Sakkizinchi Yog'duning Mundarijasidan Bir Parcha
Va
oyatlarining bir gʻaybiy nozik va chuqur maʻnosini Gʻavsi A'zam Sayyid Abdulqodir Jiyloniyning bir gʻaybiy karomati bilan tafsir qiladi. Mutavotir favqulotda karomatlarga sazovor boʻlgan Sulton-ul Avliyo vafot etganlaridan soʻng, aynan hayotida boʻlgani kabi, muridlari bilan aloqador boʻlganini, kashf ahli va valiylar tomonidan qabul qilingan. U zot sakkiz yuz yil muqaddam, Ilohiy izn bilan karomati bilan bizning davrimizni koʻrgan; ya'ni u kishiga koʻrsatilgan. Bu tashvishli va fitnali zamonda unga mansub bir qism Qur'on xizmatkorlariga tasalli berib, shijoatlantirish va tashviq qilish suratida bir mashhur qasidasining oxirida besh satr ichida ayni xabarni oʻn besh jihatdan beradi. Ham Jifr ilmining uch-toʻrt tomoni bilan, besh satrning ma'nosi, ham soʻzlari, ham xarflarining soni bir-birini quvvatlab ayni hodisani xabar bergani, diqqat qilganlarga qat'iyat darajasida qanoat bergan.
Ma'lumki: Kelajakdan xabar bergan nabiylar va avliyolar لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ta'qiqiga qarshi hurmat va adab uchun, ishoratlar va ramzlar bilan kifoyalanishgan. Ba'zan bir ishorat, ba'zan ikki ishorat, eng quvvatlisi besh-olti ishorat bilan ayni hodisani koʻrsatishgan. Holbuki Gʻavsi A'zam bu zamondagi Qur'oniy xizmatning hay'atini ishorat qilib, ichida bir xodimini ochiq ravshan koʻrsatadi. Bu risola ichidagi imzolar bilan koʻrsatilgani kabi, Qur'oniy xizmatdagi birodarlarimga ishtirokim bor. Bir qismi mening imzom bilandir. Bir qismi ularning lozim deb topishlari va chiqargan hulosalari va tasdiqlari bilan boʻlgani uchun; menga oid haddimdan ortiq hissani ularning xotirlari uchun qabul qildim. Boʻlmasa risolaning boshida aytganim kabi, bunda unday bir hissa-i sharafga haqqim yoʻq.
Oʻn yil muqaddam oʻsha gʻaybiy qasidani koʻrgandim; va menga ma'naviy eslatma kabi, "Diqqat qil!"deb qalbimga kelar edi. U xotirlatmani ikki jihat bilan tinglamagan edim:
Birinchisi: Umrimning ahamiyatli bir qismki, shonu-sharaf pardasi ostida mansab sevgisi zahari bilan zaharlanib oʻlgani uchun, qaytadan nafsi ammoraga boshqa bir sharaf eshigini ochishni istamadim.
Ikkinchi Jihat: Ushbu qaysar davrda isbot kerak boʻlmagan da'volarni va ochiq oydin hujjatlarni qabul qilmaganlarga bunday gʻaybiy ishorati navidan oʻzini oʻylash tarzida izhor qilish menga yoqmas edi. Oxirgi asoratimning sakkizinchi yili va eng qiynoqli va eng mashaqqatli davrda juda quvvatli tashviqqa muhtoj boʻlganimiz uchun menga eslatildiki: "Buni berilgan neʻmatni oshkor qilish va bir ma'naviy shukr turi sifatida izhor qil. Ham qoʻrqma, u qanoat beradigan darajada quvvatlidir!"
U risolaning boshida aytganim kabi, buni izhor qilishdan eng muhim maqsadim; Qur'on sirlariga oid risolalarning maqbuliyatiga Gʻavsi A'zam imzo bosishi turidan boʻlganidir.
Ikkinchi Maqsadim: Qudsiy ustozimning karomatini izhor qilish, karomoti avliyoni inkor etgan mulhidlarni sukut ettirib; Qur'oniy xizmatga kamchilik beradigan koʻp sabablarga uchragan va koʻp toʻsiqlarga nishon boʻlgan birodarlarimning ma'naviy kuchlarini quvvatlab, shavqlarini koʻpaytirib va umidsizliklarini ketkazısh edi.
Men uchun bir jihatdan oʻzini maqtashga kirgani uchun muhim zarardir. Lekin u zararimni, ustozimning va birodarlarimning xurmati uchun qabul qildim.
Bu Karomati Gʻavsiya risolasi sekin sekin chiqarilgani uchun bir necha parcha boʻldi va qoʻshimchalarga taqsimlandi. Bora bora bir-birini nurlantirgan va quvvatlagan sari aniqlik paydo qiladi. Ishoralarning ba'zisida za'flik boʻlsa ham boshqa birodarlarining ittifoqidan olgan quvvati u zaiflikni ketkazadi. Hatto hayratlanarli joyi shundaki; besh satrning oxirida, har birining martabasini va xos sifatini ishora qilib, oʻn beshdan ortiq Qur'on xizmatidagi muhim qardoshlarimni koʻrsatmoqda. Bu risolada, Karomati Gʻavsiya munosabati bilan bir qancha ahamiyatli masalalar va bir qancha muhim haqiqatlar bayon etilgan.
Bu risolani hammaga tavsiya etmayman va ruxsat bermayman. Balki sof, insof, ixlos va xos xususiyati boʻlgan qardoshlarimga ruxsat beraman. Ham boshidagi maqsadlarimni nazarda tutib qarasin. Meni, oʻzini karomat sohibi qilib koʻrstyapti deb tasavvur qilmasin.