(Yigirma Sakkizinchi Maktubdan)
Bu masala "Yetti Ishora"dan iborat.
Avvalo, tahdisi ne'mat suratida bir nechta inoyat sirrini izhor qilgan "Yetti sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi sabab: Birinchi Jahon Urushidan avval va urushning avvalida, bir sodiq voqeada koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan togʻ mudhish ravishda portladi. Togʻlar kattaligidagi parchalarni dunyoning har tarafiga uchirdi. Dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimdalar. "Onajon, qoʻrqmang! Bu Janobi Haqning amridir. U Rahimdir va Hakimdir", dedim. Birdan oʻsha holatda, muhim bir zot menga amirona: "I'jozi Qur'onni bayon qil", dedi. Uygʻondim, angladimki:
Ulkan bir portlash boʻladi. Oʻsha portlash va inqilobdan keyin Qur'on atrofidagi qal'alar yiqiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on oʻzini-oʻzi mudofaa qiladi. Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning poʻlat zirhi boʻladi. Shu i'jozning bir navini bu davrda izhoriga, haddimdan ortiq boʻlib, men kabi bir odam nomzod boʻlishini va nomzod ekanimni angladim.
Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon "Soʻzlar" bilan boʻldi. Albatta, i'joz hisobiga oʻtgan va uning rashahoti va barakoti navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilmoq kerak.
Ikkinchi sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir. U oʻzini-oʻzi madh qilmoqda.
Biz ham uning darsiga ergashgan holda, uning tafsirini madh qilamiz.
Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar, Qur'onning mulki va haqiqatlaridir.
Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٓرٰ larda, حٰمٓ larda oʻzini-oʻzi kamoli hashamat bilan koʻrsatmoqda, kamolotini aytmoqda, loyiq boʻlgan madhni oʻziga-oʻzi qilmoqda.
Albatta, Soʻzlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va xizmatning maqbulligiga alomat boʻlgan Rabboniy inoyatlarning izhoriga vazifadormiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab: "Soʻzlar" haqida tavoze suratida emas, aksincha bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: "Soʻzlar"dagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib kelgan. Hatto "Oʻninchi Soʻz" yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham batamom shunday. Modomiki men shunday deb bilaman va foniyman, ketaman. Albatta, boqiy qoladigan narsa va asar menga bogʻlanmasligi va bogʻlanilmasligi kerak.
Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon ishlariga toʻgʻri kelmagan asarni, asar sohibini obroʻyini tushirish bilan asarni qadrini tushirish odatlari ekan, albatta, samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozlarga va tanqidlarga sabab boʻlishi va tubanlashishi mumkin boʻlgan chirik tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak.
Hamda, modomiki insonlar urfida, bir asardagi ustun xususiyatlar, asarning masdari va manbai deb oʻylangan muallifining fe'l-atvorlarida qidiriladi va bu urfga koʻra, oliy haqiqatlarni va qimmat javohirni men kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsiyatimga bogʻlash, haqiqatga nisbatan buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar meniki emas, Qur'onning mulki boʻlib, Qur'onning rashahoti maziyatiga sazovor boʻlganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.
Toʻrtinchi sabab: Ba'zan tavoze, kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat iftixor boʻladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning yagona chorasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Ustun vasf va kamolotlarni egalik qilmasdan e'tirof qilib, Mun'imi Haqiqiyning in'omi sifatida koʻrsatish toʻgʻri boʻladi. Masalan: Qandayki bir koʻz qamashtiradigan murasso' va ziynatlangan koʻylakni birov senga kiydirsa va u bilan juda ham goʻzallashsang, odamlar senga: "Moshoalloh, juda ham goʻzalsan, juda ham goʻzallashding", desa. Sen kamtarlik qilib: "Yoʻq!.. Men kim boʻlibman, hech. Bu nimasi, goʻzalli yoʻq?", desang, kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik boʻladi. Agar faxrlanib: "Ha, men juda ham goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, mendek birovni koʻrsating", desang, magʻrurona bir faxr boʻladi.
Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun: "Ha, men goʻzallashdim, lekin goʻzallik libosnikidir. Demak libosni menga kiydirganniki, meniki emas", deyishi kerak.
Shuning kabi, men ham ovozim yetsa, butun Yer kurrasiga bor ovoz bilan aytamanki: "Soʻzlar goʻzaldirlar, haqiqatdirlar. Lekin meniki emas, Qur'oni Karimning haqiqatlaridan yarqiragan shu'lalardir."
dasturi bilan aytamanki:
Ya'ni: "Qur'onning i'joz haqiqatlarini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsatolmadim. Aksincha Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birlarimni ham goʻzallashtirdi, ulugʻlashtirdi." Modomiki shunday ekan, haqoiqi Qur'onning goʻzalligi nomidan, "Soʻzlar" nomidagi oynalarining goʻzalliklarini va oʻsha oynadorlik natijasida chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor qilish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi sabab: Ancha payt oldin bir avliyolardan eshitdimki, u zot eski valiylarning gʻaybiy ishoralaridan istixroj qilgan va xulosa qilgan ekanki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatib yuboradi." Men bunday nurning chiqishini koʻp kutdim va kutyapman. Lekin gullar bahorda keladi. Muqaddas gullarga zamin tayyorlash kerak boʻladi. Angladikki, ushbu xizmatimiz bilan oʻsha nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Demak oʻzimizga oid emas ekan, albatta "Soʻzlar" nomli nurlarga oid Ilohiy inoyatlarni bayon qilishda faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi, aksincha hamd va shukrga sabab hamda tahdisi ne'mat boʻladi.
Oltinchi sabab: "Soʻzlar"ning yozilgani uchun Qur'onga xizmatimizga oldindan berilgan mukofot va tashviq vositasi hisoblangan Rabboniy inoyatlar, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa, boʻlsa bir Ilohiy ikrom boʻladi. Ilohiy ikromning izhori esa, ma'naviy shukr hisoblanadi. Undan ham oʻtsa, ixtiyorimiz xorijida Qur'oniy karomat boʻladi. Biz unga sazovor boʻlganmiz xolos. Bu tur ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, Qur'onning ma'naviy i'jozining otashlari boʻladi. Modomiki i'joz izhor qilinar ekan, albatta i'jozga yordam bergan kishining izhori ham i'joz hisobiga oʻtadi. Faxr va gʻururga umuman asos boʻlolmaydi, aksincha hamd va shukrga sababdir.
Yettinchi sabab: Inson sinfining sakson foizi haqiqatni tushunadigan va haqiqatni haqiqat deb tanib qabul qiladigan olim emas. Aksincha suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto kuchli bir haqiqatni zaif odamning qoʻlida zaif koʻrsa va qiymatsiz masalani qiymatdor odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatdor deb oʻylashadi. Shunga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini, aksar insonlarning nuqtai nazarida obroʻyini tushirmaslik uchun, majbur boʻlib e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmay, birisi bizni xizmat qildirmoqda. Biz bilmay, bizni muhim ishlarda ishlatmoqda. Dalilimiz shuki: shuurimiz va ixtiyorimiz tashqarisida bir qancha inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor boʻlyapmiz. Shunday ekan, inoyatlarni bor ovoz bilan e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, oʻtgan yetti sabablarga binoan, bir nechta kulliy Rabboniy inoyatga ishora qilamiz.
Birinchi ishora: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon qilingandirki, "tavofuqot"dir. Jumladan: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan Oʻn Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; biz bexabar, bilmasdan bir nusxa koʻchiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno qolgan barcha sahifalarda, kamoli muvozanat bilan, ikki yuzdan ortiq "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom" kalimalari bir-biriga qaramoqda. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiqlaydi. Holbuki tasodif, boʻlsa-boʻlsa bir sahifada koʻp oʻxshash kalimalar boʻlsa, yarimga yarim tavofuq boʻladi, faqatgina bir-ikkita sahifada toʻlaligicha tavofuq etishi mumkin. Barcha sahifalarda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom soʻzi, ikki boʻlsin, uchta boʻlsin, toʻrtta boʻlsin yoki yana koʻproq boʻlsin, mukammal mezon bilan bir-birining yuziga qarasa, albatta tasodif boʻlishi mumkin emas. Hamda, sakkizta xar hil nusxa koʻchiruvchilar buzolmagan tavofuqning ichida kuchli gʻaybiy ishora boʻlganini koʻrsatadi.
Balogʻat olimlarining kitoblarida balogʻatning darajalari boʻlgani holda, Qur'oni Hakimdagi balogʻat i'joz darajasiga chiqqan. Unga yetish hech kimning haddida emas. Xuddi shuning kabi, moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur qismlarida tavofuqot, umum kitoblardan ustun bir antiqalik darajasini koʻrsatadi. Shundan tushunilyaptiki, moʻ'jizoti Qur'oniya va moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir tomondan karomati boʻlib, oʻsha oynalarda tajalliy va tamassul etmoqda.
Ikkinchi ishora: Qur'oniy xizmatga oid Rabboniy inoyatlarning ikkinchisi shuki, Janobi Haq men kabi qalamsiz, yaxshi yozishni bilmaydigan, begona diyorda, hech kimi boʻlmagan, odamlar bilan koʻrishishdan man qilingan sharoitda kuchli, jiddiy, samimiy, sergʻayrat, fidokor va qalamlari olmos qilich hisoblangan qardoshlarni menga muovin sifatida ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir Qur'oniy vazifani kuchli yelkalarga qoʻydi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. Muborak jamoat (Xulusiyning ta'biri bilan) simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va (Sabrining ta'biri bilan) nur fabrikasining elektrlarini ishlab chiqaradigan generatorlar hukmida turli-tuman ustun vasflari va qiymatdor farqli xususiyatlari bilan birga, (yana Sabrining ta'biri bilan) gʻaybiy tavofuqot navidan boʻlib, shavq, sa'yu gʻayrat va jiddiylikda bir-biriga oʻxshab Qur'on sirlarini va iymon nurlarini atrofga nashr etishlari va hamma joyga yetkazishlari va bu davrda (ya'ni, harflar almashgan, nashriyot yoʻq, hamma iymon nurlariga muhtoj boʻlgan davrda), sustlik beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar mavjud ekan, ularning berilib, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'oniy karomat va yaqqol bir Ilohiy inoyatdir. Ha, valiylikning karomati boʻlgani kabi, xolis niyatning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan, Alloh uchun boʻlgan qardoshlik doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy yordamlashishning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻtadi, inoyatlarga sazovor boʻladi.
Xullas, ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath qilgan harbiy boʻlinmaning yuzboshisiga barcha sharaf va harbiy oʻljani berish qanday zulm, xato hisoblanadi. Shuning kabi shaxsi ma'naviyingizning kuchi va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda tavofuqoti gʻaybiyadan ham kuchli bir gʻaybiy ishorat bor va uni koʻryapman. Lekin har kimga va umumga koʻrsatolmayman.
Uchinchi ishora: Risola-i Nur qismlari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysar kimsaga ham porloq bir suratda isbotlashi juda kuchli gʻaybiy ishorat va Ilohiy inoyatdir. Chunki iymoniy va Qurʻoniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino ham tushunishida ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. "Oʻninchi Soʻz" Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni avomga ham, bolalarga ham bildiradi.
Yana, masalan: Sirri qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun buyuk Sa'd Taftazoniy kabi alloma qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isna 'Ashar Talvih nomli kitobida zoʻrgʻa hal qilgan va faqatgina olimlarga bildirgan ayni masalalarni Taqdirga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Qismning ikki sahifasida toʻligʻicha, hamma tushunadigan shaklda bayoni, asari inoyat boʻlmasdan nima?
Yana, barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri, koinot koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf qilingan oʻsha ochilishi qiyin boʻlgan tilsimi va hayratda qoldiradigan topishmoq Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning zarralar oʻzgarishiga doir olti hikmatida kashf qilingan. Koinotdagi xayratli faoliyati tilsimini, koinot yaratilishining va oqibatining topishmogʻini va zarralar oʻzgarishidagi harakatlaridagi hikmatining sirrinin kashf va bayon qilgan, istaganlar uchun oʻrtada turibdi qarashlari mumkin.
Yana, ahadiyat sirri bilan, sheriksiz rububiyatning vahdati; yana nihoyasiz Allohning bizga yaqinligi bilan birga nihoyatsiz uzoqligimiz hayratlanarli haqiqatlarni kamoli ochiqlik bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon qilganlari kabi; Allohning qudratiga nisbatan zarralar va sayyoralar teng boʻlganini va buyuk hashrda barcha ruh sohiblarining tiriltirilishi, bir nafsning tiriltirilishi qadar qudratga oson ekanini va shirkning koinotni yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini ochiq-ravshan bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim vahdat sirrini kashf qilgan.
Yana, iymoniy va Qurʻoniy haqiqatlarda shunday bir kenglik borki, eng buyuk insoniy zako qamray olmagani holda, men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va tez yozadigan bir odamda oʻsha haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'oni Hakimning ma'naviy i'jozining asari va Rabboniy inoyatning bir jilvasi va kuchli bir gʻaybiy ishoratidir.
Toʻrtinchi ishora: Ellik-oltmish risolalar shunday bir tarzda ehson qilinganki, men kabi kam fikrlaydigan va zuhurotga tobe boʻlgan va tadqiqqa vaqt topolmagan insonning emas, aksincha buyuk zakolardan tashkil topgan tadqiqotchining sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan-toʻgʻri bir inoyat belgisi boʻlganini koʻrsatadi. Chunki barcha risolalarda hamma chuqur haqiqatlar tamsillar vositasida eng omi va savodsiz kishilargacha dars berilmoqda. Holbuki u haqiqatlarning koʻpini buyuk olimlar "tushuntirib boʻlmaydi" deb, avomga emas, balki olimlarga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin koʻrinishda, eng omi odamga dars beradigan darajada men kabi turkchani kam biladigan, soʻzlari qiyin tushuniladigan, koʻpi anglashilmaydigan va yaqqol haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deya eskidan beri nom qozongan va eski asarlari oʻsha yomon obroʻyni tasdiq qilgan shaxsning qoʻlida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilishda osonlik, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va Qur'on tamsilotining bir koʻrinishi va in'ikosidir.
Beshinchi ishora: Risolalar umumiy boʻlib juda koʻp tarqalgani holda, eng buyuk olimdan tortib eng omi odamgacha va ahli qalb boʻlgan buyuk valiydan tortib eng qaysar dinsiz faylasufgacha odamlar tabaqasi va ular risolalarni koʻrgan, oʻqigan va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda tanqid qilinmasligi va har toifa darajasiga koʻra istifoda qilishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir Rabboniy inoyat belgisi va bir Qur'oniy karomati boʻlib, koʻp tadqiqlar va faqat oʻrganishlar natijasida hosil boʻlgan risolalar hayratomuz tezlikda, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan mashaqqatli qamalish vaqtlarida yozilishi ham, bir inoyat belgisi va bir Rabboniy ikromdir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa koʻchiruvchilar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh qismi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va majmui oʻn ikki soatda, hech qanday kitobga murojaat qilinmasdan yozilishi; hatto eng muhim bir qismda "Rasuli Akram" alayhissalotu vassalom lafzida yaqqol bir nubuvvat xotamini koʻrsatgan toʻrtinchi boʻlim uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan.
Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan. Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilgani kabi, aksar risolalar bu shklda yozilishi, eskidan beri qiynalgan va qamalgan vaqtim, eng yaqqol haqiqatlarni ham bayon qilolmaganimni, aksincha bilolmaganimni yaqin doʻstlarim biladilar. Xususan, oʻsha qiynalishga kasallik ham qoʻshilsa, meni yanada koʻproq darsdan, yozishdan man qilish bilan birga, eng muhim "Soʻzlar" va risolalar eng qiynalgan va kasalmand vaqtlarimda eng tez tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri bir Ilohiy inoyat va bir Rabboniy ikrom va bir Qur'oniy karomat boʻlmasdan nima?
Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin, bunday Ilohiy va iymoniy haqiqatlardan bahs qilgan boʻlsa, baribir bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har bir masala nashr qilinmagan. Holbuki bu risolalar hozirgacha hech kimda, (koʻplardan soʻraganim holda) yomon ta'sir va aks-ul amal va zehnlarni yaralash kabi zarar bermagani, toʻgʻridan-toʻgʻri gʻaybiy ishorati va Rabboniy inoyat ekani bizningcha aniqdir.
Oltinchi ishora: Menda qat'iyat paydo qildiki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorim, shuur va tadbirim xorijida shunday tarzda oʻtgan va gʻarib suratda jarayon berilganki, Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu tur risolalarni natija bersin. Goʻyo, butun ilmiy hayotim tayyorgarlik muqaddimasi hukmiga oʻtgan. Soʻzlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda yozilgan. Hatto bu yetti yil surgun va gʻurbatimda, sababsiz va istagimga qarshi ajratib qoʻyilishim va tutgan yoʻlimga muxolif qishloqda yolgʻiz hayot oʻtkazganim; eskidan beri oʻrganib qolganim ijtimoiy hayotning koʻp aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark qilishim; bu vaziyat toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on xizmatini xolis, sof suratda qildirish uchun berilganiga shubham qolmadi.
Hatto koʻp marta menga berilgan aziyat va zulmlar menga qarshi tazyiqlar pardasi ostida, "bir inoyat qoʻli tarafidan marhamatkorona, Qur'onning sirlariga butun fikrni jamlash va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan" degan xulosadaman.
Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; menga butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan ta'qiq, chekinish berilgan edi. Gʻurbatda menga tasalli va ovunishga sabab boʻlgan mutoalani tark qildirilishi, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on oyatlarining mutlaq ustoz boʻlishi uchun ekan.
Ham yozilgan asarlar, risolalar (aksariyati) xorijdan hech bir sababsiz, ruhimdan tavallud topgan hojatga binoan, oniy va daf'atan ehson qilingan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim: "Davrning yaralariga davo", deyishgan. Tarqalgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, bu davrdagi ehtiyojlarga muvofiq va dardga loyiq toʻliq darmon hukmiga oʻtmoqda.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar, hayot sarguzashtim va ilmlarni odatga xilof shaklda ixtiyorsiz tadqiq qilib oʻrganishlarim, shunday muqaddas natija bilan yakunlanish uchun, kuchli Ilohiy inoyat va Rabboniy ikrom boʻlganiga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi ishora: Xizmatimiz davrida, besh-olti yil mobaynida, mubolagʻasiz yuzlab Ilohiy ikrom belgisi, Rabboniy inoyat va Qur'oniy karomatni koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishora qildik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Qismining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon qildik. Yaqin doʻstlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida, oʻrinlariga joylashtirishda, ilk nusxa va oqlama nusxa koʻchirishda umid qilingandan ortiq karomatli osonlliklarga sazovor boʻlyapmiz. Bu esa Qur'oniy karomat boʻlganiga shubhamiz qolmayapti. Bu kabi yuzlab misollar keltirish mumkin.
Tirikchilik xususida ham shu qadar shafqat bilan parvarish qilinyapmizki; eng kichik qalb orzuimizni qondirish uchun, bizni ishlatgan inoyat sohibi umid qilingandan ortiq suratda ehson qilmoqda. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat kuchli bir gʻaybiy ishorat boʻlib, biz ishlatilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga Qur'on xizmati qildirilmoqda.
[Bu inoyat sirri oldin mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga qoʻshilgan edi. Nima boʻlganda ham, aksar nusxa koʻpaytiruvchilar unutib yozmagan edi. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.]
"Nima uchun sizning Qur'ondan yozgan Soʻzlaringizda quvvat, ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?", deb mendan soʻrayapsan.
Javob: Goʻzal bir javobdir. Sharaf, i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmagani uchun, parvosiz aytamanki: Koʻpchilikning fikricha shunday. Chunki:
"Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Bu sirning hikmati shuki:
Avvallari iymon asoslari muhofaza qilingan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham boʻlsa, izohlari maqbul, yetarli edi. Lekin bu davrda fandan kelgan zalolat qoʻlini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson qilgan Hakimi Rahim Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq i'jozi mazharidan boʻlgan tamsillaridan bir shu'lasini ojizligu zaifligimga, faqirligu ehtiyojimga achinib xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson qildi. Falillahilhamd, tamsil sirri durbini bilan, eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Yana, sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar toʻplatildi. Yana, sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Yana, tamsil sirri derazasi orqali gʻaybiy haqiqatlarga, Islomiy asoslarga shuhudga yaqin bir iymoniy yaqiyn hosil boʻldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur boʻldi.
Qisqacha aytganda: Yozuvlarimda qanchalar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning yogʻdularidandir. Mening hissam, faqat qattiq ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ojizligim bilan yolvorishimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.