YIGIRMA SAKKIZINCHI MAKTUB
Birinchi Risola boʻlgan Birinchi Masala
Soniyan: Uch yil avval men bilan koʻrishgandan uch kun soʻngra ta'biri chiqqan, hozir ta'vili tazohur etgan eski bir tushingizning ta'birini istayapsiz. Hozircha u goʻzal, muborak, xushxabarli tush mururi zamonga yoʻliqqan. Ma'nosini koʻrsatgan u tushga qarshi bunday desam haqqim yoʻqmi:
Ha qardoshim, sen bilan mahzi haqiqat darsini muzokaraga oʻrganganmiz. Xayolotlarga qarshi eshigi ochiq boʻlgan tushlarni tahqiqiy bir suratda mavzubahs qilish, tahqiq maslagiga toʻliq uygʻun kelmagani uchun; u juz'iy hodisa-i navmiya munosabati bilan, mavtning kichik bir qardoshi boʻlgan navmga oid ilmiy va dasturiy boʻlib olti nukta-i haqiqatni, Qur'on oyatlari ishorat etgan tomondan bayon qilamiz. Yettinchisida sening tushingga qisqa ta'bir qilinadi.
Birinchisi: Sura-i Yusufning muhim bir asosi, roʻyoyi Yusufiya boʻlgani kabi; وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyati kabi koʻp oyatlar bilan, tushda va navmda pardali boʻlib ahamiyatli haqiqatlar borligini koʻrsatadi.
Ikkinchisi: Qur'on bilan tafa'ulga va tushga e'timodga ahli haqiqat tarafdor emas. Chunki Qur'oni Hakim ahli kufrni kasrat bilan va shiddatli bir tarzda uradi. Tafa'ulda kofirga oid shiddati, tafa'ul etgan insonga chiqqan vaqti, ya's beradi; qalbni mushavvash etadi. Ham roʻyo ham xayr ekan, ba'zan aksi haqiqat bilan koʻringani uchun shar talaqqiy etiladi, ya'sga tushiradi, quvva-i ma'naviyani sindiradi, sui zon beradi. Koʻp tushlar borki: Surati dahshatli, zararli, mulavvas ekan; ta'biri va ma'nosi juda goʻzal boʻladi. Harkas tushning surati bilan ma'nosining haqiqati mobaynidagi munosabatni topolmagani uchun; luzumsiz talosh etadi, ma'yus boʻladi, xafa boʻladi.
Xullas, faqat bu jihat uchun, ahli haqiqat kabi va Imom Rabboniy misoli boshda نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ dedim.
Uchinchisi: Hadisi sahih bilan nubuvvatning qirq juzidan bir juzi navmda roʻyoyi sodiqa suratida tazohur etgan. Demak, roʻyoyi sodiqa ham haqdir, ham nubuvvatning vazoifiga taalluqi bor. Shu uchinchi masala, gʻoyat muhim va uzun va nubuvvat bilan aloqador va chuqur boʻlganidan, boshqa vaqtga ta'liq etamiz; hozircha u eshikni ochmaymiz.
Toʻrtinchisi: Roʻyo uch xildir: Ikki xili, ta'biri Qur'on bilan اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ da dohildir, ta'birga arzimaydi. Ma'nosi boʻlsa ham, ahamiyati yoʻq. Yo mizojning inhirofidan quvva-i xayoliya shaxsning xastaligiga koʻra bir tarkibot, tasvirot qiladi; yoxud kunduz yoki yana ham avval, hatto bir-ikki yil avval ayni vaqtda boshiga kelgan muhayyij hodisotni xayol taxattur etadi; ta'dil va tasvir etadi, boshqa bir shakl beradi. Xullas, bu ikki qism اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ dir, ta'birga arzimaydi.
Uchinchi qism, roʻyoyi sodiqadir. U toʻgʻridan-toʻgʻriga mohiyati insoniyadagi latifa-i Rabboniya, olami shahodat bilan bogʻlangan va u olamda kezgan tuygʻularning yopilishi bilan va toʻxtashi bilan, olami gʻaybga qarshi bir munosabat topadi, bir teshik ochadi. U teshik bilan, sodir boʻlishga hozirlangan hodisalarga qaraydi va Lavhi Mahfuzning jilvalari va maktuboti qadariyaning namunalari navidan birisiga uchraydi, ba'zi voqeoti haqiqiyani koʻradi. Va u voqeotda ba'zan xayol tasarruf etadi, surat liboslari kiydiradi. Bu qismning koʻp anvo'i va tabaqoti bor. Ba'zan aynan koʻrgani kabi chiqadi, ba'zan bir nozik parda ostida chiqadi, ba'zan qalin parda bilan oʻraladi.
Hadisi sharifda kelganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiyda koʻrgan tushlari; subhning inkishofi kabi zohir, ochiq, toʻgʻri chiqar edi.
Beshinchisi: Roʻyoyi sodiqa, hissi qoblal vuqu'ning ortiq inkishofidir. Hissi qoblal vuqu' esa, harkasda juz'iy-kulliy bor. Hatto hayvonlarda ham bor. Hatto bir vaqt men, bu hissi qoblal vuqu'ni, zohiriy va botiniy mashhur tuygʻularga ilova oʻlaroq, insonda va hayvonda "saiqa" va "shaiqa" nomi bilan ayni "sami'a" va "basira" kabi ikki boshqa tuygʻuni ilman topgan edim. Ahli zalolat va ahli falsafa u gʻayri mashhur hislarga; -xato qilib- ahmoqchasiga "savqi tabiiy" deyishadi. Xosho, savqi tabiiy emas, balki bir navi ilhomi fitriy boʻlib inson va hayvonni qadari Ilohiy yoʻllaydi. Masalan: Mushuk kabi ba'zi hayvon; koʻzi koʻr boʻlgan vaqti, savqi qadariy bilan boradi, koʻziga darmon boʻlgan oʻtni topadi, koʻziga surtadi, yaxshi boʻladi.
Ham roʻyi zaminda sihhiya ma'murlari hukmida va badaviy hayvonotning oʻliklarini yigʻish bilan muvazzaf burgut kabi akl-ul lahm qushlarga bir kunlik masofadan hayvon oʻligining vujudi, savqi qadariy bilan va hissi qoblal vuqu' ilhomi bilan va saiqa-i Ilohiy bilan bildiriladi va topadilar.
Ham yangi dunyoga kelgan bir ari bolasi; yoshi bir kun ekan, havoda bir kunlik masofaga ketadi, havoda izini yoʻqotmasdan, u savqi qadariy bilan va u saiqa ilhomi bilan qaytadi, uyasiga kiradi. Hatto harkasning boshida koʻp marta takarrur etadiki, birisidan bahs etarkan, oʻsha zamon eshik ochilib aynan oʻsha odam keladi. Hatto Kurdcha zurubi amsoldandir: نَافِ گُرْب۪ينَه پَالَانْدَارْ ل۪ى وَر۪ينَه Ya'ni: "Boʻrining bahsini qilgan payting tayoqni tayyorla, ur; chunki boʻri kelyapti". Demak, bir hissi qoblal vuqu' bilan, latifa-i Rabboniya ijmolan u odamning kelishini his qiladi. Faqat aqlning shuuri ihota etmagani uchun; qasddan emas, ixtiyorsiz boʻlib bahs etishga chorlaydi. Ahli farosat ba'zan karomat kabi kelganini bayon qiladi. Hatto bir vaqt menda bu turdagi hassosiyat koʻp edi. Bu holni bir dastur ichiga olishni istadim, faqat toʻgʻrilay olmadim va qilolmadim. Faqat ahli salohatda va xususan ahli valoyatda bu hissi qoblal vuqu' juda inkishof etadi, osorini karomatkorona koʻrsatadi.
Xullas, umum avom uchun ham bir navi valoyatga mazhariyat borki, roʻyoyi sodiqada, avliyo kabi, gʻaybiy va istiqboliy boʻlgan narsalarni koʻrishadi. Ha, uyqu avom uchun roʻyoyi sodiqa jihatidan bir martaba-i valoyat hukmida ekan; shuning kabi umum uchun gʻoyat goʻzal va muhtasham bir sinema-i Rabboniyaning sayrongohidir. Faqat goʻzal axloqli goʻzal fikrlaydi. Goʻzal fikrlagan goʻzal lavhalarni koʻradi. Yomon axloqli yomon fikrlaganidan, yomon lavhalarni koʻradi. Ham harkas uchun, olami shahodat ichida olami gʻaybga qaragan bir derazadir. Ham muqayyad va foniy insonlar uchun, soha-i itloq bir maydon va bir navi baqoga mazhar va moziy va mustaqbal, hol hukmida bir tomoshagohdir. Ham takolifi hayotiya ostida ezilgan va mashaqqat chekkan ziruhlarining istirohatgohidir. Xullas, shu kabi sirlar uchun, Qur'oni Hakim وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا navidagi oyatlar bilan, haqiqati navmiyani ahamiyat bilan dars beradi.
Oltinchisi va eng muhimi: Roʻyoyi sodiqa men uchun haqqalyaqiyn darajasiga kelgan va juda koʻp tajribotim bilan, qadari Ilohiyning hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmiga oʻtgan. Ha, bu tushlar men uchun xususan bir necha yil mobaynida shu darajaga kelganki; masalan ertaga boshimga keladigan eng kichik hodisot va eng ahamiyatsiz muomalot va hatto eng oddiy muhavarot yozilganini va hali kelmasdan muayyan ekanini va kechasi ularni koʻrish bilan, tilim bilan emas, koʻzim bilan oʻqiganim men uchun qat'iy boʻlgan. Bir emas, yuz emas, balki ming marta; kechasi, hech oʻylamaganim holda koʻrgan ba'zi odamlarim yoxud aytgan masalalarim, u kechaning kunduzida oz bir ta'bir bilan aynan chiqadi. Demak, eng juz'iy hodisot sodir boʻlmasdan avval ham muqayyad, ham yozilgandir. Demak, tasodif yoʻq, hodisot oʻz istagi bilan kelmaydi, intizomsiz emaslar.
Yettinchisi: Sening xushxabarli, muborak va goʻzal tushingning ta'biri Qur'on uchun va biz uchun juda goʻzaldir. Ham zamon ta'bir etdi va etyapti, ta'birimizga ehtiyoj qoldirmadi. Ham qisman ta'biri goʻzal boʻlib chiqqan. Sen diqqat qilsang, tushunasan. Yolgʻiz bir-ikki nuqtasiga ishorat qilamiz. Ya'ni, bir haqiqat bayon qilamiz. Sening haqiqati roʻyo navidan boʻlgan voqealaring, oʻsha haqiqatning tamassulotidir:
U vase' maydon, olami Islomiyatdir. Maydonning oxiridagi masjid, Isparta viloyatidir. Atrofi loyqa balchiqli suv, hol va zamonning safohat va atolat va bid'atlar botqoqligidir. Sen salomat bilan, kirlanmasdan, sur'at bilan masjidga yetishganing; harkasdan avval anvori Qur'oniyaga sohib chiqib, qalbingni buzmasdan sogʻlom qolganingga ishoratdir. Masjiddagi kichik jamoat esa; Haqqi, Xulusiy, Sabri, Sulaymon, Rushdu, Bekir, Mustafo, Ali, Zuhdu, Lutfu, Xusrav, Ra'fat kabi Soʻzlarning hamalalaridir. Kichkina kursi esa, Barla kabi kichik bir qishloqdir. Yuksak ovoz esa, Soʻzlardagi quvvat va tez tarqalishiga ishoratdir. Birinchi safda senga taxsis etilgan maqom esa, Abdurahmondan senga munhal qolgan yerdir. U jamoat; simsiz asboblarning oxizalari hukmida, butun dunyoga dars eshittirish istash ishorati va haqiqati esa, inshaalloh tamomi bilan soʻngra chiqadi. Hozir afrodi bittadan kichik urugʻ boʻlsalar ham, kelajakda tavfiqi Ilohiy bilan bittadan shajara-i oliya hukmiga oʻtadilar. Va bittadan simsiz telegrafning markazi boʻladilar. Sallali kichik yosh bir zot esa; Xulusiy bilan bir-biriga yordam beradigan, balki oʻtadigan birisi noshirlar va talabalar ichiga kirishga nomzoddir. Ba'zilarini taxmin qilaman, faqat qat'iy hukm etolmayman. U yosh quvva-i valoyat bilan maydonga otiladigan bir zotdir. Boshqa nuqtalarni sen mening badalimga ta'bir et.
Sen kabi doʻstlar bilan uzun gaplashish ham shirin, ham maqbul boʻlganidan; bu qisqa masalada uzun gapirdim, balki isrof ham qildim. Faqat navmga oid boʻlgan oyoti Qur'oniyaning bir navi tafsiriga ishorat etish niyati bilan boshlaganimdan, inshaalloh u isrof avf boʻladi yoki isrof boʻlmaydi.
Ikkinchi Masala boʻlgan Ikkinchi Risola
[Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomning koʻziga tarsaki tushirgan, ila oxir maolidagi hadisga doir ahamiyatli bir munoqashani yoʻqotish va hal etish uchun yozilgan.]
Egʻirdirda bir munoqasha-i ilmiyani eshitdim. U munoqasha, xususan bu zamonda xato. Hatto munoqashani bilmas edim. Mendan ham soʻraldi. Moʻ'tabar bir kitobda, Hadisi Shayxaynning ittifogʻiga alomat boʻlgan ق ishorati bilan bir hadis menga koʻrsatildi. "Hadismi, hadis emasmi?" deb, soʻraldi. Men dedim: Bunday moʻ'tabar bir kitobda, Shayxayn Hadisining ittifogʻiga hukm etgan bir zotga e'timod etish lozim; demak hadisdir. Faqat hadisning, Qur'on kabi ba'zi mutashabehoti bor. Faqat ilm sohiblari ularning ma'nolarini topa oladi. Shu hadisning zohiri ham, mushkuloti hadisning mutashabehot qismidan boʻlish ehtimoli bor, dedim. Agar madori munoqasha boʻlganini bilsaydim, qisqa emas, balki bunday javob berar edim:
Avvalo: Bu tur masoilni munoqasha etishing birinchi sharti; insof bilan, haqni topish niyati bilan, qaysarlik qilmaydigan suratda, ilm sohiblarining mobaynida, sui talaqqiyga sabab boʻlmasdan muzokarasi joiz boʻlishi mumkin. U muzokara haq uchun boʻlganiga dalil shuki: Agar haq muorizning qoʻlida zohir boʻlsa, mutaassir boʻlmasin, balki mamnun boʻlsin; chunki bilmagan narsasini oʻrgandi. Agar oʻz qoʻlida zohir boʻlsa, ortiqcha bir narsa oʻrganmadi, balki gʻururga tushish ehtimoli bor.
Soniyan: Sababi munoqasha, agar hadis boʻlsa; hadisning marotibini va vahyi zimniyning darajotini va takallumoti Nabaviyaning aqsomini bilish lozim. Avom ichida mushkuloti hadisiyani munoqasha etish, izhori fazl suratida advokat kabi oʻz soʻzini toʻgʻri koʻrsatish va anoniyatini haqqa va insofga tarjih etish shaklida dalillar qidirish joiz emas. Modomiki bu masala ochilgan, madori munoqasha etilgan ekan, bechora avomi nosning zehnida sui ta'sir qiladi. Chunki shu kabi mutashabeh hadislarni aqliga sigʻdirolmagani uchun; agar inkor qilsa, dahshatli bir eshik ochadi, ya'ni kichkina aqliga sigʻmagan qat'iy hadislarni ham inkorga yoʻl ochadi. Agar zohiri hadisning ma'nosini tutib shunday nashr etsa, ahli zalolatning e'tirozotiga va "xurofot" deyishlariga yoʻl ochadi. Modomiki bu mutashabeh hadisga luzumsiz va zararli shaklda nazari diqqat jalb etilgan va bu tur hadislar koʻp vorid boʻlgan ekan, albatta shubhalarni izola etadigan bir haqiqatni bayon etish lozim boʻladi. Shu hadis qat'iy boʻlsin yoki boʻlmasin, haqiqatni zikr etishi kerak.
Yozgan risolalarimizda, azjumla Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Uchinchi Shoxida Oʻn Ikki Asl bilan va Toʻrtinchi Shoxida va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning vahiyning taqsimotiga doir muqaddimasidagi bir asosidagi tafsilotga iktifoan, bu yerda ijmolan u haqiqatga bir ishorat qilamiz:
Maloika, inson kabi bir suratga inhisor etmaydi; mushahhas ekan, bir kulliy hukmidadir. Hazrat Azroil Alayhissalom, qabzi arvohga muakkal boʻlgan maloikalarning noziridir.
"Har oʻlikning ruhini Hazrat Azroil Alayhissalom shaxsan qabz etadimi? Yoxud yordamchilari oladilarmi?" Bu xususda uch maslak bor:
Birinchi Maslak: Azroil Alayhissalom harkasning ruhini qabz etadi. Bir ish ikkinchi ishga mone boʻlmaydi, chunki nuroniydir. Nuroniy bir narsa hadsiz oynalar vositasi bilan hadsiz yerlarda shaxsan boʻla oladi va tamassul etadi. Nuroniyning tamassuloti u nuroniy zotning xossasiga molikdir; uning ayni sanaladi, gʻayri emas. Quyoshning oynalardagi misollari, Quyoshning ziyo va haroratini koʻrsatgani kabi; maloika kabi ruhoniylarning ham, olami misolning boshqa-boshqa oynalarida misollari ularning aynisi boʻlib, xossalarini koʻrsatadilar. Faqat oynalarning qobiliyatiga koʻra tamassul etadilar. Qandayki Hazrat Jabroil Alayhissalom, bir vaqtda Dihya suratida sahobalar ichida koʻringan daqiqada, minglab yerda boshqa suratlarda va Arshi A'zam qarshisida, sharqdan gʻarbga qadar keng va muhtasham qanotlari bilan sajda etar edi. Hamma yerda u yerning qobiliyatiga koʻra tamassuli bor ekan; bir onda minglab yerda boʻladi.
Xullas, shu maslakka koʻra; qabzi ruh vaqtida, insonning oynasiga tamassul etgan Malak-ul Mavtning insoniy va juz'iy bir misoli, Hazrat Muso Alayhissalom kabi bir ulul azm va jalolli va hiddatli bir zotning tarsakisiga ma'ruz boʻlish va u misoliy Malak-ul Mavtning libosi hukmidagi surati misoliyasidagi koʻzini chiqarish; na maholdir, na favqulodadir, va na gʻayri ma'quldir.
Ikkinchi Maslak: Hazrat Jabroil, Mikoil, Azroil kabi maloika-i i'zom bittadan noziri umumiy hukmida.. oʻz navlaridan va oʻzlariga oʻxshash kichik tarzda yordamchilari bor. Va u muovinlar, anvo'i maxluqotga koʻra boshqa-boshqadirlar. Sulahoning
{(Hoshiya1) Bizda "Saydo" laqabi bilan mashhur bir valiyi i'zom sakarotda ekan, arvohi avliyoning qabziga muakkal Malak-ul Mavt kelgan. Saydo: "Men talaba-i ulumni juda sevganim uchun, talaba-i ulumning qabzi arvohiga muakkal maxsus toifa ruhimni olsin!" deb, dargohi Ilohiyaga yolvorgan. Yonida oʻtirganlar bu voqeaga shohid boʻlganlar.}
arvohini qabz etgan boshqadir; ahli shaqovatning arvohini qabz etgan esa boshqadir. Qandayki
oyati ishorat etadiki: "Qabzi arvoh, toifa-toifadir". Bu maslakka koʻra; Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomga emas, balki Azroilning bir yordamchisining misoliy jasadiga, fitriy jalolatiga va xulqiy jalodatiga va Janobi Haqning yonida nozdor boʻlishiga binoan, unga bir tarsaki tushirishi gʻoyat ma'quldir.
{(Hoshiya2) Hatto mamlakatimizda gʻoyat jasur bir odam, sakarot vaqtida Malak-ul Mavtni koʻrgan. "Meni yotoq ichida ushlayapsan!" deb, turib otiga mingan, qilichini qoʻliga olgan, unga urush e'lon qilgan. Mardona, ot ustida vafot etgan.}
Uchinchi Maslak: Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning Toʻrtinchi Asosida bayon etilgani va ahodisi sharifaning dalolat etgani kabi: "Ba'zi maloikalar borki, qirq ming boshi bor. Har boshida qirq ming tili bor -Demak, sakson ming koʻzi ham bor- Har bir tilda qirq ming tasbehot bor". Modomiki maloikalar olami shahodatning anvo'iga koʻra muakkaldirlar; olami arvohda u anvo'ning tasbehotlarini tamsil etadilar, albatta bunday boʻlmogʻi lozim boʻladi. Chunki, masalan Kura-i Arz bir maxluqdir, Janobi Haqni tasbeh etadi. Qirq ming emas, balki yuz minglab bosh hukmida anvo'lari bor. Har navning yuz minglab til hukmida afrodlari bor va hokazo... Demak, Kura-i Arzga muakkal malakning qirq ming, balki yuz minglab boshi boʻlishi kerak. Va har boshida ham yuz minglab til boʻlishi kerak va hokazo... Xullas, bu maslakka binoan, Hazrat Azroil Alayhissalomning har fardga mutavajjih bir yuzi va qaraydigan bir koʻzi bor. Hazrat Muso Alayhissalomning Hazrat Azroil Alayhissalomga tarsaki solishi; xosho Azroil Alayhissalomning mohiyati asliyasiga va shakli haqiqiysiga emas va bir tahqir emas va adami qabul emas; balki vazifa-i risolatning yana davomini va baqosini orzu qilgani uchun, oʻz ajaliga diqqat qilgan va xizmatiga toʻsiq boʻlishni istagan bir koʻzga shapaloq solgan va soladi...
Uchinchi Masala boʻlgan Uchinchi Risola
[Bu masala umum ixvonimning aksarisining lisoni hol bilan va bir qismining lisoni qol bilan soʻragan umumiy bir savollarining xos va xususiy va mahram bir javobidir.]
Savol: Sening ziyoratizga kelgan hammaga aytasan: "Mening shaxsimdan bir himmat kutmanglar va shaxsimni muborak deb bilmanglar. Men maqom sohibi emasman. Oddiy bir askarning mushir maqomining avomirini tabligʻ etishi kabi, men ham ma'naviy bir mushiriyat maqomining avomirini tabligʻ etyapman. Ham muflis bir odamning gʻoyat qiymatli va boy olmos va mujavharot doʻkonining dalloli boʻlgani kabi; men ham, muqaddas va Qur'oniy bir doʻkonning dalloliman", deyapsan. Holbuki "Aqlimiz ilmga muhtoj boʻlgani kabi, qalbimiz ham bir fayz istaydi, ruhimiz bir nur istaydi va hokazo koʻp jihat bilan koʻp narsalar istaymiz. Seni hojotimizga yaraydigan odam deb oʻylab, ziyoratingga kelamiz. Bizga olimdan ziyoda bir sohibi valoyat, sohibi himmat va sohibi kamolot lozim. Agar haqiqati hol aytganing kabi boʻlsa, ziyoratingizga xato keldik," lisoni hollari aytadi.
Aljavob: Besh nuqtani tinglang, soʻngra fikrlang. Ziyoratingiz behudami, yoxud foydalimi? Oʻshanda hukm qiling.
Birinchi Nuqta: Bir podshohning oddiy bir xizmatkori va bechora bir askari; podshoh nomidan fariqlarga, poshsholarga hadoya-i shohonasini va nishonlarini berar ekan, ularni minnatdor qiladi. Agar fariqlar va mushirlar, "Bu oddiy askarga nimaga tanazzul etib, qoʻlidan ehson va nishonlarni olyapmiz?" desalar, magʻrurona bir devonalik boʻladi. Agar u askar; vazifasining xorijida mushirga qiyom etmasa, oʻzini undan yuksak koʻrsa, ablahchasiga bir devonalik boʻladi. Ham agar u mamnun boʻlgan fariqlardan birisi, mutashakkirona u askarning kulbachasiga tanazzulan musofir boʻlsa; quruq nondan boshqa topmagan u askar uyalib qolmasligi uchun, u holni koʻrgan va bilgan podshoh -albatta u askarini uyaltirmaslik uchun- matbahi shohonadan, sodiq xizmatkorining muhtaram musofiriga patnis yuboradi; xuddi shuning kabi: Qur'oni Hakimning sodiq bir xizmatkori, qanchalik oddiy boʻlsa boʻlsin Qur'on nomidan, eng buyuk insonlarga amrlarini chekinmasdan tabligʻ etadi va eng boy ruhlilarga Qur'onning oliy olmoslarini yolvorib mutazallilona emas, balki muftaxirona va mustagʻniyona sotadi. Ular qanchalik buyuk boʻlsa boʻlsin, u oddiy xizmatkorga, vazifa boshida ekan takabbur etolmaydilar. Va u xizmatkor ham ularning unga murojaatida oʻziga gʻururlanishiga sabab qilmaydi.. va haddidan tajovuz etmaydi. Agar u xazina-i qudsiyaning mushtariylari ichida ba'zilari, u bechora xizmatkorga valoyat nazari bilan qarasalar va buyuk deb bilsalar; albatta haqiqati Qur'oniyaning marhamati qudsiyasi shonidan, u xizmatkorini uyaltirmaslik uchun, xazina-i xossa-i Ilohiyadan, uning hech xabari va madxali boʻlmasdan, ularga madad bersin va himmat etib fayzdor etsin.
Ikkinchi Nuqta: Imom Rabboniy va Mujaddidi Alfi Soniy Ahmadi Faruqiy (R.A.) degan: "Haqoiqi iymoniyadan birgina masalaninig inkishofi va vuzuhi, mening nazdimda minglab azvoq va karomotdan murajjahdir. Ham butun tariqatlarning gʻoyasi va natijasi, haqoiqi iymoniyaning inkishofi va vuzuhidir". Modomiki shunday bir tariqat qahramoni bunday hukm etadi; albatta haqoiqi iymoniyani kamoli vuzuh bilan bayon etgan va asrori Qur'oniyadan tarashshuh etgan Soʻzlar, valoyatdan matlub boʻlgan natijalarni bera oladi.
Uchinchi Nuqta: Bundan oʻttiz yil avval Eski Saidning gʻofil boshiga mudhish kaltaklar tushdi, "Al-mavtu haqqun" qoziyasini oʻyladi. Oʻzini botqoqlik balchigʻida koʻrdi. Madad istadi, bir yoʻl qidirdi, bir xaloskor taxarri etdi. Koʻrdiki, yoʻllar muxtalif; taraddudda qoldi. Gʻavsi A'zam boʻlgan Shayx Jiyloniy Roziyallohu Anhning "Futuh-ul Gʻayb" nomli kitobi bilan tafa'ul etdi. Tafa'ulda shu chiqdi:
Ajibdirki; oʻshanda men, Dor-ul Hikmat-ul Islomiya a'zosi edim. Goʻyo ahli Islomning yaralarini tadoviyga harakat qilayotgan bir hakim edim. Holbuki eng ziyoda xasta men edim. Xasta avvalo oʻziga qarashi kerak, soʻngra xastalarga qaray oladi.
Xullas, Hazrat Shayx menga deydiki: "Sen oʻzing xastasan, oʻzingga bir tabib qidir!" Men: "Sen tabibim boʻl!" dedim. Tutdim, oʻzimni unga muxotob deb sanab, u kitobni menga xitob qilayotganday oʻqidim. Faqat kitobi juda shiddatli edi. Gʻururimni dahshatli sindirar edi. Nafsimda shiddatli amaliyoti jarrohiya qildi. Chiday olmadim, yarmiga qadar oʻzimni unga muxotob etib oʻqidim; tugatishga tahammulim qolmadi. U kitobni javonga qoʻydim. Faqat soʻngra, amaliyoti shifokoronadan kelgan dardlar ketdi, lazzat keldi. U birinchi ustozimning kitobini toʻliq oʻqidim va koʻp istifoda etdim. Va uning virdini va munojotini tingladim, koʻp istifoza etdim.
Soʻngra Imom Rabboniyning Maktubot kitobini koʻrdim, qoʻlimga oldim. Xolis bir tafa'ul etib ochdim. Ajoyibki, butun Maktubotida yolgʻiz ikki yerda "Badiuzzamon" lafzi bor. U ikki maktub menga birdan ochildi. Padarimning ismi Mirzo boʻlganidan, u maktublarning boshida "Mirzo Badiuzzamonga Maktub" deya yozilganini koʻrdim. Fasubhanalloh dedim, bu menga xitob etyapti. Oʻshanda Eski Saidning bir taxallusi "Badiuzzamon" edi. Holbuki hijratning uchinchi yuz yilligida Badiuzzamoni Hamadoniydan boshqa bu taxallus bilan ishtihor etganlarni bilmas edim. Holbuki Imomning zamonida ham shunday bir odam bor ediki, unga u ikki maktubni yozgan. U zotning holi mening holimga oʻxshash ekanki, u ikki maktubni oʻz dardimga davo topdim. Imom u maktublarida tavsiya etgani kabi, koʻp maktublarida shuni qattiq tavsiya qiladi: "Tavhidi qibla et". Ya'ni: Birini ustoz qilib ol, orqasidan ket, boshqasi bilan mashgʻul boʻlma. Shu eng muhim tavsiyasi mening iste'dodimga va ahvoli ruhiyamga muvofiq kelmadi. Qancha oʻyladim: "Buning orqasidanmi, yoki boshqasiningmi, yoki yana boshqasining orqasidan ketaymi?" tahayyurda qoldim. Har birida boshqa-boshqa jozibador xususiyatlar bor. Biri bilan iktifo etolmayotgan edim. Oʻsha tahayyurda ekanman, Janobi Haqning rahmati bilan qalbimga keldiki: "Bu muxtalif turuqlarning boshi va bu ariqlarning manbai va sayyoralarning quyoshi, Qur'oni Hakimdir. Haqiqiy tavhidi qibla bunda boʻladi. Shunday ekan, eng a'lo murshid va eng muqaddas ustoz ham udir. Unga yopishdim. Noqis va parishon iste'dodim albatta loyigʻi bilan u Murshidi Haqiqiyning obi hayot hukmidagi fayzini shimib ololmaydi, faqat ahli qalb va sohibi holning darajotiga koʻra u fayzni, u obi hayotni yana uning fayzi bilan koʻrsata olamiz. Demak, Qur'ondan kelgan u Soʻzlar va u Nurlar, yolgʻiz aqliy masoili ilmiya emas; balki qalbiy, ruhiy, holiy masoili iymoniyadir va juda yuksak va qiymatli maorifi Ilohiya hukmidadirlar.
Toʻrtinchi Nuqta: Sahobalardan va Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iyndan eng yuksak martabali valoyati kubro sohibi boʻlgan zotlar, nafsi Qur'ondan butun latoiflarining hissalarini olganlaridan va Qur'on ular uchun haqiqiy va kifoya bir murshid boʻlganidan koʻrsatyaptiki: Har doim Qur'oni Hakim haqiqatlarni ifoda etgani kabi, valoyati kubro fayzlarini ham ahli boʻlganlarga ifoza etadi.
Ha, zohirdan haqiqatga oʻtish ikki surat bilan boʻladi:
Biri: Tariqat barzohiga kirib, sayri suluk bilan qat'i marotib etib haqiqatga oʻtishdir.
Ikkinchi Surat: Toʻgʻridan toʻgʻriga, tariqat barzohiga kirmasdan, lutfi Ilohiy bilan haqiqatga oʻtishdirki, Sahoba va Tobe'iynga xos va yuksak va qisqa tariq shudir. Demak, haqoiqi Qur'oniyadan tarashshuh etgan Nurlar va u Nurlarga tarjimonlik qilgan Soʻzlar u xossaga molik boʻla oladi va molikdir.
Beshinchi Nuqta: Besh juz'iy misol bilan koʻrsatamizki; Soʻzlar ta'limi haqoiq etganlari kabi, irshod vazifasini ham bajaryaptilar.
Birinchi Misol: Men oʻzim oʻn emas, yuz emas, minglab marta mutaaddid tajribotim bilan qanoat qilganmanki: Soʻzlar va Qur'ondan kelgan Nurlar; aqlimga dars bergani kabi, qalbimga ham iymon holini talqin etadi, ruhimga iymon zavqini beradi va hokazo... Hatto dunyoviy ishlarimda; karomat sohibi bir shayxning bir muridi, qanday shayxidan hojotiga doir madad va himmat kutadi; men ham Qur'oni Hakimning karomatli asroridan u hojotimni kutarkan, umid etmagan va kutmagan yerimdan koʻp marta hosil boʻladi. Yolgʻiz juz'iyotdan ikki kichik misol:
Biri: Oʻn Oltinchi Maktubda izohi va tafsili oʻtgan; Sulaymon ismli bir musofirimga, qatron daraxti boshida katta bir non horiqo bir tarzda koʻrsatilgan. Ikki kun ikkimiz u hadya-i gʻaybiydan yedik.
Ikkinchi Misol: Gʻoyat kichik va latif, bu kunlarda sodir boʻlgan masalani aytib beraman. Shundayki:
Bomdoddan avval xotirimga keldiki; bir zotning qalbiga vasvasa beradigan tarzda tarafimdan soʻzlar aytilgan edi; "Koshki uni koʻrsaydim, qalbidagi xavotirni izola etsaydim", dedim. Ayni daqiqada Nisga ketgan bir oz kitobim menga lozim edi; "Koshki qoʻlimda boʻlsa edi", dedim. Bomdod namozidan soʻngra oʻtirdim; qarasam, ayni odam qoʻlida oʻsha kitoblar bilan keldi. Unga: "Qoʻlingdagi nima?" dedim. "Bilmayman, eshikning yonida "Nisdan kelgan" deya birisi menga berdi; men ham sizga keltirdim", dedi. Fasubhanalloh dedim; bunday bir vaqtda bu odamning uyidan chiqib kelishi va shu Soʻzning Nisdan kelishi, hech tasodifga oʻxshamaydi. Va bunday bir odamga shunday bir oz kitoblarni ayni daqiqada qoʻliga berib menga yuborgan, albatta Qur'oni Hakimning himmatidir deb, Alhamdulilloh dedim; mening eng kichik, ahamiyatsiz, yashirin orzu-i qalbimni bilgan birisi, albatta menga marhamat etyapti, meni himoya qilyapti; shunday ekan, dunyoning minnatini besh tiyinga olmayman.
Ikkinchi Misol: Jiyanim marhum Abdurahmon, sakkiz yildan beri mendan ayrilib dunyoning gʻaflat va avhomlariga bulgʻangani holda, shaxsimga qarshi haddimdan ortiq husni zoni bor ekan. Menda boʻlmagan va qoʻlimdan kelmagan himmatni istayotgan va madad kutayotgan edi. Qur'oni Hakimning himmati imdodiga yetishdi. Hashrga doir boʻlgan Oʻninchi Soʻzni vafotidan uch oy avval qoʻliga yetishtirdi. U Soʻz uni ma'naviy kirlaridan va avhom va gʻaflatdan tozalash bilan barobar; goʻyo martaba-i valoyatga chiqqan kabi, vafotidan avval yozgan maktubida uch zohir karomat izhor etgan. Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida darj etilgan, murojaat qilinsin.
Uchinchi Misol: Burdurli Hasan Afandi ismli ahli qalb bir oxirat qardoshim va talabam bor edi. Menga qarshi haddimdan koʻp ortiq husni zon qilib, buyuk valiydan himmat kutish kabi bechora mendan madad kutayotgan edi. Birdaniga hech bir sabab yoʻq ekan, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzni Burdur qishlogʻida turadigan birisiga mutolaa etish uchun berdim. Soʻngra Hasan Afandi xotirimga keldi: "Agar Burdurga ketsang, Hasan Afandiga ber, besh-olti kun mutolaa qilsin", dedim. U borib, toʻgʻridan-toʻgʻri Hasan Afandiga berdi. Hasan Afandining ajaliga oʻttiz-qirq kun qolgan edi. Gʻoyat chanqagan bir odamning obi kavsar kabi shirin suvga duch kelganda yopishishi kabi, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga yopishgan, mutamodiyan mutolaa qila-qila va tafayyuz eta-eta, xususan Uchinchi Mafqifidagi muhabbatulloh bahsida, tamomi bilan dardiga davo topgan va bir qutbi a'zamdan kutgan fayzini undan olgan. Sogʻlom holda masjidga borib namoz oʻqigan, u yerda ruhini Rahmonga taslim aylagan (Rahmatullohi Alayh).
Toʻrtinchi Misol: Xulusiy Beyning Yigirma Yettinchi Maktubdagi fikralarining shahodati bilan; eng muhim va muassir tariqat boʻlgan Naqshiy tariqatidan ziyoda himmat va madad, fayz va nurni; asrori Qur'oniyaning tarjimoni boʻlgan nurli Soʻzlarda topgan.
Beshinchi Misol: Ukam Abdulmajid, jiyanim Abdurahmonning (Rahmatullohi Alayh) vafoti sababli va yana boshqa aliym ahvolot ichida bir parishoniyat his etgan edi. Ham qoʻlimdan kelmaydigan ma'naviy himmat va madad kutayotgan edi. Men u bilan muxobara etmayotgan edim. Birdaniga muhim bir nechta Soʻzni unga yubordim. U ham mutolaa etgandan soʻngra yozadiki: "Alhamdulilloh, qutuldim! Sal qolsa aqldan ozar edim. Bu Soʻzlarning har biri bittadan murshid hukmiga oʻtdi. Garchi bir murshiddan ayrilgan boʻlsamda, koʻp murshidlarni birdan topdim, qutuldim", deb yozgan edi. Qarasam, haqiqatdan Abdulmajid goʻzal bir maslakka kirib, u eski vaziyatlaridan qutulgan.
Yana bu besh misol kabi juda koʻp misollar bor. Ular koʻrsatishadiki: Ulumi iymoniya, xususan toʻgʻridan-toʻgʻri ehtiyojga binoan va yaralariga davo sifatida Qur'oni Hakimning asroridan ma'naviy dorilar olinsa va tajriba qilinsa; albatta u ulumi iymoniya va u adviya-i ruhoniya, ehtiyojini his qilganlarga va jiddiy ixlos bilan iste'mol etganlarga yetadi, kifoya qiladi. Ularni sotgan va koʻrsatgan dorixonachi va dallol qanday holda boʻlsa boʻlsin; oddiy boʻlsin, muflis boʻlsin, boy boʻlsin, maqom sohibi boʻlsin, xizmatkor boʻlsin, uncha farqi yoʻq.
Darhaqiqat, Quyosh bor ekan, mumlarning ziyosi ostiga kirishga ehtiyoj yoʻq. Modomiki Quyoshni koʻrsatyapman, mendan mum ziyosi -xususan menda boʻlmasa- istash ma'nosiz, luzumsizdir. Balki ular menga duo bilan, ma'naviy yordam bilan, hatto himmat bilan muovanat etishlari lozim. Va men ulardan istimdod etishim va madad istash, mening haqqimdir. Ular Nurlardan olgan fayzlariga qanoat etishlari, ular ustidagi haqdir.
Oxirat qardoshlarim va gʻayratli talabalarim Xusrav Afandi va Ra'fat Bey!
Soʻzlar nomli anvori Qur'oniyada uchta karomati Qur'oniyani his etayotgan edik. Sizlar ham, gʻayrat va shavqingiz bilan toʻrtinchisini ilova ettirdingiz. Biz bilgan uchta esa:
Birinchisi: Ta'lifida favquloda suhulat va sur'atdir. Hatto besh parcha boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub ikki-uch kunda va har kuni uch-toʻrt soat mobaynida -majmui oʻn ikki soat boʻladi- kitobsiz, togʻda, bogʻda ta'lif etildi. Oʻttizinchi Soʻz xastalangan zamonda, besh-olti soatda ta'lif etildi. Yigirma Sakkizinchi Soʻz boʻlgan Jannat bahsi bir yoki ikki soatda Sulaymonning dala bogʻida ta'lif etildi. Men va Tavfiq bilan Sulaymon bu sur'atga hayratda qoldik. Va hokazo...
Ta'lifida bu karomati Qur'oniya boʻlgani kabi...
Ikkinchisi: Yozilishida ham favquloda bir suhulat, bir ishtiyoq va zerikmaslik bor. Bu davrda ruhlarga, aqllarga zerikish bergan koʻp sabablar ichida bu Soʻzlardan biri chiqadi, birdan koʻp yerlarda kamoli ishtiyoq bilan yozilishi boshlanadi. Muhim mashgʻalalar ichida ular hamma narsaga tarjih etilyapti. Va hokazo...
Uchinchi Karomati Qur'oniya: Bularning oʻqilishi ham zerikish bermaydi. Xususan ehtiyoj his etilsa, oʻqigan sari zavq olinadi, zerikilmaydi.
Xullas, siz ham «Toʻrtinchi bir Karomati Qur'oniya» ni isbot etdingiz. Xusrav kabi, oʻziga tanbal degan va besh yildir Soʻzlarni eshitgani holda yozishga haqiqatdan tanballik qilib boshlamagan qardoshimiz, bir oyda oʻn toʻrt kitobni goʻzal va diqqatli yozishi, shubhasiz toʻrtinchi bir karomati asrori Qur'oniyadir. Xususan, Oʻttiz Uchinchi Maktub boʻlgan oʻttiz uch derazalarning qiymati tamoman taqdir etilganki, gʻoyat diqqat bilan va goʻzal yozilgan. Darhaqiqat, u risola ma'rifatulloh va Iymoni Billoh uchun eng quvvatli va eng porloq bir risoladir. Yolgʻiz boshdagi derazalar gʻoyat ijmol va ixtisor bilan ketilgan. Faqat tobora inkishof etadi, yanada ziyoda porlaydi. Zotan boshqa ta'lifotga muxolif boʻlib, aksar Soʻzlarning boshlari mujmal boshlanadi, borgancha kengayadi, tanavvur etadi.
Toʻrtinchi Risola boʻlgan Toʻrtinchi Masala
Aziz qardoshlarim!
Savol soʻrayapsizki: Masjidi sharifingizga, Juma kechasida sababsiz, muborak bir musofirning kelishi bilan tajovuz etilgan. Bu hodisaning mohiyati nima? Nima uchun senga yopishyaptilar?
Aljavob: Toʻrt nuqtani, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan bayon etaman. Balki ixvonlarimga madori intiboh boʻladi, siz ham javobini olasiz.
Birinchi Nuqta: U hodisaning mohiyati; xilofi qonun va butunlay oʻzboshimchalik bilan va zindiqo hisobiga, Juma kechasida qalbimizga talosh berish va jamoatga futur keltirish va meni musofirlar bilan koʻrishtirmaslik uchun, bir dasisa-i shaytoniya va munofiqona bir ta'arruzdir. Gʻaroibdan, oʻsha kechadan avval boʻlgan payshanba kuni tanazzuh uchun bir tarafga borgan edim. Qaytishimda goʻyo ikki ilon bir-biriga qoʻshilgan kabi uzun qora bir ilon chap tarafimdan keldi, men bilan doʻstimning oʻrtasidan oʻtdi. Doʻstimga, u ilondan dahshat olib qoʻrqdingmi, deb soʻradim:
-Koʻrdingmi?
U: Nimani? dedi.
-Mana bu dahshatli ilonni! dedim.
-Yoʻq koʻrmadim va koʻrolmayapman, dedi.
"Fasubhanalloh!" dedim. "Bu qadar katta bir ilon, ikkimizning oramizdan oʻtgani holda, qanday koʻrmading?"
Oʻshanda xayolimga hech narsa kelmadi. Faqat soʻngra qalbimga keldi: "Bu senga ishorat, diqqat qil!" Oʻyladimki, kechalari koʻrgan ilonlarim navidan. Ya'ni: Kechalarda koʻrgan ilonlarim; xiyonat niyati bilan har qachon bir ma'mur oldimga kelsa, uni ilon suratida koʻrar edim. Hatto bir marta mudirga: "Yomon niyat bilan kelgan vaqting seni ilon suratida koʻraman, diqqat qil!" degandim. Zotan salafini koʻp vaqt shunday koʻrar edim. Demak, shu men zohir tarzda koʻrgan ilon esa, xiyonatlari bu safar niyat boʻlib qolmaydi, balki fe'lan tajovuz suratini olishiga ishorat ekan. Bu safargi tajovuz -garchi- zohiran kichik va kichraytirish istanilyapti; vijdonsiz bir muallimning tashvigʻi bilan va ishtiroki bilan u ma'mur; masjid ichida, namoz tasbehotini qilayotganda, "U musofirlarni keltiringlar!" deb jandarmalarga amr bergan. Maqsad -meni gʻazablantirish. Eski Said tabiati: bu favqalqonun, butunlay oʻzboshimchalik bilan qilingan muomalaga haydab yuborish bilan muqobala etish edi. Holbuki u badbaxt bilmadiki, Saidning lisonida Qur'onning uskunasidan kelgan olmos qilich bor ekan, qoʻlidagi siniq oʻtin parchasi bilan mudofaa qilmaydi; balki u qilichni shunday iste'mol etadi. Faqat jandarmalarning aqllari boshlarida boʻlgani uchun, hech bir davlat, hech bir hukumat namozda, masjidda, vazifa-i diniya tugamasdan tegmagani uchun, namoz va tasbehotning tugashiga qadar kutishdi. Ma'mur bundan gʻazablangan; "Jandarmalar menga quloq solishmayapti" deya qirbekchisini orqasidan yuborgan. Lekin Janobi Haq meni bunday ilonlar bilan ovora boʻlishga majbur qilmaydi. Ixvonlarimga ham tavsiyam shuki: Zarurati qat'iya boʻlmasdan, bular bilan ovora boʻlmanglar. "Javob-ul ahmaq assukut" navidan, tanazzul etib ular bilan gaplashmanglar. Faqat shunga diqqat qilingki: Jonivor bir hayvonga qarshi oʻzini zaif koʻrsatish, uni hujumga tashji' etgani kabi; Hayvon vijdonlilarga tilyogʻlamachilik etish bilan za'f koʻrsatish, ularni tajovuzga chorlaydi. Shunday ekan, doʻstlar mutayaqqiz harakat qilishlari kerak, toki doʻstlarning loqaydliklaridan va gʻaflatlaridan, zindiqo tarafdorlari istifoda etishmasin.
Ikkinchi Nuqta: وَلَا تَرْكَنُٓوا اِلَى الَّذ۪ينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ oyati karimasi farmoni bilan: Zulmga yolgʻiz vosita boʻlganni va tarafdor boʻlganni emas, balki adno bir mayl etganlarni ham dahshat bilan va shiddat bilan tahdid etadi. Chunki rizo-i kufr, kufr boʻlgani kabi; zulmga rizo ham zulmdir.
Qarang, bir ahli kamol, komilona shu oyatning koʻp javohiridan bir javharini shunday ta'bir etgan:
Ha; ba'zilari ilonlik qiladi, ba'zilari itlik qiladi. Bunday muborak bir kechada, muborak bir musofirning, muborak bir duodaligida, josuslik qilib, goʻyo biz jinoyat qilayotgandek ixbor etgan va ta'arruz etgan, albatta bu she'rning maolidagi ta'zirga mustahaqdir.
Uchinchi Nuqta: Savol: Modomiki Qur'oni Hakimning fayzi bilan va nuri bilan eng mutamarrid va muta'annid dinsizlarni isloh va irshod etishga Qur'onning himmatiga ishonyapsan. Ham fe'lan qilyapsan. Nima uchun yoningdagi mutajovizlarni chaqirib irshod etmayapsan?
Aljavob: Usuli shariatning qoida-i muhimmasidandir: اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ Ya'ni: "Bilib turib zararga rozi boʻlganga shafqat qilinmaydi". Men garchi Qur'oni Hakimning quvvatiga istinodan da'vo etyapmanki: "Juda pastkash boʻlmaslik va ilon kabi zalolat zaharini sochish bilan talazzuz etmaslik sharti bilan, eng mutamarrid dinsizni, bir necha soat mobaynida iqno' etmasam ham, ilzom etishga hozirman". Lekin nihoyat darajada pastkashlikka tushgan bir vijdon, bilib turib dinini dunyoga sotsa va bilib haqiqat olmoslarini iflos, muzir shisha parchalariga almashadigan darajada munofiqlikka kirgan inson suratidagi ilonlarga haqoiqni aytish; haqoiqqa qarshi hurmatsizlikdir. كَتَعْل۪يقِ الدُّرَرِ ف۪ى اَعْنَاقِ الْبَقَرِ zarbulmasali kabi boʻladi. Chunki bu ishlarni qilganlar necha marta haqiqatni Risola-i Nurdan eshitdilar. Va bilib turib haqiqatlarni zindiqo zalolatlariga qarshi chiritishni istaydilar. Bundaylar ilon kabi zahardan lazzat oladilar.
Toʻrtinchi Nuqta: Menga qarshi bu yetti yildagi muomalalar, butunlay oʻzboshimchalik bilan va favqalqonundir. Chunki surgunlarning va asirlarning va zindondagilarning qonunlari oʻrtada. Ular qonunan aqrabosi bilan koʻrishadilar, ixtilotdan man qilinmaydilar. Har millat va davlatda ibodatu toat tajovuzdan masundir. Mening oʻxshashlarim shaharlarda aqrabosi bilan va ahboblari bilan barobar qoldilar. Na ixtilotdan, na muxobaradan va na kezishdan man qilindilar. Men man qilindim. Va hatto masjidimga va ibodatimga tajovuz etildi. Shofe'iylarcha, tasbehot ichida kalima-i tavhidning takrori sunnat ekan, menga tark ettirilishga urinildi. Hatto Burdurda eski muhojirlardan Shabob ismli ummiy bir zot qaynonasi bilan birga tabdili havo uchun bu yerga kelganida, hamshaharlilik e'tibori bilan mening yonimga keldi. Uch musallah jandarma bilan masjidda ushlandi. U ma'mur, xilofi qonun qilgan xatosini toʻsishga urinib: "Kechirasiz, xafa boʻlmang, vazifamiz", degan. Soʻngra, "Qani ket" deb ruxsat bergan. Bu voqeaga boshqa narsalar va muomalalar qiyos etilsa, anglashiladiki: Menga qarshi butunlay oʻzboshimcha muomaladirki; ilonlarni, itlarni menga yoʻliqtirishyapti. Men ham ular bilan ovora boʻlishga tanazzul etmayapman. U muzirlarning sharlarini daf qilish uchun Janobi Haqqa havola qilaman. Zotan sababi tahrij boʻlgan hodisani chiqarganlar hozir mamlakatlaridadirlar. Va quvvatli ruasolar ashoirlarning boshidadirlar. Harkas tarhis etildi. Boshlarini yesin, dunyolari bilan aloqam boʻlmagani holda, meni va ikki zoti oxarni mustasno qoldirdilar. Bunga ham mayli dedim. Faqat u zotlardan biri bir yerga muftiy qilib tayinlangan, mamlakatidan boshqa har tarafni kezadi va Anqaraga ham boryapti. Boshqasi Istanbulda qirq minglab hamshaharlari ichida va hamma bilan koʻrisha oladigan vaziyatda qoldirilgan. Holbuki bu ikki zot men kabi kimsasiz, yolgʻiz emaslar.. mashaalloh buyuk nufuzlari bor. Ham... Ham... Meni esa bir qishloqqa tiqishgan, eng vijdonsiz insonlar bilan meni siqishgan. Yigirma daqiqalik bir qishloqqa olti yilda ikki marta bora olganim kabi, u qishloqqa borish va bir necha kun tabdili havo uchun ruxsat bermaydigan darajada, meni muzaaf bir istibdod ostida ezyaptilar. Holbuki bir hukumat qay shaklda boʻlsa boʻlsin, qonuni bitta boʻladi. Qishloqlar va shaxslarga koʻra boshqa-boshqa qonun boʻlmaydi. Demak, men haqqimdagi qonun, qonunsizlikdir. Bu yerdagi ma'murlar; nufuzi hukumatni agʻrazi shaxsiyada iste'mol etyaptilar. Faqat Janobi Arhamurrohiminga yuz minglab shukr qilaman va tahdisi ne'mat suratida aytaman: "Butun ularning bu tazyiqot va istibdodlari; anvori Qur'oniyani nurlantirgan gʻayrat va himmat otashiga oʻtin parchalari hukmiga oʻtyapti; ish'ol etyapti, porlatyapti. Va u tazyiqlarni koʻrgan va gʻayratning harorati bilan inbisot etgan u anvori Qur'oniya; Barla oʻrniga bu viloyatni, balki aksar mamlakatni bir madrasa hukmiga keltirdi. Ular meni bir qishloqda mahbus deb oʻylaydi. Zindiqlarning istashlariga qarshi, aksincha Barla kursi-i dars boʻlib, Isparta kabi koʻp yerlar madrasa hukmiga oʻtdi..."
Beshinchi Risola boʻlgan Beshinchi Masala
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon takror bilan:
kabi oyatlar bilan koʻrsatadiki: Xoliqi Rahmon ibodidan istagan eng muhim ish, shukrdir. Furqoni Hakimda gʻoyat ahamiyat bilan shukrga da'vat qiladi. Va shukr qilmaslikni, ne'matlarni takzib va inkor suratida koʻrsatib فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ farmoni bilan, Sura-i Rahmonda shiddatli va dahshatli bir suratda oʻttiz bir marta bu oyat bilan tahdid etadi. Shukrsizlik, bir takzib va inkor ekanini koʻrsatadi.
Ha, Qur'oni Hakim qandayki shukrni natija-i xilqat sifatida koʻrsatadi; xuddi shuning kabi Qur'oni Kabir boʻlgan shu koinot ham koʻrsatadiki: Natija-i xilqati olamning eng muhimi, shukrdir. Chunki koinotga diqqat qilinsa, koʻrinadiki: Koinotning tashkiloti shukrni intoj etadigan bir suratda har bir narsa bir daraja shukrga qaraydi va unga mutavajjih boʻladi. Goʻyo bu shajara-i xilqatning eng muhim mevasi, shukrdir. Va shu koinot fabrikasi chiqargan mahsulotning eng a'losi, shukrdir. Chunki xilqati olamda koʻryapmizki; mavjudoti olam bir doira tarzida tashkil qilinib, ichida nuqta-i markaziya oʻlaroq hayot xalq etilgan. Butun mavjudot hayotga qaraydi, hayotga xizmat qiladi, hayotning lavozimotini yetishtiradi. Demak, koinotni xalq etgan zot undan u hayotni intihob etadi. Soʻngra koʻryapmizki; zihayot olamlarini bir doira suratida ijod etib, insonni nuqta-i markaziyada qoldiradi. Goʻyo zihayotlardan maqsud boʻlgan gʻoyalar unda tamarkuz etadi; butun zihayotni uning atrofiga toʻplab, unga xizmatkor va musahhar qiladi, uni ularga hokim qiladi. Demak, Xoliqi Zuljalol zihayotlar ichida insonni intihob etadi, olamda uni iroda va ixtiyor qiladi.
Soʻngra koʻryapmizki; olami insoniyat ham, balki hayvon olami ham bir doira hukmida tashkil qilinadi va nuqta-i markaziyada rizq vaz' etilgan. Butun navi insonni va hatto xuddiki hayvonotni rizqqa ta'ashshuq ettirib, ularni batamom rizqqa xodim va musahhar qilgan. Ularga hukm qilgan rizqdir. Rizqni ham shu qadar keng va boy bir xazina qilganki, hadsiz ne'matlarni jome'dir. Hatto rizqning koʻp anvo'idan yolgʻiz bir navining totlarini tanish uchun, lisonda quvva-i zoiqa nomli bir jihoz bilan, mat'umot adadicha ma'naviy nozik mezonchalar qoʻyilgan. Demak, koinot ichida eng ajib, eng boy, eng gʻarib, eng shirin, eng jome', eng badi' haqiqat rizqdadir.
Hozir koʻryapmizki: Hamma narsa rizqning atrofida toʻplanib, unga qarayotgan ekan; xuddi shuning kabi rizq ham butun anvo'i bilan ma'nan va moddatan, holan va qolan shukr bilan qoimdir, shukr bilan boʻlyapti, shukrni yetishtiryapti, shukrni koʻrsatyapti. Chunki rizqqa ishtaha va ishtiyoq, bir navi shukri fitriydir. Va talazzuz va zavq ham gʻayri shuuriy bir shukrdirki, butun hayvonotda bu shukr bordir. Yolgʻiz inson, zalolat va kufr bilan u fitriy shukrning mohiyatini oʻzgartiradi; shukrdan shirkka ketadi.
Ham rizq boʻlgan ne'matlarda gʻoyat goʻzal bezakli suratlar, gʻoyat goʻzal hidlar, gʻoyat goʻzal totishlar; shukrning da'vatchilaridir, zihayotni shavqqa da'vat etadi va shavq bilan bir navi istehson va ehtiromga chorlaydi, bir shukri ma'naviy qildiradi. Va zishuurning nazarini diqqatga jalb qiladi, istehsonga targʻib etadi. Ne'matlari ehtiromga uni tashviq etadi; u bilan qolan va fe'lan shukrga irshod qiladi va shukr qildiradi va shukr ichida eng oliy va totli lazzatni va zavqni unga tottiradi. Ya'ni, koʻrsatadiki: Shu lazzatli rizq va ne'mat, qisqa va muvaqqat lazzati zohiriyasi bilan barobar doimiy, haqiqiy, hadsiz bir lazzatni va zavqni tashigan iltifoti Rahmoniyni shukr bilan qozontiradi. Ya'ni: Rahmat xazinalarining Moliki Karimining hadsiz lazzatli boʻlgan iltifotini oʻylattirib, bu dunyoda ham Jannatning boqiy bir zavqini ma'nan tottiradi. Xullas, rizq shukr vositasi bilan shu qadar qiymatli va boy bir xazina-i jome'a boʻlgani holda, shukrsizlik bilan nihoyat darajada sukut etadi.
Oltinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: Lisondagi quvva-i zoiqa Janobi Haq hisobiga, ya'ni ma'naviy vazifa-i shukroniya bilan rizqqa mutavajjih boʻlgan vaqti, u tildagi quvva-i zoiqa rahmati benihoya-i Ilohiyaning hadsiz matbaxlariga shokir bir mufattish; homid bir noziri oliyqadr hukmidadir. Agar nafs hisobiga boʻlsa, ya'ni, rizqni in'om etganning shukrini oʻylamasdan mutavajjih boʻlsa; u tildagi quvva-i zoiqa bir noziri oliyqadr maqomidan batn fabrikasining qoʻriqchisi va me'da oxurining bir darvozaboni darajasiga tushadi. Qanday qilib rizqning bu xizmatkori shukrsizlik bilan bu darajaga tushadi, shuning kabi rizqning mohiyati va boshqa xodimlari ham sukut etadilar. Eng yuksak maqomdan eng adno maqomga tushadilar. Koinot Xoliqining hikmatiga zid va muxolif bir vaziyatga tushadilar.
Shukrning miqyosi; qanoatdir va iqtisoddir va rizodir va mamnuniyatdir. Shukrsizlikning mezoni; hirsdir va isrofdir, hurmatsizlikdir, harom-halol demasdan duch kelganni yeyishdir.
Ha, hirs; shukrsizlik boʻlgani kabi, ham sababi mahrumiyatdir, ham vosita-i zillatdir. Hatto hayoti ijtimoiyaga sohib boʻlgan muborak chumoli ham, goʻyo hirs vositasi bilan oyoqlar ostida qolgan, eziladi. Chunki qanoat qilmasdan, bir yilda bir nechta bugʻdoy kifoya ekan, qoʻlidan kelsa, minglab donni toʻplaydi. Goʻyo muborak ari, qanoati tufayli bosh uzra uchadi. Qanoat qilgani uchun, asalni insonlarga amri ilohiy bilan ehson qiladi, yediradi.
Ha, Zoti Aqdasning olami zotiysi va eng a'zamiy ismi boʻlgan Lafzullohdan keyin turadigan eng a'zam ismi Rahmon rizqqa qaraydi va rizqdagi shukr bilan unga yetishiladi. Ham Rahmonning eng zohir ma'nosi Razzoqdir.
Ham shukrning anvo'i bor. U navlarning eng jome'i va fihrista-i umumiyasi, namozdir.
Ham, shukr ichida sof bir iymon bor, xolis bir tavhid mavjud. Chunki bir olmani yegan va "Alhamdulilloh" degan odam, u shukri bilan e'lon qiladiki: "U olma toʻgʻridan toʻgʻriga dasti qudratning yodgorligi va toʻgʻridan toʻgʻri xazina-i rahmatning hadyasidir", deyishi bilan va e'tiqod etishi bilan, hamma narsani -juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin- dasti qudratiga taslim etadi. Va har narsada rahmatning jilvasini biladi. Haqiqiy bir iymonni va xolis bir tavhidni shukr bilan bayon etadi.
Insoni gʻofil, kufroni ne'mat bilan qay daraja xasoratga tushganini koʻp jihatlardan yolgʻiz bir vajhini aytamiz:
Lazzatli bir ne'matni inson yesa, agar shukr qilsa; u yegan ne'mati shukr vositasi bilan bir nur boʻladi, uxroviy bir meva-i Jannat boʻladi. Bergan lazzati bilan Janobi Haqning iltifoti rahmatining asari ekanini oʻylash bilan, buyuk va doimiy bir lazzat va zavq beradi. Bunday ma'naviy mohiyat va xulosalarni va ma'naviy moddalarni ulviy maqomlarga yoʻllab, moddiy va sufliy (posa) va qishriy, ya'ni vazifasini tugatgan va luzumsiz qolgan moddalari fuzulot boʻlib asliga, ya'ni anosirga inqilob etishga ketadi. Agar shukr qilmasa; u muvaqqat lazzat zavol bilan bir alam va taassuf qoldiradi va oʻzi ham qazurot boʻladi. Olmos mohiyatli ne'mat koʻmirga aylanadi. Shukr bilan zoil rizqlar; doimiy lazzatlar, boqiy mevalar beradi. Shukrsiz ne'mat, eng goʻzal bir suratdan xunuk bir suratga aylanadi. Chunki u gʻofilga koʻra rizqning oqibati, muvaqqat bir lazzatdan keyin fuzulotdir.
Ha, rizqning ishqqa loyiq surati bor; u ham, shukr bilan u surat koʻrinadi. Boʻlmasa, ahli gʻaflat va zalolatning rizqqa ishqlari, bir hayvonlikdir. Yana bunga qiyos qilki, ahli zalolat va gʻaflat qay daraja xasorat etadi.
Anvo'i zihayot ichida eng ziyoda rizqning avno'iga muhtoj, insondir. Janobi Haq insonni barcha asmosiga jome' bir oyna va butun rahmatining xazinalarining mudaxxarotini tortadigan, taniydigan jihozotga molik bir moʻ'jiza-i qudrat va butun asmosining jilvalarining va san'atlarining nozikliklarini mezonga tortadigan asboblarni ichiga olgan bir xalifa-i Arz suratida xalq etgan. Shuning uchun hadsiz bir ehtiyoj berib, moddiy va ma'naviy rizqning hadsiz anvo'iga muhtoj qilgan. Insonni bu jome'iyatga koʻra eng a'lo bir mavqe boʻlgan ahsani taqvimga chiqarish vositasi, shukrdir. Shukr boʻlmasa, asfali sofiliynga tushadi; bir zulmi azimni irtikob etadi.
Alhosil: Eng a'lo va eng yuksak tariq boʻlgan tariqi ubudiyat va mahbubiyatning toʻrt asosidan eng buyuk asosi shukrdirki; u toʻrt asos shunday ta'bir etilgan:
Ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq, ey aziz..."
Oltinchi Risola boʻlgan Oltinchi Masala
Yettinchi Risola boʻlgan Yettinchi Masala
Shu masala "Yetti Ishorat"dir.
Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi Sabab: Eski Harbi Umumiydan avval va avoilida, bir voqea-i sodiqada koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan u togʻ mudhish tarzda infiloq etdi. Togʻlar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. U dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qoʻrqma! Janobi Haqning amridir; u Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir zot menga amirona deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon et". Uygʻondim, angladimki: Bir katta infiloq boʻladi. U infiloq va inqilobdan soʻngra Qur'on atrofidagi qal'alar sinadi. Toʻgʻridan toʻgʻriga Qur'on oʻzini oʻzi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning poʻlat bir sovuti boʻladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq, men kabi bir odam nomzod boʻladi va nomzod boʻlganimni angladim.
Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon Soʻzlar bilan boʻldi. Albatta u i'jozning hisobiga oʻtgan va uning rashahoti va barakoti navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyotni izhor etish, i'jozga yordam va izhor etish kerak.
Ikkinchi Sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; u oʻzini oʻzi madh etyapti. Biz ham uning darsiga ittiboan, uning tafsirini madh etamiz.
Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqoiq Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda حٰمٓ larda oʻzini oʻzi kamoli hashmat bilan koʻrsatadi, kamolotini aytadi, loyiq boʻlgan madhni oʻziga oʻzi qiladi. Albatta, Soʻzlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat boʻlgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab: Soʻzlar haqida tavozu suratida demayman; balki bir haqiqatni bayon etish uchun aytaman: Soʻzlardagi haqoiq va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan tarashshuh etgan. Hatto Oʻninchi Soʻz, yuzlab oyoti Qur'oniyadan sizilgan ba'zi qatarotdir. Boshqa risolalar ham batamom shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman; albatta boqiy narsa va bir asar, men bilan bogʻlanmasligi kerak va bogʻlanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon, ishlariga toʻgʻri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir; albatta samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozotga va tanqidotga mador boʻla olgan va sukut eta olgan chirik bir tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak. Ham modomiki urfi nosda, bir asardagi mazoya, u asarning masdari va manbai deb oʻylaganlari muallifining atvorida qidiriladi va bu odatga koʻra, u haqoiqi oliyani va u javohiri gʻoliyani oʻzim kabi bir muflisga va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsiyatimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar oʻz molim emas, Qur'onning moli boʻlib, Qur'onning rashahoti maziyotiga mazhar boʻlganlarini izhor etishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xosiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.
Toʻrtinchi Sabab: Ba'zan tavozu, kufroni ne'matni istilzom etadi; balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor boʻladi. Ikkisi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi; na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Maziyat va kamolotlarni iqror etib, faqat tamalluk etmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi boʻlib koʻrsatishdir. Masalan: Murasso' va muzayyan bir albisa-i faxirani bir kishi senga kiydirsa va u bilan juda goʻzallashsang, odamlar senga: "Mashaalloh juda goʻzalsan, juda goʻzallashding", deyishsa, sen tavozukorona: "Xosho!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani goʻzallik?" desang, u payt kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga qarshi hurmatsizlik boʻladi. Agar muftaxirona desang: "Ha, men juda goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, men kabi birini koʻrsating". U payt magʻrurona bir faxrdir.
Demak, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men goʻzallashdim, faqat goʻzallik libosniki va demakki libosni menga kiydirganniki, meniki emas".
Buning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun Kura-i Arzga baqirib deymanki: Soʻzlar goʻzaldirlar, haqiqatdirlar; faqat meniki emas, Qur'oni Karimning haqoiqidan talammu' etgan shualardir.
dasturi bilan deymanki:
ya'ni: "Qur'onning haqoiqi i'jozini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsatolmadim; balki Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birotimni ham goʻzallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan; haqoiqi Qur'onning goʻzalligi nomiga Soʻzlar nomidagi oynalarining goʻzalliklarini va u oynadorlikka tarattub etgan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi Sabab: Koʻp zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki; u zot eski valiylarning gʻaybiy ishoratlaridan istixroj etgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur zuhur etadi, bid'atlar zulumotini tarqatadi". Men bunday bir nurning zuhuriga koʻp intizor etdim va etyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Shunday qudsiy gullarga zamin tayyorlash lozim keladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin ihzor etyapmiz. Modomiki oʻzimizga oid emas, albatta Soʻzlar nomli nurlarga oid boʻlgan inoyoti Ilohiyani bayon etishda madori faxr va gʻurur boʻlolmaydi; balki madori hamd va shukr va tahdisi ne'mat boʻladi.
Oltinchi Sabab: Soʻzlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'onga xizmatimizga bir mukofoti a'jila va bir vosita-i tashviq boʻlgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor etiladi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa; koʻpi bilan bir ikromi Ilohiy boʻladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan oʻtsa, koʻpi bilan hech ixtiyorimiz qoʻshilmasdan bir karomati Qur'oniya boʻladi. Biz mazhar boʻlganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, unda koʻpi bilan Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari boʻladi. Modomiki i'joz izhor etiladi, albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga oʻtadi; hech madori faxr va gʻurur boʻlolmaydi, balki madori hamd va shukrondir.
Yettinchi Sabab: Navi insonning yuzdan saksoni ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va moʻ'tamad insonlardan eshitgan masoillarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qoʻlida zaif koʻradi va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatli talaqqiy etadi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaning qiymatini, aksar nosning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, bilmajburiya e'lon etamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmasdan, birisi bizni istihdom etyapti; biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlatyapti. Dalilimiz shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyotga va tasxilotga mazhar boʻlyapmiz. Shunday ekan, u inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, oʻtgan yetti sabablarga binoan, kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishorat qilamiz.
Birinchi Ishorat: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilganki, "tavofuqot"dir. Azjumla: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishoratidan to Oʻn Sakkizinchi Ishoratiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir mustansixning nusxasida ikki sahifa mustasno boʻlib mutaboqiy butun sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, koʻpi bilan bir sahifada kasratli amsol kalimalari boʻlsa, yarmi qadar tavofuq boʻladi, faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq eta oladi. U holda bunday umum sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasi; ikki boʻlsin, uch boʻlsin, toʻrt boʻlsin yoki yana ziyod boʻlsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodif boʻlishi mumkin emas. Ham sakkiz boshqa-boshqa mustansix buzolmagan bir tavofuqning, quvvatli bir ishorati gʻaybiya ichida ekanini koʻrsatadi. Qandayki ahli balogʻatning kitoblarida balogʻatning darajoti boʻlgani holda; Qur'oni Hakimdagi balogʻat, daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Shunga oʻxshab; moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur ajzolarida tavofuqot umum kitoblardan ustun bir daraja-i gʻarobat koʻrsatadi. Va shundan tushuniladiki; moʻ'jizoti Qur'oniya va moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda tajalliy va tamassul etyapti.
Ikkinchi Ishorat: Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim ummiy, diyori gʻurbatda, hech kimi boʻlmagan, ixtilotdan man etilgan tarzda; quvvatli, jiddiy, samimiy, gʻayyur, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich boʻlgan qardoshlarni menga muovin tarzida ehson etdi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir kelgan vazifa-i Qur'oniyani u kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan, yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa; -Xulusiyning ta'biri bilan- simsiz telegrafning oxizalari hukmida va -Sabrining ta'biri bilan- nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa maziyatlari va qiymatli muxtalif xosiyatlari bilan birga, -yana Sabrining ta'biri bilan- bir tavofuqoti gʻaybiya navidan, shavq va sa'yu gʻayrat va jiddiyatga bir-biriga oʻxshash bir suratda asrori Qur'oniyani va anvori iymoniyani atrofga nashr etishlari va har yerga yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, hurufot oʻzgargan, matbaa yoʻq, harkas anvori iymoniyaga muhtoj boʻlgan bir zamonda) va futur beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar bor ekan, bularning futursiz, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻriga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valoyatning karomati boʻlgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun boʻlgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy tasonudning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻta oladi, inoyotga mazhar boʻladi.
Ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir boʻlinmaning serjantiga butun sharafni va butun gʻanimatni berish bir zulm, xato boʻlgani kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan futuhotdagi inoyotni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda, tavofuqoti gʻaybiyadanda quvvatli bir ishorati gʻaybiya bor va men koʻryapman; faqat harkimga va umumga koʻrsatolmayman.
Uchinchi Ishorat: Risola-i Nur ajzolari butun muhim haqoiqi iymoniya va Qur'oniyani hatto eng muannidga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki haqoiqi iymoniya va Qur'oniya ichida shundaylar borki; eng buyuk bir dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino fahmida ojizligini e'tirof etgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. Oʻninchi Soʻz Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqoiqni avomlarga ham, bolalarga ham bildiradi.
Ham masalan: Sirri Qadar va juzi ixtiyoriyning hal etilishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi alloma; qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan talvih nom kitobida zoʻrgʻa hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masoilni, qadarga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida tamomi bilan, ham harkasga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat boʻlmasa, nima?
Ham butun uqulni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf etilmagan va sirri xilqati olam va tilsimi koinot deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning tahavvuloti zarrotning olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va xilqati koinotning va oqibatining muammosini va tahavvuloti zarrotdagi harakotning sirri hikmatini kashf va bayon etishgan, maydondadir, koʻrish mumkin.
Ham sirri ahadiyat bilan, sheriksiz vahdati rububiyatni; ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan, nihoyatsiz bu'diyatimiz boʻlgan hayrat-angiz haqiqatlarni kamoli vuzuh bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon etganlari kabi; qudrati Ilohiyaga nisbatan zarrot va sayyorot musoviy boʻlganini va hashri a'zamda umum ziruhning ihyosi, bir nafsning ihyosi qadar u qudratga oson ekanini va shirkning xilqati koinotda mudohalasi imtino' darajasida aqldan uzoq ekanini kamoli vuzuh bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli, shu azim sirri vahdatni kashf etgan.
Ham haqoiqi iymoniya va Qur'oniyada shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy ihota etolmagani holda; men kabi zehni mushavvash, vaziyati parishon, murojaat etiladigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va sur'at bilan yozgan bir odamda, u haqoiqning aksariyati mutlaqasi daqoiqi bilan zuhuri; toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati gʻaybiyadir.
Toʻrtinchi Ishorat: Ellik-oltmishta risolalar {(*) Hozir bir yuz oʻttizta.} shunday bir tarzda ehson etilganki; men kabi oz fikrlagan va zuhurotga tobeiyat etgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning emas; balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan toʻgʻriga bir asari inoyat boʻlganini koʻrsatadi. Chunki butun bu risolalarda butun chuqur haqoiq; tamsilot vositasi bilan, eng omi va ummiy boʻlganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqoiqning koʻpini buyuk olimlar "tafhim etilmaydi" deb, avomga emas, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada; men kabi Turkchasi oz, soʻzlari mugʻlaq, koʻpi anglashilmaydigan va zohir haqiqatlarni ham mushkullashtiradi deb eskidan beri ishtihor topgan va eski asarlari sui ishtihorni tasdiq etgan shaxsning qoʻlida bu horiqo tasxilot va suhulati bayon; albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.
Beshinchi Ishorat: Risolalar umumiy shaklda koʻp intishor etgani holda, eng buyuk olimdan to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir valiydan to eng muannid dinsiz bir faylasufgacha boʻlgan tabaqoti nos va toifalar u risolalarni koʻrib, oʻqib va bir qismi ta'zirlarini yeb, tanqid etilmasligi va har toifa darajasiga koʻra istifoda etishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya boʻlgani kabi, koʻp tadqiqot va taharriyotning natijasi bilan husul topgan u tur risolalar, favquloda bir sur'at bilan, ham idrokimni va fikrimni mushavvash etgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va mustansixlar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh parchasi, bir necha kun mobaynida har kun ikki-uch soatda va majmui oʻn ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi; hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida zohir bir xotami nubuvvatni koʻrsatgan toʻrtinchi juz, uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan; va Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan; va Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar shundayligi; va eskidan beri qiynalgan va munqabiz boʻlgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin doʻstlarim bilishadi. Xususan, u qiynoqqa xastalik ham ilova etilsa, meni yanada koʻproq darsdan, ta'lifdan man etish bilan birga; eng muhim Soʻzlar va risolalar, eng qiynoqli va xastalikli zamonimda, eng sur'atli bir tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya boʻlmasa, nima?
Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin, bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan boʻlsa, muhaqqaq bir qism masoili bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Bu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -koʻplardan soʻraganim holda- sui ta'sir va aks-ul amal va taxdishi azhon kabi bir zarar bermaganlari, toʻgʻridan toʻgʻri bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizcha muhaqqaqdir.
Oltinchi Ishorat: Hozir mencha qat'iyat paydo etgandirki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda oʻtgan va shunday gʻarib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Goʻyo butun hayoti ilmiyam muqaddimoti ihzoriya hukmiga oʻtgan. Va Soʻzlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda boʻlgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va gʻurbatimda va sababsiz va orzumning xilofiga tajarrudim va mashrabimga muxolif yolgʻiz bir qishloqda imrori hayot etishim; va eskidan beri ulfat etganim hayoti ijtimoiyaning koʻp robitalaridan va qoidalaridan nafrat etib tark etishim; toʻgʻridan toʻgʻriga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto koʻp marta menga berilgan qiynoq va zulman menga qarshi boʻlgan tazyiqot pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona, Qur'onning asroriga hasri fikr ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto eskidan mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; boshqa barcha kitoblarning mutolaasidan bir man, bir mujonabat ruhimga berilgan edi. Bunday gʻurbatda madori tasalli va unsiyat boʻlgan mutolaani menga tark ettirgan, angladimki, toʻgʻridan toʻgʻriga oyoti Qur'oniyaning ustozi mutlaq boʻlishlari uchundir.
Ham yozilgan asarlar, risolalar, -aksariyati mutlaqasi- xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan hojatga binoan, oniy va daf'iy boʻlib ehson etilgan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim: "Shu zamonning yaralariga davodir", deyishgan edi. Intishor etgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, toʻliq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga oʻtyapti.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ulumlarning anvo'laridagi xilofi odat ixtiyorsiz tatabbu'otim bunday bir natija-i qudsiyaga munjar boʻlish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy ekaniga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi Ishorat: Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, bila-mubolagʻa yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishorat etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining masoili mutafarriqasida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tasxixotida va yerlariga joylashtirishda va tasvid va tabyizida favqalma'mul karomatkorona bir tasxilotga mazhar boʻlyapmiz. Karomati Qur'oniya boʻlganiga shubhamiz yoʻq. Buning yuzlab misollari bor.
Ham maishat xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni istihdom etgan sohibi inoyat qondirish uchun, favqalma'mul bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat quvvatli bir ishorati gʻaybiyadirki, biz istihdom etilyapiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.
[Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga ilhoq etilgan edi. Kutilmaganda aksar mustansixlar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq mavqe'i bu yer ekanki, yashirin qolgan.]
Mendan soʻrayapsan: "Nima uchun sening Qur'ondan yozgan Soʻzlaringda bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida nodiran topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?"
Aljavob: -Goʻzal bir javobdir- Sharaf, i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmaganidan, bila-parvo deyman: Aksariyat e'tibori bilan shunday. Chunki:
Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati shuki:
Eski zamonda asosoti iymoniya mahzuf edi, taslim kuchli edi. Tafarruotda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz boʻlsa ham, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda zalolati fanniya qoʻlini asosotga va arkonga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim boʻlgan Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan boʻlgan tamsilotidan bir shu'lasini; ajz va za'fimga, faqr va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Ham sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar toʻplattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqoiqqa osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; haqoiqi gʻaybiyaga, asosoti Islomiyaga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniya hosil boʻldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham taslim boʻlishga majbur boʻldi.
Alhosil: Yozuvlarimda naqadar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning lamaatidandir. Mening hissam; yolgʻiz shiddati ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ajzim bilan tazarruyimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.
Yettinchi Masalaning Xotimasi
[Sakkiz inoyati Ilohiya suratida kelgan ishoroti gʻaybiyaga doir kelgan yoki kelish ehtimoli boʻlgan avhomni izola etish va bir sirri azimi inoyatni bayon etishga doir.]
Birinchi Nukta: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida yetti-sakkiz kulliy va ma'naviy inoyoti Ilohiyadan his etganimiz bir ishorati gʻaybiyani "Sakkizinchi Inoyat" nomi bilan "tavofuqot" ta'biri ostidagi naqshda u ishorotning jilvasini koʻrganimizni iddi'o etgan edik. Va iddi'o etamiz: Bu yetti-sakkiz kulliy inoyotlar shu daraja quvvatli va qat'iyki, har biri bir oʻzi u ishoroti gʻaybiyani isbot qiladi. Farzi mahol boʻlib bir qismi zaif koʻrilsa, hatto inkor etilsa; u ishoroti gʻaybiyaning qat'iyatiga xalal bermaydi. U sakkiz inoyatni inkor etolmagan, u ishorotni inkor etolmaydi. Faqat tabaqoti nos muxtalif boʻlgani, ham kasratli tabaqa hisoblangan tabaqa-i avom koʻziga yanada ziyoda e'tmod etgani uchun; u sakkiz inoyotning ichida eng quvvatlisi emas, balki eng zohiriysi tavofuqot boʻlganidan; -garchi boshqalari yanada quvvatli, faqat bu yanada umumiy boʻlgani uchun- unga kelgan avhomni daf etish maqsadi bilan, bir muvozana navidan bir haqiqatni bayon qilishga majbur boʻldim:
U zohiriy inoyat haqida degandik: Yozgan risolalarimizda Qur'on kalimasi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida shunday bir daraja tavofuqot koʻrinyapti.. hech bir shubha qoldirmayaptiki, bir qasd bilan tanzim etilib, muvoziy bir vaziyat beriladi. Qasd va iroda esa, bizlarniki boʻlmaganiga dalilimiz: Uch-toʻrt yil soʻngra muttali' boʻlganimizdir. Shunday ekan, bu qasd va iroda bir inoyat asari boʻlib gʻaybiydir. Yolgʻiz i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyani ta'yid suratida u ikki kalimada tavofuq suratida u gʻarib vaziyat berilgan. Bu ikki kalimaning muborakiyati, i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyaga bir xotami tasdiq muhri boʻlish bilan barobar; boshqa oʻxshash kalimalari ham aksariyati azima bilan tavofuqqa mazhar etishgan. Faqat ular bittadan sahifaga maxsus. Shu ikki kalima bir-ikki risolaning umumida va aksar risolalarda koʻrinadi. Faqat mukarrar deganmiz: Bu tavofuqning asli, boshqa kitoblarda ham koʻp boʻlishi mumkin; ammo qasd va iroda-i oliyani koʻrsatadigan bu daraja gʻarobatda emas. Hozir bu da'vomizni rad etish mumkin boʻlmagani uchun, zohir nazarlarda rad qilingan kabi koʻrishda bir-ikki jihat boʻlishi mumkin:
Birisi: "Sizlar oʻylab, shunday bir tavofuqni toʻgʻrilagansiz", deya oladilar. "Bunday narsa qilish qasdi bilan boʻlsa, yengil va oson narsa". Bunga qarshi deymizki: Bir da'voda ikki shohidi sodiq yetarlidir. Bu da'vomizdagi qasd va irodamiz taalluq etmasdan, uch-toʻrt yil soʻngra muttali' boʻlganimizga yuz shohidi sodiq topilishi mumkin. Bu munosabat bilan bir nuqta aytaman: Bu karomati i'joziya, Qur'oni Hakim balogʻat jihatida daraja-i i'jozda boʻlish navidan emas. Chunki i'jozi Qur'onda, qudrati bashar u yoʻlda ketib u darajaga yetisholmaydi. Bu karomati i'joziya esa, qudrati bashar bilan boʻlolmaydi; qudrat u ishga qoʻshilolmaydi. Qoʻshilsa, sun'iy boʻladi, buziladi.
{(Hoshiya) Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida; bir nusxada, bir sahifada toʻqqiz Qur'on tavofuq suratida boʻlgani holda, bir-biriga chiziq tortdik, majmuida Muhammad lafzi chiqdi. U sahifaning muqobilidagi sahifada sakkiz Qur'on tavofuq bilan barobar, majmuida Lafzulloh chiqdi. Tavofuqda bunday badi' narsalar koʻp bor. Bu hoshiyaning maolini koʻzimiz bilan koʻrdik.
Bekir, Tavfiq, Sulaymon, Gʻolib, Said}
Uchinchi Nukta: Ishorati xossa, ishorati omma munosabati bilan bir sirri daqiqi rububiyat va Rahmoniyatga ishorat qilamiz:
Bir qardoshimning goʻzal bir soʻzi bor. U soʻzni bu masalaga mavzu qilaman. Soʻzi ham shuki: Bir kun goʻzal tavofuqotni unga koʻrsatdim: "Goʻzal! Zotan har bir haqiqat goʻzaldir. Faqat bu Soʻzlardagi tavofuqot va mavaffaqiyat goʻzalroq", dedi. Men ham dedim: Ha, hamma narsa yo haqiqatdan goʻzaldir, yo bizzot goʻzaldir yoki natijalari e'tibori bilan goʻzaldir. Va bu goʻzallik, rububiyati ommaga va shumuli rahmatga va tajalliyi ommaga qaraydi. Aytganing kabi, bu muvaffaqiyatdagi ishorati gʻaybiya goʻzalroq. Chunki bu rahmati xossaga va rububiyati xossaga va tajalliyi xossaga qaraydigan bir suratdadir. Buni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz:
Bir podshohning umumiy saltanati va qonuni bilan, marhamati shohonasi umum afrodi millatni tashmil etishi mumkin. Har fard, toʻgʻridan-toʻgʻriga u podshohning lutfiga, saltanatiga mazhardir. U surati umumiyada afrodning koʻp munosaboti xususiyasi bor.
Ikkinchi jihat, podshohning ehsonoti xususiyasidir va avomiri xossasi boʻlib; umumiy qonundan ustun bir fardga ehson qiladi, iltifot qiladi, amr beradi.
Xullas, bu misol kabi; Zoti Vojib-ul Vujud va Xoliqi Hakim va Rahimning umumiy rububiyat va shumuli rahmati nuqtasida hamma narsa hissadordir. Hamma narsaning hissasiga isobat etgan jihatda, xususiy u bilan munosabatdordir. Ham qudrat va iroda va bepoyon ilmi bilan hamma narsaga tasarrufoti, hamma narsaning eng juz'iy ishlariga mudohalasi, rububiyati bor. Hamma narsa har sha'nida unga muhtojdir. Uning ilm va hikmati bilan ishlari qilinadi, tanzim etiladi. Tabiatning ham haddi yoʻqki, u doira-i tasarrufi rububiyatida saqlansin va ta'sir sohibi boʻlib mudohala etsin va tasodufning ham haqqi yoʻqki, u hassos mezoni hikmat doirasidagi ishlariga qoʻshilsin. Risolalarda yigirma yerda qat'iy hujjatlar bilan tasodifni va tabiatni rad qilganmiz va Qur'onning qilichi bilan i'dom etganmiz, mudohalalarini mahol koʻrsatganmiz. Faqat rububiyati ommadagi doira-i asbobi zohiriyada ahli gʻaflatning nazarida hikmati va sababi bilinmagan ishlarga tasodif nomini berishgan. Va hikmatlari ihota etilmagan ba'zi af'oli Ilohiyaning qonunlarini -tabiat pardasi ostida yashiringan- koʻrolmaganlar, tabiatga murojaat etishgan.
Ikkinchisi, xususiy rububiyatidir va xos iltifot va imdodi Rahmoniysi boʻlib, umumiy qonunlarning tazyiqoti ostida tahammul etolmagan fardlarning imdodiga RahmonirRahim ismlari imdodga yetishadilar. Xususiy bir suratda muovanat etadilar, u tazyiqotdan qutqaradilar. Shuning uchun, har zihayot, xususan inson har onda undan istimdod etadi va madad olishi mumkin.
Xullas, bu xususiy rububiyatidagi ehsonoti, ahli gʻaflatga qarshi ham tasodif ostiga yashirilmaydi va tabiatga havola etilmaydi.
Shu sirga binoan; I'jozi Qur'on va Moʻ'jizoti Ahmadiyadagi ishoroti gʻaybiyani xususiy bir ishorat deb qabul qilamiz va e'tiqod etganmiz. Va bir imdodi xususiy va muannidlarga qarshi oʻzini koʻrsatadigan bir inoyati xossa ekanini qat'iyan bildik. Va yolgʻiz lilloh uchun e'lon qildik. Qusur etgan boʻlsak, Alloh avf etsin. Omin.
"Qoʻlda Qur'on kabi burhoni haqiqat bor ekan
Munkirlarni ilzom uchun koʻnglimga siqlat-mi kelar".
Soʻzing oʻzdir ey jon, takalluf emas
Ladun ilmining zubda-i pokidir
Bu, summattadorik tasannuf emas
Bu bir hikmati nuri irfondir
Ki ahva va lagʻv va tafalsuf emas
Muzakki-i nafs va musaffi-i ruh
Murabbi-i dildir, tasavvuf emas
U Soʻzlar butun ma'rifat shamsidir
Soʻzim toʻgʻridir, bir taalluf emas
Ichning nuridir, lafzga aks aylamish
Bir-ikki satrda taroduf emas
Mutobiq lafzlar bir-biriga
Bu aslo tasannu', tasoduf emas
Tizilgan nizom bilan butun harflari
Tavofuqdir, aslo taxoluf emas
Bu bir jilva-i sirri i'jozdir
Ki Qur'ondandir, tajavvuf emas
Bu husni tasodif goʻzaldir goʻzal
Bu bobda nima deyilsa tazo'uf emas
Said-i Badiuzzamon-i Nursiy
Bayoni badi'dir, ta'attuf emas
Tasalliga yetishmagan qoʻlida qalam
Etar arzi diydor, taharruf emas
Isobat bunga savbi Haqdan kelar
Bu qasdiy emasdir, tasarruf emas
Buni koʻrmagan bad nazarlar uchun
Talahhuf derman men, taassuf emas
Ki bor ma'naviy hayratim gʻoliban
Bayonim bu yoʻlda tazarruf emas
Tavofuq, soʻzida unga koʻpmi
Tafavvuq, u uchun tasharruf emas
Koʻp ishda Haq uni muvaffaq etsin
Tavofuq, maqomi tavaqquf emas!
Qasam ichaman, toʻgʻridir soʻzi oʻzi bilan birga
Bu haqiqatni qabul va tasdiq qilmagan badmoyalar
Qolar zalolat va vodiyi xusronda necha sanalar
Bularni irshod etib qutqarishdir hunar
Hidoyat erishsa agar, u vaqt boʻyin egar
Hammaning islohini niyoz etib Xoliqqa yolvoraylik
Umumi anvori Qur'oniya boʻlgan Soʻzlarni oʻqib anglataylik
Bu yoʻlda bizlar ham fayz olib dilshod boʻlaylik
Fanoni baqoga tabdilda rizo-i Bariga qovushaylik
Sad hazor tahsinga loyiq bebaho fikra-i Gʻolib
Bu haqiqatlarni soʻylash bilan boʻlar shubhasiz gʻolib.
Sakkizinchi Risola boʻlgan Sakkizinchi Masala
Birinchi Nukta: Bir dasti inoyat ostida xizmati Qur'oniyada istihdom etilganimizga doir koʻp anvo'i ishoroti gʻaybiyani his etdik va ba'zilarini koʻrsatdik. Hozir u ishorotning yana yangisi shuki: Aksar Soʻzlarda tavofuqoti gʻaybiya bor.
{(Hoshiya) Tavofuqot esa, ittifoqqa ishoratdir; ittifoq esa, ittihodga nishondir, vahdatga alomatdir; vahdat esa, tavhidni koʻrsatadi; tavhid esa, Qur'onning toʻrt asosidan eng katta asosidir.}
Azjumla: Rasuli Akram kalimasida va Alayhissalotu Vassalam iborasida va Qur'on lafzi muboragida bir navi jilva-i i'joz tamassul etganiga bir ishorat bor. Ishoroti gʻaybiya naqadar yashirin va zaif boʻlsa ham, xizmatning maqbuliyatiga va masalalarning haqqoniyatiga dalolat qilgani uchun, mening nazdimda juda ahamiyatlidir va juda quvvatlidir. Ham gʻururimni sindiradi va yolgʻiz bir tarjimon boʻlganimni menga qat'iyan koʻrsatdi. Ham hech men uchun madori iftixor bir narsa qoldirmaydi, yolgʻiz madori shukron boʻlgan narsalarni koʻrsatadi. Ham modomiki Qur'onga oiddir va i'jozi Qur'on hisobiga oʻtadi va qat'iyan juzi ixtiyorimiz qoʻshilmaydi va xizmatda tanballik qilganlarni tashviq etadi va risolaning haq boʻlganiga qanoat beradi va bizlarga bir navi ikromi Ilohiydir va izhori tahdisi ne'matdir va aqli koʻziga tushgan mutamarridlarni isqot etyapti; albatta izhori lozimdir, inshaalloh zararsizdir.
Xullas, shu ishoroti gʻaybiyaning biri shuki: Janobi Haq kamoli rahmat va karamidan, Qur'onga va iymonga xizmat bilan mashgʻul boʻlgan bizlarni tashviq va qulubimizni tatmin uchun; bir ikromi Rabboniy va bir ehsoni Ilohiy suratida xizmatimizning maqbuliyatiga alomat va yozganimizning haqligiga ishorati gʻaybiya navidan, butun risolalarimizda va xususan Moʻ'jizoti Ahmadiya va I'jozi Qur'on va Derazalar Risolalarida tavofuqoti gʻaybiya navidan latofat ehson etgandir. Ya'ni, bir sahifada misl boʻlib kelgan kalimalarni bir-biriga qaratadi. Bunda bir ishorati gʻaybiya beriladiki: "Bir iroda-i gʻaybiy bilan tanzim etiladi. Ixtiyoringizga va shuuringizga ishonmanglar. Ixtiyoringiz xabari boʻlmasdan va shuuringiz yetishmasdan, horiqo naqshlar va intizomlar qilinyapti". Xususan Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasida lafzi Rasuli Akram va lafzi Salovot bir oyna hukmiga oʻtib, u tavofuqoti gʻaybiya ishoratini sarih koʻrsatadi. Yangi, tajribasiz bir mustansixning yozuvida, besh sahifa mustasno, mutaboqiy ikki yuzdan ortiq salovoti sharifa bir-biriga muvoziy boʻlib qarayaptilar. Shu tavofuqot esa; shuursiz yolgʻiz oʻn adadda bir-ikki tavofuqqa sabab boʻla oladigan tasodifning ishi boʻlmagani kabi, san'atda mahoratsiz, yolgʻiz ma'noga hasri nazar qilib gʻoyat sur'at bilan bir-ikki soatda oʻttiz-qirq sahifani ta'lif etgan va oʻzi yozmagan va yozdirgan men kabi bir bechoraning oʻylashi ham albatta emasdir.
Xullas, olti yil soʻngra, yana Qur'onning irshodi bilan va Ishorot-ul I'joz boʻlgan tafsirning toʻqqiz اِنَّا ning tavofuq surati bilan kelgan irshodi bilan soʻngra muttali' boʻlganman. Mustansixlar esa mendan eshitgan vaqtlari, hayrat ichida hayratda qoldilar. Qandayki lafzi Rasuli Akram va lafzi salovot; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navining bir navi kichik oynasi hukmiga oʻtdi. Shunga oʻxshab: Yigirma Beshinchi Soʻz boʻlgan i'jozi Qur'onda va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida lafzi Qur'on ham; qirq tabaqadan yolgʻiz koʻziga e'timod etgan tabaqasiga qarshi, bir navi moʻ'jizoti Qur'oniyaning, u navning qirq juzidan bir juzi, tavofuqoti gʻaybiya suratida butun risolalarda tajalliy etish bilan birga, u juzning qirq juzidan bir juzi, lafzi Qur'on ichida tazohur etgan:
Yigirma Beshinchi Soʻzda va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratida; yuz marta Qur'on lafzi takarrur etgan; juda nodir boʻlib bir-ikki kalima xorij qolgan, mutaboqiysi butun bir-biriga qarayapti. Mana masalan: Ikkinchi Shuaning qirq uchinchi sahifasida yettita "Qur'on" lafzi bor, bir-biriga qarayapti. Va sahifa ellik oltida sakkiztasi bir-biriga qarayapti, yolgʻiz toʻqqizinchi mustasno qolgan. Xullas shu -hozir koʻz oʻngimizda- oltmish toʻqqizinchi sahifadagi beshta lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Va hokazo... Butun sahifalarda kelgan mukarrar lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Besh-olti donadan juda kamyob bir donasi tashqarida qolyapti. Boshqa taofuqot esa, -mana koʻzimizning oʻngida- sahifa oʻttiz uchda, oʻn besh adad اَمْ lafzi bor; oʻn toʻrtasi bir-biriga qarayapti. Ham koʻz oʻngimizda shu sahifada toʻqqiz iymon lafzi bor, bir-biriga qarayapti; yolgʻiz bittasi, mustansixning oraliq berishi bilan oz inhirof etgan. Ham shu -koʻzimizning oʻngidagi- sahifada ikki "mahbub" bor, -biri uchinchi satrda, biri oʻn beshinchi satrdadir- kamoli mezon bilan bir-biriga qarayapti. Ularning oʻrtasida toʻrtta "ishq" tizilgan, bir-biriga qarayaptilar. Yana boshqa tavofuqoti gʻaybiya bularga qiyos qilinsin. Qaysi mustansix boʻlsa boʻlsin; satrlari, sahifalari qay shaklda boʻlsa boʻlsin, muhaqqaq bu tavofuqoti gʻaybiya shunday darajada borki; na tasodifning ishi va na muallifning va muxtansixlarning oʻylovi ekaniga shubha qoldirmaydi. Faqat ba'zi xatlarda yanada koʻproq tavofuq koʻzga tushadi. Demak, bu risolalarga maxsus bir xatti haqiqiy bor. Ba'zilari u xatga yaqinlashadi. Gʻaroibdandirki, eng mohir mustansixlarning emas, balki yangilarning yozuvlarida yanada ziyoda koʻriladi. Bundan anglashiladiki; Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Soʻzlardagi hunar va zarofat va maziyat hech kimniki emas; balki muntazam, goʻzal haqoiqi Qur'oniyaning muborak qomatlariga yarashadigan mavzun, muntazam uslub liboslari hech kimning ixtiyor va shuuri bilan bichilmaydi va kesilmaydi; balki ularning vujudi, shunday istaydi va bir dasti gʻaybiydirki, u qomatga koʻra kesadi, bichadi, kiydiradi. Biz esa ichida bir tarjimon, bir xizmatkormiz.
Toʻrtinchi Nukta: Besh-olti savolni tazammun etgan birinchi savolingizda: "Maydoni hashrga jamlanish va ahvol qanday va kiyimsiz boʻladimi? Va doʻstlar bilan koʻrishish uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni shafoat uchun qanday topamiz? Hadsiz insonlar bilan birgina zot qanday koʻrishadi? Ahli Jannat va Jahannamning liboslari qanday boʻladi? Va bizga kim yoʻl koʻrsatadi" deyapsiz.
Aljavob: Shu savolning javobi gʻoyat mukammal va vazih boʻlib kutubi ahodisiyada bor. Mashrab va maslagimizga oid yolgʻiz bir-ikki nuktani aytamiz:
Avvalo: Bir maktubda; maydoni hashr, Kura-i Arzning madori sanaviysida boʻlganini va Kura-i Arz hozirdan ma'naviy mahsulotini u maydonning alvohlariga yuborgani kabi; yillik harakati bilan, doira-i vujudning tamassul va u doira-i vujudning mahsuloti bilan bir maydoni hashrning tashakkuliga bir mabda boʻlgani va Kura-i Arz deyilgan shu safina-i Rabboniyaning markazidagi Jahannami Sugʻroni Jahannami Kubroga boʻshatgani kabi, sakanasini ham maydoni hashrga boʻshatishi bayon etilgan.
Soniyan: Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlar boshda-boshqa Soʻzlarda, gʻoyat qat'iy suratda hashrning maydoni bilan birga vujudi qat'iy isbot etilgan.
Solisan: Koʻrishish esa, Oʻn Oltinchi Soʻzda va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkida qat'iyan isbot etilgandirki; bir zot nuroniyat sirri bilan, bir daqiqida minglab yerda boʻlib, millionlab odamlar bilan koʻrisha oladi.
Robian: Janobi Haq insondan boshqa ziruh maxluqotiga fitriy bittadan libos kiydirgani kabi; maydoni hashrda sun'iy liboslardan kiyimsiz, fitriy bir libos kiydirishi, ismi Hakimning muqtazosidir. Dunyoda sun'iy libosning hikmati, yolgʻiz sovuq va issiqdan muhofaza va ziynat va satri avratga munxasir emas; balki muhim bir hikmati, insonning boshqa navlardagi tasarruf va munosabatiga va qoʻmondonligiga ishorat qilgan bir mundarija va bir roʻyxat hukmidadir. Yoʻqsa oson va arzon, fitriy bir libos kiydira olar edi. Chunki bu hikmat boʻlmasa; muxtalif latta-puttaarni vujudiga oʻrab kiygan inson, shuurli hayvonotning nazarida va ularga nisbatan masxara boʻladi, ma'nan ularni kuldiradi. Maydoni hashrda u hikmat va munosabat yoʻq. U roʻyxat ham boʻlmasligi lozim boʻladi.
Xomisan: Rahbar esa, sen kabi Qur'onning nuri ostiga kirganlarga, Qur'ondir. الٓمٓ larning الٰرٓ larning حٰمٓ larning boshlariga qara, anglaki; Qur'on naqadar maqbul bir shafoatchi, naqadar toʻgʻri bir rahbar, naqadar qudsiy bir nur ekanini koʻr!
Sodisan: Ahli Jannat va Ahli Jahannamning liboslari esa, Yigirma Sakkizinchi Soʻzda huriylarning yetmish xulla kiyishiga doir bayon etilgan dastur bu yerda ham joriy:
Ahli Jannat bir inson, Jannatning har navidan har doim istifoda etishni, albatta orzu qiladi. Jannatning gʻoyat muxtalif anvo'i mahosini bor. Har vaqt butun Jannatning anvo'i bilan mubosharat qiladi. Shunday ekan, Jannatning mahosinining namunalarini, kichik bir miqyosda oʻziga va huriylariga kiydiradi. Oʻzi va huriylari bittadan kichik Jannat hukmiga oʻtadi. Qandayki bir inson, bir mamlakatda muntashir boʻlgan gullar anvo'ini, namunagoh kichik bir bogʻida jam qiladi va bir doʻkondor butun mollaridagi namunalarni bir roʻyxatda jam qiladi va bir inson tasarruf qilgan va hukm qilgan va munosabatdor boʻlgan anvo'i maxluqotning namunalarini oʻziga bir koʻylak va lavozimoti baytiya qiladi, shunga oʻxshab: Ahli Jannat boʻlgan bir inson, xususan butun tuygʻulari bilan va jihozoti ma'naviyasi bilan ubudiyat qilgan va Jannatning lazoiziga istihqoq kasb etgan boʻlsa; har bir tuygʻusini mamnun etadigan, har bir jihozotini erkalaydigan, har bir latoifini zavqlantiradigan tarzda; Jannatning har bir navidan bittadan mahosinni koʻrsatadigan tarzi libosi, oʻzlariga va huriylariga rahmati Ilohiya tarafidan kiydiriladi. Va u mutaaddid hullalar bir jinsdan, bir navdan boʻlmaganiga dalil: "Huriylar yetmish hulla kiyganlari holda, oyoqlaridagi iliklari koʻrinadi, toʻsmaydi", shu ma'nodagi hadisdir. Demak, eng ustidagi hulladan to eng ostdagi hullaga qadar boshqa-boshqa mahosin bilan, boshqa-boshqa tarzda, hissiyotni va tuygʻularni zavqlantidigan, mamnun qiladigan martabalar bor. Ahli Jahannam esa; qandayki dunyoda koʻzi bilan, qulogʻi bilan, qalbi bilan, qoʻli bilan, aqli bilan va hokazo butun jihozoti bilan gunohlar qilgan; albatta Jahannamda ularga koʻra alam beradigan, azob chektiradigan va kichik bir Jahannam hukmiga oʻtadigan muxtalif-ul jins parchalardan qilingan koʻylak kiydirilish, hikmatga va adolatga munofiy emas.
Beshinchi Nukta: Savol soʻrayapsizki: Zamoni fatratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodi bir din bilan mutadayyin edimi?
Aljavob: Hazrat Ibrohim Alayhissalomning keyinchalik gʻaflat va ma'naviy zulumot pardalari ostida qolgan va xususiy ba'zi insonlarda jarayon etgan boqiya-i dini bilan mutadaayin ekaniga rivoyat bor. Albatta, Hazrat Ibrohim Alayhissalomdan kelgan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni natija bergan bir silsila-i nuroniyani tashkil etgan afrod, albatta dini haq nuridan loqayd qolishmagan va zulumoti kufrga magʻlub boʻlishmagan. Faqat zamoni fatratda وَمَا كُنَّا مُعَذِّب۪ينَ حَتّٰى نَبْعَثَ رَسُولً sirri bilan; ahli fatrat, ahli najotdirlar. Bil-ittifoq, tafarruotdagi xatiotlardan muohazalari yoʻq. Imom Shofe'iy va Imom Ash'ariylarninig fikricha; kufrga kirsa ham, usuli iymoniyda boʻlmasa, yana ahli najotdir. Chunki taklifi Ilohiy irsol bilan boʻladi va irsol ham ittilo' bilan taklif taqarrur etadi. Modomiki gʻaflat va mururi zamon, anbiyo-i salifaning dinlarini satr etgan; u ahli fatrat zamoniga hujjat boʻlolmaydi. Itoat qilsa savob koʻradi, qilmasa azob koʻrmaydi. Chunki maxfiy qolgani uchun hujjat boʻlolmaydi.
Oltinchi Nukta: Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodlaridan nabiy kelganmi?
Aljavob: Hazrat Ismoil Alayhissalomdan soʻngra bir nassi qat'iy yoʻq. Ajdodlaridan boʻlmagan, yolgʻiz Xolid Ibn Sinon va Hanzala ismli ikki nabiy kelgandir. Lekin ajdodi Nabiydan Ka'b Ibn Luayning mashhur va sarih va tansis tarzidagi bu she'rida:
deyishi, moʻ'jizakorona va nubuvvatdorona soʻzga oʻxshaydi. Imom Rabboniy ham dalilga, ham kashfga istinodan aytganki: Hindistonda koʻp nabiylar kelgan. Lekin ba'zilarining yo hech ummati boʻlmagan yoxud mahdud bir nechta odamga munxasir qolgani uchun, mashhur boʻlmagan yoxud nabiy ismi berilmagan.
Demak, Imomning bu dasturiga binoan, ajdodi Nabiydan bu navi nabiylarning boʻlishi mumkin.
Yettinchi Nukta: Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari va bobolari Abdulmuttolibning iymonlari haqida aqva va asahh boʻlgan xabar qaysisi?
Aljavob: Yangi Said oʻn yildir yonida boshqa kitoblarni saqlamayapti, menga Qur'on yetadi deydi. Bunday tafarruot masoilida butun kutubi ahodisni tadqiq qilib, eng aqvosini yozishga vaqtim muso'ada etmaydi. Yolgʻiz bu qadar deymanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari ahli najotdir va ahli Jannatdir va ahli iymondir. Janobi Haq Habibi Akramining muborak qalbini va u qalb tashigan farzandona shafqatini, albatta ranjida etmaydi.
Agar: Modomiki shunday ekan; nimaga ular Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iymon keltirishga muvaffaq boʻlolmadilar? Nimaga bi'satiga yetisholmadilar? deyilsa.
Aljavob: Janobi Haq Habibi Akramining padar va volidasini, oʻz karami bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning farzandona hissini mamnun etish uchun, volidaynini minnat ostida saqlamagan. Volidaynlik martabasidan ma'naviy avlod martabasiga keltirmaslik uchun; xolis oʻz minnati rububiyati ostiga olib, ularni ma'sud etish va Habibi Akramini ham mamnun etishni rahmati iqtizo etganki, volidaynini va bobosini unga zohiriy ummat qilmagan. Faqat ummatning maziyatini, fazilatini, saodatini ularga ehson etgan. Ha, oliy bir mushirning yuzboshi rutbasida boʻlgan padari huzuriga kirishi; bir-biriga zid ikki hisning taxti ta'sirida boʻladi. Podshoh u mushir boʻlgan Yovari Akramiga marhamatan, padarini uning ma'iyatiga bermaydi.
Sakkizinchi Nukta: Aytyapsizki: Amakisi Abu Tolibning iymoni haqida asahh nima?
Aljavob: Ahli Tashayyu', iymoniga qoil; Ahli Sunnatning aksari iymoniga qoil emas. Lekin qalbimga kelgan narsa shuki: Abu Tolib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini emas; shaxsini, zotini gʻoyat jiddiy sevardi. Uning gʻoyat jiddiy shaxsiy shafqati va muhabbati, albatta zoye boʻlmaydi. Ha, jiddiy bir suratda Janobi Haqning Habibi Akramini sevgan va himoya qilgan va tarafdorlik koʻrsatgan Abu Tolibning; inkorga va inodga emas, balki hijob va asabiyati qavmiya kabi hissiyotga binoan, maqbul bir iymon keltirmasligi sababli Jahannamga tushsa ham; Jahannam ichida bir navi xususiy Jannatni, uning hasanotiga mukofot sifatida yarata oladi. Qishda ba'zi yerlarda bahorni xalq etgani va zindonda -uyqu vositasida- ba'zi odamlarga zindonni saroyga aylantirgani kabi, xususiy Jahannamni bir nav xususiy Jannatga aylantira oladi...