Lama'lar
— 222 —

Yigirma Oltinchi Yog'du

Keksalar Yogʻdusi
(Yigirma olti umid va ziyo-i tasalliyni jamlagan.)

ESLATMA: Har bir "umid"ning boshida ma'naviy dardimni gʻoyat aliym va sizni taʻsirlantiradigan darajada yozganimning sababi: Qur'oni Hakimdan kelgan dorining favqulotda ta'sirini koʻrsatish uchundir. Keksalarga oid bu Yogʻdu uch-toʻrt jihatdan chiroyli ifodalashni muhofaza qilolmadi.

Birinchisi: Sarguzashti hayotimga oid boʻlgani uchun, oʻsha davrlarga xayolan borgan holatda yozilgani uchun; ifoda intizomini muhofaza qilolmadi.

Ikkinchisi: Bomdod namozidan soʻng gʻoyat charchagan vaqtimda, va tez yozishga majbur boʻlganim uchun, ifodada aralash quralashiyat bo'lgan.

Uchinchisi: Yonimda doimo kotib boʻlmagani, uning Risola-i Nurga oid toʻrt-besh vazifasi boʻlgani uchun, tasxixotiga toʻliq vaqt topolmaganimizdan, intizomsiz qoldi.

Toʻrtinchisi: Ta'lifdan soʻng ikkimiz ham charchagan holda, ma'noni diqqat bilan oʻylamasdan, gʻoyat sathiy tasxix bilan kifoyalanilgani uchun, ifoda tarzida albatta kamchiliklar bo'ladi. Oliyjanob keksalardan ifodadagi kamchiliklarimda aybga buyurmasliklarini; rahmati Ilohiya boʻsh qaytarmagan muborak keksalar, qoʻllarini dargohi Ilohiyaga ochgan vaqtlari bizni ham duolariga dohil etishlarini soʻrayman.

— 223 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ كٓهٰيٰعٓصٓ ٭ ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُ زَكَرِيَّا ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُ نِدَٓاءً خَفِيًّا ٭ قَالَ رَبِّ اِنّ۪ى وَهَنَ الْعَظْمُ مِنّ۪ى وَاشْتَعَلَ الرَّاْسُ شَيْبًا وَلَمْ اَكُنْ بِدُعَٓائِكَ رَبِّ شَقِيًّا ﴾
Shu Yogʻdu yigirma olti umiddir.
BIRINCHI UMID:

Ey kamolot yoshiga kelgan muhtaram va muhtarama keksa qardoshlar va opa-singillar! Men ham siz kabi keksaman. Keksalik vaqtida ora-sira topgan umidlarimni va u umidlardagi tasalli nuriga sizni ham sherik qilish orzusida, boshimdan oʻtgan ba'zi holatlarni yozaman. Men koʻrgan ziyo va duch kelgan umid eshiklari, albatta mening noqis va aralash quralash iste'dodimga koʻra ko'rilgan, ochilgan. Inshaalloh, sizlarning sof va xolis iste'dodlaringiz men koʻrgan ziyoni porlatadi; topgan umidimni yanada ziyoda quvvatlaydi.

Xullas, keladigan umidlarning va ziyolarning manbai, ma'dani, chashmasi; iymondir.

IKKINCHI UMID:

Keksalikka oyoq qoʻygan vaqtim; bir kun kuz mavsumi, asr vaqti, yuksak togʻda dunyoga nazar soldim. Birdan menga gʻoyat achinarli va hazin va bir jihatda zim-ziyo holat keldi. Koʻrdimki; oʻzim keksaydim, kun ham keksaygan, yil ham keksaygan, dunyo ham keksaygan. Bu keksaliklar ichida dunyodan firoq va sevgan insonlarimdan ayrilish zamoni yaqinlashgani uchun, keksalik haddan ortiq yomon ta'sir qildi. Birdan rahmati Ilohiya shunday suratda inkishof etdiki; achinarli huzun va firoqni kuchli umid va porloq tasalli nuriga aylantirdi. Ha, ey men kabi keksalar! Qur'oni Hakimda yuz joyida "Arrohmanir-rohim" sifatlari bilan oʻzini bizlarga taqdim etgan va doimo zaminning yuzida marhamat istagan hayot egalarining imdodiga rahmatini yuborgan va gʻaybdan xar yil bahorni hadsiz ne'mat va hadyalari bilan toʻldirib, rizqqa muhtoj boʻlgan bizlarga yetishtirgan va zaiflik va ojizlik darajasi nisbatida rahmatining jilvasini juda koʻp koʻrsatgan Xoliqi Rahimimizning rahmati, keksaligimizda eng buyuk umid va eng quvvatli ziyodir. Bu rahmatni topish, iymon bilan Rahmonga bogʻlanish va farzlarni bajarish bilan Unga itoat qilish kerak.

— 224 —
UCHINCHI UMID:

Bir vaqtda yoshlik kechasining uyqusidan keksalik tongida uygʻongan vaqtim oʻzimga nazar tashladim; vujudim qabr tomon bir qiyalikdan yugurayotgandek ketmoqda. Niyozi-i Misriyning:

"Har kun umrim binosining bir toshi tushar yerga,

Jon yotar gʻofil, binosi boʻldi vayron, bexabar..."

degani kabi, ruhimning xonasi jismimning ham har kun bir toshi tushib eskirmoqda va dunyoga mahkam bogʻlagan umidlarim, orzularim uzilishni boshladi. Hadsiz doʻstlarimdan va sevganlarimdan mufaroqat zamonining yaqinlashganini his qildim. Ma'naviy va juda chuqur va bedavo koʻringan yaraning malhamini qidirdim, topolmadim. Yana Niyozi-i Misriy kabi aytdimki:

Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulki tanim,

Bir davosiz dardga tushdim, ohki Luqmon bexabar!"

{(Hoshiya) Ya'ni, mening qalbim bor quvvati bilan baqo istagani holda; hikmati Ilohiya jasadimninng xarob boʻlishini iqtizo etadi. Hakimi Luqmon ham chorasini topolmagan bedavo bir dardga yoʻliqdim.}

O'shanda birdan marhamati Ilohiyaning lisoni, misoli, timsoli, dalloli, mumassili boʻlgan Paygʻambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning nuri va shafoati va basharga keltirgan hadya-i hidoyati men darmonsiz, hadsiz deb oʻylagan yaramga goʻzal bir malham va tiryoq boʻldi. Zim-ziyo umidsizligimni nurli umidga aylantirdi.

Ha, ey men kabi keksaligini his qilgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Biz ketyapmiz, aldanishda foyda yoʻq. Koʻzimizni yopish bilan bizni bu yerda qoldirishmaydi, jo'natilish bor. Biroq gʻaflatdan va qisman ahli zalolatdan kelgan zulumot avhomlari bilan bizga firoqli va zim-ziyo boʻlib koʻringan barzoh mamlakati, ahboblarning jamlangan yeridir. Boshda shafoatchimiz boʻlgan Habibulloh Alayhissolatu Vassalam bilan barcha doʻstlarimizga qovushmoq olamidir. Ha, bir ming uch yuz ellik yilda, har yili bir yuz ellik million insonlarning sultoni va ruhlarining murabbiyi va aqllarining muallimi va qalblarining mahbubi va har kuni اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga binoan, barcha ummatining qilgan hasanotining bir misli sahifa-i hasanotiga ilova etilgan va bu koinotdagi maqosidi oliya-i Ilohiyaning madori va mavjudot qiymati oshishining sababi Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgan daqiqasida rivoyati sahiha bilan va kashfi sodiq bilan "ummatim, ummatim" deganlari kabi, mahsharda hamma "nafsim, nafsim" degan vaqti, "ummatim, ummatim" deb, eng qudsiy va eng yuksak fidokorlik va shafoati bilan ummatining yordam qiladigan zot ketgan olamga ketmoqdamiz. Va u quyoshning atrofida hadsiz asfiyo va avliyo yulduzlari bilan yorishgan shunday bir olamga ketmoqdamiz.

— 225 —

Demak u zotning shafoati ostiga kirib va nuridan istifoda etishning va zulumoti barzohiyadan xalos boʻlishning chorasi: Sunnati saniyaga tobe boʻlishdir.

TOʻRTINCHI UMID:

Bir vaqtda keksalikka qadam qoyganimda, gʻaflatni davom ettirgan tanimning salomatligi ham buzulgandi. Keksalik bilan xastalik ikkalasi menga hujum qildi. Boshimga ura-ura uyqumni qochirishdi. Bola-chaqa, mol kabi meni dunyo bilan bogʻlaydigan aloqalar ham yoʻq edi. Yoshlik telbaligi bilan zoye qilgan umr sarmoyamning mevalarini; barchasi gunohlar, xatolardan iboratligini koʻrdim. Niyozi-i Misriy kabi faryod aylab dedim:

Bir tijorat qilmadim, naqdi umr boʻldi habo,

Yoʻlga chiqdim, lekin ko'chmish jumla karvon bexabar.

Yigʻladim nolon etib, tushdim yoʻlga tanho gʻarib,

Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron bexabar.

Oʻshanda gʻurbatda edim. Ma'yusona bir huzun va nadomatkorona bir taassuf va istimdodkorona bir hasrat his qildim. Birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon imdodga yetishdi. Menga quvvatli bir umid eshigini ochdi va haqiqiy bir tasalli ziyosini berdiki, oʻsha vaziyatimdan yuz daraja ustun umidsizlikni ham yoʻq qildi va u zulmatlarni tarqatdi.

Ha, ey men kabi dunyo bilan aloqalari kesilishni boshlagan va dunyo bilan bogʻlangan iplari uzilishga yuz tutgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Bu dunyoni eng mukammal va muntazam bir shahar, bir saroy hukmida xalq etgan bir Sone'-i Zuljalol, oʻsha shaharda, u saroyda eng ahamiyatli mehmonlari va doʻstlari bilan gaplashmasligi, koʻrishmasligi mumkinmi?! Modomiki bilib turib bu saroyni yaratgan va iroda va ixtiyor bilan tanzim va tazyin etgan zot; albatta yaratgan bilganidek, bilgan gapiradi. Modomiki bu saroyni, bu shaharni bizga goʻzal mehmonxona va tijoratgoh qilgan zot; albatta bizga nisbatan munosabatini va bizdan nima xohlaganini ko'rsatadigan bir daftari, kitobi bo'ladi.

Oʻsha qudsiy daftarning eng mukammali; qirq tomonlama moʻ'jiza va har daqiqada hech boʻlmasa yuz million insonning tilida yurgan, nur sochgan va har bir harfida kamida oʻn savob va oʻn hasana va ba'zan oʻn ming va ba'zan Layla-i Qadr kechasi sirri bilan, bir harfiga oʻttiz ming hasana va meva-i Jannat va nuri barzoh bergan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir. Bu maqomda unga raqobat qiladigan koinotda hech qanday kitob yoʻq va hech kim koʻrsatolmaydi. Modomiki qoʻlimizdagi Qur'on Samovot va Arz Xoliqi Zuljalolining rububiyati mutlaqa nuqtasidan va azamati uluhiyati jihatidan va ihota-i rahmati tomonidan kelgan kalomidir, farmonidir; bir ma'dani rahmatidir. Unga yopish. Ichida xar dardga davo, har zulmatga ziyo, har tushkunlikka umid bor.

— 226 —

Xullas, abadiy xazinaning kaliti iymondir va taslimdir va uni tinglab qabul qilish va oʻqish kerak.

BESHINCHI UMID:

Keksaligim boshlangan vaqtda, inzivo orzusida Istanbulning boʻgʻoz tarafidagi Yusha Tepaligida, yolgʻizlik bilan ruhim bir istirohat qidirdi. Bir kun oʻsha yuksak tepalikda doira-i ufqqa, atrofga qaradim. Gʻoyat hazin va achinarli zavol va firoq lavhasini keksalikning eslatmasi bilan koʻrdim. Umr daraxtimning qirq beshinchi yili boʻlgan qirq beshinchi shoxidagi yuksak maqomidan hayotimning pastki tabaqalarigacha qarab chiqdim. Koʻrdimki; pastda, har bir shoxida, har bir yil davomida sevganlarimdan va aloqador boʻlgan va tanishgan insonlarimdan oʻlganlar hadsiz. Firoq va ffaqirlikdan kelgan gʻoyat acinarli ma'naviy taʻsir ichida, Fuzuli-i Bagʻdodiy kabi, ayrilgan doʻstlarni oʻylab, ingrab:

Vaslini yod aylagan sari yigʻlayman,

To nafas bor ekan quruq jismimda faryod aylarim.

deb bir tasalli, bir nur, bir umid eshigini izladim. Birdan oxiratga iymon nuri yordamga keldi. Hech soʻnmas bir nur, hech sinmas bir umid berdi.

Ha, ey men kabi keksa qardoshlar va opaxonlar! Modomiki oxirat bor va modomiki boqiydir va modomiki dunyodanda goʻzaldir va modomiki bizni yaratgan zot ham Hakim, ham Rahimdir... keksalikdan shikoyat va taassuf etmasligimiz kerak. Aksincha keksalik iymon bilan ibodat ichida kamolot yoshiga kelib, hayot vazifasidan tarhis va olami rahmatga istirohat uchun ketishga alomat bo'lish jihatidan undan mamnun boʻlmogʻimiz darkor.

Ha, nassi hadis bilan; bashariyatning eng mumtoz shaxsiyatlari hisoblangan bir yuz yigirma toʻrt ming anbiyoning ijmo' va tavotur bilan; qisman shuhudga va qisman haqqalyaqiynga tayangan holda, muttafiqan oxiratning borligidan va insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqi qat'iy va'da bergan oxiratni keltirishidan xabar berganlari kabi, ular bergan xabarlarini kashf va shuhud bilan ilmalyaqiyn tasdiq qilgan bir yuz yigirma toʻrt million avliyolar oxiratning borligiga shahodatlari bilan va bu koinot Sone'-i Hakimining barcha asmosi bu dunyoda koʻrsatgan jilvalari bilan, olami baqoni ochiq oshkor taqozo etganlari; oxiratning borligiga dalolati bilan; va har yil bahorda roʻyi zaminda oyoqda turgan son-sanoqsiz oʻlgan daraxtlarning janozalarini Amri Kun Fayakun bilan ihyo etib, Ba'su Ba'dal mavtga noil qilgan

— 227 —

va hashr va nashrning yuz minglab namunasi tarzida nabotot toifalaridan va hayvonot millatlaridan uch yuz ming navlarni hashr va nashrdan hadsiz qudrati azaliya va hisobsiz va isrofsiz hikmati abadiya va rizqqa muhtoj barcha ziruhlarni kamoli shafqat bilan gʻoyat horiqo tarzda iosha ettirgan va har bahorda oz bir zamonda son-sanoqsiz anvo'i ziynat va mahosinni ko'rsatgan rahmati boqiya va inoyati doimaning bilbedaho oxiratning borligini istilzom bilan va shu koinotning eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning eng sevgan masnu'i va koinotning mavjudoti bilan eng ziyoda aloqador boʻlgan insondagi shadid, mustahkam, doimiy bo'lgan ishqi baqo va shavqi abadiyat va a'moli sarmadiyat, bilbedaho ishorat va dalolati bilan, bu olami foniydan so'ng bir olami boqiy va bir dori oxirat va bir dori saodat bo'lganini shu daraja qat'iy bir suratda isbot qiladilarki, dunyoning borligi qadar, bilbedaho oxiratning borligini qabul qilishni istilzom etadi.

{(Hoshiya) Ha, subutiy bir ishni xabar berishning osonligi va inkor va rad qilishning gʻoyat mushkul ekani bu tamsildan koʻrinadi. Shundayki: Bir odam desaki: "Mevalari sut konservalari boʻlgan gʻoyat horiqo bir bogʻ Kura-i Arz ustida bor". Boshqasi desaki: "Yoʻq". Isbot qilgan faqatgina uning yerini yoxud ba'zi mevalarini koʻrsatish bilan osongina da'vosini isbot qila oladi. Inkor qilgan odam, inkorini isbot qilish uchun, butun Kura-i Arzni koʻrmoq va koʻrsatmoq bilan da'vosini isbot qila oladi. Aynan shuning kabi: Jannatni ixbor etishgan yuz minglab tarashshuhotini, mevalarini, belgilarini koʻrsatishlarini inobatga olmasak.. ikki shohidi sodiqning subutiga shahodatlari kifoya ekan; uni inkor qilgan cheksiz bir koinotni, hadsiz abadiy zamonni tomosha etmoq va koʻrmoq va elagandan soʻng inkorini isbot qila oladi, adamini koʻrsata oladi.

Xullas, ey keksa qardoshlar! Iymoni oxiratning naqadar quvvatli ekanini tushuninglar!}

Modomiki Qur'oni Hakimning bizga bergan eng muhim bir darsi "iymoni bil-oxirat"dir va bu iymon ham shu daraja quvvatlidir va u iymonda shunday bir umid va bir tasalli borki; yuz ming keksalik bitta shaxsga kelsa, bu iymondan kelgan tasalli muqobil kela oladi. Biz keksalar "Alhamdulillahi ala kamalil iyman" deb keksaligimizga sevinishimiz kerak.

OLTINCHI UMID:

Bir zamon aliym asoratimda insonlardan begonalashib, Barla Yaylovidagi Qaragʻay Togʻining tepasida yolgʻiz qoldim. Yolg'izlikda bir nur qidirardim. Bir kecha oʻsha yuksak tepalikning ustidagi baland bir qaragʻay daraxtining ustidagi usti ochiq xonachada edim. Keksalik menga uch-toʻrt gʻurbatni bir-biri ichida xotirlatdi. Oltinchi Maktubda izohlangani kabi; oʻsha kecha xilvat, sas-sadosiz, faqat daraxtlarning shitirlashlaridan va hamhamalaridan kelgan hazin bir sado, bir ovoz riqqatimga, keksaligimga, gʻurbatimga qattiq ta'sir qildi. Keksalik menga, kunduz shu qora qabrga qanday aylangan, dunyo qora kafanini qanday kiygan bo'lsa, shunga o'xshab umringning kunduzi ham kechaga va dunyo kunduzi ham barzoh kechasiga va hayotning yozi ham oʻlimning qish kechasiga inqilob etishini qalbimning qulogʻiga eslatdi.

— 228 —

Nafsim majburan: Ha, men vatanimdan uzoqda boʻlganim kabi, shu ellik yil mobaynidagi umrimda zavol topgan sevganlarimdan ayrilganim va orqalaridan yigʻlab qolganim, bu vatan gʻurbatidan koʻproq hazin va aliym bir gʻurbatdir. Va bu kecha va togʻning gʻaribona vaziyatidagi hazin gʻurbatdan koʻra hazinroq va aliymroq gʻurbatga yaqinlashmoqdaman, butun dunyodan birdan ayrilish vaqti yaqinlashganini keksalik menga xabar bermoqda, dedim. Bu gʻurbat gʻurbat ichida va huzun ichidagi vaziyatdan umid va nur qidirdim. Birdan iymoni billoh imdodga yetishdi. Shunday bir unsiyat berdiki; men bo'lgan qat qat qoʻrquv ming marta ortsa ham o'sha tasalli kifoya qilardi.

Ha, ey otaxon va onaxonlar! Modomiki, Rahim bir Xoliqimiz bor ekan bizlar uchun gʻurbat yoʻq. Modomiki u bor ekan, bizlar uchun hamma narsa bordir. Modomiki u bor ekan, maloikalari ham bor. Shunday ekan, bu dunyo boʻsh emas, xoli togʻlar, boʻsh sahrolar Janobi Haqning qullari bilan toʻladir. Zishuur qullaridan boshqa, uning nuri bilan, uning hisobidan toshi ham, daraxti ham munis doʻst hukmiga oʻtadi; lisoni hol bilan biz bilan gaplashishadi va ovuntirishadi. Ha, bu koinotning mavjudoti adadicha va bu ulkan kitobi olamning harflari sanog'icha borligiga shahodat qilgan va ziruhlarning madori shafqat va rahmat va inoyat boʻlgan jihozoti va mat'umoti va ne'matlari adadicha rahmatini koʻrsatgan dalillar, shohidlar bizga Rahim, Karim, Anis, Vadud Xoliqimizning, Sone'imizning, Homiyimizning dargohini koʻrsatmoqda. U dargohda eng maqbul shafoatchi, ojizlik va zaiflikdir. Va ojizlik va zaiflikning ayni vaqti esa, keksalikdir. Bunday dargohda maqbul shafoatchi boʻlgan keksalikdan ranjish emas, sevish lozim.

YETTINCHI UMID:

Keksaligimning ilk pallalarida Eski Saidning kulgilari Yangi Saidning yigʻilariga aylangan vaqtda, Anqaradagi ahli dunyo meni Eski Said deb oʻylab, u yerga chaqirishdi, bordim. Kuz mavsumining oxirlarida Anqaraning mendan ancha ko'proq keksayib qolgan, xarob bo'lgan, eskirgan qal'asining boshiga chiqdim. Qal'a menga toshga aylangan tarixiy hodisalar suratida koʻrindi. Yilning keksalik mavsumi bilan mening keksaligim, qal'aning keksaligi, basharning keksaligi, shonli Usmonli Davlatining keksaligi va Xalifalik saltanatining vafoti va dunyoning keksaligi meni gʻoyat hazin va achinarli va ayriliq ichida, yuksak qal'ada, oʻtmishning daralariga va kelajakning togʻlariga qaratdi, men ham boqdim. Bir-biriga ichma ich holda meni o'rab olgan to'rt-beshta keksalik qorong'uliklari ichida, Anqarada eng qora ruhiy holat his qilganim uchun, {(Hoshiya) Oʻsha paytda ushbu ruhiy holat forscha munojot suratida qalbga keldi, Anqarada "Hubob" Risolasida chop qilingan.} bir nur, bir tasalli, bir umid qidirdim.

— 229 —

Oʻngga, ya'ni moziy boʻlgan oʻtmish zamonga qarab tasalli qidirganimda, menga moziy - padarimning va ajdodimning va nav'imning katta bir mozor suratida koʻrindi, tasalli oʻrniga qoʻrqinch berdi. Chap tarafim boʻlmish istiqbolga darmon izlab qaradim. Koʻrdimki: men va menga oʻxshsaganlarning va kelajak nasllarning buyuk va qorong'u bir qabri suratida koʻrindi, unsiyat oʻrniga dahshat berdi. Oʻng va chapdan qoʻrqib, hozir kunimga boqdim. Gʻaflatli va tarixvoriy nazarimga hozirgi kun - chalajon va jon talvasasida tipirchilab iztirob chekayotgan jismimning murdasini olib ketayotgan bir tobut suratida koʻrindi. Soʻngra bu jihatdan ham ma'yus boʻlgach, boshimni koʻtarib umrim daraxtining ustiga qaradim. Koʻrdimki; u daraxtning birgina mevasi bor, u ham mening oʻligim, daraxt ustida menga qarab turibti. Bu tomondan ham qoʻrqib, boshimni pastga egdim. Umr daraxtining ostiga, ildiziga boqdim. Koʻrdimki: pastdagi tuproq - suyaklarimning tuprogʻi bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i bir-biriga aralashgan suratda, oyoqlar ostida toptalayotgan holda koʻrdim. U ham darmon emas, balki dardimga dard qoʻshdi. Soʻngra majbur bo'lib orqamga qaradim. Koʻrdimki; beqaror, foniy dunyo, hechlik daralarida va yoʻqlik zulmatlarida yumalab ketyapti. Dardimga malham qidirgan edim, zahar qo'shdi. U tomondan ham xayr koʻrolmaganim uchun old tarafimga boqdim; uzoqlarga nazar tashladim. Koʻrdimki: shunqoddina yoʻlimning ustida qabr eshigi ochiq turibdi, og'zini ochib menga qarab turibdi. Uning orqasida abad tarafiga ketgan yo'l va o'sha yo'lda ketayotgan karvonlar uzoq-uzoqlardan ko'zga tashlanmoqda.

Va ushbu olti tomondan kelgan dahshatlarga qarshi menga tayanch nuqtasi va mudofaa quroli boʻladigan, qoʻlimda juz'iy bir juz'i ixtiyoriydan boshqa hech narsa yoʻq. Hadsiz dushmanlar va hisobsiz zararli narsalarga qarshi insonning birgina quroli boʻlgan u juz'i ixtiyoriy ham noqis, ham qisqa, ham ojiz, ham hech narsanni ijod qila olmagani uchun, qoʻlidan kasbdan boshqa hech narsa kelmaydi. Na oʻtmish zamonga o'ta oladi, to u yerdan menga kelayotgan huzunlarni to'xtatsin. Va na istiqbolga keta oladi, to u yerdan kelgan qoʻrquvlarni to'sa otsin. Oʻtmish va kelajakkga oid orzularimga va alamlarimga foydasi yo'qligini koʻrdim.

Ushbu olti jihatdan kelgan dahshat va vahshat va qorongʻulik va ma'yusiyat ichida tipirchilab turgan paytimda, birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning samosida porlagan iymon nurlari yordamga yetib keldi. O'sha olti tomonni shunchalik tanvir etib nurlantirdiki, men koʻrgan o'sha qoʻrquvlar, qorong'uliklar yuz birga ortsa ham, baribir u nur ularga kifoya va yetarli edi. O'sha barcha dahshatlarni birma-bir tasalliga va qoʻrquvlarni birma-bir unsiyatga aylantirdi. Shundayki:

Iymon qoʻrqinchli oʻtmish zamonning katta mozori suratini yirtib, unsiyatli munavvar majlis va yaqinlar yigʻini ekanini biaynal-yaqiyn, haqqal-yaqiyn koʻrsatdi. Yana, iymon buyuk qabr suratida gʻaflatda koʻringan kelajak zamonni - sevimli saodat saroylarida Rahmoniy ziyofat majlisi suratida biilmal-yaqiyn koʻrsatdi. Iymon yana gʻaflatdagi tobut vaziyatida koʻringan hozir zamonni va hozir kunning tobutlik shaklini sindirib, uxraviy tijoratgoh doʻkoni va dabdabali Rahmoniy mehmonxona suratida bilmushohada koʻrsatdi.

— 230 —

Yana, iymon gʻaflat bilan qaralganda umr daraxtining boshida murda shaklida koʻringan bitta mevasi oʻlim emasligini, balki abadiy hayotga sazovor va nomzod boʻlgan ruhim, eskirgan uyasidan yulduzlarda kezish uchun chiqishi oʻlim bilan boʻlishini biilmal-yaqiyn koʻrsatdi. Yana, iymon suyaklarim bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i oyoq ostida ahamiyatsiz chirib ketgan suyaklar emasligini, balki u tuproq - rahmat eshigi va jannat saroyining pardasi ekanligini iymon sirri bilan koʻrsatdi. Yana, iymon gʻaflat bilan qaraganda orqamda, hechlikda, yoʻqlik zulmatida yumalab borayotgan dunyoning vaziyatini Qur'on sirri bilan koʻrsatdiki, o'sha zohiriy zulmatlardagi dunyo esa, vazifasi tugagan, ma'nosini ifodalab bo'lgan, natijalarini oʻzining o'rniga vujudda qoldirgan bir qism Samadoniy maktublor va Subhoniy naqash sahifalari ekanligini ko'rsatdi. Dunyoning mohiyati qanday ekanligini biilmal-yaqiyn bildirdi. Iymon - oldinda koʻzini ochib menga qarab turgan qabrni va qabr orqasida abadga ketgan yoʻlni Qur'on nuri bilan koʻrsatdiki, qabr - quduq og'zi emas, balki nur olamining eshigidir. Va u yoʻl esa, hechlikka va 'adamistonga emas, balki vujudga, nuristonga va saodati abadiyaga olib boruvchi yoʻl ekanligini tamoman qanoat beradigan darajada koʻrsatgani uchun, dardlarimga ham darmon, ham malham boʻldi. Yana, iymon qo'lida juda ham juz'iy kasbi bo'lgan juz'iy bir juz'i ixtiyoriy oʻrniga, cheksiz dushman va zulmatlarga qarshi g'ayri mutanohiy qudratga tayanish va hadsiz rahmatga bogʻlanish uchun o'sha juz'i ixtiyoriyning qoʻliga bir vasiqa beradi.. balki iymonning o'zi o'sha juz'i ixtiyoriyning qoʻlida bir vasiqa boʻladi. Hamda, o'sha juz'i ixtiyoriy bo'lmish silohi insoniy, garchi o'zi ham qisqa, ham ojiz, ham noqis bo'lsa ham; bir askar juz'iy quvvatini davlat nomidan ishlatgan vaqtda minglab daraja o'z quvvatidan ortiq ishlarni bajargani kabi, iymon sirri bilan o'sha juz'iy juz'i ixtiyoriy Janobi Haq nomidan Uning yoʻlida ishlatilsa, besh yuz yillik masofa kengligida jannatni ham qozona oladi. Yana, iymon oʻtmish va kelajak zamonlarga ta'sir qilolmaydigan juz'i ixtiyoriyning tizginini jismning qoʻlidan olib, qalbga va ruhga topshiradi. Ruh va qalbning hayot doirasi esa, jism kabi hozirgi zamon bilangina cheklanib qolmagani, hayot doirasiga juda koʻp yillar moziydan, juda koʻp yillar istiqboldan kirgani uchun, juz'i ixtiyoriy juz'iylikdan chiqib kulliyat qozonadi. Zamoni moziyning eng chuqur daralariga iymon quvati bilan kira olgani va huzunlarning zulmatlarini daf qila olgani kabi, iymon nuri bilan istiqbolning eng uzoq togʻlariga qadar chiqadi, qoʻrquvlarni ketkazadi.

Xullas, ey men kabi qarilik zahmatini chekayotgan keksa birodarlarim va singillarim! Modomiki, alhamdulilloh, ahli iymon ekanmiz... va modomiki, iymonda nurli, lazzatli, sevimli, shirin xazinalar bor ekan,.. va modomiki, keksaligimiz bizni o'sha xazinaning ichiga yanada ko'proq jalb qilayotgan ekan... albatta, iymonli keksalikdan shikoyat emas, balki ming martalab shukr qilaylik!

— 231 —
SAKKIZINCHI UMID:

Keksalik alomati boʻlgan oq qillar sochimga tushgan vaqtda, yoshlikning og'ir uyqusini yana ham og'irlashtirgan Harbi Umumiyning dag'dag'alari va asirligimning kashmakashliklari va so'ngra Istanbulga kelgan vaqtimda ahamiyatli shonu sharaf vaziyati, hatto Xalifadan, Shayx-ul Islomdan, Boshqoʻmondondan tortib, to madrasa talabalarigacha haddimdan ortiq husni tavajjuh va iltifot koʻrsatganlari uchun, yoshlik sarxushligi va o'sha vaziyat bergan ruhiy holat oʻsha uyquni shu daraja qalinlashtirgan ediki, go'yo dunyoni doimiy, oʻzimni dunyoga oʻlmaydigandek yopishgan ajib vaziyatda koʻrar edim.

Oʻsha vaqtda, Istanbulning Boyazid jome'-i muborakiga Ramazoni Sharifda ixlosli hofizlarni tinglashga bordim. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon samoviy yuksak xitobi bilan gʻoyat quvvatli suratda basharning fanosini va ziyhayotning vafotini xabar bergan كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ farmonini hofizlarning lisoni bilan e'lon qildi. Qulogʻimga kirib, to qalbimning ichiga joylashib, juda qalin gʻaflat, uyqu va sarxushlik tabaqalarini chilparchin qildi. Jome'dan chiqdim. Ancha vaqtdan beri aqlimdagi eski uyquning telbaligi bilan, o'zimni bir necha kun boshimda boʻron, tutunli bir olov va yo'lini yo'qotib qo'ygan kema kabi koʻrdim. Oynada sochimga qaraganimda, oq qillar menga: "Ehtiyot bo'l!" der edi. Ana o'sha oq qillarning eslatmasi bilan vaziyat oydinlashdi. Qarasam, juda ham ishonib, zavqlariga maftun boʻlgan yoshligim alvido demoqda va muhabbat bilan juda koʻp aloqador boʻlgan dunyoviy hayot soʻna boshlayapti va juda koʻp aloqador va go'yo oshiq boʻlgan dunyo menga "Oq yo'l" deb, mehmonxonadan ketishimni eslatmoqda. Oʻzi ham "Allohga omonat" deb, ketishga hozirlanmoqda. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ oyatining kulliyatida: "Butun nsoniyat bir nafsdir, qayta tiriladigan bo'lib oʻladi. Va kurra-i Arz ham bir nafsdir, boqiy suratga kirish uchun u ham oʻladi. Dunyo ham bir nafsdir, oxirat suratiga kirish uchun u ham oʻladi!" degan ma'nolar oyatning ishorasidan qalbga ochilayotgan edi.

Xullas, bu holatda oʻz vaziyatimga qaradim, zavqlarga asos boʻlgan yoshlik ketmoqda, uning oʻrniga huzn manbai boʻlgan keksalik kelmoqda. Va gʻoyat porloq va nuroniy hayot ketmoqda; zohiriy qorong'u, dahshatli oʻlim, uning o'rniga kelishga tayyorlanmoqda. Va juda sevimli va doimiy deb oʻylangan va gʻofillarning ma'shuqasi boʻlgan dunyo juda katta tezlik bilan zavolga qovushayotganini ko'rdim. Oʻzimni o'zim aldash va yana boshimni gʻaflatga suqish uchun, Istanbulda haddimdan juda ortiq koʻrgan mansab zavqlariga qaradim. Hech bir foydasi boʻlmadi.

— 232 —

Ularning barcha eʻtibori, iltifoti, tasallilari yonimdagi qabr eshigigacha kelishi mumkin, o'sha yerda soʻnadi. Va shuhratparastlarning orzusi boʻlgan shonu sharafning zarli pardasi ortida og'ir riyo, sovuq xudfurushlik, vaqtinchalik telbalik suratida koʻrganim uchun angladimki: meni shu vaqtgacha aldagan bu ishlar hech qanday tasalli berolmaydi va ularda hech qanday nur yoʻq ekan.

Keyin batamom uygʻonish uchun, Qur'onning samoviy darsini eshitish uchun yana Boyazid jome'idagi hofizlarni tinglay boshladim. Oʻshanda samoviy darsdan وَ بَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اِلٰى اٰخِرِ navidan qudsiy farmonlar bilan xushxabarlar eshitdim. Qur'ondan olganim fayz bilan xorijdan tasalli qidirish emas, balki dahshat va vahshat va ma'yusiyat olgan nuqtalarim ichida tasallini, rajoni, nurni qidirdim. Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsinki, ayni dard ichida darmonni topdim, ayni zulmat ichida nurni topdim, ayni dahshat ichida tasallini topdim. Eng avval hammani qoʻrqitgan, eng qoʻrqinchli deb o'ylangan oʻlimning yuziga boqdim. Qur'on nuri bilan: oʻlim niqobi garchi qorong'u, qora, xunuk boʻlsa ham, moʻmin uchun asl siymosi nuroniy, goʻzal ekanini ko'rdim. Va koʻp risolalarda bu haqiqatni qat'iy bir suratda isbot qilganmiz. "Sakkizinchi Soʻz" va "Yigirmanchi Maktub" kabi koʻp risolalarda izohlaganimiz kabi: oʻlim i'dom emas, firoq emas, balki abadiy hayotininig muqaddimasidir, mabdai va hayot vazifasi qiyinchiligining yakunidir, bir tarxis, bir makon oʻzgarishidir, barzax olamiga ko'chgan yaqinlar guruhiga qovushmoqdir. Va hokazo, shu kabi haqiqatlar bilan oʻlimning haqiqiy goʻzal siymosini koʻrdim. Qoʻrqib emas, balki bir jihatdan oʻlimning yuziga mushtoqlik bilan boqdim. Ahli tariqatdagi robita-i mavtning bir sirini angladim.

Soʻngra hammani zavoli bilan yigʻlatgan va hammani oʻziga maftun va mushtoq qilgan va gunoh va gʻaflat bilan o'tgan yoshligimga boqdim. O'sha go'zal, chiroyli yopinchig'i (kiyimi) ichida gʻoyat chirkin, sarxush, telba yuzni koʻrdim. Agar mohiyatini bilmasaydim, bir necha yil meni sarxush qilib kuldirishi evaziga, yuz yil dunyoda qolsam meni yigʻlatar edi. O'shandaylardan biri yigʻlab, aytgan ekanki:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

Ya'ni: "Koshki, yoshligim bir kun qaytib kelsa edi, keksalik mening boshimga naqadar hazin hollar solganini unga shikoyat qilib, aytib berar edim". Darhaqiqat, o'sha kishi kabi yoshlikning mohiyatini bilmagan keksalar yoshliklarini oʻylab, taassuf va tahassur bilan yigʻlaydilar. Holbuki, yoshlik agar ahli qalb, ahli huzur va es-hushi joyida va qalbi sog'lom boʻlgan moʻminlarda boʻlsa, ibodatga va yaxshiliklarga va uxroviy tijoratga sarflansa, eng kuchli tijorat vocitasi va goʻzal va shirin bir xayrlar vositasidir. Va o'sha yoshlik - diniy vazifasini bilib sui iste'mol qilmaganlarga qiymatdor, zavqli Ilohiy ne'matdir.

— 233 —

Agar istiqomat, iffat, taqvo birga boʻlmasa, koʻp tahlikalari bor. Qiziqqonliklari bilan abadiy saodatiga va uxroviy hayotiga zarar yetkazadi, balki dunyoviy hayotini ham barbod qiladi. Balki, bir-ikki yil yoshlik zavqi evaziga, keksalikda koʻp yillar gʻam va kadar chekadi. Modomiki, aksar insonlarda yoshlik zararli bo'lar ekan, biz keksalar Allohga shukr qilaylikki, yoshlik tahlikalaridan va zararlaridan qutuldik. Hamma narsa kabi, albatta yoshlikning lazzatlari ham o'tkinchidir. Agar ibodatga va xayrlarga sarflangan boʻlsa, u yoshlikning mevalari uning oʻrnida boqiy qolib, abadiy hayotdagi yoshlikni qozonishiga vasila boʻladi.

Soʻngra, aksar insonlar oshiq va mubtalo boʻlgan dunyoga boqdim. Nuri Qur'on bilan koʻrdimki: bir-biri ichida uchta kulliy dunyo bor. Biri: Ilohiy ismlarga qaraydi, ularning oynasidir. Ikkinchi yuzi: oxiratga qaraydi, uning ekinzoridir. Uchinchi yuzi: ahli dunyoga boqadi, ahli gʻaflatning o'yingohidir. Yana, hammaning bu dunyoda katta bir dunyosi bor. Go'yo, insonlar adadicha dunyolar bir-biri ichiga kirgan. Lekin har bir insonning xususiy dunyosining ustuni - oʻz hayotidir. Qachon jismi "sinsa", dunyosi boshiga qulaydi, qiyomati boʻshlanadi. Ahli gʻaflat oʻz dunyosining bunday tez yiqilishini bilmagani uchun, katta dunyo kabi doimiy deb oʻylab, mahliyo boʻladi. "Boshqalarning dunyosi kabi tez qulaydigan, buziladigan mening ham xususiy dunyoim bor. Bu xususiy dunyom, qisqagina umrim bilan nima foydasi bor ekan", deb oʻyladim. Nuri Qur'on bilan koʻrdimki: men uchun ham, hamma uchun ham, bu dunyo - vaqtinchalik bir tijoratgoh,.. va har kuni toʻlib boʻshaydigan bir mehmonxona,.. va o'tgan-ketganlarning oldi-sotdisi uchun yoʻl ustida qurilgan bir bozor,.. va Naqqoshi Azaliyning yangilanib turadigan, hikmat bilan yozib-o'chiradigan bir daftari,.. va har bahor bezakli bir maktubi,.. va har yoz bir nazmiy qasidasi,.. va Sone'-i Zuljalolning ismlarining jilvasini yangilab turadigan, koʻrsatadigan oynalari,.. va oxiratning ko'chatlik bir bogʻi,.. va Ilohiy rahmatning bir gulxonasi,.. va boqiy olamda koʻrsatiladigan lavhalarni tayyorlashga moslangan vaqtinchalik bir dastgohi mohiyatida koʻrdim. Bu dunyoni shu suratda yaratgan Xoliqi Zuljalolga yuz ming shukr qildim. Va angladimki: dunyoning oxiratga va asmo-i Ilohiyaga qaragan goʻzal mohiyatiga muqobil insonlarga muhabbat berilgani holda, o'sha muhabbatni suiste'mol qilib, foniy, chirkin, zararli, gʻaflatli yuziga sarflagani uchun, حُبُّ الدُّنْيَا رَاْسُ كُلِّ خَط۪يئَةٍ hadisi sharifining siriga siriga sazovor boʻlganlar.

Xullas, ey mo'ysafidlar va keksa singillarim! Men Qur'oni Hakimning nuri va keksaligimning eslatmasi bilan va iymonning koʻzimni ochishi natijasida shu haqiqatni koʻrdim va koʻp risolalarda qat'iy burhonlar bilan isbotladim. Oʻzimga haqiqiy tasalli va quvvatli rajo va porloq ziyo topdim. Va keksaligimdan mamnun boʻldim va yoshlikning ketganidan hursand boʻldim. Sizlar ham yigʻlamanlar, shukr qilinglar. Modomiki, iymon bor ekan va haqiqat shunday ekan, gʻaflatdagilar yig'lasin, zalolatdagilar yigʻlasin.

— 234 —
TOʻQQIZINCHI UMID:

Harbi Umumiyda asirlikda, Rossiyaning shimoliy sharqidan, juda uzoq boʻlgan Kostroma viloyatida edim. U yerda mashhur Volga Daryosining boʻyida Tatarlarning kichik bir masjidi joylashgandi. Doʻstlarim, asir zobitlar ichida siqildim. Yolgʻizlik istadim; tashqarida iznsiz yura olmas edim. Tatar mahallasi kafil boʻlib meni o'sha Volga Daryosi boʻyidagi kichik masjidga joylashdi. Masjidda oʻzim yolgʻiz yotardim. Bahor ham yaqin. Shimol qit'asining juda ham uzun tunlarida ko'p bedor qolardim. U qorongʻi kechalarda va zim-ziyo gʻurbatda, Volga Daryosining hazin shildirashlari va yomgʻirning nozik shivirlashlari va shamolning firoqli esishi meni chuqur gʻaflat uyqusidan vaqtincha uygʻotdi. Garchi hali oʻzimni keksa deb bilmasamda, Harbi Umumiyni koʻrgan keksa hisoblanadi. Goʻyo يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ ش۪يبًا sirriga mazhar boʻlib, "shunday kunlardirki; bolalarni qaritadi" jihati bilan, qirq yoshda ekanman, oʻzimni sakson yoshlik vaziyatda koʻrdim. Zim-ziyo uzun tun va hazin gʻurbat va hazin vaziyat ichida hayotdan va vatandan bir ma'yuslik keldi. Ojizligimga, yolgʻizligimga qaradim, umidim uzildi. Oʻsha holatda, Qur'oni Hakimdan yordam keldi; tilim حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi, qalbim ham yigʻlab aytdiki:

غَر۪يبَمْ ب۪ى كَسَمْ ضَع۪يفَمْ نَاتُوَانَمْ اَلْاَمَانْ گُويَمْ عَفُوْ جُويَمْ مَدَدْ خٰواهَمْ زِدَرْگَاهَتْ اِلٰه۪ى

Vatanimdagi eski doʻstlarni oʻylab, gʻurbatda vafotimni xayol qilib, Niyozi-i Misriy kabi:

Dunyo gʻamidan kechib, yoʻqlikka qanot ochib,

Shavq ila har dam uchib, chaqiraman doʻst, doʻst!

deya doʻstlarni izladim. Nima bo'lganda ham... Oʻsha huznli, achinarli, ayriliqdagi uzun gʻurbat kechasida, Ilohiy dargohga zaiflik va ojizligim shunchalik ulkan bir shafoatchi va vasila boʻldiki, hozir ham hayratdaman. Chunki bir necha kundan soʻng, juda kutilmaganda, piyodalab ketilsa bir yillik masofaga, bir o'zim rus tilini bilmasamda qochdim. Zaifligim va ojizligimga binoan kelgan Ilohiy inoyat bilan gʻayri oddiy suratda qutuldim.

— 235 —

Varshava va Avstriya orqali Istanbulga keldim, bu shaklda osonlikcha qutulish juda gʻayri oddiy boʻlgan edi. Ruschani bilgan eng jasur va eng ayyor odamlar muvaffaq boʻlolmagan, ko'p yengillik va juda osonlik bilan, uzun qochish sayohatni tugatdim. Ammo Volga Daryosi boʻyi masjididagi mazkur tunning vaziyati menga shu berdirganki; qolgan umrimni gʻorlarda oʻtkazaman. Insonlarning ijtimoiy hayotiga aralashish endi yetar. Modomiki oxir-oqibatda yolgʻiz qabrga kirar ekanman, yolgʻizlikka oʻrganish uchun, hozirdan yolgʻizlikni ixtiyor qilaman, degandim. Biroq afsuski, Istanbuldagi jiddiy va koʻp yaqinlar va Istanbulning dabdabali dunyoviy hayoti, xususan menga haddimdan ortiq yuzlangan shon va sharaf kabi natijasiz narsalar, qarorimni menga vaqtincha unuttirdi. Goʻyo u gʻurbat kechasi, hayotimning koʻzida nurli qoralik edi, va Istanbulning oq, dabdabali kunduzi, hayot koʻzimning nursiz oqi ediki, oldinni koʻrolmadi, yana yotdi.. toki ikki yil oʻtib Gʻavsi Jiyloniy Futuh-ul Gʻayb kitobi bilan takror koʻzimni ochdi.

Xullas ey otaxon va onaxonlar! Bilib qo'yingki; keksalikdagi zaiflik va ojizlik, rahmat va Ilohy inoyatning jalbiga vasiladir. Oʻz shaxsimda koʻp hodisalar bilan mushohada etganim kabi, zamin yuzidagi rahmatning jilvasi ham gʻoyat zohir tarzda bu haqiqatni koʻrsatadi. Chunki hayvonotning eng ojiz va eng zaifi, bolalaridir. Holbuki rahmatning eng shirin va eng goʻzal jilvasiga sazovor boʻlganlar ulardir. Bir daraxtning tepasidagi uyada bir qush bolasining ojizligi; onasini eng boʻysungan askar kabi -rahmatning jilvasi- istihdom etadi. Atrofni kezadi, rizqini keltiradi. Qush bolasi qanotlari kuchga kirishi bilan ojizligini unutsa, volidasi unga: "Borib, rizqingni qidir" deydi, uni boshqa tinglamaydi.

Xullas, bu rahmat sirri bolalar haqida jarayon etgani kabi, zaiflik va ojizlik nuqtasida bolalar hukmiga o'tgan keksalar haqida ham joriydir. Menga qat'iy qanoat beradigan darajada koʻp tajribalar bor; masalan bolalarning ojizliklariga binoan rahmat tarafidan rizqlari hayratlanarli suratda koʻkraklar jo'mraklaridan yuboriladi va oqittiriladi.. shunga o'xshab; ma'sum iymonli keksalarning rizqlari ham baraka suratida yuboriladi. Ham bir xonadonning baraka ustuni, xonadondagi keksalar ekani; ham xonadonni balolardan muhofaza qiluvchi, ichidagi beli bukilgan ma'sum otaxon va onaxonlar ekani {(Hoshiya) Hadisning tamomi وَلَوْلَا الْبَهَائِمُ الرُّتَّعُ وَالصُّبْيَانُ الرُّضَّعُ (Oʻtlagan hayvonlar ve sut emadigan bolalar boʻlmasa edi) ila oxir -av kamo qol-.} hadisi sharifning bir parchasi boʻlgan

وَ لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا
— 236 —

ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz boʻlmasa edi, balolar sel kabi ustingizga yogʻilardi", deya farmon bilan, bu haqiqatni isbot qiladi.

Modomiki keksalikdagi zaiflik va ojizlik bu daraja rahmati Ilohiyaning jalbiga sabab ekan va modomiki Qur'oni Hakim

﴿ اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا ﴾

oyati, besh jihatdan gʻoyat moʻ'jizona suratda avlodlarni keksa padar va volidaga nisbatan hurmatga va shafqatga da'vat etadi; va modomiki Islom dini keksalarga hurmat va marhamatni amr etar ekan; va modomiki insoniyat fitrati keksalarga nisbatan hurmat va marhamatni iqtizo etar ekan.. albatta biz keksalar, yoshlik ishtahasi bilan vaqtinchalik moddiy zavqlar oʻrniga ma'naviy va doimiy va muhim Ilohiy inoyatdan va insoniylik shafqatidan kelgan rahmat va hurmat va rahmat va hurmatdan kelgan ruhonıy zavqlarnı olmoqdamiz. Shunday ekan biz bu keksaligimizni yuzta yoshlikka almashtirmasligimiz kerak. Ha, men sizni ishontirıb aytamanki: "Eski Saidning oʻn yillik yoshligini menga bersalar, hozir Yangi Saidning bir yillik keksaligini bermayman! " Men keksaligimdan roziman, siz ham rozi boʻlishingiz kerak.

OʻNINCHI UMID:

Asoratdan kelgandan soʻng, Istanbulda bir-ikki yil yana gʻaflat gʻolib keldi. Siyosat havosi nazarimni nafsimdan olib ofoqqa tarqatgan ekan, bir kun Istanbulning Ayyub Sulton qabristonining daraga qaragan yuksak joyida oʻtirgan edim. Istanbul atrofidagi ofoqqa qaradim. Birdan, xususiy dunyoim vafot etayotgandek, bir jihatdan ruh chekingandek xayol holatiga tushdim. "Ajabo, bu qabriston mozor toshlaridagi yozuvlar, menga bunday xayol berdimi", deya nazarimni qaratdim. Uzoqqa emas, qabristonga qaradim, qalbimga eslatma qilindi: "Bu atrofingdagi qabristonda yuzta Istanbul bor. Chunki Istanbul yuz marta bu yerga boʻshalgan. Butun Istanbulning xalqini bu yerga boʻshatgan bir Hakimi Qodirning hukmidan qutulib mustasno qololmaysan, sen ham ketasan". Qabristondan chiqib, bu dahshatli xayol bilan koʻp marta Sulton Ayyub Masjidining mahfalidagi kichik bir xonaga kirganim kabi, bu safar ham kirdim. Tafakkur qildim: men uch jihatda musofirman; bu manzilchada musofir boʻlganim kabi, Istanbulda ham musofirman, dunyoda ham musofirman. Musofir yoʻlini oʻylashi kerak. Bu xonadan chiqqanim kabi, bir kun kelib Istanbuldan ham chiqaman, boshqa bir kun dunyodan ham chiqaman.

— 237 —

Shu holatda qalbimga, boshimga gʻoyat achinari va ayriliqda alamli bir huzn va g'am keldi. Chunki men yolgʻiz bir-ikki doʻstni yoʻqotmayapman; Istanbulda minglab sevgan doʻstlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan Istanbulimdan ham ayrilaman. Dunyodagi yuz minglab doʻstlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan, mubtalo boʻlgan goʻzal dunyodan ham ayrilaman, deya oʻylar ekanman, yana qabristonning oʻsha yuksak joyiga qaradim. Ora-sira kinoga -ibrat uchun- borganim uchun; menga Istanbul ichidagi insonlar, oʻsha daqiqada kinoda oʻtgan zamonning soyalarini hozirgi zamonga keltirib, oʻlganlarni oyoqda yurgan suratda koʻrsatganlari kabi, men ham o'sha vaqt ko'rgan insonlarimni oyoqda kezgan janozalar vaziyatida ko'rdim. "Modomiki bu qabristonda bo'lganlardan bir qismi kinoda yurgandek koʻrinmoqda, kelajakda qat'iyan bu qabristonga kiradiganlarni, kirgan deb ko'r; ular ham oʻlganlar, lekin kezib yurishibdi", dedim. Birdan Qur'oni Hakimning nuri bilan va Gʻavsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining irshodi bilan, hazin holat sururli va nash'ali vaziyatga aylandi. Hazin holga qarshi Qur'ondan kelgan nur shunday eslatma berdi: sening shimoliy sharqda, Kostromadagi gʻurbatingda bir-ikkita asir zobit doʻsting bor edi. Oʻsha doʻstlaring Istanbulga ketishlarini bilar eding. Senga bir kishi: "Sen Istanbulga ketasanmi, yoʻqsa bu yerda qolasanmi?" dedsalar, albatta, zarra miqdor aqling boʻlsa, Istanbulga sevinch va surur bilan ketishni qabul qilgan boʻlarding. Chunki mingdan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz yaqinlaring Istanbuldalar. Bu yerda bir-ikkitasi qolgan, ular ham u yerga ketadilar. Sen uchun Istanbulga borish; hazin bir firoq, alamli bir ayriliq emas. Hamda kelib, mamnun boʻlmadingmi? Dushman mamlakatidagi oʻta qorongʻi uzun tunlaridan va oʻta sovuq boʻronli qishlardan qutulding. Bu goʻzal (dunyo jannati kabi) Istanbulga kelding. Aynan shuning kabi; bolaligingdan shu yoshga qadar sevganlaringdan yuzdan toʻqson toʻqqizi senga dahshat bergan qabristonga koʻchganlar. Bu dunyoda qolgan bir-ikki doʻsting bor, ular ham u yerga ketadilar. Dunyoda vafoting firoq emas, visoldir; u yaqinlarga qovushishdir. Ular, ya'ni boqiy ruhlar eskirgan uyalarini tuproq ostida qoldirib, bir qismi yulduzlarda, bir qismi barzoh olami tabaqalarida kezmoqdalar deb eslatma berildi.

Ha, bu haqiqatni Qur'on va iymon shu qadar qat'iy bir suratda isbot qilganki; umuman qalbsiz, ruhsiz boʻlmasa yoxud zalolat qalbini qoplamagan boʻlsa, koʻrib turgandek ishonmoq kerak. Chunki bu dunyoni hadsiz lutfining turlari va ehsoni bilan ziynatlab etib ikrom bilan va shafiq rububiyatini koʻrsatgan va urugʻlar kabi eng ahamiyatsiz juz'iy narsalarni ham muhofaza qilgan Sone'-i Karim va Rahim; masnu'oti ichida eng mukammal va eng jome', eng ahamiyatli va juda sevgan masnu'i boʻlgan insonni, albatta va ochiq oydin, suratan koʻringani kabi marhamatsiz, oqibatsizcha oʻldrmaydi, mahv etmaydi, zoye qilmaydi.

— 238 —

Balki bir dehqonning tuproqqa ekkan urugʻlari singari, boshqa hayotda unib chiqish uchun, Xoliqi Rahim suyukli masnu'ini bir rahmat eshigi boʻlgan tuproq ostiga vaqtincha tashlaydi.

{(Hoshiya) Bu haqiqat; ikki karra ikki toʻrt bo'lish darajasida boshqa risolalarda, xususan Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarda isbot qilingan.}

Xullas bu Qur'oniy eslatmadan olgandan soʻng, qabriston menga Istanbuldan koʻra koʻproq unsiyatli boʻldi. Xilvat va uzlat men uchun suhbat va muosharatdan ham koʻproq xush keldi. Men ham Boʻgʻoz tarafidagi Sariyerda, bir xilvatxona topdim. Gʻavsi A'zam (R.A.) Futuh-ul Gʻaybi bilan menga bir ustoz va tabib va murshid boʻlgani kabi, Imom Rabboniy ham (R.A.) Maktuboti bilan bir doʻst, bir mushfiq, bir muallim hukmiga oʻtdi. Oʻshanda keksalikka kirganimdan va madaniyatning zavqlaridan chetda boʻlganimdan va ijtimoiy hayotdan chetlashganimdan, juda ham mamnun boʻldim. Allohga shukr qildim.

Xullas, ey men kabi ichiga keksalik kirgan va keksalikning eslatmasi bilan vafotini koʻp hotirlagan zotlar! Qur'on bergan iymon darsining nuri bilan keksalikni va vafotni va xastalikni yoqtirishimiz kerak, balki bir jihatda sevinishimiz kerak. Modomiki bizda iymon kabi hadsiz darajada qiymatdor ne'mat bor ekan; keksalik ham xushdir, xastalik ham xushdir, oʻlim ham xushdir. Noxush bir narsa esa gunohdir, safohatdir, bid'atlardir, zalolatdir.

OʻN BIRINCHI UMID:

Asirlikdan kelgandan so'ng, Istanbulda Chamlija tepaligida bir koshonada, marhum jiyanim Abdurahmon bilan birga yashar edik. Bu hayotimni, dunyoviy hayoti jihatdan biz kabilar uchun eng saodatli hayot sanalishi mumkin edi. Chunki asirlikdan qutulgan edim, Dor-ul Hikmatda ilmiy kasbimga munosib eng oliy tarzda ilm nashriga muvaffaqiyat bor edi. Menga yuzlangan e'tibor va sharaf haddimdan juda ortiq edi. Joy e'tibori bilan Istanbulning eng goʻzal yeri, Chamlijada yashardim. Ham hamma narsam mukammal edi. Marhum jiyanim Abdurahmondek gʻoyat zakovatli, fidokor, ham bir talaba, ham xizmatkor, ham kotib, ham ma'naviy avlodim birga edi. Dunyoda hammadan koʻra koproq o'zimni mas'ud deb yurganda oynaga qaradim; sochimda, soqolimda oq qillarni koʻrdim. Birdan asoratda, Kostromadagi masjiddagi ruhiy yugʻonish yana boshladi. Uning belgisi sifatida, qalban bogʻlangan va dunyoviy saodatning asosi deb oʻylagan holatlarni, sabablarni tadqiq qilishni boshladim. Qay birini tadqiq qilgan bo'lsam, koʻrdimki; bu chirik, bogʻlanishga arzimaydi, aldaydi. Oʻsha paytlarda eng sadoqatli deb yurgan bir birodarimdan kutilmagan bir sadoqatsizlik va xayolga kelmaydigan bevafolik koʻrdim. Dunyoviy hayotdan hurkish keldi. Qalbimga aytdimki: "Ajabo, men batamom aldanganmanmi? Koʻryapmanki; haqiqat nuqtasida achinadigan holimizga juda koʻp insonlar havas bilan qaraydilar.

— 239 —

Bu insonlarning barchasi devona boʻlganmi? Yoʻqsa men devona boʻlyapmanmiki, bu dunyoparast insonlarni devona deb koʻryapman?" Nima boʻlganda ham... Men keksalik bois qattiq uygʻonganimda, eng avval men aloqador bo'lgan foniy narsalarning oʻtkinchiligini koʻrdim. Oʻzimga ham qaradim, oʻta ojizlikda koʻrdim. Baqo istagan va baqo vahimasi bilan foniy narsalarga mubtalo boʻlgan ruhim bor quvvati bilan: "Modomiki jisman foniy ekanman, bu foniylardan menga nima xayr kelardi? Modomiki ojizman, bu ojizlardan nima kutishim mumkin? Dardimga chora topadigan bir Boqiyi Sarmadiy, bir Qodiri Azaliy lozim" deb izlanishni boshladim.

Oʻshanda hamma narsadan avval, eskidan beri tahsil qilgan ilmimga murojaat qilib, tasalli, umid qidira boshladim. Afsuski, oʻsha vaqtgacha falsafa ilmlarini Islomiy ilmlar bilan birga aqlimga toʻldirib, falsafsa ilmlarini takomillashish manbai va munavvarlik asosi deb juda xato oʻylagandim. Holbuki u falsafiy masalalar ruhimni haddan ortiq kirlatgan va ma'naviy taraqqiyotimga toʻsiq boʻlgandi. Birdan Janobi Haqning rahmat va karami bilan Qur'oni Hakimdagi qudsiy hikmat yordamga keldi. Koʻp risolalarda bayon etilgani kabi; falsafiy masalalarning kirlarini yuvdi, tozaladi. Jumladan: Hikmat fanlaridan kelgan ruhiy zulmatlar ruhimni koinotda boʻgʻardi. Qaysi tarafga qaramay, nur izladim; hech bir masalada nur topolmadim, nafas ololmadim. Qur'oni Hakimdan kelgan va "La Ilaha Illa Hu" jumlasi bilan dars bergan tavhid gʻoyat porloq bir nur boʻlib barcha zulmatlarni tarqatgandan soʻng, rohatlanib nafas oldim. Biroq nafs va shayton zalolatdagilar va falsafachilardan olgan darslariga tayanib, aql va qalbga hujum qilishdi. Bu hujumdagi nafsiy munozorot alhamdulillah qalbning zafari bilan natijalandi. U munozaralar koʻp risolalarda qisman yozilgan. Ular bilan kifoyalanib, bu yerda faqat mingdan bir qalbiy zafarni koʻrsatish uchun, minglab hujatlardan bitta hujjat bayon qilaman. Toki yoshligida ajnabiy hikmat va madaniyat fanlari nomi ostidagi qisman zalolat, qisman moloyoniyot masalalari bilan ruhini kirlatgan, qalbini xasta qilgan, nafsini erkalagan bir qism keksalarning ruhida tozalik qilsin. Tavhid borasida shayton va nafsning yomonligidan qutulsin.

Ulumi falsafiyaning vakolati nomiga nafsim dediki: "Koinotdagi narsalarning tabiat bilan bu mavjudotga aralashuvi bor. Hamma narsa bir sababga bogʻliq. Mevani daraxtdan, oʻsimliklarni tuproqdan istash kerak. Eng juz'iy, eng kichik narsani ham Allohdan istash va Allohga yolvormoq nima degani?"

Javoban Qur'on nuri bilan tavhid sirri quyidagi suratda inkishof etdi. Qalbim u faylasuf nafsimga dedi: "Eng juz'iy va eng kichik narsa; eng katta narsa kabi, toʻgʻridan-toʻgʻri butun koinot Xoliqining qudratidan kelmoqda va xazinasidan chiqmoqda. Boshqa suratda boʻlolmaydi. Sabablar esa bir pardadir. Chunki eng ahamiyatsiz va eng kichik deb o'ylagan maxluqlarimiz, ba'zan san'at va xilqat jihatida eng kattasidanda kattaroq boʻladi. Chivin tovuqdan san'at jihatidan o'tib ketmasa ham, ortda ham qolmaydi. Shunday ekan, katta-kichik ajratilmaydi. Yo barchasi moddiy sabablarga taqsim qilinadi yoxud hammasi birdan yagona zotga beriladi. Birinchi qism mahol boʻlgani kabi, bu qism vojibdir, zaruriydir.

— 240 —

Chunki birgina zotga, ya'ni bir Qodiri Azaliyga berilsa; modomiki barcha mavjudotning intizom va hikmatlari bilan borligi qat'iy tahaqquq etgan ilmi hamma narsani qamragan.. va modomiki ilmida hamma narsaning miqdori aniqlashgan.. va modomiki koʻryapmizki har doim yo'qdan nihoyatsiz osonlik bilan, nihoyatsiz san'atli sanʻatli asarlari vujudga kelmoqda.. va modomiki u Qodiri Alimning bir gugurt yoqishdek Kun Fayakun amri bilan nima boʻlsa bo'lsin, ijod etilganini hadsiz quvvatli dalillar bilan, koʻp risolalarda bayon etganimiz va xususan Yigirmanchi Maktub va Yigirma Uchinchi Yog'duning oxirida isbotlangani kabi, hadsiz bir qudrati bor; albatta koʻz bilan ko'rilgan favqulotda yengillik va osonlik, ilmining qamrovidan va qudratining azamatidan kelmoqda. Masalan, qandayki koʻzga koʻrinmas dorili bir siyoh bilan yozilgan kitobga yozuvni koʻrsatadigan maxsus dori surtilsa; ulkan kitob birdan koʻzga koʻrinib, oʻzini oʻqitadi. Aynan shuning kabi; Qodiri Azaliyning keng ilmida hamma narsaning maxsus surati bir muayyan miqdori bilan aniqlashtirilgan. Qodiri Mutlaq amri Kun Fayakun bilan, hadsiz qudrati bilan va nafiz irodasi bilan, yozuvga surtilgan dori kabi, gʻoyat oson va yengillik bilan qudratning bir jilvasi boʻlgan quvvatini oʻsha ilmiy mohiyatga surtadi va u narsaga tashqi vujud beradi; koʻzga koʻrsatadi, hikmat naqshlarini oʻqitadi. Agar barcha ashyoning hammasi Qodiri Azaliyga va Alimi Kulli Shayga berilmasa; chivindek eng kichik narsaning vujudini, dunyoning aksar navlaridan xususiy mezon bilan toʻplash lozim boʻlish bilan birga, oʻsha kichik chivinning vujudida ishlagan zarralar, chivinning yaratilish sirrini va mukammal sanʻatini barcha nozikliklari bilan bilishi kerak boʻladi. Chunki tabiatdagi sabablar bilan moddiy sabablar, ochiq oydin va umum aql egalarining ittifoqi bilan, yo'qdan ijod qilolmaydi. Shunday ekan, agar ular ijod qilsa, albatta toʻplaydilar. Agar toʻplasa, qaysi zihayot boʻlsa-bo'lsin, aksar anosir va anvo'idan namunalar ichida bor. Go'yo koinotning xulosasi, danagi hukmidadir. Albatta, bir danakni butun boshli daraxtdan, zihayotni butun roʻyi zamindan nozik elak bilan elab va eng hassos mezon bilan oʻlchab toʻplamoq lozim boʻladi. Va modomiki tabiatdagi sabablar johil, jonsiz ekan; bir ilmi yoʻqki bir reja, bir mundarija, bir model, bir dastur taqdir etsin, unga ko'ra ma'naviy qolipga kelgan zaarralarni eritib toʻksin; toki tarqalmasin, intizomini buzmasin.

— 241 —

Holbuki hamma narsaning shakli, hay'ati hadsiz tarzlarda boʻla olgani uchun, had-hisobsiz shakllar, miqdorlar ichida bitta shakl va miqdorda, sel kabi oqqan unsurlarning zarralari tarqalmasdan, muntazam ravishda, miqdorsiz, qolipsiz, bir-biri ustida toʻplam holida saqlash va jonlilarga muntazam vujud berish; qay daraja imkondan, ehtimoldan, aqldan uzoq ekani koʻrinadi. Albatta kimning qalbida koʻrlik boʻlmasa, koʻradi. Ha, bu haqiqatga binoan

﴿ اِنَّ الَّذ۪ينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّٰهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ ﴾

bu oyati azimaning sirri bilan {(Hoshiya) Ya'ni, Allohdan boshqa barcha chaqirgan va ibodat qilgan narsalaringiz toʻplansalar, bir chivinni yarata olmaslar!} barcha moddiy sabablar toʻplansa, xohlasalarda bitta chivinning vujudini va vujudning jihozlarini maxsus mezon bilan toʻplay olmaslar! Toʻplasalar ham, u vujudning muayyan miqdorida saqlay olmaslar. Saqlasalar ham, doimo yangilanib turgan va u vujudga kelib ishlagan zarralarni muntazam ravishda ishlata olmaydilar. Shunday ekan; oydinlashdiki sabablar bu narsalarga sohib chiqa olmaslar. Demak, haqiqiy sohibilari boshqa. Ha, shunday haqiqiy sohibilari borki;

﴿ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

oyatining sirri bilan, butun zamin yuzidagi jonlilarni bir chivinning tiriltirilishchalik oson qiladi. Bahorni bir gul osonligida ijod etadi. Chunki toʻplashga muhtoj emas. Kun Fayakun amriga ega boʻlgani uchun, har bahorda hadsiz bahoriy mavjujdotning unsur moddalaridan tashqari, hadsiz sifatlar va holatlar va shakllarini yoʻqdan ijod qilgani uchun va ilmida hamma narsaning rejasi, modeli, mundarijasi va dasturi ta'yin etetilgani va barcha zarralar uning ilm va qudrati doirasida harakat qilgani uchun, gugurt yoqqandek hamma narsani oʻta osonlik bilan ijod qiladi. Va hech bir narsa zarra miqdor harakatini chalkashtirmaydi. Sayyoralar mute' bir qo'shini boʻlgani kabi, zarralar ham muntazam bir qo'shini hukmiga oʻtadi. Modomiki azaliy qudratiga tayanib harakat qilayotgan ekanlar va azaliy ilmining dasturi bilan ishlamoqdalar; mana u asarlar u qudratga koʻra vujudga keladi. Boʻlmasa u kichik, ahamiyatsiz shaxsiyatlariga qarash bilan u asarlar kichraymaydi. U qudratga intisob quvvati bilan bir chivin bir Namrudni oʻldiradi. Chumoli Fir'avnning saroyini xarob qiladi. Zarra kabi kichik qarag'ay urugʻi togʻ kabi ulkan qaragʻay daraxtining yukini yelkasida tashiydi. Bu haqiqatni koʻp risolalarda isbot etganimiz kabi, qandayki bir askar askarlik vasiqasi bilan podshohga intisob nuqtasida, yuz ming marta oʻz quvvatidan ortiq, bir shohni asir qilish kabi asarlarga sazovor boʻladi. Shuning kabi, hamma narsa u azaliy qudratiga intisobi bilan, yuz ming marta tabiatdagi sabablardan ustun san'at moʻ'jizalariga mazhar boʻlishi mumkin.

— 242 —

Xullas; hamma narsaning nihoyat darajada ham san'atli, ham yengil vujudi koʻrsatadiki, bepoyon ilm sohibi boʻlgan Qodiri Azaliyning asaridir. Boʻlmasa, yuz ming mahol ichida, vujudga kelish u yoqda tursin, balki imkon doirasidan chiqib, imtino' doirasiga kiradi va mumkin suratidan chiqib, mumtani' mohiyatiga kiradi va hech bir narsa vujudga kelmaydi, balki vujudga kelishi mahol boʻladi.

Xullas, bu gʻoyat nozik va gʻoyat quvvatli va gʻoyat chuqur va gʻoyat zohir burhon bilan shaytonning vaqtincha shogirdi va zalolat ahlining va falsafa ahlining vakili boʻlgan nafsim jim bo'ldi. Va lillahilhamd, toʻliq iymonga keldi. Va aytdiki: Ha, menga shunday bir Xoliq va Rob lozimki, eng kichik qalbimning xotirotlarini va eng yashirin niyozimni biladigan va eng yashirin ruhimning ehtiyojini qondirgani kabi, menga abadiy saodatini berish uchun, ulkan dunyoni oxiratga oʻzgartiradigan va bu dunyoni olib tashlab, oʻrniga o'rniga oxiratni quradigan, ham chivinni xalq etgani kabi, samovotni ham ijod qiladigan, ham Quyoshni samoning yuziga bir koʻz oʻlaroq qoqqani kabi, bir zarrani ham koʻz qorachigʻimda joyrlashtiradigan bir qudratga molik boʻlsin. Yoʻqsa, chivinni yaratolmagan, qalbimning xotirotilariga aralasha olmaydi, ruhimning niyozini eshitolmaydi.. samovotni xalq etmagan, saodati abadiyani menga berolmaydi. Shunday ekan, mening Robbim uki; ham qalbimning xotirotini isloh qiladi, ham ob-havoni bulutlar bilan bir soatda toʻldirib boʻshatgani kabi, dunyoni oxiratga aylantirib, Jannatni yaratib eshigini menga ochadi, "Qani kir" deydi.

Xullas, ey nafsim kabi badbaxtlik natijasida bir qism umrini nursiz falsafiy va ajnabiy fanlariga sarf etgan keksa qardoshlarim! Qur'onning lisonidagi mutamodiyan "La Ilaha Illa Hu" qudsiy farmonidan naqadar quvvatli va naqadar haqiqatli va hech bir jihatda tebranmas va buzilmas va oʻzgarmaydi qudsiy iymon ruknini anglangki, qanday butun ma'naviy zulumotni tarqatadi va ma'naviy yaralarni davolaydi.

Bu uzun mojaroni keksaligimning umid eshiklari orasida joylashtirilishi, xuddiki ixtiyorim bilan boʻlmadi. Istamagandim, balki zeriktirar deb saqlanayotgan edim. Biroq, menga yozdirildi deya olaman. (Nima boʻlganda ham, mavzuga qaytaman.) Soch va soqolimdagi oq qillarning va bir vafodorning sadoqatsizligi natijasida menga dabdabali va zohiran totli va bezakli Istanbulning dunyoviy hayotining zavqlaridan nafrat keldi. Nafs maftun boʻlgan zavqlari oʻrniga ma'naviy zavqlarni qidirdi. Bu gʻaflat ahlining nazarida sovuq va ogʻir va noxush koʻringan keksalikda bir tasalli, bir nur istadi. Falillahilhamd Janobi Haqqa yuz ming shukr boʻlsin, butun u haqiqatsiz, totsiz, oqibatsiz dunyoviy zavqlar oʻrniga; haqiqiy, doimiy va totli iymoniy zavqlarni "La Ilaha Illa Hu"da va tavhid nurida topganim kabi.. ahli gʻaflatning nazarida sovuq va hunuk koʻringan keksalikni u tavhid nuri bilan juda yengil va haroratli va nurli koʻrdim.

— 243 —

Ey otaxon va onaxonlar! Modomiki sizlarda iymon bor ekan va modomiki iymonni nurlantirgan va inkishof ettirgan namoz va niyoz bor; keksaligingizga abadiy bir yoshlik nazari bilan qarashingiz mumkin. Chunki u bilan abadiy yoshlik qozonishingiz mumkin. Haqiqiy sovuq va xunuk va xunuk va zulmatli va alamli boʻlgan keksalik esa; ahli zalolatning keksaliklaridir, balki ularning yoshliklaridir. Ular yigʻlashi kerak, ular "ey voh, afsuslar bo'lsin!" deyishlari kerak. Sizlar, ey muhtaram iymonli keksalar! "Alhamdulillahi ala kulli hal" deya surur bilan shukr qilmogʻingiz kerak!

OʻN IKKINCHI UMID:

Bir vaqtlar Isparta viloyatining Barla nohiyasida surgun nomi ostida, qiynoqli bir asorat bilan yolgʻiz va kimsasiz bir qishloqda ixtilotdan va muxobaradan man qilingan bir vaziyatda ham xastalik, ham keksalik, hamda gʻurbat ichida gʻoyat parishon bir holda ekan; Janobi Haq mukammal marhamatidan, Qur'oni Hakimning nuktalariga, sirlariga doir men uchun tasalli asosi nur ehson etgan edi. U bilan oʻsha achchiq, alamli, huznli vaziyatimni unutishga urinar edim. Vatanimni, yaqinlarimni, qarindoshlarimni unuta olardim. Ammo, afsuslar bo'lsin, birini unutolmas edim. U ham boʻlsa ham jiyanim, ham ma'naviy avlodim, ham eng fidokor talabam, ham eng jasur birodarim boʻlgan marhum Abdurahmon edi. Olti-yetti yil avval oldimdan ketgan edi. Na u mening qayerdaligimni bilardi, yordamga kelsa, tasalli bersa va na men uning vaziyatini bilardim, u bilan gaplashsam, dardlashsam. Mening bu keksalik vaqtimda; shunday fidokor, sodiq bir kishi menga lozim edi.

Soʻngra birdan bir maktub berdi. Maktubni ochdim, koʻrdimki: Abdurahmonning mohiyatini to'liq koʻrsatadigan tarzdagi maktub boʻlib, u maktubning bir qismi Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida uchta zohir karomatni koʻrsatadigan tarzda joylashtirilgan. U maktub meni koʻp yigʻlatdi va hozir ham yigʻlatadi. Marhum Abdurahmon oʻsha maktub bilan juda jiddiy va samimiy suratda; dunyoning zavqlaridan nafratlanganini va eng buyuk maqsadi, menga yetishib, bolaligida men unga qaraganimdek, u ham keksaligimda menga xizmat qilmoq ekan. Ham dunyoda mening haqiqiy vazifam boʻlgan Qur'on sirlari nashrida, muqtadir qalami bilan menga yordam berish ekan. Hatto maktubida yozgandi: "Yigirma-oʻttiz risolani menga yubor, har biridan yigirma-oʻttiz nusxa yozaman va yozdiraman", der edi. U maktub menga dunyoga nisbatan quvvatli bir umid berdi. Daho darajasida zakovatga molik va haqiqiy avloddan ham yuksak bir sadoqat va aloqa bilan menga xizmat qiladigan bunday jasur talabamni topdim deb, qiyin asoratni, kimsasizlikni, gʻurbatni, keksalikni unutdim.

— 244 —

U maktubdan avval iymoni billohga doir chop qildirganim Oʻninchi Soʻzning bir nusxasi qo'liga o'tgan edi. Go'yo u risola unga bir tiryoq ediki; olti-yetti yil mobaynida olgan barcha ma'naviy yaralarini davoladi. Gʻoyat quvvatli va porloq iymon bilan ajalini kutayotgandek, maktubni yozgan edi. Bir-ikki oy soʻngra Abdurahmon vositasi bilan yana saodatli bir dunyoviy hayotni oʻtkazish tasavvurida ekan, afsuslar bo'lsin, birdan uning vafot xabarini oldim. Bu xabar men uchun shunday zarba boʻldiki, besh yildan beri hali ham o'sha ta'sir ostidaman. Oʻsha vaqt boshimdan kechirayotgan iskanjali asorat va yolgʻizlik va gʻurbat va keksalik va xastaligim; menga ulardan oʻn daraja ortiq firqat, bir achinish, bir huzn berdi. Mening marhuma volidamning vafotida xususiy dunyoimning yarmi, uning vafoti tufayli vafot etgan derdim. Abdurahmonning vafoti bilan esa, qolgan yarim dunyoim ham vafot etganini koʻrdim. Dunyodan batamom aloqam uzildi. Chunki dunyoda qolganda edi; ham dunyodagi vazifa-i uxroviyamning quvvatli bir madori va mendan keyin toʻliq oʻrnimga o'tadigan bir xayr-ul xalaf va ham bu dunyoda eng fidokor bir tasalli sababi, bir birodarim boʻlishi mumkin edi.. va eng zakovatli bir talabam, bir tinglovchi va Risola-i Nur qismlarining eng ishonchli sohibi va muhofazachisi boʻlardi.

Ha, insoniylik e'tibori bilan bunday yoʻqotish men kabi insonlarga juda quydiruvchidir, yondiradi. Garchi zohiran chidashga urinayotgan boʻlsam-da, biroq ruhimda shiddatli boʻron bor edi. Agar ora-sira Qur'onning nuridan kelgan tasalli taskin bermasa edi, mening bardosh berishim mumkin boʻlmasdi. Oʻsha vaqt Barla daralariga, togʻlariga yolgʻiz borib kezardim. Xoli yerlarda oʻtirib, huznli ta'sir ichida, eski zamonda Abdurahmon kabi sodiq talabalarim bilan kechirgan baxtli hayot lavhalari kino singari xayolimdan oʻtgan sari, keksalik va gʻurbat bergan ta'sir tezligi bardoshimni sindirar edi. Birdan

﴿ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

qudsiy oyatining sirri inkishof etdi. Menga "Ya Boqiy Antal Boqiy, Ya Boqiy Antal Boqiy" dedirdi va u bilan haqiqiy tasalli berdi. Ha, men oʻsha xoli darada, u hazin holatda bu qudsiy oyatining sirri bilan, Mirqot-us Sunna Risolasida ishorat qilingani kabi, oʻzimni uch ulkan janoza ustida koʻrdim:

Biri ellik besh yoshimgacha, o'zimni ellik besh marta oʻlgan va hayoti umrimda dafn etilgan Saidlarning qabri ustida, mozor toshi sifatida koʻrdim.

Ikkinchi oʻlik: Oʻzimni Odamdan (A.S.) davridan beri, guruhdoshlarim va sinfim vafot etib moziy qabrida dafn etilgan ulkan oʻlikning boshida mozor toshi hukmidagi bu asr yuzida yurgan, chumoli kabi kichik bir jonzot suratida koʻrdim.

— 245 —

Uchinchi oʻlik esa; insonlar kabi har yili dunyo yuzida sayyor dunyoning vafoti bilan ulkan dunyo ham bu oyatning sirri bilan vafot etishi xayolimning qarshisida paydo boʻldi.

Abdurahmonning vafoti qaygʻusidan kelgan bu dahshatni tamomiyla oydinlatuvchi va haqiqiy tasalli va soʻnmas nur beruvchi ushbu oyati karima ishoriy ma'nosi bilan yordamga keldi

﴿ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ﴾

Ha, bu oyat bildirdiki: Modomiki Janobi Haq bor ekan, u hamma narsaga badaldir. Modomiki u boqiy ekan, albatta u kifoyadir. Bir inoyatining jilvasi butun dunyoning oʻrnini bosadi. Va bir nurining jilvasi mazkur uch ulkan oʻlikka ma'naviy hayot beradi. Ularning oʻlik emasligini, balki vazifalarini tugatib, boshqa olamlarga ketganlarini koʻrsatadi. Uchinchi Yogʻduda bu sirning izohi aytilgani uchun, u bilan kifoyalanib bu yerda aytamizki: كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ ila oxir... oyatining ma'nosini koʻrsatgan ikki karra "Ya Boqiy Antal Boqiy! Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi meni gʻoyat alamli u hazin holatdan qutqardi:

Birinchi marta "Ya Boqiy Antal Boqiy!" dedim, dunyo va dunyodagi Abdurahmon kabi koʻp aloqador bo'lgan yaqinlarimning zavolidan va robitalarim uzilishidan tugʻlgan hadsiz ma'naviy yaralar ichida bir jarrohlik amaliyoti kabi davolanish boshlandi.

Ikkinchi safar "Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi; barcha ma'naviy yaralarga ham malham, ham tiryoq boʻldi. Ya'ni sen boqiysan; ketgan ketsin, sen yetarlisan. Modomiki sen boqiy ekansan, zavol topgan hamma narsa oʻrniga rahmat jilvasining kifoyadir. Modomiki sen bor ekansan, sening borligingga iymon bilan intisobini bilgan va Islomiyat sirri bilan u intisobga ko'ra harakat qilgan inson uchun hamma narsa bor. Fano va zavol, mavt va adam bir pardadir, bir yangilanishdir; boshqa-boshqa manzillarda kezish hukmida deb, tamomila u yondiruvchi, firoqli, hazin, alamli, qorongʻi, dahshatli ruhiy holat; sururli, sevinchli, lazzatli, nurli, sevimli, unsiyatli holatga aylandi. Tilim va qalbim, balki hol tili bilan barcha vujudimdagi zarralar "Alhamdulilloh" dedi.

Xullas u jilva-i rahmatning mingdan bir juz'i shuki: Men oʻsha huzngohim boʻlgan daradan va u huzun-angiz holatdan Barlaga qaytdim. Qarasam,

— 246 —

Kuleo'nli Mustafo ismli bir yigit mendan ilmi holga oid tahorat va namozga doir bir nechta masalani soʻrash uchun kelibdi. Oʻshanda musofirlarni qabul qilmasam ham, uning ruhidagi ixlos va goʻyo oldindan sezish hissi bilan kelajakda Risola-i Nurga qiladigan qiymatdor xizmatni, {(Hoshiya1) Mustafoning ukasi Kichik Ali o'zining chiroyli, sog'lom qalami bilan yetti yuzdan ziyoda Nur Risolalarini yozish bilan tamomila harakati bilan bir Abdurahmon bo'lgani kabi, juda koʻp Abdurahmonlarni ham yetishtirdi.} ruhim u yigitning ruhida oʻqidi. Uni iziga qaytarib yubormadim, qabul qildim.

{(Hoshiya2) Haqiqatdan, u faqat qabulga emas, balki istiqbolga loyiq (*) ekanini koʻrsatdi.

(*) Risola-i Nurning birinchi shogirdi Mustafoning istiqbolga layoqatiga doir Ustozimning hukmini tasdiqlagan bir hodisa: Qurbonlik hayiti arafasida bir kun avval Ustozim aylanishga chiqmoqchi edilar. Ot keltirish uchun meni yuborganida, Ustozimga: "Siz pastga tushmang, men eshikni orqasidan berkitib omborxonadan chiqaman", dedim. Ustozim: "Yoʻq, sen eshikdan chiq", deb pastga tushdilar. Eshikdan chiqqandan soʻng, eshikni orqalaridan zanjirladilar. Men ketdim, u kishi ham tepaga chiqdilar. Soʻngra kirib yotdilar. Bir ozdan soʻng Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan birga kelishgan. Ustozim hech kimni qabul qilmayotgan edilar. Ayniqsa oʻshanda ikki odamni baravariga yoniga umuman qoʻymas, orqasiga qaytarar edilar. Holbuki bu maqomda bahs qilinayotgan qardoshimiz Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan kelganda, eshik goʻyo hol tili bilan unga: "Ustozing seni qabul qilmaydi, lekin men senga ochilaman" deya orqasidan zanjirlangan eshik oʻzidan-oʻzi Mustafoga ochilgan. Demak Ustozimning u haqida "Mustafo istiqbolga loyiqdir" degan soʻzini istiqbol koʻrsatgani kabi, eshik ham bunga shohid bo'lgan.

Xusrav

Ha, Xusravning yozgani toʻgʻri, tasdiq qilaman. Eshik bu muborak Mustafoni mening badalimga ham kutib oldi, hamda qabul qildi.

Said Nursiy}

Soʻngra aniqlashdiki, Risola-i Nur xizmatida va mendan keyin xayrli davomchi sifatida, bir haqiqiy voris vazifasini toʻliq ado etadigan Abdurahmon oʻrniga Janobi Haq Mustafoni namuna sifatida menga yuborgan ediki: "Sendan bir Abdurahmonni oldim, muqobilida Mustafo kabi oʻttiz Abdurahmon oʻsha diniy vazifada senga ham talaba, ham jiyan, ham ma'naviy avlod, ham qardosh, ham fidokor birodar beraman". Ha, lillahilhamd, oʻttiz Abdurahmonni berdi. Oʻsha vaqt dedim: Ey yigʻlagan qalbim! Modomiki bu namunani koʻrding va ma'naviy yaralarning eng muhimini davoladi; boshqa barcha seni ta'sirlantirgan yaralarni ham davolashga qanoating kelishi kerak".

Ey men kabi keksaligida qattiq sevgan avlodini yoki yaqinlarini yoʻqotgan va orqasiga yuklangan keksalikning og'ir yuki bilan birga firoqdan kelgan ogʻir gʻamlar ham boshiga yuklangan otaxon va onaxonlar! Vaziyatimni anglangki, siznikidan ancha shiddatli ekan, modomiki bunday bir oyati karima davoladi, shifo berdi; albatta Qur'oni Hakimning dorixona-i qudsiyasida barcha dardlaringizga shifo beradigan dorilari bor. Agar iymon bilan unga murojaat qilib va ibodat bilan oʻsha dorilarni iste'mol qilsangiz, orqangiz va boshingizdagi keksalik va gʻamlarning ogʻir yuklari juda yengillashadi.

— 247 —

Bu mabhasning uzun yozilishining sirri esa, marhum Abdurahmonga koʻproq rahmat duolari qildirish maqsaddir. Sizni zeriktirmasin. Ham sizni balki koʻp hafa qiladigan, eng ayanchli va nafrat berib qo'rqitadigan eng dahshatli yaramni gʻoyat noxush, alamli suratda koʻrsatishdan maqsadim: Qur'oni Hakimning qudsiy tiryoqi qay daraja horiquloda bir dori va porloq nur ekanini koʻrsatishdir.

OʻN UCHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Latif bir tavofuqki, bu Oʻn Uchinchi Umid bahs etgan madrasa hodisasi oʻn uch yil avval sodir boʻldi.}

Bu umidda hayot sarguzashtimning muhim lavhasidan bahs etaman, har holda bir oz uzun boʻladi. Zerikmasligingizni va ranjimasligingizni xohlayman. Harbi Umumiyda, Rusning asoratidan qutulganimdan soʻng, Istanbulda ikki-uch yil Dor-ul Hikmatda diniy xizmati meni u yerda saqladi. Soʻngra Qur'oni Hakimning irshodi bilan va Gʻavsi A'zamning himmati bilan va keksalikning uygʻotishi bilan Istanbuldagi madaniy hayotdan zerikish va dabdabali ijtimoiy hayotdan bir nafrat his qildim. "Daussila" deb ta'bir etilgan vatan ishtiyoqi meni vatanimga boshladi. Modomiki oʻlar ekanman, vatanimda oʻlay deb Vanga ketdim. Hamma narsadan avval Vandagi Xorxor deb atalgan madrasamning ziyoratiga bordim. Koʻrdimki; Vandagi boshqa uylar kabi uni ham Rus istilosida Armanlar yoqib yuborishgan ekan. Vanning mashhur qal'asi, togʻ kabi yakpora toshdan iborat. Madrasam uning ostida va unga tamoman tutashgan. Men tark qilgan yetti-sakkiz yil avval, u madrasamdagi haqiqatdan doʻst, qardosh, sevgili talabalarimning xayollari koʻz oʻngimga keldi. U fidokor birodarlarimning bir qismi haqiqiy shahid, boshqa bir qismi oʻsha musibat tufayli ma'naviy shahid boʻlib vafot etgan edilar. Men yigʻlashdan oʻzimni toʻxtatolmadim va madrasaning ustidagi ikki minora balandligida madrasaga qaragan qal'aning tepasigacha chiqdim, oʻtirdim. Yetti-sakkiz yil avvalgi zamonga xayolan ketdim. Mening xayolim quvvatli boʻlgani uchun, meni oʻsha davrda ancha kezdirdi. Atrofda hech kim yoʻq ediki, meni u xayoldan qaytarsa va u zamondan tortsa. Chunki yolgʻiz edim. Yetti-sakkiz yil mobaynida, ko'zimni ochgan vaqt bir asr vaqt oʻtgandek bir qorqinchli holda koʻrardim. Qarasam, madrasamning atrofidagi shahar ichi Qal'a tubi mavqe'i butunlay boshdan oyoq yondirilgan, buzib tashlangan etilgan. Avvalgisidan hozirgi koʻrganimgacha, goʻyo ikki yuz yil soʻngra dunyoga kelib, bunday huznli nazar bilan qaradim.

— 248 —

Uylardagi odamlarning koʻpi bilan doʻst va yaqin edim. Asosiy qismi, Alloh rahmat qilsin, muhojirlikda vafot etgan, gʻurbatda parishon boʻlgan edilar. Ham Arman mahallasidan boshqa, Vanning barcha musulmonlarining uylari buzib tashlanganini koʻrdim. Qalbim eng tubidan ingradi. Shu qadar yuragimga qattiq botdi, minglab koʻzim boʻlganida, hammasi baravar yigʻlagan boʻlardi. Begona yurtdan vatanimga qaytdim; gʻurbatdan qutuldim deb oʻylagan edim. Lekin "Ey voh", gʻurbatning eng dahshatlisini vatanimda koʻrdim. Oʻn Ikkinchi Umidda bahsi oʻtgan Abdurahmon kabi, ruhim bilan juda aloqador yuzlab talabalarimni, doʻstlarimni qabrda hamda u yaqinlarning joylarini xarobazor boʻlganini koʻrdim. Eskidan beri xotiramdagi bir zotning bir fikrasi bor edi, toʻliq ma'nosini anglab yetolmasdim.. bu hazin lavha qarshisida toʻliq ma'nosini koʻrdim. Fikra budir:

لَوْلَا مُفَارَقَةُ الْاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلٰى اَرْوَاحِنَا سُبُلًا

ya'ni: "Agar doʻstlardan ayrilish boʻlmasaydi, oʻlim ruhlarimizga yoʻl topolmasdiki, kelib olsin". Demak, eng koʻp insonni oʻldirgan narsa, yaqinlardan ayrilishdir. Ha, hech mina meni oʻsha vaziyatchalik kuydirmagan, yigʻlatmagan edi. Agar Qur'ondan, iymondan madad kelmasaydi; u gʻam, qaygʻu, huzn ruhimni uchiradigandek ta'sir qilgan boʻlardi. Eskidan beri shoirlar she'rlarida yaqinlari bilan koʻrishgan manzillarining davr oʻtishi bilan xarobagohlariga yigʻlaganlar. Buning eng ayriliqqa toʻla lavhasini ham koʻzim bilan koʻrdim. Ikki yuz yildan soʻng juda sevgan doʻstlarining yashash joylariga duch kelgan odamning qaygʻusi bilan; ham ruhim, ham qalbim koʻzimga yordam berib yigʻladi. O'shanda koʻz oʻngimda xarobazorga aylangan yerlarning gʻoyat obod va tantanali va sevonchli va sururli boʻlgan paytlari, yigirma yilga yaqin eng totli hayotda oʻqish bilan qiymatdor talabalarim bilan kechirgan hayotimning shirin sahifalari birma-bir, kino lavhalari kabi jonlanib ko'rindi, soʻngra vafot etib ketayotgandek, xayol ko'z o'ngimda ancha muddat davom etdi. Oʻshanda ahli dunyoning holiga juda taajjublandim. Qanday qilib oʻzlarini aldashadi? Chunki vaziyat dunyoning batamom foniy ekanini va insonlar esa ichida musofir ekanini ochiqdan ochiq koʻrsatdi. Ahli haqiqatning davomli, dunyo achinmas, makkor, yomon, aldanmanglar deyishlari qanchalik toʻgʻri ekanini koʻzim bilan koʻrdim. Ham inson jismi bilan, xonadoni bilan qanchalik aloqador boʻlsa shahri bilan, mamlakati bilan, balki dunyosi bilan ham aloqador ekanini men ham koʻrdim. Chunki vujudim keksalik achinishidan ikki koʻzim bilan yigʻlar ekanman, madrasamning faqat keksaligi emas, balki vafoti sababli oʻn koʻz bilan yigʻlashni istardim. Va u shirin vatanimning yarmi oʻlishi bilan yuz koʻz bilan yigʻlashga ehtiyojim bor edi. Rivoyati hadisda har tong bir maloika chaqiradi لِدُوا لِلْمَوْتِ وَابْنُوا لِلْخَرَابِ ya'ni: "Oʻlmoq uchun tavallud etib dunyoga kelasizlar, xarob boʻlishi uchun bino qurasizlar", deydi. Ushbu haqiqatni qulogʻim bilan emas, koʻzim bilan eshitayotgan edim.

— 249 —

Ha, u vaziyatim oʻshanda qanchalar yigʻlatgan boʻlsa; oʻn yilki xayolim oʻsha vaziyatga yo'liqqanda yana yigʻlaydi. Ha, minglab yil yashagan qoʻhna qal'aning tepasidagi manzillarning xarob boʻlishi va uning ostidagi shaharning sakkiz yil mobaynida sakkiz yuz yilchalik keksayishi va qal'a ostidagi gʻoyat hayotdor va yaqinlar yigʻini boʻlgan madrasamning vafoti, umum Usmoniylar Davlatida barcha madrasalarning vafotini koʻrsatgan oʻligining ma'naviy buyukligiga ishorat sifatida ulkan Van Qal'asining yakpora toshi unga mozor toshi boʻlgan edi. Goʻyo madrasada sakkiz yil avval men bilan birga boʻlgan marhum talabalarim qabrlarida men bilan birga yigʻlayotgan edi. Balki shaharning xaroba devorlari, sochilgan toshlari men bilan birga yig'lamoqda va ularni yigʻlayotgandek koʻrdim. O'shanda angladimki, vatanimdagi gʻurbatga chidolmayman yo men ham qabrga, ularning yoniga ketishim kerak, yoxud togʻda bir gʻorga kirib ajalimni u yerda kutishim kerak deb oʻyladim. "Modomiki dunyoda bunday chidab boʻlmas, sabrni sindiradigan, chidab boʻlmas, yondiruvchi ayriliqlar bor ekan, albatta oʻlim hayotdan ustundir. Hayotning bu ogʻir vaziyati chekiladigan dardlardan emas", dedim. Oʻshanda jihoti sitta deyilgan olti tarafga nazar soldim, zim-ziyo koʻrdim. U ta'sirlainshning shiddatidan kelgan gʻaflat dunyoni qoʻrqinchli, boʻsh, xoli, ustimga yiqiladigan suratda koʻrsatdi. Ruhim dushman vaziyatini olgan hadsiz balolarga qarshi bir tayanch nuqtasi qidirarkan va abadga qadar uzangan behisob orzularni qondiradigan bir yordam yeri qidirar ekan va hadsiz firoq va ayriliqdan, buzilish va vafotdan kelgan huzn va gʻamga tasalli kutarkan, birdan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning

﴿ سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

oyatining haqiqati tajalliy etdi. Achinarli, ayriliqdagi, dahshatli, huznli xayoldan meni qutqardi, koʻzimni ochdi.

Koʻrdimki, mevador daraxtlarning boshlaridagi mevalari menga tabassum qilayotgandek qarayaptilar; bizga ham diqqat qil, faqatgina xarobazorga qarama, deyishardi. Bu oyati karimaning haqiqati shuni eslatayotgan edi: Van sahrosining sahifasida musofir boʻlgan insonlarning qoʻli bilan yozilgan va shahar suratini olgan sun'iy bir maktubning, Rus istilosi deyilgan dahshatli bir sel balosiga tushib o'chirilishi nima uchun seni bunchalik ta'sirlantiryapti? Asl Haqiqiy Molik va hamma narsaning sohibi va Rabbi boʻlgan Azaliy Naqqoshiga qara; bu Van sahifasida maktublari mukammal porlashi bilan eski zamonda sen koʻrgan holat yana davom etib yozilmoqda.

— 250 —

U yerlar boʻsh, xarob, xoli qoldi deb yigʻlashing, Haqiqiy Molikidan gʻaflat va insonlarni musofir deb tasavvur qilmaslik va molik degan dunyoqarash mahsulidir. Biroq u xatodan va u yondiruvchi vaziyatdan bir haqiqat eshigi ochildi. Va u haqiqatni toʻliq qabul qilishga nafs hozirlandi. Ha, temirning yumshashi, goʻzal va manfaatdor bir shakl berilishi uchun olovga tiqiladi. Shuning kabi, mendagi huznli holat va dahshatli vaziyat olov boʻldi, nafsimni yumshatdi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon mazkur oyatning haqiqati bilan iymon haqiqatlarining fayzini unga toʻliq koʻrsatdi, qabul qildirdi. Ha, lillahilhamd, bu oyatning haqiqati iymon fayzi bilan (Yigirmanchi Maktub kabi risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymoni billohdan ruhga va qalbga har kimning iymon quvvati nisbatida inkishof etgan shunday bir nuqta-i istinod berdiki, u vaziyatning dahshatidan yuz daraja qoʻrqinchli, zararli musibatlarga qarshi tura oladigan quvvatni berdi. Va shunday eslatdiki: Hamma narsa Xoliqing boʻlgan bu mamlakatning Haqiqiy Molikining amriga musahhardir, hamma narsaning tizgini uning qoʻlida, unga intisobing yetadi.

Xoliqimga tayanib tanigandan soʻng, dushman boʻlib koʻringan hamma narsa dushmanliklarini tark etdi; yigʻlatgan hazin hollar meni sevintira boshladilar. Ham koʻp risolalarda qat'iy burhonlar bilan ham isbot qilganimiz kabi, hadsiz orzularga qarshi oxiratga iymondan kelgan nur bilan shunday bir madad nuqtasi berdiki; nafaqat kichik va vaqtincha, qisqa dunyoviy doʻstlarga nisbatan orzu va aloqalarimga, balki abad-ul abodda, boqiy olamida, abadiy saodatida hisobsiz uzun orzularimga kifoya qiladigan madad nuqtasi berdi. Chunki bir rahmat jilvasi bilan vaqtinchalik musofirxonasi boʻlgan bu dunyoning bir manzili boʻlgan zaminning yuzida, musofirlarini bir-ikki soat sevintirmoq uchun, bahor dasturxonida hadsiz-hisobsiz san'atli, shirin ne'matlarini har bahorda ehson qilib, nonushta hukmida musofirlariga yedirgandan soʻng, abadiy maskanlarida sakkizta doimiy Jannatni hadsiz bir zamonda, hadsiz ne'matlarining turlari bilan toʻldirib qullariga hozirlagan Rohmanirrohimning rahmatiga iymon bilan tayanganini bilgan odam albatta shunday bir madad nuqtasi topadiki; eng past darajasi, hadsiz abadiy orzularga madad berib davom etaadi.

Ham u oyatning haqiqati bilan, iymonning ziyosidan kelgan nur shunday porloq bir suratda tajalliy etdiki; zulmatli olti tomonni kunduz kabi oydinlatdi. Chunki ushbu madrasam va bu shaharda talaba va doʻstlarimning orqalarida qolib yigʻlash vaziyatini shunday oydinlatdiki: Ahboblar ketgan olam qorongʻi emas, faqat joylarini oʻzgartirishdi, yana koʻrishasizlar deb eslatma berdi. Yigʻlashimni batamom toʻxtatdi. Va dunyoda ularning oʻrniga o'tadigan va ularga oʻxshaydiganlarni topishimni tushuntirdi. Ha, alhamdulillah, ham vafot etgan Van madrasasini Isparta madrasasi bilan tiriltirib, u yerdagi doʻstlarni ham yanada koʻp, yanada qiymatdor talabalar va ahboblar bilan ma'nan ihyo etdi.

— 251 —

Ham dunyo boʻsh, xoli bo'lmaganini va xarob boʻlgan mamlakat suratini xato tasavvur etganimni, balki Haqiqiy Molikining hikmati taqozosi bilan, sun'iy insonlarning lavhasini almashtirishini, maktubini yangilashini bildirdi. Bir daraxtning mevalarini uzganda, oʻrniga boshqa mevalar chiqqani kabi, insonlardagi zavol va firoq ham bir tajaddud, yanglanishdir. Iymon nuqtasida, ahbobsizlikdan kelgan alamli huzn emas, balki boshqa goʻzal joyda koʻrishmoq maqsadida ayrilishdan kelgan, lazzatli huzn bergan bir yangilanishdir. Ham dahshatli vaziyatdan koinot mavjudotining qorongʻi koʻringan yuzini oydinlatdi. Men ham u holatga shukr qilishni istadim, arabiy shu fikra keldi; oʻsha haqiqatni to'liq tasvirladi:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ مَا يُتَوَهَّمُ اَجَانِبَ اَعْدَاءً اَمْوَاتًا مُوَحِّش۪ينَ اَيْتَامًا بَاك۪ينَ ؛ اَوِدَّاءَ اِخْوَانًا اَحْيَاءً مُونِس۪ينَ مُرَخَّص۪ينَ مَسْرُور۪ينَ ذَاكِر۪ينَ مُسَبِّح۪ينَ

Ya'ni: "U shiddatli holatning ta'siridan kelgan gʻaflat bilan, koinotning mavjudoti, bir qismi dushman va ajnabiy {(Hoshiya) Ya'ni zilzila, boʻron, toʻfon, vabo, olov kabi.} bir qismi mudhish janozalar, boshqa qismi esa, kimsasizlikdan yigʻlagan yetimlar suratida; gʻofil nafsimga tavahhum bilan koʻrsatilgan bu qoʻrqinchli lavhani, nuri iymon bilan aynalyaqiyn koʻrdimki: Ajnabiy, dushman boʻlib koʻringanlar doʻst qardoshdir. Va mudhish oʻliklari esa; qisman hayotdor va qalbga yaqın va qisman vazifası bitgandan soʻng boshatilgan etilganlar kishilardir. Va yigʻlagan yetimlarning dod-faryodlari esa zikr va tasbehning musiqalari ekanini iymon nuri bilan koʻrganim uchun, hadsiz ne'matlarning manbai boʻlgan iymonni menga bergan Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd aytaman.

Bu dunyoda, bu dunyodek ulkan xususiy dunyoimdagi butun mavjudotni, hamd va tasbehoti Ilohiyada tasavvur va niyatim bilan iste'mol qilish xuquqim borligi nuqtai nazaridan, barcha mavjudotning har birining va umumining hol tillari bilan birga "Alhamdulillahi ala nuril iyman deymiz", deganidir. Ham u gʻaflatli mudhish holatlardan yoʻqqa tushgan hayot zavqlari va batamom chekinib qurilgan orzular va eng tor doira ichida siqilib qolgan, balki mahv boʻlgan shaxsimga oid ne'matlar, lazzatlar birdan (boshqa risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymon nuri bilan qalbning atrofidagi tor doirani shunday kengaytirdiki, koinotni oʻz ichiga oldi va u Xorxor bogʻida qurigan va lazzatini qochirgan ne'matlar oʻrnida, dunyo hovlisi va oxirat hovlisini ne'mat dasturxoni va rahmat patnisi shakliga keltirdi. Koʻz, quloq, qalb kabi, oʻn emas, insonning yuzlab jihozlarining har birini, gʻoyat uzun qoʻl suratida, har bir moʻ'minning darajasi nisbatida u ikki Rahmonning dasturxoniga uzatib,

— 252 —

har tarafidan ne'matlarni toʻplaydigan holda koʻrsatgani; ham bu yuksak haqiqatni ifoda, ham u hadsiz ne'matga shukur uchun oʻsha vaqt shunday degandim:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ لِلدَّارَيْنِ مَمْلُوؤَتَيْنِ مِنَ النِّعْمَةِ وَ الرَّحْمَةِ لِكُلِّ مُؤْمِنٍ حَقًّا يَسْتَف۪يدُ مِنْهُمَا بِحَوَاسِّهِ الْكَث۪يرَةِ الْمُنْكَشِفَةِ بِاِذْنِ خَالِقِه۪

Ya'ni: «Dunyo va oxiratni ne'mat va rahmat bilan toʻldirgan bir suratda, haqiqiy moʻ'minlarning iymon nuri va Islomiyat bilan tarqatgan va kengaytirgan butun tuygʻularining qoʻli bilan ikki muazzam dasturxondan foydalanishni ta'minlagan va koʻrsatgan iymon nuri ne'matining oʻrnida, iymonni menga bergan Xoliqimga, qoʻlimdan kelsa butun vujudimning zarralari bilan dunyo va oxirat toʻla hamd va shukr qilaman», deganidir. Modomiki iymon bu olamda shunday buyuk ta'sir qilar ekan; albatta dori baqoda shunday samaralar va fayzlar beradiki, bu dunyodagi aql bilan ularni qamrash mumkin emas va ta'rif etilmaydi.

Xullas, ey men kabi keksalik munosabati bilan juda koʻp doʻstlardan firoq alamlarini chekkan otaxon va onaxonlar! Sizning eng keksangiz zohiran mendan har qancha keksa boʻlsa ham, ma'nan men ulardan ziyoda keksaligimni taxmin qilaman. Chunki fitratimda turdoshiga achinish hissi kuchi bo'lganidan, oʻz alamimdan tashqari minglab qardoshlarimning alamlarini ham oʻsha shafqat sirri bilan chekkanimdan, yuzlab yil yashagandek keksaman. Va siz naqadar firoq balosini chekkan boʻlsangiz ham, menchalik u baloga uchramagansiz. Chunki oʻgʻlim yoʻqki, faqat oʻgʻlimni oʻylasam.

Mendagi qattiq fitriy achinish va shafqat minglab Musulmon avlodlarining, hatto ma'sum hayvonlarning azoblariga nisbatan ham achinish, bir alam shafqat sirri bilan his qilaman. Xususiy uyim yoʻqki, fikrimni yolgʻiz unga bagʻishlasam; balki bu mamlakat bilan va balki Islom olamining qit'asi bilan uyim kabi, Islomiy hamiyat nuqtasida aloqadorman. Va u ikki ulkan uydagi dindoshlarimning alamlari bilan azoblanaman va firoqlari bilan mahzun boʻlaman!..

Xullas, keksaligimdan va firoq balolaridan kelgan barcha azoblarimga, iymon nuri to'liq kifoya qildi; sinmas va uzilmas umid, soʻnmas ziyo, bitmas tasalli berdi. Albatta iymon sizlarga keksalikdan kelgan qorongʻilik va gʻaflat va azob va alamlarga kifoya va yetarlidir. Asl eng qorongʻi va eng nursiz va tasallisiz keksalik va eng alamli va mudhish firoq, zalolat ahlining va safohat ahlining keksaliklari va firoqlaridir. U umid va ziyo va tasalli bergan iymonni zavq etmoq va ta'sirlarini his qilish uchun, keksalikka loyiq va Islomiyatga muvofiq qullik bilan bir shuurli harakat ko'rsatish bilan boʻladi. Yoshlarga oʻxshashga urinish va

— 253 —

ularning sarxushona gʻaflatlariga boshini suqib, keksaligini unutish bilan boʻlmaydi.

خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَشَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ

-av kama qol- ma'nosidagi hadisi haqida fikr yuriting. Ya'ni: "Yoshlaringizning eng yaxshisi, ehtiyot boʻlib va safohatlardan tiyilishda keksalarga oʻxshaganlardir. Va keksalaringizning eng yomoni, safohatda va boshini gʻaflatga suqishda yoshlarga oʻxshaganlardir".

Ey keksa qardoshlarim va keksa opaxonlarim! Hadisi sharifda vorid boʻlganki: "Oltmish-yetmish yoshlardagi keksa moʻ'min dargohi Ilohiyaga qoʻlini koʻtarib duo qilarkan, Ilohiy rahmat uning qoʻlini boʻsh qaytarishdan uyaladi". Modomiki rahmat sizga nisbatan bunday hurmat ko'rsatadi.. siz ham rahmatning bu hurmatiga qullik bilan ehtirom koʻrsating.

OʻN TOʻRTINCHI UMID:

Toʻrtinchi Shua boʻlgan Oyati Nuriya-i Hasbiyaning boshining xulosasi deydiki: Bir vaqt ahli dunyo meni hamma narsadan ajratib qoʻyishgani uchun, besh xil gʻurbatlarga tushgandim. Siqilishdan kelgan bir gʻaflat bilan, Risola-i Nurning tasalli beruvchi va madad qiluvchi nurlariga qaramasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri qalbimga qaradim va ruhimni izladim. Koʻrdimki; gʻoyat quvvatli bir boqiylik ishqi va vujudga qattiq muhabbat va hayotga buyuk ishtiyoqi va hadsiz ojizlik va nihoyatsiz bir faqirlik menda hukm surayotgandi. Holbuki, mudhish bir fano oʻsha baqoni soʻndirmoqda. Oʻsha holatimda kuyinchak bir shoirning degani kabi aytdim:

"Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulku tanim

Bir davosiz dardga tushdim, oh-ki Luqmon bexabar."

Boshimni ma'yus holda egdim; birdan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ yordamga keldi, "Meni diqqat bilan oʻqi" dedi. Men ham kunda besh yuz marta oʻqidim. Oʻqigan sari, faqat ilmalyaqiyn bilan emas, aynalyaqiyn bilan juda qiymatdor nurlaridan toʻqqiz martaba-i hasbiya menga inkishof etdi.

Birinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Mendagi ishqi baqo; mendagi baqoga emas, balki sababsiz va bizzot mahbub boʻlgan mutlaq kamol sohibi, Zoti Zulkamolning va Zuljalolning bir ismining jilvasining mohiyatimda bir soyasi boʻlgani uchun, fitratimda u Komili Mutlaqning borligiga va kamoliga va baqosiga mutavajjih bo'lgan fitriy muhabbat gʻaflat tufayli yoʻlini adashtirgan, soyaga yopishgan, oynaning baqosiga oshiq boʻlgandi. حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ kelib, pardani olib tashladi.

— 254 —

Koʻrdim va his qildim va haqqalyaqiyn zavq etdimki; baqomning lazzati va saodati, aynan va yanada mukammal tarzda Boqiyi Zulkamolning baqosiga va mening Robbim va Ilohim ekaniga, tasdiq va iymonimda va iz'onimda bordir. Buning dalillari, hislari borlarni hayratda qoldiradigan gʻoyat chuqur va daqiq oʻn ikki "ham... ham..."lar va shuuri iymonlar bilan Risola-i Hasbiyada bayon etilgan.

Ikkinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Fitratimdagi hadsiz ojizligim bilan birga, keksalik va gʻurbat va kimsasizlik va yolgʻizlik ichida; menga dunyo ahlining dasisalari bilan, josuslari bilan hujum qilgan hangomlarida qalbimga aytdim: "Qoʻllari bogʻliq, zaif, xasta va yolgʻiz odamga qoʻshinlar hujum qilmoqda. Menga tayanch nuqtasi yoʻqmi?" deya حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Bu oyat bildirdiki; iymoniy bogʻ vasiqasi bilan Qodiri Mutlaq shunday bir Sultonga bogʻlanasanki; zamin yuzida har bahorda toʻrt yuz ming millatdan tarkib topgan nabotot va hayvonot qo'shinlarining barcha jihozlarini mukammal intizom bilan berib, boshda inson oʻlaroq, hayvonot muazzam qo'shinining barcha rizqlarini, madaniy insonlar oxirgi vaqtlarda kashf qilgan goʻsht va shakar va boshqa taomlarning xulosalari kabi emas, balki ulardan yuz daraja mukammalroq va barcha taomlarning har turidan danak va urugʻ deyilgan Rahmoniy xulosalarga qo'yib; va u xulosalarni ham pishirishlariga va kengayishiga doir qadariy ta'rifalar ichida oʻrab, muhofaza uchun kichik sandiqchalarga qo'yib beradi. Sandiqchalarning ijodi, "Kun" amrida boʻlgan "kof-nun" fabrikasidan shu qadar tez va oson va koʻplik bilan chiqadi. Qur'on: "Xoliq amr qiladi, vujudga keladi", deydi. Modomiki sen, iymoniy bogʻ ruxsatnomasi bilan bunday bir nuqta-i istinod topa olganingdan, hadsiz bir quvvatga va qudratga tayana olasan. Men ham oyatdan bu darsni olgan sari shunday bir quvva-i ma'naviyani topdimki; hozirgi dushmanlarimga emas, balki dunyoga qarshi chiqa oladigan bir iqtidori iymoniy his qilib, butun ruhim bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedim.

Uchinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Men oʻsha gʻurbatlar va xastaliklar va mazlumiyatlarning tazyig'i bilan dunyodan aloqam uzilganini koʻrib, abadiy bir dunyoda va boqiy bir mamlakatda doimiy saodatga nomzod ekanimni iymon talqin etgan hangomda; hasratdagi "uf! uf!"dan voz kechib, tabassum bilan "oh! oh!" dedim.

— 255 —

Biroq bu xayoldagi gʻoya va ruhdagi maqsad va fitrat natijasining amalga oshishi, faqat va faqat barcha maxluqotining barcha harakatlarini va yashashlarini, ahvol va amallarini qovlan va fe'lan bilgan va qayd etgan va bu kichkinagina va ojizi mutlaq insonni oʻziga doʻst va tinglovchi qilgan va barcha maxluqot ustida maqom bergan bir Qodiri Mutlaqning hadsiz qudrati bilan va insonga cheksiz inoyat va ahamiyat berishi bilan boʻla oladi, deb oʻylab, bu ikki nuqtada, ya'ni bunday qudratning faoliyati va zohiran ahamiyatsiz insonning haqiqatli ahamiyati haqida iymonga inkishof va qalbga itminon beradigan izoh istadim. Yana oʻsha oyatga murojaat qildim. Dediki: " حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga hol tili va qol tili bilan حَسْبُنَا ni kimlar aytmoqda, ularga qara!" deb amr qildi. Birdan ko'rdimki, hadsiz qushlar, qushchalar hisoblangan chivinlar va behisob hayvonlar va nihoyatsiz nabotlar va so'ngsiz daraxtlar ham men kabi hol tili bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ma'nosini yod etmoqda va hammaning yodiga solmoqdalarki; barcha hayot sharoitlariga kafil boʻlgan shunday bir vakillari borki, bir-biriga oʻxshagan va moddalari bir boʻlgan urugʻlar va bir-birining misli kabi habbalar va bir-biriga oʻxshagan danaklardan qushlarning yuz ming xillarini, hayvonlarning yuz ming tarzlarini, nabototning yuz ming navini va daraxtlarning yuz ming sinfini xatosiz, nuqsonsiz, iltibossiz, bezakli, mezonli, intizomli, bir-biridan boshqa farqli suratda koʻz oʻngimizda, xususan har bahorda gʻoyat koʻp, gʻoyat oson, gʻoyat keng doirada, gʻoyat koʻplab xalq etuvchi, yaratuvchi bir qudratning azamat va hashamati ichida birgalik va oʻxshashlik va bir-biri ichida, bir tarzda qilinishlari bilan bizga vahdatini va ahadiyatini koʻrsatadi va bunday hadsiz moʻ'jizotni koʻrsatgan fe'li rububiyatga, tasarrufi Xalloqiyatga mudohala va ishtirok mumkin emasligini bildiradi deya angladim. Har moʻ'min kabi mening shaxsiyatimni va insonlik mohiyatini anglashni istaganlar va men kabi boʻlishni orzu qilganlar حَسْبُنَا dagi نَا jam'iyatida boʻlgan ananing, ya'ni nafsimning tafsiriga qarasinlar. Ahamiyatsiz, past va faqir koʻringan vujudim -har bir moʻ'minning vujudi kabi- nima, hayot nima, insoniyat nima, Islomiyat nima, iymoni tahqiqiy nima, ma'rifatulloh nima, muhabbat qanday boʻladi? Anglasinlar, darsini olsinlar!..

— 256 —
Toʻrtinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Bir vaqt keksalik, gʻurbat, xastalik, magʻlubiyat kabi vujudimni qaqshatgan nuqsonlar gʻaflatli paytimga toʻgʻri kelib shiddat bilan aloqador va maftun boʻlgan vujudimni, balki maxluqotning vujudlarini "adamga ketmoqda" deya alamli bir havotirga solar ekan, yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Ma'nomga diqqat qil va iymon durbini bilan qara!" Qaradim va iymon koʻzi bilan koʻrdimki: Zarracha vujudim, har moʻ'minning vujudi kabi hadsiz bir vujudning oynasi va nihoyatsiz bir inbisot bilan hadsiz vujudlarni qozonishiga bir vasila va oʻzidanda qiymatdor boqiy, koʻp vujudlarni meva bergan bir hikmat kalimasi ekanini va mansublik jihati bilan bir on yashashi, abadiy vujudchalik qiymatdor ekanini ilmalyaqiyn bildim. Chunki iymon shuuri bilan vujudim Vojib-ul Vujudning asari va san'ati va jilvasi ekanini anglab, vahshiy avhomdan va hadsiz firoqlardan va hisobsiz ayriliq va firoqlarning alamlaridan qutulib; mavjudotga, xususan hayotdorlarga taalluq etgan fe'llar va Ilohiy ismlar adadicha uxuvvat aloqalari bilan men munosabat paydo qilgan barcha sevgan mavjudotlarga vaqtincha firoq ichida doimiy visol borligini bildim. Xullas, iymon bilan va iymondagi aloqa bilan, har bir moʻ'min kabi, vujudim ham hadsiz vujudlarning firoqsiz nurlarini qozonadi; oʻzi ketsa ham ular orqada qolgani uchun oʻzi qolgandek mamnun boʻladi.

Xulosa: Oʻlim firoq emas, visoldir, makon oʻzgarishidir, boqiy mevaning unib chiqishidir.

Beshinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Yana bir vaqt hayotim juda ogʻir sharoit bilan qiyinlashdi va diqqatimni umrga va hayotga burdi. Koʻrdimki: Umrim yugurib ketyapti, oxiratga yaqinlashgan. Hayotim ham tazyiqlar ostida soʻnishga yuz tutgan. Holbuki Hayy ismiga doir risolada izoh qilingan hayotning muhim vazifalari va ulkan asos vasflari va qiymatli foydalari tez soʻnishga emas, balki uzun yashashga loyiq deb alam bilan o'yladim. Yana ustozim boʻlgan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Dedi: "Senga hayotni bergan Hayyi Qayyumga koʻra hayotga qara!" Qaradim, koʻrdimki: Hayotimning menga qarashi bitta boʻlsa, Zoti Hayyi Qayyumga qarashi yuzta ekan; va menga oid natijasi bir boʻlsa, Xoliqimga oid ming ekan. Shu holda marzi-i Ilohiy doirasida bir on yashamogʻi kifoyadir, uzun vaqt istamaydi.

Bu haqiqat toʻrt masala bilan bayon qilinadi. Oʻlmaganlar yoxud tirik boʻlishni istaganlar hayotning mohiyatini va haqiqatini va haqiqiy huquqini o'sha toʻrt masala ichida izlashsin, topishsin va tirilishsin!..

— 257 —

Xulosasi shuki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaragan sari va iymon ham hayotga hayot va ruh boʻlgan sari, baqo topadi hamda boqiy mevalar beradi, ham shunday yuksaladiki, sarmadiyat jilvasini oladi, ortiq umrning qisqaligiga va uzunligiga qaralmaydi.

Oltinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Umumiy ayrliq hangomida bo'lgan dunyoning xarob boʻlishini xabar bergan oxirzamon hodisalari ichida xususuiy ayriligʻimni eslatgan keksalik va umrimning oxirida favqulotda hassoslik bilan fitratimdagi jamolparastlik va goʻzallik savdosi va kamolotga maftunlik inkishof etgan paytda, doimiy buzuvchi boʻlgan zavol va fano va davomli ayiruvchi oʻlim va yoʻqlik, dahshatli suratda bu goʻzal dunyoni va bu goʻzal maxluqotni tinkasini quritganini, parcha-parcha qilib goʻzalliklarini buzganini; favqulotda bir shuur va ta'sirlanib koʻrdim. Fitratimdagi majoziy ishq bu holga shiddatli gʻalayon va isyon qilganda tasalli tasalli vositasi topish uchun yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Meni oʻqi va diqqat bilan ma'noimga qara!" Men ham Sura-i Nurdagi اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ila oxir... oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini bilan Oyati Hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga va iymoniy shuuri mikroskopi bilan eng nozik sirlariga qaradim, koʻrdimki: Oyna, shisha, shaffof narsalar, hatto pufakchalar; Quyosh ziyosining yashirin va rango-rang jamolini va u ziyoning alvoni sab'a deyilgan yetti rangining turli-tuman goʻzalliklarini koʻrsatgani va yangilanish va harakatlari bilan va boshqa-boshqa qobiliyatlari bilan va sinishlari bilan jamol va goʻzalliklarni yangilashadi va sinishlari bilan Quyosh, ziyosi va alvoni sab'asining yashirin goʻzalliklarini goʻzal shaklda izhor qiladilar. Aynan shuning kabi: Shamsi Azal va Abad boʻlgan Jamili Zuljalolning jamoli qudsiysiga va nihoyatsiz goʻzal asmo-i husnasining sarmadiy goʻzalliklariga oynadorlik qilib jilvalarining yangilanishi uchun bu goʻzal san'atlar, bu shirin maxluqlar, bu goʻzal mavjudot to'xtamasdan kelib ketmoqda; oʻzlarida koʻringan goʻzalliklar va jamollar, ularniki emasligini, balki koʻrinishni etmoq istagan sarmadiy va muqaddas bir jamolning va doimiy tajalliy etgan va koʻrinishni istagan mujarrad va munazzah bir husnning ishoratlari va alomatlari va lam'alari va jilvalari ekanining juda ko'p quvvatli dalillari Risola-i Nurda batafsil izoh qilingan. Bu yerda oʻsha burhonlardan uchtasi qisqacha, gʻoyat ma'qul suratda zikr etilgan, deb bayon qilishni boshlaydi. Bu risolani koʻrgan har bir sogʻlom zavq egasi hayratda qolish bilan birga oʻzlarining foydalanganlaridan tashqari, boshqalarning ham istifodalari uchun harakat qilishni lozim deb biladilar. Xususan ikkinchi burhonda besh nuqta bayon qilinadi. Aqli chirik, qalbi buzuq boʻlmagan kishi, taqdir va tahsin va tasvib bilan "Mashaalloh Fatabarakalloh" deydi; faqir, past boʻlib koʻringan vujudini yuksaltiradi.. xayratlanarli bir moʻ'jiza ekanini anglab, tasdiqlaydi.

— 258 —
OʻN BESHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Nurning ta'lif zamoni uch yil avval tugagani uchun, bu Oʻn Beshinchi Umid kelajakda bir Nurchi tarafidan Keksalar Yog'dusining takonillashishiga -yozilishiga- asos boʻlish uchun yozildi.}

Bir payt Amirtogʻida surgun qilingan va yolgʻiz oʻzim manzilda bamisoli yakka xibsda va juda ogʻir nazoratlar va majburlab meni qiynoqqa solganlari uchun hayotdan zerikdim, hibsdan chiqqanimga afsuslandim. Ruhu jonim bilan Denizli Hibsini orzu qildim va qabrga kirishni istadim. Va "hibs va qabr bunday hayot tarzıdan koʻra yaxshiroq", deb yo hibsga yoki qabrga kirishga qaror qilganimda, Ilohiy inoyat yordamga keldi; qalamlari nusxa koʻpaytirish uskunasi boʻlgan Madrasat-uz Zahro shogirdlarining qoʻliga yangi chiqqan nusxa koʻpaytirish uskunasini berdi. Birdan Nurning qiymatdor majmualarining har biridan bir qalam bilan besh yuz nusxa vujudga keldi. Fathlarning boshlanishi menga mashaqqatli hayotni sevdirdi, "Hadsiz shukr boʻlsin", dedirdi. Bir oz muddatdan soʻng Risola-i Nurning yashirin dushmanlari Nurning fathlariga chiday olmadi. Hukumatni bizga qarshi tashviq qilishdi. Hayot yana ogʻir kelishni boshladi. Birdan Rabboniy inoyat tajalliy etdi. Eng koʻp Nurlarga muhtoj bo'lgan aloqador ma'murlar, vazifalari e'tibori bilan musodara qilingan Nur Risolalarini kamoli maroq va diqqat bilan mutolaa qildilar. Biroq Nurlar ularning qalblarini oʻziga tarafdor qildi. Tanqid oʻrniga taqdir qilishni boshlashlari bilan, Nur Darsxonasi juda kengaydi; moddiy zararimizdan yuz daraja ziyoda manfaat berdi, mashaqqatli xavotirlarimizni yoʻqqa tushirdi. Soʻngra yashirin dushman munofiqlar hukumatning diqqatini mening shaxsimga o'girdilar, eski siyosiy hayotimni xotirlatdilar. Ham adliyani, ham maorif doirasini, ham zobitlarni, ham ichki ishlar vazirligini vahimaga solishdi. Partiyalarning jarayonlari va komunistlarning pardasida anarxistlarning gijgijlashlari bilan vahaimalar kengaydi. Bizni tazyiq va qamash va olib qoʻygan risolalarni musodara qilishni boshladilar. Nur shogirdlarining faoliyatiga toʻxtash keldi.

Shaxsimni badnom qilish fikri bilan, bir qism rasmiy ma'murlar hech kim ishonmaydigan isnodlar qilishdi. Juda ajib boʻhtonlarni yoyishga urindilar. Biroq hech kishini ishontirolmadilar. Soʻngra juda oddiy bahonalar bilan, qish chillasining eng shiddatli sovuq kunlarida meni qamoqqa olib, katta va nihoyatda sovuq va ikki kun oʻchoqsiz yakka kishlik kamera ichida hibs etishdi. Men kichik xonamda kuniga bir necha marta oʻchoqqa oʻt yoqardim va doimo oʻchogʻimda olov bor ekan, zaifligim va xastaligim tufayli zoʻrgʻa chidadim. Hozir bu vaziyatda ham sovuq ta'sirida tutgan bezgak, ham dahshatli aziyat va gʻazab ichida tipirchilaganimda, bir Ilohiy inoyat bilan qalbimda bir haqiqat inkishof etdi.

— 259 —

Ma'nan: "Sen hibsga Madrasa-i Yusufiya nomini bergansan; ham Dengizlida aziyatingizdan ming daraja koʻproq ham faroh, ham ma'naviy foyda, ham u yerdagi mahbuslarning Nurlardan istifodalari, ham katta doiralarda Nurlarning futuhoti kabi natijalar, sizga shikoyat oʻrniga minglab shukr qildirdi, har bir soat hibsingizni va aziyatingizni oʻn soat ibodat hukmiga keltirdi; foniy soatlarni boqiylashtirdi. Inshaalloh bu Uchinchi Madrasa-i Yusufiyadagi musibatzadalarning Nurlardan istifodalari va tasalli topishlari, sening bu sovuq va ogʻir aziyatni haroratlantirib sevinchlarga aylantiradi va sen gʻazab qilgan odamlar agar aldangan boʻlsalar, bilmasdan senga zulm qilishadi. Ular gʻazabga loyiq emas. Agar bilib turib va gʻaraz bilan va zalolat hisobiga seni ranjitayotgan va qiynoqqa solayotgan boʻlsalar, ular juda yaqin bir zamonda oʻlimning abadiyi i'domi bilan qabrning yakka qamaogʻiga kirib, doimiy og'ir azob chekadilar. Sen ularning zulmi tufayli ham savob, ham foniy soatlaringni boqiylashtirishni, ham ma'naviy lazzatlarni, ham ilmiy va diniy vazifani ixlos bilan bajarishni qozonyapsan!" deb ruhimga eslatildi. Men ham bor quvvatim bilan "Alhamdulilloh" dedim. Insoniyat hissi bilan zolimlarga achindim. "Ey Robbim! Ularni isloh qil!" deb, duo qildim.

Bu yangi hodisada, ifodamda Ichki Ishlar Vazirligiga yozganim kabi, oʻn jihat bilan noqonuniy bo'lgani va qonun nomidan noqonuniy ish tutgan u zolimlar -asl aybdor ular bo'lgani kabi- shunday bahonalar qidirdilar; eshitganlarni kuldiradigan va haqparastlarni yigʻlatadigan bo'htonlarni va uydirmalari bilan ahli insofga koʻrsatdilarki; Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqishga qonun va haq tarafidan imkon topolmayaptilar, devonalik qilyaptilar.

Azjumla: Bir oy bizni ustimizdan josuslik qiilgan ma'murlar, hech qanday bahona topolmaganlaridan, bir xat yozib: "Saidning xizmatkori bir doʻkondan aroq ichgan, unga olib borgan". U xatni imzolash uchun hech kimni topolmasdan, soʻng begona va sarxush bir odamni ushlab olishgan, tahdid qilib "Kel, bunga imzo qo'y!" deyishgan. U ham: "Tavbalar tavbasi boʻlsin, bu ajib yolgʻonga kim imzo qo'ya oladi?" dedgan. Ularni xatni yirtib tashlashga majbur qilgan.

Ikkinchi bir namuna: Men bilmagan va hozir ham tanimaydigan bir zot otini meni kezdirish uchun bergan, men ham kasalligim tufayli tanaffus maqsadida, aksar kunlarda, yozda bir-ikki soat kezardim. U ot va arava sohibiga ellik liralik kitob berishga soʻz bergandim. Toki qoidam buzilmasin va minnat ostiga kirmayin. Ajabo, bu ishda biror bir zarar ehtimoli bormi? Holbuki, "U ot kimniki?" deya ellik marta ham voliy, ham adliyachilar, ham zobita va politsiya xodimlari soʻradilar. Goʻyo ulkan bir siyosiy hodisa va osoyishtalikka tahdidi bo'lgan bir voqeadir. Hatto bu ma'nosiz savollarning toʻxtashi uchun, ikki zot hamiyatan biri "ot meniki", boshqasi "arava meniki" deganlari uchun, ikkovini ham men bilan birga qamoqqa olishdi. Bu namunalarga qiyosan, ko'p bolalarning oʻyinchog'iga tomoshabin bo'lib kulib yigʻladik va angladikki: Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqqanlar masxara boʻladilar.

— 260 —

U namunalardan latif bir suhbat: Mening hibs qog'ozimda sabab qilib, osoyishtalikni buzish aybi yozilganidan, men hali u xatni koʻrmasdan prokurorga aytdim: "Seni oʻtgan kecha gʻiybat qildim. Amniyat mudiri hisobiga meni gapirtirgan bir politsiya xodimiga: "Agar mingta prokuror va mingta amniyat mudirichalik bu mamlakatda umumiy tinchlikka xizmat qilmagan boʻlsam, -uch marta- Alloh meni qahr etsin", dedim.

Soʻngra bu orada, bu sovuqda eng ko'p istirohatga va sovuq yemaslikka va dunyoni oʻylamaslikka muhtoj boʻlgan hangomimda, gʻaraz va qasdni his qilib, meni bu chidab boʻlmaydigan surgun qilganlar, yolgʻiz tashlab qoʻyganlar, qamagan va tazyiq qilganlarga favqulotda xafalik va g'azablanish keldi. Bir inoyat yordamga keldi. Ma'nan qalbga eslatildik: "Insonlar senga qilgan ayni zulmlarida ayni adolat boʻlgan qadari Ilohiyning ulkan bir hissasi bor va bu hibsda yeydigan rizqing bor. U rizqing seni bu yerga chaqirdi. Unga nisbatan rizo va taslim bilan javob lozim. Hikmat va Rabboniy rahmatning ham ulkan bir hissasi borki, hibsdagilarni nurlantirish va tasalli berish va sizga savob qozontirishdir. Bu hissaga nisbatan sabr ichida minglab shukr qilish lozim. Ham nafsingning oʻzing bilmagan ayblari bilan qamoqda bir hissasi bor. Oʻsha hissaga nisbatan istigʻfor va tavba bilan, nafsingga "Bu ta'zirga loyiq boʻlding", deyishing kerak. Ham yashirin dushmanlarning dasisalari bilan ba'zi sofdil va vahhom ma'murlarni gʻaflat bilan oʻsha zulmga chorlamoq jihati bilan, ularning ham bir hissasi bor. Unga qarshi Risola-i Nurning munofiqlarga urgan dahshatli ma'naviy ta'zirlari sening intiqomingni tamoman ulardan olgan. Ularga oʻsha yetadi. Eng oxirgi hissa, shaxsan vosita boʻlgan rasmiy ma'murlardir. Bu hissaga nisbatan, ularning Nurlarga tanqid niyati bilan qarashlarida, istar-istamas, shubhasiz iymon jihatida istifodalarining xotiri uchun

﴿ وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ ﴾

dasturi bilan; ularni avf etish, oliyjanoblikdir". Men bu haqiqatli Eslatmadan kamoli faroh va shukr bilan, bu yangi Madrasa-i Yusufiyada qolishga, hatto menga qarshi boʻlganlarga yordam berish uchun, oʻzimga mujibi jazo zararsiz bir ayb qilishga qaror qildim. Ham men kabi yetmish besh yoshli va aloqasiz va dunyoda sevgan doʻstlaridan yetmishtasidan faqat hayotda beshtasi qolgan va uning nuriy vazifasini bajaradigan yetmish ming nur nusxalari boqiy qolib erkin kezmoqdalar. Va bir tilga badal minglab til bilan iymoniy xizmatini qiladigan qardoshlari, vorislari boʻlgan mendek bir odamga qabr bu hibsdan yuz daraja xayrlidir. Va bu hibs ham xorijida hurriyatsiz tahakkumlar ostidagi erkinlikdan yuz daraja tinchroq, foydaliroqdir.

— 261 —

Chunki xorijida bir oʻzi yuzlab aloqador ma'murlarning majburlashlariga muqobil, hibsda yuzlab mahbuslar bilan birga faqat mudir va bosh soqchi kabi bir-ikki kishining, manfaatga binoan yengil majburlovlariga chiqashga majbur boʻladi. Uning evaziga, hibsda koʻp doʻstlardan qardoshona iltifotlar, tasallilar koʻradi. Ham Islomiy shafqati va insoniyat fitrati bu vaziyatda keksalarga marhamat qilishi, hibs zahmatini rahmatga aylantiradi deya, hibsga rozi boʻldim.

Uchinchi mahkamaga kelgan chogʻimda zaiflik va keksalik va sihatsizlikdan oyoqda turishga mashaqqat tortganim uchun, mahkama eshigining tashqarisida bir o'rindiqda oʻtirdim. Birdan bir sud'ya keldi, jahl qilib, haqorat bilan "Nima uchun oyoqda turib kutmayapti?" dedi. Men ham keksalik jihatidan, bu marhamatsizlikka g'azablandim. Birdan qarasam; juda koʻp musulmonlar mukammal shafqat va birodarlik, marhamat bilan qarab atrofimizda toʻplanishgan ekan. Uarni tarqata olmayaptilar. Birdan "ikki haqiqat" Eslatma etildi:

Birinchisi: Mening va Nurlarning yashirin dushmanlarimiz, men istamagan holda, men haqqimdagi omma e'tiborini sindirish bilan Nurning futuhotiga toʻsiq qoʻyiladi deya, ba'zi sofdil rasmiy ma'murlarni aldab, shaxsimni millat nazarida badnom qilish fikri bilan, hiyonat bilan bunday muomalaga yo'naltirishgan. Bunga qarshi Ilohiy inoyat Nurlarning iymon xizmati oʻrniga ikrom sifatida, oʻsha bitta odamning hiyonati evaziga, yuzta odamga qara! Xizmatingizni taqdirlab, shafqat bilan achinib sizni kutib olishyapti va kuzatıb qoʻyishmoqda. Hatto ikkinchi kun tergovda prokurorning savollariga javob berayotganimda, hukumat hovlisida mahkama derazalarining qarshisida mingga yaqin aholi aloqadorlik bilan toʻplanib, hol tili bilan "Bu kishiga aziyat bermang" deganlarini, vaziyatlari bilan ifoda qilayotgandek koʻrindilar. Politsiya xodimlari ularni tarqatolmayotgan edi. Qalbimga eslatildiki: Bu aholi bu tahlikali asrda toʻliq tasalli va soʻndirilmas nur va quvvatli iymon va boqiy saodatga to'g'ri xushxabar istashyapti va fitratan izlashyapti va Nur Risolalarida qidirganlari topilmoqda deb eshitganlarki, mening ahamiyatsiz shaxsimga, iymonga bir oz xizmatkorligim uchun haddan ziyod iltifot koʻrsatishyapti.

Ikkinchi Haqiqat: Osoyishtalikni buzish vahimasi bilan bizga hihyonat qilishva omma e'tiborini sindirmoq maqsadida tahqir bilan aldangan bir qancha odamlarning yomon muomalalari oʻrniga, hadsiz haqiqat ahlining va kelajak nasllarning maqtovli olqishlashlari bor, deb eslatma berildi. Ha, komunist pardasi ostida anarxistlikning, umumiy osoyishtalikni buzishga qattiq urinishiga qarshi, Risola-i Nur va shogirdlari tahqiqiy iymon quvvati bilan bu vatanning hamma tarafida mudhish fasodni toʻxtatmoqda va sindirmoqda.

— 262 —

Tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga harakat qilmoqda, juda koʻp sonda va mamlakatning hamma tarafidagi Nur talabalaridan, yigirma yil ichida bu ishga aloqador uch-toʻrt mahkama va oʻnta viloyatning zobitalari, osoyishtalikni buzishga doir biror hodisalarini topmagan va qayd qilmagan. Va uch viloyatning insofli bir qism zobitalari aytishganki: "Nur talabalari ma'naviy zobitadir.

Osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam berishmoqda. Tahqiqiy iymon bilan; Nurni oʻqigan har odamning boshiga bir posbon qoʻyishadi, tinchlikni ta'minlashga urinmoqdalar". Buning bir namunasi Denizli Hibsxonasidir. U yerga Nurlar va mahbuslar uchun yozilgan Meva Risolasi kirishi bilan, uch-toʻrt oy ichida ikki yuzdan ziyod u mahbuslar favquloda itoatli, dindor salohiyatli holatni qozonishdi; uch-toʻrt odamni oʻldirgan odam, taxtakanani oʻldirishdan saqlanadigan holga keldi. Ular oʻta marhamatli, zararsiz, vatanga foydali jamiyat a'zosi boʻlishni boshladi. Hatto rasmiy ma'murlar bu holga hayrat va maqtov bilan qarashdi. Ham hali hukm olmasdan bir qism yoshlar aytishdiki: "Nurchilar qamoqda qolsalar, biz oʻzimizni mahkum qildiramiz va jazo olishga harakat qilamiz; toki ulardan dars olib, ular kabi boʻlaylik. Ularning darsi bilan oʻzimizni isloh qilamiz".

Bu mohiyatda boʻlgan Nur talabalarini, osoyishtalikni buzish aybi bilan ayblaganlar, har holda va juda yomon suratda aldangan va aldatilgan, bilib yoki bilmasdan anarxistlik hisobiga hukumatni gʻaflatda qoldirib, bizlarni aziyatlar bilan ezishga urinmoqda. Biz ularga javoban aytamizki: Modomiki oʻlim oʻldirilmas va qabr yopilmas ekan va dunyo musofirxonasida yoʻlovchilar gʻoyat tez va qaygu bilan guruh-guruh boʻlib, tuproq orqasiga kirib yoʻqolishmoqda; demak albatta juda yaqinda bir-birimizdan ayrilamiz. Siz zulmingizning jazosini dahshatli suratda ko'rasiz. Hech boʻlmaganda, mazlum iymon ahli haqida erkinlik ruxsatnomasi boʻlgan oʻlimning abadiy i'domi doriga chiqasiz. Siz dunyoda abadiyat tavahhumi bilan olgan foniy zavqlaringiz, boqiy va alamli azoblarga aylanadi.

Afsuski, yashirin munofiq dushmanlarimiz bu dindor millatning yuzlab million valiy maqomida bo'lgan shahidlarining, qahramon gʻoziylarining qoni bilan va qilichi bilan qozonilgan va muhofaza qilingan Islomiyat haqiqatiga ba'zan "tariqat" nomini berib va u quyoshning bir nuri boʻlgan tariqat mashrabini, quyoshning oʻzi deb koʻrsatib, hukumatning ba'zi diqqatsiz ma'murlarini aldab, Qur'oniy haqiqatlarga va iymoniy haqiqatlarga ta'sirli suratda xizmat qilayotgan Nur talabalariga "tariqatchi" va "siyosiy jamiyatchi" nomini berib, bizga qarshi qoʻyishni istashadi. Biz ham ularga, ham bizga qarshi turib tinglaganlarga, Denizli odil mahkamasida deganimiz kabi aytamiz:

"Yuzlab million boshlar fido boʻlgan bir muqaddas haqiqatga, bizning ham jonimiz fido boʻlsin. Dunyoni boshimizga olov qilgan taqdiringizda ham, Qur'oniy haqiqatga fido boʻlgan boshlar zindiqlarga quroloni berib qoʻymayadi va qudsiy vazifasidan voz kechmaymiz, inshaalloh!"

— 263 —

Xullas, keksalik sarguzashtligidan kelgan ogʻriqlarga va ma'yusliklarga iymondan va Qur'ondan yordamga kelgan muqaddas tasallilar bilan keksaligimning eng mashaqqatli bir yilini yoshligimning eng bahtiyor oʻn yiliga almashtirmayman. Xususan hibsda farz namozini oʻqigan va tavba qilgan kishining har bir soati oʻn soat ibodat oʻrniga oʻtishi bilan va xastalikda va mazlumlikda ham har bir foniy kun savob jihatida oʻn kunlik boqiy umrni qozontirishi bilan, men kabi qabr eshigida navbatini kutayotgan odamga naqadar shukr sababi ekanini, shu ma'naviy eslatmadan angladim. " Rabbimga behisob shukr" dedim; keksaligimga sevindim va hibsimga rozi boʻldim. Chunki umr to'xtamaydi, tez ketadi. Lazzat bilan, sevinch bilan oʻtsa, lazzatning zavol topishi alamga aylanishdan, ham afsus, ham shukrsizlik va gʻaflat bilan ba'zi gunohlarni joyida qoldiradi, foniy boʻlib oʻtib ketadi. Agar hibs va zahmatli boʻlsa, azobining zavol topishi, ma'naviy lazzat boʻlgani uchun, ham bir navi ibodat hisoblangani uchun, bir jihatda boqiy qoladi va xayrli mevalari bilan boqiy umrni qozontiradi. Oʻtgan gunohlarga va hibsga sabab boʻlgan xatolarga kafforat boʻladi, ularni tozalaydi. Bu nuqtai nazardan, mahbuslardan farz amallarni qilganlar, sabr ichida shukr qilishlari kerak.

OʻN OLTINCHI UMID:

Keksalik vaqtida, Eskishahar hibsidan -bir yil jazoni oʻtab- chiqdim. Meni Kastamonuga surgun qilshdi. Politsiya uchastkasida ikki-uch oy musofir qildilar. Men kabi sodiq doʻstlari bilan koʻrishishdan siqiluvchi bir yolgʻizlikka chekilgan va kiyimining oʻzgartirilishiga chidamagan odam, bunday joylarda naqadar azob chekishini anglaysan. Xullas, bu umidsilikda, birdan Ilohiy inoyat keksaligimning yordamiga keldi. Uchastkadagi komisar, politsiya xodimlari bilan birga sodiq doʻst hukmiga o'tishdi. Biror marta shapkani boshimga qo'yishni eslatmaganlari kabi; mening xizmatkorlarim kabi, istagan vaqtim meni shahar atrofida kezdirardilar. Soʻngra u uchastkasining qarshisida Kastamonuning Madrasa-i Nuriyasiga kirdim. Nurlarni ta'lif qila boshladim. Fayzi, Amin, Hilmi, Sodiq, Nazif, Salohiddin kabi Nurning qahramon shogirdlari Nurlarning nashri, koʻpaytirilishi uchun bu madrasaga qatnadilar. Yoshlikda eski talabalarim bilan oʻtkazgan qiymatdor ilmiy muzokarani yanada porloq suratda ko'rsatdilar.

Soʻngra yashirin dushmanlarimiz ba'zi ma'murlarni va bir qism anoniyatli domlalar va shayxlarni bizga qarshi shubhalantirishdi. Bizni, Denizli Hibsiga besh-olti viloyatlardan kelgan Nur talabalarini, Madrasa-i Yusufiyada toʻplanishiga vasila boʻlishdi. Bu Oʻn Oltinchi Umidning tafsiloti, Kastamonudan yuborib Lahikaga o'tgan va Denizli Hibsida u yerdagi qardoshlarimga yashirincha joʻnatgan kichik maktublar va mahkamadagi Mudofaa Risolasi boʻlib; bu umidning haqiqatini porloq ravishda koʻrsatadi. Tafsilotini Lahikaga, mudofaamga havola etib, gʻoyat qisqa ishorat qilamiz.

— 264 —

Men mahram va muhim majmualarni, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalarni koʻmir va oʻtinlar ostida saqladim; toki vafotimdan yoki tepadagi boshlar haqiqatni tinglab aqllarini yigʻib olganidan soʻng nashr qilinsinlar deya koʻnglim tinch ekan, birdan qidiruv boʻlimi xodimlari va prokurorimning muovini yashash joyimga hujum qilishdi. Yashirin va ahamiyatli risolalarni oʻtinlar ostidan chiqarishdi. Ham meni qamoqqa olib Isparta hibsxonasiga, sihatim yomon holda joʻnatishdi. Men juda ham azobda va Nurlarga kelgan u zarardan ta'sirlangan holimda, bir Ilohiy inoyat yordamimizga keldi. Oʻsha yashirilgan va hukumatdagilar ularni oʻqishga juda muhtoj boʻlgan ahamiyatli risolalarni qattiq qiziqib, diqqat bilan oʻqiy boshlashdi va katta rasmiy doiralar go'yo bir Nur Darsxonasi hukmiga oʻtdi. Tanqid fikri bilan taqdirlay boshlashdi. Hatto Denizlida, hech xabarimiz yoʻq ekan, favquloda parda ostida nashr qilingan Oyat-ul Kubroni rasmiy va juda koʻp g'ayri rasmiy odamlar oʻqishdi, iymonlarini quvvatlashdi. Bizning hibs musibatimizni yoʻqqa chiqarishdi.

Soʻngra bizni Denizli Hibsiga oldilar. Meni yakka tartibdagi badboʻy, zax, sovuq bir kameraga tiqdilar. Keksalik, xastalik va meni deb ma'sum birodarlarimning zahmatlaridan kelgan koʻp azob va Nurlarning ta'til va musodarasidan kelgan ko'p afsus va aziyat ichida turar ekanman, birdan Rabboniy inoyat yordamga keladi. Ulkan hibsxonani bir Nur Darsxonaasiga aylantirib, Madrasa-i Yusufiya (A.S.) ekanini isbot qilib, Madrasat-uz Zahro qahramonlarining olmos qalamlari bilan Nurlar intishor qilishni boshladi. Hatto oʻsha ogʻir sharoit ichida Nur qahramoni, uch-toʻrt oy davomida yigirmadan ziyod Meva va Mudofaot Risolasidan yozdi. Ham hibsda, ham xorijda futuhotni boshladilar. U musibatdagi zararimizni ulkan manfaatlarga va aziyatlarimizni sevinchlarga aylantirdi.

﴿ عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ﴾

sirrini takror koʻrsatdi. Soʻngra birinchi ekspertlarning xato va yuzaki dalolatnomalariga binoan bizga qarshi shiddatli tanqidlari va Maorif Vakilining dahshatli hujumi bilan birga bizga qarshi bir bayonnoma nashr etishi bilan, hatto ba'zi xabarlar bilan, bir qismimizning i'domiga urinilayotgan chogʻda, inoyati Rabboniya imdodimizga yetishdi.yordamga keldi. Boshda Anqara ahli vuqufiningekspertlarining shiddatli tanqidlari kutilayotganda, taqdirkorona raportlarihisoboti, hatto besh sandiq Nur Risolalarida besh-oʻnta sahvkamchilik topganlari holda, ular mahkamada ular sahvkamchilik va xato deb koʻrsatgan nuqtalar ayni haqiqat ekanini va ular sahvkamchilik va xato degan moddalarida oʻzlari sahv etganlarinikamchilikka yoʻl qoʻyganlarini isbot qilganimiz kabi, besh varaq raportlaridahisobotlarida besh-oʻnta sahv va xatolarini koʻrsatdik. Va yetti boshqaruv idoralariga yuborganimiz yuborgan Meva va Mudofaanoma RisolalariRisolalarimizda va Adliya Vazirligiga yuborilgan Nurning umum risolalari, xususan mahramlarning ta'sirli va shiddatli ta'zirlariga muqobil tahdid bilan shiddatli amrlar kutarkan, gʻoyat muloyim, hatto tasalli beruvchi Bosh Vazirning birga yuborgan maktubi kabi, kelishuv tarzida hujum qilmasliklari qat'iy isbot qildiki:

— 265 —

Risola-i Nurning haqiqatlari Ilohiy inoyat karomati bilan, ularni magʻlub qilib, oʻzini ularga irshodkor tarzda oʻqitgan, u keng doiralarni bir navi darsxona qilgan, koʻp ikkilangan va xayratda qolgan kishilarning iymonlarini qutqargan va bizning aziyatlarimizdan yuz daraja ziyoda ma'naviy sevinch va foyda berdi. Soʻngra yashirin dushmanlar meni zaharlashdi va Nurning shahid qahramoni marhum Hofiz Ali mening badalimga kasalxonaga ketdi va oʻrnimga barzoh olamiga sayohat ayladi, bizni ma'yus qilib yigʻlatdi. Men bu musibatdan avval Kastamonuning togʻida baqirib qayta qayta: "Qardoshlarim! Otga goʻsht, arslonga oʻt tashlamanglar", dedim. Ya'ni, har qanday risolani har kimga beravermang; toki bizga xujum qilinmasin. Piyoda yurilsa yetti kun uzoqlikda Hofiz Ali (Rahmatullohi Alayh) ma'naviy telefoni bilan eshitayotgandek, ayni vaqtda menga yozganki: "Ha Ustozim, Risola-i Nurning bir karomati shuki; otga goʻsht, arslonga oʻt tashlamaydi. Balki otga oʻt, arslonga goʻsht tashlaydiki, Arslon domlaga Ixlos Risolasini berdi". Yetti kun soʻngra maktubini oldik, hisoblaganimizda; aynan oʻsha paytda, men togʻda baqirarkan, u ham bu soʻzlarni maktubida yozayotgan ekan.

Xullas, Nurning bunday ma'naviy qahramonining vafoti va yashirin munofiqlarning bizga qarshi hiylalar bilan bizni jazolashga urinishlari va zaharli xastaligim tufayli, kasalxonaga rasmiy amr bilan majburan jonatishlari xavotiri bizni qiynar ekan, birdan Ilohiya inoyati yordamga keldi.

Muborak qardoshlarimning xolis duolari bilan zaharning tahlikasi oʻtgan va u marhum shahidning quvvatli alomatlar bilan, qabrida Nurlar bilan mashgʻul boʻlishi va soʻroq malaklariga Nurlar bilan javob berishi va uning badaliga va u qanday tizimda ishlagan boʻlsa, Nurlar bilan shunday mashg'ul bo'ladigan Denizli Qahramoni Hasan Fayzi (Rahmatullohi Alayh) va birodarlari parda ortida ta'sirli xizmatlari va dushmanlarimizning ham, mahbuslarning birdaniga Nurlar bilan isloh boʻlganlari uchun hibsdan chiqishimizga tarafdor boʻlishi; va Asxobi Kahf kabi Nur shogirdlari mashaqqatli chillaxonani Asxobi Kahf va eski zamon riyozat ahlining gʻorlariga aylantirishi va qalb xotirjamligi bilan Nurlarning nashriga va yozilishiga sa'y xarakatlari bilan, Rabboniy inoyatning yordamga kelganini isbotladi.

Ham qalbimga keldiki: Modomiki Imom A'zam kabi aksar mujtahidlar qamoqda o'tirgan va Imom Ahmad ibn Hanbal kabi bir buyuk buyuk mujohidga, Qur'onning bitta masalasi uchun qamoqda juda koʻp azob berilganiga qaramay, ular shikoyat qilmay, kamoli sabr bilan sabot qilib u masalalarda sukut qilisshmagan. Va juda koʻp imomlar va allomalar, sizlardan koʻra koʻp azob berilgani holda, kamoli sabr ichida shukr qilib oʻzgarishmagan. Albatta, sizlar Qur'onning koʻp haqiqatlari uchun juda ulkan savob va foyda olganingiz holda, juda oz zahmat chekkaningizga minglab tashakkur qilishingiz qarzdir. Ha, bashar zulmi ichida bir Rabboniy inoyat jilvasini qisqacha bayon qilaman:

— 266 —

Yigirma yoshda ekanman takror takror: "Eski zamonda gʻorlarga chekingan dunyoni tark qilgan kishilar singari oxir umrimda men ham gʻorga, toqqa chekinib, insonlarning ijtimoiy hayotidan chiqaman", derdim. Ham Eski Harbi Umumiyda shimoliy sharqdagi asirligimda qaror qilgan edimki: "Bundan buyon umrimni gʻorlarda oʻtkazaman. Siyosiy va ijtimoiy hayotdan chetlashaman. Aralashganim yetar endi." deb turganimda, Rabboniy inoyat va qadariy adolat tajalliy etdi. Qarorimdan va orzuimdanda ortiq xayrli suratdagi keksaligimga marhamat qilib tasavvur qilgan qʻorlarimni hibsxonalarga va uzatlarga va yolgʻizlik ichida chillaxonalarga va yakka tartibli manzillariga aylantirdi. Ahli riyozat va uzlatdagi kishilarning togʻlardagi gʻorlaridanda ustun "Yusufiya Madrasalari" va vaqtimizni zoye qilmaslik uchun yaka tartibli uylarni berdi. Ham gʻorning uxroviy foydasini, ham iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning mujohidona xizmatini berdi. Hatto azm etgandimki; birodarlarimning oqlanishlaridan soʻng bir ayb qilib, hibsda qolaman. Xusrav va Fayzi kabi boʻydoqlar yonimda qolsin va bir bahona bilan insonlar bilan koʻrishmaslik va vaqtimni keraksiz suhbatlar bilan va sun'iylik va xudfurushlik bilan oʻtkazmaslik uchun bir kishilik kamerada qolaman. Ammo qadari Ilohiy va qismatimiz bizni boshqa chilaxonaga yo'lladi.

اَلْخَيْرُ ف۪ى مَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ ٭ عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirri bilan, keksaligimga marhamatan va iymoniy xizmatda yanada koʻproq ishlatish uchun ixtiyor va iqtidorimiz xorijida Uchinchi Madrasa-i Yusufiyada vazifa berildi.

Ha, inoyati Ilohiya keksaligimga marhamatan; quvvatli va yashirin dushmani boʻlmagan yoshligimda orzu qilgan gʻorlarni hibsxonaning yakka tartibdagi manzillariga aylantirishida uch hikmat va Nur xizmatida uch ahamiyatli foydasi bor:

Birinchi hikmat va foyda: Nur Talabalarining bu zamonda toʻplanishlari; zararsiz, Madrasa-i Yusufiyada boʻladi. Va bir-birini koʻrib suhbat qilish, tashqarida serxarajat va shubhali boʻladi. Hatto men bilan koʻrishish uchun ba'zi kishilar qirq-ellik lira sarflab kelib, yo yigirma daqiqa yoki hech koʻrishmasdan qaytib ketishar edi. Ba'zi qardoshlarimni yaqindan koʻrish uchun hibsning zahmatini jonim bilan qabul qidim. Demak hibs biz uchun bir ne'mat, bir rahmatdir.

— 267 —

Ikkinchi hikmat va foyda: Bu davrda Nurlar bilan iymoniy xizmat, har tarafda e'lonot bilan va muhtojlarning diqqatlarini jalb qilish bilan boʻladi. Demak, hibsimiz bilan Nurlarga diqqat jalb qilinadi, e'lonot hukmiga oʻtadi. Eng qaysar yoki muhtoj bo'lgan kimsalar uni topadi, iymonini qutqaradi va qaysarligini tashlaydi, tahlikadan qutuladi va Nurning darsxonasi kengayadi.

Uchinchi hikmat va foyda: Hibsga kirgan Nur talabalari bir-birining hollaridan, xushaxloqidan, ixlos va fidokorliklaridan dars olishlari bilan birga, Nurlar xizmatida dunyoviy manfaatlarni koʻzlashmaydi.

Ha, Madrasa-i Yusufiyada, koʻp alomatlar bilan, har bir mashaqqat va zahmatning oʻn, balki yuz misli moddiy va ma'naviy foyda va goʻzal natijalar va iymonga keng miqyosda va xolis xizmatlar, koʻzlari bilan koʻrganlari uchun, tom ixlosga muvaffaq boʻladilar, juz'iy va xususiy manfaatlarga tanazzul etishmaydi.

Bu chilaxonalarning menga maxsus bir latofati va hazin, ammo shirin vaziyati bor:

Yoshligimda bizning mamlakatda koʻrgan eski madrasaning ayni vaziyatini koʻrmoqdaman. Chunki sharqdagi viloyatilarda eski usuldagi madrasa talabalarining bir qismining tirikchiliklari tashqaridan kelar edi. Va ba'zi madrasalar, oʻzlari berishar edi. Va yana necha jihatda bu chilaxonaga oʻxshardilar. Men ham lazzatli bir sogʻinch bilan bu yerga qaraganim sari, oʻsha eski yoshlik va shirin davrga xayolan borib, keksalik holatlarini unutaman.

Yigirma Oltinchi Yog'duning Zayli

Yigirma Birinchi Maktub boʻlib, Maktubot Majmuasiga kiritilgani uchun bu yerga yozilmadi.