Xulusiy Bey va Sabri Afandining maktublarida Risola-i Nur haqidagi bayonlarining bir maktub suratida Risola-i Nur boʻlaklari ichiga kiritilishining besh sababi bor:
Birinchisi: Oxirdagi "Soʻzlar"ning va aksar "Maktubot"ning yozilishiga Xulusiyning gʻayrati va jiddiyligi eng muhim sabab boʻlishi... Oʻn Toʻqqizinchi Maktub kabi Maktubotning uchdan birining yozilishiga sabab, Sabrining samimiy va jiddiy ishtiyoqi boʻlishidir.
Ikkinchi sabab: Bu ikki zot bilmas ediki, vaqti kelib ushbu bayonlar nashr qilinadi. Bilmaganlari uchun gʻoyat samimiy, soxtakorliksiz, xolisona va zavq darajalarini va bu haqiqatlarga boʻlgan shavqlarini ifoda qilish uchun, xususiy suratda yozganlar. Shuning uchun maqtovlari taqriz sinfidan emas, toʻgʻridan-toʻgʻri mubolagʻasiz, koʻrgan va zavq tuygan haqiqatlarini ifoda qilishlaridir.
Uchinchi sabab: Bu ikki zot haqiqiy talabalarimdan va jiddiy birodarlarimdan...
Va xizmati Qur'onda birodarlarim ichida talabalik va qardoshlik va birodarlikning uch xossasi borki, bu ikki zot uchovida ham birinchilikni qozonishgan.
Birinchi xossa: Menga mansub hamma narsaga oʻz mulklari kabi sohib chiqmoqdalar. Bir Soʻz yozilsa, oʻzlari yozgan va ta'lif qilgan kabi zavq oladilar, Allohga shukr qiladilar. Goʻyo jasadlari farqli, ruhlari bir hukmida haqiqiy ma'naviy vorislardir.
Ikkinchi xossa: Barcha hayot maqsadlari ichida eng buyuk, eng muhim maqsadlarini, nurli "Soʻzlar" vositasida Qur'onga xizmat deb biladilar. Dunyo hayotining haqiqiy natijasining va dunyoga kelishdagi fitriy vazifalarining eng muhimi, iymon haqiqatlariga xizmat deb bilishlaridir.
Uchinchi xossa: Oʻz nafsimda tajriba qilgan va Qur'onning muqaddas dorixonasidan olgan dorilarni, ular ham oʻz yaralarini his qilib oʻsha dorilarni malham suratida tajriba qilishdi. Ayni hissiyotim bilan hislandilar. Iymon egalarining iymonlarini muhofaza qilish gʻayratlarini eng yuksak darajada koʻrsatishlari va iymon egalarining qalbiga kelgan shubhalar va gumonlardan hosil boʻlgan yaralarni davolash ishtiyoqini yuksak shafqat darajasida his qilishlaridir.
Toʻrtinchi sabab: Xulusiy Bey mening yagona ma'naviy avlodim va tasalli manbaim va haqiqiy vorisim va bir daho-i nuroniy egasi boʻlishi mumkin boʻlgan jiyanim Abdurahmonning vafotidan keyin, uning oʻrniga oʻtib u marhumdan kutgan xizmatni u kabi qilishni boshlashi bilan.. va men uni koʻrmasdan ancha vaqt avval "Soʻzlar"ni yozar ekan, uning ayni vazifasi bilan vazifador bir shaxsi ma'naviy menga tinglovchi boʻlgandek, aksariyat tamsillarim uning vazifasiga va maslagiga koʻra yozilgan. Demak, bu shaxsni Janobi Haq menga Qur'on va iymon xizmatida bir talaba, bir muovin qilib tayin etgan. Men ham bilmasdan uni koʻrmasdan avval gaplashayotgan, dars berayotgan ekanman.
Sabrida esa, tabiatan menda mavjud xos bir nishon bor. Oʻtgan barcha yerlarimda uni hech kimda koʻrmadim. Sabrida ayni tugʻma nishon bor. Barcha talabalarim ichida, u oʻzida nasliy yaqinlikdan ham koʻproq yaqinlik his qilgan. Va shu atrofda men eng oz umid qilgan va u ham kech uygʻongan boʻlsada eng oldinga ketishi bir ishora boʻlib, u ham ikkinchi Xulusiyidir, tanlangandir. Janobi Haq tarafidan menga talaba va Qur'on xizmatida birodar qilib tayin qilingan.
Beshinchi sabab: Men oʻz shaxsimga oid maqtovlar va madhni qabul qilmayman. Chunki ma'nan buyuk zarar koʻrdim. Shuning uchun shaxsimga nisbatan maqtovlardan, faxr va gʻururga sabab boʻlgani uchun, shiddat bilan nafrat qilib qoʻrqaman. Lekin Qur'oni Hakimning dalloli va xizmatkori boʻlishim jihatidan va bu muqaddas vazifa nuqtasida maqtovlar va madh menga oid boʻlmasdan, nurli "Soʻzlar"ga va balki toʻgʻridan toʻgʻri iymoniy haqiqatlarga va Qur'on sirlariga oid boʻlgani uchun, uni faxrlanib emas, Janobi Haqqa shukr qilib qabul qilaman.
Xullas, bu ikki shaxs bu haqiqatni harkimdan koʻra koʻproq anglagani uchun, bilmay vijdonlarining chorlashi bilan yozgan maqtov va madhlarini Risola-i Nur qismlari ichiga kiritilishga sabab boʻlgan. Janobi Haq bularning oʻxshashini koʻpaytirsin va ularni ham muvaffaq qilsin va haq yoʻlidan ayirmasin, omin.