ushbu varaqni yozishni lutfi Haq bilan boshladim.

Birinchidan, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning olti nuktasi bilan Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emasligi, iymondan zarra qadar nasibi boʻlgan kishiga Yigirma Beshinchi Soʻzdagi burhonlarga zayl sifatida isbot qiladi. Islomiy shiorlarini gʻoyat goʻzal uslub bilan ta'rif va mutolaa qilish bilan birga, ulamo-i su'ga juda mukammal va ma'naviy tarsaki tushirmoqdasiz. Oxirida maktubdagi haqiqatlarning Qur'ondan kelganiga aqlni toʻgʻrilash uchun uning balogʻati i'joz va iyjoziga ergashib:

— 84 —
﴿ لَا يَسْتَو۪ٓى اَصْحَابُ النَّارِ وَاَصْحَابُ الْجَنَّةِ اَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَٓائِزُونَ ﴾

oyati karimasiga eʻtiborni qaratyapsiz. Bu bechora duochingiz, talabangiz siz koʻrsatgan va yuborgan Nurlarning mutolaasida, musbat va manfiy ikki ta'sir ostida nima qilishga va nima qilisni bilmay hayron. Chunki ma'naviy vazifamizni ado qilomayapmiz. Juda oz va tor bir muhitga nashr qila olyapmiz. Bid'at va zalolat har kun ortmoqda, ahkomi Islomiyaga sunnatlardan boshlab va Qur'on nishon tutilib, juda insofsiz tarzda hujum qilinayotgan davrda bu yaralarga toʻliq munosib malham boʻladigan, nurli va shifoli asarlarning sanoqli shaxslar orasida va faqat bu bechoralarning umid va iymonlarini quvvatlaydigan holatda qolishi, iztirobni ortirmoqda va dargohi Ilohiyaga iltijodan boshqa chora qoldirmayapti.

Ha, bunga qat'iy qanoat hosil boʻladi. Hatto diqqat bilan qaralsa, koʻriladiki, bu olam saroyi inqirozga qadam-baqadam yaqinlashmoqda. Har soat tomidan shifer, devoridan bir gʻisht, suvoqidan bir parcha tushmoqda, hatto chirogʻining yorugʻligi kamaymoqda. Kamaymas, buzilmas, yiqilmas, almashmas deb oʻylangan bu karvonsaroy albatta kamayadi, eskiradi, yiqiladi va oʻzgaradi.

Xullas, insonga, ayniqsa musulmonlarga yuqqan va ketma-ket ortayotgan zaifliklar bu natijani tezlashtirmoqda degan fikrdaman. Ammo irshod qilingani kabi, modomiki natija bilan emas, xizmat bilan mukallaf ekanmiz, umidimizni uzmay sabr va sokinlik, duo va niyoz bilan dargohi Ilohiyga yolvorishimiz kerak. Qamrovli ilm, zavolsiz va nihoyasiz qudrat sohibi boʻlgan Xoliqimiz yaxshi qiladi, yaxshiliklar yaratadi inshoalloh, deyishimiz kerak.

Yigimra Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasi, gʻaybiy ishora haqida ehtimol, har qanday shubhalarni yoʻqotish maqsadi bilan yozildi. Siddiqingiz, alhamdulilloh, muborak asarlarda dalolat qilgan ma'nolarini, ishora qilganlari haqiqatlarini butun borligim bilan qabul va tasdiq qilaman. Muqaddas ma'nolarini ichimga olishdan boshqa his yoʻq.

— 85 —

Aziz Ustozimiz bu Qur'oniy javharlarni oʻziga koʻrish bilan kifoyalanmay muhtojlarga ham qaranglar, koʻringlar, istifoda qilinglar, siz ham muhtojlarga, mushtoqlarga, hayratda qolganlarga koʻrsatishga vosita boʻlinglar demoqdalar. Bu faqir talabangiz bu amrga (bosh ustiga, eshitib va toat etib) degan. Imkon qadar va Allohga tavakkal qilib, bu maqsad yoʻlida xizmatda boʻlishni minnatdorona orzu etmoqda. Shunga binoan, gʻaybiy tavofuq haqidagi dalilli va ishontiruvchi bayonlar ham oʻrnida, ortiq emas. Bu ham xar doim lozimdir. Bunga mutlaq ehtiyoj bor yoki kelajakda ehtiyoj boʻladi. Koʻrsatilgan misoldan ham anlashilyapti. Diqqat bilan yozilgan, yillar bilan gʻayrat koʻrsatib jam qilingan, toʻdalangan, tafsir qoidalariga soʻzning boshi bilan oxiri inobatga olinib, ehtimol ba'zi yerlarida koʻp iste'mol qilinib, istar-istamas eʻtiborni tortgan tavofuq va muvozanatga qasddan diqqat qilinib, amniyat bilan vujudga keltirilgan bir tafsir bilan, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'onning muqaddas xazinalaridan bu asr insonlariga, musulmonlariga qaynab chiqqan, joʻsh urgan va porlagan nurli asarlardagi gʻaybiy uygʻunlik, muvozanat qiyos qilinishi mumkinmi? Aslo...

Xotimadagi Ahmad Gʻolib Beyning bayoni lobardir. Bu bayonning Hazrati Qur'onga va Ilohiy sirlar xazinasining bir navi nurli rashhalari va yogʻdulari boʻlgan "Soʻzlar"ga nisbati goʻzalligini orttirdi. Alloh bu kabi qardoshlarimizning sonini koʻpaytirsin. Jumlasini ushbu maydonda, bu kamchiligi koʻp faqirni ham xayrda muvaffaqiyatli qilsin, omin!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismi, Qur'onning xos durbini bilan qaralib, Ramazon hikmatlarining toʻqqizi mukammal va benazir tarzda bayon qilindi. Alloh suyukli Ustozimizdan rozi boʻlsin. Bu yil Ramazoni Sharifga rioya avvalgi yillardan zoxiran ziyoda edi. Koʻngil istardiki, koshki bu buyuk asar Ramazondan avval qoʻlimizga tushsaydi. Sayyid-ur Rusul, Nur-ul Vujud Afandimiz Hazratlari Sallallohu Alayhi va Sallam "Din nasihatdir", deb marhamat qilganlari xazratlariga maʻlum. Shu sabab bu yerdagi men ozligidan siqilgan jamoatimizga, oʻsha vaqtda oʻqib, amri jalili Nabaviyni ham bajargan boʻlar edik. Ammo bu sharafdan mahrumlik, moddiy uzoqligidan kelib chiqyapti. Chunki Qur'onning, ilk nozil boʻlishi Ramazon oyida boshlangan ekan, bu asrda va davrimizda ham muborak oyatning hikmatlari haqidagi asar yozilishining bu oyda boʻlishi juda munosib va a'lodir.

— 86 —

Janobi Haq juda koʻp bunga oʻxshagan asarlarni, xayrlisi bilan jumlamizni musharraf qilsin, omin!

I'joz muxri, Qur'on xizmatidagi qiymatdor qardoshlarimni tanittirdi. Bu goʻzal nurli baytni xotirlatdi:

Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim,

Oyna-i Muhammaddan Alloh koʻrinar doim.

{(Hoshiya): Bu yerda latif tavofuq boʻlib, birinchi Xulusiy ila ikkinchi Xulusiy unvonini olgan Sabri Afandi bu yerdagi, bir-biridan juda uzoq boʻlganlari holda, ayni ifodani maktublarida menga yozmoqdalar.}

Va shu ifodani ayttirdi:

Oynadir bu xotam, harkim sidq bilan xodim,

Oyna-i Ustozdan, Qur'ondir koʻringan doim.

Allohu Zuljalol jumlasidan rozi boʻlsin. Bu muborak oynaning boʻsh burchagiga bu bayt bilan imzomning qoʻyilishini xazratimning istaklariga qoldiraman.

Xulusiy

(Mingboshi Osim Beyning Risolat-un Nur "Soʻzlar"i haqida nazirasidir.)

Munazzahdir shuunotdan, faqat ilhomi Ilohiydir,

Oʻqirkan nur olar vijdon, suturi bitanohiydir,

Riyodan, kibrdan, har maosiydan munazzahdir,

Kalomi Loyazaliydan kelgan nuri mufarrihdir.

Bu asarlarni qanday vajd ichida angladim bilsang edi,

Bu, oyatlar kabi nuroniy va lahutiy fikrlarni,

Maosirmi, asarmi, munjaliy yoʻqsa muassarmi?

Ilohiy bir "suro"dan chaqmoq chaqqan, hayratfazo sirmi?

Eslanmas, anglatilmas, sirri vahdatdan xabarlardir.

Sen ey gʻofil bashar bir nafsingga qara, qanday?

Butun kavn shoshgan hayron oʻylagancha tajribaning

Karim hayrat ila, hurmat bilan eslar noming, buyuk noming.

Osim
— 87 —

(Xulusiy Beyning bayonidir.)

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رِسَالَةِ النُّورِ وَ مَكْتُوبَاتِ النُّورِ اَلْفَ اَمْثَالِهَا

Ey Muhtaram Ustoz!

Oʻtgan hafta Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi va Oltinchi Masalalari nomlarini olgan biri shukrga, boshqasi harami sharif savoliga javob boʻlgan ikki oliy va ustun asaringizni kamoli shavq bilan oldim. Zavq bilan mutolaa etdim. Juda chanqagan edim. Shukrga doir juda chuqur ma'noli, shakar kabi shirin shakar sharbatingizni basmala bilan ichishni boshladim. Bu ojiz talabangizga ne'matlarining haddu poyoni boʻlmagan Xoliqi Karim, Mun'imi Hakim, Razzoqi Rahim jalla jaloluhu hazratlarining Nurlar nomli in'om va ehsoniga (Alhamdulilloh, Allohu Akbar) dedim. Va ma'naviy suvsizligimni, qoʻlim yetmas, kuchim yetmas, nazarim erishmas, xullas toʻliq ojizlik ichida, lekin rahmatidan umid uzmay, Rahmonur-Rahim hazratlarining juda aziz ustozim vositasida taskin etganiga yuz minglar hamdu shukr qildim va qilaman.

Muborak soʻzlaringizda shunday muqaddas fayzlar borki, xuddi talabangizning (diqqat bilan mutolaa etgan yoki tinglaganlari) qoʻlidan tutadi. Qara, bu bu ma'noga dalolat qiladi, bu shuning uchun, bundagi maqsad va gʻoya va hikmatlar shulardir, kel yana yuqoriroq chiqaylik, yanada oldinlaylik deya manbadan manbaga, etakdan tepaga, izdan yoʻlga, haqiqatdan ma'rifatga olib ketmoqda, chiqarmoqda. Ziyorat ettirmoqda. Foydalantiryapsiz, fayzlantiryapsiz. Bu gal bu sayr bilan shukr daryosining manbaiga, shukr togʻining tepasiga, shukr izining yoʻliga, shukri mutlaqdagi haqiqat bilan ma'rifatga olib boradi va boshdagi kabi, oxirida "Dar tariqi ajz-mandi lozim omad chor chiz; ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq ey aziz" demoqdasiz. Biz "Tushundim va toʻgʻri aytdingiz" deb jevob beryapmiz. Duo va salavot bilan muqaddas sayohatni tugatmoqdasiz.

Siz koʻrsatgan juda oliy shafqatdan yaqinlik koʻrgan muhtoj va ojiz talabangiz, ustozining nazarini boshqa tarafga qaratadigan savolga jur'at qilgani uchun, "Kel qani, Harami Sharifga kiraylik. U yerning bugungi holatini va sabablarini biroz tushuntiray", degan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Oltinchi Masalasini ham oʻqidim. Koʻp istifoda etdim. Alloh sizdan rozi boʻlsin.

Xulusiy
— 88 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bu gal lutf va inoyat qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini hurmat bilan oldim. Ta'zim bilan va qayta-qayta mutolaa etdim. Undan tashqari bir marta yangi talabangiz Hofiz Umar Afandiga va bir marta padarim va eski domlalarimdan Ibrohim Afandi va bir doʻstimizga va bir marta Fathi Beyga ham oʻqib berdim. Inshoalloh yana oʻqiyman va oʻqitaman. Muborak maktubingiz bilan boshda shu bechora boʻlgani holda, tinglaganlarning oxirgi hollari sababli qalblarida hosil boʻlgan ma'naviy yaraga oʻta mukammal va munosib malham surtdingiz. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ nassi jalilini xotirlatib, Allohning lutfiga va Habibi Akramining (ASV) ruhoniyatiga, Qur'oni Azimushshonning مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى قِيَامِ السَّاعَةِ davom etishiga shubha qolmagan i'joziga daxolat va haqiqiy sabr bilan gʻamlarga javob qaytarsangiz, inshoalloh yaqin va nurli istiqbolga erishasiz, kabi haqiqatdan juda azim bir xushxabar bergan boʻldingiz. Ummatning bechorasiga izni Ilohiy bilan bayon qilganingiz i'jozi Qur'on hurmati Allohu Zuljalol muhtaram ustozimizdan abadan rozi boʻlsin. Hazrati Qur'on hisobiga intizor etgan umidlaringizni, eng qisqa zamonda haqiqatga oʻzgargan va moʻminlarga ham iymonning salomatligini tavfiq etsin, omin.

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini olmasdan avval, muborak Soʻzlar bilan aloqador boʻlmagan zotlarga ustozim olti-yetti yildan beri qayta-qayta shunday demoqda: "Qur'onning devorlari yiqildi. Barcha hujumlar Qur'ongadir. Iymonni qutqarish davridir". Asta-asta bu bayonlarning toʻgʻriligi, har koʻzi va aqli boʻlgan moʻmin tarafidan tasdiq qilinadigan hodisalar boʻlmoqda, derdim. Bu maktub bu bechora talabangizning Ustozining amrlarini yetkazishda sodiq boʻlganini isbot qilish bilan birga, avval ham arz etganim kabi, maktublarni olmasdan avval xotirimga kelgan, hatto tilimga qadar oʻtgan koʻp masalalar navidan boʻlganiga shubham boʻlmagani uchun, buni ham i'jozi Qur'ondan deb bilyapman. Tavofuqlarda bandangizdagi nusxada ham, aksariyat bilan muvozanat bor. Ha, qaysi jihatdan qaralsa, Ilohiy inoyat yaqqol koʻrinadi.

— 89 —

Muhtaram Ustozim, rahmati Ilohiya bilan bir haqiqatni yana qat'iy tarzda angladim. U ham shuki: Ilk tanishish sharafiga noil boʻlgan paytimda bergan darsingiz barcha risola va maktublarda vujudini his ettirmoqdadir. Farq faqat oʻsha darsdagi xulosalangan haqiqatlarning boshqa darslarga sharh, izoh va izhoridan iboratdir. Demakki, iymonni va Qur'onni asos qabul qilish ila, doimiy bir fayz manbai, abadiy bir nur manbai, yoʻq boʻlmaydigan muqaddas xazina, Ilohiy qal'a qurilgan boʻlmoqda.

Ha, modomiki koinotning yaratilishiga sabab boʻlgan Nabiyyi Afham (ASV) afandimiz hazratlari, risolat vazifasini mukammal ravishda ado etgandan soʻngra, Ilohiy amr bilan vujudiga sabab boʻlgan baqo olamiga tashrif etdilar. Ushbu musofirxona yopilishiga qadar kelib oʻtadigan, toʻlib boʻshaladigan, chirib yangilanadigan aholisiga, ayniqsa jin va insonlarga eng oliy hadya, eng mukammal rahbar, eng muqaddas murshid sifatida Qur'oni Hakimni qoldirganlar. Haqiqatdan, keyingi asrlar yetishtirgan bir qancha oliy zotlar barcha qiyinchiliklarini Qur'on bilan hal etishgan. Qidirganlarini Qur'onda topganlar.

Bid'at va zulmatlar asrida ham Qur'oni Hakim va Karim loyamut i'jozini "Soʻzlar" va "Maktublar" bilan izhor etgan va bu haqiqatdan azim ishda Ilohiy rahmatga juda aziz va muhtaram ustozimiz eng loyiq, eng toʻgʻri xodim va vosita boʻlganlar. Bu haqiqatga hali birinchi darsda Ilohiy lutf bilan iymon keltirdim. Boshqa nurli darslar iymon quvvatiga vasila boʻlgan va boʻlmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz va muhtaram Ustozim!

Bu dunyo moʻminga zindondir derlar. Mana, siz nashriga, izhoriga, bayoniga vosita boʻlgan Nurlar qorongʻu dunyoimizni oydinlatdi. Yaratilish haqiqatini ta'lim berdi. Boqiy, doimiy va davomiy, saodatli hayotni dars berdi. Shaxsan bu Nurlar boʻlmasa edi, holim nima boʻlardi? Yoki Nurlarga erishmasaydim, nima qilardim? Yoki bu Nurlarning nashriga عَلٰى قَدْرِ الطَّاقَةِ وَالْاِمْكَانِ lutfi Ilohiy bilan ishlatilmasaydim, butun daromadim ma'siyat boʻlar, qora yuz, parishon hol bilan, dargohi Ilohiyaga qanday qilib chiqar edim? Alhamdulilloh, takror va takror alhamdulilloh, xolis niyat va zarra navidan boʻlgan Qur'oniy xizmat sababili, bu pur-taqsir qul inshoalloh duongiz bilan Ilohiy rahmatga noil boʻladi degan umiddaman.

Xulusiy
— 90 —

(Sabrining bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Afandim, hech shak shubham qolmadiki, nurni nurdan ajratib boʻlmagani kabi, nur daryosining nuroniy talabalari ham, qayerda boʻlsa-boʻlsin, hammasi bir gʻoyada, umumiy zehniyatda, bir-birlariga raqobatlari yoʻq, doimo bir-birining mumtoz vasflari bilan faxr va iftixor qiladi, samimiyat va vafo xususida doʻstlarini oʻz shaxsidan ustun qoʻyadi, bir istakda yagona orzu va gʻoyalari boʻlgan tavhidning mumtoz va ayiruvchi alomati boʻlgan birlashish hamda haqiqiy va din amr qilgan hamjihatlikni soʻz va ish va hol bilan koʻrsatishlari bilan sobitki, bu hol muvaffaqiyatning alomatidir.

Talabangiz H. S.

(Ra'fat Beyning bir bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

Oxirgi nashr qilgan "Soʻz"ingiz faqirda juda chuqur ta'sir va taassurotlar qoldirdi. Uni yetaklagan sabab nimaligini tushunolmadim. Zoti oliyingizni u "Soʻz"da juda qahrli koʻrdim. Gʻoyat otashin bir qalam barcha alamlaringizni toʻkkan edi. Ichiga olgan haqiqatlarga mast va hayron boʻlganim holda, soatlarcha oʻqidim. "Soʻzlar"ingizning hech birini boshqasidan ustun qoʻyolmayman. Zero biriga muhim derkan, boshqasi yanada muhim va yana boshqasi undan ham muhim boʻlib oʻzini koʻrsatmoqda. Shunga binoan, Qur'on nurlarini falakdagi yulduzlarga oʻxshataman. Haqiqatdan, yulduzlar porloqlik e'tibori bilan bir-biridan farqli boʻlsa ham, hammasi yulduzdir. Va ayni manbadan nurlarni olayotganlari uchun, sifat jihatidan bir-birlaridan farqi yoʻq kabidir. "Soʻzlar"ingiz aynan shundaydir. Har birini yuz marta oʻqisam, yuz birinchi marta hech oʻqimagan kabi, buyuk ma'naviy zavq bilan oʻqishim ham yuksakligiga shohiddir. Bu bobda qanchalar yozsam, "Soʻzlar" haqida hech narsa yoza ololmasligimni oʻylab, soʻzimni tugatmoqdaman.

Ra'fat
— 91 —

(Shu bayon Mas'ud Afandininiki.)

Ey mening muhtaram Ustozim!

Balogʻat yoshimdan bugungacha, lain shaytonning sovutidan qilingan bir sandiq ichida qulflangan boʻlgan uxraviy aql va iymonimni tazyiq ostiga olgan edi. Duongiz soyasida va menga koʻrsatgan goʻzal niyat va nasihatlaringizning samarasi, faqat yetti yilda, Ustozimning duo mushti bilan lain shaytonning sovut sandiqi sinib, iymonimni takror taslim etdingiz. Qaytib olganimni shu bilan isbot qilamanki: Duoga qabul qilgan kuningiz, ya'ni Ramazoni Sharifning uchinchi kuni ziyorat uchun yoningizda edim. Chiqqanimdan keyin, Janobi Haq koʻrsatgan va suyukli Ustozimga aytgan tushim bilan, ojizona tafsirimda, sharqdan gʻarbga qaragan soyni, ya'ni sharqdagi duoni olmagan boʻlsaydim, qarshimda qoʻlida savat bilan ketayotgan odam kabi gʻayya chuquriga tushar edim. Oʻsha eshikning oldida turganimda, olgan ta'sirli duoim soyasida, qoʻrqinchli eshikdan chaqirilmay, orqaga qaytishimda keng yoʻldan xalq siqilib oʻtgan va biz yashirin bir mavqeda tomosha qilgan mashaqqat va zahmatlarga chektirilmaganimizning sababi, Ustozi Muhtaramimning Janobi Haq nazdida duosining qabulidir va "Soʻzlar"ning teng kelib boʻlmas ta'sirlaridir.

Men ham bunga muqobil, Ustozim xodim boʻlgan yoʻlga ergashib xizmat qilish orzusida boʻlsam ham, faqat qilgan xizmatim yetarli emas. U ham faqat oxirat manfaatimiz uchundir. Faqat Janobi Fayyozi Mutlaq Hazratlaridan duo qilib "Ey Rabbim, Ey Rabbim! Yigirma yetti yildan beri shayton alayhil la'naning zirhli poʻlat sandiqqa kalitlangan iymonimni bolgʻasi bilan sindirib qutqargan Ustozi Akramimga, ya'ni Qur'oni Hakimning yogʻdulari - Risola-i Nurning nashriga bir xizmat sifatida, meni tushimda koʻrsatgan mahshar kuningda gʻayya chuquri eshigining ogʻzidan qaytarishga muvaffaq boʻlgan Qur'on mufassirini va oxirgi yozuvchi boʻlgan Said-un Nursiy Hazratlarining mahshar kunida bayroqdori qil, Ey Rabbim, ey Arhamar-rohimin, valhamdulillahi Rabb-ul Alamin" deb, Janobi Mavlodan besh vaqt tinmay duo qilaman. Siz Ustozimning qabul qilishini iltimos qilib qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, Afandim Hazratlari.

Mahmad Mas'ud
— 92 —

(Ahmad Xusravning bayoni.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Qiymatli Ustozim!

Maktub sanasidan ikki kun avval edi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylini yozish bilan mashgʻul edim. Xulusiy va Ra'fat Bey, Zakoiy va Sabri Afandi kabi qardoshlarimning Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga koʻrsatgan otashin muhabbatlari bilan qalb ishtiyoqlarini koʻrsatgan qalamlari meni ham hayajonga tushirgan edi. Bu qatorda Bakir Ogʻa sizdan kelgan bir maktub bilan tashrif etdi. Bakir Ogʻa, odatiga xilof yuzi juda fayzli edi. Maktubni ayni sevinch ila, oʻpgandan soʻng birga ochdik. Bir sizdan kelgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifadan iborat boʻlgan Sakkizinchi Ramzi uch sakkiz tavofuqlari bilan oʻzini koʻrsatdi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylidan hosil boʻlgan sevinchli bir qalbiy hayajon va Bekir Ogʻaning Ustoziga va Nurlarga boʻlgan qalbiy ishtiyoqini koʻrsatgan sevimli yuzi va toʻrt oydan beri kutgan tavofuqlarimizning gʻoyasining boshlanishini koʻrsatgan Sakkizinchi Ramzdagi suyukli Ustozimizning ma'naviy nur bilan porlagan va tabassumli, yuksak, eng hayratomuz, shirin soʻzi faqir talabangizda shunday buyuk voqeʻaga aylangan ediki, oʻsha daqiqam saodati abadiyaga noil boʻlgan kishilar oʻtkazgan onlardan bir daqiqa edi. Bu sevinch ichida maktubingizni va Sakkizinchi Ramzni oʻqidim. Oʻqirkan, har bir jumlaning oxirida, "Bor boʻling, baxtli boʻling, baxtiyor boʻling Ustozim" nidolari qalbimga tarjimonlik qilgan tilimdan ixtiyorsiz toʻkilardi. Ilk marta Bakir Ogʻa bilan, bir marta qardoshim Rushdi Afandi bilan, bir marta esa qardoshim Ra'fat Bey bilan oʻqidim.

— 93 —

Ha, suyukli Ustozim, yillardan beri Qur'oni Azim-ul Burhonning buyuk dengizida koʻmilgan xazinalarni Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur bilan yuzaga chiqargan edingiz. Mana, azim bir xazina yana lutfi Ilohiy bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzida eng porloq va koʻzlarni qamashtirgan nurlari bilan zoxir boʻlib, oʻzini koʻrsatmoqda. Insonning eʻtiborini istar-istamas oʻziga tortyapti.

Bir ming uch yuz yildan beri, insof sohibini hayratda qoldirgan va dunyoning har burchagida va insonning xar tabaqasida, jin va insonlar tilida, samovotda malak va ruhoniylar tilida, eng yuksak mumtoz maqomni ishgʻol etgan, Furqoni Ilohiyning muhim sirlaridan va azim i'jozidan yana bir qismi, jim turmaydigan moʻ'jizali sado va latif bir ovoz va tuganmas fayz bilan oldimizga chiqmoqda.

Qiymatdor Qur'onning bugun barcha maxluqotni qudrat qoʻlida tutgan, azamati kibriyosi bilan idora qilgan va azamati jaloli qarshisida hamma narsani oʻziga sajda ettirgan Zoti Vojib-ul Vujudning kalomi ekanini, ustidagi hadsiz tamgʻalari bilan koʻrsatgan risolalaringizning qiymati qanchalar buyuk. Bu risolalarga qanday qiymat beriladi, boshqasi qanday bilan muvozana qilinadi, boshqasining ustunligi qanday eslanadi?

Insonning zulmatli siymosiga nurlar sochgan va tavhid xorijidagi har qanday aqidalarni chil-parchin qilgan, shogirdlariga tabassumli yuz bilan qaragan, xush, juda shirin bir til bilan gapirgan risolalar va ularning sohibi, noshiri boʻlgan suyukli Ustozim, siz talabalarigizning qalblarida risolalaringiz bilan yashayapsiz. Ham shunday bir suratda yashayapsizki, kichik ishorangizga tayyor turgan talabalaringizning ruhlarida daryolarning ovozi kabi toʻxtamasdan davom etgan va tugashni bilmagan Ilohiy muhabbat bilan yashamoqdasiz. Foniy hayot bilan vidolashsangiz ham, katta-katta jamoatlar orasida hurmat bilan yod etilishingizga

{(Hoshiya): Qardoshim Xusravning bu maqomdagi hissiyotiga ishtirok etolmayman. Insonlarning nazarida mavqe qozonish va tillarda yod etilish, haqiqatbin kishilar uchun sharaf emas. Agar rizo-i Ilohiy boʻlsa, u rizoning jilvasi sifatida insonlar e'tibor qilayotgan boʻlsa bir daraja rozilik alomati nuqtasida maqbul boʻlishi mumkin. Aksincha orzu etilmasligi kerak. Modomiki Xusrav haqiqatbin ekan, albatta mening shaxsimga havola etgan sharafda risolalarni niyat qiladi. Zotan u sharafga umum talabalar hissadordirlar, bir kishiga berilmaydi.}

va nomingizning dunyo va oxiratda ehtirom bilan eslanishiga, risolalaringizning juda buyuk talab bilan rivojda boʻlishiga qattiq umidvorman.

— 94 —

Ha, soʻzlarim qanday haqsiz boʻlsin, eng tahlikali onlarda ham haqni aytishda jim boʻlmagan, juda oliy ruhli, talabalariga har on tasalli nurlarini tarqatgan, Qur'oni Karimning bugungi dalloli muhtarami boʻlgan Ustozim! Sizning dini mubini Islomga boʻlgan bogʻliqligingizga, buyuk muhabbatingizga, yuksak sa'yingizga mukofot tariqasida hasanot daftaringizga Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlari had hisobsiz ajrlarni yozishini rahmati Ilohiyadan niyoz etaman.

Bugungi bashariyat sizdan va Risolat-un Nurdan qanday qarzdor boʻlmasinki, samomizda kezgan quyoshning sochgan va har on botishi bilan bir boshqa olamni koʻrsatgan nurlari kabi emas, Qur'onning arshi a'zamidan kelgan nurlari bilan oʻlmas, tuganmas, davomiy nurni risolalaringizda koʻrsatmoqdasiz.

Risolalar, har biri manbalari va oʻzanlari boshqa-boshqa lekin bir okeanga toʻkilgan daryolar kabidir. Bu soʻngsiz daryolarning qaysisiga borgan inson nega toʻygunicha suv ichmasin? Qoʻl va yuzlarini tozalashni istaganlar, qanday qilib bu daryolardan istifoda etmasin? Yerlarini sugʻorishga ariqlar qilib qaysi tarafga qaratilsa, azim jamoatlar nega fayz olmasin?

Bu daryolarda shunday katta shifolar borki, xastalar ichsa, unda har qanday davoni topadi. Yaralilar ichsa, ming turli yaralariga malham topadi. Keksalar ichsa, abadiy hayotning jasur oʻsmirlaridan boʻlishadi. Yoshlar ichsa, ikki dunyo saodatini bir onda qoʻlga kiritadilar.

Risolalarni oʻqiganlar, suyukli Ustozim, sizning qanchalik buyuk va oliy qalbga ega boʻlganingizni tan olish uchun, bilmayman tafakkurga ehtiyoj bormi?

Shuncha vaqtdan beri "Qur'oni Azimushshonning dalloliman va bu muqaddas vazifamni hech narsaga almashtirmayman" degan e'lonlaringizga, navbatdagi nashr qilingan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifalik Sakkizinchi Ramzi yana bir bor quvvat beradi va koʻrsatilgan haqiqatlarga maftun boʻlmaslik mumkinmi?

Oh sevgili Ustozim, til va qalamim uygʻun boʻlsa edi, har bir risolani loyigʻidek madh qilib taqdim etsam. Afsus, hamma narsada boʻlgani kabi, bu xususda ham faqirman.

Ha sevgili Ustozim! Sevinchimizni ortirgan yana bir masala bor. U "Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan nukta-i Qur'oniya" nomli nashr qilingan ikki sahifalik Qur'onning hijo harflarining bu qismga qoʻshilishi, bu qismning ham, biz yozayotgan tavofuqli va xoshiyali Qur'oni Karimning bosh tarafiga, hamma foydalanishi va fayz olishini osonlashtirishga binoan kirgizilishi haqidagi oʻzlarining munosib koʻrishlari bilan boʻldi. Bu istak bizningcha juda oʻrinli, faqir talabangizning nazarini moziydan hozirgi zamonga, hozirdan istiqbolga qaratdi. Kelajakda porlagan nurlarni koʻrsatib, nihoyatsiz sevinchlarga gʻarq qilyapsiz.

Ahmad Xusrav
— 95 —

(Ra'fatning bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Muhtaram va juda qiymatli Ustozim Afandim!

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Ramzini diqqat bilan oʻqidim. Ichiga olgan horiqo ramzlar va ular ifoda qilgan yuksak haqiqatlar faqirga azim istifodalar ta'min etdi. Va meni chuqur-chuqur tafakkurga va tadqiqotga chorladi. Bolaligimdan beri dinga oid haqiqatlarga juda qiziqar va har fursatdan foydalanib tadqiqot va izlanishda boʻlardim. Afsuski, orzuimga erisholmas edim. Shu sabab ya's va umidsizlikka duchor boʻlardim. Hadsiz shukrlar boʻlsin ul Xalloqi Azimgaki, bizlarni xar bir asrda fazilatli xazlatlarilari kabi, kam uchraydigan buyuk dohiyga qovushtirdi. Oʻttiz yildan beri ruhimning juda buyuk ishtiyoq va hasrat bilan kutgan ustozi muhtaramga noil ayladi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ثُمَّ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Modomiki bugungacha bu haqiqatlar hech bir asarda koʻrilmagan va eshitilmagan ekan, xozir yozilishi juda muvofiq boʻlib, oʻqigan har bir iymon ahlining, Qur'oni Hakimning soʻngsiz xazinalaridan bir qism javharlarni qoʻlga kiritish, ham ma'naviy boyliklariga boylik qoʻshish hamda maxfiy xazinalardan xabardor boʻlishdek, inson ruhining eng buyuk ehtiyojlarini qondirdi.

— 96 —

Xulosa: Tavofuqot va rumuzoti Qur'oniya, azim xushxabarlarni ichiga olgan boʻlib, kamoli hassosiyat bilan oʻqib, tadqiq qilinmoqda. Shuning uchun nihoyatsiz hurmat va ta'zimlarimni arz etaman, muborak qoʻllaringizdan oʻpib, Janobi Haqning bizga qalbiy inkishofi ehson qilishi xususidagi xayrli duolarini iltimos qilaman, suyukli Ustozim Afandim.

Ra'fat

(Rushduning bayoni.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Juda qiymatdor va juda muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!

Nurlari bilan qora qalbimni nurlantirgan Maktubotingizdan, i'jozi Qur'oniydan Ixlosi Sharif, Muʻavvizatayn, Fotiha-i Sharif suralari harflarining tavofuqlari sirlarini koʻrsatadigan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini din qardoshlarim bilan birlikda oʻqidik. Koʻp shukr, ming shukr, alhamdulilloh. Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining kalomi Qur'oni Azimi Hakimning sirlariga hayratda qolib, butun qalbim va lisonim bilan ‌اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ dedim.

Ustozim, yangi tavofuqotli Qur'oni Azimushshonning bosh tarafiga Ramzning ilovasi haq va haqiqatni e'lon qilishi maqsadiga muvofiq boʻlsa ham, oʻqigan sari toʻymaydigan va zeriktirmaydigan, har bir oʻqigan kishi sari dunyo lazzatidan ming marta ortiq lazzat olgan, qoraygan qalblarni nurlantirgan, bizga oʻz tilimizda hollarimizni koʻrsatgan, haq yoʻlini koʻrsatgan risola-i pur-nurlaringizda ham birga alohida boʻlishi va Qur'oni Hakimning boshiga mumkin boʻlsa ham arabchasining va hamda turkchasining qoʻyilishi muvofiq boʻladi deb oʻylayman, afandim hazratlari.

Rushdu
— 97 —

(Soatchi Lutfi Afandining bayoni)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

I'jozi Qur'oniyadan Ixlosi Sharif bilan Muavvizatayn va Fotiha-i Sharifa suralarining harflarining tavofuqlari sirlarini koʻrsatgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini olib, oʻqidim. Ushbu nashr qilingan risoladagi tavofuqot hozirgacha oʻxshashi boʻlmagan sirni oʻrtaga qoʻygan. Bu xususga doir mutolaa qilish, quvva-i qalamiyamdan va havsala-i mavjudamdan qat-qat ustun boʻlish bilan birga, afvi Ustozonalariga ishonib: "Nashr qilingan risoladagi izohlar har qanday badbin va koʻr gʻofilni uygʻotishga, hatto butun borligi bilan qoraygan qalblarni nurlantirish va irshodga buyuk dalil boʻlgani uchun, muhtaram Ustozimizning tasavvuriy qarori shaklda, har bir kishining Qur'oni Azim-ul Burhondagi moʻ'jizalarni koʻrishi uchun Qur'onning bosh tarafiga kirgizilishi xususi juda muvofiq koʻrilganini arz qilaman, afandim hazratlari." deyman.

Soatchi Lutfi

(Osim Beyning bayoni)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Ustozimni bu faqirga lutf va karamidan ehson qilgan Qodiri Mutlaq, azal va abad sultoni Janobi Hayyi Loyamut Hazratlariga har daqiqada yuz minglarcha hamd va shukr qilsam-ki, qilyapman, yana yuz mingdan bir qarzimni ham ado etolmayman. لَهُ الْحَمْدُ وَ الْمِنَّةُ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Pur-taqsir bu faqir, uzluksiz oʻttiz toʻrt yillik askarlik hayotimda, bashariyat taqozosi, oz va koʻp ma'siyatning boʻron va toʻlqinlariga duchor boʻlgan, oxiratga oid din vazifasi va qullikda juda ham nuqsonli, gʻaflat uyqusi choʻmib hayot oʻtkazganimni endi anglamoqdaman. Nuqsonli oʻtgan vaqtlarimdan pushaymon va nadomatda boʻlib, avvalgi kulganlarimga hozir yigʻlayapman. Bu siz Ustozimga va risolalaringizga qovushish natijasi boʻlib, yuz minglarcha shukr, Janobi Haq sizni bu faqirga ehson qildi.

— 98 —

Toʻrt yil avval Burdurga kelganimda, qardoshimiz Shayx Mahmad Afandining yoʻl koʻrsatishi va vositachiligida xabarlashishni boshlangan, natijada hikmatli, nurafshon, mushkul-kusho va koinotning yashirin sirini ochgan kalitlarni bu faqirning qoʻliga bergan - risolalar boʻladi. Xullas, oʻsha bebaho kalitlar shunday javohirlar va brilliantlar boʻlib, nima dey, iqtidorsizligimdan til va qalamim qalbimning tarjimoni boʻlolmayapti, ojiz qolyapti.

Shariat, haqiqat va ma'rifat xazina va yashirin xazinalarini ochadigan va ochgan faqat va faqat Nur risola-i sharifalaridir. Nur risolalarining har biri bir-biridan nurli, xususan I'jozi Qur'on "nur-un ala nur". Qanday ta'riflayin, bir odam farahli gul bogʻida gʻoyat kamyob va rangba-rang, xushboʻy latif gullarning qaysisini uzishga, hidlashga, tanlashga hayron boʻlib, hammasidan bir dasta, bir bogʻlam qilishga qaror qilgani kabi; risola-i sharifalar ham yozgan, oʻqigan, tinglagan kishini nur bogʻiga, nur dengiziga gʻarq etib, ham tafakkur qildiradi ham xayratda qoldiradi. Bular hammasi bir gul dastasi emasmi?! Faqat u insonni xayrat va tafakkur sahrosida aqlini ketkazgan sarhush, qilmaydimi?! Butun dunyoviy insoniy va hayvoniy xossalaridan ayrilishiga, Xoliqiga davomli qullik qilishiga, barcha yomon axloqlarni daf qilish, quvishiga va boshqalar kabi hissiyoti bilan hislantirib, nafsi ammorani oʻldirmaydimi?!

Aytishim mumkinki, Nur risola-i sharifalari bir jannatiy bogʻchadir. Bu gulistondan istifoda qilolmagan nasli buzuq, nasibasiz kimsalarga ming-ming afsus. U kabilarga ilhomi Rabboniy berilib, Yigirma Uchinchi Soʻz risola-i sharifasining oxiridagi ikki lavhaning birinchisida aytilgan gʻaflat pardasidan yashiringan narsani, ikkinchi lavhadagi gʻaflatdan uygʻonib xushyorlikka oʻzgartira olsinlar.

Jumla moʻminini muvahiddinning hidoyat yoʻliga qadam bosishlari uchun Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga qovlan duo va yolvorishim hamda amalda hanuz toʻrtdan birini yoza olmagan Nur risola-i sharifalarimning faqirda mavjud boʻlganlarini, ishonganim, muhabbat va yaxshi koʻrganini his etgan qardoshlarga, jumladan (...) kabi muhtaram zotlarga, juma kunlari faqirxonada toʻplangan vaqtda, shaxsan oʻqir va qoʻllariga bittadan Nur parchalaridan berib kechgacha, ba'zan kechalari oʻqishda davom qilinmoqda. Hammamiz Janobi Qodiri Qayyumga ubudiyat va niyozimizni ado etmoqdamiz va Siz Ustoz hazratlariga ham qarz boʻlgan duo-i ustozonalarini yod va zikr qilamiz.

— 99 —

Janobi Zuljaloli val Kamol Hazratlari Siz Muhtaram Ustoz hazratlarini dunyo turgancha Nur Risolalarini rahbarlikda, yoʻl koʻrsatishda va nur dalloligida qiyomatga qadar qoim qilsin, duosini har namozning oxirida singlingiz bilan birga tilimizda vird qilamiz, afandim hazratlari.

Osim

(Ahmad Gʻolibning Soʻzlar haqida bir bayoni.)

Odami ilmi haqiqat soʻzingiz,

Tarjimoni kanzu vahdat soʻzingiz.

Hazrati Haqdan ato-i mahzdir,

Nash'a-i Shiti huviyat soʻzingiz.

Darsi hikmatdan butun ulviy bayon,

Misli Idris, pur-hikmatdir soʻzingiz.

Mavji toʻfoni zalolatdan qalqon,

Kashti Nuhi salomatdir soʻzingiz.

Sarsari ilhoddan qutqargan,

Shu'la-i Hud-u hidoyat soʻzingiz.

Tazkiyatbaxshi qulubi moʻminiyn,

Solihdori omonatdir soʻzingiz.

Vahdatning asrorini e'lon qilgan,

Ul Halil-vash asli millat soʻzingiz.

Baxshi zamzam aylar xayr ahliga,

Ismoili fayzi hurmat soʻzingiz.

Mahzi tahqiqdir, xayolotdan a'lo,

Sirri Isxoqi haqiqat soʻzingiz.

Zumra-i Togʻutni barbod etuvchi,

Lut kabi rukni salobat soʻzingiz.

— 100 —

Doimo kalomullohi notiq sharhidir.

Kanzi i'jozi risolat soʻzingiz.

Dini Haqning nashru tamimi uchun,

Fazli Isroili qudrat soʻzingiz.

Haq jamoli-yu kamolin koʻrsatgan,

Husni Yusufdan ishorat soʻzingiz.

Yoʻqlik ichra borliqqa qoim boʻlgan,

Sabri Ayyubi matonat soʻzingiz.

Mulhid-u fir'avnlarni gʻarq aylagan,

Turi Muso-i shariat soʻzingiz.

Boshdan oyoq mezoni hikmatla rasin,

Shuaybi amnu adolat soʻzingiz.

Zalolat ahlini qilgan chil-parchin,

Xuddi Xoruni fasohat soʻzingiz.

Askari Jolut kufrni mahv etar,

Savti Dovudi xilofat soʻzingiz.

Ma'rifati taqvo, hikmat mulkiga,

Bir Sulaymon amirligi soʻzingiz.

Qisqachasi dardlarga darmon etar,

Dasti Luqmoni darmondir soʻzingiz.

Hujjatingiz qoim ba'su ba'dal mavt uchun,

Uzayr kabi sazovordir soʻzingiz.

Soʻz emas, magʻizdir izohlaringiz,

Doim Vajhi Haqqa ishorat soʻzingiz.

Lubbi lub ma'rifatdir alhosil,

Yuz yuzga haqqa itoat soʻzingiz.

Ahli shavqqa obi hayot baxsh etgan,

Hizri bahrayni valoyat soʻzingiz.

Ogʻir yukdan aqllarni qutqargan,

Nuri Ilyosi riyozat soʻzingiz.

Qullikning afzalini izhor etgan,

Zulkifli ibodat soʻzingiz.

— 101 —

Mone boʻlar kofir boʻlgan ya'jujlarga,

Chunki Zulqarnayni qudrat soʻzingiz.

Sirri tasbehotni talqin aylagan,

Misli Yunus gʻavvosi haqiqat soʻzingiz.

Rahmati Rahmonni faqat zikr etar,

Hamdi Zakariyo-i rahmat soʻzingiz.

Tob bilan sharhi kitobi Haq etar,

Ilmi Yahyo-i varosat soʻzingiz.

Murdani ihyo, koʻrni koʻruvchi,

Nafha-i Iso-i fitrat soʻzingiz.

Mujda-i paymoni qulubi ahli haq,

Mahi-i tariqi fatrat soʻzingiz.

Ahmadning me'rojini aylar bayon,

Shahri ahkomi nubuvvat soʻzingiz.

Haq Taolo doimo pur-nur etsin,

Chunki irfoni saodat soʻzingiz.

Shoni Ustozda nima deysiz Gʻolibga,

Demak, bir iymoni hayrat soʻzingiz.

Ahmad Gʻolib
— 102 —

(Ahmad Gʻolibning Soʻzlar haqidagi arabiy bayoni.)

مُق۪يمُ السُّنَّةِ بِالْاِجْتِهَادِ ٭ قِوَامُ الدّ۪ينِ ف۪ى يَوْمِ الْفَسَادِ
Ijtihodu saʻy gʻayratla sunnatni tiriltirdingiz
Bu asrning fasod kuni dinni quvvatlantirib, yuksalttingiz.
سَلَلْتَ السَّيْفَ عَلَى الَّذ۪ينَ ضَلُّوا ٭ عَنِ الْحَقِّ وَ هُمْ اَهْلُ الْعِنَادِ
Maʻnaviy qilich tortdingiz zalolatdagilarga
Qaysarlik bois yoʻldan chiqqanlarga
بَيَانُكَ كَانَ صَمْصَامًا شَد۪يدًا ٭ عَلٰى اَهْلِ الضَّلَالَةِ وَ الْاِرْتِدَادِ
Bayoningiz zalolat ahliga chaqmoq qilichdir
Murtadu zalolatda kim, qarshisida shiddatlidir
وَ نَادَيْتَ الْجَوَانِبَ هَلْ اَجَابُوا ٭ اِلٰى نَهْجِ الْحَق۪يقَةِ وَ السَّدَادِ
Xar tarafga nido qilib, Haqqa keling! Javob bering! Nurga keling!
Haqiqat yoʻliga kirib, sidq-u ixlosla xar on mahkam boʻling!
اَجَابَ اَهْلُ قَلْبٍ طَائِع۪ينَ ٭ وَ تَهْتَزُّ الْقُلُوبُ بِالْوَدَادِ
Haq yoʻlin qalb ahli, sizga itoat qildilar,
Muhabbatla toʻlgan qalblar, ishqu baxtga toʻldilar.
لَاَنْتَ دَعَوْتَهُمْ سِرًّا وَ جَهْرًا ٭ لَقَدْ جَاؤُكَ مِنْ اَقْصَى الْبِلَادِ
Siz ularni goh yashirin goho ochiq daʻvat qilib,
Uzoq viloyatlardan kelganlarni nurlarga band qildingiz.
فَمَا اسْتَغْنَوْا عَنِ الْاٰيَاتِ طُرًّا ٭ لِاَنَّهُمْ اَتَوْكَ بِاِعْتِمَادٍ
Haq yoʻlida koʻrishdi sizni, istamadi dalil isbot,
Chunki toʻgʻriligin ishonmishlar, sizga tayanmishlar.
رَاَوْ ف۪ى نُطْقِكُمْ نُورًا جَلِيًّا ٭ فَيَوْمًا بَعْدَ يَوْمٍ مُسْتَزَادٌ
Koʻrishdi sizning nutqda porloq nur,
Kunma kun ortdi qalblarda nur, yuzlarda aks etmish surur.
فَتَحْتَ عَلَيْهِمْ اَبْوَابًا كَث۪يرًا ٭ مِنْ اَقْسَامِ الْعُلُومِ بِالرَّشَادِ
Ochdingiz koʻp Haq yoʻllarin, omiydan to xoslargacha,
Asmo-yu sifatda aks etgan turli ilmlar to arshgacha.
جَزَاكَ اللّٰهُ مِنْ خَيْرٍ كَث۪يرٍ ٭ وَ اَعْطَاكَ الصَّفَا ف۪ى كُلِّ وَادٍ
Alloh xayrla mukofot bersin, ey muhtaram,
Hamda buyuk hotirjamlik ato etsin Xalloqi olam.
وَ يَحْفَظُ قَلْبَكُمْ مِنْ كُلِّ هَمٍّ ٭ وَ اٰثَارَكَ مِنْ طَوْرِ الْكَسَادِ
Hifz aylasin qalbingizni, turli gʻam-u kadardan
Siz sababchi asarlarni hamma ziyon kasoddan.
يُرَوِّجُ نُطْقَكُمْ ف۪ى سُوقِ حِكْمَةٍ ٭ بِاَنْوَارٍ اِلٰى يَوْمِ التَّنَادِ
Hikmat bozorida topsin eʻtibor Ismi Hakiymga sazovor nutqingiz,
Nurlantirsin to qiyomat bu bechora davr zulmatin.
اَلَا لَا تَرْتَعِبْ عَنْ دَعْوَةِ النَّاسِ ٭ فَبَشِّرْ قَلْبَهُمْ وَ اللّٰهُ هَاد۪ى
Ustoz chekinmang, chaqiring Qurʻonga, xalqni Haqqa daʻvat,
Bashorat bering mukofotni, sevinsin qalblar, Allohdandir hidoyat.
***
— 103 —

(Soʻzlar haqida Murod Afandining bayoni.)

Aziz Doʻst!

Maʻorif daryosidan irfon osmoniga Ilohiy havo bilan joʻshib otilgan va irfon samosidan maʻofir zaminiga Ilohiy havo bilan tushgan maʻrifat yomgʻirini va joʻshqin hikmatni zaminu osmon orasida sayrga shoʻngʻigan edim. Shu bilan birga joʻshgan daryoning qa'ridan, bayon sohiliga bahosini taʻriflab boʻlmaydigan javharlar kelar edi. Bulardan bir miqdor boʻlsa ham olishga iqtidorim yoʻq va yetmas edi. koʻrib olib bilgan narsam, badi'ning jilvasi bilan badi'iyotning nash'asi bilan hayratdir.

Murod

(Sabrining bayoni.)

Oʻn toʻrtinchi asrning ellik ikinchi yiliga yetishib, qatʻiy hukmlari bilan moʻminga baroat va gunohkorga abadiy yoʻqlik hukmining bajarilishi va ijro etilish kunigacha boqiy qoladigan azaliy Subhoniy qonunlarning hammasini mahv va yoʻq etish botil amallar va munofiqona fikrlarga tushgan ahli zalolat, ilk qadamini tashlashni istashadi. Amalga oshishidan avval kashf qilib, biz poʻlat qal'a deb ta'bir etgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning mufassir va mumassili - Nur daryosi zohiran oʻttiz uch adad, ma'nan oʻttiz uch million farqli va koʻplab olmos, marvarid va javohirlarni vujudga keltirgandan soʻngra, asl qal'aning nurli va muhim tashkilot doirasida tartiblab, baquvvat oʻrnatilishi kerak boʻlgan hangomda, eng oddiy xizmakor, haddimdan yuz ming marta ortiq muqaddas vazifaga, bu ojiz qul ham, tayinlanishi va qabul etilishdagi Subhoniy tavfiqotga javoban, Rabboniy sajdagohda mutolaa va riyo boʻlmasin, shu foniy vujudimni orom olmasdan yoʻq qilsam ham muqaddas vazifa doirasida, bir daqiqa musharraf boʻlishim evaziga loyigʻidek qullik qilola olmaganim uchun,

اِلٰه۪ى اَنْتَ ذُو فَضْلٍ وَ مَنٍّ وَ اِنّ۪ى ذُو خَطَايَا فَاعْفُ عَنّ۪ى

qasida-i sharifasi bilan qullikni arz qilish bilan kifoyalandim.

Xulusiyi Soniy Sabri
— 104 —

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu hol qarshisida oʻzimni oʻylayapman. Va yana, men bel bogʻlagan qudsiy xizmatga qarayapman. Janobi Haqning lutfu ehsonlariga hamd aytib, shukr etar ekanman, bir doʻstimiz aytganidek, men ham oʻzimga:

Ha Xusrav, sen yaxshi emassan, tutgan yoʻling yaxshi, goʻzal, porloqdir. Undanda chiroyli, undanda porloq va ulardan yanada nurliroq yoʻl topa olmaysan.

Suyukli Ustozim, sizdan qarzdormiz, risolalardan qarzdormiz. Bizni sizga va risolalarga ulashtirgan Janobi Haqdan qarzdor va mutashakkirmiz va homidmiz.

Suyukli Ustozim, maktubingizda mening charchaganimdan baxs qilmoqdasiz. Ha, ba'zan charchayman, lekin ruhim charchab istirohatni istagan nafsimni vazifaga da'vat etadi va balki bugungi saʻyu harakatim kafforat-uz zunub - gunohlarimga kafforat boʻlar. Chunki Janobi Haqning rahmati keng. Bu tushuncha bilan shavq va sevinchga qarab borar ekanman, yozuvlarimning qiymatdor Ustozimni xursand qilishi bu holimni qat-qat ziyodalashtirmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Ahmad Xusrav

(Kichik Zuhduning bayoni.)

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini kechqurun faqirxonada Bakir Ogʻa bilan birga ba'zi xususiy birodarlarimiz bilan birga oʻqidik. Oxirgi risola dinsizlarni lol etishga kifoya qilishiga hammamiz xulosa qilib, iymon keltirdik.

Kichik Zuhdu

(Sabrining bayoni.)

Vaqti-vaqti bilan ahli zalolat dinimizda muqaddas hisoblangan narsalarga qilayotgan hujumlari sabab ruhimda chiqqan yaralarning ogʻriqlari bilan azoblanayotganimda, muhtaram Bakir Ogʻa Hizr kabi yetishib, Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini, dardimga darmon sifatida berdi.

— 105 —

Ha, Qur'on dorixonasida tayyorlangan dorilar va faqat mingdan bir nisbatidagi hikmatidan ushbu yashirin durni, savol javoblar, ishora va ochiq bayoni bilan davolab, gʻamli qalbimni xursand qilganda, xafa vijdonimni nurlantirganda va ma'yus ruhimni xushnud etganda: "Rabbim yordam ber! Rasuling va Habibing Muhammad Mustafoning (ASV) haqiqiy ummatiga tuganmas hikmat xazinalari baxsh etgansanki, bu muqaddas xazina 1351 yil azaliiy hukmlari va abadiy farmonlari bilan boqiy hayot ehson etganki, anbiyolarning haqiqiy vorislari hisoblangan mashxur olimlar eng qisqa oyatdan qanchalab cheksiz haqiqatlar istinbot va istixroj qilib ummati Muhammadning majruh qalblarini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning obi hayoti bilan tiriltiryapsiz. " deyman.

Ey Malik-ul Mulk, ey Xoliqi Zuljalol, ey Hokimi Bemisol! Zoti Azamati Kibriyongga iltijo bilan: Qur'on hukmlarini yuksalt, tariqi Ahmadiyani sobit qil, paygʻambarlarning haqiqiy vorislarining istak va maqsadlarini yengillashtir, osonlashtir, bu bechora qullarini Qur'oni Azimushshonning nuroniy doirasida baxtiyor shaklda i'loyi kalimatullohni koʻrsatmasdan boqiy olamga koʻchirma", deb niyoz qilaman zohiriy va botiniy koʻzlarimni Qurʻon lavhalari bilan pardaladim, Ustozim Afandim.

Pur-qusur talabangiz
Sabri

("Soʻzlar"ni mushtoqlarning qoʻliga yetishtirgan qardoshim Bakir Ogʻaning bayoni.)

Qoʻlimizdagi Qur'on haqiqatlarini jamlagan Nur Risolalari xar on va xar doim bizni haqiqat yoʻlining nurlariga gʻarq etib, hozirgi davr iymon ahlining qalbidagi iztirobni ketkazmoqda.

Haqqa shukrlar boʻlsinki, iymon ahliga hujum qilgan va bardosh qilish mumkin boʻlmagan holatlar qarshisida iymon va irshodning nuroniy doirasi ichida, haq va haqiqatga loyiq vazifada ishlatilmoqdamiz. Davrimizda yagona tasalli topadigan nuqtamiz boʻlgan, faqat Arhamurrohimiynning sizning vositangizda, ato etgan haqiqatlari hisoblanadi. Shukronalarimga tilim tarjimon boʻlolmaydi. Nima deyishni bilmayman. Ayta oladigan narsam, kutgan umidim, mening va iymon ahlining, ayniqsa risolalar bilan aloqador qardoshlarimning ikki dunyoda baxtli boʻlishlarini va ayniqsa boshda Ustozimizning muqaddas va juda azim xizmatidan, Xoliqi Koinot hazratlarining roziligini tilashdan iborat boʻlib qolmoqda. Bugun ranjituvchi holatlardan xafa boʻlmaslik mumkin emas. Alloh yaxshi qilar, inshoalloh. Men johilman, bu qadar yoza oldim. "Soʻzlar"ning qiymatini ta'riflashdan ojizman. Qancha yozmay, ushbu asarlarning qiymatining mingdan birini koʻrsatolmaydi.

Talabangiz, Amrulloh oʻgʻli
Bakir
— 106 —

(Tariqat haqidagi Talvihoti Tis'a munosabati bilan yozilgan.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Suyukli va qiymatdor Ustozim, Afandim!

Hofiz Ali Afandi qardoshim bilan yuborilgan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Toʻqqizinchi Qismini juda katta sevinch bilan olib, oʻqidim. Qisman qardoshlarim bilan, qisman bir oʻzim besh-olti marta oʻqisamda, bu risolaning bergan nuroniy fayzlari qarshisida oʻqigan sari oʻqish ehtiyojim ortdi. Yillardan beri mushtoq boʻlgan tariqatimning bunday oliy, pok, buyk haqiqatlarini oʻrgatgan qiymatli risolani qoʻlimdan tushirmayapman. Har oʻqiganimda boshqa bir zavq beryapti va birodarlari boʻlgan boshqa risolalar kabi, har boqishda boshqa bir goʻzallik, boshqa bir latofat koʻrsatgan bu risola va ichidagi buyuk va oliy haqiqatlarni oʻqigan lavhalarning mundarijalarini, yaqin toʻrt-besh yildan beri qidirayotgan, topolmayotgan edim.

Suyukli Ustozim, Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Okean ichida yashab, suvsiz qolishlari sababli emas, balki oʻzlarida qiymatli narsalarning chiqishi uchun, Aprel yomgʻiriga qattiq ehtiyoji boʻlgan baliqlar kabi, mening ham ushbu risolaga qattiq ehtiyojim bor edi. Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq hazratlariga benihoya shukr boʻlsinki, hayotimning qorongʻu sahifasini istaklarimning ustida juda ustun shaklda nurlantirdi.

Ha, bu risolaning faqir talabangizda hosil qilgan ta'sir va taʻassurotlarini qalam bilan ifoda qilishdan har doim ojizman. Kichik-kichik jumlalari va kalitlari bilan juda katta dafina va xazinalarni ochgan, azim girdoblarni yopgan va tariqatning pok, oliy va juda yuksak fayzli, sururli, zavqli, toʻyilmas va tashlanilmas yoʻl ekanini dars bergan qiymatdor risolani juda muhim deb bilaman. Ayniqsa tariqatga mansub, xorijning ayblovidan qochgan yoki oʻrganishni, anglashni xohlasada, yetisha olmagan va aloqador boʻlishni istagan qardoshlarimni risolaga erishishi sababli tabriklashda oʻzimni juda haqli koʻryapman.

— 107 —

Qiymatdor Ustozim!

Risolaning qolgan qismining ham, tez tugatilsa, foydalanish va fayz olishimiz uchun yuborilishini, qoʻl va etaklaringizni oʻpib iltimos qilaman. Tugatish va yuborilishiga birodarlarim bilan birga sabrsizlik bilan kutayotghanimizni bayon qilaman, Afandim Hazratlari.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Haqir Talabangiz
Ahmad Xusrav
***