Barla Lahikasi
— 270 —

FARQLI MASALALAR

BIRINCHI MASALA:

Savol: Salovotning koʻp hikmati va salot bilan birga salomni zikr qilishning sirri nima?

Javob: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga salovot keltirish, bir oʻzi bir haqiqat yoʻlidir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam yuksak darajada rahmatga sazovor boʻlsalarda, nihoyasiz salovotga ehtiyoj koʻrsatganlar. Chunki Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam butun ummatning dardlariga aloqador va saodatlariga nasibadordir. Nihoyasiz istiqbolda abadul abad nihoyasiz vaziyatlarga tushgan ummatning butun saodatlari bilan aloqadorligining ehtiyojidan, nihoyasiz salovotga tashviq qilganlar. Yana, Rasuli Akram ham qul, ham rasul boʻlganlari uchun qullik jihati bilan salot istaydilar, risolat jihati bilan salom istaydilar. Bu qullik xalqdan Haqqa ketadi, mahbublik va rahmatga sazovor boʻlishadi. Buni اَلصَّلَاة ifoda qiladi. Risolat Haqdan xalqqa bir elchilik boʻlib, salomat, taslim va ma'muriyatining qabul boʻlishi, vazifasining ijrosiga muvaffaqiyat istaydi. سَلَام lafzi uni ifodalaydi. Biz سَيِّدِنَا lafzi bilan: Yo Rab! Yonimizda elching va dargohingda elchimiz boʻlgan raisingga marhamat qil, biz ham nasibador boʻlaylik.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ رَسُولِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
— 271 —
IKKINCHI MASALA:

(Bir qardoshimizning uzun bir savoliga qisqa bir javobdir.)

Agar: "Zalolat va gʻaflatdagilar tiqilib, kufru kufronga kirib, ahsani taqvimdan asfali sofiliynga qulashiga sabab boʻlgan tabiat nima?" desang.

Javob shuki: Tabiat nomi berilgan narsa: Allohning butun olamga qoʻygan yaratilish qonunlari boʻlib, mavjudotda koʻringan Ilohiy ishlarning tanzim va nizomini koʻrsatgan Allohning tabiatga qoʻygan qonunlar majmuasidan iboratdir. Ma'lumki, qonunlar mavjud ishlar boʻlib, ilmiy vujudi bor, tashqi vujudi yoʻq. Gʻaflat yoki zalolat turtkisi bilan Kotib va Naqqoshi Azaliyni tanimagani uchun, kitob va kitob yozishni kotib va naqshni naqqosh, qonunni qudrat, chizgichni manba, nizomni tartibga soluvchi, san'atni san'atkor deb oʻylashgan.

Vahshiy va insonlarning ijtimoiy hayotini koʻrmagan bir odam muhtasham lashkargohga kirib, qoʻshinning ma'naviy nizomlar bilan muʻayyan tartibda davom etayotgan harakatini koʻrib, moddiy iplar bilan bogʻlangan deb oʻylasa yoki muazzam bir masjidga kirib qarasa, Musulmonlarning jamoat va hayit namozlarida muntazam, muborak vaziyatlarini koʻrib, tomosha qilib, moddiy bogʻlar bilan bogʻlangan deb oʻylasa...

Xuddi shuning kabi, vahshiydan ham vahshiy boʻlgan zalolat ahli osmonlar va yerning qoʻshiniga ega boʻlgan Azal va Abad Sultonining muhtasham lashkargohi boʻlgan bu koinotga va Ma'budi Azaliyning buyuk masjidi hisooblangan shu olamga kirsa, Sultonning nizomlarini tabiat deb aytsa va haddan ortiq hikmatlarga liq toʻla shariati kubrosini kuch va modda kabi kar, koʻr va jonsiz, aralash soyalardan iborat deb xayol qilsa, albatta unday jonliga inson emas, balki vahshiy hayvon ham deyilmaydi. Chunki u tasavvur qilgan tabiat uchun, "Soʻzlar" va boshqa risolalarimda yuz yerda, tabiat degan kufr fikrini tirilmaydigan qilib oʻldirilgan va "Yigirma Ikkinchi Soʻz"da oʻta qat'iy isbot qilingani kabi, xar zarrani, xar sababni butun mavjudotni yaratadigan qudrat va ilmga ega deyish, balki Vojib-ul Vujudning barcha sifatini unda deb qabul qilishdek tubi yoʻq imkonsizlik ichra mahol bir zalolat, balki zalolatning devonaligidan kelgan ma'nosiz safsata deyish kerak boʻladi.

Bir soʻz bilan: "Soʻzlar"da oʻta qat'iy isbot qilinganki, tabiatparast odam bir Ilohi Vohidni qabul qilmagani uchun, behisob ilohlarni qabul qilishga majburdir. U ilohlarning xar biri hamma narsaga qodir boʻlish bilan birga, barcha ilohlarga ham zid, ham misl boʻlib, koinotning intizomi ichida birlashishi kerak boʻladi. Holbuki ishlarga aralashishga pashshaning qanotidan to Quyosh tizimigacha hech qayerda pashsha qanotichalik sherikka joy yoʻq.

﴿ لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا فَسُبْحَانَ اللّٰهِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ ﴾

qat'iy farmoni shirk va ishtirokning asoslarini qat'iy burhon bilan kesadi.

— 272 —
UCHINCHI MASALA:

Kufr jahannamning ma'naviy urugʻi ekanini "Ikkinchi Soʻz", "Sakkizinchi Soʻz" va boshqa "Soʻzlar"da isbot qilingani kabi, moddiy jahannam ham uning mevasidir. Jahannamga kirishiga sabab boʻlgani kabi, Jahannamning vujudiga ham sababdir. Zero kichik hokim, kichik bir izzat, kichik bir gʻayrat, kichik bir jaloli boʻlsa, bir adabsiz unga: "Meni jazolaymaysan va jazolay olmaysan", desa. Xar holu korda qamoqxona boʻlmasa ham, u uchun bir qamoqxona qurdiradi va uni qamaydi. Kofir esa Jahannamni inkor qilib nihoyasiz gʻayrat, izzat va jalol sohibi, oʻta buyuk zotni inkor va bezovta qiladi, yolgʻonchilik va ojizlik bilan ayblaydi. Izzatiga yerga uradi, jaloliga isyon bilan qarshi chiqadi. Albatta, farazan ,Jahannamning umuman yaratilish sababi boʻlmasa ham, bu daraja yolgʻonlash va bezovta qilishga ega kufr uchun Jahannamni yaratadi, ichiga kofirni tashlaydi.

TOʻRTINCHI MASALA:

Agar: Nima uchun kufr va zalolatdagilar dunyoda hidoyatdagilar ustidan gʻolib boʻladi? deb soʻrasang.

Javob shu: Chunki kufrning telbaligi, zalolatning sarxushligi va gʻaflatning tentakligi bilan abadiy olmoslarni sotib olish uchun berilgan insoniy iste'dod va hislar sarmoyasini foniy shishalarga, sovuq muzlarga beradi. Albatta shisha va jonsiz muz olmos narxida olingani uchun, eng a'lo shisha va eng porloq muz sotib olinadi.

Bir kuni boy olmoschi odam devona boʻlib, bozorga boradi, besh soʻmlik shisha parchasiga besh oltin beradi. Boy devonaga hamma eng yaxshi shishalarini olib kelaldi, hatto bolalar ham chiroyli muz parchalarini unga berib, bittadan oltin olaishadi.

— 273 —

Bir kuni bir podshoh mast boʻlib, bolalarning ichiga kiradi, ularni vazir va bosh sarkarda deb oʻylaydi. Shohona amr beradi, bu bolalarga yoqadi, yaxshi itoat qilganlari uchun chiroyli bir vaqtichogʻlik qiladi.

Kufr ham bir devonalikdir, zalolat sarxushlikdir, gʻaflat telbalik boʻlib, boqiy oʻrniga foniy matoni oladi. Ushbu sirdan, ahli zalolatning hissiyotlari kuchlidir. Oʻjarligi, hirsi, hasadi kabi hamma narsasi shiddatli. Bir daqiqa xavotirga arzimagan narsaga bir yil qaysarlik qiladi.

Ha, kufr telbaligi, zalolatning sarhushligi, gʻafatning sarosimasi bilan fitratan abadiy va abad xaridori boʻlgan insoniy latifa mahv boʻladi, abadiy narsalar oʻrniga foniyini oladi, katta narx toʻlaydi. Moʻminga kelsak, unda ham bir asabiy xastalik mavjud yoki qalbiy kasallik bor. U ham ahli zalolat kabi, ahamiyatsiz narsalarga koʻp ahamiyat beradi. Lekin aybini tez anglaydi, istigʻfor aytadi, dovdirab turmaydi.

﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ﴾
BESHINCHI MASALA:

Muhim bir oyat sirri:

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning majmui moʻ'jiza boʻlgani kabi, xar bir surasi ham bir moʻ'jiza, hatto juda koʻp oyatlarning xar biri moʻ'jiza yoki bir i'joz lam'asini koʻrsatadidi. Masalan, Sahobadan bahs qilgan Fath Surasining oxirgi oyati: مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ dan boshlab, barcha hijo harflarini ichiga olib, sahobalarning mashhurlarining tabaqasini - Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud, Asxobi Suffa, Ahli Bay'ati Rizvon kabi olamda shuhrat topgan tabaqalarning ismlarining soniga ishora qiladi va undan avvalgi هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ oyati oltmish uch harf boʻlib, Paygʻambarimizning (s.a.v.) umriga ishora qilgani kabi, biz bahs qilgan oyat bilan birga Asxobi Badr, Suffa, Uhud va Ahli Bayti Nabaviyning sonini koʻrsatadi. Oxirgi oyatning soni ikki yuz oltmishdir. Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud bilan birga, Badr bilan Uhud Shahidlarini bir deb sanalsa va bir hil ismli sahobalar bir deb sanalish sharti bilan ikki yuz oltmish boʻladi.

— 274 —

Ayni oyatdagi harflar kabi, Asxobi Badr, Asxobi Suffa aytganimizdek, ikki yuz oltmish toʻrt boʻladi. Oyatda toʻrt ortiq boʻlib, Xulafo-i Arbaa yoki Xamsa-i Oli Abadan toʻrt kishiga ishora bor. Oyatda xar bir harfning qancha takrorlangani va Asxobi Badr va Uhud va Suffaning ismlariga qay daraja muvofiq kelishi adad koʻrsatishiga, keladigan harflarga diqqat qil:

Hamza lafzi (9), oʻqilmaydigani (15) muvofiq kelyapti. ب (4) ت (8) ث (2) muvofiq, ج (8) muvofiq, ح (3) خ (10) د (6) ذ (3) muvofiq, ر (16) muvofiq, ز (6) muvofiq. Uhud va Suffadan س (7) muvofiq, Suffadan ش (2) muvofiq, Suffadan ص (2) muvofiq, Badrdan ض (2) muvofiq, Suffadan ط (1) ظ (3) Uhudda Abadila-i Sab'a, Xulafo-i Salosa ع (10) muvofiq, Suffadan غ (6) ف (14) ق (1) muvofiq, Badrda ك (6) ل (34) م (24) muvofiq, ن (16) muvofiq, ه (16) و (15) ى (12) muvofiq, لا (2) alif (18) muvofiq.

Bu harflarning yarmi Asxobi Badr, Suffa va Uhudda muvofiq. Muvofiq kelmahanlar boshqa tabaqalarning soniga muvofiqdir. Masalan, Ahli Bay'ati Rizvon kabi mashhur tabaqalarga.

Yana, diqqatga sazovor joyi:

﴿ ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا ﴾

oyatida shu oyat kabi barcha hijo harflarini ichiga olgan. Ammo buning aksiga, u harflarning takrorlari ajib bir munosabat tarzida kelgan. Bu oyat bir-biriga qaraydi. Qardosh qardoshiga muvofiq kelmaydi. Demak bu oyatdagi harflarning vazifasi, oyatning ma'nosini quvvatlab, bahs etgan sahobalarining ismlariga qaraydalar. Ha, bu oyati karima jumlalari bilan koʻrsatgan ayni hukmni yana kalimalari bilan, harflari bilan ayni ma'noga ishora qiladi. Masalan, bu oyatning harflari Sahobalarga qaraganlari kabi, qaydlari ham Sahobalarning mashhur sifatlariga qaraydi. Sifatlarni koʻrsatib, oʻsha sifat sohiblariga ishora qilmoqda.

— 275 —

Masalan: وَالَّذ۪ينَ مَعَهُ dagi maiyati xossa, maxsus suhbatni zikr qilb, Abu Bakr Siddiqning faxr va shuhratiga sababi boʻlgan xos hislati bilan ishora qiladi.

اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ kuchli Islomiy fidokorlik tuygʻusi bilan kofirlarga qat'iy gʻalaba qilib mashhur boʻlgan Hazrat Umarni oyna kabi koʻrsatadi.

رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ shafqati va rahmdilligi bilan hamma tomonda shuhrat topgan Hazrat Usmoni Zinnuraynga ishora qiladi.

تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا qaydi bilan, ruku va sajdada davomli va koʻp qilishi bilan mashhur boʻlgan Hazrat Aliyyil Murtazoga ishora qiladi.

يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا jumlasi bilan Ahli Bay'ati Rizvonga,

س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ Asxobi Suffaga,

ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ fuqaho va ulamo-i Sahobaga,

وَمَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ Asxobi Hunayn, Fath, Uhud va Badrdagi Sahobalarning nomdor yigitlariga ishora qilgani kabi, Anbiyodan soʻngra Bani Odam ichida eng yuksak, eng nomdor, eng mumtoz Sahobalarning ustunlik sabablari, tanlanganlik manbalari va axloq ma'danlari hisoblangan yuksak vasflari, oliy axloqlari va buyuk muomalalariga aytilgan qaydlar va sifatlar bilan ishora qiladi.

— 276 —

Oʻsha qaydlar bilan aytadiki: Sahobalarning xalqqa: Dushmanlariga shiddatli, doʻstlariga va moʻminlarga rahmdil, Janobi Haqqa ruku va sajdada mukammal itoatda, xar bir ishlarida Janobi Haqning rizo va fazlini maqsad qilib kamoli ixlosdadir.

Sahobalarning ilmda, amalda, siyosatda va askarlikda koʻrsatgan favqulodda matonati, taraqqiyoti, sabot va ustunliklarini, moziydan Tavrot va Injilni shohid koʻrsatib moʻ'jizaviy tarzda bildirib, istiqbolda ibodat va jihod vazifasida horiquloda harakatlarni amalga oshirishlarini xabar berib moʻ'jizaviy koʻrinishda moziy va istiqbolda ikki gʻaybiy xabar bilan Sahobalarning moʻjizaviy hollarini xabar berib, ushbu oyatda bir moʻjizalik shuʻlasini koʻrsatadi. Oyatning yana boshqa koʻp ishoralari bor. Izohi uzun, qamrab olishimiz noqis va qoʻlimiz qisqa boʻlgani uchun, tugatdik.

Modomiki ushbu oyat ham jumlalari, ham kalimalari, ham harflari bilan turli-turli vazifalarni bajarib, qasd qilingan ma'noning atrofida toʻplanib unga qaramoqda. Ajabo, bu oyatning biz bilmagan va bayon qilmagan yana koʻp ajoyib sirlarni jamlagani yoʻqmi?..

OLTINCHI KICHIK BIR MASALA:

Oʻttiz uch adad "Soʻzlar" va oʻttiz uch adad "Maktublar"ning majmuiga Risolat-un Nur nomi berilishining sirri shuki:

Nur kalimasi menga hayotim davomida hamma joyda uchradi. Jumladan qishlogʻim Nursdir, marhuma volidamning ismi Nuriyadir, Naqshiy ustozim Sayyid Nur Muhammaddir, Qodiriy ustozim Nuriddin. Qur'on ustozlarimdan Nuri, talabalarimdan men bilan eng koʻp aloqadori Nur ismli boʻlganlardir. Kitoblarimni eng koʻp izoh va tanvir etgan Nur misolidir. Qur'oni Hakimdagi eng avval aqlim va qalbimga porlagan, fikrimni mashgʻul etgan

﴿ اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ﴾

oyatidir. Ilohiy haqiqatlarda mushkulotimning aksarisini hal qilgan asmo-i husnadan nuroniy Nur ismidir. Qur'onga qattiq yoʻnaltirish va xos xizmatim uchun xususiy imomim Zinnurayndir.

اَللّٰهُمَّ يَا نُورَ النُّورِ وَيَا مُنَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُصَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُقَدِّرَ النُّورِ
— 277 —
وَيَا مُدَبِّرَ النُّورِ وَيَا خَالِقَ النُّورِ وَيَا نُورًا قَبْلَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا بَعْدَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا فَوْقَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا لَيْسَ مِثْلَهُ نُورٌ
سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ اَجِرْنَا (وَ عَل۪ى) مِنَ النَّارِ وَ اَدْخِلْنَا (وَ اَدْخِلْ عَل۪ى) الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ وَ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قَلْبَهُ وَ قُبُورَنَا وَ قَبْرَهُ بِاَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ يَا رَح۪يمُ يَا غَفَّارُ وَ صَلِّ عَلٰى مُحَمَّدٍ الْمُخْتَارِ وَ اٰلِهِ الْاَطْهَارِ وَ صَحْبِهِ الْاَخْيَارِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
Said Nursiy

(Xulusiy Beyning savoliga javob.)

(Tishlarni qoliplash haqidagi savolga javob.)

1932 yildagi savolingizga hozircha atroflicha javob berolmayman. Ammo bu masalaga aloqador bir-ikki sharʻiy masalani qisqacha yozyapman. Jumladan:

Tahorat vaqtida ogʻizni yuvish farz emas, sunnatdir. Ammo gʻusl vaqtida ogʻizni yuvish farzdir. Kichik joyi yuvilmay qolsa boʻlmaydi, zarardir. Shuning uchun tishlarni qoliplash haqida ulamolar fatvo berishga jasorat qilolmaydi. Imom A'zam bilan Imom Muhammad (Roziyallohu anhuma) kumush va oltindan tish qoplatish haqidagi fatvolari, doimiy (sobit) qoliplar haqida emas. Holbuki tish masalasi umumga kelgan balo sifatida shu daraja tarqalganki, olib tashlash mumkin emas. Ummatni bu azim balodan qutqarish chorasini oʻyladim, birdan qalbimga bu nuqta keldi. Mujtahidlarning vazifasiga qoʻshilishga haddim va haqqim yoʻq, ammo umumiy balo zaruratiga qarshi, fatvolarga tarafdor boʻlmaganim holda aytamanki:

— 278 —

Agar dindor bir mahoratli shifokor koʻrsatgan ehtiyojga binoan qolip qoʻydirish kerak boʻlsa, ostidagi tish ogʻizning tashqi tishlikdan chiqib, ichki tish hukmiga oʻtadi. Gʻuslda yuvilmasligi gʻuslni bekor qilmaydi. Chunki ustidagi qolip yuviladi, uning oʻrniga oʻtadi. Jarohat ustidagi bogʻichlarning zarar uchun olib tashlanmagani uchun jarohat oʻrniga yuvilishi, shar'an yarani yuvish oʻrniga oʻtgani kabi, ehtiyojga binoan doimiy qolipning yuvilishi ham tishning yuvilishi oʻrniga oʻtadi, gʻuslni bekor qilmaydi.

﴿ وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ﴾

Modomiki ehtiyojga binoan ruxsat berilar ekan, albatta faqatgina bezak uchun, ehtiyoj boʻlmay turib tishga qolip goʻydirish yoki toʻldirish bu ruxsatdan istifoda etolmaydi. Chunki hatto zarurat darajasiga kelgandan soʻng bunday umumiylashgan baloda agar bilib turib sui ixtiyori bilan qilinsa, zarurat halol boʻlishiga sabab boʻlmaydi. Agar bilmasdan qoʻyilgan boʻlsa, zarurat uchun albatta ruxsat bor.

Said Nursiy

(Uch jasadli bir ruhning bir bayoni. Ya'ni: Hofiz Ali, Sabri, Saripichoq Ali)

Oʻttiz Birinchi Maktubning Oʻn Yettinchi Yogʻdusining Oʻn Yettinchi Nuqtasining yetti masalasidan ikkinchi masalasi ekan, Yigirmanchi Yogʻdu boʻlgan Ixlos Risolasini oldim. Kuleonuda qardoshim Ali Afandi bilan, Yigirma Birinchi Yogʻdu nomli projektor-misol, tunni kunga oʻgirgan, juda muborak, juda qiymatli va oʻta ta'sirli risola bilan, Yigirma Ikkinchi Yogʻdu boʻlgan Oʻn Yettinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi ekan, Lamaatga qoʻshilib, sotsializm va bolshevizm oʻyinlari bilan, insonlar olamining haqiqiy fitriy hayotini unuttirish, abadiy zulmatlarni, tenglik asosi nomli, oʻz shaxslarini istisno qilib, Islom millatini asossizlikka otganlari, gazli bombalari bilan bir jihatdan tunni keltirganlari kabi, goʻyo istilo qilgan ma'naviy tuproqda nabotot qobiliyatiga asos boʻladigan hayot ham qoldirmasdan yondirishgan paytda, ushbu Yogʻdu olamni nurlantirib, quyoshni koʻrsatib, obi hayoti bilan uygʻoq zamin ustini koʻkartirganini koʻrsatmoqda.

Muhtaram Afandimiz! Bir hafta avval moddiy jihatdan kichik va ma'nan katta bir noma-i margʻubalaringizni Bekir Bey vositasi bilan bir qoʻshin quvatida oldim. Janobi Arhamurrohimiynga hisobsiz hamdu shukr boʻlsinki, biz kabi ojiz, zaif, faqir, qusurli qullarini hech bir zamon moddiy va ma'naviy taqviya-i rahmatidan uzoq tutmaydi. Esgan shamollar vaqtinchalik eshik va derazalardan kirsalar ham, u xonaning sohibi darhol berkitadi va uygʻotganini koʻrsatadi. Garchi koʻp oʻqiy olmayotgan boʻlsak ham, yozuvni ayni vaziyatda yozmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 279 —

Muhtaram Afandim! Yozilgan risolalar haqida fikringiz qanday deb soʻrayapsiz? Ustoz Hazratim! Nima deylik? Bizning ma'naviy yara va xastaliklarimizni tashhis qilib, oʻldirmaslik uchun xar qanday muolajalari bilan aralash, ham ozuqali, ham taʻsirli dorilarini Janobi Haqning ehsoni bilan yuboryapsiz. Ixlos haqida avvalroq, xususan keyin ehson qilingan risolalarni oʻqigan sari, vujudimning ogʻriganini va xar zarrasining titraganini, turli joylarda tavallud etgan qurtlar oʻynashni boshlagan sari, eng ahmoq va ablahcha harakatlarimni koʻrsatishdi.

Soʻzlar tajriba bilan yozilgani uchun, umum qardoshlarimiz ogohlantiriladi. Va xar kishiga muqaddasligi bilan, goʻyo unga xitob etayotgandek ulviyat bilan zamzam suvi ichiradi. Ixlosi butun, vijdoni pok, ruhi taslim, jismi latif, nasabi toza qardoshlarimiz, bu ogohlantirish bilan Janobi Arhamurrohimiynga niyoz etib, "Yo Rab, umum birodarlarimizni yaramas narsalardan xalos et va ixlosi tomma ehson et", degan duolarida, oldin arz qilingan besh yuksak va bilingan xususiyatga kirmagan va kasofatli ruhi bilan koʻplab nurni chalkashtirgan va zohir holi bilan sababi risola boʻlib, umumning duo va himmatlarini xar on orzulagan, bu yoʻlda Risola-i Nurga boshini egib va jonini fido qilganlarni Janobi Arhamurrohimiyn, Habibi Akram Alayhissalotu Vassalom, Qur'oni Hakim va hizb-ul Qur'on hurmati uchun magʻfiratini niyat qilib talab etganlari xizmatida muvaffaq qilsin.. omin.

Ushbu muborak risolalar tashna bir odamning suvni koʻrganida kichik koʻzada boʻlsa qozoniga quyish, katta koʻl va dengiz boʻlsa, ichiga kirishni istagani kabi, bu davrning nursiz yoquvchi shiddatli haroratiga qarshi ixlos dengizini koʻrsatib tashnalikni qondirish va xar turdagi javhar va olmoslar ichida ekanini bayon qilib, u dengizga da'vat qiladi. Nafs tolibi boʻlganini riyo va hubbu joh kabi xar jihatdan zararli ilonlar kabi zaharlagan, ibodat pardasi ostida dunyoni qoʻlga kiritishni istab, qabr eshigida xatosini bilgan va odamlarning e'tiboriga muhabbatdan, fir'avn kabi gʻarq boʻlayotgan vaqtda qaytishni istab, hech kimga muyassar boʻlmagan ishni va tafsilotlari bilan u olamlarni bu yogʻdular shunday nurlantirmoqdaki, agar murodi Ilohiy boʻlsa, bu davrning shuxratparast zindiqlari koʻrsalar edi, qoʻllaridagi vujudlariga zamharir keltirgan muzlarni tashlab, ixlos bilan iymon keltirib, Qur'onning olmos javharlarini olishar edi.

— 280 —

Muhtaram Afandim! Karomati Alaviya Risolasi koʻp jihatdan karomat boʻlgani kabi, Risola-i Nur shogirdlarini uygʻonishga va tashviqqa, sa'yu gʻayratga, jasoratu shijoatga shavq bilan harakat qilgan yoʻllarida yolgʻiz emasliklarini va qarshida dushmanning faqat ularning dushmani emas, balki moziyda turgan va bizga juda yaqindan qaragan oliy ruhlarning ham dushmani hisoblanib, oliy ruhlar qarshimizda yoʻlboshchi, atrofimizda zirh kabi qoʻriqchi va yordamchi ekanlarini koʻrsatib, zaiflarga quvvat, qoʻrqqanlarga jasorat va shijoat, kuchlilarga rafiq boʻlmoqda va bu risolaga xar doim hammaning ehtiyojini koʻrsatmoqda. Bu davrning ilmiy qiyofasi, din namoyandasi va millat rahbari pardalari bilan ilmni "menlik"ka, dinni dunyoga va oʻzlari mayxonaga tushgan ulamo-us suni xabar berib, iymon va irfon ahlini insofga, ittifoqqa, birlashishga da'vat qiladi.

Jumlamiz xurmatli xoki poyilariga yuzlarni surib, muborak mukarram qoʻlu etaklarini oʻpamiz afandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Islom Qishlogʻidan Ali (RH)
Kuleonundan Ali
— 281 —

(Xusravga xitoban yozilgan bir maktub.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ وَ عَلٰى وَالِدَتِكَ وَ عَلٰى اَخ۪يكَ وَ عَلٰى اِخْوَانِكَ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, muborak, siddiq qardoshim!

Birinchidan: "Soʻzlar"ni boshlamasdan ikki oy avval koʻrgan muborak tushing juda goʻzal, ham haqiqatdir. Ha qardoshim, sen bir abadiy boʻston boʻlgan Qur'oni Hakimning jannatidan, guli Muhammadiy (ASV) nomli, hadsiz nuroniy haqiqatlarning fabrikasi hukmida, Qur'oniy haqiqatlar tafsiri atrofida halqa boʻlgan va siz kabi charxlardan tashkil topgan muborak jamoat ichida eng xos va oʻsha tush eng yuksak martabaga kotib tayin qilinganiga bashorat bergani kabi, biz ham bashorat qilyapmiz.

Ikkinchidan: Bu safar sen yozgan Moʻ'jizoti Ahmadiya (ASV) risolasi juda ajoyib chiqqan. Kim unga qarasa, haqiqiy zavq his qiladi. Demak ma'naviy, xolis, samimiy hislar moddiy naqshlar suratida oʻzini his ettiradi. Bu sirga men voqif boʻlgan vaqtim, qardoshim Gʻolib ham ayni hisga ishtirok etdi.

Ha, buning ostida ma'naviy tabassum bor deya, sening xatingni oʻz xatidan ustun koʻrib javob berdi. Yozgan risolang vositasida juda koʻp insonlar iymonlarini quvvatlamoqda. Muhabbati Ahmadiya (ASV) qalblarida ziyodalashmoqda. Ishorati gʻaybiya haqida shubhalari qolmayapti. Kelgan savob ham amal daftaringga yozilyapti. Qur'on va Rasuli Akram (ASV) soʻzlaridan boshqa, ishora qilgan kalimalar juda ma'nodor, ham bir asosdir. Ikki kalimaning muborak tavofuqiga hujjatdir. Ham koʻrsatmoqdaki; barcha tavofuqlarga ham rioya qilmagan, ikki kalimaning tavofuqiga qalam aralasha olmaydi. Oʻylaymizki, u risolalarning haqiqiy xattini topding yoki yaqinlashding.

Uchinchidan: Oʻrtamizdagi munosabat ma'naviy, ruhiy, haqiqiy boʻlgani uchun zamon va makon taʻsir qilmaydi. Dargohi Ilohiyga yuzlangan vaqtimiz kunda balki necha marta, Xusrav bir jihatda yonimda hozir boʻlib, sening u shirin yozuvlaring, xususan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubdagi muborak xating koʻringan sari seni xayolimizda hozir deb sanaymiz. Men va bu yerdagi birodarlar ham seni bu yerda koʻrishni juda orzu qilamiz. Ammo Isparta senga juda muhtoj. Hozir kelishinga vaziyat va mavsum uygʻun koʻrinmayapti. Shuning uchun qardoshimni bir miqdor yonimda saqlab, senga zahmat berishni istamayman. Boʻlmasa sen bizga juda lozimsan. Inshoalloh bir vaqt qazo qilamiz.

— 282 —

Toʻrtinchidan: Ushbu muborak Ramazon oyi Qadr kechasini ichiga olgani uchun, oʻzi ham umr ichida bir Qadr kechasi hisoblanib, muvaffaq boʻlgan kishining umriga ming umr qoʻshadi. Daqiqasi bir kundir. Soati ikki oy, kuni bir necha yil hukmida umri boqiydir. Sendan va oxirat opaxonim, ya'ni ikkinchi volidam va qardoshimning muhtaram volidasidan duoingizni istayman. Duoimda sizni sherik qilyapman, siz ham mening duoimga omin hisobida duo qiling.

Qardoshimiz Ali Afandiga ham koʻp salom va duo qilaman. Inshoalloh ayni Xusravga loyiq qardosh boʻlyapti. Boshqa qardoshlarga seni vakil qilaman, salom yoʻllayman va duo qilaman. Ushbu muborak kunlarda menga duo qilsinlar.

Gʻolib aytadiki: "Xusrav bilan ma'naviy bogʻ his qilaman". Koʻp salom yubormoqda. Ayniqsa soatchi Lutfu Afandiga juda koʻp salom va duo qilaman. Janobi Haq unga, u menga yozgan Derazalar Risolasining harflari adadicha ruhiga rahmat, qalbiga nur, aqliga haqiqat, moliga baraka ehson aylasin. Omin, omin, omin.

Maqsadim, unga risolani yozdirish, uni xos talabalar doirasiga qoʻshish edi. Yoʻqsa unga qiyinchilik tugʻdirmasdim. Mashaalloh, Xotami Moʻ'jizoti Ahmadiyani (ASV) juda chiroyli rasmini chizgansiz. "Soʻzlar" bilan aloqador kishilar ichida bu xotamga toʻliq qanoat hosil qilganlarning ismlarini menga yozishsin, ularni u nurga hissador boʻlishlari uchun ikkinchi doirada yozamiz. Shukrga doir nusxangizni Kuleonli Mustafo bir odamga bergan. U odam muhofaza qilolmagan. Yomgʻir bir oz buzgani uchun uyalib, senga emas menga yubordi. Mening ham chiroyli yozilgan bir nusxam bor, senga yuboryapman. Unga koʻra oʻzingizga yangi nusxa yozarsiz.

Menga shukrga doir yozgan muborak nusxangni bir oy avval Otaboy tarafiga yuborgandim. Kim olganini bilmayman, qoʻlimga kelmadi. Ham sizga Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasini yuboryapman. Xotima i'joz tamgʻasiga kelgan tanqidlarni rad qiladi va porloq bir tasdiq muhri ekanini koʻrsatadi. Tamgʻalarning bir nusxasini senga yubordik. U yerda tamgʻani koʻrgan va qabul etgan va Soʻzlar bilan aloqador boʻlgan kishilar munosib koʻrganlarini jadvalning boʻsh hujralariga qayd qilishing mumkin.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Mirzozoda
Said Nursiy
***
— 283 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz va gʻayratli oxiratli qardoshim va Qur'on xizmatida yoʻldoshim Xulusiyi Soniy va Sabriyi Avval!

Mashaalloh, Yigirmanchi Maktubning qiymatini yaxshi tushunib, goʻzal yozgansiz.

Maktubingda mendan kalom ilmi darsini olishni istagansan. Zotan u darsni olyapsan. Sen yozayotgan umum "Soʻzlar" nurli va haqiqiy Ilmi Kalomning darslaridir. Imom Rabboniy kabi ba'zi muqaddas muhaqqiq olimlar aytishganki: Oxirzamonda Ilmi Kalomni, ya'ni ahli haq mazhabi boʻlgan kalomga oid iylomiy masalalarning biri zot shunday bayon qiladiki, umum kashf va tariqat ahlidan ustun tarzda nurlarning nashriga sabab boʻladi. Hatto Imom Rabboniy oʻzini u shaxs kabi koʻrgan.

Sening ushbu ojiz, faqir va hech ichra hech boʻlgan qardoshing, ming daraja haddimdan ustun, oʻzimni keladigan odam ekanimni da'vo qilolmayman, hech bir jihatda layoqatim yoʻq. Ammo kelajakda keladigan ajib shaxsning xizmatkori va unga joy tayyorlaydigan tayanchi va buyuk qoʻmondonning old safdagi askariman deb oʻylayman. Shu bois, sen ham yozilgan narsalardan u ajib hidini olding.

Yana, maktubida اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ oxirigacha.. ga oid sirlarni soʻrayapsan. Ha, bu oyatning buyuk dengizidan koʻp "Soʻzlar"da qatralari, rashhalari bor. Ayniqsa Yigirmanchi Maktubda, Oʻttiz Uchinchi Maktubda, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzda, Yigirma Ikkinchi Soʻzda uning ba'zi chashmalari bor. Albatta u oyatda koʻp tabaqalar bor. Xar toifa bir tabaqadan hissasini oladi. Oyatning ba'zi nurlarini yozishimni ruhim istaydi. Ammo hozirgacha parcha-parcha yozilgani uchun shunday qolgan, hozircha u bilan kifoyalangan.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
— 284 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim va Qur'oniy xizmatda fidokor birodarlarim Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra'fat, Bekir, Lutfu, Rushdu Afandilar.

Qardoshlarim, bu Ramazoni Sharifda sizga nur olamidan mavzu ochish istagim bor edi. Afsuski bir hodisa zulmat olamidan bahs etishga meni majbur qilmoqda. Ushbu yangi hodisa uchun atrofdagi doʻstlar til va hol bilan qiziqib, xavotir bilan mendan izoh istashyapti. Ular va sizlarni andishadan qutqarish uchun, u hodisani ikki qism tarzida biroz bayon qilaman.

Birinchi qism: Bizga nisbatan musibatli va alamli hodisani Janobi Haq inoyat va rahmati bilan boshqa shaklga oʻgirmoqda. Ha, Jannat arzon boʻlmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas. Bu hodisaning bizga qaragan yuzi rahmat boʻlib koʻrinmoqda. Dunyo ahliga qaragan yuzi Jahannamning kerakligini koʻrsatmoqda. Darhaqiqat, ushbu Ramazoni Sharifda hodisaning zohiran juda iflos edi. Ammo Gʻavsi A'zamning aytganidek, inoyat koʻzining ostida va himoyasida boʻlganimizdan, koʻp jihatlar bilan haqqimizda rahmat yogʻdulari koʻrindi.

Ikkinchisi: Ushbu Ramazoni Sharifda ojizlik va zaiflikni hamda faqirlik va ehtiyojni toʻliq his qilib, Janobi Haqqa iltijo qilish, bir jihatdan uygʻonish, hayajon, shuur va shiddat berdi. Ramazoni Sharifda hozir oʻqigan munojotlarimning oʻqilishiga bu hodisa muhim quvvat boʻldi. Zotan musibatlar dargohi Ilohiyga chorlash uchun qadar qamchisi hisoblanadi. Xar bir oʻqigan soʻz va duoim ham va munojot ham shuurli va qattiq boʻlmoqda. Rasmiy va ruhsiz oʻlik holda emas. Sahobalardagi ibodatlarning ustunlik sirri aynan bu nuqtadadir. Tasbeh va zikrni butun ma'nosi bilan shuurli holatda aytganlaridir.

(Hoshiya): Bu maktubning qolgan qismi bir maqsadga binoan bu yerdan olib tashlangandi.

Said Nursiy
***
— 285 —

Xulusiy Beyga xitob.

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!

Birinchidan: Jiyanim Halil Najining dunyoviy musibati meni ham jiddiy ravishda mahzun qildi. Janobi Haq uni ham qutqarsin, sizga ham sabru bardosh ehson aylasin, omin. Nurning eskidan beri hech ikkilanmagan muxlis bir qahramoni albatta dunyoning oʻtkinchi, qiymatsiz, foniy holatlari qarshisida xavotirga tushmaydi, magʻlub boʻlmaydi inshoalloh.

Ikkinchidan: Ilmiy silsilada menga eng oxirgi, eng muborak darsni bergan va haddimdan ortiq shafqatini koʻrsatgan Hazrat Shayx Muhammad-ul-Kufraviyning (quddisa sirruhu) xalifalaridan Alvorli Hoʻja Muhammad Afandi va birodarlariga koʻp salom va hurmatlarimni arz etaman. U atrofda Nurlar bilan aloqador doʻstlaringga koʻp salom va Nur xizmatida muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 286 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Aziz qardoshim.

Men haqimda qaygʻurmang, inoyati Rabboniya davom etmoqda. Tirikchilik jihatida qanoat va iqtisod meni ehtiyojdan qutqaryapti. Aslo biror narsa yuborma. Sen olti-yetti nafsga qarayapsan, mening yarim nafsim bor. Sen meni emas, men seni oʻylashim kerak. Sabrining maktubi unga yetishmabdi. Sen va Xulusiy mening xar bir uxroviy amalimda hissadorsiz. Mohi Ramazonda savob birga ming yuradi. Siz ham menga duoingiz bilan yordam bering.

Said

Ishorati Alaviyni toʻliq tasdiqladingizmi? Hashr Risolasini juda quvvatli deb bildingizmi?

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Minglab salom aytaman. Siz moddiy rutbangizdan juda yuksak ma'naviy rutbangiz taqozosi bilan xar hil yerlarga yuborilyapsiz. U yerlarning senga ehtiyoji bor. Hech xavotirlanma. Sening Risolat-un Nur haqida maktublaring koʻp talaba hisobiga oʻtadi. Sening oʻrnigga Nur xizmatida xizmat qilishyapti. Senga doimo birinchilikni qozontirmoqda.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

(Yulduz maktubi)

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim, Qur'on xizmatida mehnatsevar birodarlarim Sabri, Xusrav, Hofiz Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!

Sizga Jumadul Oxir oyida sodir boʻlgan samoviy hodisa munosabati bilan bir masalani bayon qilaman. Jumladan:

— 287 —

Hazrati Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning zuhurlari vaqtida, وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyatining bir namunasini koʻrsatadigan, shaytonlarga tosh otishga alomat boʻlgan yulduzlarning uchishi koʻp sodir boʻlgan. Ahli tahqiqning nazarida, oʻsha davrda vahiy payti kelgani uchun, vahiyga shubha aralashmasligi uchun, kohinlar kabi, gʻaybiy va jinlar vositasi bilan samoviy xabarlariga qoʻshiluvchilarga toʻsiq qoʻyishga alomat va ishora boʻlish bilan birga, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom jin va insga elchi boʻlib tashriflariga samovot ahli tomonidan shodiyona, bayram kabi baxtiyorlik alomati yuz berganini kashf va haqiqat ahli hukm qilishgan.

Yuborilgan zot kufr va zalolatdagilarga yoquvchi olov va hidoyat ahli uchun porlagan nur manbai ekaniga gʻaybiy va samoviy ishoradir. Ushbu Jumadul Oxirda misli koʻrilmagan tarzda, kechasi soat toʻrtdan, besh va besh yarimgacha davom etgan yulduzlarning tushishi ahamiyatli samoviy hodisadir. Samovotning hodisalari zaminimizga taʻalluqli boʻlgani uchun, xar holda oʻsha hodisalarning ham Yer yuzida bir belgisi boʻladi. Janobi Haqning rahmatidan panoh soʻrashimiz kerakki, yoquvchi olov qilmasin, porlagan nurga aylantirsin.

Qur'oni Hakimning suralarida oyatlar bir-biriga qarab, ishora qilganidek, Janobi Haqning Buyuk Qur'oni hisoblangan ushbu koinotning katta, kichik suralari ham bir biriga qaraydi, bir-birining nozik maʻnolarini tushuntiradi. Samo surasida biz kabi lafzi Jalolni faqat qizil yozish emas, balki nur zarhali bilan Jalol Lafzi kabi yozilgan yulduzlar va yulduzlardan joʻsh urgan nuroniy nuqtalar, albatta ishora mushaklari hukmida, bittadan sirni e'lon qilganini oʻsha moʻ'jiznamo samoviy surasining buyukligidadir. Biz uni yaxshi alomat deb bilishimiz kerak.

Ikkinchidan: Sizga samovotning qizil yulduzlarini eslatgan, Qur'ondagi Ismi Jalolning ikki ming sakkiz yuz olti (2806) marta takrorlanishi, Qur'on samosini nuroniy yulduzlar bilan ziynatlantirgan va adadlari sahifalar, yaproqlar, suralar e'tibori bilan bir-biriga ma'nodor muvofiq munosabatlari yanada koʻproq latofatini, ziynatini goʻzallashtiradi.

Bu safar sizga oʻz Qur'on nusxamni yuboryapman. Bu nusxamda sizga yuborilgan roʻyxatga koʻra ishoralar qoʻydim. Jalol ismiga boshqa, Rab ismiga boshqa ishora qoʻyildi.

— 288 —

Jalol ismining son jihatidan tavofuqlari ham tartibli, ham ma'nodordir, bir oz diqqat istaydi xolos. Chunki risolalarda koʻringan tavofuq kabi, doimo sahifa sahifaga qaramaydi. Ba'zan sahifa muqobiliga emas, balki bitta orqadagi yoki orqadagi sahifaning muqobiliga qaraydi. Ba'zan bir varoq hatlaydi, ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qaraydi. Masalan: Oʻttiz beshinchi sahifada oʻn uch (13) adad Jalol Lafzi keladi. Orqasiga sakkiz (8), soʻngra besh (5) keladi. Demak oʻn uch adad bu ikki raqamga birdan qaraydiki, u esaoʻn uch boʻladi, va hokazo... Ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qarash bilan birga, ayni suratda ikki adad keladi, xar biri uning bir juzini koʻrsatadi. Masalan: Tavba surasida, 188-sahifada oʻn oltita Jalol Lafzi keladi, orqasida oltita keladi, oltining orqasida oʻnta keladi. Birga yuqoridan oʻqilsa oʻn olti boʻladi, muvofiq boʻladi.

Ahzob surasi, toʻrt yuz yigirma ikkinchi sahifada (422) oʻn oltita Jalol Ismi keladi. Zohiran muvofiqlik yoʻq. Holbuki bir sahifa oldinda oʻnta kelgan, muqobilida oltita bor. Qoʻshilsa oʻn olti boʻladi, muvofiq keladi. Ba'zan Rab ismi bilan birga muvofiq keladi. Ba'zan sahifa sahifaga emas, varoq varoqqa qaraydi. Ham ba'zan sahifa raqamiga qaraydi.

Toʻqqiz raqami koʻp marta sahifa raqamiga qaragani uchun tavofuqdan chiqqanini his qildim. {(Hoshiya): Bir soʻz bilan: Ba'zi gʻaybiy sirlar uchun muvofiqliklar shaklini oʻzgartiradi. Jalol Lafzining boshqa latif, jozibador va ma'nodor tavofuqi shuki: Boshda Fotiha sahifasi bilan birga bir yuz ellik bir sahifada ellik bir marta yetti bilan sakkiz keladi.} Nima boʻlganda ham, siz ham tadqiq etarsiz. Soʻngra mashvaratingiz bilan yashirin tavofuqlarni koʻrsatadigan raqamlarni yozamiz. Yangi yozgan Qur'onimizdan uygʻun koʻrsangiz qayd qilamiz. Boshda bir yuz ellik sahifada ellik bir marta yetti va sakkiz keladi. Yigirma sakkizda sakkizdir, yigirma uchda yettidir. Bu yetti, sakkiz bir-biriga muvofiqligi qabul etilgan, yettidan sakkizga, sakkizdan yettiga oʻtisada, muvofiqlik buzilmaydi. Bu ikki raqamning Qur'onda muhim sirlari borligi his qilinadi.

Uchinchidan: Hazrati Zoti Ahmadiya (Alayhissalotu vasallam) qanday bir shajara-i tubo ekanini va asfiyo va avliyo va siddiqiyn u nuroniy daraxtning mevalari, yoʻllar va tariqatlar uning shoxlari ekanini koʻrsatadigan azim silsila eskidan qolgan va yonimda eskirgan silsilanoma bor. Uni chiroyli ravishda oqlamaga koʻchirish uchun xati chiroyli, jadvalda mahorati boʻlgan kishilarni istayman. Hozircha Xusrav bilan Tunukachi Mahmad Afandi, Hofiz Ali xabar yuborgan vaqt Bakir Ogʻada boʻlgan oʻlchov bilan oʻn beshta oq qogʻoz olib kelsinlar.

— 289 —

Toʻrtinchidan: Yigirma Yettinchi Maktubga kiritiladigan, qardoshlarimizning ba'zi yangi bayonlarini sizga yubordim. Haqiqatdan bu bayonlar va umum Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari juda foydalidir. Unda ahamiyatli, shirin, xush, goʻzal ma'nolar, darslar; tashviq qiluvchi, jasoratlantiruvchi hislar bor. Men oʻzim ulardan shirin istifoda etaman, tanballik qilgan paytim menga ahamiyatli bir tashviq qamchisi boʻladi. Nima boʻlganda ham... Qardoshlarim, ranjimang, sizga maktub yozgan paytim bir-biridan uzoq masalalarni toʻplayman. Xar maktub o'nlik boʻladi.

Beshinchidan: Men qoʻli, boʻyi qisqa yaktagimga rozi boʻldim. Endi biron narsa kerak emas. Xusravning chakmoni yonimda maqbul musofir edi, yuboryapman. Volidasining bir daraja sogʻayganidan juda xursand boʻldim. Janobi Haq sihat va ofiyat bersin. U yerda Xusravning qardoshi Ali Hasan va Tunukachi Mahmad Afandi va Hofiz Ahmad kabi ''Soʻzlar''ga bilan aloqador kishilarga salom yoʻllayman.

Qardoshingiz
Said Nursiy

Namuna uchun yuborilgan qogʻoz zoye boʻlgan, koʻrolmadik. Oq qogʻozdan siz tanlang. Sulfat tuzi keldi, ammo koʻp. Mahmad Afandi menga qaytadan bir lavha yozgani meni xursand qildi. Janobi Haq yozgan xar bir harf evaziga ming savob ehson aylasin. Omin, omin.

***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ وَ اَسْرَارِهَا

Ey bu foniy dunyoda tasallilarim, bu gʻurbat diyorida yaqinlarim va Qur'oniy sirlarda meni qiziqishlari bilan gapirtirgan zakovatli, farosatli tinglovchlarim!

Sizga, faqat bir-ikki daqiqa qarab, qay daraja achinadigan holda, noqis xat bilan ishlaganimni va sizning qiymatli qalamlaringiz menga qanchalik muhim boʻlganini his ettirish uchun, oʻz xatim bilan tahrirsiz harflar mundarija sini yuborgan edim. Holbuki, sizlar bir-ikki daqiqa emas, soatlarcha oʻqidingiz va kunlarcha zabt etdingiz. Bundan tushundimki, siz unga ortiqcha qiziqyapsiz. Shuning uchun sizga u roʻyxatning oqlama yozuvini yuboryapman. Istasangiz oʻzingizga bir surat olasiz.

— 290 —

Faqat shuni bilingki, bu mundarija vaqtinchalik bir manba boʻlish uchun taxminiy tarzda tuzildi. Men osonlik uchun, qisman eskidan xotiramda boʻlganlarga, qisman ikki miqyos bilan toʻqqiz soatda abgor xatim bilan yozgan edim. Soʻngra tushundimki, bu vodiyda - qishlogʻimizda tafsir bor ekan. Oʻsha tafsirni olib keldik, solishtirdik. Aksariyatiga muvofiq kelganmiz, bir nechta katta miqdorlarda, oʻn-oʻn besh kichik yerlarda farq chiqdi. Tekshirishlar natijasida, tafsirning bosmaxona va nusxa koʻchiruvchilarning xatosi tufayli farq boʻlgan. Ikki-uch yerda ilk nusxa roʻyxatimizni tahrir qildik. Soʻngra tahririmizning xato ekanini tushundik, roʻyxatimizni almashtirmadik. Bosmaxona xatosi, tafsir tahrirga muhtoj deb oʻyladik, faqat qilolmadik. Chunki egasi buyuk bir mudaqqiq va bosmaxona Jome'-ul Azhar yonida va yaqinida, Azhar ulamolarning nazoratida boʻlgani uchun tahrirga jur'at etolmadim.

Xuddi shu tafsirni oqlamaga koʻchirilgani bilan birga yuboryapman. Unga qararsiz, ammo tanqid bilan ovora boʻlmanglar. Chunki mening roʻyxatim taxminiy, hali oqlama yozmadim. Tafsir esa, koʻp masalalarda rivoyatga tayanadi. Ham ba'zi Makkiy suralarga Madina oyatlari kirgan. Balki hisobga kirmagan. Masalan, Alaq surasida harflarni yuzta atrofida degan. Murodi, eng avval nozil boʻlgan ilk yarmidir. U toʻgʻri aytgan. Men esa, eski xotiramda qolganlarga tayangan holda butun surani oʻylaganim uchun bu haqda xato qilganman.

Yana, muvofiqlikdagi sirlar katta boʻlimlarga taʻalluqli. Taxminiy mundarija bizga kifoya. "Kanz-ul Arsh"ning uch nuktasida yozilgan muvofiqliklar qoldiqlarning almashinishi bilan almashmaydi. Katta boʻlimlarning almashsa tavofuqlar buzilmaydi. Masalan, Kahf surasi bilan 39 sura 1000 adadida ittifoq etadi. Bir-ikki dona 1000 adadini yoʻqotsa ham muhim tavofuq buzilmaydi. Va hokazo... Qoldiqlarning sirlari boʻlsada, hali bizga tamoman ochilmadi. Inshoalloh ochilgan vaqtda mundarijaning ham oqlamasi yoziladi.

Said Nursiy
***
— 291 —

(Xusravning bayoni.)

Aziz Ustozim!

Jumadul Oxir oyida sodir boʻlgan وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyati ifoda etgan holatlarning namunasini izohlagan samoviy hodisalar bilan, Qur'onning samosida porlagan Jalol Lafzi yulduzlarining ajib va shirin tavofuqlarini dars bergan qiymatli maktubingizni Hofiz Ali qardoshimiz ham dohil, Ra'fat, Bakir, Lutfi, Rushdu, Kechechi Mustafo Afandi va akam Ali Afandi bilan birga oʻqidik. Oʻsha tun majlisimiz juda shirin oʻtdi. Samoviy hodisalarni hayrat va taʻajjub va juda katta sevinch bilan qarshilab, mala-i a'loning bayramlariga biz ham ishtirok etdik. Ushbu samoviy hodisaning birinchi marta sodir boʻlishi, (boshda inson suratida qilingan Hubal degan katta but bilan 360 butni iloh deb qabul qilgan) Quraysh mushriklarining halokati bilan natijalangan edi. Inshoalloh ushbu ikkinchisida oʻn toʻrtinchi asri Muhammadiyda va Ovrupa taraqqiyoti bilan iftixor etgan va yigirmanchi asr nomini olgan bugun, bizga fatrat ahli butparastligining yanada fojiali koʻrinishi - suratparastligining ildizi kesilishini e'lon qildi.

Bu e'lon, ummati marhuma-i Muhammadiyaga juda goʻzal va juda xayrli futuhotni tayyorlaganini eslatib, mahzun qalblarimizni quvontirdi, yigʻlagan yuzlarimizni kuldirdi, gʻamli chehralarimizga tabassum qildirdi. Aqlimizda Saodat Asrining jozibador hayotini jonlantirgan, goʻyo moziyni istiqbolga aylantirib, bir muddat oʻsha olamda va pok ruhli, yuksak tushunchali insonlar orasida yashatdi.

Ikkinchidan: Jalol Lafzining ma'nodor va munosabatdor muvofiqliklarini koʻrdik. Bu muvofiqliklar nazarimizni beixtiyor oʻziga qaratdi. Koʻrsatilgan qismlar va tenglashtirilgan adadlar shunchalik shirinki, oʻqirkan qalbimizga rohatlash, dunyoqarashimizni kengatirdi, ruhimizga ozuqa berdi.

Vaqtimizni orttirish uchun, yon yozuv bilan yozilgan Qur'oni Karimning 15-chi sahifasiga qadar 7, 8 adadlar tavofuqlarini muhofaza qilib, 51 marta kelishi maktubning oxirini asal bilan bogʻlaydi. Gʻarib shuki, bu raqamlarning ham yozilishi birdir, ham qatorda qardoshligi bir hamda sahifada koʻrsatgan raqamlarga muvofiqligi birdir.

— 292 —

Ey suyukli Ustoz! Janobi Haq sizdan koʻp rozi boʻlsin. Bizni yangi-yangi mevalar va yemishlar bilan ozuqlantirib, zehnlarni quvvatlasin, hamda ochlikni ketkazib, iztiroblarimizni taskinga vosita boʻlyapsiz.

Xusrav
***

(Xusravning bayoni.)

Suyukli Ustozim, aziz hoʻja afandim hazratlari!

Qoʻl oyoqlaringizdan oʻpib, sihat va ofiyatingiz uchun duochiman. Bu hafta, yozib tugatishga muvaffaq boʻla olgan Yigirma Oltinchi va Oʻninchi juzlarni, Qur'oni Karimning tamoman yozilishidan tavallud etgan baxtiyorligimni ifodalagan ushbu arizamni taqdim etyapman.

Suyukli Ustozim! Bu xususda menga kelgan, Furqoni Azaliyning ba'zi inoyatlarini aytishimga izn berilishini iltimos qilaman. Jumladan:

Jalol va Rab lafzlari muvofiqligi, kalima tavofuqlarini muhofaza qilib, bir Qur'oni Karim yozilishini amr qilgan vaqtingiz, juda buyuk bir sevinch bilan qalamga yopishgan edim. Ilk yozgan uch juzimning boshida shunchalik qiyinchilik bilan yozdimki, sevinchimni umidsizlik, shavqimni sustlik qoplagan edi. Asosan Arabcha xatimning xunukligi umidsizligimni koʻpaytirar, sustligimni ziyodalashtirar edi.

Suyukli Ustozim, bu hol koʻp davom etmadi. Ilk kunlarda ertalabdan kechgacha ishlab, besh yoki olti sahifa yozish men uchun buyuk muvaffaqiyat edi. Qur'oni Azim-ul Burhonning yordami yordamga yetishdi. Qiyinchilikning oʻrnini baxt, qaygʻu oʻrnini sevinch qopladi. Ba'zi kunlar qalamni qoʻlimdan tushirmaslik uchun, namoz vaqti tez kelmasligi yoki Quyosh botmasligi istardim. Ba'zan, ertalablargacha yozuv yozishni istardim. Ba'zan yozilishi oʻta qiyin sahifalarga, Qur'ondan yordam istardim. Va oʻsha sahifani yozishga oʻta oson muvaffaq boʻlardim. Ba'zan eng oson yoziladigan sahifalarda yordam soʻramasdim. Oʻshanda qoʻlimdagi qalam goʻyo yozuv yozishda ojizligini izhor etardi. Hatto ba'zan xato yozib sahifalarni almashtirardim.

Bunchalik osonliklar orasida, Arabcha xat shaklimning oʻzgarayotganini koʻrdim. Birinchi marta yozgan yozuvlarim bilan oxirgi yozgan yozuvlarimni taqqoslaganimda, tushunilmas yozuv bilan, qanday qilib, jasoratli pahlavon kabi oʻrtaga otilganimni oʻylab avval juda xafa boʻldim. Soʻngra sevinchimdan xursand boʻlib shukr qildim.

— 293 —

Qur'onda mavjud tavofuqlari bilan birga yozgan Hofiz Ali, Hoja Sabri, Hofiz Zuhdu kabi qardoshlarimning yozganlarini koʻrgan sari, shavqim ortar edi. Umid qilganimdanda ustun bir taraqqiyot koʻrdim. Bu asnodagi inoyatning bir qismi qalbga chiqar edi. Bir qismi tirikchilikka taalluqli edi. Bir qismi esa yozuv yozarkan sodir boʻlar edi. Masalan, oxirgi bir hodisani aytaman:

Eng oxirgi yozgan Tavba surasining 197-chi sahifasida oltita Jalol Lafzi mavjud, aqlimda sahifaning yoziladigan shaklini tayyorladim.

﴿ سَيَرْحَمُهُمُ اللّٰهُ اِنَّ اللّٰهَ عَز۪يزٌ حَك۪يمٌ ﴾

oyati jalilasidagi ikki dona Jalol Lafzi tavofuq xoriji qolmoq surati bilan yozishni boshladim. فَمَا كَانَ اللّٰهُ dagi Jalol Lafzini yozganda istaganim kabi boʻlmaydi deb oʻyladim. Uch bir, ikki bir tavofuq boʻlsin dedim. Men muvofiq keladigan Jalol Lafziga yaqinlashgan sari Jalol Lafzlari tavofuqdan uzoqlashar edi. Hech qanday yoʻl bilan men istagan shaklda muvaffaq boʻlolmadim. Oxiri hozirgi vaziyat vujudga keldi. Sahifani almashtirishni istadim. Qaradim, bu sahifa istagimni tinglamadi. Bunda bir maqsad va gʻoya borligini xotirlab, sahifani yirtmadim. 198-chi sahifani yozgandan soʻng, diqqat qildim. 197-chi sahifadagi muvofiq kelmagan satrdagi ikki Jalol Lafzi 198-chi sahifada ayni satr ustidagi ikki Jalol Lafzi bilan ust ustga kelganini va boshqasining 199-chi sahifada juda juz'iy bir ogʻish bilan (balki yarim santimetr) boshqa bir Jalol Lafzining ustida turganini koʻrdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى deb, Janobi Haqning men kabi dardmand va juda koʻp ma'siyat va qusurli qulini bunday muqaddas xizmatda ishlatgani uchun nihoyasiz sevinchga gʻarq boʻldim.

Bu inoyat va muvaffaqiyatlar fazilat va buyuklikda hamma narsadan ustun kelgan oʻchmas va oʻchirilmas ovoz, barakatli ziyo va porlagan buyuklik bilan yigirma sakkiz ming olamga imomlik qilgan, dars bergan Furqoni Azaliyning hadsiz karomatlaridan bir karomatni va nihoyasiz moʻ'jizalaridan uchqun-misol kichik bir yogʻdusi edi.

— 294 —

Janobi Haq dargohi izzatida qabul qilsa, men kabi zillat va miskinlik xar tarafini qoplagan qusurli, ojiz bir qul uchun qanday buyuk bir saodat!

Xullas, suyukli Ustozim! Oliy himmatingiz لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ xitobi izzatiga sazovor boʻlgan fuyzlar manbai Alayhissalotu Vassalom Afandimizning qudsiy himmatlari va rafiq boʻlgan Qur'oni Azimushshonning karomati va Janobi Vojib-ul Vujud hazratlarining izn va lutfi sababli, yana ularning rizosi yoʻlida ummati Muhammad (AS) uchun vosita boʻlib yozdirilgan Qur'oni Karimni sizga taqdim etarkanman, faqir talabangiz, sizga jiddiy bir talaba, haqiqiy qardosh, itoatli avlod va Paygʻambari Ziyshon Afandimiz Hazratlariga ummat va Xalloqi Karimga kamtar qul boʻla olish tilaklari bilan qoʻl va etaklaringizdan kamoli ta'zim va hurmat bilan oʻpaman, Afandim Hazratlari.

Faqir talabangiz
Ahmad Xusrav
***

(Milasli Halil Ibrohimning bayoni.)

Afandim!

Yigirma Yettinchi Maktubning shirin sadolari ichida mening ham boʻgʻilgan ovozim chiqishini istayman. Lekin afsus, sirlar manbai dengizidan gapirish haddim emas. Istagim va ishtiyoqim, oʻsha gulistonga kirish va goʻzal gullardan hidlashdir. Yoʻqsa uni tavsif qilishga ojiz va nuqsonliman. Garchi qalbimda gʻalayon etgan ma'nolar koʻp. Lekin nima boʻlganda ham, til hissiyotimizning tarjimoni boʻlolmaydi.

Shuni ayta olamanki, qoʻlimda mavjud risolalar va mundarijada koʻrganimga asosan, Risola-i Nur boʻlimlari bir nuroniy daraxt boʻlib, shoxlari dunyoning toʻrt tomoniga nurlarni tarqatmoqda va dunyoning oxiriga qadar tarqatadi. Qorongʻu tunda samodagi yulduz va oy zamin yuzida qanday rahbarlik qilsa, Risola-i Nur parchalari ham shundaydir. Zulmatda nurga qanday ehtiyoj boʻlsa, Risola-i Nur qismlari ham shunday.

— 295 —

Zalolat dengizi toʻlqinlari orasida, Nuh (AS) kemasi najot manbai, xar kim unga chiqsa, ma'asiyat toʻfonidan xalos boʻladi. Risola-i Nur qismlari kurra-i arzning toʻrt mavsum kutubxonasida bir bahordir va bahorchalik latofatli va jonbaxshdir. Oʻlgan yerga bahor vositasida hayot berilgani kabi, Risola-i Nur parchalari ham oʻlgan yer qalblarga yangi hayot beradi. Risola-i Nur boʻlimlari bir murshiddir. Insonni haqsizlikdan haqqa yoʻnaltiradi, hayvonlikdan insonlikka va asfali sofiliyndan a'loyi illiyinga yuksaltiradi. Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Yigirma Toʻrtinchi Maktubi va unga oʻxshagan risolalar insonning ruhida ochilish hosil qiladi. Qalbida Sone'-i Hakimning hikmatiga qarata oynalar ochadi. Risola-i Nur boʻlimlari insonning ogʻir kunlarida yordamiga kelib, tasalli beradi. Bu jihatni shaxsan koʻrdim. Bir soʻz bilan: Risola-i Nur haqida nima desam ham, Nurning taʻrifida soʻniq chiqadi. Xullas, mundarijalar mundarijasi shunday ekan, yanada yaxshisini ahli boʻlgan kishilar anglaydi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Halil Ibrohim (RH)
***

(Xulusiy Beyning bayoni.)

Bugun hayratlantiradigan, nazarni tortadigan, diqqatni jalb qiladigan, ma'nosi latif, tartibi zarif, tavofuqi nazif, nurlari zohir, iyjozi bahir, burhon qaymogʻi, iymon ruknlari, Qur'on i'jozining bir yogʻdusi boʻlgan va muborak Xusrav juda mukammal tarzda koʻchirgan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz bilan uning ilovalari haqiqatdan juda muhim masalalarni jamlagan va tengi yoʻq javoblarni ichiga olgan Oʻn Oltinchi Yogʻduni va men kabi dangasalarga mukammal bir tanbeh darsi boʻlgan maktubni olganimdan baxtiyor va koʻpdan beri mahrum boʻlgan Nurlarga qovushib, erishgan ne'matimga, Janobi Xalloqi Rahimga tashakkurdan ojizman.

U yerda qardoshlarimizdan besh turdagi ibodat haqidagi izohlari bilan yomon shaxsiyatimga emas, yolgʻiz Qur'onga, iymonga, Nurga, haqiqatlarga yuzlangan holimga qaradim va tushunchalarimni yoʻqladim. Men ham ayni narsalarni oʻylagan va qanoat keltirgan edim.

1. Zalolatdagilarga qarshi kurashish:

﴿ اِنْ تَنْصُرُوا اللّٰهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ اَقْدَامَكُمْ ﴾
— 296 —

2. Haqiqatni nashr qilishda Ustozga yordam berish:

﴿ وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوٰى ٭ وَ اَط۪يعُوا اللّٰهَ وَ اَط۪يعُوا الرَّسُولَ ﴾

3. Musulmonlarga iymon jihatidan xizmat

﴿ اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللّٰهِ اْلاِسْلَامُ * وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا * اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ ﴾

kabi oyatlar bilan

اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ

hadisi sharifi.

4. Qalam bilan ilm tahsil qilish:

﴿ نٓ وَالْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ ﴾

Modomiki haqiqat ilmi dars berilmayotga ekan, albatta maxfiy hikmatlarga binoan sanoqli insonlarning qoʻliga tushgan, qulogʻiga kirgan bunday darslarning jiddiy tahsili uchun, ayniqsa oʻqib-yozishni bilganlar shaxsan yozish bilan, bu natijani qoʻlga kiritishiga shubha qilinmasligi kerak. Bir narsani yozish, oʻqish, tushunish, soʻngra boshqa qogʻozga koʻchirish boʻlib, bu shaklda istalgan istifodaning ta'min qilinishi muhaqqaqdir.

5. Bir soati bir yil ibodat hukmiga oʻtadigan tafakkur: Nurlardan istifoda qilish, bunday soatlar, hammamiz koʻrganmiz deb oʻylayman. "Soʻzlar"dagi haqiqatlarni tafakkur qilish, aynan Qur'onning xazinalarini ma'nan tadqiq qilish boʻlib, Allohning Fattoh ismi yordamga kelib, aqllarni hayratda qoldirgan shunday eshiklar ochadiki, zavq olishning oxiri yoʻq. Qur'onga pardasiz, vositasiz qaralsa, zilol kabi haqiqatlarning tajalliy etganini, musaffo osmonda quyosh kabi, bu havoda yulduzlar bilan bezalgan samoda toʻlin oy kabi koʻrish mumkin.

Men kabi bir isyonkorning vaziyati, holi, qobiliyati, umuman iste'dodi yoʻq ekan, Allohu Zuljalolning nihoyatsiz karamu rahmati, fazlu inoyati bilan, ikki karra ikki toʻrt boʻlishi aniqligida qat'iy xulosa qildimki, Hazrati Gʻavsning va uning ustozi, ikki jahon faxri Nabiyyi Afhamimiz (ASV) Afandimiz Hazratlarining duo va himmatlari, Hazrati Qur'on shogirdlari ustidadir.

— 297 —

Sui ixtiyorimiz bilan buzmasak, bu himoya va sohiblik albatta davom etadi, katiy bilaman va shunday iymondaman. Bu satrlarni menga yozdirgan Nur asarlarining kelish sharaflari va fayzlari, inshoalloh Ramazonning oxirgi oʻn kuni ichida yashiringan Laylatul Qadrni ihyo qilish savobini beradi va rizo-i Samadoniyga sazovor qilib, abadiy saodatni qozonishga vasila boʻladi.

Ey ustozimning bu foniy olamda birodarlari! Inshoalloh oxirat olamida ham yoʻldoshlari boʻladigan aziz va qiymatli qardoshlarim! Hozir qalbim qanday ingrayotgan bo'lsa men ham ixtiyorsiz shunday yozyapman: Hazrat Ustoz koʻrsatgan yoʻl, aynan Qur'onning buyuk jaddasidir. Undan ayrilmaylik, xizmatdan qochmaylik, sustlik qilmaylik. Sarmoyasi yolgʻon va yolgʻonchilik boʻlgan siyosat targʻibotlari, sui kasbimiz bilan qozongan va bugun meros qilib olgan yomon narsalarga, qadarni ayblab, Allohning murodiga aralashishga jasorat qilmaylik. Biz qulmiz. Yaratilish sababimiz - sayyidimizni, yaratganimizni, roziqimizni bilish va topishdir. Mavjudotning xulosasi boʻlgan Paygʻambarimiz vositasida nozil boʻlib, ikrom qilingan Qur'onning hukmlariga va u Hazratning sunnatlariga muvofiq harakat qilishga jon-jahdni ayamaylik. Ushbu Nur qoʻlimizda murabbiy, yonimizda (Allohni) tanituvchi-muarrifdir. Oramizda Nurlarni nashrga, murabbiy va muarrifimizni tinglashga harakat qilaylik. Biz qullik vazifamizni bajaraylik, oxirida beriladigan mukofotni Xoliqi Rahimimizga qoldiraylik. Bir-birimizga eng katta yordam boʻlgan duoni ham ayamaylik.

"Zuhra", "Habba", "Qatra" va "Zayli"ning Arabcha bir nusxasi bu faqirga hadya qilingan, bir kun tarjimasining ham qilinishiga ishora qilingan edi. Demak vaqti keldi va men kabi Arabcha bilmagan qardoshlarning ma'naviy orzulari, "Zuhra"ning tarjimasiga vasila boʻldi. Tuygʻularimni oʻta qisqa arz etaman:

Birinchi Mulohaza: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ tavhid kalimasi bilan Ma'budi Haqiqiyga bogʻlanish kerak.

Ikkinchi Mulohaza:
اَللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ وَاللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ وَ للّٰهِ الْحَمْدُ

takbiri akbari bilan kibriyo va azamat sohibi faqat Allohu Zuljalol Val kamol ekanini...

— 298 —
Uchinchi Mulohaza:
﴿ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

azim nassi, hamma narsa halok boʻlishini aytar ekan: Ey zaif inson! Bundan sening, quyoshga nisbatan zarra ham boʻlmagan hayotingning ham hissasi borligini angla, esingni yigʻ, yaratilishingdagi hikmatni oʻyla, haddingni bil, umr va hayotingni, senga abadiy saodatni ta'minlaydigan narsalar bilan oʻtkaz. Haqiqatini...

Toʻrtinchi Mulohaza:
﴿ كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِى اَنْشَاَهَا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ ﴾

kabi oyatlar bilan quvvatlantirilgani oʻlimdan keyingi

﴿ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ اُخْرَى فَاِذَاهُمْ قِيَامٌ يَنْظُرُونَ ﴾

oyatining sirri zohir boʻladigan jazo va hisob kunida, Maliki Yavmi-d Dinning huzurida, maxluqot va mavjudotning eng qiymatlisi - insonning aynan xalq qilinib qoʻyilishini...

Beshinchi Mulohaza: Ovrupa zoxiriy madaniyatining Qur'oniy haqiqatlar bilan botilligini.

﴿ وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُوءْمِنِينَ ﴾

oyatining bir gaplashish shaklidagi darsini...

Oltinchi Mulohaza:
﴿ اِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ * كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً ﴾

kabi oyatlar bilan, ham iymon tojini kiygan Allohga bogʻlangan jamiyatning gʻalabasini va zohiran inson suratida yaratilgan mushriklar va ularning bir turi, hamma narsani inkor qilganlarning, Qur'onga koʻra qiymatlarini...

Yettinchi Mulohaza:
﴿ وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا * اِنَّ اللّٰهَ يَاْمُرُ بِالْعَدْلِ وَاْلاِحْسَانِ ﴾
— 299 —
﴿ وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى ﴾

kabi oyatlarning ma'nosini xotirlatganini...

Sakkizinchi Mulohaza: Oxirida zikr qilingan toʻrt oyati jalilaning bir navi tafsiri...

Toʻqqizinchi Mulohaza: Bugunimiz Toʻqqizinchi Soʻzining bir urugʻi ekanini...

Oʻninchi Mulohaza: Ma'rifatullohga yoʻl ochadigan, bid'atlar koʻpaygan davrda Risola-i Nur unvonini oladigan va eng avval ahli iymon oʻlgandan keyin tirilish bor, jazo va hisob kuni bor, uygʻoning degan xitob bilan yoyiladigan "Oʻninchi Soʻz"ga maxfiy ishora qilganini...

Oʻn birinchi Mulohaza: Oʻn bir, Oʻn ikki, Oʻn uch, Oʻn toʻrtinchi Soʻzlar kabi, Qur'ondan koʻp bahs etgan Nur risolalariga, ayniqsa ular orasida porlagan mavqeni egallagan, Yigirma beshinchi Soʻzning kelishiga ishorat qilinganini...

Oʻn ikkinchi Mulohaza: Barcha musulmonlarga, xar hil tariqatlarda boʻlib qozoniladigan natijaga; ajz, faqr, shafqat va tafakkur yoʻlida Basmala boʻladigan dars berganini...

Oʻn uchinchi Mulohaza: "Yigirma Oltinchi Soʻz "ni,

﴿ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ﴾

oyatlarini;

مَنْ عَرَفَ نَفْسَهُ فَقَدْ عَرَفَ رَبَّهُ

hadisini, "Birinchi Soʻz"ni, majoziy muhabbatdagi aqliy darajani koʻrsatib, taqliddan tahqiqqa oʻtish kerakligini...

Oʻn toʻrtinchi Mulohaza: Juda muhim va juda nurli bir asar boʻlgan, Yigirmanchi tavhid Maktubini...

Oʻn beshinchi Mulohaza: Uch masalasi bilan, Qur'ondagi amr va ta'qiqning qanchalik oʻrinli ekanini va shariati Ahmadiya dasturlarining, qanchalik aqlga uygʻun va mantiqiy asoslarga tayanganini, ochiq-oydin koʻrsatmoqda. Juda qusurli va ojiz talabangiz olgan fayzlarini faqat matndagi yozuvlarni takror etib ifoda qila oladi. Gapni kamaytirish uchun soʻzda tafsilotga kirmaslik yanada ma'qul degan oʻy bilan, masalalarimni tugatishni foydaliroq koʻrdim.

Xulusiy
***
— 300 —

(Moʻ'jizoti Ahmadiyani zarhal bilan yozgan Doktor Abdulboqiy Beyning bayoni.)

Suyukli, mushfiq Ustozim, Afandim Hazratlari!

Qimatida chegara boʻlmagan va har jihatdan madh va maqtovga loyiq Risola-i Nur qismlaridan biri "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ni bu maktub yoyilishida sazovor boʻlgan inoyatiga masadaq boʻlgan qalamim bilan, ikki kun avval tugatib, suyukli Ustozimga taqdim etyapman. Bu risola haqida aziz Ustozimga qalb kechinmalarimni aytishni istayman. Ammo na qalamim va na qalbim ifodadan ojizdir.

Bu risola ruhimda vujudga keltirgan oʻzgarishlarni ta'riflash imkonsiz. Haqiqatdan ruhimning Saodat Asriga oid qorongʻu nuqtalarini oydinlatgan, qalbimning eng chuqur yerlariga kirib, faqir talabangizga taratgan ziyolari, nurlari bilan shunday bir holga keltirdiki, bu qusurli talabangizning Janobi Haqdan istagan va zulmatlarni yorib nur sochgan asrda, bashariyatni halok boʻlishdan qutqarib saodatga da'vat qilgan va qoʻli va tilida soʻngsiz moʻ'jizalari bilan, faqat bashariyatga va dunyoga emas, balki butun mavjudotga, dunyo va oxiratga oʻzini tanittirgan Paygʻambari Ziyshonga ummat boʻlish va suyukli Ustozimga talaba boʻla olish qaydi bilan hayotimga xotima berilishidir. Qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim.

Abdulboqiy
***

(Ahli dunyoning Ustozimiz haqidagi aslsiz uch vahimasi munosabati bilan bir qardoshimiz soʻragan savolga javob.)

Ustozimiz Barlada kimsasiz qolgani uchun, mutolaa qiladigan kitoblari boʻlmaganidan, dunyodan umidini kesib, oxirat nuqtasidan, iymon jihatida, oʻz nafsi bilan boʻlgan muqolamalarini, oʻylaganlarini koʻp marta "Ey nafsim, ey nafsim!" deb qalamga olgan. Qachonki u vaziyatdan, u balodan qutuldi. Bu yerga keldi, olti oy mobaynida u yerdagi olti kun qadar bir narsa yozmadi. Zotan nashriyot qilmaydi. Faqat oʻz nafsi uchun mulohaza navidan qayd qilgan masalalarini iymon jihatidan vasvasaga tushgan ba'zi xos doʻstlarining istashlariga binoan, qiyinchilik bilan ular olib mutolaa qiladilar. Yozgan eng ahamiyatli bir asarini; bir mudir, vasvasali va u haqida qaysar bir hokimga shikoyat tarzida bergan. Oʻsha qaysar hokim tadqiqotida, bu asarda va buning nashriyotida siyosatga taalluq qiladigan bir jihat yoʻq, yolgʻiz iymoniy masalalarga oiddir deb haqiqatni anglash bilan u mudirni urushgan.

— 301 —

Yana, xoʻjamiz tariqat davri emasligini doʻstlariga doim aytadilar. Xozir iymonni qutqarish davridir deydilar. Bunga dalil, toʻqqiz yildan beri hech kimga tariqat oʻrgatmaganlaridir. Mazhablari Shofe'iy boʻlgani uchun, namozdan keyingi tasbehotlari biroz uzunroqdir. Bu uzunlik oʻttiz uch tasbehotdan soʻngra, Shofe'iy mazhabida sunnat boʻlgan ba'zan oʻn, ba'zan oʻttiz uch "La ilaha illalloh" zikri va uch marta salovot oʻqishdan iboratdir. Xususiy ibodatida yonlarida hech kimni qoldirmaydilar, eng xos xizmatchilari ham yonlariga kirolmaydi. U kishi aytadilarki: "Men shayx emasman, bir domlaman. Avvallari dunyoga qoʻshilganim uchun gunohlarim koʻp. Ular uchun istigʻfor aytaman", deydilar. Ustozimiz haqida ahli dunyo va ahli hukm tarafidan koʻp marta "Qanday tirikchilik qilyapti?" deb xavotir bilan soʻralmoqda. Bu savol ostida, "Ajabo, boshqalarning hadya va sadaqalari bilan yashyaptimi?" deyilmoqda.

Javob: Biz doimiy xizmatidamiz. Hech kimning sadaqa va hadyasini ixtiyori bilan qabul qilmaydilar. Majbur boʻlgan vaqtlari, evazini berib oladilar. Barlada qishloq xalqi kam boʻlgani uchun, man etib oʻzlarini qutqarar edi. Bu yerga kelgandan keyin, Barla kabi "Men hech narsa istamayman", degan qistovli shakldagi radga muvaffaq boʻla olmadilar. Ranjitishni istamaydigan ba'zi doʻstlar keltirgan ovqatlarni bir necha marta yedilar. Soʻngra birdaniga, xasta boʻlmasada, ishtahalari tamoman bugʻildi. Biz ustozimizning birovning hadya va sadaqasini yedirmaslik uchun, ma'naviy bir eslatma va bir tanbehdir ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik.

Ha, ikki yil avval Ramazon oyi boʻyicha uch dona non, bir oʻqqa guruch, u kishi va toʻrt mushukka kifoya kelgani kabi, yana bir yil avval uch baton non Ramazon oyi kifoya qildi. Ushbu Ramazoni Sharifda oʻttiz kunda yarim oʻqqa qatiq bilan yarim oʻqqadan ham oz guruch va toʻrt tiyinlik baton non yeganini (faqar bir-ikki bakal choy va iftor vaqtida bir choy qoshigʻi asal yeyish mustasno) boshqa narsa yemaganini shaxsan koʻrdik.

{(Hoshiya): Ustozimiz xos xizmatchilaridan boshqa hech kimni ixtiyorlari bilan qabul qilmaydilar. Hatto doimiy xizmatlarida boʻlgan ikki-uchimiz birga boʻlishimizni istamaydilar. Hozirgacha xizmat qilganlardan boshqalarni besh-oʻn kunda bir marta ham qabul qilmay, orqa qaytaradilar. Oʻn uch yil avval bir kunda toʻqqiz gazeta oʻqirkan, toʻqqiz yildan beri, biz guvohlik beramizki, bitta ham gazetani na oʻqidilar va na oʻqitdilar, na istadilar va na orzu ettirdilar. Eski vaqtlarini oʻylab, hozir siyosat va olamning jarayonlari bilan munosabati bor deb oʻylaganlarning aslsiz vahimalarini ustozimizning bu holati qat'iy rad qiladi:

Navbat bilan yonlaridagi Sulaymon Rushdu, navbat bilan yonlarida boʻlgan Xusrav, navbat bilan yonlarida boʻlgan Ra'fat, Sakkiz yillik birodari Bakir, Barlada doimiy xizmatkori Mustafo Chovush, Sakkiz yillik xizmatida boʻlgan bir birodari Barlali Sulaymon.}

— 302 —

Yana, doimiy xizmatidagi birodar Rushdu Afandi, uch oʻqqasi besh kurushga sotilgan yaxshilab qizartirilgan uch dona kichik baliqlardan keltirgan edi. Bularni Ustozimni yeyishi uchun qistadi. Ham Rushdu Afandini ranjitmaslik, hamda baliqlarni yaxshi koʻrgani uchun yedi. Oʻsha baliq tufayli besh soat tinmasdan sanchiq sezdilar. Bu sanchiq boshlagandan uch soat soʻngra Rushdu Afandiga aytdilarki, Xusravdagi pulimdan baliqning pulini ol, sanchiq davom etyapti, desalar ham baliqlarning pulini olmagani uchun, ikki soat yana davom etadi. Oxiri: "Ey voh, pulni ol, meni bu sanchiq azobidan qutqar", dedilar. Rushdu Afandi baliqning pulini olishi bilan sanchiq birdaniga toʻxtadi. Biz Ustozimizdagi bu holni aynan koʻrdik. Xullas, Ustozimiz haqida, nima bilan tirikchilik qiladi deganlar xatolarini tuzatishsin.

Bekir, Ra'fat, Xusrav, Rushdu
***
— 303 —

(Xulusiy Beyning maktubi.)

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ بِلَا اِنْقِطَاعٍ

Ayyuhal Ustoz-us Said!

Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiyatlarida eng ojiz, eng zaif va eng manfaatsiz a'zo boʻlish bilan birga, intisob vositasidagi kuch bilan ma'naviy aʻzolari duolarining va muqaddas himoyasining himmatiga va Rabbi Rahimning karam va inoyatiga tayanib, biz noil boʻlgan oxirgi nurli asarlarni mutolaa qilish, bechora atrofimizdagi nashri sababli xolis sevinchimizga, nihoyasiz ma'naviy tuygʻularimizga tarjimon va ojizlik tili bilan hissiyotni izhorga vosita, boshda muhtaram, juda mushfiq va aziz Ustozga, u kishining Xudoning tavfiqi bilan eng qiymatli yordamchilari va Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy jismlarida doim faol, nurli yetkazuvchi va noshirlari hisoblangan qardoshlarimizga shukronalik va duo qarzimizni yetkazish istagi va niyati bilan, ushbu arizachani yozishni boshlayman.

Avvalo ulviy va gʻaybiy karomatdan bahs yuritaman: Majmuat-ul Azhobda "Arjuza" nomli muborak qasidani Fathi Beydan topdim. Bir qancha yerlarini oʻqidim. Boshqa tadqiq eta olmadim. Sakina nomli va Ismi A'zamni ichiga olgan olti ism "Fard, Hay, Qayyum, Hakam, Adl, Quddus (Jalla Jaloluhu) ekanini bildim. Bu muborak ismlarning vird qilinishiga ruxsat bersangiz va qanday davom etish taqozo qilsa amringizni iltimos qilaman.

Marhum bobomning Hazrati Ali Roziyallohu Anh Afandimiz Hazratlariga oid va avvalroq arz etganim "Avliyolar karomati haq", dasturini tasdiq mavzusidagi karomatlar hadisi ifoda etilgan bir vaqtda, u yerda bu muborak asarning nashr etilishi, jiddiy ravishda hayratlantirib, ishlarimizning tasodif emasligini koʻrsatadigan kichik dalil va Risola-i Nur Moʻ'jiza-i Kubro-i Ahmadiya (ASV) boʻlgan Qur'oni Azimushshondan joʻshib chiqqani uchun, moʻjizali hodisalar yoʻq boʻlmasligiga ishoradir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
— 304 —

Bu buyuk asarning oxiriga Risola-i Nur shogirdlari nomidan bu ojiz talabangizning ismini qoʻyish, siddiqingizning yozilgan va yoziladigan barcha Risola-i Nur yogʻdularini tasdiq qilishda ikkilanmasligiga ishora ekanini shukr bilan qarshiladim.

Rahmon surasining فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati jalilasidagi takrorlanishi kabi, Risola-i Nur tarqalishni boshlaganidan beri karomat turlari va gʻaybiy i'joz izhor qilinmoqda. Bu fayzli hodisalar Risola-i Nur shogirdlarini gʻayratga va himmatga tashviq qilib, ularni ma'naviy qurollar bilan jihozlantirib, iymon quvvatini koʻpaytirishga vosita boʻlmoqda.

Allohu Zuljalol Qur'oni Karimida, Paygʻambari Ziyshon hadisi nabaviylarida, Choryori Guzin, Sahoba-i Kirom va Oli Bayt nomlariga, Hazrat Ali va u kishinnig avlodlaridan Hazrat Gʻavs muborak qasidasida oxirzamon fitnasining eng muhim va Qur'oniy harakatga ramz, dalolat, ishora, balki ochiq oydin koʻrsatgan narsalarini Risola-i Nur noshiri barcha asarlarida koʻrsatsa va darslarida takror-takror aytsa, ikkilanish va shubhaga zarrachalik joy va haq qoladimi? Aslo va qat'iyan. Allohning ehsoniga yuz minglab hamd va shukrlar boʻlsin. Munosabat kelgan ekan, tahdisi ne'mat maqsadida, men sazovor boʻlgan, barcha ojizlik va nuqsonimga qaramay, bajartirayotgan muqaddas xizmatning sharafi ma'naviy birlikdagi ixlosning ikromi deb bilishga loyiq, gʻaybiy himoya va muhofazani Risola-i Nur shogirdlari qardoshlarimga qisqacha aytay, bildiray:

1. Allohga ma'lum koʻp kamchiliklarimni bilmagan katta va kichik barcha odamlarning menga eʻtiborlari;

2. Taqozo qilgan, soʻralgan, munosabat kelgan sari, parvosiz tarzda doimo olgan darslarimdan, oʻrgangan haqiqatlarni aytsamda, barcha hamrohlarimning menga muhabbatlari va javob berolmasliklari;

3. Diniy hukmlarga kuchim yetganicha itoat qilganimni bilganlariga va koʻrganlariga qaramasdan, aksar yoʻlimizdagi buyuklarimning xususiyat va holatlarini yoqtirmasamda, ochiqchasiga maqtashlarini izhor qilishlari;

4. Alazizda jismonan ancha uzoqdaligimga qaramay, Risola-i Nur fayzi manbaidan joʻsh urgan yogʻdularning Haq izni bilan kamchiliksiz kelishlari;

— 305 —

5. Eski domlalarimning Nur asarlarini bu ojizdan tinglashlari, vositachiligimda oʻqishlari;

6. Alhamdulilloh, bu yerga kelgan nurli asarlarning, xususiyligi va mahramligi eʻtiborga olib yoyilishiga harakat qilsamda, Xoliqi Azimga yuz ming karra shukr va tashakkur, mone va yomonlik chiqmasligi, va hokazo...

Ochiq, zohir, ravshan va qat'iy himoya va ma'naviy muhofaza natijasida, Risola-i Nur shogirdlari orasidagi haqiqiy ixlos va birdamlikning ochiq oydin tajalliysidir.

Sun'iy kamtarinlik uchun emas, haqiqatni ifodalash uchun aytamanki: Bundan avval qardoshimiz Sabri Afandiga yozgan kichik maktubimda ham aytganimdek, Risola-i Nur shogirdlari ma'naviy vujudida faqat kichik bir oyoq barmogʻicha qiymati boʻlgan bu bechora qardoshingizni, Xoliqimiz bu gunohkor qulini nihoyasiz in'om va ehsoniga loyiq koʻrganki, Risola-i Nur noshiriga bir talaba, Risola-i Nur shogirdlariga bir qardosh, Qur'on xodimlariga birodar qilgan. Arabcha va Forscha bilmagan, ilm va madrasa koʻrmagan bir osiy quliga, Samadoniy hikmati bilan bunday bir ikromda boʻlishi, albatta bir hikmatga tayangan. U Risola-i Nur bilan aloqador kishilar orasidagi soflik va ixlos bilan Risola-i Nurning Allohning nazdidagi darajasiga va xizmatning ulugʻligiga beriladi.

Risola-i Nur shogirdlaridan eng foydasiz bir a'zoga, misol tariqasida zikr qilingan bunchalik ochiq himoya va Allohning muhofazasi sodir boʻlsa, boshqa nurli unsurlarga qay daraja ikrom va inoyat ekani qiyos qilinishi mumkin.

Allohning inoyatiga, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo Sallallohu Ta'ala Alayhi va Sallam Afandimiz Hazratlarining yordam va ruhoniyatlariga tayanib, Alloh roziligi uchun xizmatga bel bogʻlagan, bir-birini ma'naviy va uxroviy qardosh deb bilgan, boshda mushfiq Ustoz, ya'ni Risola-i Nur noshiri bilan uning shogirdlarini

﴿ فَاِنَّ حِزْبَ اللّٰهِ هُمُ الْغَالِبُونَ ٭ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّق۪ينَ ﴾

oyatlari sirlarining oʻrtaga chiqishi inshoalloh koʻrinadi.

— 306 —

Iqtisod haqidagi risola - ham insoniy, ham ijtimoiy, ham diniy, ham dunyoviy juda goʻzal axloqiy, juda xush iymoniy, juda qiymatli nuroniy bir nasihatnomadir. Bu yerdagi qardoshlarimizdan ba'zilarining Nur asarlari haqidagi ushbu ixtiyorsiz soʻzlari qanchalik oʻrinlidir. Aytishadiki: Bu muborak asarlardan biri oʻqilganda, ichimizdan "Bundanda yuksak asar yoʻq", desakda, ikkinchisini tinglagan paytimiz qaraymizki, bu avvalgidan yanada ulviy va nurlidir.

Men ham aytamanki: Ey birodarlar! Risola-i Nurning barcha qismlarida shunday bir kuch borki, faqat bittasini tinglashga, oʻqishga yoki yozishga muvaffaq boʻlgan kishi, Alloh tavfiq bersa, unda iymonini qutqaradigan haqiqatlarni topadi. Chunki har qismning boshqalari bilan ma'nan aloqasi bor. Oʻqiganga va tingalganlarga sirli tarzda aytiladiki: Oʻqigan kitobingda bizdagi haqiqatlarning ham uchlari, hidlari, ishoralari bor. Diqqat qilsang koʻrasan, harakat qilsang tushunasan, juz'iy ixtiyoringni bu ishga qaratsang, Alloh muvaffaqiyat beradi. Topishing va bilib olishing mumkin.

Ixlosga doir Yigirmanchi, Yigirma Birinchi Yogʻdular: "Yigirmanchi Yogʻdu" xar hil yoʻl va yoʻnalishdagi moʻminlar orasidagi raqobatli ixtiloflarning sabablarini shunday sharh boʻlib, ta'rif qilish uchun bu muborak asarni aynan yetkazyapman boshqa chora yoʻq. Alloh jumlamizni muxlis qullaridan aylasin. Omin.

Eng kami oʻn besh kunda bir marta oʻqilishi amr qilingan Yigirma Birinchi Yogʻdu, vird qilinadigan darajada ahamiyatlidir. Ma'lumki, qal'a ichidan fath qilinadi. Bugungi muvaffaqiyatga sabab boʻlgan ixlos yoʻqolsa, Alloh saqlasin, juda yomon natijalar kelib chiqadi. Eng katta dushmanimiz nafsimizdir. Uni lol qilish uchun, oʻylaymanki, shu eslatma kifoyadir: "Ey nafsi nodon! Meni alday olmaysan. Modomiki, Paygʻambari Azimu-l Qadr Nabiyulloh Hazrati Yusuf Alayhissalom,

﴿ وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبّ۪ى ﴾

deganlar. Alday olmaysan. Sendan va sening yoʻldoshlaring jinniy va insiy shayton, ahli bid'at va ulamou-s su yomonligidan Allohdan panoh soʻrayman".

Eski Said tili bilan qalamga olingan "Yigirma Ikkinchi Yogʻdu": Zolimlar toʻdasining hujumlariga oʻta mukammal mudofaa, eng loyiq va a'lo javobdir. فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

— 307 —

Oʻttiz Birinchi Maktubning Yigirma Beshinchi Yogʻdusi: Moddiy va ma'naviy barcha xastaliklarga mukammal davodir. Oltinchi davoning ikki marta yozilishiga qiziqdim, esimga keldi. Birdan yigirma beshinchi davogacha boʻlgan davolarni toʻpladim, 325 boʻldi. Takrorlangan olti raqamli davoni ham qoʻshganda 331 chiqdi. Aytilishda va yozilishda oʻchiriladigan bu raqamlardagi olib tashlangan ming raqamini diqqatga olsak 1325 va 1331 yillarda Islom olamining boshiga kelgan musibatlarga bu Yogʻduda maxfiy ishora borligiga xulosa qildim. Basiratli va nurli birodarlarning yanada maxfiy haqiqatlar chiqarganliklarini umid qilaman. Eski talabangizdan Hofiz Husan Afandiga bu Yogʻduni otasining vafotidan bir necha kun oʻtib, arafa kuni Hofiz Umar Afandi bilan uyiga borib oʻqish nasib boʻldi. Moddiy ma'naviy xastaliklariga dori bergan davolaydigan hakim - aziz Ustozga koʻp duo qildi. Bu muborak asarning bu zotga qilgan ta'sirini shunday xulosa qilamiz. Yaxshi koʻrganlar va birodarlaridan xastaligini soʻraganlarga, "Juda mukammal bir dori topdim. Alhamdulilloh doktorlarga dori puli berishdan xalos boʻldim. Kundan kunga yaxshi boʻlyabman" dermish. 17 Zulhijja 1353.

Uxroviy qardoshingiz va ojiz talabangiz
Xulusiy
***

(Risola-i Nur shogirdlaridan Kuleoʻnli Hoji Usmonning bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Risola-i Nurni bir necha yildan beri tinglab, mingdan bir olgan ma'naviy yaralarimga dori vazifasini bajarayotgan edi. Ammo xastalarga oid Yigirma Beshinchi Yogʻdu va keksalarga Yigirma Oltinchi Yogʻduni Mustafo va doʻstlarim bilan birga oʻqib kamoli shavq bilan tingladim. Qarasam, vujudimdagi yaralarga goʻzal ta'sir qildi. Birodarlarimga aytdimki: "Modomiki Risola-i Nurning ta'siri kuchli ekan, men yozishga qaror qildim. Ammo hech oʻqib yozishni bilmaymanki, bunday qiymatli Risola-i Nurga yordam beray. Modomiki qalamim yoʻq, meni xizmatchi va pochtachi qilib tayin qilinglar" deb xafa holda aytdim.

Oʻsha tun tushimda meni oʻlgan va yuvilgan holda qabrga qoʻyishdi. Hashr vaqti kelib qabrdan kafan bilan boshim ochiq, oyoqlarim yalangʻoch holda turdim. Qoʻrqib mamlakatimizga kelarkan, katta bir koʻprikka yoʻliqdim. Koʻprikning ikki tarafida ikki soqchi bor edi. Biridan oʻtib, ikkinchisi meni darrov ushladi. Ajabo, qayerga olib boradsi deb, butun vujudim titrar edi. Biroz ketgandan soʻng koʻprik tugamay meni Ustozimga topshirdi. Ustozim meni yuvib qoydi.

— 308 —

Soʻngra bir masjidga butun aholi askar sifatida toʻplandi. Bir askar kelib menga: "Seni buyuk qoʻmondonga xizmatchi qilib tayinlashdi, borasan", dedi. Men: "Men kabi oddiy bir askar qanday qilib qoʻmondonning yonida xizmatchilik qiladi?" dedim. E'tiroz bildirdim. U yana "Borasan", deb takrorladi,. Men qoʻrqib bordim. Qarasam, u yerda Ustozimni koʻrib sevindim. Menga: "Orqamdan kel", dedilar. Yuksak bir saroyga chiqib, menga: "Ushbu kichik xizmatlarni bajar", dedilar. Men oʻylar ekanman, Barlali Sulaymon Afandi keldi. U bilan birga oʻtirib, Ustozim goʻzal bir gul bogʻiga bordilar. U yerda bir kichik yigit oʻtirgan ekan. Menga: "Sen bu yigitga xizmat qilasan" dedi. Oʻshanda uygʻondim.

Ey qardoshlarim! Modomiki Ustozim oʻzlarida hech narsa yoʻq, u faqat tayin qilingan javharlar doʻkonidan hammaning ehtiyoji borligi va Qur'onning dalloli ekanini sakkiz-toʻqqiz yildan beri e'lon qilmoqdalar. Risola-i Nurlarni yozish, oʻqiish va tinglash uchun harkasning ehtiyoji bor. Shuning uchun, ey Musulmonlar! Ma'naviy yaralaringizga dori qidirsangiz, Risola-i Nurda bor. Qancha yozib, oʻqisangiz iymoningiz shuncha yuksaladi. Hech shubha qilmanglar.

Muborak ikki qoʻllaringizdan oʻpaman va bayramingizni tabriklayman.

اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ
Johil va ojiz talabangiz
Hoji Usmon
***

(Oxiratli singillarimizdan va Risola-i Nur talabalaridan Muzayyananing bayoni.)

Muhtaram Ustozim!

Bu foniy dunyoning alamlariga gʻarq boʻlgan koʻzlarim, sizning fayzli, nurli "Soʻzlar"ingizga, ta'sirli va shifoli risolalaringizga jonu koʻngildan bogʻlangan va oʻqigan sari, risolalaringiz qanchalik buyuk bir murshid boʻlganini hech narsa bilan tariflay olmayman.

— 309 —

Ha, bu dunyoga, bu davrga choʻkkan zulmat va gʻaflat pardalarini "Soʻzlar"ingiz yirtmoqda, zulmatni parchalab, gʻaflatni tarqatmoqda. Qaynday aql borki, haqiqat pardasini koʻrib, haqiqat pardasida haqiqat nuri porlar ekan, ularga koʻzini yumib, zulmat pardasiga tashlangan boʻlsin? Men ham inshoalloh zulmatga tashlanyapman. Xozir qiyinchilik bilan baxtiyorman boshqa badbaxt boʻlolmayman.

Ustozim, men boshqa qardoshlarim kabi sizdan shaxsan dars olishdan mahrumman. Ammo haftada yoki bir oyda bir oliy "Soʻzlar"ingizdan gʻoyibona bir dars olyapman tasavvuri bilan tinglayman. Goʻyo shaxsan sizdan dars olyapman. Kun davomida ahli Islomning salomatini va bu holimning zulmatdan nurga qaytishini, siz boshda va oldinda, biz orqada Janobi Haqqa yolvoraylik. Janobi Mavlom xayrlisi bilan ehson qilsin. Aytishga tilim, ojizligim, nuqsonim qoʻymaydi. Nuqsonimizni Ustozimizga e'tirof etyapman.

Inshoalloh, risolalarning ta'sirida, bir kun, mustaqim Lutfu Afandi kabi taqvo ahli qardoshlarimiz kabi, biz ham gʻayri ixtiyoriy va beixtiyor ishlaganimiz holatimizdan "Soʻzlar"ingizning irshodi bilan qutulamiz. Zakoiy qardoshimizdan Oʻn Yettinchi Soʻz, Oʻn Sakkizinchi Maktub, Yigirmanchi Maktub va Oʻttiz Uch Derazali nurlar bilan porlagan qiymatli risolalarni oldik. Mutolaa qilyapmiz. Haqiqiy Ustozimiz boʻlgan Hazrati Qur'on qoʻlimizda.

Muzayyana
***

(Muzayyananing boshqa bir bayoni.)

Ustozim!

Qiymatli risolalaringizni oʻqigan, albatta qulflangan sandiq ichida munavvar qolgan soʻniq qalblarni kumushdan qilingan oltin bilan porlatilgan kalit hukmidagi risolalar vositasida ochganiga, qalbining qutulishiga va porlashiga binoan kamoli mamnuniyat bilan Janobi Mavloga shukrlar qilaman va risolalarning yoyilishiga harakat qilganlarga tashakkur qilmaslik mumkin emas. Oh, vafosiz dunyoning tashvishi, alami va qaygʻusi meni Nurlarga xizmat qilishdan toʻsmoqda. Loyigʻidek xizmat qilolmaganimdan va qardoshlarim kabi Nurlarga xizmat qila olmaganimdan qalbim shunday aziyat chekyaptiki, ta'rif eta olmayman. Shu kunlarda, "Avf chiqibti deyishyapti. Ustoz Istanbulga ketayotgan ekanlar", deyishlari bilan, bir jihatdan mamnun boʻldim. Ustozim asoratdan xalos boʻldilar. Bir jihatdan oʻyladimki, butun Otaboyning togʻlari boshimga tushyapti deb, xafa boʻldim. Oqlanishingizga va badbaxt insonlarning aziyatidan xalos boʻlishingizga tashakkurlar bilan birga tabriklayman. Ammo bu nurli va qiymatli risolalarning sohibi bizdan uzoqlashishiga koʻngil rozi boʻlmayapti. Barla togʻlarida bizni va bu atrofni nurlantirgan bizlardan uzoqlashmasligi kerak. Uzoqlashishini kim orzu qiladi? Barla juda baxtiyor qishloqki, eng avval va har doim yangi va shirin risolalarni hammadan avval, shaxsan Ustozning ogʻizlaridan eshita oladilar.

Muzayyana
***
— 310 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Gʻayratli, zakovatli, jiddiy, siddiq, haqiqiy qardoshlarim Xoʻja Sabri Afandi, Hofiz Ali!

Ushbu Juma kuni kunduzi, xastaligim tufayli biroz yotgandim. Tushga oʻxshash, faqat tush emas; xayolan koʻrgan narsam: Sabri qarshimga chiqdi, orqasida Hofiz Ali. Sabri menga: "Ustozim, Inoyati Sab'a nomli bayon qilingan buyuk inoyatlar bor ekan, "Oʻninchi Soʻz"dagi juz'iy inoyatga shuncha ahamiyat berishning sabab va hikmati nima?" dedi, chekindi. Soʻngra turib, oʻyladim. "Ispartaga yozgan maktubimni Sabri oʻqigan yoki oʻqiyapti, otashin yozishimdan menga achinib mendan soʻrashni istagan", dedim. Nima boʻlganda ham. Men ham Xulusiydan keyin birinchi tinglovchim boʻlgan Sabriga aytaman (Hofiz Ali ham tinglasin):

"Oʻninchi Soʻz"dagi juz'iy inoyatga koʻp ahamiyat berganimning uch hikmati bor:

Birinchisi: "Oʻninchi Soʻz"ning qiymati butunlay baholanmagan. Men oʻzim oʻzimga xususiy shaklda, balki ellik marta mutolaa qildim va har safar zavq oldim, oʻqishga ehtiyoj his qilaman. Bunday risolani ba'zi kishilar bir marta oʻqib, boshqa ilmiy risolalar kabi yetadi deb, chetda qoldiradi. Holbuki bu risola iymon ulumidandir. Xar kun nonga muhtoj boʻlganimiz kabi, bunday ilmga har doim ehtiyoj bor. Bu risolaga diqqatni qattiq jalb etishni ruhim istagan edi. Lekin qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Janobi Haq marhamatidan bir ishora berdi. Bu ishora qanchalik yashirin boʻlsa, mening jiddiy orzuimga toʻgʻri kelgani uchun, juda ahamiyatlidir.

— 311 —

Ikkinchisi: Bilasizki, uzoq yerlardan, ba'zan besh kunlik yoʻldan kelgan kishi bizni koʻrish va uxroviy istifoda etish uchun keladi. Holbuki holatim bir necha soatdan ortiq u kishi bilan koʻrishishga ruxsat bermaydi. Holbuki, musofirga risolalarning qiymatini koʻrsatish, ulardan istifoda qilishga chorlash, muhtoj boʻlgan iymon kuchiga va ma'naviy quvvatga yordam berish uchun bir necha kun kerak. Chunki, risolalardagi quvvatli burhonlarga harkas yetolmaydi, tamoman qamray olmaydi. Ruhim qattiq istaydiki, qisqa, yengil bir sabab qoʻlimga tushsa, bechora musofirlarning zahmati behuda ketmasin. Ammo karomatim yoʻq, qoʻlimdan hech narsa kelmaydi. Faqat musofirlarning niyat va ixlosiga tayanib ularning mukofotini rahmati Ilohiyaga havola qildim. Janobi Haq avval "Ishorat-ul I'joz"da, soʻngra "Oʻninchi Soʻz"da tez qanoat beradigan va risolalarga e'timod ettiradigan inoyat belgisini ehson qildi. Haqiqatdan bu men uchun juda oson boʻldi. Men ham qattiq rohatladim va koʻp kishilarga qisqa vaqtda ma'naviy quvvat va Qur'oni Hakimning haqqoniyatiga koʻz koʻrinadigan alomatlarni koʻrsatdim. Hatto koʻp qaysarlarning qaysarligi ketdi. Koʻp dinsizlar ham u orqali iymonga kelishdi. Lekin "Ishorat-ul I'joz"dagi izoh bir, ikki, uch soatki tugamas edi. Men charchar edim. Janobi Haq kamoli rahmatidan yanada oson, "Ishorat-ul I'joz" ikki soatda beradigan foydani "Oʻninchi Soʻz" ikki-uch daqiqada berdi. Bu davrda koʻz bilan koʻrinadigan oʻta kichik inoyat belgisi, buyuk ma'naviy karomatlardan ham ta'sirlidir. Bu kichik inoyat belgisi, ham menga, ham siz kabi qardoshlarimga osonlik bergani uchun, qattiq ahamiyat berdim. Modomiki bu "Soʻz"dagi muvofiqlik biz va musofirlarga juda foydali va xayrli natijalar beradi, albatta ichida bir inoyat bor. Oddiy boʻlsada, yuz oʻxshashi boʻlsin, bizga favqulodda yana bir inoyat, Rabboniy ikromdir.

Uchinchisi: Bilasizki, haddan ortiq bandlikdan charchagan fikr oʻzini ovuntirish, istirohat etishni istaydi. Biz mashgʻul boʻlgan juda chuqur, juda keng, juda jiddiy Qur'oniy va iymoniy haqiqiatlar, haddan koʻp band boʻlganimiz sababli charchoqni yengillashtiradigan va toliqqan aqlimizni zavqlantiradigan va ovuntiradigan muvofiqliklar, latif badi' san'ati suratidagi lutfini koʻrsatdi.

Oʻsha latif, yengil, sevimli va jozibador muvofiqliklardagi inoyat, bir kalit hukmiga oʻtib, Qur'onning sirlar xazinasiga bir jihatdan rahbar boʻlgani uchun qattiq ahamiyat berdim. Yoʻqsa xizmatimizdan chiqqan va yordam bergan Rabboniy inoyat shunchalik koʻpki, sanasam mingdan oshadi. "Oʻninchi Soʻz"ning harflaridagi sir, hech kimning sun'iy va ixtiyori bilan yozilmaganini hamma tasdiq qilgani uchun, ahamiyatliroq koʻrindi.

— 312 —

Men mutlaq ishoraga ahamiyat berdim. Tafsilotini diqqat bilan tadqiq qila olmadim. Eng yaxshi shaklda bayon qila olmadim. Bir-ikki soatda mulohaza sifatida ishoralar qoʻydim. Birinchi safardagi ishoralarga tayanib boshqa tadqiq qilmadim. Holbuki, ba'zi ta'birlarimda kamchilik bor, tushunishni qiyinlashtiradi. Ispartadagi qardoshlarimiz maqsadni tushunishmagan, haqlari bor. Chunki ibora oʻsha maqsadni ifoda qila olmaydi.

Modomiki shunday ekan, bu "Soʻz"ning latif harflardagi tavofuqlaridan, (qismidagi) ham sahifaning yigirma ikki ekani e'tibori bilan, yoza oladiganlarning oʻrnida (yarmidan koʻprogʻi yozilgan sahifalarning) haqiqiy va faraziy satrlariga, boshdagi varagʻida jilt ustida ismining ikki satri qoʻshilsa bir ming uch yuz qirq ikki (1342) boʻladi va hokazo... Ham u qismdagi bu jumla, ham oxirdagi oq sahifani sanasak oltmish olti chiqadi. Boshdagi oyatning talaffuz qilingan (oltmish olti) harflariga muvofiq keladi. Birida oxirdagi ikki oq sahifani sanasak (oltmish yetti) boʻlib, boshdagi oyatning talaffuz qilingan oltmish yetti harflariga toʻgʻri tushadi. U oyat Ixlos surasining harflariga, ham Lafzullohning abjadiy maqomiga toʻgʻri tushadi, aytilishi kerak. Biz bir nusxani shunday yozdik, sizga yuboryapmiz. Sizdagi nusxalarni unga koʻra yozinglar. Egʻirdirdagi nusxalarni ham shunday yozinglar.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, jiddiy, siddiq qardoshlarim, xizmati Qur'oniyada samimiy va quvvatli birodarlarim Sabri, Xusrav, Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!

Sizlarni hududsiz haqiqat sahrosida menga yaqin birodar va yoʻldosh qilib bergan Janobi Haqqa cheksiz shukrlar boʻlsin. Bu ajib sahrodagi harakat va suluk, ba'zan juda nozik ahamiyatsiz koʻringan narsada muhim istifodalar olinadi. Shuning uchun endi zohiran foydasiz deb oʻylangan ba'zi masalalarni kuzataman va eʻtiboringizni koʻproq jalb qilaman. Jumladan; "Oʻninchi Soʻz"dagi aliflarning tavofuqlarini, muhim masala kabi eʻtiboringizga havola qilyapman. Buning siri shuki:

— 313 —

Bir xos iltifotga yashirin bir ishora boʻlganini qat'iy his qilganim uchun, ixtiyorsiz, kamoli sevinch va baxtli ekanimdan joʻshib bor ovoz bilan "Doʻstlar! Kelinglar, siz ham koʻringlar", deyman. Bir podshohning xos oddiy ishorasiga sazovor boʻlish, umumiy qonun bilan marshallik eʻtiboridan koʻra koʻproq baxt boʻlganidek, Xoliqi Zuljalolning xususiy iltifotini imo qilgan eng yashirin ishoraga, yuz ming jon boʻlsa va fido qilinsa, yuz ming yil umr boʻlsa, u yoʻlda sarf qilinsa ham arzon.

Xullas, bu sirdan kelgan surur natijasida jozibador joʻshqinlik bilan, diqqat qilmaganlarga foydasiz va isrof sanalgan bunday muvofiqliklarga doir koʻp mavzu ochyapman. Yana bir mavzu ochaman.

"Oʻninchi Soʻz" - Qur'onning uchdan birini inkor qilish niyatida, jismoniy hashrni rasman millat ichida inkor qiluvchi dunyoqarashda boʻlgan zindiqlarni mot qilgan, hayratomuz Qurʻoniy iʻjoz shu'lasini koʻrsatgani kabi, yana koʻplab alomatlar bilan ma'naviy Qur'on i'jozi hisobiga favqulodda maʻnoga egaligini qisqacha his qilgan edik. Hozir takroran "Oʻninchi Soʻz"ga ommaning eʻtiborini jalb qilish uchun, beixtiyor u bilan mashgʻul qilindim va qaradim.

Bu safar Lafzullohning birinchi harfi boʻlgan alif, "Oʻninchi Soʻz"da shunday muvofiqlik koʻrsatdiki, qat'iyan tasodif deb boʻlmagani kabi, boshqa belgilar bilan u tavofuqda gʻaybiy ishorani qat'iyan his qildim. Soʻngra ishoralarini qoʻydim. Yana, ishoraga asos boʻlish uchun gʻayritabiiy boʻlishi shart emas. Chunki oʻta oddiy pardalar ichida muhim ishoralar beriladi, uni ahli boʻlganlar tushunadi.

Modomiki gʻaybiy ishorat bor. Albatta ichida tasodif boʻlmaydi, boshqa hukm qilolmaydi, eng juz'iy raqamlari ham oʻsha ishoraga tobeʻ qilinadi. Modomiki majmuida ishora bor ekan, barcha qismlari oʻsha ishoraning hikmatiga tobedir, tasodifga u yerda joy yoʻq. Hatto yigirma toʻqqizinchi sahifada Uchinchi Haqiqatdagi alifni sanamaslik kerak edi. Lekin men sanab xato qilgan edim. Keyin tushundimki, menga sanattirilgan ekan. Boshdagi "Oʻninchi Soʻz" kalimasi bilan ushbu Uchinchi Haqiqat, ikkisi sahifa boshida boʻlgani uchun, sanalishi kerak edi. Ularning boshqa doʻstlari sahifa raqamlari kabi ba'zi vazifani bajartirish uchun bir jihatda sanalish ishorasi bexabar holda menga yozdirilibdi. Nima boʻlganda ham... Ikkilanishim uchun emas, chunki qat'iy xulosa qildimki, balki boshqa birovning shubha va ikkilanishini ketkazish uchun ba'zilarini taqqosladim:

— 314 —

"Oʻninchi Soʻz"ning oxirida yozilgani kabi, olti yuz sahifadan koʻproq muborak kitoblarning tavofuqlari bir yuz yigirma besh chiqdi. Uch yuz ellik sahifadan iborat boshqa bir kitobni ham sanadim. Ellik tavofuq chiqmadi. Yana eski vaqtlar yozgan Turkcha va Arabcha ikki yuz sakson sahifadan iborat kitobimning aliflarini sanadim, tavofuqlari qirqtadan oshmadi.

Demak "Oʻninchi Soʻz" va "Ishorat-ul I'joz"dagi aksariyatning tavofuqlari yashirin bir gʻaybiy ishorani ichlariga oladi. Umumida ishora boʻlsa yetadi. Har juzida ishorani koʻrsatish shart emas, ammo har juz ishoraga tegishli va uning hikmatiga tobedir. Sizga shoshilib, boshda ishora qilingan nusxani yuborgan edim. Oz hoshiyalarni keyin qoʻshdik. Bu safar Sulaymon Afandi vositasida yuborilgan nusxa bilan solishtiring, toʻldiring va bu nusxa Halil Ibrohim Afandidan joʻnatilgan nusxa bilan ham solishtirib, Osim Beyga yuboring.

Bu safar Xulusiy Beyning maktubini sizga joʻnatdim. Ishora qilgan ikki qavsim ichida boʻlgan qism, Yigirma Yettinchi Maktubning Toʻrtinchi Zaylida yoziladi. Qavslar tashqarisida boʻlgan va ustiga qizil chiziq tortilganlar yozilmaydi. Hofiz Ahmad, Mahmud Jalol va Hofiz Vali kabi qalbi jazbali doʻstlarimga va haqiqat yoʻlida boshqa qardoshlarimizga salom yoʻllayman. Hofiz Vali bilan kech koʻrishgan boʻlsakda, Hofiz Valining bu yerda Mahmad Usto ismli, oʻn yillik xolis doʻsti borligi va Mahmad Usto mening sakkiz yillik oxirat yoʻlida oʻta jiddiy qardoshim boʻlgani, Hofiz Valiga ham oʻsha munosabatdan eski doʻst nazarida qarayman. U menga maktub yozgan edi. Maktubiga javob berishga vaqt topolmayapman. Qalb ahli uchun ba'zan sukut ham bir soʻzlashishdir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

Qardoshlarim, kechirasizlar, tartibsiz abgor maktub orqali siz bilan suhbatlashishni istamayman. Ammo koʻplab ishlar va tadqiqot bilan mashgʻul boʻlganimiz uchun, oz vaqt ayirib, tez yozdik. Qoʻli siyoh kotibning holi ma'lum. Boshini boshqa yerga qaratgan edi, maktub abgor boʻldi, shuning uchun xafa boʻlmang.

— 315 —

Tavofuqdagi gʻaybiy boshqaruvni bir maktubda sizga shunday misol bilan bayon qilgan edim: Masalan, mening hovuchimda noʻxat, loviya, uzum, bugʻdoy kabi urugʻlar boʻlsa, men ularni yerga otsam; uzum uzumga, loviya loviyaga qarab ajralsa qoʻlimdan chiqqandan soʻng gʻaybiy bir qoʻl boshqarganiga hech shubha qoladimi? Harflar va soʻzlar oʻsha moddalardir, ogʻzimiz hovuchdir.

***

(Mas'udning gʻarib bir bayoni.)

Oy yangi chiqqan paytda, uning oydinligiga va tunning salqinligida, arpaning yumshagani uchun oʻrayotgan paytimda, oyning goʻzalligiga va shaffofligiga qarab va ishning tugamayotgani va "Nur"larni yozishdan mahrum qolganimni hasrat bilan va xafa holda oʻylayotgan edim. Gʻaflatdanmi, ilhommi, hayolimga kelgan shu soʻzni aytdim: "Rabim! Ismim Mas'ud, oʻzim foydasiz, koʻp harakat qildim boʻlolmadim mas'ud", dedim va oʻrishda davom etdim. Oradan bir muddat oʻtgandan soʻng yotdim. Tushimda aytildiki: "Qoʻyib yuborma Ustozing Saidning etagini, qilar seni mas'ud". Darhol uygʻondim. Ey voh. Darhol "Rabbim! Men dunyoviy saodatini istamadim, tavba qildim", dedim. Uxroviy saodatimning, sizning duongiz bilan boʻlishi talqin etilgan deb bilaman va duoingizga muhtojman. Bandangizni duodan darigʻ tutmasligingizni tilab, qoʻl va oyoqlaringizdan oʻpaman, afandim hazratlari.

Mas'ud (RH)
***
Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining Birinchi Masalasi
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq va sodiq, muxlis va xolis qardoshim Ibrohim Xulusiy Bey!

Maktubingda bayon etyapsanki: Egʻirdir boʻlganidek u yerda ham muvaffaq boʻlolmayapsan. Undan xavotirlanma. U yerda shunday sabablar borki, tamoman toʻxtash va ta'til natijasini berishi mumkin. Janobi Haqqa shukr, yana toʻxtash emas, muvafaqiyat bor.

— 316 —

Ma'naviy sabablardan biri shuki: Jinniy shaytondan dars olgan inson shaytonlari, dunyoviy mashgʻuliyatlari bilan seni bir doira ichiga olib, Nurlarga xizmatingni cheklash uchun, sezdirmasdan parda ostida harakat qilishgan.

Ham u atrofda oldinroq mudhish amaliyot va ijroot boʻlgani uchun, u muhitda bir qoʻrqoqlik hosil boʻlib, qalbingdagi oʻta kuchli matonat boʻlmasaydi, Nurlar u yerda hech yorishmas edi. Ammo u yerda oz xizmat ham koʻp hisobida, qiymatlidir.

Ikkinchidan: (Bu qism Maktubotning 328-329-chi sahifalaridagi (Ikkinchidan) qismining oxiriga qoʻshimcha.)

"Rabb-ul Olamiyn" ta'biridan soʻngra "Rabb-us Samovati val Arz" zikri ijmoliy bayondan tafsilotga oʻtishdir. "Mamlakati Islomiya hokimi" ta'biridan soʻngra; "Anadolu, Osiyo va Afrika hokimi" ta'biri saltanatning hashamatini batafsil koʻrsatganidek, mutlaq rububiyatdan keyin rububiyat hashamatini batafsil koʻrsatadi. Nima boʻlganda ham, hozircha savolingga toʻliq javob berolmayman. Uning oʻrniga Qur'on i'joziga oid ikki kichik nuktani aytaman.

Shu ikki nuktani Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Beshinchi Qismining Oʻn Sakkizinchi Ishorasining Birinchi Nuktasining oxiriga hoshiya sifatida ilova qilinglar.

Mana Birinchi Nukta: (Maktubotning 184-chi sahifasidagi "2-Hoshiya" boʻlib unga qoʻshimcha.)

Bu uch haqiqatga teng keladigan qanday haqiqat bor? Bularni taqlid kimning haddi sigʻadi? Ha, qandayki bu ifoda tarzi sun'iy emas, xuddi shuning kabi taqlid qilinmaydi. Hadsiz daraja haddidan oshib, Xoliqi Koinotni bu suratda gapirtirishga kimning haddi sigʻadi?

Ikkinchi Nukta: Qur'oni Hakimning hamma sahifalari oxirida oyatlar tugaydi, goʻzal qofiya bilan tugashi, ham Lafzulloh varagʻining ikki sahifasida yoki qarama-qarshi ikki sahifasida yoki yaqin sahifalarda aksariyat bilan yo adadlarning muvofiqligi yoki adadlar munosabati boʻlishi, i'joz alomatidir. Buning sirri shuki: Oyatlarning eng kattasi "Mudoyana" oyati sahifalari uchun va Sura-i Ixlos va Kavsar satrlari uchun bir oʻlchov birligi qilib olinganidan, Qur'oni Hakimning bu goʻzal xususiyati va i'joz alomati koʻrilmoqda. Demak, bu mahorat Qur'onnikidir. Yoʻqsa Hofiz Usmon kabi kishilarniki emas. Chunki bu vaziyat oyatidan va surasidan kelib chiqqan.

— 317 —

Uchinchidan: Maktubindan tushundimki, senga yuborilgan risolalarni oʻzing uchun yozyapsan, aslini Abdulmajidga beryapsan.

Aziz qardoshim, garchi Abdulmajid mening nasaban ukam va yigirma yillik talabamdir. Ammo na u va na hech kim mening Xulusiyimga yetisholmaydi. U maktublar (aksariyati) sening noming bilan yozilgan va senga yuborilyapti. Bir maktubda Abdulmajidni ikkinchi darajada, oʻzing uchun yozish yoki mutolaa qilish uchun uni ham sherik qil degandim. Agar, qardoshingni oʻzingdan ustun qoʻysang va unga qiyinchilik tugʻdirmaslik uchun zahmat cheksangga qoʻshilmayman. Ota onagga, Fathi kabi birodarlaringga va eski domlalaringga salom va duo qilaman, duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

21 Ramazoni Sharif

(Abdulmajidga yozilgan maktubni maktubingning ichiga qoʻydim, unga yubor.)

***

(Birodarlariga yozgan maktubliridan.)

Agar ruhiy holatimni tushunishni istasang, quyidagi ikki bayon tarjimondir. Bir shoir aytganidek aytamanki:

Nay kabi har dam ki, oʻtgan umrimni yod aylayman.

To nafas bor boʻlsa, quruq jismimda faryod aylayman.

Bir tijorat qilmadim, naqdi umr boʻldi habo,

Yoʻlga keldim, lekin koʻchgan jumla karvon, bexabar.

Yigʻlab nolon qilib, tushdim yoʻlga tanho gʻarib,

Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron, bexabar.

— 318 —

"Ha, oʻtgan umrni isrof qildik, zoye etdik. Koʻp muborak zotlar, ahboblarni yoʻqotdik, yolgʻiz qoldim. U muboraklar bilan birga oxirat uchun harakat qilmadim".

***
Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Ikkinchi Nuktasi

Agar: Ushbu gʻaybiy tavofuqotning agar balogʻatga oid ustunligi boʻlsa edi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon balogʻat navlaridan eng oldinda boʻlgani kabi, bu hisobda ham eng oldin boʻlish kerak edi. Agar balogʻatga oid ustunlik emas, nima uchun buyuk Ilohiy ikromi deb hisoblayapsiz? Qaysi kitob boʻlsa ham, ichida bu turdagi tasodiflar koʻp boʻlishi mumkin.

Javob: Qur'oni Hakim

﴿ اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ ﴾

sirri bilan, har doim bir milliondan koʻproq hofizlarning qalbida ma'nan yozdirish lozim boʻlgani uchun, yodlashni juda qiyinlashtiradigan va hofizlarni kamaytiradigan bu turdagi mutashobih muvofiqlik Qur'oni Hakimda haddan ortiq kelmagan. Yodlaydiganlarga rahmat ichida muqtazo-i holga muvofiq balogʻatning ustunligi ma'naviy balogʻatni tark qilib koʻrsatgan. Koʻp marta qisqartirish bilan, juda uzun ma'nolarni ifoda qilishi kabi.

Yana, ushbu balogʻat tavofuqoti boʻlmasa ham, ichida qasd qilinganining belgisi va shuur koʻrinadi. Qasd va shuur esa, koʻrib, e'tirof qilib, muallif va kotiblarning emas, bir gʻaybiy qoʻlning tanzimi bilan yozilgan. Bu gʻaybiy qoʻlning bu mudohalasi, qabul alomati va rizoga ishoradir. Bu ishora yozilgan haqiqatlar kamchiliksiz, haq suratda koʻrsatilganiga ramz qiladi.

Boshqa kitoblarda bu turdagi muvofiqliklar boʻlishini tasodif deyish mumkin. Ammo ushbu risolalardagi shuurli gʻaybiy tavofuqotni, koʻrgan barcha kishilarning ittifoqi bilan, shuursiz tasodifga havola qilib boʻlmaydi va berilishiga imkon berilmaydi. Hatto eng muhim ikki kotib va bizlar, tosodif qoʻshila olmasligiga haddi sigʻmasligiga bir risolaning tamomida emas, balki bir sahifasida qanoat hosil boʻldi. Chunki ikki-uch oʻxshash soʻz topiladi, bir-biriga qaraydigan shunday bir vaziyatdaki, zohiran qasdni koʻrsatadi.

— 319 —

Masalan: Hozir qarayapmiz, shu sahifada "yosh" lafzi uch marta takrorlangan. Uchovi shunday bir vaziyatda bir-biriga qarayapti. Bu bir gʻaybiy tanzim ekaniga shubha qoldirmaydi. Hozir oʻqiyotgan ushbu sahifamizda, faqat oltita "huzun" kalimasi bor. Bu olti "huzun" uch qatorda ikki qavsni shunday latif tashkil qilganki, koʻrgan insonga yoqimli huzn beradi.

Yana, ishorati gʻaybiya boʻlishi uchun, boshqa hech qanday kitobda boʻlmasligi shart boʻlmaydi. Masalan: Qandayki Qur'oniy balogʻat i'joz darajasiga yetgani uchun, risolat moʻ'jizasi boʻlganidek; balogʻat ahlining umum kitoblarida, darajalariga koʻra balogʻat bor. Ulardagi balogʻat, i'jozi Qur'onga zid emas.

Xuddi shuning kabi, Qur'on i'jozining yuzlab qismidan bir qismining jilvasi bir navi Ilohiy ikrom sifatida, boshqa kitoblarda tavofuqlarning boʻlishi Qur'onning tafsiri boʻlgan "Soʻzlar"da, Qur'oniy haqiqatlarning husni inizomiga ishorat sifatida koʻrinib tajalliy etishiga zarar bermaydi. Chunki u darajaga yeta olmaydi. "Soʻzlar"dagi u turdagi tavofuqlar shu darajaga kelganki, diqqat qilganlarga qat'iy ishonch beradiki, insonning maqsadi va ixtiyori bilan ham boʻlmagan. Balki naqshlangan bir navi Qur'on i'jozining soyasining soyasi oʻz tafsirining oynasida bir navi Ilohiy ikromi sifatida aks etmoqda.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
***

Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Uchinchi Nuktasi

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ عَلٰى رُفَقَائِكُمْ ف۪ى دَرْسِ الْقُرْاٰنِ

Aziz qardoshim!

Birinchidan: Ukamiz Abdulmajidning Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Qismini, oʻrinsiz ehtiyotdan koʻp koʻrishini, sen ham uning koʻpini koʻp koʻrishing meni juda sevintirdi.

— 320 —
﴿ وَ كَيْفَ اَخَافُ مَٓا اَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ اَنَّكُمْ اَشْرَكْتُمْ بِاللّٰهِ ﴾

degan va Qur'onning taqdiriga sazovor boʻlgan Hazrat Ibrohimga (AS) ergashishga vazifador ekanimizga ishora qilgan

﴿ فَاتَّبِعُوا مِلَّةَ اِبْرٰه۪يمَ حَن۪يفًا مُسْلِمًا ﴾

sirriga erishganingizni bilishimiz kerak.

Ikkinchidan: Menga doʻst boʻlgan shahar aholisidan bir muftiy, yuzaki nazar bilan ba'zi ahamiyatsiz tanqidlarni "Oʻninchi Soʻz"ning tafsilotlar qismiga qilgan deb Abdulmajid yozyapti. Abdulmajidning unga bergan javoblari, ikki yer mustasno, qolgani kifoya.

Ammo ikki yerda u oʻsha odamning sathiy savoliga yuzaki javob bergan:

Birinchisi: U odam aytganki: "Oʻninchi Soʻzning Haqiqatlari munkirlarga qarshi emas. Chunki Allohning ism va sifatlariga bino qilingan". Abdulmajid javobida: "Munkirlarni Haqiqatlardan avvalgi toʻrt Ishora bilan iymonga keltiradi, iqror ettiradi. Keyin Haqiqatlarni tinglatadi", ma'nosida javob bergan. Haqiqiy javobi shuki:

Har bir haqiqat uch narsani birdan isbot qiladi: Ham Vojib-ul Vujudning vujudini, ham ism va sifatlarini, soʻngra hashrni ularga bino etib, isbotlaydi. Eng qaysar inkorchidan eng xolis moʻmingacha harkim, har bir "Haqiqat"dan hissasini olishi mumkin. Chunki "Haqiqat"larda mavjudotga, asarlarga nazarni qaratadi:

Ularda muntazam ishlar bor. Muntazam fe'l esa egasiz boʻlmaydi. Shunday ekan bir qilgan bor. Intizom va mezon bilan egasi ish qilgani uchun, hakim va odil boʻlishi kerak. Modomiki hakim ekan, befoyda ishlar qilmaydi. Adolat bilan ish qiladi, huquqlarni poymol qilmaydi. Shunday ekan bir majma-i akbar, mahkama-i kubro boʻladi.

Xullas, "Haqiqat"lar bu tarzda ishga kirishishgan. Qisqa boʻlgani uchun, uch da'voni birdan isbot qiladi. Yuzaki nazar koʻra olmaydi. Zotan qisqa "Haqiqat"larning har biri boshqa risolalar va "Soʻzlar"da mukammal izoh bilan sharh qilingan.

Abdulmajidning ikkinchi nuqsonli javobi shuki:

U odamning xato savoliga qoʻshilib, xatosini qabul qilgani uchun, xato qilgan. Chunki "Oʻninchi Soʻz"ning "Hoshiya"sida Ismi A'zam, har ismning faqat bir martabasidan iborat deb zikr qilinmagan. Aksincha koʻp yerlarda aytganmizki: Ismi A'zamdan va har ismning a'zamiy martabasidan yuzaga chiqadi. Ismi A'zamni isbot qilish bilan birga, har bir ismning bir a'zamiy martabasi boʻlib, Rasuli Akram (ASV) ularga sazovor boʻlgani kabi, hashri a'zam ham ularga tegishli. Masalan, Xoliq ismi martabalari, mening Xoliqimdan tortib to Xoliqi Kulli Shaygacha boʻlgan martaba-i a'zamgacha martabalari bor.

— 321 —

U shubhali kimsaning, har ismning bir martaba-i a'zami borligini kamsitish niyatida, bu "Mutasavvifa-i mutafalsifa fikri", {[1]: Falsafa bilan shugʻullanib uning taʻsirida qolgan tasavvuf olimlari.} degan. Holbuki, boshda Imom A'zam, Imom Gʻazzoliy, Jaloliddin Suyutiy, Imom Rabboniy, Shohi Jiyloniy kabi siddiqiyni muhaqqiqiyn Ismi A'zamni boshqa-boshqa koʻrganlar. Imom A'zam aytganlarki: Al-Adl, Al-Hakam ismi a'zamdir, va hokazo. Nima boʻlganda ham, bu masala bu qadar yetadi.

U shaxsning yuzaki qarshi chiqqaniga uch jihatdan xursand boʻldim:

Birinchisi: Tanqid qilishni istab, qila olmagani shuni koʻrsatadaki: "Oʻninchi Soʻz"ning haqiqatlari tanqid qilinadigan emas. Boʻlsa ham, tafsilotlar jihatida ba'zi iboralariga e'tiroz bildirilishi mumkin.

Ikkinchisi: Inshoalloh, oliy bir zako va gʻayratli Abdulmajidni gʻayratga keltirdi. Xulusiyga yarashadigan tirishqoq, uygʻoq birodarga aylandi.

Uchinchisi: U kishi xaridor ekanki, qarshi chiqqan. Xaridor boʻlmagan kishi loqayd boʻladi. Inshoalloh, kelajakda toʻliq istifoda qiladi.

Bu nuktaning goʻzal ma'nosini yo sen, yo Abdulmajid qalamga olib, mening salomim bilan, mamnuniyatim bilan birga u kishiga yuborishingiz mumkin.

Mahallangizning imomi Hofiz Umar Afandiga salom yetkaz va aytginki, men uni qabul qildim. Talabalik shartlarini ham unga ayt. Otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurrahmon "Soʻzlar"ni jiddiy tiinglashlari meni juda xursand qilmoqda. Men ularni duo qilyapman. Ular ham meni duo qilishsin. Seyda ismli kishi otangiz bogʻlangan kishi emas, undan avval kelgan tanilgan kishidir. Boshda Sabri, Sulaymon, Tavfiq barcha birodarlar sizga salom yoʻllamoqda.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 322 —
﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq qardoshim!

Senga bu safar Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning uchinchi va beshinchi qismlarini yuboryapman. Uchinchi qismda bir sir bor. Ramazonda bir soatda, men bilan qoralamani yozgan kishi xasta holida tezlik bilan yozilgan. Siz koʻrganingizdek chiqdi, biz hayratlandik. Tushundikki, u qismda Qur'onga doir niyatimiz toʻliq haq va lozim ekanki, shunday boʻlgan.

Yana, "Moʻ'jizoti Ahmadiya"dagi tavofuqlarga, qat'iy bir sanad sifatida, ikki qism (Maktubning 4 va 5-chi qismlarini) yubordim. U ikki qism risola ta'lifining orqasida, asl qoralamadan bir tajribasiz kotib tez yozgani, hatto salovotlarni (ASV) ishorasi bilan xatlasada, ikki yil soʻngra tadqiq qildik, kutganimizdan ortiq ajib tavofuq koʻrdik.

Soʻngra, undanda tajribasiz kotibga: "Rasuli Akram (ASV) soʻzi bilan Qur'on kalimasini qizil siyohda yoz, aynan oʻsha nusxani koʻchirgin." dedim. Holbuki, ikkinchi kotib juda tajribasiz edi. Avvalgi kotibning nusxasidagi tavofuqni qisman buzgan, aqli aralashgani uchun latofatini buzgan. Ammo yana tavofuqlarga bir hujjat boʻladi. Siz ham goʻzal ravishda oʻzingiz uchun oqlamaga koʻchiring. Ilk qoralamaning bir nusxasi yo senda yoki Abdulmajidda qolsin.

Falillahilhamd, hozir Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ikki yuz i'joz qismlaridan bir qismini koʻzga koʻrsatadigan bir nechta Qur'onni yozdiryapmiz. Bittasi tugayapti. Ichida (2806) Lafza-i Jaloldan, yuzdan bir mustasno, tamoman tavofuqi gʻaybiy tarzda koʻrinmoqda. Lafzullohni qizil bilan yozdirdik, koʻrgan odam "Qur'onning i'jozini koʻzim bilan koʻra olyapman" deyapti. Inshoalloh i'joz qismi xatti Qur'oniyni muhofaza qiladi, buzilishdan qutqaradi.

Olmos qalamli qardoshlarimizga taqsimladim. Eng birinchi qardoshimiz Haqqi Afandi birinchi juzni yozdi. Ikkinchisini ham uchinchisini sening oʻrnigga yozishga xohishkordir.

— 323 —

Boshda ota-onangizga, Fathi Bey, Domla Abdurahmon Bey, yangi talabam Imom Umar Afandi "Soʻzlar" bilan aloqador boʻlganlarga salom yoʻllayman va duo qilaman, duolarini istayman.

Sobiq Muftiy Kamol Afandiga aytginki: Xushxabar! Har bir soat xasta holdagi umri bir kun ibodat hukmidadir. Bu davrda hayotning eng yaxshi shakli shundaydir. Biz dargohi Ilohiyda u haqida eng xayrlisini niyoz bilan duo qildik va qilamiz. Unday kishilarning duosi maqbuldir. Meni duo qilsin. Domla Abdurahmon bilan Fathi Bey ikkovlari xos talabalarning duo doirasi ichida duoda qozonchimga hissadorlar. Ikkovlari meni duo qilishsin. Avvallari mening Umar ismli talabam bor edi, sening hozirgi u yerda Umar Afandi unga duoda birodar boʻlishdi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Mirzozoda
Said Nursiy
***

Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning toʻrtinchi qismi ham uzun, ham bitta nusxadir. Bu safar yubora olmadim. U qism toʻgʻridan-toʻgʻri i'jozi Qur'onning bir oynasidir va juda ham muhim. Oʻttiz sakkiz sahifa. Boshda Sabri, Sulaymon, Xusrav, Bakir, Tavfiq, Gʻolib sizlarga salom yoʻllashyapti. Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Toʻrtinchi Qismini, Oʻn Beshinchi Nuktali Ishoragacha tahrir qildim. Tez yuborish kerak boʻldi, toʻliq tahrir qilish uchun vaqt topolmadim.

Sen avvalo Oʻn Beshinchi Nuktali Ishoradan soʻngra, oʻz nusxangiz bilan solishtirib tahrirla, soʻngra oqlamaga yoz. Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida ajib bir tavofuq koʻrindi - Ikki sahifa boshdan oxirigacha, boshdagi satr mustasno, yigirma toʻqqiz satr aql va ixtiyorimizning xorijida, barchasi "alif" kelgan. Bu barcha "alif" Yigirma Sakkizinchi Maktubdan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubga ahamiyatli bir ishorati gʻaybiyadir, degan edi. Soʻngra namunasini sizga yuboramiz.

Said Nursiy
***
— 324 —

(Said Nursiyning bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, haqiqatli oxiratli qardoshim va jiddiy va quvvatli birodarim!

Qur'oni Hakimning bosh hoshiyalarida Qur'on oyatlarining adadi 6666 boʻlib, Qur'oniy nurlar va Furqoniy haqiqat ayyomi shar'iya bilan 6666 yil, Yer Kurrasida hukmi jarayon qilishiga ishora qilganiga doir savolingizga, oʻsha vaqt zehnim boshqa yerga qaragani uchun, izohli javob berolmadim. Soʻngra menga eslatildiki: Osimning savoli ahamiyatlidir, javob ber". Men ham oʻsha eslatmaga binoan, uch asos bilan biroz izoh qilaman:

Birinchi asos: Nuri Muhammadiy va haqiqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom devoni Nubuvvatning ham fotihasi, ham xotimasidir. Barcha anbiyo u zotning asl nuridan fayzlanadi, din haqiqatining nashrida uning yordamchilari va vakillari hukmida boʻlganlari va nuri Ahmadiy (ASV) jabha-i Odamdan to Zoti Muborakiga silsila bilan zohir boʻlib nurini yoyib, koʻcha koʻcha mukammal zuhur etgunicha zotida jilvagar boʻlgandir.

Yana, Ahmadiy muqaddas mohiyati, "Me'roj Risolasi"da qat'iyan isbot qilingani kabi, bu koinot daraxtining ham asliy urugʻi, ham eng oxirgi va eng mukammal mevasidir. Xuddi shuning kabi, Qur'on haqiqati Odam zamonidan hozirgacha, Muhammadiy (ASV) haqiqat bilan birga, sislsila holida anbiyolarning suhuf va kutublarida nurlarini nashr etib, to buyuk nusxasi va mukammal mazhari boʻlgan Qur'oni Azimushshon suratida jilvalangan.

Barcha nabiylarning usuli dinlari va shariat asoslari, kitoblarining xulosalari Qur'onda borshligiga ahli tahqiq va ahli haqiqat ittifoq etishgan. Bu sirga binoan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan soʻng, mashhur rivoyatda Odam zamonidan to qiyomatgacha, ayyomi shar'iya deyilgan 7000 yildan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan soʻng 6666 yil Islom dinining sirrini nashr qilgan Qur'oniy haqiqat oyatlarning adadi Yer Kurrasida turli tuman pardalar ostida nurlarini yoyishiga ishora qiladi deganidir.

— 325 —

Ikkinchi asos: Ma'lumki, Yer Kurrasining oʻqi ustidagi harakati bilan kecha-kunduzlar va yillik trayektoriyasi ustidagi harakatidan yillar hosil boʻladi. Quyosh bilan birga har bir sayyoraning, balki sobit yulduzlarning va Shamsu-s Shumusning ham har birining oʻqi ustida maxsus kunlarini koʻrsatgan harakati va trayektoriyasi ustida aylanishi ham bir jihatdan yillarni koʻrsatadi. Yer va Samovot Xoliqining azaliy xitobotida oʻsha kunlar va yillarni ham koʻrsatganiga dalili shuki: Furqoni Hakimda

﴿ ثُمَّ يَعْرُجُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُٓ اَلْفَ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ ٭ تَعْرُجُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَ الرُّوحُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ ﴾

kabi oyatlar isbot qiladilar. Ha, qishda va shimol taraflarida quyosh botishi va chiqishi mobaynida toʻrt soat kundan va bu iqlimda qishda sakkiz-toʻqqiz soatdan iborat kunlardan, to Quyoshning oʻqi ustida bir oyga yaqin kunidan, hatto Astronomiya faniga asosan, "Rabb-ush Shi'ro" ta'biri bilan Qur'onda nomi e'lon qilingan va quyoshimizdan katta "Shi'ro" nomli boshqa bir quyoshning balki ming yildan iborat boʻlgan kunidan, to Shamsu-s Shumusning oʻqi ustidagi ellik ming yildan iborat birgina kuniga qadar Rabboniy kunlar bor.

Samovot va Arzning Rabbi, Shamsu-s Shumus va Shi'roning Xoliqi xitob etgan vaqti Samovot va Arzning yulduzlariga va olamlariga tegishli qudsiy kalomida shu kunlarni zikr qiladi va bu gʻoyat oʻrinlidir.

Kunlarning shar'iy tilda shunday chegarasizligi bor ekan, tabaqot-ul arz, joʻgʻrofiya va tarixi bashariyat ilmi olimlarining fikricha, insoniyatning yetti ming yil emas, balki yuz minglar yil oʻtkazganini qabul qilsak ham, Odam atodan qiyomatgacha bashar umri yetti ming yil boʻlgan mashhur rivoyatning toʻgʻriligiga va biz aytgan 6666 yil Nuri Qur'on hukmfarmo boʻlganiga zid boʻlmaydi, rad qilmaydi. Chunki shar'iy kunlarning toʻrt soatdan ellik ming yilga qadar hukmi va qamrovi bor. Ammo haqiqatda kunlarning haqiqati mashhur rivoyatda qaysi biri ekani hozircha qalbimga inkishof ettirilmadi. Demak, u sirning inkishofi munosib emas.

— 326 —

Shu masalada hozircha dalilini koʻrsatolmaydiganim bir muddaoni bayon qilaman:

Bu dunyoning bir umri va Yer Kurrasining ham undan qisqa boshqa bir umri va Yer Kurrasida yashagan insoniyatning yanada qisqa bir umri bor. Bu bir-biri ichida uch turdagi maxluqotning umrlari, soatning ichidagi daqiqa, soniya, soatlarni sanagan millarning nisbati kabidir. Inspniyatninig umri Yer Kurrasining ikki harakatidan hosil boʻlgan ma'lum kunlar bilan boʻlgani kabi, hayotdorlarning vujudga kelgan vaqtdan e'tiboran Yer Kurrasining umri - bogʻlanish markazi hisoblangan Quyosh oʻz oʻqi atrofidagi harakatidan hosil boʻlgan kunlar bilan hosil boʻlishi Rabboniy hikmatdan uzoq emas. Dunyoning umri esa Shamsu-s Shumusning oʻz oʻqi atrofidagi harakatidan hosil boʻlgan kunlar bilan boʻladi.

Demak bashariyatning umri yetti ming yil maʻlum Yer kunlari bilan boʻlsa, Yer Kurrasining hayotga manba boʻlgan zamonidan xarob boʻlishigacha Shamsiy kunlar bilan ikki yuz ming yildan oʻtadi. Shamsu-s Shumusga tobe va baqo olamidan ayrilib Yer kurramizga tegishli dunyolarning umri (Shamsu-s Shumusning Qur'on ishoroti bilan har bir kuni ellik ming yil boʻlishi) yetti ming yil oʻsha kun bilan bir yuz yigirma olti milliard (126.000.000.000) yil yashashadi. Demak, shar'iy kunlar degan Qur'oniy ayyomga bular dohil boʻla oladi. Ha, Samovot va Arzning Xoliqi, Samovot va Arzga tegishli kalomi bilan, Samovot va Arzning yaratilish sababi, asliy urugʻi va soʻnggi eng mukammal mevasi boʻlgan zotga xitobida, ayyomlarni nazarda tutishi, Qur'onning ulugʻligiga, tinglovchining kamoliga yarashadi va bu balogʻatning aynidir.

{(Hoshiya): Bu hisob Shomli Hofiz, Kuleoʻnudan Mustafo va uning birodari Hofiz Mustafoning guvohligida bir daqiqa mobaynida yoddan yozildi. (1 yil 360 kun hisobiga asosan, kamchilik boʻlsa aybga buyurmang.)}

وَ الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ وَ اللّٰهُ اَعْلَمُ بِاَسْرَارِ كِتَابِه۪
﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ﴾
Said Nursiy
***
— 327 —
Oʻn Beshinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi

Ey inson va ey nafsim, muhaqqaq bilginki: Janobi Haq senga in'om etgan vujuding, jisming, a'zolaring, moling va hayvoniy narsalaring foydalanish uchun berilgan, egalik qilish uchun emas. Ya'ni, foydalanishing uchun oʻz mulkini sening qoʻlingga bergan, foydalangin deya ruhsat bergan. Sen kabi, idora qilishdan haqiqatdan ojiz va jiddiy ravishda tadbir qilishdan begona shaxsga mulk qilib bermagan. Chunki mulk qilib bersaydi, idora qilishni senga berishi kerak boʻlardi.

Ajabo, eng oson, eng zohir va ixtiyor va shuur doirasiga kiruvchi me'daning boshqara olmaysanda, qanday qilib koʻz va quloq kabi ixtiyor va shuur doirasidan tashqari idora istagan narsalarga molik boʻla olasan?

Modomiki senga berilgan hayot va hayotga kerakli narsalar oʻzlashtirish emas, foydalanish uchun berilgan ekan, albatta, foydalanishning dasturi bilan harakat qilish lozim. Ya'ni, bir kishi ziyofatga musofirlarni da'vat qilib, ularga majlis ziyofatidagi narsalardan va ziyofatdan foydalanishga ruhsat beradi, mulk qilib bermaydi. Ruhsat va ziyofatning qoidasi esa - mezbonning rizosi dohilida tasarruf etishdir. Shunday ekan foydalanuvchi: isrof qila olmaydi, boshqa birovga ikrom qila olmaydi, dasturxondan olib boshqasiga sadaqa bera olmaydi, toʻka olmaydi, zoye eta olmaydi. Agar oʻzlashtirish mumkin boʻlsa edi, qila olardi va oʻz istagi bilan harakat qila olardi.

Aynan shuning kabi; Janobi Haq senga foydalanishga ruhsat bergan hayot ni oʻz joningga qasd qilib nuqta qoʻya olmaysan, koʻzingni oʻya olmaysan va ma'nan koʻzni koʻr qilib, koʻzni bergan Zotning rizosidan tashqari haromga sarf qila olmaysan va hokazo, quloqni va tilni va bu kabi jihozlarni haromga sarf qilib, ma'nan oʻldira olmaysan. Va goʻshti yeyilmaydigan hayvoniy narsalaringni oʻrinsiz azoblab qatl qilolmaysan va hokazo... Senga berilgan barcha ne'matlarni bu dunyo musofirxonasining sohibi hisoblangan Mehmondori Karimi Zuljalolning shariat qonunlari doirasida tasarruf etishing kerak.

Said Nursiy
***
— 328 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Ra'fat Bey!

Maktub va kitobingni mamnuniyat bilan oldim. Oʻta sevgan talabam Xulusiy Beyning ruhini sizda his etdim. Seni yangi emas, Xulusiy kabi eski talaba sifatida qabul qildim. Talabalikning xususiyati shuki, yozilgan "Soʻzlar"ga oʻz mulki kabi ega chiqish kerak. Oʻzi ta'lif etgan va yozgan nazari bilan qarab nashriga va ahillarga yetkazishga harakat qilish kerak. Mashaalloh, xating chiroyli. Vaqt topsang, bir qismini yoz. Bir qismini Xusrav kabi jiddiy talabalar yozadi. Ulardan keyinroq olib yozarsiz va ular bilan hamkorlikda ishlarsiz. Olti yildir Ispartada jiddiy talabalarning chiqishini intizor, kutayotgan edim. Allohga shukr, hozir siz bilan birga bir nechta nusxa chiqishni boshladi. Chunki bir talaba yuz doʻstdan ustundir. "Soʻzlar" nomli Qur'oniy nurlar - eng muhim ibodat hisoblangan tafakkuriy ibodat naviga kiradi. Bu davrda eng muhim vazifa, iymonga xizmatdir. Iymon abadiy saodatning kalitidir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Jiddiy, siddiq, diqqatli, haqiqatli qardoshim Ra'fat Bey!

Janobi Haq yangi hayotingizni muborak qilsin va rafiqangizni abadiy hayotingizda, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifining oxiridagi Uchinchi Ishorada, rafiqaga doir va'da va sifatga sazovor aylasin, omin.

Bu safargi maktubing juda goʻzal. Birodarlaringning bayonlari ichida "Yigirma Yettinchi Maktub"ning ichiga kiritaman. Ora-sira yozish bilan mashgʻul boʻlsangiz, yaxshi boʻladi. Inshoalloh yangi hayotingiz sizga risolalarning haqiqatlariga qarata yangi shavq uygʻotadi.

— 329 —

Qardoshim! Sen, Xusrav va Osim mening nazarimda juda qiymatlisiz. Janobi Haq sizlarni va siz kabilarni Qur'on xizmatida sobit-qadam va fidokor va kamoli sadoqatda doim va muvaffaq aylasin, omin.

U yerda Shayx Mustafo, Lutfu, Rushdu kabi qardoshlarimga koʻp salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, jiddiy, samimiy oxiratli qardoshim va Qur'oniy xizmatda gʻayratli birodarim Ra'fat Bey!

Maktubingiz meni xursand qildi. Bilingki, ikki yil avval oʻrtamizda otashin uxuvvat-birodarlik boshlandi. Keyin ba'zi nuqsonlar bilan davom etmadi. Xushxabar desam boʻladi, hozir ilgarilamoqda. Chunki Xusrav menga yozgan maktubida sendan juda mamnun boʻlganini, Barladan qaytgandan soʻng seni soʻrashim menga shu natijani koʻrsatmoqda.

Demak, u bilan toʻliq birlashgan va hamkorlikda ishlayapsan. Qoʻlingdan kelgancha u bilan munosabatni kuchaytir. Har bir xos talabaning muhim bir vazifasi, bir bolaga Qur'on oʻrgatish hisoblanadi. Sen bu vazifani bajarishni boshlading. Sen birinchi talabalardan boʻlganing uchun, inshoalloh sening farzanding ham birinchilardan boʻladi. Modomiki bola mening ham ma'naviy avlodim ekan, unga bergan darsingning, yarmi sening nomingga boʻlsa, yarmi mening hisobimga boʻlishi kerak.

Koʻrgan tushing, juda muborakdir. Ta'biri juda zohirdir. Isparta bir masjid. Xusrav, Ra'fat, Lutfu, Rushdu kabi kishilarning samimiy bir-biriga tayangan hay'atning shaxsi ma'naviysi senga Said suratida koʻrsatilgan. Risolalar bilan bergan darsing esa, va'zu nasihat suratida koʻrsatilgan. Sen, namozni oʻqimaganing uchun kech qolib, shoshilib darsga yetishning ta'biri - "Soʻzlar"ning nashridan tashqari ba'zi diniya vazifalar va bir oz dangasalik, sizni birinchilik haqqing boʻlgan ilk darsda ikkinchi darajada qolganingizga ishora qilib, seni ogohlantiradi.

— 330 —

Nima boʻlganda ham... Men sendan hozir juda mamnunman va u yerdagi qardoshlarim ham sendan juda mamnunlar. Janobi Haq biz va sizga Haq yoʻlda Qur'on xizmatida sabot va matonat bersin, omin. Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga koʻp salom bilan Badriddinga va singlimga koʻp duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, gʻayratli qardoshim!

Sulaymon Afandidan tushundimki, ba'zi xususiy qiyinchiliklarga tushyapsan. Siz kabi metin insonlarga sabr tavsiyasi ortiqcha. Xizmatning muqaddasligi va bu xizmatdagi zavq va gʻayratidagi shavq achchiq xususiy qiyinchiliklarga qarshi turadi va gʻalaba qiladi deb taxmin qilaman. Mumkin boʻlganicha ahamiyat berma. Qiymatli, nuqsonsiz molning doʻkondori xaridorlarga yalinishga muhtoj emas. Xaridorning aqli boʻlsa, u yolvorishi kerak. خَيْرُ الْاُمُورِ اَحْمَزُهَا sirri koʻra, azim xayrlarning qiyinchiliklari koʻp boʻladi. Qiyinchiliklar koʻpaygan sari himmat ahli sustlik emas, gʻayrat va sabotini koʻpaytiradi. Inshoalloh siz ham shunday metin va sobitlardansiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 331 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim Ra'fat Bey,

Moshoalloh, hozir men umid qilgan shaklda risolalarni ta'qib etyapsiz va yozyapsiz. Sen kabilarning oz harakati ham koʻp oʻrniga oʻtadi. Chunki koʻplar ishonib, sizga taqlid qiladi. Siz kabi jiddiy qardoshlarni bu gʻurbat mamlakatida topganim uchun, bu yer men uchun haqiqiy vatan oʻrniga oʻtdi, haqiqiy vatanimni unuttirdi. Yozilgan asarlarning buyukligi, manba va muqaddas ma'danlari - Qur'ondan keyin siz kabi tinglovchilarning jiddiy ishtiyoqlari va toʻliq tushunishlaridir. Siz meni topganingizga shukr qilsangiz, men sizni topganim uchun ming shukr qilaman.

Maktubingda Ismi A'zamni soʻrayapsan. Ismi A'zam yashirindir. Umrda ajal, Ramazonda Laylatu-l Qadr kabi, asmo-i husnada Ismi A'zamning yashirin boʻlishining muhim hikmati bor. Oʻz nuqtai nazarimda haqiqiy Ismi A'zam yashirin boʻlib, havassga bildiriladi. Ammo har bir ismning a'zamiy bir martabasi ham borki, u martaba Ismi A'zam hukmiga oʻtadi. Avliyolarning Ismi A'zami boshqa-boshqa topishi bu sirdan. Hazrat Alining (RA) "Arjuza" nomli bir qasidasi "Majmuat-ul Azhob"da bor. U yerda Ismi A'zamni olti ismda zikr qiladi. Imom Gʻazzoliy uni "Junnatu-l Asmo" nomli risolasida Hazrat Ali zikr qilgan va Ismi A'zam qamragan olti ismni sharh qilgan va xislatlarini bayon etgan. U olti ism -

فَرْدٌ ٭ حَىٌّ ٭ قَيُّومٌ ٭ حَكَمٌ ٭ عَدْلٌ ٭ قُدُّوسٌ

dir.

Gʻaybiy karomatning ikkinchi qismini tahrir qilib, yana bir qism qoʻshib, yubordim.

Badriddinning tezlik bilan oldinlab ketishi, Qur'oni Hakimning fayzi karomatidandir. Janobi Haq muvaffaq etsin.

Hoji Ibrohim Afandiga ayniqsa salom aytaman. Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy Afandilarga salom aytamiz. Oxiratli singlimga ham duo qilaman. Sening bu safargi maktubingning bir qismi "Maktubot"ning ichiga kiritildi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 332 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim va Qur'on xizmatida haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!

Bu safar koʻchirgan risolalaringiz juda chiroyli chiqibdi. Sening gʻayrat, samimiyat va jiddiyyatingni menga koʻrsatishdi. Ra'fat dangasa emas, isbot qilishdi. Ularni tahrir qilib yuborgan edim. Keyin eshitsam, olib kelgan odam Islomkoʻyda qoldirgan ekan. Oʻttiz Birinchi Maktubning Uchinchi, Toʻrtinchi Yogʻdularini yozishga vaqt topolmadim. Qoʻrqamanki, ularning ham اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ sirri kabi, mavsumi oʻtib, soʻngra chiroyli yozilmagan boʻlsin. Inshoalloh ishtiyoqingiz meni ishlatadi. Ammo usbu muborak uch oy juda qiymatlidir. Laylatu-l Qadrning sirri bilan sakson yillik umrni qozontiradigan vaqtda, eng yaxshi, eng afzal narsalar bilan mashgʻul boʻlish kerak boʻladi. Inshoalloh, Qur'onga oid masalalar bilan mashgʻul boʻlish, bir jihatdan ma'naviy tafakkur bilan Qur'on oʻqish hukmidadir. Ham ibodat, ham ilm, ham ma'rifat, ham tafakkur, ham Qur'on qiroati ma'nolari - risolalarning koʻchirilish va mutolaalarida mavjud degan e'tiqoddamiz. Zotan bu jihatni siz taqdir etgansiz.

"Moʻ'jizoti Ahmadiya"ni siz uchun yozdirdim, tugadi. Ammo uni asos olib boshqa bir nusxa yozdirish kerak boʻlgani uchun vaqtinchalik bu yerda qoladi. Maktubingda Hofiz Sazoiy biz bilan jiddiy aloqador ekanini koʻrsatyapti. Men bir vaqt Ispartada, Agʻrosli Zakoiy kabi yangi samimiy, otashin bir qardoshimiz topilishini vijdonan his qilgan edim. Inshoalloh, bu Sazoiy oʻsha boʻladi. Uni eshitgan vaqtim, his qilgan oʻsha odam deb oʻyladim. Agar oʻylaganimdek chiqsa, kishian yaxshi, boʻlmasa oʻshanday boʻlishga harakat qilsin. Agar Zakoiy qanday odam deb qiziqsa, Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlarida Zakoiyning mohiyatini va qay daraja samimiy ekanini koʻrsatadigan bayonlari bor, qarasin.

Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga koʻp salom aytaman. U kishini jiddiy oxirat qardoshi deb qabul qilganman. Inshoalloh sening bu yangi gʻayrat va qilayotgan ishlaringdan u ham hissadordir.

— 333 —

Badriddinning kichikligi boʻlsa ham, katta talabalar doirasiga dohil qilganman. U kichiklarning kattasidir. Inshoalloh Janobi Haq unga oʻxshaganlarini koʻpaytirsin. Badriddinning volidasini duo qilaman. Albatta Badriddinning husni tarbiyasida eng muhim hissa uniki. Chunki uning eng birinchi ustozi udir.

Bakir Ogʻa, Lutfu Afandi, Hofiz Ahmad, Sazoiy kabi qardoshlarga salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
﴿ بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshim!

Birinchidan: Bu yangi hodisaning mohiyatiga qiziqqansiz. U yerga kelgan ikki uzun maktub uning mohiyatini koʻrsatadi.

﴿ وَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللّٰهِ اَنْ يُذْكَرَ ف۪يهَا اسْمُهُ ﴾

oyati u hodisaga sabab boʻlganlarning boshiga chaqmoq kabi tushyapti va tushadi. Faqat biz shoshqaloqmiz. Hamma narsaning muayyan bir vaqti bor.

﴿ فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ ف۪يهِ الرَّحْمَةُ وَ ظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ ﴾

oyatiga masadaq boʻlib bu hodisa bizga marhamat jihati bilan qarayapti. Mulhidlarga qaragan jihat, azob va qahr bilan nazar qiladi. Nima boʻlganda ham... Jannat arzon boʻlmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas.

Ikkinchidan: Badriddinni bu yerda tinglashni istayotgan edim, vaqt izn bermadi. Men ma'nan u yerda xayolan tinglayapman. Inshoalloh avlodlik martabasidan talabalik martabasiga chiqyapti.

Uchinchidan: Mening xattim bilan maktub istayapsan. Bir labsiz odamga, "Chiroqni ufla, soʻndir" deyishgan. U javoban, "Eng zahmatli ishni menga aytayapsiz, qilmayman", degan.

— 334 —

Ha, Janobi Haq menga husni xat bermagan. Bir satr yozish menga katta ish kabi zerikish beradi. Eskidan beri der edim: "Ey Rabbim! Mening oʻzim muhtoj boʻlsam va nazmni sevarkan, bu ikki ne'mat menga berilmadi", deya shikoyat emas, tafakkur qilar edim. Soʻngra menga qat'iy ayon boʻldiki, she'r va xatning menga berilmasligi buyuk bir ehson ekan.

Ham xatga ehtiyojimni siz kabi qalam qahramonlarning yordamlari ta'minladi. Yozishni bilsaydim, unga suyanib, masalalar ruhda qaror topib naqsh etilmas edi. Avvallari qaysi ilmni boshlagan boʻlsam, yozishni bilmaganim uchun ruhimga yozardim. Favqulodda bir malaka ehson etildi.

She'r esa, garchi qiymatli, shirin ifoda vositasi boʻlsada, unda xayol hukm qilgani uchun, haqiqatga qoʻshilib, suratini almashtiradi. Ba'zan haqiqat bir-biriga oʻtadi. Istiqbolda xolis haq va haqiqat asosi boʻlgan Qur'oni Hakimning xizmatida boʻlishimiz muqaddar boʻlgani uchun, qadari Ilohiy bir inoyat sifatida bizga she'r eshigini ochmadi. وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirri bunga qaraydi. Demak, xatim oʻrniga, senga ikki nukta aytdim. Inshoalloh boshqa vaqt xurmating uchun koʻp zahmat chekib bir necha satr yozaman. Gʻolib Beyning ikki qoʻli bor. Oʻng qoʻlini menga bergan, mening hisobimga yozadi. Chap qoʻli oʻziga qolgan. Bu maktub oʻsha ikki qoʻl bilan yozilgan. Mas'ud, Gʻolib va Sulaymon Afandilar, Mustafo Chovush, Abdulloh Chovushlar senga salom aytishyapti. Men ham boshda Xusrav, Bakir Bey va umum qardoshlarimizga salom aytaman. Ayniqsa qaynotangiz Hoji Ibrohim Bey, muhtarama singlim va muborak Badriddinlarni koʻp duo qilyapman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 335 —

Aziz, siddiq, mudaqqiq oxirat qardoshim, Qur'on xizmatida birodarim!

Birinchidan: Maktubingizda mening har maktubimning boshida

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

yozilishining hikmatini soʻrayapsiz. Buning hikmati shuki: Qur'oni Hakimning muqaddas zaxinalarining menga ochilgan eng birinchi eshigi oʻsha boʻlgani. Eng avval Qurʻonning oliy haqiqatlarining ushbu oyatning haqiqati menga zohir boʻlgan va aksar risolalarda yoyilgandir.

Yana bir hikmati shuki; men suyangan muhim ustozlarimning maktublarining boshlarida ishlatganlaridir.

Yana maktubingizda "yetti gunohi kabira"ni soʻrayapsiz. Kaboir koʻp, ammo akbar-ul kaboir va mubiqoti sab'a deb ta'bir etilgan gunohlar yettidir: "Qatl, zino, sharob, uquqi volidayn (ya'ni siyla-i rahm qilmaslik), qimor, yolgʻon guvohlik berish, dinga zarar beradigan bid'atlarga tarafdor boʻlish"dir.

Ikkinchidan: Ushbu yoz Qur'oniy haqiqiatlarga nisbatan mevalar hukmida tavofuqlarga doir Qur'on harflarining nuktalarini bayon qilayotgan edik. Hozir mavsum oʻzgargan, harflardan koʻra koʻproq haqiqatlarga ehtiyoj bor. Kelasi yozgacha vaqtinchalik u eshikni ixtiyorimiz bilan qoqmaymiz. Ammo harflarga oid bayonlar qay daraja haq ekanini Mavlono Jomiyning Devoni bilan qardoshlarim bilan tafa'ul etdik. "Ey Jomiy! Qur'on harflariga doir biz bayon qilgan nuktalarga nima deysiz?" dedik. Bir Fotiha oʻqib kitobni ochdik. Boshda shu chiqdi:

جَام۪ى اَزْ خَطِّ خُوشَشْ پَاكْ مَكُنْ لَوْحِ ضَم۪يرْ
ك۪ينْ نَه حَرْف۪يسْتْ كِه اَزْ صَفْحَهٔ‌ِ اِدْرَاكْ رَوَدْ

Ya'ni, "Bu harflar shunday harf emaski, aql va idrok sahifasidan ketsin. Unday qudsiy harf, unday goʻzal shirin xat doimo qalbimning sahifalarida yozilishi kerak, oʻchirilmasligi kerak". Ajibdirki, butun Devonda bunga oʻxshagan ma'noda yozuv topa olmadik. Demak bu Hazrati Jomiyning karomatidan bir qism boʻldi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
— 336 —

Moʻ'joti Ahmadiyani (ASV) sen uchun goʻzal va tavofuqli bir tarzda yozdirdim. Xusravning karomatli qalami bilan menga yozgan gʻoyat qiymatli bir nusxani aynan va toʻliq muvofiq kelish sharti bilan siz uchun yozdirildi, yaqinda yuboraman. Menga yoningizda Qur'on i'jozi kabi yangi yozilgan bir nusxa kerak. Hofizning qalami u yerdagi mavjud tavofuqni tamoman muhofaza qila olmagan. Tavofuqchi Xusravning nazorati ostida, orangizda taqsimlab, menga esdalik bir i'jozi Qur'oniyni birgalikda yozsangiz juda yaxshi boʻladi.

14 Shavvol 1352, Yanvar 1934

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq oxiratli qardoshim va mutafakkir va haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Maktubingizda Risola-i Nurning me'zonlarini har oʻqiganda yanada koʻproq istifoda etganingizni yozyapsiz. Ha qardoshim, risolalar Qur'ondan olingani uchun qut va ozuqa hukmidadir.

Har kun ozuqaga ehtiyoj his etilgani kabi, har doim bu ruhiy ozuqaga ehtiyoj his etiladi. Sen kabi ruhi inkishof etib qalbi uygʻongan kishilar oʻqishdan zerikmaydi. Qur'oniy risolalar boshqa risolalar kabi meva turidan emaski, zerikish bersin. Balki ovqatdir.

Ikkinchidan: Gʻavsi A'zam kabi, oʻlimdan soʻng Hizr hayotiga yaqin hayotga sazovor boʻlgan avliyolar bor. Gʻavsning xususiy Ismi A'zami "Yo Hayy" boʻlishi sirri bilan, boshqa qabr ahlidan koʻra koʻproq hayotga sazovor boʻlgan. Hazrat Gʻavsdan keyin gʻoyat mashhur Ma'ruf Karhiy ismli qutbi a'zam va Shayx Hayot-ul Harroniy ismli qutbi azimlarning oʻlimlari hayotlari kabidir. Avliyolar oʻrtasida mashhur boʻlganlar.

— 337 —

Uchinchidan: Tunukachi Mahmad Afandining Qur'onni yodlashga harakat qilish niyati juda muborakdir. Janobi Haq uni muvaffaq qilsin. Qoʻlimizdan kelgancha duo bilan yordam beramiz. Qur'oni Azimushshonning har bir harfining hech boʻlmasa oʻn hasana boʻlish bilan birga, takrorlangan sari va muborak vaqtlarga toʻgʻri kelganda, malak va boshqa shuurga ega ruhoniylar qiroatini tinglaganda, har bir harfi shunday bir urugʻ boʻladiki, hasanot jihatidan shunday ma'naviy boshoq tashkil etadiki, u boshoqning donalari soʻzlangan vaqtda ogʻizdan chiqqan bir kalima havo toʻlqinlarining oynalarida aks etgan millionlarcha soʻz kabi balki kalimalarning adadiga teng keladi. Har bir harfi abadiy xazinaning kaliti boʻla oladigan qudsiy kalomni qalbida yozish qanchalik muqaddas xizmat ekani oshkor. Inshoalloh, Badriddin koʻplarga husni misol boʻladi, yanada koʻpchilikni Qur'onni yodlashga chorlaydi.

Boshda Badriddin, qaynotang Hoji Ibrohim va oxiratli singlim birodarlaringizning bayramini tabriklab, salom va duo qilaman. Bobojon u yerda boʻlsa unga koʻp salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(5 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, mushtoq qardoshim Ra'fat Bey!

Sen men bilan qanchalar soʻzlashishni xohlayotgan boʻlsang, men balki undan koʻra koʻproq istayapman. Ammo, afsuski, koʻp sabablar tufayli mashaqqatli holdaman. Hatto bir-ikki soatda topgan fursatimda yetti-sakkiz maktubni yozishga harakat qilaman. Ora-sira yonimga keladigan Gʻolib ham man etildi. Faqat bechora Shomli qoldi, u ham xar doim kelolmaydi.

— 338 —

Bu ilonlarni yaralantirib bizga jonivorlarcha hujum qildirishmoqda. xar bir fursatdan bizga qiyinchilik chiqarishga urinishmoqda. Zotan men deputatlardan yaxshilik kutmayotgan edim. Ularga yopishishdi, qoldirishmadi, batamom dushmanga aylantirishdi. Afsuski, bular dunyoni hayolimga keltirganlari uchun, qalbiy ilhomlar toʻxtayapti. Boshlarini yesin, ahli dunyoning dunyosini oʻylash menga zahar boʻladi. "Men dunyoingizga aralashmayapman, siz ham iflos dunyoingizni menga oʻylatmanglar desam ham boʻlmayapti. Keyin Janobi Haqqa, oʻylamasligim uchun menga kuchli sabr, zehnan uzoqlashish ehson qil deb niyoz qildim. Lillahilhamd, qalbimga ushbu asos keldi: "Qur'oniy xizmatda boshga nima kelsa kelsin, hatto xar kuni bittadan boshim boʻlib, kesilsa ham, yana bu xizmatning muqaddasligi ruhiy lazzatga teng keladi va kifoya" deb, oʻzimga "kamoli taslim bilan qazoga rizo, qadarga taslim va Janobi Haqqa ishlarni havola qilish" dasturini rahbar qilib oldim.

Nuhga yozganim kabi, sizga ham aytamanki: Avvallari bir kishi haqsiz bir maslakni haq deb oʻylab, uning muhabbati bilan, tirik ekan terisining shilinishiga chidab, qahramonona holat koʻrsatgan. Ajabo ayni haq va asosi haqiqat va barcha haqiqat nurlarining manba va ma'dani boʻlgan Qur'oniy haqiqatlarga xizmatimizdagi muqaddas lazzat, bu mulhidlarning vaqtinchalik, ahamiyatsiz ozor berishlariga va qalbimizdagi yaralariga darmon va malham boʻla olmaydimi? Albatta boʻladi, boʻlgan va boʻlmoqda.

Ikkinchidan: Yaman imomi Zaydiylar Sayyidi haqidagi savolingiz haqiqatdan ahamiyatli va barakalidir. Ammo barakasiz bir vaqtga toʻgʻri keldi. Ham zehnim yopiq, ham holat uygʻun emas, ham va ham... Faqat shuni ayta olamanki mashhur "Imom Zayd" buyuk sayyidlardan va Oli Bayt imomlaridandir. Haddidan oshgan Shialarni rad etgan va اِذْهَبُوا اَنْتُمُ الرَّوَافِضُ deb Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umardan yuz oʻgirishni qabul qilmagan va ikki xalifa-i ziyshonni hurmat qilib qabul qilgan zotdir. Uning ergashuvchilari Shialarning eng moʻ'tadili va eng sunniysidir. Bular insofli va haqni tez qabul qiladigan toifadir. Inshoalloh, Vahobiylarning buzgʻunchiligini ta'mirlashga sabab boʻlganlari kabi, Ahli Sunnat va Jamoatdan Zaydiylarning adashishi ham istiqomat kasb etib, Ahli Sunnatga qoʻshilib birlashadilar. Ushbu oxirzamon koʻp chayqalmoqda, fitna-i oxirzamon ajib narsalar chiqarishini sezdiryapti.

Risolalar bilan aloqador birodarlarga salom va Badriddin va singlimga va Hoji Ibrohimga duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 339 —
(15 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, diqqatli qardoshim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Oʻninchi Soʻzning Birinchi Ishorasining oxirida, "Ha, bir narsadan hamma narsani qilish va hamma narsani bir narsa qilish hamma narsaning Xoliqiga xos ishdir". Ushbu jumla ham Yigirma Ikkinchi Soʻzning Yogʻdularida, ham Oʻttiz Uchinchi Maktubning Derazalarida, ham Yigirmanchi Maktubning oʻn bir kalimalarida izoh va isbot qilingan. Bu yerdagi umumiylik nisbiy va urfiydir. "Bir narsadan hamma narsani qilish"dagi murod, butun dunyoning mavjudotini bir narsadan qilish va ijod etish emas. Balki undan murod, bir narsadan, ya'ni bir qatra suvdan bir insonning, bir hayvonning hamma narsasini, xar bir qismini, xar bir jihozotini xalq etadi va bir narsa boʻlgan tuproqdan nabotot va hayvonotning xar bir narsalarini xalq etadi deganidir. Yana, "hamma narsani bir narsa qilish" jumlasidagi umumiylik chegaralangan, nisbiydir. Ya'ni, inson yegan xar tur taomdan oddiy teri, qon, goʻsht va hokazo...

Bir soʻz bilan: Bu umumiylikdan maqsad shuki: bir narsani xar xil narsalarga oʻgirish va bir qancha xar-hil narsalarni bir narsa qilish, faqat Xoliqi Kulli Shayga maxsusdir.

Ikkinchidan: "Minhoj-us Sunna"ni oʻz xating bilan yozganingga juda xursand boʻldim. Qalaming marhum Abdurahmonning qalami kabi menga shirin tuyuladi.

— 340 —

Uchinchidan: Tunukachi Mahmud Afandining yodlashni boshlashi muborakdir. Alloh muvaffaq etsin. Biz unga duo bilan yordam beryapmiz. U ham oʻqigan sari bizga duo bilan yordam bersin. Badriddin va uning volidasiga, bobosiga duo qilaman. Sazoiy Bey nazarimda Ispartaning bir Zakoiysidir. Men ham uni koʻrishni istayman. Lekin hozir moddatan, ma'nan qishdir. Zotan sizlarga aytgan edim: Saidning shaxsining ahamiyati yoʻqki, suhbatiga orzu qilinsin. Ustozingiz Said bilan esa, xar bir risolani ochib, u bilan suhbat qilasiz. Oxiratli qardoshingiz Said boʻlsa, xar kecha-kunduz dargohi Ilohiyda duo orqali siz bilan birga. Sazoiy Bey ustozini, qardoshini istagan vaqti koʻra oladi.

تَسْمَعُ بِالْمُعَيْدِىِّ خَيْرٌ مِنْ اَنْ تَرَاهُ

qoidasiga binoan eshitishi koʻrishdan koʻp a'lo Saidning shaxsini koʻrganlar ba'zan pushaymon boʻladi, "Koshki koʻrmasaydim" deydi. Bu doʻmbiraga oʻxshaydi, uzoqdan ovozi yaxshi keladi, yaqinda boʻsh koʻrinadi.

Boshda Xusrav, Bakir Bey, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Gilamchi Shayx Mustafo, Tunukachi Mahmud Afanli kabi xos qardoshlaringizga salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz qardoshim Ra'fat Bey!

Bu tong namozdan keyin oʻgirilib qaradim, Ra'fat Beyni koʻrdim deb oʻyladim. Tunda tushimda muborak bir talabamga bir xaltacha asal va ichi toʻla oltin berayotgan edim. Orqamdagi kishi demak Ra'fat Beyning qalb va ruhiga sohib. Men dalloli boʻlgan xazinaning eng qiymatli, eng shirin narsani vositamizda sotib olishni istaydi. Soʻngra koʻrdimki, sen yozgan ikkinchi nusxang, ya'ni Sayroniy ekan.

Tushda ikkovingiz hissadorsiz, boʻlib olasizlar, nima boʻlganda ham... Siz bu safar yozgan "Soʻz" menga juda yoqqani uchun, avvalroq senga aytganim kabi, boshqa yozuvlarga nisbatan sening xating koʻzimga eski doʻst boʻlib koʻringanining sirini tushundimki, marhum jiyanim Abdurahmonning xatiga oʻxshar ekan. Bu xat oʻzini koʻrsatishi kerak. Ishtiyoqing boʻlgan sari, tanlagan risolalarni yozsang barakotli boʻladi.

— 341 —

Xulusiy Abdurahmonning oʻrniga haqiqatdan oʻtdi. Yozuv oʻxshashligi menga xushxabar beryaptiki, Ra'fatdan ham bir Abdurahmon chiqadi. Siyoh haqida oʻylaganing yaxshi. Qoʻlda yuradi, chiroyli boʻlish sharti bilan sobit qolsin. Oʻzingizga yozganingiz hayirli boʻlsin. Chunki mutolaaga ishtiyoq va ishtahani ochadi.

Yangi "Soʻzlar" bilan aloqador boʻlganlarga, avvalgi uch Hofiz bilan usta Hofiz Mahmud Afandiga salom aytaman, ham duo qilaman. Sabot koʻrsatishsin, ularni qardosh doirasiga dohil qilganman, talaba doirasiga kirishga harakat qilsinlar. Siz kimni tanlasangiz, qabulimdir. Domla Ismoil Haqqi Afandiga koʻp salom aytaman va duo qilaman. Modomiki oz odam bilan soʻzlashgan "Ishorat-ul I'joz" u bilan ancha soʻzlashgan ekan, men ham u zotni boshu koʻz ustigsa qabul qilaman. "Ishorat-ul I'joz" bilan kifoyalanmasin. "Ishorat-ul I'joz"ni tafsir qilgan, haqiqatlarini oydinlatgan va koʻz koʻradigan darajada koʻrsatgan "Soʻzlar"ni, "Maktublar"ni oʻqisin. Xususan Yigirma Beshinchi, Yigirma Oltinchi Soʻzlarni, Yigirmanchi va Oʻttiz Uchinchi Maktublari kabi tanlagan risolalarni ham oʻqisin. Boshda Bakir va Xusrav qardoshlarimga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.

Vahobiy masalasi kechagi kun qoʻlimga tushdi. Qaradim, senga yuborishni ruhim istadi. Boshqa bir suratda Ra'fat oʻzi keldi, oʻz kitobini oʻziga etdi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy

Sen va Xusravning yozuvlari meni hech charchatmaydi. Chunki xatolari kam. Ammo boshqalarniki, oʻzlari bir marta tahrir qilmay joʻnatishadi. Xotiramga suyanib, yolgʻiz tahrir qilib charchayman. Boshqalarning yozganlarini sizlar solishtirib, undan keyin menga yuborsangiz yanada yaxshi boʻladi.

***
— 342 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, gʻayratli, jiddiy qardoshlarim Ra'fat Bey, Xusrav Afandi!

Sizlar koʻplarning uygʻonishiga sabab boʻldingiz va husni misol boʻldingiz. اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirri asosida, vositangizda va sizga ergashib Qur'on xizmatiga kirganlar qozongan hasanotning bir misli, inshoalloh amal daftaringizga oʻtadi. Bu safargi siz ismlarini yozgan Hofiz Bakir, Hofiz Tohir, Hofiz Shukru Afandilarni qardosh deb qabul qildim. Talaba boʻlishga ham harakat qilsinlar, salomimni ularga yetkazing. Sizga bu safar avomi moʻminiyn haqidagi karomatga oʻxshash ishlar sinfidan va ma'vanati Ilohiya deb nomlangan ikki kichik hodisani aytib beraman:

Birinchisi: Bir-ikki birodarimiz Oʻn Toʻqqizinchi Maktubni yozganlar. Bittasining toʻrtinchi juzida salovoti sharifa ikki-uch sahifa mustasno, (uch-toʻrt salovotdan boshqa) barcha salovotlar bir-biriga yuzlangan. Men ham hayratda qolib ishoralar qoʻydim. Boshqasida ikkinchi, uchinchi juzida besh-olti sahifa mustasno, barcha sahifalardagi salovotlar bir-biriga teng, bir-biriga qaramoqda, ishoralar qoʻydim. Kimga koʻrsatgan boʻlsam, hayratda qoldi. Koʻrganlar ittifoqan aytishdiki, umum "Soʻzlar"da Qur'on i'jozining bir ma'naviy shu'lasi aks etgani kabi, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda ayniqsa Moʻ'jizoti Ahmadiyaning shu'lasi - salovoti sharifa suratida aks etgan. Koʻrganlar ham aytishdiki, "Soʻzlar"ga maxsus, ayniqsa "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ga xos xat tarzi bor. Agar oʻsha tarz xatga uygʻun yozilsa, koʻp gʻarib latofatlar koʻrinadi. xar doim harakat qilib, xar yozgan kishiga "Siyrak va chiroyli yozing" derdim. Endi anglashildiki, xos ma'naviy xatni tavsiya qilish uchun, Alloh gapirtirishi turidan, menga ayttirilayotgan edi.

Ushbu haqiqat va ma'naviy xat tarziga eng yaqin, Kichik Hofiz Zuhduning va Ashrafning va Kuleoʻnli Mustafoning hatlari boʻlib, u uygʻunlik, muvozanat ularning xatida koʻproq koʻrinmoqda. Men xar doim koʻrayotgan edim, diqqatli yozganlarda ba'zan bir qator hatlar, bir kalima xato yozmagan bir qator xato yozar edi. Holbuki, "Soʻzlar"dagi gʻaroyib latofatning belgisi hisoblanibn tavofuqot hatlatadi.

— 343 —

Ikkinchi hodisani yozishga qogʻozimiz yetmagani uchun tugatdim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***

Ra'fat Bey!

Sening juda antiqa ikki qudrat moʻ'jizasing muzeyimni bezadi. Oddiy deb oʻylagan narsalarda qancha hayratomuz ishlar borligini eslatadi. Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning ikkinchi, uchinchi juzʻida xar sahifada salovoti sharifaning bir-biriga yuzlangani tasodif ishi boʻlolmaydi. Chunki tasodif oʻndan birga toʻgʻri keladi. Bu yerda esa oʻnda toʻqqiz tavofuq bor.

Demak bu, na shuuri yoʻq tasodifning ishi, na mening va na kotiblarning ataylab yozishidir. Chunki, endi bilsam, kotiblar mendan soʻngra tushunishdi. Demak gʻaybiy qasd va iroda bilan, umum "Soʻzlar" va ayniqsa Oʻn Toʻqqizinchi Maktubdagi salovoti sharifada hayratomuz latofatni iroda etilgan. Muvofiqliklar esa, gʻaybiy qasd bilan joylashtirilgan balogʻat va latofatning tarashshuhotidir.

Said Nursiy
***
— 344 —
(11 Aprel 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Nomingizga yozilgan Oʻn ikkinchi Yogʻduning izohga muhtoj nuqtalarining izohiga hozircha ehtiyoj yoʻq. Asl maqsad oyatlarga kelgan shubhalarni daf qilishga kifoya qilishidir. Bu nuqtai nazarda kifoya qiladigan darajada hamma tushunadi. Xar bir risolada hammaning hissasi bor, ammo harkim hamma narsasini bilishi lozim emas. Mirqot-us Sunnat va vahdat-ul vujudga doir ikki risola haqida fikringiz qanday? Albatta qiymat bilgan nazaring ularni taqdir etgan.

Bu safargi savolingizning ikki jihati bor: Biri, sirri Oli Aba jihati boʻlib, u sirdir. Men u sirning ahli emasmanki, javob bersam, yoki xar bir sirning izhorini qalamga olib boʻlmaydi. Chunki haqiqati Muhammadiyaning bir jilvasi Oli Abada zohir boʻladi. Ikkinchi zohiriy jihati esa maʻlum. Jumladan: Sahihi Muslimda Umm-ul Moʻminiyn Oisha-i Siddiqadan (RA) rivoyat qilingan:

خَرَجَ النَّبِىُّ غَدَاةَ غَدٍ وَ عَلَيْهِ مِرْطٌ مُرَجَّلٌ مِنْ شَعْرٍ اَسْوَدَ فَجَاءَ الْحَسَنُ فَاَدْخَلَهُ ف۪يهِ ثُمَّ جَاءَ الْحُسَيْنُ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ جَاءَتْ فَاطِمَةُ فَاَدْخَلَهَا ثُمَّ جَاءَ عَلِىٌّ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ قَالَ: اِنَّمَا يُر۪يدُ اللّٰهُ لِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْه۪يرًا

Bu hadisi sharif kabi, Kutubi Sitta-i Sahihada bu ma'noda koʻplab hadislar borki, Oli Abani koʻrsatadi. Bir kishi balolarni daf qilish uchun istishfo اِسْتِشْفَاءْ va istishfo' اِسْتِشْفَاعْ uchun shunday degan:

ل۪ى خَمْسَةٌ اُطْف۪ى بِهَا نَارَ الْوَبَاءِ الْحَاطِمَةِ
اَلْمُصْطَفٰى وَ الْمُرْتَضٰى وَابْنَاهُمَا وَ الْفَاطِمَة
— 345 —

Xafa boʻlma, hozircha bu qadar. Maktubingda ismlari zikr qilingan xar bir kishiga alohida-alohida salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy

«A'uzu» sirriga doir yozilgan Oʻn Uchinchi Yogʻduning yetti ishorasini yubordim. Koʻringlar, izohi emas, nuqsoni boʻlsa bildiringlar.

***
(9 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!

Birinchidan: Yangi qizingning dunyoga kelishini siz uchun bir xayrli alomat sifatida tabriklayman. Inshoalloh وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى siriga sazovor boʻladi. Osim Bey kabi sening ham bir qiz bolang dunyoga kelishi, mashrabimizda eng muhim asos shafqat boʻlishi jihatidan, shafqat qahramonlari qizlar ekani va eng sevimli yaratiq boʻlganidan, yanada koʻproq tabrikka loyiqsiz. Oʻylaymanki, bu davrda oʻgʻil bolalarning tahlikasi yanada koʻp. Janobi Haq uni sizlarga tasalli va doʻstlik manbai va uyingizga kichik bir farishta hukmiga keltirsin. "Rangi gul" ismi oʻrniga "Zaynab" boʻlsa, munosibroq boʻladi.

Ikkinchidan: Hikmat-ul isti'oza, basmala-i sharifaning sirlariga doir sen va Sharif Afandining ifodalaringiz qisqa. Tanqidmi, taqdirmi, tushunilmaydi. Zotan koʻp marotaba aytgan edim: Harkim xar bir risolaning xar masalasini tushunishga muhtoj emas. Qanchalik tushunsa oʻshancha kifoya.

Uchinchidan: Misol olami - ruhlar olami bilan shahodat olami oʻrtasida bir barzohdir. Xar ikkisiga bir jihat bilan oʻxshaydi. Bir yuzi unga qaraydi, bir yuzi boshqasiga boqadi. Masalan: Oynadagi misoling suratan sening jismingga oʻxshaydi. Moddiy jihatdan sening ruhing kabi latif. Misol olami, olami arvoh, olami shahodat qadar vujudi qat'iydir. {(Hoshiya): Menimcha misol olamining borligi koʻrilgandir. Shahodat olami kabi haqligi ochiq oydin. Hatto sodiq tush, kashfi sodiq va shaffof narsalardagi koʻrinishlar bu olamdan u olamga ochilgan uch derazadir. Avom va hammaga oʻsha olamning ba'zi burchaklarini koʻrsatadi.} Ajoyib va gʻaroyib narsalarning koʻrgazmasi, valiylarning sayrgohidir.

— 346 —

Kichik olam boʻlgan insonda hayol tuygʻusi boʻlgani kabi, katta inson hisoblangan olamda ham olami misol borki, oʻsha vazifani bajaradi va u haqiqatdir. Xotira Lavhi Mahfuzdan xabar bergani kabi, hayol tuygʻusi ham misol olamidan xabar beradi.

Boshda Xusrav, Bakir Bey, Rushdu, Lutfu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, uch Domla, uch Mahmud, uyingizdagi uch ma'sum, qaynotang va u yerdagi qardoshlarimizga salom aytaman va duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(30 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Sening menda bir ustozing, bir qardoshing, bir doʻsting bor. Ustozingni xar risola ichida koʻrib gaplashasan. Qardoshingni kechayu kunduz dargohi Ilohiyda ma'nan va xayolan, seni duo vositasida koʻrganidek, sen ham uni oʻsha tarzdfa koʻrishing mumkin. Mendagi doʻstingni koʻrish uchun, kelib zahmat chekma. Chunki u doʻsting ziyoratga layoqati yoʻq. U bitta, siz koʻpsiz. Inshoalloh u kelib, sizni u yerda ziyorat qiladi.

وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى oyatiga doir hozir javob berishga vaqtim uygʻun emas. Sihatini bilmayman, ammo rivoyat qilinadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar: "Oʻgil bolani sevinglar". "Qizlarni nima uchun istisno etdiz?", deyishganda, marhamat qilganlarki: "Qizlar oʻzini oʻzi sevdirishadi, ular fitratan sevimlilar".

— 347 —

Ha, qiz - shafqat va jamolga sazovor boʻlgani uchun, oʻgʻil boladan koʻproq seviladi. Ayniqsa bu davrda ota-ona haqida qizlar koʻproq qadrlidir. Chunki dinga keladigan tahlikaga koʻp uchramaydi.

Ikkinchi savoling: Ibrohim Haqqi, "Ju' ismi a'zamdir" deyishining murodini bilmayman. Zohiran ma'nosiz, balki xatodir. Ammo Rahmon ismi koʻplarga nisbatan ismi a'zam vazifasini bajarar ekan, ma'naviy va moddiy ju' va ochlik, ismi a'zamning vosil boʻlish sababi ekaniga ishoratan, majoziy, "Ju'" ismi a'zamdir, ya'ni bir ismi a'zamga vasiladir deyish mumkin.

Muborak xonangizdagi ma'sumlarga duo va darsdoshlarning barchalariga salom aytaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(20 Iyun 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Maktubingda inson mohiyatiga joylashtirilgan oʻn tuygʻuni soʻrayapsan. Hozir tariqatni dars berish davrida boʻlmaganim uchun, Naqshbandiy tariqati muhaqqiqlarining oʻn tuygʻuga doir asarlari bor. Hozir esa vazifamiz, sirlarni yuzaga chiqarish boʻlgani uchun, mavjud masalalarni naql qilish emas. Xafa boʻlma, tafsilot berolmayman. Shuni aytishim mumkin: Oʻn tuygʻuni Imom Rabboniy qalb, ruh, sirr, xafiy, ahfo, insonda toʻrt asos unsurning xar bir unsurning oʻziga munosib insoniy hissi bor deb ta'bir qilib, sayri sulukda xar martabada bir latifaning taraqqiyoti va holatlaridan qisqa bahs etganlar.

Koʻryapmanki, insonning jome' mohiyati va iste'dodlarida koʻp latifalar bor. Ulardan oʻn donasi tanilgan. Hatto faylasuf va zohiriy ilmlar olimlari ham oʻn latifaning derazalari yoki namunalari hisoblangan zoxiriy besh tuygʻu, besh botiniy hislar deb oʻn latifalarni boshqa bir suratda hikmatlariga asos tutishgan.

— 348 —

Hatto avom va hoslar ichida tanilgan insonning oʻn latifasi, tariqat ahlining oʻn latifasi bilan munosabatdor. Masalan vijdon, a'sob, hiss, aql, havo, shahaviya, gʻazabiya kabi hislari qalb, ruh va sirrga ilova etilsa, latoifi asharani boshqa suratda koʻrsatadi. Yana bu latifalardan boshqa saiqa, shaiqa va oldindan sezish hissi kabi koʻp latifalar bor. Bu masalaga doir haqiqat yozilsa, juda uzun boʻladi, vaqtim ham kam boʻlganidan, tugatishga majbur boʻldim.

Ikkinchi savoling boʻlgan, ma'no-i ismiy bilan ma'no-i harfiyning bahsi, nahv ilmining umum kitoblarining boshlarida izoh qilingani kabi, haqiqat ilmining "Soʻzlar" va "Maktubotlar" nomli risolalarida misollar bilan yetarlicha bayon qilingan. Sen kabi zakovatli va tadqiqotchi zotga koʻp izoh ortiqcha boʻladi. Oynaga qaraganingda shisha uchun qarasang, qasddan shishani koʻrasan, ichidagi Ra'fat ikkinchi darajaga oʻtadi. Agar maqsad muborak siymoinga qarash boʻlsa, sevimli Ra'fatni koʻrasan.

فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deysan. Oyna shishasi ikkinchi darajaga tushadi. Demak, birinchi suratda oyna shishasi ma'no-i ismiydir. Ra'fat ma'no-i harfiy boʻladi. Ikkinchi suratda oyna shishasi ma'no-i harfiydir, ya'ni unga oyna uchun qaralmaydi, boshqa ma'no, aks uchun qaraladi. Aks ma'no-i ismiydir.

Ya'ni دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى نَفْسِه۪ bir jihatda ega ta'rifiga dohil boʻladi. Oyna esa

دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى غَيْرِه۪ kesimning ta'rifini tasdiqlaydi. Koinot Qur'oniy nazar bilan qaralganda: barcha mavjudoti harflardir, ma'no-i harfiy bilan boshqa bir Zotning ma'nosini ifoda qiladi. Ya'ni, ismlarini, sifatlarini bildiradi. Ruhsiz falsafa asosan ma'no-i ismiy bilan qaraydi, tabiat botqogʻiga botib qoladi. Nima boʻlganda ham... Hozir koʻp soʻzlashishga vaqtim yoʻq. Hatto Mundarijaning eng oson, eng muhim, eng oxirgi qismini yoza olmayapman. Darsdoshlaring, ayniqsa Xusrav, Bakir, Rushdu, Lutfu, Shayx Mustafo, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Mahmudlar, Domlalarga salom va muborak xonadoningdagi muborak ma'sumlarga duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 349 —
(27 Iyun 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, va koʻp izlanuvchan va tadqiqotchi qardoshim Ra'fat Bey!

Sening ustun zako va diqqating, soʻragan savollaringning koʻpiga javob berib boʻlgani uchun, muxtasar javob beryapman, xafa boʻlma. Sen bilan garchi soʻzlashmoq istayman, ammo vaqtim izn bermaydi.

Gʻayri moʻmin muslim va gʻayri muslim moʻminning ma'nosi shuki:

Hurriyatning boshida Ittihodchilar ichiga kirgan dinsizlarni koʻrar edim, Islomiyat va shariati Ahmadiya, ijtimoiy hayot va ayniqsa Usmoniylar siyosat uchun gʻoyat foydali va qiymatli oliy dasturlarni jamlaganini qabul qilib, bor quvvatlari bilan shariati Ahmadiyaga tarafdor edilar. U nuqtada Musulmon, ya'ni haqni kerak deyish va haq tarafdori boʻlsalarda, moʻmin emas edilar. Demak gʻayri moʻmin muslim deb nomlanishiga loyiq boʻlishgan edi.

Hozir esa Ovrupo usuli va madaniyat nomi ostida bid'at bilan va shariatga ters jarayonlarga tarafdor boʻlib, Allohga, oxiratga, Paygʻambarga iymoni bor va oʻzini moʻmin deb biladi. Demak haq va haqiqat boʻlgan shariati Ahmadiyaning qonunlariga tarafdor emas va haqiqiy tarafgirlik qilmas ekan, gʻayri muslim bir moʻmin boʻladi.

Iymonsiz Islomiyat oxiratda najot topish sababi boʻmagani kabi, bilib turib Islomiyatsiz iymon ham oʻtmaydi, balki najot berolmaydi, deyish mumkin.

Ikkinchi savolingiz: Aniq ajal bilan muallaq ajal, sizga ma'lum boshqa ta'bir bilan "ajali musammo" va "ajali qazo" deb ta'bir etiladi.

Uchinchi savolingiz: Soʻzlar oʻttiz uch, Maktubot oʻttiz uch, Derazalar oʻttiz uch, majmui toʻqson toʻqqiz boʻlgani kabi, Arabcha Qatra Risolasining boshida bayon etilganidek, eng avval bu faqir qardoshingizning fikriy harakatlari namozdan soʻngra oʻttiz uch "Subhanalloh" va oʻttiz uch "Alhamdulilloh" va oʻttiz uch "Allohu Akbar"dagi martabalarga koʻra toʻqson toʻqqiz fikriy mujohadalar va ruhiy maqomlardagi tazohurot va toʻqson toʻqqiz asmo-i husna jilvasiga sazovor boʻlish sirlarini uzoqdan uzoq gʻira-shira his etilishi bois, oʻttiz uch muborak raqami, ixtiyorim xorijida koʻp ilmiy harakatlarim va nashr ishlarimni boshqargan. Boshda darsdoshlaring va Hoji Ibrohim qardoshlarimizga salom aytaman va muborak xonadoningdagi ma'sumlarga duo qilaman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
— 350 —

Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirgizish uchun ukam Abdulmajidning Xulusiy Beyga yozgan maktubining ishora qilingan bosh tarafi bilan orqasidagi Ra'fat Beyning maktubidan olingan bayonlarni Xusrav yozsin, soʻngra Hofiz Aliga yuborsin.

***
(11 Iyul 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!

Siz kabi xush-suhbat bir qardoshimni haqsiz ravishda savol soʻramaslikka va sukutga da'vat etaman. Bunday deyishga uzrim bor, hatto majburman. Chunki bugun toʻrt soat toʻhtamay kotibni kutdim. Bir maktub yozaman dedim, boʻlmadi. Men yigirma daqiqalik masofaga yurib bordim. Bogʻ suvi boshida, uyqusiz charchoq holda topdim. Uni aldadim, oz bir ishim bor dedim. Holbuki oʻn daqiqa oʻylab, ikki soat zaruriy yozuvlar yozdirdim. Zotan boshim ham charchagan va istirohatga muhtoj.

— 351 —

Ammo Ra'fat kabi bir mushtoq odamni gapirtirmaslikning jazosi sifatida ta'zir yedim. Bu hafta sen soʻraydigan oson, latif savoling oʻrniga Senirkentli birodarlarimiz qiynovchi, Eski Saidning xotirasiga havola etiladigan ajib savollarni soʻrashdi. Oʻz nafsimga: "Haqqi bor. Sen Ra'fatni tinglamading, endi bularni tingla". Ularga javob berish kerak chunki bunday masalalarda dinsizlar hujum qiladi. Majburiy, gʻoyat muxtasar , noqis va qisqa javob yozdim, ammo yana Ra'fatning hurmati uchun yozdim. U javobni bundan avval toʻrt savolga javob va mugʻayyiboti xamsaga doir Sabri Afandi va Hofiz Alining savollariga doir qisqa javobni Xusrav bilan birga oʻqinglar. Munosib koʻrsangiz, uchalovi birdan yo Oʻn Oltinchi Yogʻdu yoki yozilmagan Oʻn Toʻrtinchi Maktub maqomiga oʻtkazilsin. Xato boʻlsa, tahrir etarsiz. Chunki javoblarning asli sunuhot boʻlish bilan birga, tafsilotida fikrim aralashib xato qilishim mumkin.

Hofiz Ahmad Afandi Oʻn Toʻqqizinchi Maktubni yozishi kerak edi, ajabo boshladimi? Unga koʻp salom aytaman. Yozuv xizmati ahamiyatlidir, qancha tomonlama ibodat hisoblanadi. Muborak xonadoningizdagi ma'sumlarga duo qilaman va ma'lum darsdoshlarga koʻp salom aytaman. Gilamchi Shayx Mustafo Afandi ba'zi risolalarni yozayotgan edi. Inshoalloh bu muqaddas xizmatga u muborak zotlar ishtirok etadilar. U kishiga ham xususiy salom aytaman va duosini istayman. Hoji Ibrohim Afandi va Badriddinni, Ra'fatni eslash bilan, aksariyat hollarda ularni xotirlayman. Ularga ham xususiy salom aytaman.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!

Soʻragan savolingga eng oson va ruxsatli javob sening javobingdir. "Multaqo" Sharhi Damading va "Maroq-ul Faloh" ikkovlari aytishgan: Ikki Ramazon uchun bir kafforat kifoyadir. Koʻplab voqealarga bir kafforat kifoya qiladi. Chunki tadohul bor. Va هُوَ الصَّح۪يحُ deganlar. Haqiqat nuqtai nazarida bu masalada: azimat va ruxsat bor. Azimat holi, quvvati toʻgʻri kelsa, xar Ramazon uchun alohida bir kafforat bor. Ammo ruxsat jihati, tadohul sirriga binoan, koʻplab Ramazon uchun bir kafforat farz, alohida-alohida kafforat mustahab darajasida qoladi. Bu kafforatga ma'no-i uqubat bilan ma'no-i ibodat ikkisi joylashtirilgani uchun, ham istamasdan majbur qilinmaydi, ham tahodul etadi.

— 352 —

Aziz qardoshim! Fiqh-ul akbar boʻlgan asosoti iymoniya bilan mashgʻul boʻlganimiz uchun, naql va ahli ijtihodning madorikiga va maohiziga qaragan daqoiqi masoili far'iyaga hozircha zehnim jiddiy yoʻnala olmaydi. Zotan yonimda kitoblar boʻlmagani kabi, murojaat qilishga vaqtim ham yoʻq. Ham Islom ulamosi shunchalik tadqiqoti saiba qilganlarki, furuotga doir tadqiqoti a'miqaga ehtiyoj qoldirishmagan. Agar haqiqiy ehtiyoj his qilsa edim, furuotga doir mujtahidlarning chuqur manbalariga murojaat qilib, ba'zi bayonlar yozar edim. Demak, hali u turdagi haqiqatlar bilan mashgʻul boʻlish davri kelmagan, nima boʻlganda ham.

Sizga bu safar Fath surasining oxiridagi oyatlar va ular munosabati bilan

﴿ اُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ ﴾

oyatiga doir bayonlarni va "Minhoji Sunnat" nomli Yogʻduda اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى sirriga doir muhakamot haqida fikringiz qanday? Qardoshing Xusrav bilan sen, Shayx Jiyloniyning karomoti gʻaybiyasining barcha qismlari bilan bir nusxa yozib, Xulusiy Beyga yuborsangiz yaxshi boʻladi. Osim Beyga ham barchasi yuborilishi kerak. Boshda, (Gʻavsi A'zamning ta'biri bilan Bakir Bey), bizning ta'birimiz bilan Bakir Ogʻa, Ahmad Xusrav, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, qaynotang Hoji Ibrohim Bey va Sazoiy Bey va umum qardoshlaringizga salom aytaman, duo qilaman. Muborak va baxtiyor Badriddinning boshidan oʻpaman. U Qur'onni oʻqiganda menga duo qilsin. U ma'sumning duosi inshoalloh haqimizda maqbuldir. Uning volidasi boʻlgan oxiratli singlimga alohida duo qilaman. Badriddin kabi bir avlod sohibasi boʻlgani uchun tabrikka loyiq. Badriddin oʻqigan xar bir Qur'on harfining, oʻn savobdan to minggacha uxroviy mevalari bor. Savoblar ham volidasining amal daftariga, ham domla va ustozining daftari a'moliga qayd boʻladi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 353 —

(Xusrav, Ustozining oʻz haqida gʻazablanganini oʻylab, bir masalaga doir xafa boʻlib yozgan maktubidan bir parchadir.)

Suyukli va qiymatli Ustozim!

Maktubingizning mutolaasidan keyin qaygʻularim orasida, qalbimga koʻp xotiralar keldi. Xar tarafi, xar holi qusur va ayb bilan toʻla talabangiz, suyukli Ustozining oyoqlarining ostiga borligʻini toʻshagandi. Balki xar kun bu shiddatdan yanada katta bir shiddat bilan muomala koʻrsa va hatto Ustozi uchun, yuz ming hayoti boʻlsa, hammasini berishga ikkilanmasdan tayyor ekanini, yuzaki emas, qalbiy e'tirof bilan muhayyodir.

Gunohkor talabangiz yillardan beri Xoliqidan bir homiy istayotgan edi. Boshdan oyoq qoraliklarga toʻla amal daftarim koʻrib chiqilsa, bu xususda qanchalik tazarru va niyozim bor va qancha koʻz yoshlarim topiladi. Qur'oniy xizmat yoʻlida Yer yuzi yashovchilaricha hayotim boʻlsa ham, xar birini fido etishni qanchalik buyuk saodat va sharaf deb qabul qilganman.

Ey suyukli Ustozim! Ey qiymatli Xoʻjam! Ey yillardan beri qidirgan muhtaram murshidim! Ey aziz dalloli Qur'on!

Iztiroblarimning sururga aylanayotganini his etyapman. Uzoqda boʻlganning aybi koʻrinmaydi, ta'zir yaqinda boʻlganga uriladi. Qalbim bu jumlalarga هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى‌ deydi. Faqat aqlimdan oʻchmagan narsa boʻlsa, u aziz Ustozimning azoblariga ishtirok etish edi.

Muhtaram murshidim! Risolalarning biriga qoʻl uzatish yoki bir sahifasiga til tekkizishga yoxud bir jumlasini yoki bir kalimasini tanqid qilishga, hatto bir harfiga va balki bir nuqtasiga e'tiroz qilishga kimning haddi sigʻadi?

Istisnosiz, xar bir odam tanlar ekan, bunday narsaga jur'atni kimdan olay. Yoʻq suyukli Ustozim, xotirjam boʻling, yillardan beri siz chekayotgan qalʻada yashashga mahkum jazosidan ham qattiq qiyinchiligingizga boshqa va qattiq azob qoʻshilishini xohlaganlarga oz mayl etish uyoqda tursin, bu holning shiddat bilan va balki fidoiysi sifatida qarshi ekanimga, vijdonimning tasdigʻi yetarli shohiddir.

Ahmad Xusrav
***
— 354 —

(Hofiz Alining bir bayoni.)

Aziz Ustoz!

Bu asrning tumanli, zaharli rivojlanishi (koinot daraxtining mevasi boʻlgan insonning urugʻ, oʻzak, qobiq gʻoyalarini) yoʻq boʻluvchi va foniyga, xorlik va gʻururga, oʻtkinchi firoqqa, zohir botilga, tanballik adamga, hirs va hayvoniyatga, jonsiz va abasiyatga, beboshlik va hechlikka yoʻllab, mevaning asosiy qismi oʻlib, eng kamining ham oʻlish va chirishi hangomida, mazkur daraxtning markaziga yaqin, Isparta shoxiga osilgan, Hakimi Mutlaqning kamchiliksiz, mukammal shifoxonasi - Qur'ondan joʻshib chiqqan (Darmon Mulohazalar) nomli, xar Mulohazaning minglab harf tomchilari bilan yordamga yetishib, Yer kurrasi bogʻiga suv berib, minlab mevalarga hayot bahsh etgan va bu sabab manbayi kabi, qiyomatgacha gʻaroyib karomat va taqlid etilmas tamgʻa bilan gapiradigan muborak asarni, alhamdulilloh koʻchirdim.

Ha, Ustozim, qandayki

﴿ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ ﴾

oyati karimasining minglab tasdiqlarining bir tasdigʻi boʻlgan insoniyatning xar bir aʻzosiga siymo, ovoz, atvor, axloq kabi yana koʻp latifalar va jihozlar mavjud ekan, bir-biridan farqli, xar bir shaxs bir olam hisoblanib, Vohidi Ahadi Samadning molki va san'ati va vazifador zodimi ekanini, shuuri boʻr odamga majburan qabul ettiradi.

Xuddi shuning kabi, Qur'oni Hakimning hayotdor samarasi boʻlgan "Soʻzlar" va Maktubot-un Nurning xar bir qismi oʻz olamida nihoyasiz qudratni koʻrsatgan va xar mavzui bilan minglab olamlar ichida bir olam boʻlgan shuhud olamining ajib tilsimini toʻliq kashf va hal qilib, xar risola bir muammoning kaliti va hayotdor ruhi hukmidadir.

Yana minglab Ilohiy ehson va Subhoniy rahmat boʻlsa, yozilishiga ehtiyoj bor. Yerlari boʻsh qorongʻu olam kabi, Shamsi Haqiqat quyoshining shu'lalarini kutishyapti. Janobi Haqdan, bu qattiq qaysar davrda (Asoyi Muso kabi) koʻp jihatlar bilan gʻaroyib, fathlarga sabab boʻlgan va inshoalloh hsun tarzda davom etadigan Rasaili-n Nurni koʻpaytirsin. Omin, omin, omin!

Qusurli talabangiz
Ali (RH)
***
— 355 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Rushdu yuborgan oʻttiz liraning yigirma yettisini pochta orqali sizga yubordim. Siz unga yuborarsiz. Unga ham shunday yozdim. Mening ehtiyojim boʻlmagani va qoidamga ters boʻlgani uchun, qabul qila olmadim. Faqat uning xayrli niyati uchun, ahamiyatli xayrlarga sarf etilishi uchun, uning hisobiga oʻttizdan uch banknot oldim. Siz va siz bilan aloqador boʻlganlarga juda koʻp salom va duo qilaman.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!

Ispartaga joyni oʻzgartirtish ham qalbga keladigan maʻnolarga, ham siz bilan xabarlashishga bir daraja sustlik berdi.

Birinchidan: Qardoshimiz Sabri, Haqqi Afandilar istagi bilan, Egʻirdir vositasida sizga omonat yuboriladi. Oʻn Yettinchi Yogʻdu nomli Mulohazalarni Sabri sizga yuborgan yoki yuboradi. Bu dafʻa ham sirli, karomatli Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni sizga yuboryapman. Latif va ma'nodor bir muvofiqlik boʻldi, Xusrav sen uchun Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni yozayotgan edi. Yozgan vaqtida Xusrav vosirasida juda muborak Ramazon hadyasi bir paytda kelishi bilan birga, oʻsha tunda men sening xonadoning tarafiga va uyingga borganimni tushda koʻrganim edim. Ikki tun avval, haqiqatdan ikkinchi Xusrav va ikkinchi Sulaymon boʻlgan Sulaymon Rushdu sizni aynan koʻrgan. Bundan tushundikki, bizlar bir manzil ichidagi odamlar hukmidamiz. Moddiy jihatdan uzoqlik ta'siri yoʻq, bir-birimizga oddiy munosabat ham qayd qilinadi.

Ikkinchidan: Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz, ta'rifnomalarda yozilgani kabi, bir kotib haqiqiy xatiga ixtiyorsiz yaqinlashib, sirri koʻrinishni boshlagan va boshqa kotib haqiqiy xatini topgan. Haqiqatdan, qay fikrda boʻlsa boʻlsin, koʻrgan hammani tasdiqqa majbur qiladi. Hatto bu yerda muhim va maqtashi qiyin ulamolar ham, "quyosh kabi ishonib tasdiq etamiz", deb imzo qoʻyishyapti.

— 356 —

Bu tafsiriga Qur'on i'jozining yuz juzidan bir juzi aks etganiga shubhamiz qolmadi. Faqat shu farq borki, i'joz qasdiydir, qasddan esa hech kim qarshi chiqa olmaydi.

Bu kitobning tavofuqi esa, fitriy, ixtiyorsiz boʻligani uchun gʻaroyib boʻlib, karomat sanaladi. Qasdiy va sun'iy suratda qarshi chiqilmaydi. Nima boʻlganda ham, bu nusxani qardoshingiz Abdulmajid bir marta koʻrsin, inshoalloh unga ham vaqti bilan bitta nusxa yoziladi. Agar yerda birov aynan koʻchirishni niyat qilsa, juda diqqat qilishi kerak boʻladi. Chunki bu risolaning harflari ham sirli, oʻziga ishonmagan kishi yozmasin.

Uchinchidan: Qardoshimiz Fathi Beynig holi qanday, nima uchun oz koʻrishyapsiz? Men unga koʻp duo qildim va qilyapman. Sen bir zararkunanda xodim tufayli u bilan oz koʻrishishing meni ranjitdi. Alloh qabul qilsin, men ham unga koʻp marta duo qildim. Inshoalloh, tom bir birodar, bir tinglovching Hofiz Umar Risola-i Nurning yoyilishiga muhim bir vosita boʻladiki, xar maktubida uni jiddiy aloqador ekanini koʻryapman.

Oʻn Oltinchi Yogʻdu nomli uch muhim masaladan iborat bir risolani siz uchun yozdiryapman. Yetishsa, uni ham yuboraman. Lillahilhamd, bu yerda borgan sari Risola-i Nurning shogirdlari va yozuvchilari koʻpaymoqda. Qachon oz sustlik boshlasa, bir tashviq qamchisi sifatida bir narsa chiqadi.

Jumladan, soʻfiy sifat va yozuvda vaqtinchalik tanballik qilgan bir qism qardoshlarimizga yozilgan bir maktubning nusxasini oʻrab yuboryapman. Balki tanbal emas, ammo tanballashgan Abdulmajid ham koʻradi. Muhtaram volidangizning holi qanday? Ular haqida ham oʻylayapman, koʻp duo qilyapman. Xastalikning xar bir soati bir kun ibodat hukmida ekanini men tarafimdan ham unga, ham Domla Abdurahmonga ayt. Boshda otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurahmon, Imom Umar, Kamoliddin kabi doʻstlarga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 357 —
Yoʻlimizning shavq va zavq asosi boʻlgan muvofiqlikning latifalaridan uch-toʻrt namuna:

Birinchisi: Iqtisod Risolasi, bir-biridan xabarsiz olti kotib yozgan olti nusxada, aliflarning ellik uch adadida muvofiq kelishlari, ta'lif va yozib koʻpaytirish tarixi - ellik uchga muvofiq kelishidir. Keyin qarasam, asl ilk qoralamada koʻp chiqqan joylar va tahrirlar bilan birga ellik uch adad sirrini muhofaza etganini koʻrib hayratlandik.

Ikkinchisi: Risolalarning Mundarijasi toʻliq yozilgandan soʻng, birinchi nusxa koʻchiruvchi ixtiyorsiz "Bu goʻzal mundarija tugadi" deb yozgan. U nusxa koʻchiruvchi abjadiy hisobi hech bilmagani kabi, hech narsani ataylab yozmagan. "Bu goʻzal mundarija tugadi" jumlasi aynan bir ming uch yuz ellik ikkinchi yilni koʻrsatib, mundarijaning ta'lif va yozib koʻpaytirish vaqtini koʻrsatgan.

Uchinchisi: Yigirma Uchinchi Yogʻdu, qoralamadan oqlamaga koʻchirilar ekan, aliflarning sonini xotirga keltirmasdan, yozilgandan soʻng bir yuz yigirma sakkizinchi risola ekaniga ishora boʻlib, bir yuz yigirma sakkizta alif borligidir.

Toʻrtinchisi: Kecha "Moʻ'jizoti Ahmadiya (ASV)" tahrir etilarkan, ikki kichik, latif tavofuqning oʻn daqiqa oraliq bilan vujudga kelishidir. Shundayki:

Ikkitalik birodarlar Moʻ'jizoti Ahmadiya va Me'rojni alohida-alohida tahrir etayotgan edilar. Me'rojning olti yuz qatori ichida bitta qator "haninu-l jiz'" - quruq ustunning yigʻlashi moʻjizasidan bahs etadi. "Moʻ'jizoti Ahmadiya" bir yuz ellik sahifa ichida bir sahifa unga doir. Birdan u ikki qism tahrirchilar ayni kalimani aytayotgan paytlarida ichlaridan bir afandi kelib, ikki qism ayni soʻzni aytyapmiz dedi. Qaradik, favqulodda ikki tahrir ayni kalima ustida ekan.

Oʻn daqiqa soʻngra, yetti moʻ'jizaga sazovor yetti bolaning bahsi tahrir etilarkan, kutilmaganda, oʻsha yerdagi kishilar nazarida muborak Meliha ismli besh yoshli bir bola kelib oʻtirdi. Bolalar bahsini zavq bilan tinglashni boshladi. Choy berdik, bola bahsi tugagancha ichmadi. U yerda boʻlgan biz toʻrt kishi shubhamiz qolmadiki, muvofiqlik sirrining birinchi manbai "Moʻ'jizoti Ahmadiya"ning ta'lif, koʻchirish, oʻqilishi va horiqo tavofuq jihatlaridan karomatini koʻrsatgani kabi, bu ikki kichik tavofuq bilan yana karomatning shu'lasidan ikki latifani koʻrsatdi.

— 358 —

Bir yil avval bir sayrga borarkan, orqamdan bir qiz bolasi bilan bir xotin kelar edilar. Men yoʻldan chiqdim, yoʻlni ularga boʻshatdim. Qarasam, mendan oʻtmayaptilar, siqildim. Tez yurdim, bir bogʻga kirdim. Qarasam, ular ham bogʻga kirishdi. Ham gʻazab, ham hayrat etdim. "Moʻ'jizoti Ahmadiya" qoʻlimda edi. Tafa'ul qilib ochdim. Sahifada eng avval koʻzimga tushgan va faqat risolada bir marta zikr qilingan bir ism, ayni u ayolning ismini koʻrdim. Qarab, u ayolni tanidim. Fasubhanalloh, dedim. Bular kim ekanlarini tushunish uchun avvalroq u kitobga qarasaydim, hayratdan qutular ekanman. Bu hodisaga ham men, ham hozir boʻlgan Shomli Hofiz va hodisani tushungan oʻsha ayol va boshqalar hayratlandik.

Said Nursiy
***

Qalban halovatsizligim sababli, Qurbon Hayiti Bayramigacha Sulaymon Afandi, Shomli Hofiz Tavfiq, Abdulloh Chovush va Mustafo Chovushdan boshqa hech kimni qabul qilmayman. Uzr, xafa boʻlmanglar.

Said Nursiy
***

Isparta Jumhuriyat Prokuraturasiga.

Toʻqqiz yildan beri, meni bu mamlakatda yashashga sababsiz surgun jazosini berdilar. Xorij bilan aloqa qilishdan man qilinganim uchun ishlay olmadim, bu abgor gʻurbatda kimsasiz qoldim. Oʻn uch yildan beri, meni bu viloyatda taniganlarning tasdiqlari bilan, siyosatga hech bir jihatda aloqam qolmaganiga dalilim shuki: Oʻn uch yildan beri biror gazeta oʻqimaganimni va tinglamanimni sakkiz yil yashagan Barla xalqini guvoh koʻrsataman. Oʻn uch yil, bu davrda siyosatning tili hisoblangan gazetani tinglamagan, eshitmagan, istamagan bir odamning siyosat bilan aloqasi yoʻqligi va sakkiz oydan beri viloyat markazida butun bu yerdagi men bilan aloqador kishilarning guvohliklari bilan, siyosatga taalluqli hech qanday masalaga qoʻshilmaganimni koʻrsata olaman.

Bu holim bilan birga, bu yilning Qurbon Bayramida, fitratan suhbatni yoqtirmaganim uchun, hech kimni qabul etmaganimni koʻrsatadigan bir-ikki satrlik yozuv bilan eshigimda yozganim va hech kim kelmagani uchun, bu muborak bayramning toʻrt kunida bir politsiyachi qoʻyib, men kabi gʻarib, keksa, kasalmand odamga shubha isnod etib nazorat qilish va shaxsiy harakatimni sababsiz nazorat ostida saqlamoq bilan berilgan tazyiq va mashaqqat yetarli kelmayotgani uchun, bu yilning aprel oyining toʻrtinchi kuni, qish munosabatida va doimiy ravishda harakatlarimning ta'qib va nazorat etilishi sababli xorijga chiqmaganimdan siqilgan edim.

— 359 —

Xullas, oʻsha kun olti oylik iztirobimni yengillashtirish, biroz tanaffus va halovatsizligimni ketkazish uchun, havoning goʻzalligidan istifoda etib sayrga ketgandim. Qaytganimda bir komisar bilan ikki politsiyachi yashaydigan uyimning eshigida va bir komisar bilan ikki politsiyachi esa bogʻning tashqarisida oʻtirgan edi. Ichkariga kirdim, komisar va ikki politsiyachi meni kuzatishdi. Xonamga chiqdim, ular ham orqamda kelishdi. Men bilan birga kirib, qidiruvni boshladilar.

Toʻqqiz yildan beri aloqa qilishdan sababsiz man qilinganimdan, tutgan maslagim e'tibori bilan faqat Qur'on va iymon bilan mashgʻulman. Tintuv natijasida yozdirgan asarlarimdan:

1. Qur'oni Hakimdagi ikki ming sakkiz yuzdan ortiq Lafza-i Jalolning karomati sirrini va i'joz naqshini koʻrsatadigan, eng mustasno xat bilan yozilgan gʻoyatda qiymatli yigirmadan ortiq Qur'oni Karim juzlarini,

2. Baqo-i ruh, maloika va hashrning haqqoniyatiga doir Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz nomli risolaning ichida koʻringan, oʻzimcha eng kami ming lira qiymatidagi bir azim sirrni koʻrsatgan risolani;

3. Hazrati Paygʻambarning risolatini quyosh kabi isbot etgan va horiqo bir suratda oʻn ikki soatda ta'lif etilgan bir yuz ellik sahifalik Oʻn Toʻqqizinchi Maktub nomli Moʻ'jizoti Ahmadiya risolasi, u moʻ'jizalarning karomati boʻlib, unda tavofuq nomli shunday bir azim sirri koʻrindiki, u risola bir oʻzi moddiy jihatdan bizga ming lirachalik qiymatlidir;

4. Vahdoniyati Ilohiyani quyosh kabi isbot qilgan va Qur'onning oʻttiz uch buyuk oyatini tafsir qilgan Oʻttiz Uch Deraza nomli Oʻttiz Uchinchi Maktub-ki, sirri tavofuq bilan birga ilmiy va adabiy qiymati e'tibori bilan tavhid ahli nazdida faqat moddiy jihatdan ming lirachalik ahamiyati boʻlgan risolani,

5. Shirkning asosini yoʻq qilib, vahdoniyatni nihoyasiz darajada quvvat bilan isbot qilgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz nomli asar, agar bir olim tarafidan yoʻqotilsa, uni qoʻlga kiritish uchun ikkilanmasdan ming lira berishini oʻylaganim mislsiz risolamdan mavjud xar ikki donasini;

— 360 —

6. Isrofdan qutqarish va bu faqir millatni iqtisodga oʻrgatish uchun yozgan kichik, ammo mustasno bir ahamiyatda boʻlgan "Iqtisod Risolasi" nomli risolamning mavjud boʻlgan xar uch nusxasini,

7. Keksaligim sababli, iymon nuqtasida Qur'ondan topgan umid va tasalli nurlaridan qalamga olgan va hammasi toʻliq uch nusxa va ikki nusxa nuqsonli umum besh parchasi men kabi qabrga yaqinlashgan bir keksa odamga qiymat taqdir etilmaydigan darajada yuksak bir haqiqat bilan yozilgan deb oʻylayman,

8. Oʻn besh yil avval Arab tilida chop etilgan, Jahon Urushida otash ichida yozilgani uchun, oʻsha davr Bosh Qoʻmondonning bu harb yodigorining xayriga ishtirok etish niyatida qogʻozini oʻzi bergan "Ishorot-ul I'joz" tafsirini,

Ham uch yuz oʻttiz beshinchi yil Istanbulda chop qilingan Qatra, Shamma, Habba, Habbaning Zayli va

Anqarada Yangi Kun Bosmaxonasida Zaylining Zayli va Anqara Bosmaxonasida chop qilingan "Hubob" va

Istanbulda chop qilingan "Zuhra" va "Shu'la" kabi risolalarni ichiga olgan Arab tilida nashr qilingan majmuamni va

Istanbulda oʻn besh yil avval chop qilingan "Sunuhot" nomli nashr qiligan qiymatli ikki risolamni va

jiyanim Abdurahmon tarafidan oʻn besh yil avval Istanbulda chop etilgan "Tarixcha-i Hayot"imning bir qismiga oid nashr qilingan risolamdan uch nusxasi toʻliq va besh-olti nusxasi kam kitoblarimni va

Istanbulda yangi harflar chiqishdan avval chop qildirga "Oʻninchi Soʻz" nomli oʻta qiymatli - hashrni va qiyomatni kundek isbotlagan risolamni va

yana bilmagan xususiy, shaxsiy, iymoniy varaqlarim va risolalarimni takror qaytarib berilish sharti bilan olib ketishdi.

Bu qidiruvda shunchalar ilgarilab ketildiki, olti oy avval yashagan uyimdan hozirgi uyimga koʻchganimda stul, shisha, temir va boshqa ashyolargacha roʻyxatga oldilar va hali ham qaytarib berilmadi.

Toʻqqiz yildan beri bu mamlakatda va buncha doʻstlarim bilan koʻrishib, menga hozirgacha hech qanday ayb qoʻyilmagani va hech qanday muammo chiqarmadim va hayotimda shubha qilinadigan hech qanday belgi chiqmadi. Hamda surgun qilinganim sababsiz, faqatgina ehtiyot chorasi va vahima sababli boʻlishi, uzlat qilgan gʻorimdan chiqartirilib surgun qilindim

— 361 —

Bu muddat mobaynida siyosat va dunyo bilan aloqam yoʻqligiga, bu mamlakatdagi toʻqqiz yillik hayot tarzimning guvohligi bilan birga, risolalarimda kerak boʻlsa ichki ishlar boshqarmasi va kerak boʻlsa hukumat boshqarmasi shubha qilinadigan bir narsa topomagani isbot boʻladi.

{(Hoshiya): Diqqatga sazovor yeri shuki, sakkiz-toʻqqiz yildan beri zulm va tazyiqlar ostida yashirishga majbur boʻlgan eng eski va eng mahram varaqlarni birdaniga tintuv qilib hech bir narsa qoldirilmasdan olib ketildi. Xavotirlanadigan, andisha qilinadigan, uyaladigan va xijolat qilinadigan narsa yoʻqligi, gʻarazli badbin ahli dunyoning u kishiga qarshi qilgan haqsiz tazyiq va ta'qiblar qanchalik xunuk va xato ekanini koʻrsatadi. Ajabo, uni ayblagan va oʻzini vatan va millatga sodiq deb oʻylagan ahli dunyoning eng katta xodimidan eng kichigigacha, sakkiz-toʻqqiz yil emas, balki sakkiz-toʻqqiz oy mobaynida eng mahram va eng yashirin varaqlari yuzaga chiqarib tadqiq etilsa, xavotirga soladigan va uyaltiradigan sakkiz-toʻqqiz modda chiqmaydimi?}

Agar bir aybim boʻlsa, toʻqqiz yildan beri doimiy ravishda diqqat qilganlari holda, aybimni koʻrmagan yoki koʻrsatolmaganlar hozir koʻrsatishga majburdirlar.

Kitob yoʻqotishlarimdan kamida shaxsiy ikki ming lira zararim bor. Chunki hech birining boshqa nusxasini menda qoldirishmadi. Chop etish uchun faqat "Ishorot-ul I'joz" tafsiriga ikki yuz ellik lira bergan edim. Arabcha majmuasi uch yuz lira. Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzlarda u azim sirrga hech bir olim va hech bir adib yoʻqki, "Ming lira qiymatidadir" demasin.

Yana, oʻn uch yil avval hukumat Dor-ul Hikmatda menga yuz lira maosh oladigan darajada ish qila oladigan kishi nazari bilan qaragan, oyda yuz lira maosh bergan.

Soʻnggi sakkiz yilda meni yarim soatlik uzoqlikdagi qishloq Ilamaga ikki martadan koʻp borishga ruxsat berilmaydigan darajada aloqa qilish va kezishdan man qilinganim kabi,

daromadim, mulkim yoʻqligi, qishloqda men kabi odam ishlaydigan ish topolmaganim uchun,

hech kimning biror narsasini ham qabul qilmaslik hayot qoidam boʻlgani uchun,

chekkan abgorliklarim, zarar va ziyonning bahosini prokaraturaga havola qilib,

yo kitoblarimning hammasining qaytarilishini yoki bu xususdagi zarar va ziyonimning sababchilaridan qoplanishini da'vo qilaman.

Qoʻshimcha: Hukumatning qonuni tariqat darsi berishga, duo tumori yozishga, odamlarga taʻsir qilishga ruxsat bermagani, men ularga aloqador boʻlmaganim, hukumat yonimga kelgan ziyoratchilarni yoqtirmagani uchun, ba'zi odamlar koʻp martalab tariqat va duo tumori niyatida yonimga kelishni istadi. Men hukumatning qonuniga rioya etish va hukumat xodimlarini sababsiz shubhalantirmaslik uchun qabul qilmay, rad etdim.

— 362 —

Eshitishimcha, bu holdan ranjiganlar yolgʻon va aslsiz ayblovlar qilgan. Bunday hukumatning qonuniga rioya qilib rad qilgan kishilar sababli menga bunday aziyat berishdan, qonunga xilof harakat qilmaganim uchun bunday azob berish, qonunni tinglamaslikka majbur qilyapti, degan ma'no chiqadi.

Toʻqqiz yildan beri dunyoviy hayotimga kelgan xar qanday qiynoqlarga chidab sabr qildim, sukut etdim. Ammo ularning dunyolariga qoʻshilmadim. Uxroviy hayotimga suiqasd bilan hujum qilishlariga sabrim tugadi. Haqimni topish uchun da'vo ochishga majbur boʻldim.

Said Nursiy
***