Taqdim
Bu Ilova maktublari "Yigirma Yettinchi Maktub" hisoblanadi. Risola-i Nurning ilk ta'lifi bilan boshlab davom etib kelgan. Risolalar Barlada yozilishni boshlab Isparta va atrofidagi qiymatdor talabalari bu risolalarni oʻqish va yozish bilan istifoda va istifoza qilganlarida hissiyotlarini, ishtiyoq va ehtiromlarini shukrona qarzi sifatida muhtaram muallifi Ustoz Hazratlariga maktublar bilan taqdim qilishgan. Ba'zi mushkul masalalar va savollarining hal qilinishini iltimos qilganlar. Shu tariqa ham Ustoz Hazratlarining, ham talabalarining maktublari bilan «Barla», "Kastamonu" va «Amirtogʻ» Ilova maktublari vujudga kelgan.
Barla Ilovalari: Risola-i Nurning Barlada ta'lif qilingani va qoʻlda yozib, koʻpaytirilib nashrni boshlaganidan Eskishahar qamogʻi zamoniga qadar boʻlgan davrda Nurning ilk mushtoq talabalarining, Nurlarning hamon ta'lifi zamonida, ilk oʻqib yozganlarida his qilgan samimiy hissiyotlarini, qalbiy va ruhiy istifoda va istifozalarini tilga keltirgan bayonlarini va Ustoz Hazratlarining ham ba'zi maktublarini ichiga olmoqdadir.
Kastamonu Ilovalari esa: Eskishahar qamogʻidan boʻshatilishdan keyin Nur Muallifi Kastamonuga surgun qilingan, Denizli qamogʻi zamoniga qadar u yerda surgun holda qolganlar. Bu muddat mobaynida Nur Muallifi Ispartadagi talabalari bilan doimiy xabarlashib Nurlarning Qur'on xati bilan yozilib koʻpayishi, nashri va inkishofi va eski yozuvni bilmagan yoshlarning istifodasi uchun ham, Risola-i Nur Kulliyotidan ba'zi bahslarning yozuv mashinkasi bilan koʻpaytirilishi xususida shiddatli aloqa koʻrsatganlar hamda Risola-i Nurning mohiyati, qiymati, zimmasiga olgan muqaddas vazifa-i iymoniyasi va sazovorligi; hamda talabalarining xizmat tarzlari, tajovuzkor dinsizlar qarshisida sabot va matonatlari va ahli Islomning bir-biri bilan muomalalarida ta'qib qiladigan ixlosli harakatlari kabi, bir qancha ichki va tashqi masalalarga toʻxtalib oʻtgan. Bu e'tibor bilan Kastamonu Ilova maktublari ayniqsa yozilgan zamon e'tibori bilan ham buyuk ahamiyat kasb etgan bir davrning mahsuli boʻlishi va bir qancha ijtimoiy masalalarni va toʻliq iymoniy haqiqat nazari bilan mutolaa, mulohaza va butunlashishi kabi jihatlarda buyuk qiymatga egadir.
Amirtogʻ Ilova Maktublari, birinchi qismi: 1944 yil 15 iyunda Denizli qamogʻidan oqlanish bilan boʻshatilishlaridan keyin Vakillar Kengashining qarori bilan Amirtogʻga surgun qilingan Risola-i Nur muallifi Said Nursiy Hazratlari 1947 yilning oxirlariga qadar, ya'ni uchinchi katta qamoq boʻlgan Afyon qamogʻiga qadar Amirtogʻda yashagan muddatlari davomida Isparta, Kastamonu, Istanbul, Anqara va universitet talabalari, Anadoluda Nurlar nashrni boshlagan joylardagi talabalariga xizmatga taalluqli ba'zi maktub va savollariga javoban yozgan maktublaridir.
Ikkinchi qism esa: 1948-1949 yillarda Afyon Qamoqxonasida yigirma oy qamalib boʻshatilishlaridan keyin takror Amirtogʻga qaytib u yerda bir muddat qolgandan keyin 1951 yili Eskishaharda ikki oy qolganlaridan soʻng, u yerdan ham "Yoshlarga Rahnamo" mahkamasi munosabati bilan ikki marta Istanbulga kelib uch oydan Istanbulda qolgan 1952-1953 yillarida va keyinchalik yana Amirtogʻda ekanlar, talabalariga yozgan maktublari hamda mahkamalarga va da'volarga aloqador masalalarga doir koʻplab bahslardir.
1953 yildan keyin istiqomat qilgan Ispartada ham ora-sira yozgan maktublari ham bor. Eskishahar, Denizli va Afyon Qamoqxonalarida ekanlar, qamoqdagi talabalariga yozgan juda qiymatdor qamoqxona maktublari esa, yana muhtaram muallif Ustoz Hazratlarining nashrini munosib koʻrishlari bilan Shu'lalar Majmuasida aynan nashr qilingandir. Bu Ilovalarda oʻtgan talabalarning maktublari, Nurlardan olgan iymon fayzi, ixlos va sadoqatlarini, iymonlari bergan botirliklarini ifoda qilish bilan ustozlariga izhor qilish va tashakkurlarini bildirish bilan bu davrda chiqqan Qur'oniy darsning tinglovchilari boʻlganlarini izhor qiladi. Va Risola-i Nurning haqqoniyatiga va Ustoz Hazratlarining da'vosiga bir-bir shohid hukmida boʻladi.
Risola-i Nurning yozilishi va nashri bilan birga ushbu Ilova maktublarining chiqishi, davomi va nashri shaxsan muhtaram muallifi tarafidan qilinishi va munosib koʻrilishi, koʻplab maktublarda bu Ilovalarning qiymatini ifoda qilishlari va eʻtiborni qaratishi, har holda bu Ilovalarning ahamiyatini koʻrsatishga kifoyadir.
Ha, Risola-i Nurning ta'lifi, chiqishi va nashri bilan birga Nur xizmatining va Qur'on darsining ta'limida va amalga oshirilishida va Nur maslagining oʻqib oʻzlashtirilishida va uzun vaqt xizmatning davomida sodir boʻladigan minglab vaziyatlar va hujumga uchragan talabalarning jarayonlar qarshisida sabot, matonat va ixlos bilan harakatlarida ularga yoʻl koʻrsatadigan, Qur'on xizmatining tarqalishida osonlikka sabab boʻladigan ogohlantirish va eslatmalarga, albatta ehtiyoj zarur, qat'iy va yaqqoldir.
Xullas, Ustoz Hazratlarining bu kabi shubhasiz haqiqatlarga va masalalarga toʻxtalish bilan ishora qilib diqqatni tortishlari, talabalarini ogohlantirib turishlari, albatta bu muqaddas xizmat ahamiyatining taqozosidandir. Hamda bu Ilovalarning bir qismi, ehtiyojga binoan yozilgan va yozdirilgan eslatmalar boʻlishi va ayni ehtiyojning har zamon takrorlanishi mumkin boʻlganidan, doimo murojaat qilinadigan hikmatlar va dasturlarni ichiga olgan. Haqiqatdan, yuzlab voqealar, hodisalar va masalalarda bu ehtiyoj oʻzini koʻrsatgan.
Nurlarning birinchi talabasi Xulusiy Bey Ustoz Hazratlariga yozgan bir maktubida "Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab boʻlmasa ham, faqat muborak "Soʻzlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib soʻragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz... Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlarlaringiz bilan ilm majlisingizda anglatganingiz xilma-xil va "Soʻzlar"ga oʻtmagan masalalar, qat'iyat bilan koʻrsatadilarki, ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan" demoqda va Nurlarning xizmatida ogohlantirish, eslatma va irshodlarga ehtiyoj boʻlishini ifoda qilmoqdadirki, undan keyin chiqqan ehtiyojga muvofiq Ilovalar u muborak zotning oʻrinli soʻzini quvvatlantirgan.
Bu Ilovalarda, Nur Muallifi Aziz Ustozimiz Risola-i Nurning nashri, oʻqilib yozilishi kabi shaxsan Nurlar bilan mashgʻul boʻlishga ahamiyat bermoqda, talabalarini doimo tashviq qilmoqdalar. Buning zarurat va hikmati esa, shubhasiz izohdan uzoqdir. Zero asrimizda koinot fanlari va moddiy ilmlar rivojda boʻlib, yangi yetishgan nasllar bu ilm va fanlarni oʻqiganlari; hamda tabiiyyun va moddiyyunning din va ma'naviyatga qarshi nashriyoti; ham kufri mutlaq jarayoni-ki, hech bir din va ma'naviyatni tanimagan va Allohga iymon haqiqatiga qarshi muoraza qilib dinsizlikni nashr qilgan, Islomiy fikrni buzgan va butun bashariyatni tahlikaga solgan, yangi nasllarga va yoshlarga iymonsizlik fikri kufriysini singdirish istagan kitob, risola, gazeta kabi nashr vositalarining Islom va iymon dushmanlari tomonidan asosiy reja qilib olingan bunday ajib va dahshatli bir zamonda, albatta Risola-i Nurga, oʻqilishiga, nashr qilinishiga shiddat bilan ehtiyoj va zarurat bor.
Chunki, Risola-i Nur Qur'oni Hakimning bir ma'naviy moʻ'jizasi va bu zamonning dinsizligiga qarshi ma'naviy atom bombasi sifatida komunizm jarayonlarining qalb ma'naviyatini buzishiga javoban, kitobxonlarning qalblariga qalb ma'naviyatini ta'mirlab, birma-bir tahqiqiy iymondan kelgan muazzam quvvat va qudratga tayanishni qozontirmoqda. Bu vazifani muqaddas Qur'onimizning ilhom, irshodi va darsi bilan ado qilmoqda.
Iymoniy tafakkur darsi bilan tabiatparast va moddaparastlar boʻgʻilgan ayni masalalarda tavhid nurini koʻrsatadi, iymon haqiqatlarini modda olamidan misollar va dalillar koʻrsatib izohlaydi. Litseylarda, universitetlarda oʻqitilgan ilm va fanlarning ayni masalalarida iymon haqiqatlarining isbotini quyosh koʻrinishida koʻrsatadi. Bu kabi koʻp jihatlar bilan Risola-i Nur bu davrda iymon va Islom ahli uchun birinchi navbatda qoʻlga olinishi zarur boʻlgan, ularning qoʻlida ma'naviy olmos qilichdir. Asrning idrokiga, zamonning fahm qilishiga, tushunishiga xitob qilgan, ehtiyojga eng muvofiq tarzni koʻrsatgan, dars bergan va toʻgʻridan toʻgʻri fayz va ilhom yoʻli bilan oyatlarning yulduzlaridan kelgan Qur'oniy darsdir, toʻliq ma'rifatulloh burhonlaridir.
Asrimiz insonlarining tushunishiga va idrokiga xitob qiluvchi mohiyati va Qur'oni Hakimning davrimiz aqllariga dars boʻlishi nuqtasidan Nur Risolalari, ayniqsa bu mamlakatda buyuk ahamiyat qozongan. Asrlarcha Qur'onga bayroqdorlik qilgan va dunyoni diyonati bilan oydinlatgan bu zotdor millat, yana dunyoga oʻrnak, axloq va fazilanda ustoz boʻlib insoniyat oʻtkazgan mudhish inqirozlardan xalos boʻlish uchun najot chorasini koʻrsatmoqda. Bashariyatni dahshatli zarbalarga yoʻliqtirgan, tahlikaga solgan anarxistlikning vayrongarchilik va buzgʻunchiligining yagona chorasi faqat va faqat Ilohiy, samoviy dinning azaliy va abadiy haqiqatlari, Islomiyat haqiqati boʻla oladi. Risola-i Nur Islomiy va Qur'oniy haqiqatilarni musbat va dalilli bir shaklda insoniyatning tahqiq nazariga arz va ifoda qilmoqda.
Hamda, Nur Muallifi bir maktubida "Ichki tarafkashona adovat va tortishuvlarga vasila boʻlgan ikkinchi darajadagi masalalarni emas, balki butun bashariyatning eng ahamiyatli masalasi boʻlgan iymonning ruknlarini va insonning saodatiga sabab va umum musulmonlarning asos va qardoshlik robitasi boʻlgan Qur'onning iymon haqiqatlarini topish va muhtojlarga toptirishga hayotimni vaqf qildim", degan Islom xizmatining va diniy masoilning barchasini ichiga olgan kenglik va jome'iyatga ega boʻlganini; diniy xizmatlarning har turdagisini qoʻllab-quvvatlagan va tashviq qilganini va bir katta Qur'oniy yoʻl boʻlgan Risola-i Nur doirasining umum iymon va Islom ahlini ichiga olganini ifoda qilmoqda. Va yana ayni maktublarida davom etib "Hatto Musulmonlar bilan emas, balki dindor Xristianlar bilan ham doʻst boʻlib adovatni tashlashga harakat qilyapman. Jahon Urushi va komunizm ostidagi anarxistlik tahlika va buzgʻunchiliklarining hol tili bilan "Dunyo foniydir, ayriliqlar bilan toʻla. Ey insonlar, adovatni tashlanglar, Qur'on darsini tinglab birlashinglar, boʻlmasa sizni mahv qilamiz", degan bayoni bilan bu davrning sharoiti va zaruratlari qarshisida xizmat tarzini yana Qur'onning nuri bilan koʻrsatib hikmatli shakldagi irshodning va Ilohiy tavfiqiqa muvofiq harakat bilan xizmat qilish tomonlama Risola-i Nurning lozimligi va ahamiyatini koʻrsatadi.
Xullas, Ilova maktublari bu kabi xususlarga ham ishora qiladi. Oʻzgargan dunyo hodisalari, keng va kulliy masalalar va sharoitga mos Qur'oniy xizmatning asoslarini dars beradi.
(Hoshiya): Barla Ilovasi oldin Qur'on xati bilan qoʻlyozma daftarlar holida tartiblangan va nizomga solingan boʻlib, bulardan ba'zilari shaxsan Ustozimiz Hazratlari taraflaridan tahrir qilingan.
Qoʻlimizda mavjud boʻlgan nusxalarda Ustoz Hazratlari tahrir bilan birga ahamiyatlariga ishora qilgan maktublarning ustiga ikki, uch, toʻrt va yana koʻproq ishoralar qoʻyganlar.
Bundan tashqari, Ustozimiz munosib koʻrgan, 1956 yilda Istanbulda nusxa koʻpaytirish dastgohi bilan nashr qilingan va bosh tarafiga Maktubotdan "Inoyati Sab'a" qoʻyilgan kichik Barla Ilovasi ham. Mazkur qoʻlyozma nusxalardagi maktublar va Amirtogʻ Ilovalaridan ham bir nechta maktub qoʻshilgan.
Nashr qilingan ushbu Barla Ilovasini tayyorlashda yuqorida zikr qilingan va Ustozimiz Hazratlarining tahrirlaridan oʻtgan qoʻlyozma nusxalar va nusxa koʻpaytirish uskunasi bilan nashr qilingan nusxa asos qilib olidi.
Umuman qoʻlyozma nusxalardagi tartib va nizomga solish bir-biriga muvofiq qilindi. Deyarli ayni maktublar ayni ketma ketlik bilan qoʻyildi.
Faqat oxirgi qismlarga borib qoʻlyozmalarda boʻlmagan Xulusiy va Ra'fat Ogʻalar kabi qiymatdor Nur ruknlari boʻlgan talabalariga Ustozimiz Hazratlarining yozgan bir qism xususiy maktublari ham ahamiyatiga va qamragan ilmiy haqiqatlari bilan Nurning ilk talabalari boʻlgan qiymatdor zotlarning hurmatlariga binoan nashr qilindi. Bu mavzuga doir Amirtogʻ Ilovasi-I jildida bir maktubda Ustozimiz Hazratlari bu maktublarning nashrini orzu qilganlar:
"Ra'fat qardosh! Sen ham xush kelding va Risola-i Nurni yozish bilan mashgʻul boʻlishing meni jiddan sevintirdi. Xulusiy va Sabri kabi sening savollaringning ham Risola-i Nurda ahamiyatli natijalari va shirin mevalari bor. Sening yoningdagi va risolalarda qayd qilinmagan ilmiy parchalarni munosib yerlarda yoki Ilovada yozarsiz."