Barla Lahikasi
— 172 —

MAKTUBOTNING UCHINCHI QISMI

(Xusravning bir bayoni.)

Suyukli Ustozim!

"Mirqot-us Sunna va Tiryoqi Maraz-il Bid'a" nomiga haqiqatdan eng loyiq boʻlgan Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Birinchi Yogʻdusini qardoshlarim va doʻstlarim bilan koʻp marta oʻqidim. Juda katta Paygʻambariy bashorat bilan boshlagan bu risolaning oʻn bir nuktasining har bir nuktasi boshqa bir husn va ayri bir goʻzallikda yozilishi bilan birga, Sunnatga ergashishning moddiy va ma'naviy foydalari sanab oʻtilarkan, aqlga ochilgan eshiklardan ichkariga kiradi. Har bir eshikning ichidagi eshiklar va derazalardan qarab, koʻrgan haqiqatlari qarshisida hayron boʻladi. Koʻrsatgan dalillari bilan e'tirozchilarning e'tirozlariga mukammal va muntazam javoblar beradi. Shavqlangan har bir musulmonga, "Men koʻrsatgan eshiklardan kirsangiz, qiyinchiliksiz abadiy saodatga qovushasiz" deb, Sunnatga ergashishni hayot dasturi sifatida qabul qilishini tavsiya qiladi. Talabalariga tushunadigan qilib buyuk ish - darsini tushuntirarkan, "Men koʻrinishdan 15-16 sahifadan iborat kichik bir risolaman. Ammo haqiqatdan tarqatgan nurim bilan juda ulkan dengizlarni oʻtadigan kattalikda va juda ulkan yulduzlarning nurlarini toʻsadigan qudratdaman. Meni xotirasiga naqsh qilib, men bilan boamal boʻlgan kishi naqadar baxtiyordir, deb baligʻ, juda yuksak va nihoyat darajada latif soʻzlari bilan bizlarni irshod qilmoqda.

— 173 —

Bu haqiqatlarni koʻrsatgan bu risoladan, kuchim yetsa-yu, yuz dona, ikki yuz dona yoza olsam. Afsus! Qoʻlim qisqa, sa'y-harakatim cheklangan, ojizligim har bir yaxshi ishni istaganimdek qilishimga mone boʻlmoqda. Buncha orzuga qaramasdan men yoza olgan bir nusxasini taqdim qilyapman. Husni qabul qilinsa, men uchun qanchalik buyuk saodatdir.

Ahmad Badaviy Hazratlarining karomatli harakatlari bilan, osmonlar va yerning tabaqalaridan bahs qilgan Oʻn Ikkinchi Yogʻduni uch-toʻrt marta oʻqidim.

Suyukli Ustozim! Rizqqa muhtoj har bir hayotdorning rizqi Razzoqi Haqiqiy tarafidan kafolat ostiga olingani va rizq faqat Mun'imi Haqiqiyning qudrat qoʻlida boʻlgani shunchalik goʻzal uslub bilan ta'rif qilingan. Talabalariga shunchalik shirin va oliy bir dars beradiki, aql egrilikka, nafs e'tirozga, qalb inkorga umuman yoʻl topolmaydi. Muzaffar qoʻshin kabi insonning bacha hislariga, "Ey qiymatli risolalar va ey nuroniy fayyoz "Soʻzlar", maydon siznikidir! Sizga taslim boʻlganmiz! Bashariyatga va butun maxluqotga hukmron boʻlgan Xoliqi Azimning haq soʻzlari bilan bizlarga hidoyat yoʻlini va istiqomatni koʻrsatmoqdasiz!" dediradi.

Ayniqsa yer va osmonlarning yettitadan tabaqasi borligiga doir azim oyatlarning kulliy, umumiy va qqamrovli ma'nolarining yoqimli va lazzatli va shirin haqiqatlarini oʻqirkan, insonning hissiyotiga qalami tarjimon boʻla olsa-yu, bu risolalarga javob qila olsa... Afsus!

Hamma tarafini anglash imkoni yoʻqligi bilan birga, bu qismda yerning yetti iqlimi; bir-biri bilan birlashgan yetti tabaqasi; bu tabaqalardagi nuroniy maxluqlarning oʻtishiga hech narsa moneʻ boʻlmasligi; elektr, ziyo va haroratni tashish, koinotni boshdan oyoq egallagan efir moddasidan boshlab osmonlarning yetti tabaqasining qabul qilinishiga hech qanday moneʻ yoʻqligini fanga, aqlga va hikmatga asoslanib har xil dalillar bilan isbot qilinishi, eng oxirida osmonlarning yetti tabaqa va yerning yetti qavat ekani haqida Qur'oni Hakim ifodalarining tasdiq qilinishi, aql va qalbni shubhaga yoʻl topolmasligi risolalarning buyukliklariga xos ulugʻ karomati ekanini koʻrsatadi. Bunday azim Qur'on haqiqatini koʻrolmagan faylasuflarning va astronomlarning quloqlari jaranglasin!

Ha suyukli, qiymatli Ustozim! Bu nurli mislsiz asarlar insonning shubhalarini ketkazganiga va ularni chaqiradaigan qorongʻu nuqta qoldirmasligiga qat'iyan iymon keltirganim kabi, aloqador boʻlgan qardoshlarimdan va mutolaa qilgan zotlardan, fikrimni to'liq tasdiqlaganini eshitganimda sevinchga toʻlganimni his qilyapman.

— 174 —

Suyukli Ustozim, har xususda sizga qilinadigan duo uchun so'z topolmayman. Zoti Zuljamol buncha goʻzalliklarga xazina-i rahmatidan minglab goʻzalliklarni sizga ehson bilan javob bersin. Omin!

Ahmad Xusrav

(Sabri Afandining bir bayoni)

Ey Ustoz!

Kalomulloh-il Aziz-il Mannon boʻlgan Hazrati Qur'on Islomiy shiorlarning xodimlarini himoya va marhamat qanoti ostiga olib, bu safargi ranjituchi hodisada, bir yildan beri mulhidlar tayorlagan rejalarni natijasiz qoldirib, zohiran uch qardoshimizni oqqlab, ma'nan millionlab moʻmin muvahhidiynning jamoatiga oqlanish nishonasini baxsh etib, mulhidlarga abadiyat va azaliyatni izhor qilib oʻzini mudofaa qildi, xodimlarini muhofaza va himoya qilganini va qilishini koʻrsatb, Qur'on xodimlarining qalblari sevinchu sururga gʻarq qildi. Ilgarilashni istagan xolisona orzu va maqsadlariga qadamlarini yanada koʻproq tashlashni, doiralarini yanada kengaytirishni boshlashdi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz Ustozim! Janobi Kibriyoning toʻliq lutfi va nihoyasiz karamu ehsoni sifatidagi Nurlar Kulliyoti bu purqusur qul kabi qancha gʻofillarga ehson qilinib, davomli yomgʻirlarning yer yuzida tozalik qilgani kabi, Nurlar mahallasida ushbu zalolat asri va bid'at davrida moddiy hayot kir suvining botqoqligiga botgan bu ojiz qulga, "Zararning qayeridan qaytsang ham foyda" degan ogohlantirish darsini berdi. Behisob shukrlar boʻlsin, zulmat vodiysidan chiqarib Nurning choʻqqisiga yetishtirdi.

Nima boʻlganda ham, bir yil avval "Ey Sabri! Balki mansab sevgisiga mayl etarsan, oʻsha tomondan istak uygʻotishi mumkin. Kel oʻsha badbaxtlarning loyqa hovuzchalariga yana bir marta shoʻngʻib, chiq" deyildi. Alhamdulilloh, salomat chiqdim. Undan qutulganim faqirona nazarimda juda ahamiyatli qutulishdir.

Talabangiz Sabri
— 175 —

(Usmon Nurining bir bayoni.)

Kitoblarning eng buyugisan Kalomi Qadiym,

Haq qonunlarning onasisan Qur'oni Azim,

Muqaddas tarixlar nur otasisan Kalomi Qadiym,

Sen dinimizning qoʻriqchisisan Qur'oni Azim.

Toʻrt Ilohiy kitobning onasi, faqat sensan,

Iftixor etar sen bilan butun dini Islom,

Sensiz yashamoq istagan qalblar oʻlsin,

Sen haqiqatning ilk va soʻng quyoshisan.

Har borliqning ustida soʻnmaydigan quyoshsan,

Barcha yashirin va oshkorning kaliti sensan,

Seni tanimagan va tobe boʻlmagan, har yerda

Sohibining gʻazabiga yoʻliqsin, oʻlsin.

Hukming muhaqqaq qiyomatgacha boqiydir,

Senga ishonmaganlar qiymatsiz, zalil, kofirdir,

Sen har borliqning ustida chiqqan quyoshsan,

Seni istamaganlar dunyoda Jahannamga koʻchsin.

Aslo! Seni yoqtirmagan va xato deganlarning,

Tillari kesilsin, yerga botsin.

Senga past qaramoq istaganlarni, Alloh qahr etsin,

Sen haqiqatning ilk va soʻng quyoshisan.

Usmon Nuri

(Hofiz Alining bir bayoni)

Aziz Ustozim! Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Uchinchi Yogʻdusi, "Hikmat-ul Isti'oza" oliy nomli nur boʻlagini oldim. Alhamdulilloh koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Janobi Haq benihoya xazinasidan bu kabilarni ehson qilsin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

— 176 —

Ustozim Afandim! Azim haqiqat mujassam risola faqir talabangizda juda kuchli ta'sir qilib, aqlim, barcha tuygʻu va hisslarim azim haqiqatlar ustiga sochilib, toʻplanmas bir holga keldi. Kunduzi quyoshning ziyosi qarshisida qolgan tilla qoʻngʻiz kabi, kerak boʻlsa quyosh tarafini va kerak boʻlsa oʻz yorugʻligi bilan qamrov doirasida boʻlganlarni ta'rif qilolmagani kabi, faqir ham ayni holga tushdim.

Birinchidan: Bu risola boshqa tavhidga doir buyuk risolalarning akasi boʻlishi mumkin. Zero, boshqa Risola-i Nurlar Janobi Haqning buyuk olamda jilva-i jamol va kamol va asmo-i husnasini oʻta ochiq tarzda koʻr boʻlganlarga ham koʻrsatdi. Nur boʻlagi kichik olam hisoblangan, asmo-i husnaga oyna boʻlgan, dunyo borligʻining ruhi darajasidagi insonning kamoli va qulashiga, abadiyat va adamiga sabab boʻlgan eng buyuk vasila va hiylalarni aniq kashf etib koʻrsatadi.

Ikkinchidan: Bu haqiqatlarni oʻylar ekanman, qalbimga shunday keldiki: "Hudhudi Sulaymoniy zaminning suvi majhul yerlarida (yerni qazmasdan) suvni topishga vasila edi" deydilar. Bu risola aynan, Hudhudi Sulaymoniy kabi, kichik olam boʻlgan insonning zidlardan tashkil topgan jismida iymon nuri joylashgan qalbni boridek koʻrsatadi. Zamin yuzida zararli zararsiz oʻtlarni tashxis etgan kimyogarning obi hayot topgani kabi, bu asar vositasida mingdan bir haqiqatini koʻra olganimni angladim. Bu asar barcha ahli iymon va zishuurga manba-i haqiqiysi boʻlgan Qur'oni Hakim kabi, nurlari bilan obi hayotni sochadi.

Hofiz Ali (RH)

(Ahmad Xusravning bir bayoni.)

Ustozim Afandim!

Bir hafta avval "Hikmat-ul Isti'oza" nomli risolaning bir qismini va bir necha kun avval ham boshqa qismi bilan Oʻn Toʻrtinchi Yogʻduning Birinchi Maqomini oldim. "Hikmat-ul Isti'oza"ning Birinchi Qismini koʻp martalab qardoshlarim bilan oʻqidim.

Ey suyukli Ustozim! Ushbu qiymatli risola bilan mujohid talabalaringizga shunday chiroyli bir dori taqdim etmoqdasizki, bu dorilar bilan ma'naviy yaralarimizni chiroyli va tez davolayapsizki oʻta yomon yaralarimiz bir onda yaxshi boʻlmoqda, iztiroblarimiz ketyapti, qalblarimiz boshdan oyoq surur bilan toʻlmoqda. Rabbi Karimimizga boʻlgan muhabbatimiz ziyodalashyapti. Xoliqi Rahimga boʻlgan odobimizga ham zarar kelmasligini oʻqib, vazifadagi shavq va gʻayratimizni ortirmoqda.

— 177 —

Ha aziz Ustozim! Eskida ins va jin shaytonlarining hujumlaridan va tarbiya qilolmagan osiy nafsimdan kelgan ba'zi shaytoniy tushunchalardan qutulish uchun, juda koʻp harakat qilgan vaqtlarim boʻlar edi. Qalb bunday holatdan qutulish uchun yoʻl qidirar ekan, Naqshbandiy qahramonlarining "Tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" degan asoslari aqlimni bezovta qilardi. Unga javob bergan aziz ustozimning bayoni orasida, «Inson bir qalbdan iborat boʻlsa edi, bu soʻz toʻgʻri boʻlishi mumkin edi. Holbuki insonda qalbdan tashqari aql, ruh, sir, nafs kabi mavjud boʻlgan latifa va hislarni maxsus vazifalarni berib boy doirada, qalbning qoʻmondonligi ostida ubudiyatni ado etish kerak», deb tavsiya qilinmoqda. Quyosh kabi haqiqatlarni izhor qilgan bunday nurli dasturlar talabalarida asos boʻlgani uchun, oldin aytilgan tushunchalarga chora qidirayotgan edim.

Talabalarining har on ehtiyojlarini oʻylab chora qidirgan, dori hozirlagan, tayyorlaganlarini talabalariga qiyinchiliksiz bergan, javoban hech narsa istamay minnat va madh Janobi Haqqa aytilishini amr qilgan suyukli Ustozim! Sizga avvaldan beri "Luqmon" nazari bilan qarayman. Ha, haqiqatdan bir Luqmonsiz. Luqmoni Hakim kabi qalbiy orzularimizni eshitib risolalar bilan muolajani davom ettiryapsiz. Badi' boʻlgan Janobi Haqning badayi'i ichida har jihatda mukammallikka yetgan badi' kalomidan, badi' quli bilan ehson qilgan bu badayi'ni madh etish Alloh gapirtirmaguncha, albatta imkonsizdir. Bu vodiyda naqadar soʻz aytilsa, yana ozdir.

Sevgili Ustozim, har qaysi bir risolani ochib oʻqiydigan boʻlsam, hissam qadar darsimni olyapman. Holbuki avvallari bu risolalarni tamoman yozganim uchun, oʻqishga juda oz vaqt topa olardim va hali ham shundayman. Avvallari oʻqigan vaqtlarim istifodam kam boʻlardi. Hozir esa, Nurlarning haqiqatlarini koʻrgan sari, minnatdorchilik va shukrim ziyodalashmoqda, qalbim nurlar bilan toʻlmoqda, ruhim nurlar bilan istirohat etmoqda, latifalarim bu Nurlar bilan hissalari qadar fayzyob boʻlmoqda. Va yana Janobi Haqdan umid qilamanki, hissam va istifodam kun oʻtgan sari koʻpayadi va nasibam ortadi.

— 178 —

Bu hodisalar koʻrsatmoqdaki, badi' asarlarning buyuk bir xususiyati va bir karomatidan talabalarini boshqa qoʻllarga bermaydi va nurlantirish uchun boshqa eshiklarga boʻyin egdirmaydi. Yigʻlagan qalblarimizga tasallilar beradi. Iymonlarimizni quvvatlantiradi. Allohga qovushish ishtiyoqi bilan xohishini beradi. Soʻngida "Yo Rab! Sen ustozimizdan xushnud boʻladigan tarzda rozi boʻl!" nidolarini lisonan va qalban ayttiradi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz
Ahmad Xusrav

(Sabrining bir bayoni.)

Ey Ustoz!

Bahorning har bir kunining latofat va bemisol tarovati va ajib oʻzgarishi Fotiri Aqdas Hazratlarining nihoyasiz qudrat va azamatini koʻrsatgani kabi Nur daryosining ham benazir va hayratbaxsh bahori, "Minhoj"lar, "Mirqot"lar, "Isti'oza"lar va bularga oʻxshash latif, shirin, nuroniy gullar va benihoya turlarini iymon va tavhid ahliga yangidan hayot baxsh etadi. Nurlar shunday ma'naviy ozuqaki, har qanday odamni har on toʻydirishga kifoya qiladi. Bu olmoslar shunday qiymatli ridoki, har kimni har doim isitishga yetarlidir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Aziz, buyuk ustozim! Bu risolalarni oʻqigan sari ruhim gullar kabi ochiladi, foniy hayotning azob va mashaqatlarini ketkazadi. Oʻrniga qanoat kabi yashirin xazinani keltiradi. "Ey ruh! Hozirgacha ma'naviy talab va orzularingni ta'min etgan Nur fabrikasining olmos va javharlarining har birining ayri-ayri qiymat va zarifliklarini koʻrib, bundan boshqa qiymatli asar yoʻq deb, sen hol bilan, men soʻz bilan hukm etdik. Qur'on nurlari va Furqon fayzlari va boqiy nurlarning oxiri yoʻq.

Alhamdulilloh, Qur'on haqiqatlaridan kundan kunga nasibador boʻlyapmiz va boʻlamiz inshaalloh. Janobi Kibriyo kavsar daryosini hayoti boqiya xirmoni hisoblangan mahshargacha oqitsin, omin.

— 179 —

Ustozim Afandim, oʻtmishdagi harakatlarim bilan hozirgi ahvolimni qiyoslash eslatildi. Qoʻldan kelganicha tadqiq etdim. Natijada hozirgi ahvolamni, "soʻngsiz shukrlar boʻlsin" qiyinchilik jihatidan juda yengil va qiymat xususida juda ogʻir deb topdim. Eski harakatlarim buning teskarisidir. Alhamdulilloh, Janobi Fayyozi Haqiqiy ojiz, faqir, muhtoj qullaridan rahmati Rabboniyasini ayamadi.

"Olma pish, ogʻzimga tush" deb ruhiy amaliyotga kerakli narsalarni mahoratli jarroh bilan birga ehson qildi. Agar bizlar bu amaliyotni koʻrmasaydik va bu nurli va zavqli, shavqli ehromga kirmasaydik, mansab sevgisi sababli, qaysi bid'atga yengilmagan boʻlar edik?!.

Nurlarning bepoyon fayzlari hadsiz va hisobsiz muvahhidiynlarni shukrda qarzdor qildi. "Alhamdulillahi Robb-il A'lamiyn".

Janobi Haq jumla ummati Muhammadni (ASV) anvori Qur'oniyadan foydalantirib, haqiqiy muvahhidiyn sinfiga dohil va hozirgacha gʻaflat bilan oʻtkazgan vaqtlarimizni daftari a'molimizga yozilgan gunohlarimizni rahmati bilan afv etsin, omin.

Xulusiyi Soniy Sabri

(Zakoiyning bir bayoni.)

Ustozim!

Bir mujodala va imtihon maydoni boʻlgan bu dunyoning har burchagida insonga ibrat darsi boʻladigan biror bir hodisa va namuna yoʻq emas. Hamma yerda mizoji farqli insonlarda turli-tuman qalbiy mayllar boʻladi. Dunyoviy hodisalar ichida eng alamli narsaning, uxroviy va diniy maslak pardasi ostida vahshat va hayvoniyat ruhlari bilan taqqoslashni tajriba va koʻrganlarim oʻrgatmoqda.

— 180 —

Ha, oʻz holini isloh qilishga qaytgan kishi, ubudiyat bilan Xoliqiga yolvorar ekan, bir mulhidning ahmoq maxluq kabi uni vasvasa qilganidan keyin, ruhining kirlanadi. Keyin boshqaga hujum qilib, uni oʻziga oʻxshatishni istaydi. Xatto boshqa moʻmin haqida yomon tasavvur va notoʻgʻri tushuncha uygʻonganini koʻrish iymon ahli uchun qaygʻuga sabab boʻladigan masaladir.

Oh ustozim, koshki insonlar yo koʻringani kabi boʻlsa, yoxud boʻlgani kabi koʻrinsalar edi. Irshod ahli Qur'on hukmlarini tabligʻ xususida qiyinchiliklar chekmas va inkor qilinmas edi. Men kabi hanuz oʻzini isloh etolmaganlar ham, ba'zi ahmoqlarning ruhlarida soflik va insonga xos yaxshilik qidirishga harakat qilmasdi.

Aziz ustozim, inshaalloh Janobi Haq haq va haqiqatning quyosh kabi yuksakligini sizga va bizga koʻrsatsin. Zindon hayotiga oʻxshagan, bir qancha ma'naviy mahrumliklar ichida oʻtgan kunlarni sururli va erkin kunlarga aylantirsin. Omin.

Talabangiz Zakoiy

(Sabrining bayoni.)

Ustozi Akramim!

"Hikmat-ul Isti'oza" risolasining ikkinchi qismi shunday qiymatli javharlar xazinasi va vasvasa xastaligining eliksir bir dorisi boʻlib, foniy olamdan boqiy olamga koʻchish paytigacha nafs va shaytonning hujumiga uchragan inson koʻkragi ustiga osib yurishi kerak. Ikki dushman har doim koʻpik kabi, zohirda bir narsaga oʻxshab, haqiqatda esa arzimas havoiy qaysarlik bilan e'tiroz qiladi. Ularga qarshi eng sogʻlom panohgoh va eng kuchli qurol va bu yoʻlda sarf qilinadigan xolis muxr bulardir. Men oʻzimda tajriba qildim. Savollarni oʻqigan vaqtim nafsim savolga moyil boʻladi va ahamiyat beradi. Ammo alhamdulilloh ortidan davom etgan Qur'oniy olmos mudofaalar unday nafsoniy xastaliklarni tez chiritib, ildizidan quritadi. Nuroniy va Qur'oniy hikmatlarni loyigʻidek maqtash xususida ruh va shuuur sohibining mukammali hisoblangan inson sinfi vahiyning boshlanishidan to hashrgacha i'joz va iyjozida ojizliklarini izhor qilgani, da'vomizning aniq va ochiq dalilidir.

— 181 —

Xulosa: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning benazir hukmlaridan Risola-i Isti'oza-i Furqoniyani mutola qilganimda haqiqatlar daryosida mastu hayron boʻlib kamoli ishq bilan: "Yo Rab, Kitobi Mubinning hukmlarini joriy qilishni osonlashtirish va qiyinchilikni ketkazish hamda Qur'on dallolining orzu va maqsadlariga muvaffaq qil. Barcha birodarlarim bilan birga ushbu kamtar qulingni ham ajalim kelgunicha Kitobi Mubinga xodim qil", duosi bilan ojiz ifodalarimga xotima beraman.

Sabri

(Hofiz Alining bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu safar yuborilishiga inoyat qilingan Hikmat-ul Isti'ozaning Ikkinchi Qismini oldim. Sakkizinchi Ishorada isbot qilingan haq va haqiqat zalolat vodiylarida uchgan daydi adashganlarning yoʻllarini oydinlatib, ularga ham oʻzlarining nima qilganlarini, ham haqiqat yoʻlini koʻrsatib iyjozi bilan azim bir masala xayol qilinmoqda.

Toʻqqizinchi Ishorada esa, barcha iymon ahli va ayniqsa nur risolalalari bilan inson yaratilishining haqiqiy gʻoyasini tushunishga harakat qilgan talabalaringiz, ruhan istiqbolga borgan sari, bu masala juda keng doira boʻlib, Hazrati Odamdan beri barcha Paygʻambaroni Izom hazratlarining ahli zalolatga qarshi magʻlubiyati va fojiali hodisalar koʻp oʻylantirar va qalbga ozor berar edi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Keng doira shunday nurlanmoqda. Ichida Ustozdan, Faxr-ul Mursaliyndan Hazrati Odamgacha qiyinchiliklar haq va haqiqat qilichi bilan fath qilinib, aql va qalb "sodaqta va bilhaqqi nataqta" deb tasdiq qilmoqda.

Oʻninchi Ishorani yozarkan, qoʻlimdan qalamni tashlab yonimdagilarga oʻqib berdim. Ichida tamsiling misol emas, haqiqatligini, bunday haqiqatni Hakim, Nur va Badi' ismlarining jilvasi bilan koʻrilishini tushundim. Xayolan tatbiq qilishni boshladim. Juda toʻgʻri asos ekanini angladim, Janobi Haqqa shukr qildim.

Oʻn Birinchi Ishorada koʻrsatilgan Qur'oniy zajr, koinot ekinzorining mahsuli, uskunasining toʻqimalari inson sinfi va umum mavjudot samaralari bilan birga inson sinfiga xizmat qilgani uchun, inson faqat oʻzini oʻylashi, badbinligi bilan u azim dunyo gʻoyasini yoʻqqa chiqarib, katta charxlar kabi kulliy unsurlarning insonga qarshi harakat qilganlarini va halok qiluvchi mas'uliyatdan qutulish faqat Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Faxr-ul Mursaliynga ergashish bilan topilishi bayon qilib insonni jalb qilyapsiz.

— 182 —

Oʻn Ikkinchi Ishora va toʻrt savolning javobi qamragan haqiqatlar bizni ora-sira oʻz hisobiga ishlatishni istagan va juz'-i ixtiyor bilan oʻzida bir borliq koʻrib, haqqiga koʻz tikkan hamda shuhrat va xudfurushlik bosimida bekorga ishlagan nabotiy va hayvoniy nafsu havo zanjirlarini oltin qaychilar bilan kesib xalos qilyapsiz.

Oʻn Uchinchi Ishora va uch nuqta bilan har doim, xususan muborak vaqtlarda biz bilan shugʻullangan va ba'zan umidsizlikka tushirgan, yuzimizning qoraligini qaramay, moʻmin qardoshlarimizning ahamiyatsiz qoralari bilan ularni battamom qoralik bilan ayblagan, Janobi Haqning rahmatini va Gʻaffor va Rahim ismlarini tanqidga jur'at etgan va bu sabab ulkan buzgʻunchiliklarga sabab boʻlgan hizb-ush shaytonning quvvati koʻrsatilmoqda.

Muhtaram Ustozim! Bu ishorani yozarkan, vujud olamiga sayohatga chiqdim. Ishoralardagi nuqtalar bir mufattish hukmiga oʻtdi. Izoh qilingan quvvatlar oʻrnida koʻrilib, yengilganliklarini qabul etmoq payida edilar. Bizga bu quvvatlarni koʻrsatgan Qur'oni Hakimdan yordam va fayzni har qadamlarimda istadim. Bizga bu asos hayot haqiqatining natijalarini, qorongʻuliklarini koʻrsatgan ustozimiz muvaffaqiyatimizni Janobi Haqdan tilayotganligi har on oʻzini koʻrsatmoqda. Va inshaalloh xalos qiladi.

Muhtaram Ustozim! Ushbu oʻn uch Ishora oʻn uch javohir xazinasini ichiga olgan. Ularning ba'zilarini ipga tizib koʻrsatlyapti. Uni koʻrmaslik javohir xazinasiga va javharlariga bir kamchilik keltirmaydi. Men egri-toʻgʻri tizishni istagan javharlar, inshaalloh husnini yoʻqotmaydi.

Ey suyukli Ustozim, qanchalik koʻp tashakkurlar qilsam va minnatdor boʻlsam ham ozligiga ishonganim uchun, Janobi Haqdan siz rozi boʻladigan mukofotga noil aylashini tilayman. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Hofiz Ali (RH)
— 183 —

(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)

Aziz, qiymatli Ustozim!

Hisobsiz hamdu shukr ul Xoliqi Mannon Hazratlarigaki, men ummiy boʻlganim holda, hissiyot va orzularimni shu foniy va oʻtkinchi boʻlgan dunyo hayotidan ayirib, Risola-i Nur talabalari ichiga kirdim va Qur'on jamoati olimlariga doʻst boʻldim. Nashr xizmati va ilmda ularga yetisholmayman. Lekin inshaalloh aloqadorlik, muhabbat va ixlosda yetishishga harakat qilaman. Duo bilan ularning qalamlariga yordam beryapman. Risola-i Nurga boʻlgan hissiyotimni ummiyligim uchun faqat tushlarim bilan ifodalayapman.

Bu safar tushda Faxri Olam (ASV) Afandimiz Hazratlarini koʻrgan vaqtim, Sura-i Hajning oxirida

﴿ مَا قَدَرُوا اللّٰهَ حَقَّ قَدْرِه۪ٓ اِنَّ اللّٰهَ لَقَوِىٌّ عَز۪يزٌ ﴾

soʻngigacha oʻqib va Shohi Jiyloniy (quddisa sirruhu) Hazratlarini koʻrgan vaqtim, uyqudan Sura-i Nurda لَيْسَ عَلَى الْاَعْمٰى حَرَجٌ oyatini qiroat qilib uygʻondim. Angladimki songi kunlarda Sunnati Saniyaga doir ahamiyatli bir risola yozilgani uchun, Rasuli Akram (ASV)ga maqbuli boʻlganki, unga tushimda musharraf boʻldim. U oyat Risola-i Nurning xulosasini ifoda etgani kabi, gʻaflatdagilarni qattiq qoʻrqitadi. Shohi Jiyloniyni koʻrganimning sababi, Risola-i Nur talabalarining muqaddas ustozi meni ham shogird sifatida qabul qilganiga doir bir ishora deb tushundim. Bu oyatlar xotiramda boʻlmagani uchun, muqaddas zotlarning hurmati, xotiramda har doim oʻqir va dunyoqarashim kengayar edi.

Boshqa bir tushimda, juda keng uyda, poydevorlari endi qurilayotganini koʻrgan edim. Bu safar oʻsha ulkan bino bitgan, ichiga kirganimda oʻng tomonini masjidi sharif sifatida koʻrdim. Namoz oʻqigandan soʻng menga hamma yozilgan Risola-i Nurni berishdi. Men faqat bir nusxasini oʻqish uchun berdim. Binoning eng yuqorisi va oʻrtasida bir ustunining almashinishi uchun qoʻlida temir, kran bilan uch kishining ishlayotganini, koʻrdim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman.

Ummiy talabangiz Mustafo
— 184 —

(Osim Beyning bayoni.)

Ustozi Akramim!

Bu safar tugatishga muvaffaq boʻlgan uch risola-i sharifani: Yigirma Toʻrtinchi, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz, Oʻttiz Birinchi Maktubning Beshinchi Yogʻdusi Mirqot-us Sunna Risolalari tahrir uchun va siz ustoz hazratlariga koʻrsatilish uchun taqdim qilindi. Risola-i sharifalarning hammasi, haqiqat nuri sochgan bir-bir jannat bogʻchalaridir. Xususan Oʻttiz Birinchi Maktubning yogʻdulari: Minhoj-us Sunna va Tiryoqi Marazi Bid'a - Mirqot-us Sunna oʻqib oʻqib toʻyib boʻlmaydi. Oʻqigan sari his etilgan ma'naviy surur va fayzlarning haddu hududi yoʻq bir fayz ummonidir. Ba'zi jumlalar, namozdan oldin va keyin faqirxonaga kelgan doʻstlarga koʻp martalab oʻqib fayz olamiz. Xususan Giritli Hasan Afandi koʻz yoshlaridan oʻzini toʻxtatolmaydi. Siz ustoz xazratlariga maʻlum, oʻzi Qodiriy shayxidir. Sizga va ayniqsa Gʻavs-ul A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlariga bogʻliqlik va muhabbati oʻta qattiq.

Ustozi Akramim! Bu safar risola-i sharifalar bir oz keyinga qoldirildi. Buni faqirning tamballik, sustlik va dangasaligidan deb bilmangiz. Shikoyat emas, faxrlanib aytaman. Bu yil Janobi Haqning faqirga lutfu ehson va karami koʻp boʻldi. Lahulhamdu valminna yuz minglarcha mutashakkirman. Ramazon Bayramidan beri ikki marta xastalandim. Hanuz tuzazlish davridaman. Risola-i Nuri Sharifalarni koʻchirilishida anchagina tanaffus boʻldi. Koʻp shukr, alhamdulilloh, bu xastaliklar bir Ilohiy in'omdir. Siz ustoz xazratlarining duolari bilan sihatim joyiga kelyapti.

Osim
* * *.

(Rushdu Afandining bayoni.)

Ey aziz Ustozim!

Buncha azim ehsoningiz meni suyukli ustozimizning nazdlarida talabalarning eng oxirgisi boʻlish sharafini qozontirgani xotiramda turgunicha Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga tunu-kun duo qilaman. Ba'zan boshim sajdada, tinmay yigʻlayman. Gunohimning kattaligi, jinoyatimning saoqsizligi meni qoʻrqitar ekan, suyukli ustozimning duolari, Janobi Haqning rahmati meni tasalli etadi.

— 185 —

Har yuborgan risolangizni kamoli ishtiyoq bilan oʻqiyman. Qiymatli qardoshlarim bilan har kun bir yerdaman. Istifodam juda koʻp. Risolalardan siz ustozimning ma'naviy fayzlarini har doim olyapman.

Ha aziz ustozim, hissiyotimni yoza olsam har hafta maktublarim bilan javob beraman. Sizga maktub yozish men uchun eng buyuk sevinchdir. Afvingizga tayanib, zohiran sukut saqlash bilan va ma'nan Xudoning dargohiga qoʻl ochgan vaqtim sizga ojiz Rushdu talabangiz ojizligini taqdim qilgan sari, suyukli ustozimdan javoban koʻrgan lutflarim qarshisida koʻz yoshlarim bilan javob beryapman, afandim.

Talabangiz Rushdu

(Hofiz Ali darsini qanday anglaganini koʻrsatgan bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdusining Ikkinchi Maqomini bir marta oʻzim oʻqidim. Juda juz'iy istifoda bilan, aqlimda lazzat his qildim. Ikkinchi va uchinchi takrorlarimda shunday bir ruhiy zavqi oldimki, agar qalb va qalamim koʻnglimga tarjimon boʻla olsalar, balki bir daraja siz ustozimga minnatdorona arz qilishga jur'at qilardim. Afsuski qalbim, qalamim va ruhim ojizlik bilan oldimga chiqib kamchiliklarini eʻtirof qilishdi.

Suyukli Xoʻjam! "Soʻzlar" unvoni bilan nurlar nashr qilgan va rahmat eshigini ochgan Qur'on nurlari asosan xos, maxsus bir oʻziga xos muxr-tamgʻasiga ega. Har bir qismidan Allohning qamrovli rahmatiga qisman, toʻliq eshigini koʻrsatib, ularni ochiq qoldiryapti. Bu muborak Risolani Sulaymon, Zeki, Zakoiy va Lutfi qardoshlarim bilan oʻqir ekanman, xayolimga ziynatlangan ulkan saroy koʻrsatildi. Aslini, haqiqatini, kengligini va ziynatini tomosha qilish uchun ruhan chiqdim. Qarasam, charchagan va nazarim kesilgan tarzda orqaga qaytdim. Zakoiy qardoshim davom etayotgan edi. Takror saroy shaklida tantanali, ravnaqdor, qiymat va mohiyat jihatidan oʻsha kichkina vujud saroyi olamini koʻrdim. Eshikni ochib tomosha qilishni istadim. Kaliti yoʻq edi.

— 186 —

Birdan qardoshimning ogʻzidan "Bismillahir rohmanir rohiym" sozini eshitdim. Eshik ochildi. "Alhamdulillahi a'la nur-il iyman va hidayati-r Rohman" dedim. Qarasam ulkan saroy ichidagi narsalari va ziynati su kichik saroyga joylangan. Goʻyo charxlardan tashkil topgan soat va koʻp iplarni ichiga olgan toʻquvchi bor edi. Eʻtibor bersam, kunduzni kunduz qilgan quyosh boʻlgani kabi soatni qurgan va ishlatganni va u iplarni rang-barang boʻyab toʻqiganni juda porloq bir suratda izoh qilinganini koʻrdim. Takror "Alhamdulilloh" dedim va ushbu olami kubroning mundarijasini va namunasini qoʻlimga olgandan soʻng parvosiz sayohatga chiqdim.

Muhtaram Ustozim! Ushbu "Soʻz" shunday haqiqatni dars beradiki, insonga begona va bilinishi mumkin boʻlmagan hech narsa qolmaydi. Har koʻrgan narsasi munis bir oʻrtoq boʻladi. Suvsiz vodiylar, keng sahrolar va ulkan yer kurrasi bogʻ hukmida Xoliqi Rahiym tomonidan hozirlangan, kaliti "Bismillahir rohmanir rohiym" boʻlgani va kaliti topilmasa va olinmasa, bogʻda yashash mumkin boʻlmaydi. Yashasa ham ham tarafda begona boʻlib, har qadamida kamsitiladi. Hayot jonsiz shaklga aylanishini izoh qilyapsiz. Xususan bizni har doim, kunda qirq marta aqlimizga sigʻmasdan "oh!" bilan takrorlangan moʻ'minning me'roji namozda اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ sirri shunday bir tugma holida koʻrsatilmoqdaki, har bir moʻmin oʻz vujud olamida bir elektr fabrikasi koʻradi. Tugmasini bosganda butun dunyoni ziyolantiradi.

Suyukli Ustozim! Janobi Haq bu qiymatli asarlarni qiyomatgacha moʻmin qullariga yetkazsin, degan duo bilan soʻzimni tugataman afandim.

Qusurli Talabangiz
Hofiz Ali
— 187 —

(Yangi, muhim qardoshimiz Muftiy Ahmad Fayzi Afandining bayonidir. Bu bayon garchi shaxsimga qarasada, u kishi shaxsimni koʻrmagan, dalloligimning belgisi boʻlgan risolalarni koʻrgani uchun, haddimdan juda ortiq madhu sanosini risolalarga va Qur'on sirlariga oid boʻlgani uchun qabul qildim.)

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾

Hamdi benihoya Karimi Muta'olga, salotu salom Habibi Zuljalolga va u kishining oila va asxobiga.

Ey boqiyga yetishgan boʻlgan foniy! Va ey matlubning rahmat eshigida oʻtirgan mahbub! Va ey darajalarning akmali boʻlgan sifati abdiyatga suluk eta olgan baxtiyor! Va ey Shamsi Toboni Zuljamolning qorongʻuliklarga aks ettirgan ziyo-i hidoyati! Va ey Habibi Quddusning tariqi ulviyatida qorongʻuliklarni yorib uchgan shahobi shashaʻanisor! Xatolar va ma'siyat daryosining qoʻrqinch toʻlqinlari orasida ingragan, Xoliqi Karimning shuncha iltifotini nonkoʻrlik bilan qarshilashdan boshqa bir iloji boʻlmagan bu eng past mavjudot, siz noil boʻlgan daraja-i maqbuliyatdan bir qatrasini boʻlsada, sizning shavkatu karamingizdan oʻziga hadya etishini kutadi.

Koshki meni oʻzingizga olib, xizmatingiz bilan musharraf qilsangiz. Koshki Habibi Kibriyoga mening ham oʻzining xizmatiga bogʻlanishim uchun va oshiqlarining eng kichigi hamda hikmat va nurining dalloli boʻlishim uchun yolvorsangiz!...

Har on oyoqlarining ostini oʻpish otashi bilan hasrat va nola chekkan, haqir maxluq

Ahmad Fayzi

(Ahmad Xusravning Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdusining Ikkinchi Maqomi munosabati bilan yozgan bayoni.)

Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!

Uch-toʻrt kun avval Janobi Haqning muqaddas kalomidan xushxabarlar chiqarib, butun olamga sochgan joʻshqin dengizlarning oqimlari kabi, fayzlari bilan bizni mast aylagan, botuvchi quyoshning har kunduzga maxsus soʻnmas ziyosi kabi, bardavom kelayotgan nurlari bilan bizni nurlantirgan, hech kimni shubha bilan qiynamay, oʻziga xos balogʻati bilan aqllarni boʻysundiradigan qobiliyat bilan soʻzlagan, tinglovchilar va oʻquvchilarni oʻziga qaratgan azamatli kulliyoti Nurdan yana bir Nur oldim.

— 188 —

Bu Nur chiroyli Islom nishoni va u buyuk rahmat xazinasining kashshofi boʻlgan "Bismillahir rohmanir rohiym"ning minglab sirlaridan oʻttiz sirga javoban olti sir bilan nurli shu'lalarini zehnlarimizga naqsh etgan va rahmatning ming bir asmo-i Ilohiyadan kelgan shu'lalari bilan, insonga hadsiz-hisobsiz Subhoniy neʻmatlarining madad qoʻllari bilan yordamga yuborilganini oʻrgatib, bizni soʻngsiz fayz daryosiga gʻarq etdi.

Bu muqaddas muborak kalimaning har suraning boshida zikr etilishi, ahamiyati, azamati va har bir xayrli ishda takrorlanib muborak bir shafoatchi boʻlishi, Yerda yurgan insonga arshga chiqadigan qomat kiydirishi va ajzi mutlaqda qiynalgan insonni Qodiri Mutlaqqa bogʻlab, insonning qiymatu izzati koʻrsatilgandan keyin,

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ

hadisi sharifi bilan Mun'imi Haqiqiyning ming bir asmo-i husnasining jilvalarining shu'lalaridan chiqqan rahmati bilan parvarish qilib, rahmatning toʻliq jilvasi ekani izoh qilindi.

Suyukli Ustozim! Inson ruhining nazarini, aqli, qalbi va xayolini "Bismilloh" bilan koinot siymosiga, "Ar-Rohman" bilan arz siymosiga, "Ar-Rohiym" bilan turdoshining maʻnaviy siymosiga qaratadi. U yerlardagi keng kulliy rahmatning azamatini, latofatini koʻrsatadi.

Aziz Ustozim! Nazarim qayerga qarasa, aqlim nimani muhokama qilsa, xayolim nima bilan mashgʻul boʻlsa, qulogʻim nimani eshitsa, qalbim qayerga borsa, yurgan yeri va uchragan narsalarida insonga qaragan juda buyuk rahmat belgilarini koʻradi. Samovot va arsh butun haybati bilan insonlarning sayrgohi, jannat haqiqiy maskani boʻladi. Zamin honadon shakliga kiradi. Sharaf ve eʻtiborga ega jamoat - mala-i a'loning yashovchilari va zamin yuziga sochilgan yuz minglarcha maxluqot va nabotot sinflarining insonlarning hojatlari chiqarganlarini, chivinlardan baliqlargacha, zarralardan yulduzlargacha kichik-katta har bir sanʻat asari insonlarning yuziga qoʻrqinch bilan emas, kulib qaraganlarini koʻradi.

— 189 —

Soʻngsiz Rahiym Xoliqi Azimning ushbu kamchiliksiz qasrini tomosha qilib toʻymagan ruh oʻziga qaytadi. Rahmatning nihoyat darajada nozikliklari bilan tartiblangan va idora qilingan jismga qaraydi. Tuygʻulari orasida eʻtiborni faqat xayoliga qaratadi. Aqlda xayolga ajratilgan joyi bir tariq donasi qadar kicihk boʻlishiga qaramay, har doim butun olamni kino tasmalari kabi xayol uyida kezdiradi. Xotira bir tur, aql boshqa bir tur, fikr boshqa bir holda, qalb tamoman oʻzga, komil insonlarda faoliyat holidagi boshqa latifalar yanada oʻzgacha shaklda, basira, sami'a, zoiqa, lomisa, shomma kabi havassi zohiriy ichlariga olgan ma'naviy sohalarga nisbat bilan, nihoyat darajada kichik aqlimda joylashgan. Lekin bir-birlariga qoʻshilmaydi, biri boshqasining vazifasiga aralashmaydi, boshqa-boshqa vazifalarda, turli-tuman doiralarda gʻoyat muntazam ishlashadi. Hatto shifokorlar yillarcha oʻrgangan lekin hal qila olmagan inson vujudining har bir qismi, har bir a'zosining nozik nuqtalarini koʻradi. Bu daraja rahmat bilan tartiblangan, bu qadar muxtalif vazifalar bilan ishlatilgan, bu aqalni xayratda tushirgan uskunani tomosha qilgan ruh, undagi egalik darajasini oʻylaydi. Hukmining hech bir a'zoga ta'sir qilmaganini koʻrib, sigʻinadigan yer, iltijo qiladigan joy, mahliyo boʻladigan borliq qidiradi. Buncha rahmati bilan parvarish qilgan Xalloqi Azimga shukr sajdasiga choʻkib yigʻlaydi, yigʻlaydi, yigʻlaydi. Barcha dardlarini toʻkadi. Uning, faqat Uning lutfu karamiga iltijo etib afv etilishni, dunyoda boʻlgani kabi, oxiratda ham sevganlari bilan birga va'da qilgan Jannatga kiritlishni istaydi va yolvoradi.

Ahmad Xusrav
— 190 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

Oʻtgan hafta olgan maktubimda, "Sening va Sharif Afandining bayonlari qisqa, hech narsa tushunilmaydi. Tanqidmi? Taqdirmi?" dedingiz. Barcha asarlaringizni taqdir va toʻlib yaxshi koʻrib qarshilaganimiz xazratlariga maʻlumdir. Aslini olganda, tanqid qiladigan ilmiy kuch nafaqat bizda, Turkiya olimlarida ham yoʻqligi tajribadan maʻlum.

Bolaligingizda sharq olimlarini lol etishingiz va undan keyin Istanbulga kelib barcha olimlarning maqtov va hurmatini oʻzingingizga tortishingiz bu xususni isbot qilisqhga kifoya. Kerak boʻlsa Sharif Afandi va kerak boʻlsa "Hikmat-ul Isti'oza" va "Basmala" sirrini oʻqigan boshqa birodarlar eshitgan ma'naviy lazzatlardan behush boʻlishgan.

Faqirga kelsak, haqida hech narsa yozmasam ham "Soʻzlar" kamoli taqdirga loyiq. Zero hozirgacha buyuk zavq bilan takror-takror va doim oʻqigan "Soʻzlar" va "Maktublar" haqida qarashimni doim ustozimga aytishga, yozishga soʻz topolmayman. Bu mening ojizligimdan boʻlsa kerak. Bir risola qanchalik kuchli boʻlsa, uni oʻqish undanda kuchlidir. Shuning uchun, nima yozsam ham loyigʻidek maqsadimni ifodalay olmayman.

Hozir hayotim juda zavqli. Soʻzlarning tadqiqoti bilan mashgʻulman. Avval oʻqishlarimda hazm etolmasdim. Hozir oʻta sekin va diqqatli oʻqib tushunishga harakat qilyapman. Tushunmagan joylarim boʻladi, soʻrayman. Bu sabab istifoda qilishim ortdi. Haqiqatdan Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Birinchi va Ikkinchi Shoxida koʻp toʻxtadim. Loyigʻidek anglay olmadim. Ustozimiz bilan koʻrishganimda bu ikki Shoxni xazratlaridan izohini iltimos qilaman.

Muhtaram Ustozim, faqirning bir narsa koʻp hayratiga sabab boʻlyapti. Sizdan bir masalaning izohini iltimos qilganimda, izoh qilasiz. Lekin u izohda ham izohga muhtoj joylari boʻladi. Shunday latif va qamrovli jumlalar bilan javob berasizki, u jumlalarni anglash uchun savol kerak boʻladi. Bundan shu natija chiqadiki, "Soʻzlar"ingizning bir har qatori bir kitobchalik keng va ma'nodordir. Istanilganicha izoh qilinishi mumkin.

Ra'fat
— 191 —

(Doktor Ibrohimning bayoni.)

Afandim!

Nuroniy va ziyodor buyuk maʻnaviy yoʻlda sayru sayohat qilgan umum oxirat qardoshlarim bilan har hafta koʻrishamiz va bardavom chiqqan Risola-i Nur qismlari kabi, fayz va ma'rifat quyoshlarining xabarlarini eshitgan sari; ruhim gullar kabi ochiladi, sevinch va xursandchilikka gʻarq boʻladi. Iste'dodim nisbatida bir-ikki kichik masalani oʻrganishga harakat qilayotgan boʻlsam ham, nur okeanidan qardoshlarimning ruhlariga aks etgan masalalardan bahs qilgan maktublarni yozgan va taqdim qilganlarini koʻrgan sari, muvaffaqiyatsizligimning nadomati va qaygʻum sababli johilligimdan omonlik soʻrayman.

"Ummiylik qanday ham qiyin ekan" deb koʻnglim yigʻlaydi. E'tirof etib, "Ibrohim, haqlisan", deyman. Nihoyat yana umidimni Rabbimdan uzmasdan deyman: "Bir muassasaning boshligʻi, muovini, kotibi, tarqatuvchisi, teruvchisi, xizmatkori boʻladi. Faqir qisman tarqatuvchilik, qisman xizmatkor boʻlsam, nima zarari bor?" deb tasalli topaman.

Ibrohim

(Usmon Nurining bayoni.)

QUR'ONI AZIM

Bir kalimani millionlab marta takror oʻqisam

Ilk boshlaganim lazzatni doimo his qilaman.

Sen Islom oʻchoqlarining soʻnmas bir yogʻdusisan

Sen oʻsha mislsiz zotning tengsiz kalomisan

Rabbing eng suyukli Rasuliga taqdir boʻlgan

Qiymatli ming bir tur isbotli kalomsan.

Qaysi kitob borki, asrlarcha bunday hurmat bilan oʻqilgan

Qanday bir nonkoʻr, kelsin senga tajovuz qilsin

Aslo, senga ishonmaganlar kofir boʻlsa ham

Kelsin uning dallolining yoniga oʻtirsin.

Dalloldan olsin ilhom darsini

La'nat etar, inkor etganni Qur'onni

Ilmning eng kuchli ustozi, burhoni

Zalil etar, qarshisida seni tanimaganni.

— 192 —

Qudsiy kitobning juda mashhur, uning dalloli Ustozim Said

Koʻngil istar, oʻsha qolipda boʻlsin minglab Said.

Xuddi oʻsha kunning tongida oʻqiganim, buyuk va muqaddas kitobimiz Qur'oni Azimushshondan olgan nurli Ilohiy ilhomdan, quyosh kabi quvvatli boʻlgan oliy risolalaringiz ojizda qoldirgan chuqur his va ta'sirlaridan tugʻilgan.

Usmon Nuri

(Xulusiyning bayoni.)

Afsuski Mirqot-us Sunnat hisoblasngan muborak maktub haqidagi ihtisoslarimni aytishga iqtidorim yoʻq. Ammo istiqomatli tafsir, i'jozli bayon, nurli e'lon kabi shaʻniga loyiq ta'bir bilan ta'riflay oladigan oʻn bir nuktani ichiga olgan Beshinchi Yogʻduning ma'nosida topdim. Ma'nan aytadiki: "Sunnatga amal qilib mukallaf boʻlgan, Nabiyyi Ziyshonning Alloh tomonidan keltirib xabar bergani yaqiynan ma'lum boʻlgan narsalarning haq ekanini bilib, qalb bilan tasdiq va til bilan iqror etib, ta'rif qilingan iymon va Islom shartlarining majmui boʻlgan oʻn bir adadi nurli maktubdagi nuktalarda ochiq-oydin tavofuq bor. Modomiki shunday ekan, moʻminman degan kishi sunnatga ergashishi kerak. Alhamdulilloh musulmonman, deb da'vo kilgan va لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ malomatidan qutulishni istagan kimsa sunnatni mahkam tutishi kerak, vb. haqiqatlarni dars beradi.

Bu maktubni olmasdan avval, Alloh xayrli qilsin, bir kecha tushimda katta bir masjidda ekanman. Namoz oʻqilgandan soʻng, eshikka yaqin bir yerda tik turgan ekanman. Qarasam, mehrobning chap tomonidan kichik jamoat kelyapti. Menga yaqinlashganlarida, "Bu Abdulqodir Jiyloniy Hazratlari" deb qulogʻimga bir ovoz keldi. Ixtiyorsiz, "Madad yo Gʻavsi A'zam" deb, yigʻlab oyoqlariga yiqildim. Muborak chap qoʻllari bilan meni yerdan koʻtardilar va shafqat koʻrsatdilar. Oʻzlari uzun boʻyli, juda haybatli va ustlarida qora chakmon, muborak saqollari qora, oqlari juda kam. Jilmaygan va nuroniy bir chehra. Muborak boshlarida bir kesik konus shaklida baland va oppoq salla bor edi. Masjiddan chiqib, yonma-yon xonada jamoat bilan birga oʻtirganimizni ham xotirlayman. Bu tush menga koʻp zavq berdi. Duo va himmatlarining Hizb-ul Qur'on ustida har doim mavjudligiga yanada koʻproq yaqiyn hosil ettirdi.

Xulusiy
— 193 —

(Sabrining bayoni.)

Bu safar bir qit'a buyuk lutfga sazovor maktub bilan Kitobi Mubindan chiqqan fayz va maʻnolarning natijasi hisoblangan, Mundarija-i Mubinning Toʻrtinchi Qismini Sulaymon Afandi qardoshimiz vositasida olib oʻqidim. Muallifiga, kotibiga, noshiriga, xodimlariga minglab duo qildim. Haqiqatdan ikki soatlik oʻqish vaqtimda Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning hammasini qisqacha oʻqiganchalik lazzatlandim va foydalandim. Aytdimki: Xazratlari lutf qilgan maktubda ishora qilinganidek, toʻrt nusxa emas, balki bir necha oy, har vazifadan ustun qoʻyib mundarijani koʻpaytirish va nashrga harakat qilishimiz kerak.

Modomiki gʻoyamiz Qur'on haqiqatlari nurlarini yoyishdir. Bu muborak va Qur'oniy bebaho haqiqatlar asarining xulosasi va natijasi va ta'biri joiz boʻlsa, toʻliq birinchilaridandir. Nusrat kaliti va fath zinasidir.

Ustozi azizim! Muqaddaman bu qiymatli asarlarni Allohning yordami bilan yozgan sari, bu qusurli talabangizni bir tinglovchi sanab hamma asarni yuborayotgan va nurlantirayotgan edingiz. Oʻsha paytlar, gʻayri ixtiyoriy nur bilan zulmat qarshisida boʻlganim sababli, nurlar bilan oramdagi parda ochilmagan edi. Hozir oʻldiruvchi zahar ta'biriga loyiq muxolif, zid, manfiy jarayonlarning yoʻqolishi, alhamdulilloh nurlari benihoya Qur'onning eshiklari ochildi. Salif-ul arz zulmatining asiri boʻlgan vaqtlarimda nashr etilgan asarlarni takror oʻqib yoyapman.

Risolalarning daraja-i qiymatlarini va baxsh etgan fayz va muvaffaqiyatini aytish, lison va qalamning koʻp-koʻp iqtidorining ustidadir. Bu muborak va qudsiy Qur'ondan chiqqan va Furqon ziyosi hisoblangan asarni, Qur'onning haqiqiy dalloli boʻlishi kerakki, loyigʻidek madhu sano etsin. Zero bu haqiqiy va abadiy hayotning xazinalarida ishlatilgan soʻzlar va ta'birlarning barchasi boshqalariga har tomondan ustun va yangi bayonlarni ichiga olgan, mukammal ravonlik va chiroyli tushuntirish hamda havas va hayratga loyiqdir. Ular zakovatni ichiga olgan, jamlovchi, jumla va abzatslari Badi' va Hakim ismining xos jilvasi va mumtozi hisoblanadi. Aytsam mingdan bir haqqini ham bera olmayman.

Xulosa: Nurlarning umumi dajjollarga maxsus va tayyorlangan olmos zambarak oʻqlari va ahli iymon uchun haqiqat nurlari manbai boʻlgan Qur'oni Hakimdan soʻnggi asrda joʻshib chiqqan minglab boqiy obi hayoti xazinasidir.

Sabri
— 194 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Beshinchi Yogʻdusining birinchi qismini buyuk bir sevinch bilan oldim.

Suyukli Ustozim! Zotan faqir, ojizona nazarimda, "Shamsi Hidoyatdan nurlarni tarqatgan Soʻzlar" haq va haqiqat boʻlib, haqiqat olamining bozoridir. Haqiqat olamida nima boʻlsa, shuncha boy, shuncha jihozlangan, shuncha bepoyondir. Bunday olam bozori mollarini olish kerakki, bir podshoh quvvati boʻlsin. Agar koʻrish kerak boʻlsa, shunday bir keskin ta'sir qiladigan, sayyor bir nazar boʻlishi kerakki, sayri sayohat bilan koʻra olsin. Bu juda oz boʻlgani sabab, olish va koʻrish kerakki, barcha mollarning bir namuna lavhasi boʻlsin.

Ey suyukli Ustoz! Avvallari har bir namuna lavhasi, bir qismi bilan toʻplarning va kulliylarning navlarini koʻrsatar edi. Endi bir narsaga yaramaydi. Ammo boshdan oyoq nurli bepoyon xazinaning mundarijasi va namuna lavhasining har bir qismidan, "hanifan musliman" koʻylagi chiqadigan ajoyib va qiymatga ega. Umumga muxolif kulliyot bilan ajoyib boʻlgani kabi, juz'iyotlari bilan ajoyib tamgʻaga sohib.

Ha Ustozim, bu maktubni koʻchirar ekanman, qalb va ruhim qaynab, toshib, barcha risolalar nurlarini kamoli shavq va hasrat bilan koʻrishni istadim.

Demak Ustozim, barcha risolalarning har bir parchasiga ehtiyojimiz boʻlgani kabi, har bir parchani birdan koʻrishga qattiq ehtiyoj bor. Janobi Vojib-ul Vujud sizga kamoli rahmat va marhamatidan, u rahmat va marhamatidan mukofotga noil aylasin. Omin.

Hofiz Ali

(Ukam Abdulmajidning bayoni. Xulusiy Beyga yozgan maktubidan.)

Ey azizning azizi, Hazrati Seydaning muhratam shogirdi!

Men tashna boʻlgan xushxabari bor nomalaringizni xursand boʻlib oldim. Bor boʻling. Javob yozish kerak, ammo nima yozay. Ruh noxush, qalb behush, boshim boʻm-boʻsh. Toʻrt tomonimdan tomchilagan qoʻrqinch, qaygʻu, umidsizlik, zararlarni tasavvur qilgan sari aqlim jinnilikka, ruhim jannatga, ya'ni Shomga borish uchun xushim tayyor. Shuning uchun, na Seydaning, ya'ni Ustozning talabaligini va na sizning qardoshligingizni loyigʻidek ado etolmaganimdan nima yozishimni ham bilmayman.

— 195 —

Sizdan kelgan maktublar sof, toza, nurli fikrdan chiqqani uchun, oʻqiganlarga nur beradi. Zulmatli fikrimdan chiqqan maktublarni sizni xafa qilish ehtimolidan qoʻrqib-qoʻrqib yuborishga jasorat qilolmayman.

Abdulmajid

(Ra'fat Beyning bir bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!

"Soʻzlar", "Maktubot" va "Deraza"larning mundarijasi shunchalik chiroyliki, bir marta koʻz yugurtirgan odam, Risolat-un Nur parchalarining qiymat va ahamiyati haqida bir tomonlama fikr aytilishi mumkin. Bu mundarija umum risolalarga badaldir. Hech bir muallif yozgan bir yuz yigirma kitobining har birining xulosasining ma'nosidan va ayniqsa matnidagi oyatlarni munosib va ma'noli tarzda sanab, risolalarning gʻoya va mohiyatlaridan bahs etmoq sharti bilan bunday ahamiyatli toʻrtta risolani vujudga keltirolmaydi. Mundarijaning yana yaqqol vasfi borki, u ham oʻz ixtiyoringiz bilan boʻlmasdan, sunuhoti qalbiya bilan boʻlganini isbot qiladi. Biz bu hollarni koʻrgan sari, siz kabi bir ustozga noil boʻlishimiz sababli Rabbimizga bisyor shukr qilyapmiz.

Ra'fat

(Xulusiy Beyning bayoni. Egʻirdirda bir qardoshimizga yuborgan maktubidan.)

Ustoz Hazratlarining oxirgi Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn uch va Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdularini ichiga olgan juda qiymatli, nurli va hikmatli, boshdan oyoq nurga toʻla haqiqat darslaridan chuqur ma'noli, shirin lazzatli, toza asal hisoblangan mukammal asarlarini olib baxtiyor, javob yozishga muvaffaq boʻla olmaganim uchun badbaxtman. Shu yerchada yozishga niyat qilganim bir nechta satr bilan haqiqatlar darsidan olgan fayzimni izoh yoki tuygʻularimni naql etishni istamayman. Chunki bu darsning oxiridagi xususiy hoshiya, meni xuddi ma'nan bir muddat maktub yozishdan man etdi. Zohiriy ma'nolar bu ishoraning toʻgʻridan toʻgʻri bu bechoraga oidligini koʻrsatmoqda. Bu nurli darsni bir marta (Oʻn Uchinchi Yogʻdu qismini) imom Umar Afandi kabi birodarlarga oʻqiy oldim.

— 196 —

Suyukli Ustozimning amr, ishora, dars, tanbeh, ogohlantirish, irshod, qoʻrqitish, shafqatlari doimo haqdir. Bugungacha aytilgan fikrlar bunday boʻlish bilan birga, bundan keyingilar ham ayni mohiyatdadir. Aslo shubha va ikkilanishim yoʻq. Tabiiyki, intuitsiya tasodif emas. Haqiqiy, fitriy savqi Ilohiy - instinkt, Subhoniy taqdir har bir ishimizda hukmrondir. Juz'i ixtiyorimiz bilan gunohlarimizdan mas'ulligimiz, hasanot Xudoning tavfiqi bilan berilishiga Qur'oni bahir-ul burhon sodiq shohiddir.

Xulusiy

(Egʻirdir Muftiysiga oxirgi eslatma)

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Eski bir doʻst va ilm nuqtasida birodarligimiz bois siz bilan bir suhbat qilaman. Ikkimizga tegishli muhim diniy musibatni sizga xabar beraman. Buning oldini olishga mumkin qadar birga harakat qilishimiz kerak. Jumladan:

Xazratingiz hammadan koʻra koʻproq xizmatimizga tarafdor va jon-jahd bilan himoya qilish kerak ekan, afsuski majhul sabablar bilan zararimizga tarafdorlik bilan va bizga qarshi sovuq tarzda raqibona qaraganingiz uchun, oʻgʻlingizni bu qishloqqa joylashtirib unga doʻst-yoron topish uchun harakat qildingiz. Natijada bu yerda shunday bir vaziyat hosil boʻldiki, mohiyatini oʻylagan sari, sizning oʻrningizga ruhim titraydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ qoidasiga asoslanib gunohlardan, sayyiotdan siz mas'ulsiz.

— 197 —

Zaharga darmon nomini berish darmon boʻlmagani kabi; zindiqlar hissiyotini bergan va dinsizlikka zamin tayyorlagan bir hay'atning vaziyatiga, qanday nom berilsa berilsin, Yoshlar Yurti deyilsin, hatto Muboraklar Yurti deyilsin, nima deyilsa deyilsin, ma'no oʻzgarmaydi. Boshqa yerlarda, Yoshlar Yurti va Turklik Majlisi, Tajaddud Mahfali kabi ism va unvonlar bilan boʻlgan hay'atlar boshqa shakllarda zararsiz boʻlishi mumkin.

Ammo ushbu qishloqda modomiki sakkiz yildan beri, faqat iymon asoslari, din haqiqatlari usuli bilan mashgʻulmiz. Albatta qishloqda bizga qarshi tinch qoʻymaydigan hay'at ergashadigan asos iymonsizlikka va din usuliga teskari, hatto zindiqlar hisobiga harakat oʻrniga oʻtadi. Bilinsin-bilinmasin, natija shunday chiqadi. Chunki bu tumanda hamma biladiki, siyosat jarayonlari bilan aloqam yoʻq, aksincha faqat din haqiqatlari bilan mashgʻulmiz. Bu yerda birov bizga qarshi harakat qilsa, hukumat hisobiga boʻlmaydi; chunki tutgan yoʻlimiz siyosiy yoʻl emas. Ham yangi bid'atlar hisobiga ham emas, chunki haqiqiy ishimiz, iymon va Qurʻon asoslaridir.

Ham rasmiy Diyonat Idorasining ishlari hisobiga ham emas. Chunki ishlarni tanqid va muxoliflik ishi bizni muqaddas xizmatimizdan manʻ qilgani uchun, u ishni boshqa birovga qoldirib u bilan mashgʻul boʻlmayapmiz. Mumkin boʻlganicha u ishlarga aralashmaslikka harakat qilyapmiz.

Shunday ekan, sakkiz yil ushbu iymoniy jarayon markazi boʻlgan ushbu qishloqda, bizga qarshi muxolif va tajovuzkorona vaziyat olgan, qanday nom berilsa berilsin, muxolifligi zindiqo hisobiga va iymonsizlik nomiga qayd qilinadi.

Sizning ilmingizga va ijtimoiy oʻrningizga, muftiylik mansabingizga, tumandagi nufuzingizga va farzand haqidagi qattiq shafqatingiz sababli tashviq qiluvchi yordamingizga tayanib, bu yerda ham menga ham sizga juda jiddiy aloqador vaziyat vujudga kelmoqda.

Men bu yerda vaqtinchaman, isloh qilish mening vazifam emas, balki bir daraja mas'uliyatdan xalos boʻlishim mumkin. Ammo xazratlari ham sabab, ham tayanch nuqtasi boʻlganingiz uchun, mudhish mevalar amal daftaringizga yozilmasligi uchun, hamma narsadan avval bu vaziyatni isloh qilishingiz kerak yoki oʻgʻlingizni bu yerdan oling. U doimiy sizning ma'naviy zararingga gunoh qiladigan dastgohni oʻzgartirishga harakat qiling. Sizga bu dastgohning mahsulotidan namuna sifatida sizning hisobingizga, menga muxoliflik qilgan faqat ikki kichik namunani aytaman:

— 198 —

Birinchisi: Menga haddimdan ortiq husni zon - yaxshi tasavvurda boʻlgan va harakatlarimni hammadan koʻra koʻp haq deb bilgan bir ahli ilm, sizga ishonib oʻgʻlingizga maslak jihatidan doʻstlik qilgan. U odam bir kun yonimga keldi. Mening xonamda namozimni oʻqish vaqti keldi. Men bilan birga jamoat bilan oʻqish uning yonida juda ahamiyatli edi. Lekin qulogʻi Azoni Muhammadiyni (ASV) yashirin eshitishdan nafrat qilib, qoʻrquv sababli jirkanib turib qochdi. Bu ishga siz fatvo bering. Faxri Olamning (ASV) eng nuroniy, laziz, qudsiy kalimalarini eshitishdan qochgan quloqning ostidagi qalbda iymon qay holga kelganini siz ayting!

U shunday holda boʻlsa, boshqa johil yoki yoshlar u ishda qanday tusga kiradilar, qiyos qilinglar. Bu ishga men bilan birga yigʻlanglar.

Ikkinchisi: Bir doʻstim bor edi, taqvosi oʻta qattiq darajada edi. Yonimga kelganda oxiratga oid eng chiroyli qismlarni menga koʻrsatar va eslatar edi. Xazratlari uni bir daraja mendan sovutish va oʻgʻlingizga doʻst qilish uchun u bilan gaplashgansiz.

Xullas, u kishi oʻsha suhbatdan keyin oʻtgan Ramazonda bir kun menga Xulagu va Chingiz voqealarini oʻqitish uchun koʻrsatdi. "Bularni oʻqing", dedi. Men kamoli taajjub va hayratdan: "Qardoshim, sen devona boʻldingmi? Mening "Daloili Hayrot"ni oʻqishga vaqtim yoʻq. Bunday zolimlarning zolimona ishlarini Ramazoni Sharifda menga oʻqitishni qayerdan olding?" dedim. Haftada ikki marta yonimga kelgan xos doʻstimni, ikki oyda bir marta boshqa koʻrolmadim. Faqat u haqida inoyat bor edi, u holidan qutuldi.

Nima boʻlganda ham... Bu turdagi achchiq hodisalar koʻp. Haqiqatli bir qardoshimning nasabiy qardoshi boʻlganingiz uchun qoʻpol emas, bu muloyim dardlashishdan ranjimang.

{(Hoshiya): Hech kimga aytmagan, hatto oʻylashni ham istamagan, Qur'oniy xizmatimizga zarar bergan bir holatni aytib beraman: Bir kuni xazratlari bizga doʻst koʻringaningiz sabab oʻgʻlingiz talaba kabi yonimga keladi. Jiddiy istifoda qilishga harakat qilardi. Menga qiyinchilik tugʻdirish emas, balki eslatishi jiddiy deb qabul qilardi. Xazratlari menga qarshi raqiblik qilishni boshlashingiz bilan bu oʻgʻlingizga ham ta'sir qilib, eng itoatkor talabadan eng marhamatsiz bir dushman holatigacha bordi. Oʻshandan beri tortgan azoblarimning va Qur'on xizmatimizga kelgan zararlarning katta qismi oʻgʻlingiz sababli keldi. Bu sizning raqiblik holatingizdan kelganiga shubha qolmadi. Nufuz va hurmatingiz boʻlmasa edi, oʻgʻlingiz bunday narsalarga qoʻshilmas edi.

Nima boʻlganda ham... Sizni batamom ranjitmaslik uchun tugataman. Qardoshim Haqqi Afandining xurmati uchun men haqqimni halol qilaman. Ammo bizni ishlatgan va xizmatiga qabul qilgan Qur'oni Hakimning zarbasidan qoʻrqish kerak, balki u kechirmas...}

Said Nursiy
— 199 —

(Ahli bid'atning qattiq hujumiga uchragan Sulaymon haqida.)

Savol: Sulaymon qanaqa odam? Bu yerning boshligʻi va koʻp odamlar uni tanqid qilishyapti. "Domlaga keraksiz soʻzlarni aytadi, xato qiladi, goʻyo munofiqlik qiladi", deyishadi. Sizga koʻpdan beri xizmat qilyapti, mohiyati nima, bildiring?

Javob: Sulaymon sakkiz yil men kabi asabiy, jahldor bir odamni hech qachon ranjitmasdan, hech qanday moddiy manfaat evazisiz, oʻz ishini tashlab, kamoli sadoqat bilan Alloh uchun xizmatini qishloqdagilarga ma'lum. Bunday odam bilan bu qishloq emas, balki viloyat faxrlanishi kerak. Bu tarz axloqning bu davrda borligi, ibratga molik.

Men ham gʻarib, ham musofirman. Tinchligimni ta'minlash qishloqning qarzi edi. Bu qishloq nomiga Janobi Haq uni, Mustafo Chovushni, Muhojir Hofiz Ahmadni va Abdulloh Chovushni menga ehson qildi. Men Janobi Haqqa shukr qilaman. Ular menga yuzlab doʻstchalik qiymatli koʻrinishdi, vatanimni menga unuttirishdi. Gʻurbat va musofirlik azobini torttirishmadi. Bular sabab men bu qishloqning tirik va vafot qilganlari bilan aloqador boʻlib, ularga har doim duo qilaman. Sadoqat jihatidan Sulaymondan kam boʻlmagan Mustafo Chovush bilan Muhojir Hofiz Ahmad hozircha hujumga uchramagani uchun, yaxshiliklaridan bahs qilinmadi. Bir oz Sulaymondan bahs qilamiz. Jumladan:

— 200 —

Sulaymon mening har qanday xususiy ishimni va kotibligimni mukammal shavq bilan minnatsiz, evaziga hech narsa qabul qilmay, kamoli sadoqat bilan qildi. Hatto shu daraja xizmatni sof va xolis, Alloh uchun qilardiki yuz martadan koʻra koʻproq istagan daqiqamda, kutmagann paytim kelar, fasubhanalloh derdim. "U mening qalbim istagimni eshitadimi?" Angladimki, u ishlatlmoqda, holati esa sadoqatining karomatidir. Hatto xizmatimda boʻlgan bir kun bir yoshli qiz bolasi qarovsiz qolibdi. Bola baland tomdan tosh ustiga yiqildi. Xizmat sadoqatiga ikromi Ilohiy bola sifatida bolaga hech narsa qilmabdi. Shuningdek sutdan, koʻkrakdan ham ajralmadi. Nima boʻlganda ham, bu sadoqatining yogʻdularini koʻp koʻrdim.

Sulaymonda sadoqat bilan birga asosli bir ixlos koʻrdim. Ha, bu kunlarda insofsiz insonlar uning sharaf va obroʻyini toʻkadigan darajada, u haqda xabarlar yoygan payti, unga tasalli berib: "Senga bu yomon shuhratni orttirish sababli riyodan qutulasan", dedim. U ham kamoli baxtiyorlik bilan va jiddiy suratda tasallini qabul qildi.

Gʻiybat haqidagi masalaga kelsak: U zot menda gʻiybatga qanchalik qattiq nafratlanishimni bilgani uchun, meni gʻazablantirmaslik uchun, mumkin qadar, ruxsat ham boʻlsa, aytmaydi. Va ayniqsa Ramazonda, batamom saqlanadi. Zotan axloqida birovga zarar qilishlik yoʻq. Insofsizlarning xabar yoyishiga sabab, bor-yoʻgʻi shu boʻlgan: Bir kishi: "Domla falon odamga shunday deganmi?" deb soʻrabdi. U soʻragan odamga javob berishim uchun kelib, menga ayni aytdi. Holbuki bu soʻzda na gʻiybat bor, na boshqa narsa. Mayli nima boʻlganda ham...

Men bu qishloqda eng koʻp ishongan va toʻliq axloqlari va diyonatlariga shubha qilmagan Mustafo Chovush, Sulaymon Afandi kabi qardoshlarimni tanqid qilishlarini kutmayotgan edim. Men ketgandan keyin, bu yerda menga koʻrsatgan hurmatlarini oʻrnimga ularga koʻrsatadilar dedb oʻylar edim. Umidim shuki, qishloq xalqining yuzdan toʻqsoni ularning qiymatini biladilar. Bir nechta insofsizlar tanqid qilaversinlar, u tanqidlardan nima chiqadi? Ularga zarar qilish, toʻgʻridan toʻgʻri menga zarar qilishdir. Menga xizmat qilgan qardoshlarim, hech qanday moddiy manfaatni oʻylamay, qabul qilmay va aksincha oʻz choʻntaklaridan men va mehmonlarimga qarashadi. Hatto Sulaymonga ba'zan yemagan bir nonimni bersam, meni ranjitmay oladi. Ammo qat'iyan evazsiz olmaydi. Uning oʻrniga uyidan keltiradi. Ora-sira bir piyola choy taklif qilardim, u chekinardi. Nima uchun bunday qilyapsan desam, "Xizmatimizga moddiy foyda aralashmay, fiysabililloh, ixlosli boʻlishni istaymiz", derdi.

— 201 —

Hatto Sulaymon va Mustafo Chovush mehmonlarim uchun koʻp xizmat qilib, hech qachon hech bir musofir bu ikkisiga hadya keltirganini koʻrmadim, bilmadim. Lekin Bekir Bey bir marta Sulaymonning kichik qiziga bir nechta meva bergan. Uning oʻrniga Sulaymon (bilishimcha) bir necha marta baqlajon, qalampir, qovun kabi sabzavotlar hadya qilib, unga yuboribdi. Bekir Bey bu yerga kelganda uning va boshqa mehmonlarning hayvonlariga somon, arpa beradi.

Buning bu axloqi feʻlida bor edi. Yonimga kelganida, mening hayot dasturim boʻlgan behojatlik-istigʻno va insonlarning hadyalarini olmaslik qoidasi, uning asliy axloqiga muvofiq kelgan. Bundan ortiq, insonlarning hadyasini qabul qilish emas, ularga qilgan yaxshiliklarga javoban ham bir narsa qabul qilmaydi. Hatto yuz marta men qistaganman, mendan ortib qolgan hech narsani qabul qilmaydi.

Hatto bir marta, bir oʻqqa uzum, turshak, bir oʻqqa asal bor edi lekin yemayotgan edim. Mehmonlarga ham yedirmoq istamas edim. Unga taklif etdim, "Bu hadyamdir, tabarrukimdir, bolalaringizga hadya qilyapman, olishga majbursan" dedim. Oldi, ikki shinik bugʻdoyini, menga (tegirmondan oʻtkazib, un qilib) keltirdi. Toʻrt oydir hali tugamagan.

Uning haqiqiy holi bu ekan, insofsiz insonlar u haqida, "Saidning soyasida yashayapti", deb mish-mish tarqatishyapdi. U ham kamoli iftixor bilan: "Ha, ustozimning soyasida qanoat va tejamkorlikni oʻrgandim, osoyishtalik bilan yashayapman. Odamlarning bu soʻzlari men uchun yaxshi. Meni riyodan qutqaradi, ixlosga chorlaydi", dedi.

Men: "Sen uchun yaxshi, Qur'onga xizmati zarardir. Ixlos bilan Alloh uchun xizmat qilayotganingizni ahli bid'at bilsinki. Shuning uchun holatingning haqiqatini bayon qilyapman.

Said Nursiy
— 202 —

(Xulusiyning bayoni.)

Rajab oyining Oʻn Sakkizinchi kuni, Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi, Ikkinchi Yogʻdulari bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomini, Sha'bonning birinchi kuni, ya'ni yozilganidan oʻn uch kun soʻngra oldim. Rajabning oʻn sakkiz raqamiga yana oʻn uch qoʻshilsa, muborak maktubning raqamini quvvatlantirib, gʻaybiy ishora koʻrsatilmoqda. Bu nurli maktubdan olgan hissamni, avval kelgan ma'naviy fayzidan, oliy marhamatingizga ishonib aytaman:

Maktub bu yerning pochtasida qolgan kechasi, uyqu olamida shunday gʻarib bir holat koʻrdim. Alloh xayrli qilsin. Oy yer qaridan tezlik bilan chiqib, osmonga tikka yuksalishni boshladi. Chiqishi bilan tez yuksalganida hech qanday yorugʻlik belgisi yoʻq edi. Sukunat bilan harakatni kuzatib, xuddi gʻaybiy bir ovoz menga, "Alomati kubro boshlandi" deyayottganday boʻldi. Oyning tez chiqishi asnosida, bir joyga kelganda porlab, kattalashdi. Toʻlin oy holining bir nech barobarida kattalashdi. Bu vaziyatda bir inson shakli koʻrindi. Qisqa vaaqt oʻtib bu shakl va qamar yoʻqoldi. Jahon boshdan oyoq zulmat ichida qoldi. Gʻarbda, ufqdan bir nayza boʻyi yuksakligida, Quyosh soʻniq ziyo bilan koʻrindi. Ufqni kuzatib bir muddat shimol tomonga oʻta tezlik bilan borib, yoʻqoldi. Takroran zulmat boshlandi. Sovuqqonliligimni muhofaza qilib, qiyomat boʻlyapti deb uygʻondim.

Bu dahshatli tundan soʻng kunduz kuni Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yogʻdularini ichiga olgan qiymatli asarni oldim, oʻqidim. Oʻzimga oʻzim kechagi holatni oʻyladim. "Bu muborak maktub menga shu darsni bermoqda: Sen bir kemaga mingansanki, u katta kemang bosh aylantiruvchi tez, cheksiz fazoda suzdirilyapti. Bu kemani nuqsonsiz aylantirgan Qodiri Qayyum, senga boʻsundirgan, muntazam chiqqan va botgan Quyosh bilan kichrayib, kattalashib mukammal samoviy taqvim vaziyatini koʻrsatgan Oy kabi azim jismlarni ham ishlatmoqda. Bir sayyora "Kun fayakun" amrini olgan vaqti, muazzam sayyoralar kabi millionlab sayyoralar bir-biriga qoʻshiladi, nizomi olam buziladi, hamma narsa xarob boʻladi.

— 203 —
﴿ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

sirri zohir boʻladi. Shunday ekan eng metin, eng oliy, eng muzayyan boʻlib koʻringan bu koinot saroyining bir onda qulashi, xarob boʻlishi, barcha yashovchilarining mahv va nobud boʻlishlarini fikr qil. Hech ichra hech ekanini esla. Kichkinagina hayot qayigʻingni, togʻlar kabi toʻlqinlari boʻlgan, qisqacha umringning dengizida aldanib choʻktirma. Abadiy hayotingni soʻndirishni istagan, eng katta va eng yaqin nafsingning hiylasidan xalos boʻlishga harakat qil. Buning uchun senga juda oson va arzon, ta'siri sinalgan va qat'iy va

﴿ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ٭ رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ﴾

kabi xalos, shifo va najot vositalarini tavsiya qilaman. Bularni, xususan shom va xufton oʻrtasida oʻttiz uch martadan aytishda davom et", deyayotganini his qildim.

Oʻsha kichik tushning ta'biri muhtaram ustozimga oid va orzulariga bogʻliqdir. Bu safar ma'naviy maxrumlikning davom etishi meni jiddiy ravishda xafa qilgan edi. Sabr qilishga gʻayrat qildim, faqat ajibki, bu muborak maktubning bu yerning pochtasiga kelishi tongda اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ amri jalilining quvvatiga tayanib bardosh qilayotganimni, ammo xavotirdan insonlik taqozosi sabab qutula olmaganimni aytgan kichik maktubni uxroviy qardoshimiz Haqqi Afandiga yuborgan edim.

Bu nurli maktubning boshida besh nuktali Ikkinchi Yogʻdu boshimga toʻqmoq urib: "Ey bechora, sabrdan bahs qilish senga yarashadimi? Koʻzingni och, Hazrati Ayyub Alayhissalomning sabrlariga qara! Aqling boʻlsa u Paygʻambari Ziyshonning (AS) sabrdagi qahramonliklarini taqlid qilishga harakat qil va qoʻrqinchli ma'naviy yaralaringdan qutulish uchun

﴿ رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ﴾

duosini doimiy zikr qil", deb tanbeh va ogohlantirganiga qanoat hosil qildim. Alhamdulilloh dedim.

— 204 —

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Birinchi Ramzining Birinchi Maqomining Birinchi Bobi, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning eng kattasi va qiyomatgacha i'jozining davom etishiga shubha yoʻq Qur'oni Karimning oʻttiz juzidan oʻttizinchi, bir yuz oʻn toʻrt surasidan bir yuz oʻninchi, lafz e'tibori bilan kichik, ammo maqom va ma'no e'tibori bilan oliy va keng Nasr surasidagi juda muhim sirlardan juda aziz va muhtaram Ustozimiz vositasida koʻringan tavofuqlarga munosabati boʻlgan bitta sirridan bayon qilingan uch masala menga shunday qanoat keltirdiki, kichik suraning uch oyatidan uchdan bir va hammasidan oʻttiz juz Qur'onga, hatto har harfida bir suraga ishora va dalolat mavjud boʻlganini jazm etdim.

Bu nuroniy maktub haqidagi muxtasar hislarimni yuqorida ojizona ifodaladim. Fayz manbaiga moddiy va ma'naviy jihatdan juda yaqin qardoshlarimga bu tarqoq ifodalarning eshik ochib, bu yerdan ichkariga kirishga sizlar loyiqsiz, deb foyda berishi haqidagi amrlaringizdan juda sevindim.

Suyukli Ustozim! Alloh uchun sevganlar, Qur'onga xodim boʻlishni yurakdan istaganlar, musibatning kattasini dinga kelgan musibatlar deb bilganlar, zohiran qanchalar dabdabali, tantanali koʻrinsa ham, har bir bid'atdan mutlaqo va albatta Qur'on va iymonga hujum his qilishgan... Ular niyatlaridagi ixlos, qalblaridagi soflik va iymonlaridagi quvvat va Qur'onga jiddiy bogʻliqliklari darajasida, Allohga hamd manbai markazi va fayzga bulogʻi (Ustoz)ga yaqin boʻlishadi. Albatta bunday yuksak ruhli, jiddiy, ixlosli, metin, iymonli qardoshlarimni juda sevaman va sazovor boʻlgan Ilohiy neʻmatlarga shukr qiluvchilardan boʻlishlarini yolvorib soʻrayman. Taqdir taqozosi bilan dunyoga shoʻngʻigan, ma'siyatda bulgʻangan, haqiqatda ayanchli gʻurbatga tushgan bu bechora qardoshlariga duo qilishlarini iltimos qilaman. Jumlasiga, xususan ismlari zikr qilingan Gʻolib, Xusrav, Hofiz Ali, Sulaymon Afandilarga va Nurlarning boshkotibi Shomli Hofiz Tavfiq, xasta boʻlgani uchun siqilganimni va inshoalloh sogʻaygan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga va boshqa yaqinlarga salom va duo qilaman.

Xulusiy
— 205 —

(Sabri Afandining bayoni.)

Ey buyuk Ustoz!

Shohi Jiyloniy Hazratlarining ma'nodor va qamrovli qiymatdor bir baytini Kitobi Mubin Dallolini ma'naviy barmogʻi bilan koʻrsatgan va unga a'zo boʻlganlarni imo va ishora qilgan tafaulnomaning oxirgi bayonida oʻqidim. Shubha qilmay aytamanki: "Ha, Nurlar hay'atini umum ahli haq va haqiqat ma'naviy elektr oynalariga maqsad qilganlar. Va hatto Qur'oni Azimushshonning va ahodisi Nabaviyaning bu xususni ochiqcha yoki sirli va ramzli xabarlari bilan ham bor".

Bu sof va xolis jamoat orasida ikkinchi Xulusiy ismiga loyiq va iste'dodi boʻlmagan va hech ichra hech boʻlgan bir abdi purqusurga ham, haddidan ancha ustun joy berilmoqda. Holbuki ojizligi bepoyon, kamchiligi koʻp, xatosi buyuk Sabri oʻzini, amallari sahifasiga qaraganida juda qora va oʻzidan nafratlanishga sabab sifatida koʻradi. Bu yerda ishora qilingan shaxs ismi bilan, amal va harakatlari bilan, sabr va shoshilmasligi musbat va aniq boshqa qardoshlarimiz ekaniga hukm etadi. Chunki qiymatli xazina va dafinani kashf etgan va oʻsha zamin va zamonda gʻayratli kashshofga tadqiqot qilishda oʻzini fido qilib xizmat qilganlar u yoʻlda u dafinani topa olamizmi yoʻqmi degan shubha belgisini koʻrsatmay gʻayrat koʻrsatgan, juda qiymatli mehnatining samarasi va dunyo qiymatida hosil boʻlgan gʻayratlari bilan, hammani targʻib, tashviq va nurlanishga boru yoʻgʻini bagʻishlagan kishilar haqiqatdan maqtov va tabrikka loyiqdir.

Xulusiy, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy va Shohi Naqshbandiy kabi qancha muborak zotlarning moziydan shiddat bilan bosgan qadamlarining quvvati bilan, istiqbolda joʻsh uradigan nur manbalarini, nomi oʻtgan boshqa yoʻl, yoʻnalishda boʻlsada, har qanday vazifalardan ustun qoʻyib, دَخ۪يلَكَ يَا دَلَّالِ قُرْاٰنِ oshiqona va mushtoqona nidosi bilan madad soʻrashi, hayratomuz fayz olishga sazovor boʻlgani va boʻlishiga yagona dalil va hujjatdir. Shuning uchun, Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga birinchi tinglivchi boʻlishni loyigʻidek qoʻlga kiritgan va haqdordir. Sulaymon Afandi qardoshimiz ham, ma'naviy va moddiy jihatdan hamkorlikda ishlagan va hech kim qila olmaydigan fidokorona xizmatlarni qilgani uchun, abadiy saodat xolislik tamgʻasini koʻpaytirishga va yoyishga harakat qilgan,

— 206 —

اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ ma'nosiga koʻra, shuningdek u har qanday taqdirga sazovor va loyiqdir.

Bu gunohkor esa, afsuski ismlari oʻtgan zotlarning hech biri bilan qiyos qilinishi mumkin emasdir. Modomiki ustozi oliy shunday koʻrgan ekanlar va bu shaklda marhamat qilgan ekanlar, noshukrlik qilmasdan, shukr qilib qabul qilaman va koʻrgan qora sahifamning oq sahifaga aylantirilishini Janobi Haqdan tazarru va niyoz qilaman. Rahmati Rahmonga iltijo qilarkan, davomiy ustozona tavajjuhlarini yurakdan tilayman afandim.

Sabri

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Sevgili Ustozim!

Besh buyuk qutblarning birinchisi va Gʻavsi A'zam nomi bilan mashhur Shayx Jiyloniy Hazratlarining hozirgi Qur'onning xodimlariga qaragan qasidasidagi muhim gʻaybiy xabarlarni ichiga olgan qiymatli risolani qardoshlarimga va doʻstlarimga oʻqib berdim. Inshoalloh fursat topsam yana oʻqiyman. Xastaligim bir suratini taqdim etishga fursat bermagani kabi, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi va Ikkinchi Mavqiflaridan ham uch-toʻrt sahifadan koʻproq yozishimga moneʻ boʻldi.

Suyukli Ustozim! Buyuk shayx sazovor boʻlgan buyuk tajalliy va noil boʻlgan buyuk Subhoniy lutflar bilan sakkiz yuz yillik masofani koʻrgan va bu muddat orasida kelib ketganlarga va bu kunning dahshatini zavq va kashf ahliga koʻrsatgan, yozuvlaridagi chuqur va juda nozik ma'nolar, idrok qila olganimcha fikr yuritar ekanman, gʻaflatdagi insonlarning nazaridan saqlangan va faqat haqiqat ahli koʻrishiga mone boʻlmagan moziyni xotirladim.

Bu risolaning fayzi bilan ma'naviy gʻayratingizdan va atrofingizda toʻplangan fidokor, mujohid talabalaringizdan va uchragan halok qiluvchi falokatlardan va noil boʻlgan azim Ilohiy lutflradan boshlab Shohi Jiyloniygacha va undan asri saodatgacha uzangan, uzun zamonni xayolan sayr qildim.

Buyuk Gʻavsning sakkiz yuz yil avval e'lon qilgan bu haqiqatning qarshisida hayron boʻldim. Buyuk shayx Eski Said kabi bir muridi bilan, Yangi Said kabi bir darsdoshi suhbatlashyapti. Xoh yerning narigi tarafida boʻlsin, xoh samovotning eng uzoq burchaklarida boʻlsin, xoh Hazrati Odam Safiyulloh zamonida dunyo bilan vidolashgan boʻlsin suhbatlashishga zamon va makon moneʻ boʻlolmagan.

— 207 —

Bu suhbat natijasida gʻaybiy va ajib xabarlarni sakkiz-oʻn yil avval bilgansiz. Hozir uni talabalaringizga dars bermoqdasiz. Xizmatda ustun boʻlgan birodarlaringizga koʻrsatib, xar xususda maqtovga loyiq Xulusiyni va unga doʻst boʻladigan qobiliyatdagi kamtarin Sabriyni hamda xizmat va gʻayratlari bilan sodiqona sa'y-harakat qilgan Sulaymon va Bakir Ogʻa kabi talabalaringizga ishora qilyapsiz. Bu kichik jamoatning panohgohi boʻlgan, azim jamoatlarning himmatlarini va ichidagi nuroniy siymolarni tanitganingiz kabi, Shohi Jiyloniy davridagi Xulagu voqe'asi bilan ham davrimizning riyokor munofiqlariga va boshliqlariga qarata, "Yaqin kelajakda qahrli bir qoʻl sizga jazongizni tamoman beradi, ma'sumlarning intiqomini oladi", demoqdasiz. Bu haqiqatlar koʻrsatilgan toʻqqiz-oʻn dalil bilan isbot qilingandan soʻng, bu risola-i sharifa bilan e'lon qilindi.

Suyukli Ustozim! Xulusiy Beyning bir bayonida aytganidek, men ham aytamanki: Qur'onning fayzi bilan ochgan bu nuroniy yoʻlingizda ojizlik va faqirlik qanotlari bilan ucharkan, qanday buyuk ajoyib karomatlar bilan qarshilanmoqdasiz va qanday azim ajib hodisalarga shohid boʻlyapsiz. Kim biladi, hali nimalar koʻrasiz va sazovor boʻlgan bu inoyatlardan bizlarni ham hissador qilib, vazifamizda har on gʻayrat va jiddiy boʻlishni tavsiya qilyapsiz.

Suyukli Ustozim, shuncha Ilohiy ikromga bir tarafdan qullik qilolmaganim uchun koʻzim yoshlanyapti, qalbim yigʻlayapti. Boshqa tomondan Samadiyat dargohiga afv qilinishim uchun yolvorar ekanman, behad va behisob minnat va tashakkurlarimni taqdim qilaman. Suyukli ustozimga va muhtaram fidokor qardoshlarimga muvaffaqiyat va salomatlar ehson qilinishi uchun duogoʻy boʻlyapman. Qiymatli Ustozim Afandim Hazratlari.

Gunohkor talabangiz
Ahmad Xusrav
— 208 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Juda muhtaram va suyukli Ustozim Afandim!

Siz bu safar yuborgan Gʻavsi Jiyloniy Hazratlarining gʻaybiy xabari juda hayrat va atroflicha fikrlashga loyiq muhim masaladir. Buyuk ruhoniy zavq bilan oʻqib, faqir talabangiz buni koʻpdan his etgan edim. Ustozimizning davrimiz uchun muhim bir ma'naviy vazifasi bor; lekin hanuz aytmayaptilar, yashirin saqlayaptilar fikridaman va bu fikrimni ba'zi xolis qardoshlarimga ham aytgan edim.

Oʻtgan yil Sabri Afandiga yozgan maktublaringizning birida uchubu bayonni koʻrgandim: "Imom Rabboniy, oxirgi paytlarda bir kishi kelib, iymon masalalarini oʻta ochiq suratda nashr va e'lon qiladi. Bu sizning hech ichra hech qardoshingiz, aslo oʻzimni oʻsha odam deb oʻylamayman, lekin oʻzimni oʻsha buyuk odamning illgarilagan askari deb oʻylayman. Sen mendan u zotning hidini sezyapsan".

Bu bayon avvalgi tushunchamni quvvatladi va kamoli baxtiyorlik bilan kelib Xusravga aytdim. Ustozimizning ma'naviy darajasini tushunganimiz uchun juda sevingan edik. Bundan toʻrt-besh oy avval ham ziyorati oliyingizga kelganimda Ustozimiz haqida soʻragan savolimga bergan javobingiz, shuning kabi avvalgi tushunchalarimni tasdiqladi va quvvatladi. Oʻshanda faqat bir-ikki kishi bilar edik.

Hozir bu risolaning nashri vositasida xos talabalarning hammasi voqif boʻlgan hisoblanadi. Sevinchimizning poyoni yoʻq. Dinsizlik tarqalgan bu davrdaligimizga avvallari afsuslanar edik. Hozir umuman alam, qaygʻu belgisi qolmadi. Zoti oliylari kabi ustozni topganimizdan, vaqt qanday boʻlsa boʻlsin, bizni xafa qilmaydi. Janobi Alloh uzun umr ehson qilsin. Hali bizlarga koʻp kuchli asarlar oʻqitishingizga aminman. Ruxsatingiz bilan shuni ham ilova qilsam. Sizning ajoyib ma'naviy vazifangiz bor. Vaqti kelsa ramzlar bilan, ishoroti Qur'oniya bilan shunday xabar berasizki, {(Hoshiya): Bu Ra'fatning farosatining bir karomatidir.} bularni ham oʻtadi va bizlarni hayratda qoldiradi.

Faqir Talabangiz
Ra'fat
— 209 —

(Ra'fat Beyning bayoni.)

Siz oxirgi yuborgan Minhoj-us Sunnat kabi Yogʻdular haqida nima desam ham, maqsadimni ifoda qilgan boʻlolmayman. Zero asarlar ketma-ketlikda nashr qilingan sari, qiymatlari ham shu tartibda ziyodalashmoqda. Bizlarga jannat hayotini yashatyapti. Asarlar haqida faqirning tadqiq qilishi hurmatsizlik boʻladi. Chunki Shayxi Jiyloniy madh qilgan zoti muborak yozgan asarni tanqid emas, kamoli hurmat bilan tasdiq, tahsin, maqatov va buyuk ruhoniy zavq bilan oʻqishdan boshqa nima qila olamiz? Shuni aytishim mumkinki: Zalolat davrida bizlarga zoti oliylari kabi yuksak ustozni lutf qilgan va hozirgacha qadar tengi uchralmagan mukammal va tamomlaydigan asarlar oʻqitib soʻngsiz zavq ichida yashatgan Xoliqi Zuljalolga nihoyasiz shukrlar qilib, qullik vazifasini ado qila olsak, baxtiyormiz.

Talabangiz Ra'fat

(Hofiz Alining bayoni.)

Juda suyukli va muhtaram Ustozim!

Hazrati Shayxi Jiyloniy quddisa sirruhul oliyning ajib gʻaybiy karomatini oldim. Hayratimdan fikrlashni boshladim. Oradan koʻp oʻtmay men xizmat qilgan Nur elektr fabrikasidan bir tugma bosildi. Bir shamdonchalik ziyo keldi. Bir narsalar koʻrishni boshladim. Boridedk yozyapman. Kamchilik va nuqson bechora Aliga oid.

Ha ustozim, Faxri Olam (Sallallohu Alayhi Vasallam) Hazratlari koinot daraxtining jonli urugʻi, Anbiyo va Mursaliyn muborak daraxtning shoxlari boʻlib, shoxning boshidan oxirigacha qat'iy bogʻ bilan doimiy bir-birlarini olib ketishadi. Bu sir sabab Hazrati Odam Safiyulloh hidlagan va his qilgan Nuri Muhammad (ASV) haqida: "Ey Rabbim, mening peshonamda bir tovush bor, u nima?" deb soʻragan. Janobi Kibriyo Hazratlari marhamat qilib: "Nuri Muhammadning (ASV) tasbehidir", degan. Aynan oʻtgan kitoblarda dunyo yaratilishining sababi boʻlgan Shohi Lavlakni vasflari bilan, sahobalari bilan xabar berishlari koʻrsatmoqdaki, eski va yangi ilmlarni jamlagan kitob bilan yuboriladi, koinotning ruhi hukmida va koinotning barcha goʻzalliklari u kishining fitratida toʻplanib, takammul bilan chiqishi, tongdan soʻng Quyoshning chiqishi kabi kutilayotgan edi.

— 210 —
Xullas, koinot kitobining yaqqol muqaddas mundarijasi - Furqoni Mubin arshi a'zamdan va Allohning har ismning a'zamiy martabasidan nuzul qilib, ildizi arshi a'zamdan, tanasi Faxri Olamning (Sallallohu Alayhi Vasallam) sadriga va shoxlari butun zaminni qamrab olgan koinot kitobining xar sahifasida va xar juzʻida Lafzulloh, Rasuli Akram Lafzi (Alayhissalotu Vassalam) va Qur'on Lafzining barchasi bir biri bilan aloqador, bir-biriga ishora qilib bir-birini koʻrsatib, bir-birining hukmlarini tasdiq qilganlari kabi, Hazrati Shayx (Q.S.) sirriga sazovor boʻlgan, asmo va jilvasiga sazovor boʻlgan Lavhi Mahfuz va lutfiga sazovor boʻlgan Janobi Xoliqning bildirishi bilan, sakkiz asr soʻngra oʻzi bilan tavofuq etgan Qur'on xodimini koʻrib, tasdiqlab xabar berishi, haq va ayni haqiqatdir.

Ha, Xazrati Shayx xodim boʻlgan Qurʻonning muqaddas xizmati hurmati zamonning podshohlarini titratgan, nuri Muhammad (ASV) yelkasida tajalliy etib, nuri Muhammadning (ASV) ziyosi bilan harakat qilgan barcha avliyo Hazrati Shayxga boʻyin egishlari, kerak boʻlsa muslim va gʻayri muslimlar, har bir mashrab ahli Hazrati Shayxni tanqid qilishga jur'at qila olmagani koʻrsatmoqdaki, jadda-i Muhammadiyada (Sallallohu Alayhi Vassalam) botqoqlik va nuri Muhammadiyda (Alayhissalotu Vassalam) soya boʻlmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilar edi.

Shuning kabi,

oʻn toʻrtinchi asrning Qur'on xodimida ham toʻqqiz yoshidan oltmish (sakson olti) yoshigacha istisnosiz, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'on nomiga xizmat va harakati,

zamonning podshohidan eng qahrli raislariga bosh egmagani,

hatto fan va dunyoqarashga tegishli taraqqiyotda birinchilikni qozongan,

Ovrupa Davlatlarini lol qilgan, zamzama-i Qur'oniyaning shifoxnasidan joʻshib chiqib, ularning zaharlariga qarshi darmonlarni shisha idishda emas, doim oqqan daryolar bilan i'loyi kalimatulloh qilgan va ularning qal'alarini chil-parchin qilgan,

tenggi koʻrilmagan oʻn toʻrtinchi asrga maxsus Qur'on nurlaridan Risola-i Nur bilan, jahonning olti tomonini va samo yuzini oydinlatgan,

yaralanib hali oʻlmagan ahli iymonning yaralarini davolagan,

sakson yoshli keksalarga, moʻylovi chiqmagan yigit va yoshlarga ma'sum bir holga Hazrati Ayyub (AS) kabi hayot baxsh etilishiga vasila boʻlgan Qur'on xodimini,

Nur Risolalarini Hazrati Shayx (Q.S.) oltinchi asrdan turib oʻn toʻrtinchi asrda koʻrishi, Sobiq Kitoblarda ramzan va Hazrati Qur'onda sarohatan koʻrsatishlari, bu muborak kitobning xurmatidan deb bilaman.

Inshoalloh vazifaning maqbuliyatiga ishora boʻlib, ahamiyatiga binoan Janobi Haq uni koʻp davrlar avvaldan koʻrsatib, olamning vakili, insonlar ichidan tanlangan Hazratimiz Muhammad (s.a.v.)dan, Xulafo-i Roshidiyndan (Roziyallohu anhum), avliyolarning qutblaridan ma'naviy quvvat yigʻganki, bu davrning nafaqat koʻr va karlari, dunyoning eng vahshiy fir'avn va namrudlari ham qoʻrqishi va ogʻiz ocholmasliklari aniq.

— 211 —

Qur'on nurlarining "La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" bayrogʻi ostida toʻplangan ahli iymonning qoʻliga tegib, qiyomat kunigacha nurlarning yoyilishiga va nashriga hayotini fido qilgan va qiladigan sohiblarining koʻpaytirishini ehson qilishini Janobi Haqdan tilayman. Omin, omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Suyukli Ustozim yarim yoshim tarjimon boʻlgan ushbu maktubimga yarim nazar bilan qarab qusurlarimni afv etishingizni tilab, qoʻl va etaklaringizdan oʻpaman. Bizga va butun olamga hayot vasilasi boʻlgan Ustozim, Janobi Haq sizdan abadiyan rozi boʻlsin, degan duo bilan kecha- kunduz niyoz qilaman.

Gunohkor Talabangiz Ali

(Xulusiyning bayoni.)

Aziz, muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!

Aytganlaringizga quloq solib, bu hafta uxroviy qardoshimiz Xusrav Bey tarafidan yuborilgan hayratlanarli va eʻtiborni tortadigan, "Muhim gʻaybiy xabar" ismli, juda qiymatli, ma'noli, ruhli, baxtiyor, ta'sirli, lazzatli, hikmatli, nurli amringizni olganimdan, Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga hamdu shukrlar va mushfiq Ustozimga yuzimning qorasiga, qalbimning yarasiga qaramasdan, dargohi Ilohiyaga sigʻinib duolar qilaman. Va safarlarcha,

اَللّٰهُمَّ حَصِّلْ مُرَادَنَا وَ مَقْصُودَ اُسْتَاذِنَا سَع۪يدِ النُّورْس۪ى بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ مُحَمَّدٍ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ صَلَّى اللّٰهُ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ

dedim.

— 212 —

Gʻavsi A'zam Shohi Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining asarlaridagi gʻaybiy va ma'naviy xabar bu bechorani shunday bir holga keltirdiki, ta'rifdan ojizman. Ruhoniyatlaridagi haybat va azamat qarshisida hovuch ichida siqilgan bir boʻlak xamir qay holga tushsa, bu bechora ham shunday boʻldim. Hech bir narsa haqida oʻylay olmas, telba, goʻyo harakatlanuvchi mayyit holiga keldim. Kunlab zehnim va barcha tuygʻularim deyarli tamoman ajoyib asar bilan mashgʻul. Bu holatda, iste'dodim xorijida qalbimga bir necha bayt keldi. Men ham yozdim. Qoidasiga toʻgʻrilay olmadim. Mushfiq ustozimning avfliga tayanib yozyapman. Tahriri ustozimga va hablullohni mahkam tutgan qardoshlarimga qoldirdim.

Xulusiy qara gʻaybiy xabarnomaga

Koʻr ustozim nelar izhor aylamish

Kitobi Sinondan qilib tafa'ul

Haqqa ki karomat ibroz aylamish

«Ummiy Olim» ila {(Hoshiya): "Ummiy ey olim" tarzida oʻqilganiga koʻra.} «Sinoni Ummiy» da

Hisobi abjad bilan bor mutabaqot

Koʻrinar qaralganda bu tariq bilan

Asmo-i Ustoz bilan toʻliq munosabat

Haqiqatda xodim-ul Qur'ondir Ustoz

Isbotga kifoyadir bu muvofaqat

Hayratbaxsh sirlarga voqifdir bu zot

Ixvonga deymiz xabari bashorat

Sakkiz yuz yil avvalidan koʻrgan

Xodim-ul Furqon Baddiuzzamonni

Habibi Xudo hamda Gʻavsi A'zam

Sultoni avliyo Shohi Jiyloniy

Buyuk bir husni zon ayla Ustozim

Seni Qur'on xodimi etar qabul

Chokkin sajda-i shukrga, de Xulusiy:

Ilahiy anta Rabbi va ana-l abd

— 213 —

Bu ojiz qulingni muvaffaq ayla

Xizmati Qur'on bilan sharafyob ayla

Hizb-ul Qur'ondan ayirma to abad

Bu osiy qulingga marhamat ayla

Ustozim Said Nursiydan boʻl Oʻzing rozi

Bi-hurmati Habiybika r-Raziyy-il Marziy

Avliyo sultoni Abdulqodirning

Himmating kamaytirma bizdan Ilohiy

Xabarnoma-i gʻaybning izhorining

Koʻngil istadi yozmoq tarixini

Yuz ming hamdu shukr et Haqqa Xulusiy

Senga ustozdir Mullo Said Nursiy.

Uxroviy qardoshingiz
Xulusiy

(Qalami karomatli Mas'udning ahamiyatli bir tushi.)

Oliyjanob va fazilatmand Ustozi Muhtaramim Afandim Hazratlari!

Qalbga ilhom kelmaguuncha, siz ustozimga maktub yozishga iqtidor topa olmayman. Chunki eng muhim orzuim Nurlarning tugatilishi boʻlgani va yozgan paytim tez tugatishni xohlab tez yozganim uchun, Nurlardan olgan fayzimni batafsil tushuntirolmaganim uchun, satr yozishga jur'at etolmayman.

Bandangiz Xusrav Afandining yonidan ketgan kuni, ziyoratga kelayotgan edim. Badra atrofida bir-birimizni uchratdik. Orqaga qaytishimizni aytdi. Sabrsizlik bilan sababini soʻradim. Natijani anglatdi. Birga qishloqqa qaytdik. Juda xafa boʻldim. Gʻamdan ikki kun tashqariga chiqolmadim. Qalbim qaygʻusini taskin etish uchun Nurlarni yozish bilan mashgʻul boʻldim.

Qaytganimizdan ikkinchi kuni oʻtib tun soat oʻn yarimga qadar yozuv bilan mashgʻul boʻldim. Saharlik qilgandan soʻngra xafa va gʻam ichida yotdim

— 214 —

Koʻrdimki, oliy xazratlari bilan birga Madina-i Munavvaraga ketibmiz. Harami Sharifning eshigidan kirib, Maqbari Saodat qarshimizda koʻrinayotgan edi. Maqbari Saodatning ichida Paygʻambarimiz Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Bob-us Salomga qarab yuzlangan edilar. Men darhol yugurishni xohladim. Birgalikda sizdan bir qadam ortda bordik. Imom namozdan keyin yuzini jamoatga oʻgirilganidek, Zoti Risolat biz kirgan tomonga qarab oʻgirilganlar, tizzada oʻtirdilar, biz bordik. Zoti oliyingiz bir qadam masofada tiz choʻkib oʻtirdingiz. Men ham sizning orqangizda tiz choʻkib oʻtirdim. Siz Rasuli Akram (ASV) bilan ancha muddat gapplashdingiz. Diqqatli muborak yuzlariga nazar solganimda, muborak yuzlarining peshanalari quyosh kabi oʻta porloq va boshqa joylari bugʻdoy rangli ekanini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Bu asnoda suhbatingiz nima bilan yakunlanganini tushunolmadim. Tafsirini siz ustozi akramimga havola qilaman. Nuqsonli fikrim bilan, senga nima boʻlyapti, deb qalbimni taskin eta oldim. Ustozim bu zolimlarning Islomga tajovuzlarini kerakli joyga va shariat sohibiga shikoyat etdi.

Mas'ud

(Vazirzoda Kichik Mustafoning bayoni.)

Ey suyukli ustozimiz, ey Nurlarga sazovor zot va noshiri!

Janobi Haq sizni bu yurga yuborgan, toki zalolatga ketgan ruhlar siz nashr qilgan Nurlar bilan najot topsin. Janobi Haqqa tunu kun sajda-i shukron qilsak ham, bu ne'matlarning shukrini ado qilolmaymiz.

Ey ustozim, men savodsizman. Boshqa qardoshlarim kabi Risola-i Nurga boʻlgan hissiyotimni tilim bilan ifoda qilsh uchun oʻqimishli emasman. Ammo inshoalloh sadoqatda va muhabbatda va ruhiy bogʻliqlikda qardoshlarimga yetishishiga harakat qilaman. Uygʻoqlik olamida maqsadini ifoda qilolmagan tilim evaziga, uyqu olamida ruhimning tili bilan, mohiyatini tushunolmagan va sizga boʻlgan bogʻliqligimga dalolat qilgan bir-ikki voqeani aytaman:

Birinchisi: Bundan bir yarim yil avval tijorat uchun ikki kunlik masofadagi bir qishloqqa ketayotgan edim. Oʻshanda menga dunyoning mohiyati koʻrindi. Ham foniy, ham zindon hukmida boʻlgani uchun nafratlandim. Janobi Haqdan menga bu foniy dunyodan boqiy olamga yoʻl koʻrsatadigan ustoz berishini istadim va: "Shunday bir ustozga uchrasam, soʻz beramanki, unga tom xizmatkor boʻlaman", dedim.

— 215 —

Bu holat va bu niyozda ekanman, tunda oʻta shirin va chiroyli, notanish bir shaharda juda chiroyli, siz ustozimni dunyoda misli topilmas ziynatlangan otga mingan holda, gʻarbdan sharqqa qarab besh-olti metr yuksaklikda, shaharning ustida uchayotgan holatda salom berishga turdik. Salomingizga javob berdik. Oʻsha payt uygʻondim. Shahodat keltirdim. Istagan ustozimni topishimga shukr qildim. Ikki oy soʻngra ziyoratingizga keldim.

Ikkinchi Voqea: Tushda bir shaharda juda koʻp askarlar va aslahaxona koʻryapman. Biz ham goʻyo askarlardan ekanmiz. "Ey Rabbim, bu askarlarning qoʻmondoni kim?" dedim. Niyoz qilgan vaqtim qarshimizda yuksak bir saroy koʻrindi. Qoʻmondonini koʻrish uchun saroyning ichiga kirdim. Qarasam, koʻz qamashtiruvchi soy oqyapti. Soy boʻylab bordim. Qarasam, ariqlarga ayrilyapti. Davom etdim. Manbaiga qadar bordim. Askarlarning qoʻmondoni, suv sohibini topdim. Ya'ni ustozimizni ikki odam bilan birga namoz oʻqiyotgan holatda koʻrdim. Men ham u suvdan tahorat oldim. Namozga qoʻshildim. Qalbimning harakati, tilimning shahodati bilan uygʻondim. Ustozimizni bizga koʻrsatgan Janobi Haqqa shukr qildimki.

Xizmatkor va talabangiz
Mustafo

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bu hafta Oʻttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yogʻdusi bilan Uchinchi Yogʻdusini Maktubot xazinasiga qoʻshish va sevgan va mushtoqlarga oʻqib berdim. Oliy vositachiligingiz bilan, Allohning aziym lutfiga yana sazovor boʻlganim bois Karim, Rahim, Boqiyi Zuljalolga yuz minglab hamdu shukr qilyapman. Suyukli ustozimni rizo-i Samadoniyiga va maʻnaviy shukr vazifasida davomli, nufuzli, qamrovli muvaffaqiyatlarga sazovor boʻlishiga obidona tazarru va niyozlar qilyapman.

Bu bechora va isyonkordan koʻp duo kutayoganingizni aytayapsiz. Men oliy dargohga Faxr-ul Olamiyn, Habibi Rabb-ul Olamiyn, Sayyid-ul Mursaliyn Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining eng buyuk moʻ'jizalari boʻlgan, to qiyomatga qadar hukmi va i'jozi boqiy boʻlishiga iymon keltirgan Qur'onning nurlari dalolati bilan faqat bir jihatdan i'jozini izhor qilishga va ustozimning muborak ismlarini, qabul vasilasi boʻlishi uchun ishlatib iltijo qilib bilaman.

— 216 —

Bu eshikka yuzimni surib: "Ey Rabbim, ustozim Said Nursiy Hazratlaridan rozi boʻl, ikki dunyoda murodlarini hosil qil!" deb yolvormasligim mumkinmi? Qat'iyan va aslo. Bu bir vazifa boʻlish bilan birga, inshoalloh douning ijobatiga vasila boʻladi degan tasavvurdaman.

Aziz Ustoz! Sadoqatli talabangizning zaif ruhi bu foniy hayotda boʻlgani kabi, boqiy va davomiy hayotda ham inshoalloh yuksak ruhingizning shafqat qanotidan ayrilmaydi, ayrilolmaydi va ayrila olishsmaydi.

Ha, inkor qilib boʻlmaydiki, bu foniy hayotning tashvishlari orasida hislar va latifalar har zamon mushtoqi boʻlganlari munavvar va muhtasham oynaga qarolmaydilar. Ammo u ish toʻxtab qolsa, Nur butun hashamati bilan goʻzazlligini koʻrsatadi. Oxirgi paytlar umuman ayriliq his qilmayapman. Hatto boshqa yerdaligim ta'sir qilmayapti. Yettinchi va Uchichni Yogʻdular bu yerning pochtasiga kelishi Ramazonning oʻn birinchi kuniga toʻgʻri kelyapti. Bir kun pochtada qolishiga nisbatan, har bir Yogʻdu uchubu muborak oyning boshidan oʻninchi kunigacha xar kuni kun olinib va "Avvaluhu rahmatun" boʻlgan Ramazonning ilk oʻn kunida borishi kerak joyga bordi. Muftiylik e'loniga koʻra aynan oʻninchi kunga toʻgʻri kelyapti. Toʻrtinchi va Sakkizinchi Yogʻdularni ham bu magʻfirat oyining oʻn toʻrtinchi kuni oldim. Pochta bir kun avval kelganiga va bir kun ham pochtada qolishiga yoki birinchi bosqichda sanalsa, bu nurli asar xuddi Ramazonning har kuni bir Yogʻdu olib oʻrnini topib, ham bu sonining bekorga qoʻyilmaganiga, hamda "Avsatuhu magʻfiratun" boʻlgan Ramazonning ikkinchi oʻn kunligida yozilgan joyiga yetishishiga ochiq-oydin dalolat qiladi.

Bu soatda shu'lalari koʻzimga tushgan quyosh kabi, bunchalik nurli va zohir haqiqatlarni bu bechoraga faqatgina Ilohiy inoyat sifatida koʻrsatilgan ushbu muborak asarlardan, Allohning qudrati bilan Nurlarning botmasdan chiqqan joyiga, Merkuriy va Venera kabi moddiy-ma'naviy jihatdan yaqin Hizb-ul Qur'onga ham hofiz, sodiq, xolis va solih qardoshlarimning yanada koʻp sirlarni tushunishiga shubha qilmayman.

Modomiki, fayzning markaziga eng uzoq ojiz qardoshlarining muborak asarlar haqidagi tuygʻulari, baholiqudrat, ma'noli juda qiymatli ihtisoslarini bayon qilishiga vasila boʻlmoqda, inshoalloh bu harakatlari Qur'on xizmatidan hisoblanadi. Oliy huzuringizda qardoshlarim bilan biroz gaplashishni istayman.

— 217 —

Qardoshlarim, bu bechoraning Nurlar bilan mashgʻul boʻlishi uch davrga ayrilgan:

Birinchisi: Ustoz Hazratlari bilan ilk sharaflanish saodatiga noil boʻlganim vaqtimdan e'tiboran yoyilgan asarlarni oʻzim uchun koʻchirib yozish.

Ikkinchisi: Yana muhtaram Ustozimning amrlariga boʻysunib Soʻzlarning, insonlarning turli tabaqasiga ta'siri va rad qilish mumkin boʻlgan, tahriri lozim, e'tirozga sabab jihatlari boʻlib boʻlmagani xususida, kalta aqlim bilan anglay olganimcha, qisqa dunyoqarashim bilan tanlay olganimcha aytishni, barcha fursatlardan foydalanib din qardoshlarimga foydali boʻlishni, ularga bu Nurlarni koʻrsatishni, eʻtiborini tortishni, qalbiy va botiniy yaralariga malham berish istagida, ixtiyorsiz va ma'naviy ta'sir ostida Nur asarlarini ishq bilan oʻqish.

Uchinchisi: Aziz va mushfiq Ustozimning amrlariga boʻyin egib, bilganingizdek har biri qandaydir latofat, balogʻat va jalodatda, aqllarga juda oson hayrat beradigan tarzda tarqalayotgan nurli asarlar haqidagi ihtisoslarimni aytish va shaxsan yoki qardoshlarim nomidan, ba'zi Qur'oniy qiyin masalalar va ikkilanishlarni fayz maqomiga taqdim etib, ham qiyin masalalarning hal etilishiga, hamda soʻragan kishi bilan birga boshqa qardoshlarning ham istifodalariga ojizona xizmat qilishdir. Dengizdan qatra darajasidagi bu Qur'oniy xizmat sababli bu bechoraga qiymat bermanglar. Chunki, afsus, hech layoqatim yetmagan narsani juda yaxshi bilaman. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ oyati jalilasi umid bermagan boʻlsa, isyonimning nihoyasizligi qarshisida aqldan ozish hech narsa emas.

Shunday ekan aziz qardoshlarim, bu bechora qardoshingizga xayrli duolar qilishingizni qattiq iltimos qilaman. Qur'on hisobidan qaralsa, balki ba'zi goʻzalliklar koʻrinishi mumkin. Bu sevgili Ustozimizning aytganidek, Qur'onning goʻzalliklari va kavsar manbaidan kelgan Nurlarning latifligi bu xususni ta'minlaydi.

— 218 —

Alhamdulillah bolalik davrimdan beri, eng qattiq nafrat qilgan narsam - yolgʻon gapirishdir. Shuning uchun haqiqatni ifoda qilganimga amin boʻlishingiz mumkinki, yuqorida aytgan uch davrimda ixtiyor va tasodif yoʻq. Unda hokim - dasti gʻaybiy va qadari Ilohiydir. Buni his qilardim. Qadari Ilohiyni izohlashga ehtiyoj yoʻq. Dasti gʻaybning Gʻavsi A'zam Sultoni Avliyo Boz-ul Ashhab, Sayyid Abdulqodir Jiyloniy Quddisa sirruhul oliy Hazratlari ekanini oxirgi marta bilib oldik.

Ammo muhtaram Ustozimning oliy afvlariga tayangan holda shuni qoʻshimcha qilsam. Gʻavsi A'zam Hazratlarining karomati gʻaybiyalari ochiq ravshan Ustozimiz Said Nursiy Hazratlarini koʻrsatmoqda.

Bolaligidan beri ajoyib tarjimai holi tadqiq qilinadigan boʻlsa koʻrish mumkinki, bu zotning borligi - faqat Qur'on va iymon hisobigadir. Shu bois, ajib holatlarga sazovor boʻlgan. Biz bechoralar bu shamning parvonasi boʻlib, hizb-ul Qur'on nomiga Hazrati Gʻavsning himmat va duolariga va ziyshon bobosi Paygʻambarimiz (Sallallohu ta'ala alayhi Vasallam) Afandimiz Hazratlarining shafoatlariga, iltimoslariga va nihoyat Munzil-ul Qur'onning afviga, himoyasiga sazovor boʻlishimizga ham shubha qilmaslik lozim.

Allohu Zuljalol Hazratlari jumlamizni muhofaza aylasin. Omin! Ikki dunyoda najot topishimizga sabab boʻlgan bu xizmatni tamoman tark etadigan boʻlsak, halok boʻlishimiz aniq. Modomiki qoʻlimizda afv etilishimizga doir hujjatimiz yoʻq; fayz sababimiz Ustoz Hazratlarining bizga shafqatlari sababli gʻaybiy karomatdan xabar bergan xushxabarlari, faqat shavqimizni va shukrimizni orttirishga vasila boʻlishi kerak. Ismlarining ochiq aytilganini bildirish bilan birga, koʻrsatgan oliy fidokorliklari jumlamiz uchun ibrat olinishi va jiddiy ravishda taqlid qilinishi kerak.

Yana amrlaridan: bizlar xizmat bilan vazifadormiz, javobgarmiz. Natija bilan emas.

Ushbu nurli xizmatda bizlarni birlashtirgan Allohu Zuljaloldan istagim - Hashrda ham Muhammadiy (ASV) bayroq ostida hashru jam boʻlishimizdir.

﴿ اَللّٰهُمَّ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ﴾

Ruxsatingiz bilan asl mavzuga qaytaman:

Oʻttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yogʻdusiga asos boʻlgan uch oyati jalilaning tafsiri ajoyib bir tarzda yozilgan. Xususan Ikkinchi Jihat va Birinchi Jihatning ikkinchi gʻaybiy xabari yozilmagan.

— 219 —

Bu Maktubning Uchinchi Yogʻdusi,

﴿ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

oyatining ma'nosini ifoda qilgan

يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَابَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى

jumlalari koʻrsatgan ikki haqiqatdan juda koʻp fayz oldim. Ajoyibi shuki, bu muborak asar

﴿ لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ ﴾

oyati jalilasi bilan boshlanib, xuddi bu faqir koʻrgan tushga bir ishora qiladi va: Sen tushingda koʻrgan Oy, bu oyatda aytilgan tushning sohibi ikki jahonning Faxri (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Hazratlarining bir barmoq ishorasi bilan va izni Haq bilan boʻlingan. Quyosh uning xurmati uchun, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda bayon qilingani kabi, bir soat harakatsiz koʻringan. Bu kabi moʻ'jizalarini eslatib; "Ey gʻofil, sunnatga ergash!" deydi. Bu tushni yozgan maktubimda Oʻttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yogʻdulari bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomidan kelgan fayz natijasi, ixtiyorsiz qilgan ta'birimning oxirida yozgan كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyati jalilasining bir jihatdan i'jozli tafsirini bayon qilib, maktubimga gʻoyat latif va juda muhtasham bir javob berildi.

Oʻttiz Birinchi Maktubning Toʻrtinchi Yogʻdusining Birinchi Maqomi "Minhoj-us Sunna" deb nonmlanishga haqiqatdan loyiqdir.

Birinchi Nukta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga shafqatlarining darajasini va haqiqatdan Shafi-ul Muznibiyn boʻlganlarini koʻrsatish bilan birga, Sulaymon Afandi marhumning mavludi sharifidagi:

Bola ekan ul tilar edi ummatin,

Sen ulgʻayding tark etarsan sunnatin.

vajizasini xotirlatmoqda. U Hazratning ummatlariga, sunnatlariga amal qilish kerakligini ahamiyat bilan dars bermoqda.

Ikkinchi Nukta: Janobi Paygʻambar Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining nasli muboraklarining qiyomat kunigacha Hz. Hasan va Husanning Roziyallohu Ta'ala Anhumadan kelishlarini va kelajakda koʻp muborak zotlarning ham oʻsha davrda chiqishini nubuvvat nazari bilan koʻrganlari uchun, ikki nevarasiga barcha nurli zotlar hisobiga shafqat koʻrsatishi, shunday bir ta'rifki, inson aqli bilan yozilishiga imkon yoʻqdir.

— 220 —

Uchinchi Nukta: Qat'iy nass bilan kelgan va Nabaviy hadis bilan isbotlangan Oli Baytga muhabbatga ishora qilib, bu vazifani ado qilishga da'vat qilmoqda. Chunki Islomiyat bir vujud boʻlsa, bu vujudning umurtqasi muhaqqaq Oli Bayt va boshi har doim Kitobullohdir.

Toʻrtinchi Nukta: Shialarni lol qiladigan quvvatli bir darsdir. Bu keng darsdan maqsad nima ekani oxirida mukammalan xulosa qilingan. وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا وَلَا تَفَرَّقُوا amri jaliliga ergashib, barcha moʻminlar tavhidga chaqirilganlar.

Gʻavsi Aʻzam karomatining ishoralarini quvvatlagan ramzlarni bir necha martalab oʻqidim. Bu xushxabarlar hamdu shukrimni orttirdi. Zanbilli Ali Afandining holga juda uygʻun bayoni fikrimga oʻtirdi. Latif tafa'ulingiz خِتَامُهُ مِسْكٌ kabidir.

Ha, Qur'oniy bogʻda haqiqiy jannat gullari har doim boshqa rangda, ayri latofatda, boshqa ta'sirda ochiladi. Bu chamanzorning bulbulini va uning koʻngillarni boʻysuntirgan ohangini tinglagan, mashq qilgan yoʻldoshlariga ikki dunyoda salomat, saodat va muvaffaqiyatlar tilayman, niyoz qilaman.

Shoirning davrga muvofiq bir bayti:

Bir mavsum bahoriga keldikki olamning

Bulbul xomush, hovuz boʻsh, guliston xarob.

Men aytamanki:

Shunday bid'atlar davridamizki Islomning

Bir bulbuli, bir gulistoni qolmish Qur'onning.

Gʻavsi Aʻzam karomatini hali hech kimga oʻqiy olmadim. Ichida bu bechoradan bahs etilishi, oʻqish kerak yoki yoʻqligini oʻylantiradi.

— 221 —

Muborak Ramazon

{(Hoshiya): Gʻaribki, Xulusiyning bu soʻzini balki yigirma marta takror etganman. Sulaymon kabi doʻstlar shohiddirlar. Demak bir haqiqat borki, ikkimizni ham shunday gapirtirgan.

Said}

yoqani bu isyonkorlarning, qadr bilmaydiganlarning qoʻlidan tez qutqarishga urinib, tezlik bilan qoʻlimizdan ketmoqda. Oʻtgan yil Imom Umar Afandi, "Ramazonning Hikmatlari" asarining, Ramazon oyi oʻtgandan keyin kelgani uchun, men kabi xafa boʻlgandi. Bu Ramazonning birinchi juma xutbasida, men ham tayyor boʻlsamda, yuzlarcha jamoatga bu nurli hikmatlardan bir nechtasini aynan oʻqib berdi. Xozir bu faqirda yuzaga kelgan shukr hislarini ta'rif qila olmayman.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xulusiy

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Bu faqir talabangizga tasalli bergan maktubingizni oldim. Oʻpgandan soʻng oʻqidim. Ruhimda hosil boʻlgan ma'naviy yaralarning iztiroblari bilan juda azob chekayotgan edim. Siz hamma narsadan koʻra koʻproq hurmat qilgan va muhim sabab bilan juda koʻp diqqat qilgan diniy shiorlarimizga va sizni sevib, xohish bilan fiysabililloh amrlaringizga itoat qilib, kelgan talabalaringizga toʻsiq qoʻyilgan pastkashlikka sabr qilolmayotgan edim. Xoliqiga tez yetishni istagan ruhimda azim bir gʻalayon his qilayotgan edim. Boshqa tomondan sizdan ma'lumot ololmaganim uchun, iztiroblarning taʻsirida haddan ortiq ezilayotgan edim. Zolimlarning qahri uchun Ilohiy dargohga iltijo qilib, tasalli topishni istar ekanman, bu maktubingiz, qazo va qadarga rozi boʻlish bilan tasalli ehson qildi. Men سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb Allohning gʻazabini soʻrashni tashladim.

Ey suyukli va mushfiq Ustozim! Duoingizga har on muhtoj talabangiz, oʻz hisobimga oʻylasam, ruhan oz istirohat qilyapman. Ammo Ustozim va qardoshlarim hisobiga oʻylasam, iztirobim, umidsizligim birdan mingga chiqadi. Ruhim joʻsh uradi. Yana Janobi Haq hisobiga itoat qilishni istamaydi.

— 222 —

Aziz Ustoz! Islom olamiga tushurilgan buyuk zarbalar, olami Islom hisobiga sizning ustingizga tushganini bilaman. Shu bilan birga, yuksak ruhingiz, oliy hamiyatingiz, haddan ortiq sabringiz, yana juda koʻp va juda chiroyli xislatlaringiz ustida eng yaqqol izlari koʻringan shafqatingiz, zolimlar haqida ham xayrli duo qilish boʻladi.

Talabangiz
Ahmad Xusrav

(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)

Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining Jabroili Amin vositasida Oxirzamon Nabiysi Paygʻambarimiz (ASV) Afandimizga yuborilgan va bugungacha muhofaza qilingan Qur'oni Hakimni haqiqati bilan va haq soʻzlar bilan, Haqning yaratgan qullariga tarjimonlik qilgan va Haq rizosi uchun kecha-u kunduz duo qilgan, haqiqiy Saiddan bir muhabbatnoma oldim, u Ustozim Afandimning maktubidir.

Jiddiy va samimiy doʻstimiz va qardoshimiz boʻlgan Osim Beyga borganimda xushxabar berdi. Besh daqiqacha koʻrishdim. Siz yuborgan omonatlarni olib shunday sevindikki, bulbulning gul shoxida sahar vaqtida sevinchdan ogʻzidan chiqqan ohanglar kabi eshitdik. Shuning uchun bir-birimiz bilan nimalar gaplashganimizni bilolmadik. Bilganim shuki: Ketayotib, Janobi Allohga koʻplab shukr aytdik. Qur'on nurlarini nashr qilgan ustozimiz bor ekan, hech qachon saodatimizdan mahrum qolmaymiz deya oldik.

Bobojon

(Zakovatli Zakoiyning bayoni.)

Aziz va suyukli Ustozim!

Uch haftaga yaqinki, sizga maktub yozolmadim. Har doimgidek, bu kunlarda idorada vazifa koʻpligi sabab, juda qiymatli uxroviy vazifalarim qolib ketmoqda. Shuning uchun iztirobim yetmayotganday, bu hafta eshitgan juda achchiq alamli bir xabar miyamga chaqmoq kabi urdi. Eshitdimki, Ustozim ilonlarning hujumiga uchrabdilar.

— 223 —

Oh Ustozim! Biz vaqti vaqti bilan huhjumlarga, bosimlarga uchragan jirkanch xoinlarning zulmidan qachon qutulamiz. Mulhid tajovuzkorlar haddini oshishni boshlashdi. Bu tajovuz ortib tushdi. Shuning uchun muazzam bir haqiqat yogʻdusi chiqishining yaqinlashgan degan iymon va e'tiqod bizga tasalli beradi. Qachonki buzgʻunchiliklar va istibdod haddini oshsa, jarlik oʻzini koʻrsatadi. "Buyuk falokatlar baxtiyor uygʻonishlar tavallud etadi", deyishadi. Bu juda oʻrinli gap. Har qaysi hukumat zulm va istibdodni orttirsa, mazlum millatlar istiqlolini qozonadi. Bu asrda dinsizlik va buzgʻunchilik koʻpaydi. Inshoalloh mazlum va ma'sum iymon ahlining yuzi kuladi. Porloq haqiqat quyoshi chiqadi.

Aziz Ustozim! Noqis qalamim, ojiz lisonim hissiyotimga tarjimon boʻlolmaydi. Har bir dindosh kabi, mening ham qalbim aziz iymonimning muhabbati bilan urmoqda. Hamd boʻlsin, tomirlarimizda oqqan qon ming yillik ahli haq va iymondan me'ros boʻlib oʻtgan bir tomizgʻidir.

Suyukli Ustozim! Shunday onlar kelyaptiki, hayot juda tubanlashyapti. Biz insonlar egilmoq majburiyatida qolyapmiz. Bu fikrim bilan nafsim uchun gʻururlanmayman. Jirkanch va iflos qoʻllarning toza bilaklarimizni siqishi sabr kosasini toʻldirib, azob beruvchi bir hol emasmi? Buzgʻ eng mudhish davrida kasal insoniyatni ma'naviy dorilar bilan davolashga urinarkan, bizga hujum qilgan xoinlarga javob berish, bechora millat ketib borayotgan jarlikka toʻsiq qoʻyish uchun tortiladigan zahmatlar va hayot mashaqqatlari Alloh nazdida maqbul boʻlishi uchun sabr qilish, oxirigacha bardosh berish, bu fikr faqirning ancha muhokama natijasida olgan haqiqatidir.

Suyukli Ustozim! Bu kunlarni oʻy-fikrlar va alamlar ichida oʻtkazyapman. Hodisani bir qancha ogʻizdan bir-biriga toʻgʻri kelmagan rivoyatlar kabi, chalkash holida eshitdim. Iltimos bandangizga uning jarayoni haqida, xabar bersangiz. Odam aqlini yoʻqotadi.

Suyukli Hoʻjam! Siz hamma uchun, bashariyat uchun zararli buzgʻunchilik va ofatlarning oldini olish uchun kecha-kunduz harakat qiling, oʻzingizni tahlikaga oting, achchiq-achchiq haqoratlarga ma'ruz qoling. Yoʻq aziz Ustozim, yoʻq! Buyuk dohiy, yoʻq! Sizning nasibangiz bu emas. Sizga beriladigan mukofot bu emas. Bu holatlar boʻlsada, uch-besh dinsizning, bir toʻda Jahannam yoʻlchilarining jinniligidir. Bu holatga sabr qilish va ahamiyat bermaslik, juda yuksak mukofotlarga sazovor boʻlyapsiz. Siz aslo va qat'iyan xafa boʻlmang. Qanchalik vahshiyona va zolimona boʻlsa ham, qaytib orqangizga qaramang. Sizga ochilgan ma'naviy olamlarning eshiklariga qarab boravering. Yuring, yuring, cheksizgacha yuring. Borgan joylarda uzoqlashgan olamlarda bizdek yarali, ojiz, zaif, pur-qusur, kamtar bechoralar uchun abadiy istirohat va saodat yotogʻini tayyorlang.

Zakoiy
— 224 —

(Zakoiyning bayoni.)

Qalbim qattiq ehtiyoj va ishtiyoq ichida ushbu muborak kunlarda Ustozimni ziyorat qilishni istayapti. Yozning issigʻida barcha oʻsimliklar yomgʻirga ehtiyoj his qilganidek, Zakoiy ham ustozimning nasihatlariga va izohlariga mushtoq va muhtojdir.

Ustozim, muborak kunlar juda tez kelib ketdi. Mendek ma'naviy yaralaridan majruh bechoralar bu muborak kunlarda, Xalloqi Olamdan albatta kamchiliklarining afvini va shariat doirasidagi istagini orzu va niyoz etishadi. Janobi Alloh magʻfirat oyining muqaddasligi hurmati, kamchiliklarimizni afvu magʻfirat aylasin. Omin.

Suyukli Ustozim, bu safar uch kun ruxsat bilan Otaboyga borib, ota-ona va oxiratli doʻstlarimizni ziyorat qildim.

Oh Ustozim, ba'zan zohiriy hodisalar insonni koʻp oʻylantiradi. Ixtiyorsiz, ruhni yolgʻizlik va achintirib aralash iztirobga tushiryapti. Bu vaqtlarda hayotning qarorsizliklaridan kelib chiqqan umidsizlik bizni ranjitadi. Shafqat va marhamatga zor boʻlamiz.

Ustozim! Ojizlarni hayo aralash koʻrishishga majbur qilgan hollaridan uzoqlashmaguncha, qalbim dam olib rohatlanishiga sukunat topa olmaydi. Inshoalloh, duoingiz himmati bilan, oʻsha paytga ham salomat holda yetaman. Bu hissiyotimni izohlash, holati tushunilgan ruh uchun ortiqcha emasmi?

Aziz Ustozim! Koʻp oʻxshashlari bilan Ustozimizning raisliklarida musharraf boʻlishimizni tilagan iydi fitringizni tabrik vositasida ehtiromlarimni taqdim aylab, muhtaram qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, suyukli Ustozim.

Gunohkor talabangiz
Zakoiy
— 225 —

(Oxirat singillarimdan Muzayyananing bayoni.)

Suyukli Ustozim!

Ikki oyga yaqin kelgan oxirat qardoshlar bilan salomingizga javob berayotgan boʻlsam ham, men kabi ojiza talabaning, sizning har doim nurli nasihatlaringizni tinglashga ehtiyoji boʻlgani tufayli, haftalarni tamomila gʻamgin holda oʻtkazyapman. Ha, shunday paytlar boʻladiki, koʻzimdan toʻkilgan yoshlarni nurli risolalarni oʻqib taskin etaman. Qalbim doim yigʻlagan paytlar boʻladi. Ayniqsa ushbu muborak Ramazonda, bir necha mufsidning qalbimizga sanchitgan xanjarning ogʻrigʻini butun kun yashirin yigʻlab oʻtkazyapmiz.

Nihoyat olgan bir xabarim tufayli, yana eskisi kabi oxirat qardoshlarimizning, sizni ziyorat qilishdan mahrum emasligidan xursand boʻldim. Muborak masjid va barcha ishtiyoqmandlar sizning duoingizdan maxrum boʻlganiga juda achindim. Xatimning nuqsonli va zaifligi bois risolalarni yozolmaganim uchun meni afv eting. "Oxirgi paytlar dunyoni sevmasakda, batamom qutula olmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz choʻllar, kimsasiz yerlar ruhimizning maskani boʻlmoqda. Xayolan u yerlarda boraman. Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus... Qidirgan kunim ham juda uzoq, ham juda yaqin koʻrinmoqda. Hali qancha bu hol ichida qiynalamiz", deb faryod qilgan qardoshlarimizning hissiyotiga bu ojiza, bu faqira ishtirok qilaman.

Ojiza talabangiz
Muzayyana

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Yillardan beri zolimlarning zulmi panjasida ingragan bu bechora musulmon qardoshlaringiz bilan oʻtkazayotgan bu muborak bayramning balki toʻqqizinchisini uzoq burchaklarda, doʻstlaringizdan uzoq, qarindosh-urugʻlaringizdan mahrum, yuksalish va taraqqiyoti uchun harakat qilgan Islom jamiyati orasidan uzoqlashtirilganingiz holingizda oʻtkazayotganingizni eslagan sari yuragim parchalanadi, ruhim katta azob bilan yonadi, koʻzlarimdan yosh toʻkiladi. Qalbimdan yuksalib kelgan bir ovoz "Yigʻla, koʻp yigʻla! Balki rahmati Ilohiyaning nuzuli va olami Islomning saodat va salomati uchun yigʻlaganlar bilan birga yigʻla!" deydi.

— 226 —

Xozir qalb koʻzim qaygʻuga ishtirok etib, Dijla va Firot va Muborak Nil kabi olami gʻayb vodiylarida suvlar oqizib yigʻlayapti.

Suyukli ustozim! Gʻaflatdagilar kularkan, dinsizlar nafsiy orzulari orqasidan yugurarkan, biz qanday achinarli hayotlarga uchrayapmiz. Oh, suyukli Ustozim! Janobi Haq bizga saodat bermaydimi? Ajabo, bu kun yana koʻp davom etadimi? Ixtiyorsiz oʻzimga soʻragan bu savollarimga yana oʻzim javob berarkan, taanni va sabr tavsiya qilaman. Va Sirri Inna A'toyna xushxabari bilan tasalli topaman.

Ey qiymatli Ustozim! Sizning qaygʻungizga huzuringizda boʻlganim holda ishtirokimni istar edim. Shunday his qilamanki, ruhan hech ham uzoq emasman. Ba'zan oʻzimni unutaman. Goʻyo qanotsiz uchaman, katta chinor daraxtining orasidan kirib majlisingizga dohil boʻlaman.

Suyukli Ustozim! Xoliqimdan abadiyan rozi boʻlganman. U ham sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Afsus ziyoratingiz bilan musharraf boʻlolmayapman. Bunga badal Bekir Bey bilan taqdim va orzu etilgan shaklda yozolmaganim uchun Qur'on i'jozining sahifalarini ochgan sari haqir talabangizning har sahifasiga badal qoʻllaringizdan oʻpayotganligimni qabul qilishingizni iltimos bilan, sihhatu salomat va muvaffaqiyatingiz uchun duo qilib, qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim hazratlari.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz Ahmad Xusrav

(Sabri Afandining bayoni.)

Kecha Egʻirdirga bordim. Xulusiy Beyning ixlosli va sadoqatli maktubini keltirdim. Nuroniy qalb va ruhdan joʻshib chiqqan shu maktubning muhtaviyot va mundarajotini bu faqir ham takror etaman. Oʻz hisobimga taqdim etaman. U muhtaram qardoshim evaziga faqirga, Ustozi Muhtaramim soni-i Xulusiy ismini berganingizni asos olib, xolis imzo sohibining orqasida bu faqir ham koʻrinsa, ifodalariga ishtirok etsa, ma'naviy irsiyati yanada yaxshi, sobit va ayon boʻladi, ojizona orzusini asos gʻoya va maqsad deb bildim afandim.

Ojiz talabangiz
Sabri
— 227 —

(Oydinli Ismoilning bayoni.)

Sizning shirin Soʻzlaringizni yozishni boshladim va yozishdan toʻymayapman. Sizning shirin "Soʻz"laringizni yozishni boshlagan onimda ruhimda sevinch his qilyapman. Ayni paytda sizni umuman unutolmayapman. Maktubingizni doim yozishni istayman.

Talabangiz Ismoil

(Oydinda Doktor Shavkatning bayoni.)

Ustozi A'zamim Afandim!

Nuroniy va juda qiymatli asarlaringizni oʻqidik. Nurli va fayzli asarlaringizning ta'sirida porlagan qattiq qalblarimiz bilan siz Ustozimizga abadiyan minnatdor va shukrda qarzdor boʻlganimiz kabi; risolalarni bizlarga oʻqitishga va yozdirishga sabab boʻlgan Hofiz Zuhdu Afandi qardoshimizni ham doimo xayr bilan yod etishda davom etyapmiz. Xazratlariga baho berib boʻlmas qiymatga ega muhtaram risolalaringizni yozib tugatishimizga Janobi Haqning bizni muvaffaq qilishi uchun Ustozi Akramimizning duo va himmatlariga muhtojmiz.

Talabangiz
Doktor Shavkat

(Ahmad Husravning bayoni.)

Suyukli, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!

Arzi hurmat va ishtiyoq bilan qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman. Xulusiy Beyning savollariga berilgan javoblarga oid bahosi jahon qiymatidagi, nurli, fayzli "Soʻz"laringizni ikki kun avval oldim. Savollarning javoblari shunchalar latif ediki, na oʻqishga toʻya oldim va na idrokim qadar boʻlsin, haqqi bilan qavray oldim.

Muhyiddini Arabiy hazratlari qabul qilingan boʻlganlari holda, xatosining va xar kitobida idoyatga olib boruvchi boʻlolmasligining sabablarini chuqur va nozik tarzda izoh etilgan. Oliy darsingizni boshqa qardoshlarim bilan birga oʻqidim. "Aziz qardoshlarim, bu oliy darsdan istifoda etyapman, muhim narsa tushunyapman, ammo xulosa qilolmayapman, zehnimda toʻplay ololmayapman, siz nima deysiz?" deb soʻradim.

— 228 —

Hozir boʻlganlar darsimizning yuksakligiga ishora qilib, Islomiyat keti tugamayotgan hujumlarga uchragan davrda bu nurli asarlarga yetganimizga ming tashakkurlar etdik. Ayniqsa doktorga berilgan oxirgi javob hoshiyasining latofatining belgilari yuzimizda koʻrindi.

Bir tomondan choʻchqa goʻshtining xaromligi sabablari illati gʻoyat chiroyli bir suratda izoh qilingan, boshqa tarafdan ham oliy mufakkirangizdan porlagan nurlar bilan, hamda juda yaqinda dunyoning ufqlarida Islomiyatning quyoshining porlashiga ishora qilmoqdasiz. Janobi Haq sizdan had-hisobsiz rozi boʻlsin.

Suyukli Ustozim, ojiz talabangiz bu ojizligi bilan ma'naviy himmatingizga iltijo etyapman. Va shunday umid qilamanki, Xalloqi Karimim meni beixtiyor ishlatgan bu vodiyda duoingiz himmati bilan inshoalloh bir idrok va bir qobiliyat ehson qiladi.

Haqir talabangiz
Ahmad Xusrav

(Saidning bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, fidokor va vafodor qardoshim Kurd Bakir Bey!

Afsuski majburan noxush va befoyda mavzuni aytmoqchiman. Ammo bu masala haqiqiy hamiyatparvar Turkchilarga qarshi emas, balki faranglik hisobiga soxtakor Turkchilikni oʻziga parda qilgan tajovuzkorlarga qarshi aytaman. Jumladan:

Mulhid munofiqlarning bizga qarshi soʻnggi pastkash va vijdonsiz ishlatgan qurollari shuki, "Said Kurddir, bir Kurdning orqasidan bunchalik ketib milliy gʻururga yarashmaydi". Men bu munofiqlarning vijdonsizcha hiylasiga qarshi emas, balki sofdillarning toza qalblari bularning soʻzlari bilan bulgʻanmasligi uchun aytamanki:

— 229 —

Men boshqa mamlakatda dunyoga kelganman. Ammo Janobi Haq meni bu mamlakatning avlodiga xizmatkor qildi. Toʻqqiz yil doimo bu mamlakatdagi millatning oʻndan toʻqqiz qismining saodatiga, oʻz tillari bilan xizmat qilganim atrofdagi insonlarga ma'lum.

Yana, men bu yurtda Xulusiy, Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra'fat, Osim, Mustafo Chovush, Sulaymon, Lutfi, Rushdu, Mustafo, Zakoiy, Abdulloh kabi yigirma-oʻttiz Musulmon-Turk yoshlarini odatda yigirma-oʻttiz ming millatdoshlarimdan ustun qoʻyganimni va ularni oʻttiz ming odamning oʻrniga qabul qilganimni toʻqqiz yillik Turkcha asarlar bilan, xizmat bilan koʻrsatganman. Ha, men mingta gʻofil va omi Kurdni bir Turk Xulusiyga teng tutmasligimni, mingta johil Kurdni bittadan Turk Osim va Ra'fatga teng koʻrmasligimni, yosh yigit boʻlgan Xusravni mingta omi Kurd bilan almashtirmasligimni eʻtibor berganlar va ahvolimdan xabari borlar tasdiq qiladilar. Lekin faranglik nomiga va dinsizlik hisobiga, Turkchilik pardasi ostida, soxtakor milliyatparvarlik suratida, oʻzini yaxshi koʻrsatishni xohlayapti deb menga tajovuz qilganlar va Turk millati va millatchiligini zaharlagan mulhidlar bilsinlarki: Men Islom millatining eng muhim, mujohid va muazzam bir qoʻshini boʻlgan Turk millatiga minglab Turk qadar xizmat qilganimga minglab Turklar guvoh. Menga Kurd degan va ayblagan, oʻzini zohiran millatparvar qilib koʻrsatgan soxtakorlar bu millatga qanday xizmat qilganlarini koʻrsatsinlar.

Bu fir'avnchalarning anoniyat-menligini shishirgan kamtarinona soʻz aytish kerak boʻlmagani uchun, mutakabbirlarga qarshi ilmning izzatini muhofaza qilish uchun, aytilmaydigan va izhori munosib boʻlmagan uxroviy xizmatlarimni Janobi Haqning afviga ishonib izhor etdim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

(Zakoiyning bayoni.)

Aziz Ustozim!

Bu ogʻir hodisalar xususida sabru tavakkaldan gapirish, ortiqchaligini bilaman. Siz asosan biz kabi hayotning juz'iy iztirobidan ohu nola qilgan kamtarlarga sabru tavakkal kabi saodat va najot xazinasining qiymatini oʻrgatdingiz. Hamd boʻlsin, kundan kunga bu soʻzlarning ma'nosini yanada yaxshi qavrayapmiz va qiymatini bilayapmiz. Boshda, ya'ni Nurlarga juda uzoq boʻlgan gʻofil paytimizda hayotda, hodisalarda, hamma narsada sabr tavakkal qilish - bizga zohiran achchiq va hazm qilib boʻlmaydigandek tuyulardi, shunday tuyular Faqat endi u xususlarni loyigʻidek talqin va tanvir etgan ustozimizning irshodi nazarimizda yuzaki va zohiriy narsalarni tozalyapti. Bu faqir va gunohkorning eng koʻp baxtiyorlik sababi bir narsa boʻlsa, u ham faqat aql, fikr va Tinch okeandan bir qatra nisbatida qalb koʻzi bilan haqiqiy nurlarni koʻrib vaqtinchalik bir on va vaqt uchun lazzatlanishdir.

— 230 —

Suyukli Ustozim, hamd boʻlsin qardoshlarimiz fikran va ruhan taraqqiy etishyapti. Inshoalloh, ma'nan va Allohning nazarida ham taraqqiy etmoqdalar. Yigirma Yettinchi Maktub tobora joʻshgan porloq sharshara kabi otilib chiqyapti. Yagona xohish va istagim, salomat yoʻli yoʻlovchilarining koʻpligini va qoʻlimizdagi haqiqatlar majmuasining yanada qiymatli va toza qoʻllarga yetib borishini koʻrishdir. Inshoalloh davr bu haq va haqiqat taqozosini ijro etadi. Ojizlar bu umid va intizor bilan xayrli oqibatni Janobi Haqdan tilamoqda va hozircha gʻayratli, sodiq, taqvodor ogʻalarim va qardoshlarimning ustun xususiyatlari, toza qalblari, yaxsxhi niyatlari bilan iftixor qiyapman. Nurlar bilan, projektorlar bilan, samoviy yulduzlar bilan azaliy bir iymon kabi ma'naviy zambaraklar bilan jihozlangan ma'naviy kemamiz bu davrning toʻlqinlaridan, toʻfonlaridan omon qolishini Janobi Xalloqi Olamdan yolvorar ekanman, biz yuzlangan olam yaratilishining asos va sababi boʻlgan ikki jahon sarvari, ojizlarning hujjati Janobi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam Afandimizning va tobe boʻlgan zavjalarining kemamizning raislari va tobelari bilan birlashgan degan umidu iymondaman. Ojizlar esa, ma'nan har on zarar va ziyon ichida bir tarafdan oʻzini isloh qila olmagan, zararga uchragan muqaddas bilimlarning tahrir va quvvatlantirilishiga muhtoj, boshqa tarafdan nafsning hujumiga uchragan va zavqlariga mubtalo, boshqa tarafdan gunohlarining tenggi boʻlmagan juz'iy qulligi abadiy saodatni loyigʻidek ta'minlashga kifoya qilmasligidan qoʻrqib nuqsonlarim jazosini oʻylab borgan sari abgorlashyapman. Bizlar oʻz qulligimiz va bu noqis xizmatimiz bilan bizga dalil murshid va shafoatchi boʻlmas ekan, abadiy saodatga yetish qanchalik uzoq. Afsus! Dunyoviy hayot tekis emas. Insoniy hislar oʻzgarishga juda iste'dodli.

— 231 —

Aziz Ustozim! Modomiki bizni talabaligingizga va qardoshligingizga, hatto qabulga loyiq boʻlmagan vatandoshlarimizni va majruhlarni huzuringizga va birodarligingizga qabul qildingiz. Yaralarimizga davo boʻladigan samoviy muqaddas dorixonadan dorilarni koʻrsatib, ishlatyapsiz. Iltimos, shu ojiz talabalaringizning faryodlariga achinib bizni tez davolang, yaralarimiz tuzalsin, qurisin. Soʻng asosiy muhim vazifalarimizni ado qilishni boshlaylik. Sizda yaralarimizga davo boʻladigan eliksir va malhamlar mavjud ekan, shifoni va oliy rahbarliklarini xazratlaridan kutamiz.

Ma'naviy kemangizning e'lonlar tarqatuvchisi
Talabangiz Zakoiy
— 232 —

(Gʻolibning Forscha bayoni. Karomati Gʻavsiya munosabati bilan yozgan.)

ك۪يسْتَمْ مَنْ چُو يَك۪ى عَاجِز و ب۪ى تَاب و زَبُونْ ٭ دِلْ حَز۪ينْ س۪ينَه پُرْ اٰلَام و سَرَمْ مَسْتِ جُنُونْ
Men kimman? Men, koʻngli singan, ichi dardga toʻla, boshida ahmoqlik sarxushligi boʻlgan ojiz, kuchsiz bechoraman.
اَزْ غَمِ فِرْقَتِ دِلْدَارْ بَس۪ى پُويَنْدَمْ ٭ كَسْ نَم۪ى بُودْ دِلِ زَارِ مَرَا رَاهْنُمُونْ
Haqiqiy doʻstdan ayriliq azobidan sargardon, (lekin) zor koʻnglimga yoʻl koʻrsatadigan (rahbar) topilmaydi.
سَالْهَا دَرْ اَلَمِ هَجْرْ پَر۪يشَانْ بُودَمْ ٭ نَه يَك۪ى يَارِ مُوَافِقْ نَه يَك۪ى جَامِ سُكُونْ
Ayriliq alamidan barbod edim, na koʻzlagan doʻst bor, taskin beradigan (maʻrifat) qadahi bor edi.
رَاهِ بِهْبُودِئِ مَنْ گُمْ شُدَه بُودْ اٰنْ بَاٰنْ ٭ دَرْ سَرَمْ شَوْقِ جُنُونْ بُودْ شَب و رُوزْ فُزُونْ
Kundan kun holatim yoʻqlikka ketayotgan edi, kunu tun boshimdagi telbalik istagi ortar edi.
عَاقِبَتْ دَسْتِ قَضَا هَادِئِ بِهْبُودَمْ شُدْ ٭ هِمَّتِ زُمْرَهٔ‌ِ مَرْدَانِ خُدَا جِلْوَه نُمُونْ
Oqibatda (Allohning) taqdir qoʻli bilan hidoyatga boshladi, Alloh doʻstlarining himmati yordamga keldi.
چِه نَوَازِشْ كِه : دِلَمْ يَافْتَه دَرْ سَايَهٔ‌ِ پ۪يرْ شُدَمْ ٭اَلْحَاصِلْ اَزْ دَوْلَت و لُطْفَشْ مَاْمُونْ
Pirim soyasida koʻnglim xuzur topdi, natijada uning lutf va inoyatiga noil boʻlib osoyishtalik topdim.
بَخْتِ نَاسَازِ مَرَا سَازِئِ اِقْبَالْ رَس۪يدْ ٭ دِلِ ب۪يچَارَهٔ‌ِ مَنْ شُدْ زِفُيُوضَشْ مَمْنُونْ
Baxtsizligimga omad yetishdi, bechora koʻnglimuning fayzidan xursand boʻldi.
ن۪يسْتْ عَجَبْ خَاكِ سِيَهْ لَعْل شَوَدْ دَرْ پ۪يشَشْ ٭ نُورِ حَقَّسْتْ هَمَانْ ا۪ينْ نَه فِسَانَه نَه فُسُونْ
Uning nazari bilan qora tuproq yoqutga aylanishi oddiy hol, (zero) uning nazari Haqning nuridir, afsun yoki sehr emas.
دَرْ زَم۪ينِ اَهْلِ حَقْ اَنْوَارِ تَجَلَّاىِ خُدَاسْتْ ٭ پ۪يشِشَانْ مَاض۪ى و اٰت۪ى هَمَه يَكْ نُقْطَهٔ‌ِ نُونْ
Haq ahli zaminida Alloh tajalliysining nurlari bor, moziyu kelajak ularning nazarida "nun"ning nuqtasi kabidir.
اٰنْچِه مَاض۪يسْتْ بِخٰوانَنْد بَدِلْ هَمْچُو كِتَابْ ٭ حَال و اٰت۪ى هَمَه يَكْ ش۪يوَه شَوَدْ كُفّ و كُمُونْ
Moziydagisini koʻngillarda kitob kabi oʻqishadi, xozir va kelajak hammasi ular uchun bir, ichlaridadir.
دِلِ شَانْ اٰي۪ينَهٔ‌ِ اٰيَتِ لَوْحِ مَحْفُوظْ ٭ زَانْ سَبَبْ نِهَانْ اَزْدِلِ شَانْ كُنْ فَيَكُونْ
Ularning koʻngillari Lavhi Mahfuz oyatlarining oynasidir, shuning uchun "boʻl" desa "boʻladi" sirri koʻngillarida yashirin.
اٰنْچِه د۪يدَنْد و بِگُويَنْدْ خُدَا اٰمُوزَدْ ٭ اٰلَت و قُدْرَتِ حَقَّنْدْ مُكَمَّلْ مَوْزُونْ
Alloh ularga koʻrgan va gapiradigan narsalarini oʻrgatadi, (ular) Haqning mukammal va oʻlchangan qudrati va asbobidir.
هَانْ دَرْ نُسْخَهٔ‌ِ تَوْرَاتْ ثَنَاىِ مَحْمُودْ ٭ هَانْ دَرْ لَوْحِ زَبُورْ وَصْفِ مَس۪يحَا اَفْزُونْ
Tavrot sahifalarida Mahmudning maqtalishi va Zabur sahifalarida Masihning koʻp vasfi bor.
وَصْفِ اَصْحَابِ مُحَمَّدْ هَمَه دَرْ اِنْج۪يلَسْتْ ٭ ا۪ينْ چِه ب۪ينِشْ هَمَه اَزْ وَحْىِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Hazrati Muhammad (s.a.v.) ashobining butun vasfi Injilda, barchasi tenggi yoʻq (Allohdan kelgan) qanday ham goʻzal fikrlardir.
بَازْ دَرْ اَهْلِ وَلَايَتْ تُو ب۪ين۪ى ا۪ينْ رَازْ ٭ دَادَه اَزْ خَبَرِ اٰت۪ى پَيَامِ مَقْرُونْ
Bu sirni valiylarda xar doim koʻrasan, kelajak va hozirdan xabar berishgan.
خَبَرِ گُلْشَن۪ى م۪ى دَادْ جَلَالِ رُوم۪ى ٭ شَيْخِ اَكْبَرْ خَبَرِ مِصْر۪ى دِهَدْ اَمْرِ يَكُونْ
Jalol-i Rumiy, Gulshaniyning xabarini bergan edi, Shayx Akbar esa, Misriyning xabarini beradi...
اَحْمَدِ جَامْ دِهَدْ اَزْ اَحْمَدِ فَارُوق۪ى خَبَرْ ٭ مَنْ كُدَامَشْ بِشُمَارَمْ كِه زِاَعْدَادْ فُزُونْ
Ahmad Jomiy, Ahmad Faruqiydan xabar beradi, men qaysinisini aytay, zero sanab boʻlmaydigan darajada sanogʻi yoʻq.
هَرْ يَك۪ى گُفْتَه خَبَرْ رَمْز و اِشَارَتْ كَرْدَنْدْ ٭ پ۪يشِيَانْ اَزْ پَسِيَانْ دَادَه نِشَانِ سَيَكُونْ
Xar biri bir xabar aytgan, ramzu ishorat berishgan, eskilar keyingilarga "boʻladi" deb xushxabar berishgan.
— 233 —
بَاخُصُوصْ مَرْدِ خُدَا حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ غَوْثِ اَعْظَمْ قُطْبِ دَائِرَهٔ‌ِ كُنْ فَيَكُونْ
Boxusus Mard-i Xudo Gʻavsi Aʻzam Hazrat Abdulqodir "kun - fayakun" doirasi qutbidir.
پَسْ اِشَارَتْ دِهَدْ اَزْحَالَتِ اٰتِىِ جِهَانْ ٭ هَرْ چِه د۪يدَسْتْ بِگُفْتَسْتْ بَيَانِ مَسْنُونْ
Jahon kelajagi xabarini bergan. Nimani koʻrgan boʻlsa munosib bayon ila aytgan.
گُفْت دَرْ نَظْمِ تَجَلّٰى كِه شَوَمْ حِرْزِ مُر۪يدْ ٭ اَزْشَرّ و فِتْنَه نِگَهْبَانِ مُر۪يدَمْ مَاْمُونْ
Ochiq nazm bilan "Yomonlik va fitnadan muridini asragan ishonchli asrovchi bolaman", dedi.
كَرْدَه اَزْ فِتْنَهٔ‌ِ جَنگ۪يز و هُلَاگُو اِخْبَارْ ٭ بِنْگَرَدْ ل۪يكْ رُمُوزِ سُخَنَشْ تَا بِكُنُونْ
Chingiz-u Hulagu fitnasidan xabar bergan. Soʻzining ramzi bugunga ham qarayapti.
خَبَرِ فِتْنَهٔ‌ِ ا۪ينْ دَوْرِ زِنُطْقَشْ پَيْدَا ٭ يَافْتَه اَزْ رَمْزِ اُو اَرْبَابِ يَق۪ينْ سَرْ فُزُونْ
Uchbu davr fitnasining ishorati uning soʻzlaridan chiqadi. Yaqiyn arbobi uning ramzidan bir qancha sirtopishgan.
فِتْنَهٔ‌ِ دَوْرِ كُنُونْ چُونْكِه زِحَدْ اَفْزُونَسْتْ ٭ زِشِرَارِ شَرّ و فِتْنَه شُدَه جَيْحُونِ هَامُونْ
Bu davr fitnasi haddan koʻp boʻlgani uchun, yomonlarning yomonlik va fitnalari Homun (choʻlining) Jayhun (daryosi) kabi boʻldi.
اَهْلِ دَانِشْ هَمَه سَرْ جَيْبِ قَبَا م۪يكَرْدَنْدْ ٭ عَرْصَهٔ‌ِ د۪ينْ زِمَرْدَانْ شُدَه خَال۪ى مَشْحُونْ
Olimlarning barchasi chuqur oʻylayotgan edi. Din maydoni Alloh doʻstlaridan boʻsh qolgan edi.
د۪يدَهٔ‌ِ دَهْرْ نَد۪يدَسْتْ بَد۪ينْ دَغْدَغَه ه۪يچْ ٭ م۪ى رَوَدْ رُودِ فِرَاتْ خَلْق هَمَه تَشْنَه نُمُونْ
Falak koʻzi (bunday) badbinlikka toʻla shovqinni koʻrmagan edi. Firot daryosi oqayotgan boʻlsada xalq suvga tashna edi.
دَرْ هَمَه ه۪يچْ عَصْر فِتْنَهٔ‌ِ ا۪ينْ دَوْر نَبُودْ ٭ اَكْثَرِ خَلْق شُدَه حَالِ زَمَانْرَا مَفْتُونْ
Hech bir asrda bu asr fitnasi yoʻq edi. Xalqning aksariyati asrning (koʻr) jarayoniga maftun edi.
مُلْحِدَانْ رُوزُ شَبْ ا۪يجَادِ فِتَنْ م۪ى كَرْدَنْدْ ٭ زَهْرِ خَنْد نَكُنَدْ بَلْكِه بِگِرْيَدْ مَجْنُونْ
Mulhidlar kechayu kunduz fitna chiqarar edi. Majnun kulmas, aksincha yigʻlar edi.
بَرْ بَد۪ينْ فِتْنَه و شَرْ حَضْرَتِ اُسْتَادِ سَع۪يدْ ٭ جَبْهَه بِگِرِفْتْ خُوشَا مَرْدِ سَعَادَتْمَقْرُونْ
Bu fitna va sharrga qarshi Hz.Ustod Said urush ochdi. U kishi qanday ham baxtiyor, saodat vasilasidir.
ت۪يغِ سَرْ ت۪يزْ شُدَه دَرْ كَفِ اُو چُونْكِه قَلَمْ ٭ كِلْكِ اُو زُمْرَهٔ‌ِ اِلْحَادْ هَمَه كَرْدَه زَبُونْ
Qoʻlidagi qalam - uchi keskir qilich kabidir. Qalami mulhidlar jamoasining tamoman zabunu parishon qildi.
هَيْبَتِ د۪ينْ زِگُفْتَارِ خُوشَشْ پَيْدَا شُدْ ٭ هَرْكِه ا۪ينْ نُورْ نَب۪ينَدْ شَوَدْ اِذْعَانَشْ دُونْ
Dinning haybati u kishining hush soʻzlaridan (qaytadan) oʻrtaga qildi. Bu nurni koʻrmagan odamning tushunchasi tor boʻladi.
كِلْكِ اُسْتَادْ اَزْ لَدُنْ بَسْطِ حَقَائِقْ م۪يكَرْدْ ٭ تَا اَبَدْ اَزْ فَيْضِ عَيَانَشْ هَمَه جَانْ نُورِ عُيُونْ
Ustodning qalami - ladun ilmi haqiqatlarini tushuntiradi. U zotning ochiq fayzi abadgacha, barcha tiriklarga koʻz nuri boʻladi.
بِفَرْمُودْ مَگَرْ حَضْرَتِ غَوْثْ ٭ دَرْحَقِّ حَضْرَتِ اُسْتَادْ شَوَدْ اَصْلِ مُتُونْ ( لَا تَخَفْ قُلْهُ )
Hz.Gʻavs "Qoʻrqma gapir uni!" dedi. (bu soʻz) Hz.Ustod haqidagi matnlarning asli boʻladi.
حَبَّذَا رَمْزِ كِه گُفْتْ حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ نِعْمَ ذَا نُطْقِ كِه كَرْدَسْتْ سَع۪يدْ سَعْدِ نُمُونْ
Hz. Abdulqodir aytgan ramzi qanday ham goʻzal saʻd yulduzi koʻrinishidagi Saidning qilgan bayoni qanday ham goʻzaldir.
اٰنْ كِه د۪يدَسْتْ پَسَنْدَسْت بَيَانْ م۪ى كَرْدَسْتْ ٭ حَقْ پَسَنْدَسْت شَوَدْ تَشْنَهٔ‌ِ فَيْضَشْ اَفْزُونْ
Koʻrib sevgan narsasini bayon qilar edi. Haqni sevgan (va tutgan) kishi u zotning fayziga qattiq tashnadir.
بَعْد ز۪ينْ غَالِبِ ب۪يچَارَه دُعَا م۪ى گُوي۪يمْ ٭ بَادْ رَاض۪ى زِسَع۪يدْ ذَاتِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Endi, men, bechora Gʻolib - Tengi yoʻq Hudoning oʻzidan duo qilaman: Saiddan rozi boʻlsin.
هِمَّتَشْ عَال۪ى و فَيْضَشْ هَمَه اَعْلَا بَادَا ٭ بِدِهَدْ حَضْرَتِ حَقْ نَشْئَهٔ‌ِ غَيْرِ مَمْنُونْ
Himmati oliy, fayzi doim eng aʻlo boʻlsin. Hz. Haq u kishiga tuganmas xursandchilik bersin.
تَا فَلَكْ دَائِر و ا۪ينْ اَرْضْ هَم۪ى شُدْ سَائِرْ ٭ عَظَّمَ اللّٰهُ لَهُ الْاَجْرَ وَ قَرَّتْهُ عُيُونْ
غَالِبْ
Dunyo turguncha va Yer harakat qilar ekan Alloh u kishining ajrini koʻpaytirsin va baxtiyor qilsin.
Gʻolib
***
— 234 —

(Osim Beyning bayoni.)

Oʻttiz Birinchi Maktubning Toʻrtinchi Yogʻdusi - Minhoj-us Sunna, darhaqiqat juda qiymatli va oʻxshashi yoʻq risola-i sharifadir. Taqdir va tahsinga haqiqatdan eng loyiq, madhu sanoga shoyasta, qancha madh qilinsa shuncha oz. Har bir koʻrgan, oʻqigan va tinglagan odam maftun boʻladi. Hatto Alaviylar, ashaddiy Sunniylar ham qattiq maqtashmoqda. Ashadddiy yoʻnalishlarlarning bir-biriga qarshi boʻlganlari ham umuman e'tiroz qila olmay tortishuv eshigini ocholmayaptilar.

Osim

(Ahmad Xusravning bayoni.)

Muhyiddin Arabiy Hazratlarining yoʻlini izohlab, kamchiligini bayon qilgan nurli bayonotingizdan koʻp istifoda qildim. U masalaga oid avvalgi darsingizdan tushunmagan jumlalar va qorongʻu nuqtalar bu safar boshqacha koʻrinishda oldimga chiqqanini his etdim. Va goʻzal yuzli haqiqatlarini koʻrishni boshladim. Darhaqiqat, koʻp fayz oldim. Qardoshim Ra'fat bey bilan birga oʻqidik. Ustozimizga minnatdorlik bilan tashakkurlar etdik. Janobi Haq oʻzingizga loyiq koʻp ajr ehson etsin. Omin.

Ahmad Xusrav

(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)

Ey mening ruhu jonim - Ustozim Hazratlari!

Sizga loyigʻidek talabalik vazifasini ado qilolmayapman va Risola-i Nurga toʻliq xizmat qilolmayapman. Chunki Risola-i Nur bilan yuzaga chiqqan quvvatu qudrat, zakovat, sir va nurlarni oʻylagan, tafakkur qilgan sari oʻzimdan kechib, behush boʻlyapman. Unday yuksak yerlarga chiqolmayman. Inshoalloh, Janobi Haqning izni bilan, qullariga bahsh etgan eng qiymatli javharlardan ming birga qiymatli Qur'oni Hakimning sirlarini izhor etgan risolalardan kuchim yetgani qadar foydalanishga urinaman. Kunduz tirikchilik dardi bilan vaqt topolmaganim uchun, tunning bir qismini Nurlar bilan yoritaman.

Nurlarni yozgan sari qalamim va qalbimda oʻta shirin va ruhoniy sevinch his qilaman. Janobi Haqqa qanday hamd va shukr aytishni bila olmayman. Ba'zan Risola-i Nurning nurlariga qarshi ixtiyorim qoʻlimdan ketadi. Gʻaflatda oʻtgan hayotimni oʻylagan sari mahzun va gʻamgin boʻlaman. Nurlarni topgandan keyin kelajagimni koʻrgan sari qahqaha bilan kulaman, sevinaman va baxtiyor boʻlaman. Oʻn besh yilki shunday xizmatni orzu qilardim. Dunyoning koʻp hayot shakllarini va zavqlarini koʻrdim. Ular abad orzuimni qondirmas va toʻydirmas edi.

— 235 —

U orzuni toʻliq qondiradigan va ta'minlaydigan ozuqani Risola-i Nurda topdim, alhamdulilloh. Hozirgacha nafsim dunyoning zohiriy zavqlariga berilgan va meni boshqa bir olamning zindonlariga qadar chorlashni rejalashtirgan va bir daraja muvaffaq boʻlgan edi. Ustimga mingan edi. Hozir وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ boʻlgan Janobi Mavlo va Taqaddas Hazratlariga hadsiz hamd va shukr qilamanki, Said ismli bir zot vositasida Qur'on sirlarini yordamimga yetkazdi. Nafsi ammoraning balosidan qutuldim. Oʻn besh yildan beri haqiqat yoʻlini qidirish uchun koʻp eshiklarni qoqdim. Koʻpida dunyoga oid ziynatlarni koʻrganim uchun, chekindim, faqat Allohga hamd boʻlsin qidirgan eshikni topdim. Janobi Haq meni u eshikka toʻliq xizmatkorlikka sabot bersin. Bu zulmatli asrda iymon haqiqatlarining nurlarini nashr etgan Risola-i Nur qay daraja yuksakligi va barchaga manfaatli ekani inkor qilinmaydi. Inkor qilinsa, bilmagan va tushunmaslikdandir. Tushunganga chivin ham soz kelar, tushunmaganga karnay-surnay oz kelar. Janobi Haq koʻzlarimizning pardalarini koʻtarsin, haqiqatlarni loyigʻidek bizga koʻrsatsin, omin.

Bobojon Mahmad Ali
— 236 —

(Mingboshi Osim Beyning bayoni.)

Muhtaram Ustozim Afandim!

Har doimgidek, bu safar ham haqqim boʻlmasada, oʻzimcha lutf va koʻp berilgan nihoyasiz iltifot bu faqirni mast qildi. Nima qilishimni bilmayapman. Janobi Lamyazal Hazratlarining lutfu karamu ehsoniga hamdu shukru sano etib, risola-i sharifalarni mahkam tutyapman. Lazzat olib, siz ustozimni qarshimda va yonimda topib hayratga tushib, tafakkur qilib surur dengiziga shoʻngʻib ketyapman. Bu holatning davom etishi va ortishini Subhoniy lutf va inoyatidan niyoz qilyapman. Qanday qilmay? Hazratim! Faqirga shuncha iltifotdan boshqa, xususan bu safargi lutfnomalarining boshiga bir qancha tavsifdan soʻngra "Qur'on xizmatida quvvatli birodarim, Haq yoʻlida va abad safarida yaqin yoʻldoshim", degan latif soʻzlaringiz, jahonqiymat kalomlaringiz men kabi faqir, haqir, muhtoj qardoshingizga koʻp himmat qilinilishi sizning buyukligingizga va toʻgʻrirogʻi Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining tavajjuhi, duosi, himoyasi va muhofazasi ekaniga qanday iymon keltirmay. Qandayki bu safar "Gʻavsi A'zamning gʻaybiy xabarlari" risola-i sharifasini koʻrdim, oʻqidim, yozdim. Gʻavsi A'zam qutblarning buyugi ekanini bilamiz va qalban tasdiqlaymiz. U zot bizga qatti muhabbat koʻrsatayotgan ekan, bu safar bu xulosa, bu muhabbat fikrimni yanada ziyodalashtirdi va quvvatladi. Hazrati Shayxga iymon va muhabbatimni habl-ul matin bilan bogʻladi. Qanday bogʻlanmay? Bu karomat va gʻaybiy xabari - haqiqat joʻsh urgan va ruhga hayot bahsh etgan "Soʻzlar"ni soʻzlagan, xabar beran shunday haqiqat va karomatlar manbaining sohibi Hazrati Gʻavsi A'zam, ustozimning ustozidir.

Bu kayfiyat ustozimga boʻlgan joziba, bogʻliqlik va taslimimni yana bir bor quvvatladi. Yiqilmas va buzib boʻlmas qal'a shakliga keltirdi. Modomiki bu faqir mustahkam qal'ada ekanman, tashqaridan va hech kimdan xavotirim yoʻq. Tashqarining xujum va isyoniga qarshi turish va hujum qilish hissi va quvvatini qoʻlga kiritdim. Lutf va Bariʻ inoyati bilan, Gʻavsi A'zamning tavajjuh va duosi bilan siz ustozimga qovushdim. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Bariʻ i Taolo va Taqaddas Hazratlaridan umrimning oxirigacha bu yoʻldan ketishni, buyurilganidedk "siddiq, fidokor, haqiqiy oxirat qardoshingiz va xizmati Qur'oniyada quvvatli birodaringiz va Haq yoʻlida va abad safarida yaqin yoʻldoshingiz" boʻlishga loyigʻidek haq qozonishni va loyiq boʻlishni tilayman va niyoz qilaman. Va minallohit-tavfiq.

— 237 —

Ustozi akramim! Sizga, ya'ni Risola-i Nurga husnixat va toʻgʻrirogʻi ta'zim, eʻzoz, hurmat, samimiyat, muhabbat va taslimiyatimning mingdan birini taqdim qila olmayapman. Ojiz qalamim va tilim hissiyot va ruhimning tarjimoni boʻlolmayapti.

Ruhimning siz ustozimga boʻlgan jozibasi va muhabbati yuzdan beshi shaxsingizga boʻlsa, toʻqson beshi haqiqat nurlari nashriga va dalloligini qilgan Qur'oni Hakim sharafiga ta'zim va eʻzozdir. Shunday fikr va iymonim borki, sizning nur va haqiqat manbai - "Soʻzlar"ingiz Qur'oni Hakimning iqtibos qilingan tafsiridir. Taqdir, tahsin, madhu sitoyish qilmagan hamda muhabbat va bogʻliqlik his qilmagan odam inson emas, toʻgʻrirogʻi Ilohiy va Paygʻambariy mardudi boʻlganlardir. Janobi Xoliqi Lamyazal Hazratlari bu kabilarga ham tariqi haqni nasib aylasin. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Suyukli Ustozim! Singlingizning kasalligining had davri oʻtgan. Avvalroq aytgan edim, yuzdan yigirmasi bor. Hanuz yotoqdan turmadi. Quvvat va iqtidori yoʻq. Namoz oʻqiy olayotgan boʻlsa ham, vujudi titramoqda va ora-sira oqsayapti. Lahulhamdu valminna, Janobi Haqning lutfu karamiga va buguniga koʻp shukr. Moziyning mashaqqat va alami oʻtdi. Hozirgi holiga shukr va istiqbolga tavakkal qilish bilan mashgʻul. Siz ustozimga duolar qilib: "Nur va Qur'on haqiqati risola-i sharifalari menga yordam berdi", dedyapti. Xususan Oʻttiz Birinchi Maktubning Ikkinchi Yogʻdusidagi sabr, bardosh va shukr mavzuiga shunchalar bogʻlandiki, bu risola-i sharifani avval va oxir va ayniqsa xasta vaqtida necha martalab faqirga oʻqitgan va Janobi Haqqa hamdu sano qildi. Uchinchi Yogʻdu va boshqa risola-i sharifalarni oʻqitib tinglamoqda va koʻz yoshlari toʻkmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Bular va boshqa risola-i sharifalar haqiqat joʻsh urgan, nurlar sochgan bir fayzdir. Shuni aytishim mumkinki, zalolat va bid'atdagilarning ashaddiylari va mulhidlarning eng yomonlarini ham iymonga keltirishiga ishinchim komil. Ruhiga ta'sir qila olsa bas.

— 238 —

Behisob shukr, suyukli ustozimiz soyasida va tavajjuh va duolari bilan Nurlardan nurlanyapmiz va ne'matlanyapmiz. Xususan Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining karomat va gʻaybiy xabarlarini singlingiz shunchalik lazzat va muhabbat bilan tingladiki; uch yil avval xastalikka chalingan payti va qisman behush aqli ketgan vaqtlar bogʻda daraxtlarning shoxlarini tutib, "Ey Abdulqodir Jiyloniy! Ey Vaysal Qaroniy, madad!" deb baqirib yurar edi. Bu safar karomat va gʻaybiy xabarlarini batafsil koʻrishga va tinglashga muvaffaq boʻldi. Ushbu risola-i sharifa faqirga ham qattiq ta'sir qildi, surur va yigʻlatdi. Koʻz yosh toʻkishga sa'yu-gʻayrat qildi. Muhabbat va shavqimni orttirdi. Shukrimni qanday ado etishimni bilolmayman. Xoliqi Lamyazal Hazratlari oldida qullik vazifam nuqsonli, ikki jahon sarvari Sayyid-il Mursaliyn Faxri Olam (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Afandimiz oldida ummatlik vazifasida qusur va nuqsonim koʻp va Qur'on xizmatida loyigʻidek sa'yu-gʻayrat qila olmayapman. Ishda qusur va nuqsonim koʻp boʻlishi bilan birga, faqirni siz ustozim bilan birga saqlab, Qur'on xodimi boʻlgan qardoshlar bilan birlashtirib, Qur'oniy xizmatdan faqirga (hech boʻlmasa bir ummondan bir qatra boʻlsin) hissa berilsa, oʻzimni mas'ud va baxtiyor sanayman. Hamdu sano va shukrimga haddu poyon koʻrolmayman. Barcha oʻqigan birodar va qardoshlarimning hammasi faqat taqdir, tahsin va tasdiq etmoqdalar va ayni fikrdalar. Qur'on xizmatiga shavqu gʻayratlari koʻpayyapti. Bu jamoatda va bu doiradagilarga havas qilishyapti. Janobi Xoliq ummati Muhammadning (ASV) qalblariga ilhom bersin, ruhlarini nurlantirsin, ikki dunyo saodatini ehson etsin.

Qardoshingiz, faqir va muhtoj
Osim
— 239 —

(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)

Ustozim!

Besh vaqt namozdan keyin, hazratlarining haqqiga duo qilaman va duongizni soʻrayman. Yoʻlingiz va nashr qilgan Risola-i Nuringizga boʻlgan hissiyotimni tilim bilan bayon etolmayman. Men ummiyman, boshqa qardoshlarim kabi maqsadimni ifoda qilolmayman. Faqat falillahilhamd, qalb va ruhim Risola-i Nurning ta'sirlari bilan uygʻondi. Qalbimning uygʻonganini tushlarim orqali tushunyapman. Zotan bu gʻaflat va zulmat davrining yaqazo olamini ogʻir bir uyqu olami va uyqu olamini esa bir daraja yaqazo olami sifatida koʻryapman. Shuning uchun siz ustozimga tushlarimni aytyapman.

Ushbu tushimning xulosasi shuki: Bir masjidda siz bilan birga oʻtirgan ekanmiz. Hovlisida ba'zi talaba birodarlarim bilan tozalik qilayotgan edik. Bir avtomobil koʻrindi. Masjidning yaqinida toʻxtadi. Ichida Rasuli Akram (ASV) bor edilar. Soʻngra bir dara ochildi, masofa hosil boʻldi. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan: Rasuli Akramning (ASV) Sunnati Saniyasini tiriltirishga harakat qilgan va nashr qilgan Risola-i Nur Rasuli Akramning (ASV) maqtov va tahsinlariga sazovor boʻlganki, ruhoniy yordam bilan masjidimiz hisoblangan bu viloyatga ma'naviy tashrif buyurdilar. Ammo zalolat ahli hiylalari bilan Sunnati Saniya xizmatkorlarini chalkashtirmoqda. Ustozlari bilan koʻrishmaslik uchun moneʻliklar tashkil qilmoqda.

Ikkinchi tushimning xulosasi shuki: Bir qabristonning chetida koʻplab xirmonchilarning bugʻdoy sochganini va oldinda ikki eshikli mustahkam qal'adek saroy ichida Hazrat Gʻavsi Jiyloniy oʻtirgan ekanlar, insonlar oʻta gavjumligini koʻrdim. Ziyorat qildim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan his qilyapmanki, qabriston oʻtgan davrdir. Xirmonlardagi koʻplab bugʻdoylarni sochganlar, bu davrdagi Risola-i Nurning noshirlari va talabalari boʻlib, ruhlarning ma'naviy rizqini yetishtirmoqdalar. Haqiqat donlarini shubha va xayollar somonlaridan tozalashyapti. Talabalar ustozining eng muhim ustozi Hazrat Gʻavsi Jiyloniy mustahkam qal'adek saroyda oʻtirganlarini va ularga ustozlik qilganlarini va atroflaridagi gavjumlik va oʻzlarining koʻp mashgʻul boʻlishlari Gʻavsiy karomati bilan izhor qilganlari kabi, Risola-i Nur talabalariga boʻlgan himmat va duolari bilan koʻp mashgʻul, deb tushundim.

Ummiy talabangiz
Mustafo
— 240 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Birinchi, Ikkinchi Soʻzlar koʻpchilikning qoʻllarda tushgani uchun, oʻqilmas holda edi. Shuning uchun yozib koʻpaytirdim. Qalbimga keldiki, "Ajabo, bu Islom va iymon hujjati hisoblangan "Soʻzlar"da tavofuq sirri bormi?" deb qaradim, koʻrdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى aytdimki. Angladimki, risolalarda umumiy i'joz toʻplami va Shasmi Sarmadiyning soʻnmas haqiqat ziyosi koʻrinmoqda. Qur'oni Hakim butun dunyoga, insu jinga mingdan ortiq yildan beri nido qilib, dushmanlarini lol qilib, doʻstlarini xursand qilmoqda. Hukmi qiyomatgacha boqiydir. Shuning kabi, Qur'oni Hakimning haqiqiy mufassiri boʻlgan Risola-i Nur va qismlari bu zulmatli pardalarning ostidan oʻzlarini koʻrsatib nurlarni nashr qilganlari kabi, inshoalloh bir davr keladi, zulmatlar pardalarini yirtib, butun dunyoga xitob qilib, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ochiq moʻ'jizasini isbotlaydi! Janobi Haq qiyomatgacha nurlarni nashrga xizmat qiladigan xodimlarining koʻpayishini ehson qilsin.

Hofiz Ali
— 241 —

(Hofiz Alining bayoni.)

Ustozi Oliyshonim Afandim Hazratlari!

Oʻn bir nuktani ichiga olgan Mirqot-us Sunnani koʻchirishga muvaffaq boʻldim. Ushbu ziyodor Yogʻdu bu davrda shirk bilan iymonni, yomon bilan yaxshini ayirish va ajratish uchun shunday bir javhar oʻlchoviki, maqtalganidek haqiqatini koʻrishda koʻz va haqiqatiga yetishishga aql hayron va ojizdir. Zotan bu davrning juda qattiq zulmatlarini ketkazazdigan, ziddidan juda ustun, yoʻq boʻlmas nur Janobi Haqning rahmatidan umid qilinar edi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى U nur bilfe'l Risola-i Nurda joʻshib chiqqan har aqli boshida boʻlgan kishi koʻryapti. Bunday eng buyuk haqiqatni izoh va tafsir qilgan bir risola emas, hatto bir kishini ogohlantirish uchun yozilgan bir maktubning ham har qanday harakatga qaraydigan koʻzi, hammaga yaraydigan bir soʻzi bor.

Ey aziz Ustoz! Bizlar qanday shukr qilmaylik, qanday minnatdor boʻlmaylikki, Janobi Haq biz qattiq muhtoj boʻlgan dunyoning oʻsha katta quyoshi kabi, bizlarni Qur'on quyoshining haqiqiy mufassiriga qovushtirdi. Qanday salotu salom boʻlmasinki, ul Hazrati Sipoh solari Anbiyo boʻlgan Shohi Lavlakkaki, bizlarning koʻrmas koʻzlarimizni nuri bilan shu'lador qilib, tariqi mustaqimga chorladi. Isyonimizga qarab, bizlarni halqa-i irshodidan tashqarida va asl holimizda qoldirmagan Hazrati Dalloli Qur'onga nega duogoʻy boʻlmaylik?! Inshoalloh ikki jahonda ham qoldirmaydi.

Suyukli Ustoz! Har ikki qismni koʻchirar ekanman, qalbimga keldiki, asllarini taqlid qilmay. Zero ustlarida zohir boʻlgan tavofuq gullarini, badoyi' jilvasi boshqa tarzda oʻzini qanday koʻrsatadi, aytdimki. Va ojizona taqdimim boʻlgan ikki nusxadagi badi' san'at aql va inson iste'dodidan juda uzoq, goʻyo dastgohida oʻlchanib, bichilib, xar bir harfi qastdan vazga solinib yuzaga chiqqanini koʻrsatadi. Bu davrning aqldan uzoq ablahlariga ma'nan aytiladiki, hozir bizning ustimizda tajalliy etgan jilva-i jamolni aqlingiz bilan oʻlchay olmaysiz, koʻzlaringiz boʻlsa koʻrasiz.

Ha, bahorda zamin yuzida Rabboniy san'ati bilan har tarafda ipakdan qilingan mato misol gullarning ochilishlarini juz'iy shuuri boʻlgan kishi bir Qodiri Mutlaq boʻlgan Zoti Zuljaloldan boshqasidan deb bilmaydi. Xuddi shuning kabi, umumiy risolalar Qur'on umrining asrlar, yillaridan oʻn toʻrtinchi asr sultoniy navroʻzi kabi bahorni ifodalaydi. Arichalik aqli boʻlgan kimsa bahorda gullardan foydalanmasa, nima deyiladi? Ulkan bahorni koʻrmagan koʻzi borlarga nima deyiladi? Koʻrib oʻzini qish chillasida deb tasavur qilga kimsaga nima deyiladi? Oʻzini shuur, fikr va basirat sohibi tusi berganlarga afsuslar boʻlsin...

— 242 —

Bor boʻling, ey suyukli Ustoz! Siz ushbu Qur'oniy olmoslar bilan oʻsha ulkan bahorning mubashshirisiz. Janobi Haq maqsud va murodingizga noil aylasin. Omin duosi bilan buyuk qoʻl va etaklaringizdan oʻpaman Afandim Hazratlari.

Faqir Talabangiz Ali

Bu faqir va ojiz talabangiz xazratlariga avval zikr qilingan asarlar haqida bir arizachani yuborish niyatida boʻlsam ham, asosan istak va istaklarimiz bir boʻlgani uchun, Hofiz Ali Afandi qardoshim ushbu maktubining ma'nosini takroran yetarli deganimni aytib va xurmatli xoki poylarini oʻpaman Afandim.

Pur-qusur talabangiz
Xulusiyi Soniy

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Aziz va muhtaram Ustozim!

Nurlarning yoyilishida chaqmoqdek tezlik kerak ekan, biroz sekinlashishdan har doim afsus bilan aytgan edim, xazratlariga maʻlum. Yaqinda ba'zi mushtoq kishilar yana soʻz doirasiga qoʻshildi. Qalbimga kelgan eslatma bilan tarqalish xususiyatini oʻyladim va ushbu haqiqatlarni his etdim. Hatto xulosa qildimki:

Muborak "Soʻzlar" va "Maktublar" tamoman boʻlmasa ham, ushbu muhitda yozilmasdan ancha tarqaldi. Boshqa yaqin viloyat tumanlarida bu asarlarni koʻrish va eshitishni istaganlar koʻp ekan. Fasubhanalloh, bu qadar kichik va nuqsonli xizmatdan bu daraja foyda qoʻlga kiritilishi koʻrsatmoqdaki, "Soʻzlar" va "Maktublar" haqiqatdan Nur ismining tajalliylari boʻlib, osonlik bilan yoyilmoqda. Bu jarayonni hayrat bilan tafakkur qilar ekanman, "Bismilloh" nomli "Birinchi Soʻz" yodimga keltirildi. "Dunyoga orqasini oʻgirgan Ustoz Hazrati Gʻavsning tashvigʻi bilan, balki dalolati bilan Qur'onning kashf etilmagan bir xazinasidan "Bismilloh" bilan kirmoqda, Qur'oniy dalaga "Bismilloh" deb "Soʻzlar" tuxumini ekmoqda, Furqoniy bogʻga "Bismilloh" deb, Nurli Maktublar urugʻini oʻtkazmoqda. Amri Ilohiyga rioya qilib ekilgan tuxum va oʻtkazilgan urugʻlarning inkishof va yoyilishlari shubhasiz horiqo-aso boʻladi", deb oʻylay boshladim.

— 243 —

"Birinchi Soʻz"dagi tamsilda sayohat qilgan kamtarin zot Ustozimizning oʻzidir. Oʻsimlik, daraxt va oʻtlarning ipak kabi yumshoq ildiz, tomirlari "Bismilloh" ta'siri bilan yer ostida qattiq toshni, tuproqni qanday teshib oʻtayotgan boʻlsa, aynan shuning kabi, "Bismilloh" bilan mavqe-i intishorga qoʻyilgan Soʻzlar ham horiqo Yer yuzida oʻsha shaklda yoyilmoqda. Va eng munavvar va mukammal meva hisoblangan moʻminlarining qalblariga ta'sir qilmoqda. Bid'atlarning koʻpligi va buzgʻunchilarning toshgan davrida "Bismilloh" bilan oʻtkazilgan Nur koʻchatining yaproqlari - "Soʻzlar" va "Maktublar" bilan bu muqaddas koʻchatning shox va shodalari boʻlgan Hizb-ul Qur'on va bu jamoatning asosi va sayyidi boʻlgan muhtaram Ustoz ham bir gʻaybiy muhofazaga sazovordir.

Shamsi Risolatdan kelgan Qur'oniy Nurlarning ilk ustozga keyin biz bechoralarga, bizlardan boshqa mushtoq boʻlganlarga... oʻtayotganini tasavvur qildim. Alhamdulilloh aytdimki. Muhim bir tushimda aytganimdek, "Soʻzlar"ingizning moʻminlarga tarqalishiga kichik jamoatingiz inoyati Ilohiy bilan tashuvchi, vosita boʻlmoqda.

﴿ كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَل۪يلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَث۪يرَةً بِاِذْنِ اللّٰهِ ﴾

sirriga sazovorlik bilan ma'naviy gʻalabani ta'minlaydi. Markazdagi murshidlariga yuzlangan va nazoratchi kichik tavhid halqasini tashkil qilganlar kabi, kichik jamoatingizning har bir aʻzosining orqasida, muntazam koʻpayayotgan, konus shaklida muvahhidiyn jamiyatini koʻrgandek boʻldim. "Allohu Akbar" aytdimki. Qardoshlarimizga bu muqaddas tasavvurni pastdagi lavha bilan yanada koʻproq izohlashga harakat qilaman. Bu nurli tafakkur menga buyuk umid baxsh etdi. Muallim Judiyning qasidasidagi shu misrani ham eslatdi:

— 244 —

Bir qiblaga bogʻladi qalblarni

Jam etdi qabila-yu xalqlarni

Mavloga muhabbati musallam

Sallallohu alayhi vasallam.

Sunnatga ergashishga

{(Hoshiya): Xulusiyning takrorlangan tushunilmagan tarafdan bir karomati ixlosiyasi shuki: Ya'ni, yozilgan va hali unga yuborilmagan risolalarning mavzuini tashkil qilgan bir asosni maktubida yozadi. Goʻyo istaydi. Koʻp marta boʻlgani kabi, hozir ham sunnatga ergashishga doir Mirqot-us Sunnaga ochiq bir suratda bir hissi qoblal vuqu' bilan talab qilmoqda.

Said}

juda katta ahamiyat bergan muhtaram Ustozimiz - bu asrda اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ sirriga asosan, ichiga sochilgan ixtilof tuxumi sababli tavhiddan kunma kun uzoqlashgan kimsalarni bir qiblaga birlashtirish uchun, "Soʻzlar" va "Maktubot" nomli nurli asarlar bilan iymon ahlini irshod qilishga urinmoqda. Kofirlarga, hatto jin va shaytonlarga ham, nozil boʻlish boshlagan paytidagi kabi, Qur'on nasslarini e'lon qiladi. Maxfiy i'jozni izhor qiladi.

Vahdat-ul Vujudga doir risolani muhim kishilarga oʻqigandan soʻng, ma'naviy chorlov bilan ixtiyorsiz bir joyga bordim. U yerda Vahdat-ul Vujud yoʻli sohibi boʻlgan olim zotni topdim. Vahdat-ul Vujud haqidagi maktubni oʻqidim. Toʻgʻrirogʻi, ixtiyorsiz oʻqidim. U tinglovchi muhim olim boshida juz'iy e'tiroz barmogʻini uzatishni istadi. Oxirigacha tinglashini eslatdim. Hammasini oʻqigandan soʻng u zot hayratidan "Soʻzlar"ning buyukligini va "Bu davrda bunday buyuk kalomni, ajabo kim yozishi mumkin?" deb qiziqqani va soʻragani uchun, Qur'onning fayziga sazovor boʻlgan Ustozimizni xabar berishim bilan, u zot batamom taslim boʻlganini aytdi.

— 245 —

Beixtiyor boʻlgan bu ajib tasodif va taslimiyatda Ilohiy qadarning bu jilvasi da'vomizga sodiq burhon va tasodif oʻyinchogʻi emasligimizga buyuk dalildir.

﴿ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾
Xulusiy

(Quyidagi ikki bayon, ikkinchi Sabri hisoblangan Hofiz Ali Afandiniki.)

Bu safar men koʻchirishga muvaffaq boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni koʻchirish asnosida Ikkinchi Asosning Madorlar nomli, "minglab mumlik elektr chiroqlari" qismiga kelganimda, qalbimga shunday bir fikr keldi. Qalamni tashlab oʻyladim va fikrimni aynan yozyapman:

Ustozim ruhning boqiyligi va hashr haqida Janobi Haq tarafidan bizga ushbu haqiqatlarga ketgan yoʻlni koʻrsatgan. Koʻrsatilgan haqiqatning yoʻlida nafsoniy orzu-istaklarga yoqmagan narsalar bor ediki, bizga uzun va qorongʻu...

Boshdan oyoq nurli "Soʻzlar" va nur fabrikasining elektr chiroqlari va tortish kuchlari, yoʻlni juda porloq koʻrsatgani kabi, juda yaqindan jalb etib deyarli yaqin va yaqindanda yaqin ekanini koʻrsatib, xavf oʻrniga ishonch, zaqqum oʻrniga asal baxsh etadilar. Va gʻoyat ustun hikmatlarini bayon qilishda ojizligimni e'tirof qilib, tilim aylanganicha aytamanki: "Ey Rabbi, bihaqqi ismika-l azim va bihaqqi Qur'ani-l Hakim va bihaqqi Habibika-l Akram. Nur daryosining boshqoʻmondoni - Ustozimni rozi boʻlgan amaling uzra sobit va rozi boʻladigan amalini oson va muyassar qil. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

Ali

Boshdan oyoq nurli umum "Soʻzlar"ning haqiqatini bayondagi oliy, qiymatli, qoʻl yetishmas tushunilgan ma'no darajasini, xozirgi davrning zindiqlari emas, eski qaysar va bularga oʻxshash fir'avnlar, namrudlar tushunsalar edi, iymon keltirishar edi, aytdimki va sizga koʻp duo qildim.

Ali
— 246 —

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Yigirma Beshinchi Soʻz Qur'on i'jozini juda tushunarli tarzda isbot qilgan, Qur'on ahliga tayanch, panogoh va sirlar xazinasi; isyon, tugʻyon va kufron guruhiga barcha urushga lozim narsalarni ichiga olgan, halok qiluvchi bir aslahaxona; yiqilmas, ochilmas, oshilmas bir devor, minora va borusi mustahkam, qoʻrqinch va mudhish poʻlatdan qilingan badan qal'asidir.

Haqiqat bu ekan, Qur'oniy devorga tayangan Qur'oniy qal'aga iltijo qilgan, juda ajib va horiqo Qur'oniy sirlarning tadqiqiga qoʻyilgan, Qur'onni oʻzlariga dalil, shafoatchi, imom, rafiq, muhofiz deb bilgan xodim-ul Qur'on nomiga - Qur'on sirlariga Haq inoyati bilan xabardor, Qur'on haqiqatlariga Haq lutfi bilan oshino, Qur'on ramzlariga Haq yordami bilan voqif, mudaqqiq, muarrif, mubashshir Ustozimdan uni oʻrganmoq istayman va buni jiddiy ravishda qalban qattiq orzu qilaman...

Xulusiy
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Mustafo Afandi!

Ba'zi alomatlar bilan va ba'zi kishilarning yaxshi guvohligi bilan shunday xulosa qildimki, siz ham Muazzinzoda Bakir Afandi kabi menga jiddiy talaba va samimiy oxirat qardoshi boʻlasiz. Ham sizning marhum otangiz Hoji Said Afandi men duo qiladigan kishilar roʻyxatiga koʻpdan beri kirgan.

Bu safargi oʻta qiymatli hadyangiz boʻlgan zamzam suvi va Madina-i Munavvara xurmosi evaziga, gʻoyat qiymatli va iymon ahli ichida oʻta moʻ'tabar va zalolatdagilarga chaqmoq kabi ta'sir koʻrsatgan "Oʻttiz Birinchi Soʻz" - me'roj va Oyning boʻlinshiga doir risolani va vahdoniyat, ma'rifatulloh va muhabbatullohga doir va haqiqat olimlari orasida tenggi yoʻq, juda mashhur va nuroniy uch mavqifli Oʻttiz Ikkinchi Soʻzni taqdim qilyapman. Agar xati chiroyli kishini topib sizga (oʻzingizga) koʻchirtirsangiz juda yaxshi boʻladi. Ammo tahririga diqqat qilinsin. Bir-ikki marta qardoshim Sayyid Shafiqning yordamida solishtirilsin. Keyin Bakir Afandi olsin. Oʻziga va qaynotasiga yozdirsin. Agar bunday yaxshi kotib topa olmasangiz, asli sizda qolsin. Bakir Afandi bilan birga bir necha marta oʻqish sharti bilan Bakir Afandiga yoki Mahmad Afandi yoki Hofiz Hidoyat Afandi kabi qiymatini bilgan va munosib koʻrgan kishilaringizga bering, ular oʻzlariga koʻchirtirib olishsin.

— 247 —

Xabar oldimki, arabcha eski harflar bilan Vaqflar Bosmaxonasida chop qilish ruxsati bor ekan. Agar Janobi Haqning rahmati bilan, Turkcha eski harflarga rasmiy ruxsat boʻlsa va Bakir Afandi ushbu ikki risolani Sayyid Shafiqning nazoratida tahririga qattiq diqqat qilish sharti bilan tez chop qilinglar. Chop etish xarajatini choʻntagizdan sarf qilishga majbur emassiz. Chunki "Hashr Soʻzi"ga sakson banknotni sarf etdik, uch yuz banknot foyda qildik. Demak bular sotilmaydigan mollar emas. Musulmon ruhlari bularga ozuqa kabi muhtojdir. Ikki yuzga yaqin oʻquvchi topilsa, bittasi chop etilsa, ham narxini chiqaradi, ham boshqa risolalarning chop qilinishiga sabab boʻladi. Odamlardan sadaqa qabul qilmaganim kabi, kitoblarimga ham sadaqa bilan chop qilinishini qabul qilmayman. Gʻayrat va himmatingizni "Oʻninchi Soʻz" kabi, ammo xatosiz va chiroyli chop etilishiga va bosmaxonadagi tahrirlariga sarf qilinglar. Birinchi chop ettirgan risolangizning chop qilinish xarajati qancha boʻlsa, menga bildiringlar. Qarz olib, pul yuboraman.

Agar chop etishga muvaffaq boʻlgan boʻlsangiz, otangiz kabi juda sevgan Madina-i Munavvara va Makka-i Mukarrama aholisiga bir miqdor nusxa yuborsangiz, juda yaxshi boʻladi. Balki eski hadyalaringizdan ham xayrli hadya hukmiga oʻtadi, inshoalloh.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

(Xulusiy Beyga xitobdir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim!

Sizlar ertayu-kech duoimga dohilsiz. Siz ham meni duoingizga dohil etinglar. Bu dunyoda moʻminning moʻminga eng katta yordami duo bilan boʻladi. Agar bir odam doʻstidan amin boʻlsa, gʻururga kirmaydi, uni shukrga chorlash uchun tahdisi ne'mat sifatida unga berilgan Rabboniy ehsonlardan bir nechtasini aytishining zarari yoʻq deb oʻylayman.

— 248 —

Xullas, sizni gʻururlanmaydigan deb bilganim uchun, bu sirni ochyapman: "Soʻzlar"ni yozar ekanman, beixtiyor aksariyat tamsillari askarlik ishlari navidan zuhur etardi. Men hayratlanar edim. Nima uchun bunday yozyapman, sababini topa olmasdim. Soʻngra shunday fikr keldi: balki kelajakda "Soʻzlar"ni loyigʻidek tushunadigan, qabul qilib bagʻriga bosib joni kabi qoʻriqlaydigan eng ahamiyatli talabalar askarlardan yetishadi. Shuning uchun bu shaklda yozishga majbur boʻlyapman, shuni oʻylab oʻsha qahramon askarlarni kutayotgan edim.

Magʻrur boʻlma, shukr qil, sen oʻsha askarlardan baxtiyor biri boʻlganing uchun, avval yetishding. Yigirma Toʻrt adad "Soʻzlar"ni dunyoviy mashgʻuliyatlar ichida yozishing mening bu husni zonimni tasdiqladi. Ammo ortda qolgan "Soʻzlar" juda muhimdir. Xususan "I'jozi Qur'on" va "Qadar Soʻzlari". Inshoalloh, boshqalarini senga yozdirgan Zot bularni ham yozdiradi. Hozirgacha yozgan "Soʻzlar"i vaqt boʻlganda yubor, goʻzal tarzda tahrirlab yuboraman.

Marhum Muallim Judiyning qasidasi muborakdir. Janobi Haq u zotni Qur'on shafoatiga sazovor qilsin. Koʻrmagandim, koʻrib xursand boʻldim, Alloh sizdan rozi boʻlsin. Yozgan salovoti sharifangizda xato uchratmadim. Undagi latofat va nuroniyat koʻrsatyaptiki, u haqida zikr qilingan savobga va fazilatga loyiq. Eshitdimki, "Oʻninchi Soʻz"dan siz oʻz nusxangizni otangizga yuborgan ekansiz. Men unga muqobil bir nusxani qardoshimga hadya qilaman. U nusxada tushunishni osonlashtiradigan koʻp yerlarida chiziq tortilgan. Uni Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, Husan Afandiga bering va yana boshqa bilganingizga koʻrsating. Ular ham nusxalarini uniki bilan bir hil qilishsin. Qardoshim, shu gʻurbat, asorat, yolgʻizlik vahshatida Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, sen va Husan Afandi kabi nurli doʻstlar bilan yaqinlik qilib tasalli topyapman. Janobi Haq meni ham, sizni ham Haq yoʻlidan adashtirmasin. Omin.

Shayx Mustafo va Haqqi va Husan va Adham Afandilarga salom bilan duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 249 —

(Xulusiy Beyga xitobdir.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ زَمَانِكَ الْمَصْرُوفِ لِكِتَابَةِ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ

Gʻayratli, jiddiy, xolis va muxlis oxirat qardoshim!

Birinchidan: Sizga "Oʻttiz Ikkinchi Soʻz"ning ikkinchi mavqifini yubordim. {(Hoshiya): Birinchi Mavqifi esa Ramazon hadyasidir.} Diqqat bilan oʻqing va chiroyli qilib koʻchiring. Agar xatolar boʻlsa, tahrir qiling. Shoshilib, gʻamgin qalb bilan yozilgani uchun ichida chalkashlik boʻlishhi mumkin.

Ikkinchidan: Sizda vaqtinchalik sustlik, tanballik paydo boʻlganini yozyapsiz. Bahorda qonning gʻalayonidan kelgan va tunlarning qisqarishidagi uyqusizligidan kelib chiqqan va tinglovchilarning qalblari ishga qaragani sababli tavallud etgan tamballik va sustlikdan boshqa, mobaynimizdagi ruhiy munosabatning vasitasida, musibatning belgisi sifatida mendagi larzaning sizga in'ikos va yuqishi mumkin.

Marhum Abdurahmonning vafoti vaqtida, Ramazoni Sharifda ruhiy holat tufayli bilmay kuchli larzaga keldi. Tushundimki, shuuriy va ixtiyoriy boʻlmagan koʻp in'ikoslar bor.

Ammo qardoshim, siz hozir ikki vazifani bajarishga vazifadorsiz: Biri, qardoshim Xulusiy Beyning vazifasini; ikkinchisi, ma'naviy avlodim, jiyanim va bir nuroniy daho sohibi boʻlish ehtimoli katta Abdurahmonning vazifasi ham sizga qoʻshildi. U mening haqiqiy vorisim edi. Yozganlarim va molimni oʻz moli deb bilardi, sohib boʻlardi. Siz bundan soʻngra yozish va soʻzlarni domlangizning yozuvi deb qabul qilmang, oʻz molingiz va soʻzlaringiz deb biling, sohib boʻling. Haqqi Afandiga aytginki oʻzini ukam Abdulmajid oʻrnida deb bilsin va uning vazifasi bilan vazifadorligini bilsin.

Uchinchidan: Oʻttiz Uchinchi Soʻzdan boshqa Soʻz yozishga ehtiyoj qolmadi. Ushbu shar'an juda muborak oʻttiz uch adaddan ba'zi sabablarga binoan oʻtmayman. Hamda Qur'on va iymonning asos haqiqatlarining eng kerakli va lozim boʻlgan qismlari deyarli hammasi yozilgan.

— 250 —

Umid qilamanki, Janobi Haq qabul qilsa va tavfiq bersa, yozilganlar zalolat bulutlarini tarqatishga kifoyadir. Har dardning davosi ichida bor demayman, lekin halok qiluvchi dardlarning aksar davosi yozilgan asarlarda bor. Siz ularning mutolaasini, qiymatli bir ibodat boʻlgan tafakkur qismidan deb biling. Ulardagi ilmni iymon nurlaridan va ma'rifatullohdan deb tasavvur qilingizki, zerikish bermasin. Yana, sizda va tinglovchilarda ishtiyoq boʻlgan payt oʻqing. Sizga boqiy salom va duolarim.

Qardoshingiz Said

Oʻttiz Uchinchining Birinchi Maqomiga doir sen fikringizni yozdingiz. Yoqqanini koʻrsatyapsiz. Haqqi Afandi, Muftiy Afandi va boshqa birodarlarning ham fikrlarini olib, menga yozing. Umum qardoshlarimga salom va duo qilaman va ularning duosini istayman.

Xulusiy Bey qardoshim, salafingizga yozilgan maktubingni oʻqing, unga achining va duo qiling.

(Xulusiy Beyga xitoban yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حِسَابِ اَبْجَدْ اَعْدَادِ حُرُوفِ مَا قَرَاْتَهُ مِنْ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ

Suyukli Qardoshim!

Sizni tashviq uchun emas, tashviqqa muhtoj emassiz. Faxrlanishga uchun emas, faxr ujb va riyoga sabab. Aksincha, shukrga sabab boʻlish uchun aytaman:

Siz va Haqqi Afandi men uchun yuzta jiddiy talaba oʻrniga oʻtdingiz. Hatto, Qadari Ilohiy meni bu yerlarga yuborishi, sizlarni bu muqaddas vazifaga uygʻotish uchun ekan, deya olaman. Xozir bu davrda tahqiqiy iymon darsini berish juda buyuk fazilat va muqaddas vazifadir. Tahqiqiy iymonga ega moʻmin koʻp moʻminlarga tayanch nuqtasi boʻladi. U qasddan emas moʻminlar avomi tahqiqiy iymoni sohibining iymon quvvatiga tayanib, ma'naviy quvvatlari sinmaydi, zalolatlarga qarshi tayanishadi.

— 251 —

Shunday darsda boʻlganingiz uchun, Janobi Haqqa shukr qilishingiz kerak. Men ham Janobi Haqqa yuz minglab shukr qilyapmanki, yukimni kuchli yelkalaringiz olgani uchun zaif yelkam ogʻirlikdan qutulib ruhim rohatladi. Istirohat topgan ruhim sizni maqtab, minnatdor boʻlyapti. Mas'uliyatdan qutulgan qalbim ham muvaffaqiyatingizga duo qilmoqda. Vazifani bajarish uchun koʻp oʻylashdan qutulgan aqlim ham sizni tabriklyapti. Men ushbu muqaddas vazifada oʻzing bexabar ishlatilayotgan edim. Siz bilib xizmat qilyapsiz, baxtiyorsiz. Inshoalloh xolis niyatingiz mening chalkash niyatimni ham tahrir qiladi. Endi boshqa bir nechta nuqtani sizga bayon qilaman:

Birinchidan: Yozgan ba'zi narsalarimga doir fikringizni soʻrar edim. Maqsadim, "Koʻrgan haqiqatim, ajabo haqiqatmi?" deb soʻramayman. Aksincha "Haqiqatga ochilgan yoʻl, ajabo hammaga yoʻl boʻlishi mumkinmi?" deb soʻrayapman. Chunki umumning tushunishini sizlardek bilmayman.

Ikkinchidan: Musofir Muftiyga va Shayx Mustafoga sizga yuborilgan maktubning bittadan nusxasini berganingiz uchun yaxshi qildingiz. Hatto menga ham bir nusxa yuboring. Ham jiyanim u muftiyning oʻgʻliga aytingki, men tarafimdan oxirat qardoshim va Qur'on xizmatida birodarim va mashraban jalolli boʻlgan otasiga yozsin: Salom, duom bilan birga undan istaymanki, birga etgan Qur'on nurlarining oson tarqalishlari uchun irshod va nasihatida فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا oyatidagi lutfu irshodni oʻziga rahbar qilsin.

Toʻrtinchidan: Soʻragan savollaringizga doir yonimda kitob boʻlmagani uchun Hanafiy ulamolarining soʻzlarini va hadislarning rivoyatlarini hozircha bilmayman. Ammo menimcha bunday afzaliyat masalasida, umumiy qabulni his qildirgan jamoat odati tanlash sababidir. U Islomiyat odatidan ham afzal.

Birinchi Savolingiz: Agar Qur'on oʻqilayotganda, namozning, tasbehotning oxiri boʻlsa, qiblaga qarab turganlar boshqa tomonga oʻgirilmasiligi yaxshiroq. Muazzinning oldidagi odam orqasini oʻgirsin, yoki ketsin. Agar Qur'onning oʻzi oʻqilsa, oʻqiganga qarab yuzlanish yaxshiroq. Olti tomon bilan chegaralanmagan ruhining qulogʻi bilan tinglagan odam qiblaga qarab yuzlansa va jismoniy qulogʻi bilan tinglagan odam oʻqiganga qarab yuzlansa yaxshiroq.

— 252 —

Ikkinchi Savolingiz: Jamoatning ishtiyoqi va oʻqigan kishining niyatiga koʻra afzalligi oʻzgaradi.

{(Hoshiya): Ikkinchi Savol: Bomdod va sham namozlaridan soʻngra Hashr surasining oxirida هُوَ اللّٰهُ الَّذ۪ى dan boshlash sunnat ekan, لَا يَسْتَو۪ى dan boshlanishi afzalligi tark etilgan boʻladimi?}

Uchinchi Savolingiz: Uch Ixlos bir Fotiha surasi muxtasar xatm hukmida boʻlgani uchun, unga vaqt chegarasi yoʻq. Har doim oʻqish yaxshi.

Toʻrtinchi Savolingiz:
اَللّٰهُمَّ اَنْتَ السَّلَامُ وَ مِنْكَ السَّلَامُ تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلَالِ وَ الْاِكْرَامِ

kalomini faqat muazzin emas, xar bir namozxon xar bir namozning salomidan soʻngra aytishi Shofe'iy mazhabida sunnatdir. Hanafiy mazhabida muazzin uchun xar namozda sunnat boʻlishi kerak.

Umum birodarlarga salom va bayramlaringizni tabrik etaman.

Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy

(Xulusiy Beyga yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ضَرْبِ ذَرَّاتِ وُجُودِكُمْ ف۪ى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ

Aziz qardoshim, hamiyatli birodarim, gʻayratli talabam, suyukli jiyanim!

Sening goʻzal maktubing menga shifoli boʻldi. Men qattiq xasta holimda oʻqidim, menga surur berdi. U surur xastalikni yengillatdi. Xastalikning sirri, senga yozgan insonlardan behojatlikka doir maktubning karomatidir. Chunki u maktubni bir kun ikki-uch kishiga, ularning hadyalarining qabul qilinmaganligiga asos boʻlish uchun oʻqib berdim. Xuddi oʻsha kun u kishining uyiga bordim. Ozgina ovqat keltirdi, birodarlarimning xurmati uchun bir oz yedim. Oʻsha kun haqiqatli maktubni ovqat sohibiga oʻqiganim va xozir qarshi chiqayotganim umuman esimga kelmadi. Ovqatdan soʻng esimga keldi. Ammo hadya qabul qilolmayman, balki ovqat yeyilar deb tahmin qildim.

— 253 —

Ammo يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ ostiga kirganim uchun shunday bir shiddatli ta'zir yedimki, toʻrt yil ichida bunday xastalik koʻrmagan edim. Ammo Janobi Haqqa shukr qildim, bir-ikki yildan beri ba'zi alomatlar va hodisalar bilan oʻylagan haqiqat ushbu ta'zir bilan oʻta qat'iy koʻrindi.

Shayx Mustafoga mening nomimdan "Alloh shifo bersin" degin va shu hikoyani unga aytgin:

Bir vaqtlar ikki jiddiy oxirat qardoshlari bor ekan. Biri kasal boʻladi, ikkinchisi ziyoratiga boradi. Duo qiladi, xasta yaxshi boʻlmaydi. "Unday boʻlsa sen turgin, men yotaman", deydi. Xasta turadi, uning oʻrniga kasal boʻlib yotadi. Ha mayli... Demak Shayx Mustafo bilan qardoshligimiz jiddiylashganki, xastaligiga duo qildim, qabul boʻlmadi. Ammo menga bir necha kun davomi etishi aniq boʻlgan kasallikning bir qismi berildi. Inshoalloh unga bir oz yengillik kelgan boʻlishi kerak.

"Soʻzlar" haqida husni shahodatingiz menga buyuk tasalli berdi. Vazifamning tugamaganiga doir burhonlaringiz gʻoyat quvvatli, lekin men oʻta quvvatsizman. Janobi Haqqa tavakkal qilib, burhonlarga bosh egyapman.

Jamoatga Soʻzlarni oʻqiyotganimda, sendagi oliy hissiyot va koʻp inkishof va fidokorona diniy tuygʻu gʻalayonining sirri shuki:

Eng buyuk valiylik - nubuvvat vorisligidagi tabligʻ maqomining nurlari ostiga kirganing uchun boʻlgan. Sen dalloli Qur'on Saidning vakili, balki ma'nan uning oʻzi hukmiga oʻtganing uchundir.

Gʻurbat maktubi bilan Oy, zamin va sayyoralarga doir maktubimga javob berilmasligining sababi shu boʻlishi kerak: Gʻurbat maktubi, butun dunyoni unutishni xohlab yozilgan. Sen dunyoni unutishni emas, balki vazifa uchun eng yuzaki moddiyot bilan zehning toʻygan bir vaqtda, gʻurbatdagi zavqni topolmading shekilli. Va u maktubning toʻligʻiga vaqtincha parda tortilgan oʻtkir zakovating qamray olmadiki, javob yozolmadi.

— 254 —

Narigi maktub juda yuksak va juda keng haqiqatlarga ishora qilgani va hadsiz oliy olamning va nihoyasiz maʻnaviy olamning bir jihatdan xaritasiga ishora qilgani uchun sof, mashgʻuliyatsiz, arziy va Yerlilardan ayrilib yuqoriga chiqqan aql kerak edi. Holbuki mening gʻayratli qardoshim, zaminning xaritasini oladigan vazifa bilan mashgʻul boʻlganing uchun, yuksak va juda keskin zakovating oʻsha maktubga sukutni lozim qilishga majbur boʻlgan.

Said Nursiy
﴿ بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq, vafodor, haqiqatli, fidokor qardoshlarim Nuh Bey, Mullo Abdulmajid, Mullo Hamid!

Juda muborak hadyangizni ochdik, koʻrdikki, Van hadyasi emas, balki Madina-i Munavvara va Ravza-i Sharifaning muborak karomatli hadyasi ekan. Narxi ham, ustida yozilganidek yigirma besh lira emas, ma'nan yigirma besh ming liradan ham qiymatlidir. Muborak hadyani Madina-i Munavvara nomiga bu oʻlkadagi Qur'oni Hakim xizmatida xolis xizmatkorlariga va birodarlarimga tarqatish uchun (boshu koʻz ustiga) qabul qildik. Ammo menga bu ma'naviy hadyaning ahamiyatli sirri boʻlgani eslatildi. Ya'ni, Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, Qur'onga va Zoti Risolatga xizmatimizning maqbuliyat alomati navidan bilib, Nabaviy iltifotni his qildim.

U sirni sizga ochish munosib koʻrindi. Jumladan: Hozir bu maktubni yozgan kotib bilan ukasi Mas'ud bir kuni birga, uch oydan beri bahsi etilmagan Ahmad Ogʻa haqida gaplashdik. Kotib Tavfiq bilan Mas'udga aytdimki: Barcha kitoblarni Diyorbakirdagi Ahmad Ogʻaga yuboramiz. U kishi yo Shomi Sharif tarafiga, yo Vandagi siddiqlarga yetkazadi. Bu gapimiz va mashvaratdan toʻrt soat oʻtib aynan Ahmad Ogʻa xabarsiz kirib keldi.

— 255 —

Xuddi oʻsha kun qora siyohimiz bor edi. Koshki chiroyli qizil siyohimiz boʻlsaydi dedik. Biroz oʻsha siyohdan tosh ustiga toʻkdik, qora va binafsharang edi. Soʻngra yozishni boshladik. Aynan istaganimizdek qizil boʻldi. Bu holga yetti-sakkiz kishi qattiq hayratlandik. Bu ishni ham bir yaxshi alomat deb qabul qildik. Fasubhanalloh dedik, bunda bir sir bor. Soʻngra birdaniga, Shomi Sharifda yaznam Mullo Said borligi, bir qancha kitoblarni Ahmad Ogʻaga berib yuborishim kerak, degandan soʻng, tom bir siddiq Nuh Bey esimga keldi.

Avval boshqa mamlakatga joʻnatish niyatida, soʻngra Istanbuldagi qardoshlarning istashi bilan qora taqdirimiz suratini almashtirib porlaydi, degan ma'no berdik. Soʻngra Misrga niyat qilib yozdirgan kitoblarimni, eng loyiq Vanni va eng sodiqi Nuhni koʻrdim, unga yuboraman deb Ahmad Ogʻa ketgandan soʻngra, uning orqasidan Burdurgacha yubordim.

Soʻngra bu ishda shunday bir muvaffaqiyat va yengillashtirishlar boʻldi. Bu yerda bir sir borliiga shubha qoldirmadi. Eʻtiborni jalb qildi. Diqqat qilsak, avvalgi maktubda sizga yozganimizdek, Istanbulda oʻtirgan bir odam bu yerga uch marta musofir boʻlib kelib, u orqali Nuh Beyning uch marta maktub telegrammasi qoʻlimga keldi. Oʻtgan yil men qattiq sevgan Xulusiy Bey va Mullo Abdulmajid va Mullo Hamid va Domla Abdulmajid Afandilarning salomlari va ismlarini bir maktubda, yana Mahmad Afandi keltirdi. Aytdimki: Bu bir inoyat ishorati, tasodif emas.

Soʻngra bizning nomimizga Nuhning hadyasi, yigirma besh liralik bir idish kelganini eshitdik. Birodarlar bilan birga hisobladik, biz bu yerda qaysi yili kitob hadyalarini Nuh uchun tayyorlayotgan boʻlsak, xuddi oʻsha yili Nuh qirq kunlik masofada bexabar bizga oʻsha miqdorda va ma'no jihati bilan muborak hadyani tayyorlayotgan edi. Bu tavofuq qat'iyan tasodif emas. Hatto bir qism doʻstlar aytishdiki, bu Nuh Beyning karomatidir. Ajabo, Nuh Beyning karomati bormiki, bilgandek oʻrniga oʻrinini yuboryapti dedilar. Aytdimkiki: Ixlosning va sadoqatning ham valiylik kabi karomati bor. Balki ba'zan ustunroq boʻladi.

Hadya kelgandan keyin, tuman markazida bir oy qoldi, olmadik. Nuhning maktubini olgandan keyin keltirib ochdik, hayratda qoldik. Taxminimizdan batamom yuqori chiqdi. Bu tabarruk narsaga nisbatan hojatsiz emas, balki bir Ravza-i Mutahhara iltifoti boʻlgani uchun unga nisbatan tilanchilik bilan iftixor qilaman.

— 256 —
كُلُّ شَىْءٍ مِنَ الْحَب۪يبِ حَب۪يبٌ

sirriga koʻra, Habibning diyoridan kelgan hamma narsa mahbubdir. Va uning ichida bir, ayniqsa Ravza-i Mutahharaning lavha-i muzayyana va munavvarasi bor edi. Bir qism san'ati Ilohiyaning bir navi kichik muzeyi shakliga keltirgan hujramning devoriga oʻsha lavha-i muborakani ham osdim va qarshisida oʻtirdim. Chuqur, mushtoqona tomoshani boshladim. Birdan oʻsha lavhada menga eslatayotganday qalbimga keldi: "Bizlar sening risolalaringning ma'nodor ishoralarimiz".

Fasubhanalloh aytdimki, bu hadya ichida sirlar bor. Tadqiqni boshladim. Koʻrdimki, yuborgan risolalarim necha parcha boʻlsa, har bir parchaga muqobil bir navi hadya bor. Yigirma bir parcha, ham risolalardan ham tabarrukdan sanadim. Bu tur tabarrukni hozirga qadar eshitmagan edim. Hech bir hoji bunday bir davrda, bunday qiziqib, har navdan bir qism olsin. Ham mening hisobimga Madina-i Munavvaraning muborak narsalarini menga ayirib yuborsin. Bu demak Nuh-muh ishi emas. Ravza-i Mutahhara sohibining bu tabarruk ichida bir iltifoti bor.

Modomiki kitoblarning qismlari va hadyalarning turlari bir-biriga muvofiq kelayotgan ekan, har bir qismning, bir qism kitobga ishorasi, munosabati bor. Koʻz oʻngimizdagi lavha, Moʻ'jizoti Ahmadiya nomli asli besh qismdan iborat Oʻn Toʻqqizinchi Maktubga uygʻun kelyapti. Chunki bu lavha Ravza-i Mutahhara va Hujra-i Saodatning suratini koʻrsatgani kabi, Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasi Asri Saodatning ma'naviy suratini olgan. Bu besh minora besh qismga ishora qiladi. Qubba Me'roj Risolasiga qaraydi.

Shunday ekan boshqa qismlar risolalarning qismlariga ishora qiladi deb eʻtibor berdim. Yetti nav xurmo yuborilgan. Biri katta, oʻttiz uch donachalik. Fasubhanalloh dedim, yetti navni yuborishda qanday ma'no bor. Birdan qalbimga: Iymoni Billohga doir yetti qism bilan ayni haqiqat yozib, Vanga yuborilgan. Eʻtibor berdim. Ha, mavzu vahdoniyati Ilohiya boʻlib, Yigirmanchi Maktub bilan surati kichik, ma'nosi juda katta zayli bilan va Yigirma Ikkinchi Soʻz har biri bir risola, Birinchi Maqom, Ikkinchi Maqomi va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz Uchinchi Mavqifi bilan avvalgi ikki mavqif xar biri bir risola hukmida va Oʻttiz Uchinchi Maktub Oʻttiz Uch Deraza bilan yetti risoladir. U ham aynan yetti nav ma'rifatulloh nurlaridan bir haqiqat quyoshining ziyosidagi yetti rang kabi mohiyatda boʻlgani uchun, Nuh Beyning qoʻliga Madina-i Munavvaraning hadyasi ichida xurmo haqiqatidan yetti tur berilib bu yerga yuborilishi, yetti Nurga muvofiqlik bilan bir maqbuliyat ishorasi dedik, Allohga shukr qildik.

— 257 —

Ulardan biri oʻttiz uch dona boʻlishi ham, u risolalarning biri Oʻttiz Uch Deraza ekani va hadya ichidagi tasbeh uch marta oʻttiz uch chiqishi, Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Oʻttiz Uchinchi Maktubidan oʻttiz uch derazasiga uygʻunligi; bizga Nuhni ixtiyorsiz, faqat bir zoxiriy vosita sifatida koʻrsatdi. Nuhga emas, balki Ravza-i Mutahharaga minnatdorona, mutashakkirona qaradik.

Soʻngra ichidan muborak zamzam suvi, kattaroq bir shisha va porlagan nuroniy suratda chiqishini shunday tushundik: Modomiki muborak lavhada Moʻ'jizoti Ahmadiyaga, yetti tur xurmo ma'rifatullohga va tavhid risolalariga ishora bor ekan, albatta zamzam suvi ham obi hayotning toʻkin suvini koinotga tarqatgan Qur'oni Mubinning manbai va birinchi nuzul yeri zamzam qudugʻi atrofi boʻlgani uchun, Yigirma Beshinchi Soʻz boʻlgan I'jozi Qur'onga ishora bor. Va maqbuliyat alomati boʻlib qabul qildik.

Said Nursiy

(Xulusiy Beyga yozilgan.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Savol: Imom Gʻazzoliyning "Nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari", dega soʻzining sababi nima?

Javob: Hujjat-ul Islom Imom Gʻazzoliyning nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari deyishi mohiyat va jinsiyat jihatidan emas. Chunki

هُوَ الَّذ۪ى يَبْدَؤُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُع۪يدُهُ

Va

﴿ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَ كَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ ﴾

kabi koʻp oyatlarning ochiq-ravshan bayoniga muxolif boʻladi. Bu muxoliflik xususiyat va surat e'tibori bilan. Hamda uxroviy ishlarning martaba jihatidan favqulotda yuksakligiga ishoradir. Hamda Gʻazzoliyning jismoniy hashr bilan birga ruhoniy hashrning ham sodir boʻlishiga ba'zi ahli botinga taqlid va uygʻun harakat qilmoq jihati bilan bir ishorasidir.

— 258 —

Savol: Sa'di Taftazoniy ruhni ikkiga taqsim qilgan: biri hayvoniy, ikkinchisi insoniy. Soʻngra, "Oʻladigan faqat hayvoniy ruhdir, insoniy ruh esa maxluq emas, u bilan Alloh orasida nisbat va sabab yoʻq, jasad bilan bor boʻlmasdan, zotida mustaqil", deyishining sababi va izohi nima?

Javob: Sa'di Taftazoniyning

اَلرُّوحُ الْاِنْسَانِيَّةُ لَيْسَتْ مَخْلُوقَةً

deyishi; قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبّ۪ى sirri bilan, (baqo-i ruh bahsida bayon qilingani kabi) ruhning mohiyati; tirik amr qonuni, shuur sohiblari Hay ismining oynasi, javharga ega Sarmadiy hayot jilvasi boʻlgani uchun yaratilgan. Bu jihatdan maxluq deyilmaydi. Ammo Sa'd, Maqosid va Sharh-ul Maqosidda barcha Islom muhaqqiqiynlarining ijmo'iga va oyat va hadislarning nasslariga muvofiq boʻlib, "U amr qonuni xorijiy vujud kiydirilgan boshqa maxluqlar kabi maxluq va yaratilgan", degan. Sa'd ruhning azaliyligiga ishonmaganiga barcha asarlari shohid.

لَيْسَتْ بَيْنَهَا وَ بَيْنَ اللّٰهِ نِسْبَةٌ deyishi hulul kabi botil mazhabga raddiyaga ishoradir. Hayvonlarning ruhlari ham boqiy, qiyomatda faqat jasadlari fano topadi. Mavt esa yoʻqlik emas, balki aloqaning toʻxtashidir. وَ لَا سَبَبَ deyishi, zohiriy sabablarning vositachi boʻlishi va Azroil Alayhissalomning ruhlarni qabzi xususidagi munojoti bahsida aytilgani kabi, ruhning toʻgʻridan-toʻgʻri pardasiz, vositasiz ijod etilishiga ishoradir. اِسْتَقَلَّتْ بِذَاتِهَا deyishi; baqo-i ruh isbotida aytilgani kabi, jasad ruhga tayanadi, oyoqda qoladi. Ruh esa zotida qoimdir. Jasad xarob boʻlsa, ruh yanada koʻproq erkin boʻladi, malak kabi koʻkka uchadi deganidir. Bu esa botil mazhabga raddiyaga ishoradir.

(Xususiy qismi)

Hashrga doir Rum surasida وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ hashrning boshqa-boshqa juda kuchli burhonlarini moʻ'jizona bayon qilgan u oyatlarning ilhomi bilan, oyatlarga bir tafsir yozish niyatida boʻlgan vaqtimda bu savollarning soʻralishi latif bir muvofiqlik boʻldi. وَ اَزْوَاجَهُمْ وَ اَوْلَادَهُمْ bayonini duo va munojotimga qoʻshgan daqiqada esimga keldingiz. Bu duoda ham birinchilikni qozondingiz. Qalb bilan, qalam bilan, amalda aloqador boʻlish sharti bilan, yigirma toʻrt soatda yuz marta, tasavvur jihatidan besh yuz marta ma'naviy foyda va duoimda hissador boʻlishga haqdor boʻlishingizni orzu qilgan vaqtimda bu savollaringiz meni sizning hisobingizga juda xursand va bir bashorat boʻldi.

Said Nursiy
— 259 —
﴿ بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ عَمَّرَكُمُ اللّٰهُ بِالسَّلَامَةِ وَ الْعَافِيَةِ

(Xulusiy Beyga xitob.)

Aziz Qardoshim!

Birinchidan: Maktubing menga ta'sir qildi. Ammo haqiqatni oʻyladim, qaygʻu ketdi. Haqiqat shuki: Mobaynimizdagi munosabat va qardoshlik inshoalloh xolis va Alloh uchun boʻlganidan, zamon va makon bilan chegaralanmaydi. Bir shahar, bir viloyat, bir mamlakat, balki Yer yuzi, balki dunyo, balki vujud olami ikki haqiqiy doʻst uchun bir majlis hukmidadir. Bunday doʻstlik va qardoshlikning ayriligʻi yoʻq, faqat visoldir. Foniy, majoziy, dunyoviy doʻstliklar sohiblari firoqni oʻylasin, bizga nima?

Mazhabimizda (yoʻlimizda) ayriliq yoʻq. Sen qayerda boʻlsang, qardoshing bilan qoʻlingdagi "Soʻzlar" vositasida suhbat qila olasan. Men ham istagan paytim seni yonimda dargohi Ilohiyga birga qoʻl ochib niyoz etayotgan holatda koʻra olaman. Agar taqdir sizni boshqa yerga yuborsa, اَلْخَيْرُ ف۪يمَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ hukmiga koʻra kamoli rizo bilan taslim boʻl. Ham sendek, inshoalloh qalbi salim, aqli mustaqim, haqiqiy iymon darsini bergan kishilarga boshqa yerlar yanada muhtojroq. Egʻirdirda lillahilhamd iymonga koʻp xizmat qilding. Egʻirdirdan koʻra boshqa yerlar balki yanada muhtojroqdir.

— 260 —

Ikkinchidan: Soʻragan birinchi savolingga qalbingni vakil qilaman. Qanday fatvo bersa, oʻshanga roziman. Dunyo martabalari nuqtai nazarimda juda ahamiyatsiz boʻlish bilan birga, sen kabi martabasini Qur'on xizmatiga asos qilganlar uchun, minnat ostiga va xorlikka kirmaslik sharti bilan ma'qullayman. Ikkinchi savoling, ota-onangning istaklari juda muhim. Qur'oni Hakim bir oyati karimada besh tarzda ularga nisbatan shafqat va hurmatga amr qiladi. Agar osonlik bilan orzulari roʻyobga chiqishi mumkin boʻlsa, qilarsiz.

Uchinchidan: Aziz qardoshlarim, bahor va yozning tashvishlari, ham tunlarning qisqarishi, ham ush muborak oylarning oʻtishi va aksar qardoshlarimning bir jihatdan hissa olishi va yana boshqa ba'zi sabablar, albatta bir daraja quvonchli qish darsiga sustlik beradi. Ammo ulardan kelgan sustlik sizga sustlik bermasin. Chunki u darslar, ulumi iymoniyadan boʻlgani uchun, bir inson faqat oʻz nafsiga tinglatsa yetadi. Ayniqsa siz doimo bir-ikki haqiqiy qardoshni ham topa olasiz.

Yana, u darsni tinglaganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ziyshuur maxluqoti koʻp boʻlib, iymon haqiqatlarini tinglashdan koʻp zavq olishadi. Sizning olar kabi birodar va tinglovchilaringiz koʻp. Mutafakkirona iymoniy suhbatlar - zamin yuzining ma'naviy ziynati va sharafining asosi ekaniga ishorat qilib bir kishi aytganki:

اٰسْمَانْ رَشْكْ بَرَدْ بَهْرِ زَم۪ينْ كِه دَارَدْ
يَكْ دُو كَسْ يَك دُو نَفَسْ بَهْرِ خُدَا بَرْ نِش۪ينَنْدْ

Ya'ni: Zaminda xolis Alloh uchun suhbat, zikr va tafakkur uchun bir-ikki nafas, ya'ni bir-ikki daqiqa birga oʻtiradigan bir-ikki odamga samovot havas qiladi. Ular oʻz Sone'-i Zuljalolining juda goʻzal rahmat belgilari, juda hikmatli va ziynatli san'at asarlarini bir-birlariga koʻrsatib, Sone'larini sevib sevdirishadi, fikrlab fikrlatishadi.

Ilm ikki qismdir: Bir navi ilm borki, bir marta oʻqilsa va bir-ikki marta fikrlansa kifoya qiladi. Boshqa bir qismi inson uni fikrlashga non suv kabi har doim muhtoj boʻladi. Bir marta tushundim, yetadi deyolmaydi. Iymon ilmlari oʻsha qismdandir. Qoʻlingizdagi Soʻzlarning aksariyati inshoalloh oʻsha jumlaga mansub.

— 261 —

Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom yoʻllayman. Ayriliq ehtimolidan ikkimizdan koʻra Haqqi Afandi qardoshimiz qattiq xafaligi, koʻproq savob qozonishining alomatidir. Ammo Janobi Haq biz haqqimizda koʻp alomatlar bilan inoyat va rahmatini koʻrsatgani uchun, zoxiran ayrilsakda, inoyat va rahmat belgisi boʻlgan deb bilishimiz kerak.

Toʻrtinchidan: Siz kabi haqiqatga yetishgan va haqiqatdagi haqiqiy tasallini va asosli sevinchni topgan kishilarga iymon nurlarining va Qur'on sirlarining noshirlariga zalolatdagilar va shaytonlarning hiylalar bilan hujumlaridan kelib chiqqan qiyinchiliklar, gʻam va qaygʻuga sabr, matonat qil, xafa boʻlma va xavotirlanma deyishga ehtiyoj his qilmayman.

Ham xar doim, zindiqlarning menga hujumi gʻayratli talabam, jasoratli jiyanim boʻlgan uxroviy qardoshimdan boshlanishi ehtimoli borligini, Qur'oniy muhofaza xar qanday qiyinchilikka gʻolib va iymon xizmati lazzati xar gʻamni unuttiradi degan e'tiqodda boʻlganim uchun, seni jasoratlantirish va tashviq qilishni lozim koʻrmayman.

Raqim-ul huruf Hofiz Xolid senga salom yollar, duoingni istaydi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
— 262 —

(Uchinchi Maktubning bosh qimsi.)

بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ بِكَلِمَاتِ النُّجُومِ وَ الشُّمُوسِ وَالْاَقْمَارِ وَالسَّيَّارَاتِ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ النُّجُومِ فِى السَّمٰوَاتِ

Aziz qardoshim va suyukli birodarim!

Hozir yuz qavatlik fitriy bir saroyning eng yuqori manzilida turibman. Sen ham ma'nan bu yerda hozir boʻl. Biroz suhbat qilib gaplashamiz. Qardoshim,

Birinchidan: Avvalgi maktubimda, barcha "Soʻzlar"ga doir savol soʻragan edim: Oralarida rad qilinishi mumkin boʻlgan haqiqatlar bormi? Yoki avomga izhor qilish zararlimi? Bu Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Maqsadi uchun emas edi.

Ikkinchidan: Senga "Nuqta" Risolasini yuboryapman. Ajibki, Eski Saidning ilmiy kuchi, aql nazari bilan tushungan va koʻrgan haqiqatlarini qardoshing qalb guvohligi, vijdon nuri bilan koʻrganiga muvofiq keladi. Faqat ba'zi jihatlarda kamchiligi qolgani Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda toʻldirilgan. Xususan oxirdagi ramzli nukta va u ramzli nuktaning sirri bayonida koʻp haqiqatlar Nuqtada yoʻq, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda bor. Ammo bir-biridan juda uzoq ikki Saidning aqli, qalbining bu daraja ittifoqi ajib holdir.

Uchinchidan: Shayx Mustafoga salomimni yetkazib aytginki: Yozgan "Qadar haqidagi Soʻz"ing meni juda xursand qildi. Duo bilan qardoshlik haqqini ado qilganing kabi, buni yozib talabalik huquqini ham bajo keltirding. Alloh sendan rozi boʻlsin. Yozganingni Abdulmajidga yuboryapman. U yuzlab odamlarga oʻqitadi, senga xar biridan savob keladi.

— 263 —

Toʻrtinchidan: Ukam Abdulmajidga bir maktub bilan ba'zi "Soʻzlar"ni yuboryapman. Sen oʻta ishonchli qilib pochtaga ber, adres: "Ergani-i Usmoniyada tijoratchilardan Vanli Shahobiddin Afandi vositasida Vanli Abdulmajid Afandiga". Bu manzilni yangi harflar bilan maktubga va omonatga yozing.

چُو لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ بَرَابَرْ مِيزَنَنْد هَرْشَىْ دَمَادَمْ جُويَدَنْد يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْد يَا حَىْ
Qardoshingiz
Said Nursiy

(Maktubotda Oʻn Sakkizinchi Maktubning boshi va Ikkinchi Muhim Masaladagi savolning javobiga bir zayl.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, ixlosli qardoshim Xulusiy Bey!

Savollaringa doir bir javob yozgandim. Qardoshimiz Xusrav bir izoh istadi. U ruhan sizga oʻxshagani uchun uning talabiga sen ham ishtirok etganingni hayol qildim. Bu zaylni yozib, sizga yubordim.

Yana, Karomati Gʻavsiyaning birinchi qatoriga doir bir qism yuborildi, uning oxiriga yozarsiz. Yana, Karomati Gʻavsiya bilan munosabatdor bir nukta-i Qur'oniyani yubordik. Yoʻlimizga muxolif boʻlgan bu sirlarni izhor qilishga chorlagan ma'naviy eslatma bilan qardoshlarimizning sa'yga ziyoda shavqu gʻayratga kelishlariga bir vasila boʻlishdir.

Haqiqatdan bir vaqt sustlik keldi. Tavofuq chiqdi, shavqni yangiladi. Bir vaqt yana sustlik bosh koʻrsatdi. Karomati Gʻavsiya chiqdi, gʻayratni juda ham ziyodalashtirdi. Men bu holatdan tushundimki, izhor qilishning xizmatimizga zarari yoʻq, boʻlsa faqat nafsimga zarar. Zotan nafsim xizmatga fido boʻlishga tayyor. Boshda muhtaram otangiz, Fathi Bey, Domla Abdurahmon, Kamoliddin, Umar Afandilar risolalar bilan aloqador boʻlgan kishilarga salom aytib, duo qilaman va duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Said
— 264 —

(Xulusiyning ikkinchi savolining javobiga bir zayldir.)

Savol: Muhyiddin Arabiy vahdat-ul vujud masalasini eng yuksak martaba deb oʻylagani kabi, ahli ishq boʻlgan bir qism buyuk valiylar u zotnga ergashishgan. Bu masala eng yuksak martaba emasligi va haqiqiy boʻlmaganini, balki bir daraja sakarot va istigʻroq ahlining hamda shavq va ishq asxobining yoʻli ekanini aytyapsan. Shunday ekan, muxtasar tarzda nunbuvvat vorisligi sirri va Qur'onning ochiq ravshan bayoni bilan koʻrsatilgan tavhidning yuksak martabasi qaysisi? Koʻrsating.

Javob: Men kabi hech ichra hech ojiz bir bechoraning kalta fikri bilan bu yuksak martabalarni muhokama qilish haddimdan yuz daraja ustun. Lekin Qur'oni Hakimning fayzidan kelgan oʻta muxtasar bir-ikki nukta aytaman. Balki bu masalaga foydasi boʻlar.

Birinchi Nuqta: Vahdat-ul Vujud yoʻlining botib qolishga koʻp sabablar bor, ulardan bir-ikkitasi qisqacha bayon qilinadi.

Birinchi sabab: Martaba-i rububiyatning xalloqiyatini a'zamiy darajada zehnlarga sigʻdira olmaganlari va sirri ahadiyat bilan, hamma narsani shaxsan qabza-i rububiyatida tutganini va hamma narsa qudrat va ixtiyor va irodasi bilan vujud topganini qalblariga toʻliq joylashtirmaganlari uchun, hamma narsa Udir yoxud yoʻqdir yoki xayoldir yoki tazohuriyatidir yoki jilvalaridir deyishga oʻzlarini majbur bilganlar.

Ikkinchi sabab: Umuman firoqni istamagan, firoqdan qattiq qochgan, ayriliqdan titragan, uzoqlikdan jahannam kabi qoʻrqqan, zavoldan gʻoyat darajada nafratlangan, visolni ruh va joni kabi sevgan, qurbiyatni jannat kabi, cheksiz ishtiyoq bilan orzulagan "ishq" sifati; hamma narsadagi aqrobiyati Ilohiyaning bir jilvasini mahkam tutish bilan firoq va uzoqlikni yoʻq deb, uchrashish va visolni doimiy deb oʻylab, "La mavjuda illa Hu" deb, ishqning sakaroti va baqo shavqi, uchrashish va visolning taqozosi bilan oʻta zavqli hol yoʻlini vahdat-ul vujudda ekanini tasavvur qilib, mudhish firoqlardan qutulish maqsadida, vahdat-ul vujud masalasini tayanch qilib olishgan.

— 265 —

Demak, birinchi sababning manbai, aqlning qoʻli oʻta keng va juda yuksak ba'zi iymon haqiqatlariga yetishmagani va ihota qilolmagani va aqlning iymon nuqtasida batamom inkishof etmaganidan hamda ikkinchi sababning manbai, qalbning ishq nuqtasida favqulodda inkishofidan va gʻayri tabiiy inbisotidan va kengligidan kelib chiqqan.

Ammo Qur'onning ochiq ravshan bayoni, nubuvvat vorisligining buyuk valiylari va sahv ahli boʻlgan asfiyo koʻrgan tavhidning buyuk martabasi, ham juda yuksak, ham rububiyat va xalloqiyati Ilohiyaning buyuk martabasini, ham barcha asmo-i Ilohiyaning haqiqiyligini ifodalaydi. Va asoslarini muhofaza qilib va rububiyat hukmlarining muvozanasini buzmaydi.

Chunki: Janobi Haq zotiy ahadiyati va makondan munazzahligi bilan birga, hamma narsa barcha ishlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ilmi bilan qamragan va tashxis etilgan va irodasi bilan tarjih va tahsis etilgan va qudrati bilan isbot va ijod etilgandir. Butun koinotni bitta mavjud kabi ijod va tadbir qiladi. Bir gulni oson yaratgani kabi, ulkan bahorni ham yengillik bilan yaratadi. Bir narsa boshqa narsaga moneʻ boʻlmaydi. Tavajjuhida boʻlinish yoʻq, ayni onda xar yerda qudrat va ilmi bilan tasarruf nuqtasida boʻladi. Tasarrufida tarqalish va ajralish yoʻq. Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Mavqifining Ikkinchi Maqsadida bu sir tamomi bilan izoh va isbot qilingan.

لَا مُشَاحَةَ فِى التَّمْث۪يلِ qoidasiga asosan tamsildagi kamchilikka qaralmagani uchun, ikki mashrabning bir daraja farqi tushunilishi uchun nuqsonli tamsil aytib beraman. Masalan: Horiqo va oʻxshovsiz gʻoyat ulkan va juda ziynatli, sharqdan gʻarbga bir onda uchadigan va shimoldan janubga yetadigan qanotlarini yigʻib ochadigan, yuz minglab naqshlar bilan ziynatlangan, qanotining xar bir patida oʻta dohiyona san'atlar joylashtirilgan tovus qushi faraz qilamiz.

Ikki tomoshabin bor, aql va qalb qanotlari bilan bu qushning yuksak xususiyatlari va horiqo ziynatlariga uchishni istaydilar. Biri bu tovus qushining vaziyatiga va haykaliga va horiquloda xar bir patidagi qudrat naqshlariga qaraydi, gʻoyat ishq va shavq bilan sevadi, daqiq tafakkurni qisman tashlaydi va ishqni mahkam tutadi. Qarasa, xar kun sevimli naqshlar oʻzgaradi va almashadi. Sevgan va mahliyo qilgan mahbublari yoʻqoladi, zavol topadi.

— 266 —

U odam oʻziga tasalli berish va aqliga sigʻdirolmagan haqiqiy vahdati bilan, mutlaq rububiyati va zotiy ahadiyati bilan qamrovli yaratuvchilikka ega naqqoshning bir naqsh san'ati deyish kerak ekan, uning oʻrniga, "Bu tovus qushidagi ruh shunchalik oliyki, uning sone'i uning ichida yoki u unga boʻlgan, ham ruh vujudi bilan bir qancha va vujudi zohiriy surati bilan birlashgani uchun, ruhning kamoli va vujudning yuksakligi bu jilvalarni shunday koʻrsatadi, xar daqiqa boshqa naqshni va boshqa husnni izhor etadi. Haqiqiy ixtiyori bilan ijod emas, balki jilvadir, bir tazohurdir", deydi.

Boshqa odam aytadiki: Bu mezonli va nizomli gʻoyat san'atkorona naqshlar, qat'iyan bir iroda, ixtiyor, qasd va istakni taqozo qiladi. Irodasiz jilva, ixtiyorsiz tazohur boʻlmaydi. Ha, tovusning mohiyati goʻzal va yuksakdir. Ammo uning mohiyati foil boʻlolmaydi, balki munfaildir. Foili bilan umuman birlashmaydi. Ruhi goʻzal va oliydir, ammo ijod qiluvchi va mutasarrif emas, balki faqat mazhar va madordir. Chunki xar bir patida nihoyasiz bir hikmat bilan bir san'at va nihoyasiz qudrat bilan ziynatli naqsh yaqqol koʻrinmoqda. Bu esa irodasiz, ixtiyorsiz boʻlolmaydi.

Bu mukammal qudrat ichida mukammal hikmatni va mukammal hikmat ichida mukammal rububiyat va marhamatni koʻrsatgan san'atlar jilva ishi emas. Bu yaltirovchi daftarni yozgan kotib uning ichida boʻlmaydi, u bilan birlashmaydi. Balki daftar faqatgina kotibning yozuv qalamining uchi bilan aloqador. Shunday ekan, koinot deyilgan misoliy tovusning favqulotda ziynatlari tovus Xoliqining porlagan bir maktubidir.

Endi tovusga qarab, maktubni oʻqi. Kotibga moshoalloh, taborakalloh, subhanalloh deb ayt. Maktubni kotib deb oʻylagan yoki kotibni maktub ichida deb hayol qilgan yoki maktubni xayol deb oʻylagan kimsa, albatta aqlini ishq pardasi ostiga yashirgan va haqiqatning haqiqiy suratini koʻrmagandir.

Vahdat-ul Vujud yoʻliga sabab boʻlgan ishq turlaridan eng muhimi, dunyo ishqidir. Majoziy dunyo ishqi haqiqiy ishqqa aylansa, vahdati vujudga aylanadi. Qandayki insonning bir mahbubni majoziy muhabbat bilan sevadi. Soʻngra zavol va fanosini qalbiga joylashtirmagan oshiq, mahbubiga haqiqiy ishq bilan boqiylashtirish uchun, Ma'bud va Mahbubi Haqiqiyning jamolining bir oynasidir deb oʻziga tasalli beradi, haqiqatni tutadi.

— 267 —

Xuddi shuning kabi, ulkan dunyo va koinotni butun mavjudoti bilan mahbub degan, soʻngra ajib muhabbati doimiy zavol va firoq qamchilari bilan haqiqiy muhabbatga aylanganda, juda ulkan mahbubini zavol va firoqdan qutqarish uchun vahdat-ul vujud mashrabiga iltijo qiladi.

Agar juda yuksak va kuchli iymon sohibi boʻlsa, Muhyiddin Arabiyga oʻxshagan zotlarga zavqli, nuroniy, maqbul martaba boʻladi. Yoʻqsa tahlikalarga tushish, moddiyotga kirish, sabablarga tiqilib qolish ehtimoli bor. Vahdatu-sh shuhud esa, zararsizdir. Ahli sahvning yuksak bir mashrabidir.

اَللّٰهُمَّ اَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَهُ
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
Qardoshingiz
Said Nursiy

(Yigirma Ikkinchi Maktubning Xotimasidagi bahsga bir zayldir.)

﴿ اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ... الخ ﴾

Gʻiybat bu oyatning qat'iy hukmi bilan Qur'onda qattiq nafrat qilinadigan va gʻiybatchilar juda yomon va pastkashdir. Gʻiybatning eng yomon va eng xunugi, eng zolimona qismi, toza va nomusli kishini zino bilan ayblash, tuhmat qilishdir. Ya'ni koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsatolmagan kimsa bir erkak yoki xotin haqida zino qildi deyishi eng xunuk gunohi kabira va eng zolimona jinoyatdir. Ijtimoiy hayot iymonli qismini zaharlaydigan xiyonatdir, baxtiyor oilaning hayotini mahv etgan zulmdir. Ha, Nur surasi bu haqiqatni shunchalik shiddat bilan koʻrsatganki, vijdon sohibini titratadi va tuklarini tikka qiladi.

— 268 —
﴿ لَوْلَٓا اِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُمْ مَا يَكُونُ لَنَٓا اَنْ نَتَكَلَّمَ بِهٰذَا سُبْحَانَكَ هٰذَا بُهْتَانٌ عَظ۪يمٌ ﴾

shiddat bilan farmon qilib, aytadiki: Koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsatolmagan kishining guvohligi oʻtmaydi. Abadiyan shohidliklarini qabul qilmanglar. Chunki yolgʻonchidirlar. Ajabo, bunday tuhmatga jasorat qiladigan, koʻzi bilan koʻrgan toʻrt shohidni koʻrsata oladigan qanday odam bor. Qur'oni Hakim bu shartni qoʻshtirib, bunday narsalarda ogʻiz ochmanglar, bu eshikni yopinglar deganidir. يُحِبُّونَ اَنْ تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ tahdidi bilan, unday kishilar munofiq kabi iymonlilarning ijtimoiy hayotini mish-mishlar bilan buzayotganlarini ifoda qilyapti. Ayniqsa gʻiybat nomusli va eʻtiborli va xurmatli kishilar haqida boʻlsa, xususan ahli ilm haqida boʻlsa va yana aqldan uzoq tuhmat boʻlsa... Masalan nomusli kishi, xurmatli, oilasi va qattiq ishongan boʻlsa, unga umuman toʻgʻri kelmaydigan va uning xizmatkori boʻlgan va unga nisbatan xunuk kishi, dunyoda ularning birlashishini hech bir fitrat va vijdon qabul qilmasligini bilib, u bechora oilasini gʻiybat qilishi, gʻiybatning eng pastkashidir. Bunday pastkash gʻiybatning sababi, insonning ihtiyorida boʻlmagan muhabbat orqali, xotinlarning koʻrolmasligidan, chivindan fil yasab, oʻz iffatini koʻrsatib boshqa birovni ayblash kabi mish-mishlar kelib chiqayotgan boʻlsa kerak. Bu mish-mishlardan tavba qilishsin, yoʻqsa Allohning qahri kelishi kuchli ehtimol. Tuhmatchilar amallarining jazosi sifatida oʻzlari tuhmatga qolish ehtimolini oʻylab koʻrishsin.

Said Nursiy
— 269 —
(Yigirma Oltinchi Maktubning Ikkinchi Mabhasining oxiridir.)

(Men bilan koʻrishgan yoki koʻrishishni istagan doʻstlarga bir dastur boʻlib, uzoqdagi bir qancha qardoshlarga yozilgan.)

Men bilan koʻrishishni xohlaganingni his qildim. Qardoshlarim, men bilan koʻrishish ikki maqsadda boʻladi. Yo dunyo jihati bilan, ya'ni ijtimoiy hayot uchun. Bu tomondagi eshikni yopganman. Yoki uxroviy va ma'naviy hayot jihati bilan boʻlishi. Bu ham ikki jihat. Biri: Shaxsimga haddimdan ortiq husni zon qilib, ma'naviy istifoda olishni niyatida. Bu jihatni ham qabul qilmayman. Chunki men Qur'oni Hakimning faqatgina bir xizmatkoriman, u muqaddas doʻkonning bir dalloliman. Shaxsiy doʻkonimdagi abgor, ahamiyatsiz narsalarni sotishga chiqarmayman va chiqarishni istamayman. Chunki Qur'oni Hakimning muqaddas olmoslarining qiymatlariga shubha paydo boʻlmasligi uchun, abgor va shaxsiy doʻkonimdagi singan shisha parchalarini sotsam, haqiqiy sarrof boʻlmagan mijozlar dallollik vaqtida qoʻlimda koʻrgan olmoslariga ham shisha nazari bilan qaray oladilar, hayollariga chalkashlik, shubha keladi. Shuning uchun shaxsiy doʻkonimni qat'iyan berkitganman. Menga muqaddas doʻkonning xizmatkorligi yetadi. Qashshoq xizmatkor boʻlsam, koʻproq taʻbimga toʻgʻri keladi.

Ikkinchi jihat shuki: Qur'on hisobiga va dallolligi, xodimligi nuqtasida men bilan koʻrishishdir. Bu jihatdan kelganlarni boshu-koʻz ustiga qabul qilaman. Bu koʻrishish uchun sharq va gʻarb mone boʻlmaydi. Balki yerning usti va osti ham birdir. Suratan koʻrishishga unchalik ehtiyoj yoʻq.

Ma'naviy koʻrishishning ham uch mevasi bor:

Birinchisi: Men dallollik qilgan muqaddas doʻkonning javharlarini mendan olish. U doʻkondan hozircha oʻn ikki kichik javharlarni sizga yubordim.

Ikkinchi mevasi: Besh vaqt farz boʻlgan namozini oʻqigan va yetti gunohi kabirani tark etgan kishilarni bu ma'naviy aloqa va koʻrishish natijasi sifatida oxirat qardoshligiga qabul qilaman. Men xar tong ma'naviy daromadim nima boʻlsa, oxiratli qardoshlarimning amal daftariga oʻtishiga Janobi Haqning dargohida niyoz qilib hadya qilaman. Ular ham, hissalarini daromadimizdan olishlari uchun, meni ma'naviy xayrlariga va duolariga hissador qilishlari kerak.

— 270 —

Uchinchi mevasi: Ularni yonimda (yo haqiqatdan yoki xayolan) hozir bilib dargohi Ilohiyga birga qoʻl ochib duo qilib, Qur'onning xizmatiga doir qoʻlni-qoʻlga, qalbni-qalbga berib oʻta jiddiy ravishda qalbni bogʻlash. Mana qardoshlarim, sizga shu uch meva hozirdan hosil boʻldi.

Said Nursiy